BILISH NAZARIYASI-ASOSIY MUAMMOLARI VA YÓNALISHLARI
BILISH NAZARIYASI:ASOSIY MUAMMOLARI VA YÓNALISHLARI.
Reja: 1. Bilish - gnoseologiyaning asosiy kategoriyasi. 2. Bilish bosqichlari. 3. Falsafada ong va ruxiyat muammosi. 4. Ong va in'ikos. Ijtimoiy ong shakllari. 5. Haqiqat tushunchasi va uning shakllari.
Ong psixik inikosning o`ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo`la olmaydi. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Z.Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o`zidan iborat uch qatlamda tashkil topgan. Inson hayoti, faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega. Falsafada ong va ruxiyat muammosi
ONG & RUHIYAT Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko`plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avotomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi. Biron bir narsaga birinchi marta qo`l urganimizda bizda barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan esa ko`pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma- xil sohalari, yo`nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya`ni qayta faoliyatini o`z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Hatti- harakatlarning ongsizlik sohasiga ko`chishi, bir tomondan, ong “yuki”ning yengillashuviga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning asosiy kuchi, quvvati, “diqqatni” inson, hayoti uchun muhim bo`lgan harakat, jarayonlariga qaratilishiga imkoniyat yaratadi.
ON G & RUHIYAT Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi hodisalar ham kiradi. Ongsizlik ong mavjudligi va rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari ham psixik jarayonlarning muhim bo`g`inidir. Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik bilan ong o`rtasidagi chegaraviy sohadir.