logo

Dinlar tasnifi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.419921875 KB
Dinlar ta snifi.
REJA:
1.   Dinlarning tasniflanishi va ularning o’ziga xos xususiyatlari .
 2. Milliy dinlar: Yahudiylik, Hinduiylik,  Jaynizm, Sikxizm.  
3. Konfutsiylik, Daosizm, Sintoizm . 1. Jahondagi barcha dinlar 3 yirik guruhga bo’linib,bular
1) Urug’-qabila dinlari
2) Milliy davlat dinlari
3) Jahon dinlaridan iboratdit.
1)Urug’-qabila   dinlari   ibtidoiy   jamiyatda   vujudga   kelib   ularga   dinning
tarixiy shakllari, animizm, fetishizm, totemizm, shomonizm va magiya kiradi.
2)Bir yoki bir nechta millat e’tiqod qiladigan dinlar milliy davlat dinlari deb
nomlanib   ularga   hinduizm,   jaynizm,   sikxizm,   konfutsiylik,   daosizm,   sintoizm,
iudaizm va zardushtiylik dinlari taalluqlidir.
3)   Jahon   dinlari   yer   yuzasidagi   ko’plab   xalqlar   tomonidan   e’tiqod
qilinadigan   dinlar   bo’lib,   ularga   buddaviylik,   xristianlik   hamda   islom   dini   kiradi.
Yer yuzi aholisining yarmidan ko’pi jahon dinlariga e’tiqod qiladi.
2.   Iudaizm   yahudiylarning   milliy   davlar   dini   bo’lib,   er.   Av.   XII   asrda
Falastinda   vujudga   kelgan   hamda   yakka   xudolik   g’oyasini   targ’ib   qilgan   dindir.
Yahudiylik   ta’limoti   4   asosga   tayanadi.   1.Olamlarni   yaratuvchi   yagona   xudo-
Yaxvega imon keltirish. Yaxve so’zi “rabb, parvardigor ma’nosini bildiradi.
2.Yahudiylar   o’zlarini   xudo   tomonidan   saylangan,   eng   mumtoz,   muqaddas
xalq   ekanligi   va   yahudiyning   ruhi   xudoning   bir   qismi   hisoblanishini   da’vo
qiladilar.
3.Messiya-   xaloskorning   kelishi   haqida.   Unga   ko’ra   oxirzamonda   Yaxve
yahudiylar   orasidan   bir   xaloskorni   chiqaradi   va   u   dunyoni   isloh   qilgan   holda
qaytadan   quradi,   butun   yahudiylarni   Sinion   atrofida   to’playdi   hamda   ularning
barcha dushmanlarini jazolaydi.
4.Oxirat   kuniga   ishonish.Yahudiylikda   oxirat   haqidagi   tasavvurlar   asosan
Talmudda   bayon   etilgan   bo’lib,   unga   ko’ra,   Yaxveda   chin   e’tiqod   qilganlar
oxiratda   mukofotlanadilar.   Aksincha   uning   qonunlarini   buzganlar   shavqatsiz   jazo
oladilar.Yahudiylarning   diniy   ta’limoti   bo’yicha   Muso   payg’ambar   Tur   tog’ida
Yaxve bilan uchrashganida Yagona xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan bo’lib,
bu   lavhalarda   din   asosini   tashkil   etgan   10   ta   nasihat   o’z   ifodasini   topgan.   Bu
nasihatlar   Tavrotnng   “Ikkinchi   qonun”   kitobidan   o’rin   olgan   bo’lib,   yahudiylar
ularga   qat’iy   rioya   qilishlari   shart,   deb   hisoblanadi.   Bu   10   ta   nasihatning   1,
Yaxvedan boshqani iloh deb bilmaslik. 2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik. 3.
Bekordan-bekorga   Xudo   nomi   bilan   qasam   ichmaslik.     4.   Shanba   kunini   hurmat
qilish   va   uni   Xudo   uchun   bag’ishlash.   Yahudiylik   ta’limotiga   ko’ra,   Yaxve
olamlarni   yaratishni   yakshanbada   boshlab,     juma   kuni   tugatdi,   shanba   kuni   esa
dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik
dinida   shanba   kuni   ulug’   kun   hisoblanib,   hech   bir   ishga   qo’l   urilmaydi.   5.   Ota-
onani   hurmat   qilish.   6.   Nohaq   odam   o’ldirmaslik.   7.   Zino   qilmaslik.   8.   O’g’rilik
qilmaslik.   9.   Yolg’on   guvohlik   bermaslik.   10.   Yaqinlarining     narsalariga   ko’z olaytirmaslik. 
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda
yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, unda yahudiylar amal qilish
va   bajarishi   lozim   bo’lgan   248   ta   buyruq,   365   ta   ta’qiq   mavjud.   Ular
yahudiylarning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari marosimlar
va bayramlariga taaluqli masalalarini o’z ichiga olib, har bir yahudiy ushbu buyruq
va   ta’qiqlarga   umri   davomida   rioya   qilishi   shart   bo’lib   hisoblanadi.   Yahudiy
dinining   muqaddas   kitobi   Muso   payg’ambarga   Tur   tog’ida   berilgan   Torya   ya’ni
Tavrot,   ikkinchisi   Tavrotdan   keyinroq   paydo   bo’lgan   yozma   manba   Talmuddir.
Tavrot   bibliyaning   “qadimgi   ahd”   qismini   tashkil   etib,   u   Musoning   besh   kitobi
deyiladi.   Bu   kitoblar   1)   Borliq   yoki   ibtido,   2)   Chiqish,   3)   Levit,   4)   Sonlar,   5)
Ikkinchi qonun.
         Hindistonda braxmanlik dinini isloh qilish, uning marosimlarini xalqqa
yaqinlashtirish   natijasida   hinduizm   dini   vujudga   keldi.   Hinduizm   ibodatxonlari
dabdabali   va   ulkan   qilib   qurilib,   ibodatxonalarda   diniy   marosimlar   o’tkazila
boshlandi.   Avvallari   xudolar   samoviy   tarzda   aks   ettirilgan   bo’lsa,   endi   xudolar
odamlarga   o’xshab   tasvirlanib,   ularning   tasvirlari   ibodatxonalarga   osib
qo’yiladigan  bo’ldi.  Hinduizmda  butparastlik,  qadimiy  diniy  tasavvurlar,  masalan
suvni, ayniqsa Gang daryosining suvini muqaddas deb hisoblashdan iborat xilma-
xil   marosimlar,   urf-odatlar   saqlanib   qoldi.   Hinduizmga   e’tiqod   qiluvchi   kishilar
Gang   daryosining   suvini   har   qanday   gunohni   yuvishga   qodir   deb   hisoblab,   Gang
qirg’og’ida   o’lishni   o’zlari   uchun   baxt   deb   hisoblaydilar.   Hinduizmda   muqaddas
hayvonlar, tabiat hodisalari, ajdodlar ruhiga sig’inish kabi avvalgi dinlarning ko’p
unsurlari  saqlanib  qolgan. Barcha  hinduiylar  bajarishi  majburiy bo’lgan  talablar  -
1.Vedaning   muqaddasligini   tan   olish   (muqaddas   kitob).   2.Ruhning   abadiyligi.
3.Jonning ko’chib yurishi. 4.Kastalarning xudo tomonidan yaratilganligi. 
Hinduizmning   aqidaviy   ta’limoti   va   marosimlari   “Muqaddas   kitob”-
“Veda”   da   o’z   aksini   topgan.   Hinduizmda   kastachilik   tizimi   1)braxmanlar,   2)
kshatriylar,   3)vayshiylar,   4)   shudriylar   tan   olinadi.   Hinduizm   ko’pxudolik   din
bo’lib,   braxmanlikning   Braxma,   Shiva,   Vishnu,   Indra   kabi   xudolari   unda   ham
saqlanib   qolgan.   Hinduizm   ta’limotiga   ko’ra,   olam   hayotning   hamma   shakllarini
Braxma   yaratgan   bo’lib,   bugungi   kunda   Braxmaga   emas,   Vishnu   va   Shivaga
sig’inadilar.   Hinduizm   ta’limotiga   ko’ra,   olam   ma’lum   bir   davr   ichida   yashaydi.
Olamning har bir yashash davri 4 mlrd 320 mln yilga teng bo’lib, bu davr ichida
yuksak taraqqiyot so’nib, yemirilish sodir bo’ladi, deb targ’ib qilinadi. Hinduizmda
jannat   va   do’zax   tushunchlari   ham   mavjud   bo’lib,   bu   dinning   aqidalariga   ko’ra,
odamzod yaratilishidanoq ijtimoiy jihatdan tengsiz qilib yaratilgan, bu tengsizlikni
real   hayotda   tugatib   bo’lmaydi.   Inson   ruhi   abadiyligi   uchun   u   o’lgan   jasaddan
yangi   tu’gilgan   inson   tanasiga   ko’chib   o’tadi   deb   hisoblanadi   diniy   ta’limotda. Inson o’z hayotida nimaniki yomonlik qilsa, uning jazosini narigi dunyoda tortadi.
Dindorlar   Vishnu   va   Shivaga   atab   qurilgan   ibodatxonalarga   kelib   xudolarga
sig’inadilar, ularga atab qurbonliklar qiladilar, narzu-niyozlar olib keladilar.
            Hinduiylikka ko’ra,  murda ko’milmaydi,  balki   kuyduriladi.  Muqaddas
hisoblangan   Gang   sohillariga   tumonat   xalq   yig’ilib,   agar   vafot   etgan   hind   Gang
daryosi   yohasiga   kuydirilsa,   u   shubhasiz   jannatga   ketadi.   Kishilar   dafn
marosimidan   qaytishlarida   Gang   suvidan   idishlarga   olib   keladilar   va   boshqalarga
ulashadilar.   Hinduiylik   diniga   o’tishni   istagan   odamning   Hindistonda   mavjud
bo’lgan   4   kastaning   muqarrar   birortasiga   mansub   bo’lishi   kerak   edi.   Shuning
uchun hinduiylik jahon diniga aylana olmadi. Bugungi Hindiston aholisining 83 %i
shu dinga e’tiqod qiladi. Hinduiylik dini har bir inson yuksak taraqqiyot bosqichida
qayta   tug’ilishi   mumkin   deb   ta’lim   beradi,   Hinduiylik   Nepal,   Shri-Lanka,
Bangladesh kabi mamlakatlarda qisman tarqalgan.  Jaynizm   er.av.   VI   asrda
Hindistonda   vujudga   kelib,   bu   dinning   asoschisi   kshatriya   kastasidan   chiqqan
afsonaviy   Vardxamana   Maxavira   ya’ni   Jinna   edi.  Jaynizm   ana   shu   nomdan   kelib
chiqqan   bo’lib,   bu   diniy   ta’limot   Hindistondagi   kastachilik   tuzimiga   qarshhi
chiqadi.   Rivoyatlarga   ko’ra,   Jaynizm   ta’limoti   asrlar   osha   24   ustoz-payg’ambar
orqali   yetib   kelgan   bo’lib,   ularning   eng   so’nggisi   Jinna   Taxallusini   olgan
Vardxamana   Maxavira   edi.   Jinna   “Karma”   deb   yuritiladigan     “Qasos”   qonunini
yenggan g’olib hamda diniy najot yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etgan shaxs sifatida
tanilgan bo’lib, Jaynizm tarafdorlari o’zlarining yarim afsonaviy payg’ambarlariga
xudolariga   sig’ingandek   sig’inadilar.   Jaynizm   ta’limotiga   ko’ra   moddiy   dunyo
yovuzlikdan   iborat   bo’lib,   inson   ulardan   xalos   bo’lish   uchun   kurashishi   zarur.
Xalos   bo’lish   esa   har   kimning   o’ziga   bog’liqdir.   Xalos   bo’lishga   najotga   hamda
abadiy rohat-farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirish orqaligina erishish
mumkin   bo’lib,   Jaynizm   eng   ashaddiy   tarafdorlari   hatto   oddiy   kiyim   kiyib
yurishdan ham voz kechganlar. Jaynizm ta’limotiga ko’ra inson joni uning barcha
qilmishlari   uchun   javobgar   bo’lib,   insonning   bu   barcha   qilmishlari   qasos   qonuni
asosida ro’y beradi. Najotga hamda rohat-farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot
kechiradigan odamgina erisha oladi. Jaynizmda  2 ta asosiy  yo’nalish digambarlar
va   shvetambarlar   yo’nalishlari   mavjud   bo’lib,   digambarlar   hayotdagi   barcha
lazzatlardan voz kechsalar, shvetambarlar    uning ma’lum  qismini  saqlab qolishga
harakat qiladilar. Sikxizm Sanskrit tilida “shogird” degan ma’noni bildirib, bu din
XVI asrda Hindistonda vujudga kelgan. Sikxizm bir tomondan Hinduizm himoya
qilgan   kastachilikka   qarshi   kurashni   yoqlab   chiqqan   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan
musulmonlar   bosqiniga   qarshi   milliy   kurash   harakati   edi.   Sikxizm   dinining
asoschisi   guru   ya’ni   ustoz-kshatriya   kastasidan   chiqqan   Nanak   bo’lib,   dastlab   bu
din   mayday   savdogar   va   hunarmandlarning   kastachilik   tuzumi   va   feodal   zulmiga
qarshi   noroziligini   ifodalagan   bo’lsa,   XVII   asrda   sinxlar   jamoasiga   ko’plab dehqonlar qo’shilib, jamoa harbiy-demokratik tashkilot tusini  oldi. Bu kastachilik
va   qabiladoshlikdan   yuz   o’girgan   teng   huquqli   insonlar   jamoasi   bo’lib,   sikxizm
dini   feodallikka   qarshi   kurash   mafkurasiga,   Boburiylar   imperiyasi   va   inglizlar
zulmiga   qarshi   kurash   bayrog’iga   ham   aylandi.   Hinduiylik   dinidagi   asosiy   g’oya
diniy   bo’linishni   tugatish,   hammani   shu   jumladan   hinduiylik   diniga   va   islom
diniga   e’tiqod   qiluvchilarni   yagona   dinga   birlashtirish   g’oyasi   edi.   Sinxizm
harakati   XVII   asrda   sikxlarnin   kuchli   davlati   tuzilishi   bilan   yakunlandi.   XVIII
asrda   ular   Panjobni   ham   egallab,   bu   davlat   keyinchalik   tipik   feodal   davlatga
aylandi.   Bu   davlat   1849   yilgacha,   ya’ni   inglizlar   tomonidan   istilo   qilingincha
yashadi.   Sinxizm   ta’limoti   uning   muqaddas   kitobi   “Granxt   Sohib”   ya’ni   Janob
Kitobda   bayon   etilgandir.   Bu   kitob   asosan   Guru   ya’ni   ustozning   pand-nasihatlari
hamda hayoti haqidagi lavhalardan iboratdir. Sikxlar jamoasi bugungi kunda ham
Panjobda mustaqil Xoliston davlati tuzish uchun kurashmoqdalar.
3.   Daosizm   aslida   er.   Av.   IV-III   asrlarda   Xitoyda   paydo   bo’lgan
falsafiy   ta’limot   bo’lib,   uning   asosida   er.   Eav.II   asrda   daosizm   dini   shakllandi.
Daosizmning   falsafiy   prinsplari   “Dao   Detszin”   kitobida   bayon   etilgan   bo’lib,   bu
asar   Xitoy   faylasufi   Lao   Szi   tomonidan   yozilgan.   Asarning   asosiy   tushunchasi
“dao” (yo’l) bo’lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi
manbai,   barcha   narsalarning   asosi   deb   tushunilgan.   Bu   go’yo   qandaydir   yo’l
bo’lib, atrofni o’rab olgan olam va barcha kishilar va shu yo’l bilan borishi lozim.
”Dao” diniy mazmun kasb etgan yo’lgina bo’lib qolmay, ayni paytda u hayot tarsi,
usuli,   prinsiplari   ham   edi.   Daosizm   dinida   uch   xudo   –Shan   Di,   Lao-Szi   hamda
dunyoning yaratuvchisi Pant Gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan.  Shan
Di   osmon   xudosi,   Oliy   ruh,   qudrat   va   osmon   o’g’illari   bo’lgan   imperatorlarining
otasi hisoblanardi. Daosizm dini o’z ibodatxonalariga, muqaddas kitoblariga, diniy
xizmatlarni   bajaruvchi   ruhoniylarga   ega.   Bu   dinning   diniy   tashkiloti   ierarxiya
prisnipiga asoslangan  bo’lib, ierarxiyaning boshida oily ruhoniy (patriarx)- Tyan-
Shi ya’ni samoviy ustoz turadi. Uning sulolasi II asrda vujudga kelib, oily ruhoniy
oilaviy   turmush   qura   olar   edi.   U   o’z   dindorlari   orasida   juda   katta   obro’ga   ega
bo’lgan. Daosizmda oilaviy turmush qura oladigan ruhoniylar ham shu bilan birga
rohiblar   ham   mavjuddir.   V   asr   boshiga   kelib   daosizm   ta’limoti   va   marosimlari
rasmiylashgan,   u  davlat   diniga  aylangan.  Shu  bilan  birga  uning  zamiriga  ilohiyot
masalalari,   aqidalar   marosimlarini   mustaqil   talqin   etishlari   bilan   farq   qiluvchi
ko’plab sektalar vujudga kelgan.
Qadimgi   Xitoyda   Lao   Szi   falsafiy   ta’limot   bilan   deyarli   bir   davrda
Kun   Szi   ya’ni   Konfutsiyning   falsafiy   ta’limoti   ham   paydo   bo’lgan.   Konfutsiy
garchi,   somoni   oily   ruhiy   qudrat   ajdodlariga   qurbonlik   keltirishni   ularni
ezozlashning   asosiy   ifodasi   deb   bilsa   ham,   o’z   ta’limotida   osmon   sirlari
muammolarini   deyarli   tilga   olmagan   hamda   ruhlar   va   narigi   dunyo   kabi tushunchalarga   kam   e’tibor   berilgan.   Konfutsiyning   falsafiy   va   axloqiy   g’oyalari
markazida   inson,   uning   aqliy  va   ma’naviy  qiyofasi,   olamdagi   hamda   jamiyatdagi
o’rni,   vazifasi   muammolari   turadi.   Konfutsiy   fikriga,   olamdagi   barcha   mavjudod
singari   insonning   taqdiri   ham   samoviy   qudratga   bog’liq,   shuning   uchun
odamlarning   olijanobligi   yoki   tubanligi,   oily   yoki   past   tabaqaga   mansubligini
o’zgartirib   bo’lmaydi.   Binobain   podsho   podsholigicha,   fuqaro   fuqaroligicha,   ota-
onaligicha, farzand farzandligicha qolishi kerak. Bunday g’oya eng avvalo mavjud
g’oyani   saqlab   qolishini   nazarda   tutar   edi.   Shu   bilan   birga,   Konfutsiy   idea,   oily
inson,   asl,   mard   kishi   konsepsiyasini   ishlab   chiqqan.   Bu   konsepsiyaga   ko’ra
odamlar   ijtimoiy   kelib   chiqishi   yoki   jamiyatdagi   mavqei   orqali   emas,   balki
odamiylik,   adolatgo’ylik,   xaqgo’ylik,   samimiyat,   farzandlik   izzat-hurmati   kabi
yuksak   ma’naviy   fazilatlarga   erishishi   tufayli   yuksak   kamolotga   yetishuvi
mumkin.   Eramizning   boshlarida   Konfutsiyning   ta’limoti   Xitoyda   hukumron
dinlarning   biriga   aylanib,   Konfutsiychiylik   dinining   asosi   bo’ldi.
Konfutsiychiylikning manbai uning izdoshlari yozgan “lung-Yuy” ya’ni suhbatlar
va mulohazalar kitobidir.
              Konfutsiychilikning   maqsadi   xalqni   mavjud   tartib-qoidalarni   hurmat
qilishi   ruhida   tarbiyalashdir.   Bu   din   aqidasiga   ko’ra,   jamiyatda   osmondan
yuborilgan   “Jen”   ya’ni   insonparvarlik   qonuni   amal   qiladi.Bu   qonunni   o’rganib
olish uchun inson “li” ga, ya’ni ijtimoiy axloq normalariga, qoidalariga, an’anaviy
marosimlariga   amall   qilishi,   o’zining   jamiyatdagi   darajasiga   qarab   ish   tutishi
lozim. Konfutsiychilik belgilangan diniy tartiblarga qat’iy amal qilishni talab etadi.
Konfutsiyning o’zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan.
          Konfutsiychilikning   bosh   xudosi   –   osmon   xudosi   edi.   Keyinchalik
Konfutsiyning   o’zi   ham   ilohiylashtirilgan.   Uning   sharafiga   hatto   imperatorning
o’zi   ham   diniy   marosimlarni   bajo   keltiradi.   Konfutsiychilikning   mavjud   tartiblar
abadiyligi,   odamlar   oily   va   quyi   tabaqa   bo’linishi   haqidagi   ta’limoti   aynan
imperatorlik manfaatlarini, saltanatni himoya qilardi. Konfutsiychilik diniga ko’ra,
ayni paytda imperatorning o’zi oily xudoning yerdagi vakili edi. Konfutsiychilikda
ajdodlar   ruhiga   sig’inish   oily   darajaga   ko’tarilgan.   Konfutsiychilik   dinining   “Si-
Shu”   (to’rt   kitob)   va   “U-Izzin”   (besh   kitob)   degan   muqaddas   kitoblari   bor.
Konfutsiychilikning o’ziga xos, uni boshqa dinlardan ajratib turadigan eng muhim
belgisi- bu dinda ruhoniylar qatlamining yo’qligidir. 
Sintoizm   yoki   shintoizm   yaponlarning   an’anaviy   milliy   dini   bo’lib,   u
eramizning   VI-VII   asrlarida   shakllangan.Yaponlarning   milliy   dini   Kami-no-miti
ya’ni   “Xudo   yo’li”,   yaponchada   sinto,   xitoychada   Shinto   ya’ni   “yo’l”   deb   atala
boshlandi. Sintoizm –Xudo yo’li degan ma’noni bildirib, bu dinda buddaviylikning
ta’siri   kuchlidir.Yaponiya   da   buddaviylar   ibodatxonasiga   taqlid   qilingan   holda
sintoizm   dinining   ibodatxonalari   qurila   boshlangan.   Sintoistlar   xudolarning tasvirini   yasay   boshladilar.   Buddaviylikdan   jasadni   yoqish   marosimlari
kiritildi.Yaponiyada   buddaviylar   ibodatxonalari   ichkarida   sintoistlar   xudolari
uchun burchak  tashkil   etilib, bu  xudolar   Kami  deb  atalar  edi.  Ba’zan  bu  Kamilar
buddaviylar   xudolari   bilan   tenglashtirilardi.   IX   asrda   ikkala   din   ruhoniylari
birgalikda   yashash-   ryobu   –   sinto   (ikki   birlik)   modulini   ishlab   chiqdilar.   Unga
ko’ra,   bu  ikki   din   yagona   din  sifatida   qo’shilib   ketishi   ko’zda  tutildi.   Sintoizmda
imperator-   Mikado   muqaddas   zot,   quyosh   xudosi   Amatrasuning   avlodi   bo’lib
hisoblanadi. XII asr oxirida yana yagona davlatga birlashtirgan Xidayosi xonadoni,
keyinchalik Tokugava xonadoni mamlakatga kirib kelib xristianlikni targ’ib qilgan
missionerlarning faoliyatini chekladilar, xristianlarni ta’qib etadilar, missionerlarni
Yaponiyadan haydaydilar. Tokugava jamoasidan chiqqan Syogunlar yaponlarning
chet   elliklar   bilan   yaqinlashuvini   man   eta   boshladilar.   Ayni   paytda   ular   Xitoy-
koreys ta’siridan qutulmoq uchun o’z harakatlarida yaponlarning eski an’analariga
suyandilar.   1867-1868   yillardagi   Meydzi   islohoti   natijasida   yaponiyada
imperatorning   dunyoviy   hokimyati   tiklanishi   bilan   sintoizm   to’la   rasmiy   din
ekanligi tan olindi. Sintoizm imperator hokimyati ilohiyligini targ’ib etuvchi dinga
aylandi. 1869 yilda Yaponiyada diniy e’tiqod erkinligi e’lon qilindi.
          Sintoizm   buddaviylikka   nisbatan   o’z   aqidalarining   soddaligi   bilan   farq
qiladi. Sintoizm ta’limotiga ko’ra imperator ya’ni Mikado xudo Amaterasumining
avlodi bo’lib, shuning uchun ham, har bir yapon imperatorining muqaddas hohishi
olidida   bosh   egishga   majbur.   Imperatorning   saroyi   ham   vafot   etgan
imperatorlarning   qabri   ham   diniy   ta’limotga   ko’ra   muqaddas   bo’lib   hisoblanadi.
Eng muhim umumdavlat va diniy bayramlar imperatorlarni xotirlash kunlari bilan
bog’liq   edi.  Sintoizmda   ajdodlar   ruhiga   sig’inish   ham   mavjud   bo’lib,   vafot   etgan
har   bir   odam   Kamiga   (Barcha   ruh   va   xudolarning   umumiy   nomi)   aylanadi,   deb
ta’lim   beradi   sintoizm.   Oilaning,   urug’ning   boshlig’i   har   kuni   ibodat   qiladi   va
qurbonlik   keltiradi.   Har   bir   yaponning   uyida   oilaviy   mehrob   bo’lib,   unga   vafot
etgan   oila   a’zolarining   nomlari   yozilgan   taxtacha   qo’yib   boriladi.   Sintoizmdagi
asosiy   xudolar   Amaterasu   (Quyosh   xudosi),   Susano-Vo(bo’ron   xudosi),   Inari
(guruchli   odam,   dehqonchilik   homiysi)lardir.   Sintoizm   xudolari   panteonidan
Yaponiya imperatorlari  ham  joy olganlar. Shuningdek bu dinda muqaddas joylar,
ayniqsa,   tog’lar   Fudziyama   vulqoni   alohida   e’zozlanadi.   Sintoizm   ibodatxonalari
buddaviylik   ibodatxonalaridan   o’zlarining   soddaligi   bilan   ajralib   turadi.   Sintoist
ruhoniylari-kannushalar-o’z   mansablarini   meros   qilib   qoldiradilar.   Shu   bilan
birgalikda   ular   biror   mansabni   ham   egallaydilar.   Sintoizm   marosimini   bajarish
oson bo’lib, duo o’qilib, meva, sabzavot  va baliq mahsulotlari qurbonlik qilinadi.
Sintoizmda ozodalik masalasiga katta e’tibor beriladi. Yaponiyada har yili 2 marta,
30-iyunda va 31- dekabrda umumxalq poklanish tadbirlari o’tkaziladi. Sintoizmda
eng   nopok   narsa   qondir.   Sintoizm   dinidagi   axloqiy   qarash,   axloqiy   bur   bu imperatorga   so’zsiz   itoat   etishdan   iboratdir.   Yaponlar   o’z   dinlaridagi   bunday
oddiylikni   o’zlarining   tabiatan   axloqiy   ekanliklari   bilan   izohlaydilar.   Shuning
uchun   ular   birga   alohida   diniy-axloqiy   qoidalarining   man   etilgan   narsalarning
keragi   yo’q   deb   hisoblaydilar.   Yaponiya   2-jahon   urushida   yengilganidan   so’ng
1945   yil   dekabrida   sintoizm   dini   davlatdan   ajratildi.   1946   yilning   yanvarida
imperator   o’z   hokimyatining   axloqiyligi   to’g’risidagi   va   yapon   xalqining   boshqa
xalqlardan   ustunligi   to’g’risidagi   avvalgi   davlat   doktrinasini   qoralovchi   xatini
e’lon qildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O‘zbekiston,   20 20
yil .
2.               O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida.   O’zbekiston     Respublikasi
Prezidentining Farmoni. PF-6108. 06. 11. 2020.
                    3.   Mirziyo y ev   SH.M.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild.
Toshkent, O‘zbekiston, 2020 yil. 456 bet.
4. Mirziyoyev   SH.M.   Niyati   ulug’   xalqning   ishi   ham   ulug’,   hayoti   yorug’   va
kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil. 400 bet.
5. Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.
–  266   p.
6. Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar.
–Toshkent:   “Toshkent   islom   universiteti”   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2013.   –
320 b.
7. Dunyo dinlari tarixi /  tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov,
N.Muhamedov va b. – T.: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
8. Osnovi   religiovedeniya:   Ucheb./   G.T.Tulemetova,   E.F.   Ibragimov   /
Otv.   red.   A.A.Xasanov.   –   2-ye   izd.,   pererab.   i.   dop.   –Izd.   «Toshkent   islom
universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi.  2015.  – 265 s.
9. Mo‘minov   A.,   Yo‘ldoshxo‘jayev   H.,   Rahimjonov   D.,   Komilov   M.,
AbdusattorovA.,   Oripov   A.   Dinshunoslik.   Darslik   /   Mas’ul   muharrir   akad.
Ibrohimov N.I. – T.:Mehnat, 2004. – 296 b.
10. Hasanov   A.,   Komilov   M.,   Uvatov   U.,   Azimov   A.,     Rahimjonov   D.,
Zohidov   Q.,   Islom   tarixi.   Darslik.     –   T.:   «Toshkent   islom   universiteti»   matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2008.
11. Yo‘ldoshxo‘jayev   H. ,   Rahimjonov   D. ,   Komilov   M.   Dinshunoslik
ma’ruzalar   matni. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
12. Mo‘minov   A.Q.   Dinshunoslik   asoslarini   o‘qitish   va   o‘rganishning
yagona   konsepsiyasi. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 1999.

Dinlar ta snifi. REJA: 1. Dinlarning tasniflanishi va ularning o’ziga xos xususiyatlari . 2. Milliy dinlar: Yahudiylik, Hinduiylik, Jaynizm, Sikxizm. 3. Konfutsiylik, Daosizm, Sintoizm .

1. Jahondagi barcha dinlar 3 yirik guruhga bo’linib,bular 1) Urug’-qabila dinlari 2) Milliy davlat dinlari 3) Jahon dinlaridan iboratdit. 1)Urug’-qabila dinlari ibtidoiy jamiyatda vujudga kelib ularga dinning tarixiy shakllari, animizm, fetishizm, totemizm, shomonizm va magiya kiradi. 2)Bir yoki bir nechta millat e’tiqod qiladigan dinlar milliy davlat dinlari deb nomlanib ularga hinduizm, jaynizm, sikxizm, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, iudaizm va zardushtiylik dinlari taalluqlidir. 3) Jahon dinlari yer yuzasidagi ko’plab xalqlar tomonidan e’tiqod qilinadigan dinlar bo’lib, ularga buddaviylik, xristianlik hamda islom dini kiradi. Yer yuzi aholisining yarmidan ko’pi jahon dinlariga e’tiqod qiladi. 2. Iudaizm yahudiylarning milliy davlar dini bo’lib, er. Av. XII asrda Falastinda vujudga kelgan hamda yakka xudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik ta’limoti 4 asosga tayanadi. 1.Olamlarni yaratuvchi yagona xudo- Yaxvega imon keltirish. Yaxve so’zi “rabb, parvardigor ma’nosini bildiradi. 2.Yahudiylar o’zlarini xudo tomonidan saylangan, eng mumtoz, muqaddas xalq ekanligi va yahudiyning ruhi xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar. 3.Messiya- xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra oxirzamonda Yaxve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi, butun yahudiylarni Sinion atrofida to’playdi hamda ularning barcha dushmanlarini jazolaydi. 4.Oxirat kuniga ishonish.Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar asosan Talmudda bayon etilgan bo’lib, unga ko’ra, Yaxveda chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha uning qonunlarini buzganlar shavqatsiz jazo oladilar.Yahudiylarning diniy ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yaxve bilan uchrashganida Yagona xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan bo’lib, bu lavhalarda din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat o’z ifodasini topgan. Bu nasihatlar Tavrotnng “Ikkinchi qonun” kitobidan o’rin olgan bo’lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart, deb hisoblanadi. Bu 10 ta nasihatning 1, Yaxvedan boshqani iloh deb bilmaslik. 2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik. 3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik. 4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash. Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yaxve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l urilmaydi. 5. Ota- onani hurmat qilish. 6. Nohaq odam o’ldirmaslik. 7. Zino qilmaslik. 8. O’g’rilik qilmaslik. 9. Yolg’on guvohlik bermaslik. 10. Yaqinlarining narsalariga ko’z

olaytirmaslik. Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, unda yahudiylar amal qilish va bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq, 365 ta ta’qiq mavjud. Ular yahudiylarning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari marosimlar va bayramlariga taaluqli masalalarini o’z ichiga olib, har bir yahudiy ushbu buyruq va ta’qiqlarga umri davomida rioya qilishi shart bo’lib hisoblanadi. Yahudiy dinining muqaddas kitobi Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Torya ya’ni Tavrot, ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma manba Talmuddir. Tavrot bibliyaning “qadimgi ahd” qismini tashkil etib, u Musoning besh kitobi deyiladi. Bu kitoblar 1) Borliq yoki ibtido, 2) Chiqish, 3) Levit, 4) Sonlar, 5) Ikkinchi qonun. Hindistonda braxmanlik dinini isloh qilish, uning marosimlarini xalqqa yaqinlashtirish natijasida hinduizm dini vujudga keldi. Hinduizm ibodatxonlari dabdabali va ulkan qilib qurilib, ibodatxonalarda diniy marosimlar o’tkazila boshlandi. Avvallari xudolar samoviy tarzda aks ettirilgan bo’lsa, endi xudolar odamlarga o’xshab tasvirlanib, ularning tasvirlari ibodatxonalarga osib qo’yiladigan bo’ldi. Hinduizmda butparastlik, qadimiy diniy tasavvurlar, masalan suvni, ayniqsa Gang daryosining suvini muqaddas deb hisoblashdan iborat xilma- xil marosimlar, urf-odatlar saqlanib qoldi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchi kishilar Gang daryosining suvini har qanday gunohni yuvishga qodir deb hisoblab, Gang qirg’og’ida o’lishni o’zlari uchun baxt deb hisoblaydilar. Hinduizmda muqaddas hayvonlar, tabiat hodisalari, ajdodlar ruhiga sig’inish kabi avvalgi dinlarning ko’p unsurlari saqlanib qolgan. Barcha hinduiylar bajarishi majburiy bo’lgan talablar - 1.Vedaning muqaddasligini tan olish (muqaddas kitob). 2.Ruhning abadiyligi. 3.Jonning ko’chib yurishi. 4.Kastalarning xudo tomonidan yaratilganligi. Hinduizmning aqidaviy ta’limoti va marosimlari “Muqaddas kitob”- “Veda” da o’z aksini topgan. Hinduizmda kastachilik tizimi 1)braxmanlar, 2) kshatriylar, 3)vayshiylar, 4) shudriylar tan olinadi. Hinduizm ko’pxudolik din bo’lib, braxmanlikning Braxma, Shiva, Vishnu, Indra kabi xudolari unda ham saqlanib qolgan. Hinduizm ta’limotiga ko’ra, olam hayotning hamma shakllarini Braxma yaratgan bo’lib, bugungi kunda Braxmaga emas, Vishnu va Shivaga sig’inadilar. Hinduizm ta’limotiga ko’ra, olam ma’lum bir davr ichida yashaydi. Olamning har bir yashash davri 4 mlrd 320 mln yilga teng bo’lib, bu davr ichida yuksak taraqqiyot so’nib, yemirilish sodir bo’ladi, deb targ’ib qilinadi. Hinduizmda jannat va do’zax tushunchlari ham mavjud bo’lib, bu dinning aqidalariga ko’ra, odamzod yaratilishidanoq ijtimoiy jihatdan tengsiz qilib yaratilgan, bu tengsizlikni real hayotda tugatib bo’lmaydi. Inson ruhi abadiyligi uchun u o’lgan jasaddan yangi tu’gilgan inson tanasiga ko’chib o’tadi deb hisoblanadi diniy ta’limotda.

Inson o’z hayotida nimaniki yomonlik qilsa, uning jazosini narigi dunyoda tortadi. Dindorlar Vishnu va Shivaga atab qurilgan ibodatxonalarga kelib xudolarga sig’inadilar, ularga atab qurbonliklar qiladilar, narzu-niyozlar olib keladilar. Hinduiylikka ko’ra, murda ko’milmaydi, balki kuyduriladi. Muqaddas hisoblangan Gang sohillariga tumonat xalq yig’ilib, agar vafot etgan hind Gang daryosi yohasiga kuydirilsa, u shubhasiz jannatga ketadi. Kishilar dafn marosimidan qaytishlarida Gang suvidan idishlarga olib keladilar va boshqalarga ulashadilar. Hinduiylik diniga o’tishni istagan odamning Hindistonda mavjud bo’lgan 4 kastaning muqarrar birortasiga mansub bo’lishi kerak edi. Shuning uchun hinduiylik jahon diniga aylana olmadi. Bugungi Hindiston aholisining 83 %i shu dinga e’tiqod qiladi. Hinduiylik dini har bir inson yuksak taraqqiyot bosqichida qayta tug’ilishi mumkin deb ta’lim beradi, Hinduiylik Nepal, Shri-Lanka, Bangladesh kabi mamlakatlarda qisman tarqalgan. Jaynizm er.av. VI asrda Hindistonda vujudga kelib, bu dinning asoschisi kshatriya kastasidan chiqqan afsonaviy Vardxamana Maxavira ya’ni Jinna edi. Jaynizm ana shu nomdan kelib chiqqan bo’lib, bu diniy ta’limot Hindistondagi kastachilik tuzimiga qarshhi chiqadi. Rivoyatlarga ko’ra, Jaynizm ta’limoti asrlar osha 24 ustoz-payg’ambar orqali yetib kelgan bo’lib, ularning eng so’nggisi Jinna Taxallusini olgan Vardxamana Maxavira edi. Jinna “Karma” deb yuritiladigan “Qasos” qonunini yenggan g’olib hamda diniy najot yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etgan shaxs sifatida tanilgan bo’lib, Jaynizm tarafdorlari o’zlarining yarim afsonaviy payg’ambarlariga xudolariga sig’ingandek sig’inadilar. Jaynizm ta’limotiga ko’ra moddiy dunyo yovuzlikdan iborat bo’lib, inson ulardan xalos bo’lish uchun kurashishi zarur. Xalos bo’lish esa har kimning o’ziga bog’liqdir. Xalos bo’lishga najotga hamda abadiy rohat-farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirish orqaligina erishish mumkin bo’lib, Jaynizm eng ashaddiy tarafdorlari hatto oddiy kiyim kiyib yurishdan ham voz kechganlar. Jaynizm ta’limotiga ko’ra inson joni uning barcha qilmishlari uchun javobgar bo’lib, insonning bu barcha qilmishlari qasos qonuni asosida ro’y beradi. Najotga hamda rohat-farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechiradigan odamgina erisha oladi. Jaynizmda 2 ta asosiy yo’nalish digambarlar va shvetambarlar yo’nalishlari mavjud bo’lib, digambarlar hayotdagi barcha lazzatlardan voz kechsalar, shvetambarlar uning ma’lum qismini saqlab qolishga harakat qiladilar. Sikxizm Sanskrit tilida “shogird” degan ma’noni bildirib, bu din XVI asrda Hindistonda vujudga kelgan. Sikxizm bir tomondan Hinduizm himoya qilgan kastachilikka qarshi kurashni yoqlab chiqqan bo’lsa, ikkinchi tomondan musulmonlar bosqiniga qarshi milliy kurash harakati edi. Sikxizm dinining asoschisi guru ya’ni ustoz-kshatriya kastasidan chiqqan Nanak bo’lib, dastlab bu din mayday savdogar va hunarmandlarning kastachilik tuzumi va feodal zulmiga qarshi noroziligini ifodalagan bo’lsa, XVII asrda sinxlar jamoasiga ko’plab

dehqonlar qo’shilib, jamoa harbiy-demokratik tashkilot tusini oldi. Bu kastachilik va qabiladoshlikdan yuz o’girgan teng huquqli insonlar jamoasi bo’lib, sikxizm dini feodallikka qarshi kurash mafkurasiga, Boburiylar imperiyasi va inglizlar zulmiga qarshi kurash bayrog’iga ham aylandi. Hinduiylik dinidagi asosiy g’oya diniy bo’linishni tugatish, hammani shu jumladan hinduiylik diniga va islom diniga e’tiqod qiluvchilarni yagona dinga birlashtirish g’oyasi edi. Sinxizm harakati XVII asrda sikxlarnin kuchli davlati tuzilishi bilan yakunlandi. XVIII asrda ular Panjobni ham egallab, bu davlat keyinchalik tipik feodal davlatga aylandi. Bu davlat 1849 yilgacha, ya’ni inglizlar tomonidan istilo qilingincha yashadi. Sinxizm ta’limoti uning muqaddas kitobi “Granxt Sohib” ya’ni Janob Kitobda bayon etilgandir. Bu kitob asosan Guru ya’ni ustozning pand-nasihatlari hamda hayoti haqidagi lavhalardan iboratdir. Sikxlar jamoasi bugungi kunda ham Panjobda mustaqil Xoliston davlati tuzish uchun kurashmoqdalar. 3. Daosizm aslida er. Av. IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo’lgan falsafiy ta’limot bo’lib, uning asosida er. Eav.II asrda daosizm dini shakllandi. Daosizmning falsafiy prinsplari “Dao Detszin” kitobida bayon etilgan bo’lib, bu asar Xitoy faylasufi Lao Szi tomonidan yozilgan. Asarning asosiy tushunchasi “dao” (yo’l) bo’lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning asosi deb tushunilgan. Bu go’yo qandaydir yo’l bo’lib, atrofni o’rab olgan olam va barcha kishilar va shu yo’l bilan borishi lozim. ”Dao” diniy mazmun kasb etgan yo’lgina bo’lib qolmay, ayni paytda u hayot tarsi, usuli, prinsiplari ham edi. Daosizm dinida uch xudo –Shan Di, Lao-Szi hamda dunyoning yaratuvchisi Pant Gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. Shan Di osmon xudosi, Oliy ruh, qudrat va osmon o’g’illari bo’lgan imperatorlarining otasi hisoblanardi. Daosizm dini o’z ibodatxonalariga, muqaddas kitoblariga, diniy xizmatlarni bajaruvchi ruhoniylarga ega. Bu dinning diniy tashkiloti ierarxiya prisnipiga asoslangan bo’lib, ierarxiyaning boshida oily ruhoniy (patriarx)- Tyan- Shi ya’ni samoviy ustoz turadi. Uning sulolasi II asrda vujudga kelib, oily ruhoniy oilaviy turmush qura olar edi. U o’z dindorlari orasida juda katta obro’ga ega bo’lgan. Daosizmda oilaviy turmush qura oladigan ruhoniylar ham shu bilan birga rohiblar ham mavjuddir. V asr boshiga kelib daosizm ta’limoti va marosimlari rasmiylashgan, u davlat diniga aylangan. Shu bilan birga uning zamiriga ilohiyot masalalari, aqidalar marosimlarini mustaqil talqin etishlari bilan farq qiluvchi ko’plab sektalar vujudga kelgan. Qadimgi Xitoyda Lao Szi falsafiy ta’limot bilan deyarli bir davrda Kun Szi ya’ni Konfutsiyning falsafiy ta’limoti ham paydo bo’lgan. Konfutsiy garchi, somoni oily ruhiy qudrat ajdodlariga qurbonlik keltirishni ularni ezozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z ta’limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi