O‘ZBEK TILINING AXBOROT-KOMPYUTER USLUBI
O‘ ZBEK TILIN IN G A X BOROT-KOMPY UTER USLUBI Reja: 1. O‘zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish. 2. Tilning axborot uslubi nazariyasi. 3. O‘zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish mezonlari. 4. Axborot – kompyuter uslubida sinonimlar, frazeologizmlar va polisemantik so‘zlarning mavqei.
Bugungi kunda jahon miqyosida kechayotgan integratsiya va globallashuv jarayonida o‘zbek tilini dunyoviy tillar darajasiga olib chiqish hayotiy zaruriyatdir . Mazkur katta, mas’uliyatli, o‘ta muhim maqsadni amalga oshirishda kompyuter texnologiyalariga , xususan, kompyuter lingvistikasiga bo‘lgan ehtiyoj yana ham oshadi. Chunki aynan kompyuter lingvistikasi o‘zbek tilining jahon miqyosiga chiqishida, o‘zbek tilining ham dunyoviy tillardan biriga aylanishiga, uni o‘rganish va o‘rgatish ishlarini optimallashuviga imkoniyat yaratadi. Hal qilinishi dolzarb bo‘lgan ushbu muammolarning eng ahamiyatlisiga, ya’ni o‘zbek tilining kompyuter uslubini yaratish masalasiga alohida urg‘u berish lozim. CHunki bu masala sanalgan barcha muammolarning asosi, aytish mumkin-ki, echimi bo‘lib hisoblanadi . Zero jahon andozalari talablariga javob beruvchi, har tomonlama mukammal, qulay va ommabop kompyuter uslubi yaratilganidan so‘nggina yuqoridagi muammolarni hal qilish mumkin bo‘ladi. Ma’lumki, inson fikrini og‘zaki yoki yozma shakillantirishda turli grammatik vositalardan foydalanadi, u o‘z nutqida frazeologizm, har xil iboralar, badiiy tasvir vositalarini qo‘llaydi, ya’ni har bir insonning nutqi o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Ammo axborot va texnologiyalar asri bo‘lgan XXI asrda kompyuter uslubi uchun bular ortiqchalik qiladi, ya’ni badiiy uslubning kengligi bugungi kun talablariga, xususan kompyuter uslubining talablariga javob
bermaydi. CHunki ma’lumot uzatishda qisqalik, lo‘ndalik, qoliplilik zarurdir . Biz o‘zbek tilining barcha imkoniyatlari, ma’no boyligi, asrlar davomida shakllangan lug‘at zahirasi, uning go‘zalligi Alisher Navoiiy hazratlari ta’kidlaganidek, boshqa tillardan usutun jihatlari bilan faxrlanamiz. Ammo, yana takroran ta’kidlab aytamiz- ki, kompyuter uslubida badiiy tasvir vositalariga, turli nutqiy jilolar va o‘ziga xos neologizmlarga o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Bu uslub badiiy (yoki san’at) uslubi bilan parallel ravishda shakllanib, rivojlanib boraveradi, ammo ularning qo‘llanilish sohasi turlicha bo‘ladi. Har ikki uslubdan turli soha vakillari foydalanishadi: adabiyot, san’at, madaniyat ahli san’at (badiiy) uslubdan, kompyuter mutaxassislari, reklama, biznes, tabiiy soha vakillari va eng muhimi o‘zbek tilida ish yurituvchilar (yurisprudensiya) kompyuter uslubidan foydalanishlari mumkin. Kompyuter uslubi jahon andozalari talablariga monand holda fikrni aniq, qisqa, lo‘nda, kompyuter qayta ishlashiga moslashtirilgan bo‘ladi. SHunday uslubni yaratmas ekanmiz, Respublikamizda o‘zbek tilida to‘liq ish yuritishga o‘ta olmaymiz. Masalan, bir qiyosiy faktni keltirsak. YAqinda «Dunyoviy o‘zbek tili» kitobi bosmadan chiqdi. Unda o‘zbek tilidagi 1 ta fe’lning (ishlamasligida) taxminan 100000 ta shakli (leksik grammatik paradigmalari) rus va ingliz tillariga o‘girilgan. Ingliz tilida esa fe’l taxminan 100 ta shakli borligi hammaga ma’lum. Mana sizga qiyos: 100 000 ta va 100 ta. Kompyuter uslubida ushbu 100 000 ta shakldan faqat eng zaruriy
eng maqbul (optimal) varianti tanlab olinadi, qolganlari esa imkoniyat tarzida saqlnadi. Xullas, o‘zbek tilining kompyuter uslubi yaratishlik asosiy mezonlari sifatida qo‘yidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: a) aniqlik, qisqalik, lo‘ndalik; bir qiymatlilik; b) jahon andozalari talablariga moslik; v) barcha uchun birdek tushunarlilik (muayyan bir fikrning umum tomonidan adektiv qabul qilinishi); g) turli badiiy tasvir vositalaridan xolilik (shu jumladan, sinonimlar turli variantlari ham kompyuter uslubiga kiritilmaydi, sinonimlik qatorlarning dominantasi tanlab olinadi; d) so‘zlar asosan bir ma’nolilik kasb etadi (ya’ni uslubga so‘zlarning faqat denonativ semalari qamrab olinadi, konnotativ semalarga e’tibor qilinmaydi). e) kompyuter talablari qat’iy hisobga olinadi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilining kompyuter uslubini yaratish hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Zero, kompyuter uslubi aynan kompyuter lingvistikasi bo‘yicha mutaxassislar kompyuter dasturlari va filologlar inttifoqida yaratiladi. Kompyuter lingvistikasining ijobiy jihati ham aynan shunda ko‘rinadi: u filolog va kompyuter mutaxassislarini birlashtiradi. Bizga tarixdan yaxshi ma’lum-ki, insoniyat tarixida turli predmetlar toshko‘mir, tilla, tuz kabilar eng katta boylik hisoblangan davrlar bo‘lgan. Turli silsilarni boshidan kechirgan
insoniyat uchinchi ming yillikning boshida axborot asriga qadam qo‘ydi. Minglab yillar davomida rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda dastlabki manba, ya’ni axborot olish hayotiy zaruriyatga aylanadi. SHuning uchun jahon bozorida ma’lumot oltindan ham qimmatliroq baholanadi. Mazkur axborotni topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga etkazishning qulay usullariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Demak, kim- ki, mazkur qulay usullarni ishlab chiqsa, ularga egalik qilsa, mana shu odam dunyodagi eng boy odam bo‘ladi . Ma’lumki, dunyodagi eng boy-badavlat kishi Bill Geyts hisoblanadi. Nima uchun dunyodagi eng boy kishi kompyuter, ya’ni axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash sohasining vakili? Nima uchun savdo bahosi yoki bankirning neft, paxta, avtomobil zavodining xo‘jayini emas, aynan axborot bilan bog‘liq sohaning rahbari sayyoraning eng boy odamiga aylandi? Bu savolga Billi Geytsning o‘zi shunday javob beradi: «Kim axborotga ega bo‘lsa, u hamma narsaga ega bo‘ladi» yoki uning yana bir mushohadasi dunyoga mashhur: «Axborot dunyodagi eng katta, eng qimmat moddiy boyliklaridan ham ustun turadi, chunki ushbu boyliklar axborot vositasida qo‘lga kiritiladi». Ko‘rinadiki, inson bir sohada-biznes, ta’lim, qurilish, umuman, hayotning har bir jabxasida biror yutuqqa erishish uchun avvalo axborotga ehtiyoj sezadi: nima? qachon? qaerda? (necha puldan?) kabi savollarga javob topish uchun aynan