DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINING SIFATI VA SAQLASH USULLARI
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINING SIFATI VA SAQLASH USULLARI Reja: 1. Meva va urug’larni yig’ib-terib olish. 2. Uru g’ ashyolarini qayta ishlash. 3. Ayrim daraxt turlarining urug’ ashyolarini yig’ib terib olish.
Turli daraxt turlarining urug’lari etukliligi ularning biologik xususiyatiga urug’ pishib etilish davridagi ob-havo bog’liq holda yilning turli vaqtiga to’g’ri keladi. Past xarorat ularning pishib etilishini susaytiradi. Urug’ ashyosini tayyorlashni ma’lum bir muddatlarda amalga oshirish zarur. Urug’lar pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. Urug’larning pishib etilishi fiziologik va texnik etilishga bo’linadi. Fiziologik etuklik davrida urug’ zarodishi o’sish qobiliyatiga ega bo’ladi, lekin urug’ (meva) daraxtda qolib o’sib-rivojlanishni davom ettiradi. Bu davrda urug’da suv miqdori kamayib quruq moddalar ortib boradi. Keyinchalik urug’ texnik (hosil) etuklikga o’tadi, unda urug’dagi oziq moddalar saxaroza, Uraminokislotlar va yog’ kislotalari shaklida bo’ladi. Oddiy shakldagi moddalar shakliga o’tadi fermentlar ishqorligigining intensivligi susayib boradi. Tashqi qoplami suv va havo o’tkazmaydigan zich qoplamga aylanadi.Urug’da biologik jarayonlar to’xtaydi va ular chuqur turg’unlik xolatiga o’tadi. Urug’larning pishib etilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli bo’lgan bir necha fazani o’tadi. Urug’ va mevalarni yig’ib terib olish muddati daraxt va butalarning biologik xususiyatiga, urug’larning etuklik holatiga va ularning uzulib tushish muddatiga bog’liq texnik etuklikka kirishi bilan urug’lar uzulib erga tushadi va hosilning bir qismi yo’qotiladi. Shuning uchun bunday hususiyatga ega bo’lgan daraxtlardan urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olish tavsiya etiladi. Urug’larni yig’ib terib olish muddatlari. Fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olingan urug’lar yaxshi shamollantiriladigan xonada pishib etilishi uchun saqlanadi, keyin mevasidan urug’ ajratiladi. Daraxt shoxlarida pishib etilgan davrida ham mevasi saqlanib qoladigan daraxt turlaridan urug’ ashyosi texnik etuklik davrida yig’ib terib olinadi va urug’ qishda saqlanishi mumkin. Agarda jo’ka, oddiy shumtol donaklilarning urug’larini yozda stratifikastiyalansa yoki erta kuzda ekilsa, ularning mevasini yozda fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olinishi kerak.
O’zbekistonda zaravshon archasida urug’ zarodo’shi gul changlanganidan keyin ikkinchi yiliga avgust oyida shakllanadi. Bu davrda yig’ib terib olingan va shu zaxoti erga ekilgan urug’ keyingi yil bahorda yalpi unib chiqadi. Ularning mevasi bir-ikki oy keyinroq ya’ni oktyabr- noyabr oylarida to’liq pishib etiladi. Texnik etuklik daavrida yig’ib-terib olingan mevalardan olingan urug’lar uzoq muddat turg’unlik holatiga ega bo’ladi va bahorda ekilgan urug’, keyingi yilning bahorda unib chiqadi, unuvchanlik darajasi juda past bo’ladi. Saur ( polusharovidniy) archada fiziologik etuk urug’lar changlangandan keyingi yili iyul oiyda shakllanadi. Turkiston archasida fiziologik etuk urug’lar changlangandan keyingi yilining iyun oyida shakllanadi. Archaning barcha turlarida texnik etuk urug’ (meva) IX-X oylarida yig’ib terib olinishi mumkin. O’zbekistonda o’sadigan ko’pchilik daraxtlarda texnik etuk urug’ (meva) sentyabr-oktyabr oylarida shakllanadi va uzoq muddatga (bahorgacha) daraxt shoxlarida saqlanadi. Ularning urug’larini yuqorida aytilgan ya’ni martgacha yig’ib terib olish mumkin. Urug’lar uzoq muddat saqlanishi mo’ljallangan hollarda ular daraxtlardan texnik etukli, ya’ni to’liq pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. Daraxtzorlarni oldindan o’rganish. Urug’ hom ashyosini yoppasiga yig’ib terib olishdan oldin urug’li daraxtzorlar (O’UP, DO’UU, VO’UU va boshqalar) o’rganib chiqiladi. Maqsadi urug’ hosilini oldindan aniqlash, ularning ekish sifatini va kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o’rganishdir. Meva va urug’lar DO’UU, VO’UU hamda himoya daraxtzorlardagi daraxt va butalardan yig’ib - terib olinadi. Ular oldindan o’rganilganda urug’idan foydalanish yaroqli deb topilgan bo’lishi kerak. Daraxt turlariga bog’liq holda urug’lar homashyosi erdan (to’kilgan urug’lar), o’sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig’ib terib olinadi. O’rmon urug’lar homashyosini qayta ishlash. Tayyorlangan meva va urug’lar qayta ishlanmasdan tug’ridan tug’ri ekish uchun foydalanib bo’lmaydi.
Urug’ homashyosi qayta ishlashga urug’larni meva va qubbalardan ajratish, ularni qanotsizlashtirish, qo’shilmalardan tozalash va standart namlikgacha quritish ishlari kiradi. Urug’larni ekish sifati va saqlash samarasi asosan ularni qayta-ishlashga bog’liq. Urug’ hom-ashyosini qayta ishlash va saqlash rejimini belgilashda urug’ga ikki qismdan, zarodish va zapas oziq moddalardan, iborat biologik sistema sifatida qaralishi zarur. Urug’ni yig’ib terib olinishi davrida ulardagi biologik sistema turg’unlik holatida bo’ladi. Bu urug’larni ekishga bo’lgan davr ichida yaxshi saqlash imkonini beradi. Ularni tashishda ham biologik sistema turg’unligi buzilmaydigan optimal sharoit yaratiladi. Turg’unlikdagi urug’ning biologik sistemasini harakatga keltirish ya’ni turg’unlikni buzish, ularga yuqori harorat, yorug’lik energiyasi va shu kabi boshqa omillarni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi. Urug’larni meva va qubbalardan ajratish. Qubbalardan urug’ni ajratish ochiladigan qubbalardan urug’ ajratish.Ochilmaydiganlardan urug’ ajratish va archa mevalardan urug’ ajratish usullariga bo’linadi. Archa mevasidan urug’ ajratish fiziologik etuklik va texnik etuklik mevalardan ajratish usullariga bo’linadi. Quruq va xo’l mevalardan urug’ ajratish. Quruq mevalardan urug’ ajratishda ular yanada ko’rsatiladi, urug’ tozalash mashinasida (SOM-1, SUM-1) maydalanadi va qo’shilmalardan tozalanadi. Xondon pista meva qobig’idan O’zO’XITI kashf etgan konstrukstiyasi bo’yicha FOK -1 Krutinkova mashinasida ajratiladi. Xo’l mevalar va rezovor mevalar imkoniyat darajada yig’ib terib olinishi bilan yoki qisqa muddat ichida (1-3 kun) qayta ishlanishi tavsiya etiladi, aks holda ular ochib, o’z-o’zidan qizib urug’larning hayot qobiliyati pasayib ketadi. Xo’l mevalardan urug’larni sharbatlar, murabbo va qiyomlar uchun homashyo tayyorlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. U holda urug’lar shikastlanmasligi va yuqori haroratga uchramasligi zarur yirik xo’l mevalar uchun mevani maydonlash, kesish va surkash (terka) usullaridan foydalaniladi. Grek
yong’og’i uchun MOO-1 mashinasidan foydalaniladi.Donaklilarning urug’i mevasidan donak ajratish mashinalarida amalga oshiriladi. Ayrim mevali daraxt urug’lari mevalaridan ezib keyinchalik sovuq suvda etidan yuvib ajratish usulida olinadi. Keyinchalik urug’lar tegishli qalinliklarda quritiladi, tozalanadi va saralanadi. Archa urug’i ekishga bog’liq holda fiziologik yoki texnik etukligida yig’ib terib olinadi. Urug’ini yalpi archazorlardan terib olinadi. Mevasi qo’lda uzib teriladi. Terib olingan mevasi salqinda 0,5 m qalinlikda quritiladi. Ular vaqti-vaqti bilan og’darilib turadi. Unuvchanligini 3-5 yilgacha yaxshi saqlanadi. Saksovul mevasining yig’ib-terib olish mexanizastiyalash---tirilgan, qo’lda yig’ib terib olinadi. 2-3 yillik shoxlarini sindirmaslik tavsiya etiladi, aks holda keyingi yilgi hosili nobud bo’ladi. Shamolsiz ob-havoda mevasini ularni silkitib yoki tayoqcha bilan urib oldindan tozalangan erga yoki to’shalgan tentga tushiriladi. Xondon pista. Hosilini qo’lda yig’ib terib olinadi (silkitib yoki qo’l bilan uzib). Mevali bir-xil pishib etilmaydi, daraxtzordagi daraxtlarda turli muddatlarda pishib etilsa, daraxtdagi shoxlarda ham, hatto bir shingilining o’zida ham turli muddatlarda pishib etiladi. Shuning uchun mevasini asta-sekin navbatma-navbat yig’ib terib olinadi. Grek yong’og’i. Mevasining pishib etilishi meva qobig’i (po’stlsog’ining) pishib etilishi bilan aniqlanadi. Ular savoldan engil ajralib chiqgan holda yig’ib terib olish mumkin. Yig’ib terib olishdan oldin daraxt shox-shabbalari ostidagi er tozalanadi. Mevasi silkitish usulida yig’ib terib olinadi. Yig’ib terib olishda shoxlarning sinishiga, novda va hosil kurtaklarining shikastlanishiga yo’l qo’yilmaydi. O’zO’XITIda grek yong’og’ining hosilini yig’ib terib olish uchun vibrastion mashina ishlab chiqgan. Bu mashina 8x8 m sxemadan kam bo’lmagan sxemada ekilgan yong’oqzorlarda, 0,4 to’liqlikdagi nishobligi 20 o gacha bo’lgan tabiiy