logo

DIALEKTIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI TASNIFI

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

49.474609375 KB
  DIALEKTIKANING  ASOSIY   KATEGORIYALARI TASNIFI
Reja:
1.Dialektikaning  kategoriyalarga bo'linishi va ularning mohiyati.
2.Kategoriya o'zi nima?
3.Dialektikada tushunchalarning o'rni.
Tayanch   iboralar:   Kategoriyalar,xususiy-ilmiy,falsafiy,yakkalik,xususiylik,
umumiylik,   mohiyat,  hodisa,   mazmun,   shakl,   butun   ,  qism,   sistema,   element,
struktura, sabab, oqibat, bahona, shart, abstrakt, muayyan imkoniyat.
          Fan   kategoriyalari   tabiiy   til   tushunchalaridan   ancha   farq   qiladigan   so’zlar
bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan
o’zlashtiriladi,   ba’zan   ular   mazkur   hodisani   kashf   etgan   olimning   ismi   bilan
ataladi. Ilgari ma’lum bo’lmagan hodisani ifodalash uchun sun’iy tarzda yaratilgan
so’zlar – neologizmlar  ham  ancha ko’p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o’laroq, fan
tushunchalari   va   kategoriyalari   atamalar   (terminlar)   hisoblanadi,   ya’ni   erkin
talqinga yo’l qo’ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo’ladi. 
Har   qanday   fan   borliqning   muayyan   tomonlarini   o’rganar   ekan,   albatta   o’z
kategoriyalar   apparatini   shakllantiradi.   Matematika   «son»,   «differensial»,
«integral»   kabi   kategoriyalar   bilan   bog’liq.   Biologiyada   «tur»,   «irsiyat»,
«o’zgaruvchanlik»   kabi   kategoriyalar   mavjud.   Ammo,   muayyan   fanlarning
kategoriyalari   ma’lum   darajada   umumiy   bo’lsa-da,   borliqning   ayrim
sohalaridagina   qo’llaniladi   va   mazkur   sohalarga   xos   bo’lgan   aloqalar   va
munosabatlarni aks ettiradi
Xususiy   ilmiy   kategoriyalar   alohida   olingan   xususiy   ilmiy   anlarda
qo’llaniladigan,   mohiyat   nuqtai   nazaridan   boshqa   fanlarda   qo’llanilishi   mumkin
bo’lmagan   kategoriyalardir.   Masalan,   fizika,   kimyo   geologiya,   geografiya   fanlari
kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy   kategoriyalar   fan   kategoriyalaridan   butunlay   farq   qiladi.   Falsafiy
kategoriyalarning muhim xususiyati, ular o’ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni
shu   sababli   falsafiy   kategoriyalar   hyech   qachon   hajman   cheklangan   tabiiy   til
tushunchalari   darajasida   soddalashtirilishi   mumkin   emas.   Tushunchalar   sifatida
1 kategoriyalar   fikrlashning   zaruriy   shakllari   hisoblanadi.   O’ta   keng   tushunchalar
sifatida   ular   universal   qo’llanish   va   butun   olamni   tavsiflashga   da’vogar   bo’lishi
mumkin.   Shu   boisdan   falsafiy   kategoriyalar   dunyoning   manzarasini   yaratish
vositasi   bo’lib   xizmat   qiladiki,   bu,   umuman   olganda,   falsafaning   bosh   vazifasi
hisoblanadi.   Har   qanday   tushunchalar   kabi,   kategoriyalar   instrumental   funksiyani
bajaradi,   fikrlash   omili   va   vositasi   sifatida   amal   qiladi.   Shuningdek   falsafiy
kategoriyalar   insonning   turli   hodisalarni   bilish   va   o’zlashtirish   usuli   sifatida   ham
instrumental funksiyani  bajaradi. Falsafiy kategoriyalar  ilmiy bilishning muayyan
metodologiyasini,   umuman   borliqni,   ayniqsa   inson   borlig’ini   tushunish
me’yorlarini   yaratish   orqali   normativ   funksiyani   ham   bajaradi.   Kategoriyalarning
ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda
kategoriyalarda   qayd   etiladi,   kategoriyalar   shakl-shamoyilini   kasb   etadi.   Ular   fan
tarkibining   zaruriy   qismi   hisoblanadi.   Zero   fan   obyekti   faqat   kategoriyalar
yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin. 
Falsafaning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi   jarayonida   falsafiy   bilish
predmetining   o’ziga   xosligini   va   falsafiy   tafakkur   xususiyatlarini   aks   ettiruvchi
kategoriyalar   tizimi   mavjud .   Ularni   mazmunan   talqin   qilish   dunyoqarashning
shakllanish jarayoni  bilan uzviy bog’liq bo’lib, fan, falsafa va umuman ma’naviy
madaniyatning  rivojlanishiga   qarab  o’zgarib  boradi.  Falsafiy  kategoriyalar   tarkibi
ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari
mavjud   bo’lmagan   yangi   jarayonlar   va   hodisalar   vujudga   kelishi   bilan   bog’liq
ijtimoiy   rivojlanish   tegishli   tarzda   falsafiy   idrok   etiladiki,   bu   falsafaning
tushunchalar   apparatini   yanada   boyitadi.   Falsafiy   tushunchalar   va   kategoriyalar
bilan   ish   ko’rish   mahoratini   o’zlashtirish   talabaning   falsafiy   madaniyatini,
umuman   fikrlash   madaniyatini   shakllantirishning   muhim   shartlaridan   biri
hisoblanadi. 
Falsafiy   kategoriyalar   –   borliqning   umumiy,   muhim   tomonlari,   xossalari,
aloqalari   va   munosabatlari   haqida   fikrlash   uchun   qo’llaniladigan   o’ta   keng
tushunchalar   majmuidir.   Falsafiy   kategoriyalar   tizimida   shartli   ravishda   uch
muhim guruhni farqlash mumkin. 
2 1.   Falsafiy   kategoriyalarning   birinchi   va   eng   muhim   guruhi   –   har   qanday
falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar. Bular
borliq   kategoriyalaridir   (falsafiy   adabiyotlarda   bu   kategoriyalarni   dialektika
kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2.   Ikkinchi   guruhni   falsafaning   turli   bo’limlariga   tegishli   bo’lgan   maxsus
kategoriyalar   tashkil   etadi.   Masalan,   ontologiya   borliq   va   yo’qlik,   substansiya,
dunyoning   birligi,   materiya,   ong,   makon,   vaqt,   harakat   kabi   kategoriyalar
mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya,
antropologiya,   praksiologiya,   ijtimoiy   falsafa,   globallashuv   falsafasi   ham   o’z
kategoriyalar apparatiga egadir. 
3.   Uchinchi   guruhni   maxsus   falsafiy   fanlar:   mantiq,   axloq   (etika),   estetika
kategoriyalari   tashkil   etadi.   Masalan,   axloq   fanida   falsafiy   bilimning   ayni   shu
sohasi   va   falsafaning   axloq   bilan   turdosh   bo’limlari   –   antropologiya,   ijtimoiy
falsafa,   aksiologiyaga   xos   bo’lgan   kategoriyalar   tizimi   (yaxshilik   va   yomonlik,
sha’n   va   qadr-qimmat,   hayot   ma’nosi,   baxt   va   boshqalar)   vujudga   kelgan.
Tushunchalar,   mulohazalar,   mushohadalar,   dalillash   va   hokazolar   mantiq
kategoriyalari   hisoblanadi.   Estetikada   go’zallik   va   xunuklik,   fojeaviylik   va
kulgililik,   ulug’vorlik   va   tubanlik   kabi   kategoriyalar   qo’llaniladi.   Biz   esa
falsafaning umumiy kategoriyalarini ko’rib chiqamiz.
Falsafa   kategoriyalari   muayyan   fanlarning   kategoriyalaridan   ancha   farq
qiladi.   Bu   farq   shundan   iboratki,   dialektika   kategoriyalari   obyektiv   dunyo
hodisalari   turkumlarining   muhim   xossalari   va   aloqalarinigina   emas,   balki   barcha
moddiy jarayonlarga xos  bo’lgan eng  umumiy xossalar  va aloqalarni  aks  ettiradi.
Shunday   qilib,   dialektika   kategoriyalari   obyektiv   dunyoni   ideal   aks   ettirishning
o’ta   keng   shakllari   bo’lib,   ular   voqyelikni   bilish   va   ma’naviy-amaliy
o’zgartirishning asosiy prinsiplari bo’lib xizmat qiladi. 
Dialektika   kategoriyalarini   ikki   turga   ajratish   mumkin:   substansion
kategoriyalar   va   munosabatdosh   kategoriyalar.   Substansion   kategoriyalar   –   bu
boshqa   kategoriyalardan   qat’i y   nazar,   alohida-alohida   qo’llaniladigan
kategoriyalar.   Bunday   kategoriyalar   qatoriga   «borliq»,   «materiya»,   «harakat»,
3 «rivojlanish»,   «makon»,   «vaqt»,   «ziddiyat»   va   hokazolar   kiradi.   Ular   obyektiv
voqyelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning
boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini
bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalarga kelsak, ular biri ikkinchisi bilan uyg’un
bog’liq   bo’lib,   bilish   jarayonida   biri   ikkinchisini   nazarda   tutadi;   ularning   biri
haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday
kategoriyalar   qatoriga   quyidagilar   kiradi:   yakkalik   va   umumiylik;   hodisa   va
mohiyat; shakl  va mazmun;  qism  va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat;
imkoniyat va voqyelik. 
B iz falsafa  kategoriyalar i ni batafsilroq ko’rib chiqamiz. 
Yakkalik,   xususiylik   va   umumiylik   Bu   falsafiy   kategoriyalar   borliq
narsalari va hodisalarining dialektik birligini  va ularning o’rtasidagi  tafovutni  aks
ettiradi .   Kundalik   hayotda   biz   «yakka»,   «xususiy»,   «umumiy»   tushunchalarini
ko’p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo’lib tuyuladi.
Ammo   mazkur   tushunchalar   bilan   ifodalanadigan   predmet   yoki   predmetlar
turkumini  topishga  harakat  qilganimiz zahoti  katta qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Masalan  unga ikkita bolaning suhbatini  asos bo’lishi  mumkin:
- Umringda hyech qushni ko’rganmisan?
- Ha, ko’rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi). 
-   E,   bu   qush   emas,   kanareyka-ku.   Kanareykani   ham   sen   hyech   qachon
ko’rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko’rgansan. 
Sog’lom   fikr   kanareykada   qushni   ko’rgan   bola   u   hyech   qachon   qushni
ko’rmaganini   aytayotgan   boladan   ko’proq   haq   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ammo
umuman   qush,   meva,   daraxt i ni   ko’rganini   kim   uzil-kesil   qayd   eta   oladi?   Biz   bu
qush,   bu   daraxt,   bu   mevani   o’z   tajribamizda   ko’rganimiz   hyech   qanday   shubha
uyg’otmaydi.   Umumiy   tushunchalar   amalda   obyektiv   mazmunga   ega   yoki   ega
emasligi   falsafa   tarixida   qizg’in   munozaralarga   sabab   bo’lgan.   Umumiy
tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs O’rta asrlardan beri davom etib keladi.
Umumiy   tushunchalar   amalda   mavjudmi?   Nima   haqiqiy   borliq   hisoblanadi   –
yakkalikmi   yoki   umumiylikmi?   Umumiylik   va   yakkalik   munosabati   hodisalar
4 xossalarining   emas,   balki   hodisalarning   munosabati   sifatida   qaraladigan
darsliklarga   hozir   ham   duch   kelish   mumkin.   Xo’sh,   bugungi   kunda   falsafada
mazkur masala qanday yechilmoqda?
Ayrimlik ,   ya kkalik,   xususiylik   va   umumiylik   kategoriyalari   borliq   narsalari
va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi
hisoblanadi.   Ayrimlik   tushunchasi   zikr   etilgan   kategoriyalar   mazmunini   ochib
beruvchi asosiy tushunchadir. Ayrimlik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni
borliqning   nisbatan   mustaqil,   sifat   jihatidan   muayyan   parchasi.   U   xossalar
to’plamiga ega. 
U mumiylik   a yrim   narsaning   muayyan   turkumga   mansub   barcha   narsalar
bilan o’xshashligini belgilovchi xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi.
Yakkalik   –   faqat   mazkur   obyektga   xos   bo’lgan   xossalarni   ifodalovchi
kategoriya.   Yakkalik   ayrim   narsalar   nisbatan   mustaqil   mavjudligini   ham,   mazkur
narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi. 
Umumiylik   yakka   narsaning   mohiyatini   aks   ettiradi.   Umumiylikni   faqat
mohiyatni   aniqlash   orqali   ochib   berish   mumkin.   Yakkaliksiz   umumiylik   sezgilar
darajasida   idrok   etiladigan   belgilardan,   ayrimlikning   betakror   individualligi,
boyligidan mahrum bo’lgan abstraksiya bo’lib qoladi. Yakkalik va umumiylikning
keltiriladigan   ta’riflari   ularni   ayni   bir   ayrim   obyektning   tomonlari   sifatida
tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning
mavjudlik   shakli   sifatida   tavsiflanadi.   Irsiyat   va   o’zgaruvchanlik   –   butun
tiriklikning   umumiy   xossalari.   Ammo   oqsilning   kimyoviy   tarkibi   va   ayniqsa
tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa
jonzotdan   farqlash   imkonini   beruvchi   birdan-bir   xossadir.   Mantiqda   yakkalik   va
umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq
predmet,   yakkalik   tushunchasida   esa   –   bitta   predmet   tushuniladi.   Grammatik
jihatdan   umumiylik   turdosh   ot   bilan,   yakkalik   esa   –   atoqli   ot   bilan   ifodalanadi.
Falsafada   yakkalik   va   umumiylik   borliq   hodisalarining   o’xshashligi   va   farqlarini
belgilovchi xossalardir. 
5 O’rta   asrlar   falsafasida   umumiy   tushunchalar   tabiati   haqidagi   masala
atrofidagi  bahs  uning ishtirokchilari  realistlar  va nominalistlarga bo’linishiga olib
keldi.   Realistlar   umumiylikni   yakkalikdan   ajratib,   umumiylikni   mustaqil   holda
mavjud   hodisa   sifatida,   narsalar   paydo   bo’lgunga   qadar   –   narsalarning   (Xudo
aqlidagi)  ilk timsoli  sifatida,  narsalarda  – Xudoning ro’yobga chiqarilgan g’oyasi
sifatida   talqin   qilganlar.   Shunday   qilib,   realistlar   fikricha   umumiylik   narsalarga
qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g’oyasi sifatida mavjud
bo’ladi. Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy
tushunchalar   esa,   ayrim   narsalarning   nomlari,   xolos,   deb   hisoblaganlar.   Mazkur
tasavvurlar   aks   sadosiga   bugungi   kunda   ham,   masalan,   umumiylik   obyektlar
to’plami   bilan,   yakkalik   esa   –   bitta   predmet   bilan   tenglashtirilgan   holda   duch
kelish   mumkin.   Amalda   umumiylik   va   yakkalik   kategoriyalari   obyektlarni   emas,
balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo’lgan xossalarini
aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o’ziga xosdir, chunki ularning har
bir   obyektdagi   ko’rinishi,   uyg’unligi,   birining   ikkinchisidan   ustunligi   betakrordir.
Shu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir. 
Xususan,   «yakkalik»   kategoriyasi   narsada,   hodisada   faqat   shu   narsaga,
hodisaga xos bo’lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar
o’rtasida   muayyan   sifat   jihati   doirasida   amalda   mavjud   bo’lgan   ayniylikdir.
Yakkalik   ham,   umumiylik   ham   mustaqil   mavjud   bo’lmaydi.   Ayrim   narsalar,
hodisalar,   jarayonlar   mustaqil   mavjud   bo’ladi.   Umumiylik   ham,   yakkalik   ham
faqat   ayrim   narsa   yoki   hodisadagina   mavjuddir.   Har   qanday   ayrim   narsa   yoki
hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida u ham yakkalik,
ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi,
elementi   hisoblanadi,   chunki   u   ayrim   narsa   yoki   hodisani   to’liq   emas,   balki   bir
yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik o’z mohiyatiga
ko’ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning
mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi. 
Xususiylik.   «Xususiylik»   yakkalik   va   umumiylik   o’rtasidagi   oraliq
kategoriya   hisoblanadi.   Xususiylik   –   yakkaga   nisbatan   umumiy   bo’lgan   va
6 umumiyga   nisbatan   yakka   bo’lgan   narsa   yoki   hodisa.   Masalan:   modda   (qonun
moddasi)   –   yakka;   qonun   –   xususiy;   huquq   -   umumiy.   « Q onun»   tushunchasi
«modda» tushunchasiga  nisbatan umumiydir. O’z navbatida «qonun» tushunchasi
«huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik,   xususiylik   va   umumiylik   kategoriyalari   bilish   jarayonida   uning
tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o’ynaydi. 
Mohiyat va hodisa.  Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi
va   ularning   har   biri   obyektni   anglab   yetishning   chuqurlik   darajasini   aks   ettiradi.
Mohiyat   obyektiv   borliqning   ichki,   nisbatan   yashirin   va   barqaror   tomonini
ifodalash uchun mo’ljallangan bo’lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga
xos   bo’lgan   qonuniyatlarini   belgilaydi.   Hodisa   –   bu   narsada,   jarayonda
qarshimizda bevosita namoyon bo’luvchi xossalar, tomonlar yi g’ indisini ifodalash
uchun mo’ljallangan kategoriya
  Hozirgi  falsafiy  adabiyotlarda mohiyat   predmet   borlig’i  barcha  rang-barang
va   qarama-qarshi   shakllarining   barqaror   birligidan   iborat   bo’lgan   predmetning
ichki   mazmuni   sifatida   tavsiflanadi.   Mohiyat   har   qanday   sistemaning   asosiy
jihatlari   va   tendensiyalarini   belgilovchi   teran   aloqalar,   munosabatlar,   xossalar   va
ichki   qonunlar   majmuidir.   Muayyan   mohiyatsiz   jism,   jarayon   bo’lmaganidek,
muayyan hodisada o’z ifodasini topmagan mohiyat ham bo’lishi mumkin emas. 
Falsafada hodisaning ikki ma’nosi  shakllangan. Birinchidan, hodisa deganda
voqyea, tabiat va jamiyatdagi jarayonlar tushuniladi. U mazkur jarayonlar bizning
ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor
yog’ishi,   suv   toshishi,   yer   qimirlashi,   vulqon   otilishi   –   bularning   barchasi   tabiat
hodisalaridir. Inson  tabiat  hodisalarini  tushunish,  tushuntirishga  harakat  qilgan va
ularning   o’z   ongidagi   in’ikosi   bilan   amaldagi   ifodasi   o’rtasida   muayyan   farq
mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok
etadigan   va   pirovard   natijada   uni   aldaydigan   yuzaki,   o’zgaruvchan   jihatlari
tavsiflaydi. Shu tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy
ma’nosiga ega bo’ladi.
7 Ikkinchidan   h odisa   –   mohiyatni   aniqlash   usuli.   U,   odatda,   narsalar   o’zaro
ta’sirga   kirishganida,   mohiyat   o’zini   namoyon   etishi   natijasida   yuz   beradi.   Narsa
qanday   bo’lsa,   ko’rsatilgan   aloqalar   va   o’zaro   ta’sirlar   xususiyati   ham   shunday
bo’ladi.   Masalan,   yirtqich   hayvon   uni   o’txo’r   hayvonga   aylantirishga   qancha
urinmasinlar,   baribir   yirtqich   bo’lib   qoladi.   Ammo   u   qanday   muhitda   va   o’z
ishtahasining   qaysi   potensial   qurboni   bilan   to’qnash   kelishiga   qarab,   uning   xulq-
atvori   o’zgaradi.   Ayni   shu   sababli   hodisa   narsaning   mohiyatini,   uning   muayyan
ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi. 
Haqiqiylik   mezoniga   javob   beruvchi   bilimni   olish   bilishning   muhim
vazifasidir.   Bunday   bilim   o’rganilayotgan   narsaning   mohiyatiga   kirish   demakdir.
Mohiyatni   bilish   rivojlanishning   asosiy   jihatlari   va   tendensiyalarini   belgilaydigan
teran   aloqalar,   munosabatlar   va   qonunlarni   aniqlashni   nazarda   tutadi.   Tabiatning
mohiyati   cheksiz-chegarasiz   bo’lgani   bois,   uni   bilish   jarayoni   ham   cheksizdir.
Mohiyat   tushunchasi   bilishni   to’liq,   mukammal   bilimga   erishishga   yo’naltiruvchi
tartibga   solish   tamoyili   ahamiyatiga   egadir.   Hodisa   tushunchasi   mohiyatni   bilish
usulini   ko’rsatadi   va   shu   boisdan   metodologik   ahamiyat   kasb   etadi.
O’rganilayotgan obyekt o’zi uchun g’ayrioddiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy
eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o’z shakllanishi va
faoliyatining   ilgari   noma’lum   bo’lgan   qonunlarini   kashf   etishi   tasodifiy   bir   hol
emas. 
Mohiyat va mavjudlik.  Platon mohiyatni narsalarning moddiy-hissiy borlig’i
bilan   bog’lash   mumkin   bo’lmagan   g’oya   sifatida   tavsiflagan.   Har   qanday   g’oya
kabi,   mohiyat   nomoddiy,   o’zgarmas   va   boqiydir.   Aristotel   mohiyat   deganda
narsalar   borlig’ining   abadiy   tamoyilini   tushungan.   Narsaning   mohiyati   qotib
qolgan materiya bilan emas, balki shakl bilan belgilanishiga uning ishonchi komil
bo’lgan.   Ma’lumki,   antik   an’anada   «shakl»   va   «g’oya»   tushunchalari   bir   xil
ma’noga ega. Biroq, Platondan farqli o’laroq, Aristotel shakl (g’oya) va materiyani
bir-biridan   ajratmaydi,   balki   ularning   uzviy   aloqasini   qayd   etadi.   O’rta   asrlarda
mohiyat va mavjudlik o’rtasidagi farq anglab yetiladi. Mohiyat muayyan maqsad,
8 mo’ljalni   o’zida   mujassamlashtiradi,   mohiyatni   bilish   esa   uning   tub   negiziga
muvofiq bo’lgan ta’rifda ifodalanadi. 
O’rta   asrlar   falsafasida   qayd   etilgan   mohiyat   va   mavjudlik   o’rtasidagi   farq
keyinchalik   mohiyat   va   hodisaning   nomuvofiqligi   sifatida   talqin   qilingan.   Bu
nomuvofiqlik tasodifiy, o’tkinchi bo’lishi va asosiy tamoyilni, ya’ni narsani uning
muhim xossalari bilan yaratgan Tangri niyatini tushunishdan chalg’itishi mumkin. 
Mohiyat va hodisa o’rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo’ladi:
a)   mohiyat   va   hodisa   bir-biri   bilan   uzviy   bog’liq.   Hodisa   o’zida
mujassamlashgan narsa, ya’ni mohiyatsiz mavjud bo’la olmaydi. Mohiyatda u yoki
bu tarzda namoyon bo’lmaydigan narsaning o’zi yo’q;
b)   mohiyat   va   hodisaning   birligi   ularning   o’zaro   mosligi,   ayniyligini
anglatmaydi.   Mohiyat   doimo   hodisa   ortida   yashirinib   yotadi.   Agar   narsalarning
namoyon   bo’lish   shakli   va   mohiyati   bevosita   mos   kelganida,   fanga   hojat   qolmas
edi;
v)   hodisa   mohiyatga   qaraganda   faolroq   va   jo’shqinroq,   mohiyat   esa
barqarorroq   va   turg’unroq   -   u   barcha   o’zgarishlarda   saqlanib   qoladi.   Ammo,
hodisaga nisbatan barqarorroq bo’lgan mohiyat mutlaqo o’zgarishsiz qolmaydi;
g) hodisa mohiyatga qaraganda boyroq. U obyekt muhim aloqalarining ichki
mazmuninigina   emas,   balki   bu   obyektning   har   qanday   tasodifiy   munosabatlari,
alohida jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Mohiyat va hodisa o’zaro munosabatlarining bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini
qayd   etuvchi   o’ziga   xos   shakli   zohiriylikdir.   U   bizning   sezgilarimiz   narsalarning
mohiyatini,   aniqroq   aytganda   mohiyatning   biron-bir   jihatini   bir   yoqlama   noaniq
aks   ettirishini   anglatadi.   Ilmiy   bilishning   maqsadi   narsalar   va   hodisalarning
zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan iborat. 
Mazmun   va   shakl .   Mazmun   va   shakl   tushunchalari,   ularning   dialektikasi
qadimdayoq   sinchiklab   o’rganilgan.   Uyg’unlik,   go’zallik,   mutanosiblik   tuyg’usi,
aql   va   tananing   barkamolligi   qadimgi   yunonlar   uchun   juda   muhim   bo’lgan.
Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go’zal shakl-shamoyil
kasb   etishiga   imkoniyat   yaratadigan   g’oya   tushunchasining   sinonimi   sanalgan.
9 Aristotel   g’oya,   ya’ni   shaklni   materiya   bilan   uzviy   deb   hisoblagan.   Qadimgi
Yunonistonda   mazmun   va   shakl   muammosi   qo’yilgan   bo’lsa,   keyingi   ming
yillikda bu muammoni turli yo’nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi. 
Mazmun.   Mantiqda   mazmun   tushunchasi   uning   muhim   belgilari   majmuini
anglatadi.   Falsafada   mazmun   narsaning   negizini   tashkil   etadigan,   uning
mavjudligi,   rivojlanishi   va   shakllarining   o’zgarishini   belgilaydigan   qismlar,
elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko’rib turganimizdek,
mantiq   va   falsafadagi   mazmun   tushunchalari   bir-birini   istisno   etmaydi,   balki   bir-
birini   to’ldiradi.   Mazmun   –   mazkur   narsa,   jarayon,   hodisani   belgilovchi
elementlar,   tomonlar,   xossalar,   aloqalar   va   tendensiyalarning   yig’indisi.   Har
qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham
tavsiflanadi. 
Shakl   –   bu   narsalar   va   jarayonlarning   mazmunini   belgilovchi   tomonlar,
xossalar va aloqalarni uyushtirish usuli. Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu
elementlar   o’rtasidagi   barqaror   ichki   aloqalarni   uyushtirishning   unga   yaxlitlik
sifatida   namoyon   bo’lishi   va   o’ziga   xos   bo’lgan   barcha   funksiyalarni   bajarish
imkonini beruvchi usuli. 
Shakl  – narsaning  tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish,
bir-biri va tashqi omillar bilan o’zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa.
Shakl,-deydi   Ibn   Sino,-jismlarning   mavjudligi   qanday   bo’lsa,   shunday   saqlanishi
yoki   boshlang’ich   materiyaning   konkret   jismga   aylanishidir.   Shakl-   tabiiy   kuch
sifatida   anorganik   jismlarni   harakatga   keltiradi:   o’simlik,   hayvon,   odam,   kosmik
ruhni   harakatga  keltiradigan   tabiiy  jismlar   shaklidir.  Shakl-jismdan   konkret   narsa
va   predmet   hosil   bo’lishidir.   Shakl-jismlarning   alohida   xususiyati   bo’lib,   konkret
yashash   tarzini   belgilaydi.   Shakl   umumiy   nom   bo’lib,   narsa   turini,   narsaning
mavjudligini, ikkinchi  marta takomillashishini,  mavjudligi  va o’rinli  aktuallanishi
bildiradi. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o’rin egallaydi. Masalan,
olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o’tadi. Shakl tufayli jism
jism bo’la oladi.
10 Mazmun   va   shakl   tushunchalariga   berilgan   ta’riflarning   o’zidayoq   biz
ularning o’xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning
ham,   shaklning   ham   zaruriy   komponenti.   Shu   sababli   mazmunni   shakldan   faqat
abstrakt   nuqtai   nazardangina   ajratish   mumkin.   Ikki   o’xshash   mazmunni
taqqoslashgina   shakl   omillarini   farqlash   imkonini   beradi.   Nafaqat   mazmun
«shakldor»,  balki   shakl   ham   mazmunlidir.   Shu   sababli   ayni   bir   jihat,  element   bir
vaqtning   o’zida   bir   predmetning   shakli   ham,   boshqa   predmetning   mazmuni   ham
bo’lishi mumkin. 
Shakl va mazmunning o’zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki
qarama-qarshi   tomonlari   bir-biriga   o’zaro   ta’sir   ko’rsatadi.   Qadimda   mazmun   va
shakl   dialektikasida   shakl   ustun   qo’yilgan,   uning   yordamida   narsa   o’z   g’oyasi
(shakli)   yoki   vazifasi   (maqsadi)ga   muvofiq   bo’lgan   muayyan   borliq   sifatida
mavjud   bo’ladi,   deb   hisoblangan.   Keyinchalik   fanning   rivojlanishi   va   uning
falsafaga   ta’siri   kuchayishi   bilan   mazmun   va   shaklning   aloqasi   haqidagi
tasavvurga   ham   aniqlik   kiritilgan.   Oddiy   sog’lom   fikr   bizga   shakl   nimaningdir,
ya’ni muayyan mazmunning shakli bo’lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hyech
qanday   ahamiyat   kasb   etmasligini   ko’rsatadi.   Shu   sababli   formalizm   tanqidi
mutlaqo   o’rinlidir.   Masalan,   san’atda   «sof   shakllar»   bilan   o’yin   qilishga   urinish
shuning   uchun   ham   muvaffaqiyatsizlikka   uchraydiki,   o’zini   formalist   deb
hisoblovchi  iste’dodli san’atkor  asarida mazmun baribir  mavjud bo’ladi.   Davlatni
boshqarishda formalizm turlaridan biri  sanalgan  byurokratizm bilan ham shunday
hol   yuz   beradi.   O’z   faoliyatini   sof   formal   qoidalarga   bo’ysundiruvchi,   sog’lom
fikrga   son-sanoqsiz   to’siqlar   o’rnatuvchi   byurokrat   amalda   hokimiyat   vakolatlari
birdan-bir   maqsad   sanalgan   muayyan   davlat   tizimining   vakili   hisoblanadi.
Formalizmning   yana   bir   ko’rinishi   huquqning   pozitivistik   talqini   bo’lib,   unga
binoan   huquq   iqtisodiy,   siyosiy,   axloqiy   yoki   o’zgacha   asoslashga   muhtoj
bo’lmagan oliy asosdir. Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining
o’zboshimchaligiga   keng   yo’l   ochadi.   Natijada   davlatda   nohuquqiy   qonunlar
ustuvorligi qaror topadi. 
11 N arsa   shaklsiz   ham   mavjud   bo’lmaydi.   Shuningdek,   shakl   mazmunga   faol
ta’sir ko’rsatadi, narsaga unda mavjud bo’lmagan xossalarni baxsh etadi.  Masalan ,
ko’mir,   grafit   va   olmosni   olaylik.   Ularning   farqi   –   faqat   molekula   strukturasida,
ya’ni   shaklda.   Ammo   hyech   kim   bu   moddalarni   bir-biriga   o’xshatmaydi.   Xullas,
shakl   mazmunga   faol   ta’sir   ko’rsatib,   yo   uni   takomillashtiradi,   yo   o’zini   to’la
namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol
ayni   bir   mazmunning   ko’plab   shakllari   mavjudligida,   shuningdek   shakl
mazmundan   o’zishi   yoki   undan   orqada   qolishida   namoyon   bo’ladi.   Shu   sababli
shakl   va   mazmunning   uzluksizligi   ularning   birligi   to’g’risida   so’z   yuritish
imkonini   beradi.   Bunda   har   bir   muayyan   holda   yo   shakl,   yo   mazmun   ustunlik
qilishi   mumkin.   Shakl   va   mazmunning   nomuvofiqligi   yoki   qarama-qarshiligi
yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har
qanday hodisasi o’zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi. 
Mazmun   va   shakl   o’rtasidagi   dialektik   o’zaro   aloqa   quyidagi   omillar   bilan
belgilanadi. 
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog’liq. Amalda shaklsiz mazmun va
mazmunsiz   shakl   hyech   qachon   va   hyech   qayerda   mavjud   emas.   Shaklni
mazmundan   ajratishga,   shakl   mustaqil   ahamiyatga   ega   ekanligini   isbotlashga
urinishlar formalizmga olib keladi. 
2.   Mazmun   va   shaklning   birligida   mazmun   yetakchilik   qiladi.   Mazmunning
o’zgarishi doim shaklning o’zgarishiga sabab bo’ladi.  Q andaydir tashqi kuch emas,
balki   aynan   mazmun   o’zini   shakllantiradi.   M asalan,   fanni   rivojlantirish,   yangi
qonunlarni   kashf   etish,   obyekiv   haqiqatlarning   tagiga   yetish   mazkur   yangi
qonunlar   mazmunini   rasmiylashtiruvchi   tegishli   yangicha   tasavvurlar,   formulalar,
nazariyalarni talab qiladi. 
3.   Mazmun   va   shaklning   birligi   mazmunga   nisbatan   shaklning   nisbatan
mustaqilligi,   faolligini   nazarda   tutadi.   Shaklning   nisbatan   mustaqilligi
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
a)  R ivojlanishda shaklning mazmundan oqsashida. Mazmun hyech qachon bir
darajada turmaydi , u  o’zgaradi , sh akl ham o’zgarishsiz qolmaydi. Ammo mazmun
12 bilan   taqqoslaganda   shakl   barqarorroq,   turg’unroqdir.   Bu   hol   shu   bilan
izohlanadiki,   mazmun   o’z   harakatiga   ega   bo’ladi,   shakl   esa   mazmun   bilan
belgilanadi.   Mazmundan   farqli   o’laroq,   shakl   hodisaning   turg’unroq   tomoni
sifatida amal qiladi. U muqarrar tarzda o’z mazmunidan ortda qoladi;
b)   Sh aklning   mazmunga   aks   ta’sirida.   Bu   ta’sir   ikki   yoqlama:   shakl   yo
mazmunning   o’zgarishiga   ko’maklashadi,   yo   unga   monelik   qiladi.   Albatta,   agar
shakl   mazmunning   o’zgarishiga   muvofiq   bo’lsa,   u   mazmun   jadal   sur’atlarda
rivojlanishiga   zamin   yaratadi.   Agar   ularning   o’rtasida   ziddiyat   tug’ilsa,   mazmun
lozim   darajada   rivojlana   olmaydi,   chunki   unga   eski   shakl   xalaqit   beradi.   Shu
sababli  ertami-kechmi  ziddiyatni yechish  vaqti keladi. Yangi mazmunga muvofiq
yangi   shakl   yaratiladi.   Shunday   qilib,   mazmun   va   shakl   o’rtasidagi   ziddiyat
narsalar   va   hodisalarning   o’zgarish,   ularning   boshqa   narsalar   va   hodisalarga
aylanish sabablaridan biri hisoblanadi. 
Butun   va   qism .   O’zaro   bog’langan   soddaroq   narsalardan   tashkil   topadigan
har   qanday   predmetning   murakkab   tuzilishini   ifodalovchi   falsafiy
kategoriyalarning   ayrim   nisbatan   ajralmas   majmuani   tashkil   etadi.   Predmetni
(butunni)   tashkil   etuvchi   narsalar   uning   qismlari   hisoblanadi.   Butunni   tashkil
etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog’lanish predmetga yaxlitlik baxsh etadi, ya’ni
butunga   xos   bo’lgan,   lekin   uni   tashkil   etuvchi   qismlarga   ularning   tarqoqlik
holatiga   xos   bo’lmagan   integrativ   xossalar   va   qonuniyatlar   paydo   bo’lishiga   olib
keladi.   Binobarin,   butun   o’zini   tashkil   etuvchi   qismlarning   birligidir.   U   o’z
qismlarining   o’zaro   aloqasi   tufayli   mavjud   bo’lib,   bu   aloqaning   barqarorligi
mazkur butunning tuzilishida o’z ifodasini topadi. 
Butun va qism  tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo’lgan.
Butunni   o’rganishga   nisbatan   yondashuvlarni   belgilashda   yuzaga   kelgan
ziddiyatlarni   yechish   qiyinchilik   tug’dirgan.   Ma’lumki,   Dekart   o’zining   metod
haqidagi   mulohazalarida   har   qanday   predmetni   o’rganishni   bilish   vazifasini
yechish   uchun   bu  predmetni   necha   qismga   ajratish   kerak  bo’lsa,   shuncha   qismga
ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig’indisi deyish ham
mumkin.  Ammo  bu   fikr   faqat   qisman   to’g’ri,   chunki   butun   o’zini   tashkil   etuvchi
13 qismlarning   oddiy   yig’indisi   bilan   izohlanishi   mumkin   emas.   Masalan,   qurilish
materiallari bir uyumga to’kilsa, bino paydo bo’lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv
butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni
bilishdan   oldin   keladi.   Ammo   butunning   o’ziga   xosligi   uni   tashkil   etuvchi
qismlardan   kelib   chiqmaganidek,   qismning   xossalari   ham   butundan   kelib
chiqmaydi.   Natijada   qoniqarli   yechimini   topish   mushkul   bo’lgan   yaxlitlik
antinomiyalari   yuzaga   keldi,   chunki   qarama-qarshi   fikrlarning   har   birini
amaliyotdan   olingan   misol   bilan   isbotlash   va   xuddi   shuningdek,   amaliyotdan
olingan   misol   bilan   rad   etish   mumkin.   Masalan,   butun   qismlarning   yig’indisidir,
degan qoidaga butun o’zini tashkil etuvchi qismlar yig’indisidan ko’proqdir, degan
qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo’ladi, degan fikrga butun
o’zining   qismlaridan   oldinroq   paydo   bo’ladi,   chunki   ularga   yangi   xossalar   baxsh
etadi,   degan   fikr   zid   keladi.   Mazkur   antinomiyalar   bilish   metodologiyasida   ham
bilishning   qarama-qarshi   mo’ljallarida   o’z   ifodasini   topadi:   butunni   bilish   uning
qismlarini   bilish   orqali   amalga   oshiriladi,   bunga   qarshi   qoida   esa   shunday
yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi
bilimga   muvofiq   anglanishi   mumkin.   Yaxlitlik   jumboqlariga,   xususan,   quyidagi
hodisa   misol   bo’ladi:   har   bir   atom   yadrosining   og’irligi   uning   tarkibiy   qismlari
og’irligining yig’indisidan kamroqdir. «Massa  nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa
massa   va   energiyaning   ekvivalentligi   bilan   izohlanadi.   Bu   hodisani   yaxlitlik
jumboqlari   nuqtai   nazaridan   qanday   tushuntirish   mumkin?   Mazkur   ziddiyatlarni
yechish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan
olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog’liq bo’ladi, u butundan yangi
xossalar   oladi.   Butun   ham   qismlarga,   biroq   ko’proq   darajada   –   ular   o’rtasidagi
aloqaning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. 
Q ismlar   o’rtasidagi   aloqaning  xususiyati   butunning   sifat   jihatidan   aniqligini,
uning   yaxlitligini   belgilaydi.   Yaxlitlik   qismlarning   shunday   bir   aloqasi k i,   u nda
butun   qismlarining   birligi   ta’minla nadi ,   buning   natijasida   butun   tizimlilik,
uyushqoqlik   xususiyatini   kasb   etadi.   Q ismlar   aloqasining   tipi   yaxlitlik   tipini
belgilaydi.   Aloqaning   strukturaviy   (tuzilishning   bog’lanishlari),   funksional
14 (predmetning   faoliyat   usulini   tavsiflovchi),   genetik   tiplari   yaxlitlikning   tegishli
tiplarini tashkil etadi.  Ya xlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:
1.   Mexanik   yaxlitlik.   Bu   yerda   qismning   butunga   kamroq   bog’liqligi   va
butunning   qismga   sezilarli   darajada   bog’liqligi   kuzatiladi.   Masalan,   avtomobil
g’ildiragi   yoki   ruli   uning   harakatlanishini   ta’minlovchi   qismlardir,   lekin   ular   o’z
sifatida avtomobildan qat’iy nazar mavjud bo’lishi mumkin. 
2.   Noorganik   yaxlitlik.   Bu   yerda   qismlarning   butunga   bog’liqligi   ortadi,
butunning   qismga   bog’liqligi   esa   kamayadi.   qismlarning   barqaror   aloqasi   har   bir
elementga   o’z   xossalarini   saqlash   va   nisbatan   o’zgarmas   bo’lib   qolish   imkonini
beradi.   Masalan,   elektron   atom   tarkibida   ham,   undan   tashqarida   ham
(harakatlanayotgan   elektronlarning   izchil   oqimi   sifatida)   deyarli   o’zgarishsiz
qoladi. 
3. Organik yaxlitlik. Organik dunyoda nafaqat qismlarning o’zaro mosligiga,
balki   ularning   subordinasiyasiga   ham   duch   kelish   mumkin.   Organik   tizimlarning
qismlari   butundan   tashqarida   mavjud   bo’lmaydi.   Tanadan   uzilgan   qo’l   faqat
nomigagina qo’l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. 
Yaxlitlik   tiplari   va   turlarining   tasnifi   butunning   tabiatini   bilish   nafaqat   uni
tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o’rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish
orqali amalga oshirilishini ko’rsatadi. 
Demak   b utun   –   narsa,   hodisa   va   uni   tashkil   etgan   qismlarning   muayyan
tartibda   joylashuvi   va   o’zaro   bog’langan   yagonalikning   ifodasi.   Q ism   –   butun
tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o’z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan
alohidalik.   Masalan,   yaxlit   bir   butun   sifatidagi   H
2 O   molekulalarining   qismlari   –
vodorodning   ikki   atomi   va   kislorodning   bir   atomi.   Butun   o’z   qismlarining   oddiy
yig’indisidan   iborat   emas.   Ma’lumki,   vodorod   yonadi,   kislorod   yonishni
quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to’sqinlik qiladi. 
Dialektika   butun   va   qismga   ularning   dialektik   birligi   nuqtai   nazaridan
yondashadi.   Butun   hosil   bo’lganda   qismlar   xossalarining   yig’indisidan   iborat
bo’lmagan   yangi   sifat   vujudga   keladi;   shunga   qaramay   u   qismlar   –   ularning
miqdori va o’zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika
15 butunni   bilish   faqat   xossalar,   qismlar   haqida   bilim   mavjud   bo’lgan   taqdirda
samarali   bo’lishi   mumkin   va   aksincha,   qismlarni   o’rganish   butunga   doir   oldingi
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi. 
Butunning uch tipi ma’lum:
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi
va undan deyarli o’zgarmasdan chiqadi);
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko’rinishi o’zgarsa;
v) organik butun, agar qismlar o’z-o’zidan rivojlansa (tirik organizmlar). 
Sistema,   element   struktura.   Butun   va   qism   kategoriyalarini   sistema,
struktura, element kategoriyalari to’ldiradi va rivojlantiradi. 
Sistema   (tizim)   tushunchasi   qadimgi   yunon   falsafasida   sistema   tushunchasi
borliqning   tartibliligi   va   yaxlitligi   sifatida   tavsiflangan.   Hozirgi   talqinda   sistema
muayyan   yaxlitlikni   tashkil   etuvchi   qonuniy   munosabatlar   va   aloqalarda   bo’lgan
elementlarning   organik   to’plami   sifatida   tavsiflanadi.   Sistema   (yunon.   systema   –
birlashtirish, yaratish) – bir-birining o’rtasida qonuniy bog’lanish yoki o’zaro aloqa
mavjud   bo’lgan   muayyan   elementlar   yig’indisi.   Har   qanday   sistemaning
strukturasi   avvalo   uning   tarkibiy   elementlariga   bog’liq   bo’ladi.   O’z   navbatida,
elementlarning   xossalari   ham   ko’p   jihatdan   o’zlari   hosil   qilgan   sistemaning
strukturasi   bilan   belgilanadi .   Sistema   va   element   tushunchalari   butun   va   qism
kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism
bo’linadi,   element   –   sistemaning   boshqa   qismlarga   ajralmaydigan   komponenti
hisoblanadi. Shuningdek sistema butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi
butun kabi, qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi.
Ammo   butunni   o’rganishda   uning   o’ziga   xos   xususiyatini,   sifat   jihatidan
muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi o’ringa chiqadi. 
Sistemali   yondashuv   sistemalarning   sifat   jihatidan   o’ziga   xosligidan   qat’iy
nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda
tutadi.   Ayni   shu   sababli   sistemalar   juda   keng   miqyosda   qo’llaniladi.   Ammo   har
qanday   obyektni   o’rganishga   nisbatan   sistemali   yondashuv   doim   ham   samarali
emas.   Biron-bir   ro’zg’or   buyumi   (qoshiq   yoki   choynak,   yozuv   daftari   va   sh.k.)ni
16 sistemali  o’rganishning hojati  yo’q. Ba’zan shunday  bir  «tadqiqotlar» uchraydiki,
ularda   sistemalar   nazariyasi   atamalari   ishlatilgan   bo’lsa-da,   ularni   yaratgan   soxta
olimlar tavsiflanayotgan obyekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi
zamon fanida sistemali yondashuvning ikki yo’li qo’llaniladi: birinchi – sistemalar
tushunchasini   muayyan   tarzda   formallashtirish   va   ularning   fan   tilida
tavsiflanadigan   umumiy   belgilarini   aniqlash;   ikkinchi   –   muayyan   sistemalarning
tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir
Element   –(lot.   Elementum   –   birlamchi   modda)   –   butunning   nisbatan
bo’linmas   qismi.   Qism   tushunchasi   o’z   hajmiga   ko’ra   «element»   tushunchasidan
kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo’linmas qism.   Bunda
«qism»   butun   tushunchasi   bilan,   «element»   esa   –   struktura   tushunchasi   bilan
munosabatga kirishadi
Element   narsaning   boshqa   bo’linmaydigan   zarrasini   anglatuvchi   kategoriya.
Xususan,   modda   atomlardan   tashkil   topadi   va   atomlar   moddaning   elementlari
hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar
zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar
zarralar   moddaning   emas,   balki   turli-tuman   maydonlarning   elementlari
hisoblanadi. 
  Struktura   –   (lot.   struktura   –   tuzilish,   joylashuv,   tartib)   –   narsalar   va
hodisalarning   tarkibiy   qismlari   o’rtasidagi   qonuniy   aloqa   usuli.   Struktura
sistemaning   tuzilishi   va   ichki   shakli,   mazkur   sistema   elementlari   o’rtasidagi
barqaror o’zaro aloqalarning birligi. 
Sistemalarning   o’ziga   xos   xususiyatlari .   Sistemalarning   muhim   umumiy
xususiyatlari sistemali  yondashuvning bir qancha tamoyillarini ta’riflash imkonini
beradi. 
Birinchi   –   yaxlitlik   tamoyili.   Har   qanday   sistema   ko’p   sonli   elementlardan
tashkil topadi, lekin ularning yig’indisiga bog’liq emas.
Ikkinchi   tamoyil   –   sistemali   tuzilishining   iyerarxiyaviyligi:   sistemaning   har
bir   elementi   murakkab   tuzilishga   ega   bo’lib,   nisbatan   mustaqil   sistema   sifatida
17 qaraladi.   Ayni   vaqtda   o’rganilayotgan   sistema   murakkabroq   sistema   tarkibiga
uning elementlaridan biri sifatida kiradi. 
Uchinchi   tamoyil   –   sistemani   tashkil   etuvchi   elementlar   bir-biri   bilan
muayyan   munosabatlarga   kirishadi.   Ularning   orasida   eng   muhimlari   sistema
tashkil etuvchi, sistemaning yaxlitligini ta’minlovchi elementlardir. 
Sistemani   o’rganish   strukturaviy   va   funksional   yondashuvlardan
foydalanishni nazarda tutadi. 
Strukturaviy   yondashuv   sistemani   uning   tuzilishi   va   shakli   nuqtai   nazaridan
o’rganish imkonini beradi.
Funksional yondashuv esa, sistemaning xulq-atvori va boshqa sistemalar bilan
o’zaro   aloqalarini   tadqiq   etish   uchun   imkoniyat   yaratadi.   Sistemalarning   o’zaro
aloqasi   kauzal,   aniq   belgilangan   va   statistik,   ya’ni   ehtimol   tutilgan   bo’lishi
mumkin.   Sistemaning   muhitdagi   xulq-atvori   aktiv   va   reaktiv   bo’lishi   mumkin.
Sistemaning aktiv xulq-atvori maqsadlar nuqtai nazaridan tavsiflanishi mumkin. 
Sistemalarning   tiplari.   Sistemalarning   umumiy   belgilari   bilan   bir   qatorda,
muayyan tiplari faqat o’zigagina xos bo’lgan tipologik belgilarga egadir.  Masalan,
belgilar   sistemalarini   o’rganish   bilan   ilmiy   bilimning   alohida   sohasi   –   semiotika
shug’ullanadi. U bizning til haqidagi, madaniyat turli tillarining o’xshash  jihatlari
va   farqlari   haqidagi   tasavvurlarimizni   sezilarli   darajada   boyitadi.   Kibernetika
boshqaruvchi   sistemalar   xulq-atvorini   o’rganadiki,   bu   oqilona   asoslangan
boshqaruv   sistemalarini   yaratish   imkonini   beradi.   O’yinlar   nazariyasi   bizning
konfliktlashayotgan   sistemalar   haqidagi   tasavvurimizni   ancha   kengaytiradi,
sinergetika esa o’ta murakkab sistemalar xulq-atvorining qonuniyatlarini aniqlaydi.
Shunday qilib, sistema, struktura va element kategoriyalari fan va falsafani yanada
boyitib, muhim metodologik vazifani bajaradi. 
Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko’ra sistemalarning har xil turlari
farqlanadi.   Obyektiv   borliqda   mavjud   bo’lgan   moddiy   sistemalarni   va   obyektiv
borliqning inson ongidagi in’ikosi hisoblangan ideal sistemalarni farqlash ayniqsa
keng   tarqalgan.   Elementlari   va   aloqalarining   soniga   ko’ra   sodda   va   murakkab
sistemalar farqlanadi.
18       Sabab   va   oqibat.   Qanday   voqyea   yuz   bermasin,   barchasining   o’z   sababi
bor,   degan   edi   Ibn   Sino.   To’g’ri   olingan   yo’l   yo’lovchini   tekisliklar   orqali
mo’ljallangan manzilga olib keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va
halokatga   giriftor   etadi.   Hodisalarning   umumiy   o’zaro   bog’liqligi   va   bir-birini
taqozo   etishi   g’oyasi   determinizm   tamoyilida   o’z   aksini   topadi.   Bu   tamoyilga
binoan tabiatda hamma narsa sababning hukmiga bo’ysunadi. 
Sabab   tushunchasi   insonga   uning   rivojlanishi   dastlabki   bosqichlaridayoq
ma’lum   bo’lgan.   Tabiiy   hodisalarning   kelib   chiqishini   tushuntiruvchi   sabablarni
aniqlashga   bo’lgan   ilk   urinishlarga   mifologiyada,   so’ngra   dinda   duch   kelish
mumkin.   Keyinchalik   sabablarning   falsafiy   va   ilmiy   izohi   yuzaga   keladi.   Sabab
(lot.   causa   –   sabab)   shunday   bir   hodisaki,   u   boshqa   bir   hodisa ning   oqibat i ni
bevosita belgilaydi, yuzaga  keltiradi.  Sababiyat  mohiyatini  bir  hodisaning boshqa
hodisani   yuzaga   keltirishi,   sababning   oqibatni   yaratishi   tashkil   etadi.   Oddiy   ong
sababiyat   jarayonini   soddalashtiradi:   sabab   faol   tomon,   oqibat   –   passiv   tomon
sifatida   tasavvur   qilinadi,   sabab   oqibatdan   oldin   keladi.   D.Yum   bunday
tasavvurlarni tanqid qilar ekan,   -   u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog’i
buni   inkor   etadi:   «Bir   hodisa   ayrim   holda   boshqa   hodisadan   oldin   kelishidan
ularning   biri   –   sabab,   ikkinchisi   –   harakat   degan   xulosa   chiqarish   aqlga   muvofiq
emas. Ularning birikuvi tasodifiy bo’lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida
boshqa   bir   hodisaning   mavjudligi   haqida   xulosa   chiqarish   uchun   hyech   qanday
asos   yo’qdir...   Shunga   qaramay...   insonni   bunday   xulosa   chiqarishga   majbur
qiluvchi   qandaydir   tamoyil   mavjud.   Bu   tamoyil   odatdir ...”   1
,   deb   qayd   etadi.
Sabablar mavjudligining inkorini Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni
yuzaga   keltirish   jarayonini   biz   bevosita   kuzata   olmaymiz.   Sabab   haqida   biz   yuz
bergan   oqibatga   qarab   xulosa   chiqaramiz,   ammo   bu   voqyea   chindan   ham   ayrim
sababning oqibatimi, degan savolga biz aniq javob bera olmaymiz, chunki sabab-
oqibat aloqasi mavjudligini biz sinov yo’li bilan hyech qachon tasdiqlay olmaymiz.
1 1
  Қ аранг: Юм Д. Соч.: в 2 т. – М. :  1965-1966. Т. 2. – С.  44-46. 
19 Hozirgi   zamon   fani   sabab   obyektlar   o’rtasidagi   o’zaro   aloqa   bo’lib,   uning
oqibatida   o’zaro   aloqaga   kirishgan   obyektlarning   ikkalasi   ham   o’zgarishini
aniqlash   imkonini   beradi.   Masalan,   Yerga   yirik   meteoritlar   tushishiga   ulkan
ekologik   falokatlar   sabab   bo’lgan.   Bir   qarashda   Yer   jabrlangan   passiv   tomon,
meteorit esa – faol tomon bo’lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq
Yer   va   meteoritning   to’qnashuvi   yuz   bergan.   Buning   oqibatida   ikkala   jismda
tegishli   deformasiyalar   yuzaga   kelgan.   Amaliyot   har   qanday   hodisaning   vujudga
kelishi biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko’rsatadi. 
Yuz   berishi   yangi   hodisa   vujudga   kelishiga   olib   keluvchi   hodisa   sabab   deb
ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi. 
Dunyoda barcha hodisalar, o’zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan
sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar  yo’q va bo’lishi mumkin
ham emas. Dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan, degan qoida sababiyat
qonuni deb ataladi. Bu qonunni tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga
tatbiq   etuvchi   faylasuflar   deterministlar   deb,   sababiyat   qonunini   inkor   etuvchi
faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi
Sabab   va   oqibat   dialektikasi .   Ichki   va   tashqi   sabablar   farqlanadi.
Obyektning   mohiyatini   tashkil   etuvchi   qarama-qarshi   kuchlar,   tendensiyalarning
o’zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi. Masalan, odamlar o’z kasalligi
yoki   qariligini   qayg’u-hasrat,   muvaffaqiyatsizliklar,   og’ir   ish   va   hokazolar   bilan
tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o’limni yengishga hali hyech kim
muvaffaq   bo’lmagan,   chunki   qarilik   ham,   o’lim   ham   ichki   sabablar   bilan
izohlanadi. Shu sababli  ba’zilar  og’ir ish bilan shug’ullanib ham uzoq vaqt yosh va
sog’lom bo’lib qoladi, ayrim takasaltang lar   esa juda tez qariydi... Tashqi sabablar
turli obyektlar o’zaro aloqasining mahsulidir. 
Sabab   va   oqibat   munosabatlarini   orqaga   qaytarib   bo’lmaydi.   Sabab   va
oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab
va   oqibatni   orqaga   qaytarish   mumkin,   degan   xulosaga   olib   keladi.   Masalan,   Oy
qarama-qarshi  yo’nalishda aylana boshlasa, u dastlabki  holatga kelgan bo’lar edi.
Ammo   bu   faraz   zamirida   soxta   asoslar   yotadi:   u   sabab-oqibat   munosabatlariga
20 tasodifiy   omillar   to’plami   kuchli   ta’sir   ko’rsatishini   hisobga   olmaydi.   Dastlabki
holatga   qaytish   –   bu   mazkur   omillar   to’plamini   amalda   mujassamlashtirish
demakdir.   Vaholanki,   ularning   hammasini   amalda   mujassamlashtirish   mumkin
emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas. 
Sabablar   va   oqibatlarning   munosabatlari   murakkab   va   rang-barangdir.   Bir
sabab   ko’plab   oqibatlarga   sabab   bo’lishi   va,   aksincha,   bir   oqibat   zamirida   ko’p
sonli   sabablar   yotishi   mumkin.   Ayrim   sabablar   oqibatlar   cheksiz   zanjirining   ilk
manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko’rinishini kasb etishi,
ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o’z navbatida, ikki
yoki   undan   ortiq   oqibatga   sabab   bo’lishi   mumkin.   Sabablar   ichki   va   tashqi,
bevosita va bilvosita, obyektiv va subyektiv bo’lishi mumkin. Subyektiv sabablar
ko’pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo’ladi. 
Bahona   va   shart.   Sabab,   bahona   va   shartni   farqlash   lozim.   Bahonani
subyektiv   sabablar   qatoriga   kiritish   mumkin.   Bunda   voqyea   yoki   sherikning
harakati   o’zining,   odatda,   noto’g’ri   javob   harakatlarini   oqlash   maqsadida   talqin
qilinadi   va   baholanadi.   Shartlar   –   amaldagi   yoki   ehtimol   tutilgan   sababning
mavjudlik   muhitini   tashkil   etadigan   ichki   omillar   va   tashqi   munosabatlar
majmuidir.   Sinergetika   muhitga   yagona   negiz,   bo’lg’usi   tuzilmaning   rang-barang
shakllari   manbai,   rivojlanishning   turli   yo’llari   uchun   maydon   sifatida   qaraydi.
Sabab-oqibat   munosabatlari   tizimida   shartlarning   amaldagi   ahamiyatini   tushunish
uchun  quyidagi   misolni   ko’rib  chiqamiz.   Fuqaro  A.   xotini   suzishni   bilmasligidan
xabardor   bo’lgani   holda,   undan   qutulish   uchun   uni   dengiz   bo’ylab   sayohatga
yuboradi.   OqJimiibatda   xotini   suvga   cho’kib   o’ladi.   Erning   harakatlari   xotin
o’limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o’z holicha oqibat sababi bo’la
olmasligini,   lekin   sababning   amalga   oshishiga   ko’maklashadigan   yoki   monelik
qiladigan omil hisoblanishini ko’rsatadi. 
Sinergetika   sababiyat   haqida.   Sababiyat   haqidagi   falsafiy   qarashlar   uzoq
evolyusiya   jarayonini   boshdan   kechirdi.   Mexanistik   yondashuv   sababni   sirtdan
ko’rsatilgan   ta’sir   sifatida   talqin   qiladi.   Dunyo   jismlarning   tartibga   solingan,
oldindan   aytish   mumkin   bo’lgan   aniq   o’zaro   aloqasi   sifatida   tasavvur   qilinadi.
21 Tasodifning   mavjudligi   rad   etiladi.   Sababiyat   zanjirlari   chiziqli   xususiyat   kasb
etadi, oqibat sabab ta’siriga proporsional bo’ladi. Binobarin, sababiyat zanjirlariga
qarab   rivojlanish   jarayonining   o’tmishini   ham,   kelajagini   ham   aniqlash   mumkin.
Ammo   ilmiy   bilimning   rivojlanishi   mexanistik   determinizmning   asossizligini
namoyish   et a di.   Sinergetika   yo’nalishi   asoschilaridan   biri   I.R.Prigojin   mexanistik
determinizmga shunday baho beradi: «Dinamika rasionalistik modelining mahsuli
sifatida tushunilgan determinizm endilikda ayrim hollardagina namoyon bo’luvchi
xossa bilan bog’lanadi» 1
, deb baho beradi . 
Fan   rivojlanishi   bilan   sabab-oqibat   aloqalarining   statistik   qonuniyatlari   va
ehtimoliy   tabiati   haqidagi   tasavvur   yuzaga   keladi.   Murakkab   sistemalarning   o’z-
o’zini   tashkil   etishi   haqidagi   fan   –   sinergetika   determinizm   talqiniga   ma’lum
aniqliklar   kiritdi.   Bir   qator   ilmiy   dalil lar   olimlar   har   qanday   tabiiy   hodisalar
stoxastik   xususiyatga   ega   va   muayyan   noaniqlik   sharoitida   yuz   beradi,   degan
xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning
bir   necha   muqobil   yo’llari   mavjud   bo’ladi.   Sinergetika   sabab-oqibat   aloqalari
nomutanosib   sistemalarda   namoyon   bo’lishining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   ochib
beradi. Bu sistemalarning rivojlanishi ko’p variantlidir. Bunda evolyusiyaning har
qanday   turi   emas,   balki   yo’llarning   muayyan   doirasi   mavjud   bo’lishi   mumkin.
Rivojlanishda   kutilmagan   burilishlar   yuz   berish   ehtimoli   mavjud,   chunki   u
tasodifiy   aloqalar   orqali   sodir   bo’ladi.   Nomutanosib   sistemalar   tashqi   omillarga
o’ta   ta’sirchandir.   Shu   bois   intensivlik   darajasiga   ko’ra   ahamiyatsiz   bo’lgan
ta’sirlar   ham   kutilmagan   natijalarga   olib   keladigan   shikastli   oqibatlar   sababi
bo’lishi mumkin. 
Xullas,s abab va oqibat  o’rtasida murakkab dialektik o’zaro aloqa mavjud. U
quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
1)   sabab   vaqtda   oqibatdan   oldin   keladi.   Oqibat   sababdan   oldinroq   yuz
bermaydi. Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan
sababiy   bog’lanishda   bo’ladi,   degani   emas.   Masalan,   tun   tongdan   oldin   keladi,
lekin u tongning sababi hisoblanmaydi;
1 1
  Пригожин И.  Некотор ы е проблем ы  саморазвиваю щ их систем .// Вопросы философии. 1989. №8.
–  С 4. 
22 2)   sabab   muayyan   sharoitda   albatta   oqibatni   vujudga   keltiradi.   Sabab   va
oqibat   shu   darajada   bog’liqki,   agar   sabab   yuz   bersa   va   yetarli   sharoit   mavjud
bo’lsa, muqarrar tarzda oqibat ham yuz beradi;
3)   sabab   va   oqibat   bir-biri   bilan   o’zaro   ta’sirga   kirishadi.   Bu   o’zaro
ta’sirlanish   jarayonida   sababgina   emas,   balki   oqibat   ham   faol   bo’ladi.   U   sababga
aks   ta’sir   ko’rsatadi.   Misol   uchun,   g’oyalar   borliqni   aks   ettiradi,   lekin,   vujudga
kelgach,   ijtimoiy   borliqning   o’zgarishiga   kishilarning   amaliy   faoliyati   orqali   faol
ta’sir ko’rsatadi;
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda –
oqibat   sifatida   amal   qiladi.   Aytaylik,   yomg’ir   –   muayyan   ob-havo   sharoitlarining
oqibati,   lekin   uning   o’zi   yaxshi   hosildorlik   sababiga   aylanadi;   hosildorlik   esa
davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo’lib xizmat qiladi. Shu tariqa
hodisalar   o’rtasida   sababiy   bog’lanish   vujudga   keladi.   Ammo   biz   faqat   ikkita
alohida-alohida   hodisani   ko’rib   chiqqanimizda,   ular   o’rin   almashishi   mumkin
emas;
5)   sabab   va   oqibatning   o’zaro   ta’siriga   tegishli   sharoitlar   ta’sir   ko’rsatadi.
Sharoitlar   –   bu   shunday   bir   hodisalarki,   ular   mazkur   voqyea   yuz   berishi   uchun
zarur,   lekin   o’z   holicha   ular   bu   voqyeani   oldindan   belgilamaydi.   Oqibat   yuz
berishiga   qulaylik   yaratuvchi   sharoitlar   ham,   sababning   ta’sirini   qaytaruvchi
sharoitlar   ham   bo’lishi   mumkin.   Ayni   bir   sabab   muayyan   sharoitlarda   turli
shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi; 
6)   sababni   vaj   bilan   ayniylashtirmaslik   kerak.   Vaj   –   bu   boshqa   voqyeadan
bevosita   oldin   keladigan,   uning   yuz   berishiga   imkoniyat   yaratadigan,   lekin   u   uni
vujudga   keltirmaydigan   va   oldindan   belgilamaydigan   voqyea.   Vaj   harakatni
yaratmaydi, balki unga turtki beradi. 
Sababiy   bog’lanish   tushunchasi   muhim   metodologik   funksiyani   bajaradi.
Muayyan   oqibatning   yuz   berish   sabablari   va   sharoitlarini   bilgan   holda,   inson
nafaqat   uning   yuz   berishini   bashorat   qiladi,   balki   zarur   oqibatni   yaratadi.   Bu
insonga o’tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi. 
23 Zaruriyat va tasodif. . Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan
beri   faylasuflar   e’tiborini   o’ziga   tortib   keladi.   Vaqt   o’tishi   bilan   ularning   talqini
o’zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo’lsa,
ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning
o’ta   murakkab   sistemalar   o’z-o’zini   tashkil   etishidagi   roli   alohida,   hatto   ancha
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Zaruriyat   va   tasodif   kategoriyalari   bir   qator   ilmiy
yo’nalishlar:   biologiya,   tibbiyot,   huquqshunoslik,   tarix   va   hokazolarda   muhim
metodologik   ahamiyatga   egadir.   Odamlar   amaliy   faoliyatida   tasodif   omili
zaruriyatdan   kamroq   ahamiyat   kasb   etmaydi.   Ammo   ularning   dialektikasini,
qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir. 
Zaruriyat narsaning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va uning ichki qonunlari,
strukturasi va tartibi bilan belgilanadi. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi,
muqarrar   tarzda   namoyon   bo’ladi.   Masalan,   nosoz   tormoz   muqarrar   tarzda
avtomobil   halokatiga,   uning   yo   yaqinroqdagi   narsalar,   yo   harakatlanayotgan
boshqa avtomobillar bilan to’qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga
sabab   bo’ladi.   Halokat   aynan   qanday   yuz   berishi,   undan   kim   jabrlanishi
mumkinligi   tasodif   bilan   bog’liq   masaladir,   zero   yo’lda   muayyan   paytda   istalgan
narsa   va   istalgan   odam   duch   kelishi   mumkin.   Bu   yerda   zaruriyat   avtomobilning
ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi. Zaruriyat – yuz berishi
mumkin   bo’lgan   narsa.   Zaruriyat   –   ichki   xususiyatga   ega   hodisa,   uning   sababi
o’zida   bo’ladi   va   hodisalarning   ichki   o’zaro   aloqasidan   kelib   chiqadi.   Ammo
nafaqat   ichki,   balki   tashqi   zaruriyat   ham   mavjuddir.   Masalan,   jismlarning   bir-
biriga ularning massasiga to’g’ri proporsional va ular o’rtasidagi masofaga teskari
proporsional   bo’lgan   kuch   bilan   tortishishi   zaruriyat   hisoblanadi.   Bu   tashqi
zaruriyatdir.   Tasodif   ham   ichki   va   tashqi   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   tirik
organizmlarning   mutasiyalari   tasodifiy   xususiyat   kasb   etadi,   ammo   ular   ichki
hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog’liq. Xo’sh, bu
holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin?
Tasodif   zamirida   narsaning   mohiyati   emas,   balki   unga   boshqa   narsalar   va
hodisalarning   ta’siri   yotadi.   Zaruriyat   va   tasodif   tushunchalariga   ta’rif   berishda
24 odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu sababli u yuz berishi yoki yuz
bermasligi mumkin. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo’lgan
narsa   sifatida   ta’riflanadi.   Zaruriyat   va   tasodifning   qarama-qarshiligi   –   ichki   va
tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan
aloqa tipidir. 
Bu   falsafiy   kategoriyalar   narsalar   va   hodisalarning   bir-biri   bilan   har   xil
tipdagi   aloqalarini   aks   ettiradi.   Zaruriyat   –   bu   hodisalar   o’rtasidagi   ularning
qonuniy   o’zgarishi   va   rivojlanishini   belgilovchi   barqaror,   muhim   ichki   aloqalar.
Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi  va mazkur sharoitda
muqarrar   tarzda   yuz   beradi.   Masalan,   har   qanday   tirik   organizmning   o’limi
muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki
jarayonlar bilan belgilanadi. 
Ammo   dunyoda   hamma   narsa   zaruriyat   sifatida   paydo   bo’ladimi?   Yo’q,
dunyoda tasodifiy voqyealar, hodisalar ham bor. 
Tasodif – obyektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini
yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; muayyan sharoitda bo’lishi ham,
bo’lmasligi   ham   mumkin   bo’lgan   narsa   tasodifiy   hisoblanadi.   Tasodif
voqyelikning   asosan   tashqi   sharoitlar,   yuzaki,   beqaror   aloqalar   va   mazkur   hodsa
uchun ikkinchi darajali omillar ta’sirida paydo bo’luvchi holatlarini aks ettiradi.
Narsalar   mavjudligining   zaruriyligi   yoki   tasodifiyligi   muammosi   xususida
ikki   nuqtai   nazar   mavjud.   Ularning   biri   zaruriyatni   mutlaqlashtiradi:   dunyoda
hyech   qanday   tasodif   yo’q,   hamma   narsa   muqarrar   tarzda   yuz   beradi.   Bu   nuqtai
nazar tasodifni rad etib, fatalizmga yo’l ochadi. Fatalizm – taqdirga, hamma narsa
oldindan   belgilanganiga   bo’lgan   ishonch.   Boshqa   bir   nuqtai   nazar   tasodifning
ahamiyatini  oshirib ko’rsatadi.  Bu yerda, aksincha,  voqyelikdan har  qanday ichki
bog’lanishlar,   narsalarning   obyektiv   belgilanganligi   chiqarib   tashlanadi:   dunyoda
faqat tasodif hukm suradi. 
Ilmiy dunyoqarash  birinchi  nuqtai  nazarni  ham, ikkinchi  nuqtai  nazarni  ham
tan   olmaydi.   Zaruriyat   va   tasodif   alohida-alohida   mavjud   bo’lmaydi.   Ularning
o’zaro   aloqasi   shundan   iboratki,   tasodif   zaruriyatning   namoyon   bo’lish   shakli
25 sifatida va uning to’ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo’lga
soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi.
Zaruriyat   va   tasodif   dialektikasi   ikki   muhim   jihatni   nazarda   tutadi.
Birinchidan,   tasodif   rivojlanish   jarayonida   zaruriyatga   aylanishi   mumkin   (u   yoki
bu   biologik   turning   qonuniy   belgilari   avval   tasodifiy   og’ishlar   sifatida   paydo
bo’ladi   va   to’planib   boradi,   so’ngra   ularning   asosida   tirik   organizmning   zaruriy
sifatlari   shakllanadi).   Ikkinchidan,   zaruriyat   son-sanoqsiz   tasodiflar   orqali   o’ziga
yo’l   ochadi.   Masalan,   jamiyatning   rivojlanishi   turli   maqsadlarni   ko’zlovchi,   fe’l-
atvori   har   xil   bo’lgan   kishilar   faoliyati   bilan   belgilanadi.   Bu   maqsadlar   va
intilishlarning   bog’lanishi,   chatishuvi   va   to’qnashuvi   pirovard   natijada
rivojlanishning   zaruriy,   muqarrar   xususiyatga   ega   bo’lgan   muayyan   yo’nalishiga
olib keladi. 
Dialektikaning   barcha   qonunlari   va   kategoriyalari   kabi,   zaruriyat   va   tasodif
obyektiv voqyelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning
funksiyalari   teng   qimmatga   ega   emas.   Bilishda   tasodif   doim   boshlang’ich
instansiya   sifatida,   zaruriyat   –   maqsad   sifatida   amal   qiladi.   Bilish   faoliyati
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi.
Zaruriyat   va   tasodif   dialektikasi .   Ichki   va   tashqi   narsalar   tushunchalari
nisbatdosh   ekanligini   e’tiborga   olish   muhimdir.   Bir   jihatdan   ichki   bo’lgan   narsa
boshqa   bir   jihatdan   tashqi   xususiyat   kasb   etadi.   Masalan,   sayyoralarning   quyosh
sistemasi   orbitalari   bo’ylab   harakati   bu   sayyoralarni   o’zaro   bog’lovchi   va   ular
aylanayotgan   orbitalar   shaklini   belgilovchi   ichki   munosabatlar   bilan   belgilanadi.
Q uyosh sistemasiga nisbatan boshqa kosmik obyektlar tashqi muhitni tashkil etadi.
Ammo   quyosh   sistemasi   galaktika   elementi   bo’lib,   yulduzlararo   makonda
muayyan   o’rin   egallaydi.   Shu   sababli   ayni   shu   obyektlar   quyosh   sistemasi
sayyoralari   evolyusiyasining   ham,   ularga   yaqin   kosmik   jismlar   evolyusiyasining
ham ichki manbai hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham
nisbatdoshdir:   bir   jihatdan   tasodifiy   bo’lgan   narsa   boshqa   bir   jihatdan   zaruriy
hisoblanadi. 
26 Zaruriyat   va   tasodif   qarama-qarshiliklar   bo’lsa-da,   lekin   ular   birdir.   Har
qanday   hodisa   ichki   zaruriyat   tufayli   yuz   beradi,   ammo   uning   yuz   berishi   ko’p
sonli tashqi omillar bilan bog’liq bo’lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda
to’ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo’lmasligini anglatadi.
Tasodif – zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf
etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir. 
Bir   qarashda   zaruriyat   sababiyatga   zid   bo’lib   tuyuladi.   Bu   ziddiyat   yo
tasodifiy   hodisa   sababga   ega   emasligi   bilan,   yo   tasodifiy   hodisalar   umuman
bo’lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy
hodisa   ham   muayyan   sababga   ega   bo’ladi.   XVII-XVIII   asrlarda   zaruriyat   va
tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz
faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog’adigan yomg’ir zarur, ya’ni zaruriy sabablar bilan
belgilangan;   lekin  biz  unga  tasodifiy  deb  qaraymiz  va  uni  shunday  ataymiz,  zero
amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz
ko’ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi»   1
, deb qayd etgan. Shunga o’xshash
fikrni   Golbax   ham   ilgari   suradi:   «Tabiatda   biron-bir   hodisa   tasodifan   yuz   berishi
mumkin  emas;   hamma   narsa   muayyan   qonunlarga   bo’ysunadi;   bu   qonunlar   faqat
muayyan   oqibatlarning   sabablar   bilan   zaruriy   aloqasi   hisoblanadi...   Atomlarning
tasodifiy   birikishi   haqida   gapirish   yoki   ayrim   oqibatlarni   tasodif   bilan   bog’lash
jismlarning   harakatlanishi,   uchrashishi,   birikishi   yoki   ajralishi   qonunlarini
bilmaslikni  tan  olish  demakdir» 2
. Ko’rib  turganimizdek,  tasodif   sababi  noma’lum
bo’lgan   zaruriyat   sifatida   talqin   qilingan.   Sababi   aniqlangani   zahoti   tasodif
zaruriyat   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Bu   –   mexanistik   materializm   talqini.   Tasodif
ilmiy nazariyalardan quvg’in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz
omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor  etilishidan dunyoda hamma narsa zarur,
degan   xulosa   kelib   chiqadi.   Mazkur   yondashuvning   tadrijiy   oqibati   o’laroq
fatalizm   yuzaga   keladi:   nimaiki   yuz   bermasin,   hatto   ahamiyatsiz   voqyealar   ham
zarur,   muqarrar   bo’lib,   sabab-oqibat   aloqalarining   cheksiz   zanjiridagi   ajralmas
bo’g’in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqyeani muqarrar deb biladi.
1 1
 Гоббс Т. О теле // Избр. произв.: в 2 т. Т. 1. М.:  –  С. 158  -  159. 
2 2
 Гольбах. Здравый смысл // Избр. антирелигиозные произведения: в 2 т. Т. 1. М.:  – С.  35. 
27 XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko’rsatib
berildi. 
Imkoniyat   va   voqyelik.   Imkoniyat   va   voqyelik   kategoriyalarida   borliqning
o’zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o’zgarish tendensiyalari o’z aksini topadi. 
Imkoniyat rivojlanishning obyektiv tendensiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat,
zaruriyatga,  o’zgarayotgan  narsaning  muhim  tomonlariga muvofiq yuzaga  keladi.
Shuningdek,   Imkoniyat   –   narsaning   uning   tugallanmagan,   potensial
rivojlanishidagi   obyektiv   mavjud   bo’lgan   va   ichdan   belgilangan   holatini   aks
ettiruvchi   falsafiy   tushuncha .   Har   bir   vaziyatda   imkoniyatlarning   muayyan
to’plami   mavjud   bo’lib,   ulardan   biri   amalga   oshgani   boshqalari   chetda   qolganini
anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur
tendensiyalarga   nisbatan   tasodifiy   hisoblangan   sharoitlar   o’z   ta’sirini   ko’rsatadi.
Shu   sababli   voqyelik   doim   ichki   va   tashqi,   mohiyat   va   hodisa,   zaruriyat   va
tasodifning   dialektik   birligidan   iborat   bo’ladi.   Ijtimoiy   rivojlanish   va   tabiatning
o’zgarishi   sohasida   imkoniyatning   voqyelikka   aylanishi   kishilarning   ongli   yo’l
tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi. 
Ammo   imkoniyat   qanday   obyektiv   asoslarga   ega   bo’lsa,   imkonsizlik   ham
shunday   obyektiv   asoslarga   egadir.   Imkonsizlik   –   ikoniyatga   zid   tushuncha.
Imkonsizlik   tushunchasi   ikki   xil   ma’no   kasb   etadi.   Birinchi   –   predmetning
tabiatiga mos kelmaydigan narsa  bo’lishi  mumkin emas. Masalan,  arpa urug’idan
bodring   yetishtirish   mumkin   emas.   Imkonsizlik   tushunchasining   boshqa   bir
ma’nosi   imkoniyat   va   zaruriyat   kategoriyalarining   munosabatlari   bilan   bog’liq.
Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo’g’inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati
uning   boshqa   bir   holati   bo’lishi   mumkinligini   belgilaydi.   Ammo   predmetning
rivojlanishida,   odatda,   ko’p   sonli   muqobil   imkoniyatlar   mavjud   bo’lgani   bois,
ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro’yobga chiqishi
qolgan   imkoniyatlarni   ro’yobga   chiqarish   imkonini   bermaydi.   Tuzatib
bo’lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o’ylamasdan sodir etgan
qilmishidan   afsus   chekmagan   odam   topilmasa   kerak.   Ba’zan   imkonsizlik   boy
berilgan   imkoniyat   tarzida   mavjud   bo’ladi.   Bu   holda   imkoniyat   imkonsiz
28 bo’lmagan   narsa   sifatida   va   ayni   vaqtda   zarur   bo’lmagan   narsa   sifatida   namoyon
bo’ladi. 
Voqyelik   –   amalga   oshgan,   aktuallashgan   borliqni   tavsiflovchi   falsafiy
kategoriya: voqyelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi. 
Voqyelik   tushunchasi   ikki   ma’noda   ishlatiladi.   Birinchidan,   voqyelik   –   bu
mavjud   borliq,   biz   yashayotgan   dunyo,   uning   ongimizdagi   in’ikosidir.   Voqyelik
tushunchasi   ayrim   predmetning   borlig’iga   ham   tegishlidir.   Bu   ma’noda   u
obyektning  holatini   tavsiflovchi   mazkur   lahzadir.   Ikkinchidan,   voqyelik   ro’yobga
chiqqan   imkoniyat   sifatida   tavsiflanadi.   Bu   ma’noda   voqyelik   tushunchasi
imkoniyat   kategoriyasining   nisbatdoshi   hisoblanadi.   Ular   bir-biriga   o’tuvchi
qarama-qarshiliklardir.   Imkoniyat   potensial,   voqyelik   esa   aktualdir.   Imkoniyat   –
abstrakt   va   mazmun   jihatidan   qashshoq   tushuncha.   Voqyelik   –   muayyan   va
mazmunan   boy   tushuncha,   chunki   u   ko’p   sonli   xossalar,   individual   betakror
jihatlarni o’z ichiga oladi. 
Har   bir   predmet   ko’p   sonli   aloqalar   yuzaga   kelishiga   zamin   yaratuvchi
muayyan   muhitda   mavjud   bo’ladi.   Shu   sababli   muhim   yoki   ikkinchi   darajali,
tasodifiy yoki zaruriy bo’lishi mumkin bo’lgan ko’p sonli imkoniyatlar mavjuddir.
Imkoniyatning ro’yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o’ynaydi,
ammo   uning   ro’yobga   chiqish   shartlari,   garchi   ular   tasodifiy   xususiyatga   ega
bo’lsa-da,   rivojlanish   jarayoniga   sezilarli   darajada,   ba’zan   hal   qiluvchi   ta’sir
ko’rsatadi.   Ayni   shu   sababli   voqyelik   ham   zaruriy   va   tasodifiyning   birligi
hisoblanadi. 
Imkoniyatlarning turlari . Real va formal, abstrakt va muayyan imkoniyatlar
farqlanadi.   Real   imkoniyat   imkoniyatni   voqyelikka   aylantirishi   mumkin   bo’lgan
shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi. Formal imkoniyat rivojlanishning tasodifiy
omillari   mahsulidir.   Masalan,   rasman   har   bir   fuqaro   deputat,   millioner   yoki   ko’p
bolali   bo’lishi   mumkin.   O’z-o’zidan   ravshanki,   aksariyat   fuqarolar   uchun   bu
imkoniyat voqyelikka aylanmasligi ham mumkin. 
Abstrakt va muayyan imkoniyat  o’rtasidagi farq – bu mohiyat va mavjudlik
o’rtasidagi,   shuningdek   predmetning   ideal   obrazi   va   uning   inson   ongiga   bog’liq
29 bo’lmagan obyektiv xususiyatlari o’rtasidagi farqdir. Masalan, nikohga kirayotgan
yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega
bo’lishi   mumkin.  Ular   oila-nikoh   munosabatlarining  ideallashtirilgan   manzarasini
o’z   bo’lg’usi   nikohiga   ko’p   jihatdan   tatbiq   etadi.   Vaholanki,   bu   manzara   mazkur
munosabatlar   mohiyatiga   umuman   olganda   mos   kelsa-da,   lekin   ularning   butun
boyligi   va   murakkabligi   haqida   aniq   tasavvur   hosil   qilish   imkonini   bermaydi.
Nikohga   kirgach,   yoshlar   imkoniyatini   o’zlari   oldindan   ko’ra   bilmagan   muayyan
voqyelik   bilan   to’qnash   keladi.   Yosh   oiladagi   kelishmovchiliklar   sababi   –
nikohning   mohiyati   va   uning   mavjudligi   o’rtasidagi,   abstrakt   imkoniyat   («ular
qo’sha   qaridilar   va   uvali-juvali   bo’ldilar»)   va   aksariyat   jihatlarini   yoshlar   hatto
xayollariga   ham   keltirmagan   muayyan   imkoniyat   o’rtasidagi   ziddiyatdir.   Ayrim
falsafiy   adabiyotlarda   muayyan   va   real   imkoniyat   bilan   formal   va   abstrakt
imkoniyat  tenglashtiriladi. Bu holda real  imkoniyat  uni  ro’yobga chiqarish uchun
shart-sharoit   mavjudligi   bilan,   formal   yoki   abstrakt   imkoniyat   esa   –   ayni   paytda
imkoniyatni   voqyelikka   aylantirish   uchun   shart-sharoit   mavjud   emasligi   bilan
belgilanadi. 
Murakkab   sistemalar   uchun,   odatda,   rivojlanishning   bir   necha   muqobil
yo’llari   mavjud   bo’ladi.   Ayni   bir   muhitda   har   xil   strukturalar   vujudga   kelishi,
rivojlanish   jarayoni   ko’p   variantli   tarzda   amalga   oshishi,   buning   natijasida
rivojlanishda   kutilmagan   burilishlar   yuz   berishi   mumkin.   Shu   bois   prognoz   va
taxminlar   ishonchsiz   yoki   yanglish   bo’lishi   mumkin.   Shunga   qaramay,   mazkur
muhitda   evolyusiyaning   har   qanday   turi   emas,   balki   yo’llarning   muayyan
doirasigina   mavjud   bo’lishi   mumkin.   Muqobil   imkoniyatlar   o’rtasidagi   miqdoriy
nisbat   matematik   jihatdan   ehtimol   tutilgan   ayrim   voqyea   yuz   berishining
ehtimollik   darajasi   sifatida   ifodalanishi   mumkin.   Inson   o’z   faoliyatida   real
imkoniyatlarni   hisobga   oladi   va   ularni   voqyelikka   aylantirish   uchun   zamin
hozirlaydi. 
  Bu   kategoriyalar   borliqning   prosessualligiga,   ya’ni   uning   shakllanish
jarayoniga   urg’u   beradi.   Ma’lumki,   yo’q   narsadan   biron-bir   yangilik   vujudga
kelmaydi,   u   faqat   eski   narsaning   muayyan   xossalari,   jihatlari   negizida   vujudga
30 kelishi   mumkin.   Yangi   narsaning   borlig’i   uning   potensial   holatida   imkoniyat
hisoblanadi . Imkoniyatning   yetuklik   darajasi   imkonsizlikdan   voqyelikkacha
bo’lgan   doirada   o’zgarishi   mumkin.   Bu   jihatdan   imkoniyatni   tavsiflashni   uning
sifat va miqdor me’yorlarini hisobga olib amalga oshirish mumkin. Sifat jihatidan
imkoniyatlar formal va real bo’ladi. Amalga oshish ehtimoli past, aniqroq aytganda
nolga yaqin bo’lgan imkoniyat formal hisoblanadi. Bunday imkoniyatga tabiiy va
ijtimoiy rivojlanish qonunlari yo’l qo’yadi. Shu ma’noda u tabiiy va ijtimoiy borliq
qonunlariga   mutlaqo   zid   bo’lgan   imkonsizlikdan   butunlay   farq   qiladi;   obyektiv
dunyo   qonunlariga   zid   bo’lgan   narsa   imkonsizlik   hisoblanadi.   Masalan,   boqiy
dvigatel   yasash   mumkin   emas;   insonning   umrboqiyligi   mumkin   emas   va   sh.k.
Amalga   oshishi   uchun   barcha   zarur   sharoitlar   vujudga   kelgan   real   imkoniyat
amalga   oshirishning   oliy   darajasiga   ega   bo’ladi.   Masalan,   insonning   kosmosga
uchi sh  imkoniyati bir paytlar formal bo’lgan, endilikda u real tus oldi. 
Imkoniyatning   miqdoriy   tavsifi   aniqroq   bo’ladi.   Agar   imkonsizlikni   «0»
bilan,   voqyelikni   esa   «1»   bilan   ifodalasak,   «0»   dan   «1»   gacha   bo’lgan   oraliq
qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi. Ehtimollikning shartli o’qi
atrofida imkoniyatning butun doirasini ko’rsatish mumkin. 
XULOSA
Dialektika     kategoriyalarini     o'rganish     mobaynida   inson   hayotidagi   ko'plab
javobsiz     savollariga   javob   topadi.Masalan,   ,,   Nima   uchun   inson   aldaydi?,Nima
uchun inson yashaydi?" kabi va yana ko'plab boshqa  savollar. Ko'plab olimlar bir
necha     ming     yillardan   beri     ushbu     sohani   o'rganishga     umrlarini
bag'ishlagan.Xususan,   Suqrot   shunday   deydi,     ,,Kimni   baxtli,   deb   hisoblash
mumkin, degan savolga   Suqrot quyidagicha   javob beradi  ,,Kimda halol  fikr    va
o'tkir zehn bo'lsa,o'shani"deydi" .
Falsafiy   kategoriyalarni     tahlil   qilar   ekanmiz     shunday   fikrga
kelamiz,,Borliqdagi   barcha     narsa     bir-biriga     o'zaro   bog'liq   barcha   narsalar
besabab  paydo bo'lmaydi  va bor narsa besabab yo'qolmaydi ham".
31 Foydalanilgan  adabiyotlar  ro'yxati.
1.Shermuhammedova  N.A . Borliq  va rivojlanish falsafasi .Toshkent, 2013.
2.   Qo'shoqov   Sh.S.   Dialektika   va   bilish   nazariyasi.O'quv
o'llanama.Samarqand, 2007.
3.Shermuhammedova N.A.Falsafa  va fan metodologiyasi.Toshkent, 2008.
4.To'rayev B.O.  Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan muammolari 
falsafasi.Tanlangan asarlar 1-jild.Toshkent. 2015.
32

DIALEKTIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI TASNIFI Reja: 1.Dialektikaning kategoriyalarga bo'linishi va ularning mohiyati. 2.Kategoriya o'zi nima? 3.Dialektikada tushunchalarning o'rni. Tayanch iboralar: Kategoriyalar,xususiy-ilmiy,falsafiy,yakkalik,xususiylik, umumiylik, mohiyat, hodisa, mazmun, shakl, butun , qism, sistema, element, struktura, sabab, oqibat, bahona, shart, abstrakt, muayyan imkoniyat. Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so’zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o’zlashtiriladi, ba’zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma’lum bo’lmagan hodisani ifodalash uchun sun’iy tarzda yaratilgan so’zlar – neologizmlar ham ancha ko’p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o’laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya’ni erkin talqinga yo’l qo’ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo’ladi. Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o’rganar ekan, albatta o’z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog’liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o’zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma’lum darajada umumiy bo’lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo’llaniladi va mazkur sohalarga xos bo’lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy anlarda qo’llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo’llanilishi mumkin bo’lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega Falsafiy kategoriyalar fan kategoriyalaridan butunlay farq qiladi. Falsafiy kategoriyalarning muhim xususiyati, ular o’ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. Tushunchalar sifatida 1

kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O’ta keng tushunchalar sifatida ular universal qo’llanish va butun olamni tavsiflashga da’vogar bo’lishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida amal qiladi. Shuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o’zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig’ini tushunish me’yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan obyekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin. Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmetining o’ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud . Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning shakllanish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’lib, fan, falsafa va umuman ma’naviy madaniyatning rivojlanishiga qarab o’zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo’lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog’liq ijtimoiy rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko’rish mahoratini o’zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo’llaniladigan o’ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin. 2

1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar. Bular borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo’limlariga tegishli bo’lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya borliq va yo’qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o’z kategoriyalar apparatiga egadir. 3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo’limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo’lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go’zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug’vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo’llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko’rib chiqamiz. Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari obyektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo’lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari obyektiv dunyoni ideal aks ettirishning o’ta keng shakllari bo’lib, ular voqyelikni bilish va ma’naviy-amaliy o’zgartirishning asosiy prinsiplari bo’lib xizmat qiladi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substansion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’i y nazar, alohida-alohida qo’llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», 3

«rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular obyektiv voqyelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalarga kelsak, ular biri ikkinchisi bilan uyg’un bog’liq bo’lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqyelik. B iz falsafa kategoriyalar i ni batafsilroq ko’rib chiqamiz. Yakkalik, xususiylik va umumiylik Bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va hodisalarining dialektik birligini va ularning o’rtasidagi tafovutni aks ettiradi . Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko’p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo’lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo’lishi mumkin: - Umringda hyech qushni ko’rganmisan? - Ha, ko’rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi). - E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hyech qachon ko’rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko’rgansan. Sog’lom fikr kanareykada qushni ko’rgan bola u hyech qachon qushni ko’rmaganini aytayotgan boladan ko’proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxt i ni ko’rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o’z tajribamizda ko’rganimiz hyech qanday shubha uyg’otmaydi. Umumiy tushunchalar amalda obyektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg’in munozaralarga sabab bo’lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs O’rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar 4

xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin. Xo’sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda? Ayrimlik , ya kkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi. Ayrimlik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi asosiy tushunchadir. Ayrimlik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to’plamiga ega. U mumiylik a yrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o’xshashligini belgilovchi xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi. Yakkalik – faqat mazkur obyektga xos bo’lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. Yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi. Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib berish mumkin. Yakkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok etiladigan belgilardan, ayrimlikning betakror individualligi, boyligidan mahrum bo’lgan abstraksiya bo’lib qoladi. Yakkalik va umumiylikning keltiriladigan ta’riflari ularni ayni bir ayrim obyektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o’zgaruvchanlik – butun tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda yakkalik va umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o’xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir. 5