logo

HAMAXO’R ZARARKUNANDALAR VA ULARGA QARSHI KURASH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.033203125 KB
HAMAXO’R ZARARKUNANDALAR  VA ULARGA QARSHI
KURASH
Reja:
          1.Hamaxo’r   zararkunandalar   tur   tarkibi,   zarari,   tarqalishi,   hayot
kechirishi 
2.   Hamaxo’r   zararkunandalar   va   ularga   qarshi   kurash   choralari
o’rganish Markaziy   Osiyoda   Asrididae   oilasiga,   Orthoptera   turkumiga   kiruvchi
marokash   chigirtkasi   (Dosiostaurus   marossanus   Thnb),   otbosar   chigirtkasi
(D.sraussi   Lng.),   sholi   chigirtkasi   (Oxya   fussvoittata   Marsh),   qir   chigirtkasi
(Sflliptamus   turanisus   Tarb),   voha   chigirtkasi   (S.   italisusL.),   turkman
chigirtkasi   (Ramburiyella   tursomana   F.W)   va   to’qay   chigirtkasi     (Losusta
migratoria L) ekinlarga katta zarar yetkazadi. Bulardan tashqari, ba’zi yillari
ayrim mintaqalarda konofimalar (jumladan, Sonophyma jasobsoni Uv. Df S.
sokolowi Zub), katta saksovul chigirtkasi (Derisorys Albidula Serv.) va qora
targ’il chigirtka (Osdaleus desorus Germ.) ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi.
1929   yili   Markaziy   Osiyo   respublikalariga   erondan   uchib   kelgan
shistotserka   chigirtkalari   (Schistosersa   gregaria   Forsk)   turli   ekinlarga   katta
zarar   yetkazdi.   Markaziy     Osiyoda   qishlamaydigan   bu   zararkunandaning
bizga   uchib   kelishi   juda   kam   uchraydigan   hodisa   bo’lib,     keyingi   yuz   yil
mobaynida faqat 1901, 1902 va 1929 yillardagina ro’y berdi.
Zararkunanda   chigirtkalar   galalashib   va   yakka-yakka   bo’lib
yashaydigan guruhlarga bo’linadi.
Galalashib   yashaydigan   chigirtkalar   g’uj   bo’lib   turadi.   Bunday
chigirtkalarning   g’ujlangan   lichinkalari   gala   deb,   ayrim   lichinkalari   esa
chigirtkalar   deb   ataladi.  Voyaga  yetgan   chigirtkalar  gala-gala   bo’lib  uchadi.
CHigirtka   galalari   quyoshli   iliq   kunlarda   doimo   harakatlanib   turadi,   ammo
sovuq   va   bulutli   kunlarda   bir   joyda   tura   beradi.   Lichinkalar   kechasi
o’simliklarda   tunaydi   va   ertalab,   yer   beti   birmuncha   qizigandan   keyin,
harakatlana   boshlaydi.   CHigirtka   to’dalari   kun   issiq   vaqtlarda   ham   harakat
qilmaydi,   bu   paytda   chigirtkalar   o’simliklarning   soyasiga   yashirinadi   va
harorat pasayishi bilan harakatga kiradi. SHu tariqa, chigirtka to’dalari ba’zan
har sutkada ikki marta-kechasi va kunduzi dam oladi.  Lichinka  yoki   yosh  chigirtkalar  qanot   chiqargandan  keyin,   gala   bo’lib
avvalo yaqin masofalarga, keyinchalik esa uzoq joylarga uchadi. Bir qancha
vaqt o’tgandan so’ng ular voyaga yetib juftlashadi va tuxum qo’yadi.
YAkka-yakka   yashaydigan   chigirtkalar   gala   bo’lib   to’planmay,   bir
joyda hayot kechirib, qulay sharoit tug’ilishi bilan juda ko’plab urchiydi. Bu
chigirtkalarning   lichinkalari   ham,   voyaga   yetganlari   ham   muayyan   tartibda
ko’chib yurmaydi.
Galalashib, shuningdek yakka-yakka yashaydigan chigirtkalar bir necha
donadan   to   yuzgacha   va   ba’zan   undan   ham   ko’proq   tuxum   qo’yadi.   Ular
tuxum   qo’yishdan   oldin   tuxum   qo’ygichlari   va   qorinchasining   uchi   bilan
yerni   kavlab   chuqurcha   yasaydi,   tuxumlarni   o’sha   chuqurchalarga   qo’yadi.
CHigirtkalarning   ko’pchiligi   chuqurchaga   qo’ygan   tuxumlarining   ustini
jinsiy   sistemasidagi   qo’shimcha   bezlardan   ajratiladigan   va   havoda   tez   qurib
qoladigan   ko’piksimon   modda   bilan   suvab   qo’yadi.   Bu   tuxumlar   atrofiga
tuproq   yopishib,   ko’zacha   (kubishka)   hosil   qiladi.   Tuxumlarning   ustida
ko’piksimon modda (probochka) bo’lmaganida ham tuproq tuxumning tashqi
devoriga   yopishib,   ko’zachalar   hosil   bo’ladi.   Har   qaysi   turga   qarashli
chigirtkalarning ko’zachalari o’ziga xos shaklda va har xil kattalikda bo’ladi.
CHigirtkalarning   har   qaysi   turi   tuxumlarini   o’ziga   xos   keladigan   joylarga
qo’yadi.  
Marokash  chigirtkasi
Dosiostaurus marossanus Thnb
Zarari.   Marokash   chigirtkasi   har   xil   dala   o’simliklarini   zararlaydi;
arpa, bug’doy, oq jo’xori, tariq, makkajo’xori, tamaki, beda, g’o’za va poliz
ekinlariga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Bu chigirtka o’zi uchun qulay kelgan
yillari keng ko’lamda urchiydi. Tarqalishi.   Marokash   chigirtkasi   Markaziy   Osiyoda,   Kavkaz   va
Kavkaz   ortida,   Qrimda,   hamma   yaqin   sharq   mamlakatlarida,   Bolqon   yarim
orolida, janubiy yevropa mamlakatlari va SHimoliy Afrikada uchraydi.
Bu   chigirtka   Markaziy   Osiyoda   quruq   cho’llarda,   tog’   yonidagi
tashlandiq yerlarda uchraydi, shu sababli u cho’l chigirtkasi deb ham ataladi.
Ta’rifi.   Urg’ochi   chigirtkaning   uzunligi   2,5–4,2   sm ,   erkaginiki   2–3,5
sm   keladi.   Marokash   chigirtkasi   jigar   rangda   bo’ladi.   Och   qo’ng’ir   tusdagi
ko’kragining   old   qismida   X   harfiga   o’xshash   oq   naqshi   bor,   bu   chigirtka
boshqa chigirtkalardan ana shu naqshi bilan farq qiladi. 
Ko’krak   oldi   yon   tomonlarida   bittadan   qora   dog’   bor,   bu   dog’larning
orqa   tomoniga   oq   dog’lar   tutashib   turadi.   Qanotustligi   va   qanotlari
qorinchasidan uzunroq bo’ladi. Qanotustligi qora dog’chalar bilan qoplangan
och qo’ng’ir tusda. Orqa qanotlari tiniq.
Lichinkalari   besh   yoshni   kechiradi.   Ular   dastlab   qoramtir   bo’lib,
rivojlangan   sari   oqara   boradi   va   eng   oxirida   och   qo’ng’ir   tusga   kiradi,   shu
bilan   birga   ko’kragining   old   tomonidagi   X   harfiga   o’xshash   naqsh   ancha
ravshan ko’rinib turadi, birinchi yoshdagi lichinkalarida esa bu naqsh deyarli
ko’rinmaydi. 
Lichinkalarga   qarshi   kurashda   ularning   yoshini   bilib   olish   juda   katta
ahamiyatga ega. Lichinkalarning yoshi qo’yidagi belgilarga qarab aniqlanadi.
1–yoshdagi   lichinkaning   uzunligi   5–8   mm   keladi,   mo’ylovchalari   13
bo’g’imli   bo’ladi,   qanot   boshlang’ichlari   bo’lmaydi,   jinsiy   belgilari   deyarli
bilinmaydi, urg’ochisi erkagidan qorinchasining 8–9 va 9-sternitlari o’rtasida
botib turgan joylar bo’lishi va oldingi yelkasining ketingi cheti salgina botib
turishi bilangina farq qiladi.
2–yoshdagi   lichinkaning   uzunligi   5,5–11   mm   keladi,   mo’ylovchalari
15–17   bo’g’imli   bo’ladi,   orqasining   ketingi   burchaklari   uchlanib,   orqa
tomonga   qayrilib   turadi,   qanotlar   ana   shu   burchaklardan   chiqadi.   Urg’ochi lichinkalarning   tuxum   qo’ygich   boshlang’ichlari   uchlanib   turgan   ikki   juft
plastinkaga   o’xshaydi;   oldingi   yelkasining   oxirgi   chetida   o’yiqchasi
bo’lmaydi.
3–yoshdagi   lichinkaning   uzunligi   8–14   mm   keladi,   mo’ylovchalari   20
bo’g’imli   bo’ladi,   qanot   boshlang’ichlari   aniq   ko’rinadi,   qanotustligining
boshlang’ichlari   esa   kattaroq   bo’ladi;   urg’ochisining   tuxum   qo’ygich
boshlang’ichlari yaqqol ko’rinib turadi.
4–yoshdagi  lichinkaning uzunligi 13–21   mm , lekin erkagi (13-19   mm )
urg’ochisidan   (15-21   mm )   kichikroq   bo’ladi;   mo’ylovchalari   21   –   22
bo’g’imli;   qanotlarining   uch   burchakli   boshlang’ichlari   qanotustligining
cho’zinchoq  boshlang’ichlari esa kattaroq bo’ladi va qanotustliklarini qoplab
turadi;   qanot   boshlang’ichlari   bundan   oldingi   yoshlardagi   lichinkalarniki
singari pastga qarab turmay, yuqoriga qarab rivojlanadi.
5–yoshdagi   erkak   lichinkalarning   uzunligi   17–24   mm ,   urg’ochilariniki
19   –   28   mm   bo’ladi;   mo’ylovchalari   23   –   24   bo’g’imli;   qanot
boshlang’ichlari   qorinchasining   uchdan   bir   qismini   yoki   yarimini   qoplab
turadi.
SHu   tariqa   marokash   chigirtkasi   lichinkalarining   yoshini
mo’lovlaridagi bo’g’imlar soniga qarab aniqlash to’g’ri bo’ladi.
Hayot   kechirishi.   Marokash   chigirtkasining   lichinkalari   tog’larda,
odatda   aprelning   birinchi   yarmida   yoki   bahor   sovuq   kelgan   yillarda   aprel
o’rtasida   va   hatto   oxirida   ancha   birdamlik   bilan   tuxumdan   chiqadi.
Lichinkalar  qo’riq  yerlarda  3  –  6  kunda  chiqib  bo’ladi,  tuman  doirasida  esa
bu   yarim   oygacha   cho’ziladi.   Marokash   chigirtkasining   tuxumdan   chiqish
vaqti yaqinlashib qolganligi quyidagicha aniqlanadi: ko’zacha ichidagi tuxum
olinib   uning   uchi   bormoq   bilan   qisiladi,   shunda   tuxumdan   suyuq   modda
chiqsa,   bu   lichinkalarning   chiqishiga   hali   ancha   vaqt   borligini,   tuxumdagi shakllangan embrion ezilib sachrasa – lichinkalarning chiqishiga faqat 1 – 3
kun qolganini ko’rsatadi.
Marokash   chigirtkasi   tuxumlarini   qo’riq   cho’llarga   yoki   tog’
oldilaridagi   toshloq   yerlarga   qo’yishi   sababli,   lichinkalar   sug’oriladigan
ekinzorlardan   uzoq   yerlarda   tuxumdan   chiqadi.   Lichinka   to’dalari   cho’l
tomondan   keng   doiraga   yoyilib   siljiganida   ekinzorlarga   o’tadi.   Ular
ko’pincha   juda   zo’r   to’siqlardan:   ariq,   zovur   va   daryolardan   suzib   o’tadilar.
Kechasi   o’simliklarda   dam   olganlaridan   keyin   ertalab   quyosh   nuri   tomonga
o’giriladilar,  so’ngra  o’simliklardan  tushib  quyosh  ta’siri  bilan  isigan  siyrak
o’simlikli   yerda   yangidan   to’dalanadilar   va   tuproq   30 0
S   gacha   isigandan
so’ng   atrofdagi   o’simliklar   bilan   ovqatlanib,   muayyan   tomonga   qarab
harakatlanadilar. Tuproq harorati 41 0
S ga yetganda lichinkalar harakatlanish
va   oziqlanishdan   to’xtaydi;   ular   bu   vaqtda   o’simlik   soyasida   turadilar   va
harorat   bir   muncha   pasayishi   bilan   harakatga   kirib,   to   kech   soat   17   –   18
gacha   ovqatlanadilar.   Tuproq   harorati   25   –   30 0
S   gacha   pasayishi   bilan
lichinkalar kichik to’dalarga bo’linib, o’simliklarga chiqib tunaydilar. 
Markaziy Osiyoda chigirtkalarning Salliptamus Serv. avlodiga qarashli
ikki   turi   anchagina   zarar   yetkazadi.   Ularning   biri   voha   chigirtkasi
(Salliptamus   italisus   L.)   va   ikkinchisi   qir   chigirtkasi   (Salliptamus   turanisus
Tarb.)   dir.   Har   ikkala   chigirtkaning   hayot   kechirishi   bir   –   birinikiga   juda
o’xshaydi.   Bu   chigirtkalarning   tashqi   ko’rinishlari   ham   juda   o’hshash
bo’lganligidan, 1930 yilgacha ularning har ikkisini chigirtkaning yagona bir
turi deb hisoblar edilar.
Zarari.   Voha   chigirtkasining   Markaziy   Osiyodagi   chigirtkalar
orasidagi   g’o’zaga   eng   ko’p   zarar   yetkazadigan   zararkunandalardan   biridir.
Qir   chigirtkasi   esa   cho’lga   chegardosh   yerlardagi   g’o’zalarni   zararlaydi.
Partov   yerlar   o’zlashtirilishi   munosabati   bilan   qir   chigirtkaning     g’o’zaga zarari yanada oshadi. Qizil chigitkalar g’o’zadan boshqa ekinlarga ham zarar
yetkazadi; qir chigirtkasi asosan sug’orilmaydigan yerlarda hayot kechiradi.
Qizil   chigirtkalarga   qarshi   o’z   vaqtida   kurashilmasa,   ular   katta
maydonlardagi ekinlarni tamoman nobud qilib qo’yishlari mumkin. Masalan,
Axumov   ma’lumotlariga   qaraganda,   bu   chigirtkalar   eronning   Mozandaron
viloyatida g’o’zani tomomila nobud qilgan vaqtlari ham bo’lgan.
Tarqalishi.  Voha qizil chigirtkasi Markaziy Osiyoda, Qozog’istonning
eng   shimoliy   qismlaridan   boshqa   hamma   mintaqalarida,   Qirg’iziston   va
G’arbiy   Xitoyda,   Afg’oniston   va   eronning   shimoliy   qismlarida,   G’arbiy
Sibirning   janubi-sharqiy   qismida,   Kavkaz   orti,   SHimoliy   Kavkaz,   Qrim   va
Ukrainada,   Rossiyaning   Markaziy   qora   tuproq   mintaqasida,   yevropaning
janubi-g’arbiy   qismida   hamda   SHimoliy   Afrikaning   tog’li   mintaqalarida
uchraydi.
Qir   chigirtkasi   hozircha   faqat   O’zbekiston,   Tojikiston   va
Turkmanistonda borligi aniqlangan bo’lsa ham, ammo u Markaziy Osiyoning
deyarli hamma lalmi yerlarida tarqalgan bo’lsa kerak.
Ta’rifi.   Voha   va   qir   chigirtkalarning   erkak   va   urg’ochilari   bir   –
birlaridan   juda   katta   farq   qiladi   –   urg’ochilari   erkaklaridan   anchagina   katta
bo’ladi.
Voha   chigirtkasi   (Salliptamus  italisus   L.)   erkagining   uzunligi   14   –   23
mm ,   urg’ochisinki   26-38   mm   keladi.   Tanasining   asosiy   rangi   sarg’ish   qum
tusdan   to’q   kulrang   tusgacha   o’zgarib   turadi;   aksari   chigirtkalarning   asosiy
rangi   bilan   qoplangan   joylarida   ko’pdan   –   ko’p   noto’g’ri   shaklli   qoramtir
dog’chalar bor. Keyingi oyoq sonlarining ichki yuzasi tamoman yoki qisman
qizil,   yoxud   pushti   rangda,   boldiri   esa   qizil   rangda.   Orqasining   old   qismi
yonlari   bo’ylab   qanotustliklarigacha   och   rangli   chiziq   o’tadi.   Pastki
qanotlarining   keyingi   qismi   pushti   rangda.   Orqasining   old   qismida   ravshan
ko’rinib   turadigan   uchta   qirra   bor,   ularning   biri   o’rta   va   ikkitasi   yon qirralardir. Ko’kragining old qismida, oldingi oyoq chanoqlari o’rtasida, uzun
so’galga   o’xshash   baland   bo’rtikcha   bor.   Qanotustlari   keyingi   sonlarining
uchlariga yetib yoki ulardan birmuncha tashqariga chiqib turadi.
Qir chigirtkasi (Salliptamus turanisus Tarb) voha chigirtkasidan ancha
katta  bo’lishi  bilan  farq  qiladi. erkagining bo’yi 25  – 30   mm , urg’ochisiniki
40 – 50  mm  keladi. 
Bu chigirtka voha chigirtkasiga nisbatan birmuncha ochroq, ko’pincha
qo’ng’ir – sarg’ish yoki loysimon kul rangda bo’ladi, peshona qirrasi bo’ylab
tepa va ensasigacha qoramtir chiziq o’tadi. Keyingi oyoq sonlarining ichki va
pastki   tomonlari   birmuncha   sarg’ish   yoki   kul   rang   tusda,   har   qaysi   keyingi
sonining   yuqorisida   ba’zan   salgina   ko’rinib   turadigan   ikkita   dog’cha   bor.
Keyingi   oyoq   boldirlarining   ichki   tomoni   qizg’ish   –   sariq   tusda.   Qanot   –
ustligi   keyingi   sonlarining     uchlaridan   tashqariga   chiqib   turadi.   Qir
chigirtkasi boshqa jihatlardan voha chigirtkasiga o’xshaydi.
Voha   chigirtkasining   ko’zachasi   3,5   sm   uzunlikda,   salgina   bukilgan
hamda   pastki   va   yuqorigi   qismlarga   ajralgan   bo’ladi,   pastki   qismi   ancha
qattiq   devorchali   va   tuxumlar   bilan   to’lgan   bo’ladi.   YUqorigi   qismi   esa
yupqa   devorli,   urg’ochi   chigirtka   chiqargan   va   quyuqlashib   qotib   qolgan,
bulutsimon   g’ovak,   qizg’ish   kulrang   modda   bilan   to’lgan   bo’ladi.
Ko’zachaning   pastki   qismi   yuqorigi   qismidan   pishiq   to’siq   bilan   ajralib
turadi.   Ba’zan   bu   qismlar   bir   –   biridan   yupqa,   salgina   ko’rinib   turadigan
bo’g’im   bilan   ajralib   turadi.   Ko’zachaning   bukigi   pastki   va   yuqorigi
qismlarining   chegarasida   bo’ladi.   Ko’zachani   yerdan   chiqarib   olishda   uning
yuqorigi qismi jo’ngina sinib ketadi. 
Tuxumlari.   Har bir ko’zachada 24 – 64 va ko’pincha 27 – 45 ta tuxum
bo’ladi. Tuxumlari sarg’ish – kul rang tusda, cho’zinchoq shaklda, 4 – 5   mm
uzunlikda   bo’lib,   ko’zachaning   tik   o’qiga   nisbatan   90 0
  burchak   bilan
joylanadi. Qir chigirtkasining  ko’zachalari voha chigirtkasinikidan anchagina farq
qiladi. Uning yuqorigi qismi (probirkasi) deyarli tik, salgina bukilib turadigan
va oxirgi tomoni birmuncha yo’g’onlashgan pastki qismiga nisbatan uzunroq
bo’ladi. Uzunligi 3,5 – 5,8  sm . YUqorigi qismidagi ko’piksimon modda rangi
sarg’ish   oq.   Har   ko’zachaga   27   –   68   ta,   ko’pincha   40   –   60   ta   tuxum
burchakma   –   burchak   qilib,   ba’zan   esa   ko’zachaning   tik   o’qi   bo’ylab
joylanadi.
Lichinkalari.   Qir   chigirtkasining   lichinkalari   voha   chigirtkasining
lichinkalariga   qaraganda   birmuncha   kattaroq   bo’ladi.   YOsh   lichinkalar
keyingi   yoshlardagi   lichinkalarga   nisbatan   birmuncha   qoramtirroq   bo’ladi,
shu bilan birga har galgi po’st tashlashdan keyin ularning rangi oqara borib,
nihoyat bir xil tusga kiradi.
Birinchi yoshdagi lichinkalarning  uzunligi 5 – 6  mm  keladi, orqasining
old   qismi   o’rta   qismiga   birmuncha   kirib   turadi,   oldingi   oyoq   chanoqlari
o’rtasidagi so’gal hali rivojlanmagan bo’ladi. Orqasi old qismi bo’ylab o’tgan
qirralar   deyarli   ko’rinmaydi,   mo’ylovchalari   13   bo’g’imdan   iborat.   Birinchi
yoshdagi lichinka deyarli qora tusda, tanasining pastki tomoni ustki tomoniga
qaraganda   ochroq   bo’ladi.   SHu   bilan   birga   oldingi   ko’krak     yonlarining
keyingi burchagi, keyingi sonlarining tubi, keyingi sonlari uchidagi bitta yoki
o’zaro   qo’shilgan   ikkita   halqa   oq   tusda   bo’ladi.   Bunday   oq   uchastkalar
tufayli   yosh   chigirtkalarning   rangi   olachipor   bo’lib   ko’rinadi;   birinchi
yoshdagi   qir   chigirtkasi   lichinkalarining   xarakterli   xususiyati   ana   shundan
iborat. 
Ikkinchi   yoshdagi   lichinkalarning   uzunligi   6   –   7   mm   keladi.   SHu
yoshdan   boshlab   orqasining   old   qismidagi   qirralari   ancha   ravshan   ko’rinib
qoladi, ko’kragining old qismida – oyoq chanoqchalari o’rtasida o’tkir uchli
bo’rtikcha   o’sib   chiqadi;   shu   bilan   birga   orqasining   o’rta   va   keyingi
qismlarida pastga hamda orqa tomonga cho’zilib turgan burchaklar shaklida qanot boshlang’ichlari paydo bo’ladi. Ikkinchi yoshda urg’ochi lichinkalarda
tuxum   qo’ygich   boshlang’ichlari   rivojlanadi.   erkak   lichinkalarning
mo’ylovlari   16,   urg’ochilariniki   esa   17   bo’g’imli   bo’ladi.   Lichinkalarning
rangi odatda olachipor holicha qola beradi, ba’zan esa bir xil kul rang tusga
kiradi.
Uchinchi   yoshdagi   erkak   lichinkalarning   uzunligi   11   –   13   mm ,
urg’ochilariniki   12   –   16   mm   keladi.   Orqasining   old   qismi   ancha   cho’zilib
o’sadi   va   o’rta   qismini   deyarli   qoplab   turadi.   Oldingi   oyoq   chanoqchalari
o’rtasidagi   bo’rtikchalar   ancha   rivojlangan   bo’ladi.   Qanot   boshlang’ichlari
ravshan   ko’rinib   turadi.   Urg’ochilarining   tuxum   qo’ygichlari   birmuncha
rivojlanadi;   erkaklarining   mo’ylovlari   18   –   20,   urg’ochilariniki   20   –   22
bo’g’imli bo’ladi. Tanalari kul rang yoki sarg’ish kul rang bo’ladi.
To’rtinchi   yoshdagi   erkak   lichinkalarning   uzunligi   10   –   14   mm ,
urg’ochilarniki   19   –   22   mm   keladi.   Qanot   boshlang’ichlari   orqasiga   o’tadi.
Orqasining   old   qismi   o’rta   qismini   qoplab,   keyingi   qismiga   o’tib   turadi.
Uchinchi   marta   po’st   tashlagandan   keyin   tanasining   rangi   deyarli
o’zgarmaydi. erkaklarining mo’ylovlari 21 – 22 ta, urg’ochilariniki 22 – 23 ta
bo’g’imli bo’ladi.
Beshinchi (oxirgi) yoshdagi erkak lichinkalarning  uzunligi 12 – 23  mm ,
urg’ochilariniki 24 – 28   mm   ga yetadi. Qanot boshlang’ichlari qorinchaning
uch   –   to’rtinchi   bo’g’imigacha   yoyiladi.   Orqasining   old   qismi   qanot
boshlang’ichlarining tubini qoplab oladi. Tanasining rangi avvalgicha qoladi.
erkaklarining   mo’ylovlari   23,   ba’zan   24,   urg’ochilariniki,   aksincha,   24,
ba’zan 23 bo’g’imli bo’ladi.
Hayot kechirishi.   Voha chigirtkasi tuxum qo’yish uchun chim bosgan
uvatlarni,   yo’l   yoqalari   va   ariq   chetlarini,   tashlandiq   yer   va   eski
bedapoyalarni,   ayniqsa   ajriq   (Synodon   dastylon   Sos.)   bosgan   yerlarni
tanlaydi.   Qir   chigirtkasi   tuxumlarini   sug’orilmaydigan   lalmi   yerlarga, zichlashgan tuproqlarga, ko’pincha vohalarga chegaradosh yerlarga, ayniqsa
yengil qumoq tuproqli uchastkalarga qo’yadi. 
CHigirtkalar   eng   yaxshi   ko’rib   tuxum   qo’yadigan   yerlarda   ham   1   m 2
ye
rga   ko’p   deganda   130   tagacha   ko’zacha   qo’yadi;   ammo   Lepyoshkin
ma’lumotlariga qaraganda, ba’zi bir ayrim hollarda 1 m 2  
ga 665 va hatto 855
tagacha ko’zacha qo’yilishi mumkin. Odatda esa har m 2  
 da 5 dan 20 tagacha
ko’zacha bo’ladi.
Qizil chigirtka galalashib hayot kechirishidan yakka – yakka o’tayotgan
tiplardir.   Qir   chigirtkasida,   ayniqsa   u   ko’plab   urchigan   yillari   galalashib
hayot kechirish instinkti yaqqol ko’rinadi. Bunday yillarda qir chigirtkasining
lichinkalari hamisha harakatlanib turadigan ancha katta to’dalarga to’planadi,
yetuk   chigirtkalar   esa   unchalik   g’uj   bo’lmagan   galalarga   to’planib   yaqin
masofaga uchib boradi.
Voha chigirtkasining lichinkalari tuxumdan chiqqandan keyin ikkinchi
kundan   oziqlana   boshlaydi.   Ular   faqat   kunduz   kuni   oziqlanib,   kechasi
harakatlanmaydi.   Lichinkalar   aprel-may   oyining   boshida   taxminan   ertalab
soat 9 da mayning ikkinchi yarimidan boshlab quyosh chiqqandan yarim soat
o’tgach,   havo   harorati   16   –   18   0
S   gacha   ko’tarilgan   paytda   oziqlanishga
kirishadi.   Tajribalarga   ko’ra   qir   chigirtkasining   oziqlanishiga   shamolning
esish   darajasi   anchagina   ta’sir   yetadi.   SHamolli   kunlarda   va   havo   harorati
yuqori   bo’lgan   paytda   chigirtkalar   ertalab   ovqatlanadi.   SHamolli   kunlarda
lichinkalar   havo   harorati   20   0
S   dan   kam   bo’lmagan   vaqtda   qattiq   shamol
esganda   esa   harorat   28   0
S   ga   yetganda   oziqlana   boshlaydi.   Lichinkalar
ertalabki soatlarda hamda kechqurungi 3 dan 5 gacha ayniqsa xo’ra bo’ladi.
Harorat 37   0
S dan oshganida lichinkalar oziqlanishdan to’xtaydi, soya joyga
yashirinadi.   Qizil   chigirtka   lichinkalari   g’o’za,   dukkakli   lubli,   moyli,   donli,
ildiz mevali va tuganak mevali ekinlar, poliz va tamaki ekinlari, karam, sabzi,
piyoz   va   boshqalardan   iborat   sabzavot   ekinlari,   shuningdek   tok,   ba’zan   esa tsitrus, yong’oq, tut va boshqalardan iborat daraxtlar kabi ko’p xil o’simliklar
bilan   oziqlanadi.   SHu   bilan   birga   g’allasimon   ekinlari   g’allagullilar   oilasiga
kirmaydigan yovvoyi o’simliklardan yantoq va shuvoqni ham yaxshi ko’radi.
Bundan   tashqari   qizil   chigirtkalar,   ayniqsa   qir   chigirtkasining
lichinkalari   har   xil   o’simliklarning   qurigan   qismlarini   ham   yeydi.   YOsh
lichinkalar   asosan   barglarni   shikastlaydi,   barglarning   o’rtasini   kemirib
tashlaydi,   eng   yosh   lichinkalar   esa   barglarni   ilma-teshik   qilib   qo’yadi.
Rivojlangan   lichinkalar   ko’pincha   barglarning   atrofini,   ayrim   hollarda
o’rtasini kemiradi. Bu lichinkalar barglardan tashqari o’simliklarning gullari
g’unchalari va mevalarini ham yeb qo’yadi.
Voha   chigirtkasining   lichinkalarida   yoshligidan   to   tuxum
qo’ygunigacha bo’lgan davrda ko’chib yurish instinkti kuzatiladi. Tuxumdan
chiqqan   lichinkalar   dastab   quruqroq   yerlarga   so’ngra   bu   yerlardagi
o’simliklar qisman quriganidan keyin o’simligi ko’p pastliklarga ko’chib, shu
joyda   qanot   chiqaradi.   Qanot   chiqargan   chigirtkalar   tuxum   qo’yish   joyiga
uchib ketadi, ular ajriqzorlarni ayniqsa yaxshi ko’radi. 
Quruq   joylarda   tuxumdan   chiqqan   qir   chigirtkasi   ham   u   yerdagi
o’simliklar   quriy   boshlashi   bilan   ko’proq   o’simligi   bor   joylarga   ko’chadi,
biroq vohaning uncha ichkarisiga o’tmay, o’simliklari suv kamchil sharoitida
o’sadigan   yerlarda   qolishni   yaxshi   ko’radi,   chunki   tuxum   qo’yish   uchun
yangidan qum sahrolarga qaytadi. 
To’qay (Osiyo, ko’chmanchi) chigirtkasi
Losusta migratoria L.
Markaziy   Osiyoda   to’qay   chigirtkasining   xo’jalikka   zarar   yetkazish
darajasi   jihatidan   morfologik   va   biologik   jihatlardan   o’zaro   farq   qiladigan
ikkita   fazasi   uchraydi.   Ulardan   biri     galalashib   yashaydigan   (L.migratoria
L.ph.   gregaria)   va   ikkinchisi   yakka–yakka   yashaydigan   (L.migratoria L.pr.solitaria)   fazalaridir.   Bir   fazali   chigirtkalarning   hayot   kechirish
sharoitiga qarab paydo bo’ladi va bir faza ikkinchi fazaga o’ta oladi.
Zarari.   O’tmish   asrlarda   to’qay   chigirtkasi   Markaziy   Osiyo   uchun
katta   bir   ofat   edi.   Hozirgi   chigirtkalar   hayot   kechiradigan   joylarda   ekologik
sharoitning   o’zgarishi   va   yerlarning   o’zlashtirilishi     natijasida   bu
zararkunanda   qishloq   xo’jaligiga   juda   kam   zarar   yetkazadi.   endilikda   bu
chigirtka Qoraqolpog’istonda unga chegaradosh  bo’lgan Xorazm vohasidagi
qishloq   xo’jaligi   ekinlari   uchun   asosiy   zararkunanda   bo’lishi   mumkin.
Lichinkalari,   asosan   bug’doy,   arpa,   makkajo’xori   va   oq   jo’xori   ekinlarini
zararlaydi. Uchib yuradigan chigirtkalar esa g’o’za va boshqa ekinlarini ham
zararlashi   mumkin.   Bundan   tashqari,   lichinka   va   chigirtkalar   daryo   va   ko’l
yoqalaridagi katta maydonlarda o’sayotgan, yoqilg’i, qurilish materiallari va
mol ozig’i sifatida foydalaniladigan qamish (Phragmites sommunis Trin.) ni
ham nobud qiladi.
To’qay chigirtkasining yakka hayot kechiradigan xili ekinlarga kamdan
kam zarar yetkazadi.
Tarqalishi.   To’qay   chigirtkasi   Markaziy   Osiyoda,   Qozog’iston,
Kavkaz   va   Kavkaz   ortida,   Quyi   Volga   bo’yi,   Janubiy   Ukrainada,   G’arbiy
Sibirning   janubiy   qismida,   Kichik   Osiyoda,   Janubiy   yevropada,   Xitoy   va
YAponiyada uchraydi. 
Ta’rifi.   e rkagining   peshonasidan   qanotustligi   oxirigacha   uzunligi   6–7
sm ,   urg’ochisiniki   esa   7–7,5   sm   keladi;   gala   bo’lib   yashaydigan
chigirtkalarning   rangi   ko’kish   qo’ng’ir   yoki   sarg’ish;   yakka   yashaydigan
chigirtkalarniki   esa   ko’pincha   yashil   bo’ladi.   YAkka   –   yakka   yashaydigan
chigirtka  orqasining  old  qismi  o’rtasida  yoyga  o’xshash  baland  qirra  borligi
yaqqol   ko’rinib   turadi.   Galalashib   yashaydigan   chigirtka   orqasining   old
qismidagi   qirrasi   past   bo’ladi;   uning   o’rta   qismi   botib   tursa   ham,   yon
tomonidan   qaraganda   to’g’ridek   bo’lib   ko’rinadi.   YAkka   yashaydigan chigirtkalarning   keyingi   oyoq   sonlari   qanotustligining   yarmisidan   uzunroq,
galalashib   yashaydigan   chigirtkalarda   esa   bir   muncha   kaltaroq   bo’ladi.
Keyingi   oyoq   boldirlarining   rangi   galalashib   yashaydigan   chigirtkalarda
ko’kish, yakka yashaydigan chigirtkalarda esa qizil bo’ladi.
Qanotustlarida ko’pdan ko’p qoramtir dog’chalar bor, keyingi qanotlari
oynasimon   yaltiroq,   ularning   tubiga   yaqin   qismi   sarg’ish   yashil,   ustki
jag’larining tubi ko’kimtir rangli bo’ladi.
Galalashib   va   yakka   holda   yashaydigan   chigirtkalarning   tashqi
ko’rinishlarida xilma – xil o’zgarishlar bo’lib turadi. 
To’qay   chigirtkasining   ko’zachalari   yirik   –   uzunligi   to   8   sm   gacha
yetadi   va   salgina   egik   bo’ladi.   Ko’zachalarning   devori   mo’rt   bo’lganidan,
ularni tuproqdan chiqarib olish ancha qiyin. Ko’zachalarning yuqorigi qismi
qotib qolgan qo’ng’ir rangli g’alvirak probka bo’lib, pastki qismiga 55 – 115
ta   tuxum   to’rt   qator   qilib   joylanadi.   Tuxumining   uzunligi   7   mm   cha   keladi.
Galalashib   yashaydiganlarida   lichinkalar   dastlab   qoramtir,   deyarli   qora
rangli,   tanasining   pastki   tomoni   ustkisiga   qaraganda   ochroq   bo’ladi.
Keyinchalik ularning tanasi qizg’ish qo’ng’ir tusga kiradi va ko’kragining old
qismidan   baxmalsimon   chiziqlar   o’tadi,   qanot   boshlang’ichlari   qora.   Siyrak
joylashgan to’dalardagi lichinkalar ochroq rangda bo’ladi, bunday lichinkalar
qo’ng’ir   emas,   balki   ko’kimtir   tus   oladi.   To’dalar   qachon   zich   bo’lsa,
lichinkalar   shuncha   qoraya   boradi   va   ular   orqasining   old   qismidagi
baxmalsimon qora chiziqlar ancha ravshan ko’rinib turadi. 
YAkka   yashaydigan   chigirtkalarning   lichinkalari   yashil   yoki   sarg’ish
bo’lib   ularda   baxmalsimon   qora   chiziqlar   bo’lmaydi.   Katta   yoshlardagi
lichinkalar   orqasining   old   qismida   yoysimon   qirra   borligi   ravshan   ko’rinib
turadi.   To’dalar   g’ujlashgan   sari   lichinkalarning   rangi   qoraya   boradi.
Ularning rangi bilan galalashib yashaydigan lichinkalarning rangi o’rtasidagi
farq kamayadi. To’qay chigirtkasining lichinkalari 5 yoshni kechiradi.
Hayot   kechirishi.   To’qay   chigirtkasi   ko’zachalarini   daryo   va   ko’l
yoqalaridagi   pastliklarga,   qurib   qolgan   ko’l   tublaridagi   qamishzor   va
g’allasimon o’t poyalarga qo’yadi. Ko’klam va yoz fasllarida  bunday  joylar
sernam   va   harorat   ko’tarilganida   zararkunandaning   rivojlanishi   uchun   qulay
bo’ladi.  SHu  bilan birga  qamish  va  g’allasimon o’tlar  bu chigirtkalar  uchun
eng   sevimli   oziqa   bo’ladi.   CHigirtkalar   o’rnashib   olgan   tipik   joylar   tuxum
qo’yish joyi deb ataladi.
Lichinkalar   bahorda:   Markaziy   Osiyoning   janubiy   qismlarida   aprel
o’rtasida,   SHimoliy   Qozog’istonda   may   oyining   oxirida   tuxumdan   chiqa
boshlaydi.   Lichinkalarning   tuxumdan   chiqish   vaqti   shu   joy   iqlimiga   va   ob-
havo   sharoitiga   ham   bog’liq.   Bundan   tashqari   chigirtka   tuxum   qo’ygan
joylarda ko’klamgi suv toshqinlari ham lichinkalarining tuxumdan chiqishini
juda   kechiktirib   yuborishi   mumkin;   lekin   bunday   toshqin   ko’zachalardagi
tuxumlarni   nobud   qilmaydi,   ammo   ko’zachalar   uzoq   vaqt   suv   ostida   qolsa,
birmuncha zararlanadi.
Tuxumdan   chiqqan   lichinkalar   g’uj   yoki   siyrak   to’dalarga   to’planadi.
Lichinkalar   birinchi   po’stini   tashlab   ikkinchi   yoshga   o’tganlaridan   so’ng,
ularning   to’dalari   muayyan   bir   tartib   bilan   harakat   eta   boshlaydi.   Ular
qamishzordan kamroq o’simlikli va taqir joylar, yo’llar, so’qmoqlar bo’ylab
siljiydi.   SHu   sababli   ularning   to’dalari   marokash   chigirtkasi   lichinkalarniki
singari   yon   tomonlarga   keng   yoyilib   harakat   qilmay,   birin   ketin   keladigan
uzun   tizmaga   o’xshab   harakatlanadi.   To’qay   chigirtkasi   lichinkalari   bilan
kurashda ularning yo’l bo’ylab harakat qilishidan foydalaniladi.
Lichinkalarning   ertalabki   harakati   tuproq   yuzasining   qizish   darajasiga
qarab   boshlanadi.   Masalan,   bir   yoshdagi   lichinkalar   harorat   12   –   13   0
S   ga,
undan   keyingi   uch   yoshlardagi   lichinkalar   harorat   14   –   16   0
S   ga   va   katta
yoshdagi lichinkalar harorat 20 – 22  0
S ga yetganda harakatlana boshlaydi. Kunduzgi   harorat   50   0
S   dan   oshganida   lichinkalar   soya   joylarga
yashirinib,   harakatlanishdan   to’xtaydi.   Ular   kechqurun   o’simliklarga
o’rmalab   chiqib,   to   ertalabgacha   oziqlanmaydi.   ertalab   soat   7   –   8   dayoq
lichinkalar oziqlanish uchun to’dadan chiqib har tarafga tarqaladi. Oziqlanib
bo’lganlaridan   so’ng   qaytadan   to’dalarga   to’planib   muayyan   tartibda
harakatlana   boshlaydi   va   yo’l   –   yo’lakay   oziqlanish   uchun   to’xtaydi.   Katta
yoshlardagi   lichinkalar   ko’pincha   tunagan   o’simliklardan   tushguncha   ham
oziqlana beradi.
Ba’zan   hamma   yoshlardagi   lichinkalar   ham   ertalab   oziqlanish   uchun
tarqalmasdan   to’dalashib   harakatlana   beradi.   Bunday   hollarda   ular   kechroq
ovqatlanadi. 
Voyaga   yetgan   chigirtkalar   ovqatni   unchalik   tanlamaydi,   ular
g’allasimon  o’tlarni  yaxshi  ko’radi,  lekin  daraxt  va  tok  barglarini  ham  yeya
beradi.
Lichinkalar   tuxumdan   chiqqanidan   40   –   45   kun   o’tgach   po’st   tashlab,
voyaga   yetgan   chigirtkaga   aylanadi.   Qanot   chiqargan   chigirtkalar   yaqin
joylarga   bot   –   bot   ucha   berib   chiniqqanlaridan   keyin   galalashib   birato’la
uchib ketadi. Bunda ular u kechasi to’xtab, kunduzi bir necha o’n va hatto bir
necha   yuz   kilometr   yo’l   bosadi.   To’qay   chigirtkasi   uchish   vaqtida   tuxum
qo’yish   joyidan   uzoqda   bo’lgan   ekinlarga   zarar   yetkazadi.   Bu   chigirtkalar
tuxum qo’yish joyidan muayyan tomonga, aksariyat hollarda qattiq shamollar
yo’nalishiga qarab uchadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

HAMAXO’R ZARARKUNANDALAR VA ULARGA QARSHI KURASH Reja: 1.Hamaxo’r zararkunandalar tur tarkibi, zarari, tarqalishi, hayot kechirishi 2. Hamaxo’r zararkunandalar va ularga qarshi kurash choralari o’rganish

Markaziy Osiyoda Asrididae oilasiga, Orthoptera turkumiga kiruvchi marokash chigirtkasi (Dosiostaurus marossanus Thnb), otbosar chigirtkasi (D.sraussi Lng.), sholi chigirtkasi (Oxya fussvoittata Marsh), qir chigirtkasi (Sflliptamus turanisus Tarb), voha chigirtkasi (S. italisusL.), turkman chigirtkasi (Ramburiyella tursomana F.W) va to’qay chigirtkasi (Losusta migratoria L) ekinlarga katta zarar yetkazadi. Bulardan tashqari, ba’zi yillari ayrim mintaqalarda konofimalar (jumladan, Sonophyma jasobsoni Uv. Df S. sokolowi Zub), katta saksovul chigirtkasi (Derisorys Albidula Serv.) va qora targ’il chigirtka (Osdaleus desorus Germ.) ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi. 1929 yili Markaziy Osiyo respublikalariga erondan uchib kelgan shistotserka chigirtkalari (Schistosersa gregaria Forsk) turli ekinlarga katta zarar yetkazdi. Markaziy Osiyoda qishlamaydigan bu zararkunandaning bizga uchib kelishi juda kam uchraydigan hodisa bo’lib, keyingi yuz yil mobaynida faqat 1901, 1902 va 1929 yillardagina ro’y berdi. Zararkunanda chigirtkalar galalashib va yakka-yakka bo’lib yashaydigan guruhlarga bo’linadi. Galalashib yashaydigan chigirtkalar g’uj bo’lib turadi. Bunday chigirtkalarning g’ujlangan lichinkalari gala deb, ayrim lichinkalari esa chigirtkalar deb ataladi. Voyaga yetgan chigirtkalar gala-gala bo’lib uchadi. CHigirtka galalari quyoshli iliq kunlarda doimo harakatlanib turadi, ammo sovuq va bulutli kunlarda bir joyda tura beradi. Lichinkalar kechasi o’simliklarda tunaydi va ertalab, yer beti birmuncha qizigandan keyin, harakatlana boshlaydi. CHigirtka to’dalari kun issiq vaqtlarda ham harakat qilmaydi, bu paytda chigirtkalar o’simliklarning soyasiga yashirinadi va harorat pasayishi bilan harakatga kiradi. SHu tariqa, chigirtka to’dalari ba’zan har sutkada ikki marta-kechasi va kunduzi dam oladi.

Lichinka yoki yosh chigirtkalar qanot chiqargandan keyin, gala bo’lib avvalo yaqin masofalarga, keyinchalik esa uzoq joylarga uchadi. Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng ular voyaga yetib juftlashadi va tuxum qo’yadi. YAkka-yakka yashaydigan chigirtkalar gala bo’lib to’planmay, bir joyda hayot kechirib, qulay sharoit tug’ilishi bilan juda ko’plab urchiydi. Bu chigirtkalarning lichinkalari ham, voyaga yetganlari ham muayyan tartibda ko’chib yurmaydi. Galalashib, shuningdek yakka-yakka yashaydigan chigirtkalar bir necha donadan to yuzgacha va ba’zan undan ham ko’proq tuxum qo’yadi. Ular tuxum qo’yishdan oldin tuxum qo’ygichlari va qorinchasining uchi bilan yerni kavlab chuqurcha yasaydi, tuxumlarni o’sha chuqurchalarga qo’yadi. CHigirtkalarning ko’pchiligi chuqurchaga qo’ygan tuxumlarining ustini jinsiy sistemasidagi qo’shimcha bezlardan ajratiladigan va havoda tez qurib qoladigan ko’piksimon modda bilan suvab qo’yadi. Bu tuxumlar atrofiga tuproq yopishib, ko’zacha (kubishka) hosil qiladi. Tuxumlarning ustida ko’piksimon modda (probochka) bo’lmaganida ham tuproq tuxumning tashqi devoriga yopishib, ko’zachalar hosil bo’ladi. Har qaysi turga qarashli chigirtkalarning ko’zachalari o’ziga xos shaklda va har xil kattalikda bo’ladi. CHigirtkalarning har qaysi turi tuxumlarini o’ziga xos keladigan joylarga qo’yadi. Marokash chigirtkasi Dosiostaurus marossanus Thnb Zarari. Marokash chigirtkasi har xil dala o’simliklarini zararlaydi; arpa, bug’doy, oq jo’xori, tariq, makkajo’xori, tamaki, beda, g’o’za va poliz ekinlariga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Bu chigirtka o’zi uchun qulay kelgan yillari keng ko’lamda urchiydi.

Tarqalishi. Marokash chigirtkasi Markaziy Osiyoda, Kavkaz va Kavkaz ortida, Qrimda, hamma yaqin sharq mamlakatlarida, Bolqon yarim orolida, janubiy yevropa mamlakatlari va SHimoliy Afrikada uchraydi. Bu chigirtka Markaziy Osiyoda quruq cho’llarda, tog’ yonidagi tashlandiq yerlarda uchraydi, shu sababli u cho’l chigirtkasi deb ham ataladi. Ta’rifi. Urg’ochi chigirtkaning uzunligi 2,5–4,2 sm , erkaginiki 2–3,5 sm keladi. Marokash chigirtkasi jigar rangda bo’ladi. Och qo’ng’ir tusdagi ko’kragining old qismida X harfiga o’xshash oq naqshi bor, bu chigirtka boshqa chigirtkalardan ana shu naqshi bilan farq qiladi. Ko’krak oldi yon tomonlarida bittadan qora dog’ bor, bu dog’larning orqa tomoniga oq dog’lar tutashib turadi. Qanotustligi va qanotlari qorinchasidan uzunroq bo’ladi. Qanotustligi qora dog’chalar bilan qoplangan och qo’ng’ir tusda. Orqa qanotlari tiniq. Lichinkalari besh yoshni kechiradi. Ular dastlab qoramtir bo’lib, rivojlangan sari oqara boradi va eng oxirida och qo’ng’ir tusga kiradi, shu bilan birga ko’kragining old tomonidagi X harfiga o’xshash naqsh ancha ravshan ko’rinib turadi, birinchi yoshdagi lichinkalarida esa bu naqsh deyarli ko’rinmaydi. Lichinkalarga qarshi kurashda ularning yoshini bilib olish juda katta ahamiyatga ega. Lichinkalarning yoshi qo’yidagi belgilarga qarab aniqlanadi. 1–yoshdagi lichinkaning uzunligi 5–8 mm keladi, mo’ylovchalari 13 bo’g’imli bo’ladi, qanot boshlang’ichlari bo’lmaydi, jinsiy belgilari deyarli bilinmaydi, urg’ochisi erkagidan qorinchasining 8–9 va 9-sternitlari o’rtasida botib turgan joylar bo’lishi va oldingi yelkasining ketingi cheti salgina botib turishi bilangina farq qiladi. 2–yoshdagi lichinkaning uzunligi 5,5–11 mm keladi, mo’ylovchalari 15–17 bo’g’imli bo’ladi, orqasining ketingi burchaklari uchlanib, orqa tomonga qayrilib turadi, qanotlar ana shu burchaklardan chiqadi. Urg’ochi

lichinkalarning tuxum qo’ygich boshlang’ichlari uchlanib turgan ikki juft plastinkaga o’xshaydi; oldingi yelkasining oxirgi chetida o’yiqchasi bo’lmaydi. 3–yoshdagi lichinkaning uzunligi 8–14 mm keladi, mo’ylovchalari 20 bo’g’imli bo’ladi, qanot boshlang’ichlari aniq ko’rinadi, qanotustligining boshlang’ichlari esa kattaroq bo’ladi; urg’ochisining tuxum qo’ygich boshlang’ichlari yaqqol ko’rinib turadi. 4–yoshdagi lichinkaning uzunligi 13–21 mm , lekin erkagi (13-19 mm ) urg’ochisidan (15-21 mm ) kichikroq bo’ladi; mo’ylovchalari 21 – 22 bo’g’imli; qanotlarining uch burchakli boshlang’ichlari qanotustligining cho’zinchoq boshlang’ichlari esa kattaroq bo’ladi va qanotustliklarini qoplab turadi; qanot boshlang’ichlari bundan oldingi yoshlardagi lichinkalarniki singari pastga qarab turmay, yuqoriga qarab rivojlanadi. 5–yoshdagi erkak lichinkalarning uzunligi 17–24 mm , urg’ochilariniki 19 – 28 mm bo’ladi; mo’ylovchalari 23 – 24 bo’g’imli; qanot boshlang’ichlari qorinchasining uchdan bir qismini yoki yarimini qoplab turadi. SHu tariqa marokash chigirtkasi lichinkalarining yoshini mo’lovlaridagi bo’g’imlar soniga qarab aniqlash to’g’ri bo’ladi. Hayot kechirishi. Marokash chigirtkasining lichinkalari tog’larda, odatda aprelning birinchi yarmida yoki bahor sovuq kelgan yillarda aprel o’rtasida va hatto oxirida ancha birdamlik bilan tuxumdan chiqadi. Lichinkalar qo’riq yerlarda 3 – 6 kunda chiqib bo’ladi, tuman doirasida esa bu yarim oygacha cho’ziladi. Marokash chigirtkasining tuxumdan chiqish vaqti yaqinlashib qolganligi quyidagicha aniqlanadi: ko’zacha ichidagi tuxum olinib uning uchi bormoq bilan qisiladi, shunda tuxumdan suyuq modda chiqsa, bu lichinkalarning chiqishiga hali ancha vaqt borligini, tuxumdagi