OLAMNING TABIIY – ILMIY MANZARASI.
OLAMNING TABIIY – ILMIY MANZARASI. REJA: 1. Olamning tabiiy-ilmiy manzarasi. 2. Olamning mexanistik manzarasi. 3. Olamning elektromagnit manzarasi. 4. Tabiiyotshunoslikda inqilob va olam manzarasining almashinuvi.
1. Olamning tabiiy-ilmiy manzarasi. Uyg’onish davrida N.Kopernik, Leonardo da Vinchi, G.Galiley asos solgan ilmiy tafakkur tarzi Yangi zamonda o’z hosilini berdi. Bu davrda olamning tabiiy-ilmiy manzarasining shakllanishi boshlandi. Olamning tabiiy-ilmiy manzarasining vujudga kelishi nazariy tafakkurning yangi bosqichini bildiradi. Bu manzara manzara tabiatning bir butun suratini chizib beradi. Uni yaratishda barcha tabiiyot fanlari, shu jumladan, falsafa ham qatnashadi. Lekin har bir konkret – tarixiy davrda ilmiylik darajasi, tadqiqot usulinin samaradorligi yuksak bo’lgan fanlar guruhi olamning tabiiy-ilmiy manzarasini vujudga kelishida ko’proq hissa qo’shadilar. Yangi davrda olamning tabiiy-ilmiy manzarasi shakllanishida matematika, mexanika va astronomiya fanlari yetakchi rol o’ynaydi. Tafakkur tarzida ham tub o’zgarish yuz berdi. Bu davrdagi ilmiy izlanishlarda obyektni sun’iy sharoitga qo’yish, unga ta’sir ko’rsatish kabi tajribalar amalga oshiriladigan bo’ldi. Sodir bo’lgan o’zarishlarni to’laroq tasavvur qilish uchun antik fan va falsafada shakllangan olam manzarasini ko’rib chiqaylik. Qadimgi Yunonistonda ishlab chiqilgan olam manzarasi nafaqat ishonchli dalil va xulosalardan, balki mavxum, taxminiy mulohazalardan, asoslanmagan tasavvurlardan iborat bo’lgan. Bir tomondan keyinchalik tasdiqlangan (masalan, Demokritning barcha narsalar atomlardan tuzilganligi, Epikurning atomlar vaznga ea bo’lishi haqidagi tasavvurlar) g’oyalar, ikkinchi tomondan, faktlar bilan isbotlanmagan aqidalar (masalan, Aristotelning faqat aylanma harakat mukammal harakat turiga kiradi, degan fikri) ilgari surilgan. Yana bir taqqoslash: Aristotel tushayotgan jismni bosib o’tadigan yo’li uning tezligiga proporsionaldir, degan fikrni bildirdi. Galiley zambarak o’qi
harakatini o’rganib, tushayotan jismni bosib o’tadigan yo’li uning tezligiga emas, tezlanishga (vaqt oralig’ida harakat tezligini o’zgarish qiymatiga) proporsional ekanligini aniqladi. Tabiatni eksperimental tadqiqot qilishga o’tish olamning tabiiy-ilmiy manzarasini yaratish imkoniyatini berdi. Bunday manzarani shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan, falsafaning roli ham kattadir. Ijtimoiy – gumanitar fanlar va falsafa olamning tabiiy-ilmiy manzarasini vujudga kelishi uchun zarur bo’lgan ma’naviy muhitni, tafakkur erkinligini yuzaga keltiradilar. Aytaylik Uyg’onish davri mutafakkiri Nikolo Makiavelli (1469-1527) jamiyat ilohiy kuchlar irodasi bilan emas, balki tabiiy sabablar taqozosi rivojlanadi degan fikrni uqtirgan. U davlatga birinchilardan bo’lib insoniy ko’z bilan qaray boshlagan, uning qonunlarini ilohiyot bilan emas, balki odamlarning faoliyati, maqsad va manfaatlari bilan bog’langan Hurfikrlilikka asoslangan ijtimoiy-gumanitar ilm tabiatni bir – butun olam sifatida idrok qiladigan nazariy tafakkur uchun ma’rifatparvarlik, insonparvarlik muhitini yaratdi, mustaqil fikrlaydigan tadqiqotchilarni yetishib chiqishiga yordam berdi. Yangi davrda olamning bir butun tabiiy-ilmiy manzarasini ishlab chiqish ehtiyojini yuzaga keltirgan bir muhim omil paydo bo’ldi. Gap shundaki, tabiat munoslikda sohaviy tarmoqlanish (fanlar differensiyasi) jarayoni kuchayib borayotgan edi. Ayniqsa, astronomiya, mexanika, fizika fanlari tabiatni turli tomonlariga oid qonunlarini kashf etib, ularni tabiiy- ilmiy, matematik tilda tahlil qilishga o’tdilar. Kashf etilgan xossalar, qonunlar mohiyati va o’rnini belgilash uchun umumiy tasavvur, manzara kerak. Shunday manzara, olam xususida bir – butun tasavvurlar tizimi bo’lmasa kashf etilgan qonuniyatlarni tushunish va tushuntirish qiyinlashadi.
Odatda rivojlangan fan boshqa fanlar ishlab chiqqan tasavvurlarni birlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi, yetakchi tafakkur tarzi va tadqiqot usuliga aylanib boradi. Yangi davrda ishlab chiqilgan olamning tabiiy-ilmiy manzarasi mexanik manzara shaklini oldi. 2. Olamni mexanistik manzarasi. XVII asrdan boshlab Ovrupoda tabiiy-ilmiy bilimlarning yuksalishi, ijtimoiy va texnik taraqqiyot olamning yangi manzarasini ishlab chiqish ehtiyojini kuchaytirdi. O’sha davrning olimlari va faylasuflari shunday tabiiy-ilmiy manzarani ishlab chiqdilar. Bu ishda qaysi fan yetakchi rol o’ynaydi? Mexanika fani. Bu bejiz emas edi. XVII asr ilmiy inqilob davri hisoblanadi. Eng chuqur kashfiyotlar, nazariyalar va ta’limotlarni ishlab chiqish mexanika va matematika fanlari sohasida amalga oshirildi. Mexanika fani qonun-qoidalari va tushunchalarini olimlar astronomiya, fizika, fiziologiya, insonshunoslik kabi ilm sohalarida tabiq qildilar. Tabiiy-ki, olamning yangi tabiiy-ilmiy manzarasini yaratishda mexanik tasavvurlar va tamoyillar yetakchi rol o’ynaydi. Bu manzara «olamning mexanistik manzarasi» deb ataladi. Olamning mexanistik manzarasi haqidagi gapirganda uni yuzaga keltirgan gnoseologik va ijtimoiy omillarni qayd qilish lozim. Gnoseologik omil bu – mexanika va matematika faning rivoji, ularni o’sha davrda nazariy tafakkurni eng aniq sohasi, bilimlarni bilimi deb baholashda, tadqiqotlarda mexanika va matematika fanlari usullarini qo’llashda, mexanik – matematik tafakkur tarziga taqlid qilishda namoyon bo’ldi. Ikkinchi omilni olamning mexanistik manzarasini yaratishda turtki bo’lib xizmat qilgan ijtimoiy jarayonlar tashkil qiladi. Bunga XVII asr texnikasi va ishlab chiqarishda keng yoyilgan manufakturalarning xususiyatini kiritish mumkin.
Ayniqsa soat, uni manufakturada ishlab chiqarish texnologiyasi yaqqol misol bo’ladi. Soat mexanika qonunlariga bo’ysunib aniq ishlaydigan mexanizmdir. Soatning ishlashini tushunish uchun uning oddiyroq unsurlarini tashkil qilgan qismlarini bo’laklarga ajratib, alohida qarab chiqish kerak. Ishlab chiqarish sohasida ham soat mexanizmini eslatadigan mehnatni tashkil qilish tizimiga asoslangan manufaktura shakli paydo bo’ldi. Unda har bir ishchi ma’lum ishlab chiqarish funksiyasini bajargan, bir xil yoki o’xshash funksiyalarni bajaradigan agentlarga aylandilar. Koinotning o’zini ham katta soat mexanizmiga o’xshatganlar. Yaratuvchi «buyuk soatsoz» koinotni yaratib, unga dastlabki impulsni berdi, uning qismlarini mexanika qonunlari bilan birlashtirdi. Qayd etilgan mexanistik manzarani gnoseologik va ijtimoiy va Nyuton ishlab chiqqan mexanika qonunlari, tushunchalari va tamoyillari olamning mexanistik manzarasini shakllanishida nazariy manba va ildiz rolini o’ynadi. Galiley birinchi marta tabiatni tadqiq qilishda o’rganilayotgan qiymatlarni o’lchash va olingan natijalarni matematik qayta ishlash bilan birga ekisperiment usulini tatbiq qildi. Oldinlari eksperiment goho – goho qo’yilar edi. Lekin Galiley eksperimental tadqiqot va uning matematik tahlilini muntazam olib boriladigan faoliyatga aylantirdi. Eng muhimi, Galiley tabiat hodisalarini naturfilosofik tushuntirishdan voz kechib, eksperimental, faol tajriba o’tkazadigan tabiatshunoslikka asos soldi. Eksperimentni matematik tahlil bilan birgalikda olib borish Galileyga erkin tushayotgan jismlarning harakat qonunlarini kashf qilish imkoniyatini berdi. Tabiatdagi barcha jismlar aniq qiymatga ega bo’lgan qonunlarga bo’ysunishi aniqlandi. Bunday xulosaga kelishda eksperimentning