logo

Mustaqillikni mustahkamlashga va adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni shakllanishi.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.9697265625 KB
Mustaqillikni mustahkamlashga va adolatli ijtimoiy tartibni
o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni shakllanishi.
Reja
1.O‘zbekistonda  m ustaqillikka erishi li sh i,  uni asrab qolish i  va 
mustahkamla ni sh i.
2.A dolatli ijtimoiy tartibni ta’minla sh d a  kuchli nazorat tizimining  o‘rni.
3.Adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatning o‘rni. 1.O‘zbekistonda  m ustaqillikka erishi li sh i,  uni asrab qolish i  va 
mustahkamla ni sh i.
Inson   zoti   tabiatan   erkin   mavjudot   bo‘lganligi   uchun   insoniyat   jamiyati
ham   mustaqil,   erkin   va   ozod   bo‘lishi   lozim.   Lekin   hayot   shunday   shakllanganki,
unda   odamlar   o‘z   erkinliklaridan   mahrum   bo‘lib   qolish   holatlari   uchrab   turadi.
Odamlar   erkinliklarining   poymol   qilinishi   va   mamlakatlarning   mustamlakaga
aylanib qolishi   ko‘pincha  urushlar  oqibatida yuz  beradi. Lokal  va global  urushlar
natijasida   mag‘lub   bo‘lgan   u   yoki   bu   mamlakat   kuchliroq   davlat   ta’siriga   tushib,
o‘z   mustaqilligini   qo‘ldan   berib   qo‘yadi.   Urushlarda   mag‘lubiyatni   keltirib
chiqaradigan asosiy sabab   –   bu siyosiy parokandalikdir, siyosiy parokandalikning
sababi esa adolatsizlikdir.  Chunki a dolatsizlik ,   albatta,  norozilik kayfiyatini keltirib
chiqaradi.   Qaysi   mamlakatda   adolatsizlik,   siyosiy   parokandalik   va   norozilik
kayfiyati kuchli bo‘lsa, o‘sha mamlakat ,  ertami-kechmi ,  o‘z mustaqilligini qo‘ldan
boy   beradi.   Shuning   uchun   mustaqillikdan   ham   muhimroq   narsa   bormi   deganda,
ha, mustaqillikdan muhimroq narsa bor,   bu adolatdir deb aytish mumkin. Chunki
inson   zoti   shunday   mavjudotki,   u   har   qanday   qiyinchilikka   bardosh   beradi,   lekin
adolatsizlikka   toqat   qila   olmaydi.   Adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   vazifasi
barcha vaqtlarda eng murakkab muammo bo‘lib kelgan.
Tarixga   nazar   solsak,   insoniyat   jamiyati   son-sanoqsiz   urushlarni   bosh i dan
kechirganligini   ko‘rish   mumkin.   T arixchilar   orasida   “ insoniyat   tarixi   –   urushlar
tarixi ”   degan   aforizm ning   mavjud ligi   bejiz   emas .   Olimlarning   ma’lumotlariga
ko‘ra,   butun   insoniyat   tarixi   davomida   14,5   minga   yaqin   urushlar   bo‘lib   o‘tgan,
ularda   3,6   mlrd.dan   ortiq   aholi   halok   bo‘lgan   va   ko‘plab   mamlakatlar   o‘z
mustaqilliklarini qo‘ldan boy berib qo‘ygan. Demak, mustaqillik abadiy fakt emas
ekan, ya’ni mustaqillikni qo‘ldan boy berish ehtimoli mavjud ekan. Buni anglagan
odam   mustaqillikning   ahamiyatini   chuqurroq   anglab   oladi   va   mustaqillikni
mustahkamlashga   befarq   bo‘lmay,   daxldorlik   hissi   bilan   yashaydi.   Mustaqillikka
nisbatan   befarq   bo‘lmaslik   uchun   inson   nimaga   nisbatan   befarq   bo‘lsa,   o‘sha
narsani  yo‘qotishi   mumkinligini  bilishi   lozim.  Agar  inson   o‘z  huquqlariga  befarq bo‘lsa,   huquqi   paymol   bo‘ladi,   agar   inson   o‘z   salomatligiga   befarq   bo‘lsa,
salomatligiga   putur   yetadi   va,   xuddi   shunday,   inson   mustaqilligiga  befarq  bo‘lsa,
mustaqilligini qo‘ldan berib qo‘yishi mumkin.
Mustaqillikka   erishish   qanchalik   qiyin   bo‘lmasin,   uni   asrab   qolish   va
mustahkamlash   yanada   marakkabroqdir.   Mustaqillik   inson   uchun   shunisi   bilan
muhimki,   u   insonga   baxtli   bo‘lishning   muhim   sharti   bo‘lgan   erkinlikni
ta’minlashga   sharoit   yaratadi.   Inson   baxtli   bo‘lishi   uchun   u   nafaqat   moddiy   va
ma’naviy   jihatdan   ehtiyojlari   qondirilgan   bo‘lishi,   balki   unda   qo‘rquvsiz,   erkin
yashash   hissi   ham   bo‘lishi   lozim.   Inson   erkin   bo‘lishi   uchun   u   oldin   mustaqil
bo‘lishi   kerak.   Lekin   mustaqillikka   erishgan   bilan   birdaniga   erkinlikka   erisha
olmaydi,   balki   mustaqillik   insonga   erkin   bo‘lishga   sharoit   yaratadi.   Ana   shu
sharoitdan   to‘g‘ri   foydalana   olgan   millat   o‘z   mustaqilligini   asrab   qola   oladi   va
mustahkamlaydi.   Agar   milliy   mustaqillikka   erishilsa-yu,   lekin   xalqning   erkinligi
ta’minlanmasa,   bunday   mamlakat ,   ertami-kechmi ,   o‘z   mustaqilligini   qo‘ldan   boy
berib qo‘yadi.
Tarixga   nazar   solsak,   mamlakatlar   o‘z   mustaqilliklarini   qo‘ldan   berib
qo‘yganliklariga ko‘plab misollar topish mumkin.   Masalan, mamlakatimiz xalqlari
XIII   asrda   mo‘g‘ullar   zulmi   ostiga   tushib,   o‘z   mustaqilliklarini   yo‘qotib
qo‘yishgan.   Xuddi shunday XIX asrda yurtimiz Rossiya koloniyasiga aylanib, o‘z
mustaqilligini   qo‘ldan   boy   berib   qo‘ygan.   Har   ikki   holatda   ham   mustaqillikning
qo‘ldan   ketishiga   mamlakatdagi   siyosiy   parokandalik   sabab   bo‘lgan.   Har   ikki
holatda   ham   yana   mustaqillikni   qayta   qo‘lga   kiritish   uchun   qariyib   ikki   asr   vaqt
kerak   bo‘lgan.   Birinchi   holatda,   ya’ni   mo‘g‘ullar   zulmidan   ozod   bo‘lib,
mustaqillikka   ershishimiz   uchun   qariyib   ikki   asr   kerak   bo‘ldi   va   xalqimizni
mustaqillikka   olib   chiqish   ulug‘   bobomiz   Amir   Temurga   nasib   bo‘ldi.   Ikkinchi
holatda, yana mustaqillika erishishimiz uchun qariyib bir yarim asr kerak bo‘ldi va
bu   safar   xalqimizni   mustaqillika   olib   chiqish   Birinchi   Prezident imiz   Islom
Karimovga   nasib   etdi.   Har   ikkala   holatda   ham   mustaqillikka   erishish   uchun
kurashlar   va   minglab   qurbonlar   bo‘ldi.   Bunday   holat   takrorlanmasligi   uchun
mustaqillik   abadiy   fakt   emasligini,   ya’ni   mustaqillik   qo‘ldan   ketish   ehtimoli borligini   unutmaslik   va   mustqillikni   asrab   avaylashimiz,   mustahkamlashimiz
lozim.
Mustaqillik qo‘ldan ketmasligi uchun odamlar mustaqillikdan kutgan orzu-
umidlar   ro‘yobi ni   va,   eng   avvalo,   erkin   yashash   imkoniyatini   ta’minlab   berish
lozim. Inson qo‘rqmasdan, erkin yashashi  uchun jamiyatda adolatli ijtimoiy tartib
o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Qaerda   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilsa,   o‘sha   yerda
odamlar   erkin   va   baxtiyor   bo‘lib   yashaydi.   Demak,   inson   baxtli   bo‘lishi   uchun
erkin   bo‘lishi   kerak,   erkin   bo‘lishi   uchun   esa   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan
bo‘lishi   lozim.   Mustaqillik   ana   shunday   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga
sharoit   yaratadi.   Lekin   muammo   shundaki,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   qadimdan
donishmandlarni va davlat rahbarlarini o‘ylantirib kelgan eng murakkab muammo
bo‘lib   kelgan.   Hozir   ham   eng   dolzarb   va   murakkab   muammolardan   biri   bo‘lib
qolmoqda.   Boshqacha   qilib   aytganda,   mustaqillik   o‘z   o‘zidan   adolatli   ijtimoiy
tartibni o‘rnatmaydi, balki unga sharoit yaratadi, xolos.
Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun   nazorat   bo‘lishi   kerakligi   anglab   olingan
bo‘lishiga   qaramasdan,   ana   shu   nazorat   tizimining   samarali   ishlab   turishini
ta’minlaydigan   mexanizmni   shakllantirish   qiyin   kechmoqda.   Jamiyatda   adolatli
ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   nazorat   tizimining   samrali   ishlab   turishini
ta’minlaydigan   davlat   va   jamiyat   nazoratidan   iborat   bo‘lgan   mexanizm
shakllangan   bo‘lishi   lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda ,   faqat   yuqoridan   bo‘lgan
davlat nazorati ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun yetarli emas, buning uchun jamiyat
nazorati   ham   kerak .   “Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari ”   tamoyili
nazorat tizimida davlat va jamiyatning uyg‘unlikdagi nazoratini anglatadi.
Jamiyatning   nazorat   tizimida   ishtirok   etishi,   eng   avvalo,   uning   kuchli
bo‘lishiga   bog‘liq.   Kuchli   fuqarolik   jamiyati   kuchli   fuqarolik   jamiyati
institutlaridan   tashkil   topadi.   Kuchli   fuqarolik   jamiyati   institutlari   esa   kuchli
fuqarolardan   tashkil   topadi.   Kuchli   fuqarolar   esa   bilim   va   ma’naviyati   yuksak
shaxslardan   tashkil   topadi.   Fuqarolik   jamiyatining   asosiy   funksiyasi   nazorat
ekanligini   inobatga   olsak,   fuqarolarning   nazoratga   doir   bilimlarini   oshirish   eng
ustuvor vazifalardan bo‘lishi lozim. Har qanday bilim ta’lim tizimida shakllangani kabi   nazoratga   doir   bilim   ham,   eng   avvalo,   ta’lim   tizimda   shakllanadi.   Shuning
uchun   ta’lim   tizimida   nazoratga   doir   bilimni   kengroq   berish   zamon   talabi
hisoblanadi.   Inson   qaerda   o‘qishidan   qat’i   nazar   unga   nazoratga   doir   bilim   kerak
bo‘ladi,   chunki   u   kim   bo‘lib   va   qaerda   ishlashidan   kat’i   nazar   nazorat   tizimida
ishtirok   etishi   kerak.   Nazoratga   doir   bilimga   ega   bo‘lgan   va   uning   negizida
siyosiy-huquqiy   madaniyati   yuksalgan   fuqarolargina   o‘z   nazorat   funksiyalarini
amalga   oshirishga   qodir   bo‘lishadi.   Buning   uchun   oliy   ta’lim   tizimida   nazoratga
doir bilimni beradigan fanlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Oliy   ta’lim   tizimida   tashkil   etiladigan   nazoratga   doir   bilimni   beradigan
fanlar   yoshlarimizni nazoratga doir  bilim   bilan qurollantirib, oradan ma’lum  davr
o‘tgach ,   o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishga   va   nazorat   mexanizmining
samarali ishlab turishini ta’minlashga qodir bo‘lgan avlodni shakllantiradi. Bunday
nazoratga   doir   bilimni   yoshlarga   berish   uchun   o‘qituvchilarning   o‘zida   ham
nazoratga   doir   bilim   kuchli   bo‘lishi   lozim.   Bundan   tashqari,   nazorat
mexanizmining shakllanish jarayonini tezlashtirish uchun nafaqat yoshlarga, balki
aholini ng   boshqa   qatlamlari   va,   eng   avvalo,   o‘quvchilarga   bilim   beradigan
o‘qituvchilarning   o‘ziga   nazoratga   doir   keng   bilim   berish   kerak.   Nazoratga   doir
bilimni   jamiyatda   keng   targ‘ib   qilish   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir
bo‘lgan kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiladi.
2.A dolatli   ijtimoiy   tartibni   ta’minla sh d a   kuchli   nazorat   tizimining
o‘rni.
Kuchli   fuqarolik   jamiyatining   shakllanishi   kuchli   nazorat   tizimining
shakllanishini   anglatadi   va   adolatli   ijtimoiy  tartibni   ta’minlaydi.   Adolatli   ijtimoiy
tartibning o‘rnatilishi mustaqillikni mustahkamlashning va jamiyat taraqqiyotining
muhim   sharti   hisoblanadi.   Aholi   o‘rtasida   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qilishga
befarq   bo‘lish   milliy   xavfsizligimizga   bo‘lgan   ichki   tahdidga   bee’tibor   bo‘lish
bilan   tengdir.   Bunday   tahdiddan   himoyalanish   uchun   faqat   yuqoridan   amalga
oshiriladigan   davlat   nazorati   yetarli   emas,   buning   uchun   quyidan   amalga
oshiriladigan jamiyat nazorati ham kuchli bo‘lishi kerak.   Davlat nazorati funksiyalariga nisbatan jamoatchilik nazoratining afzal va
muhim ekanligi haqida Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti Islom Karimov: “Shuni
unutmaylikki,   biz   davlatning   nazorat   funksiyalarini   qancha   kuchaytirsak,   nazorat
bilan   shug‘ullanuvchi   davlat   tuzulmalari   va   organlarini   qancha   ko‘paytirsak,
amaldorlarning   zo‘ravonligi   va   korrupsiya   shuncha   avj   olaveradi.   Shuning   uchun
biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi
tuzulmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga
alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q
, ” – deganida tamoman haqdir.
O‘zbekiston   totalitar   tuzumdan,   ma’muriy   buyruqbozlik   va   rejali
taqsimlash   tizimidan   voz   kechib,   zamon   talablaridan   kelib   chiqib   taraqqiyotning
o‘ziga   xos   yo‘lidan   rivojlanib   bormoqda.   Taraqqiyotning   “ O‘ zbek   modeli”   deb
nom olgan ushbu yo‘l besh tamoyildan iborat bo‘lib, uning muhim tamoyillaridan
biri iqtisodiyotning mafkuradan xoli va siyosatdan ustuvorligi tamoyilidir. O‘tgan
tarixan   qisqa   davrda   O‘zbekistonning   erishgan   yutuqlari   va   jahon   hamjamiyatida
munosib o‘ringa ega bo‘lishi tanlangan yo‘lning naqadar to‘g‘ri ekanligini yaqqol
ko‘rsatib turibdi.   Mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘rsatuvchi   eng muhim mezon   –    bu
odamlar   kayfiyatining   ijobiy   tomonga   o‘zgarib   borishidir,   chunki   jamiyat
taraqqiyoti   odamlar   hayotini   farovon   qilishga   qaratilgan.   Odamlar   baxtli
yashaydigan farovon jamiyatning muhim belgisi   –   bu odamlar kayfiyatining   yaxshi
bo‘lib   borishidir.   Buni   ko‘rsatuvchi   mezon   –   ommaviy   axborot   vositalari   orqali
odamlar kayfiyatini ko‘tarishga qaratilgan   ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarning ko‘payib
borishidir.   Oxirgi   vaqtlarda   televidenieda   yaxshi   kayfiyat   beradigan   kulgiga   va
xursandchilikka   chorlovchi   ko‘rsatuvlar   ko‘paymoqda.   Bu,   o‘z   navbatida,
hayotning   ijobiy   tomonga   o‘zgarib   borayotganligini   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi,
chunki   “qorni   och   odamning   qulog‘iga   gap   yoqmaydi”   deganlaridek   kayfiyati
yo mon   odamda   kulgiga   va   xursandchilikka   ehtiyoj   bo‘lmaydi.   Shuning   uchun
kulgiga   va   yaxshi   kayfiyatga   chorlovchi   ko‘rsatuvlarning   ko‘payib   borishi
hayotning ijobiy tomonga o‘zgarib borayotganligini ko‘rsatuvchi muhim indikator
va mezon deb aytish mumkin. Amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   muvaffaqiyati   ijtimoiy   tartibning
barqarorligiga   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun,   mamlakatimizda,   siyosiy   va   iqtisodiy
islohotlar   uyg‘unlikda   amalga   oshirilmoqda,   chunki   ijtimoiy   tartib,   eng   avvalo ,
siyosiy   tizimning   takomillashganligiga   bog‘liq.   Yaqin   tariximizga   nazar   solsak,
ya’ni   1985   yilda   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishda   siyosiy   islohotlar
e’tibordan   chetda   qolganligi   uchun   iqtisodiy   o‘sishni   ta’minlab   bo‘lmagan   edi.
Buni anglagan   davlat rahbariyati 1988 yilda siyosiy islohotlarni amalga oshirishga
harakat   qiladi,   lekin   buning   ham   uddasidan   chiqa   olmaydi.   Oqibat   hammaga
ma’lum ,   ya’ni   dunyoning   qudratli   mamlakatlaridan   biri   barham   topdi.   Siyosiy
islohotlardan maqsad iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishning muhim sharti
bo‘lgan ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlashdir.
  Mamlakatda   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   jamiyatni   intellektual   elita
boshqarishi,   o‘rta   sinf   kuchli   bo‘lishi   va   jamyatning   ma’naviy   yuksalishi   muhim
omillar   ekanligi   buyuk   donishmandlar   tomonidan   asoslab   berilgan.   Mustaqil
mamlakat i mizda ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan har uchala omil ham
shakllanib   bormoqda.   Vazirlar   Maxkamasining   2013   yil   18   yanvarda   yil
yakunlariga   bag‘ishlangan   yig‘ilishida   ta’kidlanishicha,   2000   yilda   o‘rta   sinf
aholining   20%ni   tashkil   qilgan   bo‘lsa,   2012   yilda   50%ni   tashkil   qilganligi
ko‘rsatilgan.   Bundan   tashqari,   ta’lim   sohasidagi   yutuqlarimiz   bilim,   ya’ni
intellektual   elitaning   rivojlanishiga   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qilmoqda.   Ta’lim
sohasidagi   yutuqlarimiz   to‘g‘risida   gapirganda,   Fransiyaning   dunyoning   eng
yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabini
“Innovatsiyalarning   global   inqirozi”   mavzusidagi   ma’ruzasida   O‘zbekiston   ta’lim
tizimining rivojlanishi bo‘yicha 141 mamlakat ichida ikkinchi o‘rinda turganligini
e’tirof etgan ligini aytish mumkin . 
Adolat   yuzasidan   shuni   e’tirof   etish   kerakki,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda
muhim   omil   bo‘lgan   ma’naviyatni   rivojlantirish   bilimni   rivojlantirish   darajasidan
biroz   orqada   qolmoqda.   Boshqacha   qilib   aytganda,   ta’lim-tarbiya   tizimida
uyg‘unlik   to‘liq   ta’minlanmasdan,   tarbiya   ta’limdan   orqada   qolmoqda.   Bu   global
miqyosdagi   muammo   bo‘lib,   uni   rivojlantirish   uchun   Birinchi   Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asaridagi g‘oyalarni odamlar ongiga
singdirish choralarini ko‘rish lozim. Bu borada ommaviy axborot vositalarini, eng
avvalo ,   televidenieni ng   imkoniyatlaridan   kengroq   foydalanish   lozim.   Bundan
tashqari,   axloqiy   tarbiyada   ma’rifiy   Islom   dinining   tarbiyaviy   imkoniyatlaridan
kengroq   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Chunki   inson   ma’naviyati   –   bu,   eng
avvalo,   inson   ruhining   sog‘lomligidir,   ruh   esa   diniy   tushuncha   bo‘lib,   uni
poklashda diniy tarbiya muhim rol o‘ynaydi.   Diniy tarbiya negizida ma’naviyatni
yuksaltirish   ijtimoiy   tartibning   barqarorligini   ta’minlashga   xizmat   qiladigan
muhim   omilni ,   ya’ni   daxldorlik   hissini   shakllantiradi.   Ijtimoiy   tartibni   ta’minlash
uchun   faqat   intellektual   elita   va   o‘rta   sinfning   kuchliligi   yetarli   emas,   buning
uchun  ma’naviyat ham yuksak bo‘lishi lozim.
Ijtimoiy   tartibning   barqarorligi   ta’minlanmagan   joyda   va,   ayniqsa,   bozor
munosabatlari   sharoitida   taraqqiyotni   ta’minlab   bo‘lmaydi.   O‘zbekiston   ijtimoiy
yo‘naltirilgan   bozor   munosabatlari   yo‘lini   tanladi   va   bu   bozor   munosabatlari
sharoitida   pul   faktori   birinchi   o‘ringa   chiqadi,   ya’ni   qaerda   pul   bo‘lsa,   o‘sha   yer
boyib   boradi   va   qaerda   pul   bo‘lmasa,   o‘sha   yer   qashshoqlashib   boradi.   Shuning
uchun   asosiy   e’tibor   mamlakatimizga   investitsiyani   kengroq   joriy   qilishga
qaratilishi   lozim.   Buning   uchun   ijtimoiy   tartib   barqarorligi   ta’minlangan   bo‘lishi
lozim,   chunki   tarix   shundan   guvohlik   bermoqdaki,   qaerda   ijtimoiy   tartib
o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha yerga investorlar ko‘proq intilishadi.   Ijtimoiy tartib   huquq
va   axloq   me’yor lariga   rioya   qilishning   ta’minlanganlik   holatidir.   Agar   huquq   va
axloq   me’yor lariga   rioya   qilish   ta’minlangan   bo‘lmasa,   hech   kim,   jumladan,
i nvestorlar   ham   o‘zini   adolatsizlikdan   himoyalangan   deb   his   qilaolmaydi.   Har
qanday   odam   uchun   ham,   investor   uchun   ham,   eng   muhimi,   uning   huquq   va
manfaatlari   himoyalanganligiga   ishonchdir.   Bunday   ishonch   shakllanishi   uchun
ijtimoiy tartibning barqarorligi ta’minlangan bo‘lishi lozim.
3.Adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatning o‘rni.
Ijtimoiy tartibning barqarorligi ,  yuqorida ta’kidlaganimizdek, uchta omilga,
ya’ni   jamiyatda   intellektual   elitaning   kuchayib   borishiga,   o‘rta   sinfning   kuchayib borishiga   va,   nihoyat,   uchinchi   omil,   ma’naviyatning   yuksalib   borishiga   bog‘liq.
Bu   uch   omildan   biri,   ya’ni   ma’naviy   yuksalish   zamon   talablaridan   orqada
qolmoqda.   Buning   sabablaridan   biri   ma’naviy   yuksalishni   belgilaydigan   aniq
mezonlarning   ishlab   chiqilmaganligidir.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak,   yil
yakunlariga   bag‘ishlangan   (2013   yil   18   yanvardagi)   ma’ruzada   ma’naviy
yuksalishni   ifodalovchi   mezonlar   aniq   ko‘rsatilmagan.   Vaholanki,   Vazirlar
Mahkamasining   vazifalari   nafaqat   iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohaning   rivojlanishini
ta’minlaydigan   rahbarlikni,   balki   ma’naviy   yuksalishni   ta’minlaydigan   samarali
rahbarlikni   ham   amalga   oshirishdan   iborat.   Tashqaridan   uncha   ahamiyatga   ega
bo‘lmaganday ko‘rinadigan ushbu omil, aslida, eng muhim omil bo‘lishi mumkin.
Shuning   uchun   ma’naviy   yuksalishni   baholaydigan   mezonlarni   ishlab   chiqish   va
ularga   asoslanib,   ma’naviy   yuksalishni   baholab   borish   mexanizimini
takomillashtirish   lozim.   Buning   uchun   ijtimoiy-gumanitar   fan   namo ya ndalari
ma’naviy yuksalishni baholaydigan mezonlarni aniqlab berishlari lozim bo‘ladi.
Ma’naviyatni yuksaltirish uchun,   eng avvalo, uni baholaydigan mezonlarni
ishlab   chiqish   kerak   ekan,   asosiy   e’tibor   ana   shu   me’zonlarni   ishlab   chiqishga
qaratilishi lozim. Xo‘sh, ma’naviyatni qanday mezonlar orqali baholash mumkin?
Ushbu   savolga   javob   berish   uchun   ma’naviyatning   mohiyatini   bilish   lozim.
Ma’naviyatning   mohiyati   –   moddiy   va   ma’naviy   boylikka   bo‘lgan   munosabatda
ma’naviy   boylikni   ustun   qo‘ya   oladigan   qalbiy   hususiyatdir.   Boshqacha   qilib
aytganda,   ma’naviyatning   mohiyati   odamning   moddiy   ehtiyojlari   jilovlanganlik
holatidir.   O‘z   ehtiyojlarini   jilovlagan   odam   o‘z   ustidan   hokimiyatga   ega   bo‘lgan
bo‘ladi   va   bunday   hokimiyat   ma’anaviyat   orqali   shakllanadi.O‘z   ustidan
hokimiyatga ega bo‘lgan odam  o‘zini  tiyib tura oladi   va o‘zgalar  manfaatini  ham
ifodalashga   qodir   bo‘ladi.   Bu   esa   mamlakatda   o‘zaro   tiyib   turish   va   manfaatlar
mutanosibligining   samarali   tizimi   shakllanishining   muhim   sharti   hisoblanadi.
Hozircha ko‘pchilik aholi   Birinchi   Prezidentimiz Islom  Karimovning mamlakatni
modernizatsiyalash   konsepsiyasida   keltirilgan   o‘zaro   tiyib   turish   va   manfaatlar
mutanosibligi   tamoyilini   chuqur   anglab   olgani   yo‘q.   Vaholanki,   ushbu   tamoyil
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   muhim   ahamiyatga   ega,   chunki   tartib   bo‘lishi   uchun odamlar o‘zaro munosabatda bir-birlarining manfaatlarini inobatga olishlari lozim.
Buning   uchun   esa   ular   o‘zlarini   tiyib   turishga   qodir   bo‘lishlari   lozim.   Demak,
ijtimoiy   munosabatlarda   o‘zaro   tiyib   turish   va   manfaatlar   mutanosibligi   tamoyil i
ma’naviyatning   rivojlanishini   baholaydigan   asosiy   mezonlardan   biri   bo‘lishi
mumkin.
Ma’naviyatni   baholaydigan   mezonlardan   yana   biri   –   bu   mamlakatda
ma’naviy   boylikka   intilishning   kuchayib   borish   darajasidir.   Buning   uchun,   ya’ni
odamlar ma’naviy boylikka intilib yashashlari uchun ma’naviyat qadrlanishi lozim.
Inson   nima   qadrlansa,   o‘shanga   intilib   yashaydi,   agar   jamiyatda   moddiy   boylik
ko‘proq   qadrlansa,   moddiy   boylikka   intilish   kuchayadi,   agar   ma’naviy   boylik
qadrlansa, ma’naviy boylikka intilish kuchayadi. Ma’naviyat qadrlanishi deganda,
eng   avvalo,   ma’naviyat   ahlining   qadrlanishi   tushuniladi.   “ Ma’naviyat   yuksalishi
uchun   odamlar   g‘oyani   sevishlari   kerak ”   deb   yozgan   edi   yunon   faylasufi   Platon.
Lekin g‘oyani sevish uchun g‘oya qadrlanishi lozim, ya’ni g‘oya mehnat mahsuli
sifatida   tan   olinishi   va   qadrlanishi   lozim.   Oddiy   qilib   aytganda,   g‘oyani
moddiylashtirish ,   ya’ni   tovar ga   aylantirish   imkoniyati   bo‘lishi   kerak.   Demak,
ma’naviyatni   baholashda   intellektual   mulk   tushunchasining   shakllanishi   va   uni ng
rivojlanish darajasi ham muhim mezonlardan biri bo‘lishi mumkin.
Ma’naviyatni   baholashda   odamlardagi   daxldorlik   hissining   rivojlanishi
ham   mezonlardan   biri   bo‘lishi   kerak.   Chunki   ma’naviyati   yuksak   odamda   iroda
kuchli   bo‘ladi,   irodasi   kuchli   odam   esa   o‘zidagi   befarqlikni   jilovlab,   daxldorlik
hissi  bilan  yashashga   qodir   bo‘ladi.   Bu  mezon ham  juda  muhim   ahamiyatga  ega,
chunki   befarqlik   kayfiyati   kuchli   bo‘lgan   jamiyatda   nazorat   tizimi   samarali
ishlamaydi,   demak,   ijtimoiy   tartibni ng   barqarorligi   ham   ta’minlanmaydi.
Jamiyatdagi   befarqlik   va   daxldorlik   hissining   rivojlanish   darajasiga   qarab
ma’navitga   baho   berish   mumkin.   Befarqlik   kuchli   bo‘lgan   jamiyatda   ma’naviyat
past  bo‘lsa,  daxldorlik hissi  yuqori  bo‘lgan jamiyatda ma’naviyat  yuksak bo‘ladi.
Daxldorlik hissining darajasini aniqlashda   fuqarolik pozitsiyasining rivojlanganlik
darajasidan   kelib   chiqish   mumkin.   Fuqarolik   pozitsiyasi   fuqarolik   jamiyati
shakllanishining   muhim   sharti   hisoblanadi.   Shu   o‘rinda   fuqarolik   jamiyatining shakllanishida   ma’naviy   yuksalish   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini   ta’kidlash
lozim.   Demak,   ma’naviyatni   baholashda   jamiyatdagi   daxldorlik   hissining
rivojlanish darajasi ham muhim mezonlardan biri bo‘lishi mumkin.
Odamning   ma’naviyatiga   baho   berganda   uning   harakatiga   qarab   emas,
balki   harkatining   ostida   yotgan   motiviga   qarab   baho   beriladi.   Inson   harakatini ng
motivi   ratsional   va   irratsional   yoki   sog‘lom   va   nosog‘lom   bo‘lishi   mumkin.
Jamiyatda sog‘lom motivli odamlarning ko‘payib borishi ma’naviyatning yuksalib
borishini   ko‘rsatib   boruvchi   muhim   mezondir.   Sog‘lom   motivli   odamlarning
ko‘payishi   ijtimoiy   sog‘lomlikni   ta’minlaydi   va   bu   ijtimoiy   sog‘lomlik   darajasi
ma’naviyatni   baholash   mezoni   bo‘lishi   mumkin.   Ijtimoiy   sog‘lomlik   darajasini
aniqlash uchun oldin u nima ekanligini bilish kerak.   Ijtimoiy sog‘lomlik deganda,
azaldan   mavjud   bo‘lgan   adolat   bilan   razolat   o‘rtasidagi   kurashda   adolat   g‘alaba
qozongan   muhit   tushunil a di.   Jamiyatda   adolat   g‘alaba   qozonishi   uchun   sog‘lom
motivli   odamlar   ko‘payishi   lozim.   Bu   boradagi   muammo   shundaki,   hech   kim
o‘zini   nosog‘lom   motivda man   deb   hisoblamaydi   yoki   hech   kim   o‘zini   razolat
tomonida man  deb hisoblamaydi. 
Motivning   sog‘lom   yoki   nosog‘lom   ekanligini   aniqlash   uchun   ikkita
savolga   beriladigan   javobdan   kelib   chiqish   lozim   bo‘ladi.   Birinchisi,   men   uchun
nima muhim ,   moddiy  boylikmi   yoki  ma’naviy boylik ?   Ikkinchisi,  men   jamiyatda
bo‘layotgan   voqealarga   nisbatan   befarqmanmi   yoki   daxldor   hissi   bilan
yashayapmanmi?   Agar   inson   uchun   ma’naviy   boylik   qadrliroq   bo‘lsa   va   u
jamiyatga   nisbatan   daxldorlik   hissi   bilan   yashayotgan   bo‘lsa,   demak,   bu   uning
harakati   motivining   sog‘lomligi   alomatidir.   Sog‘lom   motivli   odamlarni
tarbiyalashda   nafaqat   ta’lim-tarbiya   tizimidan   foydalanish,   balki   bu   borada
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim.
  Bunda   ommaviy   axborot   vositalaridan   va,   eng   avvalo,   uning   samarali
ta’sir vositasi bo‘lgan televidenie imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim. Bu
borada   televidenieda   odamlarning   motivi   sog‘lom   yoki   nosog‘lom   ekanligini
aniqlaydigan   “Motiv”   nomli   ko‘rsatuvni   joriy   qilish   maqsadga   muvofiqdir.   Yana
shuni ta’kidlash lozimki, markaziy televideniedagi “Madaniyat va ma’rifat” nomli teleko‘rsatuvni   “Ma’naviyat   va   ma’rifat”   deb   nomlash   to‘g‘riroq   bo‘lar   edi.
Chunki,   madaniyat   tushunchasi   keng   ma’noga   ega   bo‘lib ,   u   ma’naviyat   va
ma’rifatning uyg‘unlikda rivojlanishini taqozo etadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Bunda  inson hayoti baxtliligining muhim
sharti   bo‘lgan   mustaqillikni   mustahkamlashga   hamda   jamiyat   taraqqiyotining
muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   intellektaul
elitani   va   o‘rta   sinfning   kuchayib   borishi   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qilmoqda.
Erishilgan   yutuqlarni   yanada   kengaytirish   va   chuqurlashtirish   uchun   adolatli
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   uchinchi   omili   bo‘lgan   ma’naviy   yuksaklikni
ta’minlashga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   belgilash   maqsadga   muvofiqdir.   H adis
ilmining   sultoni   Imom   Buxoriyning   odamlarning   najoti   faqat   bilimda   va   undan
boshqasi  bo‘lmagay degan dono so‘zlarini davom ettirib, endi odamlarning najoti
bilim va ma’naviyatda deb aytish to‘g‘riroqdir. Chunki Imom   Buxoriy zamonidan
bugunga   qadar   o‘tgan   vaqt   davomida   insoniyat   jamiyatida   ma’naviyat
qashshoqlashib   bordi   va   natijada   axloqsizlikni   madaniyat   deb   tushunish   kelib
chiqdi.   Ma’naviy   qashshoqlik   nafaqat   ijtimoiy   tartibga   va   jamiyat   taraqqiyotiga
putur yetkazadi, balki, hech qanday mubolog‘asiz insoniyatning   kelgusida yashab
qolishini   ham   gumon   qilib   qo‘yishi   mumkin.   Shuning   uchun   bugungi   kunda
ma’naviyatni   rivojlantirish   masalasi,   nafaqat   gapda,   balki   amalda   eng   dolzarb
muammo va eng ustuvor vazifa bo‘lishi lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Mustaqillikni mustahkamlashga va adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni shakllanishi. Reja 1.O‘zbekistonda m ustaqillikka erishi li sh i, uni asrab qolish i va mustahkamla ni sh i. 2.A dolatli ijtimoiy tartibni ta’minla sh d a kuchli nazorat tizimining o‘rni. 3.Adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatning o‘rni.

1.O‘zbekistonda m ustaqillikka erishi li sh i, uni asrab qolish i va mustahkamla ni sh i. Inson zoti tabiatan erkin mavjudot bo‘lganligi uchun insoniyat jamiyati ham mustaqil, erkin va ozod bo‘lishi lozim. Lekin hayot shunday shakllanganki, unda odamlar o‘z erkinliklaridan mahrum bo‘lib qolish holatlari uchrab turadi. Odamlar erkinliklarining poymol qilinishi va mamlakatlarning mustamlakaga aylanib qolishi ko‘pincha urushlar oqibatida yuz beradi. Lokal va global urushlar natijasida mag‘lub bo‘lgan u yoki bu mamlakat kuchliroq davlat ta’siriga tushib, o‘z mustaqilligini qo‘ldan berib qo‘yadi. Urushlarda mag‘lubiyatni keltirib chiqaradigan asosiy sabab – bu siyosiy parokandalikdir, siyosiy parokandalikning sababi esa adolatsizlikdir. Chunki a dolatsizlik , albatta, norozilik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Qaysi mamlakatda adolatsizlik, siyosiy parokandalik va norozilik kayfiyati kuchli bo‘lsa, o‘sha mamlakat , ertami-kechmi , o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy beradi. Shuning uchun mustaqillikdan ham muhimroq narsa bormi deganda, ha, mustaqillikdan muhimroq narsa bor, bu adolatdir deb aytish mumkin. Chunki inson zoti shunday mavjudotki, u har qanday qiyinchilikka bardosh beradi, lekin adolatsizlikka toqat qila olmaydi. Adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish vazifasi barcha vaqtlarda eng murakkab muammo bo‘lib kelgan. Tarixga nazar solsak, insoniyat jamiyati son-sanoqsiz urushlarni bosh i dan kechirganligini ko‘rish mumkin. T arixchilar orasida “ insoniyat tarixi – urushlar tarixi ” degan aforizm ning mavjud ligi bejiz emas . Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, butun insoniyat tarixi davomida 14,5 minga yaqin urushlar bo‘lib o‘tgan, ularda 3,6 mlrd.dan ortiq aholi halok bo‘lgan va ko‘plab mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini qo‘ldan boy berib qo‘ygan. Demak, mustaqillik abadiy fakt emas ekan, ya’ni mustaqillikni qo‘ldan boy berish ehtimoli mavjud ekan. Buni anglagan odam mustaqillikning ahamiyatini chuqurroq anglab oladi va mustaqillikni mustahkamlashga befarq bo‘lmay, daxldorlik hissi bilan yashaydi. Mustaqillikka nisbatan befarq bo‘lmaslik uchun inson nimaga nisbatan befarq bo‘lsa, o‘sha narsani yo‘qotishi mumkinligini bilishi lozim. Agar inson o‘z huquqlariga befarq

bo‘lsa, huquqi paymol bo‘ladi, agar inson o‘z salomatligiga befarq bo‘lsa, salomatligiga putur yetadi va, xuddi shunday, inson mustaqilligiga befarq bo‘lsa, mustaqilligini qo‘ldan berib qo‘yishi mumkin. Mustaqillikka erishish qanchalik qiyin bo‘lmasin, uni asrab qolish va mustahkamlash yanada marakkabroqdir. Mustaqillik inson uchun shunisi bilan muhimki, u insonga baxtli bo‘lishning muhim sharti bo‘lgan erkinlikni ta’minlashga sharoit yaratadi. Inson baxtli bo‘lishi uchun u nafaqat moddiy va ma’naviy jihatdan ehtiyojlari qondirilgan bo‘lishi, balki unda qo‘rquvsiz, erkin yashash hissi ham bo‘lishi lozim. Inson erkin bo‘lishi uchun u oldin mustaqil bo‘lishi kerak. Lekin mustaqillikka erishgan bilan birdaniga erkinlikka erisha olmaydi, balki mustaqillik insonga erkin bo‘lishga sharoit yaratadi. Ana shu sharoitdan to‘g‘ri foydalana olgan millat o‘z mustaqilligini asrab qola oladi va mustahkamlaydi. Agar milliy mustaqillikka erishilsa-yu, lekin xalqning erkinligi ta’minlanmasa, bunday mamlakat , ertami-kechmi , o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy berib qo‘yadi. Tarixga nazar solsak, mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini qo‘ldan berib qo‘yganliklariga ko‘plab misollar topish mumkin. Masalan, mamlakatimiz xalqlari XIII asrda mo‘g‘ullar zulmi ostiga tushib, o‘z mustaqilliklarini yo‘qotib qo‘yishgan. Xuddi shunday XIX asrda yurtimiz Rossiya koloniyasiga aylanib, o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy berib qo‘ygan. Har ikki holatda ham mustaqillikning qo‘ldan ketishiga mamlakatdagi siyosiy parokandalik sabab bo‘lgan. Har ikki holatda ham yana mustaqillikni qayta qo‘lga kiritish uchun qariyib ikki asr vaqt kerak bo‘lgan. Birinchi holatda, ya’ni mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lib, mustaqillikka ershishimiz uchun qariyib ikki asr kerak bo‘ldi va xalqimizni mustaqillikka olib chiqish ulug‘ bobomiz Amir Temurga nasib bo‘ldi. Ikkinchi holatda, yana mustaqillika erishishimiz uchun qariyib bir yarim asr kerak bo‘ldi va bu safar xalqimizni mustaqillika olib chiqish Birinchi Prezident imiz Islom Karimovga nasib etdi. Har ikkala holatda ham mustaqillikka erishish uchun kurashlar va minglab qurbonlar bo‘ldi. Bunday holat takrorlanmasligi uchun mustaqillik abadiy fakt emasligini, ya’ni mustaqillik qo‘ldan ketish ehtimoli

borligini unutmaslik va mustqillikni asrab avaylashimiz, mustahkamlashimiz lozim. Mustaqillik qo‘ldan ketmasligi uchun odamlar mustaqillikdan kutgan orzu- umidlar ro‘yobi ni va, eng avvalo, erkin yashash imkoniyatini ta’minlab berish lozim. Inson qo‘rqmasdan, erkin yashashi uchun jamiyatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Qaerda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilsa, o‘sha yerda odamlar erkin va baxtiyor bo‘lib yashaydi. Demak, inson baxtli bo‘lishi uchun erkin bo‘lishi kerak, erkin bo‘lishi uchun esa adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Mustaqillik ana shunday adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga sharoit yaratadi. Lekin muammo shundaki, ijtimoiy tartibni o‘rnatish qadimdan donishmandlarni va davlat rahbarlarini o‘ylantirib kelgan eng murakkab muammo bo‘lib kelgan. Hozir ham eng dolzarb va murakkab muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Boshqacha qilib aytganda, mustaqillik o‘z o‘zidan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatmaydi, balki unga sharoit yaratadi, xolos. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun nazorat bo‘lishi kerakligi anglab olingan bo‘lishiga qaramasdan, ana shu nazorat tizimining samarali ishlab turishini ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirish qiyin kechmoqda. Jamiyatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun nazorat tizimining samrali ishlab turishini ta’minlaydigan davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan mexanizm shakllangan bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda , faqat yuqoridan bo‘lgan davlat nazorati ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun yetarli emas, buning uchun jamiyat nazorati ham kerak . “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili nazorat tizimida davlat va jamiyatning uyg‘unlikdagi nazoratini anglatadi. Jamiyatning nazorat tizimida ishtirok etishi, eng avvalo, uning kuchli bo‘lishiga bog‘liq. Kuchli fuqarolik jamiyati kuchli fuqarolik jamiyati institutlaridan tashkil topadi. Kuchli fuqarolik jamiyati institutlari esa kuchli fuqarolardan tashkil topadi. Kuchli fuqarolar esa bilim va ma’naviyati yuksak shaxslardan tashkil topadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi nazorat ekanligini inobatga olsak, fuqarolarning nazoratga doir bilimlarini oshirish eng ustuvor vazifalardan bo‘lishi lozim. Har qanday bilim ta’lim tizimida shakllangani

kabi nazoratga doir bilim ham, eng avvalo, ta’lim tizimda shakllanadi. Shuning uchun ta’lim tizimida nazoratga doir bilimni kengroq berish zamon talabi hisoblanadi. Inson qaerda o‘qishidan qat’i nazar unga nazoratga doir bilim kerak bo‘ladi, chunki u kim bo‘lib va qaerda ishlashidan kat’i nazar nazorat tizimida ishtirok etishi kerak. Nazoratga doir bilimga ega bo‘lgan va uning negizida siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalgan fuqarolargina o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirishga qodir bo‘lishadi. Buning uchun oliy ta’lim tizimida nazoratga doir bilimni beradigan fanlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim tizimida tashkil etiladigan nazoratga doir bilimni beradigan fanlar yoshlarimizni nazoratga doir bilim bilan qurollantirib, oradan ma’lum davr o‘tgach , o‘z nazorat funksiyasini amalga oshirishga va nazorat mexanizmining samarali ishlab turishini ta’minlashga qodir bo‘lgan avlodni shakllantiradi. Bunday nazoratga doir bilimni yoshlarga berish uchun o‘qituvchilarning o‘zida ham nazoratga doir bilim kuchli bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, nazorat mexanizmining shakllanish jarayonini tezlashtirish uchun nafaqat yoshlarga, balki aholini ng boshqa qatlamlari va, eng avvalo, o‘quvchilarga bilim beradigan o‘qituvchilarning o‘ziga nazoratga doir keng bilim berish kerak. Nazoratga doir bilimni jamiyatda keng targ‘ib qilish adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiladi. 2.A dolatli ijtimoiy tartibni ta’minla sh d a kuchli nazorat tizimining o‘rni. Kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishi kuchli nazorat tizimining shakllanishini anglatadi va adolatli ijtimoiy tartibni ta’minlaydi. Adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi mustaqillikni mustahkamlashning va jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Aholi o‘rtasida nazoratga doir bilimni targ‘ib qilishga befarq bo‘lish milliy xavfsizligimizga bo‘lgan ichki tahdidga bee’tibor bo‘lish bilan tengdir. Bunday tahdiddan himoyalanish uchun faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati yetarli emas, buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham kuchli bo‘lishi kerak.