logo

BEGONA O‘TLARGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

293.857421875 KB
BEGONA O‘TLARGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI
1.   Gyerbitsidlar va ularning klassifikatsiyasi.
2.   Gyerbitsidlarning solish me’yori, usullari, muddatlari va me’yori.
3.   Begona o‘tlarga qarshi gyerbitsidlarni qo‘llash.
4 .   Gyerbitsidlarni qo‘llashda xavfsizlik choralari .
  1. Gyerbitsidlar va ularning klassifikatsiyasi
Hozirgi   vaqtda   qishloq   xo‘jaligida   begona   o‘tlarga   qarshi   kurashda
agrotexnika   chora-tadbirlari   bilan   bir   qatorda   kimyoviy   moddalar   -   gyerbitsidlar
ham keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.  Begona o‘tlarga qarshi kurashda gyerbitsidlar
samarali   vosita   hisoblanadi.   Ma’lumki,   begona   o‘tlarga   qarshi   kurashda
agrotexnika chora-tadbirlarini  qo‘llash ko‘p mehnat  va mablag‘ talab etadi hamda
uzoq   muddatga   cho‘ziladi.   Gyerbitsidlarni   qo‘llash   esa   qulay,   unumli   va   ancha
arzonga   tushib,   begona   o‘tlarni   qisqa   muddatda   yo‘qotib,   ekinlarning   hosildorligi
ortishini ta’minlaydi.
Ba’zi   bir   kimyoviy   moddalarning   begona   o‘tlarga   ta’sir   etish   va   ayni   bir
vaqtda   madaniy   o‘simliklarga   zarar   etkazmaslik   xususiyati   o‘tgan   asrning
oxirlaridayoq   ma’lum   bo‘lgan   edi.   Rus   matbuotida   1911   yildan   boshlab,   begona
o‘tlarni   yo‘qotishda   kimyoviy   moddalardan   foydalanish   zarurligi   to‘g‘risida
tavsiyalar   byerilgan   edi.   O‘sha   vaqtda   mis   kuporosi,   qorazang   (temir   kuporosi),
natriy   xlorat   va   boshqa   moddalar   qo‘llanilar   edi.   Bu   preparatlarning   kamchiligi
hamda ko‘p miqdorda, ya’ni gektariga 300-400 kg me’yorda sarflanishi ularni keng
ko‘lamda ishlatishga imkon byermadi.
Keyingi   15-20   yil   ichida   begona   o‘tlarga   qarshi   kimyoviy   yo‘l   bilan   kurash
olib   borish   chet   mamlakatlarda   hamda   bizda   keng   ko‘lamda   qo‘llanilmoqda.
MDXida   hozirgacha   100   xildan   ortiq   gyerbitsid   turli   ekinlarda   sinab   ko‘rilib,
samarali natija byerganlari qishloq xo‘jaligida ishlatilmokda.
Gyerbitsidlar   tasnifi.   Gyerbitsidlar   kimyoviy   tarkibiga   ko‘ra   anorganik   va
organik  gyerbitsidlarga bo‘linadi.
Hozirgi  vaqtda organik gyerbitsidlarning turi  kun sayin ko‘payib bormoqda.
Gyerbitsidlar  ekinlarga va begona o‘tlarga ta’sir  etish xaraktyeriga  ko‘ra,   tanlab
ta’sir etuvchi  va  yoppasiga  ta’sir etuvchi  ikki  guruhga bo‘linadi.
Tanlab   ta’sir   etuvchi   gyerbitsidlar   ekinlar   orasidagi   begona   o‘tlarga   salbiy
ta’sir   etib,   madaniy   o‘simliklarga   zarar   etkazmoqda.   Bular   begona   o‘tlarning
ayrim   turlarigagina   ta’sir   etadi,   xolos.   Ammo   me’yori   oshirilsa,   madaniy
o‘simliklarga   ham   salbiy   ta’sir   etishi   mumkin.   Ayrim   tanlab   ta’sir   etuvchi gyerbitsidlar bir pallali, ayrimlari esa ikki pallali o‘simliklarga ta’sir etadi.
YOppasiga   ta’sir   etuvchi   gyerbitsidlar   qo‘llanilgan   hududdagi   hamma
o‘simliklarni   yo‘qotadi.   SHuning   uchun   ular   dalalar   chetidagi,   yo‘llar   bo‘yidagi,
ariq,   zovur,   kanallar   ichidagi   va   qirg‘oqlaridagi   umuman   kyeraksiz   begona
o‘tlarga   qarshi   qo‘llaniladi.   Gyerbitsidlar   o‘simlikka   ta’sir   etish   xaraktyeriga
qarab ,  kontakt va ichdan ta’sir  etuvchilarga bo‘linadi.
Kontakt   gyerbitsidlar   begona   o‘tlarning   tekkan   joyiga   ta’sir   etadi,   ya’ni
o‘simlikning   organlari   bo‘yicha   harakat   etmaydi.   O‘simlikning   gyerbitsid
tegmagan   joyi   zararlanmay,   o‘z   hayotini   davom   ettiravyeradi.   SHuning   uchun
kontakt gyerbitsidlar bevosita o‘simlikning o‘ziga purkaladi.
Ichdan   ta’sir   etuvchi   gyerbitsidlar   esa   o‘simlikning   qaysi   qismiga   ta’sir
etishdan   qat’iy   nazar,   uning   tanasiga   singib,   hamma   organlari   bo‘ylab   harakat
qiladi. SHuning uchun u siljuvchi yoki sistem gyerbitsidlar deb ham ataladi. Bu xil
gyerbitsidlar   tuproqqa   sepilganda,   o‘simliklarning   ildizi   orqali   yer   usti   qismiga,
yer usti organlariga sepilganda esa  yer  osti  qismigacha singib borib uni  quritadi.
Xo‘jaliklarda  ichdan  ta’sir  etuvchi  gyerbitsidlarning  ahamiyati  katta  bo‘lib,  keng
ko‘lamda ko‘llaniladi.
Kontakt   va   ichdan   ta’sir   etuvchi   gyerbitsidlar   o‘z   navbatida   yoppasiga   va
tanlab   ta’sir   etish   xossasiga   ega.   YOppasiga   ta’sir   etuvchi   gyerbitsidlar
purkagich   nasoslar   bilan   jihozlangan   chopiq   traktorlari   yoki   maxsus
OUN-4-6, OTN-4-8 markali traktor purkagichlarda keng ko‘lamda, yozda begona
o‘tlar o‘sayotganda purkaladi.
2. Gyerbitsidlarning solish me’yori, usullari, muddatlari va me’yori
Gyerbitsidlar   suvda   yerish   xossasi,   o‘simliklarga   ta’sir   etish   xususiyati,
qo‘llanish joyi va muddatiga ko‘ra yeritma, suspenziya, granula (donador) holda
ishlatiladi.   Ularni   dalaga   uch   xil   usulda,   ya’ni   yoppasiga,   lenta   usulida   yoki
ekilgan qatorga, 25-30 sm kenglikdagi maydonning o‘t bosgan yerigagina sepish
mumkin.   Ular   ekinlarni   ekishgacha,   ekish   bilan   bir   vaqtda   va   ekilgandan   keyin
o‘simliklarning   har   xil   fazalarida   qo‘llaniladi.   Gyerbitsidlar   ekin   ekish   bilan   bir vaktda   sepilganda,   chigit   ekish   seyalkalariga   moslashtirilgan   PGS-2,4,   PGS-3,6
asboblari   yordamida   purkaladi.   Gektariga   qo‘llash   me’yori   uning   xossasiga,
qo‘llanish   joyiga   (tuproqqa,   o‘simlikka,   ekin   ekilgan   yoki   ekilmagan   dalaga
sepilishiga),   muddatiga,   ob-havo   sharoitiga,   begona   o‘tlarning   yoshiga,   oz-
ko‘pligiga va ularning ta’sirchanligiga qarab belgilanadi
Gyerbitsidlarning   begona   o‘tlarga   ta’sir   etishi   ular   normasini   to‘g‘ri
belgilashga   bog‘liq.   Muayyan   normadan   kam   qo‘llanilsa,   begona   o‘tlar   to‘liq
zararlanmaydi, ortiqcha qo‘llanilsa, madaniy o‘simliklarga salbiy ta’sir etadi.
Gyerbitsidlar   normasi   tuproq-iqlim   sharoitiga   (tuproqning   tipi,   yog‘in-
sochin,   havo   tempyeraturasiga)   va   boshqalarga   bog‘lik.   Mexanik   tarkibi   ogir,
syerchirindn yerlarda ishlatilgan gyerbitsidlar mexanik tarkibi engil, kumoq, kam
chirindili   yerlardagiga   kura   begona   o‘tlarga   kamroq   ta’sir   etadi,   SHunga   kura
gyerbitsidlar normasi ikkinchi holatdagiga kura biripchi xolatda yukoriroq bulishi
kyerak.
Gyerbitsidlar   tuproq   namligiga   turlicha   munosabatda   buladi,   ya’ni   preparat
suvda qancha yomon yerisa, tuproqda nam shuncha kup bo‘lishi kyerak. Ularning
begona   o‘tlarga   ta’sirchanligi   kurg‘okchil   sharoitdan   kura   tuproqda   nam   etarli
bulganda yuqori buladi. Bundan tashqari, gyerbitsid ishlatilgandan keyin tushgan
yog‘in   unn   tuproqning   pastki   qatlamlariga   yuvib   tushiradi   va   begona   o‘tlarga
ta’sirchanligini   keskin   kamaytiradi.   Bunday   hodisa   ayniksa   kumok,   qumloq
tuproqli yerlarda yakkol seziladi.
Ko‘pchilik gyerbitsidlar ob-havo tempyeraturasi 18 – 24°S atrofida bo‘lganda
begona o‘tlarga samarali ta’sir etadi, 25-300S da ta’siri kamayadi,   8 – 10°S da esa
umuman   ta’sir   etmayidi.   Gyerbitsidlarning   begona   o‘tlarga   ta’sirchanligiga
muayyan   tuproq   namligida   past   tempyeraturaga   ko‘ra   yuqor   tempyeratura   ijobiy
ta’sir   etadi.   CHunki   yukori   tempyeraturada   preparatning   tuproqqa   singishi   va
o‘simlikda almashinishi tezlashadi.
Ma’lumki, ko‘pchilik gyerbitsidlar oldin suvda yeritilib, so‘ng ishlatiladi. Har
gektar   yerga   sarflanadigan   yeritma   normasi   gyerbitsidning   turiga,   asosiy   ta’sir
etuvchi   modda   miqdoriga,   ko‘llash   usuliga   va   boshqa   sharoitga   bog‘lik. Gyerbididlarning   yerga   bir   tekisda   sochilishi   begona   o‘tlarni   yo‘kotishda   katta
ahamiyatga ega.
Gyerbitsidlar   tarkibida   asosiy   ta’sir   etuvchi   moddadan   tashqari,   boshqa
qo‘shimcha   moddalar   xam   bo‘ladi.   SHuning   uchun   asosiy   ta’sir   etuvchi
moddaning   protsent   miqdori   preparatga   bog‘liq   bo‘ladi   va   u   gyerbitsid
chiqarilgan yorliqda ko‘rsatiladi.
Gyerbitsidlar  me’yori ni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
D =   Ax100     
       R
bunda:   D   –   gyerbitsidni   qo‘llash   me’yori   (ga/kg);   A   –   ta’sir   etuvchi   moddaga
nisbatan   belginlangan   gyerbitsid   (ga/kg);   100   –   hisoblash   koeffitsienti;  
 R – preparatdagi ta’sir etuvchi modda (%).
YUqorida aytilganidek, gyerbitsidlarni qo‘llashdan oldin suvda yeritib, ishchi
yeritma   tayyorlanadi.   Har   gektar   yerga   sarflanadigan   gyerbitsid   miqdori   ma’lum
bo‘lgandan keyin suvning normasi belgilanadi va har 100 l suvda yeritilishi zarur
bo‘lgan   gyerbitsid   miqdori   aniqlanadi.   Buning   uchun   kuyidagi   formuladan
foydalaniladi:
                                     S=   Dx100
                                           Q
bunda:   S   –  ishchi   yeritmaning  konsentratsiyasi;   D   –  gyerbitsid   qo‘llash   me’yori
(ga/kg); Q – suv sarflash normasi (ga/l).
Gyerbitsid   yerga   purkalayotganda   yeritma   to‘g‘ri   sarflanishiga   katta   e’tibor
byerish   kyerak.   Traktor   purkagichlarda   (PGS-2,4   yoki   3,6   va   boshkalarda)   har
gektar   yerga   sarflanadigan   ishchi   yeritmani   ani q lash   uchun   quyidagn   formuladan
foydalaniladi:
Q=  g x n 60 x 10
                             V x B
bunda: Q – sarflanadigan yeritmaning normasi (ga/l); q – har bir nakonechikdan
chiqayotgan   yeritma   (min/l);   p   –   nakonechniklar   soni;   10 va 60 – hisoblash koeffitsientlari; V – traktorning harakat tezligi (soat/km);
V – purkagichning qamrash kengligi (m).
Yeritma   normasnning   to‘g‘riligini   nakonechniklar   tipi,   soni,   bosimiga,
agregatning harakat tezligiga qarab boshqarish mumkin.
Gyerbitsidlarning samaradorligini quyidagi formula bilan hisoblanadi:
             S=   A-Vx100        
                           A
b unda :   A-nazorat   variantida(yoki   gyerbitsidlar   sepish   o ldidan)   begona   o‘tlarning
soni dona/m 2
;   V-gyerbitsid sepilgandan keyin begona o‘tlarning soni, dona/m 2
.   
3. Begona o‘tlarga qarshi gyerbitsidlarni qo‘llash
G‘o‘za   dalalarida   gyerbitsidlarni   qo‘llash.   G‘o‘za   maydonlarida   begona
o‘tlarga   qarshi   gyerbitsidlar   keng   ko‘lamda   qo‘llanilmoqda.   O‘zbekiston
o‘simliklarni   himoya   qilish   ilmiy-tadqiqot   instituti   va   boshqa   ilmiy   muassasalar
tomonidan   qator   yangi   gyerbitsidlar   sinalib,   yaxshi   natija   byerganlari   ishlab
chiqarishda qo‘llanilmoqda.
CHigit ekishdan avval bir yillik ikki pallalik va g‘allasimon begona o‘tlarga
qarshi “Treflan”, “Nitran” gyerbitsidlari purkalganda so‘ng zudlik bilan tuproqqa
chizelь-boronalar  yordamida  aralashtiriladi.  Aks  holda gyerbitsid  quyosh  nuri  va
shamolning ta’sirida begona o‘tlarga samaraligi pasayib ketadi.
CHigit   ekish   bilan   bir   vaqtda   “Alkenza”,   ”Kotoran”,   ”Kotoneks”,   ”Stomp”,
”Gezegard”,   ”Samuray”,   ”Amir”   kabi   gyerbitsidlar   bir   yillik,   ikki   pallalik   va
g‘allasimon   begona   o‘tlarga   qarshi   ishlatiladi.   Ular   sepilgach   begona   o‘t
urug‘lariga   ta’sir   etib,   unib   chiqishi   bilan   sarg‘ayadi.   5-7   kundan   keyin   yosh
begona o‘t maysalari nobud bo‘ladi. Gyerbitsidlarning begona o‘tlarga ta’sir etish
kuchi 1,5-2 oy davom etadi va bir chopiq o‘rnini qoplash imkonini byeradi.
G‘o‘zani   o‘suv   (shonalash)   davrida   bir   va   ko‘p   yillik   g‘allasimon   begona
o‘tlarga   qarshi   “Fyuzilad-supyer”,   ”Dalelak-supyer”,   ”Nabu   pantyer”,   ”Fyuzelad
forte”,   ”SHogun”   kabi   gyerbitsidlar   ishlatilmoqda.   Begona   o‘tlar   yoshligida gyerbitsidlar ishlatilganda ularning samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Havo harorati va namlikning etarlik bo‘lishi gyerbitsidlarning begona o‘tlarga
ta’sir   etishini   tezlashtiradi.   SHu   bilan   bir   vaqtda   gyerbitsidlarni   ishlatish   vaqtida
havo   va   tuproq   harorating   past,   shamolning   tezligi
2-3   m/sek   dan   yuqori   bo‘lishi   esa   samaradorligiga   salbiy   ta’sir   etadi.
Gyerbitsidlardan   foydalanish   vaqtida   ularning   sarflash   miqdorini   haddan   ziyod
ko‘paytirib   yuborish   esa   g‘o‘za   nihollarining   tup   sonlarining   kamayishiga   olib
keladi.   Ularning   sarf   miqdori   tuproq-iqlim   sharoitlarini   hisobga   olinib,   begona
o‘tlarning   turiga   qarab   aniqlanadi.   Gyerbitsidlar   begona   o‘tlarning   asosiy   qismi
unib   chiqqandan   so‘ng   hamda   2-6   barg   chiqargach   bir   yillik   begona   o‘tlarning
balandligi   o‘rtacha   12-15  sm.   ko‘p   yillik   begona   o‘tlarniki   esa   8-12   sm.   bo‘lgan
muddatlarda purkash maqsadga muvofiqdir. 
Gyerbitsid   qo‘llashning   samaradorligi.   G‘o‘za   va   kuzgi   bug‘doyzorlardagi
begona o‘tlarga qarshi g‘o‘zaning shonalash davrida, kuzgi bug‘doyning tuplanish
davrida   ekinzorlirda   uchraydigan   bir   yillik   ikki   pallalik   begona   o‘tlardan   sho‘ra,
olabo‘ta,   ituzum,   bo‘ritaroq,   semizo‘tlarga   qarshi   “Kotoran”   80   foizli   n.k.,
“Stomp” 33 foizli s.e., “Dafosat” 36 foizli s.e., “Gezagard” 50 foizli n.k., 50 foizli
s.e. larini gektariga tasmasimon usulda 1-1,5, yoppasimon usulda 3-4 l. dan ekish
bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ularning samaradorligi 25-35 kundan keyin 90-95
foizga   etadi.   Tasmasimon   usulda   gyerbitsidlarni   chigit   ekish   bilan   bir   vaqtda
ishlatilganda   bir   yillik   g‘allasimon   o‘tlardan   kurmak,   ko‘k   qo‘noq,   qo‘noq
o‘tlariga qarshi o‘rtacha 89,2-92,5% samara byeradi.
Tajribalardan   aniqlanishicha,   ko‘p   yillik   begona   o‘tlarga   qarshi   g‘o‘zani
shonalash   davrida   ajriqning   bo‘yi   8-12   sm.,   g‘umayning   bo‘yi-12-17   sm.,
qamishning   bo‘yi-18-25   sm.,   ga   etganda   “Zellek   supyer”,   104   g/l.   em.k.,
“Fyuzilad forte”, 15 foizli em.k., “Dalzlek Ekstra” 104 foizli s.e. lar yoppasimon
usulda ishlatilganda samaradorligi o‘rtacha bir yillik g‘allasimon begona o‘tlarga
qarshi   91-96,   ko‘p   yilliklardan   ajriqqa   58-78,   g‘umayga-90-96,   qamishga-80-85
foizgacha   bo‘lgan.   Ushbu   gyerbitsid-lar   qo‘llanilib   begona   o‘tlar   yo‘qotilishi
hisobiga paxta hosildorligi 4-5, g‘alla hosildorligi 10-12ss/ga yuqori bo‘lgan. Gyerbitsidlar   PGS-3,6,   PGX-4   markali   shtangli   purkagichlarda   purkalsa,
yeritma   sarfi   gektariga   130-150,   OVX-28,   OVX-600   markali   ventilyatorli
purkagichdan foydalanganda 200-300 litrni tashkil etadi. SHuning uchun yeritma
tayyorlashda   purkovich  moslama   turlari  hisobga   olinishi  kyerak.  Masalan,  ayrim
fyermyer   xo‘jaliklarida   qo‘l   apparatidan   ham   foydalaniladi.   Qo‘l   apparati
baklarining hajmi 10-12 litrni tashkil etadi. Agar bir gektar maydonga gyerbitsid
sarf me’yori 3 litr ishchi yeritmasi 300 litr bo‘lsa, 10 litrlik qo‘l apparatining bir
to‘ldirish   bakiga   sarf   me’yori   3   bo‘lganda   30   grammdan   40   grammgacha
gyerbitsid   solinib   100   m 2
  maydonchaga   ishlov   byeriladi   va   bu   holda
gyerbitsidlarning sarf me’yori to‘g‘ri bo‘ladi.
10 - rasm .  OSHU-150
changlatkichi 11-rasm. OVX-600
purkagichi 12-rasm. SHtangali
purkagich OPSHX-
12/15
Gyerbitsid rotatsiyasi.   Gyerbitsid qarshiligi begona o‘tlar shakllanishini oldini
olish   yoki   nazorat   qilish   uchun   bir   xil   dalada   ishlatilgan   gyerbitsitning   tartibli,
almashib  turadigan  izchilligiga  amal  qilish  tajribasi.  Almashib  turadigan  dasturda
tuproq qo‘llanilgan yoki yaroq qo‘llanilgan gyerbitsid yoki ikkalasi xam bir yillik
xamda   ko‘p   yillik   begona   o‘tlarga   g‘amxo‘rlik   qilishda   izchillik   bilan
foydalaniladi.   Gyerbitsid   tanlovi   ekinlarni   aloxida   gyerbitsidlar,   yagona   o‘t
spektori   turi,   begona   o‘t   bosib   ketish   muddati,   tuproq   va   iqlimga   oid   omil   va
xakozoga   bog‘liq.   Eng   yaxshi   rotatsiya   dasturi   maksimum   birgalikdagi   tannarx foyda nisbati va eng kam qoldiq muammolari va chidamli begona o‘tlarni eng kam
o‘tishiga qaratiladi.
Gyerbitsidlarning   namlik,   o‘g‘itlar,   bioo‘g‘itlar,   insektitsid   va   fungitsidlar
bilan munosabati .
Gyerbitsidlar,   insektitsid,   fungitsid,   zaxarga   qarshi   dorilar,   o‘g‘it   va
xokazolarning   bir   vaqtdagi   yoki   keyingi   ko‘llanishi   yakka   xosil   mavsumida   amal
qilinadi.   Bu   kimyoviy   moddalar   yoki   undan   ortik   birikmalar   samaradorligini
oshirish   yoki   kamaytirishga   etaklay   oladi.   Jismoniy   va   kimyoviy   xususiyatlarda
o‘zgarishga   uchrashi   mumkin.   O‘zaro   munosabat   natijalari   qatьiy   kimyoviy
moddalarning   o‘sishida   yoki   ularning   tuproqdagi   qoldiklari   tufayli   o‘sish
mavsumida   ancha   keyinrok   yoki   kelasi   mavsumda   ko‘rinishi   mumkin.   Turli
kimyoviy   moddalar   o‘zaro   aloqasi   bo‘yicha   bilim   ovoz   moslanishida   va
ifodalanishida   va   samarali   o‘simlik   himoyasi   dasturida   asqotishi   mumkin.   U
shuningdek   begona   o‘t   va   boshqa   zararkunandaga   oid   muammolarni   samarali
yo‘qotish uchun turli xil pestitsidlar o‘rtasidagi sinyergistik va antogonistik o‘zaro
aloqalarni   ekstuatatsiya   kilishga   yordam   byerishi   mumkin.   Ikki   yoki   undan   ortiq
kimyoviy   moddalar   o‘simlikda   yig‘ilganda   ular   o‘zaro   munosabatga   kirishi   va
aks-sadoni   ishlab   chiqarishi   mumkin.   Bu   aks-sadolar   ko‘shimcha,   sinyeristik,
dushmanlik ruxidagi mustaqil va ko‘chaytirish natijalari suratida tasnif qilinadi. 1
 
Gyerbitsidning–namlikka   munosabati.   Tuproq   ko‘llanilgan   gyerbitsidlar
ularning   ko‘llanishidan   keyin   10-15   kun   quruq   vaqt   oralig‘i   bo‘lganda   etishmay
qoladi.   Paydo   bo‘lishiga   qadar   gyerbitsidlar   suvning   bir   oz   miqdori   tuproqga
qo‘llanilgan   gyerbitsidlarni   faollashtirish   bilan   bir   vaqtda   fotopar-chalanish
bo‘g‘lanish   va   shamol   esishi   orqali   yo‘kolishi   mumkin   uning   ortiqchasi
gyerbitsidlarning   ekin   urug‘i   va   ildiz   xududiga   suyuqlikda   yeritib   ajratib   olishi
mumkin.   Bu   ekinlarga   shikast   etkazishi   boshqa   tomondan   yomon   begona   o‘t
nazoratini   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Qattiq   yomg‘irlar   yaproqlardan
gyerbitsidlarni yuvib yuborishi mumkin. Davomli nam ob-xavo muayyan ekinlarda
ularni   g‘oyatda   shirador   qilib   gyerbitsid   shikastini   tug‘dirishi   mumkin   masalan
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 103
бет. makkajo‘hori   o‘simliklari   odamda   atrazinga   nisbatan   chidamli   lekin   u   nam   ob-
havoda ayniqsa havo harorati past bo‘lganda ta’sirlanuvchan bo‘ladi. Ko‘shimcha
shiradorlik   atrazin   shimishini   oshirishi   aniqlangan   va   past   harorati   o‘zining
moddalar   almashinuvini   o‘simliklar   ichida   kamaytirish   mumkin.   Foydalanilgan
suv   sifati   xam   gyerbitsid   sifatini   aniqlab   byerishi   mumkin.   CHangli   suv   purkash
faoliyatini pasaytiradi. Kalьsiy xlorga boy suv glifost fitotoksimligini kamaytiradi. 
1.28-jadval
G‘alla ekinlarida aprel oyida ikki pallali begona o‘tlarga qarshi
qo‘llaniladigan gyerbitsidlar
№ Preparat nomi va
shakli Ta’sir etuvchi
modda Dori sarfi
g/kg/l/ga Samaradorl
ik %
1 G ranstar
E xtrim
D aletar
B iostar Tribunar metil 15-20
(200-300 l suv) 7 5
1.29-jadval
G‘alla   ekinlari   orasida   o‘suvchi   bir   yillik   ikki   pallali   (sho‘ra   olabuta,
jag‘-jag‘,chakamig‘,   qoqio‘t,   ituzum,   bo‘ritaroq,   qushqo‘nmas,   qo‘ytikan)
begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan gyerbitsidlar
№ Preparat
nomi va shakli Ta’sir
etuvchi
modda Dori
sarfi
g/kg/l/ga Samaradorlik
%
1 G ranstar
D alstar
M oyerstar
T ayfun
E ntoetor Tribunar
metil 15-20 7 5 1.30-jadval
G‘alla ekinlari orasida o‘suvchi barcha turdagi bir pallali begona
o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan gyerbitsidlar
№ Preparat nomi
va shakli Ta’sir etuvchi
modda Dori sarfi
g/kg/l/ga Samaradorlik %
1 P umo supyer
O veyugen  e xtra Finoksoprop-P-
etil antidot 1   (200-300
l suv) 70- 7 5
1.31-jadval
G‘o‘za dalalarida uchraydigan begona o‘tlarga qo‘llaniladigan
gyerbitsidlar
Gyerbitsidlar
Nomi Sarflash miqdori Ishlatish
muddati
gyerbitsid suv l/ga.
CHigit ekishdan avval ishlatiladigan gyerbitsidlar
Treflan,
24 5 s.e. 4,0-6,0 l/ga 300 CHigit ekishdan
avval tuproq bilan
aralash-tiriladi
Nitran
30 % em.k. 3.3-6.0 l/ga. 300 CHigit ekishdan
avval tuproqqa
purkalib, tezlik
bilan aralash-
tiriladi
CHigit ekish bilan bir vaqtda ishlatiladigan gyerbitsidlar
Alienza,
600 g/l.sus.k. Tasmasimon 0,525
g/ga
YOppasiga 0.625
g/ga 130-150
300 CHigit ekish
bilan bir vaqtda
Kotoran, Tasmasimon 0,9- 130-150 CHigit ekish 80 %.n.kuk. 1,2 kg/ga
YOppasiga 0.625
g/ga 300 bilan bir vaqtda
nihollar unib
chiqqunicha
Kotoneks,
80 % n.kuk. Tasmasimon 1,2
kg/ga 130-150 CHigit ekish
bilan bir vaqtda
Stomp,
33 5 em.k. Tasmasimon0,8-
1,5 l/ga
YOppasiga2,3-
4.5l/ga 130-150
300 Nihollar unib
chiqqunicha
Gezegard,
50 %s.e. Tasmasimon1,0-
1,5 l/ga
YOppasiga3,0-
5,0l/ga 130-150
300 CHigit ekishdan
oldin yoki chigit
ekish bilan bir
vaqtda
Samuray.
33 % em.k. Tasmasimon 1.0-
2.0 l/ga. 130-150 CHigit ekish
bilan bir vaqtda
Amir,
50 “em.k. Tasmasimon2.0-
2.25 l/ga. 130-150 CHigit ekish
bilan bir vaqtda
1.32-jadval
G‘o‘za dalalarida boshoqdoshlar oilasiga mansub (ajriq,g‘umay) va
boshqa begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan gyerbitsidlar
T . r . Preparat nomi va shakli Ta’sir
etuvchi
modda Dori sarfi
g/kg/l/ga Samaradorlik
%
1 F yuzilad supyer 12.5%
em.k  A y-si-ay firmasi
( A ngl i ya)  
F yuzilad forte   15%   em.k Fluzafop–
p-butil 1.5
1.5 82.9
88-92 S ingenta firma
( SH vetsariya)
D alzlak   15%
D dalstop   firmasi   (Panama)
1.33-jadval
Sabzavotlardan sabzi, piyoz, osh lavlagi va boshqa mayda urug‘li
sabzavotlar orasida o‘suvchi ikki pallali bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga
qarshi qo‘llaniladigan gyerbitsidlar
T/r Preparat nomi va
shakli Ta’sir etuvchi
modda Dori sarfi
g/kg/l/ga Samaradorlik
%
1 G ezadard   50% 
N itrondan   30%
Spomdan   33%
Fyuzilad supyer   
12.5%   em.k 
Nabudan   20%
Zelek supyer   12.5% Prometrin
Fluzafop –p-
butil 2-3
3.3-6
1-2
1-2
1-4
1.5 70-80
1.34-jadval
SHoli maydonlarida o‘sadigan begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan
gyerbitsidlar
Preparat
nomi va
ishlab
chiqargan
firma Sarf
me’yori
ga/kg
yoki l . Qaysi begona
o‘tga qarshi
ishlat i  ladi Ishlatish muddati,
usuli va tavsiya
etilgan cheklovlar Bir
mavsum
da ko‘pi
bilan
necha
marta
ishlati
ladi Ta’sir
etuvchi
modda Alligator
50%   s.e.g.
(B)
Ekokimyo
bio - syervis 1 ga 25-
30g+SF
M200g/g
a Bir yillik
boshoqli
(tariqsi   mon)
va ko‘p yillik
boshoqli
begona o‘tlar Begona o‘tlarning
2-3 barg davrida
nam tuproqq yoki
sholi   poyada   suv
sadhi   5-10 sm
bo‘lganda sirti faol
modda qo‘shib
purkaladi 1 Azim
sulfron
Bolivyer
50% em.k
Agro Best
Grupp 1 ga 25-
30 g
+SFM
150-200
ml/ga Bir yillik
boshoqli va
ko‘p yillik
boshoqli
begona o‘tlar Begona o‘tlarning
2-3 barg davrida
nam tuproqq yoki
sholi   poyada   suv
sadhi   5-10 sm
bo‘lganda sirti faol
modda qo‘shib
purkaladi 1 Azim
sulfron
Gullivyer
50%
S.E.G.(B)
Dyupon 1 ga 25-
30 g
+SFM
150-200
ml/ga
(trend
90)200
ml/ga Bir yillik
boshoqli
(tariqsimon)   va
ikki pallali
begona o‘tlar
ko‘p yillik ikki
pallali va
boshoqli
begona o‘tlar Begona o‘tlarning
2-3 barg
davridanam
tuproqq a  yoki sholi
poyada   suv sa t hi   5-
10 sm   bo‘lganda
sirti faol modda
qo‘shib purkaladi 1 Azim
sulfron
Saturn
50%em.k
(B)
Kumiay
Kemikal 8-10 g Bir yillik
boshoqli
(tariqsi   mon)
va ko‘p yillik
boshoqli Ekishgacha
sholining
ko‘karguncha yoki
1-2 barg davrida
tuproqqa purkaladi 1 Betiyo
karb begona o‘tlar
Ordram
6E. 72%
em.k (B)
Singenta 5-10 g Bir yillik
boshoqli
(tariqsi   mon)
va ko‘p yillik
boshoqli
begona o‘tlar E kishgacha
davrida tuproqqa
purkaladi va
ko‘miladi 1 Mali
nat
5. Gyerbitsidlar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari
Gyerbitsidlarning   hammasi   odam   va   hayvonlar   uchun   zaharli   bo‘lmasa   ham,
ular   bilan   ishlashda   Qishloq   xo‘jalik   va   Sog‘liqni   saqlash   vazirliklari   tomonidan
zaxarli   moddalar   bilan   ishlaydiganlar   uchun   belgilangan   xavfsizlik   qoidalariga
kat’iy rioya qilish kyerak.
Kasal odamlar, homilador va emizikli ayollar, 18 yoshga to‘lmagan uspirinlar
gyerbididlar   bilan   ishlashga   qo‘yilmaydi.   Ximiyaviy   preparatlar   bilan  ishlaydigan
shaxslar   instruktajdan   o‘tishlari   va   maxsus   kiyim   (kombinezon,   suv
o‘tkazmaydigan   matyerialdan   fartuk,   etik,   rezinali   qo‘lqop,   sinmaydigan   oynali
ko‘zoynak   va   respirator)ga   ega   bo‘lishi   kyerak.   Ishlash   joyida   zaharlanganlarga
vrach   davolashiga   qadar   yordam   byerish   uchun   zarur   medikamentlari   bilan
aptechka bo‘lishi kyerak.
Ishlash   vaqtida   maxsus   ximoya   kiyimlarini   echish,   chekish   va   ovqatlanish
qat’iy   man   etiladi.   Ish   tamom   bo‘lgandan   keyin   kiyimlar   yaxshilab   tozalanadi   va
xar   bir   ishchiniki   aloxida-alohida   joyga   osib   saqlanadi.   Maxsus   kiyimlarda   uyga
ketish   yoki   ularni   uyga   olib   ketish   mumkin   emas.   Ish   tugagandai   keyin   qo‘l   va
yuzni sovunlab, dushda yaxshilab yuvinish kyerak.
Gyerbitsidlar  maxsus   omborlarda qulflanib, preparatning nomi,  ta’sir   etuvchi
modda   miqdori,   protsent   miqdori   va   tayyorlangan   vaqti   yozilgan   etiketga
yopishtirilgan   yaxshi   byerkiladigan   mustahkam   idishlarda   saqlanadi.   Omborlar
zarur   qurollar   bilan   jihozlangan   va   odamlar   yashaydigan   bino,   suv   manbalari   va
fyermalardan   kamida   200   m   uzoqda   bo‘lishi   kyerak.   Dalada   gyerbitsidlarni qarovsiz   qoldirish   mumkin   emas.   Ximiyaviy   preparatlar   bilan   ishlash   vaqti
so‘tkasiga 6 soatdan oshmasligi kyerak.
Quyidagilar:   1)   tayyorlangan   gyerbitsid   yeritmasini   qarovsiz   qoldirish;
2)   gyerbitsidlardan   bo‘shagan   va   ishchi   yeritma   tayyorlangan   idishlarda   mollarga
em-xashak   byerish,   ya’ni   boqish;   3)   gyerbitsidlardan   bo‘shagan   idish   yoki
yashiklarda   ichimli   suv,   oziq-ovqat   saqlash;   4)   yuvinmasdan   ovqatlanish   qat’iy
man etiladi.
Gyerbitsidlardan   bo‘shagan   qog‘oz   idish,   yashiklarni   yoqib,   kulini   ko‘mib
yuborish zarur. Temir idishlarga kaustik sodaning 5% li yeritmasi to‘ldirilib, 6-12
soat qoldiriladi, so‘ngra esa bir necha marta toza suv bilan chayqaladi.
Gyerbitsidlar   bilan   ishlash   vaqtida   qoidaga   rioya   qilmaslik   oqibatida   odam
zaharlanishi   mumkin.   U   quyidagicha   xaraktyerlanadi,   ya’ni   odamning   boshi
og‘rishi, aylanishi, kuchsizlanishi, ko‘ngli aynab qo‘sishi mumkin. Bunday vaktda
birinchi   yordam   quyidagilardan   iborat:   zaharlangan   odamni   gyerbitsid
ishlatilayotgan zonadan chiqarish, maxsus kiyimlarini echib olib, yotkizish kyerak.
Agar   gyerbitsid   yutilgan,   ya’ni   oshkozonga   tushgan   bo‘lsa,   margansovkaning
kuchsiz (och pushti rangli) yeritmasini tayyerlab 0,5- 1,0 l ichirib, sun’iy kusdirish
kyerak.  Keyin  yarim  stakan  suvga   2-  3  choy   qoshiq  aktivlashtirilgan  ko‘mir  yoki
20   g   tuz   solib   ichirish   kyerak.   So‘ngra   zudlik   bilan   vrachni   chaqirtirish   yoki   eng
yaqin davolash punktiga olib borish zarur.
Gyerbitsid ko‘zga, og‘izga tushmasligi, labga, badanga tegmasligi kyerak. U
ko‘zga tushsa, toza suv bilan, badandagisini esa sovunlab yaxshilab yuvib tashlash
zarur. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

BEGONA O‘TLARGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI 1. Gyerbitsidlar va ularning klassifikatsiyasi. 2. Gyerbitsidlarning solish me’yori, usullari, muddatlari va me’yori. 3. Begona o‘tlarga qarshi gyerbitsidlarni qo‘llash. 4 . Gyerbitsidlarni qo‘llashda xavfsizlik choralari .

1. Gyerbitsidlar va ularning klassifikatsiyasi Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida begona o‘tlarga qarshi kurashda agrotexnika chora-tadbirlari bilan bir qatorda kimyoviy moddalar - gyerbitsidlar ham keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Begona o‘tlarga qarshi kurashda gyerbitsidlar samarali vosita hisoblanadi. Ma’lumki, begona o‘tlarga qarshi kurashda agrotexnika chora-tadbirlarini qo‘llash ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi hamda uzoq muddatga cho‘ziladi. Gyerbitsidlarni qo‘llash esa qulay, unumli va ancha arzonga tushib, begona o‘tlarni qisqa muddatda yo‘qotib, ekinlarning hosildorligi ortishini ta’minlaydi. Ba’zi bir kimyoviy moddalarning begona o‘tlarga ta’sir etish va ayni bir vaqtda madaniy o‘simliklarga zarar etkazmaslik xususiyati o‘tgan asrning oxirlaridayoq ma’lum bo‘lgan edi. Rus matbuotida 1911 yildan boshlab, begona o‘tlarni yo‘qotishda kimyoviy moddalardan foydalanish zarurligi to‘g‘risida tavsiyalar byerilgan edi. O‘sha vaqtda mis kuporosi, qorazang (temir kuporosi), natriy xlorat va boshqa moddalar qo‘llanilar edi. Bu preparatlarning kamchiligi hamda ko‘p miqdorda, ya’ni gektariga 300-400 kg me’yorda sarflanishi ularni keng ko‘lamda ishlatishga imkon byermadi. Keyingi 15-20 yil ichida begona o‘tlarga qarshi kimyoviy yo‘l bilan kurash olib borish chet mamlakatlarda hamda bizda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. MDXida hozirgacha 100 xildan ortiq gyerbitsid turli ekinlarda sinab ko‘rilib, samarali natija byerganlari qishloq xo‘jaligida ishlatilmokda. Gyerbitsidlar tasnifi. Gyerbitsidlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra anorganik va organik gyerbitsidlarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda organik gyerbitsidlarning turi kun sayin ko‘payib bormoqda. Gyerbitsidlar ekinlarga va begona o‘tlarga ta’sir etish xaraktyeriga ko‘ra, tanlab ta’sir etuvchi va yoppasiga ta’sir etuvchi ikki guruhga bo‘linadi. Tanlab ta’sir etuvchi gyerbitsidlar ekinlar orasidagi begona o‘tlarga salbiy ta’sir etib, madaniy o‘simliklarga zarar etkazmoqda. Bular begona o‘tlarning ayrim turlarigagina ta’sir etadi, xolos. Ammo me’yori oshirilsa, madaniy o‘simliklarga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Ayrim tanlab ta’sir etuvchi

gyerbitsidlar bir pallali, ayrimlari esa ikki pallali o‘simliklarga ta’sir etadi. YOppasiga ta’sir etuvchi gyerbitsidlar qo‘llanilgan hududdagi hamma o‘simliklarni yo‘qotadi. SHuning uchun ular dalalar chetidagi, yo‘llar bo‘yidagi, ariq, zovur, kanallar ichidagi va qirg‘oqlaridagi umuman kyeraksiz begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladi. Gyerbitsidlar o‘simlikka ta’sir etish xaraktyeriga qarab , kontakt va ichdan ta’sir etuvchilarga bo‘linadi. Kontakt gyerbitsidlar begona o‘tlarning tekkan joyiga ta’sir etadi, ya’ni o‘simlikning organlari bo‘yicha harakat etmaydi. O‘simlikning gyerbitsid tegmagan joyi zararlanmay, o‘z hayotini davom ettiravyeradi. SHuning uchun kontakt gyerbitsidlar bevosita o‘simlikning o‘ziga purkaladi. Ichdan ta’sir etuvchi gyerbitsidlar esa o‘simlikning qaysi qismiga ta’sir etishdan qat’iy nazar, uning tanasiga singib, hamma organlari bo‘ylab harakat qiladi. SHuning uchun u siljuvchi yoki sistem gyerbitsidlar deb ham ataladi. Bu xil gyerbitsidlar tuproqqa sepilganda, o‘simliklarning ildizi orqali yer usti qismiga, yer usti organlariga sepilganda esa yer osti qismigacha singib borib uni quritadi. Xo‘jaliklarda ichdan ta’sir etuvchi gyerbitsidlarning ahamiyati katta bo‘lib, keng ko‘lamda ko‘llaniladi. Kontakt va ichdan ta’sir etuvchi gyerbitsidlar o‘z navbatida yoppasiga va tanlab ta’sir etish xossasiga ega. YOppasiga ta’sir etuvchi gyerbitsidlar purkagich nasoslar bilan jihozlangan chopiq traktorlari yoki maxsus OUN-4-6, OTN-4-8 markali traktor purkagichlarda keng ko‘lamda, yozda begona o‘tlar o‘sayotganda purkaladi. 2. Gyerbitsidlarning solish me’yori, usullari, muddatlari va me’yori Gyerbitsidlar suvda yerish xossasi, o‘simliklarga ta’sir etish xususiyati, qo‘llanish joyi va muddatiga ko‘ra yeritma, suspenziya, granula (donador) holda ishlatiladi. Ularni dalaga uch xil usulda, ya’ni yoppasiga, lenta usulida yoki ekilgan qatorga, 25-30 sm kenglikdagi maydonning o‘t bosgan yerigagina sepish mumkin. Ular ekinlarni ekishgacha, ekish bilan bir vaqtda va ekilgandan keyin o‘simliklarning har xil fazalarida qo‘llaniladi. Gyerbitsidlar ekin ekish bilan bir

vaktda sepilganda, chigit ekish seyalkalariga moslashtirilgan PGS-2,4, PGS-3,6 asboblari yordamida purkaladi. Gektariga qo‘llash me’yori uning xossasiga, qo‘llanish joyiga (tuproqqa, o‘simlikka, ekin ekilgan yoki ekilmagan dalaga sepilishiga), muddatiga, ob-havo sharoitiga, begona o‘tlarning yoshiga, oz- ko‘pligiga va ularning ta’sirchanligiga qarab belgilanadi Gyerbitsidlarning begona o‘tlarga ta’sir etishi ular normasini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Muayyan normadan kam qo‘llanilsa, begona o‘tlar to‘liq zararlanmaydi, ortiqcha qo‘llanilsa, madaniy o‘simliklarga salbiy ta’sir etadi. Gyerbitsidlar normasi tuproq-iqlim sharoitiga (tuproqning tipi, yog‘in- sochin, havo tempyeraturasiga) va boshqalarga bog‘lik. Mexanik tarkibi ogir, syerchirindn yerlarda ishlatilgan gyerbitsidlar mexanik tarkibi engil, kumoq, kam chirindili yerlardagiga kura begona o‘tlarga kamroq ta’sir etadi, SHunga kura gyerbitsidlar normasi ikkinchi holatdagiga kura biripchi xolatda yukoriroq bulishi kyerak. Gyerbitsidlar tuproq namligiga turlicha munosabatda buladi, ya’ni preparat suvda qancha yomon yerisa, tuproqda nam shuncha kup bo‘lishi kyerak. Ularning begona o‘tlarga ta’sirchanligi kurg‘okchil sharoitdan kura tuproqda nam etarli bulganda yuqori buladi. Bundan tashqari, gyerbitsid ishlatilgandan keyin tushgan yog‘in unn tuproqning pastki qatlamlariga yuvib tushiradi va begona o‘tlarga ta’sirchanligini keskin kamaytiradi. Bunday hodisa ayniksa kumok, qumloq tuproqli yerlarda yakkol seziladi. Ko‘pchilik gyerbitsidlar ob-havo tempyeraturasi 18 – 24°S atrofida bo‘lganda begona o‘tlarga samarali ta’sir etadi, 25-300S da ta’siri kamayadi, 8 – 10°S da esa umuman ta’sir etmayidi. Gyerbitsidlarning begona o‘tlarga ta’sirchanligiga muayyan tuproq namligida past tempyeraturaga ko‘ra yuqor tempyeratura ijobiy ta’sir etadi. CHunki yukori tempyeraturada preparatning tuproqqa singishi va o‘simlikda almashinishi tezlashadi. Ma’lumki, ko‘pchilik gyerbitsidlar oldin suvda yeritilib, so‘ng ishlatiladi. Har gektar yerga sarflanadigan yeritma normasi gyerbitsidning turiga, asosiy ta’sir etuvchi modda miqdoriga, ko‘llash usuliga va boshqa sharoitga bog‘lik.

Gyerbididlarning yerga bir tekisda sochilishi begona o‘tlarni yo‘kotishda katta ahamiyatga ega. Gyerbitsidlar tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddadan tashqari, boshqa qo‘shimcha moddalar xam bo‘ladi. SHuning uchun asosiy ta’sir etuvchi moddaning protsent miqdori preparatga bog‘liq bo‘ladi va u gyerbitsid chiqarilgan yorliqda ko‘rsatiladi. Gyerbitsidlar me’yori ni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi: D = Ax100 R bunda: D – gyerbitsidni qo‘llash me’yori (ga/kg); A – ta’sir etuvchi moddaga nisbatan belginlangan gyerbitsid (ga/kg); 100 – hisoblash koeffitsienti; R – preparatdagi ta’sir etuvchi modda (%). YUqorida aytilganidek, gyerbitsidlarni qo‘llashdan oldin suvda yeritib, ishchi yeritma tayyorlanadi. Har gektar yerga sarflanadigan gyerbitsid miqdori ma’lum bo‘lgandan keyin suvning normasi belgilanadi va har 100 l suvda yeritilishi zarur bo‘lgan gyerbitsid miqdori aniqlanadi. Buning uchun kuyidagi formuladan foydalaniladi: S= Dx100 Q bunda: S – ishchi yeritmaning konsentratsiyasi; D – gyerbitsid qo‘llash me’yori (ga/kg); Q – suv sarflash normasi (ga/l). Gyerbitsid yerga purkalayotganda yeritma to‘g‘ri sarflanishiga katta e’tibor byerish kyerak. Traktor purkagichlarda (PGS-2,4 yoki 3,6 va boshkalarda) har gektar yerga sarflanadigan ishchi yeritmani ani q lash uchun quyidagn formuladan foydalaniladi: Q= g x n 60 x 10 V x B bunda: Q – sarflanadigan yeritmaning normasi (ga/l); q – har bir nakonechikdan chiqayotgan yeritma (min/l); p – nakonechniklar soni;