logo

O‘ZBEK TILINING NEYROLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.623046875 KB
O‘ZBEK TILINING NEYROLINGVISTIK TADQIQI
MUAMMOLARI 
Reja:
1. Neyrolingvistika fanining o`rganish obyekti haqida.
2. Afaziya .
3. Nevrolingvistik dasturlar haqida. 
4. NLD asoslari. Nevrolingvistik dasturlarning sohaviy qo‘llanishga ko‘ra
turlari.
5.  O‘zaro muloqot  va   b iznesda nevrolingvistik dasturlar.
6.  Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan nevrolingvistik dasturlar.
7.  Nevrolingvistik terapiya. Neyrolingvistika fanining o`rganish obyekti haqida. Neyrolingvistika neyron
va   lingvistika   so`zlarining   O`zaro   birikuvidan,   qo`shilishidan   hosil   bo`lib,   inson
miyasidagi   nerv   hujayralarining-   neyronlarning   tilni-so`zlarni   hosil   qilishdagi
vazifasini   o`rganadi.   Neyron   nerv   (asab)   sistemasining   asosiy   qismi,   tarkibiy
elementi sifatida tilni-til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat  і iladi, yetakchi
hisoblanadi.   Shunga   ko`ra   neyrolingvistika   inson   nerv   sistemasi   bilan   aloqa
quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi.
Tilshunoslik   tibbiyotning   nevrologiya   bo‘limi   bilan   ham   uzviy   aloqada.
So‘nggi   davrlarda   psixologiya,   nevrologiya   va   tilshunoslik   fanlarining   oralig‘ida
neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi.
Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekanligi, miya kasallanishining
nutqiy   faoliyatga   ta’siri   masalalarini   o‘rganadi.   Sodda   qilib   aytganda,
neyrolingvistikaning   o‘rganish   obyektlaridan   biri   afaziya,   ikkinchisi
neyrolingvistik dasturlash (NLP)dir.
Miya   nutq   zonasining   zararlanishi   va   buning   natijasida   nutqiy   faoliyatning
buzilishi masalasi bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy asarlarida qayd etilgan va
bu kasalni davolashga e’tibor bergan bo‘lsalar ham, lekin u alohida fan tarmog‘i
sifatida shakllana olmadi.
chuqur o‘rganilgan.
Miya  zararlanishining  nutqqa ta’siri  muammosi  izchil ravishda  XIX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab o‘rganildi.
2. Neyropsixologiya va u bilan bog‘liq bo‘lgan neyrolingvistika maxsus fan
sifatida   yaqindagina   —   o`tgan   asrning   yetmishinchi   yillarida   shakllandi.   Bu
fanning vujudga kelishida A. A. Leontev, A. R. Luriya, E. S. Beyn, R. M. Boskis,
E.   N.   Venarskaya,   O.   S.   Vinogradova,   N.   A.   Eysler   singari   olimlarning   xizmati
kattadir.
Neyrolingvistika   fani   bo‘yicha   to‘liq   ma’lumot   beruvchi   ilk   kitob   A.   R.
Luriya tomonidan yozildi.  Nutqiy axborot jarayoni, ya’ni kishilarning o‘zaro nutq yordamida bir-biriga
axborot  berish  va  bir-biridan  axborot  qabul  qilish  jarayoni  bir  qancha  fanlarning
o‘rganish   obyekti   sanaladi.   Xususan,   bu   jarayon   tilshunoslik   va   psixologiya
fanlari   tomonidan   Tilshunoslik   kishilarning   asosiy   aloqa   vositasi   bo‘lgan   til   va
uning   bevosita   aloqa-aralashuv   jarayonida   voqelanuvchi   nutqni   ajratgan   holda,
ichki   tuzilish,   tuzilish   birliklari,   bu   tuzilish   birliklarining   nutqiy   jarayonda   turli-
tuman   voqelanishi,   «ichki   tuzilish»dan   «tashqi   tuzilish»ga   o‘tishning   asosiy
bosqichlari   va   yuqoridagi   ikki   tuzilishning   o‘zaro   munosabatlari   kabi   qator
masalalarni atroflicha o‘rgandi. 
Inson   borliqni   ongida   aks   ettiradi.   Aks   ettirish   sezgi   organlari   yordamida
amalga   oshiriladi.   Sezgi   organlari   esa   tashqi   olam   haqida   muayyan   axborotlarni
miyaga     uzatadi.       Miya     esa     bu     axborotlarni   umumlashtiradi.   Ko‘rinadiki,
obyektiv   olamni   aks   ettirish   jarayoni   markaziy   nerv   sistemasi,   bosh   miya   orqali
yuzaga chiqadi. 
Nerv sistemasi odatda ikki guruhdagi nerv sistemalarini o‘z ichiga oladi: 
1)   markaziy   nerv   sistemasi   va   2)   chegara   nerv   sistemasi.   Borliq   haqida
axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalari markazga qarab
yo‘nalishi   orqali   amalga   oshiriladi.   Chegara   nerv   sistemalari   markaziy   nerv
sistemalariga   obyektiv   borliqsagi   narsa   va   hodisalarning   muayyan   belgilari
haqidagi   ma’lumotni   beradi.   Shuning   uchun   ham   chegara   nerv   sistemasiga
aloqador   a’zolarni   tahlil   qiluvchilar   (analizatorlar)   deb   yuritiladi.   Ular   ko‘rish,
eshitish,   ta’m-maza   a’zolari   sanaladi.   Har   bir   analizatorda   ikki   turdagi   nerv
strukturasi ajratiladi. 
1)  axborotni mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi struktura;
2)   borliq predmetlariga yo‘naltiruvchi struktura (miyaning bilish zonasi). 
Uchinchi  sath  sifatida  murakkab  anatomik  tuzilishga  ega  bo‘lgan  til  pardasi
zonasi   ajraladi.     Bu   zonada   miyaning   turli   analizatorlaridan   kelgan   belgilar kompleksi birlashtiriladi va natijada sezgi hissiyotidan til umumlashmasiga o‘tish
imkoniyati tug‘iladi. 
Nutq hosil qilish, til xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon harakat
orqali   yuzaga   chiqadi.   Miya   analizatorlari   qoplangan   zonada   shakllangan   nutqiy
dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi va nutq organlari (shuningdek yozma
nutqni   yuzaga   chiqaruvchi   sistema)   ishtirokida   proeksiya   harakat   sistemasi
yordamida yuzaga chiqadi. 
Miyaning   praksiyali   sistemasidan   (sensor   yoki   harakatlanuvchi)   farqli
ravishda gnostikpraksik parda va pardali analizatorlarni yopish zonasi funksional
assimmetriya   bilan   xarakterlanadi:   til   sistemasi   va   nutq   orqali   ifodalangan
tafakkur esa uning yarimshari bilan bog‘langan. 
Inson   miyasi   murakkab   funksional   sistema   bo‘lib,   eng   kamida   uchta   asosiy
blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri pardaning tetiklanishini
ta’minlaydi   va   tanlash,   selektiv   faoliyat   shaklining   uzoq   amalga   oshirish
imkoniyatini   beradi.   Boshqasi   axborotni   olish,     qayta   ishlash   va   saqlashni
ta’minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni programmalashtirish, boshqarish va nazorat
qilish vazifasini bajaradi. 
Yuqorida   bayon   qilingan   bloklarning   zararlanishi   ularning   bir   me’yordagi
vazifasiga salbiy ta’sir qiladi. Birinchi blokka mansub apparatlarning zararlanishi
psixik   faoliyatni   tanlash,   selektiv   imkoniyatini   cheklaydi.   Ikkinchi   blok
apparatlarining   zararlanishi   axborotni   qabul   qilish,   qayta   ishlash   va   saqlash
qobiliyatini   yo‘qotadi.   Uchinchi   blokning   zararlanishi   esa   programmalashtirish,
barqaror ravishda boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. 
Ko‘rinadiki,   miyadagi   har   qanday   zararlanish   inson   faoliyataning   ma’lum
qismiga   salbiy   ta’sir   qiladi   Sensor   proyeksiya   sistemasining   zararlanishi   eshitish
va   ko`rish   organining   kuchsizlanishiga   olib   keladi.   Buning   natijasida   og‘zaki   va
yozma nutqni  qabul  qilish  imkoniyati  pasayadi.  Nutqiy  agnoziya  holatida bemor
ko‘rish   va   eshitish   qobiliyatini   yaxshi   saqlagan   holda,   ona   tilining   tovush «qiyofasi»ni   (nutqiy   eshitish   agnoziyasi)   yoki   yozma   nutqda   harf   ko‘rinishini
«nutqiy ko‘rish agnoziyasi» unutadi. Bunday vaqtda bemor gapirish yoki yozishi
mumkin.   Nutqiy   eshitish   agnoziyasiga   uchragan   bemor   o‘qishi,   nutqiy   ko‘rish
agnoziyasiga uchragan bemor esa og‘zaki nutqini tushuntirish mumkin. 
Nutqiy   apraksiya   ro‘y   berganda   esa   buning   teskari   holatiga   duch   kelinadi.
Bunday   vaqtda   bemorning   nutq   organlari   harakati   va   yozish   harakati   buziladi,
tovush   va   so‘zlarni   talaffuz   qila   olmaydi   va   yoza   olmaydi.   Lekin   atrofdagi
odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o‘qish qobiliyati saqlanib qolishi mumkin. 
Analizatorlar   yopqichlarining   parda   zonasi   zararlanganda,   afaziya   holati
kuchayadi. Bu vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko‘rish faoliyati ham,
talaffuz   qilish,   o‘qish   faoliyati   ham   so‘nadi.   Agar   zararlanish   manbayi   o‘rtacha
bo‘lsa  bemorning  so‘zda  tovushni  farqlash  qobiliyati  yo‘qoladi.  Fonetik  jihatdan
yaqin   bo‘lgan   so‘zlarni   aralashtirib   yuboradi.   Ba’zan   afaziya   holatida   eshitgan
yoki   o‘qigan   narsalarning   ma’nosini   tushunmagan   holda   mexanik   ravishda
takrorlashi mumkin. 
Neyrolingvistika   uchun   ikki   til   va   ko‘p   til   egalarining   (poliglotlarning)
miyasi   zararlanishi   katta   material   beradi.   Bu   vaqtda   bemor   bir   tilni   ma’lum
darajada saqlagan holda,  ikkinchi  tilni  butunlay unutish  yoki  bir  necha tillarning
elementlarini aralashtirib yuborishi mumkin. 
Neyrolingvistika   yuqoridagi   holatlarni   aniqlash   bilan,   bemorlarni   samarali
davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo‘lga
kiritgan   yangiyangi   yutuqlari   neyrolingvistikaning   tekshirish   usullarini
takomillashtirib   boradi.   Hozirgi   kunda   neyrolingvistika   psixolingvistika,
neyropsixologiya,   neyrofiziologiya,   psixoakustika,   kibernetika   kabi   oraliq   fanlar
g‘oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika
insonning   olamni   belgilashtirish   tabiatini   kompleks   ravishda   o‘rganishning   bir
tarmog‘i sifatida rivojlanib bormoqda.  Neyrolingvistik   dasturlashni   bizning   tilimizga   tarjima   qilsak   nervlar   til   va
dasturlash   degan   so`zlar   kelib   chiqadi.   Yoki   tushunarli   tilda   aytadigan   bo`lsak,
insonni til va so`zlar yordamida dasturlash degan ma`noni beradi. Bugungi kunda
gipnozchilar   va   manipulyatsiya   texnikalarini   organgan   kishilar   neyrolingvistik
dasturlashdan foydalanib oz maqsadlariga yetmoqdalar. 
Quyida neyrolingvistik dasturlashning bir necha texnikalari bilan tanishamiz.
Bu   texnika   NLDning   asosi   deyish   ham   mumkin.   Chunki   uning   yordamida
insonga xohlagancha ta`sir ko`rsatish imkoniyati bor va siz uning o`zini tutishini
boshqara   olasiz.   Bu   texnika   gipnoz   qilishning   ham   asosidir.   Boshqa   kishini
boshqarish   uchun   oldin   unga   moslashish   kerak   bo`ladi.   Moslashish   uchun   siz
suhbatdoshingizning   harakatlari   ritmiga   kirishingiz   kerak.   Bu   uning   holati,   ko`z
qarashi, gavdani ushlashi, qo`llarining holati, oyoqlarining holati, nafas olish ritmi
va   boshqalar   bo`lishi   mumkin.   Lekin   bunda   uning   kayfiyatiga   kira   olish   eng
asosiy ahamiyatga ega. Nafas olish ritmiga moslashish katta natijalar beradi.  
Suhbatdoshingizning nafas olishini kuzatasiz va u nafas olganda jim turasiz,
u   nafas   chiqarayotgan   paytda   esa   gapirasiz.   Natijada   uning   quyi   ongida   sizning
gaplaringiz   xuddi   u   tomonidan   aytilayotganday   taassurot   qoldiradi.   Aytaylik,
suhbatdoshingizning   jahli   chiqyapti   va   dam   solingan   sharga   o`xshab,   shishib
turibdi.   Sizning   maqsadingiz   –   uni   jahldan   tushirish.   Bu   holda   siz   ham   o`z
psixikangizni tezlashtirasiz va xuddi jahl qilgandagiday fiziologik holatga kirasiz.
Bu   sizning   suhbatdoshingizga   moslashishingiz   bo`ladi.   Shu   holatda   u   bilan
suhbatni   davom   ettirasiz   va   suhbat   davomida   asta-sekin   o`z   psixikangizni
tormozlay borasiz. 
Siz tinch holatga o`tganingizda suhbatdoshingiz ham tinchlanib qolganligini
ko`rasiz.   Agar   suhbatdoshingiz   jiddiy   yuz   ko`rinishiga   ega   bo`lsa   siz   ham
jiddiylashing va bir oz o`tgandan keyin jilmaya boshlaysiz. Suhbatdoshingiz ham
sizga   ergashib   jilmaya   boshlaydi.   Bu   usul   bilan   har   qanday   odamda   o`zingiz xohlagan har qanday kayfiyatni paydo qilishingiz mumkin. Eng asosiysi, dastlab
suhbatdoshingizning kayfiyatini o`zingizda nusxalay olishingizdir.  
Masalan,kichkina jiyanim unga berilgan buyruqlarning hammasini teskarisini
qilishni   yaxshi   ko`radi.   Shuning   uchun   uni   uxlatish   juda   qiyin   ish.   Unga   “uxla”
deyishlari bilan uning uyqusi o`chib ketadi. Shunday paytda men u bilan gaplasha
boshlayman   va   uning   nafas   olishi   bilan   o`zimnikini   sinxronlashtiraman.   Ozroq
gaplashganimizdan   keyin   men   asta   nafas   olishimni   sekinlashtira   boshlayman   va
shu   vaqtda   so`zlash   tempim   ham   sekinlasha   boradi.   Birpas   boshqa   mavzularda
gapirgandan keyin gap orasida esnab, uyqum kelganligini aytaman. Shunda u ham
esnay   boshlaydi.   Men   tormozlanishda   davom   etaveraman   va   salgina   vaqt
o`tgandan   keyin   u   uxlab   qoladi.   Shunday   qilib   bolani   uxlatish   jarayoni   4-5
daqiqadan ko`p vaqt olmaydi.  
Bu texnikani qo`llay olsangiz hamisha oshig`ingiz olchi bo`lishi tayin. Uning
asosiy   maqsadi   suhbatdoshingizga   biror   narsani   tanlash   ixtiyorini
berishingizdadir. Lekin bu tanlov – soxta tanlovdir. Siz taklif qilayotgan variantlar
ichidan u faqat sizga kerakli bittasinigina tanlay olsin yoki ikkita variant ham bir
xil   natija   berishi   ko`zda   tutilsin.   Masalan,   suhbatdoshingiz   biror   hujjatga   imzo
qo`yishi kerak. Siz undan – Bunga imzo qo`yishga rozimisiz? – deb so`rasangiz u
albatta rad qiladi va bunday qilmasligi uchun mingta bahona topa oladi. Siz unga
– 
   - Peroli ruchkada imzo chekasizmi yoki sharikli ruchkadami? – deb tanlash
imkoniyatini   berasiz.   Endi   u   imzo   chekish-chekmaslik   haqida   emas,   balki   qaysi
ruchkada imzo chekish haqida o`ylay boshlaydi. Siz o`z mahsulotingizni birovga
o`tkazmoqchisiz, lekin mijozning uni olish niyati yo`q. Siz undan qaysi ranglisini
o`rab berishingiz kerakligini so`raysiz. 
Bu mijozning olaman-olmayman fikrini qaysi ranglisini olamanga o`zgartirib
yuboradi.   Bunday   soxta   tanlov   variantlarini   sharoitdan   kelib   chiqib xohlaganingizcha   o`ylab   topishingiz   mumkin.  
Mazkur usullarni tadbirkorlar, savdogarlar ko`p qo`llashadi. 
Axborotni   izlash,   topish,   to‘plash,   qayta   ishlash,   saqlash   va   tarqatish   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   nojo‘ya   hatti-harakt   tufayli   kelib   chiqadigan   ruhiy   kasalliklarga
qarshi   ma’naviy   immunitetni   mustahkamlashning   zamonaviy   usullaridan   biri
neyrolingvistik dasturlashdir. 
Neyrolingvistik   dasturlashga   oid   dastlabki   ilmiy   ish   hisobotlari   o‘tgan
asrning 70-yillarida paydo bo‘lgan. Amerika olimlaridan Jon Grinder va Richard
Bendlerlar   neyrolingvistik   dasturlash   aoschilari   hisoblanadilar.   Neyrolingvistik
dasturlash  yo‘li  bilan   kishi   ruhiyatiga  ta’sir   etkazuvchi  mutaxassislarning   fikriga
ko‘ra bunday dasturlar:  
   biron narsa yoki hodisadan qo‘rquv hissini yoki boshqa xil noxush hislarni
bir soatga qolmay bartaraf etish;  
   past   o‘zlashtiruvchi   o‘quvchilarga,   o‘zlariga   ma’lum   cheklashlar   qo‘yib
olgan   katta   yoshdagilarga   ulardagi   cheklanishlarni   bir   soatga   ham   etmaydigan
vaqt mobaynida bartaraf etish; 
   chekish, ichkilikbozlik, mechkaylik, uyqusizlik kabi ko‘ngilsiz qusurlardan
bir nechta seansdan so‘ng qutulishlik; 
  qattiq ruhiy tushkunlik bilan ifodalanuvchi kasalliklarni bir nechta seansdan
so‘ng yo‘qotish va shular kabi yana bir qancha holatlarni bartaraf etish imkonini
beradi. Kuzatishlar yana shu narsani ham tasdiqlaydiki, yuksak axloqiy did bilan
tanlab   ko‘p   kitob   o‘qigan   kishilarning   mafkuraviy   immuniteti   etarlicha
mustahkam bo‘ladi.  Foydalaniladigan  adabiyotlar
1. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. Тошкент, 1981.  
2. Актисова   О.А.   Синтаксические   средства   реализации   концептов   в
аспекте эволюции типов повествовательной речи: На материале описаний в
романах     “Преступление   и   наказание”   Ф.М.Достоевского   и   “Мастер   и
Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград :
Волг. гос. ун-т , 2006. – С. 29.
3. Воҳидов Р., Неъматов Ҳ. Сўз бағрида маърифат. -Т.: Ёзувчи, 2001.
4. Галперин Р.И. О понятии текст // Вопросы языкознания. – Москва,
1974.  –  № 6.    – С .22.
5. Горелов   И.Н.,   Седов   К.Ф.   Осно вы   психолингвистик и:   Учеб ное
пособие. – М.: Лабиринт, 2001. – С. 4.
6. Григорева   В.С.   Дискурс   как   элемент   коммуникативного   про ц есса:
прагмалингвистический   и   когнитивный   аспекты   :   монография   –   Тамбов   :
Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2007.
7. Ўзбек тилшунослигининг долзарб муаммолари. ЎУМ, ЎзМУ 2011.
Ўзбек филологияси факултети кутубхонаси.
8. Усмонов С. Умумий тилшунослик. -Т.: Ўқитувчи, 1972. 
9. Фалсафа.  Қомусий луғат. –Т, 2004.
10. Фурс   Л.А.   Синтаксически   репрезентируемые   концепты:   Автореф.
дис. … д-ра филол. наук. – Тамбов: Тамбовский гос. ун-т им.  Г.Р.Державина,
2004. – С. 42.
11. Хайруллаев   М.,   Ҳақбердиев   М.   Мантиқ.   -Т.:Ўқитувчи,   1993.   -Б.
92-95.

O‘ZBEK TILINING NEYROLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI Reja: 1. Neyrolingvistika fanining o`rganish obyekti haqida. 2. Afaziya . 3. Nevrolingvistik dasturlar haqida. 4. NLD asoslari. Nevrolingvistik dasturlarning sohaviy qo‘llanishga ko‘ra turlari. 5. O‘zaro muloqot va b iznesda nevrolingvistik dasturlar. 6. Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan nevrolingvistik dasturlar. 7. Nevrolingvistik terapiya.

Neyrolingvistika fanining o`rganish obyekti haqida. Neyrolingvistika neyron va lingvistika so`zlarining O`zaro birikuvidan, qo`shilishidan hosil bo`lib, inson miyasidagi nerv hujayralarining- neyronlarning tilni-so`zlarni hosil qilishdagi vazifasini o`rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida tilni-til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat і iladi, yetakchi hisoblanadi. Shunga ko`ra neyrolingvistika inson nerv sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi. Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekanligi, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyektlaridan biri afaziya, ikkinchisi neyrolingvistik dasturlash (NLP)dir. Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutqiy faoliyatning buzilishi masalasi bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy asarlarida qayd etilgan va bu kasalni davolashga e’tibor bergan bo‘lsalar ham, lekin u alohida fan tarmog‘i sifatida shakllana olmadi. chuqur o‘rganilgan. Miya zararlanishining nutqqa ta’siri muammosi izchil ravishda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rganildi. 2. Neyropsixologiya va u bilan bog‘liq bo‘lgan neyrolingvistika maxsus fan sifatida yaqindagina — o`tgan asrning yetmishinchi yillarida shakllandi. Bu fanning vujudga kelishida A. A. Leontev, A. R. Luriya, E. S. Beyn, R. M. Boskis, E. N. Venarskaya, O. S. Vinogradova, N. A. Eysler singari olimlarning xizmati kattadir. Neyrolingvistika fani bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi ilk kitob A. R. Luriya tomonidan yozildi.

Nutqiy axborot jarayoni, ya’ni kishilarning o‘zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli- tuman voqelanishi, «ichki tuzilish»dan «tashqi tuzilish»ga o‘tishning asosiy bosqichlari va yuqoridagi ikki tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha o‘rgandi. Inson borliqni ongida aks ettiradi. Aks ettirish sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi. Miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Ko‘rinadiki, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Nerv sistemasi odatda ikki guruhdagi nerv sistemalarini o‘z ichiga oladi: 1) markaziy nerv sistemasi va 2) chegara nerv sistemasi. Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalari markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqsagi narsa va hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Shuning uchun ham chegara nerv sistemasiga aloqador a’zolarni tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb yuritiladi. Ular ko‘rish, eshitish, ta’m-maza a’zolari sanaladi. Har bir analizatorda ikki turdagi nerv strukturasi ajratiladi. 1) axborotni mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi struktura; 2) borliq predmetlariga yo‘naltiruvchi struktura (miyaning bilish zonasi). Uchinchi sath sifatida murakkab anatomik tuzilishga ega bo‘lgan til pardasi zonasi ajraladi. Bu zonada miyaning turli analizatorlaridan kelgan belgilar

kompleksi birlashtiriladi va natijada sezgi hissiyotidan til umumlashmasiga o‘tish imkoniyati tug‘iladi. Nutq hosil qilish, til xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon harakat orqali yuzaga chiqadi. Miya analizatorlari qoplangan zonada shakllangan nutqiy dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi va nutq organlari (shuningdek yozma nutqni yuzaga chiqaruvchi sistema) ishtirokida proeksiya harakat sistemasi yordamida yuzaga chiqadi. Miyaning praksiyali sistemasidan (sensor yoki harakatlanuvchi) farqli ravishda gnostikpraksik parda va pardali analizatorlarni yopish zonasi funksional assimmetriya bilan xarakterlanadi: til sistemasi va nutq orqali ifodalangan tafakkur esa uning yarimshari bilan bog‘langan. Inson miyasi murakkab funksional sistema bo‘lib, eng kamida uchta asosiy blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri pardaning tetiklanishini ta’minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklining uzoq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Boshqasi axborotni olish, qayta ishlash va saqlashni ta’minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Yuqorida bayon qilingan bloklarning zararlanishi ularning bir me’yordagi vazifasiga salbiy ta’sir qiladi. Birinchi blokka mansub apparatlarning zararlanishi psixik faoliyatni tanlash, selektiv imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok apparatlarining zararlanishi axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish, barqaror ravishda boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Ko‘rinadiki, miyadagi har qanday zararlanish inson faoliyataning ma’lum qismiga salbiy ta’sir qiladi Sensor proyeksiya sistemasining zararlanishi eshitish va ko`rish organining kuchsizlanishiga olib keladi. Buning natijasida og‘zaki va yozma nutqni qabul qilish imkoniyati pasayadi. Nutqiy agnoziya holatida bemor ko‘rish va eshitish qobiliyatini yaxshi saqlagan holda, ona tilining tovush

«qiyofasi»ni (nutqiy eshitish agnoziyasi) yoki yozma nutqda harf ko‘rinishini «nutqiy ko‘rish agnoziyasi» unutadi. Bunday vaqtda bemor gapirish yoki yozishi mumkin. Nutqiy eshitish agnoziyasiga uchragan bemor o‘qishi, nutqiy ko‘rish agnoziyasiga uchragan bemor esa og‘zaki nutqini tushuntirish mumkin. Nutqiy apraksiya ro‘y berganda esa buning teskari holatiga duch kelinadi. Bunday vaqtda bemorning nutq organlari harakati va yozish harakati buziladi, tovush va so‘zlarni talaffuz qila olmaydi va yoza olmaydi. Lekin atrofdagi odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o‘qish qobiliyati saqlanib qolishi mumkin. Analizatorlar yopqichlarining parda zonasi zararlanganda, afaziya holati kuchayadi. Bu vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko‘rish faoliyati ham, talaffuz qilish, o‘qish faoliyati ham so‘nadi. Agar zararlanish manbayi o‘rtacha bo‘lsa bemorning so‘zda tovushni farqlash qobiliyati yo‘qoladi. Fonetik jihatdan yaqin bo‘lgan so‘zlarni aralashtirib yuboradi. Ba’zan afaziya holatida eshitgan yoki o‘qigan narsalarning ma’nosini tushunmagan holda mexanik ravishda takrorlashi mumkin. Neyrolingvistika uchun ikki til va ko‘p til egalarining (poliglotlarning) miyasi zararlanishi katta material beradi. Bu vaqtda bemor bir tilni ma’lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni butunlay unutish yoki bir necha tillarning elementlarini aralashtirib yuborishi mumkin. Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo‘lga kiritgan yangiyangi yutuqlari neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. Hozirgi kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika insonning olamni belgilashtirish tabiatini kompleks ravishda o‘rganishning bir tarmog‘i sifatida rivojlanib bormoqda.