logo

Sinergetika – bilishda fanlararo (umumiylik) yondashuv uslubi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.4521484375 KB
Sinergetika – bilishda fanlararo (umumiylik) yondashuv uslubi.
Reja:
1.   “Sinergetika”   tushunchasi   o‘z   –   o‘zidan   tashkillanuvchi   sistemalar
haqidagi fan.
2.   “Sistema”   tushunchasi.   Ochiq   va   yopiq,   chiziqli   va   chiziqsiz
sistemalar.
3. Sinergetikaning ob’ekti. Sinergetik yondashuvdagi yangilik. 1-masala .   XX   asrda   yagni   nazariy   va   amaliy   fanlar   kashf   etildi.   Ular:
nisbiylik   nazariyasi,   kvant   mexanikasi,   molekulyar   genetika,   atom   va
termoyadro   energetikasi,   reaktiv   aviatsiya,   kosmonavtika,   mikro   –
megafizika,   sun’iy   sentetik   materiallar   kimyosi,   kibernetika   –
informatika, informatsion texnalogiyalar, sinergetika.
Sinergetika   XX   asrning   to‘rtinchi   choragida   ko‘zga   ko‘rina   boshladi.
Sinergetikaning   asoschisi   Nobel   mukofotining   lauriyati,   Belgiyalik   fizik
– kimyogar Ilya Prigojindir.
Sinergetika atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, birgalik,
birlashgan   xolda,   hamkorlik,   ko‘maklashish,   ishtirokchilik   yoki
ko‘maklashuvchi,   yordam   beruvchi   degan   ma’nolarni   anglatadi.  Mazkur
atamaning   qo‘llash   izlarini   isixazm   –   Vezantiyadagi   mistik   oqim
faoliyatidan   ham   topish   mumkin.   U   ilmiy   tadqiqotlardan   ko‘pincha
muvofiqlashtirlgan   xarakat,   o‘zliksiz   xamkorlik,   birgalikda   foydalanish,
degan ma’nolarda qo‘llaniladi.
1973   yil   nemis   olimi   G.   Xaken   o‘z   –o‘zini   tashkil   etish   muammolariga
bag‘ishlangan   birinchi   konfirensiyada   nutq   so‘zlagan   yil   sinergetikaning
tug‘ulgan yili xisoblanadi.
G.   Xaken   “Sinergetika”   asarida   u   ko‘pgina   fanlarda   –   astralogiyadan
tortib   to   sotsiologiyagacha   –   tizim   alohida   qismlarning   birlashishi
makrspkopik   tuzulmalar   yoki   funksiyalarga   olib   kelinishini   kuzatish
mumkinligini   qayd   etadi.   Sinergentika   o‘zining   hozirgi   xolatida   tizim
tuzulmalari   yoki   funksiyalari   makro   darajada   dramatik   o‘zgarishlarni
boshdan   kechirayotgan   vaziftlarga   e’tiborni   qaratadi.   Jumladan,   kichik
tizimlar   yoki   qismlar   o‘z–o‘zini   tashkil   etish   jarayonlariga   to‘la   bog‘liq
bo‘lgan   o‘zgarishlarni   qanday   amalga   oshiradilar,   degan   savol   uni
ko‘proq   qiziqtiradi.   Tartibsizlik   xolatidan   tartibli   xolatga   o‘tishda   bu
tizimlarning barchasi  o‘zini o‘xshash  tarzda tutishi  ajablanarli hol bo‘lib
tuyuladi. Xaken   yangi   fanni   nima   uchun   “sinergetika”   deb   nomlaganini
quyidagicha   tushuntiradi.   Birinchidan,   unda   “makroskopik   darajada
tuzilma   va   tegishli   faoliyatni   vujudga   keltiradigan   ko‘plab   kichik
tizimlarning   birgalikdagi   faoliyati   tadqiq   qilinadi”.   Ikkinchidan,
tizimlarning   o‘z   –o‘zini   tashkil   etish   umumiy   tamoyillarini   topishga   u
turli fanlarni jalb etadi.
Olimning   fikricha,   turli   tabiatli   tizimlarning   bir   xil   o‘z   –   o‘zini   tashkil
etish   tamoyillari   mavjud,   demak,   tabiiy   va   ijtimoiy   jarayonlarning
umumuiy   aniqlovchilarini   topish   to‘g‘risida   so‘z   yuritish   lozim.
Sinergetika   aynan   mana   shu   umumiy   aniqlovchilarni   topishga
yo‘naltirilgan.
Sinergetika   o‘z   –o‘zini   tashkil   etish,   stixiyali,   strukturogenez,
chiziqsizlik,   ochiq   tizimlar   singari   asosli   so‘zlar   yordamida   tavsiflanadi.
Sinergetika   ochiq,   ya’ni   tashqi   muhit   bilan   modda,   energiya   va   axborot
almashuvchi   tizimlarni   o‘rganadi.   Dunyoning   sinergetik   manzarasida
ko‘pvariantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish xukm suradi.
Borliq   va   shakllanish   bir   tushunchaga   birlashadi.   Vaqt   yaratadi   yoki
boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funksiyani bajaradi.
Sinergetika   ilmi   fizika,   kimyo,   biologiya,   sotsiologiyaga   o‘xshagan
maxsus fan bo‘lmay, shu fanlarda uchraydigan o‘z –o‘zidan tashkillanish
ilmidir. Sinergetikaning mohiyati shundan iborat.
Ilgari jonli va jonsiz tabiatlar orasidagi farq mutloqlashtirilar edi, ular bir
–biriga   zid   deb   qaralar   edi.   Endi   ma’lum   bo‘ldiki,   ular   orasidagi
umumiylik   moddiylikkina   emas,   balki   dialektika   qonunlaridan   tashqari
ba’zi   qonunlarning  baravar   hukmronligida  bo‘lib  chiqdi.   Masalan,   o‘z   –
o‘zidan   tashkillanish   qonuniyati   fizika   –yu   biologiyada   ham,   jonivorlar
to‘dasi –yu odamlar jamiyatida ham bir xil ekan.
Sinergetikaning   asosiy   masalalaridan   biri   termodinamika   bilan evolyusion   nazariya   orasidagi   kelishmovchilik   muammosi   bo‘ldi.   Gap
shundaki, vaqt o‘tishi bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni bo‘yicha
sistema   rivojlanmasdan   so‘nib   boradi,   ayni   shu   paytda   darvinizm
ta’limoti bo‘yicha sistema rivojanib boradi. Sinergetika fani bu ziddiyatni
hal qildi.
Sinergetika fizika, biologiya va sotsiologiyaga qaraganda umumiyroq fan.
Lekin   dialektika,   falsafa   ilmi   sinergetikaga   qaraganda   yanada
umumiyroq.   Sinergetika   hech   vaqt   falsafa   fani   darajasigacha   ko‘tarila
olmaydi.   Chunki,   sinergetikaning   asosiy   ob’ekti   bo‘lgan   o‘z   –o‘zidan
tashkillanish   bir   tomondan   dialektika   qonuniyatiga,   ziddiyat   qonuniga
bo‘ysunadi,   ikkinchi   sinergetika   falsafa   singari   bilish   nazariyasi,
dunyoqarashi,   ob’ek   –   sub’ek   muammolari   bilan   shug‘ullanmaydi.
Darhaqiqat,   materiya   –ong,   moddiylik   –   ma’naviylik,   yaxshi   –yomon,
eski-   yangi,   progress   –   regress,   e’tirof   –   inkor,   miqdor   –   sifat   kabi
ziddiyatlar   sinergetika   doirasiga   sig‘maydi   –da   dialektika   mazmuniga
kiradi.
2-masala .   Sinergetika har bir narsani sistema deb qaraydi. Sistemani ikki
toifaga   ajratadi:   biri   –   yopiq   sistema,   ikkinchisi   –   ochiq   sistema.
Olamdagi jonsiz sistemalar yopiq, jonli sistemalar ochiq deb xisoblanadi.
O‘z   –   o‘zidan   tashkil   topish,   tashkillanish,   asosan,   ochiq   sistemaga
taalluqli   deyiladi.   Sinergetikada   bu   masala   tartiblilik   va   tartibsizlik,
chiziqlilik   va   chiziqsizlik,   barqarorlik   va   beqarorlik,   vaqtning   orqaga
qaytmasligi   va   qaytishi,   befurkatsiya   va   fluktuatsiya,   energiya   va
entropiya,   sababiyat   va   oqibat,   qonuniyat   va   tasodif,   tabiat   va   jamiyat
munosabatlari   misollarida   bayon   etiladi.   Sinergetikaning   mazmuni   shu
masalalardan iborat.
“Sistema”   so‘zi   grekcha   bo‘lib   “butun”,   “qo‘shma”,   “birlashma”,
“yig‘ma”,   “uyushma”   ma’nolarini   anglatadi.   Bu   oddiy   yig‘inda   emas,
balki   o‘zaro   bog‘lanishda   va   o‘zaro   ta’sirda   bo‘lgan   qismlardan, elementlardan   tashkil   topgan   majmuadir.   Masalan,   dasturxondagi   noz   –
ne’matlar   yig‘indisi   sistema   emas,   ota,   ona   va   farzandlardan   tashkil
topgan  oila  sistemadir,  chunki   ular  orasida   o‘zaro  ta’sir   bog‘lanishi   bor.
“Quyosh   sistemasi”   ham   shunga   o‘xshash.   Odam   miyasi   o‘zaro
bog‘langan   milliardlab   nerv   xujayralaridan   tashkil   topgan.   Bir   neyron
minglab boshqasi bilan bevosita aloqada.
Gegel   sistema   xususiyatiga   alohida   e’tibor   bergan.   Uning   fikricha,
olamdagi   narsalar   sistemalardan   iborat   bo‘lgani   uchun  ularni   bilish   ham
sistema   shaklida   bo‘lishi   kerak.   Sistemani   bilish   uchun   uning
elementlarini va ular orasidagi bog‘lanish xususiyatlarini bilish lozim. Bu
esa dialektikaning talabidir.
Sistemani   har   xil  jihatdan  klassifikatsiya  qilish  mumkin. Masalan,  statik
va dinamik, jonli va jonsiz, ochiq va yopiq. Statik sistema vaqt davomida
muvozanatda,   dinamik   sistema   esa,   vaqt   o‘tishi   bilan   o‘zgarishda.
Masalan,   tosh,   tog‘   jinsi,   bino   karkasi,   statik   sistemalardir.   Tirik
organizm,   Quyosh   sistemasi,   chumolilar   tudasi,   asalarilar   hamjixatligi
dinamik sistemalardir.
Ochiq   sistema   yopiq   sistemadan   nima   bilan   farq   qiladi?   Farqi   avvalo
shundaki,   yopiq   sistemaga   tashqaridan   modda,   energiya,   informatsiya
kirmaydi va undan ular chiqmaydi, deb xisoblanadi. Ochiq sistemaga ular
kiradi,   lekin,   nima   uchundir   sinergetika   asoschilari   chiqishi   haqida
gapirmaydilar.
O.Tofflerning   ta’kidlashicha,   biologik   va   sotsial   sistemalar   ochiq
sistemalardir.   Ammo   ochiq   sistemalar   matematik   modellarni   yopiq   desa
bo‘ladi.
Klassik   fizika   asosan   yopiq   sistemalarga   e’tibor   bergan.  Sinergetikadagi
sistemalar   ochiqdir.   Ochiq   sistemaga   –   tashqaridan   hamma   narsa   kirib
kelavermaydi.   Faqat   faol   hisoblanadigan   energiya,   modda   va
informatsiyalar kiradi. Sinergetika tirik organizmni ochiq sistema deb xisoblaydi. Biz bu fikrga
ham   qo‘shilamiz,   ham   qo‘shilmaymiz.   Qo‘shilishimizning   sababi   shuki,
masalan,   o‘simlik,   hayvon   va   odam   organizmi   suv,   ozuqa,   energiyasiz,
ya’ni   tashqi   muhitsiz   yashay   olmaydi.   Shu   ma’noda   organizm   ochiq
sistema   diyiladi.   Quyosh   sistemasi   esa   kosmik   nurlarsiz   ham   mavjud
bo‘laveradi, ya’ni u yopiq sistema.
Qo‘shilmasligimizning   sababichi?   V.I.Arshinov,   Yu.L.Klimontroviya,
Yu.V.Sachkov   e’tirof   etishlaricha,   “Ochiq   sistemaning   miqdoriy
xarakteristikalarini   aniqlash   masalasi   hanuz   yechilgan   emas”.   Ha,
organizm   ochiq   sistema   degan   so‘z,   tashqi   muhim   ham   cheksiz   ochiq
degani.  Cheksiz  deyilganda   xisob   –  kitob  yo‘q  degani.   Yopiq  sistemada
esa   bunday   emas.   Klassik   fizikada   energiya,   modda,   harakat   miqdori,
kinetik   momentlar,   massa,   zaryadlarning   hisob   –   kitobi   bor.   Falsafadagi
saqlanish tamoyili fizika va boshqa tabiiy fanlar namoyon bo‘ladigan har
xil   saqlanish   qonunlari   mavjud.   Masalan,   bir   olmani   yuqoriga
irg‘itsangiz, u ko‘tarilishdan tortib pastga tushgunicha potensial energiya
bilan kinetik energiyaning miqdoriy yig‘indisi bir xil bo‘lib, o‘zgarmaydi.
Bu   misolda   biz   olmadan   iborat   sistemacha   bilan   Yerdan   iborat
sistemachadan tashkil topgan yopiq sistemani tasavvur qildik.
Tirik   narsalar   borki,   ularning   har   biri   ochiq   sistema   hisoblanadi
sinergetikada.   Jonli   organizmning   o‘z   –o‘zidan   tashkillanish   sharti   ham
shudir.   Buning   o‘zi   kifoya   emas,   jonvorlar,   xayvonlar,   odamlar   juft
yashashi   shart,   agar   zotning   ham   yashashini   e’tiborga   olsak.   Bundan
tashqari   ular   ko‘pchiliksiz   yashay   olmaydilar.   Masalan,   chumolilar,
asalarilar, odamlar bunga yaqqol misol.
Sinergetikadagi   ochiq   sistemalardan   yana   biri   fandir.   Fan   ochiq   sistema
bo‘lib   jamiyat   bilan   bog‘lanishdir.   Fan   jamiyatning   talabini   qondirish
uchun   harakat   qiladi,   fan   esa   jamiyatdan   kerakli   “ozuqa”   oladi:   olimlar
xizmat qiladi, labaratoriyalar qurib beriladi, zarur sharoitlar yaratiladi. I.   Prigojinning   ta’kidlashicha,   hozirgi   zamonda   ijtimoiy   o‘zgarishlar
avvalgiga   qaraganda   ko‘proq   tezlanish   bilan   kechmoqda.   Buning   ustiga
Yer kurrasining har xil joylarida qaynoq nuqtalar, spid, bo‘ron, transport
avariyalari,   kuchli   zilzilalar,   to‘fonlar,   toshqinlar,   qaxraton   sovuqlar,
jazirama   issiqlar,   yong‘inlar,   teraktlar,   “parandalar   grippi”   ni   qo‘shsak,
fluktuatsiyalar   avj   olmoqda.   Natijada   tartibsizliklar   kuchaymoqda,
beqarorlik   oshmoqda,   xullas   voqea   va   hodisalar   munosabatlarining
chiziqsizligi   ko‘paymoqda.   Ozgina   sabab   ko‘proq   natija   bermoqda.   Bu
esa vaqt sezgirligining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O.   Tofflerning   aytishicha,   hozirgacha   fan,   asosan   barqarorlikka,
turg‘unlikka   ko‘proq   e’tibor   berib   keldi.   Prigojin   sinergetikasi   esa,
hozirgi zamon jahon hayotida ko‘plab uchrayotgan ijtimoiy xodisalarning
tezlanishi   natijasida   paydo   bo‘layotgan   beqarorlik,   tartibsizlik,   tez
o‘zgaruvchanlik,   har   xillik   kabi   chiziqsiz   voqealarga   ko‘proq   urg‘u
beryapti.
Karl   Popperning   ochiq   jamiyat   falsafasiga   hozir   g‘arbda   e’tibor
berilmoqda. Uningcha, ochiq jamiyat – bu, qonun xukmdorligi g‘oyasidir.
Oddiy   fuqarolar   tinch   yashaydigan,   ozodlik   xurmat   qilinadigan,   yangi
fikrlar   va   xatti–   harakatlar   xursanchilik   bilan   qabul   qilinadigan
jamiyatdir.   To‘g‘ri,   bu   gaplar   yaxshi   niyat   bilan   aytilgan.   Aslida   K.
Popper   bu   g‘oyani   Gitler   va   Stalin   urishiga,   binobarin,   natsional
sotsializm va kommunizmga qarshi aytgan. Germaniya jamiyati va SSSR
yopiq   sistemalar   deb   xisoblangan.   Sistemalar,   jamiyatlar   ochiq   bo‘lsa,
urish   bo‘lmas   edi,   demoqchi   bo‘lgan   K.   Popper.   Ochiq   jamiyatning   bu
jihati,   albatta,   yaxshi.   Lekin,   ochiq   jamiyat   degani   chegaralari   ochiq
bo‘lsin,   savdo   –   sotiqda   boj   qoidasi   bo‘lmasin,   ichki   va   tashqi   qurolli
kuchlar bo‘lmasin, degan so‘z emas. Masalan, Benilyuks mamlakatlarida,
ya’ni   Belgiya,   Niderlandiya   va   Lyuksenburg   davlatlari   o‘rtasida   xarbiy chegaralar   yo‘q,   bu   jihatdan   bu   mamlakatlar   ochiq,   lekin   ularning   har
birining   davlati   yopiq,   ya’ni   uzining   qurolli   kuchlari,   ichki   tashqi   va
ekonomika   siyosati   alohida.   Bu   jihatdan   bu   mamlakatlar   bir   mamlakat
hisoblanmaydi   va   bir   –   biriga   bo‘ysinmaydi.   Demak,   mamlakatlar
munosabatlari   masalasida   “ochiqlik”   va   “yopiqlik”   nisbiy
tushunchalardir.
3-masala .   Sinergetikaning asosiy ob’ekti: 1) o‘z–o‘zidan tashkil etish; 2)
tartiblilik va tartibsizlik (xaos).
Ma’lumki,   kishilik   jamiyatida,   ijtimoiy   hayotda   ma’lum   bir   maqsadni
amalga   oshirish   uchun   faoliyat   jarayonlarini   tashkil   qilish   kerak.   Bu
vazifani  odatda  yo bir  tashkilotchi  shaxs  yoki  bir  necha  odamdan  iborat
tashkilot bajaradi. Bu yerda vazifa – ob’ekt, bajaruvchi – sub’ektdir. Bu
mulohaza,   hatto   tabiatga   ham   taalluqlidir.   Tabiiy   tabiat   va   sun’iy   tabiat
bor. Sun’iy tabiat, odatda, ikkinchi tabiat deyilib uni odam tashkil qiladi.
Tabiiy   tabiatni,   ya’ni   elementar   mikrozarralardan   tortib,   quyosh
sistemasi,   galaktikalar,   kvazarlar,   pulsarlargacha   cho‘zilgan   olamni
tabaitning   o‘zi,   olamning   o‘zi   tashkil   qiladi.   Olam   va   uning   ayrim
qismlari,   sistemalari   o‘zini   –o‘zi   tashkil   qiladi,   ya’ni   sistema   tashqi
ta’sirsiz   o‘z–o‘zidan   tashkillanadi.   Diniy   ta’limotlarning   uqtirishicha,
olamni, odamni Xudo tashkil qilgan va mayda–chuyda narsalarni tashkil
etish vazifasi odamga topshirilgan.
Sinergetikaning   vazifasi   aniq:   jonsiz   tabaitda   ham   jonli   tabiatda   ham,
hayvonlar   dunyosida   ham,   odamlar   jamiyatda   ham   sub’ektning
tashkilotchilik qobiliyatidan tashqari ob’ektiv aktivlik borki, ko‘p narsalar
odam sub’ektivisiz ham tashkil qilinaveradi.
O‘z–o‘zidan   tashkillanish   –   chetdan   keladigan   ta’sirsiz,   o‘zi–o‘zidan
xarakatlanishning   muhim   namoyon   bo‘lishi;   shu   bilan   birga   o‘zi   o‘zini
boshqarishning   asosidir;   umum   holatda   xususiy,   xududiy   qismning
mavjudlik sharoitining imkoniyati. O‘z–o‘zidan   harakatlanish,   o‘zgarish,   rivojlanish   deganda,   avvalo,
materiyaning   mavjudligida   barcha   xolatlarda   yoki   bir   holatdan   ikkinchi
xolatga   tabiiy   o‘tishidagi   sabab   shu   materiyaning   o‘zida   bo‘lib,   tashqi
kuchga   muhtoj   emas,   degan   so‘z.   Masalan,   Quyosh   va   Quyosh
sistemasida, har bir galaktikaning o‘zidagi fizikaviy, kimyoviy jarayonlar
shu jumladandir.
Shu   bilan   birga   esdan   chiqmaslik   kerakki,   har   bir   ob’ekt,   narsa   tashqi
kuch ta’sirida ham o‘z xolatini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, bir yulduz
nuriga,   jumladan   Quyosh   nuriga   boshqa   yulduzlar   nurlari   ta’sir   etishi
mumkin.   Bu   esa   kosmik   nurlar   orasidagi   bog‘lanish   munosabatlarini
belgilaydi.
Tashqi   ta’sir   natijasida   o‘zgarish   deyilganda,   materiyaning   o‘zining   bir
qismi   ikkinschi   qismiga   ta’siri,   deb   tushunmoq   kerak.   Buni   yaqqol
tushunmoq   uchun   ta’sirlanuvchi   qismning   o‘zi   to‘la   qism   bo‘lmay,
ta’sirlanuvchi qism bilan birgalikda, ya’ni ikki sistemachadan iborat qism
ichidagi jarayon deb tasavvur etmoq kerak. Masalan, kristallarning tashqi
ta’siridan   kattalashishi,   metalning   zanglashi,   Quyosh   sistemasiga
Galaktikaning   ta’sirini   ikki   sistemachadan   iborat   sistemalardagi   o‘z–
o‘zidan   tiklanish   deb   qarash   mumkin.   Shuningdek,   Yer   haqida
gapirganimizda uni Quyosh sistemasining bir qismi sifatida ham tasavvur
etishimiz   mumkin.   Bular   jonsiz   tabiatda.   Jonli   tabiatda   ham,
sistemalarning   tashqi   ta’siridan   o‘zgarishi   shunday.   Lekin,   bu   anologiya
nisbatan. Aslida  jonli  tabaitda yopiq sistemani  ikki  ochiq sistemachadan
iborat   deb   tushuniladi   sinergetikada.   Darhaqiqat,   alohida   o‘simlik,
hayvon   va   odam   organizmi   tashqi   muhitsiz   yashay   olmaydi.   Shuning
uchun   sinergetikada   har   bir   tirik   organizm   ochiq   tizim   ekanligiga   urg‘u
beriladi.   Ha,   Yerdagi   hayot   ma’lum   tegishli   sharoitda   birdan   o‘z   –
o‘zidan paydo bo‘lgan, deb tushuniladi sinergetikada.
Uyg‘un   bir   qoida   bo‘yicha   bajarilmaydigan   sabab–oqibat   jarayoni tartibsizlikdir.   Masalan,   tabiatda   Broun   zarralarining   harakatlari,   shar–
sharadan oldin tartibli ravishda parallel oqib kelayotgan olmalarning shar
–   sharadan   tushishi   bilan   ular   xarakatlarining   tartibsizligi   ya’ni
laminarlikdan   turbulentlikka   o‘tishi,   jamiyatda   esa   ba’zan   kuzatiladigan
to‘s – to‘polon, olamon xarakatlari.
Tartibsizdlik   tushunchasi,   qadimgi   faylasuflarni   ham   ko‘p   qiziqtirgan.
Platon fikricha, har bir voqea bir qancha imkoniyatlardan birining yuzaga
chiqishidir. Mana shu imkoniyatlar voqelikka aylanguncha tartibsiz xolda
bo‘ladilar. Imkoniyatlardan biri haqiqatga aylanganidan so‘ng tartibsizlik
o‘z   ma’nosini   yo‘qotadi.   Demak,   har   bir   narsa   tartibsizlikdan   kelib
chiqadi.
I.Prigojin   va   I.   Stengers   e’tirof   etadilar:   “Bizdan   oldingilar   tartibsizlik
bilan   tartiblilik   munosabati   haqidagi   savolga   javob   bera   olmaganlar.
Mashxur entropiya qonuni olamni tartibotdan notartiblikka olib boruvchi
jarayon deb tushunishgan. Biologiya esa oddiylikdan murakkablikka, past
tartibotdan   yuqoriroq   tartibotga   olib   boradi,   deb   tushuntirishgan.
Nimaning   hisobiga?   Endi   ma’lum   bo‘ldiki,   tashqi   muhitdan   keladigan
energiya   va   moddalar   hisobiga.   Tashqi   muhitning   ta’siri   –   tartibot
manba’idir”.   Ha,   tashqi   tashqi   muhitning   ta’siri   hisobiga   entropiya
kamaytiriladi, deyilmoqchi, bu yerda.
Fizikada   tartibsiz   harakat   deb,   muvozanat   holdagi   issiqlik   harakati,
muvozanatsiz   turbulent   harakat,   elektromagnit   to‘lqinlari   harakatlari
hisoblanadi. Tartibsizlik – traektoriyalarning beqarorligi.
Tartibot   manbai   –   nomuvozanatlikdir.   Nomuvozanatlik   tartibsizlikdan
tartiblilikni   chiqaradi.   Orqaga   qaytmaydigan   jarayonlar   tartibsizlikdan
tartiblilikka   o‘tish   manbaidir.  Darhaqiqat,   sinergetika   asoschilarining   bir
kitobi   “Tartibsizlikdan   tartiblilikka   ”   (“Poryadok   iz   xaosa”)   deb   ataladi.
Tartibsizlikdan   to‘satdan   tartiblilikka   o‘tish   va   qaytadan   tashkillanishga
o‘tishning sababi – o‘z –o‘zidan tashkillanish qobiliyatidir. Tartibotga   tashqi   muhit   ta’sir   qilish   mumkin.   Shu   bilan   birga,   tashqi
muhit   beqaror   bo‘lsa,   sababiyat   –   oqibat   qoidasi   o‘z   kuchini   yo‘qotadi,
endi   dinamik   qonuniyat   o‘rniga   statistik   qonuniyat   ishlatiladi.   Masalan,
ob   –   havo   murakkab   jarayon,   chunki   sababiyat   ichida   tasodiflar   ko‘p
bo‘lishi mumkin. Uni oldindan aniqlash mumkin, agar sabablar aniqlansa.
Qiziq   hodisa   shuki,   bir   qit’ada   tasodifan   uchgan   pashsha   dunyo   ob   –
havosini   o‘zgartirib   yuborishi   turgan   gap.   Lekin   bu   nazariyada,
amaliyotda esa, u pashshaning  roli yo‘q. Harakat qilayotgan ob’ekt bitta
bo‘lsa,   masalan,   bitta   raketa   yoki   bitta   xujayra   bo‘lsa   –   dinamik
qonuniyat,   ob’ekt   ikkita   va   undan   ortiq   bo‘lsa   statistik   qonuniyat
hukmronliq qiladi. Statistik qonuniyat ko‘proq hukmron.
Chalkashlik, alg‘ov – dalg‘ovlik, aralash – quralashlik ham tartibsizlikdir.
Ularning qonun – qoidalarini topish sinergetikaning vazifasiga kiradi.
Tartiblilik   va   tartibsizlik   vakuumda,   mikrodunyoda,   makrodunyoda   bir
xil   emas,   balki   nisbiydir.   Masalan,   turbulent   harakat   makro   miqyosda
tartibsizlik   bo‘lgani   holda   mikro   miqyosda   tartibli   va   yuqori   darajada
tashkillangandir.   Termodinamikada   entropiyaning   o‘sib   borishi
tartiblikdan   tartibsizlikka   olib   boradi,   biologiyada   esa   –   aksincha,
soddadan rivojlanishga.
O‘z –o‘zidan tashkilanish natijasida sistema tartiblashadi.
Tartiblilik   va   tartibsizlik   ma’nosining   boshqacha   ko‘rinishi   chiziqli   va
chiziqsizlikdir.   Bunda   kechayotgan   jarayonni   qog‘ozda   ifodalash   usuli
e’tiborga   olinadi.   Misol   uchun   sharsharakni   ko‘z   oldimiga   keltiraylik.
Ariqda   to‘g‘ri   chiziq   bo‘yicha   oqib   kelayotgan   olma   sharsharakdan
tushayotgan   davrida   o‘z   xarakatini   parabola   bo‘yicha   davom   ettiradi   va
nihoyat,   pastga   tushganidagi   traektoriyasi   qanday   chiziq   bilan   bo‘ladi,
bunisi   noma’lum.   Mana   shu   noma’lumlik   chiziqsiz   jarayon   deyiladi.
Sog‘lom   yurakning   bir   xildagi   urishini   to‘g‘ri   chiziq   bilan   ifodalash
mumkin.   Bir   xildagi   aritmiya   ham   shunday.   Tartibsiz   aritmiyani   chiziq orqali   aniqlab   bo‘lmaydi.   Odamlarning   ko‘chada   yurish   traektoriyalari
ham  chiziqli   hodisa,  lekin to‘polon, olamon  vaqtidagi  holatlari   chiziqsiz
jarayondir.
Umuman,   chiziqli   jarayonlarni   quyidagi   chiziqlar   shaklida   ifodalash
mumkin:   to‘g‘ri   chiziq,   aylana,   ellips,   parabola,   sinusoida.   Chiziqsiz
xodisalar: chiziq qolipiga tushmaydiganlar, chastotasi tartibsiz jarayonlar.
Tartibsizlikning   paydo   bo‘lishi   uchun   tashqi   muhitning   ta’siri,   tashqi
kuch   kerak.   Natijada   beqarorlik   paydo   bo‘ladi.   Tartibsizlik   paydo
bo‘lgandan   keyin   tashqi   kuch   kerak   emas,   endi   ichki   kuchlar   yetadi.
Olamda   ro‘y   beradigan   xodisalar,   jarayonlar,   umuman   ziddiyatli   ekani
hammaga   ma’lum.   Tartiblik   va   tartibsizlik,   barqarorlik   va   beqarorlik,
uyg‘unlik va o‘zgaruvchanlik shu jumladandir.
2020 yil 8 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qatag‘on
qurbonlarining   merosini   yanada   chuqur   o‘rganish   va   ular   xotirasini
abadiylashtirishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»
Farmoyishi qabul qilindi.
Ushbu   hujjat   shubhasiz,   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   avvalo
ajdodlarimizning xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmatni bildiradi.
Zero,   mustabid   tuzum   tomonidan   qatag‘on   qilingan   davlat   va   jamoat
arboblari,   ilm-fan,   madaniyat   va   san’at,   adabiyot   namoyandalari,   oddiy
kasb   egasi   bo‘lgan   minglab   yurtdoshlarimizning   nomlari   va   xotirasini
abadiylashtirish,   ularning   jasorati   va   matonati   misolida   yosh   avlodni
vatanga   muhabbat   va   sadoqat   ruhida   tarbiyalash   dolzarb   vazifa
hisoblanadi.
Umuman   olganda,   mamlakatimizda   qatag‘on   qurboni   bo‘lgan   ota-
bobolarimizning hayoti va faoliyatini, xususan, jadidlar merosini  yanada
chuqur o‘rganish va ularning xotirasini  abadiylashtirish bo‘yicha muhim
farmon   va   qarorlar   qabul   qilingan.   Jumladan,   yurtimizda   2001   yildan buyon har yili 31 avgust – mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida
“ Qatag‘on   qurbonlarini   yod   etish   kuni ”   sifatida   keng   nishonlab
kelinmoqda.   “ Shahidlar   xotirasi ”   yodgorlik   majmuasi   barpo   etildi.
“ Shahidlar   xotirasi ”   jamoat   fondi,   Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   davlat
muzeyi   hamda   hududlardagi   oliy   ta’lim   muassasalari   qoshida   uning
bo‘limlari tashkil etildi.
Bundan   tashqari   so‘nggi   yillarda   o‘zbek   kinosida   yaratilgan
“ Islomxo‘ja ”,   “ Avloniy ”,   “ Ibrat ”   kabi   filmlar   nafaqat   mahalliy
jamoatchilik tomonidan, balki xorijda ham iliq kutib olindi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   o‘qituvchi   va
murabbiylar   kuniga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi
nutqida   jadidchilik   harakatining   davlatchiligimiz   tarixida   muhim
ahamiyatga egaligini   ta’kidlab o‘tdi.
Xususan,   Uchinchi   Renessansni   yigirmanchi   asrda   ma’rifatparvar   jadid
bobolarimiz amalga oshirishlari shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini
ham   qurbon   qilgani,   milliy   istiqlol,   taraqqiyot   va   farovonlikka,   ma’rifat
orqali,   dunyoviy   va   diniy   bilim,   zamonaviy   ilm-hunarlarni   chuqur
egallash orqali erishish mumkinligini aytib o‘tdi.
Xalqimizning   noyob   adabiy-badiiy   merosi   bugungi   kunda   yosh
avlodga   ulkan   ma’naviy   kuch   beradi .   Hozirgi   kundagi   keng   ko‘lamli
demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda
yangi   Uyg‘onish   davri,   ya’ni   Uchinchi   Renessans   poydevorini   yaratish
asosiy   maqsad   qilib   belgilandi.   Ta’lim   sohasida   amalga   oshirilayotgan
tub islohotlar, shubhasiz, bu yo‘ldagi dastlabki muhim qadamdir.
Zotan,   ilm-ma’rifat,   ta’lim   sohasini   rivojlantirish   –   har   qanday
taraqqiyotning   ildizidir .   Ta’limning   rivojlanishi   barcha   sohalarga
o‘zining   ijobiy   ta’sirini   o‘tkazadi.   Shu   nuqtai   nazardan,   jadidchilarning
ilm-ma’rifatga   chuqur   e’tibor   qaratishgani,   o‘z   harakatlarini   yangi maktablar ochish bilan boshlagani  bejizga emas.   Maorif   targ‘iboti   jadid
gazetalarida ko‘tarilgan asosiy mavzu bo‘lgan.
Davlat   Rahbari   tomonidan   qabul   qilingan   ushbu   Farmoyishda
ajdodlarimiz   tomonidan   qoldirilgan,   lekin   to‘liq   o‘rganilmagan   boy
merosni   yosh   avlodga   yetkazish ,   qatag‘on   qurbonlarining   hayoti   va
faoliyatini ilmiy tadqiq qilish, ular haqida ilmiy-tarixiy kitoblar, badiiy va
hujjatli filmlar yaratish kabi chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur   hujjat   o‘z   ichiga   milliy   qadriyatlarimizni   asrash,   yosh   avlodni
vatanparvarlik   hamda   o‘zbek   xalqining   merosiga   hurmat   ruhida
tarbiyalash   kabi   muhim   maqsadlarni   jamlagan.   Xususan,   bir   tomondan,
“ inson – aziz, xotira – muqaddas ” g‘oyasi asosida mustaqillik va adolat
tantanasi   uchun   kurashgan   fidoyi   ajdodlarimizning   xotirasiga   yuksak
ehtirom   ko‘rsatish,   ikkinchi   tomondan,   ma’rifatparvar   jadidlarning
ko‘rsatgan   jasorati   va   ibratli   faoliyatini   targ‘ib   etish   orqali   yoshlarda
g‘oyaviy immunitetning   shakllanishida   muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman   olganda,   hozirgi   kunda   turli   yot   g‘oyalar,   global   xavf-xatarlar
chuqur   ildiz   otib   borayotgan   davrda,   milliy   o‘zlikni   anglash,   haqiqiy
tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu   hujjat   shubhasiz,   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   avvalo
ajdodlarimizning xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmatni bildiradi.
Zero,   mustabid   tuzum   tomonidan   qatag‘on   qilingan   davlat   va   jamoat
arboblari,   ilm-fan,   madaniyat   va   san’at,   adabiyot   namoyandalari,   oddiy
kasb   egasi   bo‘lgan   minglab   yurtdoshlarimizning   nomlari   va   xotirasini
abadiylashtirish,   ularning   jasorati   va   matonati   misolida   yosh   avlodni
vatanga   muhabbat   va   sadoqat   ruhida   tarbiyalash   dolzarb   vazifa
hisoblanadi.
Umuman   olganda,   mamlakatimizda   qatag‘on   qurboni   bo‘lgan   ota-
bobolarimizning hayoti va faoliyatini, xususan, jadidlar merosini  yanada chuqur o‘rganish va ularning xotirasini  abadiylashtirish bo‘yicha muhim
farmon   va   qarorlar   qabul   qilingan.   Jumladan,   yurtimizda   2001   yildan
buyon har yili 31 avgust – mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida
“ Qatag‘on   qurbonlarini   yod   etish   kuni ”   sifatida   keng   nishonlab
kelinmoqda.   “ Shahidlar   xotirasi ”   yodgorlik   majmuasi   barpo   etildi.
“ Shahidlar   xotirasi ”   jamoat   fondi,   Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   davlat
muzeyi   hamda   hududlardagi   oliy   ta’lim   muassasalari   qoshida   uning
bo‘limlari tashkil etildi.
Bundan   tashqari   so‘nggi   yillarda   o‘zbek   kinosida   yaratilgan
“ Islomxo‘ja ”,   “ Avloniy ”,   “ Ibrat ”   kabi   filmlar   nafaqat   mahalliy
jamoatchilik tomonidan, balki xorijda ham iliq kutib olindi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   o‘qituvchi   va
murabbiylar   kuniga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi
nutqida   jadidchilik   harakatining   davlatchiligimiz   tarixida   muhim
ahamiyatga egaligini   ta’kidlab o‘tdi.
Xususan,   Uchinchi   Renessansni   yigirmanchi   asrda   ma’rifatparvar   jadid
bobolarimiz amalga oshirishlari shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini
ham   qurbon   qilgani,   milliy   istiqlol,   taraqqiyot   va   farovonlikka,   ma’rifat
orqali,   dunyoviy   va   diniy   bilim,   zamonaviy   ilm-hunarlarni   chuqur
egallash orqali erishish mumkinligini aytib o‘tdi.
Xalqimizning   noyob   adabiy-badiiy   merosi   bugungi   kunda   yosh
avlodga   ulkan   ma’naviy   kuch   beradi .   Hozirgi   kundagi   keng   ko‘lamli
demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda
yangi   Uyg‘onish   davri,   ya’ni   Uchinchi   Renessans   poydevorini   yaratish
asosiy   maqsad   qilib   belgilandi.   Ta’lim   sohasida   amalga   oshirilayotgan
tub islohotlar, shubhasiz, bu yo‘ldagi dastlabki muhim qadamdir.
Zotan,   ilm-ma’rifat,   ta’lim   sohasini   rivojlantirish   –   har   qanday
taraqqiyotning   ildizidir .   Ta’limning   rivojlanishi   barcha   sohalarga o‘zining   ijobiy   ta’sirini   o‘tkazadi.   Shu   nuqtai   nazardan,   jadidchilarning
ilm-ma’rifatga   chuqur   e’tibor   qaratishgani,   o‘z   harakatlarini   yangi
maktablar ochish bilan boshlagani bejizga emas.   Maorif targ‘iboti   jadid
gazetalarida ko‘tarilgan asosiy mavzu bo‘lgan.
Davlat   Rahbari   tomonidan   qabul   qilingan   ushbu   Farmoyishda
ajdodlarimiz   tomonidan   qoldirilgan,   lekin   to‘liq   o‘rganilmagan   boy
merosni   yosh   avlodga   yetkazish ,   qatag‘on   qurbonlarining   hayoti   va
faoliyatini ilmiy tadqiq qilish, ular haqida ilmiy-tarixiy kitoblar, badiiy va
hujjatli filmlar yaratish kabi chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur   hujjat   o‘z   ichiga   milliy   qadriyatlarimizni   asrash,   yosh   avlodni
vatanparvarlik   hamda   o‘zbek   xalqining   merosiga   hurmat   ruhida
tarbiyalash   kabi   muhim   maqsadlarni   jamlagan.   Xususan,   bir   tomondan,
“ inson – aziz, xotira – muqaddas ” g‘oyasi asosida mustaqillik va adolat
tantanasi   uchun   kurashgan   fidoyi   ajdodlarimizning   xotirasiga   yuksak
ehtirom   ko‘rsatish,   ikkinchi   tomondan,   ma’rifatparvar   jadidlarning
ko‘rsatgan   jasorati   va   ibratli   faoliyatini   targ‘ib   etish   orqali   yoshlarda
g‘oyaviy immunitetning shakllanishida   muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman   olganda,   hozirgi   kunda   turli   yot   g‘oyalar,   global   xavf-xatarlar
chuqur   ildiz   otib   borayotgan   davrda,   milliy   o‘zlikni   anglash,   haqiqiy
tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. XULOSA 
Xalqni unumdor yerlardan oqilona foydalanishga chaqiriladi va 
jamiyatda egologik dunyoqarashni oshirish zarurligiga alohida to‘htalib 
o‘tiladi. Shuningdek, ularda dehqonchilik ota-bobolarimizning azaliy 
foydalanib   kelingan   kasb-kori   ekanligi,   undan   foydaliroq   kasb   yo‘q
ekanligi, 
ye r-suvning qadri-qimmatini bilmoq zarurati, ayni paytda boshqa sohalar 
singari dehqonchilikni ham zamonaviy asoslarda qayta qurish va 
takomillashtirish lozimligi uqtiriladi. Jadid namoyondalarining ijtimoiy 
hayotga doir fikrlari jadidchilikning, ular olib borgan ma’rifatparvarlik 
kurashlarining   yangi   qirralarini   ochib   beradigan   muhim   masalalardan
biridir. 
Jadidlar ijtimoiy-madaniy hayotda insoniyat va xususan turkiy xalqlar 
e rishgan   ma’naviy-ma’rifiy   yutuqlarni   qadrlashga   va   avaylab   saqlashga,
shu 
bilan   birga,   rivojlangan   mamlakatlarga   qiyosan   olganda,   xalqimizning
madaniy 
rivojlanishda ortda oqsab qolayotgani sabablarini aniqlashga intildilar. 
Jadidchilik ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo‘lishining 
asosiy sababi bevosita Turkistonning ichki muhitining fenomeni bo‘lib, 
Rossiya   imperiyasining   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   O‘rta
Osiyoni 
istilo qilishi bilan va buning natijasida vujudga kelgan mudhish ijtimoiy- Adabiyotlar:
1. Xaken G. Sinergetika. M., 1980.
2.   Sistema   gumanitarnogo   i   sotsiolno   ekanomicheskogo   znaniya.   M.,
2001.
3. Kurdyumov S.P. Sinergetika nov ы e napravleniya. M., 1989.
4.   Sinergeticheskaya   paradigma.   Mnogoobrazie   poiskov   i   podxodov.M.:
2000.
5. Samoorganizatsiya i nauka: op ы t filosofskogo osm ы sleniya. M. 1994.

Sinergetika – bilishda fanlararo (umumiylik) yondashuv uslubi. Reja: 1. “Sinergetika” tushunchasi o‘z – o‘zidan tashkillanuvchi sistemalar haqidagi fan. 2. “Sistema” tushunchasi. Ochiq va yopiq, chiziqli va chiziqsiz sistemalar. 3. Sinergetikaning ob’ekti. Sinergetik yondashuvdagi yangilik.

1-masala . XX asrda yagni nazariy va amaliy fanlar kashf etildi. Ular: nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, molekulyar genetika, atom va termoyadro energetikasi, reaktiv aviatsiya, kosmonavtika, mikro – megafizika, sun’iy sentetik materiallar kimyosi, kibernetika – informatika, informatsion texnalogiyalar, sinergetika. Sinergetika XX asrning to‘rtinchi choragida ko‘zga ko‘rina boshladi. Sinergetikaning asoschisi Nobel mukofotining lauriyati, Belgiyalik fizik – kimyogar Ilya Prigojindir. Sinergetika atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, birgalik, birlashgan xolda, hamkorlik, ko‘maklashish, ishtirokchilik yoki ko‘maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atamaning qo‘llash izlarini isixazm – Vezantiyadagi mistik oqim faoliyatidan ham topish mumkin. U ilmiy tadqiqotlardan ko‘pincha muvofiqlashtirlgan xarakat, o‘zliksiz xamkorlik, birgalikda foydalanish, degan ma’nolarda qo‘llaniladi. 1973 yil nemis olimi G. Xaken o‘z –o‘zini tashkil etish muammolariga bag‘ishlangan birinchi konfirensiyada nutq so‘zlagan yil sinergetikaning tug‘ulgan yili xisoblanadi. G. Xaken “Sinergetika” asarida u ko‘pgina fanlarda – astralogiyadan tortib to sotsiologiyagacha – tizim alohida qismlarning birlashishi makrspkopik tuzulmalar yoki funksiyalarga olib kelinishini kuzatish mumkinligini qayd etadi. Sinergentika o‘zining hozirgi xolatida tizim tuzulmalari yoki funksiyalari makro darajada dramatik o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan vaziftlarga e’tiborni qaratadi. Jumladan, kichik tizimlar yoki qismlar o‘z–o‘zini tashkil etish jarayonlariga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni qanday amalga oshiradilar, degan savol uni ko‘proq qiziqtiradi. Tartibsizlik xolatidan tartibli xolatga o‘tishda bu tizimlarning barchasi o‘zini o‘xshash tarzda tutishi ajablanarli hol bo‘lib tuyuladi.

Xaken yangi fanni nima uchun “sinergetika” deb nomlaganini quyidagicha tushuntiradi. Birinchidan, unda “makroskopik darajada tuzilma va tegishli faoliyatni vujudga keltiradigan ko‘plab kichik tizimlarning birgalikdagi faoliyati tadqiq qilinadi”. Ikkinchidan, tizimlarning o‘z –o‘zini tashkil etish umumiy tamoyillarini topishga u turli fanlarni jalb etadi. Olimning fikricha, turli tabiatli tizimlarning bir xil o‘z – o‘zini tashkil etish tamoyillari mavjud, demak, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumuiy aniqlovchilarini topish to‘g‘risida so‘z yuritish lozim. Sinergetika aynan mana shu umumiy aniqlovchilarni topishga yo‘naltirilgan. Sinergetika o‘z –o‘zini tashkil etish, stixiyali, strukturogenez, chiziqsizlik, ochiq tizimlar singari asosli so‘zlar yordamida tavsiflanadi. Sinergetika ochiq, ya’ni tashqi muhit bilan modda, energiya va axborot almashuvchi tizimlarni o‘rganadi. Dunyoning sinergetik manzarasida ko‘pvariantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish xukm suradi. Borliq va shakllanish bir tushunchaga birlashadi. Vaqt yaratadi yoki boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funksiyani bajaradi. Sinergetika ilmi fizika, kimyo, biologiya, sotsiologiyaga o‘xshagan maxsus fan bo‘lmay, shu fanlarda uchraydigan o‘z –o‘zidan tashkillanish ilmidir. Sinergetikaning mohiyati shundan iborat. Ilgari jonli va jonsiz tabiatlar orasidagi farq mutloqlashtirilar edi, ular bir –biriga zid deb qaralar edi. Endi ma’lum bo‘ldiki, ular orasidagi umumiylik moddiylikkina emas, balki dialektika qonunlaridan tashqari ba’zi qonunlarning baravar hukmronligida bo‘lib chiqdi. Masalan, o‘z – o‘zidan tashkillanish qonuniyati fizika –yu biologiyada ham, jonivorlar to‘dasi –yu odamlar jamiyatida ham bir xil ekan. Sinergetikaning asosiy masalalaridan biri termodinamika bilan

evolyusion nazariya orasidagi kelishmovchilik muammosi bo‘ldi. Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni bo‘yicha sistema rivojlanmasdan so‘nib boradi, ayni shu paytda darvinizm ta’limoti bo‘yicha sistema rivojanib boradi. Sinergetika fani bu ziddiyatni hal qildi. Sinergetika fizika, biologiya va sotsiologiyaga qaraganda umumiyroq fan. Lekin dialektika, falsafa ilmi sinergetikaga qaraganda yanada umumiyroq. Sinergetika hech vaqt falsafa fani darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Chunki, sinergetikaning asosiy ob’ekti bo‘lgan o‘z –o‘zidan tashkillanish bir tomondan dialektika qonuniyatiga, ziddiyat qonuniga bo‘ysunadi, ikkinchi sinergetika falsafa singari bilish nazariyasi, dunyoqarashi, ob’ek – sub’ek muammolari bilan shug‘ullanmaydi. Darhaqiqat, materiya –ong, moddiylik – ma’naviylik, yaxshi –yomon, eski- yangi, progress – regress, e’tirof – inkor, miqdor – sifat kabi ziddiyatlar sinergetika doirasiga sig‘maydi –da dialektika mazmuniga kiradi. 2-masala . Sinergetika har bir narsani sistema deb qaraydi. Sistemani ikki toifaga ajratadi: biri – yopiq sistema, ikkinchisi – ochiq sistema. Olamdagi jonsiz sistemalar yopiq, jonli sistemalar ochiq deb xisoblanadi. O‘z – o‘zidan tashkil topish, tashkillanish, asosan, ochiq sistemaga taalluqli deyiladi. Sinergetikada bu masala tartiblilik va tartibsizlik, chiziqlilik va chiziqsizlik, barqarorlik va beqarorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va qaytishi, befurkatsiya va fluktuatsiya, energiya va entropiya, sababiyat va oqibat, qonuniyat va tasodif, tabiat va jamiyat munosabatlari misollarida bayon etiladi. Sinergetikaning mazmuni shu masalalardan iborat. “Sistema” so‘zi grekcha bo‘lib “butun”, “qo‘shma”, “birlashma”, “yig‘ma”, “uyushma” ma’nolarini anglatadi. Bu oddiy yig‘inda emas, balki o‘zaro bog‘lanishda va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan qismlardan,

elementlardan tashkil topgan majmuadir. Masalan, dasturxondagi noz – ne’matlar yig‘indisi sistema emas, ota, ona va farzandlardan tashkil topgan oila sistemadir, chunki ular orasida o‘zaro ta’sir bog‘lanishi bor. “Quyosh sistemasi” ham shunga o‘xshash. Odam miyasi o‘zaro bog‘langan milliardlab nerv xujayralaridan tashkil topgan. Bir neyron minglab boshqasi bilan bevosita aloqada. Gegel sistema xususiyatiga alohida e’tibor bergan. Uning fikricha, olamdagi narsalar sistemalardan iborat bo‘lgani uchun ularni bilish ham sistema shaklida bo‘lishi kerak. Sistemani bilish uchun uning elementlarini va ular orasidagi bog‘lanish xususiyatlarini bilish lozim. Bu esa dialektikaning talabidir. Sistemani har xil jihatdan klassifikatsiya qilish mumkin. Masalan, statik va dinamik, jonli va jonsiz, ochiq va yopiq. Statik sistema vaqt davomida muvozanatda, dinamik sistema esa, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishda. Masalan, tosh, tog‘ jinsi, bino karkasi, statik sistemalardir. Tirik organizm, Quyosh sistemasi, chumolilar tudasi, asalarilar hamjixatligi dinamik sistemalardir. Ochiq sistema yopiq sistemadan nima bilan farq qiladi? Farqi avvalo shundaki, yopiq sistemaga tashqaridan modda, energiya, informatsiya kirmaydi va undan ular chiqmaydi, deb xisoblanadi. Ochiq sistemaga ular kiradi, lekin, nima uchundir sinergetika asoschilari chiqishi haqida gapirmaydilar. O.Tofflerning ta’kidlashicha, biologik va sotsial sistemalar ochiq sistemalardir. Ammo ochiq sistemalar matematik modellarni yopiq desa bo‘ladi. Klassik fizika asosan yopiq sistemalarga e’tibor bergan. Sinergetikadagi sistemalar ochiqdir. Ochiq sistemaga – tashqaridan hamma narsa kirib kelavermaydi. Faqat faol hisoblanadigan energiya, modda va informatsiyalar kiradi.