logo

O‘ZBEK TILINING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI MUAMMOLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

75.4052734375 KB
O‘ZBEK TILINING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI
MUAMMOLARI
Reja:
1.Nutqiy vaziyat tushunchasi.
2.Nutq vaziyati va nutq.
3.Nutqning sotsial xususiyati va nutq vaziyati.
4. Nutqning sotsiopragmatik sistema ekanligi.
5. Til va shaxs. O‘tgan   asr   so‘ngida   bozor   iqtisodiyotining   jadal   sur’atlar   bilan   rivojlanishi,
zamonaviy   axborot     texnologiyalarining   ommalashuvi,   ilmiy   tadqiqotlarning
iqtisodiy   samaradorligini   oshirish   dolzarblashib,   tilshunoslik   ham   amaliy
vazifalariga   –   nutq   samaradorligi   tadqiqiga   e’tiborni   kuchaytirdi.   Natijada   fanda
sotsiolingvistika ,   etnosotsiolingvistika,   lingvopragmatika,   pragmalingvistika,
pragmatika,     psixolingvistika   kabi   nomlar   bilan   yuritiluvchi   yangi   tarmoqlari
shakllandi. Bu yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi davr   tilshunosligi
nutqqa   insoniy   faoliyat   –   fikr   almashish   va   o‘zgalarga   ta’sir   ko‘rsatish,   bunyod
qilishning   asosiy   turlaridan   biri   sifatida   yondashib,   uning   ixchamligi,
samaradorligi   va   ta’sirchanligi,   mantiqiyligi   tadqiqini   birinchi   o‘ringa   qo‘yadi.
Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati
hamda   uning   implikaturalari   bo‘lgan   ko‘chma   va   tag   ma’nolarni,   ochiq
ifodalanmagan,   lekin   ifodalanishi   so‘zlovchining   maqsadi   bo‘lgan   ma’lumot-
axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi.
Struktur   tilshunoslik,   qiyosiy-tarixiy   tilshunoslik   tilga   boshqa   hodisalardan,
xususan,   inson   omilidan   xoli   qilingan   “quruq”,   statik   sistema   sifatida
munosabatda bo‘lib keldi. 
Tilning   voqelanishda   inson   omili   bilan   bog‘liq   ravishdagi   nutqiy   muloqot
jarayonini   tadqiq   qilish   lingvopragmatik   va   psixolingvistik   yo‘nalishning
o‘rganish   manbaini   tashkil   etadi.   Ma’lumki,   nutqiy   muloqot   o‘nlab   –   milliy,
etnografik,   ijtimoiy,   falsafiy-madaniy,   axloqiy-estetik,   tarixiy,   maishiy   va   ruhiy
omillarning   lisoniy   birliklar   voqelanishi   bilan   qorishuvidan   iborat   dinamik
sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bog‘liq ravishdagi hodisalarni
tadqiq   qiluvchi   kulturologiya   fanining   muhim   tarmoqlaridan   biri   sifatidagi
pragmatik   tilshunoslik   inson   subyekti   va   obyektivlik   (lison)ni     qorishiq   yaxlitlik
sifatida   tadqiq   qiladi.   Zero,   nutqda   subyektivlik   va   obyektivlikni   bir-biridan
ajratgan   holda   tadqiq   qilish   mumkin   emas,   sistemaviylik   yaxlitlik   xossasi   bilan
xarakterlanadi.   Demak,   nutqiy   faoliyat   unga   yondosh   va   insonga   xos   ruhiy, fiziologik,   ijtimoiy,   ma’naviy,   madaniy   sistemalar   bilan   bog‘liqlikda   tadqiq
etilgandagina   nutqiy   muloqotning   mohiyati   ochiladi   va   individual   hodisa
sifatidagi nutqqa obyektiv baho beriladi.
L isonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar
(fiziologik,   ruhiy,   professional,   axloqiy,   estetik,   madaniy,   nutq   vaziyati   –   nutq
sharoiti,   nutq   uslubi)   qurshovida   tekshirish   natijasida   lisonni   modifikatsiya
qiluvchi   vositalarning   ta’siri   va   roliga   baho,   nutqning   ijtimoiy   qiymatiga   va
ta’sirchanlik – bunyodkorlik ahamiyatiga   ilmiy tavsif beriladi .    
O‘tgan   asrning   80-yillarida   umumiy   va   roman   tilshunosligi   bo‘yicha   yirik
mutaxassis,   Moskva   davlat   universiteti   professori   R.A.Budagov   yangidan   kuch
olayotgan   «matn   lingvistikasi»ni   hech   qanday   tilshunoslikka   aloqasi   yo‘q,
istiqbolsiz   soha   ekanligini   isbotlashga   chinakamiga   kirishdi.   Uning   fikricha,
«qattiq   mehnat   evaziga   mustaqil   fan   sifatida   ajralib   chiqqan   tilshunoslikning»
yana   qaytadan   til   tizimiga   oid   bo‘lmagan   hodisalar   bilan   qiziqishi   uni   boshqa
fanlar   bilan   qorishib   ketishiga   sabab   bo‘lishi   mumkin   ekan   (Budagov   1980:   85-
86).   Bilmadim,   o‘z   gumonini   maqolaning   sarlavhasidayoq   bayon   etgan   («Matn
tilshunosligi   qay   darajada   tilshunoslik?»)   Ruben   Aleksandrovich
pragmalingvistika haqida nima degan bo‘lar edi? Lekin uning matn lingvistikasini
chilparchin   qilish   maqsadida   keltirgan   izohlari   olimning   pragmalingvistik
g‘oyalarni   puchga   chiqarishga   tayyorligining   mantiqiy   dalilidir.   Bu   vazifani
R.A.Budagovning «materialistik tilshunoslik» targ‘iboti borasidagi sodiq safdoshi
MDUning   yana   bir   professori   O.S.Axmanova   o‘z   shogirdlari   bilan   bajarishga
urinib ko‘rganligini ham fanga ma’lum (Aleksandrova 1985: 72-73).
Agarda   tilshunoslikning   mustaqilligini   uning   sofligi,   ya’ni   sof   lisoniy
hodisalar   tadqiqi   bilan   mashg‘ul   bo‘lishi   mazmunida   tushunsak,   unda
tilshunoslikni faqatgina til qurilmasi tuzilishining tavsifi bilan shug‘ullanuvchi fan
sifatida   e’tirof   etishga   majbur   bo‘lamiz.   Ammo   bunday   majburiyatni   kim   bizga
zo‘rlamoqda?!   Insonning   voqelikni   bilishga   ehtiyoji   o‘sib   boradi.   Lison   ham voqelik, u voqelikdagi mavjud hodisa.   Shunday ekan, til qurilmasi ne sababdan u
yoki   bu   tuzilishni   olishini   yoki   ushbu   qurilma   mexanizmlarini   harakatga
keltiruvchi   energiya   –   kuchning   manbai   qaerda   ekanligini,   umuman   lisoniy
qurilmaning qanday va nima maqsadda «ishlatilishini» bilishga qiziqmaymizmi?!
So‘zsiz,   dunyoni   bilish   faoliyati   tasnif   va   tavsifsiz   kechmaydi.   Tasniflash
harakati   –  inson  bilish  faoliyatining muhim  amalidir, zero, voqelikni idrok  etish
niyatidagi shaxs dastlab ushbu voqelikni boshqasiga qiyoslaydi va uning umumiy,
xususiy   belgilarini   topish   yo‘li   bilan   ma’lum   turga   kiritadi.   Lisoniy   hodisalarni
bilish   istagi   ham   aynan   tasniflash   harakatidan   boshlanadi.   Lisoniy   birliklarning
tuzilishini   bilishda   murojaat   etiladigan   dastlabki   amallardan   biri   ham   formal-
mantiqiy tasniflash amali bo‘ldi. Ammo bu amalga tovush va grammatik tizimlar
oson «bo‘ysunishgan» bo‘lsa, lisoniy semantik hodisalarning unga «bosh egishi»
o‘ta qiyin kechdi. Natijada, lingvistika «qarama-qarshiliklar» qiyosiga asoslangan
struktur  uslubli  tasnifdan  tilni   harakatdagi  tizim   sifatida  tasavvur  etish   g‘oyasini
targ‘ib   etuvchi   tizimlashtirishga   o‘tishga   majbur   bo‘ldi.   Biroq   har   ikkala   holda
ham   tilshunoslik   empirik   tahlil   doirasidan   chiqib   keta   olmadi   va   uning   asosiy
tadqiq obyekti byevosita idrok etiladigan lisoniy struktura hamda grammatika va
lug‘at hududidan joy olgan ma’lumotlar bo‘lib qolaverdi. Bu hudud chegarasidan
chetga   chiqish   hamda   empirik   kuzatish   tajribasidan   bir   oz   bo‘lsa-da   chekinish
«nolingvistik»,  hatto «noilmiy» tamg‘alarini olishi ham hech gap emas edi.
Borliq   haqidagi   tizimiy,   metodologik   va   tanqidiy   bilimni   o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan   faoliyat   bo‘lgan   fan   faqatgina   empirik   kuzatish   bilan   cheklanib
qolmasligi   aniq   bo‘ldi.   To‘g‘ri-da,   bilish   faoliyati   bosqichma-bosqich   amalga
oshiriladigan   faoliyatdir,   u   zohirdagi   xususiyat,   munosabatlardan   botindagi
mazmun-mohiyatga qarab yo‘l oladi. «Sharq   Arastusi» nomini olgan Abu Nosir
al-Forobiy   «Kitob   –   al   xuluf»   asarida   bilish   harakati   ikki   yo‘nalish   olishini   va
ulardan   biri   «byevosita   sezishga   yaqin   turgan   maqsadni,   ikkinchisi   esa   ongli
idrokka yaqinligini» oldingi o‘ringa qo‘yishini qayd etgan edi. Undan to‘qqiz asr keyin   yashagan   Georg   Gegel   (‘egel)   1807   yilda   nashr   qildirgan   asari
«‘‘anomenologie   des   Geistes»   «Ruh   fenomenologiyasi»   asarida   bilish
faoliyatining   ko‘p   bosqichli   ekanligi   haqidagi   fikrni   takrorladi   va   bu   faoliyatni
haqiqat  yashiringan,  botinga  qarab  tushadigan  zinapoyaga o‘xshatdi.  Darhaqiqat,
bilish   faoliyatining     ko‘zlagan   maqsadi   va   tutgan   yo‘li   voqelik   hodisalarini
kuzatib tavsiflashdan tashqari, ularning mohiyatini idrok etishdir.
Lison   inson   mavjudligini,   uning   ijtimoiy   tajriba-faoliyatini   ta’minlovchi
hodisadir.   Demak,  lison  tadqiqi  bilan   shug‘ullanayotgani   kimsa    beixtiyor   o‘zini
bilish   bilan   mashg‘uldir,   zero,   lisoniy   faoliyat   hodisasining   mohiyati   –   uning
ijrochisi – shaxs va ushbu shaxsning ijtimoiy, shaxslararo munosabatga kirishishi
bilan belgilanadi.
Darvoqe,   fenomenologiya   ruhidagi   g‘oyalar   til   haqidagi   fanning   sistem
tilshunoslik,   funktsional   tilshunoslik   kabi   sohalariga   qisman   bo‘lsa-da,   o‘z
ta’sirini   o‘tkazib   kelayotgan   edi.   Uning   ta’siri,   ayniqsa,   G.Giyom   va   A.A.
Potebnya   ta’limotlarida   sezilarlidir.   Binobarin,   lisoniy   faoliyat   jarayonida   bilish
va   ijodiy   yaratish   maqsadlarining   qay   yo‘sinda   «omuxta»   bo‘lishi   hamda   shu
asosda   insonning   voqelikni   qanday   o‘zlashtirishi   muammolari   ustida   bosh
qotirgan   A.A.Potebnya   lisoniy   belgilarning   qo‘llanishidagi   shakl   va   mazmun
mutanosibligi   inson   tafakkur   faoliyatining   qonuniyatlari   bilan   bog‘liq   ekanligi
haqidagi fikrni muhokamaga tashlaydi. Ukrain tilshunosi ko‘pchilik bildirayotgan
«so‘z   fikrni   ifodalash   va   uni   boshqalarga   uzatish   uchun   kerak»   qabilidagi
g‘oyaning   noto‘g‘ri   ekanligini   quyidagilar   bilan   izohlamoqchi   bo‘lgan   edi.
Uningcha,   so‘zning   har   bir   qo‘llanishi   yangi   fikrning   yaratilishidir   va   bu   yangi
fikr   tafakkurdagi   oldingi   zahiralarning   yangi   tasavvur,   yangi   savollar   asosida
qayta   guruhlanishi   va   o‘zgartirilishi   natijasidir.   «Shunga   binoan,   -   deb   yozadi
A.A.Potebnya, - so‘z tayyor fikrni ifodalovchi va uzatuvchi vosita sifatida talqin
qilinmasligi lozim; u dastlabki o‘rinda fikrlovchining o‘zi uchun kerak, chunki bu
o‘zgarishlarni   so‘z   uning   o‘zida   hosil   qiladi»   (Potebnya   1990:   115).   So‘zning fikrni uzatish vositasi bo‘la olishini faqatgina uning tinglovchini oldin so‘zlovchi
bajargan   mental   faoliyatni   takrorlash   hamda   o‘z   aqliy   zahiralaridagi   materialdan
foydalangan holda, o‘xshash fikr yaratishga undashida ko‘rish mumkin. «So‘zlash
o‘z   fikrini   o‘zgaga   etkazish   bo‘lmasdan,   balki   unda   uning   o‘zining   fikrini
uyg‘otishdir» (O‘sha asar: 15).
Qisqasi, tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari
bilan   boyitishga   uzoq   tayyorgarlik   ko‘rdi.   Bunday   tayyorgarlik,   izlanishlar   zoe
ketmadi, o‘tgan asrning oxiri tilshunoslik taraqqiyotida o‘ziga xos yangi bosqich,
yangi   rivojlanish   davri   bo‘ldi.   Shu   davrda   empirizm,   fenomenologiya,
konstruktivizm   kabi   falsafiy   g‘oyalarni   o‘zida   jamlagan   metodologiyaga
asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan
biri, albatta,  pragmalingvistikadir .
Pragmalingvistika,   hech   qanday   gumonsiz   «tetapoya»   davridan   o‘tdi,   ushbu
soha   o‘z   tadqiq   obyektini   (nutqiy   muloqot   tizimi)   va   tahlil   metodlarini   asosan
aniqlab oldi. Pragmatik tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik g‘oya
ham   aniq:   bu   –   faoliyat   nazariyasidir .   Ammo   pragmalingvistika   hamon
«navqironlik» davrida. Navqironlik esa – istiqbolli rejalarga to‘liqlikdir, hozircha
hal   etilishi   lozim   bo‘lgan   muammolardan   tap   tortmaslikdir.   Darhaqiqat,
barkamollikka   intilayotgan   pragmatika   fani   lisonning   inson,   jamiyat   xizmatida
bo‘lishidagi   vazifasining   qanday   amalga   oshirilishi   borasida   izlanishlarni   davom
ettirishga   majbur.   Bu   izlanishlar   lisoniy   bilim   sohasidagi   ushbu   yo‘nalishning
yangi nazariy g‘oyalar bilan boyitilishini talab etadi.
Qo‘lingizdagi   risolani   yozishdan   maqsad   ham   hurmatli   kitobxon ,   sizni
pragmalingvistik  tahlil  asoslari  bilan   tanishtirish,   hozirgi  paytda  mavjud  bo‘lgan
muammoviy   masalalar   haqida   fikr   bildirish,   pragmatikaning   boshqa   semiotik
hodisalar   qatoridagi   o‘rnini   aniqlash   va   uning   lisoniy   faoliyatda   ustuvorligini
asoslash   kabi vazifalar ijrosidir. Xullas, bo‘lg‘usi pragmalingvist ushbu sohaning
nazariy   g‘oyalari,   tahlil   uslublari,   metodologik   tamoyillari   haqida   bilimga   ega bo‘lmog‘i kerak. Faqat shundagina u til tizimi va lisoniy muloqot haqidagi fan –
tilshunoslikning   boshqa   fanlar   doirasidagi   o‘rnini   seza   oladi   hamda   uning
mazmun-mundarijasini   voqelikni   ilmiy   tasavvur   etish   imkonini   ta’minlovchi
falsafiy – metodologik g‘oyalar tashkil qilishini idrok eta oladi. Buning uchun esa,
o‘z navbatida, lison haqidagi fanning ilmiy tahlil obyekti, predmeti boshqacha tus
olayotganligi   hamda   shu   asnoda   uning   boshqa   ilm   sohalari   davrasidagi   mavqei
ham   o‘zgarayotganligini   his   etmoq     darkor.   Biroq   har   qanday   nazariya,   u
qanchalik   ilmiy-g‘oyaviy   asoslangan   bo‘lmasin,   amaliyotdagi   isbotga   muhtoj,
tahlil   obyektining   mohiyatini   to‘liq     tavsiflash   uchun   nazariya   faktlarga,
voqelikdagi hodisalarga murojaat qiladi. «Faust»dagi misralarni eslaylik:
Grau, teurer Feund, ist alle T’eorie,
Doch grun des Lebens goldner Baum.
Mazmuni:  «Nazariya, do‘stim, quruqdir (yalong‘ochdir), hayot daraxti esa –
yam-yashil».
Ha,   pragmalingvistik   tahlil   nazariyasining   yalong‘ochlash   xavfidan   qo‘rqib,
kitobxonni   ushbu   tahlil   amaliyoti   bilan   ham   tanishtirish   maqsadini   ham
ko‘zlamoqdaman. Buni, ayniqsa, nutq  aktlari guruhlarini farqlash, muloqot tizimi
birliklarini   ajratish   hamda   deyksis   hodisasi   tavsifiga   oid   qismlarda   sezish
mumkin.
Biroq hech qanday ilmiy tahlil to‘liq bo‘la olmaganidek, biror bir hodisaning
ilmiy   bayoni   ham   bir   ma’noli   bo‘la   olmaydi   yoki   bir   xil   ohangda   kechmaydi.
Zero,   voqelikning   o‘zini   ham   bir   mazmunda   anglash   qiyin   masaladir.   Yakka
ma’noli   voqelikni   faqatgina   uni   ideallashtirish   yo‘li   bilangina   tasavvur   qilish
mumkin.   Mashhur   mantiqshunos   Rudolf   Karnap     (1891-1970)   aytganidek,
mantiqiy va sof matematik qonunlar albatta, umumiydir, lekin ular voqelik haqida
hech qanday ma’lumot  berish  qobiliyatiga  ega emasdirlar. Bu  qonunlar  «alohida
tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarnigina ifodalaydilar... uch plyus birning har
qanday   voqelikda   ham   to‘rt   bo‘lishiga   ishonchimiz   komil.   Lekin   bu   tasdiq     biz yashayotgan   voqelik   haqida   biror   narsani   (ma’lumotni   –Sh.S.)   bera   olmaydi»
(Karnap 1971: 47-49).
Har   qanday   ilmiy   tahlil   o‘rganilayotgan   obyekt   haqida,   uning   ma’lum
voqelikda   mavjud   bo‘lgan   xususiyatlari   haqida   aniq   ma’lumot   bermog‘i   darkor.
To‘plangan   ma’lumotlar   asosida   ilmiy   va   amaliy   ahamiyatga   molik   bo‘lgan
xulosalar shakllanadi. Xulosalarda obyektning tub, haqiqiy mohiyati va uni bilish
jarayonida   aniqlangan   xususiyatlar   aks   etadi.   Demak,   haqiqiy   mohiyatni   bilish
izmidagi   tadqiqotchi   gnoseologik   hodisalar   ontologik   qiymatiga   tayanadi.   Xuddi
shu   sababga   ko‘ra   ushbu   risolada   pragmalingvistik   hodisalar   tahlilida   «erkin
fikrlilik»   tamoyiliga   amal   qilish   maqsadini   ko‘zlamoqdaman.   Ilmiy   tafakkurdagi
bunday   erkinlik,   tahlil   etilayotgan   obyektning   ontologik   mohiyatini   nazardan
qochirmasdan   turib,   muhokama   qilinayotgan   muammo   echimiga   turlicha
yondashish,   qo‘llanilayotgan   usullarning   turli-tuman   bo‘lishiga   imkon   beradi.
Qisqasi,   bunday   poliintentsiyali   (ko‘p   maqsadli)   tadqiq   obyekt   mohiyatini
yorituvchi   xususiyatlarning   ko‘pqirrali   ekanligini   anglashga   yordam   beradi.   Eng
asosiysi,   bildirilayotgan   fikrda   mulohazali   bo‘lish   va   o‘zgalar   fikriga   ham   o‘rin
qoldirish o‘quvchini bahsga tortish imkonini yaratadi.
Suhbatdosh kitobxonni topish har qanday muallif uchun sharaf bo‘lsa kerak.
Bunday   istak   Zahiriddin   Muhammad   Boburni   ham   ijodga   undaganligining
guvohimiz:
Kim bor anga ilm tolibi – ilm kerak.
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q,
Men bormen ilm tolibi – ilm kerak.
Men ham bir tilshunos sifatida suhbatdosh topish ilinjidaman. Agarda ushbu
risolani o‘qigan har kim muallif bilan munozara yuritish  niyatida bo‘lsa, bunday
«diskursiv   qadam»ni   minnatdorchilik   bilan   qabul   qilaman,   bajonidil
suhbatdoshingiz bo‘lishga tayyorman.  «So‘zboshi»ning   yakunida   yana   bir   narsani   qayd   etishni   istar   edim.     Ilmiy
faoliyat   jarayonida   juda   ko‘p   hamkasblarimning   ishlari,   asarlaridan   ilhom,
intellektual   ozuqa   oldimki,   ularning   barchasining   nomlarini   zikr   etish   va
tashakkur   bildirishning   imkoni   bo‘lmaydi.   Ulardan   uzr   so‘rayman.   Lekin   menga
lison   kabi   ummonning   siru   asrorini   bilish   yo‘llarini   ko‘rsatgan   olimlar:   Viktor
Maksimovich   Jirmunskiy,   Boris   Aleksandrovich   Serebrennikov,   Solomon
Davidovich   Katsnelson,   Agniya   Vasilyevna   Desnitskaya,   Elena   Samoylovna
Kubryakova,   Boris   Aleksandrovich   Ilish,   Anatoliy   Mitrofanovich   Muxin,   Yuriy
Sergeyevich   Maslov,   Aleksandr   Mixaylovchi   Shcherbak,   Vladimir   Mixaylovich
Pavlov,   Dmitriy   Mixaylovich   Nasilov,   Inga   Borisovna   Dolinina,   Viktor
Samuilovich   Xrakovskiy,   Anatoliy   Semyonovich   Liberman,   Aleksandr
Vladimirovich   Bondarko,   Elizaveta   Arturovna   Referovskaya,   Zinaida
Yakovlyevna   Turayeva,   Tatyana   Mixaylovna   Belyayeva,   Leonard   Georgiyevich
Gertsenberg,   Varvara   Vasilyevna   Burlakova,   Valentin   Vasilyevich   Bogdanov,
Stanislav  Vasilyevich  Voronin   va   boshqalarga  ta’zimni  unutmayman.   Ustozlarim
qatoriga   kiyevlik   professorlar   Georgiy   Georgiyevich   Pocheptsov,   Vasiliy
Egorovich   Kovalenko,   Aleksandr   Nikolayevich   Moroxovskiy larni   ham   kiritishni
istardim.
Mazmuniy   sintaksis   og‘ushiga   etaklagan   Kalinin   (hozirgi   Tver)   universiteti
professori   Ivan   Pavlovich   Susov ning   rahbarlik   qilgan   «Lisoniy   muloqot
semantikasi   va   pragmatikasi»   muammoviy   guruhining   ishlarini   ham   o‘qiganman
hamda   V.I.Banaru   (Kishinyov),   O.G.Pocheptsov   (Kiyev),   A.A.Romanov   (Tver),
V.I.Karasik   (Volgograd),   L.G.Vasilyev   (Kaluga),   M.L.Makarov   (Tver),
A.A.Zalyevskaya   (Tver),   G. I.Bogin   (Tver),   S.A.Suxix   (Krasnodar),   V.V.Lazaryev
(Pyatigorsk),   A.A.Prokopchuk   (Xarkov),   A.A.Pospelova   (Leningrad),
Z.A.Xaritonchik   (Minsk),   D.G.Bogushyevich   (Minsk),   A.M.Shaxnarovich
(Moskva),   E .I.Belyayeva   (Voronej),   I.M.Kobozyeva   (Moskva),   V.Z.Demyankov
(Moskva),   I.K.Arxipov   (Leningrad)   kabi   olimlar   asarlaridan   foydalandim. Shuningdek,   yurtdosh   professorlar   J.Bo‘ronov,   A.Abduazizov,   G‘.Salomov,
E.Begmatov,   H.Ne’matov,   D.Ashurova,   A.Bushuy,   U.Yusupov,   M.Umarxo‘jayev,
G.Boqiyeva,   A.Mamatov,   M.Rasulova,   M.Jusupov,   A.Sodiqov,   S.Raximov   va
boshqalarning   asarlarida   ilgari   surilgan   g‘oyalardan   ham   unumli   foydalanishga
to‘g‘ri keldi. 
Demak,   nutqiy   akt   –   ma’lum   bir   gapning   aniq   muloqot   muhitida   talaffuz
etilishidir.   Nutqiy   akt   mazmunining   shakllanishi   talaffuz   qilinayotgan   gap
ma’nosining   so‘zlovchi   va   tinglovchi   tomonidan   muloqot   matniga   nisbatan
«boyitilishi»,   idrok   etilishi   natijasidir.   Mazmunining   bu   yo‘sinda   shakllanish
jarayonini quyidagicha izohlash mumkin:
Gaplar lisoniy tizimi
Doimiy lisoniy ma’no
      So‘zlovchi
     Tinglovchi
  Ma’noning kontekstdagi o‘zgarishlari
          Yuqoridagi   shakl   guvohlik   berishicha,   nutqiy   akt   mazmunining   tarkib
topishi   va   uning   voqelanishi   byevosita   so‘zlovchining   muloqot   maqsadi,   istagi
bilan bog‘liqdir. Shu sababli bo‘lsa kerakki, pragmalingvistlar va mantiqshunoslar
hozirgacha   lisoniy   belgilarning   nutqiy   aktlar   ma’noviy   tuzilishida   tutgan   o‘rni
haqida bir to‘xtamga kelisha olmayaptilar. Jon Syorlning bu borada aytgan fikrini
olaylik:   «Lisoniy   muloqot   birligi,   odatda,   taxmin   qilganlaridek,   simvol   (ramz),
so‘z   yoki   gap   emas,   hatto   simvol   so‘z   yoki   gapning   belgisi   ham   emas,   balki simvol,   so‘z   yoki   gapning   nutqiy   akt   ijrosi   jarayonida   yaratilishi   va
qo‘llanishidir .     …Yanada   aniqrog‘i,   gap   belgisining   ma’lum   sharoitda   yaratilish
va   qo‘llanishi   nutqiy   aktdir   va   nutqiy   aktlar   lisoniy   muloqotning   asosiy   va   eng
kichik   (minimal)   birligidir».   Demak,   nutqiy   akt   nazariyasi   uchun   gap   tayanch
birlik   emas,   undan   tayyor   «   material»   sifatida   foydalanilmaydi.   Aksincha,   gap
aynan nutqiy muloqot jarayonida yaratiladigan hodisa. Shunday ekan, nutqiy akt
mazmuni to‘lig‘icha so‘zlovchining muloqot maqsadi  bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.
J.Syorlning   nutqiy   aktni   muloqot   tizimining   asosiy,   tayanch   birligi   sifatida
qarash   kerakligi   haqidagi   fikrini   to‘lig‘icha   quvvatlash   mumkin.   Ammo   nutqiy
aktning   diskursni   (muloqot   matni)   tarkib   toptiruvchi,   tuzuvchi   emas,   balki   uni
qismlarga ajratuvchi hodisa deb talqin qilinishiga e’tirozimiz bor. Holbuki, lisoniy
hodisalar   talqinida   ularning   yaratuvchanlik   imkoniyatlariga   alohida   e’tibor
qaratmoq   darkor.   Nutqiy   akt   ham   bundan   mustasno   emas,   u   ham   matn   tuzish,
murakkab muloqot birligi bo‘lmish diskursni tarkib toptirish vazifalarini bajaradi.
Nutqiy   aktning   bu   turdagi   vazifalarini   aniqlash   uchun   intensiya   tahliliga,
ya’ni nutqiy harakat maqsadini aniqlashga yo‘naltirilgan tahlilga murojaat qilmoq
kerak.   Intentsional   tahlil da   kommunikativ   jarayonda   voqelanadigan   nutqiy
faoliyatning   so‘zlovchi   maqsadi,   istagi   bilan   bog‘liq   tomonlari   o‘rganiladi.
Odatda,   ushbu   tahlil   uslubi   asoschilari   ( Searl   1983)   har   bir   nutqiy   harakatga
yagona   bir   maqsadga   (yagona   intentsiyaga)   ega   bo‘lgan   birlik   sifatida   qarash
tarafdoridirlar.   Ammo   men   bu   dunyoni   juda   erta   tark   etgan   marhum   do‘stim,
Kiyev   universitetining   professori   Oleg   Georgeyevich   Pocheptsov     fikriga
qo‘shilish istagidaman. Uning talqinicha, «nutqiy harakat va bu harakat vositasida
voqelanadigan   maqsad   so‘zlovchi   ko‘zlagan   asosiy   maqsadga   erishishning
faqatgina   bir   bosqichidir»   (Pocheptsov   1986:   75).   Shuning   uchun   ham   olim
umumiy   intentsiyani   ikki   qismga   ya’ni   «boshlang‘ich   intentsiya   (maqsad)»   va
«natijaviy   intentsiya» ga   ajratishni   taklif   qiladi.   Intentsional   tahlilning   bu   turi
haqiqatdan   ham   nutqiy   aktning   mazmunini     to‘liqroq   tasavvur   qilish   imkonini beradi.   Masalan,   « Vokzalga   qanday   borsa   bo‘ladi ?»   gapi   talaffuz   etilganda,
so‘zlovchining boshlang‘ich maqsadi tinglovchidan kerakli axborotni olish, ya’ni
vokzalga   qanday   borishni   bilib   olishdir.   Lekin   asl   niyat   boshqacharoq:   vokzalga
etib olish. Xuddi shu niyat oxirgi yoki natijaviy maqsaddir. Demak, nutqiy harakat
bajarilishini   ikki   bosqichli   jarayon   sifatida   qarash   mumkin:   birinchisida
boshlang‘ich maqsad ifodalansa, ikkinchisida natijaviy maqsad hosil bo‘ladi.
O.G.Pocheptsov boshlang‘ich maqsad harakati gapning strukturaviy semantik
xususiyatlariga   asosan   mos   kelishini   qayd   etadi.   Binobarin,   « Vokzalga   qanday
borsa   bo‘ladi ?»   nutqiy   tuzilmasining   boshlang‘ich   intentsiya   akti   so‘rovdir,
« Bugun   universitetda   uchrashuv   bo‘ldi »   tuzilmasiniki     –   darak,   xabar   berish
bo‘lsa,   « Kitobimni   qaytar !»   tuzilmasida   boshlang‘ich   intentsiya   so‘zsiz,   buyruq,
talab   qilishdir.   Ammo   natijaviy   maqsad   harakatlari   birinchidan,   son   jihatidan
ko‘p,   ikkinchidan,   ular   uchun   gapning   struktur-semantik   tuzilishi   hech   qanday
ahamiyatga   ega   emas.   Natijaviy   intentsiyaning   shakllanishi   gaplarning   nafaqat
ma’no   xususiyatlari,   balki   ularning   faollashuv   muhiti,   nutq   konteksti   bilan   ham
bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, natijaviy maqsad akti, lisoniy harakatlar bilan bir
qatorda, nolisoniy harakatlarni ham qamrab oladi.
Nutqiy   akt   mazmuni   lisoniy   va   nolisoniy   xususiyatlar   umumlashmasidan
tashkil   topishini   barcha   pragmalingvistlar   e’tirof   etishadi.   Ularning   ko‘pchiligi
nutqiy aktga uch bosqichli faoliyat sifatida qarash tarafdorlaridir. Bu bosqichlarda
uch xil harakat bajariladi. Ular –  lokutiv, illokutiv  va  perlokutiv  harakatlardir.
Biz   muloqot   jarayonida   mazmundor   lisoniy   kalimani   yaratamiz   va   uni
talaffuz   qilish   yo‘li   bilan   nutqiy   faoliyat   bajaramiz,   xuddi   shu   faoliyat   ijrosi
lokutsiya yoki lokutiv aktdir ( locutionary   act ). Agarda biror bir sabab bilan (tilni
bilmaslik, gung bo‘lish) mazmundor gap tuzilmasa va u talaffuz etilmasa, lokutiv
harakat   yuzaga   kelmaydi.   Masalan,   « Issiq   choy   damladim »   gapi   faqatgina
yozuvda   qolsa,   lokutsiya   yo‘q.   Ammo   mazmundor   gaplar   bekordan   bekorga
tuzilavermaydi,   ularni   tuzishdan   va   talaffuz   etishdan   ma’lum   bir   maqsad ko‘zlanadi   (bu   maqsad   til   sohibi   ongida   doimo   mavjud).   Ushbu   maqsadning
voqelanishi   esa   illokutiv   akt   natijasidir.   Illokutsiya   shaxslararo   (muloqot
ishtirokchilari   o‘rtasidagi)   munosabatlarning   ifodalanishidir.   Masalan,   yuqorida
keltirilgan   «Issiq   choy   damladim»   gapini   talaffuz   etish   vositasida   shu   voqea
haqida   xabar   berish,   choyga   taklif   qilish,   suhbatdoshning   qanday   choy   ichishini
(issiq   yoki   sovuq)   bilish   kabi   kommunikativ   istaklarni   ifodalash   imkoni   bor.
Aynan  shu  kommunikativ  maqsaddan   qaysi   biri   ma’lum   sharoitda   voqelanishiga
nisbatan nutqiy tuzilmaning  illokutiv kuchi  ( illocutionary   force ) aniqlanadi.
Har  qanday   muloqot  harakati   natijaviy  (oxirgi)   maqsadni  ko‘zlab  bajarilishi
haqida   yuqorida   gapirildi.   Bu   maqsadga   erishish   uchun   so‘zlovchining   nutqi
tinglovchiga   ta’sir   o‘tkazmog‘i   darkor.   Nutqiy   faoliyatning   ta’sir   o‘tkazish
bosqichi   perlokutiv   akt   nomini   olgan.   Biz   « Issiq   choy   damladim »   gapi
talaffuzining   natijasini   tinglovchi   ushbu   nutqiy   harakatni   biz   istagan   maqsadda
(masalan,   tinglovchi   choyning   issiqligini   eshitib,   uni   ichishga   rozi   bo‘lishida)
qabul qilishda ko‘ramiz. Demak, perlokutsiya tinglovchi ongiga, his-tuyg‘ulariga
va xatti-harakatiga ta’sir o‘tkazish harakatidir.
«Illokutsiya»   tushunchasi   nutqiy   akt   nazariyasida   eng   keng   tarqalgan
tushunchadir.   Nutqiy   akt  strukturasining   markazida   ham   illokutiv  harakat  turadi.
Hatto illokutiv akt to‘lig‘icha nutqiy harakatning muqobili sifatida qaralish hollari
ham   uchraydi   va   nutqiy   aktlar   tasnifi   illokutiv   maqsad   ko‘rsatkichlariga
asoslanadi ( Searle  1969: 16;  Wunderlich  1976: 75; Pocheptsov 1986: 27).
«Illokutiv   akt»   tushunchasi   pragmalingvistikada   inson   tomonidan   nutqiy
jarayonda va nutqiy faoliyat vositasida bajariladigan harakat sifatida ta’riflanadi.
O.G.Pocheptsovning   ta’rificha,   1)   illokutiv   harakatning   ijrochisi   (agenti)
so‘zlovchi   yoki   yozuvchidir;   2)   illokutiv   akt   nutq   yaratilish   faoliyatidan   farq
qiladi;   3)   illokutiv   akt   nutq   yaratilish   faoliyati   jarayonida   yuzaga   keladi;   4)
illokutiv akt nutqiy faoliyat vositasida bajariladi (Pocheptsov 1986: 24). Ushbu   ta’rifdan   ko‘rinib   turibdiki,   O.G.Pocheptsov   illokutsiyaning   nutqiy
faoliyatdan   farqini   ko‘rsatishga   qanchalik   harakat   qilmasin,   u   hech   qachon
kommunikativ   faoliyatsiz,   insonlararo   munosabatni   yaratish   muhitisiz   yuzaga
kelmaydi.   Illokutiv   akt   byevosita   muloqot   strukturasining   ishtirokchisi,
kommunikatsiyani maqsadli va mazmunli ko‘chishini ta’minlovchi nutqiy faoliyat
bo‘lagidir.
Illokutiv   akt   hosil   bo‘lishi   uchun   ma’lum   bir   nutqiy   tuzilmaning   aniq
ko‘rinishdagi   «illokutiv   kuchi»   ( illocutunary   force )   namoyon   bo‘lmog‘i   darkor.
Masalan,   «Issiq   choy  damladim»   kalimasi   vositasida  choyga   taklifni   izhor  qilish
maqsadini   ifodalanayotganda,   gap   tuzilmasining   ushbu   mazmun   ifoda   vositasi
bo‘la   olish   imkoniyati,   ya’ni   «kuchi»   voqelanadi.   Illokutiv   maqsad   esa   fikriy
hodisa   bo‘lib,   nutqiy   harakatning   mazmuni,   mundarijasini   belgilaydi.   Z.Vendler
talqinicha, illokutiv maqsad aslida, «mental harakat bo‘lib, so‘zlovchi tinglovchini
ushbu   harakatni   bajarishga   undaydi»   (Vendler   1985:   243).   Illokutiv   maqsad
nutqiy   harakat   kuchini   namoyon   qilish   qanchalik   muhim   bo‘lmasin,   lekin   bu
maqsad   ushbu   kuchning   faqatgina   bir   qismi,   bo‘lagidir.   Zero,   nutqiy   harakat
kommunikativ mazmunining to‘liq hosil bo‘lishi uchun maqsaddan tashqari, unga
erishishni ta’minlovchi vosita va shart-sharoit ham mavjud bo‘lishi talab qilinadi.
Shuning uchun ham J.Syorl, D.Vanderveken va boshqalar nutqiy harakat illokutiv
kuchini   etti   qismdan   tarkib   topuvchi   hodisa   sifatida   qaraydilar.   Bulardan
birinchisi, albatta, kommunikativ maqsaddir, chunki busiz nutqiy harakatning o‘zi
ham bajarilmaydi. Keyingilari esa qandaydir darajada ushbu qismni to‘ldiradilar,
ular   –   illokutiv   maqsadga   erishish   usuli   (vositasi),   illokutiv   kuch   voqelanishi
jadalligi,   voqelanishni   ta’minlovchi   propozitsion,   haqqoniylik   kabi   mental
sharoitlardir.
Illokutiv kuch qismlarining tuzilishi mantiqiy tartibga ega. Aynan shu  tartib
illokutiv   harakatning   mustaqilligini   ta’minlaydi   va   uning   propozitsiya   aktisiz
bajarilishiga imkon beradi. Binobarin, « Afsuski !», « Voy, xudo !», « Tavba qildim !» kabi   nutqiy   birliklar   propozitsiya   mazmuniga   ega   emaslar,   lekin   ular   illokutiv
jihatdan   to‘liq   shaklga   egadirlar,   ya’ni   ular   ma’lum   kontekstda   kommunikativ
maqsad va mazmunni ifodalaydilar.
Ayrim faylasuflar, J.Ostinga ergashib, gaplarning struktur-semantik turlari va
bular   vositasida   bajarilayotgan   nutqiy   harakatlar   o‘rtasidagi   munosabatni   tizimiy
xarakterga   ega   emas,   bu   munosabat   nutqiy   harakat   illokutiv   kuchida   qariyb
namoyon   bo‘lmaydi   deb   hisoblaydilar.   Sintaksisning   birgina   tuzilmasi   -   alohida
gap   turli   nutqiy   muhitda   turli   illokutiv   kuchga   ega   bo‘lishi   va   bu   bilan   turli
kommunikativ   maqsadni   ifodalash   vositasi   bo‘la   olishi   begumon.   Ammo   har
qanday   sintaktik   birlikning   pragmatik   zahirasi   chegaralangan,   uning   illokutiv
kuchi   muloqot   maqsadini   ifodalash   imkoniyati   cheksiz   emas.   Masalan,
« Bugundan boshlab sizlarni er va xotin deb e’lon qilaman » yoki « Binoda chekish
ta’qiqlangan »   kabi   gaplar   maqtov,   so‘rov,   rozilik,   va’da   illokutiv   maqsadlarini
ifodalashi   mumkinligini     tasavvur   etish   qiyin.   Shunday   ekan,   gap   struktur-
semantik mundarijasi va uning illokutiv imkoniyatlari o‘rtasida tizimiy bog‘liqlik
mavjudligini     e’tirof   etmoq   kerak.   Agarda   shunday   bog‘liqlik   bo‘lmaganda,
tinglovchiga   so‘zlovchining   muloqot   maqsadini,   u   bajarayotgan   nutqiy   harakat
mazmunini  anglash qiyin bo‘lar edi.
Yuqorida   aytilganidek,   nutqiy   harakat   strukturasining   uchinchi,   eng   oxirgi
bosqichi   perlokutiv   aktdir.   Nutqiy   faoliyat   ta’sirining   natijasi   sifatida
tavsiflanadigan perlokutiv akt oldingilaridan (lokutsiya va illokutsiya) tubdan farq
qiladi.   Nutqiy   ta’sir   natijasini   oldindan   aytish   qiyin,   so‘zlovchi   nutqini   eshitgan
(yoki   o‘qigan)   tinglovchining   bo‘lg‘usi   xatti-harakati,   javobi   turlicha   bo‘lishi
mumkin.   Pragmalingvistlarning   o‘zlari   e’tirof   etganlaridek,   «perlokutiv   akt
illokutivdan   farqli   o‘laroq,   lisoniy   hodisa   emas,   chunki   biror   bir   perlokutiv
natijaga   hech   qanday   nutqiy   harakatni   bajarmasdan   turib   ham   erishish   imkoni
bor»   ( Searle ,   Vanderveken   1985:   12).   Perlokutsiyaning   lisoniy   tahlil   doirasiga
kirmasligini   J.Lich   ham   qayd   etadi:   «Perlokutiv   natija   tahlili   pragmatikaning vazifasiga   kirmaydi,   chunki   pragmatik   ta’sir   kuchi   (nutqiy   harakatning   –   Sh.S.)
maqsadi bilan bog‘liq, natija bilan emas» ( Leech  1983: 203).
Qiziq, nutqiy harakat ta’sirini pragmalingvistik tahlil doirasidan chetga surib
qo‘ysak,   unda   muloqot   tizimini   tumtoq   qilib   qo‘ymaymizmi?!   Muloqot
so‘zlovchiga ta’sir o‘tkazish, uni biror javob harakatiga undash uchun bajariladi-
ku! Nutqiy muloqot maqsadi  ikki sathlidir , ya’ni nutqiy harakatda axborot uzatish
va   kommunikativ   pragmatik   maqsad   voqelanadi.   Birinchisida   so‘zlovchining
maqsadi axborot etkazish yoki olish. Ammo axborot almashinuvi harakatlari faqat
biror   xabar   berish   yoki   so‘rash   bilan   chegaralanmaydi.   Bu   harakatlar   ijrosidan
so‘zlovchi   va   tinglovchining   talabini,   qiziqishini   qondirish   maqsadi   ham
ko‘zlanadi.   Bu   esa   pragmatik   vazifaning   bajarilishidir.   Demak,   muloqot
jarayonida   pragmatik   vazifalar   kommunikativ   maqsad   doirasida   voqelanadi.
Shuning uchun ham nutqiy harakat natijasida yuzaga keladigan perlokutiv ta’sirni
pragmalingvistik tahlil doirasiga kiritgan ma’qul.
Pragmatika   nutqiy   ta’sir   natijasining   hosil   bo‘lishi   ehtimolini   belgilovchi
vositalarni   aniqlash   imkonini   beradi.   Bunday   vositalar   qatoriga   masalan,
pragmatik   mazmunni   aniqlashtiruvchi   illokutiv   fe’llar   kiradilar.   Ushbu   fe’llar
nutqiy   harakat   tarkibida   muhim   rol   o‘ynaydilar,   ular   muloqot   maqsadi   mazmuni
va   bajaralayotgan   nutqiy   harakatning   illokutiv   kuchini   aniq   va   ochiq   ko‘rsatish
xizmatini o‘taydilar. Masalan,   «Kumushni ertaga kinoga olib boraman»   gapining
talaffuzi   vositasida   va’da   berish   nutqiy   harakati   bajariladi,   ammo   ushbu   harakat
mazmunini   aniq   ifodalash   uchun   illokutiv   fe’lni   qo‘llash   imkoni   ham   bor:
«Kumushni   ertaga   kinoga   olib   borishga   va’da   beraman» .   Xuddi   shuningdek,
«Dars   qilmaysanmi?»   sintaktik   birligi   so‘roq,   talab,   ogohlantirish,   taklif   kabi
nutqiy harakatlarni ifodalashi quyidagi yo‘sinda aniqlashtirilishi mumkin:   «Dars
qilmaysanmi,   deb   so‘rayapman   (sendan)»;   «Dars   qilmaysanmi?   Buni   sendan
talab   qilaman»   (o‘qituvchining   so‘zi);   «Dars   qilmaysanmi?   Seni ogohlantiryapman»;   «Dars   qilmaysanmi?   (kel,   birgalikda   qilishga   taklif
qilyapman)».
Illokutiv   fe’llarning   ma’no   tarkibida   talaffuz   etilayotgan   nutqiy   birlikning
(gap   yoki   matnning)   pragmatik-kommunikativ   mazmunini   ifodalovchi   sema
asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan,  «Fan nomzodi R.Suvonovaga dotsentlik unvoni
berilishiga roziman»; «Fan nomzodi R.Suvonovaga dotsentlik unvoni berilishiga
qarshiman»;   «Fan   nomzodi   R.Suvonovaga   dotsentlik   unvoni   berilishini   talab
qilaman»   kabi   tuzilmalar   bir   xil   propozitsiyaga   ega,   ularning   farqi   faqatgina
pragmatik   mazmunda,   ya’ni   turli   nutqiy   harakatlar   ifodalanishida   va
kommunikativ   maqsadlarning     har   xil   bo‘lishiga   turli   illokutiv   fe’llar   (rozi
bo‘lmoq,   qarshi   bo‘lmoq,   talab   qilmoq)   qo‘llanishi   vosita   xizmatini   o‘tamoqda.
J.Syorl   pragmatik   mazmunining   bu   asnoda   namoyon   bo‘lishini   «ifodalanish
tamoyili» ( t’e   ‘rinci’le   of  e x’ressibility ) faollashuvi natijasi deb hisoblaydi. Biroq,
ushbu   tamoyil   nutqiy   muloqot   matnlarida   har   doim   ham   bir   yo‘sinda   namoyon
bo‘lavermaydi.   Binobarin,   buyurmoq,   ogohlantirmoq,   maslahat   bermoq,
taqiqlamoq, taklif  qilmoq   kabi  birliklar nutqiy  tuzilma tarkibidan  joy olib, uning
mazmunini   oydinlashtirish   uchun   xizmat   qila   olishi   ma’lum.   Lekin,   «Men
maqtana olmayman, sendan aqlliroqman»  qabilida maqtanish nutqiy harakatining
qo‘llanishi   ehtimoldan   ancha   yiroq.   Balki,   ushbu   harakatni   bajarayotgan
shaxsning   maqtanishga   haqqi   bordir.   U   o‘z   suhbatdoshiga   nisbatan   aqlliligi
haqiqatdir, lekin nutqiy muloqot odobi bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Umuman   olganda,   nutqiy   akt   va   uning   mazmunini   ifodalovchi   vositalar
o‘rtasida   funktsional   va   mazmuniy   nomutanosiblik   paydo   bo‘lishining   sabablari
turlicha.   Bulardan   biri,   albatta,   ayrim   illokutiv   fe’llarning   ma’no   strukturasida
so‘zlovchi   o‘zi   bildirayotgan   fikrning   haqiqat   ekanligiga   ishonmayotganligiga
ishora qiluvchi sema, bo‘lak mavjudligidir. Masalan,   tahdid qilmoq, ig‘vo qilmo,
so‘kmoq, haqorat qilmoq, kamsitmoq  kabi birliklarni birinchi shaxsda qo‘llash va
shu yo‘sinda nutqiy harakat mazmunini ochiq bayon qilish mumkin emas. Chunki «Men   senga   tahdid   qilayapman,   o‘ldiraman»   turidagi   tuzilma   nutqiy   muloqot
ma’nosiga   xilof,   bunday   birliklar   faqatgina   uchinchi   shaxs,   ya’ni   muloqot
jarayonini   kuzatuvchi   tomonidan   qo‘llanishi   mumkin:   «O‘ldiraman,   deb   unga
tahdid qildi».
Pragmatik   maqsad   va   mazmunning   ekplitsit,   ya’ni   ochiq   ifoda   etilishida
diqqat   axborot   almashinuvidan   ushbu   axborotni   uzatish   maqsadiga   ko‘chadi   va
kommunikatsiya maqsadi uzatilayotgan axborotning predmetiga aylanadi. Nutqiy
harakat   maqsadining   ochiq   bayoni   turli   ko‘rinishdagi   lisoniy   birliklar   vositasida
bajariladi   va   bulardan   eng   asosiysi   pragmatikada   performativ   formula   (qolip)
atamasini olgan.
J.Ostinning   qaydicha,   har   bir   nutqiy   tuzilma   illokutiv   harakatni   bajarish
uchun   xizmat   qiladi   va   modal   ko‘rsatkichlar   (mayl   shakli,   so‘z   tartibi,   ohang   va
boshqalar)   so‘zlovchiga   u   qanday   illokutiv   maqsadni   ifodalash   niyatida
bo‘lganligini   bildirish   imkonini   beradi.   Bundan   tashqari,   shunday   tuzilmalar
mavjudki, ularning pragmatik mazmuni doimiy, qariyb barcha sharoitlarda bir xil
illokutiv   kuchga   ega   bo‘ladi   va   odatda,   bunday   tuzilmalar   tarkibida   illokutiv
fe’llar qo‘llaniladi: « Ishni bajarishingni talab qilaman»; «Homiylik ko‘rsatishga
va’da   qilaman»;   «Tug‘ilgan   kuning   bilan   tabriklayman»   va   hokazo.   Nutqiy   akt
nazariyasida bunday tuzilmalar «aniq  performativ»lar deb ataladi.
Sotsiopragmatikada   hurmat   kategoriyasi.   Muloqot   jarayonida   ishtirokchilar
o‘zaro   munosabatlar   tengligini   ta’minlash   uchun   kommunikativ   maqsadga   mos
keladigan   harakatlar   rejasini   tuzadilar   va   ushbu   rejani   amalga   oshirish   imkonini
beradigan   lisoniy   vositalarni   tanlaydilar.   Kommunikativ   maqsad   ifodasi   ikki
yo‘sinda   kechishi   ma’lum.   Bularning   biri   intentsiyaning   yashirin   ifodasi   bo‘lsa,
ikkinchisi fikrni ochiq izhor qilishdir. Yaqinda o‘qituvchilarimizdan biri qiziq bir
voqeani   hikoya   qilib   berdi:   Samarqandda   o‘tkazilgan   anjumanda   ishtirok   etish
uchun   kelgan   poytaxtlik   yirik   bir   professor   shahar   markaziy   univermagini aylanish istagini bildiradi-yu, yaqinda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan,
lekin   hozircha   OAKdan   tasdiq   olmagan   haligi   o‘qituvchimiz   unga   hamrohlik
qiladi.   Univermagda   poytaxtlik   mehmon   charm   kurtkani   yoqtiradi   va   uni   kiyib,
«Eh,   attang,   etarlicha   pul   olib   kelmabman-ku»,   deb   hamrohiga   murojaat   qiladi.
Tagma’noni   anglagan   suhbatdosh   to‘g‘risini   aytib   qo‘ya   qolibdi:   «Domla,
kechirasiz,  mening ham pulim yo‘q».
P.Braun   va   S.Lyevinsonlar,   kommunikativ   maqsadni   ifodalash   yo‘llarining
farqiga   nisbatan   «salbiy   va   ijobiy   hurmat»ni   (negative   and   ‘ositive   ‘oliteness)
farqlashni taklif etadilar. Ularning birinchisida o‘zgalarning vaqtini olayotganligi,
e’tiborni   jalb   qilayotganligi   uchun,   ularga   etkazilayotgan   «zarar»ning   o‘rnini
to‘ldirish ehtiyoji bajariladi. Binobarin,  «Kechirasiz, band ekanligingizni bilaman,
lekin   menga   maqolani   yozishga   yordam   bera   olmaysizmi?»   Lekin   xuddi   shu
iltimos intentsiyasi do‘stona vaziyatda, ijobiy hurmat sharoitida boshqa ko‘rinish
oladi:  «Menga ushbu maqolani tugatishga yordamlashib yubor!»
Ikki turdagi hurmat strategiyalarini faollashtiruvchi lisoniy vositalar tuzilishi
jihatidan   o‘zaro   farq   qiladilar.   Masalan,   salbiy   hurmat   strategiyasini   (negative
‘oliteness   strategy)   faollashtiruvchi   nutqiy   tuzilmalar   struktura   jihatidan
mukammalroq   ko‘rinishga   ega   bo‘lib,   ular   ko‘pincha   bilvosita   nutqiy   aktlarni
ifodalovchi   tuzilmalar   (so‘roq   gap,   shart   mayli   va   hokazo)   vositasida   hosil
bo‘ladi.   Bilvosita   ifodalanayotgan,   mazmunan   unchalik   aniq   bo‘lmagan,   odatda
shakliy   jihatdan   uzun   nutqiy   tuzilmalarning   qo‘llanishi   so‘zlovchi   hurmat   va
qadriyatni saqlashga urinayotganidan darak beradi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflar hurmat tamoyili pragmatik tahlilini
nazariy   jihatdan   asoslab   berishdan   tashqari,   ushbu   tamoyilni   faollashtiruvchi
vositalar,   ularni   qo‘llash   mexanizmlarini   tizimlashtirgan   holda   tavsiflashga
harakat qilib kelmoqdalar. Eng asosiysi, bu mavzudagi izlanishlar uzluksiz davom
etmoqda,   ilmiy   nashrlar   soni   tobora   o‘sib   bormoqda   (oxirgi   bibliografik
ko‘rsatkichlardan biri: Dufon, et al 1994). So‘zsiz,   hurmat   tamoyili   qoidalarining   muloqot   jarayonida   faollashuvi
boshqa   qator   sotsiopragmatik   hodisalar   qurshovida   kechadi.   Turli   tamoyil   va
qoidalarning   «uchrashuvi»   odatda,   muloqot   samarasiga   ijobiy   ta’sir   o‘tkazadi,
ammo bunday «uchrashuv»lar ba’zan ziddiyatli kechishi ham mumkin. Binobarin,
olijanoblik va kamtarlik qoidalari doimo ham o‘zaro hamroh bo‘la olmaydi, zero,
o‘ta   olijanoblik   maqtanchoqlikka   olib   keladi.   Maqtanchoqlik   va   kamtarlik   bir-
birini inkor etuvchi xususiyatlardir.
Xuddi   shuningdek,   hamkorlik   tamoyiliga   oid   bo‘lgan   sifat   qoidasi   hurmat
tamoyilining ma’qullash, tahsin qoidasiga mos kelmasligi holatlari uchraydi. Biror
kishi   yoki   narsani   maqtayotib,   haqiqatdan   uzoqlashishimiz,   ya’ni   ushbu   shaxsga
(narsaga) unga xos bo‘lmagan sifatlarni «taqab» qo‘yishimiz ham hech gap emas.
Boz   ustiga,   o‘ta   kamtarlik,   har   qanday   izohga   rizolik   ham   sifat   tamoyilidan
chetlashishga, haqiqatdan uzoqlashishga olib keladi.
Xullas, sotsiopragmatik tamoyil va qoidalarning matnda faollashuvi muloqot
maqsadiga   erishish   uchun   xizmat   qiladi.   Ushbu   tamoyil   va   qoidalarga   amal
qilishda ijtimoiy muhit va nutq vaziyati holatidan, ularni belgilovchi xususiyatdan
kelib   chiqmoq   darkor.   Muloqot   vaziyati   esa   byevosita   ma’lum   ijtimoiy   guruh,
madaniyat   uchun   xos   bo‘lgan   norma   nuqtayi   nazaridan   baholanadi.   Norma
ma’lum   sotsiumda   qabul   qilingan   ijtimoiy   xatti-harakatlar   namunalarini   belgilab
beradi,   u   umumiy   qabul   qilingan   qoidalar   asosida   lisoniy   vositalar   tanlovini
boshqaradi.   Norma   hurmat   tamoyili   amaliyoti   uchun   tayanch   nuqtadir   va
kommunikativ   maqsad   ifodasi   shaklni   belgilab   beradi.   Eng   qizig‘i,   til   birliklari
qo‘llanishini   belgilovchi   normalarning   o‘zlari   ham   umumiy   aksiologik
ko‘rsatmalarga   amal   qiladilar.   Baholovchi   ko‘rsatmalar   esa   ko‘pincha   u   yoki   bu
madaniyatga xos bo‘lishadi. Masalan, Amerika madaniyatida biror kishi to‘satdan
yiqilib   tushsa,   uning   ahvolini   so‘rash   uchun   Are   you   all   rigut ?   savolini   berish
mumkin.   Ammo   ushbu   iborani   o‘zbek   tiliga   «Hammasi   joyidami?»   qabilida
tarjima   qilsak,   yiqilgan   odamning   ustidan   kulgan,   uni   haqoratlagan   bo‘lamiz. Bizning   madaniyatimiz   normasiga   binoan   «Hech   narsa   bo‘lmadimi?
Og‘rimayaptimi? YOrdam beraymi?»  qabilidagi savollar berish o‘rinlidir.
Xullas, olamning rang-barang va unda kechayotgan voqe-hodisalarning turli-
tuman bo‘lgani kabi muloqot vaziyatlari ham turli xususiyatlarga egadir. Ular har
xil sharoit, muhitlarda hosil bo‘ladilar, muloqot ishtirokchilarining munosabatlari
ijtimoiy mavqega bir xilda ega bo‘la olmaydi. Aynan shu turli-tumanlik muloqot
tizimining   sotsiopragmatik   ko‘rsatkichlarini,   ijtimoiy   deyksis   qobig‘ini   tashkil
qiladi.   Sotsiopragmatik   belgilarni   e’tiborga   olmaslik   nutqiy   harakatlar   jo‘yaliligi
tamoyilining   talablari   buzilishiga   olib   keladi.   Professor   N.Mahmudov   yaqinda
e’lon   qilgan   maqolasida   nutqning   jo‘yalilik   sifatini   ta’minlash   uchun   so‘zlovchi,
ifodalamoqchi   bo‘lgan   mazmundan   tashqari,   nutqiy   vaziyatni,   tinglovchi
xususiyatlarini, uning ijtimoiy maqomi, madaniy-ma’rifiy saviyasi kabi faktorlarni
nazardan qochirmasligi lozimligini yana bir karra uqtirdi. Olim jo‘yalilik tamoyili
talabi   qondirilmaganligi   qanday   oqibatga   sabab   bo‘lishini   kichkintoylarga
«Sog‘likda   ko‘rishaylik!   Omon   bo‘lsak,   albatta,   ko‘rishamiz!»   kabi   rasmiy
muloqot   shaklidagi   jumlalarni   o‘rgatishga   intilish   mavjudligi   misolida   izohlab
berdi (Mahmudov 2007: 16).
Matnning pragmadiktal belgilari.  Matnda so‘zlovchi na zarda tutgan axborot
har   doim   ham   verbal   ifoda   tarkibida   to‘liq   ma’noda   oshkora   bayonga   ega
bo‘lavermaydi. Ko‘pincha, oshkora bayon qilinmagan, ammo so‘zlovchi ichki maqsadi
aks etgan yashirin mazmun   ko‘rinishlarini matn mazmuniy strukturasidan ilg‘ab olish
tinglovchi,  nutq ishtirokchilariga katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun so‘zlov chi,
tinglovchi   hamda   nutq   ishtirokchilari   nutq   vaziyati   va   sotsial   kontekstdan   to‘liq
xabardor   bo‘lish   bilan   birga,   verbal   ifodaning   mazmu niy   tuzilishidagi   nozik   ifoda
qirralarini anglash uchun o‘sha tilga  xos ma’no ottenkalarini bilishi shart.
Har   qanday   matnda   axborot   so‘zlovchining   ichki   maqsadi   boshqaru vida   ikki
mazmuniy   ko‘rinishdan   iborat   bo‘ladi.   Bular   yoyiq   va   yig‘iq   mazmun   shakllaridir.
Bunday mazmun shakllari so‘zlovchining kommu nnkativ niyati bilan bog‘liq ravishda matnning   u   yoki   bu   qismlarida   namoyon   bo‘ladi.   Axborot   bayon   etishning   yoyiq
shakllariga   xos   ifoda   imkoniyatlari   xilma-xil   bo‘lganidek,   yig‘iq   yashirin   ifoda
usullari   ham   turlichadir.   Yig‘iq-yashirin   axborot   kontekstlari   turlicha   shakl lardan
iborat   bo‘lganligi   uchun   unga   nisbatan   lingvistkaga   oid   naza riy   adabiyotlarda   «bir
umumiy   tushunchani   ifoda   etuvchi   umumyashirin   («implikatsiya»)   atamasini
qo‘llaydilar.
O‘zbek tilida yashirin mazmun ko‘rinishlari alohida dissertatsi on planda tadqiq
etilmagan.   Presuppozitsiya   bilan   bog‘liq   anchagina   ishlar   amalga   oshirilgan,   biroq
klassik   adabiyot   namunalari   kuzati lganda,   bu   yo‘nalishga   oid   faktik   materiallarga
nihoyatda   boy   ekanligimizning   guvohi   bo‘lindi.   Hatto   klassik   adabiyotning   nazariy
yo‘na lishiga   oid   juda   ko‘p   asarlarda   «yoyiq»   va   «yig‘iq»   atamalarning   mum toz
shakllari   mavjud   ekanligi,   bularning   mumtoz   adabiyotda   «botiniy»   va   «zohiriy»
atamalar   bilan   nomlanishn   o‘zbek   tilida     yoyiq   va   yig‘iq   mazmun   ko‘rinishlarini
tadqiqot obyekti sifatida tanlanga ni mutlaqo to‘g‘riligini ko‘rsatadi.
Implikativ   mazmunning   umumyashirin   shakllariga   xos   matnlar   tarkibiga   matal,
ibora,   maqol,   topishmoq   kabilar   kiritilib,   ularda   bayon   qilingan   yashirin   ma’no
ko‘rinishlari   farosatli   va   zukko   tin glovchilarning   barchasi   uchun   aniq   bo‘lishi   bilan
ajralib turadi. SHuning uchun ham bunday tipdagi yashirin mazmunni umumyashirin
mazmun  deb yuritish maqsadga muvofiqdir.
Tagma’no.   So‘zlovchi nutq predmeti haqidagi axborotni til   belgilari yig‘indisi
yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ifoda semantik tu zilishidagi oddiy xabar mazmunini
tashkil   etadi.   Oshkora   (eksplitsit)   shakl,   asosan,   ifoda   diktumidan   iborat   bo‘ladi.
Diktum   mohiyati   propozitsiya   mazmuni   bilan   yana   ham   o‘zining   aniq   ma’nosiga
ega   bo‘ladi.   So‘zlovchi   va   tinglovchi   o‘rtasidagi   xususiy   munosabat   propozitsional
mazmun asosidagi diktumning qurshovida bayon qilinada va   ba’zida bunday ifodalar
yashirin mazmun ko‘rinishi sifatida matn  ichiga joylashtiriladi. «Matn ichidagi matn»
tushunchasi   rus   tilshu nosligida   «podtekst»   atamasi   bilan   nomlanadi.   Podtekst
atamasi   matn,   kontekst   va   nutq   atamalari   ifodalagan   tushunchalar   mazmuni   bi lan bog‘lana   olmaydi,   ularning   varianti   sifatida   ham   qo‘llanmaydi.   «Podtekst»   atamasi
ifodalagan   tushuncha   mazmuni   matn   ichidagi   «yashirin matn» tushunchasini ifoda
etadi. Bu hodisa kommunikatsiya  ishtirokchilarining nutqiy faoliyati, individual uslubi
va shaxsning  ichki his-tuyg‘usi bilan uzviy bog‘liqdar. «YAshirin matn» tushunchasini
aniq   anglash   va   to‘g‘ri   tushunish   maqsadida   biz   uni   «tagma’no»   atamasi   bilan
nomlaymiz. Tagma’no yashirin ifoda birliklaridan biri bo‘lib,   u o‘zining yuqoridagi
belgi xususiyatlari bilan lingvistik pragmati kaning  markaziy  masalalaridan  biri  deb
qaraladi.
Matndagi   tagma’no   o‘zining   yuzaga   kelishidagi   belgi- xususiyatlariga   ko‘ra
quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi va nomla nadi (1-shakl).
1-shakl
1. Fonopragmatik tagma’no.   Tagma’noning bunday ko‘rinishi so‘zlovchining
talaffuz   ohangi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   So‘zlovchi   bunda   matn   tarkibidagi
propozitsional akt elementlarini o‘ziga xos ohang  bilan - emfatik usul bilan talaffuz
qiladi.   So‘zlovchi   bunda   matnning   talaffuz   ohangiga   alohida   urg‘u   berish   bilan
tinglovchiga   «men   shunaqaman»   tipidagi   tagma’noni   uzatishga   harakat   qiladi.
Tag ma’noning fonopragmatik ko‘rinishida matnning umumiy mazmuni ik kinchi planga
o‘tadi. So‘zlovchi talaffuziga xos fonopragmatik ohang   usuli birinchi darajali ma’no
usuli deb qaraladi; Masalan:   Xurinso erini o‘larday go‘l podsho, o‘zini nihoyatda
quv vazir qilib ko‘rsatishaa harakat qilar edi. Qalandarov keldi. Huriniso eri haqida aytilganlarini amalda ko‘rsatmoqchi,
yana   “shunday   odam   ham   menga   bo‘yin   egadi”   demoqchi   bo‘ldi,   shekilli,   uni
g‘azabiga oldi:
- Kelar   edingiz-da...   SHu   ham   ishmi!   Hamisha   shunaqa   qilasiz!..
Qachon tashlaysiz shu fe’lingizni?! - deb shovqin soldi.  (A.Qahhor).
Fonopragmatik   tagma’noning   ba’zi   ko‘rinishlarida   so‘zlovchi   o‘z   nutqi   orqali
bayon qilingan propozitsiyaning emfatik usul bilan ta laffuz qilishi natijasida - undagi
alohida ohang samimiylik  ma’nosini ifoda etadi.
2.   Uslubiy   pragmatik   tagma’no.   Tagma’noning   bunday   ko‘ri nishi
so‘zlovchining   individual   uslubi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Bunga   ko‘ra   so‘zlovchi
tomonidan   undash   akti   vositasi   bilan   talab   qilingan   ma’lum   axborot   ko‘rinishi
so‘zlovchi   nazarda   tutgan   mazmunni   saqlagani   holda   boshqa   propozitsnonal   shakl
bilan ifodalanadi. Tinglovchi ning aynan so‘zlovchi nazarda tutgan axborot ko‘rinishini
boshqa   propozitsional   shakl   orqali   ifodalashi   uning   individual   uslubiy   maho rati
sanaladi.   SHuning   uchun   ham   bunday   shakldagi   tagma’no   ko‘ri nishlari   uslubiy
pragmatik tagma’no deb yuritiladi. Masalan:
- Saodat,   -   dedim.   Qaradi.   O‘choqda   yongan   olov   issig‘idanmi   yoki
uyatdanmi   uning‘   yuzi   qip-qizil   olma   edi.   Qo‘lidagi   sochig‘i   bilan
oldimg‘a   yaqin   kelib   to‘xtadi.   -   Eshitdingmi,   -   dedim.   Erga   qaradi.
Uni   ortiqcha   uyaltirmaslik   uchun   eshikka   qarab   yuriy   boshladim-da,   -
Maylimi? - deb so‘radim. Javob o‘rniga
- Osh emay ketasizmi?  -  dedi. Bu uning ikkinchi turlik qilib aytilgan «mayli»
javobi edi.  (A.Qodiriy).
Bu   matndagi   tinglovchi   nutqiga   xos   “ maylimi”   javobining   “ Osh   emay
ketasizmi?”   tipidagi   mehribonchilik   ma’nosini   ifoda   etuvchi   boshqa   iropozitsional
shakl vositasida bayon qilinishi uslubiy prag matik tagma’no deb yuritiladi.
Uslubiy   tagma’no   ko‘rinishlarida   so‘zlovchi   o‘z   ichki   maqsadi   aks   etgan
mazmunni boshqa uslubiy shaklda ifoda etadi. Masalan: Nihoyat Qalandarov g‘ashi keleanini bildirmaslik uchun kulib dedi:
- Xo‘jayin,   mehmonga   ham   so‘z   beramizmi,   yo‘qmi?   -   dedi.
(A.Qahhor).   Bu   matn   parchasidagi   uslubiy   tagma’no   ko‘rinishi   «gapni
to‘xtat» mazmunidan iboratdir.
3.   Metaforik   tagma’no.   Tagma’noning   bunday   ko‘rinishlarida   so‘zlovchi
tinglovchini ma’lum bir predmetlarga o‘xshatish asosidagi  propozitsiyani berish bilan
o‘zi   nazarda   tutgan   axborot   ko‘rinishiga   ishora   qiladi.   Natijada   matn   tarkibida
metaforik tagma’no yuzaga  keladi. Masalan:
Kolxozni   opichlab   katta   qilgansiz!..   Kolxozning   dardi   qayer-da,   qitig‘i
qayerda   ekanini   yaxshi   bilasiz!..   «Bo‘stonga   o‘xshagan   kolxozlardan   o‘ntasini
bitta sinchalog‘ingiz bilan ko‘tarasiz!.. Sinchalak degan qushni bilasizmi, oyog‘i
ipday...   SHu   qush   «osmon   tushib   ketsa   ushlab   qolaman»   deb   oyog‘ini   ko‘tarib
yotar ekan!   (A.Qahhor). Bu matnda metaforik tagma’no ko‘rinishi mavjud bo‘lib, u
«Sen ham sinchalak degan nozik qushga o‘xshaysan, shuning uchun ham  qo‘lingdan
kelmagan ishga urinma» mazmunidan iboratdir.
Metafsrik   tagma’noning   matndagi   ifodasi   so‘zlovchining   ichki   maqsadi   bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, fikrning ta’sir etish darajasini kuchaytiradi. Tinglovchining his-
tuyg‘usiga ta’sir etish va yangi nutq vaziyatini yuzaga chiqarishning (perlokutiv aktlar)
boshlang‘ich nuqtasi  sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan:
Saida bir lahza o‘ylanib qolganidan keyin miyivida kulib:
- Dunyoda   bunaqa   jonivorlar   ko‘p.   Arslonbek   aka,   -   dedi,   -
xo‘roz   ham   «Men   qichqirmasam   tong   otmaydi»   deb   o‘ylar   ekan...
(A.Qahhor).
Metaforik   tagma’noning   ushbu   ko‘rinishi   «tongning   otishi   uchun   xo‘rozning
qichqirishi   shart   bo‘lmaganidek»   propozitsiyasi   ta’sirida   «siz   bo‘lmasangiz   ham
kolxozning   ishlari   bo‘laveradi»   mazmunidan   iboratdir.   Metaforik   tagma’no
ko‘rinishlarida bayon qilinayotgan   propozitsional akt o‘xshatish  mazmunidan iborat bo‘ladi   va   ana   shu   o‘xshatish   kuchlilik   belgisi   asosida   yuzaga   chiqib,   bunda
so‘zlovchi maq sadi aks etadi. Masalan:
- Siz   bolalik   qilib,   bunaqa   xom   xayollarga   borib   yurmang.   Men
aravadan   boshqa   ishga   yaramaydigan   pachoq   otday   ko‘rin-
sam   ham,   uncha-muncha   chavandoz   minolmaydigan   uloqchi   otman!   Uncha-
muncha   odamni   erga   chalpak   qilaman!..   CHalpak!   Buni   bilib   tushunib   qo‘ying!
(A.Qahhor)   Bu   matnda   bayon   qilingan   tagma’no   «Men   bilan   hazillashmang,
kuchingiz etmaydi» mazmunidan iboratdir.
Metaforik   tagma’no   noverbal   ifoda   ko‘rinishida   ham   namoyon   bo‘ladi. Bunda
so‘zlovchi   xatti-harakatlari   va   imo-ishorasida   uning   ich ki   niyati   aks   etib   tagma’no
yuzaga kelada Masalan:
SHu   mahalgacha   hech   vaj   bilan   ko‘zga   ko‘rinmagan   oddiy   bir   Ketmonchi
so‘z oldi...
- Ko‘zbo‘yamachilik... Otiga majlis, otiga maslahat...
...   Qalandarovning oppoq oqargan  yuzi, qisiq ko‘zlari atro    fidazi tabassumni   
ifodalashi kerak bo‘lgan ajin uning   “echkining   orqasi qichisa, cho‘ponning nonini
eydi” deb turganini ko‘rsatar  edi.  (A.Qahhor)
Verbal ifoda bo‘lsa ham, noverbal ifoda bo‘lsa ham ularning semantik strukturasi
so‘zlovchi   va   tinglovchi   nutqiga   xos   xususiy   ma’no   ko‘rinishlari   bilan   to‘ldirilgan
bo‘ladi. SHuning uchun ham har qanday   ifoda semantik tuzilishida nutqiy vaziyatga
ko‘ra yashirin xususiy ma’no komponentlari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos tarzda
namoyon  bo‘ladi.
4.   Individual   xususiy   tagma’no.   Individual   tagma’no   ko‘rinishlari faqat ba’zi
shaxslar nutqidagina qo‘llanib, ularning xarakterini ochish uchun xizmat qiladi. Bunda
so‘zlovchi   nutqida   qo‘l lanayotgan   tagma’no   shartli   tagma’no   sifatida   so‘zlovchi   va
tinglovchi   uchun   tushunarli   bo‘lgani   holda   boshqa   nutq   ishtirokchilari   uchun
no ma’lum bo‘ladi. Masalan:
Birpas jimliqdan keyin Qalandarov gulzorning narigi tomo nidagi idoraga qarab: - Eshon, hoy! - deb chaqirdi.  (A.Qahhor).
individual   tagma’noning   ba’zi   ko‘rinishlari   so‘zlovchi   yoki   tinglovchining
xarakteri   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lib,   tinglovchining   nima   demoqchi   ekanligi   uning
qanday so‘z bilan munosabat bildirish vosi tasida anglanadi. Bunday shartli tagma’no
ko‘rinishlari,   asosan,   so‘zlovchining   xarakteri   bilan   aloqador   bo‘ladi.   Bunday
tagma’nolar   individual   xususiy   tagma’no   ko‘rinishlari   sifatida   faqat   ba’zi   shaxslar
nutqigagina   taalluqli   bo‘ladi.   Individual   xususiy   tagma’no   ko‘rinishlaridan   yozuvchi
obraz xarakterini ochish maqsadida foydala nadi:
Hoji bir qancha vaqt so‘zlash uchun o‘z og‘aziga tikiltirib o‘ltu rgandan so‘ng,
agar   ma’qul   tushsa   «xo‘b»   deydir,   gapka   tushunmagan   bo‘lsa,   “xo‘sh”   deydir,
noma’qul bo‘lsa “durust emas” deydir va juda  ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa bir
iljayib qo‘yish bilan kifoyalanadi.
O‘zbek oyim o‘zining itob va xitobiga eridan bir iljayib  qo‘yish javobini olib
dami ichiga tushadir.  (A.Qodiriy).
5. Ekspressiv   tagma’no.   Ekspressiv   tagma’no   ko‘rinishlarida
so‘zlovchi   nazarda   tutgan   niyatga   uning   his-tuyg‘ulari   ham   qo‘shiladi.
So‘zlovchi   propozitsional   aktni   sodir   etar   ekan,   o‘zi   qilgan   ishlardan
g‘ururlanish,   maqtanish   ottenkalari   aks   etgan   yashirin   mazmunni   pro pozitsional   akt
orqali bayon qiladi. Masalan:
Huriniso.
-   Hammasi   ham   unib   o‘sdi:   biri   kolxoz   raisi,   biri   rayon   ma daniyat
bo‘limining boshlig‘i, biri deputat... Ha, aytganday, qaysi  kuni Hakima kelgan edi,
qahramon bo‘lishiga o‘ttiz bir tonna et mabdi.
Hurinisoning   bu   ayollar   haqidagi   gaplaridan   «Men   o‘qitgan   ayollar   mana
shunaqa   martabalarga   erishdi»   degan   iftixordan   ko‘ra   ko‘proq,   «baribir
hammasidan yana o‘zim dono» degan bir g‘urur  aks etar edi.  (A.Qahhor).
6. Monologik   akt   ma’no   ko‘rinishi.   Tagma’noning   monologik
nutq tipiga xos ko‘rinishi ham mavjuddir. «...   bosilmag‘uncha   Toshkandga   kelmasliging   maslahatdir!»   -   bu   jumlani
o‘qug‘anda, - undov bo‘lsa sira tinchimangiz,  -  dedi-da  iljayib qo‘ydi.  (A.Qodiriy).
Bu misolda Otabek «undog‘ bo‘lsa sira tinchimangiz» deyish bilan   «o‘zimning
ham   Marg‘ilondan   sira   ketgim   yo‘q   edi,   xayriyat»   tarzidagi   yashirin   tagma’no
ko‘rinishini   ifoda   etadi.   Ba’zi   holatlarda   so‘zlov chi   nazarda   tutgan   tagma’noning
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ifodalanishi   mumkin   bo‘lmay   qoladi.   Bunga   tagma’no   qaratilgan
adresatning   ijtimoiy   ma vqei   yo‘l   qo‘ymaydi.   SHuning   uchun   ham   bunday
vaziyatlarda   tagma’no   «qizim   senga   aytaman,   kelinim   sen   eshit»   qabilida   bayon
qilinadi. Tagma’no o‘zining bunday xususiyatiga ko‘ra ikkiga ajratiladi. Tin glovchiga
to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirilgan tagma’no bevosita ifodalangan  tagma’no deb yuritiladi.
Ikkinchisi esa bilvosita ifodalangan tag ma’no deb yuritiladi.
Tagma’no   matn   semantikasi   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lib,   u   bilan   mantiqan
bog‘langan   boshqa   qator   ma’lumotlar   ta’sirida   yuzaga   chiqa di.   Tagma’noning
presuppozitsiyadan   ajratilishi   bular   biri   ikkinchi si   uchun   ahamiyatsiz   degani   emas.
Balki presuppozitsiyaning «matn- mazmuniga aloqador va mantiqan bog‘langan matn
mazmunidan tashqari dagi ma’lumot»larning darakchisi deb qaraladi.
Tagma’no   va   presuppozitsiya.   Presuppozitsiya   va   tagma’noni   farqlab olish
kerak. So‘zlovchi va tinglovchi orasidagi munosabat pro pozitsiya, presuppozitsiyadan
tashqari   yashirin   ma’no   komponentlari   bi lan   ham   murakkablashadi.   Ana   shu   ma’no
komponentlaridan   biri   matn   orqali   yashirin   bayonga   ega   bo‘luvchi   tagma’no
ko‘rinishidir.
Tagma’noning matndagi bayoni ikki xususiyatga ega bo‘ladi: bi rinchidan, ko‘p
hollarda   tagma’no   oshkora   verbal   bayonga   ega   bo‘lmaydi.   Bunday   vaziyatlarda
matndagi   tagma’no   ko‘rinishi   propozitsiyalarning   mantiqiy   tahlili   yordami   bilan
aniqlanadi.
Saidani bu odamlarza begona toifadan qilib ko‘rsatmoqchi  bo‘ldi:
-   Oshdan   ichmadingiz-a...   Bularning   ovqati   og‘zingizga   yoqmaydi...
yoqmaydi!  (A.   Qahhor) Bu matnda «sen butunlay boshqa toifadansan, shuning uchun ham  kolxozchining
ovqati   senga   yoqmaydi»   mazmuni   tagma’noni   hosil   qila di.   Bunday   vaqtlarda
tahlilning mohiyati nutq vaziyati bilan bog‘la nadi. Nutq ishtirokchilari nutq vaziyati
va   mantiqiy   tahlil   yordami dagi   hukmlar   bilan   tagma’no   mohiyatini   yoki   nimaga
ishora qilayotgan lngini anglab oladilar.
Nazariy   adabiyotlarda   ta’kidlanishicha,   presuppozitsiya   matnni   semantik
murakkablashtiradi.   Bunday   vaqtda   ayrim   so‘z   yoki   gramma-tik   shakl   orqali
ifodalangan   propozitsiya   o‘zining   eng   ixcham   shakliga   ega   bo‘ladi.   So‘zlovchi   va
tinglovchi uchun uning tushunarli bo‘lishida  presuppozitsiya yordamga keladi.
Tagma’noda   esa   propozitsiya   sub’ekt   vazifasini   bajarib,   propo zitsiyaning   bu
vazifasi ikkinchi darajali holatga o‘tadi. Bunda faqat  propozitsiya shakligina saqlanib,
uning   mazmuni   mohiyat   e’tibori   bi lan   tagma’noga   qaratiladi.   So‘zlovchi   nazarda
tutgan axborot pragma tik qimmatga ega bo‘lib, propozitsiya faqat shakliy struktura
uchun   xizmat   qiladi,   asosiy   ma’no   esa   nomatniv   holat   ta’sirida   hosil   bo‘lgan
tagma’noga   qaratiladi.   Misol:   Hoy,   Eshon!   Bu   vaziyatda   ham   kimdir   matndagi
tagma’no mazmunini anglashdan mahrum bo‘ladi:
Qalandarov mundayroq mehmon kelsa, yugurdagiga: «Eshon!» der ekan, bu
shkkita   non   bilan   bir   choynak   choy   olib   kel»   degani,   «Hoy,   Eshon!»   desa,   osh
buyurgani, «Eshon, hoy!» degani esa «hovliga  borib, xotinimga ayt, nozik mehmon
olib   boraman»   degani   bo‘lar   zkan...   Qalandarov   gulzorning   narigi   tomonidagi
idoraga qarab:
- Eshon, hoy! - deb qichqirdi.
Saidaning   ko‘ngli   bir   oz   yorishdi,   ichida:   Muxbirning   aytgani   rost   bo‘lsa,
demak, men nozik mehmon» bo‘lsam kerak...» deb qo‘ydi.  (A.Qahhor).
Agar   bu   matnda   bayon   qilingan   tagma’no   mazmuni   presuppozitsiyaga   qiyos
qilinsa,   ular   butunlay   boshqa-boshqa   hodisalar   ekanligi   ko‘zga   yaqqol   tashlanadi.
Matndagi bu yashirin ifoda ko‘rinnshini «shartli ravishda individual xususiy tagma’no»
deb yuritamiz. Umuman, tagma’no presuppozitsiyadan farqli ravishda so‘zlashuv chilarning ichki
maqsadini yashirin ifodalash uchun xizmat qiladi.  Tagma’no har qanday matnda ham
bo‘lavermaydi.   Presuppozitsiya   esa   istalgan   matn   semantik   tuzilishining   mantiqiy
tahlili   yordamida   aniqlanishi   mumkin.   Presuppozitsiya   xa bar   qilinayotgan   axborot
maqomiga ega bo‘lmaydi, uni ifodaning yashi rin mazmuniga tenglashtirib bo‘lmaydi.
Presuppozitsiyani yashirin ifoda ko‘rinishlaridan biri deb  hisoblab bo‘lmaydi.
Pragmatik to‘siq.   Pragmatik to‘siq deb nomlanayotgan hodisa ning mavjudligi
yirik olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Jumla dan, yirik adabiyotshunos olim o‘zining
«Adabiyot   tildan   boshlanadi»   maqolasida   shunday   fikrlarni   beradi.   «Ko‘p   hollarda
muallif   bir- biriga   bog‘lab   bo‘lmaydigan   tushunchalarni   yonma-yon   qo‘yadi   yoki
shunday   ifodalar   qo‘llaydiki,   ular   avtor   aytmoqchi   bo‘lgan   ma’noni   aniq   ifo dalash
o‘rniga   xiralashtiradi» 1
.   Mana   shunday   hodisalar   yo‘nalishiga   oid   dastlabki
ma’lumotlar   tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov   asarlarida uchrayda 1
. Unda bu
hodisalar   pragmatik   to‘siq   deb   nomlan masa-da,   o‘rtaga   tashlangan   «g‘ayriodatiy
birikmalar»,   «o‘ziga   «yot»   stilda   qo‘llangan   so‘zlar»,   «so‘zning   aniqligi»   kabi
mavzularning  tahlil natijasi pragmatik to‘siq xususidagi hodisaning mavjudligi  haqida
yana bir karra ma’lumot beradi. Umuman, pragmatik to‘siq hodasasi nazariy jihatdan
o‘rganilmaganligi, ma’lum til faktlari yordamidagi tahlillarga muhtojligi masalaning
dolzarbligini ko‘rsata di.
Demak, birinchidan, yuqoridagi fikrlar mazmunida pragmatik   to‘siq xususidagi
hodasaning   mavjudligi   tasdiqlanadi.   Ikkinchidan,   pragmatik   to‘siq   hodisasidan
yozuvchilar   badiiy   adabitda   uslubiy   vo sita   sifatida   foydalanadilar.   SHu   nuqtayi
nazardan pragmatik to‘siq   hodisasini   tadqiq   etish   lingvistik   pragmatika   yo‘nalishi
uchun   muhimdir.   Kommunikant   verbal   ifodani   berish   bilan   har   doim   ma’lum
kommunikativ   niyat   (illokutiv)   va   nutqiy   ta’sir   etish   (perlokutiv)   aktini   o‘z   oldiga
maqsad   qilib   qo‘yadi.   Biroq   ba’zi   holatlarda   so‘zlov chi   nazarda   tutgan   illokutiv
1
Шарофиддинов О. «Адабиёт тилдан бошпанади». Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1987. 34-
бет.
  hamda   perlokutiv   nutqiy   aktlar   muvaffaqiyatli   amalga   oshirilmaydi.   So‘zlovchining
verbal   ifodani   bayon   qilish   uslubi   asosidagi   pragmatik   to‘siq   kommunikant   niyatini
yuzaga   chikishi   uchun   to‘siq   bo‘ladi.   Bunda   tinglovchi   diqqati   matn   tarkibida gi
asosiy mazmunga emas, balki nutq sub’ektining nutqiy aktlarning talaffuz qilish uslubi
ta’sirida   yuzaga   chiquvchi   ma’lumotlarga   jalb   bo‘ladi.   Mana   shu   asosda   tinglovchi
tasavvurida nutq sub’ekti haqida  ba’zi ma’lumotlar paydo bo‘lib, bu pragmatik to‘siq
deb nomlanadi.
Pragmatik to‘siq ifodaning shakliy hosil bo‘lishi bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi.
Pragmatik   to‘siq   ifoda   mazmunining   to‘g‘ri   anglanishi   uchun   hamda   so‘zlovchi
nazarda   tutgan   xabar   darajasini   kamayti ruvchi   nutq   sub’ekti   haqidagi   nomatniy
ma’lumotlardir.   So‘zlovchining   me’yorsiz   nutqiy   xatti-harakatlari   va   ifoda
talaffuzining   me’yorsiz   uslubi   rejalashtirilgan   illokutiv   mazmuniga   to‘siq   bo‘ladi.
Ifodaning   hosil   bo‘lishi   bilan   bog‘liq   hukm   ko‘rinishlaridan   biri   pragmatik   to‘siq
bo‘lib,   u   nutq   predmeti   haqidagi   axborotdan   farqla nadi.   Nutq   predmeti   xususidaga
axborot   so‘zlovchining   ichki   maqsada   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   u   ma’lum   voqelik
xususida tinglovchiga xabar be radi. Pragmatik to‘siq mazmuni esa faqat tinglovchi
pozitsiyasidagi   nutq   ishtirokchisining   nutq   sub’ekti   haqidagi   tasavvuridan   iborat
bo‘ladi.   «U   yoki   bu   hodisani   pragmatik   to‘siq   sifatida   tasnif   qilishda 2
  quyidagi
faktorlar   muhim   o‘rin   tutadi:   1.   Rejalashtirilgan   pragma tik   effektning   belgilari.   2.
So‘zlovchi   va   tinglovchi   o‘rtasidagi   ij timoiy   munosabatlar.   3.   Tezaurus   (intellekt
imkoniyati) fondi va xarakteri. 4. Lingvistik materialning xususiyati» 1
,
Pragmatik to‘siq tushunchasi so‘zlovchi uchun nol qimmatga ega  bo‘lib, bunda
faqat tinglovchi pozitsiyasi e’tiborga olinadi. Masalan:
Qalandarov tuzgan nutq shunday boshlanar edi:
«Hindistonlik   xotin-qizlar   delegatsiyasiga   «Bo‘ston»   kolxozchilari   va
rahbarlaridan   kolxozchilik   salomi.   Bizkim   «Bo‘ston»   kolxozchilari,   idora
xizmatchilari   paxtakorlar   kurultoyining   tarixiy   karorlaridan   ilhomlanib,
2
Абдураҳмонов X., Мадмудов Н. Сўэ эстетикаси. Тошкент, 1981.   paxtachilikda   o‘tgan   yil   or den-medallarga   ega   bo‘ldik,   bu   yil   ham   ob-havo
sharoitiga   qara may,   qo‘shimcha   majburiyat   olib,   har   gektaridan   o‘ttiz   ikki
sentnerdan   bajarish   uchun   kurashib,   hozir   g‘o‘zalarni   brigadalar   bo‘yicha   yuz
protsent ko‘tarib oldik...»  (A.Qahhor).
Hind xotin-qizlari delegatsiyasining kutib olinishi uchun Qa landarov tomonidan
yozilgan nutq mazmuni raisni uslubiy-grammatik tomondangina emas, balki madaniy-
ma’rifiy   nuqtayi   nazardan   ham   savodsizligini   ifoda   etadi.   Pragmatik   to‘siq   hodisasi
asosiy propozits iyaning tinglovchi tomonidan to‘g‘ri anglanishi uchun, to‘siq vazifasini
bajaradi.   Bu   hodisadan   badiiy   adabiyotda   yozuvchining   individual   uslubi   bilan
bog‘liq   ravishda   obrazning   xarakterini   ochish   uchun   uslu biy   vosita   sifatida
foydalaniladi.
Pragmatik   to‘siq   tushunchasi,   asosan,   so‘zlovchi   hamda   tinglovchi   o‘rtasidagi
kommunikativ   munosabatda   aniq   ko‘rinadi,   ayniqsa,   nutq   ishtirokchilari   tasavvurida
olam hamda til bilimlarining darajala nishi pragmatik to‘siqning asosi deb qaraladi.
Pragmatik to‘siqlar ham implikativ mazmun ko‘rinishlaridan  biri bo‘lib, u faqat
tinglovchi   uchun   malum   bo‘lishi   bilan   ajralib   turadi,   Matn   mazmunining
anglanishida   paydo   bo‘luvchi   pragmatik   to‘siqni   tagma’nodan   farqlash   lozim
bo‘ladi.
Matnning tagma’nosi oshkora va yashirin axborotning mantiqiy tahlili yordamida
aniqlansa, pragmatik to‘siq na propozitsiya mazmuni,  na presuppozitsiya mazmuni va
na   tagama’no   yordamida   aniqlanadi,   prag matik   to‘siq   mazmuni   uslubiy   vosita
sifatida   so‘zlovchi   shaxsi   fikrlashi   hamda   talaffuz   imkoniyatlari   vositasida
aniqlanadi.
Pragmatik   to‘siq   so‘zlovchining   nutqiy   axloqiy   ko‘rinishlaridan   biri,   sifatida
uning   ichki   ma’naviy   olami   xususidagi   ma’lumotdir.   SHu ning   uchun   ham   nutq
so‘zlovchining ma’naviy qiyofasini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunday qarash oxirgi
paytlarda   nashr   qilingan   lingvi stikaga   oid   nazariy   adabiyotlarda   ham   uchraydi.
Jumladan:   «Jumla   kishilar   o‘rtasidagi   aloqa   jarayonida   vujudga   keladi.   SHuning uchun   ham   ularning   har   birida   shaxsning   izi   o‘z   ifodasini   topadi.   CHunki   «til   -
borliqning uni» (M.Xaydegter)», unda insoniyatning ma’naviy,  ruhiy olami aks etadi 3
.
O‘zbek   tili   matnini   pragmatik   yo‘nalishda   o‘rganish   lisoniy
birliklarining   an’anaviy   tilshunoslikda   e’tibordan   chetda   qolgan
jihatlarini   yoritishda   tadqiqotchi   uchun   katta   imkoniyat   beradi.
Matnni   bunday   usulda   o‘rganish   ularning   pragmasemantik   sistemadagi
o‘rnini belgilashga yo‘l ochadi.
Matn   (sintaktik   birliklar)ni   sistema   sifatida   tadqiq   etishda   til   sathi   birliklarini
muayyan   pragmatik   sema   asosida   lingvistik   pragmatikaning   nazariy   va   amaliy,
umumiy   va   xususiy   yo‘nalishlarini   ajratish   hamda   pragmatikaning   til   sathidagi
tadqiqot obyektini  belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Matn (sintaktik birliklar)ni pragmatik nazariya yo‘nalishida  tadqiq etish obyektiv
olamdagi   borliq   bilan   uning   inson   ongidagi   in’ikosini   nutqiy   munosabat   shakli
sifatida to‘g‘ri talqin etishga  eng to‘g‘ri yo‘ldir.
O‘zbek   tili   matni   (sintaktik   birliklari)ga   xos   pragmatik   xu susiyatlarni
o‘rganish   umuminsoniyat   madaniyatining   bir   qismi   bo‘lgan   nutq   madaniyati,
uslubshunoslik   hamda   insonning   fikrlash   faoliyati   va   ichki   ruhiyatini   nazariy   va
amaliy jihatdan aks ettiruvchi psixo lingvistika masalalari bilan uzviy bog‘lanadi.
Pragmatika   nazariyasi   kishilar   o‘rtasidagi   aloqa-aralashuv   jarayoniga   xos
verbal va noverbal munosabatning mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Millatga bo‘lgan hurmatning asl namunasi   sifatida tilimizga davlat tili maqomining
berilganligi o‘zbek tili   va unga xos milliy xususiyatlarni o‘rganishga dunyo xalqlari
intili shining qiziqishi pragmatika nazariyasiga, uning mohiyatiga bo‘lgan e htiyojni
yanada   orttirmoqda.  Sababi  lingvistik  pragmatika   nazariya si, ya’ni nutqning amaliy
qo‘llanilishi bilan bog‘liq hodisalar talqini  o‘sha tilga xos milliy o‘ziga xoslikni anglash
uchun   qulay   imkoniyatlar   yaratadi.   Ana   shularni   hisobga   olgan   holda   pragmatika
nazariyasining   lisoniy   tamoyillarini   belgilash   faqat   o‘zbek   tilshunosligi   uchungina
3
Маҳмудов Н.,Нурмонов А.Ўэбек тилининг назарий грамматикаси.Тошкент, 1995, 10-бет.   emas, balki turkologiya uchun ham g‘oyat dolzarb masalalardan biri sa- naladi.
Lisoniy pragmatika nazariyasi jahon tilshunosligida turli- cha qarashlar vositasida
xilma-xil   talqin   etiladi.   Nutqiy   axloq
shakllarining   amaliy   asosi   sifatida   nutq   madaniyati   bilan,   so‘zlash
san’atining   uslubiy   vositalariga   xos   nazariy   yo‘nalishining   mohiya ti   sifatida
uslubshunoslik   bilan,   so‘zning   denotativ   ma’nosi   bilan
shug‘ullanuvchi   yo‘nalishlarining   bir   qismi   sifatida   semantika   bilan
pragmatikaning   o‘zaro   munosabati   ko‘rsatiladi.   Pragmatika   tilshu noslikning   boshqa
bo‘limlari   singari   o‘zining   lisoniy   mohiyatidan   iborat   nazariy   asosiga   ega   bo‘lib,
semantika va sintaktika qatorida lisoniy teng qimmatli maqomga egadir. Bunga ko‘ra,
pragmatika sin taktik birliklarga xos ifoda mazmunini nutq sub’ektining munosa bati
sifatida tadqiq etadi.
Lingvistik   pragmatika   tilshunoslik   fanining   nazariy
jihatdan   shakllangan   alohida   tarmog‘i   sifatida   til   sathlariaro   o‘za ro   chegaralangan
munosabatda   o‘ziga   xos   o‘rin   tutadi.   Jumladan,   til ning   fonetika,   leksikologiya,
morfologiya, sintaksis kabi sath bir liklarining pragmatik vazifasi bilan uzviy bog‘liq
holda   fonoprag matik,   leksopragmatik,   morfopragmatik   hamda   sintaksopragmatik
ta lqin   asosida   pog‘onali   munosabatni   hosil   qiladi.   Bu   sath   birlikla rining   pragmatik
vazifasi lingvistik pragmatika nazariyasi uchun  asos bo‘ladi.
Lingvistik   pragmatika   mohiyatini   ifoda   etuvchi   nutqiy   akt
nazariyasini   tadqiq   etish   tilning   ifodalash   va   anglash   tabiatini
ochish   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Mavjudlikdagi   real   olam   bilan   aloqa-
dor   barcha   hodisalar   o‘zaro   bog‘langan   bo‘lib,   ular   insonning   sezgi   or-
ganlari vositasi (ko‘rish, eshitish, his etish)da fikrlash  faoliyati ning quroli - ongida
sintezlanadi   va   talaffuz   akti   vositasi   orqali
tilda   qayta   namoyon   bo‘ladi.   Nutqiy   aktni   pragmatik   nazariya   sifatida
o‘rganish borliq - ong - til hamda til - ong - borliq dialektik munosa batini ifodalash
uchun yordam beradi. Lingvistik   pragmatika   mohiyatini   ifoda   etuvchi   hodisalarga   xos
masalalarni   tadqiq   etish   adabiyotshunoslik,   uslubiyat   nuqtayi   na zaridan   badiiy   asar
tilining   san’at   darajasida   bezatilganligi,   ish langanligi,   maqsad   va   g‘oyaga   xizmat
qilishini   ko‘rsatish,   sof   tilshu noslik   nuqtayi   nazariga   ko‘ra   tilning   grammatik
qurilishidagi   o‘ziga   xosliklari   hamda   uni   mantiqan   to‘g‘ri   qo‘llash,   shuningdek,
so‘zlovchi   va   tinglovchn   orasidagi   ichki   maqsadning   ifodalanishida   tilning   barcha
imkoniyatlarini   belgilashdan   iborat   bo‘ladi.   Lingvistik   pragmatika   nazariyasi   bilan
aloqador   barcha   hodisalar   nutq   ishtirokchilari   orasidagi   bayon   qilish   va   anglash
birligini   ta’minlashda   uslubiy   vosita ga   aylanadi.   Ifoda   mazmunining   mantiqli   va
mantiqsiz qo‘llanishi  bayon qilinayotgan axborotning ta’sir etish darajasini oshiradi.
Nutqiy aktlar o‘zida pragmatikaning mohiyatini ifoda etadi.      Nutqiy akt
tushunchalarining   yuzaga   kelishi   lingvistik   pragmatika   uchun   nazariy   asos
hisoblanadi.
Nutqiy akt semiologik nutqai nazardan ma’lum kichik gu ruhlardan iborat
bo‘lib, ular yana o‘z tarkibida ichki mikrosistemani   tashkil  qiladi  va   nutqiy  aktning
ma’lum   tamoyillari   asosida   qayta   katta   sistemaga   birlashadi.   Bular   talaffuz,
kommunikativ   niyat   (illokutiv),   his-tuyg‘uga   ta’sir   etish   akt   (perlokutiv)   laridan
ibo ratdar.
Nutqiy   akt   jumladan   katta,   kichik,   hatto   uning   bir   qismi   ham bo‘lishi
mumkin, ko‘p holatlarda so‘z birikmasiga teng keladi. SHu   belgilari bilan nutqiy akt
sof ma’noda sintaktik birlikni qamrab  oladi va pragmatikaning obyekti sanaladi.
Nutqiy   akt   nazariyasi   matnda   presuppozitsiya   va   tagma’noni   o‘zaro
farqlashni qat’iy talab qiladi.
Tagma’no   ham,   presuppozitsiya   ham   matn   semantik   tuzilishini
murakkablashtirib, har ikkalasi ham so‘zlovchi munosabatini ifoda etadi. Tagma’no
matn   ichidagi   matn   deb   talqin   etiladi.   Presuppozits iya   esa   propozitsiya   bilan
zidlanuvchi   axborot   ko‘rinishidir.   Tag ma’no   doimo   nutq   ishtirokchilaridan   biriga
noma’lum   bo‘lishi   bilan   ajralib   turadi.   Umuman,   matn   semantikasi   bir   tomondan presuppozitsiya, ikkinchi tomondan esa tagma’no ko‘rinishlari bilan murakkablashadi,
ularni   alohida   hodisalar   sifatida   o‘rganish   va   talqin   etish   lingvistik   pragmatika
masalalari   mohiyatining   oydinlashuvida   muhim   o‘rin   tutadi.   SHuningdek,
uslubshunoslik va pragmatika yo‘nalishining  umumiy qirralarini ko‘rsatish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Lingvistik   borliq   tushunchasi   obyektiv   olamdagi   barcha   predmet,
hodisalarning kishilar orasidagi o‘zaro kommunikativ muno sabatida namoyon bo‘lgan
dunyoqarashning   mahsulidir.   Bu,   albatta,   til ning   aloqa-aralashuv   jarayonidagi
funksional   qo‘llanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   sintaktik   birliklar   vositasi   bilan
ifodalanuvchi ax borot shakllarida ko‘zga tashlanadi.
Matn   (sintaktik   birliklar)da   ifodalangan   propozitsiyani   xiralashtiruvchi
pragmatik to‘siq so‘zlovchi haqida ma’lumot beradi.   Pragmatik   to‘siq   hodisasini   va
uni   to‘g‘ri   talqin   etish   kishilarning   ichki   ma’naviy   olami   va   dunyoqarashini
anglashning umumnazariy yo‘ nalishin belgilashda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.  Foydalaniladigan  adabiyotlar
1. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. Тошкент, 1981.  
2. Актисова   О.А.   Синтаксические   средства   реализации   концептов   в
аспекте эволюции типов повествовательной речи: На материале описаний в
романах     “Преступление   и   наказание”   Ф.М.Достоевского   и   “Мастер   и
Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград :
Волг. гос. ун-т , 2006. – С. 29.
3. Воҳидов Р., Неъматов Ҳ. Сўз бағрида маърифат. -Т.: Ёзувчи, 2001.
4. Галперин Р.И. О понятии текст // Вопросы языкознания. – Москва,
1974.  –  № 6.    – С .22.
5. Горелов   И.Н.,   Седов   К.Ф.   Осно вы   психолингвистик и:   Учеб ное
пособие. – М.: Лабиринт, 2001. – С. 4.
6. Григорева   В.С.   Дискурс   как   элемент   коммуникативного   про ц есса:
прагмалингвистический   и   когнитивный   аспекты   :   монография   –   Тамбов   :
Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2007.
7. Ўзбек тилшунослигининг долзарб муаммолари. ЎУМ, ЎзМУ 2011.
Ўзбек филологияси факултети кутубхонаси.
8. Усмонов С. Умумий тилшунослик. -Т.: Ўқитувчи, 1972. 
9. Фалсафа.  Қомусий луғат. –Т, 2004.
10. Фурс   Л.А.   Синтаксически   репрезентируемые   концепты:   Автореф.
дис. … д-ра филол. наук. – Тамбов: Тамбовский гос. ун-т им.  Г.Р.Державина,
2004. – С. 42.
11. Хайруллаев   М.,   Ҳақбердиев   М.   Мантиқ.   -Т.:Ўқитувчи,   1993.   -Б.
92-95.

O‘ZBEK TILINING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI MUAMMOLARI Reja: 1.Nutqiy vaziyat tushunchasi. 2.Nutq vaziyati va nutq. 3.Nutqning sotsial xususiyati va nutq vaziyati. 4. Nutqning sotsiopragmatik sistema ekanligi. 5. Til va shaxs.

O‘tgan asr so‘ngida bozor iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish dolzarblashib, tilshunoslik ham amaliy vazifalariga – nutq samaradorligi tadqiqiga e’tiborni kuchaytirdi. Natijada fanda sotsiolingvistika , etnosotsiolingvistika, lingvopragmatika, pragmalingvistika, pragmatika, psixolingvistika kabi nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. Bu yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi davr tilshunosligi nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashish va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo‘lgan ko‘chma va tag ma’nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so‘zlovchining maqsadi bo‘lgan ma’lumot- axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi. Struktur tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tilga boshqa hodisalardan, xususan, inson omilidan xoli qilingan “quruq”, statik sistema sifatida munosabatda bo‘lib keldi. Tilning voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yo‘nalishning o‘rganish manbaini tashkil etadi. Ma’lumki, nutqiy muloqot o‘nlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bog‘liq ravishdagi hodisalarni tadqiq qiluvchi kulturologiya fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik tilshunoslik inson subyekti va obyektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. Zero, nutqda subyektivlik va obyektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy,

fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy sistemalar bilan bog‘liqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa obyektiv baho beriladi. L isonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati – nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning ta’siri va roliga baho, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta’sirchanlik – bunyodkorlik ahamiyatiga ilmiy tavsif beriladi . O‘tgan asrning 80-yillarida umumiy va roman tilshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis, Moskva davlat universiteti professori R.A.Budagov yangidan kuch olayotgan «matn lingvistikasi»ni hech qanday tilshunoslikka aloqasi yo‘q, istiqbolsiz soha ekanligini isbotlashga chinakamiga kirishdi. Uning fikricha, «qattiq mehnat evaziga mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan tilshunoslikning» yana qaytadan til tizimiga oid bo‘lmagan hodisalar bilan qiziqishi uni boshqa fanlar bilan qorishib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin ekan (Budagov 1980: 85- 86). Bilmadim, o‘z gumonini maqolaning sarlavhasidayoq bayon etgan («Matn tilshunosligi qay darajada tilshunoslik?») Ruben Aleksandrovich pragmalingvistika haqida nima degan bo‘lar edi? Lekin uning matn lingvistikasini chilparchin qilish maqsadida keltirgan izohlari olimning pragmalingvistik g‘oyalarni puchga chiqarishga tayyorligining mantiqiy dalilidir. Bu vazifani R.A.Budagovning «materialistik tilshunoslik» targ‘iboti borasidagi sodiq safdoshi MDUning yana bir professori O.S.Axmanova o‘z shogirdlari bilan bajarishga urinib ko‘rganligini ham fanga ma’lum (Aleksandrova 1985: 72-73). Agarda tilshunoslikning mustaqilligini uning sofligi, ya’ni sof lisoniy hodisalar tadqiqi bilan mashg‘ul bo‘lishi mazmunida tushunsak, unda tilshunoslikni faqatgina til qurilmasi tuzilishining tavsifi bilan shug‘ullanuvchi fan sifatida e’tirof etishga majbur bo‘lamiz. Ammo bunday majburiyatni kim bizga zo‘rlamoqda?! Insonning voqelikni bilishga ehtiyoji o‘sib boradi. Lison ham

voqelik, u voqelikdagi mavjud hodisa. Shunday ekan, til qurilmasi ne sababdan u yoki bu tuzilishni olishini yoki ushbu qurilma mexanizmlarini harakatga keltiruvchi energiya – kuchning manbai qaerda ekanligini, umuman lisoniy qurilmaning qanday va nima maqsadda «ishlatilishini» bilishga qiziqmaymizmi?! So‘zsiz, dunyoni bilish faoliyati tasnif va tavsifsiz kechmaydi. Tasniflash harakati – inson bilish faoliyatining muhim amalidir, zero, voqelikni idrok etish niyatidagi shaxs dastlab ushbu voqelikni boshqasiga qiyoslaydi va uning umumiy, xususiy belgilarini topish yo‘li bilan ma’lum turga kiritadi. Lisoniy hodisalarni bilish istagi ham aynan tasniflash harakatidan boshlanadi. Lisoniy birliklarning tuzilishini bilishda murojaat etiladigan dastlabki amallardan biri ham formal- mantiqiy tasniflash amali bo‘ldi. Ammo bu amalga tovush va grammatik tizimlar oson «bo‘ysunishgan» bo‘lsa, lisoniy semantik hodisalarning unga «bosh egishi» o‘ta qiyin kechdi. Natijada, lingvistika «qarama-qarshiliklar» qiyosiga asoslangan struktur uslubli tasnifdan tilni harakatdagi tizim sifatida tasavvur etish g‘oyasini targ‘ib etuvchi tizimlashtirishga o‘tishga majbur bo‘ldi. Biroq har ikkala holda ham tilshunoslik empirik tahlil doirasidan chiqib keta olmadi va uning asosiy tadqiq obyekti byevosita idrok etiladigan lisoniy struktura hamda grammatika va lug‘at hududidan joy olgan ma’lumotlar bo‘lib qolaverdi. Bu hudud chegarasidan chetga chiqish hamda empirik kuzatish tajribasidan bir oz bo‘lsa-da chekinish «nolingvistik», hatto «noilmiy» tamg‘alarini olishi ham hech gap emas edi. Borliq haqidagi tizimiy, metodologik va tanqidiy bilimni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lgan fan faqatgina empirik kuzatish bilan cheklanib qolmasligi aniq bo‘ldi. To‘g‘ri-da, bilish faoliyati bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan faoliyatdir, u zohirdagi xususiyat, munosabatlardan botindagi mazmun-mohiyatga qarab yo‘l oladi. «Sharq Arastusi» nomini olgan Abu Nosir al-Forobiy «Kitob – al xuluf» asarida bilish harakati ikki yo‘nalish olishini va ulardan biri «byevosita sezishga yaqin turgan maqsadni, ikkinchisi esa ongli idrokka yaqinligini» oldingi o‘ringa qo‘yishini qayd etgan edi. Undan to‘qqiz asr

keyin yashagan Georg Gegel (‘egel) 1807 yilda nashr qildirgan asari «‘‘anomenologie des Geistes» «Ruh fenomenologiyasi» asarida bilish faoliyatining ko‘p bosqichli ekanligi haqidagi fikrni takrorladi va bu faoliyatni haqiqat yashiringan, botinga qarab tushadigan zinapoyaga o‘xshatdi. Darhaqiqat, bilish faoliyatining ko‘zlagan maqsadi va tutgan yo‘li voqelik hodisalarini kuzatib tavsiflashdan tashqari, ularning mohiyatini idrok etishdir. Lison inson mavjudligini, uning ijtimoiy tajriba-faoliyatini ta’minlovchi hodisadir. Demak, lison tadqiqi bilan shug‘ullanayotgani kimsa beixtiyor o‘zini bilish bilan mashg‘uldir, zero, lisoniy faoliyat hodisasining mohiyati – uning ijrochisi – shaxs va ushbu shaxsning ijtimoiy, shaxslararo munosabatga kirishishi bilan belgilanadi. Darvoqe, fenomenologiya ruhidagi g‘oyalar til haqidagi fanning sistem tilshunoslik, funktsional tilshunoslik kabi sohalariga qisman bo‘lsa-da, o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan edi. Uning ta’siri, ayniqsa, G.Giyom va A.A. Potebnya ta’limotlarida sezilarlidir. Binobarin, lisoniy faoliyat jarayonida bilish va ijodiy yaratish maqsadlarining qay yo‘sinda «omuxta» bo‘lishi hamda shu asosda insonning voqelikni qanday o‘zlashtirishi muammolari ustida bosh qotirgan A.A.Potebnya lisoniy belgilarning qo‘llanishidagi shakl va mazmun mutanosibligi inson tafakkur faoliyatining qonuniyatlari bilan bog‘liq ekanligi haqidagi fikrni muhokamaga tashlaydi. Ukrain tilshunosi ko‘pchilik bildirayotgan «so‘z fikrni ifodalash va uni boshqalarga uzatish uchun kerak» qabilidagi g‘oyaning noto‘g‘ri ekanligini quyidagilar bilan izohlamoqchi bo‘lgan edi. Uningcha, so‘zning har bir qo‘llanishi yangi fikrning yaratilishidir va bu yangi fikr tafakkurdagi oldingi zahiralarning yangi tasavvur, yangi savollar asosida qayta guruhlanishi va o‘zgartirilishi natijasidir. «Shunga binoan, - deb yozadi A.A.Potebnya, - so‘z tayyor fikrni ifodalovchi va uzatuvchi vosita sifatida talqin qilinmasligi lozim; u dastlabki o‘rinda fikrlovchining o‘zi uchun kerak, chunki bu o‘zgarishlarni so‘z uning o‘zida hosil qiladi» (Potebnya 1990: 115). So‘zning