Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar.
MAVZU: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar.
KORRUPSIYA KORRUPSION FAOLIYAT KORRUPSIYA KO’RINISHLARI KORRUPSION FAOLIYAT VOSITACHILARI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KORRUPSIYANING XAVFSIZLIKKA TA’SIRI KORRUPSIYANING TIZIMLI TAHLILI Topshiriq № 1 « Tushunchalar tahlili» usuli yordamida mazkur tushunchalarni tahlil etish.
3 - yanvar 2017-yil KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan Qonun hujjati 6 ta bob va 34 moddadan iborat.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar 7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish 16-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘radi. 17-modda. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.