KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI Reja 1. Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari 2. O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari. 3. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari: 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy mexanizmlar i.
Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respub likamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki kor rupsiya jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik bilan bevo sita bog’liqdir. “Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, jamiya timizning ma’naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan eng xavfli illat - korrupsiyadir. U ayrim hollarda o’ta xavfli tusga kirmoqda”. Korrupsiya va poraxo’rlik jinoyatning yopiq va eng qabih turi bo’lib, u boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod qilishi mumkin. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-toroj qilish yoki poraxo’rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligi ning eng xavfli ko’rinishlari bo’lib hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning g’ayriaxloqiy va g’ayriqonuniy odatlarini qonu - niylashtirish, qarindosh-urug’chilik, oshna-og’aynigarchilik, dav lat byudjeti hisobidan o’z ehtiyojlarini qondirish va boshqalar korrupsiyaning yashirin shakli hisoblanadi. Korrupsiya o’zida bir necha jinoyatlarni mujassam lashtiradi. «Korrupsiya – mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi», “Korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdid” 1 ,- degan ta’rif berilgan. Xo’sh, tarixiy ildiz deb nimaga aytiladi, degan savol tug’iladi?. Bu savolga professorlardan J.Ya.Yaxshilikov va N.E.Muhammadiyevlar: “ Falsafiy jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. «Tarixiy ildiz» tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayyan subyektlar tomonidan bilish va o’zgartirishga qaratilgan 1 . Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг коррупцияга қарши конвенцияси.Преамбула.// Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари тўплами, 2008 й., 3-4-сон. https :// lex . uz / docs /1461329 .
narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini anglatadi”,- degan ta’rifni berganlar. Arastu ilmning barcha sohalarida ijod etar ekan jinoyatchilik masalasini ham e’tibordan chetda qoldirmagan edi. U jinoyatchilikning sabablari qatoriga qashshoqlikni, jamiyatning ba’zi bir a’zolariga assosiz imtiyozlar berish va ba’zi kishilarning siyosiy huquqsizligini, Shuningdek milliy ziddiyatlarni (aholining turli qabilalarga-bo’linishini) kiritadi. U ko’p jinoyatlar ortiqcha boylikka intilishdan kelib chiqadi, birinchi ehtiyojlar uchun predmetlarning yetishmasligidan emas deydi. U tug’ma jinoyatchi to’g’risidagi nazariyani inkor etib, qadrli yoki axmoq bo’lish kishining o’ziga bog’liq deydi. Ko’rsatib o’tilgan sabablar jinoyatchilikning bir turi hisoblangan korrupsiyaviy jinoyatchilik uchun ham xos xususiyatlardir. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi umumiy qoralash muhitini barpo etilmaganligi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etilishiga, uning miqyosi yanada kengayib odatlarga aylanib borishiga, oqibatda esa milliy taraqqiyot va xavfsizlikka tahdid soluvchi real xavf manbaiga aylanishiga olib keladi. Hozirda davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sohasida korrupsiyaning haddan tashqari ko’p uchrashi fuqarolarni qiyin bir ahvolda qoldirmoqda. Ayniqsa sog’liqni saqlash va ta’lim sohasida korrupsiyalashgan xodimlarning jazolanmasdan erkin o’z bilganlaricha ish tutishi, fuqarolardan bezbetlarcha pora so’rash hollari davlatni fuqaro nazarida obro’sini tushirmoqda. Birgina misol: O’zbekistan Respublikasi Bosh prokuraturasi keltirgan ma’lumotlarga ko’ra Andijon viloyati o’rta-maxsus kasb-hunar boshqarmasining mansabdorlari xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, viloyatdagi bir qator kollejlarda bajarilgan qurilish ishlari hajmiga qo’shib yozish, soxta dalolatnomalar tuzish orqali 357,2 mln. so’mlik byudjet mablag’larining talon-toroj qilinishiga yo’l ochib berishgan. Korrupsiyaning mamlakatimiz xavfsziligiga solayotgan tahdidlari quyidagilardan iborat: Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish ifodasidir. Unda o’z umrini yashab bo’lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o’ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning
rivojlanishini sekinlashtirib qo’yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan xufyona iqtisodiyotning manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug’-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo’yadi. Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan globallaShuv davrida korrupsiya o’z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini to’sib qo’yish imkoniga ega. Ikkinchidan, jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzlishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o’tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga olib boradi. Basharti iqtisodiyotda jinoiy guruhlar va “reketchilar” to’dalari “bazm qursa”, ko’chalarda esa odamlar qo’rqqanlaridan tasodifiy o’tkinchilardan qochib yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo’lishi mumkinmi? Yo’q, albatta. Uchinchidan, jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo’qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g’oyasining o’zini obro’sizlantiradi va eski zamonlarni, Shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo’li” ni qo’msash hissini tug’diradi. O’tish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog’liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing’ir yo’l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa, haytoga endigina qadam qo’yib kelayotgan yoshlarni yomon yo’lga og’diradi. Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va
yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o’zi? To’rtinchidan, “Pul hokimiyatga intiladi”, degan bir ibora bor. Lekin bu pul jinoiy yo’l bilan topilgan bo’lsa-yu, uning egalari jamiyatning hokimiyat tuzilmalariga chiqib olsalar, ular qanday usullar bilan boshqarishlarini tasavvur qilish qiyin emas. Jinoyat olamining nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo’llar bilan kirib olishi yaxshi ma’lum va ko’p mamlakatlarda sinovdan o’tgan. Avvaliga bu ish nopok daromad manbalarini saqlab qolish, ulardan kafolatli foydalanish maqsadida hokimiyat tuzilmalari bilan aloqa bog’lash va bu aloqani mustahkamlashdan boshlanadi. Shundan so’ng hokimiyatning o’zi ham qo’lga kiritiladi. Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o’zini obro’sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi. Beshinchidan, nopok yo’l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o’zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo’rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo’zg’atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo’q. Bunday odamlarning “Faqat bizga yaxshi bo’lsa, ishimiz bitsa – bo’lgani” qabilidagi maslagi xudbinlikning, hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko’rinishidir. Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo’may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas. Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy zarar yetkazayotganlarini, o’z xalqlari va mamlakatlari sha’niga dog’