DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIGI VA KO’CHATCHILIGI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIGI VA KO’CHATCHILIGI FANINING MA Q SADI VA VAZIFALARI. Reja: 1. Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi fani va uning ahamiyati. 2. Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi fanining nazariy asoslari. 3. Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi rivojlanishi tarixi. O’zbekistondagi asosiy urug’chilik markazlari va ularning ishlari.
O’sib borayotgan aholining oziq-ovqatga bo’lgan talabini qondirish, ularni tulaqonli qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlash muammosi ishlab chiqarish imkoniyatlarining talab darajasida qondirmayotganligini ko’rsatadi. Bu ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki er yuzidagi aholining uchdan ikki qismi aynan shu mamlakatlarda istiqomat qilishiga qaramasdan bu davlatlarda umumiy qishloq xo’jalik mahsulotlarining 38% gina etishtiriladi. Shuning uchun qishloq xo’jalik o’simliklari mahsuldorligini qo’shimcha harajatlarsiz oshirish muammosi juda dolzarb muammodir va uni selekstiya ishtirokisiz xal qilish deyarli mumkin emas. Qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarini va duragaylarini yaratish ishlari bilan selekstiya fani shug’ullanadi. Selekstiya fanining o’sib borayotgan rolini AQSh olimlari olib borgan tadqiqotlari misolida tasdiqlash mumkin. Masalan, ularning aniqlashicha g’o’zada vegetastiya davrining 160-180 kun o’rniga 120 kunga qisqarishi o’g’itlar sarfini 80%ga, suv sarfini 50% ga, insektistidlar sarfini 75% ga kamaytirish va hosil birligi tannarxini 43% kamaytirish imkoniyatini beradi. Ertapishar navlarning eqilishi natijasida va hosilning bir vaqtda etilishi tufayli umumiy mexnat sarfini ham anchagina kamaytirish (energiya sarfi maydon birligiga 33% ga kamayadi) imkoniyatini beradi. Bulardan tashqari hosildan erta bo’shagan dalalarda agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tqazish imkoni-yati paydo bo’ladi. Selekstiya lotincha selectio so’zidan olingan bo’lib tanlash degan ma’noni bildiradi. Selekstiya rivojlanishining boshlang’ich davrida tanlash asosiy usul bo’lgan va bu boradagi ishlarni to’liq ifodalagan. Keyinchalik selekstiya olib borayotgan ishlar qo’lami kengayganligi tufayli bu tushunchaning ma’nosi kengayadi va xozirda selekstiya deganda boshlang’ich material (kur) ni saralash, o’zgaruvchanlik, irsiyat va yangi shakllarni yaratish, ularni ajratib olish vazifalarini o’z ichiga oladi. Xozirgi vaqtda selekstiya duragaylash, mutagenez, poliploidiya, geterozis, gen injeneriyasi va boshqa usullardan keng foydalanmoqda. Shunday bo’lishiga karamasdan selekstiyaning boshqa usullaridan samarali natijalarga erishishda tanlashning ijodiy ahamiyati juda kattadir.
Selekstiya fani dala ekinlari urug’chiligi bilan uzviy bog’langandir. Urug’chilik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining maxsus tarmog’idir. Uning vazifasi xo’jaliklarni yuqori sifatli navdor urug’lar bilan etarli miqdorda ta’minlashdir. Shunga ko’ra urug’chilik fan sifatida navdor urug’larni ko’paytirish, ularning nav tozaligini sof holda bo’lishini ta’minlash, navning genetik, biologik,xo’jalik belgilarini va xususiyatlarini saqlash hamda urug’ning sifatini har tamonlama yaxshilashga qaratilgan masalalarni o’rganadi. Selekstiya va urug’chilik fanlari bir- biri-ni to’ldiruvchi agronomik fanlardir. O’simlikshunoslik, agro-kimyo, dexqonchilik kabi fanlar o’simliklarning o’sish sharoitiga ta’sir ettirish orqali hosildorlikni oshirishga qaratilgan bo’lsa,selekstiya va urug’chilik ulardan farqli ravishda o’simlikning irsiyatiga ta’sir etadi. Selekstiyaning nazariy asosi genetikadir. Chunki irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlari uning negizidir. Selekstiya fanining hamma yutuqlari genetik usullar va Ch. Darvinning evolyustion ta’limoti bilan bog’likdir. Genetika fani yakka tanlash va ommaviy tanlash usulini, boshlang’ich materialni barpo etish, irsiyatni boshqarishning yangi usullarini ishlab chiqqan. Bu usullar jumlasiga geterozis duragaylar yaratish, stitoplazmatik erkaklik samarasizligi ( Ц ES) dan foydalanish, radioaktiv hamda ximiyaviy moddalar ta’sirida mutastiya va poliploidlar olish kabi muxim ahamiyatga ega yunalishlar kiradi. Bu boradagi ishlarga geterozis selekstiyasi, poliploidlar olish, mutantlar olish borasida erishilgan yutuqlarni keltirish mumkin. Selekstiya fani yangi nav va shakllarning paydo bo’lishi qonuniyatlarini o’rganish va ularni qo’llashda genetik usullar bilan bir qatorda mustaqil fan sifatida o’zining xususiy ish tartibi va usullarini ham ishlab chikdi. Selekstiya ishida nav yaratish uchun muxim omillardan biri bu populyastiyada paydo bo’ladigan yangi shakllarning hosil bo’lish jarayonini o’rganish va undan amalda foydalanish hisoblanadi. N. I Vavilov ta’kidlaganidek selekstiya inson xoxishi bilan yunaltiriladigan amaliy evolyustiyadir. Chunonchi selekstioner sun’iy tanlashdan foydalanib o’simliklarning yangi navlarini yaratadi. N. I. Vavilov fikriga ko’ra selekstiyaga fan sifatida, sanoat sifatida, va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining muayyan tarkibi sifatida qarash mumkin.
Nav inson faoliyati mahsuli bo’lib, qishloq xo’jalik unumdorligini oshiradigan ishlab chiqarish vositalaridan biridir. Ya’ni, yaxshi nav eqilganda hosildorlik ortib mahsulot sifati yaxshilanadi. Yangi navlarni joriy qilish don ekinlarida 2-3 st\ga va undan ham ortiq qo’shimcha hosil olish imkonini beradi. Yaratilayotgan navlar kasalliklarga,xashoratlaga, qurg’oqchilik-ga, shurlanishga va tashkimuxitning noqulayliklariga chidamli bo’lishi kerak. Oziq-ovqat muammosini xal qilishda, mahsulot sifatini yaxshilashda selekstiyaning ahamiyati boshqa fanlarga karaganda beqiyos kattadir. Selekstiya yuli bilan yaratilgan navlarda bir vaqtning o’zida hamma belgilarni yaxshilash mumkin emas. Masalan, xo’jalik uchun qimmatli belgilar uzaro teskari bog’lanishda bo’ladi. Shuning uchun turli belgilar orasidagi korrelyastiyani yaxshi bilish kerak. O’simliklar selekstiyasi o’z rivojlanishi tarixida 4 ta asosiy bosqichdan o’tdi. 1. Ibtidoiy selekstiya-uzoq ajdodlarimiz yovvoyi o’simliklar orasidan ko’p va sifatli mahsulot beradiganlarini ajratib ovqat uchun ishlatganlar. Lekin ularni ajratib olib ko’paytirish, saqlash kabilarni bajarishmagan bo’lsada vaqt o’tishi bilan inson ongining rivojlanishi natijasida tanlashga asos solgan. Natijada odamlar o’z extiyojlari uchun yaxshi hosil beradigan O’simliklarni ajratib ko’paytira boshlaganlar. Xozirda ekiladigan ekinlarning ko’pchiligi qadimgi ajdodlarimiz olib borgan oddiy tanlash natijasidir. 2. Xalq selekstiyasi. (maxalliy navlarning olinishi). Poltavka, Rusaka, Krasnokoloska kabi bahori yumshoq bug’doyning qur-g’oqchilikga chidamli, Kro’mka, Belokoloska, Sandomirka kabi kuzgi bug’doyning qishga chidamli navlari. Janubiy zonalarda qattiq bug’doyning Beloturka, Chernouska kabi bahorgi navlari. O’rta Osiyoda ham kuzgi, ham bahori hisoblangan Qizil bug’doy, Oltin bug’doy, kabi yumshoq bug’doy navlari serhosilligi, qurg’oqchilik va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Arpaning Toshkallak, sholining Arpasholi, Xo’jaaxmad, Qozoqi sholi, Qirmizi navlari, jo’xorining Xuraki, Kattabosh, Chillaki, Boyjo’xori, Pakana jo’xori navlari. Bedaning Xorazm bedasi kabi navlar yaratilgan bo’lib ularning yo’qolib
ketmasligini ta’minlash va ulardan selekstiya uchun boshlang’ich ashyo sifatida foydalanish zarur. 3. Ishlab chiqarishning rivojlanishi sanoat selekstiyasining paydo bo’lishiga va qator yirik mamlakatlarda selekstiya va urug’-chilik tashilotlari tuzilishiga olib keldi. Endi nav yaratish bi-lan tarqoq dexqonlar emas, balki maxsus selekstiya va urug’chilik muassasalariga uyushgan selekstionerlar shug’ullana boshladi (XVII- asrda yashagan Gallet, Lekuter, Shiref). 1774 yilda Parijda tashqil topgan “Vilmoren“ firmasi (qand lavlagi ustida ish olib borib boshlang’ich nushalarga karaganda 3 barobar ko’p shakari bo’lgan navlar yaratishdi). Bundan tashqari o’simliklar sistematikasi, botanika, texnikadagi yutuqlar, mikroskopning kashf etilishi introdukstiya, o’simliklarning jinsiy ko’payishini, urug’ning paydo bo’lishini va sun’iy chatishtirish kabilarni o’rganish yangi navlarni yaratishni tezlatish, nav yaratish usullarini takomillashtirish imkoniyatini berdi. 4. Ilmiy selekstiya-erishilgan yutuqlar asosan selekstionerlarning aqli, kuzatuvchanligi va tajribasiga tayangan edi. Shuning uchun ham selekstiya ilmiy - nazariy asosga muxtoj edi. Bunday asosni Ch. Darvin (XIX asr o’rtalarida) ishlab chiqdi. Bu ta’limot ilmiy selekstiyaning negizi bo’lib qoldi va xozirgi zamon selekstiyasi shu ta’limotga asoslangan. Bundan tashqari Mendel, Nilson-Ele, Iogansen ta’limotlari selekstiya usullari uchun na-zariy asos bo’lib koldi. I. V. Michurin va Berbanklarning ishlari ilmiy -nazariy va amaliy selekstiya uchun muxim ahamiyatga ega. O’rta Osiyoda 1900 yilda qishloq xo’jalik stanstiyalari tashqil topdi (Turkiston, Andijon, Mirzacho’l,Ashxobod). Ular asosan g’o’za selekstiyasi bilan shug’ullangan. 1910 yilda Turkiston tajriba stanstiyasi (Shreder nomli bog’dorchilik instituti) da, akademik Shreder maxalliy don ekinlarini ekib ularni nazariy urgana boshladi. Xozirgi vaqtda yuqoridagilardan tashqari selekstiya ishlari bilan G’allaoroldagi O’zbekiston don-ilmiy tadqiqot instituti, Genetika, Paxtachilik, O’simlikshunoslik institutlari va boshqa ilmiy tashqilotlar shug’llanmoqda. Ularning tarkibida bir qancha filiallar, bo’limlar va laboratoriyalar bo’lib ular selekstiya urug’chilik ishlarini zamon talablari