logo

ZARARKUNANDALARGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH TIZIMI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

209.662109375 KB
ZARARKUNANDALARGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH
TIZIMI.
Reja:
1.   Agrotexnik,   biologik,   fizik,     mexanik,   kimyoviy,     karantin   va   boshqa
kurash choralarini mohiyati.
2. Zararkunandalarga qarshi  kurash xususiyatlar. “Klaster”  metodi.
Metodning   maqsadi:   ( Klaster-tutam,   bog’lam )- axborot   xaritasini
tuzish   yo’li   -   barcha   tuzilmaning   mohiyatini   markazlashtirish   va   aniqlash
uchun     qandaydir   biror   asosiy   omil   atrofida   g’oyalarni   yig’ish.     Bilimlarni
faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro
bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. 
Klasterni tuzish  q oidasi :  
1. Aqlingizga   nima   kelsa,   barchasini   yozing.   G’oyalari   sifatini
muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2.   Xatni   to’xtatadigan   imlo   xatolariga   va   boshqa   omillarga   e’tibor
bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda
g’oyalar   kelishi   birdan   to’xtasa,   u   holda   qachonki   yangi   g’oyalar
kelmaguncha qog’ozga rasm chizib turing.
  Texnologiyani amalga oshirish tartibi:   Klasterni tuzish qoidasi bilan
tanishadilar.   YOzuv   taxtasi   yoki   katta   qog’oz   varag’ining   o’rtasiga   asosiy
so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi.   Birikma bo’yicha
asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar   kichik
doirachalar   “yo’ldoshlar”   yozib   qo’shiladi.   Ularni   “asosiy”   so’z   bilan
chiziqlar   yordamida   birlashtiriladi.   Bu   “yo’ldoshlarda”   “kichik   yo’ldoshlar”
bo’lishi mumkin. YOzuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha
davom etishi mumkin.   Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.  
  Namuna.   Hasharotlarni   morfologiyasi,   anatomiyasi   va   biologiyasi
bo’yicha   klasterini tuzing.                   Asrimizning   2001-2008   yillari   davomida   olimlarimiz   tomonidan
madaniy   o’simliklarni   zararli   organizmlardan   himoya   qilish   tadbirlari   tizimi
ishlab   chiqildi   va   ishlab   chikarishga   joriy   etildi.   Bu   tizim   har   bir   o’simlik
uchun   alohida   bo’lib,   turli   mintaqalar   tabiiy   sharoitini   hisobga   olgan   holda
tuzilgan.   O’simliklarni   himoya   qilish   tizimining   eng   mukammali   ularni
uygunlashgan   himoya   qilishdir.   O’simliklarni   uygunlashtirish
(integrirlashgan) yuli bilan himoya kilinganda zararli organizmlarni yo’qotish
entomofaglarni maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi «integratsiya»
so’zi   lotincha   bo’lib,   «integrare»   -   «tiklash»,   «to’ldirish»   degan   ma’noni
bildiradi. 
       
1. Agrotexnik kurash chorasi. 
O’simliklarni   zararkunanda   kasallik   va   begona   o’tlardan   himoya
qilishda   agrotexnik   usul   va   tashkiliy   xo’jalik   tadbirlarining   ahamiyati nihoyatda   katta   hisoblanadi.   Qishloq   xo’jalik   ekinlarining   rivojlanishiga
yaxshi ta’sir ko’rsatib zararkunanda kasallik va begona o’tlarni rivojlanishiga
to’siq bo’luvchi barcha agrotexnik tadbirlar bu usulni tarkibini tashkil etadi.
Bunday tadbirlarga quyidagilar misol bo’ladi:
1.Dambalarni kengaytirish va yangi sug’orish sistemalarini joriy etish.
2.Ekinlarni almashlab ekish sxemasini tuzishda entomalog yoki fitopotolog 
yo’riqlarga amal qilish.
3.Ekinlardagi bo’shagan yerlarni chuqur ag’darib haydash. . 
3. Imkoniyati ko’targan dalalarga qishki yaxob suvlarni berish.
4.Kuzda ekindan bo’shagan barcha maydonlarni bahorgacha o’simlik 
qoldiqlaridan tozalash.
5.Erta bahorda ekish muddatini to’g’ri aniqlash imkokiyati boritsa ertaroq 
ekish.
6.Zarakunanda va kasalliklarga chidamli navlarni tanlab ekish.
7.Ekinlar qator orasiga ishlov berish sug’orish va oziqlantirishni tavsiya 
etilgan normalari va muddatlariga amal qilib o’tkazish.
8.G’o’zani chekanka kilishda o’sish nuqtalarini daladan olib chiqarib 
tashlash. (G’o’za tunlami tuxumini yo’qotish maqsadida).
Agrotexnik va tashkiliy xo’jalik usulini qo’llashni ekin turlari bo’yicha
tabaqalashtirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   yerda   har   bir   agrotexnik
tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat
beriladi.   Agrotexnik   tadbirlarni   noto’g’ri   qo’llash   zararli   organizmlarning
miqdorini   ko’payishiga   ham   olib   kelishi   mumkin.   Agrotexnik   tadbirlar
tashkiliy   xo’jalik   tadbirlarni   to’g’ri   tashkillashtirish   zararli   organizmlarni
yoppasiga ko’payishini oldini olish asosini tashkil etadi.
  O’zbekiston   hududida,   MDH   davlatlarida,   umuman   jaxon   miqyosida
zararli   organizmlarga   qarshi   kurashda   chidamli   navlar   yaratishiga   alohida e’tibor qaratiladi. Selektsioner olimlar oldiga qo’yilgan vazifalardan biri ham
ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.
CHidamli   navlar   o’zlarini   boshqa   qimmatli   xususiyatlari,   (oqsil,   yog’
miqdori,   qand   miqtsori)ni   ham   yo’qotmasligi   zarur.   Hozirgi   paytda   ayniqsa
g’o’zani   viltga,   sho’rga,   g’alla   ekinlarini’   zang,   qora   kuya   kasalliklariga,
g’o’zani o’rgimchak kana, bitlar (shira)ga chidamli navlarni yaratish bo’yicha
katta   ishlarni   olib  
  borilmoqda.   Germanyada   ham   bu   kassaliklariga   qarshi
ularning Antogeneslari laborato’ryada ko’paytriladi 1
.  
 
2.Kimyoviy kurash usuli va uni qo’llash muammolari.
1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash
vositalari-pestitsidlarni   qo’llashga   asoslangan   bo’lib,   bu   usulni   asosiy
ustunligi   zararli   organizmlarga   qarshi   qisqa   muddatlarda   o’z   samarasini
ko’rsatishidir.   Bundan   tashqari,   kimyoviy   kurash   vositalarini   tashish   va
qo’llash   ishlarini   to’la   mexanizatsiya   yordamida   bajarish   mumkin.   Ammo,
pestitsidlarni   qo’llash   albatga   ekologik   muammolarni   inobatga   olgan   holda
olib   borilishi   lozim.   SHu   munosabat   bilan   keyingi   yillarda   pestitsidlarni
asortimentiga   va   ularni   qo’llash   usullariga   ancha   o’zgartirishlar   kiritildi.
Kimyoviy   kurash   vositalaridan   bundan   keyingi   foydalanish   ham   ekologik
muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim.
2.Zararkunandalarga qarshi yetarli ta’sir etish va foydali xasharotlarga
zarar   yetkazmaslik   barcha   yangidan   yaratilgan   pestitsidlar   oldiga   qo’yilgan
asosiy   talablardan   biridir.   Pestitsidlarni   zararli   ta’sirini   kamaytirish   uchun
quyidagi yo’nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda.
1.Insonlarga kam zaharli, ekologik bezarar dorilar ishlab chiqarish.
2.Tanlab ta’sir etuvchi pestitsidlar ishlab chiqarish.
1
  (Piter Wimmer. Biologische Pflansenschutz. In Germany. 61-63. 1990 ) 3.Xasharotlarni   rivojlanishini   boshqaruvchi   yangi   moddalar   (stimulyatorlar)
ishlab chiqarish.
4.Qo’llanishi qulay, atrof muxitda uzoq saqlanmaydigan samarali pestitsidlar
ishlab chiqarish.
5.Pestitsidlarni   qo’llashni   taktikasini   takomillashtirish   va   bunda   zararli   aa
foydali   xasharotlarni   biologik   xususiyatlari,   etnlarni   rivojlanishi
fenologiyalarini inobatga olish.
6.Pestitsidlarni   kumulyativlik   (organizmlarda   yig’ilishi)   xususiyatini
kamaytirish.
3.Pestitsidlarga bo’lgan asosiy talablar:
1. Tanlab ta’sir etish;
2.Kumulyativlikni yo’qligi;
        3.Arzonligi;
       4.Saqlash, tashish va qo’llashga qulayligi;
       5.Atrof muhitga kam zaharliligi va h.k.
3.   Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli
              Biologik   usul   deganda   qishloq   xo’jalik   ekinlarning   zararli
organizmlariga   qarshi   kurashda   ularning   tabiiy   kushandalaridan,   kasallik
qo’zg’atuvchi   mikroorganizmlar   va   ularni   hayotiy   mahsulotlaridan
foydalanishga aytiladi.
Bo’g’im oyoqlarining tabiiy kushandalari oziqlanish harakteri jihatidan
entomofaglarga   ya’ni   xashoratlar   bilan   oziqlanadigan   turlarga   yoki
akarifaglar   ya’ni   kanalar   bilan   oziqlanadigan   turlariga   mansubdir.   Biologik
kurash   choralar   bir   nechta   usulda   olib   boriladi.   Tabiatda   bo’lgan   tabiiy
entomofaglardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish;
-tajavuzkor   yuqori   samarali   entomofaglarni   chetdan   keltirib   iqlimga
moslashtirish;   -parazit   va   entomofaglarni   laboratoriya   sharoitida   ko’paytirib
zararkunanda tushgan dalalarga qo’yib yuborish;
-zararkunanda   hashoratlarda   chuqur   kasallik   jarayonini   chaqiruvchi
mikroorganizmlardan foydalanish.
Hozirgi   paytda   bu   usul   bilan   O’zbekistonda   bir   qancha
zararkunandalarga qarshi kurash chorasi olib boriladi. Masalan, tut daraxtiga
katta   zarar   yetkazadigan   komstok   qurtiga   qarshi   1947   yil   olib   kelingan
Psevdofikus   malinus   paraziti,   olma   daraxtiga   zarar   yetkazuvchi   qon   bitiga
qarshi subtropik rayonlardan keltirilgan Afilyunis mali paraziti yaxshi natija
beryapti.
Keyingi usul bu entomofaglarni laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda
ko’paytirib   qishloq   xo’jaligi   ekinlari   zararkunandalariga   qarshi   kurashdir.
Hozirgi   vaqtda   respublikamizda   700   dan   ortiq   biolaboratoriyalar   tashkil
etilib, ularda g’o’za  va  boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga  zarar  yetkazuvchi
kuzgi tunlam va ko’sak qurtiga qarshi parazit xashoratlardan trixogramma va
brakon   so’ruvchi   va   kemiruvchi   zararkunandalarga   qarshi   qo’llaniladigan
yirtqich hashorat oltinko’z ko’paytirilyapti.
Entomoakarifaglarni qo’llash norma va sxemalariga rioya qilish lozim.
Har   bir   entomofag   yoki   akarifaglarni   qo’llashda   albatta   zararkunanda   va
foydali hasharotlar o’rtasidagi foydali nisbatlar inobatga olinadi. O’zbekiston
sharoitida hozirgi vaktda biologik usulda oddiy oltinkuz, oddiy trixogramma,
brakon, beshiktebratar entomofaglari yoppasiga ko’paytirilib qo’llanilmoqda.
Tabiatda   zararli   xasharotlar   miqdorini   kamaytirishda   qushlar,   umurtqali
sudralib   yuruvchilar,   xonqizi   qo’ng’izlari,   afididlar   va   boshqa   tabiiy
kushandalar ham muhim rol o’ynaydi.
Foydali   hasharotlardan   samarali   foydalanish   ulardan   to’g’ri
foydalanishga bog’liq. Hozirgi   vaqtda   mevali   daraxtlar   va   sabzavot   ekinlar   orasiga   gorchitsa
fatseliya,   urug’lik   sabzi,   piyoz,   sarimsoq,   ukrop   o’simliklarini   ekish,   ekin
maydonlariga   parazit   va   yirtqich   xasharotlarni   jalb   qiladi.   CHunki   nektar
hasharotlar uchun ozuqa  :
hisoblanadi.
4.Fizik-mexanik va genetik kurash usullari
Zararkunandalarga   qarshi   kurashda   fizikaviy,   mexanikaviy   kurash
usullari alohida o’rin tutadi.
1.   Fizikaviy   usul   deganda   zararli   organizmlarga   qarshi   gurli   xil   fizik
omillarni   qo’llash   tushuniladi.   Fizik   omillarga   elektr   toki,   yorug’lik   nuri,
harorat   o’zgarishlari   (past   yoki   baland)   radiaktiv   nurlardan   foydalanish   va
boshqalar kiradi.
Fizikaviy   harorat   o’zgarishlaridan   ombor   zararkunandalariga   qarshi
kurashda,   urug’larda   kasallik   toxumini   zararsizlantirishda   (bug’doyni   qora
kuyadan,   chigitni   gommozdan   va   h.k.)   keng   qo’llaniladi.   Begona   o’glarga
qarshi kurashda olovli kultivatorlardan ham foydalaniladi.
2.Zararli hasharotlarni o’ldirishda elektr tokidan foydalanish to’g’risida
juda   ko’plab   tajribalar   olib   borilmoqda.   Bu   masalada   ma’lum
muvaffaqiyatlarga   ham   erishildi.   Biroq   elektr,   tokidan   foydalanish
texnologiyasi   va   uning   o’simlikka   tasiri   bo’yicha   tadqiqotlar   xali   oxiriga
yetkazilmagan.
3.Zararli   hasharotlarga   qarshi   kurashda   yorug’likda   hasharotlar
tutqichlardan   foydalanishda   ham   ma’lum   muvaffaqiyatlarga   eri.   shildi.
CHunki, hasharotlarning ko’pchiligi tunda yorug’likka uchadi. Hasharotlarni
bu   xususiyatidan   zararli   turlarga   qarshi   kurashishda   foydalanishga   uzoq
vaqglardan  beri qiziqib kelinar edi.  Biroq  xozirgi paytda elektr yorug’ligida
hasharot   tutqichlardan   faqat   bashorat   maqsadidagina   foydalanilmoqda.
Kurash   vositasi   sifatida   foydalanilmasligiga   sabab   bu   tutqichlarda   ko’plab
foydali hasharotlar ham nobud bo’ladi. 4. Mexanik   kurash   chorasidan   ham   o’simliklarni   himoya   qilish
tizimida   keng   foydalaniladi.   Bunga   kasal   daraxtlarni   va   shohlarni   kesib
yo’qotish,   zararli   hasharotlar   yoki   ularni   tuxumlarini   terib   yoki   ezib
yo’qotish,   mexanik   tutqichlar   (olma   qurtiga   qarshi)   belbog’lar   qo’llash   va
boshqalar tushuniladi.
5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik
omillarni   ta’sir   etgirish   orqali   ularni   boshqarish   hamda   chidamli   navlar
yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tushuniladi.
5.Karantin choralari
O’simliklar   karantinidan   asosiy   maqsad   Respublikamiz   hududini
boshqa   davlatlarda   karantin   qilingan,   o’simliklarning   boshqa   xavfli
zararkunandalari, kasalliklari hamda ashaddiy begona o’tlar kelib qolishidan
himoya qilishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimini amalga oshirishdan
hamda mamlakatimizda kam tarqalgan karantin zararkunandalar, kasallik va
begona   o’tlarning   yanada   tarqalishini   oldini   olish   va   manbalarini
yo’qotishdan iborat. Ana shu ikki asosiy maqsadga muvofiq, o’simliklarning
ichki va tashqi karantini mavjud.
Mamlakatimiz   mustaqillikka   erishgandan   so’ng   chet   ellar   bilan   savdo
sotiq   munosabatlarini   o’sishi,   aloqa   yo’llarini   rivojlanishi   bilan   zararli
organizmlarning tarqalishi xavfi ham kuchaymoqda, karantin tizimi ham bir
muncha murakkablashdi. Karantin usullari quyidagilardan iborat:
1.Ekiladigan   urug’lar   ko’chatlarni,   shuningdek   zararkunandalar   va
kasalliklar yuqqanligiga shubha qilingan yuklarni jo’natish yoki qabul qilish
nunktlarida deyeinsektsiya yoki dezinfektsiya qilish;
2.   ekiladigan   urug’   va   ko’chatlarning   zararlangan   yoki
zararlanmaganligini aniqlash maqsadida, ularni karantin ko’chatzorlarga ekib
ko’rish; 3. U ekilgan urug va ko’chatlar sifatini tekshirib ko’rish (bantirovka) va
oldin yoki keltirilgandan keyin shubhali materiallarii yaroqsizga chiqarish;
4.   embargo,   yani   xavfli   zararkunandalar   bilan   zararlangan   ayrim
joylarda materiamar olib ketishga batamom barham berish.
Mamlakatimiz karantin xizmatiga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv   xo’jiligi   vazirligiga   qarashli   Respublika   O’simliklar   karantini   Bosh
davlat   inspektsiyasi   rahbarlik   qiladi.   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   va
viloyatdarda   ham   inspektsiyalar   bo’lib,   o’z   navbatida,   shahar,   tumanlararo,
tuman   inspektsiyalari   va   punktlari   Respublika   O’simliklar   karantini   Bosh
davlat inspektsiyasi qaramog’idadir. Daryo portlarida, aeroport va temir yo’l
stantsiyalarida,   chegara   qo’shinlarining   nazorat   o’tkazish   punktlari
joylashgan   yerlarda,   shuningdek   xalqaro   pochtamtlarda,   bojxonalarda
o’simliklar karantini bo’yicha chegara punktlari mavjud.
Karantin   qilingan   mahsulotlar   boshqa   davlatlardan   O’zbekistonga
Respublika   O’simliklar   karantini   Bosh   davlat   inspektsiyasi   tomonidan
beriladigan   import   karantin   ruxsatnomasi   bilan   kiritiladi.   Bu   ruxsatnoma
muayyan   mahsulotlarni   keltirish   va   ulardan   foydalanish   qoidalariga   to’la
amal   qilinib,   eksport   qiluvchi   davlatning   o’simliklar   karantini   va   himoyasi
bilan shug’ullanuvchi davlat organlari tomonidan berilgan va O’zbekistonga
keltirilgan   mahsulotlarning   karantin   holatini   tasdiqlovchi   guvohnoma
(sertifikat)   tavsiya   qilingan   beriladi.   Sertifikat   (guvohnoma)   yuk   bilan   birga
yuboriladigan hujjatlarga ilova etilishi kerak.
Karantin   xizmati   Ustavida   o’simliklarning   ichki   karantini   haqidagi
chora-tadbirlar   ham   belgilangan.   Bu   tizimini   qo’llashdan   maqsad
o’simliklarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratib, ularni zararli organizmlar
ta’siriga bardoshliligini oshirish, shuningdek bunda zararkunanda, kasallik va
begona   o’tlarning   rivojlanishiga   to’skinlik   qiladigan   sharoit   yaratish   va
karantin   qilinadigan   organizmlarning   chetdan   keltirilishiga   yul qo’ymaslikdan   iborat.   O’simliklarni   uygunlashgan   holda   himoya   qilishni
joriy   etish   natijasida   biotsenozda   turlar   o’rtasida   o’zaro   bog’lanish   qayta
tiklanadi,   bunda   zararli   organizm   va     entomofaglar   o’rtasidagi   miqdoriy
bog’lanish ham hisobga olinadi.
               O’simliklarni uygunlashgan holda himoya qilish qo’yidagi tadbirlar
tizimini   o’z   ichiga   oladi:   tashkiliy-xo’jalik,   agrotexnik,   mexanik,   fizik,
karantin, biologik va kimyoviy. Odatda o’simliklarni zararli organizmlardan
himoya   qilish   uchun   yuqorida   kayd   etilgan   tadbirlar   umumlashgan   holda
qo’llaniladi.   Tashkiliy-xo’jalik   tadbirlari   zararli   organizmlar   uchun   noqulay
yashash   sharoitini   vujudga   keltirishga   va   ularni   ekin   maydonlariga   o’tishini
kamaytirishga qaratilgan.
Agrotexnik   tadbirlar.   Bu   usul   har   qaysi   mintaqaning   tuprok-iqlim
sharoitini   hisobga   olgan   holda,   ishlab   chiqilgan   barcha   agrotexnik   tadbirlar
o’simliklarni   zararli   organizmlardan   himoya   qilishga   yordam   bera   olishiga
asoslangan   bo’lishi   kerak.   Agrotexnik   tadbirlar   o’simlikning   zararli
organizmlariga   bevosita   ta’sir   etmaydi.   Bu   tadbirlar   dalalarda   xavf-xatar
tug’diradigan miqdorda zararkunanda paydo bo’lishi oldini oladi, xolos.
                  Qo’yida   biz   agrotexnik     tadbirining   ba’zi   yunalishlarini   misollar
yordamida izohlaymiz. O’simlik navlari va ularning zararli organizmlar bilan
munosabatlari.   Almashlab   ekish.   Tuproqqa   ishlov   berish   va   o’simlik
qoldiqlarini   yig’ishtirib   olib,   yuqotish.   O’g’itlarning   zararli   organizmlarga
ta’siri. ekish va hosilni yig’ib olish muddatlari.
     O’simliklarni zararkunandalardan biologik usulda himoya qilish, ularning
kasallik sababchisi mikroorganizmlardan foydalanib zararli turlarini yuqotish,
kamaytirish yoki ko’payib ketishi oldini olishga asoslangan. 
            Biologik   kurash   usulida   turli   organizmlar   –   yirtqich   va   parazit
hasharotlar, kanalar, qushlar va boshqalardan foydalaniladi. Hasharotlar bilan oziqlanadigan   tabiiy   kushandalar   –   entomofaglar,   kanalar   bilan
oziqlanadiganlari esa akarifaglar deb ataladi.
          O’simliklarni   zararli   organizmlardan   himoya   qilish   tadbirlaridan   biri
o’simliklar   karantinidir.   O’simlik   karantini   davlat   miqyosidagi   tadbirlar
tizimidir.
      Mexanikaviy kurash usuli deganda, zararkunandalarni tutadigan, ularning
harakatlanishi   va   o’simliklarni     zararlashiga   to’skinlik   qiladigan   turli
moslamalar,   shuningdek,   daraxtlar   po’stlog’ini   tozalash,   inlarni   buzish,
o’simliklar qoldig’ini yuqotish va hokazolar tushuniladi.
         Hasharotlarni sun’iy yoritish yuli bilan jalb etib, keyin yuqotish, asosan,
hozirgi   zamon   fizika   fani   erishgan   yutuqlarga   asoslangan   holda   past   va
yuqori   temperaturalardan,   radiaktiv   nur,   past   bosim   (   vakuum)dan,   yuqori
chastotali   tokdan   va   boshqa   vositalardan   foydalanish   fizikaviy   kurash
choralariga kiradi.
        Zararkunandalarga   qarshi   kimyoviy   kurash   usulining   mohiyati   shundan
iboratki,   zararli   organizmlarga   qarshi   turli   kimyoviy   moddalar,   ko’pincha
ular uchun zaharli bo’lgan moddalar (pestitsidlar) qo’llaniladi.
     Pestitsidlar: 
     1. Qo’llanish ob’ektiga, 
     2. zararkunanda organizmiga kirish usuli va ta’sir etish xarakteriga,
     3.kimyoviy tarkibi va xossalariga ko’ra klassifikatsiyalanadi.          
       Qo’llanish   ob’ektiga   karab   klassifikatsiyalashda   pestitsidlar
qo’llaniladigan   ob’ektiga bog’liq  holda gruppalanadi: 
Insektitsidlar hasharotlarga qarshi kurashda qo’llaniladigan zaharlar.
Zootsidlar  - issiqqonli hayvonlarga, asosan kemiruvchilardan
yumronkoziq, sichqon va hokazolarga qarshi. 
Akaritsidlar – kanalarga qarshi.  Limatsidlar yoki mollyuskitsidlar – mollyuskalarga qarshi. Nematitsidlar –
nematodalarga qarshi. 
Fungitsidlar   –   zamburug’larga   qarshi.   Bakteritsidlar   –   bakteriyalarga
qarshi.
 Gerbitsidlar – begona o’tlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. Algitsidlar –
suvli   begona   o’tlarga   qarshi   kurashishda   ishlatiladi.   Ovitsidlar   -
tuxumlarga  qarshi.
  Larvitsidlar   -   lichinkalarga     qarshi.   Fumigantlar   –   hasharot   organizmiga
nafas   olish   organlari   –   traxeya   sistemasi   orqali   kiradigan   gaz   yoki     bug’
holatdagi zaharlardir.
  Kontakt   –   ya’ni   tashqaridan   ta’sir   etadigan,   hasharotlar   terisi   bilan
kontaktda bo’lish natijasida organizmga kiradigan zaharlar.
Sistemali   –   ya’ni   o’simlik   ichiga   kiritilgan   zaharlar   o’simliklarning   nay-
tomir sistemasiga kirib, bu sistema buylab tarqaladi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

ZARARKUNANDALARGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH TIZIMI. Reja: 1. Agrotexnik, biologik, fizik, mexanik, kimyoviy, karantin va boshqa kurash choralarini mohiyati. 2. Zararkunandalarga qarshi kurash xususiyatlar.

“Klaster” metodi. Metodning maqsadi: ( Klaster-tutam, bog’lam )- axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Klasterni tuzish q oidasi : 1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing. 2. Xatni to’xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang. 3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa, u holda qachonki yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga rasm chizib turing. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. YOzuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. YOzuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar. Namuna. Hasharotlarni morfologiyasi, anatomiyasi va biologiyasi bo’yicha klasterini tuzing.

Asrimizning 2001-2008 yillari davomida olimlarimiz tomonidan madaniy o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish tadbirlari tizimi ishlab chiqildi va ishlab chikarishga joriy etildi. Bu tizim har bir o’simlik uchun alohida bo’lib, turli mintaqalar tabiiy sharoitini hisobga olgan holda tuzilgan. O’simliklarni himoya qilish tizimining eng mukammali ularni uygunlashgan himoya qilishdir. O’simliklarni uygunlashtirish (integrirlashgan) yuli bilan himoya kilinganda zararli organizmlarni yo’qotish entomofaglarni maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi «integratsiya» so’zi lotincha bo’lib, «integrare» - «tiklash», «to’ldirish» degan ma’noni bildiradi. 1. Agrotexnik kurash chorasi. O’simliklarni zararkunanda kasallik va begona o’tlardan himoya qilishda agrotexnik usul va tashkiliy xo’jalik tadbirlarining ahamiyati

nihoyatda katta hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlarining rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatib zararkunanda kasallik va begona o’tlarni rivojlanishiga to’siq bo’luvchi barcha agrotexnik tadbirlar bu usulni tarkibini tashkil etadi. Bunday tadbirlarga quyidagilar misol bo’ladi: 1.Dambalarni kengaytirish va yangi sug’orish sistemalarini joriy etish. 2.Ekinlarni almashlab ekish sxemasini tuzishda entomalog yoki fitopotolog yo’riqlarga amal qilish. 3.Ekinlardagi bo’shagan yerlarni chuqur ag’darib haydash. . 3. Imkoniyati ko’targan dalalarga qishki yaxob suvlarni berish. 4.Kuzda ekindan bo’shagan barcha maydonlarni bahorgacha o’simlik qoldiqlaridan tozalash. 5.Erta bahorda ekish muddatini to’g’ri aniqlash imkokiyati boritsa ertaroq ekish. 6.Zarakunanda va kasalliklarga chidamli navlarni tanlab ekish. 7.Ekinlar qator orasiga ishlov berish sug’orish va oziqlantirishni tavsiya etilgan normalari va muddatlariga amal qilib o’tkazish. 8.G’o’zani chekanka kilishda o’sish nuqtalarini daladan olib chiqarib tashlash. (G’o’za tunlami tuxumini yo’qotish maqsadida). Agrotexnik va tashkiliy xo’jalik usulini qo’llashni ekin turlari bo’yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni noto’g’ri qo’llash zararli organizmlarning miqdorini ko’payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo’jalik tadbirlarni to’g’ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko’payishini oldini olish asosini tashkil etadi. O’zbekiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida

e’tibor qaratiladi. Selektsioner olimlar oldiga qo’yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat. CHidamli navlar o’zlarini boshqa qimmatli xususiyatlari, (oqsil, yog’ miqdori, qand miqtsori)ni ham yo’qotmasligi zarur. Hozirgi paytda ayniqsa g’o’zani viltga, sho’rga, g’alla ekinlarini’ zang, qora kuya kasalliklariga, g’o’zani o’rgimchak kana, bitlar (shira)ga chidamli navlarni yaratish bo’yicha katta ishlarni olib borilmoqda. Germanyada ham bu kassaliklariga qarshi ularning Antogeneslari laborato’ryada ko’paytriladi 1 . 2.Kimyoviy kurash usuli va uni qo’llash muammolari. 1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestitsidlarni qo’llashga asoslangan bo’lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o’z samarasini ko’rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo’llash ishlarini to’la mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestitsidlarni qo’llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. SHu munosabat bilan keyingi yillarda pestitsidlarni asortimentiga va ularni qo’llash usullariga ancha o’zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim. 2.Zararkunandalarga qarshi yetarli ta’sir etish va foydali xasharotlarga zarar yetkazmaslik barcha yangidan yaratilgan pestitsidlar oldiga qo’yilgan asosiy talablardan biridir. Pestitsidlarni zararli ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi yo’nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda. 1.Insonlarga kam zaharli, ekologik bezarar dorilar ishlab chiqarish. 2.Tanlab ta’sir etuvchi pestitsidlar ishlab chiqarish. 1 (Piter Wimmer. Biologische Pflansenschutz. In Germany. 61-63. 1990 )