Saylov tizimi jarayonlarini tartibga solishda ijtimoiy nazoratning o‘rni
Saylov tizimi jarayonlarini tartibga solishda ijtimoiy nazoratning o‘rni Reja 1.O‘zbekistonda saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish masalalari . 2. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi nazorat tizimini takomillashtirish masalalari. 3.Saylov jarayonidagi tartib demokratik siyosiy tartibot asosida fuqarolik jamiyati nazoratiga bog‘liqligi. 1.O‘zbekistonda saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish masalalari .
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari o‘tib borayotgan mamlakatimizda demokratiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish masalalari bugungi kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da demokratlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Demokratlashtirish masalasiga bag‘ishlangan t adbir lar da M amlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi talablari dan kelib chiqib , saylov jarayonlarini yanada liberallashtirish va demokratlashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilib, unda asosiy e’tibor saylov jarayonlarida ochiqlik, oshkoralikni va fuqarolarni ng erkin ishtirokini ta’minlaydigan nazorat mexanizmini kuchaytirishga qaratil moqda . Buning uchun esa, Harakatlar strategiyasida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda nominal demokratiyani real demokratiyaga aylantirish kerak bo‘ladi. I jtimoiy tartibning o‘rnatilishi va barqarorligi nazorat tizimiga bog‘liq. Mamlakatdagi tartib har bir jamoadagi tartibdan va har bir jarayondagi tartibdan tashkil topadi. Ijtimoiy tartibni ta’minlashda, eng avvalo, saylov jarayonidagi tartib muhim rol o‘ynaydi, chunki saylovda hokimiyat shakllanadi. Hokimiyatning xarakteri saylov tizimi xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar saylov adolatli o‘tsa, hokimiyat ham adolatparvar bo‘ladi, agar saylov adolatsiz o‘tsa, demak hokimiyat ham adolatsiz bo‘ladi. Saylov adolatli o‘tishi uchun saylov jarayonida elektoratning erkin ishtirokini ta’minlaydigan mexanizm shakllangan bo‘lishi lozim. Bugungi kunda bunday mexanizmning huquqiy asoslari shakllangan bo‘lib, endigi vazifa ana shu mexanizmning ishlashini ta’minlaydigan nazoratning konstitutsion mexanizmini topishdan iborat. Saylov tizimida tartib o‘rnatish uchun, eng avvalo, nomzod ko‘rsatish jarayonida nazoratni kuchaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki aynan ana shu nomzod ko‘rsatish jarayonida saylovning taqdiri hal bo‘ladi. Nega deganda, nomzod ko‘rsatish jarayonida minglab odamlar orasidan kuchlisini tanlab olish imkoniyati kengroq. Keyingi bosqichlarda faqat besh kishidan birini tanlash imkoniyati qoladi, xolos, ya’ni elektoratni tanlash imkoniyati keskin pasayadi. Shuning uchun nazorat aynan ana shu nomzod ko‘rsatish jarayonida kuchayib borishi lozim. Buning uchun nomzod ko‘rsatish mezonlari ishlab chiqilishi va keng jamoatchilikka ma’lum qilinishi hamda ommaviy axborot vositalari orqali nazorat qilinishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, nomzod ko‘rsatish jarayonida ochiqlik va oshkoralik ta’minlanishiga erishish kerak.
Saylov tizimida tartib o‘rnatish uchun asosiy e’tibor ovoz berish va ovoz sanash jarayonini nazorat qilishga qaratilmoqda. Lekin ovoz berish jarayoni yopiq ravishda amalga oshirilishi sababli ushbu jarayonda nazoratni takomillashtirish ancha murakkab kechmoqda. Shuning uchun nazorat saylov tizimining boshqa jarayonlarida, ya’ni yashirin emas, balki ochiq amalga oshiriladigan nomzod ko‘rsatish va elektorat bilan deputat o‘rtasidagi aloqa jarayoniga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu jarayonlarda nazoratning kuchayishi ovoz berish va sanash jarayonidagi nazoratni ng yetarli emasligini kompensatsiya qiladi. Agar biror-bir nomunosib nomzod noqonuniy yo‘l bilan deputatlikka erishsa, keyingi bosqichlarda nazorat kuchli bo‘lsa, u o‘z deputatlik faoliyatini amalga oshirishga qodir emasligini ko‘rsatib qo‘yadi va bunday deputatni chaqirtirib olish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, umuman barcha darajadagi deputatlar o‘zlarining deputatlikka munosibligini jamiyatga isbotlab berishi kerakligini muhim shart sifatida belgilab qo‘yish lozim. Natijada, keyingi saylovlarda nomunosib nomzodlar noqonuniy yo‘l bilan deputatlikka intilmay qo‘yadilar. Bu esa , o‘z navbatida , nomunosib nomzodlarning keskin kamayishiga olib keladi va deputatlar tarkibi kuchayishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Saylov tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish borasida ishlab chiqilan taklif va tavsiyalar saylov tizimida tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat mexanizmini shakllantirishda muhim omil bo‘lishi mumkin. Saylov jarayoni nazoratini samarali amalga oshirish nazoratga doir bilimni ng kuchliligiga bog‘liq. Siyosiy o‘quv va targ‘ibotlar jarayonida olingan nazoratga doir bilim jamiyatda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirib , nazorat tizimini ng samarali ishlashiga xizmat qiladi. Buning uchun, “Saylov tizimi jarayonlarida ijtimoiy nazoratni ng o‘rni” mavzu s ida davra suhbati va seminarlar muntazam ravishda o‘tkazib borilishi lozim. Mamlakatim i zda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida demokratik tartibot mustahkamlanib bormoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati demokratlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga bog‘liqdir. Odamlar hayotini baxtli qiladigan farovon jamiyat qurishning yagona maqbul yo‘li bu demokratik taraqqiyot yo‘lidir. Demokratiya o‘rnatilishi uchun, eng avvalo, demokratiya sharoitida yashay oladigan siyosiy va huquqiy madaniyati yuksak avlod shakllangan bo‘lishi lozim. Bunday avlodni shakllantirish ma’lum bir vaqtni taqozo qiladigan jarayon bo‘lganligi uchun O‘zbekiston evolyusion taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bugungi kunda asosiy e’tibor jamiyatning siyosiy va huquqiy madniyatini oshirishga qaratilmoqda, chunki faqat siyosiy va huquqiy madaniyati yuksak avlodgina demokratiya sharoitida yashay oladi, ya’ni o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘ladi. Hozircha jamiyat
hokimiyatni shakllantirishda faol ishtirok etgani holda nazorat qilishda passiv ishtirok etmoqda. Jamiyat nazoratini faollashtirish fuqarolik jamiyatini kuchaytirishni taqozo etadi. Fuqarolik jamiyatining kuchliligi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida va jarayonlarida, jumladan, saylov tizimida ham nazoratning kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. 2. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi nazorat tizimini takomillashtirish masalalari. Mamlakatimizda demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida g‘oyat ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning saylov tizimini takomillashtirish borasida bergan takliflari fuqarolarning saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Saylov tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad saylov jarayonida fuqarolarning erkin ishtirok etishini ta’minlashdir. Shuning uchun mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasida taklif qilingan qonunchilik tashabbuslari fuqarolarning saylov jarayonida erkin ishtirok etishlariga xizmat qiladigan huquqiy asos hisoblanadi. Konsepsiya talablari dan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borish mumkin emasligi to‘g‘risidagi normaning kiritilishi fuqarolarning saylov jarayonida erkin va ongli ravishda ishtirok etishlariga xizmat qiladi. Mamlakat i mizda 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum asosida qabul qilingan konstitutsiyaviy qonunlar xususida gapirib, Birinchi Prezidentimiz shunday degan edilar: “ Biz oddiy bir haqiqatni tushunib olishimiz kerak, agar biz yaxshi qonunlar qabul qilsak va Konstitutsiyada muhrlab qo‘ysak, lekin saylov jarayonida xalqning erkin ishtirokini ta’minlay olmasak, bularning hammasi, hech narsaga arzimaydigan quruq gap bo‘lib qoladi ” . Xalq saylov jarayonida va, umuman, hayotda erkin yashashi uchun, eng avvalo, ijtimoiy tartibning barqarorligi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bu esa nazorat tizimining samarali ishlashini ta’minlaydigan mexanizm orqaligina ta’minlanishi mumkin . Dunyoning biror - bir mamlakati o‘z taraqqiyotini demokratiyasiz tasavvur qila olmaydi. Demokratiya deganda hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishi va nazorat qilinishi tushuniladi. Demokratiya, eng avvalo, saylov jarayonida namoyon bo‘ladi va saylovda nafaqat hokimiyat shakllantiriladi, balki hokimiyat nazorat ham qilinadi. Chunki saylov faqat ovoz berish jarayonidan gina iborat emas, balki saylov tizimli
xarakterda bo‘lib, uch elementdan iborat yaxlitlik kasb etadi. Saylov tizimi nomzod ko‘rsatish, saylovoldi tashviqoti va ovoz berish hamda uchinchi element elektorat bilan deputat o‘rtasidagi aloqa jarayonidan iborat bo‘ladi. Ana shu uch jarayondan iborat bo‘lgan saylov tizimi demokratiyani to‘liq namoyon qiladi. Saylov jarayonida xalq manfaatini ifodalaydigan va xalqqa xizmat qiladigan hokimiyat shakllanishi lozim. Lekin haqiqatan ham xalqqa xizmat qiladigan hokimiyatni shakllantirish qiyin kechmoqda, chunki demokratiyani anglatadigan nazorat funksiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Muhimi, hokimiyatni shakllantirish emas, balki hokimiyatni nazorat qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, muhimi hokimiyatga kim va qaysi partiya kelganligi emas, balki hokimiyat ustidan jamiyat nazorati qanday kucha ya yotganligidadir. Agar nazorat tizimi yaxshi ishlamasa, har qanday yaxshi hokimiyat ham xalq manfaatini ifodalamay qo‘yadi. Nazorat tizimi kuchli bo‘lgan mamlakatda xalq manfaatini ifodalamaydigan hokimiyat o‘z hukmronligini saqlab qololmaydi. Shuning uchun saylov qonunchiligi muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda va bunda asosiy e’tibor nazorat tizimini kuchaytirishga qaratilmoqda. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi ning asosiy e’tibori nazorat tizimini takomillashtirishga qaratilganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Saylov qonunchiligida asosiy e’tibor saylovoldi tashviqoti va ovoz berish, sanash jarayonini tartibga olishga qaratilgan. Bu borada qonunchilik qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, ushbu jarayonda adolatni ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda. Chunki yashirin ovoz berish jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash qiyin kechadi. Agar saylovda ovoz berish yashirin emas, balki ochiq tarzda amalga oshirilganda edi, muammo osonroq hal bo‘lar edi. Ya shirin ovoz berish kim uchun kerak, davlat uchunmi yoki jamiyat uchunmi buni aniqlab olish lozim. Umuman, yashirin ovoz berish ma’qulmi yoki ochiq ovoz berish afzalroqmi degan savollar yuzasidan ham o‘ylab ko‘rish kerak. Saylov jarayonida hokimiyat shakllanadi va bu hokimiyat xalqqa xizmat qilishi uchun eng kuchlilardan hokimiyat shakllanishi lozim. Buning uchun esa nomzod ko‘rsatishda va deputatga baho berishda ma’lum bir mezonlarga qat’i y rioya qilish ta’minlanishi lozim. Eng muhimi, deputat o‘zini deputatlikka munosibligini jamiyatga isbotlab berishi muhim shart sifatida belgilab qo‘yilishida. Agar shunday shart belgilab qo‘yilsa, nomunosib odamlar deputatlikka intilmay qo‘yadi va yashirin ovoz berishga zaruriyat kuchli bo‘lmaydi. Chunki nomzod ma’lum bir mezonlar asosida ko‘rsatila boshlaydi. Kim barcha mezonlarga javob bersa, o‘sha odamga ovoz berish ochiq tarzda amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Umuman, ushbu masala yuzasidan chuqurroq