ISTIQLOL VA BUGUNGI ESTETIK QARAShLAR
Mavzu: ISTIQLOL VA BUGUNGI ESTETIK QARAShLAR Reja 1. Istiqlol g’oyasi va adabiyotshunoslikning vazifalari 2. Istiqlol davri o’zbek adabiyotshunosligida yuzaga kelgan “Adabiyotshunoslikka kirishga oid darsliklar”. 3. Adabiyotshunoslikning XXI asrdagi taraqqiyoti haqida 4. Xulosa. 5. Adabiyotlar.
Mustaqillik yillarida (so’nggi yigirma bir yilda) vujudga kelgan ko’plab she’riy, nasriy va dramatik asarlar esa ana shu yangi hayot, yangi ong – tushunchaning mevasi bo’lib, o’zbek adabiyoti taraqqiyotining bosh yo’lidan og’ishmay olg’a borayotganidan dalolat beradi. Biroq bu quvonchli hol o’z- o’zidan va osonlikcha vujudga kelmagan. Bu tarixiy voqyea, birinchi navbatda, istiqlol mafkurasi va Prezidentimiz dono milliy siyosatining natijasidir. Zero, O`zbekiston hukumati boshdanoq adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka, xususan yosh avlod tarbiyasiga e’tibor degan ezgu tamoyilga izchil amal qilib chiqib, hayotga tadbiq qildi va tadbiq qilmoqda. Bugungi o’zbek adabiyoti millat ahlining ko’ngli, sezimlari va ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyot bo’ldi. Unda sinab ko’rish, ochilmagan yo’llardan yurish, hatto, xato qilish imkoniyati bor. Bu adabiyotga qanda yozish kerakligi to’g’risida ko’rsatma berilmaydi. Bu hol birovga o’xshamaydigan, o’zgalarni takrorlamaydigan o’ziga xos iste’dodlarning yuzaga kelishiga imkon yaratadi. Xilma-xil yo’nalishdagi asarlarning vujudga kelishi badiiy didi har xil bo’lgan o’quvchilarni paydo qiladi. Yurtimzda adabiyotni o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan, vatanparvar, xalqparvar, fidoyi ijodkorlar ko’p. “Bizning yurtimiz, xalqimiz hyech kimdan kam emas va hyech qachon kam bo’lmaydi”. Yurtboshimiz tomonidan aytilgan bu dono hikmatli so’zlar hozirgi zamon o’zbek adabiyotiga ham bevosita taalluqlidir. Zotan, adabiyotimiz hyech qachon o’zga adabiyotlardan kam bo’lmagan, bundan keyin ham kam bo’lmaydi. Demak, adabiyot taraqqiyotining bosh mezoni talablarini bajarish uchun xalq va mamlakat hayoti bilan mustahkam aloqada bo’lish, yutuqlardan quvonib, zamonaviy dolzarb g’oyalarni olg’a surish, ko’pchilikni qiziqtiradigan yangiliklarni umumlashtirib, mahorat bilan tasvirlash lozim. Shunday ekan, uzoq va yaqin o’tmish mavzularini tasvirlashni e’tibordan 2
chetda qoldirmagan holda asosiy kuchni bevosita mustaqillik davrining serqirra hayotini, bu yengi davrda mamlakat va xalq hayotida vujudga kelgan buyuk o’sish-o’zgarish va yangiliklarni keng miqyosda aks ettirishga qaratish lozim. Ayniqsa, o’zining azaliy, buyuk orzusiga erishgan vatandoshlarimizning ong-tushuncha va dunyoqarashida yuzaga kelgan yangi sifatlarni ochib berish, ularning ko’plab yorqin obrazlarini yaratish zarur. Zotan, hozirgi hayotda ibrat olishga har jihatdan loyiq bo’lgan yangi tipdagi qahramonlar (masalan, tadbirkor, fermerlar) juda ko’p. Ana shu hayotiy qahramonlarni yirik badiiy asarlarda yuksak mahorat bilan tasvirlab, ularni adabiyot qahramonlariga ham aylantirish juda zarur. Chunki, yangi zamonda vujudga kelgan ana shu yangi qahramonlar timsolida mustaqillik tufayli moddiy va ma’naviy hayotda, ayniqsa, odamlarimizning ong-tushuncha va dunyoqarashida yuzaga kelgan tub sifat o’zgarishlarni umumlashtirib, badiiy obrazlarda gavdalantirish mumkin. Bu davr she’riyatida o’tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat qilish, aql o’rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. hissiyot qatlamlarinitadqiq qilish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Milliy poeziyamiz tarixida birgina qatordan iborat butun boshli she’r hyech qachon bo’lmagan. Anvar Obidjon, Tohir qahhor, Faxriyor, Ulug’bek hamdam shunday she’rlar yozishdi. quvonarlisi shundaki, bunday she’rlar atama yasash yoki axborot berishga emas, balki muayyan ruhiy kayfiyatni ifodalashga, o’zgacha tuyg’u baxsh etishga xizmat qilgan: «Go’rlar qisir - tug’ishdan qolgan» (Faxriyor). Istiqlol davri she’riyatining qisqalikka intilishi shunchaki modaning ketidan quvish bo’lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu she’riyat o’quvchiga ishonch, uni badiiy so’zning iste’molchisigina emas, balki she’riy holatni tuyish, badiiy manzaralarni jonlantirish jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko’tarishning natijasidir. 3
Poeziyaning o’z asl manbasiga qaytganligi, ko’ngil rozlarini, ruhiy tovlanishlari nozik ishoralar, nazokatli ifodalar orqali tasvirlashga o’tilganligi istiqlol davri o’zbek she’riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo’ldi deyish mumkin. Nasr mustaqillik davrida ham milliy adabiyotning salmoqli turi bo’lib qolaveradi. Keyingi o’n yillikda Sh.Xolmirzayev, ¤.hoshimov, O.Muxtor, T.Malik, Tog’ay Murod, Murod Muhammad Do’st, A.Dilmurod, X.Sultonov, N.Norqobilov, X. Do’stmuhammad, N.Eshonqulov, T.Rustamov, Luqmon Bo’rixon, A.Yo’ldoshev, Zulfiya qurolboy qizi singari turli avlodga mansub ijodkorlar o’ziga xos yo’sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotiga hissa qo’shdilar. Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo’sinlarini qo’llash, badiiy ifodaning tutilmagan, yangi tamoyillaridan foydalanish o’zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlar bo’ldi. Sh.Xolmirzayev «Olabo’ji», «Dinozavr» romanlari, «Bulut to’sgan oy, «Ozodlik, «Navro’z, navro’z» hikoyalarida, N.Norqobilov «Oqbo’yin», «qoyalar ham yig’laydi», qissalari, «Oriyat», «quvonchli kun» hikoyalari, Sh.Bo’tayev «Sho’rodan qolgan odamlar» qissasi, «Darvesh» hikoyasi, Tog’ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romani, O.Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan «Ming bir qiyofasi», «Ko’zgu oldida yemagan xotin», «Boshsiz odam», «Dahshat», «¤g’ri», «Anor, «Tomoshabog’», «Millatchilar» hikoyalari, Usmon Nosirning «Monolog», «Nil va Rim», «Yurak, «Nasimaga deganim» she’rlari yaratildi. Bu asarlarda o’zbek millatining eng yuksak tuyg’ulari, eng pokiza hislari, eng totli armonlari ifoda etilgan. Luqmon Bo’rixonning «Jaziramadagi odamlar» romani inson konsepsiyasiga yangicha yondashuv sababli adabiyotimizga o’zgacha havo olib kirdi. Ulug’bek Abduvahobning «Yolg’izlik» qissasi, «Muvonazat» romani, qator hikoyalarida bayon, ifodalash, ko’rsatish, tasvirlash singari usullar badiiy tadqiqqa o’z o’rnini bo’shatib bergan. Yozuvchi qahramramonlar xatti- 4
harakatini ko’rsatishga emas, balki ularning sezimlaridagi, o’ylaridagi tovlanishlarni aks ettirishga katta ahamiyat beradi. Shu tariqa, milliy adabiyotimizda, sirtdan araganda, badiiy maqsadga bo’ysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida esa, o’y kishisi tafakkuri va hissiyoti manzaralari aks etgan asar paydo bo’ladi. Istiqlol davrida o’zbek nosirlari qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. Badiiy asarda odamga mavjudligi bilan sir-sinoatga to’la, har lahzada har kimga har turli qiymatga ega bo’lib tuyuladigan tirik inson tarzida yondashish qaror topib borayotir. Odamni yoritishda jo’nlikdan qutulinayotganligi o’zbek nasri taraqqiyotida sog’lom tamoyillar qaror topayotganligini ko’rsatadi. Milliy tafakkur, estetik didlar tizimida sodir bo’lgan evrilishlar o’zbek dramaturgiyasi rivojiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Usmon Azimning «Bir qadam yo’l», Ilhom hasanning «Bir kam dunyo», Abdulla A’zamning «Dugohi husayniy», Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» kabi asarlari istiqlol davri dramaturgiyasining yutuqlaridan bo’ldi. Istiqlolga erishilganidan keyin yaratilgan ko’pgina asarlarda oliy rutbaga ko’tarilgan, dunyo yaralishining sababi, adoqsiz ilohiy nur ila yo’g’rilgan zot deb qaralgan insonning hayvoniy va shaytoniy nafsi bois gshunohga moyil hamda o’sha gunohlar tufayli qabihliklar ham qilishga qodir, ayni paytda qilgan gunohlari sabab qiynaladigan o’ta murakkab mavjudot ekani tasvirlanmoqda. Istiqlol adabiyoti insonni jo’nlikdan, to’porilikdan, anchayinlikdan qutqaradi. Uni murakkablashtirdi, noziklashtirdi, bir xil qarashlar tizimibilan tushunib ham, tushuntirib ham bo’lmaydigan inshiqroq ekanligini ro’y-rost aks ettra boshladi. Istiqlol adabiyoti davlat adabiyoti bo’lmaydigani, adabiyotga rahbarlik qilish siyosatiga aylantirilmayotgani, «yozuvchi o’z holiga qo’yilgani» (A.Otaboy) uchun bugun adib So’z xizmatida. So’z esa haq va g’uzallik 5