logo

O‘ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI MUAMMOLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.2822265625 KB
O‘ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI
MUAMMOLARI
Reja:
1. Lingvokulturologiya va uning o‘rganish ob y ekti haqida .
2. Til va madaniyat mushtarakligi.
3. Til madaniyatning tarkibiy qismi sifatida.
4.  Til madaniyat ifodalovchisi va tashuvchisi sifatida.
5. Madaniyatlar  dialogida tilning funksiyasi.
6.  Til birligining madaniy semasi masalasi.
7.  Etnik madaniyat va muloqot madaniyati muammolari.  Antropotsentrik   tilshunoslikning   etakchi   yo‘nalishlaridan   biri   hisoblangan
lingvokulturologiya ( lot.   lingua – til +   lot . cultura – ishlov berish +   yun . logos –
ta’limot)   tilshunoslik,   madaniyatshunoslik,   etnografiya,   psixolingvistika   sohalari
hamkorligida   yuzaga   kelgan,   tilning   madaniyat,   etnos,   milliy   mentallik   bilan
o‘zaro   aloqasi   va   ta’sirini   antropotsentrik   paradigma   tamoyillari   asosida
o‘rganuvchi sohadir 1
. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur soha XX asrning
so‘nggi   choragida   shakllandi,   “lingvokulturologiya”   termini   esa   V.N.Teliya
rahbarligidagi   Moskva   frazeologik   maktabi   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlar
bilan   bog‘liq   ravishda   paydo   bo‘ldi 2
.   Lingvokulturologiyaning   yuzaga   kelishi
haqida   gapirilganda,   deyarli   barcha   tadqiqotchilar   bu   nazariyaning   ildizi   V.fon
Gumboldtga   borib   taqalishini   ta’kidlaydilar 3
.   Tilshunoslikda   bu   sohaning
shakllanishida   A.A.Potebnya,   L.Vaysgerber,   X.Glins,   X.Xols,   U.D.Uitni,
D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz kabi
tilshunoslarning qarashlari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi 4
.
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu
sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:
1)   fan   shakllanishiga   turtki   bo‘lgan   dastlabki   tadqiqotlarning   yaratilishi
(V.fon   Gumboldt,   E.Benvenist,   L.Vaysgerber,   A.A.Potebnya,   E.Sepir   kabi
tilshunoslarning ishlari);
2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi 5
.
Madaniyat,   xalq   tafakkuri,   uning   olamni   idrok   etishidagi   o‘ziga   xos
jihatlarning   tilda   aks   etishini   o‘rganish   lingvokulturologiyaning   asosiy
1
  Сабитова З.К. Лингвокультурология:  У чебник. – М.: Флинта: Наука, 2013. – С. 8-9.
2
  Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспект ы . –
М.: Школа “Яз ыки русской культуры ”,  1996 .  – 288  c .  
3
  Қаранг:   Нурмонов   А.   Оврупода   умумий   ва   қиёсий   тилшуносликнинг   майдонга   келиши   //   Нурмонов   А.
Танланган   асарлар.   3   жилдли.   2-жилд.   –   Тошкент:   Академнашр,   2012.   –   Б.   23-40;   Маҳмудов   Н.   Тилнинг
мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – 5-сон. – Б. 3-16.
4
  Қаранг: Маслова В.В. Лингвокультурология в система гуманитарного знания / Критика и семиотика. Вып.
4. – 2004. – С. 238-243; Маҳмудов Н. Кўрсатилган мақола. – Б. 3-16.
5
  Маслова В.А.  Лингвокультурология:  У чебное пособие. – М.:  Academia , 2001. – 208 с.  maqsadidir 6
.   Mazkur   sohaning   obyekti   til   va   madaniyat,   predmeti   esa   o‘zida
madaniy   semantikani   namoyon   etuvchi   til   birliklari   hisoblanadi.     Binobarin,
lingvokulturologiyada   madaniy   axborot   tashuvchi   til   birliklari   tadqiq   etiladi 7
.
Bunday   til   birliklari   lingvomadaniy   birliklar   termini   ostida   birlashadi.   Ramz,
mifologema,   etalon,   metafora,   paremiologik   birliklar,   lakunalar,   stereotiplar,
pretsedent   birliklar,   nutqiy   etiketlar   eng   asosiy   lingvomadaniy   birliklar
hisoblanadi.   Olamning   lisoniy   manzarasini,   madaniyatning   asosiy   konseptlari
majmui   bo‘lgan   konseptosferani,   lisoniy   ongni   tavsiflash   hamda   til   egalarining
milliy-madaniy   mentalligini   aks   ettiruvchi   lisoniy   birliklarni,   insoniyatning
qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga
xos   bo‘lgan   milliy   ijtimoiy-madaniy   stereotiplarni   aniqlash
lingvokulturologiyaning   asosiy   vazifalari   hisoblanadi.   Til   va   madaniyatning
o‘zaro   ta’siri   muammosi   etnolingvistika,   etnopsixolingvistika,   kognitiv
tilshunoslik,   lingvomamlakatshunoslik,   lingvokonseptshunoslik,
lingvopersonologiya   kabi   sohalarda   ham   o‘rganiladi.   SHu   sababli   ushbu   sohalar
lingvokulturologiyaga yaqin sohalar hisoblanadi 8
.
Jumladan,   V.N.Teliya   bu   haqda   shunday   yozadi:   “Lingvokulturologiya
insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni
bildiradiki,   lingvokulturologiya   markazi   madaniyat   fenomeni   bo‘lgan   inson
to‘g‘risidagi   antropologik   paradigmaga   xos   bo‘lgan   yutuqlar   majmuasidir” 9
.
G.G.Slishkinning   fikriga   ko‘ra,   “Lingvokulturologiya   inson   omiliga,   aniqrog‘i,
insondagi   madaniyat   omiliga   yo‘naltirilgan.   Lingvokulturologiya   markazining
madaniyat   fenomenidan   iborat   bo‘lishi   inson   haqidagi   fanning   antropologik
paradigmaga   tegishli   hodisa   ekanligidan   dalolat   beradi” 10
.
Lingvokulturologiyaning o‘rganish obyekti haqidagi fikrlar borasida bir to‘xtamga
6
  Сабитова З.К. Лингвокультурология: учебник. – М.: Флинта: Наука, 2013. – С. 10.
7
  Сабитова З.К. Ўша китоб. – Б. 9.
8
  Сабитова З.К. Ўша китоб. – Б. 9-10.
9
  Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспект ы. –
М.: Школа  “ Языки русской культуры ” , 1996. – С. 222.
10
  Сл ышкин   Г.Г.   От   текста   к   символу:   лингвокультурные   концепты   прецедентных   текстов   в   сознании
дискурс а . – М.:  Academia , 2000. – С. 128. kelingan   bo‘lsa-da,   ayrim   munozarali   qarashlar   ham   yo‘q   emas.   Masalan,
V.N.Teliyaning   fikriga   ko‘ra,   lingvokulturologiya   til   va   madaniyatning   faqat
sinxron   aloqasini   o‘rganadi.   V.A.Maslova   esa   bu   soha   tilni   ham   sinxron,   ham
diaxron   jihatdan   o‘rganadi,   deb   hisoblaydi.   SHuningdek,   V.N.Teliya
lingvokulturologiya   obyekti   umuminsoniy   xarakterga   ega   bo‘lishini   ta’kidlasa,
V.A.Maslova   muayyan   xalq   yoki   qardosh   xalqlar   tilining   lingvokulturologik
xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozim ekanligini ta’kidlaydi 11
.
Hozirgi   vaqtda   lingvokulturologiya   jahon,   xususan,   rus   tilshunosligida   eng
rivojlangan yo‘nalishlardan  biri  bo‘lib,  bu borada  bir  qancha o‘quv  qo‘llanmalar
yaratilgan.   Tilshunoslarning   e’tirof   etishicha,   ularning   orasida   eng   mashhuri
V.A.Maslova tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma hisoblanadi 12
. Mazkur o‘quv
qo‘llanmada   lingvokulturologiya   sohasining   metodlari,   obyekti   va   predmeti,
yo‘nalishlari yoritib berilgan, muyyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish
namunalari ko‘rsatilgan 13
.
Lingvokulturologik   tadqiqotlarda,   asosan,   quyidagi   masalalar   tadqiq
etilganini   ko‘rish   mumkin:   1)   muayyan   nutqiy   janrning   lingvokulturologik
xususiyatlari.   Bunda   ko‘pincha   miflar,   xalq   og‘zaki   ijodiga   xos   janrlar   tili   tahlil
etilgan;   2)   muayyan   uslubda   yozilgan   asarda   lingvokulturologik   konsept
ifodalanishi   tadqiqi.   Bunda,   asosan,   badiiy-nasriy   asarlar   tili   tahlil   etilgan;   3)
qiyosiy   aspektdagi   ishlar.   Bunda,   asosan,   rus   tilidagi   lingvomadaniy   birliklar
ingliz,   nemis,   fransuz   tillari   bilan   qiyoslangan;   4)   lingvokulturologiyaning
pedagogika   fani   bilan   bog‘liq   jihatlari.   Bunda   talabalarda   lingvokulturologik
birliklarni   aniqlash   va   tahlil   etish   malakasini   hosil   qilish   asosiy   maqsad   qilib
olingan. 
Lingvokulturologik   yondashuvdagi   tadqiqotlar   o‘zbek   tilshunosligida   oxirgi
o‘n   yilliklarda   paydo   bo‘la   boshladi.   Masalan,   Z.I.Solievaning   nomzodlik   ishi
11
  Бу   ҳақда   қаранг:   Пименова   М.В.,   Кондратьева   О.Н.   Концептуаль ные   исследования.   Введение:   Учебное
пособие. – М.: Флинта, 2011. – 176 с.
12
 Маслова В.А.  Лингвокультурология :  Учебное  п особие.  – М.:  Academia , 2001.  – 208 с.
13
 Маслова В.А. Кўрсатилган ўқув қўлланма. o‘zbek   va   fransuz   tillaridagi   sentensiya,   ya’ni   axloqiy-ta’limiy   xarakterdagi
matnlarning milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 14
. 
Professor   N.Mahmudovning   “Tilning   mukammal   tadqiqi   yo‘llarini   izlab…”
nomli   maqolasida   lingvokulturologiya,   umuman,   antropotsentrik   paradigmaning
mohiyati   va   bu   boradagi   muammolar   chuqur   va   asosli   yoritib   berildi.   Ushbu
maqolani   o‘zbek   tilshunosligida   lingvokulturologiya   haqida   jiddiy   mulohazalar
bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin 15
.
Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun xizmat qilgan
omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda
asosli   mulohazalar   aytilgan.   Xususan,   N.Mahmudov   ayni   sohaning   eng   asosiy
tushunchalaridan   bo‘lgan   til   va   madaniyat   haqida   quyidagilarni     yozadi:   “Til   va
madaniyat   deganda,   ko‘pincha,   “nutq   madaniyati”   deyiladigan   muammo
assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning aynanligini aslo
ko‘rsatmaydi.   Til   va   madaniyat   deganda,   odatda,   (to‘g‘risi   ham   shu)   til   orqali   u
yoki  bu  madaniyatni  yoki  aksincha,  madaniyatni  o‘rganish   orqali  u  yoki  bu  tilni
tushuntirish   nazarda   tutiladi,   aniqroq   aytadigan   bo‘lsak,   lingvokulturologiyadagi
madaniyatning   ma’nosi   “aqliy-ma’naviy   yoki   xo‘jalik   faoliyatida   erishilgan
daraja,   saviya   ( nutq   madaniyati )”   emas,   balki   “kishilik   jamiyatining   ishlab
chiqarish,   ijtimoiy   va   ma’naviy-ma’rifiy   hayotida   qo‘lga   kiritgan   yutuqlari
majmui   ( madaniyat   tarixi,   o‘zbek   madaniyati )”   demakdir.   SHunday   bo‘lgach,
nutq   madaniyatining   o‘rganish   muammolari   boshqa,   lingvokulturologiyaning
o‘rganish obyekti tamoman boshqadir” 16
.
Lingvokulturologiyaning   bevosita   matn   bilan   bog‘liq   jihatiga   kelsak,   shuni
aytish   lozimki,   matn   ham   boshqa   til   birliklari   qatorida   bu   sohaning   tadqiq
obyektlaridan   biri   hisoblanadi.   “Lingvokulturologiya”   kitobining   muallifi
14
  Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика сентенции в английском
и узбекском яз ыках: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Ташкент : УзГУМЯ , 2010. – С . 25.
15
 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. –
№ 5. – Б. 3-16.
16
 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. –
№ 5. – Б. 10. V.A.Maslova bu borada quyidagicha yozadi: “Matn tilshunoslik va madaniyatning
haqiqiy   kesishuv   nuqtasidir.   Zero,   matn   til   hodisasi   va   uning   oliy   sathi
hisoblanadi,   shu   bilan   birga   u   madaniyat   mavjudligining   amal   qilish   shakli
hamdir.   Lingvokulturologiya   esa   tilni   madaniy   qadriyatlar   tajassumi   sifatida
tadqiq   etadi” 17
.   V.A.Maslovaning,   xususan,   o‘xshatish   –   matnlar   haqidagi   fikri
ham e’tiborga molikdir. Olima  o‘xshatishlarning matn yartilishidagi o‘rniga yana
to‘xtalib,   ular   matnda   struktur-kompozitsion   vazifani   bajarishi   va   matn
kogerentligini   ta’minlovchi   vosita   maqomida   bo‘lishini   aytadi 18
.   Kuzatishlar
natijasida   aytish   mumkinki,   o‘xshatish   va   uning   qisqargan   shakli   bo‘lgan
metaforalar matnda muhim kognitiv-semantik ahamiyat kasb etishi bilan birga, til
sohiblarining   milliy-madaniy   tafakkuriga     xos   jihatlarni   ham   namoyon   etuvchi
hodisa   bo‘la   oladi.   O‘xshatish   va   metaforalar   asosiga   qurilgan   matnlar   muayyan
tilda qoliplashgan matn shakllari (ularni matnning pretsedent shakllari tarzida ham
baholash mumkin)ni aniqlash imkoniyatini ham beradi. 
Lingvokulturologiyadagi   matn   bilan   bog‘liq   yana   bir   hodisa   bu     pretsedent
matn   masalasidir.   Tadqiqotchi   O.E.Artemovaning   so‘zlari   bilan   aytganda,
pretsedent janrlar  madaniy axborotning “akkumulyatori”dir 19
. 
Pretsedent   matnlar   pretsedent   birliklarning   bir   turi   bo‘lib,   o‘zida   muayyan
millat   til   egalariga   xos   bo‘lgan   lisoniy   xotirani   aks   ettiradi.   Hozirgi   vaqtda
xususan   rus   tilshunosligida   bu   borada   ko‘plab   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.
(Pretsedent matnlar haqida ishimizning 4-bobida batafsil mulohaza yuritiladi).
Lingvokulturologiyadagi   matn   bilan   bog‘liq   yana   bir   masala   sentensiyadir.
Sentensiya axloqiy-ta’limiy xarakterdagi til birligi bo‘lib, o‘zida intertekstuallikni
namoyon etadi 20
. 
Z.I.Salieva   ingliz   va   o‘zbek   tillaridagi   sentensiyalarning   milliy-madaniy
17
  Маслова В.А.  Лингвокультурология :  Учебное  п особие.  – М.:  Academia , 2001. – С. 5.
18
  Маслова В.А. Кўрсатилган асар. – С. 32.
19
  Артемова   О.Е.   Лингвокультурная   специфика   текстов   прецедентного   жанра   “лимерик”:   На   материале
английского яз ыка: Дис… канд. филол. наук. – Уфа: БашГУ, 2004. – С. 24.
20
 Сентенция ҳақида қаранг: Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика
сентенции   в   английском   и   узбекском   яз ыках:   Автореф.   дис.   …   канд.   филол.   наук.   –   Ташкент :   УзГУМЯ ,
2010 . –  25с.   xususiyatlarini qiyosiy aspektda o‘rganar ekan, muayyan xalq tarixida katta o‘rin
tutgan   mutafakkirlarning   asarlarida   bayon   qilingan     didaktik   g‘oyalarning
yozuvchi   tomonidan   o‘zgargan   shaklda   ifodalanishini   intertekstuallikning   bir
ko‘rinishi   sifatida   baholaydi.   Tadqiqotchi   bunga   misol   sifatida   Oybekning
“Navoiy”   romanida   Navoiy   tomonidan   aytilgan   didaktik   mazmunli   matnlarni
keltiradi 21
.   Bu   xususiyatni   o‘zbek   tilida   yaratilgan   boshqa   asarlarda   ham   ko‘rish
mumkin.  
Ma’lumki,   lingvokulturologiyada   L.Vaysgerber   tomonidan   tilshunoslikka
olib   kirilgan   olamning   lisoniy   manzarasi   tushunchasi   alohida   o‘rin   tutadi.
Olamning   lisoniy   manzarasi         voqelikni   idrok   etishning   tilda   muhrlangan   va
muayyan   lisoniy   jamoa   uchun   xos   bo‘lgan   tuzilishi,   olamni   idrok   etish   va
konseptuallashtirishning universal va ayni vaqtda milliy xoslangan usulidir 22
. Har
bir tabiiy til olamning o‘ziga xos lisoniy manzarasi hisoblanadi.
Fikrimizcha,   matn-o‘xshatishlar,   matn-metaforalar   hamda   tarkibida
pretsedent birliklar, etalonlar, nutqiy etiketlar mavjud bo‘lgan matnlarni o‘rganish
muayyan   etnosga   xos   bo‘lgan   olamning   lisoniy   manzarasi   ilmiy   talqinini
yaratishda eng muhim manba hisoblanadi.
Pretsedent   birliklar   til   tizimini   tadqiq   etishning   etakchi   yo‘nalishlaridan   biri
bo‘lgan   lingvokulturologiyaning   asosiy   o‘rganish   obyektlaridan   biri   hisoblanadi.
Mazkur   birliklarga   bag‘ishlangan   tadqiqotlarda   qayd   etilishicha,   pretsedent
termini   tilshunoslikda   birinchi   marta   Y.N.Karaulov   tomonidan   rus   tilida   e’lon
qilingan nomli maqolada qo‘llangan.
Rus   tilshunosligida     muayyan   til   sohiblariga   yaxshi   tanish   bo‘lgan   va
ularning   lisoniy   xotirasida   saqlanadigan,   nutqiy   faoliyatda   qayta-qayta   murojaat
qilinadigan   shaxs   nomlari,   barqaror   so‘z   birikmalari,   jumlalar   hamda   matnlar
pretsedent birliklar sifatida qayd etiladi. 
21
  Салиева З.И. Кўрсатилган автореферат . –  Б  .  14 .  
22
  Қаранг:     Маҳмудов   Н.   Оламнинг   лисоний   манзараси   ва   сўз   ўзлаштириш   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –
Тошкент, 2015. – №3. –Б. 3-12. Keyingi   davr   tilshunosligida   onomastik   birliklarga   turli   aspektlarda
yondashilmoqda. Ulardan biri lingvokulturologiyadagi onomastik kod   nazariyasi
hisoblanadi. Bu qarashga ko‘ra nomlar, xususan, badiiy asardagi nomlar til birligi
bo‘lishi   bilan   birga   ikkilamchi   semiotik   tizim   hisoblangan   madaniyatning
etnomadaniy   axborot   tashuvchi   unsuri   hamdir[1].   Mazkur   qarashni   ilgari   surgan
O.V.Suxarevaning   fikricha,   nomlar   integrativ   yondashuvda,   ya’ni   ham   madaniy,
ham   konseptual   aspektda   tadqiq   etilishi   lozim[2].   Olima,   shuningdek,   nomlarni
etnokonnotativlik   nuqtayi   nazaridan   o‘rganishni   taklif   etib,   shunday   yozadi:
“Etnokonnotativlik   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   badiiy   onimlar   muayyan
lingvomadaniy   hamjamiyat   vakillariga   xos   olamning   lisoniy   manzarasini
namoyon etadi va ushbu til sohiblarining tafakkur tarzini teran anglash, ularning
tajribaviy,   tarixiy-madaniy   va   dunyoqarashiga   oid   bilimlarini   anglash
imkoniyatini   beradi”[3].  
              Pretsedent   nomlarni   tadqiq   etish   o‘zbek   lingvomadaniyatiga   xos   jihatlarni
yoritib   berishda   ham   muhim   o‘rin   tutadi.   Fikrimizcha,   quyidagilarni   aniqlash   bu
boradagi muhim vazifalardan hisoblanadi: 
1. Pretsedent nomlarning qaysi lingvomadaniyatga mansubligi, uning sinxron
holati   masalasi.   Ma’lumki,     pretsedent   nomlar   milliy   va   universal   turlarga
bo‘linadi.  Hozirgi   vaqtda  Ayyub,   Afrosiyob,   Alpomish,  Bog‘i   Eram,  Boychibor,
jomi   Jam,   Iskandar,   Ka’ba,   Kumush,   Otabek,   Layli,   Majnun,   Farhod,   Shirin,
Tohir,   Zuhra,   Odam   Ato,   Momo   Havo,   Masih,   To‘maris,   Shiroq,   Amir   Temur,
Hotam,   Humo,   Usmon,   Cho‘lpon   kabi   o‘zbek   va   Sharq   lingvomadaniyatiga;
Gamlet,   Gerakl,   Ikar,   Kolumb,   Otello,   Yago,   Buratino   kabi   G‘arb
lingvomadaniyatiga oid nomlar faol qo‘llanmoqda. Xususan, Mustaqillik davrida
ma’naviy   qadriyatlarimizni   tiklash   yo‘lidagi   sa’y-harakatlar   natijasi   o‘laroq
o‘zbek   tilida   To‘maris,   Shiroq,   Muqanna,   Amir   Temur,   Jaloliddin   (Jaloliddin
Manguberdi),   Boychibor,   Humo,   Cho‘lpon,   Usmon   (Usmon   Nosir)   kabi
pretsedent   nomlarning   qo‘llanish   darajasi   ortdi.   Bu,   avvalo,   o‘zbek   xalqining milliy   o‘zligini,   istiqlolning   ijtimoiy   ahamiyatini   anglab   etish   kabi   ijtimoiy-
psixologik   omillar   bilan   izohlanadi.   Hozirgi   globallashuv   davrida   ommaviy
axborot vositalari orqali sport, san’at, siyosat, madaniyatga oid bir qancha nomlar
o‘zbeklar   orasida   ham     mashhur   bo‘ldiki,   ularning   nolisoniy   omillari,   xususan,
o‘zbek lingvomadaniyatida tutgan o‘rni alohida yondashuvni taqozo etadi. 
2.   Pretsedent   nomlarning   allyuziv   nom   vazifasida   qo‘llanishi.   Pretsedent
nomlarning   funksional   turlaridan   biri   bo‘lgan   allyuziv   nomlarga   nomlar
badiiyatida   uslubiy   figura   sifatida   qaralsa,   lingvokulturologiyada   ular   ikki
madaniy – semiotik maydonni o‘zaro tutashtiruvchi vosita sifatida e’tirof etiladi.
Bunda   quyidagi   ikki   jihat   e’tiborga   olinmog‘i   lozim:   a)   allyuziv   nomlarning
adabiy   faktga   ishora   qilishi   va   b)   ularning   turli   ijtimoiy-tarixiy   faktga   ishora
qilishi. Fikrimizni dalillash maqsadida quyidagi matnlarni keltiramiz:
Buncha uzun oh tortdingiz, oh Bobur,
Muttahamlar dunyosida, shoh Bobur.
          Andijonu Hindu – yetti iqlimda
          Topilmadi Sizga bir dodxoh, Bobur.
(S.Sayyid. “Shoh Bobur”).
Nizomiy bolidan halvo pishurmish,
Navoiy zabt etib turkiy jahonni. 
(A.Oripov. “Ozarbayjon”)
Birinchi   matndagi   Bobur   allyuziv  nomi  Sirojiddin   Sayyid   qalamiga  mansub
matnni   besh   asr   avval   yaratilgan   matn   bilan   –   Boburning   “Yuz   oh,   Zahiriddin
Muhammad   Bobur”   deb   boshlanuvchi   ruboiysi   bilan   bog‘lashga   xizmat   qilgan
bo‘lsa,   ikkinchi   matnda   Nizomiy,   Navoiy   nomlari   vositasida   Navoiyning   turkiy
tilda “Xamsa” yaratish tarixiy faktiga ishora qilingan. 
Pretsedent   matn   nazariyasi   yuzaga   kelgach,   tilshunoslikda   vertikal   matn
pretsedentlik   xususiyatiga   ega   bo‘lishi   lozimligi   haqidagi   fikrlar   ilgari   surildi.
Darhaqiqat,   allyuziv   nom   ostida   yashiringan   matn   pretsedent,     ya’ni   xalqning lisoniy   xotirasida   saqlanuvchi,   mashhur   matndan   iborat   bo‘lmas   ekan,   asarda
qo‘llangan   allyuziya   kutilgan   natijani   bera   olmaydi.   Bunda   allyuziv   faktning
mashhurligi muhim ahamiyatga ega. Masalan:
O‘tgan kuning – o‘tgan kundir,
O‘z boshingga etgan kun.
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
(M.Yusuf. “Vatanim”) 
Ushbu   matnda   o‘tgan   kuning   birikmasi   orqali   ham   qatag‘on   davriga,   ham
“O‘tkan kunlar” romaniga,  Qodiriy  pretsedent nomi orqali esa uning fojiali o‘limi
haqidagi   faktga   ishora   qilingan.   Qodiriy   va   uning   romani   haqidagi
ma’lumotlarning   mashhurligi   she’riy   matn   mazmunining   tushunilishida   katta   rol
o‘ynaydi.
3. Pretsedent nomlarning etalon vazifasida kelishi. Pretsedent nomlar ma’lum
sifatlarning   namunaviy   yig‘indisiga   ishora   qilish   xususiyatiga   ega   bo‘lganligi
sababli   muayyan   lingvomadaniyatda   biror   tushunchaning   ramzi   sifatida
qo‘llanadi.   Aytish   joizki,     turli   matnlarda   Hotam,   Luqmoni   Hakim,   Rustam,
Majnun,   Layli,   Ka’ba,   Bog‘i   Eram,   jomi   Jam   kabi   an’anaviy   ramziy   nomlarni
qo‘llash bilan birga Kumush, Jaloliddin, Kolumb, Otello, To‘maris, Barchin kabi
nomlarni   ham   muayyan   tushunchaning   ramzi   sifatida   qabul   qilish   o‘zbek
lingvomadaniyatiga xos xususiyatlardan biriga aylandi. Jumladan, bugungi kunda
–   Kumush   iboli, andishali o‘zbek ayoli,   Jaloliddin   – jasur vatanparvar,   Kolumb   –
kashfiyotchi,   Otello   –   o‘ta   rashkchi,   To‘maris   va   Barchin   nomlari   esa   mard,
oriyati   baland   ayol   ramzi   sifatida   qo‘llanmoqda.   Bunday   qo‘llanish   mazkur
pretsedent   nomlarning   o‘zbek   lingvomadaniyatidan   etalon   sifatida   o‘rin   olishiga
yo‘l ochadi. 
Pretsedent nomlarning etalonlik xususiyati, ayniqsa, she’riy matnlarda yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Quyida shunday etalonlarning ayrimlariga misollar keltiramiz: Asqar tog‘ – zabardastlik, ulug‘vorlik etaloni: 
Bir yigitlar tug‘ilsinki, bir yigitlar. 
Elkalari Asqar tog‘day, aqli raso, 
Oriyatli, hamiyatli, nasli raso  
Bir yigitlar tug‘ilsinki, bir yigitlar... 
(M.Yusuf. “Bir yigitlar tug‘ilsinki...”) 
Bog‘i Eram – go‘zal maskan etaloni: 
O‘zbekiston shabcharog‘i, olmosi Farg‘onadir,
Erda yulduzlar kabi har erda gavhar yonadir.
Har taraf bog‘i Eram, har manzil koshonadir,
Quvnagan xalqning labida kanda bo‘lmay yonadir.
(G‘.G‘ulom. “O‘zbekiston shabcharog‘i...”)
Gerostrat  – shuhratparastlik etaloni: 
SHuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek  
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.  
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,  
SHu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas. 
(G‘.G‘ulom. “Vaqt”)
Pretsedent   birliklar   orasida   pretsedent   matnlar   muhim   o‘rinni   egallaydi.
Y.N.Karaulov   pretsedent   matnlarga   shunday   ta’rif   beradi:   “Birdan   ortiq   shaxsga
tegishli bo‘lgan, ularning bilish va hissiy munosabatlarida u yoki bu shaxs uchun
ahamiyatli   bo‘lgan,   ya’ni   mazkur   shaxs   bilan   aloqador   odamlarga   juda   yaxshi
tanish bo‘lgan va, nihoyat, til egalari diskursida qayta-qayta murojaat qilinadigan
matnlar”[1] pretsedent matnlardir.
Havo mayin, muloyim, shoir aytganidek – “u endi yondirmas, yaltirar faqat” .
(Erkin A’zam. “Yozuvchi” hikoyasi)
Eng muhimi – natija, bayroq – g‘olibniki. SHu bayroq ostida nimalar va’da
qilinmaydi deysiz. Olisdan-olis tog‘ qishlog‘iga gaz olib boriladi, o‘ru qirlar osha tep-tekis asfalt yo‘l o‘tkaziladi, muallimu vrachlarning maoshi bir necha barobar
oshiriladi... Xullas, mashhur intermediyada kulgi qilinganidek, kelinning onasiga
– konfet fabrikasi, tog‘asiga – aroq zavodi, o‘lgan buviga yangi kafan... SHunday
mo‘‘jizakor,   xotamtoy   vallomatni   saylamay   bo‘ladimi,   ayting?!   (Erkin   A’zam,
“Meni saylang,  meni saylang...”  Publitsistik miniatyura)        Berilgan matnlarning
birinchisida “u endi yondirmas, yaltirar faqat” ko‘chirmasi intertekstuallikni hosil
qilgan.   Bu   ko‘chirmaning   mazmuni,   umuman,   o‘quvchiga   tushunarli.   Lekin
o‘quvchi ushbu ko‘chirma olingan she’rning to‘liq matni bilan ham tanish bo‘lsa,
uning   mazmunini   yanada   chuqurroq   anglashi   mumkin,   chunki   she’r   muallifi   –
A.Oripovning   keyingi   misralarda   tabiat   tasviri   orqali   olisda   qolgan   yoshlikdagi
tuyg‘ulariga ishora qilganligi yaqqol seziladi:
Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
(“Kuz manzaralari”) 
Ko‘rinadiki, she’r bilan tanish bo‘lmagan o‘quvchida matnga kiritilgan misra
kuz   havosining   tasviri   sifatida   taassurot   qoldiradi.   SHe’r   bilan   tanish   bo‘lgan
o‘quvchi   esa   ushbu   misralar   orqali   umriga   kuz   fasli   kirib   kelgan   hikoya
qahramonining ruhiy holatiga nozik ishora borligini his qiladi. 
Demak, E.A’zamov tomonidan qo‘llangan “U endi yondirmas, yaltirar faqat”
matni   intertekstuallikni   hosil   qilgan   bo‘lsa-da,   A.Oripovning   “Kuz   manzaralari”
she’ri   bilan   yaxshi   tanish   bo‘lgan   o‘quvchilargina   bu   matn   yozuvchi   tomonidan
nima maqsadda qo‘llanganini fahmlay oladilar.
Keyingi matnda keltirilgan   kelinning onasiga – konfet fabrikasi, tog‘asiga –
araq   zavodi,   o‘lgan   buvisiga   –   yangi   kafan     ko‘chirmasi   esa   o‘zbek   tilida
so‘zlashuvchi   til   sohiblarining   asosiy   vakillariga   “Uchrashuv”   nomli   telefilm
orqali   juda   yaxshi   tanish.   (Bu   so‘zlar   O‘zbekiston   xalq   artisti   Ergash   Karimov tomonidan   aytiladi)   SHu   sababli   mazkur   matn   mazmunini   tushunish   uchun
maxsus bilim talab etilmaydi. Binobarin, bu matn ko‘pchilikka tanish ekanligi va
shu   boisdan   qayta   tiklanish   xususiyatiga   egaligi   bilan   pretsedent   matnga   misol
bo‘la oladi. Umuman, o‘zbek tilidagi mashhur she’r va qo‘shiqlardan, Qur’on va
Hadislar,   latifalar,   ertak,   rivoyat,   kinofilmlardan   olingan   matnlarni   pretsedent
matnlar   sirasiga   kiritish   mumkin.   Ular   matn   tarkibida   aynan   yoki   o‘zgartirilgan
holatda qo‘llanishi mumkin. Foydalaniladigan  adabiyotlar
1. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. Тошкент, 1981.  
2. Актисова   О.А.   Синтаксические   средства   реализации   концептов   в
аспекте эволюции типов повествовательной речи: На материале описаний в
романах     “Преступление   и   наказание”   Ф.М.Достоевского   и   “Мастер   и
Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград :
Волг. гос. ун-т , 2006. – С. 29.
3. Воҳидов Р., Неъматов Ҳ. Сўз бағрида маърифат. -Т.: Ёзувчи, 2001.
4. Галперин Р.И. О понятии текст // Вопросы языкознания. – Москва,
1974.  –  № 6.    – С .22.
5. Горелов   И.Н.,   Седов   К.Ф.   Осно вы   психолингвистик и:   Учеб ное
пособие. – М.: Лабиринт, 2001. – С. 4.
6. Григорева   В.С.   Дискурс   как   элемент   коммуникативного   про ц есса:
прагмалингвистический   и   когнитивный   аспекты   :   монография   –   Тамбов   :
Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2007.
7. Ўзбек тилшунослигининг долзарб муаммолари. ЎУМ, ЎзМУ 2011.
Ўзбек филологияси факултети кутубхонаси.
8. Усмонов С. Умумий тилшунослик. -Т.: Ўқитувчи, 1972. 
9. Фалсафа.  Қомусий луғат. –Т, 2004.
10. Фурс   Л.А.   Синтаксически   репрезентируемые   концепты:   Автореф.
дис. … д-ра филол. наук. – Тамбов: Тамбовский гос. ун-т им.  Г.Р.Державина,
2004. – С. 42.
11. Хайруллаев   М.,   Ҳақбердиев   М.   Мантиқ.   -Т.:Ўқитувчи,   1993.   -Б.
92-95.

O‘ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI MUAMMOLARI Reja: 1. Lingvokulturologiya va uning o‘rganish ob y ekti haqida . 2. Til va madaniyat mushtarakligi. 3. Til madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. 4. Til madaniyat ifodalovchisi va tashuvchisi sifatida. 5. Madaniyatlar dialogida tilning funksiyasi. 6. Til birligining madaniy semasi masalasi. 7. Etnik madaniyat va muloqot madaniyati muammolari.

Antropotsentrik tilshunoslikning etakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya ( lot. lingua – til + lot . cultura – ishlov berish + yun . logos – ta’limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o‘rganuvchi sohadir 1 . Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur soha XX asrning so‘nggi choragida shakllandi, “lingvokulturologiya” termini esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi 2 . Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar 3 . Tilshunoslikda bu sohaning shakllanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi 4 . Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi tilshunoslarning ishlari); 2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi 5 . Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi o‘ziga xos jihatlarning tilda aks etishini o‘rganish lingvokulturologiyaning asosiy 1 Сабитова З.К. Лингвокультурология: У чебник. – М.: Флинта: Наука, 2013. – С. 8-9. 2 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспект ы . – М.: Школа “Яз ыки русской культуры ”, 1996 . – 288 c . 3 Қаранг: Нурмонов А. Оврупода умумий ва қиёсий тилшуносликнинг майдонга келиши // Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдли. 2-жилд. – Тошкент: Академнашр, 2012. – Б. 23-40; Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – 5-сон. – Б. 3-16. 4 Қаранг: Маслова В.В. Лингвокультурология в система гуманитарного знания / Критика и семиотика. Вып. 4. – 2004. – С. 238-243; Маҳмудов Н. Кўрсатилган мақола. – Б. 3-16. 5 Маслова В.А. Лингвокультурология: У чебное пособие. – М.: Academia , 2001. – 208 с.

maqsadidir 6 . Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o‘zida madaniy semantikani namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi 7 . Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmui bo‘lgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos bo‘lgan milliy ijtimoiy-madaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri muammosi etnolingvistika, etnopsixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvomamlakatshunoslik, lingvokonseptshunoslik, lingvopersonologiya kabi sohalarda ham o‘rganiladi. SHu sababli ushbu sohalar lingvokulturologiyaga yaqin sohalar hisoblanadi 8 . Jumladan, V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir” 9 . G.G.Slishkinning fikriga ko‘ra, “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i, insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiya markazining madaniyat fenomenidan iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi” 10 . Lingvokulturologiyaning o‘rganish obyekti haqidagi fikrlar borasida bir to‘xtamga 6 Сабитова З.К. Лингвокультурология: учебник. – М.: Флинта: Наука, 2013. – С. 10. 7 Сабитова З.К. Ўша китоб. – Б. 9. 8 Сабитова З.К. Ўша китоб. – Б. 9-10. 9 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспект ы. – М.: Школа “ Языки русской культуры ” , 1996. – С. 222. 10 Сл ышкин Г.Г. От текста к символу: лингвокультурные концепты прецедентных текстов в сознании дискурс а . – М.: Academia , 2000. – С. 128.

kelingan bo‘lsa-da, ayrim munozarali qarashlar ham yo‘q emas. Masalan, V.N.Teliyaning fikriga ko‘ra, lingvokulturologiya til va madaniyatning faqat sinxron aloqasini o‘rganadi. V.A.Maslova esa bu soha tilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o‘rganadi, deb hisoblaydi. SHuningdek, V.N.Teliya lingvokulturologiya obyekti umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishini ta’kidlasa, V.A.Maslova muayyan xalq yoki qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozim ekanligini ta’kidlaydi 11 . Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus tilshunosligida eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu borada bir qancha o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e’tirof etishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A.Maslova tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma hisoblanadi 12 . Mazkur o‘quv qo‘llanmada lingvokulturologiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo‘nalishlari yoritib berilgan, muyyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko‘rsatilgan 13 . Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalar tadqiq etilganini ko‘rish mumkin: 1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda ko‘pincha miflar, xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar tili tahlil etilgan; 2) muayyan uslubda yozilgan asarda lingvokulturologik konsept ifodalanishi tadqiqi. Bunda, asosan, badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan; 3) qiyosiy aspektdagi ishlar. Bunda, asosan, rus tilidagi lingvomadaniy birliklar ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan; 4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlari. Bunda talabalarda lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish malakasini hosil qilish asosiy maqsad qilib olingan. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligida oxirgi o‘n yilliklarda paydo bo‘la boshladi. Masalan, Z.I.Solievaning nomzodlik ishi 11 Бу ҳақда қаранг: Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуаль ные исследования. Введение: Учебное пособие. – М.: Флинта, 2011. – 176 с. 12 Маслова В.А. Лингвокультурология : Учебное п особие. – М.: Academia , 2001. – 208 с. 13 Маслова В.А. Кўрсатилган ўқув қўлланма.

o‘zbek va fransuz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 14 . Professor N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…” nomli maqolasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu maqolani o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin 15 . Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun xizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan. Xususan, N.Mahmudov ayni sohaning eng asosiy tushunchalaridan bo‘lgan til va madaniyat haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning aynanligini aslo ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to‘g‘risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o‘rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya ( nutq madaniyati )” emas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui ( madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati )” demakdir. SHunday bo‘lgach, nutq madaniyatining o‘rganish muammolari boshqa, lingvokulturologiyaning o‘rganish obyekti tamoman boshqadir” 16 . Lingvokulturologiyaning bevosita matn bilan bog‘liq jihatiga kelsak, shuni aytish lozimki, matn ham boshqa til birliklari qatorida bu sohaning tadqiq obyektlaridan biri hisoblanadi. “Lingvokulturologiya” kitobining muallifi 14 Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика сентенции в английском и узбекском яз ыках: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Ташкент : УзГУМЯ , 2010. – С . 25. 15 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 3-16. 16 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 10.