logo

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.7890625 KB
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Reja.
1. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. 
2. G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlari va xususiyatlari. .
3.  Geosiyosat tushunchasi. Geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat Dunyoning mafkuraviy manzarasi.  “Dunyo”   arabchadan o‘zbek tiliga
kirib   kelgan   so‘z   bo‘lib   “ jahon,   olam”   degan   ma’nolarni   anglatadi .   Umuman
olganda   dunyo   so‘zi   eng   ko‘p   ma’nolarni   anglatuvchi   so‘zlar   jumlasiga   kiradi.
SHunga   ko‘ra   bu   so‘z:   1)   butun   borliq;   koinot,   olam;     2)   ijtimoiy   hayot   yoki
turmushda   yuz   bergan   (mavjud   bo‘lgan)   holatga   nisbatan,   unga   qarama-qarshi
bo‘lgan   boshqa   bir   holat;   3)     er   yuzi   va   undagi   barcha   odamlar,   insoniyat;   4)
kishining   ma’naviy,   ruhiy   olami,   hayoti;   5)   ma’lum   bir   ijtimoiy   tuzumga,   o‘ziga
xos   madaniy   va   ijtimoiy-tarixiy   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   omillar   bilan
birlashgan   kishilik   jamiyati   va   u   mavjud   bo‘lgan   davr,   degan   ma’nolarni
ifodalaydi 1
. 
“Manzara”   so‘zi ham arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan bo‘lib,   “ko‘rinish,
panorama; kuzatish maskani”   degan ma’noni bildirsada, dunyodagi narsa, voqea,
jarayonlarning   “ko‘zga   tashlanib   turadigan   yoki   tasavvur   etiladigan   ko‘rinish,
tasvir” ini 2
 ifodalash uchun ishlatiladi.
Ushbu   tushunchalarning   ma’no-mazmunidan   kelib   chiqqan   holda   “dunyoning
mafkuraviy   manzarasi”   degan   tushunchaga   quyidagicha   falsafiy   ta’rif   berish
mumkin.
Dunyoning   mafkuraviy   manzarasi   deb   jamiyat   taraqqiyoti   qonunlari,   uning
rivojlanish   tendensiyalarini   muayyan   ijtimoiy   guruh,   etnik   birliklar,   siyosiy
kuchlarning o‘ziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan
holda   insoniyat   istiqbolini   belgilashga   qaratilgan   mafkuraviy   tizimlar   majmuining
makon va zamonda yaqqol ko‘zga ko‘rinib turadigan joylashuv tartibiga aytiladi 3
. 
Dunyoning   mafkuraviy   manzarasini   aniqroq   tasavvur   etish   uchun   uning
mohiyatini   bilish   zarur.   Ma’lumki,   biron   bir   ijtimoiy   qatlam,   jamiyat   va   davlatning
manfaatlarini   ifodalayotgan   mafkuralar   har   xil   mafkuraviy   vositalarni   ishga   solish
orqali   o‘zlarining   ta’sir   doiralarini   kengaytirishga,   shu   orqali   qandaydir   moddiy   va
1   Қаранг:   Ўзбек   тилининг изоҳли  луғати. Ж.1. А–Д.  –Т.:  “Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси”  Давлат
илмий нашриёти, 2006. –Б.662–664.
2   Қаранг:   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   Ж.2.   Е-М.   –Т.:   “Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси”   Давлат   илмий
нашриёти, 2006. –Б.537.
3   Қаранг:   А.Очилдиевнинг   “Глобаллашув   ва   мафкуравий   жараёнлар”   (–Т.:   “Муҳаррир   нашриёти”,   2009.   –Б.53.)
номли китобида келтирилган таъриф асос қилиб олинди ва тўлдирилди.  ma’naviy   naf   ko‘rishga   harakat   qiladi.   Kishilik   jamiyati   ijtimoiy   hayotida   yuz
berayotgan   o‘zgarishlar,   har   bir   davr   ta’qozo   qilayotgan   talablar   asosida   muayyan
maqsadni   ko‘zlab   harakat   qilayotgan   ijtimoiy   guruh,   qatlam,   jamiyat,   davlat
maqomini  olgan  mafkuralar  muntazam  ravishda  o‘zlarining  mafkuraviy kurash  olib
borish vositalarini miqdoriy va sifatiy jihatdan takomillashtirib boradilar. Ularni ishga
solish   esa   mafkura   maydonlarida   sodir   bo‘layotgan   g‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning yo‘nalishlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
Dunyoning   mafkuraviy   manzarasida   sodir   bo‘layotgan   g‘oyaviy-
mafkuraviy   jarayonlarning     yo‘nalishlari   va   xususiyatlari.   Bugungi   kunda
dunyoning   mafkuraviy   manzarasi   doirasida   sodir   bo‘layotgan   g‘oyaviy   –
mafkuraviy   jarayonlarni   ikkita   bir-biriga   qarama-qarshi   bo‘lgan   yo‘nalishga
ajratish mumkin.
Progressiv   yo‘nalishdagi   mafkuraviy   jarayonlar.   Bularga:   tinchlik,
barqarorlik   va   taraqqiyot;   millatlararo   totuvlik   va   dinlararo   bag‘rikenglik;   inson
erkinligi   va   shaxs   kamoloti;   umuminsoniy   qadriyatlar   ustuvorligi     kabilarni
yaratishga qaratilgan mafkuraviy jarayonlarni  kiritish mumkin.
Reaksion yo‘nalishdagi  mafkuraviy jarayonlar.   Bularga: urush, qurollanish,
terrorizm   va  ekstremizm;   irqchilik,  millatchilik,  diniy  aqidaparastlik;  totalitarizm,
mustabidlik;   egoizm,   mahalliychilik     kabi   razilona     xatti-haraktlardan   iborat
bo‘lgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin.
Bugungi   kunda   ana   shu   progressiv   va   reaksion   g‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning   o‘zaro   kurashi   nisbatidan   kelib   chiqqan   holda   birinchi
Prezidentimiz   I.A.Karimov:   “Ta’bir   joiz   bo‘lsa,   aytish   mumkinki,   bugungi
zamonda   mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega” 4
, –
degan edi.
Bugungi   kunda   progressiv   yo‘nalishda   faoliyat   olib   borayotgan   mafkuralar
insoniyatni   har   xil   samoviy   va   zamin   ofatlaridan,   urush   va   boshqa   majoralardan
xalos   etib,   tinch-totuv,   o‘zaro   hamjihatlikda   yashash,   hududlar   bo‘linmasligi,
chegaralar daxlsizligini ta’minlash, moddiy va ma’naviy boyliklardan o‘zaro foydali
4   Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.113. hamkorlik asosida foydalanishga harakat qilayotgan bunyodkor g‘oyalar sifatida ish
yuritmoqda. Bunga, o‘zbek xalqining milliy mafkurasi yaqqol misol bo‘ladi.
Reaksion   yo‘nalishda   faoliyat   olib   borayotgan   mafkuralar   urush,   qurollanishni
targ‘ibot-tashviqot   qilish,   shuningdek,   odamlarni   esa   har   xil   g‘oyaviy   o‘yinlarni
o‘ylab topish asosida mafkuraviy yo‘l bilan ichidan bo‘lib tashlash evaziga ularning
tabiiy boyliklarini egallab olish, o‘zlarini esa g‘oyaviy qaramlikka giriftor qilish sari
tinmay   harakat   qilayotgan   vayronkor   g‘oyalar   sifatida   ish   yuritayotganligi   ko‘zga
tashlanib   turibdi.   Bunga   buyuk   davlatchilik   shovinizmi,   islom   dinining   qonun-
qoidalari   asosida   arab   xalifaligi   davlatini   tashkil   etish,   panamerkanizm,
panslavyanizm,   panturkizm   kabi   g‘oyalar   bayrog‘i   ostida   faoliyat   olib   borayotgan
mafkuraviy markazlarni kiritish mumkin.
Bugungi   kunda   dunyoning   mafkuraviy   manzarasidan   joy   olgan   ana   shu   ikki
yo‘nalishdagi   mafkuraviy   jarayonlarning   mazmunidan   shu   narsa   ayon
bo‘lmoqdaki, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar avj
olmoqda.  
Geosiyosat   tushunchasi,   uning   mohiyat-mazmuni.   Globallashuv   sharoitida
davlatlarning   siyosatida   tub   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lmoqda.   Bular,   birinchidan,
jahonda kechayotgan integrallashuv jarayonida ishtirok etish; ikkinchidan, o‘zining
tabiiy  boyliklari,  geografik  joylashuvi,   mintaqaviy  jihatdan   qulay   joyda  ekanligiga
qarab   ish   yuritishga   harakat   qilayotganliklarida   ko‘rinib   turibdi.   Bu   esa   yangicha
geosiyosat yuritilayotganidan darak bermoqda. Xo‘sh, geosiyosat nima?  geopolitika
(yun. geo – er, politika – davlatni boshqarish san’ati) deb biron bir mamlakatning
tashqi   siyosatda   geografik   o‘rni,   hududiy   joylashishi,   kommunikatsion
imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan faoliyatidir.
Tarixda   geopolitika   jamiyat   taraqqiyotida   geografik   sharoitlarning   o‘rnini
yuqori   darajada   mutlaqlashtiruvchi   qarash   tarzida   namoyon   bo‘ldi.   “Hayotiy
makonning   torlik   qilayotgani”,   “tabiiy   sarhadlarni   kengaytirish   zarurati”   singari
da’volar   geopolitikani   bosqinchilikni   asoslovchi   siyosiy   konsepsiya,   deb
baholanishiga olib keldi. Geopolitika   atamasini   fanga   shvetsiyalik   siyosatshunos   olim   Rudolf   CHellen
(1864–1922)   kiritgan.   Bu   atama   I   jahon   urushi   arafasida   keng   qo‘llanila   boshladi.
O‘sha davrda yashagan nemis olimi Fridrix Ratsel (1844–1904) davlatlar muayyan
joy   va   hududda   mavjud   bo‘ladi,   bu   esa,   o‘z   navbatida   ularni   zarur   hududlarni
egallashga   majbur  qiladi,  deb  hisoblagan.  Bunday   qarash  reaksion  bo‘lib,  dunyoni
qayta   bo‘lib   olish   uchun   kurashga   otlangan   Kayzer   Germaniyasining   urushga
shaylanayotgan siyosatchilari uchun nihoyatda maqbul bo‘lgan.
XX   asr  boshlaridan geopolitika mustaqil  fan va siyosat  sohasi, deya talqin etila
boshlandi,   1923–1927   yillarda   chop   etilgan   “Geopolitika”   jurnali   geografik
omilning davlatlar, xalqlarning mavjud bo‘lishiga ta’sirini mutlaqlashtirish yo‘lidan
bordi.   Bunday   qarash   Germaniya,   so‘ngra   Italiya   hamda   YAponiya   davlatlari
siyosatining   asosiy   doktrinasiga   aylandi.   O‘zga   hududlarga   nisbatan   bosqinchilik
siyosatining ustuvor qo‘yilishi o‘sha paytdagi mustamlakachilik siyosatini oqlashga,
milliy ozodlik harakatlarini bostirishga qaratilgan edi.
II  jahon urushidan keyin ba’zi yirik davlatlar dunyodagi qator mamlakatlarni o‘z
manfaatlari doirasiga kiritib, ularda mustahkam o‘rnashish va shu asosda o‘zlarining
ta’sir doiralarini kengaytirishga intildilar. Natijada dunyo siyosiy xaritasida qarama-
qarshi ikki qutb yuzaga keldi.  XX  asrning 60-yillariga kelib geopolitika ikki qarama-
qarshi   sistema,   ko‘proq   AQSH   va   sobiq   Ittifoq   orasidagi   kurashni   asoslashga
yo‘naltirildi. Sovuq urush siyosati geosiyosiy yo‘llar va usullarga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazdi.
SSSR   tarix   sahnasidan   ketishi   bilan   davlatlar   tomonidan   olib   boriladigan
geosiyosatning   ham   mazmuni   va   yo‘nalishlari   o‘zgardi.   Endilikda   davlatlar
geosiyosatni   sovuq   qurollar   bilan   emas,   balki   mafkuraviy   qurollarni   ishga   solish
orqali   o‘zlarining   muayyan   maqsadlarini   amalga   oshirishga   kirishdilar.   Natijada,
yangi   geostrategik   maqsadlar   paydo   bo‘ldi.   Ular   esa   manfaatlar   silsilasidan   kelib
chiqqan holda yangicha mafkuraviy siyosat yurgizish orqali amalga oshirila boshladi.
SHunday   qilib,   globallashuv   sharoitida   davlatlarning   geostrategik   maqsad   va
manfaatlari tobora kengaya boshladi. Geostrategik   maqsadlar.   G eostrategik   maqsadlar   deb   biron   bir   davlatning
hududiy-jug‘rofiy   omillarni   hisobga   olgan   holda   amalga   oshiriladigan   istiqbolli
intilishlar, munosabatlar tizimiga aytiladi.
Masalan,   O‘zbekiston   o‘zining   qulay   jug‘rofiy   joylashuvidan   mamlakat
iqtisodiyoti,   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy,   ilmiy-texnikaviy   salohiyatini   yanada
rivojlantirish yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqda.
Bu  sohada,   birinchidan,   O‘zbekistonda  yirik  gaz,  ko‘mir,  neft   konlari  topilgani
va   ishga   tushirilayotgani   mamlakat   ehtiyojlarini   qondiribgina   qolmasdan,   balki
uning eksport imkoniyatlarini ham oshiradi.
Ikkinchidan,   O‘zbekiston   dunyodagi   juda   katta   oltin,   kumush   va   boshqa
qimmatbaho   ma’dan   zaxiralariga   ega   bo‘lgan   davlatlar   jumlasiga   kiradi.   Hozirgi
vaqtda mamlakatimizda qator qimmatbaho ma’dan konlari qidirib topilgan. Bu esa,
chet   el   investitsiyasi   va   texnologiyasini   ishlab   chiqarishga   faol   jalb   qilishni   talab
etadi.
Uchinchidan,   mamlakatimiz   rangli   metallar   –   mis,   qo‘rg‘oshin,   ruh,   volfram
rudalariga   boy   bo‘lgan   geostrategik   makondir.   Ayni   paytda   reniy,   molibden,
kadmiy,   selen,   indiy   va   oltingugurtning   katta   zaxiralari   bo‘lgan   konlar   ham
mavjud.
To‘rtinchidan,   mamlakatimizda   marmar,   granit   konlari   mavjud.   Ularning
zaxiralari,   taxminan,   sakson   besh   million   kubometr   deb   hisoblanadi.   Hozirda
G‘ozg‘on,   Nurota,   Zarband   konlarida   marmar   bloklarni   ishlab   chiqarish   borasida
chet   el   zamonaviy   texnologiyasi   asosida   sheriklar   bilan   birgalikda   ish   olib
borilmoqda.
Beshinchidan,   mamlakatimiz   fosforitlarga,   kadmiy   va   osh   tuzi   konlariga   boy
hudud hisoblanadi.
Bularning barchasi yurtimiz taraqqiyot istiqbolini belgilab beruvchi geostrategik
maqsadlarni belgilash va hayotga tatbiq etishda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Geostrategik manfaatlar .   Geostrategik manfaatlar –   muayyan mamlakat yoki
mintaqaning jug‘rofik joylashuvi bilan belgilanadigan ehtiyoj va intilishlar in’ikosi.
U istiqbolni anglash bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. O‘zbekiston   Amudaryo   bilan   Sirdaryo   oralig‘ida   joylashgan   bo‘lib,   u   jug‘rofiy
jihatdan   juda   qulay   geostrategik   mavqega   egadir.   Qadimdan   SHarq   bilan   G‘arbni
bog‘lagan   Buyuk   ipak   yo‘li   aynan   O‘zbekiston   hududidan   o‘tgani   savdo-sotiq,
madaniy-ma’rifiy   aloqalarni   keng   rivojlantirishga   sabab   bo‘lgan.   1991   yilda
Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   mustaqillikka   erishganidan   keyin   bu   boradagi
qadimiy aloqalar qaytadan jonlandi.
O‘zbekiston   Markaziy   Osiyoda   kuchlar   muvozanatini   ta’minlash,   mintaqada
hamkorlikni   mustahkamlash   sohasida   muhim   o‘rin   tutishi   uchun   hamma   katta
imkoniyatlarga  ega.  CHunki   u ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  katta kuch-qud-ratga  ega
bo‘lgan   mamlakatdir.   Bularning   barchasi   O‘zbekistonning   jahon   iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi,   chet   el   investitsiyalarini   jalb   qilinishi,   yurtimizni   davlatlar
o‘rtasida   o‘zaro   foydali   hamkorlikning,   tovar   va   ka-pital   tranzitining   o‘ziga   xos
mintaqaviy   markaziga   aylantirdi.   Buning   natijasida   transport,   sayyohlik   va
moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.
O‘zbekistonning   noyob   va   boy   tabiiy   xomashyo   zaxiralariga   ega   ekani,   qulay
iqlim   sharoiti   va   qishloq   xo‘jaligi   taraqqiyotidagi   ulkan   salohiyati   uni   dunyoning
eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olishi uchun sharoit yaratadi.
Bularning   barchasi   O‘zbekistonning   geostrategik   jihatdan   buyuk   mamlakatlar
qatoridan joy olishi uchun hamma imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.
Ularning har ikkalasi ham davlat tomonidan yurgiziladigan geosiyosat vositasida
amalga oshiriladi. Geosiyosatning qalbini mafkuraviy siyosat tashkil edadi.
Mafkuraviy   siyosat   va   uning   turlari .   Mafkuraviy   siyosat   bu   muayyan
g‘oyaviy   qarashlar   tizimini   odamlar   ongiga   singdirish,   zararli   ma’naviy   –
mafkuraviy   ta’sirlar,   turli   ko‘rinishdagi   tazyiqlarning   oldini   olishga   qaratilgan
uslub va vositalar hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish va boshqarish bilan
bog‘liq faoliyat majmuidir.
Mafkuraviy   siyosatni   mafkuraviy   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   bo‘lgan
harakat   tarzida   ham   tushunish   mumkin.   Bu   vazifalar   muayyan   mamlakat   yoki
xalqning   dunyo   hamjamiyatida   tutgan   o‘rni,   nufuzi,   xalqaro   iqtisodiy,   siyosiy,
diplomatik aloqalardagi mavqei, taraqqiyot darajasi kabi bir qator ko‘rsatkichlardan kelib chiqadi.  Masalan,   mustaqil   O‘zbekiston   sharoitida milliy istiqlol   mafkurasini
yaratish   orqali   milliy   xavfsizlikni   ta’minlash   va   mustahkamlash   masalasi   dolzarb
ahamiyatga ega.
Odatda,  ichki hamda tashqi mafkuraviy siyosat  bir-biridan farqlanadi. 
Ichki   mafkuraviy   siyosat   mamlakat,   xalqning   o‘z   oldiga   qo‘ygan   strategik
maqsadlaridan   kelib   chiqib,   taraqqiyotning   yangi   bir   bosqichga   ko‘tarilishi   uchun
fuqarolarni safarbar qilish vazifasini o‘taydi.  Tashqi mafkuraviy siyosat,  o‘z xalqi   va
mamlakatining   xalqaro   maydondagi   nufuzini   mustahkam-lash,   mustaqil
taraqqiyotning   xalqaro   munosabatlar   bilan   bog‘liq   jihatlarini   ta’minlash   hamda
begona mafkuralarning ta’si-ridan himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Mafkuraviy   siyosatning   samaradorligi   uning   qanday   vositalar,   usullar   va
shakllarda   yuritilishiga   bog‘liq.   Bu   o‘rinda   ijtimoiy   taraqqiyotdagi   turli   guruhlar,
sinflar   va   qatlamlar   manfaatlarining   hisobga   olinishi   muhim   ahamiyatga   egadir.
Mafkuraviy   ta’sir   o‘tkazish   yo‘llari   omma   uchun   qanchalik   yaqin,   tushunarli   va
tabiiy   bo‘lsa,   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   yutuqlariga   tayangan   holda   tashkil   etilsa,
mafkuraviy   siyosat   shunchalik   samarali   bo‘ladi.   “ Poligon”   so‘zi   yunoncha   “ poly -
ko‘p”   “ gonia -burchak”,   ya’ni   “ko‘p   bo‘rchak”   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   1)
mamematika   ilmida   ko‘p   burchak;   tekislikdagi   siniq   chiziq;   2)   harbiy   sohada
quruqlik yoki dengizning maxsus inshootlar, qurilmalar bilan jihozlangan va har xil
qurollar   va   jangovoar   texnikani   sinab   ko‘rish,   shuningdek,   harbiy   mashqlar
o‘tkazish   uchun   mo‘ljallangan   qismi;   3)   ko‘chma   ijtimoiy   ma’noda   esa   muayyan
ish-harakat,   faoliyat   bilan   shug‘ullanish   maydoni,   sohasini   anglatish   uchun
ishlatiladi 5
.   SHularga   asoslangan   holda   mafkuraviy   poligon   tushunchasini
quyidagicha ta’riflash mumkin.
Mafkuraviy   poligon   bu   –   katta   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-
madaniy imkoniyatlarga ega bo‘lgan ayrim shaxs, elat, millatlarning o‘zga odamlar
va   xalqlarning   qalbi   va   ongini   egallashga   qaratilgan   turli   g‘oyalarni   janggohga
tashlash oldidan sinab ko‘radigan maxsus mafkuraviy maydondir.  
5   Қаранг:   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   Ж.3.Н-Т.   –Т.:   “Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси”   Давлат   илмий
нашриёти, 2006. –Б.291. Mafkuraviy   poligonlarning   yadro   poligonlaridan   ustunligi   nimada?   Bu   ustunlik
birinchidan , katta moddiy va maliyaviy resurslarni tejab qolish imkoniyatini beradi.
Masalan,   bitta   yadro   qurolini   ishlab   chiqish,   uni   ko‘zlangan   joyga   eltib   tashlash
uchun necha-necha millionlab, milliardlab pul mablag‘lari sarflanadi.
Ikkinchidan ,   yadro   qurollari   ishlatilguday   bo‘lsa,   egallamoqchi   bo‘layotgan
barcha   moddiy   boyliklar   vayron   bo‘lib,   yaroqsiz   holga   kelib   qoladi,   vaholanki,
yadro   qurolini   ishlatish   orqali   zabt   etilgan   joyda   “g‘olib-yadrochi”ning   o‘zi   ham
yashash imkoniyatlaridan mahrum bo‘ladi. 
Uchinchidan,   millionlab odamlarning halok bo‘lishi yoki mayib-majruh bo‘lishi
oqibatida “g‘olib-yadrochi” tayyor ishchi kuchidan ajraladi .
To‘rtinchidan ,   butun   ekosistemaning   izdan   chiqishi   oqibatida   “g‘olib-
yadrochi”ning  o‘zi  ham  katta   falokat  yoqasiga  kelib  qoladi.  Buni  aqli  raso   har  bir
odam yaxshi biladi. SHuning uchun ham tabiiy zaxiralarga boy bo‘lgan hududlarni
egallash urinayotgan har xil kuchlar, qandaydir g‘oya va mafkuralar bayrog‘i ostida
birlashib,   o‘zlarining   mafkuraviy   qurollarini   ishga   solgan   holda   o‘sha   joylarni
egallash   uchun   mafkuraviy   kurashni   avj   oldirishga   kirishmoqdalar.   Bu   kurash
o‘zining   g‘irromi   uyinlar   tarzida   pinhona   kechayotganligi   bilan   o‘zbek   xalqining
mustaqilligiga, uning rivojlanishiga tahdid solmoqda.  Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Reja. 1. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. 2. G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlari va xususiyatlari. . 3. Geosiyosat tushunchasi. Geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat

Dunyoning mafkuraviy manzarasi. “Dunyo” arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib “ jahon, olam” degan ma’nolarni anglatadi . Umuman olganda dunyo so‘zi eng ko‘p ma’nolarni anglatuvchi so‘zlar jumlasiga kiradi. SHunga ko‘ra bu so‘z: 1) butun borliq; koinot, olam; 2) ijtimoiy hayot yoki turmushda yuz bergan (mavjud bo‘lgan) holatga nisbatan, unga qarama-qarshi bo‘lgan boshqa bir holat; 3) er yuzi va undagi barcha odamlar, insoniyat; 4) kishining ma’naviy, ruhiy olami, hayoti; 5) ma’lum bir ijtimoiy tuzumga, o‘ziga xos madaniy va ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan omillar bilan birlashgan kishilik jamiyati va u mavjud bo‘lgan davr, degan ma’nolarni ifodalaydi 1 . “Manzara” so‘zi ham arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan bo‘lib, “ko‘rinish, panorama; kuzatish maskani” degan ma’noni bildirsada, dunyodagi narsa, voqea, jarayonlarning “ko‘zga tashlanib turadigan yoki tasavvur etiladigan ko‘rinish, tasvir” ini 2 ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu tushunchalarning ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda “dunyoning mafkuraviy manzarasi” degan tushunchaga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deb jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini muayyan ijtimoiy guruh, etnik birliklar, siyosiy kuchlarning o‘ziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmuining makon va zamonda yaqqol ko‘zga ko‘rinib turadigan joylashuv tartibiga aytiladi 3 . Dunyoning mafkuraviy manzarasini aniqroq tasavvur etish uchun uning mohiyatini bilish zarur. Ma’lumki, biron bir ijtimoiy qatlam, jamiyat va davlatning manfaatlarini ifodalayotgan mafkuralar har xil mafkuraviy vositalarni ishga solish orqali o‘zlarining ta’sir doiralarini kengaytirishga, shu orqali qandaydir moddiy va 1 Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.1. А–Д. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. –Б.662–664. 2 Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.2. Е-М. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. –Б.537. 3 Қаранг: А.Очилдиевнинг “Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар” (–Т.: “Муҳаррир нашриёти”, 2009. –Б.53.) номли китобида келтирилган таъриф асос қилиб олинди ва тўлдирилди.

ma’naviy naf ko‘rishga harakat qiladi. Kishilik jamiyati ijtimoiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, har bir davr ta’qozo qilayotgan talablar asosida muayyan maqsadni ko‘zlab harakat qilayotgan ijtimoiy guruh, qatlam, jamiyat, davlat maqomini olgan mafkuralar muntazam ravishda o‘zlarining mafkuraviy kurash olib borish vositalarini miqdoriy va sifatiy jihatdan takomillashtirib boradilar. Ularni ishga solish esa mafkura maydonlarida sodir bo‘layotgan g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Dunyoning mafkuraviy manzarasida sodir bo‘layotgan g‘oyaviy- mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlari va xususiyatlari. Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasi doirasida sodir bo‘layotgan g‘oyaviy – mafkuraviy jarayonlarni ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan yo‘nalishga ajratish mumkin. Progressiv yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlar. Bularga: tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot; millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik; inson erkinligi va shaxs kamoloti; umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi kabilarni yaratishga qaratilgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin. Reaksion yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlar. Bularga: urush, qurollanish, terrorizm va ekstremizm; irqchilik, millatchilik, diniy aqidaparastlik; totalitarizm, mustabidlik; egoizm, mahalliychilik kabi razilona xatti-haraktlardan iborat bo‘lgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin. Bugungi kunda ana shu progressiv va reaksion g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro kurashi nisbatidan kelib chiqqan holda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega” 4 , – degan edi. Bugungi kunda progressiv yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mafkuralar insoniyatni har xil samoviy va zamin ofatlaridan, urush va boshqa majoralardan xalos etib, tinch-totuv, o‘zaro hamjihatlikda yashash, hududlar bo‘linmasligi, chegaralar daxlsizligini ta’minlash, moddiy va ma’naviy boyliklardan o‘zaro foydali 4 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.113.

hamkorlik asosida foydalanishga harakat qilayotgan bunyodkor g‘oyalar sifatida ish yuritmoqda. Bunga, o‘zbek xalqining milliy mafkurasi yaqqol misol bo‘ladi. Reaksion yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mafkuralar urush, qurollanishni targ‘ibot-tashviqot qilish, shuningdek, odamlarni esa har xil g‘oyaviy o‘yinlarni o‘ylab topish asosida mafkuraviy yo‘l bilan ichidan bo‘lib tashlash evaziga ularning tabiiy boyliklarini egallab olish, o‘zlarini esa g‘oyaviy qaramlikka giriftor qilish sari tinmay harakat qilayotgan vayronkor g‘oyalar sifatida ish yuritayotganligi ko‘zga tashlanib turibdi. Bunga buyuk davlatchilik shovinizmi, islom dinining qonun- qoidalari asosida arab xalifaligi davlatini tashkil etish, panamerkanizm, panslavyanizm, panturkizm kabi g‘oyalar bayrog‘i ostida faoliyat olib borayotgan mafkuraviy markazlarni kiritish mumkin. Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasidan joy olgan ana shu ikki yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlarning mazmunidan shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar avj olmoqda. Geosiyosat tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni. Globallashuv sharoitida davlatlarning siyosatida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bular, birinchidan, jahonda kechayotgan integrallashuv jarayonida ishtirok etish; ikkinchidan, o‘zining tabiiy boyliklari, geografik joylashuvi, mintaqaviy jihatdan qulay joyda ekanligiga qarab ish yuritishga harakat qilayotganliklarida ko‘rinib turibdi. Bu esa yangicha geosiyosat yuritilayotganidan darak bermoqda. Xo‘sh, geosiyosat nima? geopolitika (yun. geo – er, politika – davlatni boshqarish san’ati) deb biron bir mamlakatning tashqi siyosatda geografik o‘rni, hududiy joylashishi, kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan faoliyatidir. Tarixda geopolitika jamiyat taraqqiyotida geografik sharoitlarning o‘rnini yuqori darajada mutlaqlashtiruvchi qarash tarzida namoyon bo‘ldi. “Hayotiy makonning torlik qilayotgani”, “tabiiy sarhadlarni kengaytirish zarurati” singari da’volar geopolitikani bosqinchilikni asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb baholanishiga olib keldi.

Geopolitika atamasini fanga shvetsiyalik siyosatshunos olim Rudolf CHellen (1864–1922) kiritgan. Bu atama I jahon urushi arafasida keng qo‘llanila boshladi. O‘sha davrda yashagan nemis olimi Fridrix Ratsel (1844–1904) davlatlar muayyan joy va hududda mavjud bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida ularni zarur hududlarni egallashga majbur qiladi, deb hisoblagan. Bunday qarash reaksion bo‘lib, dunyoni qayta bo‘lib olish uchun kurashga otlangan Kayzer Germaniyasining urushga shaylanayotgan siyosatchilari uchun nihoyatda maqbul bo‘lgan. XX asr boshlaridan geopolitika mustaqil fan va siyosat sohasi, deya talqin etila boshlandi, 1923–1927 yillarda chop etilgan “Geopolitika” jurnali geografik omilning davlatlar, xalqlarning mavjud bo‘lishiga ta’sirini mutlaqlashtirish yo‘lidan bordi. Bunday qarash Germaniya, so‘ngra Italiya hamda YAponiya davlatlari siyosatining asosiy doktrinasiga aylandi. O‘zga hududlarga nisbatan bosqinchilik siyosatining ustuvor qo‘yilishi o‘sha paytdagi mustamlakachilik siyosatini oqlashga, milliy ozodlik harakatlarini bostirishga qaratilgan edi. II jahon urushidan keyin ba’zi yirik davlatlar dunyodagi qator mamlakatlarni o‘z manfaatlari doirasiga kiritib, ularda mustahkam o‘rnashish va shu asosda o‘zlarining ta’sir doiralarini kengaytirishga intildilar. Natijada dunyo siyosiy xaritasida qarama- qarshi ikki qutb yuzaga keldi. XX asrning 60-yillariga kelib geopolitika ikki qarama- qarshi sistema, ko‘proq AQSH va sobiq Ittifoq orasidagi kurashni asoslashga yo‘naltirildi. Sovuq urush siyosati geosiyosiy yo‘llar va usullarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. SSSR tarix sahnasidan ketishi bilan davlatlar tomonidan olib boriladigan geosiyosatning ham mazmuni va yo‘nalishlari o‘zgardi. Endilikda davlatlar geosiyosatni sovuq qurollar bilan emas, balki mafkuraviy qurollarni ishga solish orqali o‘zlarining muayyan maqsadlarini amalga oshirishga kirishdilar. Natijada, yangi geostrategik maqsadlar paydo bo‘ldi. Ular esa manfaatlar silsilasidan kelib chiqqan holda yangicha mafkuraviy siyosat yurgizish orqali amalga oshirila boshladi. SHunday qilib, globallashuv sharoitida davlatlarning geostrategik maqsad va manfaatlari tobora kengaya boshladi.