logo

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

265.2939453125 KB
KORRUPSIYAGA   QARSHI   KURASH   –   FUQAROLIK   JAMIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI  
Reja
1. Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. 
2. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. 
3. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo’lgan salbiy voqiylik.
4.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   ishlarida   fuqarolar   hamda   fuqarolik   jamiyati
institutlarining ishtirok etishi
5. O’zbekiston     Respublikasi   ―Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risidagi
qonuni(2017 yil fevral).  Talaba nimani bilishi kerak:
- Korrupsiya va unga qarshi kurash  haqida tushunchalarni .
- Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar  to’g’risida . 
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti  homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning
iqtisodiy   va   ijtimoiy   kengashi)ning   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   rezolyusiyasi
(1995 yil)  haqida   
- Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 yil)  haqida . 
-   Millatlararo   uyushgan   jinoyatchilikka   qarshi   kurash   konvensiyasi   (2000   yil)
haqida . 
- 2008 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasini BMTning ―Korrupsiyaga qarshi
kurash konvensiyasiga qo’shilishi  haqida . 
-   O’zbekiston   Respublikasi   ―Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida gi‖
qonuni.(2017 yil fevral)  to’g’risida . 
- Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo’lgan salbiy voqiylik  haqida  .
-     Korrupsiyaga   qarshi   kurash   ishlarida   fuqarolar   hamda   fuqarolik   jamiyati
institutlarining ishtirok etishi  to’g’risida .
Tayanch konspekt:
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy
davlat   va   kuchli   fuqarolik   jamiyati   qurishning   umumiy   strategiyasini   amalga
oshirish   doirasida   qonun   ustuvorligini   ta’minlash,   fuqarolarning   huquq   va
erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-
tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.  
Tarixan   qisqa   davr   ichida   mamlakatda   qonuniylik   va   huquq-tartibotni
ta’minlashning institusional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi
kurashishning   samarali   tizimi   yaratildi.  
Mazkur   yo’nalishdagi   islohotlarni   amalga   oshirish   davomida   milliy   qonunlarga
xalqaro huquqning umume’tirof  etilgan normalarini  singdirish masalasiga  alohida
e’tibor   berildi   va   bu   munosabat   2008   yilda   qabul   qilingan   «Birlashgan   Millatlar
Tashkilotining   korrupsiyaga   qarshi   konvensiyasiga   (Nyu-York,   2003   yil   31 oktyabr)   O’zbekiston   Respublikasining   qo’shilishi   to’g’risida»gi   Qonunda   o’z
aksini topdi.  
  
Korrupsiya   dunyo   miqyosida   hal   etilishi   lozim   bo’lgan   global
muammolardan   biridir.   Ushbu   illat   har   qanday   davlat   va   jamiyatning   siyosiy-
iqtisodiy   rivojlanishiga   jiddiy   putur   yetkazadi,   inson   huquq   va   erkinliklarining
poymol bo’lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb
etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
2010   yilda   O’zbekiston   Iqtisodiy   hamkorlik   va   rivojlanish   tashkiloti
Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog’ining Istambul harakat dasturiga qo’shildi.  
So’nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirishga   qaratilgan   bir   qator   muhim   normativ-huquqiy   hujjatlar,
jumladan   Byudjet   va   Bojxona   kodekslari   (yangi   tahrirda),   «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi   to’g’risida» gi,   «Ijtimoiy   sheriklik   to’g’risida»g i,   «Davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to’g’risida» gi,
«Tezkor-qidiruv   faoliyati   to’g’risida» gi,   «Elektron   hukumat   to’g’risida» gi,
«Ichki ishlar organlari to’g’risida» gi qonunlar qabul qilindi.   Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to’siqlarni bartaraf
etish hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat
xaridlari   mexanizmlarini   takomillashtirish,   davlat   xizmatchilarining   odob-axloq
qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.  
Korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   huquqiy   asoslarini   yanada
takomillashtirish   maqsadida   ilg’or   xorijiy   tajribani   hisobga   olgan   holda
«Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi   O’zbekiston   Respublikasining
Qonuni ishlab chiqildi.  
Har bir qonun yaxshilikni ko’zlab, ezgu maqsadda qabul  qilinadi. Ayrim
qonunlar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi,
har birimizga daxldor bo’ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3
yanvar   2017   yil   Prezidentimiz   tomonidan   imzolangan   «Korrupsiyaga   qarshi
kurashish   to’g’risida»gi   qonun   ana   shunday   tarixiy   ahamiyatga   ega
hujjatlardan biridir
6   bob   va   34   moddadan   iborat   ushbu   qonunda   korrupsiyaga   qarshi   kurashish
bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.
Korrupsiya   nima?   Bu   haqda   hammaning   o’ziga   xos   tasavvuri,   tushunchasi
bor, albatta. Qonunda unga shunday ta’rif berilgan : « korrupsiya   — shaxs ning o’z
mansab   yoki  xizmat   mavqyeidan  shaxsiy   manfaatlarini  yoxud  o’zga  shaxs larning
manfaatlarini   ko’zlab   moddiy   yoki   nomoddiy   naf   olish   maqsadida   qonunga   xilof ravishda   foydalanishi,   xuddi   shuningdek,   bunday   nafni   qonunga   xilof   ravishda
taqdim etish».
           
Qonunda   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   faoliyatni   amalga
oshiruvchi   va   unda   ishtirok   etuvchi   organlar   hamda   tashkilotlar,   korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini
olishga   doir   chora-tadbirlar,  korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni   aniqlash,   ularga
chek qo’yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo’yilgan
Mazkur   qonun   bilan   yaqindan   tanishish,   uning   har   bir   moddasini   chuqur
o’rganib,   hayotimizga   tatbiq   etishga   intilish,   sodda   qilib   aytganda,   korrupsiya
balosining   naqadar   mud hish   illat   ekanini   tushunish,   mustaqil   idrok   etish,   eng
muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Dunyoda   korrupsiyaning   turi   ham,   tavsifi   ham   juda   ko’p.   Uning   kelib
chiqish   sabablarini   ochish,   unga   qarshi   kurashishning   samarali   yo’llarini   topish
bo’yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab
tadqiqotlar   o’tkazilgan.   Turli   ko’rsatkich   va   raqamlar   aks   etgan   jadvallar
yaratilgan,   o’ziga   xos   reytinglar   tuzilgan.   Hatto   korrupsiyaning   xilma-xil
formulalari   ham   ishlab   chiqilgan.   Bu   boradagi   ishlar   va   izlanishlar   izchil   davom
etmoqda.
Ijtimoiy-tarixiy   vaziyat,   fuqarolarning   huquqiy   dunyoqarashi,   davlat
tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korrupsiyaga
qarshi   o’ziga   xos   usullarda   kurashmoqda.   Bu   borada   eng   samarali   yo’l   hali
topilgan   emas.   Chunki   korrupsiya   bir   qarashda   oddiy   jinoyat   bo’lib   ko’ringani bilan   aslida   uning   kelib   chiqishi   va   yashovchanlik   sabablari   juda   chigal   va
murakkabdir.
  Bir   davlatda   natija   bergan   usul   boshqa   davlatda   u   qadar   samara
ko’rsatmasligi   mumkin.   Shuning   uchun   har   bir   davlat   va   jamiyat   korrupsiyaga
qarshi kurashish yo’lini o’zi tanlaydi, aniqrog’i, qanday yo’l to’g’ri ekanini hayot
ko’rsatadi.   Qonunda   korrupsiyaga   qarshi   kurashni   keng   qamrovda   olib   borish
choralari   ko’zda   tutilgani,   bu   borada   har   bir   masalaga   alohida   e’tibor   qaratilgani
bejiz emas.
Korrupsiya   so’zi   «sotish»,   «sotilish»   degan   ma’nolarni   ham   anglatar   ekan.
Rahbar   yoki   mas’ul   kishi   qanday   qilib   korrupsiyaga   qo’l   uradi?   Bunga   qanday
omillar sabab bo’ladi?.. Bu savollarga javob har xil bo’lishi mumkin. Lekin shunisi
aniqki, sotadigan, sotiladigan odam hyech bir vazifani ko’ngildan bajarmaydi.
  Korrupsiyaga   aloqador   odam   qonunni   buzishidan   tashqari,   o’zining
kimligini,   e’tiqodi,   ma’naviyati   qay   darajada   ekanini   oshkor   qiladi.   Bunday
odam   nafaqat   moliyaviy   ziyon-zahmat   yetkazadi,   balki   davlatni,   demokratiyani
behurmat qilib, obro’sini to’kadi, unga non-tuz berib katta   qilgan, ilmu hunar,
obro’ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo’yadi.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy
yo’nalishlari   va   prinsiplarini   belgilashda   bunday   hu quqbuzarlik   uchun
javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.
Korrupsiyaga   aralashgan,   bu   jirkanch   illatga   qo’l   urgan   odam   uchun   ulug’
narsalar, mo’tabar tuyg’ularning qadri yo’qoladi. Bunday odamlar hayotda hamma
narsani   sotib   olish   va   sotish   mumkin,   deb   o’ylaydi.   Ular   hyech   kimga,   imon-
e’tiqodga   ishonmaydi,   ayni   paytda   bunday   kimsalarga   hayot   uchun   aziz
sanaladigan   hyech   narsani   inonib   bo’lmaydi.   Chunki   ular   ota-onasi,   qarindosh-
urug’lari,   yoru   birodarlari,   mahalla-ko’yning   yuzini   yerga   qaratishdan,   boshini
egishdan uyalmaydi.                                        
Qonunga   ko’ra,   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   faoliyatni   amalga
oshiruvchi,   bu   jarayonda   ishtirok   etuvchi   organlar   hamda   tashkilotlarning
faoliyatini   muvofiqlashtirish   uchun   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha
respublika idoralararo komissiyasi  tashkil etilishi belgilangan.   Ushbu komissiyani
shakllantirish   va   uning   faoliyati   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
tomonidan   belgilanishi   qayd   etilgan.   Bu   me’yor   korrupsiyaga   qarshi   kurashning
doimiy va izchil tus olishida muhim  ahamiyatga ega. Konstitusiyamizga  muvofiq
Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.
Hammamiz   yaxshi   bilamiz,   qonun   huquqiy   munosabatlarni   tartibga   soladi.
Vakolatlar,   huquq   va   majburiyatlarni,   amalga   oshiriladigan   chora-tadbirlarni
belgilab   beradi .   Agar   qonun   hayotda   ishlamasa,   uning   bir   necha   varaq   oddiy
qog’ozdan   farqi   qolmaydi.   Shunday   ekan,   «korrupsiya   haqida   qonun   qabul
qilindi,   endi   hammasi   iziga   tushib   ketadi»,   deb   o’ylash,   xotirjamlikka   berilish
katta   xato   bo’ladi.   Korrupsiya   balosidan   qutulish,   islohotlarni   uning
changalidan   ozod   etish   haqida   hammamiz   o’ylashimiz,   buning   zaruratini   har
birimiz yuragimizdan o’tkazishimiz, unga qarshi qat’iy kurashishimiz kerak.
Bu   kurash   kundalik   hayotimizdagi   oddiy   holatlardan   boshlanadi.
Shifokordan yaxshiroq maslahat olish, navbatni tezlashtirish, reyting daftarchasiga
tuzukroq   baho   qo’ydirish   va   hokazo   vaziyatlarda   o’zimizni   munosib   tutishimiz
lozim bo’ladi.
To’g’ri,   hayotda   turli   holatlar   va   harakatlarga   duch   kelamiz.   Ba’zida   ko’z
o’ngimizda qonunlar buziladi, inson huquqi, qadr-qimmati poymol etiladi. Bunday
vaziyatlarda   chorasizlikdan   odamning   boshi   gangib   qoladi.   Lekin,   unutmaylik, yilning   Xalq   bilan   muloqot   va   inson   manfaatlari   yili   deb   belgilanishi,   shu
munosabat   bilan   joriy   etilayotgan   o’zgarish   va   yangilanishlar   fuqarolar   chorasiz
qolganida   yordamga   keladi.   Olis   qishloqlardagi   murojaatlarning   ham   ovozi
eshitiladi.
Odamlarning   tabiatiga   o’xshab   rahbaru   mas’ullar   ham   har   xil   bo’ladi.
«Jamoada   hamma   qulaylik   o’zim   uchun,   bu   tashkilot   menga   bir   paytlardagi
xizmatlarim,   farog’atda   yashamog’im   uchun   berilgan,   marhamat,   qolganlar
aravasini   o’zi   amallab   tortaversin»   qabilida   tor   va   eskicha   o’ylaydigan,   «oldi-
berdi»ni   faoliyatining   bir   qismi   deb   tushunadigan,   demokratik   qonun-qoidalarni
yetarlicha idrok eta olmaydigan rahbarlar ham yo’q emas. Shuning uchun qonunda
aholining   huquqiy   madaniyatini   yuksaltirish,   jamiyatda   korrupsiyaga   nisbatan
murosasiz   munosabatni   shakllantirish,   xususan,   davlat   organlari   va   boshqa
tashkilotlar   xodimlarining   huquqiy   savodxonligini   oshirish   choralari   ko’zda
tutilgan.
Qonunda   belgilanganidek,   ta’lim   muassasalarida   korrupsiyaga   qarshi
kurashish   sohasidagi   huquqiy   ta’lim   va   tarbiyani   kuchaytirish   masalasi   ham
dolzarb ahamiyat kasb etadi.   To’g’ri ishlab, to’g’ri yashash saodatini bolalikdan,
yoshlikdan   o’rgangan   odam   mard   va   halol   bo’ladi.   Adolatsizlik,   qonunga
hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo’lmasligini o’qib-uqqan,
poraxo’rlik   va   korrupsiyaga,   suiiste’molchilikka   qarshi   o’zida   immunitet   hosil
qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo’lib yetishadi . Qonunga, tartib-
qoidalarga   hurmat   saqlab,   el-yurtga   sadoqat   bilan   xizmat   qiladi.   Halol   mehnat
bilan topilmagan boylik totli bo’lmasligini, hyech kimga buyurmasligini, yaxshilik
emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.
Bir   yosh   kadr   mas’uliyatli   vazifaga   kelsa,   amalga   ega   bo’lsa,   bundan   ota-
ona,   qarindosh-urug’   qanchalik   quvonadi?..   Bu   tabiiy   va   ezgu   tuyg’u,   albatta.
Lekin ba’zi noto’g’ri, zararli illatlar, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay yo’l qo’yib
beriladigan   odatlar   ham   borki,   ularni   aslo   esdan   chiqarmasligimiz   kerak.   Gohida
shunday   bo’ladiki,   yaqinlar,   og’a-inilarning   «o’g’lim   yoki   og’ayni,   mana, ishlayapsanku, opangni uzatilayotgan qiziga durustroq sovg’a bergin, amakingning
yetmay   turgan   mashina   puliga   yordam   qilib   yuborgin,   qiynalib   yuribdi...»
qabilidagi   istak   va   xohishlar   yosh   kadr larni   buzadi,   boshini   aylantirib   qo’yadi.
Yaqinlariga   hurmat   yuzasidan   bechora   o’zini   o’qqa-cho’qqa   urishga,   noqonuniy
ish  qilishga,   oson  pul  topishga  harakat   qiladi.  Istab-istamay,  boshi   berk  ko’chaga
kirib qoladi, korrupsiya tuzog’iga ilinadi.
Qarindosh-urug’chilik,   tanish-bilishchilikdan   davlat   va   jamiyat
manfaatlariga   ziyon   yetmasligi,   qonunlarga,   insonning   qadr-qimmatiga   raxna
solinmasligi   kerak.   Qandaydir   manfaat   ortidan   bog’langan   rishta,   do’stlik,   aka-
ukachilik   uzoqqa   cho’zilmaydi,   hyech   kimga   hurmat   olib   bermaydi.   Bunga
hayotdan ko’plab misollar topish mumkin.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashishda,   davlat   hokimiyati   organlari   faoliyatida
ochiqlik   va   oshkoralikni   ta’minlashda,   fuqarolarga   tezkor   va   xolis   axborot
yetkazishda   ommaviy   axborot   vositalariga   erkinlik   berish,   demokratik   islohotlar
jarayonida   ularning   nufuzi   va   mavqyeini   oshirish   dolzarb   masala   hisoblanadi.
Shuning   uchun   korrupsiyaga   qarshi   kurashishda   ommaviy   axborot   vositalarining
ishtirok   etishi,   korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklar   to’g’risida   axborot   berayotgan
shaxslarni himoya qilish masalalari qonunda alohida belgilab qo’yilgan.
Ommaviy   axborot   vositalarining   erkin   va   dadil   faoliyatisiz   jamiyat
hayotini   demokratlashtirish,   odamlarni   mustaqil   fikrlab   yashashga   undash,
hozirgi   kunda   suv   va   havodek   zarur   bo’lgan   jamoatchilik   nazoratini   izchil
yo’lga   qo’yish   mumkin   emas.   Butun   dunyoda   davlatning   demokratiyani   hurmat
qilishiga,   xalqning   salohiyati   va   madaniyatiga   matbuot   erkinligi,   odilligiga   qarab
ham baho beriladi. Albatta, bugun bu haqiqatni ko’pchiligimiz yaxshi tushunamiz
va tan olamiz.
Shu   o’rinda   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   masalasining   yana   bir   tomoniga
e’tibor   qaratsak.   Nobop,   «muomala   qilish»,   «kelishish»ga   moyil   rahbar   yoki
boshqa   bir   mas’ul   nafaqat   tashkilotga,   jamiyatga,   ishchi-xodimlarga   ziyon
yetkazadi,   balki   bunday   odam   bilan   tashkilotning,   jamoaning,   ayniqsa,   yosh kadrlarning vaqti, umri behuda o’tadi. Rahbar hammaga o’rnak bo’lib, halol ishlab,
fidoyilik   ko’rsatish   o’rniga,   yig’ilishlarda   bir   gapni   gapirib,   o’zi   butunlay
teskarisini   qilsa,   undan   yosh   kadrlar   nimani   o’rganadi?   Qanday   o’rnak   oladi?..
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   yana   shunisi   bilan   muhimki,   mazkur   jarayonlarda
ishchi-xodimlar, yoshlar halol ishlash, ishonch va vakolatga munosib xizmat bilan
javob   qaytarish   zarur,   degan   tushunchaga   tayanib   faoliyat   yuritishni
o’rganadi.   Har   qanday   vaziyatda   mard   odam,   baribir,   halol   bo’ladi,   degan
e’tiqodda sobit turadi.
Shu sababli ham so’nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, kichik biznes
subyektlariga «yagona darcha» tamoyili orqali xizmat ko’rsatilyapti, yagona portal
orqali   davlat   xizmatlari   elektron   shaklda   taqdim   etilyapti.   Qonun   hujjatlariga,
davlat   tashkilotlarining   ish   faoliyatiga   ochiqlik,   oshkoralikni   ta’minlash   nuqtai
nazaridan o’zgartirishlar kiritilyapti va boshqa ko’plab yangiliklar joriy qilinyapti.
Bularning   barchasi   korrupsiya   balosini   bartaraf   etishda   alohida   ahamiyat   kasb
etmoqda. Fuqarolar bunday yondashuvni jon-dili bilan qo’llab-quvvatlamoqda.
Dunyo   kun   sayin,   soat   sayin   rivojlanyapti.   Davlatlar   va   xalqlar   o’rtasidagi
hamkorlikning   tezkor,   yangidan-yangi   ufqlari   ochilyapti,   milliy   iqtisodiyotlar
o’zaro chambarchas bog’langan holda yuksalmoqda, taraqqiy etmoqda. Bugun har
qanday   davlat   boshqa   davlatlar   bilan   izchil   hamkorlik   qilmasdan,   oqilona
investisiya va resurs larga tayanmasdan, jahonga chiqmasdan, ayni paytda dunyoga
eshiklarini   keng   ochmasdan,   odamlar   bemalol   ishlaydigan   ishonchli   makonga
aylanmasdan yuqori natijalarga erisholmaydi.
Erkin faoliyat yuritishga keng yo’l ochib berilgan, inson huquqlari, qonuniy
manfaatlari   qat’iy   himoya   qilinadigan   mamlakatning   ostonasidan   odam   arimaydi,
bunday   davlat   dunyoning   turli   nuqtalaridan   ishbilarmonlar   talpinadigan   yurtga
aylanadi.
So’nggi   vaqtlarda   jamiyatimiz   hayoti,   mamlakatimiz   iqtisodiyotining   turli
sohalarini   yanada   jadal   rivojlantirish   bo’yicha   qabul   qilingan   qonunlar,   Prezident
qaror   va   farmonlari   ana   shu   ezgu   maqsadga   qaratilganini   anglash   qiyin   emas. Turizmni   rivojlantirish,   dunyoning   ko’plab   davlatlaridan   yurtimizga   tashrif
buyuradigan   sayyohlar   uchun   viza   rejimini   bekor   qilish   yoki   sud-huquq   tizimini
takomillashtirish,   sudlarning   haqiqiy   mustaqilligini   ta’minlash   yoxud
tadbirkorlikka keng erkinlik berish, turli byurokratik to’siq va g’ovlarni yo’q qilish
haqidagi   hamda   boshqa   bir   qancha   qaror   va   farmonlar   odamlarning   yo’lini
ochishga, O’zbekistonimizning jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risidagi   qonun   bu   boradagi   islohotlar
yanada izchil tus olishiga sharoit yaratmoqda, xalqimizda katta umid uyg’otmoqda.
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   83-moddasiga   asosan
«Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi   O’zbekiston   Respublikasining
Qonuni   loyihasi   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasining
muhokamasiga kiritilmoqda.  
Mamlakatimizda   ham   mustaqillikning   dastlabki   kunlaridanoq   korrupsiyaga
qarshi   kurashish   masalasiga   alohida   e’tibor   qaratilib,   uning   oldini   olishning
mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi yaratilgan.
Ta’kidlanganidek,   hozirda   ko’plab   davlatlarda   terrorizm,   ayirmachilik,
separatizm, uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan korrupsiya avj olayotgani dunyo
jamoatchiligini   tashvishga   solmoqda.   Ana   shunday   bir   sharoitda   mansabdor
shaxslarning   jinoyatchilar   bilan   til   biriktirishi   natijasida   jamiyat   siyosiy   va
iqtisodiy   inqiroziga   yuz   tutishi   mumkinligi   korrupsiyaning   ijtimoiy   xavfi
nechog’lik   yuqori   ekanligidan   dalolat   beradi.   Bunday   xavfli   qilmish   oxir-oqibat
uyushgan jinoyatchilik, terrorizm  va boshqa hodisalar  ildiz otib, gullab-yashnashi
uchun sharoit yaratib beradi.
Qolaversa,   korrupsiya   fuqarolar,   ayniqsa,   yosh   avlodda   ijtimoiy   adolatga,
haqiqatga,   davlat   organlari   va   mansabdor   shaxslarga   bo’lgan   ishonchini
susaytiradi. Shu nuqtai nazardan o’sib kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa, kollej va
oliy   ta’lim   muassalarini   bitirib,   kasbiy   faoliyat   boshlash   ostonasida   turgan
yoshlarga   korrupsiyaning   nechog’li   xavfli   illat   ekani   haqida   ma’lumotlar   berish foydadan   xoli   bo’lmaydi.   Negaki,   bugungi   kun   bitiruvchisi   ertangi   mutaxassis,
jamiyat va davlat boshqaruvining ishtirokchisidir.
O’zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo’lib “Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni   legallashtirishga   va   terrorizmni   moliyalashtirishga   qarshi   kurashish
to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi.
O’zbekiston   Respublikasining   «Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi
qonuni   davlat   organlari   faoliyatining   ochiqligini   va   hisobdorligini   ta’minlash,
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor
shaxslarning   o’z   zimmasiga   yuklatilgan   vazifalarni   bajarishi   yuzasidan
mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.  
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to’qnashuvi kabi
iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.  
Qonun   asosida   davlatimiz   rahbari   Shavkat   Mirziyoyevning   joriy   yil   2   fevraldagi
«Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida» gi   O’zbekiston   Respublikasi
Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul
qilindi.   Mazkur   hujjatlar   o’z   mazmun   mohiyati,   maqsadi   bilan   mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.  
Prezidentimizning   2017   yil   7   fevraldagi   «O’zbekiston   Respublikasini   yanada
rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida» gi   farmoni   bilan
tasdiqlangan   2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat  dasturida ham korrupsiyaga
qarshi   kurashishning   tashkiliy-huquqiy   mexanizmlarini   takomillashtirish   va
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   samaradorligini   oshirish   bo’yicha   tadbirlar
belgilanganligi alohida qayd etildi.  
Qonun   normalarini   hayotga   tatbiq   etish   maqsadida   yuqorida   ko’rsatilgan
Prezidentimiz   qarori   bilan   2017-2018   yillarga   mo’ljallangan   korrupsiyaga   qarshi
kurashish   bo’yicha   davlat   dasturi,   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha
respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.   O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
«KORRUPSIYAGA   QARSHI   KURASHISH   TO’G’RISIDA»GI
O’ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   QONUNINING   QOIDALARINI
AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA
(O’zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari   to’plami,   2017   y.,   5-son,   62-modda,
27-son, 608-modda, 37-son, 982-modda)
«Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi   O’zbekiston
Respublikasi   Qonuni   qoidalarining   samarali   ijrosini   ta’minlash,   jamiyat   va   davlat
hayotining   barcha   sohalarida   korrupsiyaning   oldini   olishga   doir   chora-tadbirlarni
o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:
1.   2017-2018   yillarga   mo’ljallangan   korrupsiyaga   qarshi   kurashish
bo’yicha   davlat   dasturi   (keyingi   o’rinlarda   —   Davlat   dasturi)   1-ilovaga   muvofiq
tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
tashkilotlar   Davlat   dasturiga   kiritilgan   tadbirlarning   o’z   vaqtida   amalga
oshirilishini ta’minlasin.
2.   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   respublika   idoralararo
komissiyasi   2-ilovaga   muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ma’lumot   uchun   qabul   qilinsinki,   «Korrupsiyaga   qarshi   kurashish
to’g’risida»gi   O’zbekiston   Respublikasi   Qonuniga   muvofiq   Korrupsiyaga   qarshi
kurashish   bo’yicha   respublika   idoralararo   komissiyasining   asosiy   vazifalari
quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi   davlat   dasturlarining   va   boshqa
dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   faoliyatni   amalga   oshiruvchi   va
unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish
va hamkorligini ta’minlash; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda
korrupsiyaga   nisbatan   murosasiz   munosabatni   shakllantirishga   doir   chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarning   oldini   olishga,   ularni   aniqlashga,
ularga   chek   qo’yishga,   ularning   oqibatlarini,   shuningdek   ularga   imkon   beruvchi
sabablar   va   shart-sharoitlarni   bartaraf   etishga   doir   chora-tadbirlar   samaradorligi
oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning   holati   va   tendensiyalari   to’g’risidagi   axborotni   yig’ish
hamda tahlil etish;
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   chora-tadbirlar   amalga   oshirilishi
yuzasidan monitoringni  amalga oshirish, ushbu sohadagi  mavjud tashkiliy-amaliy
va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risidagi   qonun   hujjatlarini
takomillashtirish   va   ushbu   sohadagi   ishlarni   yaxshilash   yuzasidan   takliflar
tayyorlash;
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   hududiy   idoralararo   komissiyalar
faoliyatini muvofiqlashtirish.
3.   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   respublika   idoralararo
komissiyasi to’g’risidagi nizom   3-ilovaga   muvofiq tasdiqlansin.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   respublika   idoralararo
komissiyasining   o’z   vakolatiga   kiradigan   masalalar   bo’yicha   qarorlari   barcha
davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari,   jamoat   birlashmalari   va   boshqa
tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qo’yilsin.
4.   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   respublika   idoralararo
komissiyasi   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   hududiy   idoralararo
komissiyalarni tuzsin va ularning faoliyatini tashkil etsin.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   hududiy   idoralararo
komissiyalarga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar prokurorlari boshchilik qilishi belgilab qo’yilsin. 5.   O’zbekiston   matbuot   va   axborot   agentligi,   O’zbekiston   milliy
teleradiokompaniyasi   va   Milliy   axborot   agentligi   Davlat   dasturining   amalga
oshirilishi yuzasidan axborotning ommaviy axborot vositalarida har tomonlama va
tizimli ravishda yoritilishini ta’minlasin.
6.   Mazkur   qarorning   ijrosini   nazorat   qilish   O’zbekiston   Respublikasining
Bosh   vaziri   A.N.   Aripov   va   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurori   I.B.
Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoYeV
Toshkent sh.,
2017 yil 2 fevral,
PQ-2752-son A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI Reja 1. Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. 2. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. 3. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo’lgan salbiy voqiylik. 4. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarida fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishi 5. O’zbekiston Respublikasi ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonuni(2017 yil fevral).

Talaba nimani bilishi kerak: - Korrupsiya va unga qarshi kurash haqida tushunchalarni . - Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar to’g’risida . - Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyusiyasi (1995 yil) haqida - Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 yil) haqida . - Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 yil) haqida . - 2008 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasini BMTning ―Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo’shilishi haqida . - O’zbekiston Respublikasi ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida gi‖ qonuni.(2017 yil fevral) to’g’risida . - Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo’lgan salbiy voqiylik haqida . - Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarida fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishi to’g’risida . Tayanch konspekt: Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora- tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institusional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Mazkur yo’nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31

oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida»gi Qonunda o’z aksini topdi. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy- iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. 2010 yilda O’zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog’ining Istambul harakat dasturiga qo’shildi. So’nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida» gi, «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»g i, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida» gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida» gi, «Elektron hukumat to’g’risida» gi, «Ichki ishlar organlari to’g’risida» gi qonunlar qabul qilindi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni ishlab chiqildi. Har bir qonun yaxshilikni ko’zlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo’ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3 yanvar 2017 yil Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir 6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan. Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning o’ziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. Qonunda unga shunday ta’rif berilgan : « korrupsiya — shaxs ning o’z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxs larning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof

ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish». Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo’yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo’yilgan Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o’rganib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korrupsiya balosining naqadar mud hish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Dunyoda korrupsiyaning turi ham, tavsifi ham juda ko’p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo’llarini topish bo’yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o’tkazilgan. Turli ko’rsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, o’ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korrupsiyaga qarshi o’ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yo’l hali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bo’lib ko’ringani