BOSHOQLI, DON-DUKKAKLI eKINLAR VA BEDA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
BOSHOQLI, DON-DUKKAKLI eKINLAR VA BEDA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH Reja: 1 . Boshoqli don, sholi, makkajo’xori ekinlari zararli organizmlari. 2 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari zararkunanda va kasalliklari, hamda kurash choralari. 3 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari ekilgan dalalarda begona o’tlarga qo’llaniladigan gerbitsidlar. 4 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari zararli organizmlariga uyg’unlashgan kurashni qo’llash. 5.Beda ekinlarida uchrovchi asosiy zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tizimi.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi oldiga aholini don bilan to’la ta’minlash vazifasi qo’yilgan. Respublika mustaqillikka erishganidan keyin respublikaning g’alla mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bo’lgan talab-ehtiyojini respublikaning o’zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik vazifaga aylandi. Keyingi yillarda g’allachilikni ustivor sur’atlarda rivojlantirish bo’yicha katta amaliy ishlar bajarildi, g’allachilik, paxtachilik qatorida birinchi darajali tarmoqqa aylandi. 2010 yil 6,130 mln. tonna g’alla tayyorlandi. 1996 yilda g’alla maydonlari 1700 ming gektarni (uning 1200 ming ga sug’oriladigan yerlarda) tashkil etdi. Respublikaning g’allaga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlashda (bir yilda (6 mln. tonna, jon boshiga ilmiy asoslangan yillik me’yori 300 kg) hosildorlikni oshirish, dexqonchilik madaniyatini yuksaltirish, urug’chilikni yaxshilash, navli urug’lik ekish, hosilni zararkunanda va kasalliklardan saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. G’alla ekinlari hosilini sug’oriladigan maydonlarda har gektarda 30- 35 tsentnerga yetkazishni ta’minlash zarur. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatdiki o’rtacha gektaridan 50-70 tsentner va undan ko’proq don yig’ib olishni ta’minlash uchun zamonaviy intensiv texnologiyani qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu texnologiyani asosiy talablari quyidagilardan iborat: - ixtisoslashtirilgan almashlab ekishni iloji boricha ko’proq asosiy ekinlar bilan ta’minlash; - o’g’itga talabchan yuqori hosilli intensiv tipdagi navlarni ekish; - tarkibida elementlar balansi saqlangan holda yuqori miqdorda o’g’itlarni g’alla maydonlariga kiritish; - dehqonchilikda tuprok himoyasi tizimini qo’llash;
- yuksak dehqonchilik madaniyati, agrotexnika talablarini sifatli va o’z vaqtida bajarish, jumladan, ekishda yuqori sifatlt urug’lardan foydalanish. YUqorida keltirilgan usullardan dastlabki to’rttasini qo’llash odatda fitosanitariya vaziyatini yomonlashtiradi, ekinlarga kasallik, zararkunanda va begona o’tlarning ta’sirini kuchaytiradi. Natijada ular hosilni kamaytiruvchi asosiy omilga aylanadilar. Hisoblarga qaraganda jahonda zararli organizmlar faoliyatidan qishloq xo’jalik ekinlarining 30 % dan ortiq hosili yo’qotiladi. SHuning uchun ham intensiv texnologiya qo’llanishining oltinchi muhim sharti, o’simliklar himoyasida kimyoviy himoya vositalaridin keng foydalanish, jumladan, fungitsidlar, insektitsidlar va gerbitsidlarni samarali qo’llashni ta’minlashdir. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga chidamliligida navlarning ishlab chiqarishdagi yangi kelajagi bor navlarni ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa kompleks va guruhli chidamlilikka ega bo’lgan navlarni himoyalash zarur. Boshoqli don, sholi, don dukkakli ekinlarni zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish. O’zbekiston hududida g’alla va don-dukkakli ekinlar zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlari to’g’risida ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: Zararli xasva, qalqondorlar, qisqichbaqa, bug’doy tripsi, puch gul tripsi, g’allagullilar bitlari, qarsildoq qo’ng’izlar, may qizil oyoq qo’ng’izi, shilimshiq qurt, sholi suv filchasi, gessen pashshasi, suv bo’yi chivini, shved pashshasi kabilar g’alla ekinlariga katta zarar yetkazadi. Makkajo’xorini esa qarsildoq qo’ng’iz, makkajo’xori kapalagi, ko’sak qurti, don-dukkakli ekinlarni qo’ng’izlari, no’xat qo’ng’izi, dumli
ko’k kapalak, bir rangli tunlam, o’rgimchakkana, chigirtkalar, simqurtlar, ko’k qurtlari kabilar zararlashi mumkin. Don va don dukkakli ekinzorlarda qorakuya, ildiz va poya chirishi, kulrang chirish, gelmintosporioz, fuzarioz, prikulyarioz, peronsporoz, oq chirish, zang va antraknoz kasalliklari uchrab zararlaydi. G’alla ekinlaridan yuqori hosil olish uchun yalpi rivojlangan yillari hosildorlikni keskin pasaytiruvchi zararkunanda va kasalliklarga alohida e’tibor berish kerak. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida bug’doy sezilarli darajada shikastlanishiga qo’yidagilar sabab bo’ladi: oddiy g’alla bitlari, shilimshiqqurt, xasva, un shudring, gelmintosporioz, qo’ng’ir va sariq zang kasalligi, changli va qattiq qorakuya kasalliklari. Nihollik bachkilanish bosqichida bug’doyga oddiy g’alla bitlari zarar yetkazadi. Ular kuzgi nihollarga barg asosida, yaproq shapalog’i (plastinkasi) ning orqa tomoniga, ba’zan barg shapalog’ining oxiriga kuzdayok to’p-to’p (2-4 donadan) tuxum qo’yadi. Agar bahorgi namgarchilik cho’zilsa, shudring tushish, maydalab yomg’ir yog’ish, tuman kuzatilsa, boshoqlilar bitining yalpi ko’payishi naychalash bosqichi (aprelning oxiri mayning boshi) ga to’g’ri keladi. Bit shirasini so’rib, barg shapalog’ini rangsizlantiradi, yaproq sarg’ayadi, qurib qoladi, o’simlik fiziologiyasi buziladi. Kuchli zararlangan o’simlik boshoqlamaydi, agar boshoqlar chiqarib qolganida ham boshog’i qurishga moyil yoki puch bo’ladi. Tuplanish bosqichida g’alla ekinlarini shuningdek, O’zbekiston sharoitida tuproqda yetuk to’dasi (qo’ng’izi) qishlovchi shilimshiqqurt zararlaydi hamda g’allazorlarda aprelda (harorat 16-20°S bo’lganda) paydo bo’ladi. Zararkunanda cho’zinchoq, uzun teshik hosil qilgan holda yosh boshoqlilarning bargi bilan oziqlanadi. Bu davrda urg’ochilarida tuxum mahsuloti (7-15 mayda) yetiladi. Qo’ng’izlar bargga qatoriga 3-7 donadan tuxum qo’yadi. Urg’ochi qo’ng’izlar serpupgg bo’lib, 120-200 dona tuxum
qoldiradi. 12-15 kun o’tgach lichinkalar paydo bo’ladi, bargning butun yashil qismini qirtishlagan holda u bilan oziqlanadi (12-14 kun). Zararlangan barg biroz quriydi, hammasi o’simliklarning o’sishi 2-2,5 hafta kechikadi, hosildorlik 21-25, don massasi esa 11,3-14,4 foizga pasayadi. Zararlangan o’simliklardan hosil yig’ishtirib olinganda non pishirish nuqtai nazaridan sifati yomonlashadi. YAlpisiga zararlanganda 27,6 % gacha hosil yo’qotiladi. SHilimshiqqurt xuddi g’alla ekinlari biti singari bahor eng seryog’in kelgan yillarda yalpisiga zararlaydi. Bachkilash-boshoqlash bosqichida g’alla ekinlarini tugagan ang’iz osti, tuproqning yuqori qatlamida imago (etuk) bosqichida qishlovchi zararli xasva shikastlaydi. Qandala bahorda 16-20°S li haroratda uyg’onadi va yosh poyalar to’qimalarining shirasi bilan oziqlanadi, xartumchasi bilan o’simlik o’rtasi yoki asosini teshadi. Bu markaziy yaproqning nobud bo’lishi va zararlangan poyaning qurib qolishiga olib keladi. Zararlangan o’simlik ikki tomoni ochiq qiltiqli oq, puch boshoq beradi. Boshoqlarning hamma hosili yo’qotiladi. Bundan tashqari ulg’aygan qandalalar va katta yoshli lichinkalar don mavjudligi va sut pishiqligi davrida uning o’zi bilan oziqlanadi. Xasva oziqlanishi oqibatida donda epidermis mustahkamligi buziladi va unda to’liq to’lishmagan don shakllanadi. Un shudring, gelmintosproiz, qo’ng’ir va sariq zang kasalliklari boshoqli ekinlarning xuddi shu bosqichida paydo bo’lib, yuqorida qayd etib o’tilgan zararkunandalar balan bir vaqtda zarar yetkazadilar. Kasalliklarning rivojlanishi uchun maydalab yoqqan yomg’ir, harorat o’rtacha 10-18°S bo’lganda yuqori havo namligi hisoblanadi. YUqorida qayd etib o’tilgan zararkunandalar va kasalliklar oqibatida juda ko’p hosil yo’qotiladi. Zararkunanda va kasalliklarni kamaytirishda o’z vaqtida o’tkazilishi zarur bo’lgan agrotexnik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ang’izni