Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda korrupsiyaga qarshi “halollik vaksinasi”ning o‘rni
Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda korrupsiyaga qarshi “halollik vaksinasi”ning o‘rni Reja 1.Korrupsiyaga qarshi “halollik vaksinasi”da baxt to‘g‘risidagi tushunchaning o‘rni. 2.Korrupsiyaga qarshi “halollik vaksinasi”da baxtli hayot sharoitlarini anglab olishning ahamiyati. 3.Adolatli ijtimoiy tartibni ta’minlashga jamiyatni “halollik vaksinasi” bilan emlashning ahamiyati.
1.Korrupsiyaga qarshi “halollik vaksinasi”da baxt to‘g‘risidagi tushunchaning o‘rni. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyatiga va taraqqiyotimizga korrupsiya illati asosiy to‘siq hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ushbu xususda gapirib, “Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi ko‘p jihatdan to‘rtta muhim omilga – ya’ni, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog‘liq” 1 ekanligini e’tirof etganlar. Bu to‘rtta omilni umumlashtirib, islohotlarning samarasi bitta omilga, ya’ni adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilishiga bog‘liq deb aytish mumkin. Bunday tartibning o‘rnatilishiga asosiy to‘siq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, korrupsiya illati bo‘lmoqda. Shuning uchun Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomalarida “meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng oxir illat – korrupsiya balosi...” 2 deb ta’kidladilar. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurash masalasi bugungi kunda O‘zbekiston uchun eng dolzarb muammo sanaladi va ushbu muammoning yechimi ma’naviy yuksalishga qaratilgan profilaktika ishlari bilan bog‘liqdir. Jamiyatning ma’naviy yuksalishida esa ma’rifiy islom dini hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki ma’naviyat bu, eng avvalo, insonning ruhini poklash demakdir. Bugungi kunda, insoniyat jamiyatida mavjud bo‘lgan ijtimoiy muammolar , nafaqat ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq, balki jamiyatning keyingi mavjud bo‘lishini gumon ostiga qo‘ymoqda. Bunday muammolarga yadro qirg‘in quroli tahdidi, terrorizm, ekologik muammolar, oilaning global inqirozi, bakteriologik qurollar va korrupsiya muammolari kiradi. Ushbu muammolarni bartaraf qilishda oqibat bilan kurashgandan ko‘ra uning oldini olish, ya’ni sababni bartaraf qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki sotsiologiyada: jamiyatdagi u yoki 1 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. Тошкент 2020 йил 24 январ. 33-бет. 2 Ўша жойда 9-бет.
bu voqelik mavjud bo‘ladi toki uni keltirib chiqargan veqelik, ya’ni sabab mavjud bo‘lsa, degan fikr mavjud. Tabobat ilmining sultoni Ibn Sino kasallikni emas, uning sababini davolash kerak deb aytganligi yuqoridagi fikrning naqadar to‘g‘ri ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mavjud muammolarning sababi odamlarning xulqi bilan bog‘liq , chunki jamiyatda qanaqa muammo bo‘lmasinki, u odamlar tomonidan sodir qilinadi . Shunday bo‘lganligi sababli muammolarning yechimi odamlarning xulqini o‘rganishni taqozo etadi. Buning uchun odamlar xulqining holatini va rivojlanishini sotsiologik tafakkur asosida tahlil qilish kerak bo‘ladi. Bunday tahlil O‘zbekistonning taraqqiyotiga to‘siq bo‘lgan korrupsiya muammosining sababini odamlar xulqini o‘rganish asosida aniqlash va uni bartaraf qilishga qaratilgan profilaktika ishlarining samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan “halollik vaksinasi”ni yaratish imkonini beradi. Buning uchun, eng avvalo, baxt o‘zi nima ekanligini va uni shakllantiruvchi omillarni aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi. Chunki odamning xulqi uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi bilan bog‘liq . Shu bilan birgalikda, baxtli hayot nima va unga erishish qanday sharoitlarga bog‘liq? Korrupsiya tahdidiga qarshi immunitetni qanday shakllantirish mumkin? Bunday tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda baxt to‘g‘risidagi tushunchaning o‘rni qanday? Insonning baxtli bo‘lishida ma’naviyat qanday ahamiyatga ega? kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali qilishda va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda asosiy to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatiga qarshi kurashish to‘g‘risida gapirib, “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak” 3 , – deb ta’kidladi. Jamiyat 3 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. Тошкент. 2020 йил 24 январ.36- бет.
taraqqiyotiga to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatining barvaqt oldini olish uchun profilaktika ishlarini samarali amalga oshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, eng avvalo, profilaktika jarayonida odamlar emlanadigan “vaksina” yaratilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun, yuqorida qayd qilingan, “halollik vaksinasi”ni ishlab chiqish bugungi kunda jamiyatshunos olimlar oldida turgan eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bunday “vaksina”ni ishlab chiqish uchun inson xulqini belgilaydigan omillarni aniqlash va o‘shandan kelib chiqib fikrlash kerak bo‘ladi. Chunki korrupsiyaning sababi insonning xulqi bilan bog‘liq va “vaksina” korrupsiyani keltirib chiqaradigan buzuq xulqning omillarini bartaraf qilishi kerak. Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab u baxtli yashaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda va nimani baxt deb hisoblasa, o‘shanga intilib yashamoqda. Shuning uchun insonning xulqi, yurish-turishi, hatti-harakati va to‘g‘ri yoki egri yo‘ldan yurishi uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar inson uchun baxtli bo‘lish moddiy jihatdan boy bo‘lish bo‘lsa, unda u moddiy boylik ilinjida yashab, o‘zining moddiy ehtiyojlarining quliga aylanib qoladi va moddiy boylik uchun huquq va axloq me’yorlarini buzishga moyil bo‘ladi. Abu Nasr Farobiy ushbu xususda gapirib, “Ammo agar insonning fikrlash quvvati baxt-saodatning mazmun, mohiyatini bilmasdan (xato fikrlash) o‘tkinchi, boshqalarga ham, o‘ziga ham zarar yetkazuvchi, arzimas rohat- lazzatlarni baxt-saodat deb o‘ylab (mol, mulkni kupaytirish kabi) nomunosib maqsadlarga intilsa, bu intilish va harakatlar go‘zal emas, balki rasvo, tuban ish- harakatlardir” 4 , – deb ta’kidlagan. Bunday odamlar bo‘lgan joyda korrupsiya, xufyona iqtisodiyot va axloqsizlik, buzuqlik kabi illatlar kelib chiqishiga sharoit yaratiladi. Bunday illatga chalingan odamlar moddiy jihatdan boy bo‘lishadi, lekin tinchlik va xotirjamlikdan mahrum bo‘lib, baxtli hayotdan uzoqlashishadi . Buni tushunish uchun esa, ular baxt bu, eng avvalo, qo‘rquvsiz erkin yashash hissi, tinchlik va xotirjamlik ekanligini anglab olgan bo‘lishlari lozim. Buni anglab olgan odamda yuqorida qayd etilgan illatlarga qarshi immunitet shakllangan bo‘ladi, chunki ushbu illatlar inson baxtliligining muhim sharti 4 Фозил одамлар шахри. Абу Наср Форобий / Таржимонлар Абдусодик Ирисов, Маҳкам Махмудов, Урфон Отажон. Масъул муҳаррирлар М.Хайруллаев, М.Жакбаров. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - 232 б.
bo‘lgan qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va xotirjamlikdan mahrum etadi. Shuning uchun insonning baxt to‘g‘risidagi sog‘lom tushunchasi “halollik vaksinasi”ning muhim elementi sifatida xizmat qiladi deb aytish mumkin. Albatta “halollik vaksinasi” tarkibida boshqa elementlar ham bo‘ladi, lekin baxt to‘g‘risidagi sog‘lom tushuncha asosiy element hisoblanadi, chunki vaksinaning boshqa barcha elementlari baxt to‘g‘risidagi tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, demokratiya, mustaqillik, tinchlik, adolat, ma’naviyat va boshqa omillar vaksinaning elementi bo‘lishi uchun inson ushbu omillar uning hayotini baxtli qilishidagi ahamiyatini bilishi kerak bo‘ladi. Aytaylik, ma’naviyat “halollik vaksinasi”ning elementlaridan biri bo‘lishi uchun baxtli hayot ma’naviyatga bog‘liq ekanligini asoslab berish kerak bo‘ladi. “Halollik vaksinasi” to‘g‘risida gapirganda, eng avvalo, u nima ekanligini anglab olish kerak. Xo‘sh “halollik vaksinasi” nima? “Halollik vaksinasi” deganda harom qilingan ishlarni qilishga undaydigan virusni o‘ldirishga qodir bo‘lgan antivirus rolini bajaradigan g‘oyalar majmui tushuniladi. Korrupsiya illati ana shunday shunday harom qilingan ijtimoiy kasallik hisoblanadi va bu kasallikni keltirib chiqaradigan virus bo‘ladi. Korrupsiyaning virusi to‘g‘risida gapirganda korrupsiya o‘zi nima va u qanchalik jiddiy muammo ekanligidan kelib chiqib fikrlash kerak. Lug‘atlarda “ Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik ortirish maqsadida o‘z mansab vakolatlarini sui i ste’mol qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy harakat ” deb ta’rif berilgan . Korrupsiya muammosi hech qanday mubolag‘asiz bugungi kundagi eng murakkab va eng dolzarb, jiddiy muammodir, chunki korrupsiya jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni buzadi. Adolat tamoyili buzilgan joyda esa odamlar norozi bo‘lishadi, norozilik esa ijtimoiy tanglikni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy tanglik ertami-kechmi parokandilikni, parokandalik esa mustaqillikni ham dargumon qilib qo‘yadi. Demak, korrupsiya muammosi hech qanday mubolag‘asiz milliy xavfsizligimizga eng xavfli tahdid. Korrupsiya virusiga qarshi antivirusni ishlab chiqishdan oldin virus nimadan iborat ekanligini va uning mohiyatini aniqlab olish kerak. Korrupsiyaning