logo

Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda milliy mentalitetimizning o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.4833984375 KB
Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda milliy mentalitetimizning o‘rni
Reja
1.Mustaqil davlatning taraqiyotida   milliy o‘ziga xoslikning o‘rni.
2.Milliy   davlatchilikning   kelib   chiqish   sabablari,   mohiyati   va   asosiy
hususiyatlari .
3.Musulmon   mamlakatlarida   huquqqa   bo‘lgan   munosabatning   o‘ziga
xosligida sug‘orma dehqonchilikning o‘rni. 1.Mustaqil davlatning taraqiyotida   milliy o‘ziga xoslikning o‘rni.
Mustaqil   mamlakatimizda   ijtimoiy   tartibning   barqarorligini   ta’minlash
m as alasi   ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tartib   o‘ rnatish uchun huquq va
ahloq   normalariga   rioya   qilishni   ta’minlashga   qodir   bo‘lgan   naz ora t   tizimi
shakllangan bo‘lishi lozim. Bunday naz ora t tizimi shakllanishi demokratik huquqiy
davlat   va   fuqorolik   jamiyati   shakllanga nligi   bilan   bog‘liq .   Biz   demokratiyaning
umumja h on   e’tirof   etgan   tamoyillarini   tan   ol ib,   milliy   mentalitetimizni   hisobga
olgan   holda   o‘zigi   xos   y o‘ ldan   borib,   huquqiy   demokratik   davlat   qurmoqdamiz.
Ijtimoiy tartibni   o‘ rnatishda nazorat tizimining tarkibiy qism lar i bo‘lgan   davlat   va
jamiyat   nazoratini   kuchaytirish   uchun   milli y   mentalitetimizda   huquq   va   ahloqqa
bo‘lgan  munosabatni  o‘ r ga nish imiz  kerak bo‘ladi.  Buning uchun G‘arb va Sharqda
huquq   va   axloqqa   bo‘lgan   munosabatning   umumiyligi   va   o‘ziga   xosligini
o‘rganish lozim.
Milli y   mentalitetimiz   asosini   jamoaviylik   tuyg‘usi   tashkil   qiladi   va   u
ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida,   jumladan,   davlatning   mazmun   va   shakliga
ham   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.   Ma’lumki ,   XX   asrning   ikkkinchi   yarmi   insoniyat
tarixiga   mustamlakachilik   tizimining   borbod   bo‘lishi   va   Osiyo,   Afrika,   Lotin
Amerikasida mustaqil, milliy davlatlarning paydo bo‘lish davri bo‘lib kirdi. Mana
shu   mustaqil   milliy   davlatlar   o‘z   taraqqiyot   yo‘llarini   belgilar   ekanlar,   ularning
oldidagi   eng   muhim   vazifalardan   biri   mustaqil   davlatning   huquqiy   poydevorini
yaratish   masalasi   ekanligi   shubhasizdir.   Milliy   mustaqil   davlatning   huquqiy
negizini   yaratishda   nimalarni   hisobga   olish   va   nimalarga   eng   asosiy   e’tiborni
qaratish   lozim?   Davlatning   huquqiy   negizini   yaratishda   hamma   uchun   beistisno,
umumiy tartib qoidalar bormi yoki har bir davlat o‘z shart-sharoitidan kelib chiqib,
o‘z huquqiy poydevorini qurishi lozimmi? 
Hech   ikkilanmasdan   aytish   mumkinki,   huquqiy   jamiyat   barpo   etishning
hamma uchun maqbul ke l adigan umumiy tartib, qonun - qoidalari mavjud va har bir
huquqiy   jamiyatda   ular ga   beistisno   amal   qilish   lozim.   Shu   bilan   birga,   har   bir
millat,   elat   o‘z   tarixi,   o‘ziga   xos   urf-odatlari   va   an’analarga   ham   ega.   Mana   shu urf-odat,   an’ana,   qadryatlar   huquqiy   davlat   quril i shi   jarayoniga,   huquqiy
me’yorlarni hayotga tatbiq etish va amal qilish jarayoniga o‘z ta’sirini  o‘ tkazadi. 
Mustaqil   O‘zbekiston   o‘z   taraqqiyot   yo‘lini   belgilar   ekan,   huquqiy,
demokratik,   erkin   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan   jamiyat   qurishni   o‘z   oldiga
asosiy vazifa qilib quydi. Mustamlakachilik davridan meros bo‘lib qolgan huquqiy
me’yorlar   o‘rniga   yangi,   mustaqil   davlat   manfaatlarini   aks   ettiradigan   huquqiy
me’yorlar   yaratishda   umuminsoniy   tamoyillar   va   qadryatlar   asosiy   mezon   bo‘lib
xizmat   qilmoqda.   Chunki   O‘zbekiston   umuminsoniy   demokratik   tamoyillarni   tan
oladi,   hurmat   kiladi   va   ularga   qat’iy   rioya   etadi.   Dunyoning   biror-bir   davlati   o‘z
taraqqiyotini   demokratiyasiz   tasavvur   qila   olmaydi,   chunki   insoniyat
demokratiyadan afzalroq biror-bir boshqa siyosiy tartibni  hozircha  bilmaydi.
Shu bilan birga, o‘zimizga xos qadryatlarimiz ,   an’ana va urf-odat, axloqiy
qarashlarimiz   ham   huquqiy   jamiyat   qurilishi   jarayonida   o‘z   aksini   topmoqda.
Mustaqil davlatning huquqiy poydevorini yaratishda mana shu jihatlar to‘la to‘kis
e’tiborga   olinmoqda.   M amlakatimizda   iqtisodiy   isloh o tlarni   amalga   oshirishda
huquqiy   negizni ng   o‘rni   haqida   Birinchi   Prezidentimz   Islom   Karimov:   “Avval
boshdanoq biz o‘zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldi k   – zarur huquqiy omilni
shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabu l  qilmasdan
turib,   isloh o tlarni   amalga   oshirishning   ishonchli   kafolatini,   isloh o tlar   ortga
chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo‘lmaydi” 1
deb ta’kidlagan edi.
Shu   bilan   birga,   biz   o‘z   tarixiy   taraqqiyot   yo‘limiz,   ma’naviy,   axloqiy
qadiryatlarimizni   hisobga   olgan   holda   qonunlar   va   me’yoriy   hujjatlarni
yaratishimiz   lozimligi   quydagicha   belgilab   ber il gan   edi :   “Nihoyat,   uchinchidan,
biz   yangilanish   va   taraqqiyotda   o‘z   yo‘limi z ni,   iqtisodiyotni   isloh   qilishda   o‘z
modelimizni   tanlab   oldik.  Shu  sababli   boshqa   mamlakatlarning  qonun   me’yorlari
va   hujjatlaridan   foydalanish,   hatto   ular   aynan   bozor   munosabatlariga   javob   bersa
ham,   biz   uchun   nomaqbul   edi” 2
.   Har   bir   mustaqil   davlat   o‘z   taraqqiyot   yo‘lini
1
Каримов  И.А.  Ўзбекистон и қ тисодий ислоҳотларни чу қ урлаштириш йўлида Тошкент .  1995 йил ,  29 бет.
2
Ўша жойда. belgilar   ekan,   o‘z   xalqining   tarixi,   milliy   o‘zligini,   madaniy   va   ma’naviy
qadriyatlarini   hisobga   olishga   majbur.   Hatto   aytish   lozimki,   yosh   mustaqil
davlatning   taraqiyot   yo‘lida   muvaffaqiyatga   erishishi   ana   shu   milliy   o‘ziga
xoslikni   naqadar   teran   anglab   olishiga   ko‘p   jihatdan   bog‘liqdir.   Boshqacha   kilib
aytganda, tanlab olingan taraqqiyot yo‘lining,  islo h otlarning muvaffaqiyati ana shu
milliy,   ma’naviy   va   ahloqiy   qadr i yatlarning   ildizlarini   chuqur   anglab   olishimizga
bog‘liq. 
I jtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   nazorat   tizimini   samarali
qilish   huquq q a   rioya   qilish   tarixiga   nazar   solishni   taqozo   etadi.   Ana   shu   nuqtai
nazardan   qaraganda,   Sharq   mamlakatlarida   huquqqa   munosabat   masalasini
o‘rganish   o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy huquqshunoslik fanida e’tirof
etilishicha,   Sharq   va   G‘arbda   huquqqa   munosabat   tubdan   farq   qiladi.     Huquqqa
munosabat   masalasi   ushbu   fan   namoyandalari   tomonidan   ancha   izchil   yoritib
ber il gan.   Ammo   ushbu   fan   namoyandalari   nima   sababdan   G‘arb   huquq   asosida
yashagan   holda,   Sharqda   huquq   emas,   balki   axloq   jamiyat   hayotida   kengroq   va
muhimroq   o‘rin   tutib   kelganligini   yetarlicha,   batafsil   yoritib   bermaganlar.
Natijada, Sharq va G‘arbda huquqqa munosabatdagi tafovut sabablari to‘liq ochib
berilmay qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, huquqqa bo‘lgan munosabatda bugungi
kundagi   tafovutni   bartaraf   qilishda   qiyinchilik   tug‘dirmoqda.   Bugungi   kunda
qonun   ustuvorligi   va   jazoning   muqarrarligini   ta’minlash   borasidagi   tafovut   ham
shu bilan bog‘liqdir. 
Shuning uchun Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ana shu tafovutning negizi, ya’ni
saba b ini   k o‘ rsatish   zaruryati   kelib   chiqadi.   Izlanish   anchagina   qadimgi
davlatchilik, ya’ni ilmiy jam oa tchilik orasida Sharq despotizmi nomi bilan tan i lgan
davlatchilikka  qaratilishi  lozim.  Chunki  butun  insoniyat   tar i xi   davomida  o‘z   izini
qoldir gan   sharqona   o‘ziga   xos   xususiyatlar   o‘sha   davrda   yuzaga   kela   boshlagan.
Bugungi kunda mavjud bulgan huquq va axloq normalarini takomillashtirish uning
rivojlanish tarixiga va, ayniqsa, vujudga kelish tarixiga nazar solishni taqozo etadi.
Chunki   qadimgi   davrda   shakllangan   hukuq   me’yorlari   va   ularga   rioya   qilish amaliyoti uzoq tarixiy jarayonda evolyusion tarzda rivojlanib ,  hozirgi kunga qadar
yetib kelgan.
Qadimgi davrlarda shakllangan ,  hozirgi kunga qadar  takomillashib  saqlani b
kelayotgan   nazorat tizimining ishlab turishini ta’minlagan   hu quq iy ong va axloqiy
qadr i yatlarni   o‘rganish   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   isloh o tlarni
samarali   qilishda   katta   ilmiy   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki   islohotlarning
samaradorligi   tartibga,   tartib   esa   huquq   va   axloq   me’yorlariga   rioya   qilinishiga
bog‘liq. Buning uchun o‘tmishda huquq va ahloq me’yorlar iga rioya qilish qanday
ta’minlangan i   va   qay   tarzda   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilganligini,   ya’ni   nazorat
mexanizmi qanday ishlaganligini  b i l i sh muhimdir.
An’anaviy   Sharq   davlatchiligi   (des p otiya)   sug‘orma   dehqonchilik   talabi
asosida   paydo   bo‘lganligini   isbotlash   uchun,   avvolo,   despotiya   o‘zi   nima   va   u
boshqa   ti p dagi   davlatlardan   nimasi   bilan   farq   qiladi?   degan   savolga   javob   berish
lozim.   Ko‘pchiligimiz   despotiya   deganda   hech   qanday   qonun   bilan
chegaralanmagan cheksiz hokimiyatni tush u nishga odatlanganmiz. Bu bir jihatdan
to‘g‘ri,   albatta.   Ammo   mustabid   davlatchilikning   ushbu   ta’rifi   yetarli   darajada
qanoatlanarli   emas.   Negaki   biz,   boshqa   davlat   ti p lari,   masalan,   abs o lyut
m o n a rxiya,   harbiy ,   t o talitar   davlatlar   deganda   amalda   hech   qanday   qonun   bilan
che g aralanmagan   hokimiyatni   tush u namiz.   Chunki   bunday   davlatlarda   hokimiyat
di k tatura yoki desp o tiya usulida amalga oshirilishi mumkin. 
Despotiya   bilan   di k taturaning   ma’nosi   bir,   faqat   d e spotiya   yunoncha,
di k tatura esa lotincha so‘z bo‘lib, ikkalasining ham tarjimasi, ma’nosi bir xil, ya’ni
cheklanmagan   hokimiyatni   anglatadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   despotiya,
di k tatura   davlatda   hokimiyatni   amalga   oshirish   shakli   va   usulidir.   Davlat   ti p lari
bilan   hokimiyatni   amalga   oshirish   shakli   va   usullari   o‘ rtasida   bog‘liqlik   va
umumiylik yoki   o‘xshashlik   bo‘ladi, albatta. Amm o   ular o‘rtasida ma’lum farqlar ,
tafovutlar   ham   yo‘q   emas.   D e spotik   boshqaruvga   asoslangan   davlat   to‘g‘risida
aniq   va   chuqur   tasav v urga   ega   bo‘lmoq   uchun,   eng   avv a lo,   uni   yuqorida   zikr
etilgan   davlatchilik   ti p lari   bilan   qiyoslash   lozim.   Bunda   e’tibor ,   birinchidan ,   ular
o‘rt a sidagi   asosiy   tafovut   nimadan   iborat   ekanligi,   ikkinchidan,   ana   shu taf o vu t ning   manbai,   ildizi   nimadan   iborat   ekanligini   aniqlashga   qaratilishi   kerak
bo‘ladi.
2.Milliy   davlatchilikning   kelib   chiqish   sabablari,   mohiyati   va   asosiy
hususiyatlari .
An’anaviy   Sharq   davlatchiligi   –   despotiyaning   kelib   chiqish   sabablari,
mohiyati   va   asosiy   hususiyatlari   haqida   sotsiologlar,   siyosatshunoslar,   tarixchilar
ancha   uzoq   davrlardan   buyon   bahs   yuritib   kelmoqdalar.   Despotiyaning   ba’zi   bir
xususiyatlari   haqida   o‘z   vaqtida   Aristotel   o‘rinli   fikrlarni   bildirgan   edi.   Fransuz
yozuvchisi Monteske despotiyani samarasiz tuzum sifatida ta’riflaydi. Nemis olimi
K.A.Vittfogel   o‘zining   mashhur   “Sharq   despotizmi”   nomli   asarida   despotiya
sug‘orma   dehqonchilik   talablaridan   kelib   chi q ishini   yetarli   darajada   isbotlab
bergan.   Bugungi   kunda   despotiya   aynan   sug‘orma   dehqonchilikning   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqqanligi   yetarli   darajada   o‘z   isbotini   topgan.   Shuning
uchun   bu borada ortiqcha tafsilotlarga ehtiyoj yo‘q. 
Hozir   bizni   qiziqtirayotgan   asosiy   masala,   birinchidan,   despotiyaning
mohiyati   nima   va   u   boshqa   tipdagi   davlatlardan   asosan   nimasi   bilan   farq   qiladi,
ikkinchidan, ular o‘rtasidagi tafovutni tug‘diruvchi omil nimalardan iborat? degan
savollarga   javob   topishdir.   Despotik   jamiyatning   boshqa   ijtimoiy- siyos iy
tuzumlardan   asosiy   farqi   –   bu   davlat   boshqaruvi   hamda   jamiyat   hayotida   huquq
emas,   balki   axloqning   kengroq,   muhimroq   o‘ rin   tutishidir.   Bundan   tashqari,
despotik   tizimda   davlat   va   jamiyatning   huquqqa   b o‘ lgan   munosabatida   davlat
huquqining   ustuvorligi   ham   muhim   farqlardan   biri   hisoblanadi.   Axloqning
muhimligining sababi jamoaviylik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lsa, davlat huquqining
ust u vorligi esa sug‘orma dehqonchilik bilan bog‘liqdir.
Ma’lumki, davlat – bu tara qq iyotning ma’lum bir bosqichida yuzaga kelgan
jamiyat   mahsulidir.   Jamiyatda   xususiy   mulk   xamda   sinflar   paydo   bo‘lishi   bilan
o‘zaro   munosabatlar   murakkablashadi,   endi   bu   munosabatlarni   tartibga   solib
turuvchi   kuchga   ehtiyoj   seziladi.   Chunki   insoniyat   jamiyati   xilma-xil   ehtiyoj   va
manfaatlari   bo‘lgan   odamlar   majmuidan   iboratdir.   Agar   ular   o‘rtasidagi munosobatlar   murosaga   solinib,   kelishtirib ,   tartibga   olinmasa,   insoniyat   jamiyati
son-sanoqsiz   ziddiyatlardan   va   urushlardan   iborat   bo‘lib   qoladi   va   oxir   oqibatda
halok bo‘lishi mumkin.  Fa q atgina davlat ana shunday  tartibga soladigan kuch  bo‘la
oladi. X o‘ sh, davlat bu vazifani qanday qilib u d dalagan?
Davlat hamma fuqorolar uchun majburiy qonun - qoidalar ishlab chiqadi va
ularga   rioya   qilishni   taminlash   orqali   ijtimoiy   tartibni   o‘ rnati b ,   jamiyatni
boshqaradi  va tar a qqiyot sari  yetaklaydi. Qonun hamma uchun majburiy bo‘lgan,
hamma birdek hurmat qiladigan, hamma birdek amal qiladigan jamiyat bir kunda,
bir yilda hatto bir asrda ham paydo bo‘la olmaydi. Bunday jamiya t  f a qatgina uzoq,
tadrijiy   tarzda   amalga   oshiriladigan   murakkab   tara q qiyot   jarayonining   mahsuli
bo‘lishi   mumkin.   Bunday   jamiyatni   shakllantirishning   qanchalik   murakkabligini,
barcha   vaqtlarda   donishmandlarni   va   davlat   rahbarlarini   qanday   qilsak   jami ya tda
tartib bo‘ladi? degan savol doimo  o‘ ylantirib kelganligidan ham ko‘rsa bo‘ladi.
Tarix   tajribasi   shuni   ko‘rsatadik i ,   jamiyat   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy
jihatdan   rivojlanib   borgan   sari   qonunlarning   o‘ rni,   ahamiyati   oshib   boraveradi.
Uzoq asrlik taraqqiyot natijasi shunga olib keldiki, G‘arb davlatlarida huquq o‘zaro
munosabatlarni t a rtibga solishning asosiy vositasiga aylandi. To‘g‘ri, huquq to‘la-
to‘kis amal qiladigan jamiyat paydo bo‘lgancha, oradan ancha uzoq davr kechishi
talab   etiladi.   Agarda   bugungi   G‘arb   davlatlarini   to‘la-to‘kis   huquq   asosida
yaashaydigan jamiyatlar deb hisoblaydigan bo‘lsak, bu jamiyatlar ana shu dar a jaga
yetib   kelguncha   bir   qancha   bosqichlarni   o‘z   boshidan   kechirgan.   G‘arb
mamlakatlarida   huquqqa   rioya   qilish   qay   darajada   ta’minlanganligi   to‘g‘risida
O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prez i d e nti   Islom   Karimov   Vazirlar
Mahkamasidagi   yig‘ilishlarda n   birida   ”G‘arb   mamlakatlarining   afzal ligi   –   ularda
qonun   ustuvorligi   va   jazoning   muqararligi   amalda   ta’minlanganligida”, 3
  -degan
edi.
G‘arb   mamlakatlarida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir   bo‘lgan   nazorat
tizimini ng   shakllanishiga   va   samarali   ishlashiga   xizmat   qiladigan   huquqiy
3
Каримов И.А. 2005йил 7 февралда ВМда ма ъ руза. Халқ сўзи 2005 йил  8   феврал ь. madaniyatning   shakllanishi   uzoq   evolyusion   jarayo n ning   mahsulidir.   Masalan ,
antik   Gr e siya,   Rim,   o‘rta   asr   Yevropasi   davrlarida   huquqning   jamiyat   hayotida
tutgan   o‘rni   b u gungi   G‘arb   jamiyatidan   anchagina   farq   qilganligini   inkor   etib
bo‘lmaydi.   Masalan ,   antik   Gr e siya   va   Rimda   qullar   hech   qanday   huquqqa   ega
bo‘lmaganlar. 
O‘rta   asrlar   Yevropasida   ham   huquq   jihatidan   hamma   teng   bo‘lmagan.
Ba’zi   bir   davlatlarda,   ba’zi   sharoitlarda   favqulodda   hola t   sodir   bo‘lgan   paytlarda
hokimiyat   t iraniya ,   dikt a tura,   abs o lyutizm   ko‘rinishlariga   kirgan,   albatta,   va   bu
davrlarda hokimiyat amald a  cheksiz hokimiyatga aylangan. Ammo bunday davrlar
tarixiy   taraqiyot   nuqtai   nazaridan   qaraganda   uzoq   ch o‘ zilmagan.   Bu,  birinchidan,
i kkinchidan,   tiranlar   ham,   dikt at orlar   xam,   abs o lyut   monarx   ham   hech   qachon
huquq   sohasini   chetlab   o‘tishga   harakat   qilmagan ,   balki   bir   huquq   o‘rniga
boshqasini joriy etishgan, ya’ni huquq bari bir jamiyat hayotini tartibga solishning
asosiy vazifasi bo‘lib qolaver gan .  Chunki tartibdan eng manfaatdor shaxs bu davlat
boshlig‘idir va   biror-bir davlat rahbari hech qachon o‘z mamlakatida tartibsizlikni
xohlamaydi. 
Ammo   Sharq   jamiyatlarida   iqtisodiy,   siyosiy,   madaniy   jihatdan   yuksak
dara j aga erishilgan davrlarda ham huquq o‘zaro munosabatlarni tartibga solishning
asosiy   vositasi   bo‘lmagan,   balki   axloq   o‘zaro   munosabatlarni   tartibga   solishning
asosiy   vositasi   bo‘lgan.   Albatta   Sharqning   hamma   mamlakatlarida,   hamma
davrlarda   ham   huquqqa   bo‘lga   munosabat   bir   xil   bo‘lmagan.   Bu   masalada   ham,
asosan,   biz   ilgari   surayotgan   tezis   o‘z   tasdig‘ini   topayotganligini   ko‘rishimiz
mumkin. Sharq taraqqiyotining o‘zga xoslik darajasi (G‘arb taraqqiyotidan tafovut
darajasi)   sug‘orma   dehqonchilikning   mazku r   jamiyat   iqtisodida   tutgan   o‘rniga
bog‘liqdir.   Mazkur   nuqtai-nazardan   qaraganda   huquqqa   bo‘lgan   munosabatning
G‘arbda   taf o vut   qilishi   ham   xuddi   shu   narsaga,   ya’ni   sug‘orma   dehqonchilikning
jamiyat   iqtisodida   tutgan   o‘rniga   bog‘liqdir.   Albatta,   bunda   geografik   muhitning
boshqa unsurlari – daryolar va rel’ef xam katta o‘rin tut a di.
Sug‘orma   dehqon chilik ning   iqtisodda   tutgan   o‘rni   jihatidan   Sharq
mamlakatlari juda ham xilma-xildir. Shunga muvofiq huquqqa bo‘lgan munosabat ham turli mamlakatlarda bir-biridan katta farq qilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda
geografik muhitning boshqa unsurlari  –   relef, daryolarning ta’sirini  ham  hisob g a
ola digan   bo‘lsak,   manzara   yana   ham   xilma-xil   bo‘ladi.   Masalan,   sug‘orma
dehqonchilikning   iqtisodda   tutgan   o‘rni   bo‘yicha   Xitoy   Misrdan   keyingi   o‘rinda
turadi.   Misrning   tabiiy   sharoiti   shundaki,   bu   mamlakatda   na   chorvachilik,   na
lalmikor   dehqonchilik   uchun   imkoniyat   bor.   Xitoyda   esa ,   lalmikor   dehqonchilik
ham,   chorvachilik   ham   iqtisodda   ma’lum   ahamiyatga   ega   edi.   Ammo   shunga
qaramay   taraqqiyotning   o‘ziga   xosligi   darajasi   jihatidan   Xitoy   Misrdan   nafaqat
qolishmaydi,   balki   bir   qator   sohalarda,   masalan,   huquqqa   bo‘lgan   munosabatda
undan o‘tib ham ketadi. Buning asosiy sababi esa bizningcha, Xitoyning o‘ziga xos
relefidir. Ya’ni duyodagi eng katta tekislik – Buyuk Xitoy tekisligi tufayli bu yerda
sug‘orma dehqonchilik o‘zining ko‘lami jihatidan Misrdan bir necha barobar oshib
ketadi.   Natijada   esa   taraqqiyotning   o‘ziga   xosligi   darajasi   jihatidan   klassik
mamlakat sifatida Misr emas, balki Xitoy tan olinadi.  Buning sababi esa Xitoyning
o‘ziga xos relefidir ,  ya’ni dunyoning eng katta tekisliklaridan b o‘ lgan buyuk Xitoy
tekisligi   tufayli   un da sun’iy sug‘orishga asoslangan   dehqonchilik o‘zining ko‘lami
jihatidan   Misrdan bir necha marotaba oshib ketadi.
Xuddi shu tufayli ham Xitoyda huquq sohasini chetlab o‘tish o‘zining eng
yuqori ko‘rinishiga yetadi. Konfutsiy ta’limoticha “Ideal inson shunday odamki, u
dunyoda   hukm   suruvchi   tartibni   yaxshi   anglaydi,   bu   munosabatlarning   ahamiyati
va   maqsadini   tan   oladi   va   shu   yo‘l   bilan   tabiiy   muvozanatni   saqlash   uchun   o‘z
manfaatlaridan   voz   kechadi”.   Sug‘orma   dehqonchilik   aholidan   o‘zidan   yosh   va
mansab   jihatdan   ulug‘larga   hurmat   saqlashni   va   itoatkor   bo‘lishini   talab   etadi.
Xitoyda   huquqqa   bo‘lgan   munosabat   bizning   fikrimizni   yaqqol   tasdiqlaydi.
“Agarda   aka   ukani   ursa   hech   qanday   jazo   qo‘llanilmaydi,   agarda   uka   akani   ursa
o‘ttiz   oy   surgun   qilinadi   hamda   bambuk   tayog‘i   bilan   t o‘ qson   marta   uriladi” 4
.
Xitoyda xuquqqa munosabat masalasi R.David asarida ham ancha keng yoritilgan:
“Xitoy mutafakkirlarini   huquq fani qiziqtirmagan”, “Xitoy huquqi, shubhasiz, bor,
ammo davlat boshqaruvi   va jamiyat hayotida huquqqa tayanilmagan”  5
.
4
Саидов А.Х. Сравнительное правоведение. Таш к ент. 1999 г.стр.378
5
Дави д  Р. Основн ы е правов ы е систем ы  современности. Москва. 1967 г. Стр. 386 3.Musulmon   mamlakatlarida   huquqqa   bo‘lgan   munosabatning   o‘ziga
xosligida sug‘orma dehqonchilikning o‘rni.
Mualliflarning   fikricha,   musulmon   mamlakatlarida   ham   huquq   davlat
boshqaruvi hamda jamiyat hayotida asosiy o‘rin egallamaydi. Bu ji h atdan olganda
Osiyo   mamlakatlarining   deyarli   barchasi   o‘xshashdir.   Ammo   musulmon
mamlakatlarida   huquqqa   bo‘lgan   munosabat   bari - bir   uzoq   Sharqqa   nisbatan
anchagina tafovutga ega. Buning sababi shuki, bu mamlakatlarda huquqqa bo‘lgan
munosabat   Islom   dini   asosida   shakllangan,   chunki   ”…Islom   o‘z   mohiyatiga
ko‘ra.... huquq    dinidir”  6
Musulmon mamlakatlarida ham asosan huquqdan ko‘ra   urf-odat, an’analar
va axloq davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida kengroq va muhimroq o‘rin tutsa-
da,   ammo   shariat   ahkomlari   bu   mamlakatlar   ijtimoiy   hayotida   katta   o‘rin   tutgan.
Urf - odat va an’analar shariatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid bo‘lmagan hollardagina amal
qilgan. Taniqli tarixchi olim B.Axmedovning   “ Ulug‘bek ”   nomli tarixiy asarida bu
fikrni   tasdiqlovchi   yaxshi   bir   misol   bor.   “Bir   kuni   Ulug‘bek   huzuriga   bir   harbiy
kishi kelib : –  Akam vafot etdi. Undan beva xotin bilan ikki yetim bola qoldi. Odat
buyicha   men   unga   uylanishim   va   bolalarga   otalik   qilishim   kerak.   Ammo   u   ayol
qarshilik qilyapti,  –  dedi.
Ulug‘bek yasavulboshini chakirdi   :
–   Bu odam bilan birga borib o‘sha ayolga buyur, unga turmushga chiqsin.
Xuddi   o‘sha   paytda   podsho   huzurida   Abulfath   Daylar   o‘tirgan   edi.   U   podshoga
murojat qildi:
–   Bir   oz   shoshmasinlar,   hazratim.   Ha,   shunday   odat   bor.   Ammo   u   faqat
ko‘chmanchilarda   saqlanib   qolgan.   Buning   ustiga   shariat   bo‘yicha   nikohlanish
uchun har ikkala tomonning roziligi talab qilinadi.
–   Ulug‘bek   o‘sha   ondayoq   qorovulbegini   chaqirdi   va   avvalgi   buyrug‘ini
bekor qildi.” 7
6
Давид Р. Основн ы е правов ы е систем ы  современности. Москва. 1967г. Стр.456
7
Ахмедов Б. Улуғбек. Т о шкент. 1994   й . 113 -б. Ushbu  misolda  biz huquqning  odat  ustidan  g‘alaba  qilishiga  guvoh bo‘lib
turibmiz.   Ammo   hamisha   ham   shunday   bo‘lavermagan.   Shariat   buyicha   nikoh
uchun   har   ikkala   tomonning   roziligi   talab   qilinsa   ham,   ammo   hayotda   ko‘pincha
boshqacha   manzaraga   duch   kelinar   edi.   Masalan,   Kumushni   bir   emas   ikki   marta
uning   roziligisiz   erga   beradilar.   Otabek   o‘zi   istamagan   holda   ikkinchi   marta
uylanishga majbur bo‘ladi. Ra’no Anvarga atalgan edi, ya’ni fotiha bor edi. Ammo
xon   tarafidan   yuborilgan   sovchilar   bu   fotihani   nazar   –   pisand   qilmaydilar-u,
Ra’noni xonga unashtirib,   “Fotiha muhri Xudodir”,   - deydilar.
Yuqorida   zikr   etilganlarga   asoslanib   aytish   mumkinki,   musulmon
mamlakatlarida   huquqqa   bo‘lgan   munosabat   faqatgina   Islom   aqidalari   asosida
shakllanmagan.   Balki   bu   mamlakatlarga   xos   bo‘lgan   ishlab   chiqarish   usuli   –
sug‘orma dehqonchilik huquqqa bo‘lgan munosabatni shakllantiruvchi asosiy omil
bo‘lgan.   Chunki   yana   bir   bora   ta’kidlaymizki,   sug‘orma   dehqonchilik   aholida
o‘zidan   yoshi   katta   va   mansab   jihatdan   ulug‘larga   hurmat   va   itoatkorlikni   talab
etadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   o‘zidan   yoshi   katta   va   mansab   jihatidan
ulug‘larga hurmat va itoatkorlik aholining ijtimoiy xarakteri darajasiga ko‘tariladi.
Taniqli faylasuf E.Fromm ta’kidlashicha esa, ijtimoiy xarakter – bu odat demakdir.
Sug‘orma  dehqonchilikning   shartlari   va   talablari   esa   bu   odatni   shunchalik   yuqori
darajaga ko‘taradiki, hatto shariat ruknlari ham bu odat qarshisida ojizlik qiladi va
natijada “Shariat zo‘rmi yoki sharoit” maqoli paydo bo‘lishiga olib keladi.
Taraqqiyotning   o‘ziga   xoslik   darajasi   asosan   ob’ektiv   omil   –   sug‘orma
dehqonchilikning   iqtisodda   tutgan   ahamiyati   bilan   belgilanishi   to‘g‘ri.   Ammo
ayrim   xalqlar   misolida   biz   sal   boshqacharoq   holni   –   sub’ektiv   omil   ta’sirini   ham
ko‘ramiz.   Masalan,   musulmon   xalqlari   yashaydigan   mamlakatlar   iqtisodida
sug‘orma dehqonchilik katta o‘rin tutadi. Garchi bu mamlakatlarning (O‘rta Osiyo
mamlakatlari,   Eron,   Turkiya,   Afg‘oniston)   ko‘pchiligida   yirik   sersuv   daryolar
bo‘lmasa-da,   ammo   islomdan   avval   bu   yerlarda,   masalan   Eronda   kuchli   d espo tik
davlatlar   tashkil   topgan.   Shu   narsa   aniqki,   d espo tiyaning   intensivligi   faqatgina
daryolarning   sersuvligi,   dehqonchilik   ko‘lami   bilan   o‘lchanmaydi.   Nisbatan   kam suv   daryolar   bo‘yida,   nisbatan   kichik   vodiylarda   d espo tik   jihatdan   Xitoy   yoki
Misrdan qolishmaydigan davlatlar tashkil bo‘la oladi.
  Yirik  sersuv  daryolar  bo‘yida,  katta  vodiylarda  yaratilgan  benihoya  katta
sug‘orish   inshootlari   va   nihoyatda   ko‘lamli   dehqonchilik   de spo tik   davlatning
qudratiga asos bo‘ladi, aslo de spo tiyaning o‘ziga emas. Des po tiya boshqa narsadan
paydo   bo‘ladi.   Bu   haqda   batafsil   to‘xtalish   lozim.   Demak,   biz   ilgari   surayotgan
nuqtai - nazar bo‘yicha O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Turkiya kabi mamlakatlarda
ham   huquqqa   bo‘lgan   munosabat   xuddi   Xitoy   yoki   hech   bo‘lmaganda
Yaponiyadagi kabi bo‘lmog‘i lozim edi. Ammo bu mamlakatlarga islom dinining
yoyilishi   ularda   huquqning   anchagina   qadr-e’tibor   topishiga   olib   keldi,   chunki,
“Islom o‘z mohiyatiga ko‘ra ...- qonun dinidir” 8
. Ammo shariat zo‘rmi yoki sharoit
maqoli bekorga to‘qilmagan. Ikkinchi tamondan qaralganda, sharoit g‘olib chiqadi:
“...   shariat   har   bir   inson   ega   bo‘lishi   lozim   bo‘lgan   huquqqa   emas,   balki   unga
yuklatilgan   vazifalarga   asoslangan.” 9
  Ammo   Xitoy   bari-bir   huquqqa   bo‘lgan
munosabat jihatidan Sharq mamlakatlari ichida klassik mamlakatdir. 
Mazkur   mamlakat   haqida   R.David   qo‘yidagi   fikrni   bildiradi:   “Xitoy
mutafakkirlarini huquq fani qiziqtirmagan” 10
, “Xitoy huquqi, shubhasiz, bor, ammo
davlat   boshqaruvi   va   jamiyat   hayotida   huquqqa   tayanilmagan” 11
.   R.Davidning
fikricha, Xitoyda huquqqa bo‘lgan munosabat konfutsiychilik asosida shakllangan.
Konfutsiy   ta’limotiga   ko‘ra   dunyoda   tabi i y   tartib   hukm   suradi,   bu   tartib
muvozanatga   egadir.   Agarda   har   bir   kishi   o‘z   haq-huquqlarini   talab   qiladigan
bo‘lsa,   jamiyatda   qandaydir   buzilish   ruy   beradi,   shuning   uchun   har   bir   kishining
asosiy   e’tibori   jamiyat   va   o‘ziga   o‘xshaganlar   oldidagi   burchga   qaratilishi   lozim .
R.David   asarida   ketirilishicha,   Hindiston,   Yaponiya   va   boshqa   Sh arq
mamlakatlarida ham huquqqa bo‘lgan munosabat xuddi Xitoydagi kabidir. Ammo
Xitoyda   bu   munosabat,   ya’ni   huquq   sohasini   chetlab   o‘tish   o‘zining   eng   yuksak
cho‘qqisiga   ko‘tariladi.   Qiyosiy   huquq   f ani   G‘arb   mamlakatlari   huquq   asosida
yashashini, Sharq mamlakatlari esa, aksincha, axloqqa asoslanib yashash i ni e ’ tirof
8
Давид Р.  Ос новн ы е  правовы е  системы современности. Москва 1967г.  с тр. 387.
9
Ўша ерда 387 бет.
10
Ўша ерда 386 бет
11
Ўша ерда 499 бет etadi.   Modomiki,   ikki   qutbda   huquqqa   bo‘lgan   munosabat   tamoman   boshqa-
boshqa   ekan,   demak,   buning   o‘ziga   yarasha   biror-bir   sababi,   izohi   ham   bo‘lishi
lozim.   R.David   G‘ arb   mamlakatlarining   barchasida   huquqqa   bo‘lgan
munosabatning   bir   xilligi   falsafiy ,   axloqiy   prinsiplarning   va   madaniyatning
umumiyligiga asoslanadi, deb tushuntiradi 12
. 
Bu fikr   umuman olganda to‘g‘ri. Ammo chuqurroq mulohaza yuritilganda
bu   fikr   tanqidga   bardosh   bera   olmaydi.   G‘arb   davlatlari   o‘sha   falsafiy,   axloqiy
prinsiplarning,   madaniyatning   umumiyligini   qaerdan   olishgan?   Butun   G‘ arb
davl a tlarining   falsafiy,   axloqiy   va   madaniy   jihatdan   umumiyligini   ta’minlovchi
biror-bir   o m i l ,   sabab   bor   deb   aytishga   asos   bormi   yoki   yo‘qmi?   Bizni n g cha ,
bunday asos bor. Lalmi kor  dehqonchilik ( G‘ arb asosan lalmikor dehqonchilik bilan
kun   kechirib   keladi)   sharoitida   har   bir   xo‘jalik,   har   bir   individ   o‘z   xo‘jaligini
mustaqil   yuritish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan.   Ishlab   chiqarish   va   xo‘jalik
yuritishning   bu   usuli   har   bir   kishida   individualizm   k ayfiyatini,   ya’ni   faqat   o‘z
manfaatini   birinchi   o‘ringa   qo‘yish   kayfiyatini   keltirib   chiqaradi   va
rag‘batlantiradi.   Falsafada   esa   Aristotel ch a   mantiqqa   suyanuvchi   falsafa   ustunlik
qiladi. Bu mantiq bo‘yicha yo unisi, yo bunisi tug‘ri (A, B bo‘la olmaydi), demak
har kim o‘zinikini to‘g‘ri deb biladi, o‘z manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Endi bir o‘ylab ko‘ring, ana shunday jamiyatda, har bir kishi o‘z manfaatini
birinchi o‘ringa qo‘yadigan jamiyatda adolatli ijtimoiy tartibni qonu n   va huquqqa
tayanmasdan   amalga   oshirib   bo‘larmidi?   Bizningcha,   aslo   yo‘q,   chunki   huquq
bilan   axloqning   asosiy   farqi   shundaki,   huquq   murosaga   solish   qiyin     bo‘lgan
munosabatlarni   tartibga   solsa,   axloq   murosaga   solish   nisbatan   oson     bo‘lgan
munosabatlarni   tartibga   solishga   xizmat   qiladi.   Ma’lumki,   iqtisodiy   va   siyosiy
munosabatlar   murosaga   solish   murakkab   bo‘lgan   soha   hisoblanadi,   ijtimoiy-
madaniy   munosabatlar   sohasi   esa   murosaga   solish   nisbatan   oson   hisoblanadi.
Demak,   G‘arb   mamlakatlarida   huquqqa   bo‘lgan   munosabatning   umumiyligini
ishlab chiqarish usulining umumiyligi (ya’ni lalimikor dehqonchilik)  bilan  izohlash
mumk in   ekan.   Yukoridagi   fikr-mulohazalardan   ko‘rinib   turibdiki,   demokratik
12
Давид Р. Основные правовые системы современности. М. 1967 г. Стр. 499. tamoyillarning buzilishiga va diktaturaning kelib chiqishiga sabab xalq xo‘jaligida
sug‘orma dehqonchilikning ulushi yuqori ekanligi bo‘lishi mumkin. 
Bugungi   kunda   demokratik   taraqqiyot   va   fuqarolik   jamiyatini   qurish
mamlakat   iqtisodida   sug‘orma   dehqonchilik   ulushini   qisqartirib   borishni   taqozo
etmoqda. Buning uchun sug‘orma dehqonchilik beradigan daromadni boshqa soha
hisobidan   qoplagan   holda   qisqartirib   borish   choralarini   ko‘rish   lozim.   Ushbu
muammoni   hal   qilishda   Tadbirkorlar   va   ishbilarmonlar   harakati   O‘zbekiston
liberal demokratik partiyasi va O‘zbekiston ekologik partiyasi hamkorlikda dastur
ishlab   chiqishlari   mumkin.   Dastur   sug‘orma   dehqonchilik   beradigan   daromadni
turizm   hisobidan   qoplab   borish   barobarida   mamlakat   iqtisodida   sug‘orma
dehqonchilikning   ulushini   kamaytirishga   xizmat   qiladi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida
huquq   va   axloq   me’yorlariga   rioya   qilishni   ta’minlash   orqali   adolatli   ijtimoiy
tartibning barqarorligiga sharoit yaratadi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda milliy mentalitetimizning o‘rni Reja 1.Mustaqil davlatning taraqiyotida milliy o‘ziga xoslikning o‘rni. 2.Milliy davlatchilikning kelib chiqish sabablari, mohiyati va asosiy hususiyatlari . 3.Musulmon mamlakatlarida huquqqa bo‘lgan munosabatning o‘ziga xosligida sug‘orma dehqonchilikning o‘rni.

1.Mustaqil davlatning taraqiyotida milliy o‘ziga xoslikning o‘rni. Mustaqil mamlakatimizda ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlash m as alasi ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tartib o‘ rnatish uchun huquq va ahloq normalariga rioya qilishni ta’minlashga qodir bo‘lgan naz ora t tizimi shakllangan bo‘lishi lozim. Bunday naz ora t tizimi shakllanishi demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati shakllanga nligi bilan bog‘liq . Biz demokratiyaning umumja h on e’tirof etgan tamoyillarini tan ol ib, milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda o‘zigi xos y o‘ ldan borib, huquqiy demokratik davlat qurmoqdamiz. Ijtimoiy tartibni o‘ rnatishda nazorat tizimining tarkibiy qism lar i bo‘lgan davlat va jamiyat nazoratini kuchaytirish uchun milli y mentalitetimizda huquq va ahloqqa bo‘lgan munosabatni o‘ r ga nish imiz kerak bo‘ladi. Buning uchun G‘arb va Sharqda huquq va axloqqa bo‘lgan munosabatning umumiyligi va o‘ziga xosligini o‘rganish lozim. Milli y mentalitetimiz asosini jamoaviylik tuyg‘usi tashkil qiladi va u ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, davlatning mazmun va shakliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ma’lumki , XX asrning ikkkinchi yarmi insoniyat tarixiga mustamlakachilik tizimining borbod bo‘lishi va Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida mustaqil, milliy davlatlarning paydo bo‘lish davri bo‘lib kirdi. Mana shu mustaqil milliy davlatlar o‘z taraqqiyot yo‘llarini belgilar ekanlar, ularning oldidagi eng muhim vazifalardan biri mustaqil davlatning huquqiy poydevorini yaratish masalasi ekanligi shubhasizdir. Milliy mustaqil davlatning huquqiy negizini yaratishda nimalarni hisobga olish va nimalarga eng asosiy e’tiborni qaratish lozim? Davlatning huquqiy negizini yaratishda hamma uchun beistisno, umumiy tartib qoidalar bormi yoki har bir davlat o‘z shart-sharoitidan kelib chiqib, o‘z huquqiy poydevorini qurishi lozimmi? Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, huquqiy jamiyat barpo etishning hamma uchun maqbul ke l adigan umumiy tartib, qonun - qoidalari mavjud va har bir huquqiy jamiyatda ular ga beistisno amal qilish lozim. Shu bilan birga, har bir millat, elat o‘z tarixi, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analarga ham ega. Mana shu

urf-odat, an’ana, qadryatlar huquqiy davlat quril i shi jarayoniga, huquqiy me’yorlarni hayotga tatbiq etish va amal qilish jarayoniga o‘z ta’sirini o‘ tkazadi. Mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilar ekan, huquqiy, demokratik, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib quydi. Mustamlakachilik davridan meros bo‘lib qolgan huquqiy me’yorlar o‘rniga yangi, mustaqil davlat manfaatlarini aks ettiradigan huquqiy me’yorlar yaratishda umuminsoniy tamoyillar va qadryatlar asosiy mezon bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki O‘zbekiston umuminsoniy demokratik tamoyillarni tan oladi, hurmat kiladi va ularga qat’iy rioya etadi. Dunyoning biror-bir davlati o‘z taraqqiyotini demokratiyasiz tasavvur qila olmaydi, chunki insoniyat demokratiyadan afzalroq biror-bir boshqa siyosiy tartibni hozircha bilmaydi. Shu bilan birga, o‘zimizga xos qadryatlarimiz , an’ana va urf-odat, axloqiy qarashlarimiz ham huquqiy jamiyat qurilishi jarayonida o‘z aksini topmoqda. Mustaqil davlatning huquqiy poydevorini yaratishda mana shu jihatlar to‘la to‘kis e’tiborga olinmoqda. M amlakatimizda iqtisodiy isloh o tlarni amalga oshirishda huquqiy negizni ng o‘rni haqida Birinchi Prezidentimz Islom Karimov: “Avval boshdanoq biz o‘zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldi k – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabu l qilmasdan turib, isloh o tlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini, isloh o tlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo‘lmaydi” 1 deb ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, biz o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘limiz, ma’naviy, axloqiy qadiryatlarimizni hisobga olgan holda qonunlar va me’yoriy hujjatlarni yaratishimiz lozimligi quydagicha belgilab ber il gan edi : “Nihoyat, uchinchidan, biz yangilanish va taraqqiyotda o‘z yo‘limi z ni, iqtisodiyotni isloh qilishda o‘z modelimizni tanlab oldik. Shu sababli boshqa mamlakatlarning qonun me’yorlari va hujjatlaridan foydalanish, hatto ular aynan bozor munosabatlariga javob bersa ham, biz uchun nomaqbul edi” 2 . Har bir mustaqil davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini 1 Каримов И.А. Ўзбекистон и қ тисодий ислоҳотларни чу қ урлаштириш йўлида Тошкент . 1995 йил , 29 бет. 2 Ўша жойда.

belgilar ekan, o‘z xalqining tarixi, milliy o‘zligini, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini hisobga olishga majbur. Hatto aytish lozimki, yosh mustaqil davlatning taraqiyot yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi ana shu milliy o‘ziga xoslikni naqadar teran anglab olishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Boshqacha kilib aytganda, tanlab olingan taraqqiyot yo‘lining, islo h otlarning muvaffaqiyati ana shu milliy, ma’naviy va ahloqiy qadr i yatlarning ildizlarini chuqur anglab olishimizga bog‘liq. I jtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat tizimini samarali qilish huquq q a rioya qilish tarixiga nazar solishni taqozo etadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Sharq mamlakatlarida huquqqa munosabat masalasini o‘rganish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy huquqshunoslik fanida e’tirof etilishicha, Sharq va G‘arbda huquqqa munosabat tubdan farq qiladi. Huquqqa munosabat masalasi ushbu fan namoyandalari tomonidan ancha izchil yoritib ber il gan. Ammo ushbu fan namoyandalari nima sababdan G‘arb huquq asosida yashagan holda, Sharqda huquq emas, balki axloq jamiyat hayotida kengroq va muhimroq o‘rin tutib kelganligini yetarlicha, batafsil yoritib bermaganlar. Natijada, Sharq va G‘arbda huquqqa munosabatdagi tafovut sabablari to‘liq ochib berilmay qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, huquqqa bo‘lgan munosabatda bugungi kundagi tafovutni bartaraf qilishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bugungi kunda qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligini ta’minlash borasidagi tafovut ham shu bilan bog‘liqdir. Shuning uchun Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ana shu tafovutning negizi, ya’ni saba b ini k o‘ rsatish zaruryati kelib chiqadi. Izlanish anchagina qadimgi davlatchilik, ya’ni ilmiy jam oa tchilik orasida Sharq despotizmi nomi bilan tan i lgan davlatchilikka qaratilishi lozim. Chunki butun insoniyat tar i xi davomida o‘z izini qoldir gan sharqona o‘ziga xos xususiyatlar o‘sha davrda yuzaga kela boshlagan. Bugungi kunda mavjud bulgan huquq va axloq normalarini takomillashtirish uning rivojlanish tarixiga va, ayniqsa, vujudga kelish tarixiga nazar solishni taqozo etadi. Chunki qadimgi davrda shakllangan hukuq me’yorlari va ularga rioya qilish

amaliyoti uzoq tarixiy jarayonda evolyusion tarzda rivojlanib , hozirgi kunga qadar yetib kelgan. Qadimgi davrlarda shakllangan , hozirgi kunga qadar takomillashib saqlani b kelayotgan nazorat tizimining ishlab turishini ta’minlagan hu quq iy ong va axloqiy qadr i yatlarni o‘rganish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloh o tlarni samarali qilishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Chunki islohotlarning samaradorligi tartibga, tartib esa huquq va axloq me’yorlariga rioya qilinishiga bog‘liq. Buning uchun o‘tmishda huquq va ahloq me’yorlar iga rioya qilish qanday ta’minlangan i va qay tarzda ijtimoiy tartib o‘rnatilganligini, ya’ni nazorat mexanizmi qanday ishlaganligini b i l i sh muhimdir. An’anaviy Sharq davlatchiligi (des p otiya) sug‘orma dehqonchilik talabi asosida paydo bo‘lganligini isbotlash uchun, avvolo, despotiya o‘zi nima va u boshqa ti p dagi davlatlardan nimasi bilan farq qiladi? degan savolga javob berish lozim. Ko‘pchiligimiz despotiya deganda hech qanday qonun bilan chegaralanmagan cheksiz hokimiyatni tush u nishga odatlanganmiz. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, albatta. Ammo mustabid davlatchilikning ushbu ta’rifi yetarli darajada qanoatlanarli emas. Negaki biz, boshqa davlat ti p lari, masalan, abs o lyut m o n a rxiya, harbiy , t o talitar davlatlar deganda amalda hech qanday qonun bilan che g aralanmagan hokimiyatni tush u namiz. Chunki bunday davlatlarda hokimiyat di k tatura yoki desp o tiya usulida amalga oshirilishi mumkin. Despotiya bilan di k taturaning ma’nosi bir, faqat d e spotiya yunoncha, di k tatura esa lotincha so‘z bo‘lib, ikkalasining ham tarjimasi, ma’nosi bir xil, ya’ni cheklanmagan hokimiyatni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, despotiya, di k tatura davlatda hokimiyatni amalga oshirish shakli va usulidir. Davlat ti p lari bilan hokimiyatni amalga oshirish shakli va usullari o‘ rtasida bog‘liqlik va umumiylik yoki o‘xshashlik bo‘ladi, albatta. Amm o ular o‘rtasida ma’lum farqlar , tafovutlar ham yo‘q emas. D e spotik boshqaruvga asoslangan davlat to‘g‘risida aniq va chuqur tasav v urga ega bo‘lmoq uchun, eng avv a lo, uni yuqorida zikr etilgan davlatchilik ti p lari bilan qiyoslash lozim. Bunda e’tibor , birinchidan , ular o‘rt a sidagi asosiy tafovut nimadan iborat ekanligi, ikkinchidan, ana shu