logo

BILISh NAZARIYaSI ASOSIY MUAMMOLARI VA YuNALIShLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

113.298828125 KB
BILISh NAZARIYaSI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YuNALIShLARI
                                                        Reja
1.Bilish nazariyasining predmeti va uning uziga    a xos  xususiyatlari.
Gnoseologiya  (epistemologiya )ning  mazmuni va moxiyati.
2.Bilishning  asosiy  turlari va shakllari.Noilmiy  bilish  shakllari 
Bilishda subekt va obektning uzaro alokasi. Xissiy, e mpirik,
  nazariy,   mantikiy   va   intuitiv   bilish   darajalari,ularning   uziga   xosligi   va
alokadorligi
3.Ong-tafakkur va borlikning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jixatlari.
Tafakkur  uslubi  inersiyasi tafakkurning xossasi
sifatida
4.Bilishda xakikat va amaliyot uygunligi.
Xakikatning   asosiy shakllari va konsepsiyalari. Xakikatni   anglashda isbotlash
va   rad   etish   e mosiya,   ideal,   iroda,   ishonch   va   shubxaning     r oli. Amaliyotning
tarkibiy  kismlari.
5.Falsafada   metod   va   metodologiya,   metodika   tushunchalari.Metodlarning
tasnifi. Falsafa metodlari.Fan metodlari: umumilmiy, xususiy
ilmiy va fanlararo tadkikot metodlari.
6.   Ijtimoiy-gumanitar   fanlar   metodlarining   uziga   xos   xususiyati.   Xozirgi
zamon metodologiyasi
    Bilish nazariyasining predmeti va uning uziga xos xususiyatlar.Gnoseologiya
( epestemiologiya ) ning uziga xos xususiyatlari.
Bilish   nazariyasining   predmeti.   «Gnoseologiya»   -   sof   falsafiy   kategoriya.
Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limo t, fan so‘zlaridan kelib
chiqqan.   So‘zma-so‘z   ma’nosi   -   «bilish   haqidagi   ta’limot   (fan)»,   «ong   haqidagi
ta’limot   (fan)».   Falsafiy   adabiyotlarda,   shu   jumladan   falsafiy   qomuslar   va
lug‘atlarda   «gnoseologiya»   atamasi   «bilish   nazariyasi»   deb   tarjima   qilingan.   Shu
bilan   bir   qatorda,   ayni   shu   mazmunni   ifodalash   uchun   falsafiy   adabiyotlarda
«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   gnoseologiyaga   tatbiqan   bilish   nazariyasi   va
epistemologiya   nomlarining   qo‘llanilishini   o‘rinli   deb   bo‘lmaydi.   Zotan,
«episteme»  so‘zi  «pistis» -  e’tiqod so‘zi  bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan
(gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar –
falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir.
Shu   bois   G‘arbiy   Yevropa   falsafasida   epistemologiyaning   mazmuni   ikki   xil,
ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. 
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining
umumiy,   aniqroq   aytganda   –   falsafiy   mohiyati   hamda   umumiy   muammolariga
e’tiborni   qaratadi.   Epistemologiya   esa,   bizning   muayyan   narsalar   haqidagi
bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi. 
Demak,   epistemologiya   gnoseologiyaning   tarkibiy   qismi   yoki   uning   amaliy
ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning
mazmunini,   shuningdek   diniy   e’tiqodlarning   gnoseologik   mohiyatini   o‘rganish
bilan   shug‘ullanadi.   Bunda   esa   bilish   (ong)ning   mohiyati   to‘g‘risida   bahs
yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi.
Shu   bilan   biz   avval   gnoseologiya   muammolari   doirasini   aniqlab   olishga   harakat
qilamiz. 
Gnoseologiya   yoki   bilish   nazariyasi   falsafiy   bilimlar   (falsafa   fani)   bo‘limi
bo‘lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;   3)   bilishning   bilmaslikdan   bilim   sari   yuksalishi,   4)   bilimlar   tabiati   va
ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi. 
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish
bilan shug‘ullanadi. 
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning
o‘z-o‘ziga,   boshqa   odamlarga   va   umuman   jamiyatga   ta’siri   natijalarini   fiziologik
darajada   his   qilamiz   va   ko‘ramiz.   Biroq   bu   jarayonda   ongning   o‘zi   ko‘rinmaydi.
Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo
vaqt   va   makon   chegaralaridan   tashqarida   turadi.   Gnoseologiyaning   vazifasi   bu
ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro
aloqalarini   aniqlash,   uni   o‘z   muhokama   va   tadqiqot   predmetiga   aylantirishdan
iborat. 
Gnoseologiyaning   asosiy   muammosi   bizning   barcha   bilimlarimiz   tajribada
sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va
masalaning   yechimini   topishda   gnoseologiyada   ikki   muxolif   an’ana:   bilimlarimiz
tajribada   sinalganini   qayd   etuvchi   empirizm   va   buni   inkor   etuvchi   rasionalizm
to‘qnashadi. 
Rasionalizm   (rasionalistlar)   insonda   tug‘ma   g‘oyalar,   adolat,   insoniylik,
uyg‘unlik   g‘oyalari   va   tajribadan   olinishi   mumkin   bo‘lmagan   boshqa   g‘oyalar
mavjudligidan   kelib   chiqadi.   Zotan,   tajriba   to‘la   adolat,   yalpi   insoniylik   mavjud
emasligini,   bizni   qurshagan   dunyoda   uyg‘unlik   ustidan   xaos   hukm   surishini
ko‘rsatadi.   Bunda   ayrim   ashaddiy   rasionalistlar   (masalan,   Platon,   Avgustin   va
ularning   hamfikrlari)   ko‘rsatib   o‘tganidek   g‘oyalar   inson   aqliga   xos   tug‘ma
g‘oyalar   bo‘lib,   ularni   inson   faqat   o‘z   aqlidan   olishini   qayd   etadilar;   boshqa,
mo‘tadil   rasionalistlar   (masalan,   Leybnis,   Volf,   Baumgarten)   esa,   g‘oyalar   aqlga
bog‘liq   bo‘lmagan   holda   mavjud   bo‘lsa-da,   biroq   ular   faqat   aqlda   tafakkur   va
falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar. 
Empirizm   (empiristlar,   Frensis   Bekon,   Lokk,   Gobbs,   Yum,   Feerbax),
aksincha,   inson,   insoniyat   shaxsiy   yoki   ijtimoiy   tajribaga   ega   bo‘lgunga   qadar
biron-bir g‘oya mavjud bo‘linishni inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi zamirida   yo   shaxsiy   tajriba,   yo   boshqalar   tajribasi,   butun   insoniyat   tajribasini
umumlashtirish   orqali   tug‘ilishini   qayd   etadilar   va   bu   tezisni   isbotlashga   harakat
qiladilar.   Ularning   fikriga   ko‘ra,   tajriba   inson   ongida   uning   sezgilari   va   o‘zini
qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni  persepsiya
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi,
borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalash esa  ap pe rsepsiya  deb
ataladi. 
Gnoseologiya   inson   bilimining   chegaralari   to‘g‘risidagi   masalani   yechishni
ham   o‘z   ichiga   oladi.   Ko‘pgina   empiriklar   (masalan,   David   Yum,   Dyubua
Raymond, agnostiklar) va rasionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson
nafaqat   umumiy   narsa   va   hodisalarni,   balki   muayyan,   konkret   narsalarni   ham
bilishi   mumkin   emas,   degan   fikrga   qo‘shiladilar.   Ayrim   narsalar,   hodisalar   va
konsepsiyalar   borki,   ular   persepsiyamizning   chegaralariga   ham,   tafakkurimiz,
refleksiyamiz   (lotincha   «reflexes»   -   orqaga   qaytish)   doirasiga   ham   sig‘maydi.
Masalan,   Kant   Koinot   ibtidosi   yoki   ibtidosizligi,   Xudoning   borligi   yoki   yo‘qligi,
jonning   boqiyligi   yoki   foniyligi,   axloqning   sababiyligi   yoki   sababsizligi   aqlning
bilish   chegaralariga   sig‘maydigan,   oqilona   o‘rganib   bo‘lmaydigan   transsendental
(lotincha   «transcendentalism»   -   chegaraga   sig‘maydigan)   masalalardir,   deb
hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g‘oyalarini himoya qilgan yirik olimlar
(Moris   Shlik,   Rudolf   Karnap,   A.J.Aer)   Katnning   transsendental   muammolarini
mantiqsiz deb e’lon qildilar. 
Gnoseologiya   inson   bilimi   va   bilishga   doir   juda   ko‘p   muammolar   bilan
shug‘ullanadi.   U   bizning   bilimlarimiz   qay   darajada   e’tiqod,   qay   darajada   ko‘r-
ko‘rona   ishonch   va   qay   darajada   real   borliqning   haqiqiy   in’ikosi   ekanligini
aniqlashga   harakat   qiladi.   So‘nggi   o‘n   yilliklarda   gnoseologiyada   bilimlar
o‘rtasidagi   farq,   «nimani   bilaman»,   «qanday   bilaman»,   «shaxsiy   tajribamdan
bilaman»,   «dalilga   ko‘ra   bilaman»   kabi   iboralar   mazmunining   o‘zaro   nisbati
masalalari  muhokama qilinmoqda. Bir  so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to‘liq   qamrab   olib,   unda   biron-bir   tafsilotni   nazardan   qochirmaslikka   harakat
qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
Gnoseologiyaning   mohiyati   va   mazmuni .   Optimizm.   Skeptisizm.
Agnostisizm.   Bilish   jarayoni   rivojlanish   qonuniyatlarining   shakllari,   haqiqatning
tagiga  yetish   imkoniyatlari   nuqtai   nazaridan   o‘rganiladi.  Uning   har   xil   modellari,
yondashuvlari   mavjud.   Materialistik   modellar   zamirida   dunyoning   inson   ongida
aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida
–   sensor   signallari,   Berklida   –   subektning   sezgilari   yotadi.   Leybnis   bilishni
ilohiylashtirilgan   g‘oyaning   inson   tug‘ma   tushunchalariga   ta’siri   deb   hisoblagan.
Gegel   taklif   qilgan   modelning   zamirida   mutlaq   g‘oyani   anglash   yotadi.   Max,
Avenarius va boshqa subektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish
jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir. 
Inson   aqli   bilish   pillapoyasidan   yuqoriga   ko‘tarilar   ekan,   har   bir   yangi
pog‘onada   qayta-qayta   quyidagi   savolga   javob   topishga   harakat   qiladi:   dunyoni
bilish   mumkinmi? ,   b ilishning   chegaralari   bormi?   Falsafada   bu   savollarga   javob
beruvchi   uch   asosiy   yo‘nalishni   farqlash   mumkin:   optimizm,   skeptisizm   va
agnostisizm   (Kant   va   boshqalar).   Optimistlar   dunyoni   bilish   mumkinligini
ta’kidlaydilar,   agnostiklar ,   aksincha,   buni   rad   etadilar   (I.Kant   –   «narsa   o‘zida»).
Skeptiklar   esa,   dunyoni   bilish   mumkinligini   inkor   etmaydilar   (XVIII   asrda
D.Yum),   biroq   bilimning   haqiqiyligiga   shubha   bildiradilar.   Odatda,   skeptisizm
paradigmalar,   qadriyatlar,   ijtimoiy   tizimlar   va   hokazolar   o‘zgarayotgan   davrda
(yoki   uning   arafasida),   ilgari   haqiqiy   deb   hisoblangan   xulosalar   fan   va   amaliyot
olgan   yangi   ma’lumotlar   nuqtai   nazaridan   soxta,   asossiz   bo‘lib   chiqqan   holda
ravnaq topadi. Skeptisizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol
nafaqat   eskirgan,   balki   yangi,   shakllanayotgan   fikrlar,   g‘oyalarni   ham   toptay
boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson
tafakkurining   kuchiga   bo‘lgan   ishonch   emas,   balki   qachondir   qabul   qilingan
«qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptisizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz,
zararlidir,   chunki   u   insonning   bilish   borasidagi   deyarli   barcha   imkoniyatlarini
kamsitadi. Bilimga   chanqoq   bo‘lgan,   bilishga   harakat   qilayotgan   odam   optimist:   «Men
buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa,
«Men   buning   nimaligini   bilmayman   va   hech   qachon   bila   olmayman»,   deb
ta’kidlaydi.   Yuzaki   skeptisizm,   ko‘r-ko‘rona   fanatizm   kabi,   dunyoqarashi   tor
odamlarda   ko‘p   uchraydi.   F.Laroshfuko   ta’biri   bilan   aytganda,   kaltabin   odamlar
odatda   o‘z   dunyoqarashi   doirasidan   chetga   chiqadigan   hamma   narsani   qoralaydi.
Biroq   oqilona   darajadagi   skeptisizm   foydali   va   hatto   zarur.   Bilish   usuli   sifatida
skeptisizm   shubha   shaklida   amal   qiladi,   bu   esa   haqiqatning   tagiga   yetish   sari
tashlangan   qadamdir.   Shubha   eskirgan,   qotib   qolgan   aqidalarning   tagiga   suv
quyadi,   ularga   putur   yetkazadi.   U   –   rivojlanayotgan   fanning   muhim   unsuri.
Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi. 
Biroq   bu   uch   yo‘nalishni   farqlash,   bizningcha,   masalani   soddalashtirishdan
boshqa narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar,
ammo   bu   ko‘r-ko‘rona,   hech   narsaga   asoslanmagan   inkor   etish   emas.   Ular
ko‘rsatayotgan   ko‘pgina   savollarga   chindan   ham   hali   javob   topilmagan.
Agnostisizmga   olib   keluvchi   asosiy   muammo   shundan   iboratki,   narsa   yoki
hodisani   bilish   jarayonida   bu   narsa   yoki   hodisa   albatta   bizning   tafakkur   va   sezgi
a’zolarimizda   aks   etadi.   Bu   narsa   yoki   hodisa   bizning   tafakkur   va   sezgi
a’zolarimizda   aks   etish   natijasida   qanday   ko‘rinish   kasb   etgan   bo‘lsa,   biz   ular
haqida   shunday   ma’lumotga   ega   bo‘lamiz.   Narsalar   va   hodisalar   aslida   qanday
ekanligini   biz   bilmaymiz   va   bilishimiz   mumkin   ham   emas.   Qarshimizda   bosh-
adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz modellarimiz
va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab
olishga   harakat   qilamiz.   Tushunchalar,   kategoriyalar   va   nazariyalar   «tugunlari»ni
qay   darajada   qattiq   qilib   tugmaylik,   dunyoni   tushunib   yetishga   shu   yo‘sinda
da’vogar   bo‘lishimiz   to‘g‘rimi?   Bundan   chiqdi,   biz   o‘z   bilish   usullarimiz   bilan
chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir
emasmiz. 
Biroq   bilish   fanining   rivojlanishi   agnostisizmning   bu   amaliy   xulosasini   har
qadamda   rad   etadi.   Masalan,   pozitivizm   asoschisi   O.Kont   insoniyat   Quyoshning kimyoviy tarkibini  aniqlashga qodir emas,  deb ta’kidlagan edi. Biroq keyinchalik
spektral   analiz   yordamida   Quyosh   tarkibi   aniqlandi.   XIX   asr   fanining   ba’zi   bir
namoyandalari   atomlar   amalda   mavjud   emas,   ular   faqat   tafakkur   mahsuli,   deb
hisoblar  edi. Biroq E.Rezerford atomlar  amalda mavjud ekanligini  isbotlab berdi,
oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi. 
Shunga   qaramay,   bugungi   kunda   ham   agnostik   xulosalarni   neopozitivizm,
fenomenologiya,   ekzistensializm,   pragmatizm   va   hokazolarda   kuzatish   mumkin.
Ularning agnostisizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar, ichki
mantiq   bilan,   balki   ma’lum   darajada   D.Yum   va   O.Kont   falsafasi   boshlab   bergan
an’ana bilan ham belgilanadi. Agnostsizm  haqida so‘z borar  ekan biz beixtiyor I.
Kantga murojaat qilamiz
Kant   agnostisizmining   qisqacha   mazmuni   quyidagicha:   biz   biladigan   narsa
(fenomen) va o‘z holicha mavjud bo‘lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz
hodisalar   mohiyatini   qay   darajada   teran   anglamaylik,   bizning   bilimimiz   baribir
o‘zicha   mavjud   bo‘lgan   narsalardan   farq   qiladi.   Shunday   qilib,   I.   Kant   fikricha,
bizning   ongimiz,   hissiyotimiz,   tafakkurimizga   bog‘liq   bo‘lmagan   narsalar   olami
mavjud. Uni faylasuf «narsa o‘zida» sifatida ta’riflaydi. I.Kantning fikricha, bilish
jarayoni   «narsa   o‘zida»ning   sezgi   a’zolarimizga   bevosita   ta’siri   ostida   his-
tuyg‘uning   uyg‘onishidan   boshlanadi.   Vaholanki,   his-tuyg‘ular,   tushuncha   va
hukmlar o‘z holicha «narsa o‘zida» haqida muayyan nazariy bilim berishga qodir
emas.   Lekin   bundan   ishonchli   bilim   yo‘q   ekan,   degan   xulosaga   kelmaslik   kerak.
Matematika   va   tabiatshunoslik   aynan   shunday   ishonchli   bilim   manbaidir.   Ammo
ular qay darajada ishonchli bo‘lmasin, «narsa o‘zida» haqidagi haqiqiy bilim bo‘la
olmaydi.   Kant   bizning   tafakkurimizda   shakllangan   tushunchalar   «narsa   o‘zida»ni
qay   darajada   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   aks   ettira   oladi,   degan   savolga   aniq   javob
mavjud emas, deb ta’kidlaydi. 
Gnoseologik   relyativizm   –   borliq   hodisalari   va   voqealarini   bilish
o‘zgaruvchanligi,   o‘tkinchiligini   mutlaqlashtiruvchi   agnostisizmning
yo‘nalishlaridan biridir. Relyativizm  tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi,
haqiqiy   dunyoviy   darajada   ham,   hattoki   ilmiy   darajada   ham   bizning   olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat
deb   hisoblangan   narsa   bugun   ishtiboh,   xato   sifatida   tan   olinadi:   xuddi   dori   kabi,
haqiqatning   ham   saqlanish   muddati   bor.   Nisbiy   mushohadalar   bundan   ham
omonatroq.   Bu   ijtimoiy   hayotda,   axloq   normalari   va   estetik   didlarda   ayniqsa
yaqqol   seziladi.   Yaqindagina   shak-shubhasiz   deb   e’tirof   etilgan   narsa   endi
do‘zaxdan   chiqqan   balo   sifatida   inkor   etiladi.   Baholar   kaleydoskopdagi   rangli
dog‘lar   kabi   o‘zgaradi.   Bundan   go‘yo   bilish   jarayoni   –   muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi tayin bo‘lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi.
Bizning barcha bilimlarimiz go‘yo noaniqlik va noahiqiqiylik dengizida suzadi, u
faqat   –   va   faqat!   –   nisbiy,   shartli   konvensial   (lotincha   «conventional»   -
shartnomaga muvofiq) va subektivdir. 
Skeptiklarga   xos   bo‘lgan   bu   yondashuv   antik   davrdayoq   yuzaga   kelgan.
Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o‘zgaradiki, unda mutlaqo o‘zgarmas bo‘lgan
hech   narsa   mavjud   emas,   deb   hisoblagan   Kratil   ta’limoti   ashaddiy   relyativizmga
misol bo‘lishi mumkin. 
Barcha   bilimlarimizni   faqat   nisbiy   deb   hisoblash,   mohiyat   e’tibori   bilan,
bilishda o‘zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish
nisbatan   o‘zgarmas,   ishonchli   narsalar   mavjud   bo‘lmagan,   haqiqat   bilan   ishtiboh
o‘rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo‘qoladigan,
binobarin,   hayotda   hech   narsaga   amal   qilib   bo‘lmaydigan   uzlyuksiz   oqimga
aylanadi.   Bilish   nazariyasida   mutlaq   relyativizm   –   bu   tafakkur   «boyligi»ning
namoyon bo‘lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta
mutlaq   bo‘lishi   kerak,   agar   haqiqat   mutlaq   bo‘lmasa,   u   haqiqat   emas.   Bu   fikr
zamirida   nafaqat   nisbiy,   balki   mutlaq   haqiqatga   ham   ishonchsizlik   yotadi.
Relyativizm   namoyandalari   odatda   haqiqiy   deb   hisoblangan   qoidalar   keyinchalik
soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi
jarayonida   haqiqiy   deb   e’tirof   etilgan   hollar   fan   tarixida   ko‘p   ekanligiga   ishora
qiladilar.   Ilmiy   bilishning   harakat   yo‘li   –   amalda   to‘g‘ri   chiziq   emas,   balki
kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri chiziqdan iborat.
Biroq   bu   bizning   barcha   bilimlarimiz   safsata   ekanligini   isbotlamaydi.   Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir»,
binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon
fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hech ish qilmayman» 1
. 
2-   masala   .Bilimning   asosiy   turlari   va   shakllari. Bilim   nima?   Bilim
tushunchasiga   aniq   ta’rif   berish   qiyin,   balki   hatto   mumkin   ham   emas.   Gap
shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi,
umumiy   tushunchalarga   esa   doim   aniq   ta’rif   berish   qiyin.   Ikkinchidan,   bilimning
juda   ko‘p   turlari   mavjud   va   ularning   hammasini   yonma-yon   qo‘yib   bo‘lmaydi.
Shuni   e’tiborga   olib,   bilim   nima   ekanligini   aniqlashga   harakat   qilib   ko‘ramiz.
Odatda,   biz   nimanidir   bilishimiz   haqida   gapirganimizda,   o‘zimiz   bu   «nimadir»
haqida   ancha   to‘g‘ri   tasavvurga   egamiz,   deb   hisoblaymiz.   Shuningdek,   bizning
tasavvurimiz   xom   xayol   yoki   faqat   o‘z   shaxsiy   fikrimiz   emasligiga   ham
ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir
dalillar   keltirishimiz   mumkin.   Shunday   qilib,   o‘z   shaxsiy   hayotimizda   biz
amaldagi   holatga   mos   keladigan   va   ma’lum   asoslarga   ega   bo‘lgan   ishonch,
e’tiqodni bilim deb hisoblaymiz. 
Teran   ma’no   bilan   sug‘orilgan   bu   bilim   talqinining   umumiy   ruhi
gnoseologiyada   ham   saqlanib   qolgan.   Ayni   vaqtda,   gnoseologiya   bu   talqin
zamirida   mujassam   ba’zi   bir   holatlarni   aniqlaydi   va   ularga   oydinlik   kiritadi.   «S
subekt   qandaydir   P   predmetni   biladi»   degan   standart   gnoseolgik   talqin   quyidagi
uch shartni o‘z ichiga oladi:
o haqiqiylik (muvofiqlik)  sharti  – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u
holda   S   P   ni   biladi» .   Biz   Chimyon   Toshkentdan   shimolroqda   joylashganligini
bilaman,   basharti   Chimyon   chindan   ham   Toshkentdan   shimolroqda   joylashgan
bo‘lsa.   Agar   biz   Amudaryo   Tinch   okeaniga   quyiladi,   deb   aytsak,   bizning   bu
fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi. 
o ishonchlilik   (e’tiqod,   maqbullik)   sharti   –   «agar   S   P   ni
bilsa,   u   holda   S   P   ga   ishonadi   (uning   mavjudligiga   e’tiqodi   komil   bo‘ladi).
Masalan, agar biz O‘zbekistonda dengiz bor desak, biz uning amalda mavjudligiga
1 1
 Толстой Л.Н. Воспоминания. – М.: Прогресс, 1991. –  С. 3.  ishonamiz.   Odatda   bilim   shunday   ishonch   yoki   shunday   e’tiqod   hisoblanadi   va
ularni   ajratish   mumkin   emas.   Shunday   bir   vaziyatni   tasavvur   qiling:   siz   oyna
oldiga kelib, tashqarida yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti,
lekin   men   bunga   ishonmayman»,   deysiz.   Bu   iboraning   anoto‘g‘riligi   bilimimiz
bizning e’tiqodimiz ekanligini ko‘rsatadi. 
o asoslilik   sharti   «S   P   ni   biladi,   basharti   u   o‘zining   P   ga
bo‘lgan   ishonchini   asoslab   bera   olsa».   Bu   shart   bilimni   to‘g‘ri   chiqadigan
taxminlar yoki tasodifan mos kelish hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik,
siz   besh   yashar   bolakaydan:   «Quyosh   sistemasida   nechta   sayyora   bor?»,   deb
so‘radingiz  va  «To‘qqizta»,  degan javobni   eshitdingiz.  Siz bola  sayyoralar  sonini
tasodifan   to‘g‘ri   aytdi   deb   hisoblaysiz.   Agar   u   o‘z   javobini   hech   bo‘lmasa   buni
onasidan   eshitganini   aytib,   asoslab   bera   olmasa,   siz   bolakayda   bu   dalil   haqida
haqiqiy bilim mavjud emas, degan to‘xtamga kelasiz. 
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar  ta’rifni
berish mumkin:  bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir. 
Bu   ta’rif   ancha   sodda   bo‘lib,   uni   bilimning   barcha   turlariga   nisbatan   tatbiq
etish   mumkin.   Bu   so‘zlar   zamirida   muayyan   muammo   yotadi.   Masalan,   biz
Nyuton   mexanikasi   haqiqatga   yetarli   darajada   muvofiq   emas   va   uning   o‘rnini
Eynshteynning   aniqroq   nazariyasi   egalladi,   deb   hisoblaymiz.   Biroq   buning
natijasida   Nyuton   nazariyasi   o‘zining   bilim   xususiyatini   yo‘qotgani   yo‘q-ku?
Eynshteynga   qadar,   uning   haqiqiyligiga   ko‘pchilikning   ishonchi   komil   bo‘lgan
davrda u bilim edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan
minglab   nazariyalar   sha’niga   aytish   mumkin.   Bilimni   qanday   qilib   asoslash
mumkin   va   yetarli   asoslar   mavjudmi?   Bu   savol   ham   ancha   mavhum.   Gipoteza,
faraz   odatda   bilim   shakli   sifatida   qaraladi,   biroq   olimlar   o‘zlari   ilgari   surayotgan
gipoteza yoki farazlarning to‘g‘riligiga ba’zan ishonchi komil bo‘lmaydi. 
Balki   bilimni   standart   tushunish   haddan   tashqari   taxminiy   va   nisbiydir?
Qisman shunday, biroq bilim – bir ta’rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan
rang-barang   hodisa   ekanligi   muhimroq.   Agar   «bilmoq»   so‘zi   tilimizda   qanday
qo‘llanilishiga   nazar   tashlasak,   bilim   turlari   juda   rang-barang   ekanligini ko‘rishimiz   mumkin.   Quyidagi   gaplarni   ko‘rib   chiqamiz.   Men   bu   mashinani
qanday   qilib   tuzatish   mumkinligini   bilaman.   Men   gitara   chalishni   bilaman.   Men
Po‘latni   o‘n   yildan   beri   bilaman.   Men   Toshkentni   yaxshi   bilaman.   Men
uchburchak   burchaklarining   yig‘indisi   ikki   to‘g‘ri   burchakka   teng   ekanligini
bilaman. Men kit sut emizuvchilar oilasiga mansub ekanligini bilaman. 
Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman» so‘zi har xil ma’nolarda keladi.
Dastlabki   ikki   gapda   bilish   nimanidir   bajara   olishni   anglatadi.   Gnoseologiyada   u
«bilim-ko‘nikma»   deb   ataladi.   Keyingi   ikki   misolda   bilish   –   bu   «bilim-
tanishuvlik»   demakdir.   U   inson   yoki   qandaydir   obektni   tanish   qobiliyatini
anglatadi.   So‘nggi   gaplarda   bilim   «nimanidir   bilish»ni   ifodalaydi,   chunonchi:   u
narsalarda   qandaydir   xossalar,   nisbatlar,   qonuniyatlar   va   shu   kabilarning
mavjudligini  tavsiflaydi.  Bilim  bu yerda  ma’lum   axborot   ko‘rinishida keladi  deb
aytish mumkin. 
Ko‘rib   turganimizdek,   «bilim-ko‘nikma»   va   «bilim-tanishuvlik»   bilimning
standart   talqiniga   uncha   mos   kelmaydi.   Umuman   olganda,   ularga   nisbatan
haqiqiylik   va   asoslanganlik   tushunchalarini   tatbiq   etish   mumkin   emas.   Po‘latni
yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli»
bilishimiz   mumkinmi?   Biroq,   bu   yerda   shuni   ta’kidlash   lozimki,   yuqorida   zikr
etilgan   bilim   turlari   o‘rtasidagi   chegaralar   aniq   emas.   Masalan,   sizning   Toshkent
haqidagi   bilimingiz   siz   shaharning   kattaligi,   aholisining   soni,   u   O‘zbekiston
poytaxti   ekanligi   va   hokazolar   haqida   ma’lum   axborotga   ega   ekanligingizni
nazarda tutadi. Biroq bu bilim – avvalo shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo‘ljal
ola bilish demak. 
Gnoseologi ya da   asosiy   e’tibor   muayyan   narsalar   haqidagi   bilimni   tahlil
qilishga   qaratiladi.   Zero,   faqat   shunday   bilimni   asosli   va   asossiz,   ishonchli   va
ishonchsiz,   haqiqiy   yoki   soxta   bilim   sifatida   aniq   baholash   mumkin.   Bilimni
asoslash   usullari,   uning   ishonchliligi,   haqiqiyligini   aniqlash   mezonlarini   izlash
qadimdan bilimni falsafiy tahlil qilishning asosiy omili bo‘lib keladi. 
Biroq, hatto bilimning shu turini falsafiy tushunishda ham muammolar bisyor.
O‘ttiz   yilcha   muqaddam   epistemologlar   shunday   misollarni   o‘ylab   topdilarki, ularda   ishonch,   e’tiqod   bilimning   yuqorida   zikr   etilgan   uchala   xususiyatiga   ega,
biroq,   shunga   qaramay,   ular   bilim   hisoblanmaydi.   Mana,   shunga   o‘xshash   oddiy
misollardan biri. 
Masalan,   o‘qituvchi   falsafadan   yozilgan   referatlarni   tekshirayotib,
talabalardan   biri   –   Valiev   o‘z   ishini   kompyuterda   terganini   ko‘rdi.   O‘qituvchi
darsda bu guruhda o‘qiydigan talabalarning qaysi birida uyida kompyuter borligini
so‘rashga   qaror   qiladi.  Valiev  o‘zida  chindan  ham  yaxshi   kompyuter   borligini  va
bu   kompyuterda   u   ishlashni   o‘rganganligini   aytdi.   Qolgan   talablarning   birortasi
ham o‘zida bunday buyum borligini aytmadi. Shunga asoslanib o‘qituvchi guruhda
bir   talabada   kompyuter   bor   ekan,   degan   xulosaga   keldi.   O‘qituvchining   bunga
ishonchi komil va u o‘zining bu e’tiqodiga yetarli darajada asoslangan va ishonchli
bilim sifatida yondashadi. Biroq, endi faraz qilaylikki, Valievda kompyuter aslida
yo‘q   va   u   yolg‘on   gapirib,   o‘zi   yoqtiradigan   bir   talaba   qizning   e’tiborini   o‘ziga
qaratmoqchi   bo‘lgan.   Ammo   boshqa   talaba   –   Alievning   uyida   kompyuter   bor,
biroq   u   ma’lum   sabablarga   ko‘ra   buni   oshkor   etmaslikni   lozim   topgan.   Natijada
o‘qituvchi   o‘zi   dars   beradigan   guruhda   kamida   bir   talabada   kompyuter   bor   deb
hisoblar   ekan,   u   asoslangan   va   o‘z   nuqtai   nazaridan   haqiqatga   mos   keladigan
ishonch,   e’tiqodga   ega   bo‘ladi.   Biroq   bu   e’tiqodni   bilim   deb   hisoblash   mumkin
emas,   chunki   uning   haqiqiyligi   zamirida   faqat   tasodifiy   haqiqatga   muvofiqlik
yotadi.
Albatta, bunday misollarni bor-yo‘g‘i tafakkur o‘yini deb hisoblash mumkin.
Biroq, haqqoniy tasavvurlar soxta fikrlardan kelib chiqqan yoki ularga asoslangan
hollar hatto fanda ham uchraydi. 
Ammo   bunday   qarshi   misollarga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   bilimga   yanada
qattiqroq talablar qo‘yish, masalan, bilim roliga da’vogar e’tiqodlar faqat ishonchli
va xatosiz   deb qarash mumkin bo‘lgan fikrlar  va ma’lumotlarga tayanishini  talab
qilish mumkin. 
Bilim   zamirida   aniq,   ishonchli   va   xatosiz   asoslar   yotishi   lozim,   degan
tasavvur   bilish   nazariyasidagi   eng   nufuzli   yondashuv   hisoblanadi.   Unga   antik
faylasuflarning   asarlaridayoq   duch   kelish   mumkin,   eng   aniq   ko‘rinishda   va dasturilamal   sifatida   u   Yangi   davrda   mashhur   faylasuflar   F.Bekon,   R.Dekart   va
J.Lokk tomonidan ta’riflab berilgan. Bu yondashuvni klassik fundamentalizm deb
nomlash, uning barcha muqobillarini esa, hozircha undan ma’lum darajada chetga
chiqish sifatida tavsiflash mumkin. 
Bilim   shakllari   -   Inson   o‘zini   qurshagan   olamni   anglab   yetadi,   uni   har   xil
usullar   yordamida   o‘zlashtiradi.   Bu   usullardan   ikkita   eng   muhimini   qayd   etish
mumkin.   Birinchi   –   moddiy-texnikaviy   usul   –   tirikchilik   vositalarini   ishlab
chiqarish,   mehnat,   amaliyot.   Ikkinchi   –   ma’naviy   (ideal)   usul;   uning   doirasida
subekt   va   obektning   bilishga   doir   munosabatlari   ular   o‘rtasidagi   ko‘p   sonli
munosabatlarning   biridir.   O‘z   navbatida,   bilish   jarayoni   va   unda   olinadigan
bilimlar   amaliyot   va   bilishning   tarixiy   rivojlanishi   mobaynida   tabaqalanadi   va
o‘zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro
bog‘liq   bo‘lsa-da,   lekin   bir-biriga   o‘xshamaydi   va   har   bir   biri   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega.
Bilish,   ma’naviy   faoliyat   shakli   sifatida,   jamiyat   paydo   bo‘lgan   davrdan   va
jamiyat   bilan   birga   ma’lum   rivojlanish   bosqichlaridan   o‘tib   kelmoqda.   Bu
bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan
rang-barang   va   o‘zaro   bog‘langan   ijtimoiy-madaniy   shakllarda   amalga   oshiriladi.
Shu   bois   yaxlit   hodisa   sifatidagi   bilishni   biron-bir   shaklga,   hatto   so‘zning   o‘z
ma’nosidagi bilishni to‘liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog‘lash mumkin
emas.   Shu   sababli   gnoseologiya   umumlashtirish   uchun   faqat   bir   soha   –   ilmiy
bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o‘z
xulosalarini chiqara olmaydi. 
Kundalik   amaliy   bilim.   Tabiat   haqida,   shuningdek   odamlarning   o‘zlari,
ularning   yashash   sharoiti,   ijtimoiy   aloqalari   va   hokazolar   to‘g‘risida   elementlar
bilimlar   beruvchi   kundalik-amaliy   bilimlar   bilishning   tarixan   eng   birinchi   shakli
hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib
chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‘lsa-da, biroq tartibsiz,
tarqoq   xususiyatga   ega   bo‘ladi,   ma’lumotlar,   qoidalar   va   shu   kabilarning   oddiy
majmuini   tashkil   etadi.   Kundalik   bilish   sohasi   juda   rang-barang.   U   sog‘lom   fikr, e’tiqodlar,   belgi-alomatlar,   shaxsiy   tajribadan   chiqarilgan   dastlabki   xulosalar,
ularning   an’analar,   rivoyatlar,   o‘gitlar   va   hokazolarda   ifodalangan   ko‘rinishlari,
intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Kundalik   bilim   –   bu   har   xil   faoliyat   shakllari   –   jumladan   ishlab   chiqarish
faoliyati, estetik faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta’sirida shakllanadigan
turmush   bilan   bog‘liq   tushunchalar   majmui   avlodlar   to‘plagan   jamoa   kollektiv
tajribasi mahsuli hisoblanadi. 
Shaxsiy darajada kundalik bilim muayyan shaxsning emosional kechinmalari
va  o‘z  hayot   tajribasini   anglab  yetishi  bilan  bog‘liq.  Inson   dunyoni   nafaqat   ilmiy
o‘rganish,   balki   o‘z   hayoti,   kundalik   amaliyotida   o‘zlashtirish   jarayonida   ham
tushunib   yetadi.   Bunday   o‘zlashtirishning   universalligini   hozirgi   zamon   nemis
faylasufi   Gadamer   «dunyoni   sinash»   deb   nomlagan.   Kundalik   bilim   zamirida
odamlar  faoliyatining rang-barang shakllari  yotadi. Bu  faoliyat  turlari  urf-odatlar,
rasm-rusumlar,   bayramlar,   marosimlar,   jamoa   harakatlari   (o‘yin,   raqs   va   h.k.),
axloqiy   qoidalar   va   taqiqlar   bilan   tartibga   solinadi.   Ular   odamlarni   jamoaviy
ijtimoiy,   madaniy  tajribaga   jalb  etish   vositalari   bo‘lib   xizmat   qiladi,   odamlarning
tabiatga   va   bir-biriga   munosabatini   tartibga   soladi,   yangi   bilimlarning
shakllanishiga xizmat qiladigan boshlang‘ich bilim sifatida amal qiladi. 
O‘yin   vositasidagi   bilim   nafaqat   bolalar,   balki   kattalar   faoliyatining   ham
muhim unsuri hisoblanadi. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga
oshiradi,   bilimlarning   katta   hajmini   o‘zlashtiradi,   madaniy   boylik   –   ishga   doir
o‘yinlar,   sport   o‘yinlari,   aktyorlarning   o‘yinlari   va   shu   kabilarni   qon-qoniga
singdiradi.   O‘yin   bolalarning   qiziquvchanligini   qondirish,   ularning   ma’naviy
dunyosi   va   ma’lum   bilimlari,   o‘zaro   til   topish   ko‘nikmalari   va   shu   kabilarni
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi.
Hozirgi  vaqtda   o‘yin  tushunchasidan   matematika,  iqtisodiyot,  kibernetika  va
boshqa   fanlarda   keng   foydalanilmoqda.   Bu   yerda   murakkab   jarayonlar
kechishining har xil variantlari, ilmiy va amaliy muammolarning yechimlari ko‘rib
chiqiladigan   maxsus   o‘yin   modellari   va   o‘yin   ssenariylari   tobora   ko‘proq   qabul
qilinmoqda.   Hozirgi   zamon   falsafiy   va   ilmiy   tafakkurining   bir   qancha   nufuzli yo‘nalishlari   o‘yinni   mustaqil   o‘rganish   sohasi   sifatida   ilgari   surmoqdalar.
Germenevtika   (Gadamer),   falsafiy   antropologiya   shunday   fanlar   jumlasidan.
Masalan,   Xaydegger   o‘yinni   madaniyat   shakllanishining   umumiy   tamoyili,   har
qanday davrda kishilik jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer fikriga ko‘ra,
o‘yin – san’at asarlarining mavjudlik usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o‘z
navbatida, haqiqatni aniqlashning muhim usulidir. 
Mifologik bilim  ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol
o‘ynagan.   Mifologik   bilimning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundan   iboratki,   u
borliqning   fantastik   in’ikosi   hisoblanadi.   Mifologiya   doirasida   tabiat,   koinot   va
odamlar,   ular   mavjudligining   shart-sharoitlari,   aloqa   shakllari   va   hokazolar
haqidagi   muayyan   bilimlar   shakllangan.   So‘nggi   vaqtda   (ayniqsa   strukturalizm
falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‘yini emas,
balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat
yaratadigan dunyoni o‘ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.
Mifologik tafakkurga uning emosiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish obekti va
subektini, predmet va belgini, narsa va so‘zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi)
va   mohiyatini   aniq   farqlamaslik   xos.   Unda   tabiiy   va   ijtimoiy   hodisalarni,
shuningdek   butun   dunyoni   tushuntirish   ularning   kelib   chiqishi   va   yaralishi
haqidagi hikoyalarga bog‘langan (genetizm). 
Ayrim   hozirgi   tadqiqotchilarning   fikricha,   bizning   davrimizda   mifologik
bilishning   ahamiyati   pasayayotgani   yo‘q.   Masalan,   P.Feerabend   dunyo   yutuqlari
madaniyatga   asos   solgani,   rasionalistlar   esa   faqat   uni   doim   yaxshi   tomonga
o‘zgartirishganiga ishonchi komil. 
Mif   –   ibtidoiy   odam   tafakkurining   tabiat   hodisalarini   tushunish   va
tushuntirishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan   belgilanadi.   Mif   narsa   va   obraz,
jism   va   xossa,   «asos»   va   tamoyillarni   farqlamaydi.   Voqealar   o‘xshashligi   yoki
ketma-ketligini sabab va oqibat bog‘lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada
universal   voqealar,   chunonchi:   inson   o‘limi   va   uning   mangu   barhayotligi,
dunyoning   vujudga   kelishi,   qahramonona   qilmishlar,   madaniyat   yutuqlari
(masalan, olovning o‘g‘irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko‘p
ma’noli   tus   kasb   etadi.   Ko‘p   sonlilik   tamoyilini,   aks   ettirish,   muayyanlik   va
atromorflik   (ya’ni   inson   xususiyatlarini   tabiat   obektlariga   o‘tkazish),   obraz   va
obektni   tenglashtirish   kabilar   mifologik   bilishning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridir.
Borliqni   anglab   yetish   usuli   sifatida   mif   inson,   jamiyat,   dunyoni   modellashtiradi,
tasniflaydi va talqin qiladi. 
Shaklan   mif   muayyan   voqeani   tabiatda   yoki   ma’lum   xalqlar   tarixida   bo‘lib
o‘tgandek ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga
keltiradigan   va   boshqaradigan,   ierarxik   tuzilishga   ega   bo‘lgan   yagona   va   yaxlit
kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega
deb   tasavvur   qilingan.   Bu   tasavvurlar   kosmosning   o‘zgarishlarida   tabiat
hodisalarining   uzlyuksiz   aylanishini   hosil   qiluvchi   yer,   havo   va   olov   stixiyalari
podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.
Miflarda qat’iy rioya qilish lozim bo‘lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan.
Garchi   mifologiyaning   amaliy   tavsiyalari   isbotlanmagan   va   qoida   sifatida
belgilangan   bo‘lsa-da,   ular   odamlarning   juda   ko‘p   avlodlari   tajribasini
umumlashtirish mahsuli hisoblanadi. 
Badiiy bilim   b orliqni tushunib yetish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib,
u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar
tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Badiiy ijodni
ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab yetish obekti – butun dunyoga uzviy
bog‘lagan   holda   san’at   tilida   moddiylashtirish   deb   ta’riflash   mumkin.   Shaklan
badiiy   faoliyat   obektga   qarab   mo‘ljal   oladi,   mazmunan   esa,   u   shaxs   o‘zligining
ifodasi,   inson   ma’naviy   hayotining   intim   tomoni,   ijodkor   ideallari   va   didining
majmui hisoblanadi. 
Borliqni   badiiy   idrok   etishning   o‘ziga   xos   xususiyati   ko‘p   jihatdan   san’at
tilining   o‘ziga   xosligi   bilan   belgilanadi.   Uning   tarjimoni   –   ijtimoiy   aloqalar
tizimiga   kiruvchi   madaniyatning   belgilar   tizimlaridir.   San’at   madaniyat   tillarini
badiiy tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi. Bunda san’at tili ikki xil ma’noda:
dastlabki, madaniy  (asarni  idrok etishda  u aynan tushunilishi  mumkin)  va shartli, badiiy   ma’noda   keladi.   «Ma’nolar   o‘yini»   asl   borliqdan   chalg‘itmaydi,   biroq   uni
mutlaqo   kutilmagan   tomondan   ko‘rish   imkonini   beradi.   San’atni   idrok   etishda
muttasil kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat
burchaklarini   yorituvchi   yashin   chaqiniga   o‘xshaydigan   o‘zlikni   kashf   etishdir.
Ongning   kutilmagan   kashfiyotlar   xos   bo‘lgan   bunday   holati   psixologiyada
«insayd» deb ataladi. San’atni idrok etish o‘zlikni anglash bilan bog‘liq cheksiz va
tengsiz lazzat baxsh etadi. San’atni idrok etish mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni
o‘zini  obraz  bilan  tenglashtirish   amal   qiladiki,  bu  kuchli   emosional  ta’sirlanishga
sabab   bo‘lishi   mumkin.   Ijobiy   va   salbiy   emosional   holatlarning   bir-biriga   o‘tishi
bilan   bog‘liq   murakkab   jarayon   shaxsni   o‘z   tajribasini   qayta   tushunishga   majbur
qiladi va uning qadriyatlar tizimida to‘ntarish yasashga qodir. 
Shunday   qilib,   san’atning   bilishdagi   ahamiyati   shundan   iboratki,   u   bilish   va
o‘zlikni   anglashning   o‘ziga   xos   birligidir.   San’at   –   shaxsni   ma’naviy   boyitish
manbai.   U   insonning   ijodiy   imkoniyatlarini   faollashtiradi,   uning   madaniyat
dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi.
San’atni   idrok   etishda   obekt   va   subekt   mushtarakdir.   Shaxs   san’at   asarining
mazmuniga o‘zining daxldorligini his qiladi va uni o‘zida kashf etadi. Shu sababli
san’atni idrok etish orqali bilish faolligi namoyon bo‘ladi. 
Bilishning mifologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qadimgi shakllari diniy va
falsafiy bilishdir. 
Diniy   bilim.   Dinning   asosiy   vazifasi   –   inson   hayoti,   tabiat   va   jamiyat
borlig‘ining   mazmunini   aniqlashdan   iborat.   U   insoniyat   to‘plagan   tajribaga
tayanib,   inson   hayotining   muhim   ko‘rinishlari,   chunonchi:   oila   va   turmushdagi
xulq-atvor,   axloqiy   qoidalar,   mehnat,   tabiat,   jamiyat   va   davlatga   munosabatni
tartibga   soladi.   Din  universumning   pirovard   mazmunlari   haqidagi   o‘z   tasavvurini
asoslab,   dunyo   va   insoniyatning   birligini   tushunishga   ko‘maklashadi.   U   inson
hayotini   o‘zgartirishga   qodir   bo‘lgan   haqiqatlar   tizimidan   iborat.   Diniy
ta’limotlarning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundan   iboratki,   ular   jamoa   tajribasini
ifodalaydi va shu bois nafaqat har bir dindor odam, balki dinga sig‘inmaydiganlar
uchun ham qadrlidir.  Diniy   ta’limotlarning   vazifasi   Xudo   bormi,   uni   qanday   qilib   bilish   mumkin,
umuman, Xudoni bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din
o‘z dunyoqarashini Muqaddas Kitob matnlarida, shuningdek diniy rasm-rusum va
urf-odatlarda   ifoda   etadi.   Diniy   rasm-rusumlarning   bir   unsuri   ramziy   ahamiyatga
egadir. Diniy ramzlar g‘oya va obraz muvozanatini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Ongning o‘ziga xos shakli sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari
(hayot   tajribasi)ga   tayanadi.   Diniy   e’tiqod   refleksiya   bilan   qo‘llab-quvvatlanadi,
shaxsning   fojeaviy   tajribasi   (o‘lim   xavfi   yoki   yaqinlarini   yo‘qotishi)ni   anglab
yetish orqali yuzaga keladi yoki mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o‘z hayoti va
tafakkur tarzini tubdan o‘zgartirishga da’vat etadi. Dindorlar fikricha, diniy e’tiqod
diniy vahiy kelishi natijasida tug‘ilishi mumkin. 
Din   dunyo   va   insonni   intuitiv-mistik   yo‘l   bilan   anglashning   o‘ziga   xos
usullarini yaratgan. Bunday usullar jumlasiga vahiy va meditasiyani kiritish lozim. 
Vahiy   tushunchasi   diniy   tasavvurlarning   tadrijiy   rivojlanishi   jarayonida
shakllangan.   Dastlab   u   oliy   kuchlar   tanlagan   ayrim   shaxslarning   transsendent
holatida   shu   kuchlar   nomidan   so‘zlash   qobiliyati   sifatida   qaralgan   (valilar,
shamanlar   va   sh.k.).   Muqaddas   Kitob   matnlariga   doimiy   murojaat   etish   dindorga
ularda   yangi   haqiqatlarni   kashf   qilish,   o‘z   hayotini   solishtirish   va   uni   qayta
tushunish imkonini beradi. 
Meditasiya   –   o‘z   tafakkurini   bir   obektga   qaratish,   inson   e’tiborini
chalg‘ituvchi   barcha   begona   omillarni   chetga   chiqarish   yo‘li   bilan   fikr   yuritish,
narsa, g‘oya, dunyoni  idrok etishdir. Dinda  meditasiya  shaxsiy  ongning Absolyut
bilan   birikuvini   anglatadi.   Xristianlikda   meditasiya   inson   shaxsi   va   ilohiy
shaxsning   muayyan   oqibati   sifatida   talqin   qilinadi.   Meditasiya,   odatda,   tabiiy
refleksiya   jarayoniga   aylanadigan   harakatlarning   muayyan   ketma-ketligi   bilan
bog‘liq.   U   ayrim   psixotexnik   usullardan   foydalanishni   nazarda   tutadi.   Bunda
dindor   mazkur   usullar   yordamida   o‘zini   boshqarish,   o‘zlikni   yoki   tabiatni
anglashga   ko‘maklashuvchi   g‘ayritabiiy   ruhiy   kuchlardan   foydalanayotganiga
ishonchi   komil   bo‘ladi.   Meditasiyaning   bilish   usuli   sifatidagi   samaradorligini   fan tan oladi;  davolash uchun mo‘ljallangan psixotexnika va autogen mashq tizimlari
diniy-mistik g‘oyalar bilan bog‘liq emas. 
Diniy   bilishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   shu   bilan   belgilanadiki,   u
odamlarning   o‘zini   boshqaruvchi   dunyoviy   (tabiiy   va   ijtimoiy)   kuchlarga
munosabatining   bevosita   emosional   shakli   bilan   bog‘liq.   Bu   kuchlarning   xayoliy
in’ikosi   bo‘lgan   diniy   tasavvurlar   borliq   haqidagi   ma’lum   bilimlarni   ifoda   etadi.
Odamlar   asrlar   va   ming   yilliklar   mobaynida   to‘plagan   diniy   va   boshqa   bilimlar
xazinasi   sifatida,   masalan,   Injil   va   Qur’onni   qayd   etish   mumkin.   Biroq   din
(mifologiya   kabi)   bilimni   izchil   va   nazariy   shaklda   ifodalamagan.   U   umumiy,
yaxlit,   o‘ziga   to‘q   va   isbotlangan   obekt   sifatida   bilim   ishlab   chiqarish   vazifasini
hech bajarmagan va bajarmaydi. 
Agar   diniy   bilishga   dunyoga   emosional   munosabatning   g‘ayritabiiy   narsalar
va   hodisalarga   ishonch   bilan   birikuvi   xos   bo‘lsa,   ilmiy   bilishning   zamirida
emosiyalar va e’tiqodni o‘ziga bo‘ysundiruvchi oqilonalik yotadi. 
Falsafiy bilim . Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini yechish bilangina
kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda– insonning
dunyoda   ma’naviy   mo‘ljal   olishiga   ko‘maklashishdan   iborat.   Falsafiy   bilish   ayni
shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari,
hodisalarning universal  o‘zaro aloqasi,  borliqning umumiy xossalari   va qonunlari
haqida   umumiy   tasavvurni   shakllantiradi.   Falsafa   dunyoni   insonga   bog‘lab
o‘rganadi.   Me’yorlar   va   ideallar,   ilmiy   bilimlar   va   san’at   yutuqlari,   insonning
tashvishlari,   ehtiyojlari,   hayot   mazmunini   anglash   yo‘lidagi   izlanishlari
faylasufning   dunyoqarashini,   falsafiy   mushohada   yuritish   shaklini   belgilaydi.
Falsafa  jamiyat  ongi,  jamiyat  madaniyatining  nazariy ifodasi   sifatida amal  qiladi.
U tafakkur tarzi, qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko‘rib chiqish
xususiyatini   belgilaydigan   madaniyat   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Falsafa   umuman
dunyoga   va   madaniyat   subekti   sifatidagi   insonga   murojaat   etadi.   Falsafiy   bilim
donishmandlik sifatida tavsiflanadi. Donishmandlik – dunyoni va insonning undagi
o‘rnini   yaxlit   tushunish   andozasi.   Falsafa   barcha   odamlar   uchun   muhim   bo‘lgan
haqiqatlarning tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimdan foydalanadi. Kant falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi eng so‘nggi
maqsadlarini anglab yetishni tushunishga, bu bilimlarning inson uchun ahamiyatini
aniqlashga yordam beradi deb hisoblagan. Falsafa inson faoliyatini yo‘lga soluvchi
tamoyillar,   yondashuvlar,   qadriyatlar   va   ideallar   tizimini,   uning   dunyoga   va   o‘z-
o‘ziga munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi obrazini
yaratib,   falsafa   muqarrar   tarzda   qadriyatlar   dunyosiga   murojaat   etadi.   Etika,
estetika,   aksiologiya   –   falsafiy   bilimning   qadriyatlar   dunyosini   o‘rganuvchi
maxsus   sohalardir.   Falsafa   san’atda   o‘zining   yorqin   va   ishonarli   ifodasini   topishi
bejiz   emas.   Ko‘pgina   faylasuflar   uning   metaforalarga   boy   obrazli   tilidan   o‘z
g‘oyalarini ifodalash uchun foydalanadi. 
Din kabi, falsafiy bilimning ham bosh maqsadi – insonni kundalik tashvishlar
sohasidan  olib chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish uyg‘otish, uning hayotiga
chin mazmun baxsh etish, eng zamonaviy qadriyatlar sari yo‘l ochishdir. Biroq din
–   ommaviy   ong   bo‘lsa,   falsafa   –   nafaqat   iste’dod,   balki   kasbiy   bilim   va
ko‘nikmalarni ham talab qiluvchi elitar ongdir. 
Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-texnikaviy va nazariy-ma’naviy asoslarning
uyg‘unlashishi   uning   ongning   betakror   shakli   sifatidagi   o‘ziga   xos   xususiyatini
belgilaydi. Bu falsafa tarixida – tarixan vaqtda bir-biri bilan tasodifiy emas, balki
muqarrar   tarzda   bog‘langan   falsafiy   ta’limotlarning   g‘oyaviy   mazmunini   meros
qilib   olish,   rivojlantirish   jarayonida   ayniqsa   bo‘rtib   ko‘rinadi.   Bu   ta’limotlarning
barchasi   – yaxlit   bir   butunning qismlari, xolos.  Oqilonalikning  boshqa  sohalarida
(masalan,   fanda)gi   kabi,   falsafada   ham   yangi   bilim   o‘zining   avvalgi   darajasidan
voz kechmaydi, balki uni o‘zining ayrim ko‘rinishi sifatida o‘z tarkibida qoldiradi.
Tafakkur tarixida biz taraqqiyotni, mavhum (nomukammal, biryoqlama) bilimdan
yanada   aniqroq   (mukammal,   serqirra)   bilim   sari   muttasil   yuksalishini   kuzatamiz,
deb   ta’kidlagan   edi   Gegel.   Falsafiy   ta’limotlarning   ketma-ketligi   ham   g‘oya
mantiqiy ta’riflarining ketma-ketligi bilan asosan bir xil, ya’ni bilish tarixi anglab
yetilayotgan predmetning obektiv mantiqiga mos keladi. 
Biroq falsafiy bilimning ma’naviy (qadriyatlar va mo‘ljallar) qismi yuksalish
qonuniga   ham,   hokimiyat   va   vaqtga   ham   bo‘ysunmaydi.   U   tarixiga   «yuksak», «tuban»   mezonlari   bilan   yondashish   mumkin   bo‘lmagan   san’atga   yaqinroq.
Nyuton ta’biri bilan aytganda, olimlar o‘z o‘tmishdoshlarining «elkalari»da turadi:
ular o‘z ijodi bilan bir umumiy ishni davom ettiradi, rivojlantiradi. San’atkorlar esa
bu safga sirmaydi. Zero, ularning har biri – alohida dunyo, alohida olam (lekin bu
davrlar   va   avlodlarning   badiiy   tajribasida   vorisiylikni   istisno   etmaydi).   Buyuk
san’atkor   o‘z   davrining   buyuk   ifodachisi   bo‘lib,   ayni   shu   ma’noda   uning   ijodi
odamlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi. 
Biroq   falsafiy   bilimning   nazariy   qismi,   ya’ni   uning   ichki   mantiqi   ancha
murakkabdir. Bu falsafiy g‘oyaning serma’noliligi, u rivojlantirilishi, har xil, hatto
qarama-qarshi   yo‘nalishlarda   davom   ettirilishi   mumkinligi   bilan   izohlanadi.
Masalan,   Lokk   (XVII   asr   ingliz   faylasufi)   falsafasidan   uning   izdoshlari   (idealist
Berkli   va   fransuz   ma’rifatchi   materialistlari   Didro,   Golbax)   bir-birini   mutlaqo
istisno etuvchi xulosalar: Berkli – subektiv-idealistik, fransuz mutafakkirlari – esa
ma’rifatchilik   bilan   bog‘liq   xulosalar   chiqarganlar.   Kant,   va   Gegelning   falsafiy
g‘oyalari hozirgi zamon tafakkuriga asos soldi. Biroq har bir kantchi, gegelchining
o‘z   Kanti,   o‘z   Gegeli   bor,   ularning   har   biri   o‘z   o‘tmishdoshlarini   o‘zicha   talqin
qiladi. Boz ustiga,  biron-bir  yirik faylasuf  o‘z g‘oyalarini  bitta  yagona manbadan
olmagan.   Kant   Leybnis   va   Yumga,   Forobiy   Aristotel   va   Platonga   tayangan   va
hokazo.   Bularning   barchasi   yangi   falsafiy   bilimning   vujudga   kelishiga   asos
bo‘ladi.   Shakllangan   bu   yangi   falsafiy   bilimda   esa   ijodiy   tanqid   muhim   rol
o‘ynaydi. 
Har   qanday   bilim   singari,   falsafiy   bilim   ham   haqiqat   va   ishtiboh   birligidir.
Biroq   gnoseologiyada   bu   tushunchalar   alohida   mazmun   kasb   etadi.   Bu   mazmun
ijtimoiy-tarixiy,   ijtimoiy-ma’naviy   xususiyatga   ega   bo‘lib,   u   muqarrar   tarzda
nafaqat   bizning   tafakkurimizni,   balki   unga   bog‘liq   bo‘lgan,   unga   asoslangan
bizning   harakatlarimizni   ham   baholashni   o‘z   ichiga   oladi.   Biroq,   insonning   oliy
maqsadlari   –   uning   universal,   jismoniy,   aqliy   va   ma’naviy   kuchlarini
rivojlantirishga   mos   keladigan   harakat   (qilmish,   qaror,   niyat)gina   haqiqiydir.
Haqiqat,   chin   hayot   kabi,   insonning   yuqorida   zikr   etilgan   kuchlari   va   ijodiy
qobiliyatini   cheklamaydigan,   toraytirmaydigan,   balki   ularni   kengaytiradigan   va rivojlantiradigan tamoyillar va qadriyatlarga rioya qilish demakdir. O‘z navbatida,
ishtiboh   ham   oddiy   subektiv   mantiqiy   xato,   yanglishish,   adashish   yoki
dushmanlarning   kirdikorlari   mahsuli   emas,   balki   tarix   adashuvining   muqarrar
natijasidir. 
Masalan,   kommunistlarning   barcha   yo‘llar   bizning   asrimizga,   jamiyatni
erkinlik,   tenglik   va   birdamlikka   yetaklaydi,   degan   umid   va   ishonchlarini   xatoga
yo‘yish   mumkin,   chunki   ularning   birontasi   ham   o‘z   tasdig‘ini   topmadi.   Biroq
xatolar zamirida teran mazmun yotadi. Axloqiy imperativ (ideal, orzu) borliq emas,
biroq   u   mazkur   borliqning   darakchisi.   Jamiyatda   axloqiy   tushunchalar,
qadriyatlarga   munosabatning   o‘zgarishi   insoniyat   millionlab   kishilar   hayotida
olamshumul o‘zgarishlar yuz berishi arafasida turganining eng aniq ko‘rsatkichidir.
Zotan,   g‘oyalar   yo‘q   joydan   paydo   bo‘lmaydi,   osmondan   tushmaydi.   Ilmiy   bilim
ma’nolar, maqsadlar, qadriyatlar va insonning qiziqishlariga befarq bo‘lsa, falsafiy
bilim insonning dunyodagi o‘rni va roli haqidagi bilimdir. 
Ilmiy   bilim.   Bilishning   eng   oliy   shakli   fandir.   Ayrim   fanlarning   vakillari
fanni   ta’riflar   ekanlar,   uni   muayyan   tadqiqotlar   sohasi   bilan   bog‘laydilar.   Ilmiy
bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. 
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida
inson faoliyatini  tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil  turlari bu vazifani
turlicha   bajaradi   va   mazkur   farqning   tahlili   ilmiy   bilimning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi. 
Fan   amaliy   faoliyat   predmetlarining   (boshlang‘ich   holatdagi   obektning)
tegishli   mahsulotlarga   (pirovard   holatdagi   obektga)   aylanish   jarayonini   oldindan
ko‘ra   bilishni   o‘z   oldiga   pirovard   maqsad   qilib   qo‘yadi.   Bu   o‘zgarish   har   doim
obektlarning   o‘zgarish   va   rivojlanish   qonunlari   bilan   belgilanadi,   faoliyat   shu
qonunlarga   muvofiq   bo‘lgan   taqdirdagina   muvaffaqiyatli   bo‘lishi   mumkin.   Shu
sababli   fanning   asosiy   vazifasi   obektlarning   o‘zgarish   va   rivojlanish   qonunlarini
aniqlashdan iborat. 
Tabiatning   o‘zgarish   jarayonlariga   tatbiqan   bu   vazifani   tabiiy   fanlar   va
texnika   fanlari   bajaradi.   Ijtimoiy   obektlarning   o‘zgarish   jarayonlarini   ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Hamonki faoliyat jarayonida har xil obektlar – tabiat predmetlari,
inson (va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari
sifatida   amal   qiluvchi   belgilar   ko‘rinishidagi   obektlar   va   hokazolar   o‘zgarishi
mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari bo‘lishi mumkin. 
Fanning   faoliyatga   jalb   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   obektlarni   o‘rganish   va
ularni   faoliyat   va   rivojlanishning   obektiv   qonunlariga   bo‘ysunuvchi   obektlar
sifatida   tadqiq   qilishga   qarab   mo‘ljal   olishi   ilmiy   bilimning   birinchi   eng   muhim
xususiyati hisoblanadi. 
Ilmiy bilim o‘zining ayni shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa
shakllaridan ajralib turadi. Masalan,  borliqni  badiiy o‘zlashtirish jarayonida inson
faoliyatiga   jalb   qilingan   obektlar   subektiv   omillardan   ajratilmaydi,   balki   ularga
o‘ziga   xos   tarzda   bog‘lanadi.   Obektiv   dunyo   predmetlarining   san’atdagi   har
qanday in’ikosi ayni vaqtda insonning predmetga munosabatini aks ettiradi. Badiiy
obraz   –   bu   obektning   shunday   bir   in’ikosiki,   unda   inson   shaxsi,   uning
qadriyatlarga munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq tavsifidan
o‘rin   oladi.   Bu   mushtaraklikni   istisno   etish   –   badiiy   obrazni   buzish   demakdir.
Fanda   esa,   bilim   yaratayotgan   shaxs   hayot   faoliyatining   o‘ziga   xos   xususiyatlari,
uning   mushohadalari   yaratilayotgan   bilim   tarkibiga   bevosita   kirmaydi   (Nyuton
qonunlari   Nyutonga   nima   yoqqani   va   yoqmaganligi   haqida   xulosa   chiqarish
imkonini   bermaydi,   vaholanki,   masalan,   Rembrandt   mo‘yqalamiga   mansub
portretlarda   Rembrandt   esse,   uning   dunyoqarashi   va   o‘zi   tasvirlayotgan   ijtimoiy
hodisalarga   shaxsiy   munosabati   o‘z   ifodasini   topadi;   buyuk   musavvir   tomonidan
yaratilgan portret doim uning avtoportreti sifatida ham amal qiladi). 
Ilmiy bilim borliqni moddiy va obektiv o‘rganishga qarab mo‘ljal oladi. Biroq
bu   olimning   shaxsiy   xususiyatlari,   uning   qadriyatlarini   belgilashda,   ilmiy   ijodida
rol   o‘ynamaydi   va   uning   natijalariga   ta’sir   ko‘rsatmaydi,   degan   ma’noni
anglatmaydi.   Ilmiy   bilim   nafaqat   o‘rganilayotgan   obektning   o‘ziga   xos
xususiyatlari,   balki   ijtimoiy-madaniy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   ko‘p   sonli   omillar
bilan ham belgilanadi.  Ilmiy   bilimning   tarixiy   rivojlanishi   madaniyatning   o‘zgarishi   ilmiy   bilimni
bayon etish andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublarning
o‘zgarishga   bog‘liq.   Bu   andozalar,   usullar   va   uslublar   madaniyat   kontekstida,
uning   har   xil   hodisalari   ta’sirida   shakllanadi.   Bu   ta’sirni   ilmiy   bilimning
rivojlanish   jarayoniga   har   xil   ijtimoiy-madaniy   omillarning   qo‘shilishi   sifatida
tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida obektiv va subektiv narsalar
va hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni  inson ma’naviy faoliyatining
boshqa   shakllariga   bog‘lab   o‘rganish   zarurligi   fan   bilan   bu   shakllar   (kundalik
bilish,   badiiy   tafakkur   va   sh.k.)   o‘rtasidagi   farq   masalasini   kun   tartibidan
chiqarmaydi.   Ilmiy   bilimning   obektivligi   va   moddiyligi   bunday   farqning   birinchi
va eng muhim xususiyati hisoblanadi. 
Fan   inson   faoliyatida   faqat   uning   moddiy   tuzilishini   farqlaydi   va   hamma
narsani   shu   tuzilish   nuqtai   nazaridan   ko‘rib   chiqadi.   Qadimgi   afsonada   podsho
Midas   nimaga   qo‘l   tekkizmasin,   hammasi   oltinga   aylanganidek,   fan   ham   nimaga
murojaat   etmasin,   hamma   narsa   uning   uchun   obektiv   qonunlarga   ko‘ra
yashaydigan, faoliyat ko‘rsatadigan va rivojlanadigan predmetdir. 
Fan   nafaqat   hozirgi   amaliyot   jarayonida   o‘zgartiriladigan,   balki   kelajakda
amalda   ommaviy   o‘zlashtirish   predmetiga   aylanishi   mumkin   bo‘lgan   obektlarni
o‘rganishga   qarab   mo‘ljal   olishi   ilmiy   bilimning   ikkinchi   o‘ziga   xos   xususiyati
hisoblanadi. Bu xususiyat  ilmiy va odatdagi, stixiyali-empirik bilimni  farqlash va
fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni ta’riflash imkonini beradi. 
Shaxsiy   bilim.   Bilim   shakllari   to‘g‘risida   so‘z   yuritar   ekanmiz,   M.Polani
tomonidan   ishlab   chiqilgan   shaxsiy   bilim   konsepsiyasini   chetlab   o‘tishimiz
mumkin emas. Olim o‘z konsepsiyasini tuzishda bilim – anglash mumkin bo‘lgan
narsalarni  faol  o‘zlashtirish,  alohida mahorat  va alohida vositalarni  talab qiluvchi
harakat,   degan   tamoyildan   kelib   chiqqan.   Madomiki   fanni   odamlar   yaratar   ekan,
bilish faoliyati jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi  shu jarayonning o‘zi  kabi)
odamlardan ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog‘i, o‘z qiziqishlari,
maqsadlari   va   mo‘ljallariga   ega   bo‘lgan   olimlarni)   ular   yaratayotgan   bilimlardan
ajratib yoki boshqa odamlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.  Polani   fikriga   ko‘ra,   shaxsiy   bilim   muqarrar   tarzda   intellektual   salohiyatni
talab qiladi.  Unda  nafaqat  bilish  borlig‘i, balki   bilishga  harakat  qilayotgan  shaxs,
uning   bilimga   qiziqishi,   bilimni   talqin   qilish   va   undan   foydalanishga   nisbatan
shaxsiy yondashuvi, uni o‘ziga xos tarzda anglab yetishi mujassamlashadi. 
Shaxsiy   bilim   nafaqat   qandaydir   fikr-mulohazalar   majmui,   balki   shaxsning
kechinmalari   hamdir.   Shaxs   bilimni   shunchaki   qayd   etmaydi,   balki   u   bilan   birga
yashaydi. 
Ijtimoiy   bilim   asosan   o‘zi   o‘rganayotgan   borliqning   sifat   tomonini
tavsiflashga   qarab   mo‘ljal   oladi.   Bu   yerda   hodisalar   va   jarayonlar   miqdor   va
umumiylik   nuqtai   nazaridan   emas,   balki   sifat   va   xususiylik   nuqtai   nazaridan
o‘rganiladi.   Shu   sababli   miqdor   metodlarining   ulushi   bu   yerda   tabiiy-matematik
siklga   mansub   fanlarga   qaraganda   kamroq.   Biroq   bilimning   matematikalashuvi,
kompyuterlashuvi jarayonlari bu yerda ham tobora kengroq tus olib bormoqda. 
«Inson borlig‘i», ijtimoiy bilim predmeti sifatida, o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lganligi   tufayli,   unda   matematik   apparatdan   foydalanish   ancha   mushkul.   Bu
sohaga   matematik   metodlarni   tatbiq   etishga   ijtimoiy   obektlarning   o‘ta
individualligi (va hatto betakrorligi), subektiv (shu jumladan sof irrasional) jihatlar
doimo   mavjudligi,   nazorat   qilib   bo‘lmaydigan,   tasodifiy   munosabatlarning
ko‘pligi, ma’nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar xalaqit beradi. 
Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan
dalolat bermaydi. Bu borada toq to‘plamlar nazariyasiga katta umid bog‘lanmoqda.
Toq to‘plamlar deganda chegaralari aniq bo‘lmagan to‘plamlar tushuniladi, bunda
elementlarning   mazkur   to‘plamga   mansubligidan   unga   mansub   emasligiga   o‘tish
keskin emas, balki asta-sekin yuz beradi. 
Ijtimoiy   fanlarda   miqdor   metodlaridan   foydalanish   tobora   keng   va   samarali
tus   olib   bormoqda.   Ularning   ayrimlari   (iqtisodiyot,   sosiologiya)dan   miqdor
metodlari mustahkam o‘rin olgan, ayrimlari (tarix, san’atshunoslik va boshqalar)ga
esa   ular   ehtiyotkorlik   bilan   kirib   bormoqda.   Masalan,   tarix   fani   doirasida
matematik   metodlar   tarixni   o‘rganishning   asosiy   vositasi   bo‘lgan   alohida   fan   –
kiometriya   (so‘zma-so‘z   ma’nosi   –   tarixni   o‘lchash)   yuzaga   keldi   va shakllanmoqda.   Biroq,   ijtimoiy   fanlarda   matematik   metodlar   qay   darajada   keng
qo‘llanilmasin, ular bu fanlar uchun asosiy emas, balki yordamchi metodlar bo‘lib
qolayotir. 
Ijtimoiy   bilimda   empirik   va   nazariy   unsurlarning   o‘ziga   xos   uyg‘unligi
kuzatiladi. Ijtimoiy bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-
da,   ular   bu   yerda   tobora   kengroq   va   o‘ziga   xos   tarzda   qo‘llanilmoqda.   Bular,
avvalo,   ko‘rib   chiqilayotgan   hodisalarning   sof   obektiv   xossalarini   emas,   balki
ularning   insoniy   ko‘rsatkichlarini   aniqlashga   qaratilgan   so‘rovlar,   anketalash,
testlash, modelda eksperiment o‘tkazish va hokazolardir. 
Bilishda   subekt   va   obektning   o‘zaro   aloqasi .   Bilish   dunyoning   obekt   va
subektga bo‘linishini nazarda tutadi. 
Falsafada   bu   tushunchalar   jonli   mavjudot   bo‘lgan   insonni   bilish   jarayoniga
olib   kiradigan   va   bu   jarayonga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadigan   subektivlikdan
uzoqlashish  uchun ishlab  chiqilgan. Bilimning obektivligi, haqiqatning  subektdan
mustaqilligini   e’lon   qilinganda   namoyon   bo‘ladi.   Sxolastika   tabiatshunoslikning
rivojlanishiga   to‘sqinlik   qilgan   sharoitda   ilmiy   bilish   subektlarining   o‘tkinchi
manfaatlari   ko‘pincha   obektivlikka   xalaqit   bergan,   shu   bois   bu   tushunchalarning
aniq   farqlanishi   o‘rinli   bo‘lgan.   Faylasuflarni   subektning   obektga   ta’siri
muammolari,   anglab   yetilayotgan   obektga   subektivlikning   ta’siri   yo‘llari   va
xususiyati   masalalari   tobora   ko‘proq   qiziqtira   boshlagan   hozirgi   kunda   ham   bu
muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Subekt   –   bu   bilish   faolligining   manbai.   Subekt   deganda   odatda   individ
tushuniladi.   Biroq   bu   uncha   to‘g‘ri   emas.   Subekt   –   bu,   albatta,   avvalo   bilish
qobiliyatiga   ega   bo‘lgan   individ.   Subekt   –   bu   mikroguruh,   ijtimoiy   guruh   sinf,
jamiyat   hamdir.   Tafakkur   jarayoni   amalga   oshadigan   bosh   miya   po‘stlog‘ida
tafakkur   muayyan   insonning   harakatlari,   uning   kechinmalari,   his-tuyg‘ulariga
qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida jihati – o‘zlikni anglash sifatida
amal   qiladi,   tafakkur   (individ   doirasida)   nimaga   qaratilgan   bo‘lsa,   shu   obekt
bo‘ladi.  Subekt   negizi   butun   ijtimoiy   yaxlitlikni   tashkil   etuvchi   murakkab
ierarxiyadan   iborat.   Pirovard   natijada   bilim   va   donishmandlikning   oliy
yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo‘lmagan
birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o‘z
madaniyatida   qayd   etiladigan   me’yorlar,   g‘oyalar   va   qadriyatlarni   yaratib,   asrdan
asrga bilish faoliyatining alohida subekti  sifatida o‘tib keladi. U tabiat  hodisalari,
hayvonlar yoki o‘simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va
urf-odatlari   haqida   ma’lumotlar   to‘playdi.   Jamiyatda   maxsus   vazifasi   va
mashg‘uloti   hayot   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   bilimlar   yaratishdan
iborat  bo‘lgan individlarning tarixiy guruhlari  ajratiladi. Xususan,  subekti  olimlar
hamjamiyati bo‘lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda
qobiliyati, iste’dodi  va bilimi  bilan bilish  sohasida  yuksak natijalarga erishadigan
ayrim individlar alohida o‘rin tutadi. 
Bu   odamlarning   ismlari   tarixda   ilmiy   g‘oyalar   evolyusiyasidagi   buyuk
bosqichlar ramzi sifatida saqlanib qoladi. 
Bilishning   haqiqiy   subekti   hech   qachon   faqat   gnoseologik   xususiyatga   ega
bo‘lmaydi:   u   o‘z   mayllari,   qiziqishlari,   fe’l-atvori,   mijozi,   aql   yoki   aqlsizlik,
qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik
shaxs.   Biroq   ko‘pincha   bilish   subekti   deganda   intellektual   faollikning   qandaydir
shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi.
Subektning   bilish   faoliyati   faqat   muayyan   tarixiy   kontekstda   aniq
tushunchalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat subektning obektga
nisbatan,   balki   o‘ziga,   o‘z   faoliyatiga   nisbatan   ham   ongli   munosabatini,   ya’ni
tadqiqotchilik   faoliyati   shartlari,   usullari,   me’yorlari   va   metodlarini   bilishi,
an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi. 
Borliqning  muayyan   parchasi  izlanayotgan   tafakkur  diqqat  markazidan  o‘rin
olgach, bilish obektini tashkil etadi, subekt bilan «subekt – obekt» munosabatlariga
kirishib,   ma’lum   ma’noda   subektning   «mulki»ga   aylanadi.   Binobarin,   subektning
ongiga   bog‘liq   bo‘lmagan   o‘zicha   borliq   va   subekt   bilan   yuqorida   zikr   etilgan
munosabatga   kirishgan   borliq   mavjud.   U   go‘yo   subektni   o‘zini   bilishga   da’vat etadi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   subekt   bilan   munosabatga   kirishgan   obekt   oddiy
borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan, ya’ni ong – o‘zining bilishga
intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu ma’noda bilish
obekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi. 
Obekt   –   bu   subektning   bilish   faoliyati   qaratilgan   narsa   yoki   hodisa.   Asbob
ham   (o‘rganilayotgan   va   ta’mirlanayotganida),   boshqa   individ   ham,   individ   bilan
bog‘liq   narsa   va   hodisalar   ham   obekt   bo‘lishi   mumkin.   «Obekt»   tushunchasini
obektiv   borliq   bilan   aralashtirmaslik   kerak.   Masalan,   hayvonlarning
hujayralaridagi   xromosomalar   ular   sitologiya   va   genetikada   o‘rganish   «obekti»ga
aylanishidan oldi  ham  obektiv mavjud bo‘lgan, biroq kashf etilganidan keyingina
o‘rganish «obektlari»ga aylangan. 
Bu   tushunchalar   nafaqat   bilish   faoliyati,   balki   amaliy   va   baholash   faoliyati
bilan ham bog‘liq. 
Bilish   faoliyatida   subekt   obektsiz,   obekt   esa   –   subektsiz   mavjud   bo‘lmaydi.
Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo‘lgan holda, nafaqat antik davrda,
balki   J.B.Lamark   va   Ch.Darvin   uchun   ham   ilmiy   tafakkur   obekti   bo‘lmagan.
Olimlar   bu   ko‘zga   ko‘rinmas   biologik   borliqni   ma’lum   vaqtgacha   o‘z   bilish
faoliyatining   obekti   sifatida   aniqlay   olmaganlar.   Bunga   nisbatan   yaqinda,
dunyoning   umumiy   ilmiy   manzarasida   jiddiy   o‘zgarishlar   yuz   berganidan   so‘ng
muvaffaq   bo‘lindi.   Yoki,   aytaylik,   ilmiy   tafakkur,   texnika   yutuqlari   va   ijtimoiy
shart-sharoitlar   atigi   bir   necha   o‘n   yilliklar   muqaddam   Kosmosning   olis
kengliklarini tadqiqot obektiga aylantirish imkonini berdi. 
Hozirgi   zamon   gnoseologiyasida   bilish   obekti   va   predmetini   farqlash   odat
tusini   olgan.   Bilish   obekti   deganda   borliqning   o‘rganilayotgan   amalda   mavjud
bo‘laklari   tushuniladi.   Bilish   predmeti   –   bu   izlanayotgan   fikrning   diqqat
markazidan   o‘rin   olgan   muayyan   jihatlar.   Masalan,   inson   juda   ko‘p   fanlar   –
biologiya,   tibbiyot,   psixologiya,   sosiologiya,   falsafa   va   hokazolarning   tadqiqot
obekti   hisoblanadi.   Biroq   ularning   har   biri   insonni   o‘rganishga   o‘z   nuqtai
nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-
atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u
tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi. 
Ma’lumki,   inson   tarix   yaratuvchisi,   subekti   hisoblanadi,   o‘z   tarixiy
mavjudligining   zarur   shart-sharoitlari   va   asoslarini   o‘zi   yaratadi.   Ijtimoiy-tarixiy
bilish obekti odamlar tomonidan nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak,
obektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim. 
Shunday  qilib,  ijtimoiy  bilishda  inson   o‘z   faoliyatining  mahsuli,   amaliy  faol
jonzot bo‘lgan o‘zi bilan ham ish ko‘radi. Bilish subekti bo‘lgan inson shu tariqa
uning   obektiga   ham   aylanadi.   Shu   ma’noda   ijtimoiy   bilish   insonning   ijtimoiy
o‘zlikni   anglash   jarayonidir.   Bunda   inson   tarixiy   rivojlanish   jarayonida
yaratiladigan o‘zining ijtimoiy mohiyatini o‘zi uchun kashf etadi va o‘rganadi.
Shu   sababli   ijtimoiy   bilishda   subekt   va   obektning   o‘zaro   aloqasi
murakkablashadi, bu yerda obekt bir vaqtning o‘zida tarixiy ijod subekti hamdir. 
Ijtimoiy   bilishda   hamma   narsa   va   hodisalar   inson   sohasida   aylanadi:   bilish
obekti   –   odamlarning   o‘zi   va   ular   faoliyatining   natijalari,   bilish   subekti   ham
insondir.   Bilish   jarayoni   shohidlarning   guvohliklari,   hujjatlar,   so‘rovlar,
so‘rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat qurollari va madaniy yodgorliklarisiz
bo‘lishi mumkin emas. 
Bularning   barchasi   ijtimoiy   bilishga   ma’lum   darajada   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi
va   uning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   shakllantiradi.   Ayni   shu   sababli   ijtimoiy
bilishda   olimning   grajdanlik   pozisiyasi,   uning   ma’naviy   qiyofasi,   haqiqat
ideallariga sodiqligi juda muhimdir. 
Bilish   faoliyat   turi   sifatida .   Insonning   o‘zini   qurshagan   dunyoni   tushunib
yetishi   muhim   falsafiy   muammolardan   biridir.   Mohiyat   e’tibori   bilan,   dunyoni
bilish  mumkinmi,  degan masala   dunyoning inson  ongida  aniq va  to‘liq  aks  etish,
insonning   bu   dunyoda   ongli   va   erkin   mo‘ljal   olish   va   faoliyat   olib   borish
imkoniyati to‘g‘risidagi masaladir. 
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi.
Bilim   –  inson  ong  yordamida  oladigan  dunyo  haqidagi  ma’lumotlarning  eng   oliy
darajasidir. Bilim   obrazlar   va  belgilar   shaklida  mavjud bo‘ladi  va  undan  odamlar amaliy faoliyatining ideal rejasi sifatida foydalanadi. Bilimsiz (oddiy, ilmiy, badiiy
va   boshqa   bilimlarsiz)   dunyoning   manzarasini   shakllantirish   mumkin   emas.
F.Bekon   shu   munosabat   bilan   bilim   kuchdir   deb   ta’kidlagan   edi.   Bilimni   Gegel
ta’biri   bilan   aytganda   faqatgina   subektiv   tasavvur,   erkin   mulohaza,   tasavvur
mahsuli   bo‘lgan   fikrdan   farqlay   bilish   lozim.   Insonning   dunyoni   bilishga
intilishining mohiyati u aniq yoki noaniq bilimlarni faol va izchil izlashi va ularni
olishidan   iborat.   Falsafaning   bilish   muammolari   ko‘rib   chiqiladigan   bo‘limi
gnoseologiya   yoki   bilish   nazariyasi   deb   ataladi.   Insonning   dunyoni   bilish
jarayonini   boshqa   fanlar   –   mantiq,   psixologiya,   sosiologiya   ham   o‘z   nuqtai
nazaridan o‘rganadi. 
Bilish   va   bilim   to‘g‘risida   so‘z   yuritganda   o‘rta   asrlardagi   kabi   bilim   va
e’tiqodni qarama-qarshi qo‘yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va ma’naviy dunyo
narsalari,   jarayonlari   va   hodisalarini   dalil-isbotsiz   bilish   demak.   «Men   Xudoning
borligiga   ishonaman»;   «men   yaqinda   bahor   kelishiga   ishonaman»;   «men   o‘z
ishimning   muvaffaqiyatiga   ishonaman»   va   h.k.   va   sh.k.   E’tiqod   –   bu   insonning
ishonchi.   Bilim   bizga   aniq-ravshan   ko‘rinib   turadigan   narsalarni   kashf   etish
imkonini  bersa,  e’tiqod, ishonch  insonga  hozircha  ko‘rinmaydigan sirli  narsalarni
aniqlashga   yordam   beradi.   Shu   tariqa   e’tiqod   bilish   jarayonida   faol   ishtirok   etadi
va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning
so‘qirligi,   mutaassiblik   va   insonning   kuchsizligi   yotuvchi   soxta   e’tiqod   ham
mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. 
Bunga qarama-qarshi o‘laroq, inson kuch-qudratining ramzi sanalgan oqilona
e’tiqod   mavjud   bo‘lib,   u   odamzotning   emosional   va   intellektual   faolligiga
imkoniyat   yaratadi,   bilish   yo‘lida   izlanishga   rag‘batlantiradi.   Barcha   olimlarning
ilmiy faoliyati zamirida inson tafakkuriga qattiq ishonch yotadi, aks holda ular o‘z
kashfiyotlarini   yarata  olmaydilar.  Shu   ma’noda   oqilona   e’tiqod   go‘yo   zulmatdagi
nur,   haqiqat   va   taraqqiyotni   harakatlantiruvchi   kuch   hisoblanadi.   Oqilona   e’tiqod
bilim   yo‘lini   mash’al   kabi   yoritadi,   ijodga   imkoniyat   yaratadi,   bu   yo‘lda   insonga
ishonch   va   kuch   baxsh   etadi.   E’tiqodning   yo‘qligi   esa,   aksincha,   skeptisizm,
bo‘shliqda   mavjudlik   va   bilishning   samarasizligi   tuyg‘usini   uyg‘otadi.   Shunday qilib,   fikr,   e’tiqod   va   bilim   haqiqat   sari   yuksalishning   zarur   bosqichlari,   inson
ma’naviy tajribasining muhim shakllari hisoblanadi. 
Xo‘sh, bilishning o‘zi nima? Uning mohiyati nimada?
Avvalo,   bilish   –   inson   aks   ettirish   faoliyatining   alohida   turi.   U   «inson   –
mehnat vositalari  – tabiat» tizimi doirasida insonning narsalar mohiyati, masalan,
magnetizm   tabiati,   hayot   mazmuni   va   hokazolar   yashirinib   yotgan   dunyoning
«qobig‘i»ni ochishga yo‘naladi. U dunyoning sirlarini ochadi.
Bilish   – inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni
u   bilish   muammolari   va   vazifalarini   qo‘yish   va   yechish   yo‘li   bilan,   izchil   anglab
yetadi. Axborot miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2
   2      4)   kasb   etadiki,   bu   unga   ishlov   berish,   saqlash   va   keyinchalik   undan
foydalanish uchun qulaydir. 
Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi
dunyoning   ideal   obrazlari   yuzaga   keladi   va   bilish   maqsadi   bo‘lgan   bilim
shakllanadi. 
Bilish jarayoni tarix falsafasida ma’lum vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr
falsafiy   materializmida)   insonning   sezgi   a’zolariga   tabiatning   mexanik   ta’siri
sifatida qaralgan. Inson passiv mavjudot va tabiat uni o‘z maqomiga yo‘rg‘alatadi,
deb   hisoblangan.   «Biz   qo‘g‘irchoqlarmiz   va   taqdir   bizni   iplarimizdan   tortib
o‘ynatadi»,   deb   yozgan   edi   V.Gyugo.   Biroq   amalda   bilish   doim   ancha   faol
xususiyatga  ega  bo‘lgan va  shunday  bo‘lib qoladi.  Bu  odamlarning  ehtiyojlari   va
manfaatlari,   ularning   umumiy   maqsadlarga   erishish   yo‘lidagi   hamkorligi   va
boshqa omillar bilan belgilanadi. Boshqacha  aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, jihat
va   xususiyatlarga   ega.   Bunga,   jumladan,   nemis   klassik   falsafasida   subektning
faolligi konsepsiyasida (I.Fixte va boshqalar) alohida e’tibor qaratilgan. 
Bilishning ijtimoiy tabiati, agar bu haqda atroflicha so‘z yuritadigan bo‘lsak,
yana quyidagilarni  ham  anglatadi. Bilish  doim  ijtimoiy munosabatlar  va  madaniy
dunyosining   faol   ta’siri   ostida   yuz   beradi.   Biz   faqat   o‘zimiz   yashayotgan   davr
shart-sharoitlarida va bu shart-sharoitlar beradigan imkoniyat darajasida bilishimiz
mumkin.   Bu   shart-sharoitlar   jamiyatning   muhim   ehtiyojlari   ko‘rinishida   ijtimoiy buyurtmani   yuzaga   keltiradi.   Ular   subektni   shakllantiradi   va   bilish   jarayoniga
muayyan   darajada   ta’sir   ko‘rsatadi   –   uni   jadallashtiradi   yoki   sekinlashtiradi.
Masalan,   o‘rta   asrlarda   dunyo   va   insonni   bilishga   din   va   cherkov   katta   ta’sir
ko‘rsatgan.   XX   asrda   esa   bilishga   boshqa   omillar,   chunonchi:   kosmosni   keng
miqyosda o‘zlashtirish, ekologiya, oziq-ovqat muammolarini yechish va hokazolar
kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Bilish   itellektual   manbaga   tayanishni   talab   qiladi.   Intellektual   manba
insoniyatning jami bilimlari, bilish metodlari, tushunchalar apparati, mavjud ilmiy
dalillar va boshqa bilimlarni o‘zida mujassamlatiradi. Ishni har safar bo‘sh joyda,
«noldan» boshlamaslik uchun bilishda erishilgan yutuqlarga tayanish juda muhim.
I.Nyuton bu haqda so‘z yuritar ekan, u gigantlar yelkasida turgani uchungina fanda
hammadan uzoqni ko‘rganini qayd etgan edi. 
Bilish   jarayonini   muomala   vositasi   sifatidagi   til   yordamidagina   amalga
oshirish   mumkin.   U   butun   jamiyatning   jamoa   boyligi,   insoniyat   madaniyatining
muhim   unsuri   hisoblanadi.   Fan   uchun   esa   til,   avvalo,   axborotni   jamg‘arish   va
saqlash vositasi, dunyo haqidagi bilimlar va ma’lumotlarning ulkan omboridir. 
Ijtimoiy munosabatlar  subekt  bilish obektiga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib
yondashishini   belgilaydi.   Shundan   ijtimoiy   hayotning   aynan   bir   hodisalari   va
muammolarini   har   xil,   ba’zan   hatto   bir-biriga   teskari   idrok   etish   va   talqin   qilish
hollari yuz beradi. Masalan,  tarixda insoniyatning kelajakdagi rivojlanish yo‘li va
shakli   har   xil   tasavvur   qilingani   ma’lum.   Hozirgi   siyosiy   hayotda   aynan   bir
hodisalar   (xususiy   mulk   instituti,   bozorning   shakllanishi   va   boshqalar)   ayrim
ijtimoiy guruhlar tomonidan ijobiy baholansa, boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan
salbiy baholanadi. Bularning barchasi  ijtimoiy hodisalarni bilishda mafkura, ya’ni
muayyan   ijtimoiy   hodisalarni   har   xil   ijtimoiy   guruhlar   va   tabaqalar   nuqtai
nazaridan baholash mavjudligidan dalolat beradi. 
Bilishga insonning sezgilari, uning ehtiroslari dunyosi kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Shu   munosabat   bilan   K.Gelvesiy:   «...ehtiroslar   bo‘lmasa,   buyuk   artistlar   ham,
buyuk   sarkardalar   ham,   buyuk   ministrlar   ham,   buyuk   shoirlar   ham,   buyuk faylasuflar   ham   bo‘lmas   edi» 1
,   deb   yozgan   edi.   Ehtiroslar   tadqiqotchiga   kuch-
g‘ayrat beradi va bilish jarayonini olg‘a suradi. Inson ehtiroslarisiz haqiqatni izlash
mumkin emas. 
Bilish   doimo   qandaydir   yangi,   ilgari   noma’lum   bo‘lgan   narsani   yaratishga
yo‘nalgan   ijoddir.   Ijodning   bosh   mezoni   (ko‘rsatkichi)   –   olingan   natijalarning
yangiligi   va   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   ekanligi.   U   juda   katta   aqliy   va   jismoniy
harakat («ijod mashaqqatlari» deb bejiz aytmaydilar), ba’zan fuqarolik jasorati va
hatto jonbozlik talab qiladi. 
Shunday   qilib,   insonning   bilishi   rivojlanib   boruvchi,   faol   jarayondir.   Bu,
avvalo,   jamiyatda   yangi   ehtiyojlarning   tug‘ilishi,   tegishli   ravishda   amaliyotning
rivojlanishi   va   takomillashuvi   bilan   belgilanadi.   Ayni   shu   sababli   bilish   «mangu
harakat,   qarama-qarshiliklarning   yuzaga   kelishi   va   ularning   yechilishi   jarayoni»
deb qaralishi lozim. Bilish jarayonining ichki mantig‘i (izchilligi) qanday?
Bilish   nazariyasining   predmeti.   «Gnoseologiya»   -   sof   falsafiy   kategoriya.
Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib
chiqqan.   So‘zma-so‘z   ma’nosi   -   «bilish   haqidagi   ta’limot   (fan)»,   «ong   haqidagi
ta’limot   (fan)».   Falsafiy   adabiyotlarda,   shu   jumladan   falsafiy   qomuslar   va
lug‘atlarda   «gnoseologiya»   atamasi   «bilish   nazariyasi»   deb   tarjima   qilingan.   Shu
bilan   bir   qatorda,   ayni   shu   mazmunni   ifodalash   uchun   falsafiy   adabiyotlarda
«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   gnoseologiyaga   tatbiqan   bilish   nazariyasi   va
epistemologiya   nomlarining   qo‘llanilishini   o‘rinli   deb   bo‘lmaydi.   Zotan,
«episteme»  so‘zi  «pistis» -  e’tiqod so‘zi  bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan
(gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar –
falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir.
Shu   bois   G‘arbiy   Yevropa   falsafasida   epistemologiyaning   mazmuni   ikki   xil,
ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. 
1 1
 История философии: Энциклопедия. – Минск: Книжный дом, 2002. –  С. 310.  Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining
umumiy,   aniqroq   aytganda   –   falsafiy   mohiyati   hamda   umumiy   muammolariga
e’tiborni   qaratadi.   Epistemologiya   esa,   bizning   muayyan   narsalar   haqidagi
bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi. 
Demak,   epistemologiya   gnoseologiyaning   tarkibiy   qismi   yoki   uning   amaliy
ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning
mazmunini,   shuningdek   diniy   e’tiqodlarning   gnoseologik   mohiyatini   o‘rganish
bilan   shug‘ullanadi.   Bunda   esa   bilish   (ong)ning   mohiyati   to‘g‘risida   bahs
yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi.
Shu   bilan   biz   avval   gnoseologiya   muammolari   doirasini   aniqlab   olishga   harakat
qilamiz. 
Gnoseologiya   yoki   bilish   nazariyasi   falsafiy   bilimlar   (falsafa   fani)   bo‘limi
bo‘lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o‘zlikni anglash
jarayoni;   3)   bilishning   bilmaslikdan   bilim   sari   yuksalishi,   4)   bilimlar   tabiati   va
ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi. 
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish
bilan shug‘ullanadi. 
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning
o‘z-o‘ziga,   boshqa   odamlarga   va   umuman   jamiyatga   ta’siri   natijalarini   fiziologik
darajada   his   qilamiz   va   ko‘ramiz.   Biroq   bu   jarayonda   ongning   o‘zi   ko‘rinmaydi.
Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo
vaqt   va   makon   chegaralaridan   tashqarida   turadi.   Gnoseologiyaning   vazifasi   bu
ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro
aloqalarini   aniqlash,   uni   o‘z   muhokama   va   tadqiqot   predmetiga   aylantirishdan
iborat. 
Gnoseologiyaning   asosiy   muammosi   bizning   barcha   bilimlarimiz   tajribada
sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va
masalaning   yechimini   topishda   gnoseologiyada   ikki   muxolif   an’ana:   bilimlarimiz
tajribada   sinalganini   qayd   etuvchi   empirizm   va   buni   inkor   etuvchi   rasionalizm
to‘qnashadi.  Rasionalizm   (rasionalistlar)   insonda   tug‘ma   g‘oyalar,   adolat,   insoniylik,
uyg‘unlik   g‘oyalari   va   tajribadan   olinishi   mumkin   bo‘lmagan   boshqa   g‘oyalar
mavjudligidan   kelib   chiqadi.   Zotan,   tajriba   to‘la   adolat,   yalpi   insoniylik   mavjud
emasligini,   bizni   qurshagan   dunyoda   uyg‘unlik   ustidan   xaos   hukm   surishini
ko‘rsatadi.   Bunda   ayrim   ashaddiy   rasionalistlar   (masalan,   Platon,   Avgustin   va
ularning   hamfikrlari)   ko‘rsatib   o‘tganidek   g‘oyalar   inson   aqliga   xos   tug‘ma
g‘oyalar   bo‘lib,   ularni   inson   faqat   o‘z   aqlidan   olishini   qayd   etadilar;   boshqa,
mo‘tadil   rasionalistlar   (masalan,   Leybnis,   Volf,   Baumgarten)   esa,   g‘oyalar   aqlga
bog‘liq   bo‘lmagan   holda   mavjud   bo‘lsa-da,   biroq   ular   faqat   aqlda   tafakkur   va
falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar. 
Empirizm   (empiristlar,   Frensis   Bekon,   Lokk,   Gobbs,   Yum,   Feerbax),
aksincha,   inson,   insoniyat   shaxsiy   yoki   ijtimoiy   tajribaga   ega   bo‘lgunga   qadar
biron-bir g‘oya mavjud bo‘linishni inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi
zamirida   yo   shaxsiy   tajriba,   yo   boshqalar   tajribasi,   butun   insoniyat   tajribasini
umumlashtirish   orqali   tug‘ilishini   qayd   etadilar   va   bu   tezisni   isbotlashga   harakat
qiladilar.   Ularning   fikriga   ko‘ra,   tajriba   inson   ongida   uning   sezgilari   va   o‘zini
qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni  persepsiya
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi,
borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalash esa  ap pe rsepsiya  deb
ataladi. 
Gnoseologiya   inson   bilimining   chegaralari   to‘g‘risidagi   masalani   yechishni
ham   o‘z   ichiga   oladi.   Ko‘pgina   empiriklar   (masalan,   David   Yum,   Dyubua
Raymond, agnostiklar) va rasionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson
nafaqat   umumiy   narsa   va   hodisalarni,   balki   muayyan,   konkret   narsalarni   ham
bilishi   mumkin   emas,   degan   fikrga   qo‘shiladilar.   Ayrim   narsalar,   hodisalar   va
konsepsiyalar   borki,   ular   persepsiyamizning   chegaralariga   ham,   tafakkurimiz,
refleksiyamiz   (lotincha   «reflexes»   -   orqaga   qaytish)   doirasiga   ham   sig‘maydi.
Masalan,   Kant   Koinot   ibtidosi   yoki   ibtidosizligi,   Xudoning   borligi   yoki   yo‘qligi,
jonning   boqiyligi   yoki   foniyligi,   axloqning   sababiyligi   yoki   sababsizligi   aqlning bilish   chegaralariga   sig‘maydigan,   oqilona   o‘rganib   bo‘lmaydigan   transsendental
(lotincha   «transcendentalism»   -   chegaraga   sig‘maydigan)   masalalardir,   deb
hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g‘oyalarini himoya qilgan yirik olimlar
(Moris   Shlik,   Rudolf   Karnap,   A.J.Aer)   Katnning   transsendental   muammolarini
mantiqsiz deb e’lon qildilar. 
Gnoseologiya   inson   bilimi   va   bilishga   doir   juda   ko‘p   muammolar   bilan
shug‘ullanadi.   U   bizning   bilimlarimiz   qay   darajada   e’tiqod,   qay   darajada   ko‘r-
ko‘rona   ishonch   va   qay   darajada   real   borliqning   haqiqiy   in’ikosi   ekanligini
aniqlashga   harakat   qiladi.   So‘nggi   o‘n   yilliklarda   gnoseologiyada   bilimlar
o‘rtasidagi   farq,   «nimani   bilaman»,   «qanday   bilaman»,   «shaxsiy   tajribamdan
bilaman»,   «dalilga   ko‘ra   bilaman»   kabi   iboralar   mazmunining   o‘zaro   nisbati
masalalari  muhokama qilinmoqda. Bir  so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni
to‘liq   qamrab   olib,   unda   biron-bir   tafsilotni   nazardan   qochirmaslikka   harakat
qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
Bilishning ijtimoiy tabiati, agar bu haqda atroflicha so‘z yuritadigan bo‘lsak,
yana quyidagilarni  ham  anglatadi. Bilish  doim  ijtimoiy munosabatlar  va  madaniy
dunyosining   faol   ta’siri   ostida   yuz   beradi.   Biz   faqat   o‘zimiz   yashayotgan   davr
shart-sharoitlarida va bu shart-sharoitlar beradigan imkoniyat darajasida bilishimiz
mumkin.   Bu   shart-sharoitlar   jamiyatning   muhim   ehtiyojlari   ko‘rinishida   ijtimoiy
buyurtmani   yuzaga   keltiradi.   Ular   subektni   shakllantiradi   va   bilish   jarayoniga
muayyan   darajada   ta’sir   ko‘rsatadi   –   uni   jadallashtiradi   yoki   sekinlashtiradi.
Masalan,   o‘rta   asrlarda   dunyo   va   insonni   bilishga   din   va   cherkov   katta   ta’sir
ko‘rsatgan.   XX   asrda   esa   bilishga   boshqa   omillar,   chunonchi:   kosmosni   keng
miqyosda o‘zlashtirish, ekologiya, oziq-ovqat muammolarini yechish va hokazolar
kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Bilish   itellektual   manbaga   tayanishni   talab   qiladi.   Intellektual   manba
insoniyatning jami bilimlari, bilish metodlari, tushunchalar apparati, mavjud ilmiy
dalillar va boshqa bilimlarni o‘zida mujassamlatiradi. Ishni har safar bo‘sh joyda,
«noldan» boshlamaslik uchun bilishda erishilgan yutuqlarga tayanish juda muhim. I.Nyuton bu haqda so‘z yuritar ekan, u gigantlar yelkasida turgani uchungina fanda
hammadan uzoqni ko‘rganini qayd etgan edi. 
Bilish   jarayonini   muomala   vositasi   sifatidagi   til   yordamidagina   amalga
oshirish   mumkin.   U   butun   jamiyatning   jamoa   boyligi,   insoniyat   madaniyatining
muhim   unsuri   hisoblanadi.   Fan   uchun   esa   til,   avvalo,   axborotni   jamg‘arish   va
saqlash vositasi, dunyo haqidagi bilimlar va ma’lumotlarning ulkan omboridir. 
Ijtimoiy munosabatlar  subekt  bilish obektiga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib
yondashishini   belgilaydi.   Shundan   ijtimoiy   hayotning   aynan   bir   hodisalari   va
muammolarini   har   xil,   ba’zan   hatto   bir-biriga   teskari   idrok   etish   va   talqin   qilish
hollari yuz beradi. Masalan,  tarixda insoniyatning kelajakdagi rivojlanish yo‘li va
shakli   har   xil   tasavvur   qilingani   ma’lum.   Hozirgi   siyosiy   hayotda   aynan   bir
hodisalar   (xususiy   mulk   instituti,   bozorning   shakllanishi   va   boshqalar)   ayrim
ijtimoiy guruhlar tomonidan ijobiy baholansa, boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan
salbiy baholanadi. Bularning barchasi  ijtimoiy hodisalarni bilishda mafkura, ya’ni
muayyan   ijtimoiy   hodisalarni   har   xil   ijtimoiy   guruhlar   va   tabaqalar   nuqtai
nazaridan baholash mavjudligidan dalolat beradi. 
Bilishga insonning sezgilari, uning ehtiroslari dunyosi kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Shu   munosabat   bilan   K.Gelvesiy:   «...ehtiroslar   bo‘lmasa,   buyuk   artistlar   ham,
buyuk   sarkardalar   ham,   buyuk   ministrlar   ham,   buyuk   shoirlar   ham,   buyuk
faylasuflar   ham   bo‘lmas   edi» 1
,   deb   yozgan   edi.   Ehtiroslar   tadqiqotchiga   kuch-
g‘ayrat beradi va bilish jarayonini olg‘a suradi. Inson ehtiroslarisiz haqiqatni izlash
mumkin emas. 
Bilish   doimo   qandaydir   yangi,   ilgari   noma’lum   bo‘lgan   narsani   yaratishga
yo‘nalgan   ijoddir.   Ijodning   bosh   mezoni   (ko‘rsatkichi)   –   olingan   natijalarning
yangiligi   va   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   ekanligi.   U   juda   katta   aqliy   va   jismoniy
harakat («ijod mashaqqatlari» deb bejiz aytmaydilar), ba’zan fuqarolik jasorati va
hatto jonbozlik talab qiladi. 
Shunday   qilib,   insonning   bilishi   rivojlanib   boruvchi,   faol   jarayondir.   Bu,
avvalo,   jamiyatda   yangi   ehtiyojlarning   tug‘ilishi,   tegishli   ravishda   amaliyotning
1 1
 История философии: Энциклопедия. – Минск: Книжный дом, 2002. –  С. 310.  rivojlanishi   va   takomillashuvi   bilan   belgilanadi.   Ayni   shu   sababli   bilish   «mangu
harakat,   qarama-qarshiliklarning   yuzaga   kelishi   va   ularning   yechilishi   jarayoni»
deb qaralishi lozim. Bilish jarayonining ichki mantig‘i (izchilligi) qanday?
.HISSIY, EMPIRIK, NAZARIY  VA INTUITIV  BILISH  DARAJALARI
Bilishda   subekt   va   obektning   o‘zaro   aloqasi .   Bilish   dunyoning   obekt   va
subektga bo‘linishini nazarda tutadi. 
Falsafada   bu   tushunchalar   jonli   mavjudot   bo‘lgan   insonni   bilish   jarayoniga
olib   kiradigan   va   bu   jarayonga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadigan   subektivlikdan
uzoqlashish  uchun ishlab  chiqilgan. Bilimning obektivligi, haqiqatning  subektdan
mustaqilligini   e’lon   qilinganda   namoyon   bo‘ladi.   Sxolastika   tabiatshunoslikning
rivojlanishiga   to‘sqinlik   qilgan   sharoitda   ilmiy   bilish   subektlarining   o‘tkinchi
manfaatlari   ko‘pincha   obektivlikka   xalaqit   bergan,   shu   bois   bu   tushunchalarning
aniq   farqlanishi   o‘rinli   bo‘lgan.   Faylasuflarni   subektning   obektga   ta’siri
muammolari,   anglab   yetilayotgan   obektga   subektivlikning   ta’siri   yo‘llari   va
xususiyati   masalalari   tobora   ko‘proq   qiziqtira   boshlagan   hozirgi   kunda   ham   bu
muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Subekt   –   bu   bilish   faolligining   manbai.   Subekt   deganda   odatda   individ
tushuniladi.   Biroq   bu   uncha   to‘g‘ri   emas.   Subekt   –   bu,   albatta,   avvalo   bilish
qobiliyatiga   ega   bo‘lgan   individ.   Subekt   –   bu   mikroguruh,   ijtimoiy   guruh   sinf,
jamiyat   hamdir.   Tafakkur   jarayoni   amalga   oshadigan   bosh   miya   po‘stlog‘ida
tafakkur   muayyan   insonning   harakatlari,   uning   kechinmalari,   his-tuyg‘ulariga
qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida jihati – o‘zlikni anglash sifatida
amal   qiladi,   tafakkur   (individ   doirasida)   nimaga   qaratilgan   bo‘lsa,   shu   obekt
bo‘ladi. 
Subekt   negizi   butun   ijtimoiy   yaxlitlikni   tashkil   etuvchi   murakkab
ierarxiyadan   iborat.   Pirovard   natijada   bilim   va   donishmandlikning   oliy
yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo‘lmagan
birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o‘z
madaniyatida   qayd   etiladigan   me’yorlar,   g‘oyalar   va   qadriyatlarni   yaratib,   asrdan
asrga bilish faoliyatining alohida subekti  sifatida o‘tib keladi. U tabiat  hodisalari, hayvonlar yoki o‘simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va
urf-odatlari   haqida   ma’lumotlar   to‘playdi.   Jamiyatda   maxsus   vazifasi   va
mashg‘uloti   hayot   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   bilimlar   yaratishdan
iborat  bo‘lgan individlarning tarixiy guruhlari  ajratiladi. Xususan,  subekti  olimlar
hamjamiyati bo‘lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda
qobiliyati, iste’dodi  va bilimi  bilan bilish  sohasida  yuksak natijalarga erishadigan
ayrim individlar alohida o‘rin tutadi. 
Bu   odamlarning   ismlari   tarixda   ilmiy   g‘oyalar   evolyusiyasidagi   buyuk
bosqichlar ramzi sifatida saqlanib qoladi. 
Bilishning   haqiqiy   subekti   hech   qachon   faqat   gnoseologik   xususiyatga   ega
bo‘lmaydi:   u   o‘z   mayllari,   qiziqishlari,   fe’l-atvori,   mijozi,   aql   yoki   aqlsizlik,
qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik
shaxs.   Biroq   ko‘pincha   bilish   subekti   deganda   intellektual   faollikning   qandaydir
shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi.
Subektning   bilish   faoliyati   faqat   muayyan   tarixiy   kontekstda   aniq
tushunchalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat subektning obektga
nisbatan,   balki   o‘ziga,   o‘z   faoliyatiga   nisbatan   ham   ongli   munosabatini,   ya’ni
tadqiqotchilik   faoliyati   shartlari,   usullari,   me’yorlari   va   metodlarini   bilishi,
an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi. 
Borliqning  muayyan   parchasi  izlanayotgan   tafakkur  diqqat  markazidan  o‘rin
olgach, bilish obektini tashkil etadi, subekt bilan «subekt – obekt» munosabatlariga
kirishib,   ma’lum   ma’noda   subektning   «mulki»ga   aylanadi.   Binobarin,   subektning
ongiga   bog‘liq   bo‘lmagan   o‘zicha   borliq   va   subekt   bilan   yuqorida   zikr   etilgan
munosabatga   kirishgan   borliq   mavjud.   U   go‘yo   subektni   o‘zini   bilishga   da’vat
etadi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   subekt   bilan   munosabatga   kirishgan   obekt   oddiy
borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan, ya’ni ong – o‘zining bilishga
intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu ma’noda bilish
obekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi. 
Obekt   –   bu   subektning   bilish   faoliyati   qaratilgan   narsa   yoki   hodisa.   Asbob
ham   (o‘rganilayotgan   va   ta’mirlanayotganida),   boshqa   individ   ham,   individ   bilan bog‘liq   narsa   va   hodisalar   ham   obekt   bo‘lishi   mumkin.   «Obekt»   tushunchasini
obektiv   borliq   bilan   aralashtirmaslik   kerak.   Masalan,   hayvonlarning
hujayralaridagi   xromosomalar   ular   sitologiya   va   genetikada   o‘rganish   «obekti»ga
aylanishidan oldi  ham  obektiv mavjud bo‘lgan, biroq kashf etilganidan keyingina
o‘rganish «obektlari»ga aylangan. 
Bu   tushunchalar   nafaqat   bilish   faoliyati,   balki   amaliy   va   baholash   faoliyati
bilan ham bog‘liq. 
Bilish   faoliyatida   subekt   obektsiz,   obekt   esa   –   subektsiz   mavjud   bo‘lmaydi.
Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo‘lgan holda, nafaqat antik davrda,
balki   J.B.Lamark   va   Ch.Darvin   uchun   ham   ilmiy   tafakkur   obekti   bo‘lmagan.
Olimlar   bu   ko‘zga   ko‘rinmas   biologik   borliqni   ma’lum   vaqtgacha   o‘z   bilish
faoliyatining   obekti   sifatida   aniqlay   olmaganlar.   Bunga   nisbatan   yaqinda,
dunyoning   umumiy   ilmiy   manzarasida   jiddiy   o‘zgarishlar   yuz   berganidan   so‘ng
muvaffaq   bo‘lindi.   Yoki,   aytaylik,   ilmiy   tafakkur,   texnika   yutuqlari   va   ijtimoiy
shart-sharoitlar   atigi   bir   necha   o‘n   yilliklar   muqaddam   Kosmosning   olis
kengliklarini tadqiqot obektiga aylantirish imkonini berdi. 
Hozirgi   zamon   gnoseologiyasida   bilish   obekti   va   predmetini   farqlash   odat
tusini   olgan.   Bilish   obekti   deganda   borliqning   o‘rganilayotgan   amalda   mavjud
bo‘laklari   tushuniladi.   Bilish   predmeti   –   bu   izlanayotgan   fikrning   diqqat
markazidan   o‘rin   olgan   muayyan   jihatlar.   Masalan,   inson   juda   ko‘p   fanlar   –
biologiya,   tibbiyot,   psixologiya,   sosiologiya,   falsafa   va   hokazolarning   tadqiqot
obekti   hisoblanadi.   Biroq   ularning   har   biri   insonni   o‘rganishga   o‘z   nuqtai
nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-
atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va
h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u
tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi. 
Ma’lumki,   inson   tarix   yaratuvchisi,   subekti   hisoblanadi,   o‘z   tarixiy
mavjudligining   zarur   shart-sharoitlari   va   asoslarini   o‘zi   yaratadi.   Ijtimoiy-tarixiy
bilish obekti odamlar tomonidan nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak,
obektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim.  Shunday  qilib,  ijtimoiy  bilishda  inson   o‘z   faoliyatining  mahsuli,   amaliy  faol
jonzot bo‘lgan o‘zi bilan ham ish ko‘radi. Bilish subekti bo‘lgan inson shu tariqa
uning   obektiga   ham   aylanadi.   Shu   ma’noda   ijtimoiy   bilish   insonning   ijtimoiy
o‘zlikni   anglash   jarayonidir.   Bunda   inson   tarixiy   rivojlanish   jarayonida
yaratiladigan o‘zining ijtimoiy mohiyatini o‘zi uchun kashf etadi va o‘rganadi.
Shu   sababli   ijtimoiy   bilishda   subekt   va   obektning   o‘zaro   aloqasi
murakkablashadi, bu yerda obekt bir vaqtning o‘zida tarixiy ijod subekti hamdir. 
Ijtimoiy   bilishda   hamma   narsa   va   hodisalar   inson   sohasida   aylanadi:   bilish
obekti   –   odamlarning   o‘zi   va   ular   faoliyatining   natijalari,   bilish   subekti   ham
insondir.   Bilish   jarayoni   shohidlarning   guvohliklari,   hujjatlar,   so‘rovlar,
so‘rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat qurollari va madaniy yodgorliklarisiz
bo‘lishi mumkin emas. 
Bularning   barchasi   ijtimoiy   bilishga   ma’lum   darajada   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi
va   uning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   shakllantiradi.   Ayni   shu   sababli   ijtimoiy
bilishda   olimning   grajdanlik   pozisiyasi,   uning   ma’naviy   qiyofasi,   haqiqat
ideallariga sodiqligi juda muhimdir. 
Hissiy darajadagi bilimning shakllari . Sezgi a’zolari orqali olingan bilim –
hissiy bilimlardir. Sezgi a’zolari yoki narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish
va idrok etishi natijasida olingan bilimhissiy bilamdir. Masalan, inson uchayotgan
samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi. 
Sezgi va idrok . Bilish faoliyatida sezgi  – narsalar  ayrim xossalarining sezgi
a’zolari   orqali   his   qilingan   oddiy   obrazi,   in’ikosi,   nusxasi   yoki   o‘ziga   xos   surati
dastlabki   sezgi   obrazi   hisoblanadi.   Masalan,   aplesinda   biz   to‘q   sariq   rang,   o‘ziga
xos hid, ta’mni sezamiz. Sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va
uning   sezgi   a’zolariga   ta’sir   ko‘rsatayotgan   jarayonlar   ta’sirida   yuzaga   keladi.
Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi
ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi. 
Forobiy   bilishning   ikki   shakli   –  hissiy   va   oqilona   bilishni   farqlaydi.  Insonni
tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh   turga   ajratadi.   U   sezgilarni   bilimning   asosiy   manbai   deb   hisoblab,   sezgilar
faqat   narsaning   in’ikosi   narsaning   o‘ziga   mos   tushgan   holda   haqiqiy   bo‘lishi
mumkin 1
  deb   qayt   etadi .   Forobiyning   bilishda   va   umuman   hissiy   idrok   etishda
sezgilarning   roli   haqidagi   qarashlari   Aristotelning   «sezmaydigan   odam   hech
narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o‘xshash. 
Insonning   hayvondan   farqi   shundaki,   u  aql   va   sezgilar   yordamida   bilimlarni
o‘zlashtirishga   qodir.   «Aql   kuchi»   borliq   narsalarining   fikriy   in’ikosini   o‘zida
gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini  bilgan aql osmon
jismlari   va   ularning   shakllarini   bilishga   harakat   qiladi.   Shu   oxirgi   bosqichda
insonga ta’sir ko‘rsatuvchi  koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini  kasb
etadi. 
Aql dunyoning yaralish bosqichlari  sifatida inson va birinchi sabab o‘rtasida
bog‘lovchi   bo‘g‘in   bo‘lib   xizmat   qiladi,   birinchi   sabab   esa,   o‘z   navbatida,   aqlga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi, jon
inson   tanasidan   o‘rin   oladi,   shunday   qilib,   nodunyoviy   hayot   jihatlari   insonga
o‘tadi   va   pirovardida   inson   mohiyati,   bilimlari   –   uning   aqli   boqiylik   xususiyatini
kasb etadi. 
Forobiy   fikri cha ,   sezgilar   tartibga   ega   bo‘lganidek,   aqlning   ham   o‘z   tegishli
tartibi   mavjuddir 2
.   Birinchi   metod   tabiiy   fanlar   (fizika)ga,   ikkinchisi   –
matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning
u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi. 
Se zgilar   dunyoning   sifat   jihatidan   rang-barangligining   obektiv   xususiyatini
aks   ettiradi   va   uning   ta’sirida   yuzaga   keladi.   Sezgilar   hodisalarning   miqdor
ko‘rsatkichlari   haqida   ham   ancha   boy   axborot   beradi.   Sezgilar   bir   xil   ohangdagi
ovozlar   o‘rtasidagi   farqni   ularning   kuchiga   qarab,   rang   tuslarini,   temperaturadagi
o‘zgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi boshqa farqlarni ancha aniq aks ettiradi.
Sezish qobiliyatining yo‘qolishi muqarrar tarzda ongning yo‘qolishiga olib keladi. 
Sezishning   ko‘rish,   eshitish,   tebranish,   paypaslash,   ob-havo,   og‘riq,
muvozanat   va tezlashishni   his  etish,  hid, ta’m  bilish  kabi   umumiy  organik turlari
1
 Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 23-б.
2
 Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 24-б. farqlanadi.   Sezgilarning   har   bir   shakli   o‘zining   ayrim   ko‘rinishi   orqali   materiya
harakatining   mazkur   shakli   va   turi,   masalan,   elektromagnit,   ovozli   tebranishlar,
kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi. 
Har qanday predmet juda ko‘p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan,
qand bo‘lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu
xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni  alohida-
alohida emas, balki yaxlit holda - qand bo‘lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz.
Binobarin,   yaxlit   obrazni   idrok   etishning   obektiv   negizini   predmetning   turli
jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning ko‘p sonliligi tashkil etadi. 
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va
munosabatlarini   aks   ettiruvchi   yaxlit   obrazni   idrok   etish   deb   ataladi.   Insonning
idrok   etishi   narsalar,   ularning   xossalari   va   munosabatlarini   tushunish   va   anglab
yetishni  o‘z  ichiga  oladi.  Bunda   inson  o‘zining  har  bir   yangi  taassurotini   mavjud
bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir
ko‘rsatishi   jarayonida,   mehnatda,   sezgi   a’zolari   faol   ishlashi   natijasida   amalga
oshadi   va   rivojlanadi;   masalan,   harakatsiz   ko‘z   narsalar   rangini   farqlashga   qodir
emas. 
Organizmning   makroskopik,   yaxlit   narsalar   va   jarayonlar   olamida   mo‘ljal
olishga   bo‘lgan   ehtiyoji   bizning   sezgi   a’zolarimizni   shunday   tashkil   qilganki,  biz
narsalarni   yaxlit   holda   idrok   etamiz.   Aks   holda   hamma   narsa   harakatlanayotgan
zarralar,   molekulalar   pardasiga   aylangan   va   biz   narsalarlarning   chegaralarini
ko‘rmagan bo‘lur edik. Ko‘rish a’zosi organizm  hayotida muhim rol o‘ynaydigan
borliqdagi yorug‘lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish yo‘nalishida
rivojlangan. Shu sababli ko‘z tabiatda mavjud yorug‘lik ta’sirida yorug‘likni qabul
qilish,   quloq   -   ovoz   tebranishlarini   farqlash   uchun   moslashgan   va   h.k.   Sezgi
a’zolarining   o‘ziga   xosligi,   «fiziologik»   idealistlar   fikridan   farqli,   tashqi   dunyoni
to‘g‘ri   bilishga   nafaqat   monelik   qilmaydi,   balki,   aksincha,   narsalarning   obektiv
xossalari aniqroq va to‘liqroq aks etishini ta’minlaydi. 
Sezgi  – obektiv dunyoning subektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi
va   ikkilamchiga   mexanik   tarzda   ajratishga   qarshi   yo‘nalgan.   Bu   nuqtai   nazardan birlamchi   sifatlar   (shakl,   hajm   va   h.k.)   narsalarning   obektiv   mavjud   xususiyatlari
in’ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof subektiv xususiyat
kasb etadi. Ayni bir sezgiga narsalarning har xil xossalari mos kelishi mumkin: oq
rang   sezgisi   ko‘rish   doirasidagi   to‘lqinlar   barcha   uzunliklarining   elektromagnit
xossalari qorishmasini ham, qo‘shimcha ranglar har qanday juftligi (qizil va ko‘k-
yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi. Bundan oq rang to‘lqin yoki
narsa   yuzasining   obektiv  xossasi   sifatida   qaralishi   mumkin  emas,   degan   yanglish
xulosa chiqariladi. Qora rang to‘lqin xossasi emas: uning sharti – ko‘rish doirasida
nurlanishning   yo‘qligi.   To‘lqin   yo‘q   narsa   haqida   axborot   bera   olmaydi.   Bundan
quyidagi   soxta   xulosa   kelib   chiqadi:   rang,   hid   –   bu   narsalarning   xossalari   emas,
balki   bizning   sezgilarimizdir   (E.Max);   «rang»   so‘zi   bilan   ruhiy   kechinmalarning
muayyan   toifasi   belgilanadi   (V.Ostvald).   Dunyo   esa   ovozsiz,   bo‘yoqlar   va
hidlardan   xoli.   Unda   issiq   ham,   sovuq   ham   mavjud   emas.   Bularning   hammasi   –
faqat bizning sezgilarimiz. 
Bu   yerda   masalaning   ikki   tomonini:   sezgilar   manbasi   nimaligi   va   ularning
psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim. 
Obrazning   sifat   jihatidan   aniqligi   predmetning   sifat   jihatidan   aniqligini   aks
ettiradi.   Jismning   tebranishi   yoki   ayni   shu   elektromagnit   nurlarni   tarqatishi   jism
tuzilishi,   uning   haroratisi   va   boshqa   xossalariga   bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,   har   bir
metall olovni o‘z rangiga bo‘yaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida
o‘z rangini kasb etadi. Qor ko‘zimizga oq bo‘lib ko‘ringani uchun oq emas, balki u
amalda   oq   bo‘lgani   uchun   ham   biz   uni   shunday   ko‘ramiz.   Mexanisistlar   va
subektivistlarning   narsa   unga   qarayotganimizdagina   rangga   va   uni
hidlayotganimizdagina hidga ega bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘z
o‘zining   rang   sezadigan   apparati   bilan   o‘zi   idrok   etuvchi   rang   mavjud   bo‘lgani
tufayli yuzaga kelgan va mavjud. 
Xotira,   xayol   va   tasavvur.   Garchi   sezish   va   idrok   etish   insonning   barcha
bilimlari manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu
predmet   insonning   sezgi   a’zolariga   ma’lum   vaqt   mobaynida   ta’sir   ko‘rsatadi.
So‘ngra   bu   ta’sir   barham   topadi.   Biroq   predmetning   obrazi   izsiz   yo‘qolmaydi.   U xotirada   gavdalanadi   va   saqlanib   qoladi.   Binobarin,   biron-bir   narsa   haqida   u
yo‘qolganidan keyin ham fikr yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur
qoladi. Yumiq ko‘zlar bilan ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz. 
Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo‘l naqadar og‘ir ekanligini ko‘ramiz:
u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuisiya va aqlning bor
kuchini   ishga   solishni   nazarda   tutadi.   Masalan,   xotirani   olaylik.   Bilish   haqida
xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, yo‘q: xotirasiz jon – baliqsiz to‘r degan
gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas.
Sezish   va   idrok   etish   jarayonlari   o‘zidan   keyin   miyada   «iz»   qoldiradi.   Bu
izlarning   mohiyati   insonga   ayni   lahzada   ta’sir   ko‘rsatmayotgan   narsalarning
obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat. 
Xotira   o‘tmish   va   hozirgi   zamonni   birlashtiradi,   ularning   bir-biriga   o‘tishini
ta’minlaydi.   “Tovushlar   va   so‘zlar   soni   ko‘paygandan   keyin,   odamga   uning
xotirasi   yordamga   keladi...   Yozuv   ham   xotira   bilan   birga   inson   imkoniyatlarini
oshiradi” 1
.   Agar   obrazlar   miyada   unga   predmet   ta’sir   ko‘rsatgan   paytda   paydo
bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson narsalarni har
safar   mutlaqo   notanish   narsalar   sifatida   qabul   qilgan.   U   mazkur   narsalarni
tanimagan,   demak,   ularni   anglamagan   bo‘lar   edi.   Biror   narsani   anglash   uchun
aqlning   ishlashi   –   hozirgi   holatni   oldingi   holat   bilan   taqqoslashi   talab   etiladi.
Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada
tasavvurlar uyg‘onadi. 
Tasavvurlar   –   bu   bir   paytlar   insonning   sezgi   a’zolariga   ta’sir   ko‘rsatgan   va
keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning
obrazlaridir. 
Sezish   va   idrok   etish   ong   fikr   gavdalanishining   boshlanishi   hisoblanadi.
Xotira   olingan   axborotni   qayd   etadi   va   saqlaydi.   Tasavvurda   esa   ong   ilk   bor
o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil subektiv hodisa sifatida
mavjud   bo‘la   boshlaydi.   Inson   nisbatan   yangi   obrazlarni   erkin   yaratishga   qodir.
Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in. 
1 1
 Қаранг.С.М.Ҳотамий.  Ислом тафаккури тарихидан.-Т.: Минҳож, 2003.- Б.74 Xayol   insonning   muhim   xossasi.   Xayol   tafakkur   oqimida   yetishmayotgan
ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni
nafaqat   qayta   chaqiradi,   balki   ularni   bir-biri   bilan   bog‘laydi   va   shu   tariqa   ularni
umumiy   tasavvurlar   darajasiga   ko‘taradi.   Obrazlarni   qayta   gavdalantirish   xayol
kuchi   bilan   erkin   va   bevosita   kuzatish   yordamisiz   amalga   oshiriladi.   Tasavvurlar
paydo   bo‘lishining   bu   shakli   bunday   erkin   faoliyat   ko‘rsatish   qobiliyatiga   ega
bo‘lmagan,   biroq   amalda   kuzatishga   muhtoj   bo‘lgan   va   obrazlar   beixtiyor   paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi. 
E mpirik bilim va uning shakllari . Empirik bilim mavjud narsaning bevosita
emas,   balki   bilvosita   in’ikosi   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   olim   o‘zi   ko‘rmayotgan
tegishli   obektning holati   haqida unga  axborot  berayotgan  asbob  ko‘rsatkichi  yoki
elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning
empirik   darajasi   har   xil   asboblardan   foydalanish   bilan   bog‘liq;   u   kuzatish,
kuzatilayotgan narsa yoki hodisani  tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan
foydalanishni  nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar  va boshqa manbalar bilan
ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq
darajasidir. 
Empirik   bilimlar   nazariy   bilim   negizini   tashkil   etuvchi   ilmiy   dalillar
majmuidir.   Empirik   bilim   ikki   kuzatish   va   eksperiment   metodlari   yordamida
shakllanadi. 
Kuzatish   –   bilish   obektining   muhim   xossalari   va   munosabatlarini   aniqlash
maqsadida   ataylab   amalga   oshiriladigan  izchil   idrok   etishdir.  Kuzatish   maqsadini
belgilash,   uning   usullarini   aniqlash,   o‘rganilayotgan   obekt   xulq-atvorini   nazorat
qilishning   rejasini   tuzish,   asboblardan   foydalanish   kabilar   kuzatishning   muhim
xususiyatlaridir.   Kuzatishlarning   natijalari   bizga   borliq   haqida   ilmiy   dalillar
ko‘rinishida dastlabki axborot beradi. 
Kuzatish   bevosita   yoki   bilvosita,   masalan,   mikroskop   yordamida   bo‘lishi
mumkin.   Hozirda   elektron   mikroskop   yordamida   molekulalarni   vizual   kuzatish
mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan obektlarga qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni   ta’riflashni   nazarda   tutadigan   faol   shakli.   Biron-bir   narsani   bilishni
xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim. 
Zehnli,   ijodkor   va   teran   aql   narsa   va   hodisalarning   ko‘pchilik   e’tibor
bermaydigan muhim jihatlarini ko‘rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu
qobiliyat   fan   va   san’atdagi   novatorlik   omilidir.   Kuzatish   maxsus   tayyorgarlikni
talab   qiladi.   Kuzatishlarni   tayyorlashda   kuzatish   vazifalari,   u   javob   berishi   lozim
bo‘lgan   talablarni   aniqlash,   kuzatish   rejasi   va   usullarini   oldindan   ishlab   chiqish
muhim o‘rin tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd
etadi.   Biroq   inson   kuzatuvchi   roli   bilan   kifoyalana   olmaydi.   U   eksperimentlar
o‘tkazish   orqali   faol   sinovchiga   aylanadi.   Miyada   tasavvur   qilingan   model   ustida
o‘tkaziladigan   fikriy   eksperiment   bilishning   alohida   shaklini   tashkil   etadi.   Unga
xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir. 
E ksperiment   –   bu   shunday   tadqiqot   metodiki,   uning   yordamida   obekt   yo
sun’iy   tarzda   yaratiladi,   yo   tadqiqot   maqsadlariga   mos   keladigan   ma’lum   shart-
sharoitlarda   o‘rganiladi.   Eksperimentda   tadqiqotchi   ilmiy   tadqiqotni   o‘tkazish
shart-sharoitlariga   faol   aralashadi.   U   jarayonni   istalgan   bosqichda   to‘xtatishi
mumkin   bo‘lib,   bu   obektni   yanada   mufassalroq   o‘rganish   imkonini   beradi.
Tadqiqotchi o‘rganilayotgan obektni boshqa obektlar bilan har xil tarzda bog‘lashi
yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi  va shu tariqa fanga ma’lum
bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin. 
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy
yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi. 
Eksperiment   doim,   ayniqsa   hozirgi   zamon   fanida   ba’zan   juda   murakkab
texnika   vositalari,   ya’ni   asboblardan   foydalanish   bilan   bog‘liq.   Asbob   –   bu
insonning   sezgi   a’zolari   bilishi   mumkin   bo‘lmagan   hodisalar   va   xossalar   haqida
axborot   olish   uchun   mo‘ljallangan,   kerakli   xossalarga   ega   bo‘lgan   moslama   yoki
moslamalar   tizimidir.   Asboblar   bizning   sezgi   a’zolarimizni   kuchaytirishi,   obekt
xossalarining   faollik   darajasini   o‘lchashi   yoki   ularda   o‘rganilayotgan   obekt
qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.  Tadqiqot   maqsadlariga   ko‘ra   o‘rganish   eksperimenti,   yangi   narsa   yoki
hodisani kashf etish hamda yangi xossalarni aniqlovchi va ularni namoyish etuvchi
tekshiruv   eksperimenti;   (gipotezalarning   to‘g‘riligini   aniqlash),   obektlar   yoki
ularning   xossalarini   aniqlashga   qaratilgan   sifat   eksperimenti   va   o‘rganilayotgan
obektning   xossalarini   o‘lchash   bilan   bog‘liq   miqdor   eksperimenti   farqlanadi.
O‘rganish obektiga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy eksperiment, amalga oshirish usullariga
ko‘ra   esa   –   tabiiy   va   sun’iy,   modelli   va   bevosita   amaliy   va   tafakkur   vositasida
amalga   oshiriladigan   eksperimentlar   farqlanadi.   Shuningdek   ilmiy   va   ishlab
chiqarish eksperimenti  ham  mavjud. Ishlab  chiqarish  eksperimenti  sanoat  va dala
sharoitidagi   eksperimentlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Modelli   eksperiment   alohida
ahamiyatga   ega.   Fizik   va   matematik   modellashtirish   farqlanadi.   Fizik   model
o‘rganilayotgan   obektning   noma’lum   xossalarini   aniqlash   uchun   uning   ma’lum
xossalarini   gavdalantirishni   nazarda   tutadi   (samolyotlar,   kosmik   kemalar   yoki
neyronlarning modellari va sh.k.). Matematik model har xil obektlarning umumiy,
funksional   bog‘liqligini   tavsiflovchi   formal   (matematik)   o‘xshashligi   asosida
tuziladiki,   bu   ham   amalda   mavjud   obektlarning   noma’lum   xossalarini   aniqlash
imkonini beradi. 
Eksperimentning   asosiy   metodi   –   o‘rganilayotgan   obekt   mavjud   bo‘lgan
odatdagi   shart-sharoitlarni   o‘zgartirish.   U   o‘rganilayotgan   obekt   xossalari   bilan
shart-sharoitlar   o‘rtasidagi   sababiy   bog‘lanish,   shuningdek   shart-sharoitlarning
o‘zgarishi   munosabati   bilan   bu   xossalarning   o‘zgarish   xususiyatini   aniqlash
imkonini   beradi.   Shu   bilan   bir   vaqtda,   bu   metod   predmetlarning   tabiiy   sharoitda
namoyon   bo‘lmaydigan   yangi   xossalarini   aniqlash   uchun   imkoniyat   yaratadi,
masalan,   sun’iy   iqlim   laboratoriyalarida   o‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishiga
temperatura,   yorug‘lik,   namlik   va   shu   kabilarning   ta’sirini   u   yoki   bu   darajada
to‘g‘ri   aniqlash   mumkin.   Hamonki   shart-sharoitlar   o‘zgarishi   bilan   predmetning
muayyan   xossalari   o‘zgarar   (ba’zan   yana   yuzaga   kelar),   boshqa   xossalarida   esa
sezilarli   o‘zgarishlar   yuz   bermasligi   mumkin.   Eksperimentga   shart-sharoitlarni
nazorat qilish, jarayonlarning ko‘rsatkichlarini o‘lchash imkoniyatining mavjudligi
va   asbob-uskunalardan   foydalanish   xosdir.   Inson   tajriba   o‘tkazish   chog‘ida yanglishishi   mumkin.   Asboblar   bu   kamchilikdan   xoli.   Mikroskop,   teleskop,
rentgen apparati, radio, televidenie, telefon, seysmograf va shu kabilar yordamida
inson   o‘zining   idrok   etish   imkoniyatlarini   sezilarli   darajada   kengaytirdi   va
teranlashtirdi.   Fan,   ayniqsa   tabiatshunoslikda   erishilgan   yutuqlar   eksperiment
o‘tkazish   metodlari   va   vositalarining   takomillashuvi   bilan   uzviy   bog‘liq.   So‘nggi
yillarda   olimlar,   masalan,   ilmiy   ijod   jarayoniga   bevosita   kiritilgan
kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Eksperimentni   ko‘p   takrorlash   va   shu   yo‘l   bilan   xulosalarni   kuzatuvlarning
ko‘proq   soniga   tayangan   holda   asoslash   mumkin.   Eksperiment   o‘tkazish   uchun
dastlabki   bilimlar   kerak,   I.P.Pavlov   qayd   etganidek,   dalillarni   rivojlantirish
predmet   haqida   umumiy   tasavvurga   ega   bo‘lish   lozim.   Bu   umumiy   tasavvurlar,
farazlar,   gipotezalar   oldingi   kuzatishlar,   eksperimentlar   va   insoniyatning   barcha
tajribasidan   olinadi.   Ular   eksperimentga   yo‘l   ko‘rsatadi.   Aniq   anglanmagan
maqsadsiz, ko‘r-ko‘rona amalga oshiriladigan kuzatish, eksperiment samara berishi
mumkin emas. Kallada g‘oya bo‘lmasa, hech qanday dalilni ko‘rolmaysan, degan
edi I.P.Pavlov. 
Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon
etish   yo‘li   bilan   ifodalanadi.   U   umumiy   qabul   qilingan   atamalar   yordamida
tuzilgan,   grafiklar,   rasmlar,   foto   va   kinotasvirlar   ilova   qilingan,   matematik,
kimyoviy   formulalar   kiritilgan   hisobot   ko‘rinishida   ifodalanishi   ham   mumkin.
Tavsifga qo‘yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment ma’lumotlarini
to‘g‘ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to‘liq yoki noto‘liq bo‘lishi mumkin, biroq u
doim   materialni   ma’lum   darajada   tizimga   solishni,   ya’ni   uni   guruhlash   va
umumlashtirishni nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod doirasidagina qoladi. 
Bilish   empirik   metodlarining   muhim   unsuri   –   taqqoslash,   ya’ni
o‘rganilayotgan   obektlarning   kuzatish   yoki   eksperimentda   aniqlanayotgan
xossalari   o‘rtasidagi   o‘xshashlik   va   farqlarni   aniqlashdir.   O‘lchash   –
taqqoslashning ayrim ko‘rinishi. Kuzatish va eksperiment  natijalari o‘lchash yo‘li
bilan   ifodalangan   taqdirdagina   ilmiy   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   O‘lchash   –   obekt
xossalarining   rivojlanish   darajasini   tavsiflovchi   kattalikni   aniqlash   jarayoni.   U o‘lchash   birligi   sifatida   qabul   qilingan   boshqa   kattalik   bilan   taqqoslash   shaklida
amalga oshiriladi. 
Ilmiy   dalil .   Ilmiy   dalil   empirik   bilishning   natijasi   hisoblanadi.   Dalil   (yoki
dalillar)ni   aniqlash   ilmiy   tadqiqotning   zarur   shartidir.   Dalil   –   bilimining
tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir
hodisa,   xossa   yoki   munosabatni   qayd   etishdir.   A.Eynshteyn   so‘zlari   bilan
aytganda,   fan   dalillardan   boshlanishi   va   boshlanish   bilan   tugallanish   o‘rtasida
qanday   nazariy   tuzilmalar   bo‘lishidan   tuzilishidan   qat’i   nazar,   dalillar   bilan
yakunlanishi   lozim.   Dalil   tushunchasi   har   xil   ma’no-mazmunga   ega.   «dalil»
atamasining   ko‘p   sonli   ta’riflari   orasida   quyidagilarni   qayd   etish   mumkin.
Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqea, hodisa, holat
sifatidagi   dalil.   Bu   inson   tomonidan   anglangan   yoki   anglanmaganligidan   qat’i
nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir. 
Ikkinchidan,   «dalil»   tushunchasi   borliqning   anglab   yetilgan   voqealari   va
hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Inson bilish imkoniyatlarining serqirraligi
shunda   namoyon   bo‘ladiki,   borliqning   ayni   bir   dalili   bilishning   oddiy   va   ilmiy
darajalarida, san’at, publisistika yoki yuridik amaliyotda anglab yetilishi mumkin.
Shu   sababli   turli   usullar   bilan   aniqlanadigan   har   xil   dalillarning   ishonchlilik
darajasi   ham   har   xil   bo‘ladi.   Ko‘pincha   ilmiy   dalil   bilan   borliq   voqeasi   o‘xshash
bo‘lib   ko‘rinadi   va   bu   ayrim   faylasuflar   va   olimlarga   dalil   haqiqatini   mutlaq
haqiqat   sifatida   tavsiflash   imkonini   beradi.   Bunday   tasavvur   bilishning   haqiqiy
manzarasiga mos kelmaydi, uni dogmaga aylantiradi va soddalashtiradi. 
Dalillar   murakkab   tuzilishga   ega.   Ular   borliq   haqidagi   axborot,   dalil   talqini,
uni olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi. 
Dalilning   muhim   tomoni   –   borliq   yoki   uning   ayrim   xossalari   haqida
tasavvurning   shakllanishiga   imkoniyat   yaratuvchi   borliq   to‘g‘risidagi   axborot.
Dalilning   borliqqa   muvofiqligi   uni   haqiqiy   deb   tavsiflash   imkonini   beradi.   Shu
sababli   dalillar   fanning   empirik   asosi,   nazariyani   tasdiqlash   yoki   inkor   etishning
muhim   usuli   hisoblanadi.   Dalil   yordamida   borliq   xolisona,   nazariyaga bog‘lanmagan holda anglab yetiladi. Dalillar eski nazariya doirasiga sig‘maydigan,
unga zid bo‘lgan hodisalarni kashf etish imkonini beradi. 
Talqin   qilish   dalilning   muhim   unsuri   bo‘lib,   u   har   xil   shakllarda   amalga
oshiriladi. Ilmiy dalil nazariya bilan bilvosita bog‘liq. Nazariya yordamida empirik
tadqiqotning  vazifalari  aniqlanadi  va   uning  natijalari  talqin  qilinadi.  Talqin  qilish
dalil   tarkibidan   uni   shakllantirishning   nazariy-metodologik   sharti,   dalildan   kelib
chiqadigan   nazariy  xulosa,   uning   ilmiy   izohi   yoki   har   xil   mafkuraviy,  ilmiy  yoki
falsafiy nuqtai nazarlardan amalga oshiriladigan baholash sifatida o‘rin oladi. 
Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya’ni uni olish usuli ham bor.
Dalilning   ishonchliligi   ko‘p   jihatdan   u   qaysi   usulda,   qanday   vositalar   yordamida
olinganligi   bilan   belgilanadi.   Masalan,   saylovoldi   kampaniyalarida   nomzodlar
reytingi,   ularning   muvaffaqiyat   qozonish   imkoniyatlarini   ko‘rsatuvchi   sosiologik
tadqiqotlarning natijalaridan ko‘p foydalaniladi. Ko‘pincha ularning natijalari bir-
biridan   sezilarli   darajada   farq   qiladi,   ba’zan   bir-biriga   mutlaqo   zid   bo‘ladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati istisno etilsa, bunday farqlarning
sababi metodikalarning har xilligi bilan izohlanishi mumkin. 
Fanning   ko‘p   asrlik   tarixi   nafaqat   kashfiyotlar   tarixi,   balki   dalillarni   nazariy
mavhumlashtirish,   umumlashtirish   yoki   tizimga   solishning   muhim   omili
hisoblangan   fan   tilining   rivojlanish   tarixi   hamdir.   Shu   sababli   har   qanday   dalil
belgi-aloqa   jihati,  ya’ni  u  tavsiflangan  fan  tiliga  ega  bo‘ladi.  Grafiklar,  sxemalar,
ilmiy belgilar va atamalar – fan tilining muhim atributlari. Agar ilmiy kashfiyotni
odatdagi   atamalarda  tavsiflashning   iloji  bo‘lmasa,   uni   idrok  etish   jarayoni  ba’zan
uzoq yillarga cho‘ziladi. 
Ilmiy   bilimning   rivojlanishiga   qarab   tabiiy   til   unda   ifodalanayotgan   narsalar
mazmuniga semantik jihatdan muvofiq emasligi bo‘rtib ko‘rina boshladi. Tabiiy til
iboralarining   serma’noliligi,   gaplar   mantiqiy   tuzilishining   noaniqligi,   til
belgilarining   ma’nolari   kontekst   ta’sirida   o‘zgaruvchanligi,   psixologik
assosiasiyalar – bularning barchasi ilmiy bilishda zarur bo‘lgan ma’noning aniqligi
va   ravshanligiga   erishishga   monelik   qilardi.   Natijada   tabiiy   tilni   sun’iy   tarzda
formallashtirilgan   til   bilan   almashtirishga   ehtiyoj   tug‘ildi.   Uning   kashf   etilishi fanning bilish vositalarini juda boyitdi, unga yangi va yangi murakkab vazifalarni
yechish   imkonini   berdi.  Shuni   ta’kidlash   lozimki,   ilmiy   dalillar   ham,  gipotezalar,
nazariyalar, ilmiy muammolar ham fanda yaratilgan sun’iy tillarga tayanadi. 
Ilmiy   dalil   nazariy   tizimga   kiradi   va   ikki   muhim   xossa:   ishonchlilik   va   bir
variantlilikka   ega   bo‘ladi.   Ilmiy   dalilning   ishonchliligi   shunday   namoyon
bo‘ladiki,   uni   tadqiqotchilar   tomonidan   turli   davrlarda   o‘tkaziladigan   yangi
eksperimentlar   yordamida   olish   va   ifodalash   mumkin.   Ilmiy   dalilning   bir
variantliligi   shundan   iboratki,   u   o‘zining   ishonchliligini   talqinlarining   rang-
barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi. 
Fan   dalillari   umumlashtirilishi   natijasida   ular   nazariya   uchun   asos   bo‘lib
xizmat qiladi. Dalillarni  umumlashtirishning oddiy shakllari  – ularni tahlil, sintez
qilish,   tiplarga   ajratish,   birlamchi   tushuntirish   sxemalaridan   foydalanish   va
hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki,
juda   ko‘p   ilmiy   kashfiyotlar   olimlarning   dalillarni   tizimga   solish   va   tasniflash
borasidagi   fidokorona   mehnati   natijasida   yuzaga   kelgan   (masalan,   Ch.Darvin
yaratgan   turlarning   tabiiy   tanlanish   yo‘li   bilan   paydo   bo‘lishi   nazariyasi,
D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi). 
Dalillar   ularni   talqin   qiluvchi   nazariya,   ularni   tasniflash   metodi   mavjud
bo‘lgan,   ular   boshqa   dalillarga   bog‘lab   anglab   yetilgan   holdagina   ilmiy   ahamiyat
kasb   etadi.   Faqat   o‘zaro   bog‘langan   va   yaxlit   ko‘rinishda   dalillar   nazariy
umumlashtirish   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qilishi   mumkin.   Alohida   va   tasodifan,
hayotdan   ajratib   olingan   dalillar   biron-bir   narsa   yoki   hodisani   asoslashga   qodir
emas.   Noto‘g‘ri   tanlab   olingan   dalillardan   har   qanday   nazariyani   tuzish   mumkin,
biroq u hech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Nazariy   bilim   va   uning   shakllari.   Ilmiy   dalillar   nazariyaga   nisbatan   ham
ikki   xil   vazifani   bajaradi:   mavjud   nazariyaga   nisbatan   ilmiy   dalil   yo   uni
mustahkamlaydi (verifikasiya qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini
ko‘rsatadi   (falsifikasiya   qiladi).   Biroq,   boshqa   tomondan,   nazariya   empirik
tadqiqot   darajasida   olingan   ilmiy   dalillar   yig‘indisini   shunchaki
umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. Shunday   qilib,   empirik   va   nazariy   bilim   yaxlit   hodisa   –   ilmiy   bilim   ikki
tomonining   birligi   hisoblanadi.   Bu   tomonlarning   muayyan   ilmiy   bilish
jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos
bo‘lgan   shakllarning   izchil   qatori   yuzaga   kelishini   belgilab   beradi.   Nazariy
bilimning   asosiy   shakllari:   ilmiy   muammo,   gipoteza,   nazariya,   tamoyillar,
qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir. 
Ilmiy muammo.   Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman
olganda,   inson   bilimining   rivojlanish   jarayonini   ayrim   muammolarni   qo‘yishdan
ularni   yechishga   o‘tish,   so‘ngra   yangi   muammolarni   qo‘yish   sifatida   tavsiflash
mumkin. Biroq muammoning haqiqiy o‘rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun
yuzaga keladi?  Muammoning masaladan  farqi  nimada?  Ilmiy muammolar  doirasi
qanday?
Muammo   – bilishning rivojlanish jarayonida obektiv tarzda yuzaga keladigan,
yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki
masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki
amaliy   masala;   fanda   –   biron-bir   hodisalar,   obektlar,   jarayonlarni   tushuntirishda
qarama-qarshi   yondashuvlar   ko‘rinishida   amal   qiluvchi   va   uni   yechish   uchun
muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. 
Muammoni   to‘g‘ri   qo‘yish   uni   muvaffaqiyatli   yechishning   muhim   shartidir.
To‘g‘ri   qo‘yilmagan   muammo   yoki   soxta   muammo   haqiqiy   muammolarni
yechishdan chalg‘itadi. 
Muammoni   qo‘yish   –   ilmiy   bilish   jarayonining   dastlabki   bosqichi.
Muammoni   qo‘yishda,   avvalo,   ayrim   holatni   masala   sifatida   anglab   yetish,
qolaversa,   muammoning   mazmunini   aniq   tushunish,   ma’lum   va   noma’lum
narsalarni ajratgan holda uni ta’riflash lozim. 
Ilmiy   muammolar   predmetga   yoki   proseduraga   doir   bo‘ladi.   Predmetga   doir
muammolarda   o‘rganilayotgan   obektlar,   proseduraga   doir   muammolarda   esa   –
bilim   olish   va   uni   baholash   usullari   aks   etadi.   O‘z   navbatida,   predmetga   doir
muammolarning   empirik   va   konseptual,   proseduraga   doir   muammolarning
metodologik   va   baholash   bilan   bog‘liq   turlari   farqlanadi.   Empirik   muammolarni yechish   uchun   materialni   sof   nazariy   tahlil   qilish   bilan   bir   qatorda,   predmetlar
bilan ma’lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, konseptual muammolar borliqqa
bevosita   murojaat   etishni   talab   qilmaydi.   Predmetga   doir   muammolardan   farqli
o‘laroq,   proseduraga   doir   muammolar   doim   konseptual   xususiyatga   ega   bo‘ladi;
proseduraga   doir   muammolar   o‘rtasidagi   farq   shunda   ko‘rinadiki,   metodologik
muammolar  nisbiy mushohada ko‘rinishida yechimga ega bo‘lishi  mumkin emas,
baholash   bilan   bog‘liq   muammolar   esa   fanga   mezon   vazifasini   bajaruvchi
ko‘rsatkichlar va mo‘ljallarni olib kiradi. 
Empirik   muammo   avvalo   ma’lumotlarni   izlashni   nazarda   tutadi;   empirik
muammolarga   kuzatish,   eksperiment,   o‘lchash   kabi   ilmiy   metodlar   yordamida
javob   topish   mumkin.   Bundan   tashqari,   yechimini   topish   uchun   asboblar   yasash,
reaktivlar   tayyorlash   va   hokazolar   kerak   bo‘lgan   muammo   ham   empirik
hisoblanadi. 
Konseptual   muammolar   ilgari   olingan   ko‘p   sonli   ma’lumotlar   bilan   bog‘liq
bo‘lib,   ularni   tartibga   solish   va   talqin   qilish,   oqibatlarni   keltirib   chiqarish   va
gipotezalarni   shakllantirish,   mantiqiy   izchillik   talablariga   muvofiq   qarama-
qarshiliklarni bartaraf etishni nazarda tutadi. 
Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog‘liq: ularni
yechish   yo‘li   bilan   ayrim   kelishuvlar   tuziladi,   muammoni   yechish,   kuzatish   va
eksperimentlar   o‘tkazish   tartibi   aniqlanadi,   mo‘ljallanayotgan   konseptual
proseduralar belgilanadi va h.k. 
Baholash   bilan   bog‘liq   muammolar   empirik   ma’lumotlar,   gipotezalar,
nazariyalar va shu kabilarni baholash, hatto muammoning o‘zi qay darajada to‘g‘ri
tuzilgan va ta’riflanganligini baholashni nazarda tutadi. Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan
deb hisoblanishi uchun:
1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan
ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi;
2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi;
3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi;
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi;
6)   maqbul   yechim   belgilari   hamda   yechimning   maqbulligini   tekshirish
usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim. 
Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z yechimini
topavermaydi:   ayrim   muammolar   ular   qo‘yilganidan   keyin   uzoq   vaqt   mobaynida
yechilmay   qolaveradi   (masalan,   Frem   teoremasi   bir   necha   yuz   yillar   mobaynida
yechilmay   kelgan),   ayrim   muammolar   o‘z   yechimini   topmaydi   (masalan,   aylana
kvadraturasi,   burchak   triseksiyasi   va   kubning   ikkilanmasi   haqidagi   masalalar),
ba’zi  bir  muammolar  esa  olimlarning almashayotgan  avlodlari  diqqat  markazidan
butunlay yo‘qoladi. 
Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
-  U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo‘naltiradi. 
-   Yangi   bilim   olishga   qarab   mo‘ljal   oladi.   Olim   ongli   ravishda   yangilik   sari
intiladi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   «dunyoning   birinchi   materiyasi   nima?»,   «obekt
nima?», «harakat  nima?», «aql  nima?» qabilidagi  olamshumul  muammolar  ayrim
fanlarning chegaralarinigina belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki
bosqichi hisoblanmaydi. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Ilmiy
muammolar qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy
asoslar   negizida   qo‘yiladi   va   asosan   ilmiy   bilimni   kengaytirish   maqsadida   ilmiy
metodlar yordamida o‘rganiladi. 
Teran,   samarali   yechimini   topadigan   muammolarni   yaratishning   umumiy
metodi mavjud emas. Shunga qaramay, fan tarixi ko‘pgina hollarda teran ilmiy va
samarali   muammolar   quyidagi   to‘rt   mo‘ljalni   ro‘yobga   chiqarish   paytida   yuzaga
kelganligidan dalolat beradi:
1) ilgari qo‘yilgan muammolarning taklif qilinayotgan yechimlariga, hatto bu
yechimlar   bir   qarashda   shak-shubhasiz   bo‘lib   ko‘rinsa   ham,   tanqidiy   yondashish
lozim;   har   qanday   holatda   ham   ayrim   kamchiliklarni   topish   yoki   hech   bo‘lmasa topilgan   yechimni   umumlashtirish   ayrim   holatga   tatbiqan   muayyanlashtirish
mumkin;
2) yangi holatlarga nisbatan ma’lum yechimlarni tatbiq etish, ularning yaroqli
yoki yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning yechimi o‘z kuchini saqlab
qolsa,   buning   natijasida   nafaqat   yechimlar,   balki   muammolar   ham
umumlashtiriladi,   agar   yechim   yaroqsiz   bo‘lsa,   muammolarning   yangi   majmui
yuzaga keladi;
3)   ma’lum   muammolarni   yangi   sohalarga   ko‘chirish   yoki   unga   yana   bir
ko‘rsatkich kiritish yo‘li bilan ularni umumlashtirishga harakat qilish lozim;
4)   muammoning   mavjudligini   bilimning   boshqa   sohalaridagi   bilimlar   bilan
bog‘lash, muammolarni kompleks o‘rganishga harakat qilish kerak. 
Umuman   olganda,   muammolarni   tanlash   ijodiy   xususiyatga   ega   bo‘lib,   bu
yerda metodikadan ham ko‘ra ko‘proq intuisiya va tajriba ish beradi. 
Ilmiy   muammo,   didaktik   tizim   kabi,   bilimlar   va   faoliyat   usullarini   ijodiy
o‘zlashtirish   qonuniyatlariga   asoslanadi,   u   bilish   va   amaliy   faoliyat   jarayonida
muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ijodiy   tafakkurni   rivojlantirishning   samarali
vositalaridan biridir. 
Ilmiy   muammo   bilimlarning   izchilligi,   ularning   fundamentalligi   va
ixtisoslashuvini   uyg‘unlashtirish,   turdosh   fanlar   metodlaridan   foydalanish,
bilimlarni   ilmiy   umumlashtirish   va   tizimga   solish   ko‘nikmalarini   ishlab   chiqish,
shuningdek o‘rganilayotgan masalalarni tanqidiy tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U
bilimlarni   kengaytirish   va   chuqurlashtirishga   da’vat   etadi,   yangi   muammolarni
mustaqil qo‘yish, ularning yechimlarini izlash va topishga qiziqishni kuchaytiradi.
Ayni vaqtda, ilmiy muammo zarur intellektual keskinlikni vujudga keltiradi, bilish
jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish, ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Bosh   vazifa   –   u   yoki   bu   mavzuga   mos   keladigan   muammolarni   topish,
farqlash va aniq ta’riflash. Puxta ishlab chiqilgan va to‘g‘ri ta’riflangan muammo
ilmiy hamda ijodiy jihatdan diqqatga sazovor bo‘lishi mumkin. 
Ilmiy muammo sof informativ xususiyatini yo‘qotadi, tayyor bilim berishdan
iborat   bo‘lmay   qoladi   va   yangi   bilim   izlash,   haqiqiy   ijodiy   bilish   jarayoniga aylanadi.   Insonga   zarur   bilimlar   hajmi   jadal   sur’atlarda   oshib   borayotgan   hozirgi
sharoitda   dalillarning   ma’lum   yig‘indisini   o‘zlashtirishga   qarab   mo‘ljal   olishning
o‘zi   kifoya   qilmaydi.   O‘z   bilimlarini   mustaqil   to‘ldirish,   ilmiy   va   siyosiy
axborotlarning   jo‘shqin   oqimida   mo‘ljal   olish   ko‘nikmasini   shakllantirish
muhimdir. Bu tamoyillardan hozirgi davrda inson ega bo‘lgan bilimlarning oddiy
yig‘indisi   emas,   balki   uning   bilimlari   ijodiy   qobiliyati   va   g‘oyaviy   e’tiqodi   bilan
uyg‘unlikda   har   tomonlama   yetuk   shaxsning   bosh   mezonidir,   degan   xulosa   kelib
chiqadi. 
Muammoli   vaziyat   va   uning   ahamiyati .   Mavjud   faoliyat   strategiyalari   va
o‘tmish   tajribasi   insonga   yuzaga   kelgan   qiyinchilikni   bartaraf   etish   imkonini
bermaydigan,   mutlaqo   yangi   strategiyani   yaratish   talab   etiladigan   vaziyat   odatda
muammoli   vaziyat   deb   ataladi.   Muammoli   vaziyat   aniqlangan   dalillarni   mavjud
bilim   doirasida   tushuntirish   mumkin   emasligini   ifodalovchi   vaziyatdir.   Ilmiy
kashfiyot   sari   yo‘l   muammoli   vaziyatni   aniqlashdan   boshlanadi,   uni   ta’riflashdan
o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. 
Muammoli   vaziyatning   paydo   bo‘lishi   har   xil   omillar   bilan   belgilanadi.
Avvalo,   u   dalilni   asoslangan   xususiyatga   ega   bo‘lgan   mavjud   nazariy   bilim
yordamida   tavsiflash   mumkin   bo‘lmagan   holda   yuzaga   keladi.   Bu   yerda
muammoli   vaziyat   ko‘p   jihatdan   bizga   hali   aniq   bo‘lmagan   obektiv   mavjud
hodisalar ta’sirida yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan mavjud nazariy
dasturni rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Muammoli   vaziyat   shaklan   subektiv,   biroq   mazmuniga   ko‘ra   obektivdir.
Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlarning empirik bilimlar –
dalillar   va   qonunlar   shaklida   ifodalanuvchi   yangi   natijalari   bilan   o‘z   tasdig‘ini
topgan   nazariy   bilimlarning   birikuvi   ko‘rinishida   yuzaga   keladi.   Ko‘pincha
muammoli   vaziyat   jamiyatning   amaliy   yoki   nazariy   manfaatlari   nuqtai   nazaridan
o‘zini   namoyon   etadi.   Uni   moddiy   va   ma’naviy   madaniyatning   rivojlanish
jarayoni, shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va
jamiyatning   munosabati,   davlat   va   jamiyatning   uni   yechishdan   manfaatdorligi
tayyorlaydi.   Muammoli   vaziyatning   aniqlanishi   va   hal   qilinishiga   ijtimoiy-tarixiy muhit   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatadi.   U   ilmiy   kashfiyotga   imkoniyat   yaratishi,   biroq
uning olinishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. 
Muammoli   vaziyatda   olimning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   chunonchi:   uning
kasbiy  tayyorgarlik  darajasi,   muammoda  mo‘ljal  ola  bilishi,  qotib  qolgan eskicha
qarashlardan   uzoqlasha   olishi,   zehnining   o‘tkirligi   va   hokazolar   ayniqsa   yorqin
namoyon bo‘ladi. 
Muammoli   vaziyatni   tahlil   qilishda   shaxsiy-psixologik   tusdagi   masalalarni
ham o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va
unda olimning intuisiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi. 
Muammoli   vaziyatning   pirovard   negizi   amaliyot   hisoblanadi.   Bizning   obekt
haqidagi   bilimlarimiz   yetarli   emasligi   ayon   bo‘lib,   «salbiy»   natijalar   olinadi,
amaliyot   yangi   muammolarning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ladi.   Bunda   fan
nisbatan   mustaqillikka,   o‘z   rivojlanishining   ichki   mantiqiga,   o‘z   ichki   qarama-
qarshiliklariga   ega   ekanligi,   bu   omillar   ham   muammoli   vaziyatlarni   yuzaga
keltirishini unutmaslik lozim
Gipoteza   –   yangi   dalillarning   mohiyatini   tushuntiruvchi   qonun   mavjudligi
haqidagi   asosli   taxmindir.   Gipoteza   olimlar   tomonidan   ilmiy   muammoning
qo‘yilishiga   sabab   bo‘lgan   ilmiy   dalillarni   taxminiy   tushuntirish   maqsadida   ilgari
suriladi.   Gipoteza   tekshiriladigan   bo‘lishi   lozim,   u   empirik   tekshirish   imkonini
beruvchi   oqibatlarga   olib   keladi.   Agar   bunday   tekshirishning   iloji   bo‘lmasa,
gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi. 
Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega
bo‘lishi   lozim.   Gipotezani   baholash   mezonlaridan   biri   –   uning   mumkin   qadar
ko‘proq   ilmiy   dalildan   kelib   chiqadigan   oqibatlarni   tushuntirish   qobiliyati.   Biroq
ilmiy   muammoni   qo‘yish   bilan   bog‘liq   dalillarni   tushuntiruvchi   gipotezani   ilmiy
jihatdan asosli deb bo‘lmaydi. 
Gipoteza   ilgari   ma’lum   bo‘lmagan   narsalar   va   hodisalarni,   empirik   tadqiqot
jarayonida   hali   aniqlanmagan   yangi   ilmiy   dalillarning   paydo   bo‘lishini   bashorat
qiladi. Gipoteza mumkin qadar sodda bo‘lishi lozim. U oz sonli asoslar bilan ko‘p
sonli hodisalarni tushuntiradi. Unda ilmiy dalillarni va gipotezaning o‘zidan kelib chiqadigan   oqibatlarni   tushuntirish   zarurati   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   ortiqcha
farazlar   bo‘lmasligi   kerak.   Gipoteza   qay   darajada   asosli   bo‘lmasin,   u   nazariyaga
aylanmaydi.   Shu   sababli   ilmiy   bilishning   navbatdagi   bosqichi   –   gipotezaning
haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo‘lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan
oqibatlarning   mumkin   qadar   ko‘prog‘i   o‘z   tasdig‘ini   topishi   lozimligini   nazarda
tutadi. Shu maqsadda kuzatish va eksperimentlar o‘tkaziladi, olingan yangi dalillar
gipotezadan   kelib   chiqadigan   oqibatlar   bilan   taqqoslanadi.   Empirik   darajada
qancha   ko‘p   oqibatlar   o‘z   tasdig‘ini   topgan   bo‘lsa,   ularning   boshqa   gipotezadan
kelib chiqish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Gipotezaning eng ishonarli tasdig‘i –
empirik   tadqiqot   jarayonida   gipotezada   bashorat   qilingan   oqibatlarni   tasdiqlovchi
yangi ilmiy dalillarning aniqlanishidir. Shunday qilib, har tomonlama tekshirilgan
va amalda o‘z tasdig‘ini topgan gipoteza nazariyaga aylanadi. 
Nazariya   –   hodisalarning   muayyan   turkumi,   bu   turkumdagi   hodisalarning
mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning
mantiqiy   asoslangan   va   amaliyot   sinovidan   o‘tgan   tizimidir.   U   o‘rganilayotgan
hodisalarning mazmunini yorituvchi tabiat va jamiyat umumiy qonunlarining kafsh
etilishi natijasida shakllanadi. Gipoteza borliqning muayyan bo‘lagini tushuntirish
yoki   talqin   qilishga   qaratilgan   g‘oyalar   majmuini   o‘z   ichiga   oladi.   Nazariya
tarkibiga   uning   asoslari   sifatida   mavjud   bo‘lgan   va   yuzaga   kelishini   belgilagan
barcha   elementlar   kiradi.   Dastlabki   nazariy   negiz,   ya’ni   jamuljam   holda   tadqiqot
obekti   haqida   umumiy   tasavvurni,   obektning   ideal   modelini   tashkil   etuvchi   ko‘p
sonli   tamoyillar,   aksiomalar,   qonunlar   nazariyaning   ajralmas   tarkibiy   qismi
hisoblanadi.   Nazariy   model   ayni   vaqtda   asosiy   nazariy   tamoyillar   tizimiga
tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir. 
Nazariya   tushuntirish,   bashorat   qilish,   amalda   sinash   va   sintez   qilish   kabi
muhim   funksiyalarni   bajaradi.   Nazariya   ilmiy   dalillar   tizimini   tartibga   soladi,
ularni   o‘z   tarkibiga   kiritadi   va   o‘zini   tashkil   etuvchi   qonunlar   va   tamoyillardan
oqibatlar   sifatida   yangi   dalillarni   yaratadi.   Puxta   ishlab   chiqilgan   nazariya   fanga
ma’lum   bo‘lmagan   hodisalar   va   xossalarni   bashorat   qilish   imkoniyatiga   ega
bo‘ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo‘lib xizmat  qiladi, ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar  dunyosida yo‘l  ko‘rsatadi. Nazariyada ilmiy g‘oyalar,
ya’ni   unda   aks   ettirilgan   obektlar   turkumi   doirasida   amal   qiluvchi   fundamental
qonuniyatlar   haqidagi   bilimlar   markaziy   o‘rinni   egallaydi.   Ilmiy   g‘oya   mazkur
nazariyani   tashkil   etuvchi   qonunlar,   tamoyillar   va   tushunchalarni   mantiqan   izchil
yaxlit tizimga birlashtiradi. 
Nazariya   boshqa   nazariyalarga   kirish   va   shu   yo‘l   bilan   ularni   qayta   qurish
qobiliyatiga   ega.   U   har   xil   nazariyalarning   birlashishi   va   dunyoning   ilmiy
manzarasi   o‘zagini   tashkil   etuvchi   tizimga   aylanishini   rag‘batlantiradi.   Nazariya
butun   bir   davrning   tafakkur   uslubini   belgilashga   qodir   bo‘lgan   yangi   g‘oyalarga
zamin   yaratadi.   O‘z   shakllanish   jarayonida   nazariya   mavjud   tamoyillar,
kategoriyalar  va   qonunlar  tizimiga  tayanadi  va   yangi   tamoyillar,  kategoriyalar   va
qonunlarni kashf etadi. 
Tamoyillar   deganda,   asosiy   nazariy   bilim,   ilmiy   dalillarni   tushuntirishda
dasturilamal   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   rahbar   g‘oyalar   tushuniladi.   Tamoyillar
sifatida,   jumladan,   isbotlab   bo‘lmaydigan   va   isbot   talab   qilmaydigan   aksiomalar,
postulatlar amal qilishi mumkin. 
Kategoriyalar   –   borliqning   eng   muhim   tomonlari,   xossalari   va
munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham
shunday   ta’rif   berish   mumkin.   Biroq,   umumiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   falsafiy
kategoriyalardan   farqli   o‘laroq,   fan   kategoriyalari   butun   borliqning   emas,   balki
borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi. 
Fan   qonunlari   hodisalar   o‘rtasidagi   zarur,   muhim,   barqaror,   takrorlanuvchi
munosabatlarni   yoritadi.   Bu   hodisalarning   amal   qilishi   va   rivojlanishi   qonunlari
bo‘lishi   mumkin.   Tabiat,   jamiyat   va   inson   tafakkuri   qonunlarini   bilish   –   fanning
muhim  vazifasi.  U o‘rganilayotgan hodisalarning  tushunchalar  va kategoriyalarda
qayd   etiladigan   umumiy   va   muhim   tomonlarini   yoritishdan   ularning   barqaror,
takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini  aniqlashga  qadar  bo‘lgan yo‘lni  bosib
o‘tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning paradigmasini tashkil etadi. 
Paradigma  – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi
barqaror tamoyillar, umumiy me’yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning mazkur darajasida yuzaga keluvchi
vazifalarni qo‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi.
Paradigma   tadqiqotchilik   faoliyati,   ilmiy   eksperimentlarning   natijalarini   talqin
qilishga   yo‘l   ko‘rsatadi,   yangi   dalillar   va   nazariyalarning   bashorat   qilinishini
ta’minlaydi.   U   o‘ziga   mos   kelmaydigan   konsepsiyalarni   inkor   etadi   va
tadqiqotchilik   vazifalarini   yechish   uchun   andoza   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Paradigma
tushunchasi   bilish   nazariyasiga   amerikalik   faylasuf   T.Kun   tomonidan   kiritilgan.
Uning   fikricha,   «normal   fan»ga   tegishli   ilmiy   paradigmaga   tayangan   holda
muayyan vazifalarni yechish xosdir. Fan rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar
bilan almashadi.  Ular  eski  paradigma doirasiga sig‘maydigan hodisalarning kashf
etilishi bilan bog‘liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi va u eski paradigma
o‘z   ahamiyatini   yo‘qotishi   va   yangi   paradigmaning   yuzaga   kelishi   bilan
yakunlanadi.   Yangi   paradigmaning   qaror   topishi   fanda   inqilob   yasalishiga   sabab
bo‘ladi. 
3-MASALA.Tafakkur va uning mohiyati.  Inson hamisha nimalar haqidadir
o‘ylaydi. O‘ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech
narsa   haqida   o‘ylamaslikni   o‘ylash   holatidir.   Bilishning   dialektik   yo‘li   sezgi
a’zolari   orqali   bilish,   dalillarni   aniqlashdan   mantiqiy   tafakkur   sari   olib   boradi.
Tafakkur–   bu   insonning   narsalar   muhim   xossalari   va   munosabatlarini   izchil,
bilvosita   va   umumiy   aks   ettirishidir.   Ijodiy   tafakkurlash   amaliyot,   fan,   texnikada
yangi   natijalar   olishga   qaratiladi.   Tafakkurlash   –   muammolar   qo‘yish   va   ularni
yechishga   qaratilgan   faol   jarayon.   Tirishqoqlik   –   fikrlayotgan   odamning   muhim
belgisi.   Sezgidan   fikrga   o‘tish   zamirida   bilish   obektining   ichki   va   tashqi
mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo‘linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy
bilim   faqat   sezgi   va   tasavvurlardan   iborat   emas:   sezgi   idroki   naqadar   go‘zal
bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi. 
Narsalardagi   umumiylik   –   avvalo,   muhim   xossalar   va   munosabatlar
majmuidir.   Ma’lumki,   ular   ayrim   predmet   kabi   aniq   ko‘rinib   turmaydi,   ularni
bevosita   idrok   etish   mumkin   emas.   Narsa,   hodisalarning   tashqi   tomoni   asosan
amalda kuzatish, empirik bilish yo‘li bilan, narsalarning mohiyati, umumiy jihatlari esa   –   tushunchalar,   mantiqiy   fikrlash   yordamida   aniqlanadi.   Fikrlashda,
tushunchalarda narsalar bilan bevosita aloqa mavjud bo‘lmaydi. Biz idrok etishga
qodir bo‘lmagan narsalarni ham tushunishimiz mumkin. 
Maxsus tuzilishga ega bo‘lgan oz sonli sezgi a’zolarimiz shuning uchun ham
bilishning   mutlaq   chegaralarini   o‘rnatmaydiki,   ularga   nazariy   tafakkur   faoliyati
qo‘shiladi.   Inson   fikri   hodisalarning   tashqi   qobig‘idan   o‘tib,   obektning   ichiga
kiradi. Sezgi darajasida aniqlangan ma’lumotlar va empirik tajribadan kelib chiqib,
tafakkur   sezgi   a’zolarining   ko‘rsatmalarini   mazkur   individ   miyasida   mavjud
barcha bilimlar, bundan tashqari, insoniyatning umumiy tajribasi, bilimlariga, ular
mazkur odamning boyligiga aylangan darajada faol solishtirishi va hodisalar orqali
yanada   teranroq   mohiyatni   anglab,   amaliy   va   nazariy   muammolarni   yechishi
mumkin. 
Mantiqiy tafakkur   – tafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq
bir   haqiqatdan   boshqa,   yanada   teranroq   haqiqatga   intilishdir.   Tafakkur   qoidalari,
qonunlari   fan   sifatidagi   mantiqning   mazmunini   tashkil   etadi.   Bu   qoidalar   va
qonunlar   tafakkurga   ichdan   xosdir.   Mantiqiy   qonunlar   –   narsalarning   obektiv
munosabatlarini   amaliyot   asosida   umumlashtirish.   Demak   inson   tafakkurining
barkamollik   darajasi   uning   mazmuni   obektiv   borliq   mazmuniga   qay   darajada
muvofiqligi   bilan   belgilanadi.   Bizning   aqlimiz   amaliy   harakatlar   mantiqi   va
ma’naviy   madaniyat   tizimida   aks   etgan   narsalar   mantiqiga   bo‘ysunadi.   Tafakkur
jarayoni   amalda   nafaqat   ayrim   shaxs   miyasida,   balki   butun   madaniyat   tarixi
shakllanadi.   Asosiy   qoidalar   to‘g‘ri   bo‘lgan   holda   fikrning   mantiqiyligi   uning
tafakkurda, tushunchalar harakatida aks etishida namoyon bo‘ladi. Inson teran fikr
yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning biron-bir tamoyilini buzmaydi. 
Hozirgi   zamon   fani   va   texnikasi   qarshisida   ko‘ndalang   bo‘lgan
muammolarning   murakkabligi   mantiqni   faol   rivojlantirish,   tafakkurning   mantiqiy
apparatini,   ayniqsa   kibernetika   texnikasining   juda   o‘sgan   talablari   bilan   muvofiq
holatga   keltirishni   talab   qildi.   Bu   muhim   ehtiyoj   mantiqda   yangi   yo‘nalishlar   –
ko‘p   ma’noli,   ehtimol   tutilgan   va   boshqa   mantiqiy   fanlarning   paydo   bo‘lishini belgilab   berdi,   formal   mantiqni   matematika   bilan   yaqinlashtirdi   va   matematik
mantiq yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Obektiv   borliq   jarayonlarining   aloqasi,   ularning   rivojlanishi   o‘ziga   xos
«narsalar   mantig‘i»,   obektiv   mantiqni   tashkil   etadi.   Bu   mantiq   bizning
tafakkurimizda   tushunchalar   aloqasi   ko‘rinishida   aks   etadi   –   bu   subekt   mantig‘i
tafakkur   mantig‘i.   Fikrlarimizning   mantiqiyligi   shu   bilan   belgilanadiki,   biz
narsalarni   ular   amalda   qanday   bog‘langan   bo‘lsa,   shunday   bog‘laymiz.   Hamonki
borliq   dialektika   qonunlariga   bo‘ysunar   ekan,   inson   tafakkurining   mantig‘i   ham
shu qonunlarga bo‘ysunishi lozim. 
Tafakkur   va   borliqning   birligi .   Tafakkur   bilan   borliq   o‘rtasida   birlik
mavjud.   Tafakkur   ularning   birligi   zamirida   mantiqiy   shakllar   va   tafakkur
qonunlarini   shakllantiruvchi   ijtimoiy   amaliyot   yotadi.   Dunyo   rivojlanishining
obektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson
mantiqiy qonuniyatlarni ongli  ravishda qo‘llashi  mumkin, tabiatda esa dunyoning
rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi. 
Inson   o‘zini   qurshagan   dunyo   haqidagi   barcha   bilimlarni   pirovard   natijada
sezgi a’zolari orqali oladi. Biroq ular ayrim soxta g‘oyalar, masalan, Yerning yassi
tuzilishi,   Quyosh   Yer   atrofida   aylanishi   kabi   g‘oyalar   manbai   hamdir.   Bu
ko‘pincha sezgi a’zolarining ma’lumotlariga ishonchsizlik uyg‘otgan, rasionalistlar
bu   a’zolarning   bilishdagi   rolini   kamsitishi   va   bilishda   asosiy   rolni   tafakkur
o‘ynashini qayd etishiga sabab bo‘ladi. Biroq empiriklar bu fikrga e’tiroz bildirib,
bilishda   xatolarga   ko‘proq   tafakkur   yo‘l   qo‘yganini   qayd   etadilar.   Ularning
fikricha, hayvon tabiat yo‘llaridan chetga chiqa olmaydi: uning motivlari zamirida
sezgi   a’zolari   orqali   idrok   etiladigan   narsalar   yotadi.   Hayvonlar   hech   narsani
o‘ylab   topmaydi   va   shuning   uchun   ham   ular   aqlsizlik   holatiga   tushmaydi.   Inson
esa har xil xomxayollar qurboni bo‘ladi. 
Sezgi   darajasida   bilishning   rolini   mutlaqlashtiradigan   va   mavxum   nazariy
tafakkurga ishonmaydigan empirizm ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi.
Mutaxassislar   qayd   etishicha,   qadimgi   matematiklar,   faylasuflar,   pifagorchilar,
matematikaga   irrasional,   ba’zan   –   kasr   sonlarining   kiritilishiga   qarshi   chiqqanlar, o‘z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi bilan isbotlashga harakat qilganlar. Bunday
fikrlar   yunonlarni   algebrani   fan   sifatida   inkor   etishga   majbur   qilgan,   bu   esa
matematikaning   analitik   metodlari   Uyg‘onish   davriga   qadar   zamondan   orqada
qolishining   sabablaridan   biri   bo‘lgan.   Qadimgi   mutafakkirlar   sezgida   bo‘lmagan
narsa   tafakkurda   ham   bo‘lmaydi   deb   qayd   etgan.   Tafakkur   jarayoni   modellar,
sxemalar, tabiiy, sun’iy til va hokazolar ko‘rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay
ish ko‘ra olmaydi. 
Tafakkurning   asosiy   shakllari .   Tafakkur   jarayonining   oqilona   mazmuni
tarixiy   rivojlanish   jarayonida   yaratilgan   mantiqiy   shakllar   qobig‘iga   o‘raladi.
Tafakkur   o‘zining   asosiy   shakllari   –   tushunchalar,   mulohazalar   va   xulosalar
ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda. 
Tushuncha   –   narsalar   va   hodisalarning   umumiy,   muhim   xossa   va   aloqalari
aks   etuvchi   fikr.   Tushuncha   –   tafakkur,   tushunish   faoliyatining   mahsuli.   Ular
nafaqat  narsalar  va hodisalarning umumiy jihatlarini  aks  ettiradi, balki  ularni  bir-
biridan   ajratadi,   ular   o‘rtasida   mavjud   farqlarga   qarab   ularni   guruhlaydi,
tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega ekanligimizni
ta’kidlar   ekanmiz,   bunda   mazkur   obektning   mohiyatini   tushunishimizni   nazarda
tutamiz.   Masalan,   «inson»   tushunchasi   nafaqat   muhim   umumiy,   ya’ni   barcha
odamlarga   xos   bo‘lgan   jihatni,   balki   har   qanday   odamning   boshqa   har   qanday
narsalardan   farqini   ham   aks   ettiradi,   mazkur   odamning   mohiyatini   tushunish   esa,
umuman   insonning   mohiyati,   ya’ni   inson   haqidagi   tushunchaning   mazmunini
bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». 
Sezgi,   idrok   va   tasavvurlardan   farqli   o‘laroq,   tushunchalar   ko‘rgazmalilik
yoki   hissiylikdan   xolidir.   Idrok   daraxtlarni,   tushuncha   –   umuman   daraxtni   aks
ettiradi.   Tushunchaning   mazmunini   ko‘pincha   aniq   obraz   ko‘rinishida   tasavvur
qilish   mumkin   emas.   Inson,   masalan,   yaxshi   odamni   tasavvur   qilishi   mumkin,
biroq u yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat kabi
tushunchalar  va  jarayonlarni   sezgi   obrazi  ko‘rinishida   tasavvur  qila  olmaydi.  Har qanday   fanning   barcha   tushunchalari   haqida   shu   fikrni   aytish   mumkin.   Ularning
obektiv ta’rifi ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi. 
Tushuncha   muhim   jihatlar   va   xossalarni   aniqlaydi   va   ularni   o‘zida
mujassamlashtiradi: tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning
uchun   ham   oz   sonli   tushunchalar   son-sanoqsiz   narsalar   –   xossalar   va
munosabatlarni   qamrab   oladi.   Tushunchalar   turli   davrlarda   mazmunan   har   xil
bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. 
Haqiqiy   ilmiy   tafakkur   madaniyati   biron-bir   tushunchani   aniq   ta’rifsiz
qoldirmaslikni   o‘zi   uchun   qoida   deb   biladi.   Buyuk   mutafakkir   Suqrot
tushunchalarni   mantiqiy   jihatdan   aniq   ta’riflash   haqiqiy   bilimning   bosh   shartidir,
degan edi. 
Tushunchalar   inson   ongida   ma’lum   bog‘lanishda,   mulohazalar   ko‘rinishida
yuzaga   keladi   va   mavjud   bo‘ladi.   Tafakkur   –   biror   narsa   haqida   hukm   chiqarish,
narsaning turli tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar va
munosabatlarni aniqlash demakdir. 
Mulohaza  – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li
bilan   biror   narsa   haqidagi   biron-bir   fikr   tasdiqlanadi   (yoki   rad   etiladi).   Masalan,
«Terak   –   o‘simlik»   degan   shunday   bir   mulohazaki,   unda   terak   haqida   uning
o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki
haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch
kelamiz. 
Agar   bizning   ongimizda   faqat   tasavvurlar,   o‘z   holicha   tushunchalar   mavjud
bo‘lgan   va   ular   bir-biri   bilan   mantiqan   bog‘lanmaganida,   tafakkur   jarayoni   ham
bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi
shuningdek,   tushunchalar   ham   faqat   kontekstida   «yashaydi».   Ayrim   tushuncha
sun’iy   «preparat»,   masalan,   organizmdan   ajratib   olingan   hujayra   bilan   barobar.
Tafakkur   –   biror   narsa   haqida   xulosa   chiqarish   demak.   Bunda   biz   mulohaza
ko‘rinishida   ifodalay   olmaydigan   tushuncha   biz   uchun   mantiqiy   ma’noga   ega
bo‘lmaydi.  Mulohaza   (yoki   mulohazalar)   –   keng   ma’noda   ifodalangan   tushuncha,
tushunchaning   o‘zi   esa   –   toraytirilgan   mulohaza   (yoki   mulohazalar),   deb   aytish
mumkin. Nima yuksakroq - tushunchami  yoki mulohaza, degan masala atrofidagi
bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir.
Fikrning   bevosita,   moddiylashtirilgan   ifodasi   bo‘lgan   gap   mulohazani
ifodalashning   og‘zaki   shaklidir.   Har   qanday   mulohaza   subektning   predikat,   ya’ni
tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning
mantiqda   ko‘rilmaydigan   turlari   subekt,   predikat   va   ular   o‘rtasidagi   aloqaning
ehtimol tutilgan modifikasiyalari bilan bog‘liq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu
–   mantiqan   subekt   predikat   bilan   bog‘langan   hukm.   Olovni   ham,   kuyishni   ham
sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. 
Subektning   o‘zgarishiga   qarab   hukmlar,   masalan,   shaxssiz   bo‘lishi   mumkin:
«Tong   otyapti»,   «Kayfiyat   yo‘q».   Yakka,   ayrim   va   umumiy   hukmlar   farqlanadi:
«Nyuton tortilish  qonunini   kashf   etgan», «Ayrim  odamlar   yovuz niyatli   bo‘ladi»,
«Suyak – faol to‘qimalardan biri». Hukmlar tasdiqlovchi va inkor etuvchi bo‘ladi:
«Tanang kuchni o‘simlik sharbatlaridan oladi», «Sayyoralar yulduzlar emas». 
Inson   u   yoki   bu   mulohaza ga   biron-bir   dalilni   bevosita   kuzatish   orqali   yoki
bilvosita yo‘l bilan – xulosa chiqarish yordamida kelishi mumkin. 
Tafakkur   faqat   mulohaza   yuritish   emas.   Tafakkur   jarayonida   amalda
tushunchalar   va   mulohazalar   alohida   o‘rin   to‘tmaydi.   Ular   aqlning   yanada
murakkabroq harakatlari zanjiri – mushohadaning bo‘g‘inlari hisoblanadi. 
Xulosa   –   mushohadaning   nisbatan   tugallangan   birligi.   Mushohada   yuritish
jarayonida   mavjud   mulohazalardan   yangi   mulohaza   –   xulosa   chiqariladi.   Xulosa
chiqarish   tafakkurning   shunday   bir   amaliki,   unda   ayrim   fikrlarni   taqqoslash   yo‘li
bilan yangi mulohaza yaratiladi. 
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti-vaqti
bilan   hozirgi   zamon   chegaralaridan   o‘tib,   sirli   kelajakka   nazar   tashlashi,   hali
ma’lum   bo‘lmagan   narsalarni   oldindan   ko‘rishi,   yuz   berishi   ehtimol   tutilgan   va
muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin.  Bashorat   qilish   «murakkab   narsani   oddiy   narsaga   aylantirish»ning   oliy
darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va
mazkur   hodisa   chegaralarining   kengayishi   bilan   bog‘liq.   Bashorat   qilish
jarayonlarni   nazorat   qilish   va   boshqarish   imkonini   beradi.   Ilmiy   bilish   nafaqat
kelajakni   bashorat   qilish,   balki   bu   kelajakni   ongli   ravishda   shakllantirish   uchun
imkoniyat   yaratadi.   Har   qanday   fanning   hayot   mazmunini   shunday   tavsiflash
mumkin:   bashorat   qilish   uchun   bilish,   ish   ko‘rish   uchun   bashorat   qilish   kerak.
Masalan,   D.I.Mendeleev   yuz   yil   keyin   kashf   etilgan   kimyoviy   elementlarning
mavjudligini bashorat qilgan edi. 
Hissiy,   empirik   va   rasional   bilish   birligi.   Ko‘p   sonli   ma’lumotlar   sezgi
a’zolari   orqali   va   oqilona   bilish   nafaqat   bir-biri   bilan   bog‘liq,   balki   bir-birini
taqozo   etishidan   dalolat   beradi.   Inson   ruhiyati   bir-birini   belgilashning   ko‘p   sonli
zanjirlariga   ega   bo‘lgan   murakkab   tizimidir.   Shu   sababli,   sezgining   mazmuni
nafaqat tashqi  ta’sirlantiruvchi  kuch, balki tafakkur, xotira, xayolning holati bilan
ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro mushtarakdir.
Aytaylik, bizni - sariq, yumaloq va shirin «olma»ning ruhiy obrazi qiziqtiradi.
Bu   yerda   uch   tushuncha:   rang   tushunchasi,   geometrik   shakl   tushunchasi   va   ta’m
tushunchasi   aniq-ravshan   ko‘rinib   turibdi.   Rang   tushunchasi   har   xil   ranglarni
qamrab   oladi,   biroq   ayni   holda   ularning   orasida   faqat   sariq   rang   mavjud.   Ta’m
tushunchasi   ayni   holda   «shirin»   tushunchasi   bilan   ifodalangan.   Olmaning   ruhiy
obrazi   ko‘p   sonli   tushunchalar   va   ularning   sezgi   darajasida   aniqlash   mumkin
bo‘lgan ko‘rsatkichlarining kesishuvi sifatida amal qiladi. 
.FALSAFADA HAQIQAT VA AMALIYoT UYGUNLIGI
Haqiqat   –   bilish   nazariyasining   bosh   kategoriyasi.   U   borliqning   bilishdagi
ideal   ifodasi,   chunki   haqiqat   ongdan,   bilayotgan   subektdan   tashqarida   va   undan
qat’iy nazar  mavjuddir. Haqiqat  – bilimlarning obektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan
mazmuni.   U   bilish   jarayoni,   bilish   in’ikosining   natijasidir.   Haqiqat   ilmiy
nazariyada   mujassamlashgan   anglab   yetilgan   tasdiqlovchi   mulohazalar
ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa,   yanada   haqiqiyroq   nazariya   bilan   almashtirilishi   lozim.   Shu   ma’noda
haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va ayni vaqtda omilidir. 
Falsafa   tarixida   haqiqat   (bilimlarning   haqiqiyligi)   muammosi   qadimgi
davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat
insoniyat   doimo   haqiqatga   intilgan.   Zero   haqiqat   adolatga,   sharofatga   eltadigan
buk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi
muvofiqlikdir. 
Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal
mohiyat   sifatida   tushungan,   inson   bilimi   jonning   shu   g‘oyalar   dunyosi   bilan
mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. 
Foma   Akvinskiy   haqiqat   yolg‘on   narsalarda   emas,   balki   aqlda   mavjud
bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy
deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan. 
Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha
haqiqatni   bilish   aqlning   kamolotiga   bog‘liq.   Bu   aql   inson   qalbidadir,   uning
kamolotiga   esa   faol   aqlga   qo‘shilish   orqali   erishiladi.   Faol   aqlda   borliqning   eng
oliy darajasi  bo‘lgan Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura
shakllari   mavjud.   Shuningdek   Forobiy   va   uning   izdoshlari   fikricha,   haqiqat   bir
nechta   bo‘lishi   mumkin   emas,   haqiqat   bitta,   shu   bois   falsafa   ham   bir   nechta
bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani
haqiqatning   birdan   bir   ifodasi   deb   hisoblagan 3
.   Naqshbandiy   haqiqat   bu   Allohni
anglashdir   deb   hisoblagan.   Haqiqat   so‘fiylar   talqinida   shariat   doirasidan   chetga
chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. Ilk so‘fiylar shariat va haqiqat o‘rtasida jarlik
yuzaga kelishiga yo‘l  qo‘ymaslikka  harakat  qilganlar. Keyingi  so‘fiylar, masalan,
Abu   Bakr   az   Zakok   haqiqat   haqidagi   fan   shariat   sari   yo‘lni   oydinlashtiradi   deb
hisoblaydi.   Darhaqiqat,   diniy   aqidalarni   rad   etish   va   odam   shariat   va   tariqat
bosqichlaridan   o‘tib,   haqiqatga   erishganidan   keyingina   o‘zining   «haqiqiy
borlig‘i»ni   kasb   etishi,   haqiqat   bilan   birikishi   va   o‘zi   ham   haqiqatga   aylanishi
haqidagi   ta’limot   so‘fizm   rivojlanishining   keyingi   bosqichlari   mahsuli   sifatida
3
  Қаранг.С.М. Ҳотамий Ислом тафаккури тарихидан. –Т.: Минҳож, 2003.-Б.126 vahdati   vujud   (borliqning   birligi),   ya’ni   mistik   panteizm   haqidagi   ta’limot
asoschilari   sanalgan   Boyazid   Bistomiy,   Halloj   va   boshqalarning   asarlarida   ilgari
surilgan. 
Gegelda haqiqatni tushunish uning falsafasi asosiy tamoyili bilan bog‘liq. Bu
tamoyilga   binoan   g‘oya   o‘zining   to‘liq   va   muayyan   ko‘rinishida   «o‘zida   va   o‘zi
uchun borliqqa ega bo‘lgan haqiqat»dir. Gegel  fikricha haqiqat  o‘zining mavxum
ko‘rinishida   muayyan   mazmunning   o‘ziga   muvofiqligini   anglatadi.   Hamonki   bu
mazmunning to‘liqligiga mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘zidan harakati natijasida erishilar
ekan, Gegel o‘zining haqiqatni tayyor holda berilishi va shu holda cho‘ntakka solib
qo‘yish   mumkin   bo‘lgan   zarb   etilgan   tanga   sifatida   emas,   balki   sof   tafakkur
sohasida   bilimlarning   dialektik   shakllanish   jarayoni   sifatida   tushunish   lozimligi
haqidagi   mashhur   tezisini   ta’riflaydi:   «...hamma   gap   haqiqiy   narsani   substansiya
sifatida   emas,   balki   shuningdek   subekt   sifatida»,   ya’ni   tafakkur   faoliyati   sifatida
ham tushunish va ifodalashda 4
. 
Haqiqatni   obektiv-idealistik   tushunishning   o‘ziga   xos   xususiyati   unga
dunyoning ongda aks etish jarayoniga bog‘lamasdan qarash va uni insonning obekt
haqidagi   bilimi   xossasi   sifatida   emas,   balki   empirik   borliqqa   qo‘shimcha   tarzda
obektivlashgan  qandaydir  vaqtdan  tashqaridagi   g‘oyaning xossalari  sifatida  talqin
qilishda namoyon bo‘ladi. 
Haqiqatni   subektiv   idealistik   tushunish   esa   inson   bilimining   xossalari   va
tarkibi bilan bog‘lanadi, biroq mazkur bilim unda tashqi, mustaqil dunyoning aks
etishiga bog‘lanmaydi, chunki bunday dunyoning mavjudligi inkor etiladi. Haqiqat
«tafakkurning tejamkorligi»(1) sifatida (Max), foydali natijalarga erishish imkonini
beruvchi   jarayon,   tafakkurimiz   obrazidagi   qulaylik   sifatida   (Jeyms),   inson
tajribasining   mafkuraviy   ta’rifni   tashkil   etuvchi   shakli   sifatida   (Bogdanov)   talqin
qilinadi. 
Idealizm   falsafasi   hal   qila   olmagan   haqiqatni   tushunib   yetishdagi
qiyinchiliklar   shunga   olib   keldiki,   faylasuflar   insonga   haqiqatni   vahiy   vositasida
ochuvchi ta’limotni ilgari surdilar. Bu yo‘nalish intuitivizm degan nom oldi. Unga
4
  Қаранг: Гегель. Феноменология духа. – М.: Наука, 19 94. –  С. 196 Shopengauer   asos   soldi.   U   aql   va   ilmiy   bilishning   ustuvorligini   rad   etdi,   fanni
intuisiyadan keyingi o‘ringa qo‘ydi. Ilmiy izlanish intuisiyaga asoslanadi,  demak,
unga   bog‘liq   bo‘ladi   va   bo‘ysunadi.   Shopengauerning   qarashlarini   Bergson
rivojlantirdi.  U  intuitiv  bilimning  ustunligini   himoya  qilar   ekan,  qumursqalarning
instinktiv xulq-atvoriga ishora qiladi, ya’ni instinkt – intuisiyaning bir turi, degan
g‘oyani   ilgari   suradi.   Uning   fikricha,   qumursqalar   haqiqatni   darhol   –   tug‘ilgani
zahoti   anglab  yetadi.  Buni   aql   tushunishga   qodir  emas.  Aql  faqat   munosabatlarni
bilish   bilan   shug‘ullanadi.   Narsalarning   mohiyatini   faqat   instinkt   tushunishga
qodir.   Inson   texnikasi   qay   darajada   qudratli   bo‘lmasin,   u   qumursqa   osongina
bajaradigan   ishni   uddalay   olmaydi.   Bergson   aqlga   ishonmaslik   va   ko‘proq
intuisiyaga   tayanishni   maslahat   beradi.   Garchi   inson   intuisiyasi   qumursqalarning
intuisiyasi   darajasida   kuchli   bo‘lmasa-da,   har   qalay,   uning   aqlidan   kuchliroqdir,
chunki   aql   «hayotni   organik   tushunish   bilan   tavsiflanadi».   Bergson   intuisiyaga
aqlga qarama-qarshi turuvchi instinkt nuqtai nazaridan yondashdi.
Hozirgi   zamon   bilish   nazariyasida   haqiqiy   bilim   va   uning   shakllari   haqida
turli fikrlar mavjud. 
Obektiv   haqiqat   –   bilimlarimizning   inson   insoniyatga   bog‘liq   bo‘lmagan
mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy
guruhga   bog‘liq   bo‘lgan   unsur   mavjud   bo‘ladi.   Binobarin,   o‘z   bilimlarimizda
subektiv   unsurlarga   bog‘liq   bo‘lmagan   va   shu   sababli   obektiv   hisoblanadigan
mazmunni qayd etishimiz lozim. Obektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va
mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi. 
Mutlaq   haqiqat   –   predmetni   kelajakda   to‘ldirilishi   yoki   unga   aniqlik
kiritilishi   mumkin   bo‘lmagan   tarzda   to‘la,   mukammal   bilishdir.   Olam   zamon   va
makonda   cheksizligi   tufayli   bunday   bilimga   amalda   erishish   mumkin   emas.
Haqiqat   tushunchasini   mutlaq   haqiqat   tushunchasi   bilan   tenglashtirib,   biz   unga
erishib   bo‘lmasligi,   demak,   umuman   bilish   mumkin   emasligi   haqida   gapiramiz.
Biroq   fanning   haqiqiy   tarixi   buning   teskarisidan   dalolat   beradi:   fan   rivojlanadi,
chunki   u   nisbiy   va   mutlaq   bilimning   birligi   sifatida   tushuniladigan   haqiqatni
bilishga   qodir.   Boshqacha   aytganda,   obektiv   haqiqat   to‘la   va   mukammal ko‘rinishdagi   mutlaq   haqiqatdir.   Ayrim   hollarda,   agar   haqiqat   vaqt   o‘tishi   bilan
o‘zgarmasa,   ya’ni   vaqt   shart-sharoitlariga   bog‘liq   bo‘lmasa,   u   boqiy   haqiqat   deb
ataladi. 
Nisbiy haqiqat   – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz obektga uncha
mos   emasligi   bilan   ajralib   turadigan   bilim.   Nisbiy   haqiqat   to‘g‘ri,   biroq   noto‘liq,
taxminiy,   vaqt   va   joyning   ma’lum   tarixiy   shart-sharoitlari   bilan   cheklangan
haqiqatdir. 
Nisbiy   va   mutlaq   haqiqat   bir-biri   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Nisbiy
haqiqatlar   bilish   taraqqiyoti   jarayonida   rivojlanib,   o‘z   chegarasi   bo‘lgan   mutlaq
haqiqatga yaqinlashadi.
Biroq   bilishning   tarixiy   rivojlanish   jarayoni   nafaqat   nisbiy   haqiqatlarning
mutlaq   haqiqatga   aylanish   jarayoni,   balki   ayrim   mutlaq   haqiqatlarning   yuzaga
kelish   jarayoni   hamdir.   Bu   fikrni   fizikada   atom   va   uning   tuzilishi   haqidagi
tasavvurlarning   rivojlanishi   misolida   ko‘rishmumkin.   Yuz   yil   muqaddam   fiziklar
va   ximiklar   atomlar   amalda   mavjud   va   ajralmas   sharchalar   ko‘rinishida,   deb
taxmin   qilar   edilar.   Bu   tasavvur   zamirida   mutlaq   haqiqat   unsurlari   mavjud   edi.
Bundan: «Kimyoviy elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib
chiqadi.   Fizika   va   kimyoning   keyingi   rivojlanishi   mutlaq   haqiqatning   bu
elementini   bekor   qilmadi.   Biroq   bu   tasavvurlarda   xatolar   mavjudligi   (taranglik,
ajralmaslik va h.k.) aniqlandi. 
XIX   asr   oxirida   elektronlar   kashf   etilishi   natijasida   atom   tuzilishining   yangi
manzarasi   yaratildi.   Tomson   musbat   zarralar   va   manfiy   zaryadli   elektronlardan
tashkil topgan atom modelini yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida
mutlaq haqiqatning yangi unsurlari paydo bo‘ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli
zarralardan iborat. 
Atom   haqidagi   tasavvur   rivojlanishining   uchinchi   bosqichi   Rezerford-Bor
modeli   bilan   bog‘liq.   Bu   modelda   atom   yadro   va   uning   atrofida   aylanuvchi
elektronlardan   tashkil   topadi.   Umuman   olganda,   avvalgi   modellardan   aniqroq
bo‘lgan   bu   modelda   mutlaq   haqiqat   unsurlari   mavjud.   Hozirgi   vaqtda   atom
tuzilishi   haqidagi   tasavvurlar   zamirida   kvant   mexanikasi   va   atom   yadrosini o‘rganish   natijalari   yotadi.   Hozirda   elektronlarning   atom   yadrosi   atrofidagi
harakatini zichligi notekis bo‘lgan bulut harakatiga o‘xshatish mumkinligi, chunki
elektronlar korpuskulyar va to‘lqin xossalariga ega ekanligi, yadro esa protonlar va
neytronlardan   iborat   sistema   hisoblanishi   va   hokazolar   ma’lum.   Hozirgi   zamon
fizikasida   atom   manzarasi   Bor   nazariyasidagiga   qaraganda   to‘liqroq   va   aniqroq,
unda   mutlaq   haqiqat   unsurlari   ko‘proq.   Biroq   atomning   hozirgi   manzarasi
kelajakda   o‘zgarishi,   unga   aniqlik   kiritilishi,   unda   yangi   haqiqat   va   xatolar
aniqlanishi   shubhasiz.   Haqiqatda   nisbiy   va   mutlaq   jihatlar   uzviy,   o‘zaro
bog‘langan: bir tomondan, nisbiy haqiqatda doim mutlaq haqiqat unsurlari mavjud
bo‘lsa,   boshqa   tomondan,   inson   bilimlarining   rivojlanishi   jarayonida   nisbiy
haqiqatlardan mutlaq haqiqat yuzaga keladi. 
Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni
har   tomonlama   va   aniq   qamrab   olishga   intilib,   qarama-qarshiliklarni   yechib,
obektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko‘rsatadi. 
Haqiqatning   korrespondent,   kogerent   va   pragmatik   konsepsiyalari
mavjud. Ularning har biri fanda rivojlanish jarayonida katta qiyinchiliklarga duch
keladi. 
Haqiqatning   korrespondent   konsepsiyasi   nazariyaning   tajribada   olingan
ma’lumotlarga   muvofiq   bo‘lishini   talab   qiladi.   Bu   talab   fanda   qabul   qilinadi,   u
taklif   qilinayotgan   -   gipoteza   fan   sohasiga   taalluqli   yoki   taalluqli   emasligini
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
METOD VA METODOLOGIYA: ASOSIY TUSHUNCHALAR
"Metod"   va   "metodologiya"   tushunchalari .   Metod   (yunon.   metods   —
usul)   keng   ma’noda   yo‘l,   ijodiy   faoliyatning   har   qanday   shakli   kabi   ma’nolarni
anglatadi.   Metodologiya   tushunchasi   ikki   asosiy   mazmunga   ega   —   faoliyatda
qo‘llaniladigan   ma’lum   usullar   tizimi   (fanda,   siyosatda,   san’atda   va   h.k.);   tizim
haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va
usullari,   uning   natijalarini   asoslash   yo‘llari,   bilimni   tajribaga   tatbiq   qilish
mexanizmlari   va   shakllarini   o‘rganadi.   Shuningdek,   metodologiya   metodlar
yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.
Metod   u   yoki   bu   shaklda   ma’lum   qoida,   tartib,   usul,   harakat   va   bilim
mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq
vazifani   bajarishga,   faoliyatning   shu   sohasida   ma’lum   natijalarga   erishish   sari
yo‘naltiradi.   U   haqiqatni   izlashda   vaqt,   kuchni   tejaydi,   maqsadga   eng   yaqin   va
oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi.
Metodning   asosiy   vazifasi   faoliyatning   bilish   va   boshqa   shakllarini
boshqaruvdan iborat. Biroq:
-birinchidan,  metod  va  metodologik  muammolarning  rolini   inkor  qilish   yoki
to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan,   metodning   ahamiyatini   bo‘rttirish,   mutlaqlashtirish,   uni   barcha
masalalarning   kaliti,   ilmiy   yangiliklarni   yaratishning   eng   qulay   vositasi
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod ma’lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy
sharti   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Har   bir   metodning   samaradorligi   uning   chuqur
mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z
navbatida,   metod   mazmuni   kengayib   boradi,   ya’ni   bilimning   chuqurlashishi   va
kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.
Ilmiy   bilishda   nafaqat   ilmiy   natija   (bilimlar   majmui)   va   predmetning
mohiyatini anglash, balki  unga eltuvchi  yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i
lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin
emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi
va   yana   unga   qaytadi.   Metod   har   qanday   tadqiqot   boshlanishida   to‘la   holda
namoyon   bo‘lmasa-da,   ma’lum   darajada   predmetning   sifat   o‘zgarishi   bilan   har
safar yangidan shakllanadi.
Metod   bilish   predmeti   va   harakatni   sun’iy   ravishda   bog‘lamaydi,   balki
ularning   xususiyatlari   o‘zgarishi   bilan   o‘zgarib   boradi.   Ilmiy   tadqiqot   predmetga daxldor   dalil   va   boshqa   belgilarni   jiddiy   bilishni   talab   qiladi.   U   ma’lum
materialning   harakati,   uning   xususiyatlari,   rivojlanish   shakllari   va   h.k.larda
namoyon   bo‘ladi.   Demak,   metodning   haqiqiyligi,   eng   avvalo,   tadqiqot   (obekt)
predmetining mazmuni bilan bog‘liq.
Metod   subekt   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Boshqacha   qilib   aytgan-da,
"inson   umum   metodologiyaning   markazidir"   (Feerbax).   Ikkinchidan,   har   qanday
metod y yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi.
Metod subekt va obektivlikning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va
bunda   oxirgisi   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Shu   ma’noda,   har   qanday
metod, eng avvalo, obektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, y subektiv
hamdir.   Biroq   u   faqat   mavjud   qoidalar   tizimi   emas,   balki   obektiv   ilmiylikning
davomi sifatida namoyon bo‘ladi.
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikasiya qilinadi.
Eng   avvalo,   ma’naviy,   g‘oyaviy   (shuningdek,   ilmiy)   va   moddiy,   amaliy   faoliyat
metodlarini ajratmoq lozim.
Hozirgi   davrda   metodologiya   faqat   ilmiy   bilish   sohasi   bilan   cheklanishi
mumkin   emasligi   ayon   bo‘ldi   va   y   albatta,   bilish   chegarasidan   chiqishi   va   o‘z
sohasida   amaliyotda   ham   qo‘llanishi   zarur.   Bunda   bilish   va   amaliyotning   uzviy
aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.
Fan   metodlarilarining   guruhlarga   bo‘linishi   bir   nechta   asoslarga   ega.   Bilish
jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot,
izohlash,   shuningdek,   boshqa   metodlarga   ajratish   mumkin.   O‘z   navbatida,
bilishning   sifat   va   son,   bilvosita   va   bevosita   original   hamda   faoliyatli   metodlari
ham mavjud.
Metodika.   Metod metodikada  konkretlashadi.  Metodika  daliliy materiallarni
yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq
qilsada, ularga asoslanadi.
Usullarni   tanlash   va   turli   metodik   tadqiqot   faoliyatida   qo‘llash
o‘rganilayotgan  hodisa  tabiati  va  qo‘yilgan  vazifalar  bilan  xarakterlanadi.  Falsafa
metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Fan tarixida metodlar yangi   nazariyalarni   yaratish   jarayonida   shakllanadi.   Yangilik   yaratish   san’ati
yangiliklar  jarayonida kamol  topadi. Dastlabki  tadqiqot tajribada shakllanar  ekan,
metod   tadqiqotning   boshlang‘ich   nuqtasi,   amaliyot   bilan   nazariyani   bog‘lovchi
vosita   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Metod   va   nazariyaning   uzviy   aloqasi   ilmiy
qonunlarning   metodologik   rolida   o‘z   aksini   topadi.   Har   qanday   fanga   oid   qonun
insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga
undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik
tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson
axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir.
Ilmiy   tadqiqot   jarayoni   tarixan   ishlab   chiqilgan   metodlar   asosida   amalga
oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta,
olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash
jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi.
Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan
bir   daliliy   materialni   turli   metodlar   asosida   o‘rganish   ziddiyatli   xulosalarga   olib
kelishi   mumkin.   Ilmiy   bilishdagi   to‘g‘ri   metodni   xarakterlar   ekan,   F.Bekon   uni
yo‘lovchining   yo‘lini   yorituvchi   chiroq   bilan   qiyoslaydi.   Noto‘g‘ri   yo‘ldan   bora
turib,   y   yoki   bu   masalani   hal   qilishda   muvaffaqiyatga   erishishga   umid   qilish
mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i
lozim.
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi,
chunki   nafaqat   yaxshi   metod,   balki   uni   qo‘llash   mahorati   ham   muhimdir.   Ilmiy
bilish   jarayonida   turli   metodlardan   foydalaniladi.   Umumiy   darajasiga   ko‘ra,   ular
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y
yoki   bu   obektning   mohiyatidan   kelib   chiquvchi   turli   xususiy   metodlardan
foydalanadi.   Masalan,   ijtimoiy   jarayonlarni   o‘rganish   metodi   olamning   ijtimoiy
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Turli   konkret   vazifalarni   hal   qilishning   zaruriy   shartlaridan   biri   universal
xususiyatga   ega   bo‘lgan   umumiy   falsafiy   metodlarga   murojaat   qilishdir.   Bu
metodlar   haqiqatni   anglashda   umumiy   yo‘lni   ko‘rsatadi.   Mazkur   metodlarga falsafaning qrnun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez,
induksiya,   deduksiya   va   h.k.lar   taalluqli.   Agar   maxsus   metodlar   obektning
qonuniyatlarini   o‘rganishning   xususiy   usullari   sifatida   namoyon   bo‘lsa,   falsafiy
metodlar   shu   obektlarda   namoyon   bo‘ladigan,   alohida   xususiyatlardagi   harakat,
taraqqiyotning   eng   umumiy   qonuniyatlarini   o‘rganadi.   Aynan   shu   o‘rinda   tajriba
hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega.   Har   bir   metod   obektning   alohida   tomonini   bilishga
imkoniyat yaratadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir
necha guruhga bo‘linadi. Ular quyidagilar:
Falsafa   metodlari .   Eng   qadimgi   keng   tarqalgan   metodlardan   biri   dialektika
bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi.
Bugungi   kunda   uning   sofistika,   eklektika,   analitik,   (hozirgi   zamon   analitik
falsafasi),   intuitiv,   fenomenologik,   sinergetik,   germenevtik   (tushunish)   va   boshqa
turlari   ham   mavjud.   Endilikda   turli   metodlarni   birlashtirish   jarayoni   ham   ro‘y
bermoqda   (masalan,   Gadamer   germenevtikani   rasional   dialektika   bilan
birlashtirishga harakat qiladi).
Dialektika   (yunon.   dialektika   —   bahs,   suhbat)   tabiat,   jamiyat   va   bilish
taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur
uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish
san’ati,   degan  ma’noni   anglatadi.   Antik   dunyo  faylasuflari   uni   haqiqatga  erishish
yo‘li   va   usuli   sifatida   talqin   etganlar.   Hozirgi   davrga   kelib   dialektika   olamdagi
narsa   va   hodisalar   doimo   o‘zgarishda,   o‘zaro   aloqadorlik   va   bog‘liklikda,
taraqqiyot   va   rivojlanishda,   deb   tushunishdir.   Unga   ko‘ra,   olamda   o‘z   o‘rniga   va
joyiga,   yashash   vaqti   va   harakat   yunalishiga   ega   bo‘lgan   barcha   narsalar   va
voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador  tarzda, bir-birlarini  taqozo etadigan,
doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.
Masalan,   insoniyat   tarixida   bu   usulga   asosan   yondashilganida,   u   uzlyuksiz
tarzda ro‘y beradigan avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi,
muayyan  qadriyatlarni  meros   qoldirishi  va  yangilikning  eskilikni   inkor  kilishidan
iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida
esa,   shu   zamonning   ijtimoiy   manzarasini   belgilaydigan  turli   urug‘   yoki   qabilalar, davlat,   millat   va   xalqlar,   oqim   va   yunalishlar,   g‘oya   va   mafkuralarning   xilma-xil
shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini
kuzatish mumkin.
Taraqqiyot   jarayonida   avlodlar,   davrlar,   siyosiy   tuzumlar,   umuman   ijtimoiy
voqea   va   hodisalar   o‘z-o‘zidan   avtomatik   tarzda   codir   bo‘lib,   nom-nishonsiz
yo‘qolib   ketmaydi.   Balki   ularning   barchasi   insonlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   va
munosabatlarning xosilasi, ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati
sifatida   namoyon   buladi.   Bir   davr   ikkinchisining   o‘rniga,   bir   avlod   oldingisidan
keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy
uzlyuksizlik,   doimiy   alokadorlik,   vaqtning   orqaga   qaytmasligi   va   voqealarning
ketma-ketligi   tarzidagi   bog‘lanishlar,   rivojlanish   va   taraqqiyot,   olamning   rang-
barangligi va uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.
Falsafada   mazkur   tamoyillarga   asoslangan   tafakkurni   —   dialektik   tafakkur,
ana   shunday   dunyoqarashni   —   dialektik   dunyoqarash,   yondashuvni   —   dialektik
yondashuv,   metodni   —   dialektik   metod   deb   atash   an’anaga   aylangan.   Shu   bilan
birga, u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy
ta’limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Gegel
dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr
dialektikasi  sodda  va  stixiyali  bo‘lib,  asosan,  hayotiy  tajribaga  asoslangan.  O‘sha
davrda "Dialektika" so‘zini birinchi bo‘lib, Sukrot (er.av. 469—399 y.) o‘z falsafiy
faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani maevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan
taqqoslagan.   Zotan,   mulohaza   qilish   shunday   dialektik   usuldirki,   uning   natijasida
raqib   nutqidagi   ichki   zidsiyatlar   ochiladi   yoki   fikrlash   jarayonida   yangi   ixtilofli
fikr-mulohazalar   paydo  bo‘ladi.  Suqrot   boshqalarni  haqiqatni   izlashga  da’vat   etar
ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi.
"Dialektika"   so‘zi   paydo   bo‘lishiga   qadar   antik   falsafada   mazmuniga   ko‘ra
dialektik   bulgan   nazariyalar   shakllana   boshlagan   edi.   O‘tmish   mutafakkirlar   o‘z
zamonida   dunyoning   yagona   birligi   sokinlik,   bu   bir   butunlik   ichida   doimiy
uzlyuksiz   o‘zgarishlar,   yaratish   jarayoni   sodir   bo‘luvchi   koinot   haqidagi   fikrlarni ilgari   surganlar.  Ular   koinot   o‘zgaruvchanlik   va   barqarorlikning   ziddiyati   sifatida
tasavvur   qilganlar.   Borliqning   umumiy   o‘zgaruvchanligi   bir   narsaning   ikkinchi
narsaga   —   yerning   suvga,   suvning   havoga,   havoning   olovga,   olovning   efirga
aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Masalan,   Geraklit   (er.av   540—483   y.)   umumiy   o‘zgaruvchanlikning
universalligini   shunday   izohlaydi:   "Arikda   oqayotgan   muayyan   suvga   ikki   marta
tushib   bo‘lmaydi,   chunki   yangi   va   yangi   suvlar   oqib   kelaveradi.
O‘zgaruvchanlikning   manbai   kurashdir".   O‘zgaruvchanlik   antik   dialektik
nazariyada   yangini   yaratmasdan   bir-birini   takrorlovchi   jarayon   sifatida   mavhum
tushunilgan.   Aynan   shundan   biri   ikkinchisini   taqozo   qiluvchi   dunyoning   yagona
birligi   sifatida   cheksiz   koinot   obrazi   yaratilgan.   Shunga   ko‘ra,   Geraklit
ziddiyatlarning ayniyligini yaxshilik va yomonlikning bir xil ekanligini ta’kidlaydi,
Bu   mutafakkir   ijodining   qonuniy   natijasi   bo‘lib,   u   reallikning   nazariy   modelini
yaratadi.   Geraklit   ziddiyatlar   haqida   gapirmaydi,   bu   tushuncha   fanga   Aristotel
tomonidan   kiritilgan,   Aristotel   (Arastu)   (er.av.   384—322   y.)   Aflotun   ta’limotini
tanqidiy   o‘rganar   ekan,   o‘zgaruvchanlik   muammosini   taraqqiyot   omili   sifatida
tahlil   qiladi.   Uning   dialektikasiga   xoc   alohida   xysusiyatlar,   avvalo,   taraqqiyotni
moddiylik,   harakatda,   formal   va   sababiy   bog‘lanishdaligini   tan   olishda,   yangi
bosqichni   boshqalari   bilan   bog‘liq   emas,   deb   tushunishda   yaqqol   ko‘rinadi.
Ikkinchidan,   Aristotel   ziddiyatlar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   muammolar   doirasini
yaratadi.   Ziddiyatlarning   mutlaq   mos   kelishini   inkor   qilar   ekan,   mutlaqo   mos
kelmasligini  ham  inkor qiladi, biroq ularning qandaydir holatida mavjudligini  tan
oladi. Uchinchidan, Aristotel formal mantiqqa acoc solar ekan, uning ontologiyada
namoyon   bo‘lishi   va   u   esa,   o‘z   navbatida,   mazmunan   progressiv,   shaklan
mukammal   falsafiy   metodni   yaratish   zarurligiga   olib   keladi,   deb   hisoblaydi.
To‘rtinchidan, Aristotel o‘sha davrdayoq bu asosiy falsafiy metodning yo‘nalishini
belgilab beradi.
Dialektik   metod   yangi   davrda,   xususan,   nemis   falsafasida,   ayniqsa ,   Kant,
Fixte, Shelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. Yangi davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga
yangicha   munosabat   shakllandi.   Dialektik   metod   predmetlarda   emas,   balki
munosabatlarda   o‘z   aksini   topa   boshladi.   Bu   cheksizlik   haqidagi   g‘oyani   qayta
ishlash   bilan   bog‘liq   edi.   Cheksizlik   g‘oyasining   yangicha   talqini   paradoksal
nazariya   shaklida   namoyon   bo‘ldi.   Bu   Kantning   planetar   sistemalarning
tumanlikdan   paydo   bo‘lganligi   haqidagi   gipotezani   yaratishi   bilan   bog‘liq.   Bilish
nazariyasida   Kant   ikki   mulohazaning   ziddiyatliligi   antinomiyasini   ochib   tashlar
ekan, bunda har  ikkalasini  yetarli  asosga  ega, deb hisoblaydi. Masalan:  1. Dunyo
vaqtda   boshlang‘ich   nuqtaga   ega   va   zamonda   cheklidir.   2.   Dunyo   vaqtda
boshlang‘ich nuqtaga ega emas va zamonda cheksizdir.
Kant ziddiyatlarga eskicha, ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U
bu   ziddiyatlarni   yangi   nazariya   yaratish   jarayonida   kashf   qiladi,   biroq   undan
qutilish   yo‘lini   ko‘rsata   olmaydi.   Ularga   aqlning   xatosi   sifatida   qarash   kerakmi?
Hissiy   idrok  qilishda   xatoga   yo‘l   qo‘yilar   ekan,  aqlning   xatoligidan  shubhalanish
to‘g‘rimikan? — degan savollarga javob izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf
qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi  bo‘ladi. Bunda
inson   aqli   o‘zgaruvchanligining   tarixiyligi   tan   olinadi,   aqlning   xatosi   esa,   tarixiy
asosga  ega bo‘lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish
qobiliyatiga   ega   emas.   Kant   dialektika   metodidan   yangicha   foydalanish
imkoniyatini   ko‘rsatdi,   taraqqiyot   muammosini   yangicha   qo‘yish   va   hal   qilish
zaruriyatini   e’tirof   etdi.   Taraqqiyotningyangi   nazariyasini   Kant   subekt   aqlining
dialektik xarakteri bilan bog‘ladi va subektiv dialektikani asoslab berdi. 
Dialektika   taraqqiyotining   keyingi   imkoniyatlari   Gegel   falsafasida   o‘z
ifodasini topdi.
Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab
bergan. Ma’lumki, o‘rta acp rasionalizmi  tajribaning ahamiyatini  va nazariyaning
empirik   paydo   bo‘lishini   tan   olishi   bilan   xarakterlanar   edi.   Gegel   fikrlari
boshqacha   xarakterga   ega.   U   falsafa   o‘z   xususiyatlarini   asoslovchi   metodga   ega
bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi. Gegel   dialektik   metodni   mukammallashtirish   mumkinligini   va   u   yagona
haqiqiy   metodligini   ta’kidlaydi.   Falsafa   metodi   tabiat   va   ruh   taraqqiyotini
ifodalovchi   fikr   harakatiga   adekvat   bo‘lishi   lozim.   Gegel   o‘z   metodida   shunday
adekvatlikka   erishilganligiga   ishonadi.   Gegel   dialektikasini   tushunish   uchun
dastavval,   gegelcha   dialektikaning   rezonans,   salbiy,   pozitiv   dialektika   kabi
shakllarini tahlil qilish lozim.
Rezonans   (subektiv)   dialektika   —   subekt   tafakkuri   bo‘lib,   u   predmetdagi
ziddiyatlarni ifodalaydi, biroq mavjud ziddiyatlardan ilgarilab ketadi. Subekt faqat
buni izohlash bilan kifoyalanadi, xolos.
Salbiy   (obektiv)   dialektika   rezonans   dialektikadan   ba’zi   ustuvorlikka   ega,
chunki   u   boshlanishidan   ancha   ilgariroq   harakat   qiladi.   "U   tomon",   "Bu   tomon"
kabi   izohlashlar   mutlaq   butunlikni   inkor   qiladi.   Salbiy   dialektika   mustahkam
narsalarni sindirishga intiladi. Uning kuchi aynan shundadir. Ojizligi esa, ularning
uzidagi   cheklanganlikni   izohlar   ekan,   judayam   kam   maqsadga   erishiladi.   Uning
natijasi nol, salbiy, tasdiqlash unda hali namoyon bo‘lgan emas.
Dialektikaning   rezonans   va   salbiy   shaklidan   farq   qiluvchi   yuqoriroq   shakli
ichki   (immanent)   dialektikadir.   Bu   nafaqat   rezonans   va   inkor   qiluvchi,   balki
yaratuvchi   dialektikadir.   Chunki   u   predmetning   immanent   harakat   birligidagi
taraqqiyot   mantig‘i   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Shunga   binoan,   fan   predmetni
immanent   o‘rganadi.   Predmetni   immanent   o‘rganmoq   nima?   Bu   mazmunni   sof
tushunchada   isbotlamoq,   ya’ni   predmetning   mohiyatini   isbotlamoqdir.   Gegel
fikricha,   dialektik   ziddiyatlar   —   ruhning   ziddiyati.   Pirovard   natijada   mazkur
ziddiyatlar   real   borlikdagi   ziddiyatlarni   aks   ettiruvchi   subekt   tafakkuridagi
ziddiyatlar bo‘lib, Gegel uni g‘oyaning o‘z-o‘zini namoyon qilishidagi ziddiyatlar
sifatida aks ettiradi. Gegel fikricha, dialektika mutlaqlikdan boshlanadi va u bilan
tugaydi. Dialektik nuqtai-nazardan faqat  mutlaqlik real bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun, Gegel  dialektikasi  mutlaq  aql  faoliyatining nazariyasi,  mantig‘i  va  metodi
sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Ta’kidlash   joizki,   idealistik   dialektika   bo‘lgani   singari
materialistik   dialektika   ham   bor.   U   moddiylikning   yashash   tamoyillari,
kategoriyalar va qonunlarining yagona, bir butun tizimini ifodalaydi. Umuman   olganda,   dialektik   metodga   ko‘ra,   agar   obektiv   olamda   doimiy
rivojlanish,   paydo   bo‘lish   va   yo‘qolish,   hodisalarning   o‘zaro   bir-biriga   o‘tishi
bo‘lar   ekan,   unda   tushuncha,   kategoriya   va   tafakkurning   mavjud   shakllari,
harakatchan,   o‘zaro   bog‘liqlikda,   ziddiyatlar   birligida   bo‘lib,   rivojlanuvchi   real
haqiqatni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Shuning uchun dialektikaning asosiy tamoyili
tarixiylik   bo‘lib,   u   predmetning   doimiy   rivojlanishda,   o‘zgarishda   va
harakatdaligini ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan olam yagona bir butunlik, aniq tizim bo‘lib, bir-biri bilan
uzviy   bog‘liq   predmetlar   xilma-xilligi   yagonalikda,   bir-biri   bilan   o‘zaro   ta’sir   va
o‘zaro   uzviy   bog‘liqliqda   namoyon   bo‘ladi.   Shunga   mos   ravishda   dialektikaning
yana bir tamoyiliga ko‘ra, har qanday narsani faqat undagi ichki va tashqi tomonlar
mujassamligini   tadqiq   qilgandagina,   to‘g‘ri   tushunish   mumkin.   Dialektikaning
obektivlik, konkretlik, determinizm va boshqa tamoyillari ham mavjud.
"Metafizika"   (yunon.—   fizikadan   keyin)   -   dialektika   kabi   universal
metoddir.   Bu   so‘z   ilmiy   muomalaga   er.   av.   I   asrda   Aristotelning   shogirdi,   uning
she’rlari   sharhovchisi   Rodosskiy   tomonidan   kiritildi.   Mutafakkir   asarlarini   bir
tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng
"birinchi   falsafa"ning   (mohiyat,   sabab   va   boshqa)   ikkinchi   falsafadan   farqli
xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan.
Ko‘p   hollarda,   dialektikaga   qarama-qarshi   deb   talqin   etiladigan   metafizika
olamdagi   narsa   va   hodisalarni   o‘rganishda   ularning   muayyan   vaqt   davomida
nisbatan   o‘zgarmasdan,   alohida   turgan   holatiga   diqqatni   ko‘proq   qaratadigan
usuldir.   Bu   usul   qo‘llanganida   olamning   namoyon   bo‘lish   shakllari   hamda   ular
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   jarayonlarning   alohida   qismi   yoki   holatiga   asosiy   e’tibor
beriladi.   Voqea,   hodisa   va   jarayonlarni   doimiy   o‘zgarish   holatida   o‘rganish
nihoyatda kiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari
uning nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar.
Aslini  olganda, olam  garchand dialektik o‘zgarish va  harakatda  bo‘lsada,  bu
jarayon   doimo   ham   nihoyatda   tez   sodir   bo‘lavermaydi.   Biz   esa   dunyodagi   narsa,
hodisa   va   odamlarga   shunchalik   metafizik   tarzda   o‘rganib   qolganmizki,   go‘yo kechadan   bugunning   farqi   yo‘qdek,   kecha   ko‘rgan   kishiga   bugun   duch
kelganimizda   unda   hech   qanday   o‘zgarishlar   bo‘lmaganday   tuyuladi.   Shu
ma’noda, hayotda ko‘p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana
shunday   munosabatda   bo‘lamiz.   Aclida   esa,   ular   ham   azaliy   o‘zgarishlar
jarayoniga   tushgan   narsa   va   kishilar   ekanligini   juda  kamdan-kam   hollarda   o‘ylab
ko‘ramiz.   Xuddi   shunday,   bizning   umrimiz   ham   kechadan   ertaga   qarab   oqib
turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‘zgarib boramiz, ammo ko‘p
hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi. Shu tariqa maktabni tugatib
qo‘yganimizni,   ulg‘ayganimizni,   bolalikning   ortda   qolganini   go‘yoki   bilmay
qolamiz...
Alohida   ta’kidlash   lozimki,   metafizik   usulning   hayotda,   ilmiy   izlanishlar   va
falsafiy   tadqiqotlarda   ham   o‘z   o‘rni   bor.   Bizda   haligacha   metafizikaning
tushunchalari,   kategoriyalari,   tamoyillari   va   ilmiy   mohiyati   izohlangan   yoxud
tadqiq   etilgan   asarlar,   tadqiqotlar   yo‘k,.   Qolaversa,   uni   dialektika   bilan   butunlay
qarshi   qilib   qo‘yish   va   bu   farqni   mutlaq   ziddiyat   darajasiga   ko‘tarish   ham
maqsadga   muvofiq   emas.   Aynan   ana   shunday   yondashuv   sobiq   ittifoqda
dialektikani   mutlaqlashtirishga,   metafizikani   esa   quruq   va   o‘lik   ta’limot   sifatida
qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi zamon fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega:
1.   Falsafa   umumiy   hodisalar   haqidagi   fandir.   Bu   ta’limotning   asoschisi
Aristotel   bo‘lib,   u   "narsaning   birinchi   turi"   haqidagi   ta’limotdir.   Bu   ma’noda,
"metafizika"  tushunchasini  XX  acpning   yirik  nemis  faylasufi  M.   Xaydegger   ham
o‘rganadi.   Uningcha,   bu   kategoriya   bilishning   obekti   va   subektini   bir   vaqtda
ifodalovchi tushunchadir. 
2.   Maxcyc   falsafiy   fan  ontologiya,  umuman,  borliq  haqidagi   ta’limot  bo‘lib,
nazariya   bilish   mantig‘i   va   uning   xususiy   ko‘rinishlaridan   mustasnodir.   Shu
ma’noda, bu tushuncha G‘arb falsafasida o‘tmishda ham (Dekart, Leybnis, Spinoza
va h.k.), hozirda ham keng qo‘llaniladi.
3.   U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga
qarama-qarshi   qo‘yiladi.   Bunda   shu   ma’nodagi   tushuncha,   ya’ni   antidialektika haqida so‘z boradi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish
jarayonining faqat bir qismini mutlaqlashtirishdir.
Falsafa   tarixida   metafizika   (dialektika   kabi)   hech   qachon   o‘zgarmasdan
qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo‘lgan.
E ski   metafizika   XVII—XIX   acp   falsafasi   va   fanida   ayniqsa   kamol   topdi
(metafizik   materializm,   naturfalsafa,   falsafa   tarixi   va   h.k.)   Metafizikaning   bu
shakliga   xoc   xususiyat   umumiy   o‘zaro   aloqadorlik   va   taraqqiyotni   inkor   qilish,
olamga   bir   butun   tizimli   yondashuvning   yo‘qligi,   tafakkurning   ikkilanuvchanligi,
umumiy dunyoviy aloqadorlikning tugaganligiga ishonishdir.
Eski   metafizik   tafakkur   uslubi   shakllanishining   obektiv   asoslari   butunning
alohida   elementlari   xususiylikni,   alohida   tomonlar   (fikran)   nima   uchun   bir
butunlikdan   ayri   holda   bo‘lishi   va   bir-biri   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   holda
rivojlanishini   tushuntirish   zaruriyatidir.   Bu   usul   kundalik   turmushda,   aql
darajasida,   predmet   taraqqiyotidagi   aloqa   munosabatlarda   zarur   va   to‘g‘ridir.
Shuning   uchun   metafizikaning   bu   shakli   predmetlardagi   barqarorlikni,   ulardagi
o‘zgarishlarni   tizimli   o‘rganish,   taraqqiyotning   manbalari   va   mexanizmlarini
aniqlash bilan bog‘liq. 
XIX—XX   acplarda   eski   metafizikadagi   keskin   kurashda   taraqqiyot
g‘oyasining yangi dalillar bilan mustahkamlanishi  ikki muhim natijaga olib keldi:
dialektik tafakkurning yangi uslublari paydo bo‘ldi; XX asrda eski metafizikaning
ilmiy dalillarini inkor qiluvchi yangi metafizika shakllandi.
Yangi   metafizika   eski   metafizikadan   farqli   o‘laroq,   narsalarning   umumiy
aloqadorligini   va   ular   taraqqiyotini   inkor   qilmaydi.   Bu   fandagi   va   jamiyatdagi
buyuk   kashfiyotlar   davrida   absurddir.   Antidialektika   yangi   shaklining   asosiy
xususiyati   —   taraqqiyotni   izohlashning   turli   variantlari   va   yo‘llarini   izlashdan
iborat.
Buni quyidagi yo‘nalishlarda tushunish mumkin:
a) eng umumiy, abadiy o‘sish, o‘zgarish yoki aksincha kichrayish (tekis
evolyusionizm) tarzida; b) xuddi   sifat   o‘zgarishlari   kabi   sakrashlar   zanjiri   (katastrofizm)
shaklida;
v) takrorlash   sifatida   qat’iy   liniyali   yo‘nalishga   ega   bo‘lgan   doimiy
jarayon (to‘g‘ri chiziqli rivojlanish) holatida;
g) hech   qanday   yangiliklarsiz   aylana   doirasidagi   abadiy   harakat
ko‘rinishida;
d) mohiyatidan ziddiyat kelib chiquvchi harakat sifatida;
ye) progress   sifatida,   ya’ni   oddiydan   murakkabga,   pastdan   yuqoriga
intilish   tarzida.   Taraqqiyotning   o‘zaro   aloqadorlik   va   ta’sirning   boshqa   aralash
izohlari ham bo‘lishi mumkin.
Metafizikaning   turlari   har   xil   asoslar,   mezonlar   bilan   farqlanishi   mumkin.
Bilishning metafizik metodi — byurokratizm, konservatizm, volyuntarizm va h.k.
amaliy   faoliyatning   boshqa   bir   tomonlama   harakatlari   tarzida   namoyon   bo‘lishi
ham mumkin.
Bilimning metafizik usullari turlicha bulib, idealizm, sensualizm, rasionalizm,
empirizm,   dogmatizm,   relyativizm   va   boshka   shakllarda   namoyon   bo‘lib,
bilimning alohida shakllari natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‘ladi.
Sofistika .   Sofistika   falsafiy   metodlar   jumlasidan   bo‘lib,   qadimgi
Yunonistonda mil. av. V va IV asrning birinchi  yarmida ijtimoiy-siyosiy  hayotda
xususiy   bir   yo‘nalish   sifatida   paydo   bo‘lgan.   Sofistika   namoyandalari   Pratagor,
Gorgiy,   Gippiy,   Antifont   va   boshqalardir.   Sofistikaning   paydo   bo‘lishi   antik
Yunonistonda   iqtisodiy   taraqqiyotga   bo‘lgan   ehtiyoj   bilan   bog‘liq.   Bu   oila   urug‘
an’analaridagi   turg‘unlikni   bartaraf   qilish,   yangi   ijtimoiy-siyosiy   o‘zgarishlarga
ehtiyoj   davri   edi.   Sofistikaning   inqirozi   eramizdan   avval   IV   acp   o‘rtalarida
boshlandi.   Eramizning   II   asrida   klassik   yunon   sofistlarining   g‘oya   va   uslublarini
qayta ishlashga intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi.
Sofistika   mavjud   nazariya   va   ma’lumotlarni   saqlashga   intiladi.   U   yangi   fikr
eski   fikrning  bir   qismi   ekanligini   asoslashga   yoki   mantiq   qonunini   tuzib,   mavjud
bilimlar   tizimini   barcha   ziddiyatlardan   tozalashga   harakat   qiladi.   Bu   metoddan
semantik   va   mantiqiy   qonunlarda   istalgan   narsani   isbotlash   uchun   foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi "sopism" so‘zi asosida,
ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli,
ammo   haqiqatga   to‘g‘ri   kelmaydigan,   ko‘chma   ma’no-mazmunga   erishish   usuli,
deb ta’kidlanadi. Bu usul qullanilganda fikrning mazmuni ko‘chma ma’noda bayon
qilinadi, ya’ni "Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit ", deganga o‘xshash holat
nazarda   tutiladi.   U,  nafaqat,   kadimgi   Yunoniston,   balki   o‘pta   asrlarda  Yevropada
ham   keng   tarqalgan.   Agar   bu   usul   yolg‘on   xulosalarga   olib   kelsa,   nega   o‘z
davrining   ko‘pgina   dono   kishilari   undan   foydalanganlar,   degan   savol   tug‘ilishi
mumkin. Ma’lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
munosabatni   to‘g‘ri   ifodalashning   iloji   qolmagan   zamonlar   ko‘p   bulgan.   Bunday
holni   inkvizisiya   hukmron   bo‘lgan   o‘pta   asrlar   Yevropasiga   ham   tatbiq   etish
mumkin.   O‘sha   davrda   ham   ko‘pgina   ziyolilarning   ana   shu   usulga   suyanmasdan
iloji   yuq   edi.   Umuman   olganda,   falsafada   “do‘ppi   tor   kelib   qolgan”   ana   shunday
zamonlarda   fikrni   Gulxaniyning   mashhur   “Zarbulmasal”   acapi   kabi   ifodalash
hollari   uchrab   turadi.   Buni   o‘rta   asrlar   Yevropasiga   nisbatan   olsak,   unda
Servantesning “Don Kixot” acapi nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh
qahramoni   esa   nima   uchun   shamol   tegirmonlariga   qarshi   jang   qilganligi   va   bu
lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo‘ladi.
Sofizm — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza
bo‘lib,   uning   yordamida   har   qanday   narsa   yoki   fikrni   isbotlay   olish   mumkin.
Masalan,   Aristotelning   yozishicha,   bir   afinalik   ayol   o‘g‘liga,   jamoa   ishlariga
aralashma,   chunki   agar   to‘g‘ri   gapirsang,   seni   odamlar;   yolg‘on   so‘zlasang   —
Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik ayolga shunday rad
javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki to‘g‘ri
so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Sofistika mavjud bilimlar tizimidan ziddiyatlarni siqib chiqaradi, bu bilan eski
va   yangi   bilimlarni   murosaga   keltiradi.   Sofistika   inson   bilimi   doirasida   cheksiz
relyativizmni   ulug‘laydi.   Predmet   haqida   har   narsa   deyish   mumkin.   Qanday
maqsad  ko‘zlanmasin,  so‘zlar  ifodasida  hech  qanday  chegara yo‘q  (masalan,  asal
— shirin; asal — achchiq;  qo‘rg‘on — aylanasimon, qo‘rg‘on — to‘rtburchak va h.k.)   shunga   ko‘ra   sofist   —   mohir   usta,   so‘zamol   donishmand   ma’nolarini
anglatadi.
Sofistikaga   faqat   salbiy   munosabatda   bo‘lish   noo‘rindir.   U   odatda   yangi
g‘oya,   nazariya   va   turmush   sharoitining   paydo   bo‘lishi   bilan   bog‘liq.   Sofistika
bilish tizimidagi mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash, eski bilim tizimini qayta qurishda
zaruriy   element   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Sofizm   muayyan,   yaxlit   xususiyatga
ega,   chunki   hodisaga   ta’sirchan   bo‘lib,   eski   narsa   xavf   ostiga   olinadi.   Shuning
uchun har qanday sofizm o‘ziga xosdir.
Sofistika   qadimgi   Yevropa   tafakkur   uslubining   asosi   bo‘lib   xizmat   qildi.
Ammo   sofistikani   tanqid   qilish   orqali   antik   davr   falsafasi   dunyoning   yangicha
konsepsiyasiga   erishdi.   Bu   konsepsiya   fikr   va   borliq   ayniyligiga   asoslanadi.   U
Aristotel   falsafasida   o‘zining   nihoyasiga   yetdi   va   nasroniylikda   mustahkamlandi.
Shu ma’noda, sofistika insoniyat tafakkurining umumiy taraqqiyotida o‘z o‘rni va
ahamiyatiga ega.
E klektika.   Eklektika   hech   qanday   bilim   faoliyati   bilan   bog‘lanmagan,   bir-
biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi
rivojidagi   yo‘nalish,   u   hech   qanday   yagona   nazariy   asosga   ega   emas   va   ba’zida
obektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida
paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr
XV-VIII   asrlar   falsafiy   bahslarida   keng   foydalanildi.   U   hozirgi   davrda   ham
reklama   va   tashviqotda,   ommaviy   kommunikasiya   tizimida   qo‘llanilib,   inson
psixikasidagi   an’analar,   ko‘nikmalar,   intilishlarni   bo‘rttiradi.   Bunday   usulning
bema’niligini   Suqrot   va   Aristoteldan   boshlab,   hozirgi   davr   mutafakkirlarigacha
tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam,
narsa   va   hodisalarning   bir   butunligini,   umumiy   asoslarini   parchalab   tashlash
uslubiga tayanadi.
Sinergetika.   Hozirgi   zamon   fanida   sinergetika   metodi   keng   qo‘llanilmokda.
Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir
kabi   ma’nolarni   anglatadi.   German   Xakenning   fikricha,   sinergetika   ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini
o‘rganadi.  Bu  so‘zni  Xaken  hamkorliqdagi  harakat   bilib, butunning tizim   sifatida
aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qiladi.
Barcha   ta’limotlar   paydo   bo‘ladi,   rivojlanadi   va,   nihoyat,   eskiradi.   Xaken
sinergetikasi   ham   vorisiylikka   asoslangan.   Uning   davomi   bo‘lgan
I.Sherringtonning   sinergetik   uslubi,   C.Ulamning   sinergiyasi,   I.Zabusskiyning
sinergetik yo‘nalishlari ana shular jumlasidandir.
I.Sherrington   sinergetik   yoki   integrativ   tafakkurni   muskullar   harakatining
boshqaruvida (orqa miya) asab sistemasidagi kelishilgan ta’sirni izohlash usulidir,
deb   tushunadi.   S.Ulam   esa,   EHMning   birinchi   avlodi   vakillaridan   biri   bo‘lib,   u
sinergiyaning, ya’ni mashina va uning operatori orasidagi uzlyuksiz hamkorlikning
foydaliligi, ahamiyatining hozirgi zamondagi ta’siriga e’tiborni qaratadi.
I.Zabusskiy   60-yilning   o‘rtalarida   liniyasizlik   masalalarini   hal   qilishda
analitik   jihatdan   cheklanganlik   bir   yoklamalikka   yo‘l   ochganligini   ta’kidlaydi.
Liniyasiz   matematika  va  fizika  masalalarida   sinergetika  usulining  tatbiq  etilishini
odatdagi   matematika   hisoblash   mashinasining   faoliyatini   tahlil   qilish   bilan
qiyoslaydi.
Hozirgi   davrda   I.   Prigojinning   sinergetika   to‘g‘risidagi   fikrlari   ham
ko‘pchilikning e’tiborini tortmokda.
Yuqoridagi   barcha   holatlarda   uzlyuksiz   harakat   haqida   so‘z   boradi.
Sinergetika   orqali   sodda   tizimlardan   murakkablarini   yaratuvchi   o‘lik   tabiatdagi
o‘z-o‘zidan harakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyusion
yo‘nalish   paydo   bo‘ldi   va   fan   ijodkorlikdan   yangilik   yaratish   tushunchasi   tomon
rivojlandi.   Sinergetika   makroskopik   darajalarga   tasodifiylikni   fanga   kiritdi   va   bu
bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya’ni mikrodunyo masalalariga
tatbiq qildi. Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o‘zaro bir-
biriga   o‘tishini   tasdikdaydi   va   narsalarning   paydo   bo‘lishini   o‘ziga   xoc   tarzda
izoxdaydi.   U   biz   yashayotgan   makrosistemalar   qanday   paydo   bo‘lganligi
masalasini hal etishga harakat qiladi. Sinergetika   nazariyasida   energiya   kristall   sifatida   qotib   koladi   va
kinetiklikdan   potensiallikka   aylana   boshlaydi,   deb   talqin   qilinadi.   Bunga   ko‘ra,
narsa qotib qolgan energiyadir. Energiya faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini
xarakterlovchi   tushuncha,   lekin   hozirda   energiya   nafaqat   mexanik   faoliyat,   balki
yangi   strukturalarni   yaratuvchisi   sifatida   ham   o‘rganilmoqsa.   Sinergetika
tabiatdagi   evolyusiya   nimaning   hisobiga   sodir   bo‘lishi   mumkinligini   asoslaydi.
Barcha   yangi   strukturalar   yaratilayotgan   joyda   energiyaning   kuchli   to‘lqini   va
muhit   bilan   almashinuv   zarur   (evolyusiya   hayot   kabi),  metabolizmni   talab  qiladi.
Agar   osmon   jismlari   evolyusiyasida   biz   ishlab   chiqarishning   natijasini   kuzatsak,
sinergetika   tabiatni   yaratish   jarayonini   o‘rganadi.   Sinergetika   nisbiylik
nazariyasining   xulosalarini   tasdiklaydi:   energiya   olamning   yanada   yuqoriroq
darajalarini yaratadi. 
Xullas, sinergetika — olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va zamonda
narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan
tizimlardan   iborat   sababiy   bog‘lanishlar   asosida   mavjudligini   e’tirof   etishga
asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan
va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi
o‘laroq,  dialektika  endi   kerak emas,  uni   sinergetika  bilan almashtirish  lozim,  deb
hisoblovchilar ham yo‘q emas.
Sinergetikada   bifurkasiya,   fluktuasiya,   tartibsizlik,   dissipasiya,   g‘alati
attraktorlar,   chiziqsizlik   singari   tushunchalar   mashhur.   Ulardan   tizimlar   barcha
turlarining,   jumladan   old   organizmik,   organizmik,   ijtimoiy,   etnik,   ma’naviy   va
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi. 
Bifurkasiya   ikkilanish   nuqtalarining   mavjudligini   hamda   rivojlanish
davomining   har   xilligini   nazarda   tutadi.   Ularning   faoliyati   natijalarini   oldindan
bashorat   qilish   qiyin.   I.   Prigojinning   fikriga   ko‘ra,   bifurkasiya   jarayonlari
tizimning   murakkablashuvidan   dalolat   beradi.   N.   Moiseevning   fikricha,   «ijtimoiy
tizimning har bir holati bifurkasiya holatidir». 
Fluktuasiya lar   umumiy   holda   ta’sirlantirishni   anglatadi.   Ularning   ikki   katta
turkumi:   tashqi   muhit   yaratadigan   fluktuasiyalar   va   tizimning   o‘zida   vujudga keladigan   fluktuasiyalar   farqlanadi.   Ba’zan   fluktuasiyalar   juda   kuchayib,   tizimni
to‘la  egallab   olishi   va  mohiyat  e’tibori  bilan  uning  mavjudlik  tartibini  o‘zgartirib
yuborishi   mumkin.   Ular   tizimni   unga   xos   bo‘lgan   «tartib   turi»dan   olib   chiqadi,
ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo‘qmi 5  
– bu masalaning boshqa tomoni. 
D issipativ   tizim   t a’sirlar   tarqaladigan   tizim   hisoblanadi.   Umuman   olganda,
bu   fluktuasiyalar   to‘la   qamrab   olgan   tizim   xulq-atvorining   xususiyatidir.   Har   xil
ta’sirlarga o‘ta ta’sirchanlik va buning natijasida  haddan tashqari  nomuvoziylik –
dissipativ tizimning asosiy xossasidir.
Attraktorlar   to‘plamlarni   o‘ziga   tortuvchi,   elementlar   intiladigan
markazlarni  hosil  qiluvchi tuzilma. Masalan,  bir yerga olomon to‘planganida, o‘z
yo‘nalishida   harakatlanayotgan   odam   unga   e’tibor   bermasdan   o‘tib  keta   olmaydi.
Uning   traektoriyasi   olomon   tomonga   buriladi.   Kundalik   hayotda   bu
qiziquvchanlik,   deb   ataladi.   O‘z-o‘zini   tashkil   etish   nazariyasida   mazkur   jarayon
«to‘planish   nuqtasiga   siljish»   deb   nomlanadi.   Attraktorlar   o‘z   atrofiga   stoxastik
elementlarni  to‘playdi, shu  tariqa muhitni  tuzilmalarga ajratadi  va tartib o‘rnatish
ishtirokchisiga aylanadi. 
Dunyoning postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik
tartibsizlik va stoxastiklik singari voqelikning obektiv, universal xususiyatlari, deb
e’tirof   etilgan.   Ular   rivojlanishning   barcha   strukturaviy   darajalarida   namoyon
bo‘ladi.   Nomuvoziy   tizimlarning   nomuntazam   xulq-atvori   muammosi
sinergetikaning   diqqat   markazida   turadi.   Sinergetika   –   strukturogenezning   eng
umumiy   qonuniyatlarini   aniqlashni   o‘z   predmetiga   aylantirgan   o‘z-o‘zini   tashkil
etish nazariyasidir.
Umumilmiy   tadqiqot   metodlari.   Ular   falsafa   bilan   maxsus   fanlarning
fundamental   nazariy-metodologik   qoidalari   o‘rtasida   o‘ziga   xos   «oraliq
metodologiya»  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Umumilmiy  tushunchalar  qatoriga  ko‘pincha
«axborot»,   «model»,   «tuzilma»,   «funksiya»,   «tizim»,   «element»,   «oqilonalik»,
«ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi. 
5
 Н.Моисеев Современный рационализм. М.: 1995. -С 48. Birinchidan,   bir   qancha   xususiy   fanlar   hamda   falsafiy   kategoriyalarning
alohida   xossa,   belgi   va   tushunchalari   umumilmiy   tushunchalarning   mazmuniga
«singdirib»   yuborilganligi,   ikkinchidan,   (falsafiy   kategoriyalardan   farqli   o‘laroq)
matematik   nazariya   va   simvolik   mantiq   vositalari   bilan   ularni   formallashtirish,
ularga   aniqlik   kiritish   mumkinligi   umumilmiy   tushunchalarning   o‘ziga   xos
jihatlaridir. 
Agar   falsafiy   kategoriyalar   umumiylikning   mumkin   bo‘lgan   eng   yuqori
darajasi   –   muayyan   umumiy   darajani   o‘zida   mujassamlashtirgan   bo‘lsa,
umumilmiy   tushunchalarga   ko‘proq   umumiy   abstrakt   (bir   xil)   daraja   xoski,   bu
ularni abstrakt-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning
asosiy   masalasini   (to‘la   hajmda)   yechishda   «ishtirok   etish»   sharti   muayyan
«tafakkur   shaklini   yaratish»ning   «falsafiyligi»,   «dialektikligi»   darajasini
aniqlashning muhim mezonidir. 
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari,
tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va
uning metodlari  bilan  oqilona o‘zaro aloqasini  ta’minlaydi. Umumilmiy metodlar
qatoriga   tizimli   va   strukturaviy-funksional,   kibernetik,   ehtimoliy   yondashuvlar,
modellashtirish, formalizasiya hamda boshqalar kiradi. 
Umumilmiy   tushunchalarning   muhim   roli   shundan   iboratki,   ular   o‘zining
«oraliq   xususiyati»   bilan   falsafiy   va   alohida  ilmiy   bilimning   (shuningdek  tegishli
metodlarning)   o‘zaro   o‘tishini   ta’minlaydi.   Gap   shundaki,   birinchi   bilim   ikkinchi
bilimga   sof   yuzaki   tarzda,   bevosita   o‘tmaydi.   Shuning   uchun   ham   maxsus   ilmiy
mazmunni   darhol   falsafiy   tushunchalar   tilida   ifodalashga   urinishlar,   qoida
tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo‘ladi. 
Xususiy ilmiy metodlar  – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan
muayyan   fanda   qo‘llaniladigan   bilish   usullari,   tamoyillari,   tadqiqot   usullari   va
tartib-taomillari majmui.  Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar
fanlarning metodlari shular jumlasidandir.
Fan metodlari  – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda
vujudga   kelgan   muayyan   fan   sohasida   qo‘llaniladigan   usullar   tizimi.   Har   bir fundamental   fan,   mohiyat-e’tibori   bilan,   o‘z   predmetiga   va   o‘ziga   xos   tadqiqot
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. 
Fanlararo   tadqiqot   metodlari –asosan   fan   sohalari   tutashgan   joyda   amal
qiladigan   (metodologiyaning   turli   darajasi   elementlarini   birlashtirish   natijasida
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar
kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. 
Metodologiyaga faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa
vositalarni   ham   o‘rganish   xos.   Tamoyil,   qoida   va   ko‘rsatmalar,   shuningdek,
kategoriya   hamda   tushunchalar   mana   shunday   vositalar   jumlasiga   kiradi.
Nomuvoziy,   beqaror   dunyo   sharoitlarida   voqelikni   metodologik   o‘zlashtirishning
o‘ziga   xos   vositalarini   ajratish   fan   rivojlanishining   «postnoklassik»,   deb
nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Xususiy   fanlar   metodlarining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   moddiy   ifodasini
topgan   bilish   vositalari:   mikrofizikada   zarralarni   tezlatgichlar,   tibbiyotda   a’zolar
faoliyatini   qayd   etuvchi   turli   o‘lchagichlar   va   shu   kabilar   hozirgi   zamon
metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
4- MASALA.   Ijtimoiy-gumanitar   fanlar   metodlari.   Ijtimoiy-
gumanitar   fanlarda   kuzatish   natijalari   ko‘p   jihatdan   kuzatuvchining   shaxsiga,
uning hayotiy qarashlariga  va boshqa  subektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur
fanlarda oddiy (odatdagi) kuzatish (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi)
va  ishtirokchilikka  asoslangan  (ichdan  turib)  kuzatish   (bunda   tadqiqotchi   ma’lum
ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi)
farqlanadi.   Psixologiyada   kuzatishning   o‘z-o‘zini   kuzatish   (introspeksiya)   va
empatiya   (boshqa   odamlarning   ruhiy   kechinmalariga   kirib   borish,   ularning   ichki
dunyosi–sezgilari,   fikrlari,   xohish-istaklarini   tushunishga   intilish   va   h.k.)
farqlanadi. 
E tnometodologiya  ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy
hodisa   va   voqealarni   tavsiflash   hamda   kuzatish   natijalarini   ularni   tushunish
g‘oyalari bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy   antropologiya,   sosiologiya   va   kulturologiyada   tobora   keng
qo‘llanilmoqda. 
Ijtimoiy   eksperimentlar   tobora   rivojlanmoqda,   ular   ijtimoiy   tashkil   etish   va
jamiyatni   boshqarishni   oqilonalashtirishning   yangi   shakllarini   amalga   tatbiq
etishga   ko‘maklashmoqda.   Ijtimoiy   eksperiment   obekti   odamlarning   ma’lum
guruhi eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ularning manfaatlari
bilan   hisoblashishga   to‘g‘ri   keladi,   tadqiqotchi   esa   o‘zi   o‘rganayotgan   vaziyatga
bevosita qo‘shiladi. 
Psixologiyada   muayyan   ruhiy   faoliyat   qanday   shakllanishini   aniqlash   uchun
tajriba   o‘tkazilayotgan   shaxs   turli   eksperimental   sharoitlarga   qo‘yiladi   va   unga
ma’lum   masalalarni   hal   qilish   taklif   etiladi.   Bunda   murakkab   ruhiy   jarayonlarni
shakllantirish   va   ularning   tuzilishini   yanada   chuqurroq   tadqiq   qilish   mumkin.
Mazkur   yondashuv   pedagogik   psixologiyada   shakllantiruvchi   eksperiment,   deb
nomlanadi. 
Ijtimoiy   eksperimentlar   tadqiqotchidan   axloqiy   va   yuridik   norma   va
prinsiplarga qat’iy rioya etishni talab qiladi. Bu yerda (tibbiyotda bo‘lgani singari)
«ziyon   yetkazma!»   tamoyili   muhim   ahamiyatga   ega.   Insonning   intim   dunyosiga
kirish quroli bo‘lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy xususiyati. 
Ijtimoiy-gumanitar   fanlarda   falsafiy   va   umumilmiy   vositalar,   metod   va
amallardan   tashqari,   mazkur   fanlarning   predmeti   bilan   bog‘liq   maxsus   vositalar,
metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ideografik   metod –alohida   tarixiy   faktlar   va   hodisalarning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini tavsiflash. 
Dialog  («savol-javob metodi»).
Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish   (bu haqda ushbu bobning
keyingi paragrafida batafsil so‘z yuritiladi).
Hujjatlarni tahlil qilish –son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz). 
So‘rovlar   o‘tkazish –«yuzma-yuz»   so‘rov   (intervyu)   yoki   sirtdan
(so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) s ы rov o‘tkazish. Ommaviy va maxsus so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot
olishning bosh manbai hisoblanadi. 
Proektiv   metodlar   (psixologiyaga   xos)–insonning   produktiv   faoliyati
natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli. 
Testlash   (psixologiya   va   pedagogikada)–standartlashtirilgan   topshiriqlar
bo‘lib,   ularni   bajarish   natijalari   ayrim   shaxsiy   xususiyatlar   (bilim,   ko‘nikma,
xotira,   zehn   va   sh.k.)ni   o‘lchash   imkonini   beradi.   Testlarning   ikki   asosiy   guruhi
farqlanadi–intellekt testlari (mashhur Q koeffisienti) va erishilgan (kasbda, sportda
va h.k.) natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb
etadi.   Zotan,   layoqatsiz   yoki   g‘irrom   tadqiqotchining   qo‘lida   testlar   jiddiy   zarar
keltirishi mumkin. 
Biografik va avtobiografik metodlar.
Sosiometriya   metodi –ijtimoiy   hodisalarni   o‘rganishda   matematika
vositalaridan   foydalanish.   Undan   ko‘pincha   «kichik   guruhlar»ni   va   ulardagi
shaxslararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi. 
O‘yin   metodlari –boshqaruv   qarorlarini   ishlab   chiqishda   qo‘llaniladi.
Imitasion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart)
vaziyatlarni   tahlil   qilishda   farqlanadi.   O‘yin   metodlari   orasida   psixodrama   va
sosiodrama   alohida   o‘rin   tutadi.   Ularda   ishtirokchilar   tegishincha   individual   va
gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar. 
Hozirgi   zamon   metodologiyasi.   «Kumatoid»,   «case   studies»,   «abduksiya»
tushunchalari   an’anaviy   metodologik   tushunchalar   ruhida   tarbiyalangan   odamga
erish   tuyulishi   mumkin.   Ammo,   aynan   ular   metodologiyaning   hozirgi   rivojlanish
bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni
kiritish   bilan   bog‘liq   ekanligini   ko‘rsatadi.   Mazkur   tushunchalarning   aksariyati
muayyan   (xususiy)   fanlar   sohasi   bilan   bog‘liq.   Bunday   tushunchalar   qatoriga
hozirda   ancha   mashhur   bo‘lgan   bifurkasiya,   «fluktuasiya»,   «dissipasiya»,
«attraktor»   tushunchalarini,   shuningdek,   «kumatoid»   (yunoncha–to‘lqin)   degan
innovasion tushunchani kiritish mumkin. Kumatoid  - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli xususiyatini
aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi
mumkin.   U   o‘zining   barcha   elementlarini   birvarakay   emas,   balki   o‘ziga   xos
«hissiy-o‘ta   hissiy»   tarzda   namoyon   etadi.   Masalan,   tizimli   obekt–o‘zbek   xalqini
ma’lum   zamon,  makon bo‘lagida ifoda  etish  va mahalliylashtirish  mumkin emas.
Boshqacha   qilib   aytganda,   obektni   yaxlit   ifoda   etish   uchun   o‘zbek   xalqining
barcha   vakillarini   yig‘ish   mumkin   emas.   Shu   bilan   birga,   mazkur   obekt   soxta
emas,   realdir.   Uni   kuzatish,   o‘rganish   mumkin.   U   butun   sivilizasion-tarixiy
jarayonning yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. 
Yana   bir   misol–talabalar   guruhi.   U   dam   paydo   bo‘ladigan,   dam   ko‘zdan
yo‘qoladigan suzuvchi obekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha tizimlarida
namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   o‘quv   mashg‘ulotlari   tugaganidan   keyin   guruh   yaxlit
obekt   sifatida   mavjud   bo‘lmaydi,   ammo   institusiyaviy   belgilangan   ma’lum
vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u
obekt sifatida namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zini identifikasiya qiladi. Bundan tashqari,
mazkur   kumatoid   guruh   a’zolari   o‘rtasidagi   do‘stlik,   raqobat   va   boshqa
munosabatlar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi. 
Kumatoidning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundaki,   u   zamon   va   makonda
mahalliylashishga   befarq   bo‘libgina   qolmay,   substrat–o‘zini   tashkil   etuvchi
materialga   ham   qattiq   bog‘lanmagan.   U   tizimli   xususiyatlarga   ega   emas.
Binobarin,   mazkur   xususiyatlar   uning   tarkibiy   qismlariga   mavjud   yoki   mavjud
emasligiga,   ayniqsa,   ularning   rivojlanish   yo‘nalishi   yoxud   xulq-atvor   tarziga
bog‘liq.   Kumatoidni   moddiy   tarzda   mustahkamlangan   ma’lum   bir   xususiyat   yoki
bunday xususiyatlar to‘plami bilan aniq identifikasiya qilish mumkin emas. Butun
ijtimoiy hayot suzuvchi obektlar–kumatoidlar bilan to‘lib-toshgan. 
«Case   studies» ,   ya’ni   vaziyatli   tadqiqotlar   o‘tkazish   hozirgi   zamon
metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo
tadqiqotlar   o‘tkazish   metodologiyasiga   tayaniladi,   ammo   individual   subektlarni,
mahalliy   gruppaviy   dunyoqarashlar   va   vaziyatlarni   o‘rganish   nazarda   tutiladi.
«Case   studies»   atamasi   presedentning,   ya’ni   kuzatish   ostida   bo‘lgan   va tushuntirishning   mavjud   qonunlari   doirasiga   sig‘maydigan   individuallashtirilgan
obektning   mavjudligini   aks   ettiradi.   Vaziyatli   tadqiqot   metodologiyasi
neokantianlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog‘liq. 
Vaziyatli   tadqiqotlarning   ikki   tipi:   tekstual   va   maydondagi   tadqiqotlar
farqlanadi.   Ularning   ikkalasida   ham   mahalliy   determinasiya   birinchi   darajali
ahamiyatga   ega.   Mahalliy   determinasiya   «ichki   ijtimoiylik»   tushunchasi   bilan
muayyanlashadi   va   ayni   guruh   yoki   vaziyatga   xos   bo‘lgan   faoliyat,   muloqot
shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb,
alohida   so‘zlar   va   harakatlarning   ma’no-mazmunini   belgilaydigan   ijtimoiy-
madaniy   kontekst   deb   tushuniladi.   Vaziyatli   tadqiqotlarning   ustunligi   shundaki,
ularda   bilim   tizimining   mazmuni   shartlarning   pirovard   to‘plami,   hayotiy
vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi. 
Hozirgi   zamon   metodologiyasi   o‘z   an’anaviy   metodlarining   universalligi
cheklanganligini   tushunadi.   Masalan,   gipotetik-deduktiv   metod   ishni   tayyor
gipotezalardan   boshlab,   «dalillarni   eng   yaxshi   tushuntirish»   bosqichidan   sakrab
o‘tganligini uchun tanqid qilinadi. 
«Abduksiya»   fikr   yuritish   orqali   empirik   faktlardan   ularni   tushuntiruvchi
gipotezaga   yuksalishni   nazarda   tutadi.   Bunday   fikr   yuritish   turmushda   va
amaliyotda   ko‘p   uchraydi.   Har   bir   inson   tushuntirish   yo‘llarini   izlashda   beixtiyor
abduksiyaga   murojaat   etadi.   Masalan,   vrach   kasallik   alomatlariga   qarab,   uning
sababini,   detektiv   esa   jinoyat   izlariga   qarab   jinoyatchini   qidiradi.   Xuddi
shuningdek,   olim   ham   sodir   bo‘layotgan   hodisani   tushuntirishda   abduksiya
metodidan   foydalanadi.   Mazkur   atama   induksiya   va   deduksiya   singari   mashhur,
keng   e’tirof   etilgan   bo‘lmasa   ham,   u   yangi   hamda   samarali   metodologik
strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. 
Shunday qilib, metodologiya ma’lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham
bog‘liq   bo‘lmaydi.   «Olim   hech   qachon   faqat   bitta   ta’limotga   tayanib   qolmasligi,
hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi
kerak» 6
.   Metodologiya   alohida   metodlarning   oddiy   yig‘indisi,   ularning   «mexanik
6
 Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое.–М., 1989. -С. 85.  birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat
sohalari,   yo‘nalishlari,   evristik   imkoniyatlar,   mazmunlar,   tuzilmalar   va
hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. 
E vristika.   Evristika   yunoncha   heurisko–topaman,   kashf   etaman,   degan
so‘zdan kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi  qadimgi yunon olimi
aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi  III  asr)  nomi  bilan bog‘lanadi. Bu nuqtai
nazardan   evristika   matematika   masalalarini   yechishni   o‘rganishni   istaganlarga
mo‘ljallangan   qoidalarning   maxsus   to‘plami   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   «Mahorat
sirlari»   hamisha   qat’iy   sir   tutilgan   va   tavsiflanmagan.   Evristikani   kashfiyotlar
to‘g‘risidagi  fan  sifatida tavsiflash  barcha  zamonlarda  ham  juda  murakkab  vazifa
hisoblangan.   G.   Leybnisning   «Kashfiyot   san’ati»   g‘oyasi   amalga   oshmadi.   B.
Spinoza to‘g‘ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga
ega bo‘lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd
etgan bo‘lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi. 
Muayyan   ilmiy   bilimdan   haydaladigan   barcha   ikkilamchi,   noaniq
metodologik   qoidalar   evristika   sohasini   to‘ldiradi.   Shuning   uchun   ham   evristika
ba’zan qayg‘urish, ilhomlanish, insayt bilan bog‘lanadi. Metodologik tafakkurning
izchil tizimida evristikaga ko‘pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo
izlash   va   topish   salohiyati   katta   bo‘lgan   soha   deb   qaraladi.   Formal   mantiqiy
metodlar   evristik   metodlarga   qarama-qarshi   qo‘yiladi.   Barcha   mumkin   bo‘lgan
hollarda   evristikadan   bilim   mazmunini   kengaytirish,   ilgari   ma’lum   bo‘lmagan
yangilikni yaratish kutiladi. 
Ko‘pincha   «evristika»   tushunchasini   tafakkurga   bog‘lab,   «evristik   tafakkur»
tarzida qo‘llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning
yaratuvchi   funksiyasi   to‘g‘risida   so‘z   yuritiladi.   G‘arb   falsafasida   evristik
tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi:
«tinch oqar suv» yoki o‘rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; bliskrig yoki
insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi.
Evristika metodologiyaning bo‘limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo‘q.
Ammo, o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o‘ziga   xos   yechim   topishning   strategiyasi   hisoblanadi,   evristik   usul   va   qoidalar
noan’anaviy   yo‘llarni   izlash,   ulardan   foydalanishga   turtki   beradi.   Evristika
fanlararo   xususiyatga   egaligi   mazkur   sohaning   o‘ziga   xos   belgisidir.   Ammo
evristik   xususiyat   fan   ichidagi   bilimda   ham   mavjud.   Evristik   sezgi   ilmiy
izlanishning   deyarli   har   bir   qadamiga   hamroh   bo‘ladi.   Reduksiya,   metodlarini
o‘zlashtirish,   gumanitar   va   texnika   fanlarining   usullarini   birlashtirish,   muayyan
ilmiy   ishlovlarni   amalga   tatbiq   etishni   tanlash,   hal   qiluvchi   eksperimentning   o‘zi
ma’lum   darajada   evristik   farazlarga   asoslanadi.   Evristika   ilmiy   va   noilmiy   bilim,
oqilonalik   va   nooqilonalik   o‘rtasida   bog‘lovchi   bo‘g‘in   bo‘lib   xizmat   qiladi.   U
xulq-atvor   taktikasini   tanlashga   va   rivojlanish   jarayonida   to‘g‘ri   yo‘l   topishga
ko‘maklashadi.   Ilmiy   tavakkal   mezoni   sifatida   evristiklik   ilmiy   bilimni
rivojlantirishning   tarkibiy   qismi   sifatida   hamisha   olqishlangan,   dunyoning
postnoklassik   manzarasida   esa   nazariyaning   evristiklik   xususiyati   bilim   berish
jarayonini   o‘zgartirish,   uni   ijodiy,   muammoli,   o‘yin   tarzida   o‘tkazish   imkonini
beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko‘tarildi. 
Evristika   sirlariga   yaqinlashishga   bo‘lgan   eng   so‘nggi   urinishlardan   A.F.
Osbornning   «miyaga   hujumi»ni   qayd   etish   mumkin.   Unda   kashfiyotchilikning
o‘rindoshlik,   o‘tkazish,   birlashtirish   va   ajratish   bilan   bog‘liq   an’anaviy   usullari
bilan   bir   qatorda,   xayolni   rag‘batlantiruvchi   usullar:   tig‘iz   muddatlar   tizimi,
muammoni   tanqidsiz   vaziyatda   erkin   muhokama   qilish,   tortishuvlik   muhitini
yaratish,   shuningdek   hazil   taxminlar   qilish   qayd   etiladi.   Ammo,   evristika
yo‘nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki muammolarni samarali
hal   qilishning)   muqarrar   tarzda   amal   qiladigan   qoidalarini   ishlab   chiqish   amalga
oshirib bo‘lmaydigan vazifa, degan g‘oyasi yanada an’anaviyroq hisoblanadi. 
Darhaqiqat,   evristika   o‘ziga   xos   metodologiya,   ya’ni   ijodiy   faoliyat
metodlarining majmui sifatida ma’lum talablar qo‘yadi:
–   u   oddiy   tanlash   usullariga   emas,   balki   muammoni   hal   qilish   vaqtini
qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi; 
– qo‘llaniluvchi usullar an’anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy
farq qilishi mumkin;  –   usullardan   foydalanishga   tadqiqot   ko‘rsatkichlariga   qo‘yiladigan   tashqi
cheklashlar qarshilik ko‘rsatadi; 
–   izlanish   modellari   jiddiy   darajada   individuallashtirilgan   bo‘lib,   bilish
subektining ruhiy va motivasion faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI :
1.   «Qur'oni     karim».     (A.Mansur     taijima     va     izohlari).     «Cho'lpon».    
Tosheknt,   1992
2.   A.Gxosh.   Chelovecheskiy   sikl.     Kazan.     1992
3.   A.Navoiy.   Lisonut-tayr.   Т .,     1984.
4.   A.Sh.Juzjoniy.   Tasavvuf   va   inson.   Т .,   «Adolat», 2001
5.   A.Shimmel.   Jononmeningjonimda.   Т .,   «Sharq»,     1999.
6.   Abdulhay     Abdurahmonov.     Saodatga     eltuvchi     bilim.     I-II     kitob.     Т .,   «Movarau
nnahr»,   2005.
7.   Abdurahmon     Jomiy.     O'zFA     X.S.Sulaymonov     nomidagi     qo'lyozmalar   instituti
.   Т .,     1997.
9.   Abu   Ali   Ibn   Sino.   Falsafiy   qissalar.   (A.Irisov   taijimasi.   Т .,     1980).
10.     Abu   Nasr   Farobiy.   Fozil odamlar   shahri.   Т .,     1993.
11.     Abul     Muhsin     Muhammad     Baqir     ibn     Muhammad     Ali     Bahouddin  
Balogardon.   Т .,   «Yozuvhi»,     1993.
12.     Aziziddin   Nasafiy   «Zubdat   ul   haqoyiq»   1.1997.
13.     Ahmad   Yassaviy.   Devoni   hikmat.   Т .,   1992.

BILISh NAZARIYaSI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YuNALIShLARI Reja 1.Bilish nazariyasining predmeti va uning uziga a xos xususiyatlari. Gnoseologiya (epistemologiya )ning mazmuni va moxiyati. 2.Bilishning asosiy turlari va shakllari.Noilmiy bilish shakllari Bilishda subekt va obektning uzaro alokasi. Xissiy, e mpirik, nazariy, mantikiy va intuitiv bilish darajalari,ularning uziga xosligi va alokadorligi 3.Ong-tafakkur va borlikning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jixatlari. Tafakkur uslubi inersiyasi tafakkurning xossasi sifatida 4.Bilishda xakikat va amaliyot uygunligi. Xakikatning asosiy shakllari va konsepsiyalari. Xakikatni anglashda isbotlash va rad etish e mosiya, ideal, iroda, ishonch va shubxaning r oli. Amaliyotning tarkibiy kismlari. 5.Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.Metodlarning tasnifi. Falsafa metodlari.Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadkikot metodlari. 6. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlarining uziga xos xususiyati. Xozirgi zamon metodologiyasi

Bilish nazariyasining predmeti va uning uziga xos xususiyatlar.Gnoseologiya ( epestemiologiya ) ning uziga xos xususiyatlari. Bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limo t, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan, «episteme» so‘zi «pistis» - e’tiqod so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G‘arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz. Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o‘zlikni anglash

jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi. Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat. Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm to‘qnashadi. Rasionalizm (rasionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik, uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy rasionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‘tadil rasionalistlar (masalan, Leybnis, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar. Empirizm (empiristlar, Frensis Bekon, Lokk, Gobbs, Yum, Feerbax), aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar biron-bir g‘oya mavjud bo‘linishni inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi

zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya (lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalash esa ap pe rsepsiya deb ataladi. Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to‘g‘risidagi masalani yechishni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina empiriklar (masalan, David Yum, Dyubua Raymond, agnostiklar) va rasionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni, balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo‘shiladilar. Ayrim narsalar, hodisalar va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz, refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig‘maydi. Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo‘qligi, jonning boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga sig‘maydigan, oqilona o‘rganib bo‘lmaydigan transsendental (lotincha «transcendentalism» - chegaraga sig‘maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g‘oyalarini himoya qilgan yirik olimlar (Moris Shlik, Rudolf Karnap, A.J.Aer) Katnning transsendental muammolarini mantiqsiz deb e’lon qildilar. Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‘p muammolar bilan shug‘ullanadi. U bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko‘r- ko‘rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda gnoseologiyada bilimlar o‘rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy tajribamdan bilaman», «dalilga ko‘ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o‘zaro nisbati masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni

to‘liq qamrab olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir. Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni . Optimizm. Skeptisizm. Agnostisizm. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga yetish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida – subektning sezgilari yotadi. Leybnis bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma tushunchalariga ta’siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa subektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir. Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi? , b ilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptisizm va agnostisizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar , aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar esa, dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptisizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptisizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptisizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.