DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINI EKISHGA TAYYORLASH
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINI EKISHGA TAYYORLASH Reja: 1.Urug’larni o’stirishning nazariy asoslari. 2.Urug’larni ekishga tayyorlash usullari.
Urug’lar turg’unligi. Bu nisbiy tushuncha bo’lib, urug’lardagi modda almashinuvi holatining susayishini va alohida hollarda genetik programma hisobining tuxtashini aks ettiradi. Urug’larda o’sib—rivojlanish jarayoni to’xtaydi. Urug’larning turg’unlik holati keng ma’noda ularning o’sishdan to’xtashi, ma’lum bir miqdorda unuvchanligining pasayishi, yoki ma’lum bir sharoit yaratilganda unib chiqish qobiliyatini saqlab qolishi tushuniladi. Urug’lar turg’unini shakl asosiy shaklga ajratiladi: - majburiy va organik majburiy (qisqa va sayoz) va organik yoki chuqur turg’unlik holatiga daraxt va buta urug’larining pishib etilganidan keyin o’tiladi. Majburiy turg’unlik holati tashqi muhit bilan bog’liq, urug’larning hususiyatiga bog’liq bo’lmaydi. Majburiy turg’unlik holatidan zarur sharoit yaratilishi bilan tezda chiqadi. Organik turg’unlik - bu urug’larning xususiyatiga bog’liq bo’lgan holda ularning o’sishini yoki unib chiqishini ma’lum bir muddatga cho’zishdir. Organik turg’unlikdagi urug’lar bahorda ekishdan oldin maxsus tayyorlanadi. Urug’larning o’sishi - zarodishni turug’ulikdan qo’zg’alib urug’ning rivojlanib gipometabodizmdan optimal modda olmashinuv holatiga o’tishi va o’sishga kirishishi, ya’ni zarodishda o’sish jarayonining qayta davom etishi. Urug’larning o’sishi uch fazaga ajratiladi: bo’kish; stimulyastiya, differenstiastiya. Urug’larning bo’kish fazasi suvni o’ziga singdirishi bilan bog’liq, ularning tezligi esa urug’ning biologik xususiyatiga va haroratga bog’liq. Qalin qobiqqa ega bo’lgan urug’lar suvni ko’p qabul qiladi, yupqa qobiqlilari esa kam. Stimulyastiya fazasida urug’larda fiziologo-biokimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lib ularning o’sishga tayyorlashda o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu fazada zarodish qobig’iga tashqi muhitning ta’siri katta ahamiyatga ega va zarurdir. Ular ta’sirida o’sish jarayoni boshlanadi. Differenstiastiya va o’sish fazasi urug’ qobig’ining yorilishi bilan boshlanadi. Natijada ug’ug’larga suv va havoning kirishi engillashadi, zarodish
tezda optimal suv va havo bilan ta’minlanadi. Endospermda zapas oziq moddalar gidrolizlanadi. Fermentlar aktivligi susayadi, nafas olish jarayoni kuchayadi, oziq moddalar parchalanib o’suvchi to’qimalarga xarakati kuchayadi. Xo’jayralar bo’linishi ko’payib, ular bo’yicha o’sishi kuchayadi va to’qimalarda differenstiastiya boshlanadi. Keyinchalik assimilyastiyalovchi to’qimalarning ko’payishi bilan o’simta avtotrof oziqlanishga o’tib urug’ ko’chatga aylanadi. O’sishni stimullash usullarini asoslash xo’jalik jihatidan ko’pchilik xollarda daraxt va butalarning urug’lari yig’ib terib olinishi bilan ekilmaydi, bahorgacha belgilangan muddatda va sharoitda ekish uchun saqlanadi. Shu munosabat bilan urug’larning o’sib chiqishga tayyorlanishi va unib chiqishining tabiiy holati buziladi. Turg’unlik shakli va muddatiga bog’liq holda bahorda maxsus tayyorlamasdan ekilgan daraxt va buta turlarning urug’lari, ayrimlari ekilgan yil unib chiqadi, ayrimlari unib chiqmaydi. Urug’larning o’sish davri davomiyligi ulardan tashqari tashqi muhit, urug’larni terish muddati va sharoiti, ularni saqlash davomiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun o’rmon xo’jaligi tajribasida ularni saqlash davomida va undan keyin ekishga tayyorlanadi. Urug’larni turg’unlikdan chiqarish va ulardan fiziologik aktivlikni qayta qo’zgatishda ularga kompleks, tashqi omillarni ma’lum bir navbatlilikda va davomiylikda ta’sir etishi lozim. Shu holatdagina qator manbalar (suv, havo, issiqlik) ta’sirida (modda olmashinuvida ularni o’suvga tayyorlovchi aktiv sifatli o’zgarishlar kuzatiladi. Urug’larni ekishga tayyorlash usullari. Urug’larni ekishga tayyorlashning fizik, kimyoviy, fiziologik usullarga mavjud. Ularni amalda qo’llash esa belgilangan urug’lar turlaridagi turg’unlik shakliga bog’liq. Fizik usul - bu urug’ qobig’ini to’liq olib tashlash va unga mexanik ta’sir ko’rsatishi (skorifikastiya, impakstiya) turlicha termik ishlov berishlar va yuvishdir.
Kimyoviy usul - meva yoki urug’larni kuchli ta’sir etuvchi kislotalar, ishqorlar va boshqa moddalar (mikroelementlar, stimulyatorlar) bilan urug’lar qobig’ining o’tkazuvchanlikni oshirishdir. Fiziologik usul - bu zarodish holatiga ta’sir etish. Bu usul biologik aktiv diapozondan xarorat, yorug’lik, havo tartibining uzoq muddat tayyorlash, hamda o’sish stimulyatorlari bilan ishlov berishga asoslangan. Madaniy o’rmonlar ishi tajribasida qattiq qobiqli urug’lar ekishdan oldin skarifikastiyalanadi, konstentrastiyalangan kislota bilan ishlanadi. Sparofikastiyalash uchun maxsus mashina - skarifikatorlar qo’llaniladi. Impakstiya - bu urug’larni bir birlari yoki idish devoriga uriltirib ular qobig’ini shikastlashdir. Bu holatda urug’ shikastlanmaslik kerak. Qobig’i qalin va qattiq bo’lgan urug’lar issiq suvda (Q60 o S) suv to’liq sovuguncha ivitiladi yoki qaynoq suvga 2-3 marotaba (1-2 o ) xaltagacha solib bajariladi. Urug’larni konstentrastiyalangan sulfat kislotasiga bilan tayyorlash mumkin. Chuqur turg’unlikda bo’ladigan daraxt va butalarning urug’larini fiziologik usulda tayyorlashning ananaviy turi bu urug’larni stratifikastiyalashdir. Stratifikastiyaning ma’nosi urug’larni qum yoki torf bilan qatlamlab joylashtirilib qishda maxsus inshoatlarda Q1Q5 o S haroratda tayyorlanishidir. «Stratifikastiya» termini hozirgi davrda ham o’rmon xo’jaligi tajribasida qo’llaniladi. Stratifikastiyalash muddati daraxt va buta turi urug’ining xususiyatiga bog’liq xolda 1-10 oygacha davom etadi. Stratifikastiya davrida undagi harorat ham urug’ning tuzilishiga, biologik xususiyatiga bog’liq holda o’zgartirilib turiladi. Urug’larni ekishga tayyorlash muddatiga ekologik omillar, terib olish muddati, saqlash sharoiti va boshqalar ham ta’sir etadi. Urug’lar maxsus yahiklarda yoki transheyalarda stratifikastiyalanadi. Alohida hollarda urug’lar qalin bo’lmagan gazmollardan tayyorlangan xaltalarda qor tagida yoki polietilen xoltalarda xonalarda xolodilniklarda stratifikastiyalanadi.
Stratifikastiyaning samarasi optimal xarorat rejimini ta’minlanishiga bog’liq. Stratifikastiyalash uchun substrat sifatida diametri 3-4 mm bo’lgan toza va quruq torf yoki yirik (0,25 mm dan yuqori) zarrachasi qumdan faydalaniladi. Yahiklarda urug’lar stratifikastiyalanganda yahiklarni ko’chirib qo’yish va havo almashini uchun qulay qilib tayyorlanadi. Yahiklar balandligi 30-35 sm bo’ladi. Oldindan ivitilgan urug’lar torf yoki qum zarrachalari bilan 1:3 nisbatda aralashtiriladi (bir qismi urug’ va 3 qismi qum yoki torf) va yahiklarga joylanadi, 2-3 kun davomida suv sepib turiladi. Keyinchalik qayta aralashtiriladi va suvga sergitiladi. Yaxshi aerastiya uchun optimal namlik 60% da ushlab turiladi. Uzoq muddat stratifikastiyalanadigan urug’lar 2-3 oyda bir marotaba qayta aralashtiriladi, zarurat bo’lganda suv sepiladi. Urug’larni bahorda ekishga stratifikastiyalanganda, unda urug’larni kish urishgacha ushlanadi. Oldindan yoki ekish muddatidan oldin undan urug’lar qor tagiga joylanadi. Stratifikastiyadagi urug’lar ekishdan oldin substratdan ajratiladi. Urug’larni odatdagi stratifikastiyalardan tashqari tezkor stratifikastiya usullari mavjud: oldin issiq suvda ivitish, haroratiga qo’tarish, yuqori va past harorat bilan almashlab ishlash, mexanik va kimyoviy ta’sir etish, urug’larni stimulyatorlar bilan ishlash va boshqalar.