O‘zbek tili uslubshunoslgining o‘rganilishi va uning hozirgi bosqichdagi muammolari
O‘zbek tili uslubshunoslgining o‘rganilishi va uning hozirgi bosqichdagi muammolari R e j a : 1. Stil – uslub tushunchasi haqida. 2. O‘zbek tilshunosligida uslubshunoslikning o‘rganilishi. 3. O‘zbek tili uslubshunosligining yo‘nalishlari. 4. Til stili va nutq stili tushunchalari. 5. Badiiy adabiyot stilistikasi. 6. Vazifaviy uslubshunoslik. 7. Uslubshunoslikning hozirgi bosqichdagi muammolari.
Har bir milliy til stilistikasini alohida fan sifatida ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganishning qanchalik muhimligi bulungi kunda hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Akad. V.V. Vingoradov ta’kidlaganidek, u tilni tadqiq etishning o‘ziga xos cho‘qqisi, milliy nutqiy madaniyat taraqqiyotining nazariy asosidir. 1 Zero O‘zbekiston Respublikasining ham mustaqil davlat sifatida tashkil topishi dunyo xalqlari oldida o‘zbek ma’naviyatini avvalgidan ham kengroq ko‘lamda namoyish etish zaruriyatini yuzaga keltirdi va bu mas’uliyat o‘zbek tilshunosligida shu paytga qadar erishilgan yutuqlarni yana bir bor qarab chiqish, ana shu asosda savodxonligimiz hamda nutqiy madaniyatimz saviyasini yanada oshirish masalasini o‘rtaga qo‘ymoqda. Demak, bu borada ko‘plab savollarga amalda javob bera oladigan o‘zbek stilistikasi fani bilan har qachongidan ham jiddiy shug‘ullanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bundan besh asr muqaddam buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zbek tilining, ayniqsa uning poetikasining tasviriy va uslubiy imkoniyatlari naqadar keng ekanligini o‘zining yuksak badiiy asarlari hamda «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi bir qator tarixiy va ilmiy asarlari bilan ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab bergan edi. Bu masalaning bir tomoni bo‘sla, ikkinchi bir muhim jihati – u zotning o‘zbek tilining ulkan himoyachisi ekanligini ham e’tirof etmaslik, tan olmaslik aslo mumkin emas. XU asr sharoitida turkiy xalqlar orasida arab va, ayniqsa, fors-tojik tillarining ta’siri baland bo‘lib turgan, hatto ayrim kishilarning turkiy tilni kamsitishgacha borgan bir paytda uni dadil himoya qilib chiqish va uning tenglar ichida teng (arab, fors-tojik tillari bilan) ekanligin isbotlash hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas edi. Buni Alisher Navoiyning o‘zi «Muhokamat ul-lug‘atayn»ni yozib tugallayotganida faxr bilan qayd etadi: «Va xayolimg‘a mundog‘ kelurkim, turk ulusi fasihlarig‘a ulug‘ haq sobit qildimki, o‘z alfoz va iboratlari haqiqati va o‘z til va lug‘atlari kayfiyatidin voqif bo‘ldilar va forsigo‘ylarning iborat va alfoz bobida ta’n qilur sarzanishinidan qutuldilar». 2 1 Вингорадов В.В. Предисловие // Ефимов А.И. Стилистика русского языка. – М., 1969, с.5-6. 2 2 Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Асарлар, 15 томлик. 14-том. – Тошкент, 1967, 132- бет.
Jamiyat, unda faoliyat ko‘rsatayotgan xalq tinimsiz rivojlanish va taraqqiyotda bo‘lgani kabi ularning tili ham uzluksiz boyib borishi tabiiy bir holdir. Ko‘p asrlardan buyon o‘z xalqi va millatining aloqa vositasi bo‘lib kelayotgan o‘zbek tilining imkoniyatlari uning barcha ko‘rinishlarida yana ham kengaydi, zamonlar silsilasida, badiiy ijod jaraynida yana ham sayqal topdi. U endi o‘zbek xalqi uchun o‘zaro aloqa qilish va bir-birlariga xabar etkazish vositasigina emas, bilki yuksak badiiy-estetik tuyg‘ularni ham ifodalay oladigan va xuddi shunday ta’sir ko‘rsata oladigan, kishilarga zavq beradigan nodir boylikka aylandi. Ana shu nodir boylikni, boshqacha qilib aytganda, ona tilimizning serqirra imkoniyatlarini butun nozikliklari bilan tahlil qilish va uni yana tilning o‘z ijodkori –xalqqa qaytarish o‘zbek tili stilistikasi – uslubshunosligining bosh masalasidir. Stil va stilistika so‘zlari filologiya fanida qadimdan ma’lum ekanligiga qaramasdan, Evropa hamda rus tilshunosligida bu masala bilan asrimizning boshlarida shug‘ullana boshlandi. Ammo ta’kidlash lozimki, stilistika masalalari tilshunoslikda 20-yillardayoq tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga qaratgan bo‘lsa ham, u ko‘proq adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganib kelinayotgan edi. U faqat 40-yillardan keyin Praga lingvistik to‘garagi hamda V.V.Vinogradovning bu sohadagi ilmiy ishlari paydo bo‘lishi bilan yangicha mazmun kasb etdi, 50- yillardan boshlab tilshunoslikning diqqat markazida turib, uning eng qiziqarli mavzusiga aylandi. O‘zbek tili stilistikasini tadqiq qilishning boshlanishi ham ana shu yillarga to‘g‘ri keladi. Ammo shu paytgacha yuzaga kelgan ko‘plab ishlarni ko‘zdan kechirib, uning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini birmuncha batafsil ishlab chiqish 70-yillarning o‘rtalaridagina boshlangan, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi. SHu sababli stilistika o‘zbek tilshunosligining boshqa sohalari – fonetika, grammatika, leksikologiya, leksikografiya, frazeologiya, dialektologiyaga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O‘zbek tilshunoslari Evropa, rus va turkologiyada erishilgan yutuqlarga tayangan holda stilistika fanining predmeti, uning maqsad va vazifalari nimalardan
iborat ekanligini aniqlashga va shu bilan o‘zbek tili stilistikasini nazariy asosga qo‘yishga kirishdilar. O‘zbek tili stilistikasining imkoniyatlarini tadqiq etish borasidagi dastlabki ishlar asosan badiiy adabiyot tilini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, A.G‘ulomovning «Badiiy asar tilidagi kamchiliklar haqida» («Qizil O‘zbekiston» gaz., 1954 yil 2 avgust), SH.SHoabdurahmonovning «Po‘lat quyuvchi» poemasining tili haqida ba’zi mulohazalar» («SHarq yulduzi» j., 1948, 4-son), «Mohir so‘z san’atkori» («Qizil O‘zbekiston» gaz., 1953 yil 20 may), «Oybek romanlarining tili» («SHarq yulduzi» j., 1955, 10-son), M.Po‘latovning «Badiiy asar tilini o‘rganish haqida» («Sovet maktabi» j., 1957, 7-son), A.SHomaqsudovning «Muqimiy satirasining tiliga doir» («SHarq yulduzi» j., 1953, 9-son), «O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida Hamza ijodining ahamiyati» («SHarq yulduzi» j., 1954, 3-son), «Muqimiy satirasidagi xalq so‘zlashuv tili elementlari haqida» («O‘zbek tilshunosligi masalalari» to‘plami. SAGU ilmiy asarlari. – Toshkent, 1957), «Muqimiy satirasining tili va stili» («O‘zbek adabiyoti masalalari» to‘plami. – Toshkent, 1959), R.Qo‘ng‘urovning «A.Qahhorning «SHohi so‘zana» asarining leksik va stilistik xususiyatlari» (O‘zDU asarlari, yangi seriya, №1. – Samarqand, 1956), «Kechirilmas gunohlar» pesasining tili haqida ba’zi mulohazalar» (SamDU ilmiy asarlari, yangi seriya, №77. – Samarqand, 1958), «Alisher Navoiyning «CHor devon»ida kelishik kategoriyasi» (SamDU talabalari tadqiqotlari to‘plami, yangi seriya, №2. – Samarqand, 1959), J.Hamdamovning «Muqimiy asarlarida rus tili leksikasi haqida» (SamDU asarlari, yangi seriya, №91. – Samarqand, 1959), M.Husainovning «Oydin hikoyalarida xalq maqollarining qo‘llanishi» (SamDU asarlari, yangi seriya, №91. – Samarqand, 1959) kabi qator tadqiqotlar ana shu urinishlar natijasidir. Bu yillarda shoir va yozuvchilarning tili va uslubini o‘rganishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari ham yozilgan edi. 3 3 3 Шоабдураҳмонов Ш. О художественном языке дастана «Равшан»:Автореф.дис. … канд.филол.наук. –Ташкент, 1949. Пинхасов Я.Д. Фразеологические выражения в языке произведений Хамида Алимджана»:Автореф.дис. …канд.филол.наук. –Бухара, 1953. Хусаинов М. Фразеология прозы писательницы Айдин»:Автореф.дис. …канд.филол.наук. –Самарканд, 1959 кабилар
Ammo badiiy asar tilini o‘rganish borasida yuzaga kelgan yuqoridagi asarlarni hisobga olmaganda, bu ish ma’lum tartib va tizim asosida olib borilmadi. Faqat 60-yillarga kelibgina tadqiqotchilar soni va kuzatishlar ko‘lami kengaya bordi. Bunda sobiq Ittifoq miqyosida badiiy asar tilini o‘rganish muammolariga bag‘ishlab 1951-1959 yillarda «Literaturnaya gazeta»da, «Vopros ы yaz ы koznaniya» hamda «Vopros ы literatur ы » jurnallari sahifalarida uyushtirilgan, 1965 yili «Literaturnaya gazeta»da badiiy adabiyoti stilistikasiga bpg‘ishlangan bahslar ijobiy rol o‘ynadi. «O‘zbek tili va adabiyoti», «SHarq yulduzi», «Sovet maktabi» jurnallari sahifalarida, ko‘plab ilmiy to‘plamlarda o‘zbek tili stilistikasini, uning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-metodik maqolalar e’lon qilina boshlandi. Xuddi ana shunday bahslar «Badiiy til muammolari» mavzusida «SHarq yulduzi» jurnalining 1985 yil 1-sonidan e’tiboran boshlab berildi. 4 YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Rabg‘uziy,Muhammad Solih, Alisher Navoiy, Bobur, YUsuf Amiriy, Durbek, Umar Boqiy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Elbek, Hamza Hakimzoda Niyoziy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Komil YAshin, Zulfiya, SHarof Rashidov, Oydin, Said Ahmad, Maqsud SHayxzoda, SHuhrat, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, SHukur Xolmirzaev kabi ko‘plab shoir va yozuvchilarimizning asarlarini, xalq og‘zaki ijodi namunalarini, jumhuriyatimizda paydo bo‘lgan ilk vaqtli matbuot materiallarini til aspektida o‘rganishga bag‘ishlangan monografik kuzatishlar tadqiqotchilarimizning keng yo‘lga tushib olganligidan, bu boradagi ishlarning birmuncha tartibga solinganligidan dalalot berdi. 5 SHu narsa diqqatga sazovorki, bu kuzatishlarning aksariyat qismi til materialini lingvostilistik yo‘nalishda o‘rganishga, ijodkorlarning indiviual tili va uslubini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Bu davrda yana bir guruh olimlar o‘zbek tili stilistikasining nazariy masalalarini yoritishga, ayrim stilistik kategoriyalarning amalda bo‘lish 4 4 Бу чиқишлар таҳлили Х.Дониёров ва Б.Йўлдошевларнинг «Адабий тил ва бадиий стиль» (Тошкент, 1988) китобида бирмунча кенг ёритиб берилган. 5 5 Бу ҳақда қаранг: Қўнғуров Р., Каримов С. Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти. Библиографик кўрсаткич. – Самарқанд, 1984; Каримов С., Жўраев Т. Ўзбек тили услубиятива нутқ маданияти. Библиографик кўрсаткич. – Самарқанд, 2001.