logo

Ijtimoiy nazoratni samarali qilishda siyosiy mafkuralarning o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.8173828125 KB
Ijtimoiy nazoratni samarali qilishda siyosiy mafkuralarning o‘rni
Reja
1.S iyosiy mafkuralarning vujudga kelish va rivojlanish tarixi
2.I jtimoiy   adolatni   qaror   toptirish da   O‘zbekiston   sotsial-demokratiya
mafkurasi ning o‘rni  .
3.Nazorat tizimida siyosiy partiyalar nazoratining o‘rni
  1.S iyosiy mafkuralarning vujudga kelish va rivojlanish tarixi
  O‘zbekiston   mustaqillikni   qo‘lga   kiritgandan   so‘ng   o‘z   rivojlanish
imkoniyatini tugatgan totalitar tizimdan voz kechib ,   demokratik taraqqiyot yo‘lini
tanladi.   Bugungi   kunda   mamlakatimizda   ma’muriy   buyruqbozlik   va   rejali
taqsimlash tizimiga asoslangan  totalitar davlat o‘rniga huquqiy demokratik davlat
va   fuqarolik   jamiyati   asoslari   shakllanib   bormoqda.   “O‘zbek   modeli”   deb   nom
olgan   taraqqiyotning   ushbu   yo‘li   tarixan   qisqa   vaqt   ichida   xom   ashyo   bazasi
bo‘lgan   mamlakatimizning   har   taraflama   rivojlangan   m amlakatga   aylanishini
ta’minlamoqda.   “O‘zbek   modeli” ning   mazmun   mohiyati   –   besh   tamoyilga,   ya’ni
iqtisodning   mafkuradan   x oli   va   siyosatdan   ustunligi,   davlat   bosh   islohotchiligi,
qonun   ustuvorligi,   kuchli   ijtimoiy   siyosat   va   bosqichma-bosqich   rivojlanish
tamoyillariga asoslanib davlat va jamiyat tuzilishini tubdan o‘zgartirishdan iborat. 
Mamlakatni   modernizatsiyalash   borasida   siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
sohalarda   erishilgan   yutuqlar   jahon   hamjamiyati   tomonidan   tan   olinib ,   yuqori
baholanmoqda. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” asosida bugungi kunda ustuvorlik
qilayotgan   liberal   demokratiya   g‘oyalari   bilan   birgalikda   sotsial   demokratiya
g‘oyalari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Shuning uchun mamlakat i mizda amalga
oshirilayotgan   modernizatsiyalash   jarayonida   erishilgan   yutuqlarimizda   siyosiy
partiyalarning,   jumladan,   O‘zbekiston   “ Adolat ”   SDPning   o‘rnini   o‘rganish
jamiyatshunos   va,   eng   avvalo,   siyosatshunos   olimlar   oldida   turgan   dolzarb
muammolardan   hisoblanadi.   Chunki   modernizatsiyalash   jarayonida   siyosiy
partiyalarning   rolini   o‘rganish   ushbu   jarayonda,   jumladan,   nazorat   jarayonida
yanada   faol   bo‘lish   uchun   kerak   bo‘ladigan   takliflarni   ishlab   chiqish   mumkin
bo‘ladi.    Jamiyat  taraqqiyotida siyosiy  mafkuralarning o‘rnini  anglab olish  uchun
ularning vujudga kelish va rivojlanish tarixiga nazar solish lozim.
Siyosiy mafkuralar  XVIII  asrda  shakllana   boshlagan  bo‘lsa   ham, ularning
kurtaklari   ancha   oldin   paydo   bo‘lgan   edi.   Siyosiy   mafkuralarning   paydo   bo‘lishi
XIV  asrda dunyodagi  birinchi   ijtimoiy   inqiroz ro‘y bergan Uyg‘onish  davri  bilan
bog‘liq.   Uyg‘onish   davri   sekulyarizatsiya,   ya’ni   ijtimoiy   va   individual   ongning
dindan   ozod   bo‘lish   jarayoni   bilan   xarakterlanadi.   Sekulyarizatsiya   jarayoni   asta- sekinlik   bilan   dunyoga   diniy   qarashdan   ratsional,   ya’ni   aqliy   qarashga   o‘tishni
keltirib   chiqaradi.   Oldin   mavjud   bo‘lgan   diniy   dunyoqarash   ijtimoiy   hayotni   va
siyosiy   tartib   masalalarini   diniy   tushunchalar   bilan   asoslar   edi.   Hayotning   yaxshi
yomonligini   inson   aqli   bilan   anglab   bo‘lmaydigan   u   dunyo   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
oxirat, ruh, qalb, omad   va taqdir kabi terminlar bilan tushuntirilgan. Inson faoliyati
hamma   uchun   ahamiyatli   bo‘lgan   diniy   qadriyatlar   bilan   belgilangan.   An’anaviy
jamiyatlarning asosida turgan ushbu diniy qadriyatlar   ijtimoiy munosabatlarning   va
individlarning   xulqini   boshqarib,   ijtimoiy   tartibni   ta’minlab   kelgan.   Diniy
qadriyatlarning   roli   va   ahamiyatining   yuqoriligi   individni ng   tabiat   va   jamiyatga
tobeligi   bilan bog‘liq bo‘lgan.   Ijtimoiy tartib va jamiyat jipsligi irratsional omillar
(e’tiqod, hissiyot, an’ana, urf-odat) asosida ta’minlangan. 
Ijtimoiy   mehnat   taqsimotining   rivojlanishi   va   bu   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
erkin   shaxsni ng   shakllanish   jarayoni   emansipatsiyani,   ya’ni   siyosiy   tizimning
dinga   tobeligining   tugatilishini   va   ozod   bo‘lishini   keltirib   chiqardi.   Ijtimoiy
madaniy   hayotning   dunyoviylashuvi   natijasida   siyosat   din   vakolatidan   chiqib,
dunyoviy ishlar   sirasiga  kira boshlaydi.   Jamiyatning  diniy dunyoqarash  ta’siridan
emansipatsiyalashuvining   birinchi   qadami   diniy   plyuralizmning   e’lon   qilinishi
bo‘ldi.   Diniy   plyuralizm   reformatsiyaning   natijalaridan   biri   hisoblanadi.
Reformatsiya qadriyatlarni qayta baholashni va inson hayoti, dunyoviy farovonlik
u   dunyoning   qadriyatlaridan   muhimroq   degan   tushunchani   keltirib   chiqardi.
Dunyoviy   qadriyatlarning   ustuvorligi   ijtimoiy   munosabatlarning
ratsionallashuvida,   maqsadga muvofiqlik, sog‘lom fikr, foydaga intilish tamoyillari
asosida   shakllanadigan   yangi   ijtimoiy   -   siyosiy   voqeylikni   vujudga   keltirishda
muhim qadam bo‘ldi.
  Endi   siyosiy   tartibot   diniy   normalar   orqali   emas,   balki   fuqarolarning
o‘zaro kelishuvi asosida ta’minlanishi tan olina boshlandi. Buning uchun fuqarolar
o‘zlarining   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilishga   xizmat   qiladigan   davlatni
tuzishadi.   Dunyoga   diniy   dunyoqarash   orqali   qarashning   ratsional   qarash   bilan
almashuvi   ijtimoiy   anomiya   (ijtimoiy   me’yorlarning   buzilishi)   holatini   keltirib
chiqaradi.   Bunday   holatdan   chiqish   zaruriyati   yangi   ideal   va   mazmunlarga ehtiyojni   tug‘diradi.   Inson   o‘z   aqli   bilan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodirligini
asoslaydigan yangi g‘oya va ideallarni, siyosiy mafkuralarni ilgari sura boshlaydi.
Ular   individlarni   birlashtiradigan   va   harakatlantiradigan   diniy   emas,   balki   yangi
dunyoviy   ideallarni   taklif   qilishadi.   Bunday   ideallardan   birinchi   qatorda   erkinlik,
mulkchilik va individning yashash huquqi, qadriyati paydo bo‘ldi.   Ushbu g‘oyalar
eng   oldin   paydo   bo‘lgan   liberal   siyosiy   mafkura   mutafakkirlari   tomonidan   ilgari
suriladi.   Bu   g‘oyalar   keng   aholi   qatlami   ongu   tafakkuriga   singdirilgandan   so‘ng
ommaviy ijtimoiy - siyosiy harakatni ng  asosiga aylandi.
 Dunyoning bugungi siyosiy manzarasi ijtimoiy hayotning tuzilishi, siyosiy
boshqaruv,   jamiyatni   isloh   qilishning   shakllari   xilma-xilligi   bilan   ajralib   turadi.
Rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlar   amaliyotida   foydalanilayotgan
ijtimoiy,   iqtisodiy   va   siyosiy   modellarning   xilma-xilligi   muayyan   siyosiy
mafkuraning   hukmronligi   natijasi   hisoblanadi.   Eng   oqilona   va   takomillashgan
jamiyat   to‘g‘risidagi   tushunchalarni   tanlash   ijtimoiy - madaniy   muhit,
rivojlanishning   tarixiy   va   milliy   o‘ziga   xosligi,   har   bir   mamlakat   urf-odatlarining
o‘zgaruvchanligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Bunday   ijtimoiy   o‘zgaruvchanlik   jamiyatda
hukmronlik   qiladigan   va   dunyo   siyosiy   xaritasini   shakllantiradigan   me’yor   va
qadriyatlar majmuini belgilab beradi. Takomillashgan jamiyat va unda individning
roli,   davlatning   maqsad   va   vazifalari,   jamiyatni   isloh   qilish   usullari   ijtimoiy
o‘zgaruvchanlik, ya’ni mavjud ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Ma’lum bir tarixiy
davrda   jamiyat tuzilishi va faoliyat olib borishi uchun kerak bo‘lgan tamoyillar va
mexanizmlar   to‘g‘risidagi   tushunchalar   majmui   ijtimoiy-siyosiy   paradigma
mazmunini   tashkil   qiladi.   Paradigma   –   har   qanday   siyosiy   mafkuraning   asosiy
tamoyili   hisoblanadi   va   siyosiy   yo‘nalish   turini   belgilab   beradi,   chunki   u   siyosiy
harakatning   mazmunini   ifodalaydi.   Siyosiy   harakatning   mazmuni   mafkuraning
boshlang‘ich asosi bo‘lgan ideal va qadriyatlar bilan belgilanadi. Bu qadriyatlar o‘z
navbatida   ijtimoiy   voqealikni   takomillashtirish   yo‘llarini   va   vositalarini   belgilab
beradi.
Siyosiy mafkuralar ikki asos bo‘yicha bir - birlaridan farq qiladi. Birinchisi,
ijtimoiy   siyosiy   paradigmasi,   ya’ni   orzu   qilinayotgan   jamiyat   modeli   bilan; ikkinchisi,   taraqqiyotga   munosabati   va   uni   amalga   oshirish   texnologiyasi   bilan
farqlanadi.   Birinchi   asosga   ko‘ra   siyosiy   mafkuralar   o‘ng,   markaz   va   so‘l
mafkuralarga   bo‘linadi.   Ikkinchi   asosga   ko‘ra   siyosiy   mafkuralar   radikal,
konservator   va   m o‘ tadil   mafkuralarga   bo‘linadi.   M o‘ tadil   siyosiy   mafkuralar
radikal va konservatorlar o‘rtasidagi bosqichma-bosqich islohotlar yo‘lini tanlagan
siyosiy yo‘naltirilgan kuchdir.
  Feodalizmdan   kapitalizmga   o‘tish   davridagi   ya’ni,   ma’rifat   davrida
vujudga   kelgan   ilg‘or   g‘oyaviy   oqim   va   siyosiy   mafkuralar   taraqqiyot   g‘oyasini
har  xil  asoslashadi  va shuning  uchun taraqqiyotni  ta’minlashga  qodir  bo‘lgan har
xil   jamiyat modellarini taklif qilishar edi. O‘ng mafkurachilar taraqqiyot g‘oyasini
erkin   raqobat,   bozor,   x ususiy   mulkchilik   va   tadbirkorlik   ideallariga   asoslangan
jamiyat bilan bog‘lashgan. Ammo o‘ng siyosiy-ijtimoiy qarashlar   avval boshdanoq
bir xil bo‘lmagan. Ularga o‘ta o‘ngchilardan bo‘lgan fashistlardan tortib   to liberal
demokratlargacha bo‘lgan siyosiy mafkuralar kirgan. So‘l mafkurachilar taraqqiyot
g‘oyasining   mazmunini   tenglik   va   ijtimoiy   adolatga   erishish,   shaxsning   har
taraflama   rivojlanishi   uchun   sharoit   yaratish   maqsadida   jamiyatni   doimiy
takomillashtirib   borishda   ko‘rishgan.   Lekin   ular   tenglik   va   adolat   qadriyatlarini
joriy   qilish   usullarini   har   xil   tushunishgan.   Masalan,   kommunistlar   jamiyatni
takomillashtirshning radikal usullarini ma’qul ko‘rishadi, tenglik va adolatni rejali
taqsimlash   iqtisodi   sharoitida   ta’minlashga   intilishadi.   Kommunizmning   birinchi
bosqichi   bo‘lgan   sotsializmdayoq   ijtimoiy   mulkchilik,   “mehnatga   yarasha”
tamoyilini   amalga   oshirish   zarur   deb   hisoblashadi.   Sotsial - demokratlar   ijtimoiy
o‘zgarish   va   taraqqiyotning   revolyusion   usullaridan   foydalanishga   qarshi   bo‘lib,
islohotlar   usulini   ma’qul   ko‘rishadi.   Tenglik   va   adolatni   ular   natijani ng   tengligi
sifatida   emas,   balki   startni n g ,   sharoitni ng   tengligi   sifatida   tushunishgan.   Sharoit
tengligi deganda mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan individlar uchun taxminan
teng ijtimoiy imkoniyatlar yaratish tushuniladi.
Siyosiy   mafkuralar   ichida   eng   birinchi   mafkura   liberalizm   mafkurasi
bo‘lgan.   Liberalizm   shakllanayotgan   burjua   elementlari   shaxsida   mustaqil
individning   shakllanayotganligini   asoslab   berdi.   Iqtisodiy   faol,   lekin   siyosiy jihatdan   huquqsiz   bo‘lgan   burjuaziya   hokimiyatga   bo‘lgan   o‘z   da’vosini   liberal
siyosiy   mafkurada   ifodalaydi.   Bugungi   kunda   liberalizm   barcha   liberal
qadriyatlarni   o‘zida   mujassamlashtirgan   eng   ta’sirli   siyosiy   mafkura   hisoblanadi.
Liberal   mafkuraning   boshlang‘ich   tezisi   bo‘lib   shaxsning   tabiiy   huquq   va
erkinliklari   (yashash,   erkinlik   va   x ususiy   mulk   huquqi)   muqaddasligi   va
daxlsizligi,   ularning   jamiyat   va   davlat   manfaatlaridan   ustunlik   g‘oyalari
hisoblanadi.   Individning   o‘zini   namoyon   qilish   sharoitlari   –   ye tuk   fuqarolik
jamiyatining mavjudligi, fuqarolarning huquqiy tengligi, siyosiy plyuralizm, ya’ni
xilma-xillik   asosida   jamiyat   hayotini   takomillashtirish   tamoyili   sifatida,   fuqarolik
jamiyati   sohasiga   aralashuvi   cheklangan   huquqiy   davlat   mavjudligidan   iborat
bo‘lgan.
  XX   asrning   birinchi   chora gida   G‘arb   mamlakatlarida   ro‘y   bergan   kuchli
inqiroz   liberalizm ning   ijtimoiy   tengsizlikning   kuchayish   jarayonini   to‘xtatishga
qodir   emas l igini   ko‘rsatdi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   liberalizm   siyosiy   mafkurasini
modernizatsiyalash   zaruriyatini   keltirib   chiqardi.   Klassik   liberializm   asosida
yuzaga   kelgan   neoliberializm   ayrim   g‘oyalarni   o‘zgartirdi.   Masalan,   davlatning
iqtisodiy va ijtimoiy sohaga aralashuv funksiyalarini kengaytirdi. Bundan tashqari,
boshqaruvchi va boshqariluvchilarning qat’iy belgilangan roli to‘g‘risidagi   tartibot
barcha   siyosiy   kuchlarning   konsensusi   tezisiga   almashtirildi.   Liberalizm   G‘arb
demokratiyasining mafkuraviy asosiga aylandi.
2.I jtimoiy   adolatni   qaror   toptirish da   O‘zbekiston   sotsial-demokratiya
mafkurasi ning o‘rni  .
Liberalizm   singari   sotsial-demokratiya   mafkurasi   ham   o‘zining
ya sh ovchanligi va ijtimoiy samaradorligini amaliyotda isbot   qildi. Dunyodagi  tub
o‘zgarishlarga   qaramasdan   sotsial-demokratiya   mafkurasi   o‘zining   yashovchanlik
imkoniyati   kuchliligini   ko‘rsatdi.   Bugungi   kunda   dunyoda   sotsial - demokratiya
mafkurasi   ta’siri   kuchayib   bormoqda.   Sotsial - demokratiya   mafkurasi
nazariyasining   moslashuvchanligi   ijtimoiy   hayotning   o‘zgarishi   bilan
takomillashib   borishini   ta’minladi.   Sotsial - demokratiya   mafkurasi   jahon   siyosiy tafakkur   yutuqlarini   (jumladan,   marksizm   va   liberalizm   g‘oyalarini)
mujassamlashtirib,   sinfiylik   xarakteridan   xoli   bo‘lib,   keng   aholi   qatlamlarini   –
ishchilar,   ziyolilar   va   tadbirkorlarning   manfaatini   ifodalaydigan   mafkuraga
aylandi.
  Sotsial-demokratiya   mafkurasining   nazariy   asoslari   E.Bernshteynning
“Sotsializm shart-sharoitlari va sotsial-demokratiya vazifalari” nomli asarida ishlab
chiqilgan.   Asarda   kapitalizmning   o‘z   ichki   imkoniyatlaridan   kelib   chiqib
rivojlanishi   va   o‘zgaruvchanlik   qobiliyati   to‘g‘risidagi   tezis   asoslab   berilgan   va
shu   asosda   klassik   marksizm   xulosalari   taftish   qilingan.  Marksizm   asoschilaridan
farq   qilib ,   E.Bernshteyn   burjua   jamiyatini   vayron   qiladigan   jarayonlarni   emas,
balki   X I X   asrning   oxirlarida   kapitalizm   negizidagi   yangi   rivojlanish
tendensiyalarini   ilg‘ab   oldi   va   ko‘rsatdi.   Kapitalizmning   rivojlanish   jarayonida
proletariat   bilan   burjuaziya   o‘rtasidagi   ziddiyat   kuchayib   ketishining   oldi   olinib,
ular   o‘rtasida   integratsiya   jarayoni   kelib   chiqdi.   Sotsial - demokratiya   bozor
iqtisodini  va  ishlab  chiqarish  vositalariga  umumiy  mulkchilik bilan  birga  hususiy
mulkchilik bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Mulkchilik shakllari   xilma-xilligi   burjua
jamiyatining   differensiallashuvini   keltirib   chiqardi.   Ayniqsa,   ko‘p   sonli   o‘rta
sinfning shakllanishi jamiyatda ijtimoiy tartibni o‘rnatishda muhim rol o‘ynadi.
 Sotsial-demokratiya o‘zining asosiy qadriyatlari bo‘lgan   erkinlik, adolat va
birdamlik   g‘oyalari   asosida   “sotsial   davlat”   konsepsiyasini   ishlab   chiqdi.  “Sotsial
davlat”   konsepsiyasini ng   ishlab   chiqilishi   sotsial-   demokratiyaning   siyosiy
nazariya va amaliyotga qo‘shgan ulkan hissasi   hisoblanadi. Bu konsepsiya ijtimoiy
taraqqiyot   faqat   tadbirkor   va   yollanma   ishchi   o‘rtasidagi   hamkorlik   va   sheriklik
orqali   ta’minlanishi   mumkin   degan   g‘oyaga   asoslanadi.   Bunda   har   bir   tomon
ikkinchi   tomonni ng   manfaatini   inobatga   olishi   kerak   bo‘ladi.   Davlat   tadbirkor
bilan yollanma ishchi o‘rtasidagi munosabatni   muvofiqlashtiruvchi rolini bajaradi.
Davlat taraqqiyotning   harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan   x ususiy mulk institutini va
x ususiy mulkka egalik qilish huquqini   himoya qiladi. Shu bilan birgalikda, ijtimoiy
himoyaga   muhtoj   aholi   qatlamlarini   qo‘llab-quvvatlaydi.   Ijtimoiy   himoya   tizimi
nafaqat yordamga muhtojlarni,   balki barcha ijtimoiy qatlamlarni va guruhlarni o‘z himoya   doirasi   bilan   qamrab   oladi.   Sotsial   davlat   tizimi   orqali   daromadlar
differensiatsiyasi   pasayishiga   erishiladi,   buning   natijasida   jamiyatda   o‘ta   boy   va
o‘ta kambag‘allikning kuchayib ketishi oldi olinadi. Bu esa, o‘z navbatida,   ijtimoiy
barqarorlikni   va ijtimoiy munosabatlarning   uyg‘unligini ta’minlaydi.
  Bugungi   kunda   sotsial-demokratiya   g‘oyalariga   e’tiqod   qiladigan
dunyoning   rivojlangan   mamlakatlari   (Norvegiya,   Shvesiya,   Avstriya,   Shvesariya
va   b.)   ijtimoiy   makrokonsensus,   hokimiyatning   bo‘linishi,   siyosiy   kuchlarning
ijtimoiy   hamkorligi   va   kompromisi   tamoyillariga   asoslanmoqda.   Bu   siyosiy
madaniyatning yuqoriligi va erkinlik, demokratiya, adolat, birdamlik tamoyillariga
sodiqlik orqali ta’minlanmoqda. 
Xalqaro   sotsial-demokratiya   singari   O‘zbekiston   sotsial-demokratiya
mafkurasi   ham   asosiy   e’tiborni     ijtimoiy   adolatni   qaror   toptirish   masalasiga
qaratmoqda.   O‘zbekiston   ijtimoiy   adolatni   qaror   toptirish   masalasini   “K uchli
dalatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari ”   tamoyil i   asosida   amalga   oshirmoqda.
Ushbu   konsepsiya   asosida     2010   yilda   ishlab   chiqilgan   “Mamlakatimizda
demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirish   konsepsiyasi ”,     2017   yilda   ishlab   chiqilgan     “2017-2021   yillarda
O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   besh   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha
Harakatlar  strategiyasi”da   belgilab  berilgan  ustuvor   vazifalarni   amalga  oshirishda
O‘zbekiston   “ Adolat ”   SDP si   o‘zining   munosib   o‘rniga   ega   bo‘lmoqda.
Mamlakatni   modernizatsiyalash   siyosiy   tizimni   modernizatsiyalash   bilan   bog‘liq
bo‘lganligi   uchun   ” Adolat ”   SDPsi   asosiy   e’tiborni   jamiyatning   siyosiy-huquqiy
madaniyatini   oshirish   masalalariga   qaratmoqda.   Chunki   siyosi y -huquqiy
madaniyat   siyosiy   faoliyatni   olib   borishni   va   uni   takomillashtirishning   muhim
sharti hisoblanadi. 
Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasi
mazmun - mohiyatida   jamiyatda tartib o‘rnatish masalasi yot ibd i. Ijtimoiy tartibning
o‘rnatilishi   faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat   nazoratigagina   bog‘liq
emas.   Buning   uchun   quyidan   amalga   oshiriladigan   kuchli   jamiyat   nazorati   ham
lozim   bo‘lmoqda.   Shuning   uchun   mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasida jamiyatni   kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   ustuvor   vazifalar   belgilab   berilgan.
Bunda   asosiy   e’tibor   jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirish
masalasiga   qaratilagan,   chunki   jamiyat   o‘zining   nazorat   funksiyasini   amalga
oshirishga   qodir   bo‘lishi   uchun   uning   siyosiy-huquqiy   madaniyati   demokratiya
talablari darajasida bo‘lishi lozim. Siyosiy-huquqiy madaniyat siyosiy va huquqiy
ong hamda siyosiy-huquqiy jarayonlarda ishtirok etish tajribasidan tashkil  topadi.
Siyosiy-huquqiy   bilim   va ,   umuman,   har   qanday   bilim,   jumladan ,   nazoratga   doir
bilim   ham,   eng   avvalo,   ta’lim   tizimida   shakllanadi.   Hozircha   biror-bir   fan
nazoratga   doir   bilimni   kompleks   tarzda   o‘rganmaydi   va   shuning   natijasida
talabalarga   nazoratga   doir   bilimni   beradigan   alohida   fan   ta’lim   tizimida   joriy
qilingan emas.
Yoshlarga   nazoratga   doir   bilim   berish   uchun   partiyaning   tashabbusi   bilan
oliy   ta’lim   tizimi   o‘quv   dasturiga   “Ijtimoiy   nazorat”   o‘quv   kursi   joriy   qilindi.
“Ijtimoiy nazorat”   o‘quv kursi hozirgi vaqtda faqat SamDUda   joriy qilingan, xolos.
Endigi   vazifa   ushbu   o‘quv   kursini   mamlakatimizning   butun   oliy   ta’lim   tizimiga
kiritishga   erishishdan   iborat.   Chunki   “Ijtimoiy   nazorat”   fani   beradigan   bilim
yoshlarning   ham   siyosiy,   ham   huquqiy   madaniyatini   oshirishga   xizmat   qiladi.
Jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatining   yuksakligi   sotsial-demokratiya
g‘oyalarini   a malga   oshirishning   muhim   sharti   hisoblanadi.   O‘zbekiston   “ Adolat ”
SDPsining   mafkurasi   asosida   yotgan   ijtimoiy   adolatni   qaror   toptirishga   xizmat
qiladigan   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   jarayonidagi   faoliyati
samaradorligini   yanada   oshirish   uchun   partiya   a’zolari   va   tarafdorlari   o‘rtasida
ijtimoiy   nazoratga   doir   bilimlar ni   keng   targ‘ib   qilish   chora-tadbirlarini   ko‘rish
lozim.
  O‘zbekistonda   sotsial - demokratiya   g‘oyalari   shakllanishining   o‘ziga
xosligi   davlatning tashabbuskorligi bilan xarakterlanadi. Jahon sotsial-demokratiya
g‘oyalari   quyidan   amalga   oshirilgan   kurashlar   natijasida   shakllangan   bo‘lsa,
mamlakat i mizda   yuqoridan   –   davlat   tomonidan   ko‘rsatilgan   tashabbuslar   orqali
shakllanib ,     rivojla n ib   bormoqda.   Bu   taraqqiyotning   o‘zbek   modeli   davlat   bosh
islohotchi   tamoyili   orqali   ta’minlanmoqda.   Mamlakatni   modernizatsiyalash konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasida     asosiy   e’tibor   nazorat   tizimini
takomillashtirish   muammolariga   qaratilganligi   uchun   “ Adolat ”   SDPsi   ham   asosiy
e’tiborini   nazorat   faoliyatini   kuchaytirish ga   qaratmoqda.   Nazorat   tizimini
takomillashtirish   siyosiy-huquqiy   madaniyatga,   siyosiy-huquqiy   madaniyat   esa
ma’naviyatga   bog‘liq   hisoblanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   nazorat   tizimi
adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir   bo‘lishi   uchun   ma’naviyat   yuksak
bo‘lishi lozim.   Chunki adolatni o‘rnatishda ma’naviyat hech qanday mubolag‘asiz
hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev
ushbu   xususda   gapirib,     “Adolat   va   ma’naviyat   –   o‘zaro   chambarchas   bog‘liq
tushunchalardir. Ma’naviyat bo‘lmagan joyda hech qachon adolat bo‘lmaydi”  1
,    –
deb ta’kidlagan.
Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab, farovon jamiyatni orzu qilib ,
bunday   jamiyat   qurishni   esa   u   davlat   va   xokimiyat   bilan   bog‘lab   kelmoqda.
Farovon   jamiyat   qurish   ijtimoiy   taraqqiyot   bilan   bog‘liq,   ijtimoiy   taraqqiyot   esa
ijtimoiy  tartib  bilan bog‘liq bo‘lganligi  tufayli   jamiyatda tartib o‘rnatish  masalasi
har   doim   dolzarb   bo‘lib   qolmoqda   va   bugungi   kunda   ham   u   o‘z   dolzarbligini
yo‘qotgan emas . Insoniyat ijtimoiy tartib ning  nazorat faoliyati orqali   ta’minlanishi
mumkinligi n i allaqachonlar anglab yetgan. Lekin nazorat faoliyati ijtimoiy tartibni
o‘rnatishga   qodir   bo‘lishi   uchun   u   tizimli   xarakterda   bo‘lishi   va   nazorat
mexanizmining   ishlab   turishini   ta’minlash   muammo   bo‘lib   qolmoqda.   Shuning
uchun   nazorat   tizimini   takomillashtirishga   qaratilgan   har   qanday   ilmiy   tadqiqot
bugungi   kunda   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   oldida   turgan   dolzarb   muammo
hisoblanadi.
  Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ko‘proq   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat
nazoratiga   bog‘liq   deb   hisoblab   kelindi.   Lekin   bugungi   kunda   tarix   shundan
guvohlik   bermoqdaki,   faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat   nazoratini ng
o‘zigina ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun yetarli emas ekan. Buning uchun quyidan
amalga   oshiriladigan   jamiyat   nazorati   ham   kerak   bo‘lmoqda.   Boshqacha   qilib
aytganda,   nazorat   faoliyati   davlat   va   jamiyat   nazoratidan   iborat   bo‘lgan   tizimdan
1
 Мирзиёев Ш.М. Қонун ва адолат устуворлигини таъминлаш – барча эзгу мақсадларимизга эришишнинг 
муҳим шарти.  Халқ сўзи, 2017 йил 14 июнь. tashkil   topishi   lozim.   Hozircha   bizda   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat
nazorati   kuchli,   quyidan   amalga   oshiriladigan   jamiyat   nazorati   nisbatan   kuchsiz.
Jamiyat   esa   o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi   uchun   u   kuchli   bo‘lishi
lozim.   “Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari ”   tamoyili   ham   aynan
shuni   taqozo   etadi.   Ushbu   tamoyil   asosida   ishlab   chiqilgan   Mamlakat n i
modernizatsiyalash   konsepsiyasi   hamda     Harakatlar   strategiyasi   jamiyatni   kuchli
qilishga qaratilgan.
3.Nazorat tizimida siyosiy partiyalar nazoratining o‘rni
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   jamiyat   tomonidan   nazoratni   amalga
oshiradigan   uchta   asosiy   vosita,   ya’ni   deputatlar   korpusi,   siyosiy   partiyalar   va
mahalla   instituti   shakllanib   rivojlanmoqda.   Bu   nazorat   vositalari   ichida   davlat   va
jamiyatga daxldor bo‘lgan   siyosiy partiyalar   nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi   kunda   mamlakatim i zd a   besh ta   siyosiy   partiya   mavjud   bo‘lib,   ular
o‘zlarining nazorat funksiyasni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Lekin siyosiy
partiyalarning   nazorat   faoliyati   ularga   yaratilgan   siyosiy-huquqiy   sharoitlarga
qaramasdan   demokratiya   talablari   darajasidan   bir   oz   orqada   qolmoqda.   Siyosiy
partiyalar   o‘zlarining   nazorat   funksiyalarini   demokratiya   talablari   darajasida
amalga   oshirishlari   uchun   ular   kuchli   bo‘lishlari   lozim.   Shuning   uchun   siyosiy
partiyalar   faoliyatini   kuchaytirish   masalasi   bugungi   kunning   eng   dolzarb
masalalaridan biri  b o‘lib qolmoqda.
Xalqaro   siyosiy   tajribadan   ma’lumki,   siyosiy   partiyalarning   kuchliligi
asosan   uchta   mezon   bilan,   ya’ni   partiya   apparatining   kuchliligi,   partiya   a’zolari
sonining   ko‘pligi   va   partiya   tarafdorlari   sonining   ko‘pligi   bilan   belgilanadi.
Demak,   mamlakat i mizda   faoliyat   olib   borayotgan   besh ta   siyosiy   partiyaning   har
biri   o‘zining   kuchliligini   ta’minlash   uchun   yuqorida   qayd   etilgan   uchta   m e zonni
shakllantirishga harakat qilishi lozim.   Bu borada asosiy e’tibor xalqning ishonchini
qozonishga qaratilishi lozim, chunki xalq kimga ishonsa, o‘shanga ergashadi. Xalq
ishonchini   qozonishda   “ Adolat ”   SDP si ning   imkonyatlari   kuchliroqdir,   chunki
insonning   asriy   orzusi   bo‘lgan   baxtli   hayot   adolat   qaror   topishi   bilan   bog‘liq. Insonning baxtli bo‘lishining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy adolatni qaror toptirish
g‘oyasi sotsial demokratiya mafkurasining bosh g‘oyasi hisoblanadi. Buning uchun
partiya   faollari   keng   aholi   qatlamlariga   o‘zlarining   g‘oyalari   mazmun   mohiyatini
oddiy,   xalqona   so‘zlar   bilan   tushuntira   olishlari   lozim.   Bunda   asosiy   e’tibor,
umuman, siyosiy partiya, jumladan,  “ Adolat ”  SDP si  ularga nima uchun kerakligini
tushuntirishga   qaratilishi   lozim.   Siyosiy   partiyaning   kuchliligi   a’zolarining   va
tarfdorlari   sonining   ko‘pligiga   bog‘liq   ekan,   partiya   apparati   va   faollari   aholini
o‘zlarining   g‘oyalari   to‘g‘ri   ekanligiga   ishontira   olishga   qodir   bo‘lishlari   lozim.
Partiya   apparatining   bunga   qodirligi   esa,   ularning   bilim   va   ma’naviyatining
kuchliligiga   bog‘liq.   Bilim i ,   ma’naviyati   yuksak   partiya   lideri   va   faollari
odamlar ning   partiya menga nima beradi   degan savollariga   ishonarli   javob   qaytara
oladi.
  Aslida   ushbu   savolning   javobi   fuqarolarda   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish
ehtiyojining   shakllanishi   bilan   bog‘liq.   Siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojini
shakllantirish   masalasi   alohida   izlanish   ob’ekti   bo‘lishi   mumkin.   Shuning   uchun
biz   ushbu   xususda   to‘xtalib   o‘tirmasdan   partiya   menga   nima   beradi   degan
savolning   javobini   topishga   harakat   qilamiz.   Bu   savolga   javob   berishdan   oldin
boshqa   bir   savolga   javob   berish   lozim,   ya’ni   inson   o‘zi   nimani   xo h laydi   degan
savolga   javob   berish   kerak   bo‘ladi.   Ma’lumki,   inson   unda   ijtimoiy   ong
shakllangandan boshlab baxtli yashaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda.
Demak,   har   bir   odam,   eng   avvalo,   yaxshi,   baxtli   yashashni   xo h la r   ekan.   Xo‘sh,
baxtli   yashash  degani  nimani  anglatadi?   Lug‘atlarda   baxt   –  insonning  moddiy  va
ma’naviy ehtiyojlarining to‘liq qondirilganlik holati deb ta’rif berilgan. Bu, albatta,
to‘g‘ri,   lekin   inson   baxtliligining   yana   bir   muhim   sharti   bor,   bu   insondagi
qo‘rquvsiz, erkin yashash hissining mavjudligidir. Inson qachon qo‘rquvsiz ,   erkin
yashashi mumkin?   Adolat qaror topganda .  Adolat qaror topmagan joyda hech kim
erkin va, demak, baxtli ham bo‘la olmaydi. Shunday   e kan,   “ Adolat ”   SDP si   inson
baxtli   bo‘lishining   muhim   sharti   bo‘lgan   qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissini
ta’minlashga xizmat qiladi. Buni anglab olgan har qanday sog‘lom fikrlay oladigan
odam,   albatta,   Adolat   SDPsi   g‘oyalarini ng   tarfdori   bo‘ladi   va   uni   qo‘llab- quvvatlaydi.   Hamma   gap   yuqoridagi   fikr - mulohazalarni   oddiy   va   jonli   so‘zlar,
misollar bilan tushuntira olishda.
 Fuqarolarda siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyojini shakllantirish ularning
siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   evolyusion   jarayon
hisoblanadi.   Lekin   shunday   bo‘lsa   ham,   oddiy   bir   haqiqatni   anglash   bunday
ehtiyojni   osonroq   shakllantirshga   yordam   berishi   mumkin.   Ya’ni   siyosiy   hayotda
ishtirok etish ehtiyoji odamda tabiiy ravishda shakllanadigan baz a viy ehtiyojlarini
qondirishga   xizmat   qilishini   anglab   olgan   odam   siyosiy   hayotga   befarq   bo‘lmay,
daxldorlik hissi bilan yashaydi. 
Siyosiy   partiyaning   kuchliligi   uning   mafkurasining   kuchliligiga   ham
bog‘liq bo‘ladi.  “ Adolat ”  SDPsi mafkurasining kuchliligi uning g‘oyalarini zamon
talablaridan   kelib   chiqib,   real   ijtimoiy   voqelik k a   moslashib   borishni
ta’minlaydigan egiluvchanlik  x ususiyatidir.  “ Adolat ”  SDP si  mafkurasidagi tenglik,
ijtimoiy   adolat   va   shaxsni   har   taraflama   kamol   toptirish   g‘oyalari   hech   kimni
befarq qoldirmaydigan qadriyatlar hisoblanadi. Lekin real ijtimoiy voqelik siyosiy
mafkuralarni   yangi   g‘oyalar   va   qadriyatlar   bilan   to‘ldirishni   talab   qilmoqda.
Masalan,   insoniyat   jamiyatining   keyingi   taraqiyotini   gumon   osti g a   qo‘yadigan
oilaning   global   inqirozini   bartaraf   etish   masalasi   siyosiy   mafkuralar   e’tiboridan
chetda   qolmasligi   lozim.   Buning   uchun   sotsial-demokratiya   mafkurasida   oila
manfaati   ustuvorlik   qiladigan   ideal   jamiyat   g‘oyasi   hukmronlik   qilishi   lozim.
Shaxs   manfaatining   ustuvorligi   oila   global   inqirozining   sabablaridan   biri
hisoblanadi.   Sotsial-demokratiya   mafkurasida   oila   instituti   oliy   qadriyat   sifatida
e’tirof   etilishi   lozim.   Bugungi   kunda   insoniyat   jamiyatini   halokat   yoqasiga   olib
kelib   qo‘ygan   global   muammolarning   sababi   bo‘lgan   ma’naviy   qashshoqlik
muammosi   ham   siyosiy   mafkuralarda   o‘z   aksini   topishi   lozim.   Chunki   sotsial
demokratiya mafkurasi bilim ustuvorlik qilgan G‘arbda yuzaga kelgan, ma’naviyat
ustuvorlik   qilgan   Sharqda   esa   siyosiy   mafkurada   ma’naviyat   o‘z   o‘rniga   ega
bo‘lishi   lozim.   Ma’naviy   qashshoqlik   masalasini   hal   qilish   uchun   sotsial-
demokratiya   mafkurasida   ma’naviy   yuksalish   ustuvor   tamoyil   sifatida   belgilab
qo‘yilishi lozim. “ Adolat ”   SDP si   mafkurasidagi   tenglik,   ijtimoiy   adolat   va   shaxsni   har
taraflama kamol  toptirish g‘oyalari  hech kimni befarq qoldirmaydigan qadriyatlar
hisoblanadi.   Hamma   gap   ana   shu   g‘oyalarni   odamlarning   ongu   qalbiga   singdira
olishda.   Buning   uchun   partiya   apparati   rahbari,   liderlari   bilim   va   ma’naviyati
yuksak   odamlardan   tashkil   topgan   bo‘lishi   lozim.   Partiya   o‘zining   mafkuraviy
faoliyatida   asosiy   e’tiborni   partiya   a’zolarini,   tarafdorlarini   va,   umuman,   barcha
aholi   qatlamlarining   bilim   va   ma’naviyatini   yuksaltirish   masalalariga   qaratishi
lozim. Ayniqsa,   ma’naviyatning yuksalishi fuqarolik jamiyatini kuchli qilishda va
fuqarolik   jamiyati   instituti   bo‘lgan   siyosiy   partiyani   kuchli   qilishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Chunki   ma’naviyat   insonning   o‘z   ustidan   bo‘lgan   hokimiyatini
kuchli qilib, kuchli fuqaroni shakllantiradi. Kuchli fuqaro fuqarolik jamiyatini va,
demak, siyosiy partiyani kuchli qilishning muhim sharti hisoblanadi. Kuchli fuqaro
deganda   o‘z   ustidan   hokimiyatga   ega   bo‘lgan   va   befarqlik   kayfiyatidan   xalos
bo‘lib, daxldorlik hissi bilan yashayotgan,   fuqarolik pozitsiyasi shakllangan fuqaro
tushuniladi.   Fuqarolik   pozitsiyasi   fuqarolik   jamiyati   shakllanishining   va,   xuddi
shunday,   fuqarolik   jamiyati   nazoratini   amalga   oshirishning   muhim   sharti
hisoblanadi
Nazorat faoliyati ijtimoiy tartibni o‘rnatishi uchun nazorat tizimining ishlab
turishini   ta’minlaydigan   mexanizm   shakllangan   bo‘lishi   lozim.  Davlat   va  jamiyat
nazorat   vositalaridan   iborat   bo‘lgan   nazorat   tizimi   mexanizmini   harakatga
keltiradigan   biror bir kuch bo‘lishi kerak, chunki har qanday mexanizm ma’lum bir
kuchlar   ta’sirida   harak a tga   keladi.   Nazorat   mexanizmini   harakatga   keltiradigan
kuch  m a ’naviyatdir, chunki ma’naviyat insonda   o‘zini - o‘zi nazorat qiladigan ichki
nazoratni   shaklla n tiradi.   Ma’naviyat   negizida   shakllanadigan   ichki   nazorat   orqali
o‘zini   tartibga   sola   olgan   odamgina   o‘zgalarni   nazorat   qilib,   tartibga   chaqirishi
mumkin. Nazorat tizimi bir - biriga bog‘liq bo‘lgan bir qancha elementlardan iborat
bo‘lgan   yaxlitlikdir.   Nazorat   tizimining   elementlari   ichida   siyosiy   partiyalar
nazorat   mexanizmini   harakatga   keltiruvchi   kuch   bo‘lib   xizmat   qilishlari   lozim.
Chunki fuqarolik jamiyati institutlari ichida faqat siyosiy partiyagina ham davlatga,
ham   jamiyata   tegishli   institut   va   shuning   uchun   ham   hokimiyatga   ta’sir   etish imkoniyati   keng   bo‘lgan   real   siyosiy   kuch   hisoblanadi.   Siyosiy   partiya   nazorat
mexanizmini   harakatga   keltirishi   uchun   uning   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlari
kuchli   bo‘lishi   kerak.   Chunki   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltiradigan   va
harakatni   boshlab   beradigan   qismi   boshlang‘ich   tashkilotlardir.   Nega   deganda
mamlakatdagi   ijtimoiy tartib har bir jamoadagi tartibdan tashkil topadi va nazorat
ob’ekti bo‘lgan ijtimoiy regulyator  me’yor lari ko‘pincha quyida buziladi.
“ Adolat ”   SDP si   nazorat   faoliyatini   yanada   kuchaytirish   uchun   partiya
mafkurasining   ma’naviy   asoslarini   yanada   kuchaytirish i   lozim.   Chunki   sotsial-
demokratiya mafkurasi bilim ustuvorlik qilgan G‘arbda yuzaga kelgan, ma’naviyat
ustuvorlik   qilgan   Sharqda   esa   siyosiy   mafkurada   ma’naviyat   o‘z   o‘rniga   ega
bo‘lishi   lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda,   siyosiy   mafkura   asosida   bilim   va
ma’naviyat   yotishi   kerak,   chunki   bilimning   o‘zi   ham,   ma’naviyatning   o‘zi   ham
alohida-alohida harakat qilganda ijtimoiy tartibni o‘rnata olmaydi.  I jtimoiy tartibni
o‘rnatish   uchun   bilim   va   ma’naviyat   hamkorligi,   sherikligi   talab   qilinadi.
Ma’naviyat nazorat mexanizmini harakatga keltiradi va nazorat tizimining samarali
ishlashiga   xizmat   qiladi.   Chunki,   ma’naviyat   nazorat   mexanizmini   harakatga
keltiruvchi kuch hisoblanadi. “Adolat” SDP si ning mafkurasida ma’naviyat muhim
qadriyat sifatida e’tirof etilishi lozim. 
Sotsial-demokratiya   mafkurasida   ideal   jamiyat   qurish   g‘oyasi   “ I jtimoiy
taraqqiyot   –   ijtimoiy   tartib   –   ijtimoiy   nazorat   –   ijtimoiy   buyurtma   –   bilim   va
ma’naviyat”   konsepsiyasiga   asoslanishi   lozim.   Bundan   tashqari,   mafkurada   oila
institutining ustuvor  ahamiyatga ega ekanligi  qayd etilishi  lozim. Oilaning global
inqirozi insoniyat jamiyatining keyingi taraqqiyotini gumon osti g a qo‘ydi. Jamiyat
taraqqiyotini   ta’minlashdan   oldin   uning   mavjud   bo‘lishini   va   barqarorligini
ta’minlash   kerak.   Buning   uchun   sotsial-demokratiya   mafkurasida   oila   manfaati
ustuvorlik   qiladigan   ideal   jamiyat   g‘oyasi   hukmronlik   qilishi   lozim.   Shaxs
manfaatining   ustuvorligi   oila   global   inqirozining   sabablaridan   biri   hisoblanadi.
Chunki  shaxs manfaati  ustuvor bo‘lgan joyda odamlarning huquqlari ortib boradi
va ,   tabiiy   ravishda ,   odamlar   o‘z   harakatlarida   o‘zlarini   erkinroq   his   qila
boshlaydilar.   Erkinlik   kengayib   borgani   sari   odam   o‘z   egoistik   manfaatlarining quliga   aylanib   boradi   va   o‘zi   angalamagan   holda   to‘g‘ri   yo‘ldan   og‘a   boshlaydi.
Oilaning global inqirozi shaxsning o‘z manfaatini oila manfaatidan ustun qo‘yishi
bilan   bog‘liq.   Oila   insoniyatning   shunday   bir   noyob   evolyusion   kashfiyotiki,   u
ming yillar  davomida hayot  muzmuni  bo‘lgan hayotning davomiyligini  ta’minlab
keldi. Hayot mazmunini ifodalaydigan oila instituti muqaddas hisoblanadi va uning
manfaati   shaxs   manfaatidan   ustun   turishi   lozim.   Inson   shunday   mavjudotki,   u
mutlaq   erkin   bo‘la   olmaydi,   chunki   mutlaq   erkinlik   faqat   hayvonga   xosdir,   hatto
hayvon   ham   bolasi   manfaatiga   xizmat   qilishi   uchun   o‘z   manfaatidan   voz   kecha
oladi. 
Bugungi   kunda   mamlakat i mizda   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   va,
jumladan,   siyosiy   partiyalarning   nazorat   funksiyalarini   kuchli   qilishga   qaratilgan
kompleks   chora-tadbirlar   amalga   oshirilmoqda.   Lekin   yaratilgan   ushbu
sharoitlarga   qaramasdan   siyosiy   partiyalarning   nazorat   funksiyalarini   kuchli
qilishga   asosan   ikkita   sabab   to‘siq   bo‘lmoqda.   Birinchisi,   jamiyatning   nazoratga
doir bilimining yetarli emasligi va ,  ikkinchisi, odamlardagi ma’anaviy qashshoqlik
oqibatida kelib chiqadigan befarqlik kayfiyati. 
Siyosiy   partiya   o‘zining   nazorat   faoliyatini   amalga   oshirishi   uchun   unga
nazoratga   doir   bilim   kerak.   Lekin   hozircha   biror   bir   fan   nazoratga   doir   bilimni
kompleks   tarzda   ishlab   chiqmaydi   va   targ‘ib   qilmaydi.   Shuning   uchun
mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi o‘quv dasturiga nazoratga doir bilimlar kompleks
tarzda   ber il adigan   “Ijtimoiy   nazorat”   o‘quv   kursini   joriy   qilish   lozim.   Befarqlik
kayfiyatini  pasaytirib ,   daxldorlik hissini  shakllantirish va rivojlantirishimiz uchun
markaziy   televideni e   huzurida   ma’naviyatni   yuksaltirishga   xizmat   qiladigan
“Motiv” teleko‘rsatuvini joriy qilish zarur. Teleko‘rsatuv jarayonida befarqlikning
sababi   va   motivi   aniqlanib   ularni   bartaraf   etish   masalalari   muhokama   qilinadi.
Befarqlikni   jilovlab ,   daxldorlik   hissini   kuchaytirishning   ahamiyati   shundaki,
befarqlik bo‘lgan joyda nazoratga doir bilim kuchli bo‘lgan taqdirda ham nazorat
mexanizmi   ishlamaydi.   Shuning   uchun   “ Adolat ”   SDP si   bugungi   kunda   asosiy
e’tiborni   “Ijtimoiy   nazorat”   o‘quv   kursini   mamlakat   oliy   ta’lim   tizimi   o‘quv dasutriga   kiritish   va   markaziy   televidenieda   “Motiv”   ko‘rsatuvini   joriy   etish
masalasini hal qilishga qaratishi maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Ijtimoiy nazoratni samarali qilishda siyosiy mafkuralarning o‘rni Reja 1.S iyosiy mafkuralarning vujudga kelish va rivojlanish tarixi 2.I jtimoiy adolatni qaror toptirish da O‘zbekiston sotsial-demokratiya mafkurasi ning o‘rni . 3.Nazorat tizimida siyosiy partiyalar nazoratining o‘rni

1.S iyosiy mafkuralarning vujudga kelish va rivojlanish tarixi O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘z rivojlanish imkoniyatini tugatgan totalitar tizimdan voz kechib , demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bugungi kunda mamlakatimizda ma’muriy buyruqbozlik va rejali taqsimlash tizimiga asoslangan totalitar davlat o‘rniga huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanib bormoqda. “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyotning ushbu yo‘li tarixan qisqa vaqt ichida xom ashyo bazasi bo‘lgan mamlakatimizning har taraflama rivojlangan m amlakatga aylanishini ta’minlamoqda. “O‘zbek modeli” ning mazmun mohiyati – besh tamoyilga, ya’ni iqtisodning mafkuradan x oli va siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohotchiligi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat va bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyillariga asoslanib davlat va jamiyat tuzilishini tubdan o‘zgartirishdan iborat. Mamlakatni modernizatsiyalash borasida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan yutuqlar jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib , yuqori baholanmoqda. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” asosida bugungi kunda ustuvorlik qilayotgan liberal demokratiya g‘oyalari bilan birgalikda sotsial demokratiya g‘oyalari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Shuning uchun mamlakat i mizda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash jarayonida erishilgan yutuqlarimizda siyosiy partiyalarning, jumladan, O‘zbekiston “ Adolat ” SDPning o‘rnini o‘rganish jamiyatshunos va, eng avvalo, siyosatshunos olimlar oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki modernizatsiyalash jarayonida siyosiy partiyalarning rolini o‘rganish ushbu jarayonda, jumladan, nazorat jarayonida yanada faol bo‘lish uchun kerak bo‘ladigan takliflarni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyotida siyosiy mafkuralarning o‘rnini anglab olish uchun ularning vujudga kelish va rivojlanish tarixiga nazar solish lozim. Siyosiy mafkuralar XVIII asrda shakllana boshlagan bo‘lsa ham, ularning kurtaklari ancha oldin paydo bo‘lgan edi. Siyosiy mafkuralarning paydo bo‘lishi XIV asrda dunyodagi birinchi ijtimoiy inqiroz ro‘y bergan Uyg‘onish davri bilan bog‘liq. Uyg‘onish davri sekulyarizatsiya, ya’ni ijtimoiy va individual ongning dindan ozod bo‘lish jarayoni bilan xarakterlanadi. Sekulyarizatsiya jarayoni asta-

sekinlik bilan dunyoga diniy qarashdan ratsional, ya’ni aqliy qarashga o‘tishni keltirib chiqaradi. Oldin mavjud bo‘lgan diniy dunyoqarash ijtimoiy hayotni va siyosiy tartib masalalarini diniy tushunchalar bilan asoslar edi. Hayotning yaxshi yomonligini inson aqli bilan anglab bo‘lmaydigan u dunyo bilan bog‘liq bo‘lgan oxirat, ruh, qalb, omad va taqdir kabi terminlar bilan tushuntirilgan. Inson faoliyati hamma uchun ahamiyatli bo‘lgan diniy qadriyatlar bilan belgilangan. An’anaviy jamiyatlarning asosida turgan ushbu diniy qadriyatlar ijtimoiy munosabatlarning va individlarning xulqini boshqarib, ijtimoiy tartibni ta’minlab kelgan. Diniy qadriyatlarning roli va ahamiyatining yuqoriligi individni ng tabiat va jamiyatga tobeligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ijtimoiy tartib va jamiyat jipsligi irratsional omillar (e’tiqod, hissiyot, an’ana, urf-odat) asosida ta’minlangan. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan erkin shaxsni ng shakllanish jarayoni emansipatsiyani, ya’ni siyosiy tizimning dinga tobeligining tugatilishini va ozod bo‘lishini keltirib chiqardi. Ijtimoiy madaniy hayotning dunyoviylashuvi natijasida siyosat din vakolatidan chiqib, dunyoviy ishlar sirasiga kira boshlaydi. Jamiyatning diniy dunyoqarash ta’siridan emansipatsiyalashuvining birinchi qadami diniy plyuralizmning e’lon qilinishi bo‘ldi. Diniy plyuralizm reformatsiyaning natijalaridan biri hisoblanadi. Reformatsiya qadriyatlarni qayta baholashni va inson hayoti, dunyoviy farovonlik u dunyoning qadriyatlaridan muhimroq degan tushunchani keltirib chiqardi. Dunyoviy qadriyatlarning ustuvorligi ijtimoiy munosabatlarning ratsionallashuvida, maqsadga muvofiqlik, sog‘lom fikr, foydaga intilish tamoyillari asosida shakllanadigan yangi ijtimoiy - siyosiy voqeylikni vujudga keltirishda muhim qadam bo‘ldi. Endi siyosiy tartibot diniy normalar orqali emas, balki fuqarolarning o‘zaro kelishuvi asosida ta’minlanishi tan olina boshlandi. Buning uchun fuqarolar o‘zlarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladigan davlatni tuzishadi. Dunyoga diniy dunyoqarash orqali qarashning ratsional qarash bilan almashuvi ijtimoiy anomiya (ijtimoiy me’yorlarning buzilishi) holatini keltirib chiqaradi. Bunday holatdan chiqish zaruriyati yangi ideal va mazmunlarga

ehtiyojni tug‘diradi. Inson o‘z aqli bilan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodirligini asoslaydigan yangi g‘oya va ideallarni, siyosiy mafkuralarni ilgari sura boshlaydi. Ular individlarni birlashtiradigan va harakatlantiradigan diniy emas, balki yangi dunyoviy ideallarni taklif qilishadi. Bunday ideallardan birinchi qatorda erkinlik, mulkchilik va individning yashash huquqi, qadriyati paydo bo‘ldi. Ushbu g‘oyalar eng oldin paydo bo‘lgan liberal siyosiy mafkura mutafakkirlari tomonidan ilgari suriladi. Bu g‘oyalar keng aholi qatlami ongu tafakkuriga singdirilgandan so‘ng ommaviy ijtimoiy - siyosiy harakatni ng asosiga aylandi. Dunyoning bugungi siyosiy manzarasi ijtimoiy hayotning tuzilishi, siyosiy boshqaruv, jamiyatni isloh qilishning shakllari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotida foydalanilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy modellarning xilma-xilligi muayyan siyosiy mafkuraning hukmronligi natijasi hisoblanadi. Eng oqilona va takomillashgan jamiyat to‘g‘risidagi tushunchalarni tanlash ijtimoiy - madaniy muhit, rivojlanishning tarixiy va milliy o‘ziga xosligi, har bir mamlakat urf-odatlarining o‘zgaruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday ijtimoiy o‘zgaruvchanlik jamiyatda hukmronlik qiladigan va dunyo siyosiy xaritasini shakllantiradigan me’yor va qadriyatlar majmuini belgilab beradi. Takomillashgan jamiyat va unda individning roli, davlatning maqsad va vazifalari, jamiyatni isloh qilish usullari ijtimoiy o‘zgaruvchanlik, ya’ni mavjud ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Ma’lum bir tarixiy davrda jamiyat tuzilishi va faoliyat olib borishi uchun kerak bo‘lgan tamoyillar va mexanizmlar to‘g‘risidagi tushunchalar majmui ijtimoiy-siyosiy paradigma mazmunini tashkil qiladi. Paradigma – har qanday siyosiy mafkuraning asosiy tamoyili hisoblanadi va siyosiy yo‘nalish turini belgilab beradi, chunki u siyosiy harakatning mazmunini ifodalaydi. Siyosiy harakatning mazmuni mafkuraning boshlang‘ich asosi bo‘lgan ideal va qadriyatlar bilan belgilanadi. Bu qadriyatlar o‘z navbatida ijtimoiy voqealikni takomillashtirish yo‘llarini va vositalarini belgilab beradi. Siyosiy mafkuralar ikki asos bo‘yicha bir - birlaridan farq qiladi. Birinchisi, ijtimoiy siyosiy paradigmasi, ya’ni orzu qilinayotgan jamiyat modeli bilan;

ikkinchisi, taraqqiyotga munosabati va uni amalga oshirish texnologiyasi bilan farqlanadi. Birinchi asosga ko‘ra siyosiy mafkuralar o‘ng, markaz va so‘l mafkuralarga bo‘linadi. Ikkinchi asosga ko‘ra siyosiy mafkuralar radikal, konservator va m o‘ tadil mafkuralarga bo‘linadi. M o‘ tadil siyosiy mafkuralar radikal va konservatorlar o‘rtasidagi bosqichma-bosqich islohotlar yo‘lini tanlagan siyosiy yo‘naltirilgan kuchdir. Feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davridagi ya’ni, ma’rifat davrida vujudga kelgan ilg‘or g‘oyaviy oqim va siyosiy mafkuralar taraqqiyot g‘oyasini har xil asoslashadi va shuning uchun taraqqiyotni ta’minlashga qodir bo‘lgan har xil jamiyat modellarini taklif qilishar edi. O‘ng mafkurachilar taraqqiyot g‘oyasini erkin raqobat, bozor, x ususiy mulkchilik va tadbirkorlik ideallariga asoslangan jamiyat bilan bog‘lashgan. Ammo o‘ng siyosiy-ijtimoiy qarashlar avval boshdanoq bir xil bo‘lmagan. Ularga o‘ta o‘ngchilardan bo‘lgan fashistlardan tortib to liberal demokratlargacha bo‘lgan siyosiy mafkuralar kirgan. So‘l mafkurachilar taraqqiyot g‘oyasining mazmunini tenglik va ijtimoiy adolatga erishish, shaxsning har taraflama rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida jamiyatni doimiy takomillashtirib borishda ko‘rishgan. Lekin ular tenglik va adolat qadriyatlarini joriy qilish usullarini har xil tushunishgan. Masalan, kommunistlar jamiyatni takomillashtirshning radikal usullarini ma’qul ko‘rishadi, tenglik va adolatni rejali taqsimlash iqtisodi sharoitida ta’minlashga intilishadi. Kommunizmning birinchi bosqichi bo‘lgan sotsializmdayoq ijtimoiy mulkchilik, “mehnatga yarasha” tamoyilini amalga oshirish zarur deb hisoblashadi. Sotsial - demokratlar ijtimoiy o‘zgarish va taraqqiyotning revolyusion usullaridan foydalanishga qarshi bo‘lib, islohotlar usulini ma’qul ko‘rishadi. Tenglik va adolatni ular natijani ng tengligi sifatida emas, balki startni n g , sharoitni ng tengligi sifatida tushunishgan. Sharoit tengligi deganda mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan individlar uchun taxminan teng ijtimoiy imkoniyatlar yaratish tushuniladi. Siyosiy mafkuralar ichida eng birinchi mafkura liberalizm mafkurasi bo‘lgan. Liberalizm shakllanayotgan burjua elementlari shaxsida mustaqil individning shakllanayotganligini asoslab berdi. Iqtisodiy faol, lekin siyosiy