Etnoslar tasnifi
Mavzu. Etnoslar tasnifi Reja 1. Dunyo aholisining geografik va antropologik klassifikatsiyasi . 2. Lingvistik va etnolingvistik tasniflash. 3. Xo‘jalik madaniy, tarixiy madaniy viloyatlarga ajratib klassifikatsiya qilish usuli
3.1. Dunyo aholisining geografik va antropologik klassifikatsiyasi Bugungi kunda dunyoda bir necha ming turli-tuman xalqlar yashamoqda va ular jamiki insoniyatni tashkil etadi. Ular jamiyat rivoji, madaniyati, irqiy ko‘rinishi va nihoyat o‘z miqdoriga ko‘ra bir biridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu turli tumanlik xalqlarning uzoq vaqt davomida mustaqil rivojlanishi, ularning turli tabiiy-geografik, xo‘jalik va ijtimoiy sharoitda yashashi natijasida paydo bo‘lgan. Shu bilan birga etnik chegaralar juda ham qattiq, o‘tib bo‘lmaydigan darajada bo‘lmagan. Xalqlar o‘zlarining butun tarixi davomid bir-biri bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib o‘zlarining madaniyatdagi yutuqlarini almashib, o‘zaro aralashib turgan. Bularning barchasi yer yuzidagi barcha odamlarning yagona biologik turga mansubligi va bir-biriga o‘xshash qirralari ko‘pligi bilan izohlanadi. Bu xilma-xillik va ayni vaqtda turli xalqlarni bir-biri bilan bog‘lab turgan umumiy hususiyatlarni tahlil qilish uchun ularni tasniflash zarur. Etnoslar tasnifi- bu dunyo etnoslarini u yoki bu belgilariga, bu turning insondagi umumiy parametrlariga qarab qayta taqsimlab chiqishdir. Geografik (yoki areal) tasniflashda xalqlarning geografik jihatdan o‘xshash xududda joylashganligi, ularning ma’lum bir hududda birgalikda yashashidagi o‘xshashlik inobatga olinadi va bu ko‘p holatlarda juda katta hududni qamrab oladi. Geografik tasniflashda xalqlar tarixiy-etnografik yoki ananviy madaniy viloyatlar deb nomlangan yirik hududlarga bo‘linadi va bu hudud chegarasida uzoq tarixiy rivojlanish davomida ma’lum bir madaniy jamoa shakllangan bo‘ladi. Bu yerda umumiylik eng birinchi navbatda moddiy madaniyatdagi turli elementlarda, shuningdek ma’naviy madaniyatdp qisman ko‘zga tashlanadi. Geografik tasniflashga o‘ziga xos tarixiy-etnografik tumanlashtirish sifatida qarash mumkin. Geografik tasniflash dunyoning turli xalqlari yashaydigan ma’lum bir geografik hududni shartli ravishda ajratib olish uchun ishlatiladi. Shu asosda
“Kavkaz xalqlari”, “Shimol xalqlari”, “Okeaniya xalqlari” va boshqa tushunchalar mavjuddir. Biroq xalqlarni bu taxlit geografik birlashtirilishi geografik tasniflash etnik tasniflash bilan qay darajada mos tushishiga bog‘liq. Tasniflashning bu sharti keng qo‘llaniladi, chunki uni juda katta hududlarga nisbatan ishlatish mumkin. Biroq geografik tasniflash qoidalari xalqning etnik hususiyatini to‘liq ochib bermaydi. Geografik xususiyat xalqning kelib chiqishi, ularning shakllanishi, xo‘jalik va madaniy qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi xaqidagi savollarga javob bermaydi, lekin makonda etnoslarning hudud bo‘ylab tartiblashtirish va taqsimlash imkonini beradi. Juda katta hududlar qamrab olinganda foydalaniladigan bu usul makondagi uncha katta bo‘lmagan hudud etnoslarning bir-biriga qardoshligi borasidagi tasavvurga ziddir. Shuning uchun ham geografik tasniflash yordamchi xususiyat kasb etgan holda xalqlar boshqa xususiyatlari bilan bir-biriga mos kelganda ya’ni yirik hududlar doirasidagina ishlatiladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki xalqlarni geografik tasniflash xali yetarlicha ishlab chiqilmagan. Barcha mamlakatlar uchun dunyoning tarixiy-madaniy hududlarini aniqlovchi miqdor, shuningdek bu hududlarning chegaralari borasida yagona to‘xtam mavjud emas. Faqatgina xalqlarning: Avstraliya va Okeaniya, Osiyo xalqlari, Amerika xalqlari, Afrika xalqlari, Yevrpa xalqlariga bo‘lishda yagona qarash mavjud. Antropologik tasniflash turli etnik jamiyatlarning madaniy emas, balkim biologik, genetik qarindoshligiga asoslangan. Biroq faqatgina genetik aloqadorlik kishilarni ma’lum turga ajratish uchun xalqlarni ajratish talablariga javob bermaydi. Shuning uchun ham etnologiyada xalqlar o‘rtasidagi irqiy qarindoshlikni aniqlashda ulardagi farqlar antropologik tasniflash asosida amalga oshiriladi. Biologik jihatdan insoniyat yagona inson turiga mansubdir. Biroq fenotipik jihatdan turli tuman odamlar mavjud ya’ni insonlar o‘rtasida jismoniy (tana) farqlari mavjud. Bu farqlar teri rangi, yuzdagi farqlar, skletning tuzilishi, soch turi va boshqalardan iborat. Tana va antropologik farqlar bir-biridan uzoq, turli geografik-tabiiy sharoitda yashaydiganlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Odamlarning
fizik jihatdan bu tarzda farqlanishi odatda irqiy deb ataladi. Irqiy farqlar doimiy ravishda irsiy bo‘lib, u bir necha avlodda ota-onadan bolalarga o‘tadi. Shuning uchun ham katta miqdordagi mazkur farqlarni o‘rganishda irsiyat xaqidagi fan- genetikaning ahamiyati katta. Turli odamlar va butun boshli guruhlarda irsiy bo‘lgan ko‘pgina jismoniy belgilarning o‘xshashligi ularning kelib chiqishi birligiga yoki qarindosh ekanligiga yaqqol isbotdir. Irqiy belgilar odamlarning jismoniy tuzilishi borasidagi o‘ziga xoslik bo‘lib u avloddan avlodga o‘tadi va odamlarning juda katta guruhlari uchun xosdir. Irq va irqiy belgilar haqida gapirganda uning geografik xususiyat kasb etishini va ma’lum bir hudud bilan bog‘liqligini nazarda tutish lozim. Aslida, insondagi tana belgilarini barchasini ham irqiy xisoblanmaydi, faqatgina ma’lum bir hududda tarqalgan ya’ni butun insoniyatda emas aksincha u yoki bu mamlakat hududida yashaydigan xalqlarda uchraydigan belgilar irqiy hioblanadi. Irsiy hususiyat va ma’lmu bir hududda tarqalganlik-mana shu ikki zaruriy shart odamning aniq bir jismoniy belgisini irqiy deyishga asos bo‘ladi. Irq bu-tarixiy jihatdan bir hududda shakllangan odamlar guruhi bo‘lib kelib chiqishiga ko‘ra umumiylik birlashtirib turadigan va bu umumiylik irsiy hususiyat kasb etib ma’lum oraliqda tebranib turadigan morfologik va jismoniy belgilardan iborat bo‘ladi. Irq so‘zining kelib chiqishi aniq emas. Ehtimol u arabcha “ras” (bosh, ilk, ildiz) so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lishi mumkin. Shuningdek bu bu atama italyancha rassa yani “qabila” so‘zi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Irq so‘zi bugungi ma’nosida 1684 yilda fransuz olimi Fransua Bernening odamzotni irqiy sinflarga ajratgan asarida tilga olingan. Irq borasidagi konsepsiyalar XVIII asr oxirida paydo bo‘ldi. U mustamlaka siyosati tufayli xayotga keldi va Yevropa davlatlari tomonidan begona hudularni bosib olinishi va Afrika, Osiyo, Amerika, Avstraliya va Okeaniyada millionlar insonlarni bo‘ysundirilishi, qulga aylantirilishi va talanishining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. Bu konsepsiya xalqlarning irqiy mansubligi ularni madaniyatini belgilashini o‘zida aks ettirgan edi.
Irqchilarga ko‘ra irqlarning farqi va bu irq vakillari o‘z qobiliyatiga ko‘ra “yetuk” va “yetuk bo‘lmagan” irq va millatlarga bo‘linadi. Bu bilan irqchilar o‘z mamlakati ichkarisida va boshqa davlatlarga nisbatan olib borgan mustamlakachilik siyosatini oqlashga harakat qilishgan. Reaksion g‘oya sifatida irqchilik ayniqsa XIX asrda yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan, bu g‘oyadan AQSH dagi qulchilikni oqlashda foydalanildi. Bir qancha amerikalik antropologlar (Morton, Pett, Gliddon) quldorlarni fikrini “ilmiy” jihatdan mustahkamlab qulchilikni saqlanib qolinishi zarur va adolatli ekanligini isbotlashga urinib, negrlar-past irq vakillari bo‘lib boshqalarning ko‘magisiz yashay olishmaydi degan fikrni bildirishgan. Yevropada ham irqchilik g‘oyalari paydo bo‘ldi. Bu borada fransuz grafi J.A.Gobino tomonidan 1853 yilda chop etilgan “Insoniyat irqining notengligi xaqida tajriba” kitobi alohida ahamiyat kasb etdi. Bu kitobda muallif inson irqlari nafaqat “go‘zalligi” va bir qator jismoniy belgilari bilan balkim psixologik madaniyati bilan ham farq qilishini ta’kidladi. Gobino qora irqni past irq, sariq irqni nisbatan rivojlangan irq deb hisobladi. Gobinoga ko‘ra rivojlanishga qodir yagona va oliy irq bu oq irq vakillari bo‘lib uni alohida “oriy irq” deb atadi. Uning fikriga ko‘ra sariq yoki mongoloid irqi oq irqdan sezilarli darajada past, qora irq esa sivilizasion o‘zgarishlarni o‘zlashtirishga qodir emas va shuning uchun ham abadiy qoloqlikka mahkum edi. Bu g‘oya bevosita o‘sha davrning biologlari (E.Gekkel, F.Galton va boshqalar) tomonidan qo‘llab quvvatlanishi yevropalik mustamlakachilarning Afrika va Osiyodagi faoliyatini oqlash uchun juda qulay bo‘ldi, mustamlakalarda irqiy va etnik zulmni kuchaytirdi va keyinchalik Britaniya va boshqa metropoliyalarda keng tarqaldi. Insonlarning biologik jihatdan notengligi g‘oyasi asosida yozilgan yana bir asar fransuz sosiologi G.Lebonning “Xalqlar va omma psixologiyasi” asaridir. Nafaqat odamlar, balkim butun boshli irq va xalqlar tenglikka davo qilmasligi kerak, aks holda bu inson tabiati va uning mavjudligiga qarshi turish hisoblanadi. Odamlar, xalqlar va irqlarning notengligi ular mavjudligining obyektiv vositasi deb hisoblaydi Lebon. “Irqiy g‘oyaga ko‘ra” oq irq genetik va ijtimoiy jihatdan boshqa