logo

DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIK BAZASINI TASHKIL ETISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.88671875 KB
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIK BAZASINI TASHKIL ETISH
Reja :
1. Daraxtzorda daraxtlarni seleksion baholash
2. Ko ’ p   yiillik   dorivor   o ’ t   o ’ simliklar   urug ’ chilik   bazasini   tashkil   etish .
3. Bir   yiillik   dorivor   o ’ t   o ’ simliklar   urug ’ chilik   bazasini   tashkil   etish . Dorivor   o ’ simliklar   urug ‘ chiligi   yaxshi   yetilgan ,   yetilayotgan   o ‘ rta   yoshdagi
daraxt   va   daraxtzorlar ,   shuningdek   yahshi   pishib   yetilgan   o ' t   o ' simliklar   negizida
seleksion   asosda   tashkil   etiladi .   Bu   daraxtlar   boshqalardan   kompleks   xo‘jalik
qimmatbaho   belgilari   va   xususiyatlari:   tez   o‘sishi,   yuqori   meva   (urug‘)
hosildorligi,   tanasi   va   yog‘ochning   sifati,   zararkunanda   va   kasalliklarga,   noqulay
iqlim sharoitiga va muhitning boshqa omillariga chidamliligi bilan ajraladi. Daraxt
va   buta   turlaridan   qimmatbaho   irsiy   xususiyatlari   va   yuqori   ekish   sifatiga   ega
bo‘lgan   urug‘larni   olish   uchun   daraxtzorlarda   doimiy   va   vaqtincha   o‘rmon
urug‘lari bazalari yaratiladi. Doimiy o‘rmon urug‘lari bazasiga plusli daraxtzorlar
(urug‘li   zakazniklar),   urug‘   yig‘ib-terib   olish   uchun   belgilangan   maxsus
shakllangan doimiy o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari kiradi. Daraxtlarning urug‘lar
bazasini   tashkil   etish   daraxtzorlar   va   daraxtlarning   seleksion   bahosini,   daraxt
turlarining   genetik   fondini   ajratish   va   saqlashni,   o‘rmon   urug‘lari   plantatsiyasini
yaratishni, doimiy o‘rmon urug‘lari  uchastkalarini  barpo etish va shakllantirishni,
vaqtinchalik o‘rmon urug‘lari uchastkalarini barpo etishni o‘z ichiga oladi.
Daraxtzorda daraxtlarni seleksion baholash
Daraxtlar va daraxtzorlarni seleksion baholash ularning mahsuldorligi, yog‘ochi
va mevasining sifati, hayotiy qobiliyati va boshqa o‘rmon xo‘jalik belgilaridan eng
yaxshi   ko‘rsatkichga   ega   bo‘lganlarida   o‘tqaziladi.   Bu   yerlarda   daraxtlar   va
daraxtzorlar plusli, normal va minuslilarga ajratiladi.
Plusli   daraxt   va   daraxtzor   ikki   usulda   tanlanadi.   Bu   ish   yaxshi   daraxtzorlarda
plusli   daraxt   va   daraxtzorga   nomzodlarni   oldindan   aniqlash   bilan   boshlanadi.
Keyinchalik   viloyat   o‘rmon   xo‘jaligi   boshqarmasining   vakili   vegetatsiya   davrida
tanlangan   daraxtlar   va   daraxtzorlarni   ko‘rikdan   o‘tkazadi   va   ularni   pluslilar
kategoriyasiga   qabul   qilinishi   haqida   qaror   qabul   qiladi.   Har   bir   attestatsiyadan
o‘tgan   plusli   daraxt   va   daraxtzorga   belgilangan   namunadagi   pasport   to‘ldiriladi.
Plusli   daraxtlar   va   daraxtzorlarga   belgilar   qo‘yiladi,   atrofi   o‘raladi.   Belgi   1,5   m
balandlikdagi   daraxt   tanasida   oq   moy   bo‘yoq   bilan   10   sm   enlikda   ko‘ndalang
chiziq   o‘tqaziladi   va   nomer   yoziladi   (Suratida   davlat   reestri   bo‘yicha   raqam,
maxrajida esa korxona bo‘yicha raqam yoziladi). Plusli   daraxtzor   chegaralari   burchaklarida   stolbali   qoziqlar   bilan   vizirlanadi,
anshlaglar o‘rnatilib, tegishli ma’lumotlar yoziladi.
Plusli   daraxtlar   xo‘jalik   ahamiyati   va   xususiyati   bo‘yicha   bir   xil   sharoitda
o‘sayotgan   bir   xil   yoshdagi   daraxtlardan   ustun   bo‘ladi.   Ular   o‘sish   kuchi,
tanasining sifati, sog‘lomligi va normal meva hosil berishi bilan ajralib turadi.
Ularning   diametri   60-70%,   balandligi   15%   ga   daraxtzorlardagi   daraxtlarning
o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, ayrim hollarda bu ko‘rsatkichlar biroz past bo‘ladi
(30   va   10%).   Plusli   daraxtlar   tanasi   to‘g‘ri,   shox-shabbalari   bir   tekis   rivojlangan
bo‘ladi.   Maxsus   xo‘jalik   tashkil   etishda   plusli   daraxtlar   ham   yetishtirilayotgan
daraxtzorlar talabiga javob berishi kerak.
Plusli   daraxtlar   kesish   uchun   ajratilmaydi,   shikastlanishdan   himoyalanadi,
zarurat tug‘ilganda atrofi o‘raladi. Plusli daraxtlardan tayyorlanadigan qalamchalar
va urug‘lar o‘rmon urug‘lari plantatsiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladi. Agar
vegetativ   (urug‘li)   nasl   asosiy   belgilarini   va   qimmatbaho   xususiyatlarni   o‘zida
takrorlasa, bunday daraxtlar elitali deb tan olinadi.
Normal   daraxtlar   -   bu   o‘sish   kuchi   va   xususiyati   bo‘yicha   yaxshi   va   o‘rta
daraxtlardir.   Ular   o‘rmon   daraxtzorlarining   asosiy   qismini   tashkil   etadi.   Ularning
diametri   daraxtzorlarning   o‘rtacha   ko‘rsatkichidan   15-20%   ga   ko‘p,   bo‘yi   esa   bir
necha   barobar   baland   bo‘ladi.   Daraxtlar   ichidan   ijobiy   o‘sish   (plus)
ko‘rsatkichlariga   yaqin   bo‘lgan   yaxshi   daraxtlar   ajratiladi.   Normal   daraxtlar
o‘rmon   barpo   etish   uchun   foydalaniladigan   asosiy   urug‘   miqdorining   manbayi
bo‘lib xizmat qiladi.
Minusli   daraxtlar   sust   o‘sishi   bilan   farqlanadi.   Daraxt   tana   yog‘ochining
diametri daraxtzorlardagi daraxtlar o‘rtacha ko‘rsatkichining 50% ini tashkil etadi.
Ularga   qing‘ir,   o‘zakli,   shoxshabbalari   yomon   rivojlangan,   kasallangan,
zararlangan daraxtlar ham kiradi. Bu daraxtlardan (minusli) urug‘ yig‘ib-terib olish
taqiqlanadi.
Urug‘chilikda o‘rmon daraxtzorlarini seleksion baholash katta ahamiyatga ega.
Tegishli darajasiga bog‘liq holda daraxtzorlar plusli, normal, minusli bo‘ladi (2.1-
jadval). Bulardan   tashqari,   ekish   maqsadi   uchun   tayyorlanadigan   qator   daraxt
turlarining  a’lo  sifatli   urug‘lariga  texnik   shartlar   (TU-56 206-83)   ishlab   chiqilgan.
Unga   asosan   urug‘lar   navli   (saralangan),   yaxshilangan   va   normal   urug‘larga
bo‘linadi.
2.1-jadval
Daraxtzorlarni seleksion baholash
Daraxtlar Foydalanish
katego-
riyasi Xarakteristikasi maqsadi tartibi
plusli Mahsuldorligi   va   sifati
belgilangan o‘rmon o‘sish
mintaqasida   juda   yuqori,
20-30%   plusli   daraxtlarni
o‘z ichiga oladi Urug‘li   zakazniklarda
ajratiladi   va   urug‘
plantatsiyalari uchun urug‘ va
qalam   cha   tayyorlash   uchun
foydalaniladi Kesishga   ajratilmay-
di,   parvarishlash
maq-   sadida   plusli
daraxt lar   o‘sishiga
xalaqit   beruvchi
minusli   daraxtlar
kesiladi
normal Mahsuldorligi   va   sifati
yuqori va o‘rta Doimiy   va   vaqtincha   o‘rmon
urug‘lari uchastkalarini tuzish
va   urug‘   yig‘ib   terish   uchun
foydalaniladi Urug‘   yig‘ib-terib
olish   yillari   urug‘
tayyorlash
maqsadida
imkoniyatga   qarab
kesiladi. Doimiy o‘r-
mon   urug‘li   uchast-
kalari   (DO‘UU)
kesil- maydi.
minusli Mahsuldorligi   va   sifati
past,   minusli   daraxtlar
ustunlik qiladi O‘rmon   barpo   etish   va
urug‘chilik  uchun   urug‘   olish
taqiqlanadi O‘rmondan   foydala -
nish   rejasi   bo‘yicha
kesiladi.
Navli   (saralangan)   urug‘lar   o‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalarida   (O‘UP)
daraxtlarning fenotip belgilari (plusli) bo‘yicha a’lo vegetative navlarini yoki plusli daraxtlarning   o‘zlarini   sun’iy   chatishtirish   bilan   changlanishini   nazorat   qilish
usulida olinadi.
Yaxshilangan urug‘lar, plusli  va yaxshi  normal daraxtlardan minusli daraxtlari
olib   tashlangan   plusli   daraxtzorlardan,   normal   daraxtzorlarda   o‘sayotgan   doimiy
o‘rmon   urug‘lari   uchastkalaridan   (DO‘UU),   shuningdek,   navli   (saralangan)
urug‘lardan   yetishtirilgan   urug‘   ko‘chat   va   ko‘chatlardan   barpo   etilgan
plantatsiyalardan yig‘ib- terib olinadi.
Doimiy   o‘rmon   urug‘lari   bazalari   o‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalari   va
uchastkalarini   birlashtiradi.   Bu   daraxtzorlar   uzoq   vaqt   davomida   daraxt   va
butalarning navli, elitali va gibrid urug‘larni olish uchun maxsus barpo etiladi. Ular
sovuq   urmaydigan   zararli   shamollardan   himoyalangan,   belgilangan   daraxt   turi
o‘sishi   uchun   xarakterlijoylarda   (qumli,   vodiy,   8-10°   nishablikdagi   tog‘
qiyaliklari),   nisbatan,   tekis   relyeflarda   barpo   etiladi.   Bu   maqsadda   tuproq
yoppasiga   ishlanadi,   yetishtirish   davrida   meva   hosil   berishiga   va   o‘rmonni
himoyalashga aktiv ta’sir etuvchi kompleks tadbirlar o‘tqaziladi.
O‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalari   vegetativ   usulda   va   urug‘idan   etishtirilgan
bo‘ladi.   Vegetativ   usulda   yetishtirilgan   o‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalari
payvandlangan   ko‘chatlar   yoki   plusli   va   elitali   daraxtlar   urug‘idan   yetishtirilgan
payvandtagga plusli va elitali daraxtlardan qalamchalarni payvandlab barpo etiladi.
Vegetativ ko‘paytirish usuli plusli daraxtlarning irsiy belgilarini va xususiyatlarini
to‘liq   o‘zida   saqlab   qoladi,   shuning   uchun   payvandli   klonli   o‘rmon   urug‘lari
plantatsiyalari   o‘rmon   daraxt   va   butalarining   navli   urug‘chiligida   asosiy   forma
bo‘lib hisoblanadi.
Turli   daraxtlar   uchun   payvandlash   usuli   ularning   biologik   xususiyatlariga
bog‘liq.   Igna   bargli   daraxt   turlari   uchun   novdaning   yuqorigi   qismi   kurtak   orqali
yorib payvandlash, o‘zagini kambiyga ulash usuli yaxshi natija beradi.
Grek yong‘og‘i, pista, bodom uchun kurtak payvand, to‘liqsiz trubka va kurtak
ko‘zi   “T”   shaklidagi   kesimga   payvandlanadi.   O‘zbekiston   sharoitida   ko‘pchilik
daraxtlar uchun yozgi (iyul-avgust) uyquga ketgan kurtak bilan payvandlanadi. Meva   hosilga   kirgan   madaniy   pistazorlarda   (Samarqand   viloyatini
Sarayqo‘rg‘on   o‘rmon   xo‘jaligi)   vegetativ   usulda   o‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalari
barpo   etilgan.   Payvandlash   uchun   pistazordagi   pistalardan   qimmatbaho   shakllari
saralangan. Ular asosan yong‘og‘ining og‘irligi, kattaligi, yuqori foiz ochiqligi va
shu kabi boshqa belgilari bilan xarakterlanadi.
2.2-jadval
Sarayqo‘rg‘on   o‘rmon   xo‘jaligi   pistazorlaridan   ajratilgan   pistaning   qimmatli
shakllariShakllari №	
100
 yong‘oq
 m
assasi,	
gr	M
ag‘izining chiqi- shi,	
%
Yong‘oq
o‘lchovi, mm	O
chiqligi, %	
O
chiqlik darajasi, m
m	
M
ag‘izidagi
 
yog‘	
m
iqdori, %	
U
zunligi	
Eni	
Q
alinligi
3A 100,0 47,0 18,5 11,0 11,4 88 3,9 58,02
4A 98 51,3 20,9 11,4 9,2 82 1,9 59,60
111A 117,6 48,7 20,7 11,9 10,8 78 1,5 57,80
116A 81,8 52,4 18,6 10,5 9,5 96 1,6 57,30
117A 82,8 56,3 19,7 10,6 9,7 97 1,2 59,50
120A 81,4 51,5 17,9 10,8 8,9 95 0,8 55,30
O‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalari   payvandlangan   ko‘chatlar   bilan   shox-
shabbalarining   rivojlanishi   va   namlik   bilan   ta’minlanish   sharoitiga   bog‘liq   holda
siyrak sxemalarda tuziladi - 5x5, 5x10, 10x10, 12x12 m.
Har   bir   urug‘   plantatsiyalarida   vegetativ   nasl   (klon)   ko‘chatlarni   ma’lum   bir
aniq   sxema   bo‘yicha   aralashtirish   va   joylashtirish   bilan   farqlanadigan   plusli   yoki
elitali   daraxtlardan   tarkib   topadi.   Bu   erkak   va   urg‘ochi   daraxtlarni   va   ikki   uyli
o‘simliklarni bir tekis joylashtirish uchun juda ahamiyatlidir.
Turli parvarishlash tadbirlari bilan urug‘li daraxtlarning yaxshi o‘sishi va hosil
berishi   ta’minlanadi.   Madaniy   o‘rmonlarda   qabul   qilingan   parvarishlash
agrotexnikalaridan   farqli   urug‘li   daraxtlarda   shox-shabbalariga   shakl   beriladi,
zarurat   tug‘ilgan   holatlarda   siy-   raklashtiriladi,   vaqti-vaqti   bilan   payvandust novdalari shamol va boshqa omillar ta’sirida sinib ketmasliklari uchun bog‘lanadi,
boshqalari  tizimtik ravishda  olib tashlanadi. Mexanizmlar  o‘tishlari uchun xalaqit
beradigan darajada o‘sib ketgan tana shoxlari kesib olinadi.
Urug‘dan   barpo   etilgan   o‘rmon   urug‘lari   plantatsiyalari.   Bular   navli   va   elita
urug‘lardan yetishtirilgan urug‘ko‘chat yoki ko‘chatdan, yana plusli va elita daraxt
urug‘laridan ekib barpo etiladi. Plantatsiyalardan turlararo chatishtirishdan birinchi
avlodli   gibrid   urug‘lar   va   yaxshilangan   irsiy   xususiyatli   qimmatbaho   ekzotlar   va
boshqa turlar urug‘larini olish mumkin. Har bir plantatsiyadagi nasl kamida 20-25
plusli   daraxtlarni   o‘z   ichiga   olishi   zarur.   Ko‘chatzor-   ning   urug‘   ekish   va   yirik
ko‘chat   yetishtirish   bo‘limida   tanlangan   daraxtlar   nasli   ajratilgan   holatda
yetishtiriladi.
O‘rmon   urug‘lari   plantatsiyasini   barpo   etish   uchun   yetishtirilgan
urug‘ko‘chatlardan   va   ko‘chatlardan,   sifatli   va   kasallik-zararkunan-   dalarga
chidamliligi bo‘yicha yaxshilari tanlab olinadi.
Plantatsiya,   bog‘   usulida   5,0x5,0   m;   12,0x12,0   m   sxemada   barpo   etiladi,
maydonchalarda 1,0x1,0 m. Ularning markaz oraliqlari 5x5 m dan kam bo‘lmasligi
zarur,   maydonchalarning   1   ga   maydondagi   miqdori   400   dona.   Alleya   yoki   qator
usulida   esa   1   m   oraliqda,   qatorlari   orasi   8-10   m   bo‘ladi   ular   kelajakda
siyraklashtirib boriladi.
Doimiy   o‘rmon   urug‘lari   uchastkalari   (DO‘UU)   -   bu   tabiiy   va   madaniy
o‘rmonlarda   o‘suvchi   belgilangan   daraxt   turi   uchun   uzoq   muddat   davomida   irsiy
xususiyati   va   ekish   sifati   bo‘yicha   qimmatbaho   urug‘lar   olish   maqsadida   barpo
etilgan yuqori mahsuldorli va yuqori sifatli uchastkalardir.
Daraxtzorlarning   kattaligi   ularning   yaxshi   hosil   berish   davriga   to‘g‘ri   kelishi
kerak.
Yaxshi   hosil   berishi,   o‘sishi,   rivojlanishi   uchun   urug‘li   daraxt-   larga,   ularning
tarkibiy   sifatini   yaxshilash,   urug‘   va   meva   hosilini   yig‘ib-terib   olish   maqsadida
DO‘UU   daraxtzorlarini   shakllantirish   va   parvarishlash   maqsadida   bir   qator
tadbirlar  o‘tkaziladi:   shox-shabbalariga  shakl   beriladi,  tuproq  yumshatiladi;  o‘g‘it
beriladi, kasallik va hasharotlarga qarshi kurash olib boriladi. Saksovulzorlar   uchun   O‘z   O‘XITI   xodimlari   tomonidan   DO‘UU   ajratish   va
unda   xo‘jalik   yuritish   bo‘yicha   saksovulning   biologik   va   o‘rmonchilik
xususiyatlariga asoslangan tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
DO‘UU   saksovulning   boshqa   navlari   uchun   ham   uch   asosiy   uslubdan   biri
bo‘yicha yaratilishi mumkin:
-   eng   yaxshi   uchastkalardagi   mavjud   daraxtlardan   1   yoki   2   bonitetli   (yaxshi
meva beradigan) keyinchalik hosilni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish sharti
bilan ajratish;
- DO‘UUda yosh o‘rmonlarni shakllantirish;
-   DO‘UU   va   plantatsiyalarda   eng   yaxshi   ekish   materialidan   bo‘l-   gan   yangi
o‘rmon urug‘i maydonlarini yaratish.
DO‘UU ga ajratilgan saksovul daraxtlari kamida II bonitetga ega bo‘lishi, yoshi
12   dan   kam   bo‘lmasligi,   urug‘dan   o‘sib   chiqqan,   iloji   boricha   sof   bo‘lishi   kerak
yoki ikkinchi darajali nav bilan kamroq (10-15% gacha) aralash bo‘lishi mumkin.
Eng yaxshi to‘liqligi  0,3 0,4  shox-shabbalarning qoplamasining yig‘indisi gektariga
summasi
2-3   ming   m 2
  bo‘ladi.   O‘ta   zich   uchastkalarda   (kesishni   talab   qiluvchi)   umumiy
may   donning   15%   dan   oshmaganini   egallashi   mumkin.   Ajratilgan   uchastkalar
asosiy   daraxtlar   maydonidan   izolatsiyalangan   bo‘lishi   kerak,   bu   zararkunanda   va
kasalliklarga qarshi kurash samarasini oshiradi.
Uchastkaning   eng   yaxshi   shakli   to‘g‘ri   to‘rtburchaklisidir.   Uchastka   hajmi
turlicha   bo‘lishi   mumkin,   yaxshisi   100   gektargacha.   Uchastka   kvartallar   va
bo‘linmalarda   rivojlanadi.   Bir-biriga   yaqin   joylashgan   uchastkalar   blokni   tashkil
etadi.
Xo‘jalik uchun DO‘UUning zarur maydonini aniqlashda quyi-  dagilar hisobga
olinishi   kerak:   1   ga   daraxtzordan   10-15   yoshida   yili   ik   o‘rtacha   hosildorlik
bo‘yicha 1,5-2,0 ts urug‘ olish mumkin, DO‘UUda barcha zaruriy o‘rmon xo‘jalik
tadbirlari o‘tkazilganda esa hosilni gektaridan 3 ts gacha yig‘ish mumkin.
Daraxtzorlarni   normal,   plusli   va   minusli   uchastkalarga   bo‘lib,   seleksion
baholashni   meva   berish   davrida   (oktabr-noyabr   oylarida)   o‘tqazish   kerak.   Bir paytning   o‘zida   plusli   daraxtlarga   nomzodlarni   qizil   bilan   belgilab   boriladi.
Nomzodlarni   kuzatib   borish   va   hosilini   2-3   yil   davomida   yig‘ish   kerak.   So‘ngra
urug‘larning yuqori tajriba- viy undirish barqarorligini (60% gacha), yaxshi urug‘
beradiganlarni pluslilarga o‘tkaziladi.
DO‘UUda yuqori hosilning barqarorligini ta’minlash uchun gektariga daraxt va
nihollarning   optimal   miqdorini   saqlab   turish   kerak.   5   yoshdan   10   yoshgacha   bu
miqdor 700-900 tani, 10 yoshdan so‘ng esa 500-600 tani va 5 yoshgacha bo‘lganda
ishonchlilari  1000 1500  tani tashkil etadi.
Qora   saksovulning   yorug‘likni   yaxshi   ko‘rishi   va   zichlashganda   hosili
kamayishini hisobga olib, DO‘UU dagi asosiy tadbir kesib turish hisoblanadi. Uni
buldozerda  himoya   ekinlarining   eni   3   m   gacha   bo‘lgan   3x3  m   li   sxema   bo‘yicha
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Kesib turish esa faol hosil berish davrida 6
yoshdan 20 yoshgacha kamida 2 marta bajariladi.
DO‘UUda   hosilni   oshirishning   zarur   sharti   kasallik   va   zarar-   kunandalarga
qarshi kurashish hisoblanadi.
O‘zO‘XITI   tomonidan   ishlab   chiqilgan   oqqirov   kasaliga   qarshi   oltingugurt,
polikarbotsid   va   boshqalarni   purkash   yoki   sepish   usulida   kurash   choralarini
qo‘llaniladi.
DO‘UU larini yangi yerlarda ekish bilan yaratish yaxshiroqdir, chunki daraxtlar
to‘liqligini boshqarish osonroq va kesish hajmi kamroq bo‘ladi.
Qora saksovulning DO‘UU uchun suv va havo o‘tkazuvchanligi oson bo‘lgan,
qumloq, qumoq tuproqlar (yer osti suvi 2-5 m chuqurlikda bo‘lgan) tanlanadi.
Tuproqni   tayyorlash   ekishdan   bir   yil   oldin   pluglar   yordamida   30-40   sm
chuqurlikda amalga oshiriladi. Hay dash kengligi 2,8 m gacha bo‘lishi kerak. Yerni
haydashda   ko‘chat   o‘tqazishdan   bir   yil   oldin   tuproq   qora   shudgorda   ushlanadi.
Tuproqni kuzgi tayyorlashda, madaniy o‘rmon ishlarini boshlashdan avval bahorda
molalanadi.
DO‘UU  va   ko‘chat   ekish   plantatsiyalarini   yaratishda   ko‘chatlar   plusli   xo‘jalik
jihatdan   muhim   belgilari   bo‘yicha   tanlangan   daraxtlarning   urug‘laridan   qumloq
ko‘chatzorda   bir   yil   oldin   yetishtiriladi.   Ko‘chatzorda   ko‘chatlar   shox- shabbalarining   shakli   taksatsiya   ko‘rsatkichlari,   kasallik   va   zararkunandalarga
chidamliligi   bo‘yicha   tanlanadi.   O‘tqazish   uchun   yaroqli   ko‘chatlar   -   bu   yer   usti
qismi 25 sm va undan baland, ildiz oldi poyasi 0,4-1,0 sm, ildizining uzunligi 35-
40 sm ga teng bo‘lgan ko‘chatlar hisoblanadi.
Vaqtinchalik   o‘rmon   urug‘lari   uchastkalari   (VO‘UU)   deb   yetilgan   va
etilayotgan   normal   daraxtzorlarda   urug‘lar   yig‘ish   uchun   ajratilgan   va   maxsus
tayyorlangan   uchastkalarga   aytiladi.   VO‘UU   ajratilishi   madaniy   o‘rmonlar
ishlarini zarur hajmlarda bajarish o‘rmon xo‘jaligini yuqori sifatli urug‘ga bo‘lgan
talabini ta’minlovchi DO‘UU va plantatsiyalarining yetishmasligi bilan bog‘liq.
Hozirgi vaqtda urug‘larning asosiy qismi VO‘UUlarida yig‘ib olinadi.
Yaqin   2-4   yil   ichida   kesiladigan,   yetilgan   va   yetilayotgan   daraxtzorlarda
VO‘UU ajratish amalda ularni chegaralash, barcha maydonlarni yillik foydalanish
uchastkalariga   ajratish,   chegara   ustunlarini   o‘rnatish   va   minusli   daraxtlarni
belgilash   bilan   bog‘liq.   To‘liqligi   0,7   va   undan   yuqori   bo‘lgan   daraxtzorlarda
kesishdan 5-8 yil oldin to‘liqlik 0,5-0,6 gacha siyraklashtiriladi. Hosil yili kesiladi.
O‘zbekiston   o‘rmonlari   I   guruhga   kiradi   va   unda   o‘rmon   kesilmaydi.   Faqat
VO‘UU   laridagi   saksovulzor   bunga   kirmaydi.   VO‘UUlardagi   daraxtzorlarda
sanitar ishlarini qilish, minusli daraxtlarni olib tashlash, meva va urug‘ hasharot -
kasalliklari   oldini   olish  tadbirlari  olib  boriladi.   Shu  bilan  birgalikda  o‘g‘it  berish,
qurigan   va   tushgan   shoxlaridan   tozalash,   plusli   daraxtlarni   ajratish   va   ularni
alohida   parvarishlash   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   uchastkalarda   fenologik   kuzatish
olib   borib,   bu   jarayonda   hosil   holati   aniqlanadi,   ularni   saqlab   olish   choralari
ko‘riladi. VO‘UU larini chorva boqilishidan qo‘riqlash zarur.
Sun’iy ravishda o‘rmonlarni ko‘paytirishning samarasini aniqlovchi omillardan
biri ularning geografik kelib chiqishi hisoblanadi.
Tarix   shuni   ko‘rsatadiki   irsiy   xususiyatning   farqlanishini   hisobga   olgan   holda
olib   borilgan   ishlar   o‘rmonlarning   nobud   bo‘lishiga,   kam   mahsuldorli,   egri
yog‘ochli daraxtzorlar yetilishiga sabab bo‘lgan. Urug‘larning   geografik   kelib   chiqishini,   ona   daraxtzorlarning   o‘sish   sharoitini
hisobga olishning zarurligi har xil iqlimiy mintaqada va o‘sish sharoitida uzoq davr
aniq bir muhitning ta’sirida irsiy populatsiya shakllanadi.
Mahalliy   sharoitga   mos   holda   chidamli   va   mahsuldorli   daraxt-   zorlarni
faqatgina o‘z xo‘jaligi sharoitida tayyorlangan urug‘lardan barpo etish mumkin.
Alohida   hollarda   madaniy   o‘rmonlar   amaliyotida   ayrim   daraxt   turlarining
urug‘larini ma’lum bir masofadagi uzoqlikda ko‘paytirish mumkin.
Urug‘larni   geografik   siljitishlarda   o‘rmon   urug‘larining   geografik   jihatdan
hududlashtirishiga rahbarlik qilinishi zarur.
Geografik   jihatdan   hududlashtirish   -   bu   geografik   hududni   aniq   genotipik
tarkibdagi   populatsiyaning   evolutsion   jarayonida   shakllanishini   asoslovchi   tabiiy
omillar   bo‘yicha   nisbatan   bir   turli   qismlarga   ajratishdir.   Asosiy   birligi   o‘rmon
urug‘lari   rayoni,   ya’ni   nisbatan   o‘xshash   tabiiy   sharoitlari   va   genotipik   tarkibli
populatsiyasi   bo‘lgan   aniq   maydon   (tur   areali   chegarasida)   dir.   Har   bir   o‘rmon
urug‘chilik   hududi   uchun   ekologik-geografik   kelib   chiqishi   ma’lum   populatsiya
urug‘laridan   foydalanish   mo‘ljallangan.   Hudud   tabiiy   sharoitlariga   moslashgan
mahalliy   yoki   ular   bilan   aralashgan   populatsiyalar   afzal   ko‘riladi.   Mahalliy
urug‘lar   -   bu   bevosita   o‘rmon   urug‘chilik   hududi   chegarasida   yig‘ilgan   urug‘lar.
Boshqa   o‘rmon   urug‘chilik   hududlaridan   yig‘ilgan   urug‘lar   boshqa   hududli
urug‘lar deyiladi. Har bir o‘rmon urug‘chiligi hududida urug‘lar o‘rmon turlarining
xo‘jalik guruhlari bo‘yicha alohida yig‘iladi.
O‘rmon   urug‘chiligini   geografik   jihatdan   hududlashtirish   o‘x-   shash
sharoitlarda   ekiladigan,   yana   ham   yaxshisi   bir   maydonda   mamlakatning   turli
hududlaridan   yig‘ilgan   urug‘lardan   foydalanib   ekilgan   geografik   ekinlarining
o‘sishi   va   holatini   o‘rganish   asosida   ishlab   chiqiladi.   Turli   hududlardagi
urug‘lardan   yaratilgan   ekinlar-   ning   o‘sishi   va   moslashishi,   ularning
zararkunandalarga,   kasalliklarga   chidamliligi   va   boshqa   belgilari   qiyoslash   yo‘li
bilan qaysi hududda- gi urug‘lar yaxshi natija berishini o‘rganish imkonini beradi,
ya’ni urug‘larni imkoniyat darajasida rayonlashtirish chegarasini aniqlash mumkin bo‘ladi.   Bunda   o‘tqazish   masofasi   dunyo   mamlakatlarining   joylashish   o‘rniga
nisbatan turlicha bo‘lishi mumkin.
Ko‘p   mamlakatlarda   geografik   ekinlarni   qonuniy   tartibda   o‘rganish   asosida
o‘rmon   urug‘lari   fondidan   foydalanishni   geografik   rayonlar   bo‘yicha   boshqarish
amalga oshiriladi.                            Foydalanilgan   adabiyotlar :
 
1.   Акопов И.Э.Важнейшие отечественные лекарственные растения и их  
приминение   (справочник)   Т.,   Медицина   1990. 120   б  
2.   Ahmedov   O‘.   Ergashev   A.,   Abzalov.A   Dorivor   o‘simliklar   va   ularni   o‘stirsh   tex
nologiyasi.   Ukuv   kullanma.Toshkent. 2008. 232   b  
3.   Atabaeva   X.N.   va   boshq.   O‘simlikshunoslik.   T.,   «Mehnat», 2000.  
4.   Bo‘riev X. Ch., Dusmuratova S.I. Qishloq xo‘jaligi   ekinlari       
urug‘shunosligi.   Toshkent. “Mehnat”,   2000.
5.   To‘xtaev B.Yo., Maxkamov T.X., To‘laganov A.A., Mamatkarimov A.I.,  
Mahmudov   A.V.,   Allayarov   M.O‘.   Dorivor   va   ozuqabop   o‘simliklar   plantatsiyalari
ni   tashkil etish   va   xom-ashyosini   tayyorlash   bo‘yicha   yo‘riqnoma.   –   Toshkent, 
2015.   144   b.  
6.   Атабаева Х.Н., Умарова Н.С. Лекарственные растения в ветеринарии.  
7.   Теdхин А.А. В.В. Вандышев Технология   возделывания лекарственных       
растений.   Учебное   пособие.   Москва.2008. 201стр.
8.   E.T.Berdiev,   M.X.   Xakimova,   G.B.   Maxmudova.   O‘rmon   dorivor   o‘simliklari.  
Ukuv   kullanma.   Toshkent.   UzR   FA   Minitipografiyasi, 2014.-273b.  
9.   E.T.Axmedov,   E.T.Berdiev.   Dorivor   usimliklarni yetishtirish

DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIK BAZASINI TASHKIL ETISH Reja : 1. Daraxtzorda daraxtlarni seleksion baholash 2. Ko ’ p yiillik dorivor o ’ t o ’ simliklar urug ’ chilik bazasini tashkil etish . 3. Bir yiillik dorivor o ’ t o ’ simliklar urug ’ chilik bazasini tashkil etish .

Dorivor o ’ simliklar urug ‘ chiligi yaxshi yetilgan , yetilayotgan o ‘ rta yoshdagi daraxt va daraxtzorlar , shuningdek yahshi pishib yetilgan o ' t o ' simliklar negizida seleksion asosda tashkil etiladi . Bu daraxtlar boshqalardan kompleks xo‘jalik qimmatbaho belgilari va xususiyatlari: tez o‘sishi, yuqori meva (urug‘) hosildorligi, tanasi va yog‘ochning sifati, zararkunanda va kasalliklarga, noqulay iqlim sharoitiga va muhitning boshqa omillariga chidamliligi bilan ajraladi. Daraxt va buta turlaridan qimmatbaho irsiy xususiyatlari va yuqori ekish sifatiga ega bo‘lgan urug‘larni olish uchun daraxtzorlarda doimiy va vaqtincha o‘rmon urug‘lari bazalari yaratiladi. Doimiy o‘rmon urug‘lari bazasiga plusli daraxtzorlar (urug‘li zakazniklar), urug‘ yig‘ib-terib olish uchun belgilangan maxsus shakllangan doimiy o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari kiradi. Daraxtlarning urug‘lar bazasini tashkil etish daraxtzorlar va daraxtlarning seleksion bahosini, daraxt turlarining genetik fondini ajratish va saqlashni, o‘rmon urug‘lari plantatsiyasini yaratishni, doimiy o‘rmon urug‘lari uchastkalarini barpo etish va shakllantirishni, vaqtinchalik o‘rmon urug‘lari uchastkalarini barpo etishni o‘z ichiga oladi. Daraxtzorda daraxtlarni seleksion baholash Daraxtlar va daraxtzorlarni seleksion baholash ularning mahsuldorligi, yog‘ochi va mevasining sifati, hayotiy qobiliyati va boshqa o‘rmon xo‘jalik belgilaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lganlarida o‘tqaziladi. Bu yerlarda daraxtlar va daraxtzorlar plusli, normal va minuslilarga ajratiladi. Plusli daraxt va daraxtzor ikki usulda tanlanadi. Bu ish yaxshi daraxtzorlarda plusli daraxt va daraxtzorga nomzodlarni oldindan aniqlash bilan boshlanadi. Keyinchalik viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining vakili vegetatsiya davrida tanlangan daraxtlar va daraxtzorlarni ko‘rikdan o‘tkazadi va ularni pluslilar kategoriyasiga qabul qilinishi haqida qaror qabul qiladi. Har bir attestatsiyadan o‘tgan plusli daraxt va daraxtzorga belgilangan namunadagi pasport to‘ldiriladi. Plusli daraxtlar va daraxtzorlarga belgilar qo‘yiladi, atrofi o‘raladi. Belgi 1,5 m balandlikdagi daraxt tanasida oq moy bo‘yoq bilan 10 sm enlikda ko‘ndalang chiziq o‘tqaziladi va nomer yoziladi (Suratida davlat reestri bo‘yicha raqam, maxrajida esa korxona bo‘yicha raqam yoziladi).

Plusli daraxtzor chegaralari burchaklarida stolbali qoziqlar bilan vizirlanadi, anshlaglar o‘rnatilib, tegishli ma’lumotlar yoziladi. Plusli daraxtlar xo‘jalik ahamiyati va xususiyati bo‘yicha bir xil sharoitda o‘sayotgan bir xil yoshdagi daraxtlardan ustun bo‘ladi. Ular o‘sish kuchi, tanasining sifati, sog‘lomligi va normal meva hosil berishi bilan ajralib turadi. Ularning diametri 60-70%, balandligi 15% ga daraxtzorlardagi daraxtlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, ayrim hollarda bu ko‘rsatkichlar biroz past bo‘ladi (30 va 10%). Plusli daraxtlar tanasi to‘g‘ri, shox-shabbalari bir tekis rivojlangan bo‘ladi. Maxsus xo‘jalik tashkil etishda plusli daraxtlar ham yetishtirilayotgan daraxtzorlar talabiga javob berishi kerak. Plusli daraxtlar kesish uchun ajratilmaydi, shikastlanishdan himoyalanadi, zarurat tug‘ilganda atrofi o‘raladi. Plusli daraxtlardan tayyorlanadigan qalamchalar va urug‘lar o‘rmon urug‘lari plantatsiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladi. Agar vegetativ (urug‘li) nasl asosiy belgilarini va qimmatbaho xususiyatlarni o‘zida takrorlasa, bunday daraxtlar elitali deb tan olinadi. Normal daraxtlar - bu o‘sish kuchi va xususiyati bo‘yicha yaxshi va o‘rta daraxtlardir. Ular o‘rmon daraxtzorlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning diametri daraxtzorlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 15-20% ga ko‘p, bo‘yi esa bir necha barobar baland bo‘ladi. Daraxtlar ichidan ijobiy o‘sish (plus) ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lgan yaxshi daraxtlar ajratiladi. Normal daraxtlar o‘rmon barpo etish uchun foydalaniladigan asosiy urug‘ miqdorining manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Minusli daraxtlar sust o‘sishi bilan farqlanadi. Daraxt tana yog‘ochining diametri daraxtzorlardagi daraxtlar o‘rtacha ko‘rsatkichining 50% ini tashkil etadi. Ularga qing‘ir, o‘zakli, shoxshabbalari yomon rivojlangan, kasallangan, zararlangan daraxtlar ham kiradi. Bu daraxtlardan (minusli) urug‘ yig‘ib-terib olish taqiqlanadi. Urug‘chilikda o‘rmon daraxtzorlarini seleksion baholash katta ahamiyatga ega. Tegishli darajasiga bog‘liq holda daraxtzorlar plusli, normal, minusli bo‘ladi (2.1- jadval).

Bulardan tashqari, ekish maqsadi uchun tayyorlanadigan qator daraxt turlarining a’lo sifatli urug‘lariga texnik shartlar (TU-56 206-83) ishlab chiqilgan. Unga asosan urug‘lar navli (saralangan), yaxshilangan va normal urug‘larga bo‘linadi. 2.1-jadval Daraxtzorlarni seleksion baholash Daraxtlar Foydalanish katego- riyasi Xarakteristikasi maqsadi tartibi plusli Mahsuldorligi va sifati belgilangan o‘rmon o‘sish mintaqasida juda yuqori, 20-30% plusli daraxtlarni o‘z ichiga oladi Urug‘li zakazniklarda ajratiladi va urug‘ plantatsiyalari uchun urug‘ va qalam cha tayyorlash uchun foydalaniladi Kesishga ajratilmay- di, parvarishlash maq- sadida plusli daraxt lar o‘sishiga xalaqit beruvchi minusli daraxtlar kesiladi normal Mahsuldorligi va sifati yuqori va o‘rta Doimiy va vaqtincha o‘rmon urug‘lari uchastkalarini tuzish va urug‘ yig‘ib terish uchun foydalaniladi Urug‘ yig‘ib-terib olish yillari urug‘ tayyorlash maqsadida imkoniyatga qarab kesiladi. Doimiy o‘r- mon urug‘li uchast- kalari (DO‘UU) kesil- maydi. minusli Mahsuldorligi va sifati past, minusli daraxtlar ustunlik qiladi O‘rmon barpo etish va urug‘chilik uchun urug‘ olish taqiqlanadi O‘rmondan foydala - nish rejasi bo‘yicha kesiladi. Navli (saralangan) urug‘lar o‘rmon urug‘lari plantatsiyalarida (O‘UP) daraxtlarning fenotip belgilari (plusli) bo‘yicha a’lo vegetative navlarini yoki plusli

daraxtlarning o‘zlarini sun’iy chatishtirish bilan changlanishini nazorat qilish usulida olinadi. Yaxshilangan urug‘lar, plusli va yaxshi normal daraxtlardan minusli daraxtlari olib tashlangan plusli daraxtzorlardan, normal daraxtzorlarda o‘sayotgan doimiy o‘rmon urug‘lari uchastkalaridan (DO‘UU), shuningdek, navli (saralangan) urug‘lardan yetishtirilgan urug‘ ko‘chat va ko‘chatlardan barpo etilgan plantatsiyalardan yig‘ib- terib olinadi. Doimiy o‘rmon urug‘lari bazalari o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari va uchastkalarini birlashtiradi. Bu daraxtzorlar uzoq vaqt davomida daraxt va butalarning navli, elitali va gibrid urug‘larni olish uchun maxsus barpo etiladi. Ular sovuq urmaydigan zararli shamollardan himoyalangan, belgilangan daraxt turi o‘sishi uchun xarakterlijoylarda (qumli, vodiy, 8-10° nishablikdagi tog‘ qiyaliklari), nisbatan, tekis relyeflarda barpo etiladi. Bu maqsadda tuproq yoppasiga ishlanadi, yetishtirish davrida meva hosil berishiga va o‘rmonni himoyalashga aktiv ta’sir etuvchi kompleks tadbirlar o‘tqaziladi. O‘rmon urug‘lari plantatsiyalari vegetativ usulda va urug‘idan etishtirilgan bo‘ladi. Vegetativ usulda yetishtirilgan o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari payvandlangan ko‘chatlar yoki plusli va elitali daraxtlar urug‘idan yetishtirilgan payvandtagga plusli va elitali daraxtlardan qalamchalarni payvandlab barpo etiladi. Vegetativ ko‘paytirish usuli plusli daraxtlarning irsiy belgilarini va xususiyatlarini to‘liq o‘zida saqlab qoladi, shuning uchun payvandli klonli o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari o‘rmon daraxt va butalarining navli urug‘chiligida asosiy forma bo‘lib hisoblanadi. Turli daraxtlar uchun payvandlash usuli ularning biologik xususiyatlariga bog‘liq. Igna bargli daraxt turlari uchun novdaning yuqorigi qismi kurtak orqali yorib payvandlash, o‘zagini kambiyga ulash usuli yaxshi natija beradi. Grek yong‘og‘i, pista, bodom uchun kurtak payvand, to‘liqsiz trubka va kurtak ko‘zi “T” shaklidagi kesimga payvandlanadi. O‘zbekiston sharoitida ko‘pchilik daraxtlar uchun yozgi (iyul-avgust) uyquga ketgan kurtak bilan payvandlanadi.