logo

O‘zbek tilida tovush o‘zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

133 KB
Mavzu: O‘zbek tilida tovush o‘zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar)
R E J A :
I. Kirish. 
II. Asosiy qism:
1. Tovush o’zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar) va uning sabablari.
2. K ombinator va pozision  fonetik  o’zgarishlar .
3. O’zbek tilida:
 a) assimilyatsiya (to’liq va to’liqsiz, progressiv va regressiv assimilyatsiya) hodisasi;
b) dissimilyatsiya (to’liq va to’liqsiz, progressiv va regressive dissimilyatsiya) 
hodisasi;
 d) proteza hodisasi; 
e) eliziya hodisasi; 
f)reduksiya hodisasi;
g) metateza hodisasi;
 h) epenteza hodisasi;
 i) sinkopa hodisasi; 
j) apokopa hodisasi va boshqa fonetik jarayonlar.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
1 Kirish
Inson   faoliyatida   til   borliqni   bilish   va   rivojlantirish,   fikr   almashish   vositasi
hisoblaadi.   Til   vositasida   insoniyat   tomonidan   jamg‘arilgan   bilimlar   nafaqat   qayd
etiladi va saqlanadi, balkim kelajak avlodlarga ham yetkaziladi. Til millat ruhining
ko‘zgusidir.   Ona   tiliga   xurmat   va   uning   bebaho   so‘z   xazinzasidan   foydalanish,   til
vositasida ravshan va ta`sirchan so‘zlab, yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish
shu til vakili bo‘lgan har bir shaxsning burchidir.
O‘zbekistonning   birinchi   prezidenti   Islom   Karimovo‘zining   ”Yuksak
ma`naviyat   –   yengimas   kuch”   asarida   shunday   deydilar:   ”O‘zlikni   anglash   ,milliy
ong va tafakkurning ifodasi orqali namoyon bo‘ladi.
Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tili bilan singadi.
Ona tili  bu millatning ruhidir.
Buyuk   ma`rifatparvar   inson   Abdulla   Avloniy   aytganlaridek   ”Har   bir
millatning   dunyoda   borlig‘ini   ko‘rsatadirg‘on   oyinayi   hayoti   tili   va   adabiyotidur.
Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir” ” 1
 
Aytish mumkinki, til va xalq jon ila tandir. Shuning uchun har bir xalq o‘z tili
taraqqiyoti   uchun   qayg‘uradi,   uing   iqboli   uchun   kurashadi.   Olib   borilayotgan
islohotlar   natijasida   shuni   aytish   mumkinki,   ta`limga   berilayotgan   e`tibor
kishilarning o‘z ona tilisiga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlaydi.
          ”Joriy yilda yangi ta`lim masalalarini qurib, e`tibor qaratildi. Farzandlarimiz 
tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining 
jamiyatimizda katta o‘rni va ahamiyatini e`tiborga olib, Maktabgacha ta`lim 
vazirligini tshkil etdik. Oliy ta`lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham 
ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-2021-yillarda Oliy ta`lim tizimini 
yanada takomillashtirish dasturi qabul qilindi.” 2
1
       ?
 Karimov I. A.  Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent; “Ma`naviyat” nashriyoti 2008, 83-bet
2
       ?
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Toshkent-
O‘zbekiston; 2018. 11-12-betlar.
2                 Umuman olganda bugun ta`limga,tilga qaratilayotgan munosabat 
bugungi glaballashuvga mos ravishda jadallashmoqda desak xato bo‘lmaydi. 
Buning isboti sifatida  fandagi o‘zgarish va yangiliklarni ifodalash kifoyadir.
Til   taraqqiyoti   va   rivoji   ma’lum   qonuniyatlar   asosida   yuzaga   keladi.   Til
murakkab   va   ko’p   qirrali   ijtimoiy   hodisa   bo’lib,   undagi   birliklar   barcha   jihatdan
uzviy   bog’langan.   Ushbu   birliklarga   aloqador   qonuniyatlar   ham   o’zaro   bog’liq
hisoblanadi. Tildagi tarixiy fonetik o’zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar
asosida   ro’y   beradi.   Fonetik   –   fonologik   o’zgarishlar   tilning   ichki   qonuniyatlari
bilan bog’liq hodisadir. Tildagi tarixiy- fonetik o’zgarishlarni o’rganuvchi qiyosiy-
tarixiy   tilshunoslik   sohasi   qiyosiy-tarixiy   fonetikadir.   Qardosh
tillardagi(slavyan,german,   roman   tillari,   turkiy   tillar)tarixiy   fonetik   o’zgarishlar
natijasida   so’zlardagi   etimologik   va   geneologik,   ya’ni   kelib   chiqish   jihatdan
o’xshashlik   va   farqli   tomonlarini   qiyosiy-fonetika   aniqlab   beradi.   Qardosh   va
qardosh   bo’lmagan   tillardagi   tarixiy-fonetik   o’zgarishlarni   tahlil   qilish   natijasida
tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari shakllandi. 
                  Til   taraqqiyotidagi   fonetik   o’zgarishlarni   tahlil   etuvchi   fonetik-fonologik
qonuniyatlar quyidagilar:
1.   Umumiy   fonetik   qonuniyatlar   barcha   tillarga   xos   umumiy   holdagi   tartib   va
qoidalarni   tilning   boshqa   qonuniyatlari   bilan   bog’liqlikda   aks   ettiradi.   Masalan,
singarmonizm(tovushlarning   uyg’unlashuvi)   turkiy   tillarga   xos   umumiy   fonetik
qonuniyatdir.
2.   Xususiy   fonetik   qonuniyatlar   muayyan   til   uchun   xos   bo’lgan   qonuniyatlarni
ifodalaydi. Masalan,  turkiy tillarga mansub o’zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi
ichki o’zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning
o’ziga xos rivojlanish omillari bilan bog’liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtai nazardan ikkiga bo’linadi.
1)   tarixiy   fonetik   qonuniyatlar   tillar   yoki   muayyan   bir   tilning   tarixiy
taraqqiyotida   yuzaga   kelgan   tarixiy-fonologik   o’zgarishlarni   o’z   ichiga   oladi.   Til
tarixining   tarixiy   tovush   o’zgarishlarini   o’rganuvchi   bo’limi   tarixiy   fonetika   va
fonologiya deb yuritiladi.
3 2)   davriy   fonetik   qonuniyatlar   muayyan   til   doirasida   hozirgi   davrda   sodir
bo’layotgan fonetik o’zgarishlarni izohlaydi.
Tarixiy-fonetik   va   fonologik   o’zgarishlar   turli   murakkab   jarayonlarni   o’z
ichiga   oladi.   Fonetik   va   fonologik   o’zgarishlar   natijasida   tildagi   fonemalar   soni
kamayishi yoki ko’payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro’y beradi;
1.Ikki   fonemaning   yaxlit   bir   fonema   sifatida   birlashishi   konvergensiya
deyiladi. O’zbek tili tarixida bo’lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho’ziq fonemalar
keyinchalik   birlashib,   o’rta   cho’ziqlikka   ega   bo’lgan   6   ta   unli   fonemani   hosil
qilgan.
2.Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi. 
Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: 
a va o.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o’zgarishlari 
ham kiradi.
Umuman,   fonetik   qonuniyatlarni   boshqa   yondosh   hodisalar   ta’sirida
o’rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega. 3
Tovush o’zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar) va uning sabablari.
Kombinator va pozitsion o‘zgarishlar.
Fonetika – grekcha phone – tovush so’zidan olingan bo’lib, tilshunoslikning
alohida   bo’limi   hisoblanadi   va   tilning   tovush   tomonini   o’rganadi.     Yana   bir
adabiyotda   esa   fonetikani   mana   bunday   ta`riflashdi   “Tilshunoslikning   fonetika
(yunoncha phone-“tovush”)qismi tilning nutq tovushlari haqidagi fanidir” 4
Fonetik   protsesslar   qo‘shni   tovush   artikuliyatsiyasining   boshlanishi   va
tugallanishi   hamda   tovushning   so‘z   tarkibidagi   mavqeyi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, fonetik protsesslar ikki turli bo‘ladi:  kombinator va pozitsion .
Nutqda   tovushlarning   qo‘shni   tovushlar   ta`sirida   miqdor   va   sifat
belgilarining o‘zgarishi  kombinator o‘zgarishlar  deyiladi. Bu hodisani o‘rganuvchi
3
  Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1980 y. 
4
 Содиков А. Абдуазизов А. Ирискулов М. Тилшуносликка кириш.    Тошкент  1981 52-бет.
4 bo‘lim   kombinator fonetika   deyiladi. Pozitsion o‘zgarishlar tovushlarning ma`lum
holatda ro‘y beruvchi beruvchi hodisalarni o‘rganadi. 5
Fonetika   keng   ma’noda   nutq   tovushlarini   hosil   qilishda   ishtirok   etadigan
nutq   a’zolarining   tuzilishini,   fonetik   birliklarning   o’ziga   xos   xususiyatlarini   va
tovush   o’zgarishi   hodisalarini   o’rganadi.   Fonetik   birliklarga   nutq   tovushlari,
bo’g’in,   fonetik   so’z,   takt,   fraza,   urg‘u,   ohang   kabilar   kiradi.   Shuni   ta’kidlash
lozimki,   fonetika,   tabiatdagi   har   qanday   tovushlarni   emas,   balki   inson   nutq
apparatida   hosil   bo’luvchi,   ijtimoiy   qiymatga   ega   bo’lgan   nutq   tovushlarini
o’rganadi.   Tabiatdagi   boshqa   tovushlarni   esa   fizika   fanining   akustika   bo’limi
tekshiradi. 
Fonetikaning   maqsadi   fonetik   birliklarning   akustik,   anatomik-fiziologik   va
funksional   asoslarini   o’rganish   va   ularning   til   mexanizmidagi   rolini   aniqlashdan
iborat. 
               Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o’rganishda  akustikaga, talaffuz
qilinishi,   aytilishi,   hosil   bo’lish   tomonlarini   o’rganishda   fiziologiyaga   tayanib   ish
ko’radi. 
Fonetikaning   bo’g’in,   urg’u   bilan   shug’ullanuvchi   tarmoqlari   badiiy
adabiyot, she’riyat bilan aloqador. 
Fonetikani  o’rganish  orfografiya  (to’g’ri  yozish),  orfoepiya  (to’g’ri  talaffuz
qilish)   me’yorlarini   yaxshi   o’zlashtirib   olishga,   adabiy   talaffuz   bilan   shevalar
o’rtasidagi   farqni   aniqlashga,   boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   nutqini   to’g’ri
shakllantirishga katta yordam beradi. 
Hozirgi   vaqtga   kelib   fonetika   tilshunoslikning   eng   rivojlangan   sohalaridan
biri bo’lib, ikki mustaqil qism fonetika va fonologiyadan tarkib topgandir. 
Fonetikada   nutq   tovushlari   turli   jihatdan   o’rganiladi.   S h unga   asosan   uning
quyidagi bo’limlari mavjud:
1.   Umumiy   fonetika   –   fonetikaning   barcha   tillarga   xos   umumnazariy   masalalari
haqida ma’lumot beruvchi turi. 
5
 Содиков А. Абдуазизов А. Ирискулов М. Тилшуносликка кириш.    Тошкент    1981 5 4 -бет .
5 2.   Xususiy   fonetika   –   fonetikaning   muayyan   bir   til   tovushlarini,   ularning   turlari
fizik-akustik   va   artikulyasion   xususiyatlari   xususida   bahs   yurituvchi   turi.   U
quyidagi 2 qismdan iborat:
A) tavsifiy fonetika – muayyan tilning fonetik tizimini statik (o’zgarmas)  holatda
(til   taraqqiyotining   oldingi   bosqichida   yuz   bergan   hodisalar   bilan   bog’lamay)
o’rganadi. 
B)   tarixiy   fonetika   –   biror   tilning   tovush   tizimini   diaxron   planda   va   dinamik
holatda (tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog’lab) o’rganadi va   shu asosda tilning
fonetik-fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar aniqlanadi. 
3. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab
o’rganadi. 
4. Eksperemental fonetika – nutq tovushlari, u’rg’u kabi birliklarning fizik-akustik
va   artikulyasion   xususiyatlarini   maxsus   asboblar   vositasida   o’rganadigan
fonetikadir. 
Inson   nutqi   makon   va   zamonda   ketma-ket   paydo   bo’ladigan   kichik   va   katta
birliklardan tashkil topadi. Tilda uch asosiy qatlam – fonetika, leksika, grammatika
farqlanib,   ular   o’z   oldiga   qo’ygan   vazifasiga   ko’ra   nutqni   tarkibiy   qismlarga
ajratadi.   Nutqning   eng   kichik   bo’linmas   birligi   tovush   bo’lib,   tildagi   so’zlar,
iboralar va umuman nutq tovushlar orqali shakllanadi. Nutq tovushlari nutqning bu
birliklari uchun ifoda materiali bo’lib xizmat qiladi. Nutq tovushlarining quyidagi
o’ziga xos uch jihati mavjud:
1. Ular nutq apparati vositasida hosil qilinadi. 
2. Nutq tovushlari eshituv apparati yordamida eshitiladi. 
3. Ular ijtimoiy qiymatga ega. 
Demak,   nutq   tovushlarini   talaffuz   etmay,   shuningdek,   eshitmay   turib   tevarak
olamdagi   narsa-hodisalar   haqida   muayyan   tushunchalarga   ega   bo’la   olmaymiz.
Zero, real predmetlar tovush yoki tovushlar shaklida ongimizda qayta gavdalanadi.
Muhimi   tovushlarning   ketma-ketligi,   o’ziga   xos   ma’no   zanjiri   vositasida   bizga
axborot   etkaziladi.   Insonlar   nutq   tovushlari   yordamida   fikr   berib,   fikr   oladilar.
Aynan   mana   shu   xususiyatiga   ko’ra   nutq   tovushlari   tabiatdagi   jonsiz   jismlar   va
6 hayvonlarning   tovushidan   farq   qiladi.   Umuman,   inson   tili   tovush   tili   bo’lib,
ularning ishtirokisiz hech qanday nutq va muloqot amalga oshmaydi. 
Tilning tovush tomoni murakkab hodisa bo’lib, uni (fonetik va fonologik) jihatdan
quyidagi 4 aspektda o’rganiladi:
1. Fizik – akustik aspekt. 
2. Anatomik – fiziologik aspekt.
3. Perseptiv (eshitib – xis etish) aspekt.
4. Lingvistik – funksional aspekt. 
Fizik   hodisa   sifatida   tovushning   qanday   akustik   belgilari   mavjud   bo’lsa,
nutq   tovushlarining   fizik-akustik   xususiyatlari   ham   ana   shulardan   iborat.   Ya’ni
nutq   tovushlarining   akustik   xususiyatlari   tovushning   kuchi,   balandligi,   tembri,
cho’ziq-qisqaligi bilan izohlanadi. 
Nutq   tovushlarini   hosil   qilishda   qatnashuvchi   odam   a’zolari   va   ularning
ishtiroki,   harakat-holatini   o’rganish   anatomik-fiziologik   aspektning   tadqiqot
doirasiga kiradi. 
Fonetik birliklarning eshitish a’zolariga ta’sirini his etish orqali so’zning ma’nosini
yohud   nutq   va   gap   mazmunini   idrok   etish   qonuniyatlarini   perseptiv   aspekt
o’rganadi.
Lingvistik   –   funksional   aspektda   fonetik   birliklarning   ijtimoiy   vazifa   bajarishi
ya’ni   ma’no   farqlash   xususiyati   e’tiborga   olinadi.   Tilshunoslikda   bu   aspekt
fonologiya deb ataladi. 
XIX   asr   oxirlariga   kelib,   nutq   tovushlarini   o’rganishda   ularning   2   xil
ko’rinishi   –   til   tovushlari   va   nutq   tovushlarini   farqlay   boshlandi.   Til   tovushlari
haqidagi   ilk   g’oyalar   rus   va   polyak   tilshunosi   I.A.Boduen   de   Kurtene   tomonidan
ilgari surildi. U va shogirdi Krushevskiy o’z tadqiqotlarida til tovushlarini ilk bor
fonema deb nomladi. Fonema yoki til tovushlari mavhum – hodisa bo’lib, bevosita
kuzatishda berilmaydi, faqat aql bilan idrok etiladi. Masalan, miyaning til xotirasi
qismida   o’zbek   tilidagi   har   bir   tovushning   ramzi   (belgisi)   mavjuddir.   Ana   shu
ramzda til tovushiga xos  belgi – xususiyatlar haqidagi axborotlar mujassamlangan
bo’ladi.   Miyadan   biror   tovushni   aytish   haqida   «ko’rsatma»   berilsa,   nutq   a’zolari
7 shu   tovushning   ramzida   mujassamlangan   axborotga   binoan   harakatga   kelib,
(masalan,   «u»   tovush   uning   ramzida   «ovozdan   iborat»,   «og’iz   bo’shlig’t   tor
holatda, tovush hosil bo’lish oralig’i tilning orqa qismida», lablar aktiv qatnashadi
degan   axborotlar   bor)   ma’lum   holat   egallaydi   va   o’pkadan   zarb   bilan
chiqariladigan   havo   oqimi   nutq   tovushi   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Nutq   tovush
moddiy hodisa bo’lib, uning akustik va fiziologik xususiyatlarini maxsus asboblar
yordamida   tekshirish   mumkin.   Fonemaning   kashf   etilishi   fonetikaning   yanada
ko’proq   rivojlanishiga   va   uning   keyingi   bosqichi   fanologiyaning   tarkib   topishiga
olib   keldi.   Fonologiyada   tilning   tovush   tomoni   funksional   jihatdan   o’rganiladi.
Muayyan   tilning   fonemalar   tizimini,   bu   tizimdagi   fonemalarning   fonologik
belgilarini   («ramzdagi   axborotlar»   majmui)   shu   tilning   konkret   talaffuz
xususiyatlarini   o’rganmay   turib   tadqiq   etib   bo’lmaydi.   Shu   ma’noda,   fonologiya
fonetika   bilan   uzviy   bog’langan   bo’lib   uni   fonetikaning   yuqori   bosqichi   deyish
mumkin. (Fonetika – nutqdagi, fonologiya «ongdagi» holatni o’rganadi). SHuning
uchun, fonetika fonologiya bilan tilning material – ifoda rejasini o’rganish borasida
umumiylik tashkil qiladi. 
Fonema – tildagi ma’nodor birliklar bo’lmish so’z va marfemalarni tashkil etuvchi
va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi, tilning eng kichik, o’zi mustaqil ma’noga
ega bo’lmagan (bir planli) birligidir. Masalan, qol, qul, qo’l; tor, tog’, tok, tol; boy,
bor,   bog’   so’zlarida   o,   u,   o’,   r,   g’,   k,   l;   y,   r,   g’   fonemalariga   ko’ra   ma’no
farqlangan. 
Fonemaning tovushga va tovushning fonemaga munosabati turlicha bo’ladi.
Barcha   fonemalar   tovush   hisoblanadi,   ammo   har   bir   nutq   tovushini   fonema   deb
bo’lmaydi. Jumladan, p va t undoshlari pol, tol so’zlarida alohida fonema sanaladi.
Shu   undoshlar   kitop   (kitob),   ozot   (ozod)   so’zlarida   talaffuz   jihatidan   alohida
tovush bo’lsa ham, lekin fonema emas, ular jarangsiz tovush bilan yondosh holda
yoki   so’z   oxirida   jarangsizlashib,   b,   d   fonemalarining   varianti   bo’lib   kelgan.
Jarangsizlashish   nutq   jarayonida   yuz   bergani   uchun   ham   u   tovushga   (tovush
o’zgarishi) tegishli holat hisoblanadi (fonemaga emas). Fonema varianti – fonema
ottenkalari   (L.V.S h cherba)   deb   ham   yuritiladi.   Fonema   ottenkalari   deganda   til
8 tovushlarining (fonemalarning) talaffuzdagi real ko’rinishi tushiniladi. Ular ikki xil
bo’ladi:   1)   kombinator   ottenka   –   fonemaning   so’z   tarkibidagi   boshqa   tovushlar
ta’sirida yuzaga kelgan ko’rinishi. Masalan, ketdi-ketti («t» ning ta’sirida «d» ham
jarangsizlashdi).  2)   pozision  ottenka   –  fonemalarning  so’zda  tutgan  o’rniga   ko’ra
moslashishi.   Masalan,   kitob-kitop   («b»   undoshi   so’z   oxirida   kelgani   uchun   ham
jarangsiz «p» variantini hosil qilyapti).     
Har   bir   fonema   o’zining   turlicha   o’rinda   kelishi   bilan   bog’liq   bo’lmagan
doimiy belgilarga ega. Masalan,  unli fonemalarning doimiy belgilariga tilning tik
h arakatiga ko’ra ko’tarilish darajasi hamda lablanganlik va lablanmaganlik kiradi.
Chunki,   «u»   fonemasi   har   qanday   holatda   so’z   boshida   ham,   so’z   o’rtasida   ham,
so’z   oxirida   ham   yuqori   tor   lablangan   unli   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Tilning
gorizontal   harakatiga   ko’ra   bo’linishi   fonemaning   qayerda   va   qanday   tovushlar
bilan   yondosh   kelishiga   bog’langan,   shuning   uchun   bu   unli   fonemaning   doimiy
belgisiga kirmaydi. Masalan, «u» fonemasi qul so’zida orqa qator, gul so’zida old
qator unli tarzida talaffuz etiladi.  
Undosh   fonemalarning   doimiy   artikulyatsion   belgilari   deb   ovoz   va
shovqinning   ishtiroki,   hosil   bo’lish   o’rni   va   usuli   kabilar   hisobga   olinadi.
Shuningdek, undosh tovushlar o’zbek tilida unlilardan avval kelganda aksariyat o’z
artikulyatsiyalari bilan talaffuz qilinadi. Masalan, zamon, somon so’zlaridagi z, e,
m   undoshlari   aniq   talaffuz   qilinyapti,   noz,   nos   so’zlarida   esa   so’z   oxirida
kelganligi   va   ulardan   keyin   unli   tovush   bo’lmagani   uchun   aniq   farqlanmaydi.
Jarangli   va   jarangsizlik   undosh   fonemalarning   o’zgaruvchan   belgisi   hisoblanadi.
Jarangli   undoshlar   so’z   oxirida   va   jarangsiz   undosh   yonida   kelganda   doim
jarangsiz variant bilan aytiladi.  
Nutq tovushlari va harfni farqlash kerak. Harf tovushning yozuvdagi shartli
belgisi   hisoblanadi.   Nutq   tovushlarini   talaffuz   qilamiz   va   eshitamiz   harflarni
ko’ramiz   va   yozamiz.   Tovushlarning   hosil   bo’lishida   o’pkadan   chiqayotgan
havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrab yoki uchramasdan chiqishi muhim rol
o’ynaydi.   Harflar   esa   qo’l   yoki   turli   texnik   vositalar   yordamida   yoziladi.   Harflar
9 davriy ahamiyatga ega. Masalan, arab, lotin, kirill yozuvlarida «t» harfi har xil (T,
ٺ ) yoziladi, lekin t tovushi yagona artikulyasion bazaga ega. 
Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga uchraydi (ketdi-ketti, nonvoy-
novvoy).   Bunga   fonemalarning   turli   ottenkalarda   (variantlarda)   namoyon   bo’lishi
sabab bo’ladi. ular dastlab ikkiga bo’linadi:
1.   Kombinator   o’zgarishlar   –   nutq   jarayonida   tovushlarning   bir-biriga   ta’siri
natijasida   ro’y   beradigan   o’zgarishlardir.   Bunga   assimiliyasiya,   dissimilyasiya,
akkomodatsiya, gaplologiya, sinerezis, eliziya kabi hodisalar kiradi. 
2.  Pozitsion   o’zgarishlar   –   tovushlarning  talaffuziga   ularning  so’zda   tutgan   o’rni,
o’rg’uning ta’siri kabilarning sabab bo’lishi hodisasidir. Bunga reduksiya, proteza,
epenteza,   epiteza,   prokopa,   sinkopa,   apokopa,   metateza   kabi   hodisalar   kiradi.   Bu
hodisalar fonetik jarayonda yakka va aralash holda ishtirok etishi mumkin. 
Turkiy tillarning barchasi, jumladan, o’zbek tili uchun ham singarmonizm hodisasi
xarakterli   sanaladi.   Ayniqsa,   o’zbek   tilining   tarixiy   bosqichlarida   singarmonizm
keng   tarqalgan   edi.   Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili   va   unga   asos   bo’lgan   shevalarda
singarmonizm   zaiflashib   bormoqda,   lekin   qipchoq   va   o’g’uz   lahjalariga   oid
shevalarda bu hodisa  hali  ham  mustahkam  o’rin egallaydi. Singarmonizm  – sin –
o’xshash,   xarmoni   ohang   (lotincha)   so’zlaridan   olingan   bo’lib,   tovushlar
ohangdoshligi degan ma’noni ifodalaydi. Singarmonizm deyilganda tovushlarning
bir-birniga uyg’unlashuvi tushuniladi. Tovushlarning uyg’unlashuvi unli va undosh
tovushlarda   kuzatiladi.   So’z   o’zagidagi   unli   tovushlar   qo’shimchalardagi   unli
tovushlarni   o’ziga   moslashtirsa   unlilar  uyg’unligi   deyiladi.  Bular   ikki   xil   bo’ladi:
1) tanglay singarmonizm; 2) lab singarmonizmi.  6
a) tanglay uyg’unligida unlilar qattiq va yumshoqlik, til oldi va til orqalik jihatidan
moslashadi. Masalan: ketamiz, temirchilik; umrum, uyqum. Boshidagi ikki so’zda
til oldi, keyingi so’zlarda esa til orqa unlilarining moslashuvi bor. 
b)   lab   uyg’unligida   so’zning   birinchi   bo’g’inida   u   va   o’   lablangan   unlilari   kelsa,
keyingi bo’g’inlarda ham lablangan unlilar keladi: ko’rib - ko’rub. 
6
 
10 Undoshlar   uyg’unligida   o’zakning   oxiridagi   undosh   tovushga,   qo’shimchaning
boshidagi undosh tovush moslashadi: boshta(da), o’tka(ga). 
Assimilyasiya – ikki xil noo’xshash tovushlarning bir-biriga ta’siri tufayli o’xshash
tovushlarga aylanish hodisasidir. Uning quyidagi turlari bor:
1. Progressiv   assimilyasiya   –   bunda   oldin   kelgan   tovush   ta’sir   etib,   keyingi
tovushni o’ziga o’xshatadi: ketdi – ketti, aytdi – aytti. 
Masalan:   -Ena,   biz   odamlarni   urug‘larini   emas,   shevalarini   o‘ziga   hos   jonli
so‘zlarini yig‘amiz . urug‘chilik davri o‘tib  ketti, - dedi sumangi  ittek  oriq va bir
joyda   turolmaydigan   ,bir   joyda   turolmay   qilpillaydigan   o‘qituvchi.   ( Bahodir
Qobul “Ena shamol” qissasi, 31-bet.)
-Sanga bu gaplar yozilgan kitoblarni o‘qish nasib etadimi- yo’qmi, bilmadimu,
har holda shu  qishloqqa  yetibsan shuni o‘zi katta gap.
(  Bahodir Qobul “Ena shamol” qissasi, 31-bet .)
2. Regrissiv assimilyasiya – bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir etadi va
o’ziga moslashtiradi: karnay – kannay, tuzsin – tussin. 
3. To’liq   assimilyasiya – bunda tovushlar bir-biriga aynan moslashadi: nonvoy –
novvoy. 
4. To’liqsiz  assimilyasiya   – bunda  tovushlar   o’zaro  qisman  moslashadi:  tanbur  –
tambur,   yuzta   –   yusta.   Bunda   «b»   lab-lab   undoshi   «n»   til   undoshini   lab-lab
undosh «m»ga aylantirish bilan o’ziga moslashtirgan. 
5. Kontakt assimilyasiya – moslashayotgan tovushlarning ketma-ket joylashuvidir,
yuqoridagi misollar. 
6. Distant   assimilyasiya   –   bir-biridan   u zoqda   joylashgan   tovushlarning
moslashuvi: sichqon – chichqon, soch-choch. 
Dissimilyasiya   –   so’z   tarkibidagi   bir   xil   yoki   o’xshash   tovushlardan   birining
noo’xshash   tovushga   aylanib   qolishi   hodisasi:   birorta   –   bironta   (ror   -   ron).   Bu
hodisa   assimilyasiyaning   aksi   hisoblanadi.   U ning   assimilyasiya   kabi   bir   necha
ko’rinishlari mavjud:
1. Progressiv dissimilyasiya – bunda keyingi tovush o’zgaradi: zarur-zaril, nonni-
nondi. 
11 2. Regrissiv   dissimilyasiya   –   bunda   oldingi   tovush   o’zgaradi:   maqtanmoq   –
maxtanmoq. 
3. To’liq dissimilyasiya – bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo’xshash tovushga
aylanadi: nonni-nondi. 
4. To’liqsiz   dissimilyasiya.   Bunda   qisman   o’xshash   tovushlarning   artikulyasion
xususiyatlaridan   ayrimlarigina   o’zgaradi.   Masalan,   uchta-ushta,   maqtov-
maxtov.   Bu   misollardagi   (cht>sht,   qt>xt)   «ch»   va   «t»;   «q»   va   «t»
undoshlarining   barchasi   portlovchidir,   ammo   «t»   ning   ta’sirida   «ch»
sirg’aluvchi «sh» ga, «q» esa sirg’aluvchi «x» ga aylangan. 
5. Kontakt dissimilyasiya – bunda yonma-yon to’rgan tovushlardan biri o’zgaradi:
maqsad-maxsad, zarar.
6. Distant   dissimilyasiya.   Bunda   dissimilyasiyaga   uchrayotgan   tovushlar   bir-
biridan uzoqroqda joylashgan bo’ladi: birorta-bironta. 
Misol: U yerdan  ushta  rasm daftar ham oldim.
Tovushlarning tushishi  bilan bog’liq hodisalar  ham  nutqda ko’p uchraydi. Ularga
quyidagilar kirradi: 
1. Prokopa   (ankopa)   –   so’z   boshidagi   tovushning   tushib   qolishi:   yiring-iring,
yirik-irik,   Yusuf-Usuf.   Prokopa   asosan   tarixiy   jarayon   maxsuli   bo’lib,   hozirgi
o’zbek adabiy tilida uchramaydi. 
2. Sinkopa – so’z o’rtasidagi  tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning
davomi   sifatida   yuzaga   keladi,   ya’ni   o’zak   morfemaga   affiks   qo’shilishi
natijasida,   urg’u   oxirgi   bo’g’inga   ko’chib,   o’zakdagi   unli   kuchsizlanadi   va
tushib qoladi: burun-burnim, o’g’il-o’g’lim. 
3. Apokopa   –   so’z   oxiridagi   tovushning   yoki   qo’shma   so’z   komponentlarining
tushirib   qoldirilishi:   baland-balan,   xursand-xursan,   Toshkent-toshken,
kilogramm-kilo. 
4. Siperizis – so’z tarkibida yondosh qo’llangan ikki unlining diftonglashuvi – bir
cho’ziq unli holiga kelishi: maorif – morif, saodat – so:dat, mutolaa – mutola. 
12 5. Eliziya   –   unli   tovush   bilan   tugagan   so’zga   unli   bilan   boshlangan   so’zning
qo’shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, ayta oldi – aytoldi,
Dili orom – Dilorom. 
Nutq   jarayonida   tovushlarning   bir-biriga   ta’sir   etishi   natijasida   tovush   orttirilishi
ham ro’y beradi. Tovush orttishining quyidagi turlari mavjud:
1. Proteza – so’z boshida tovush orttirilishi: ip-yip, ilon-yilon, rus-o’rus, stol-istol.
2. Epenteza – so’z o’rtasida tovush orttirilishi. Bu hodisa asosan boshqa tillardan
o’zlashtirilgan   so’zlar   tarkibida   yuz   beradi.   Bunda   yonma-yon   kelgan   unlilar
orasida   bir   undosh  tovush,  undoshlar  o’rtasiga   bir   unli   qo’shib  aytiladi:   doim-
doyim, oila-oyila, hukm-hukum, faxr-faxir, radio-radiyo. 
3. Epiteza – so’z oxirida tovush orttirilishi hodisasi: kiosk-kio s ka, tank-tanka. 
Tovush o’zgarishlarining yana quyidagi turlari ham bor:
1) reduksiya   –   unli   fonemaning   u rg’usiz   bo’g’inda   kuchsizlanishi:   bilan   –b:lan,
biroq-b:roq, bilim-b:lim. 
2) akkomodatsiya   –   bir   tovush   talaffuzining   ikkinchi   tovush   talaffuziga
moslanishi.   Masalan,   «i»   til   oldi   unlisi   qiz,   g’isht,   qiziq   kabi   so’zlarda   q,   g’
undoshlaridan keyin kelgani uchun til orqa ottenka bilan aytiladi. 
3) metateza   –   so’z   tarkbidagi   tovushlarning   o’zaro   o’rin   almashishi:   tuproq-
turpoq, isitma-istima, aylanmoq-aynalmoq ...
4) gaplologiya   –   so’z   tarkibida   yonma-yon   kelgan   ikkita   bir-biriga   o’xshash
bo’g’inlardan   birining   tushirilishi:   qaynona-qaynana-qayna,   Mamarasul-
Marasul. 
Transkripsiya – fonemalarning nutqdagi  turli  ottenkalarini, shuningdek,   mahalliy
lahja   va   shevalarning   fonetik   xususiyatlarini   yozuvda   aniq   ifodalash   uchun
qo’llaniladigan   maxsus   grafik   belgilar   tizimidir.   Bunday   tizimdan   xalq   og’zaki
ijodi namunalarini, o’zga til matnlarini yozib olishda keng foydalaniladi. 
Kombinator va pozision fonetik o’zgarishlar
Kombinator   va   pozitsion   o‘zgarishlar,   singarmonizm,   assimilyatsiya,
dissimilyatsiya,   metateza,   proteza,   epenteza,   eliziya,   diereza,   reduksiya,   apakopa,
sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa. 
13          Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon
kelgan   tovushlar   yoki   qo‘shimchalar   ta’siriga   uchrashi)   tufayli   turlicha   namoyon
bo‘ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o‘zgarishlar
kuchayib,   boshqa   tovushlarga   almashadi.   Nutq   jarayonida   sodir   bo‘ladigan
o‘zgarishlar tovushlarning  kombinator-pozitsion o‘zgarishlari  deyiladi. Masalan,
obod   va   yutdi   so‘zlarida   [ d]   tovushi   [ t]   tarzida   talaffuz   qilinadi,   ya’ni
jarangsizlashadi.   Yutdi   so‘zida   jarangsizlanish   qo‘shni   tovush   ta’sirida   yuz   bersa,
obod   so‘zi   talaffuzida   o‘zgarish   tovushning   so‘z   tarkibidagi   mavqeyi   bilan
bog‘liqdir.   Birinchi   holat   kombinator   o‘zgarish   bo‘lsa,   ikkinchi   holat   pozitsion
o‘zgarishdir. Biz quyida shu o‘zgarishlar haqida fikr yuritamiz. 
1. Singarmonizm.  Bu hodisada unli va undoshlarning o‘zgarishi farqlanadi.
Unlilarning   nutq   jarayonida   o‘zgarishi   singarmonizm   deyiladi.   Singarmonizm
unlilarning   moslashishi,   uyg‘unligi   demakdir.   Singarmonizm   faqat   turkiy   tillarga
xosdir. Uning ikki asosiy ko‘rinishi mavjud :
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til
orqalik   jihatdan   bir-biriga   moslashadi.   Masalan,   qalam   so‘zidagi   [ q]   undoshi
chuqur   til   orqa   undoshi   bo‘lganligi   bois,   birinchi   bo‘g‘indagi   [ a ]   unlisi   ham   til
orqalik   xususiyatiga   ega   bo‘ladi.   Buning   natijasida   esa   keyingi   bo‘g‘inda   [ a]
tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, birinchi [ a]  unlisi [ q]
undoshiga, keyingi bo‘g‘indagi [ a]  esa oldingi bo‘g‘indagi [ a]  unlisiga moslashadi.
Lab   garmoniyasida   unlilarning   moslashishi   ikki   tomonlama   bo‘ladi.   Bunda
unlilar   ham   til   oldi   -   til   orqalik   jihatidan,   ham   lablanganlik-   lablanmaganlik
jihatidan   o‘zaro,   shuningdek,   undoshlarga   ham   moslashadi.   Bunga   ko‘ra,   so‘z
boshidagi   unli  lablangan  til  oldi   unlisi  bo‘lsa,  so‘z  oxirida  ham  lablangan  til  oldi
unlisi   keladi.   So‘z   boshidagi   unli   lablangan   til   orqa   unlisi   bo‘lsa,   so‘z   oxiridagi
14 unli   ham   lablangan   til   orqa   unlisi   bo‘ladi.   Masalan,   boshqird,   sog‘in,   bo‘g‘in
so‘zlaridagi kabi. 7
2.   Assimilyatsiya.     Nutq   tovushlari   qator   kelganda   ba’zan   bir-biriga   ta’sir
qilib,   biri   ikkinchisini   o‘ziga   moslashtiradi.   Nutqdagi   bunday   hodisa
assimilyatsiya   deyiladi. Assimilyatsiya  ikki   xil   bo‘ladi:   progressiv   assimilyatsiya
va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatsa,
moslashtirsa,     progressiv   assimilyatsiya   yuz   beradi:   ket+di=ketti,   ayt+di=aytti,
ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka.  
Misol:   -Sanga   bu   gaplar   yozilgan   kitoblarni   o‘qish   nasib   etadimi-
yo’qmi,bilmadimu,har holda shu  qishloqqa  yetibsan shuni o‘zi katta gap.
(  Bahodir Qobul “Ena shamol” qissasi, 31-bet .)     
Keyingi   tovush   oldingi   tovushga   ta’sir   qilib,   uni   o‘ziga   o‘xshatsa,
moslashtirsa,   regressiv   assimilyatsiya   yuz   beradi:   yigit+cha=yigichcha,
yoz+sin=yossin, uch+so‘m=usso‘m, tuz+sin=tussin.
   Bu   ham   regressiv   assimilyatsiyaga   misol   bo‘ladi.   Regressiv   assimilyatsiya
odatda   progressiv   assimilyatsiyaga   nisban   nutqda   kamroq   uchraydi.   Chunki
assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga moslashtiradi.
Demak,   talaffuz   jarayoni   boshlanmasdan   burun   so‘zining   talaffuz   texnologiyasi
haqidagi tasavvur ham hosil bo‘lmog‘i lozim. 
Assimilyatsiya to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin.
To‘liq  assimilyatsiyada   bir   tovush   ikkinchi   tovushga   aynan     moslashadi   va
to‘lig‘icha   uning   tusiga   kiradi.   Yuqorida   keltirilgan   so‘zlarning   hammasi   to‘liq
assimilyatsiyaga   misol   bo‘ladi.   Qisman   assimilyatsiyada   nutq   tovushlaridan   biri
ikkinchisini   biror   tomondan   qisman   o‘xshatadi     (moslashtiradi):   osh+ga-oshka,
ish+ga-ishka  so‘zlarida jo‘nalish kelishigidagi [ g]  tovushi oldingi [ sh]  tovushining
ta’sirida   [ k]   tovushiga   aylanmoqda.   Bu   so‘zda   qisman   assimilyatsiya   yuzaga
kelmoqda,   ya’ni   [ g]   jarangli   tovushi   o‘zidan   oldingi   [ sh]   tovushiga   faqat   bir
tomonlama   –   jarangsizlanish   tomonidan   o‘xshamoqda,   xolos,   lekin   to‘liq   uning
7
  Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev SH. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1992 y.  
15 tusiga   kirgan   emas.   [ Uchta ]   leksemasining   ushta,   [pochta]   leksemasining   poshta
deb  talaffuz  qilinishi   ham   shu   hodisaga   misol   bo‘la   oladi.    Rus   tilidagi   к a робк a,
в o дк a:  inglizcha:  goods ,  cats  so‘zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud. 
  Qator     kelgan     noo‘xshash   nutq   tovushlarining   bir-biriga     ta’siri
natijasida   biri   ikkinchisini   o‘ziga   moslashtirgan   holda,   o‘xshash
tovushga aylanishi assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi:
        Progressiv  assimily at siy a .  Talaffuz jarayonida  oldingi noo‘xshash
tovush   keyingi     tovushni   o‘ziga   o‘xshatsa,     moslashtirsa,   bu   hodisani
progressiv   assimilyatsiya   deyiladi:   ke t+di=ketti,   ot+dan=ottan,
yet+di=yetti, to‘k+gan=to‘kkan, buyruq+ga=buyruqqa, yurak+ga=yurakka .
          Regressiv   assimily at siy a .   Keyingi   noo‘xshash   tovush   oldingi
tovushga   ta’sir   qilib,   uni   o‘ziga   o‘xshatsa,     moslashtirsa,   bu   hodisani
regressiv   assimilyatsiya   deyiladi:     yigit+cha=yigichcha,   yoz+sin=yossin,
tuz+siz=tussiz, bir+ta=bitta, non+voy=novvoy .
            Dissimilyatsiya.     Og‘zaki   nutqda   tovushlar   doimo   bir-biriga   o‘xshamasdan,
ba’zan uning aksi bo‘ladi. Ayrim paytda talaffuzda ikki o‘xshash tovush bir joyda
yoki   bir   so‘zda   kelgan   vaqtda   ulardan   biri   noo‘xshash   tovushga   aylanib   ham
qoladi. Bunday hodisa assimilyatsiya kabi progressiv va regressiv bo‘ladi. Keyingi
tovush  noo‘xshash   tovushga   aylansa  progressiv   dissimilyatsiya   yuz  beradi:   zarar-
zaral, zarur-zaril, birorta-bironta, muyassar-muyastar  kabi.  
Oldingi   tovush  o‘zgarsa,  regressiv   dissimilyatsiya   yuz  beradi:   malol-malor,
koridor-kalidor, ittifoq-intifoq  kabi. 
  Dissimilyatsiya   hodisasi   odatda   juda   kam   uchraydi.   Hatto
assimilyatsiyaning   regressiv   turiga   nisbatan   ham   ancha   kam   qo‘llanadi.   Chunki
dissimilyatsiya   hodisasi     nutqda,   odatda   o‘xshashlikdan   noo‘xshashlikka,
ixchamlikdan   noqulaylikka   qaratilgan   harakat   bo‘lib,   tavtologiyadan   qutilishga
xizmat   qiladi.   Og‘zaki   nutqda   tumba-tunba,   tramvay-tranvay,   konbayn-kombayn
deb talaffuz qilishimiz ham dissimilyatsiyaga misol bo‘ladi. 
16 Dissimily at siy a .   So‘zning   bir   o‘rnida   yoki   turli     o‘rinlarida   o‘xshash
tovushlarning     talaffuz   paytida     noo‘xshash   tovushga   aylanishi
dissimilyasiya     Deyiladi.   Dissimilyasiya     ham   assimilyatsiya   hodisasi
singari ikki turga bo‘linadi: 
          Progressiv   dissimily at siy a   keyin   kelgan     o‘xshash   tovushning
talaffuzda   noo‘xshash   tovushga   aylanishidir:   zarar-zaral,   zarur-zaril,
kissa-kista.
          Regressiv   dissimily at siy a   oldin   kelgan   o‘xshash   tovushning
talaffuzda   noo‘xshash   tovushga   aylanishidir:   koridor   -   kalidor,   ittifoq   -
intifoq, nodon - lodon.
        Metateza.     Og‘zaki   nutqda   ba’zan   yonma-yon   kelgan   undosh   tovushlarning
o‘rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon  metateza  deyiladi:  r-y:  daryo-
dayro:   m-g‘:   yomg‘ir-yog‘mir,   b-r:   tebratmoq-terbatmoq:   m-l :   yamlamoq-
yalmamoq:  h-v:  ahvol-avhol:   p-r:  tuproq-turpoq,   r-g :  o‘rganmoq-o‘granmoq:    g‘-
r:  to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq,   n-m:  aylanmoq-aynalmoq  va b. Chunonchi, rus tilidagi
т a р e л ka  so‘zi aslida nemischa  talerka  shaklida bo‘lgan, arabcha  oqvot  so‘zi o‘zbek
tiliga   ovqat   tarzida   qabul   qilingan.   Demak,   bu   hodisa   chetdan   kirgan   so‘zlarda
ko‘proq uchraydi.
Og‘zaki   nutqda   ba’zan   yonma-yon   kelgan   undosh   tovushlarning   o‘rni
almashinishi   mumkin.   Nutqdagi   bunday     jarayon   metateza   deyiladi:
daryo - dayro, (r-y), yomg‘ir - yog‘mir (m-g‘), ahvol - avhol (v-h) tuproq -
turpoq (p-r), aylanmoq - aynalmoq (n-m).
Pozit sion   o‘zgarishlar   quyidagilar:   proteza,   epenteza,   prakopa,
anakopa, sinkopa, eliziya, reduktsiya. 
        1.   Prot eza     so‘z   boshida     bitta   unlining   orttirilishi   proteza   hodisasi
deyiladi: stol - istol, stul - istul,  stakan - istakan.
17           2.   Epent eza   so‘z   boshida,   o‘rtasida   va   oxirida     ikki   undosh   qator
kelganda, ular orasida i, ba’zan u va  a unlisi orttiriladi: fikr - fikir, hukm
-   hukum,   umr-umur,   doklad   -   dokalad,     mashq   -   mashiq,   bank-banka,
tank-tanka.
          3.   Prok opa     bunda   so‘z   boshida   ba’zan   unli   yoki   undosh   tovush
tushib qoladi:  yirik- irik-iri, yog‘och - ag‘ach.
          4. Sink opa    bu hodisa asosan o‘zlashma so‘zlar talaffuzi jarayonida
yuzaga   kelib,   so‘z   o‘rtasi   va   oxiridagi   keng   unlilar   tor   unlilar   kabi
talaffuz   qilinadi   hamda   ayrim   hollarda   tushiriladi:     traktor-traktir,
direktor - direktir, doktor - duxtir.
          5.   Anak opa     so‘z    o‘zagidagi    oxirgi   unli  yoki     undoshning  tushish
hodisasidir:   do‘st   -   do‘st,   go‘sht   -   go‘sh,   gazeta   -   gazet,     smena-smen,
mashina-moshin
Proteza.   So‘z   boshida   bitta   unlining   orttirilishi   proteza   hodisasi   sanaladi.
Odatda, sonor [ r]   tovushidan   oldin [ o‘]   va [ i]   unlilari orttiriladi : ro‘mol-o‘ramol,
ro‘za-o‘raza,   rayhon-irahon,   rozi-irozi,   rais-irais,   rang-irang,   ro‘zg‘or-o‘razg‘or
kabi .   Ayrim   holatda   so‘z   boshida   sirg‘aluvchi   va   portlovchi   ikki   undosh   qator
kelganda   [ i ]   unlisi   orttirilishi   mumkin:   shkaf-ishkaf,   sprafka-isparafka,   stol-istol,
shtraf-ishtarap, stansiya- istansa.
Epenteza.   So‘z   boshida,   o‘rtasida   va   oxirida   ikki   undosh   qator   kelganda
ular orasida [ i ], ba’zan [ u]  va [ a]  unlisi orttiriladi:  fikr-fikir, hukm- hukum, doklad-
dakalad, klass-kilass. 
Epiteza.   So‘z   oxirida   bir   o‘rinda   kelgan   ikki   undoshdan   so‘ng   [ a]
tovushining   qo‘shilish   hodisasidir:   disk-diska,   bank-banka,   tank-tanka,   kiosk-
kioska, otpusk-otpuska  kabi.
18 Prokopa.   Bunda so‘z boshida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi :
yiroq-iroq, yigna- igna, yog‘ach-og‘och,  yirik-iri. 
  Sinkopa   hodisasiga     binoan   so‘z   o‘rtasidagi   va   oxiridagi   keng   unlilar   tor
unlilar kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi:   valochka-valichka,
traktor-traktir, avtor-avtir, director-direktir, generator-generatir  kabi.
  Apakopa   so‘z   o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir:
do‘st-do‘s, xursand-xursan, gazeta-gazit, smena-smen  va h.
  Sinerezis    hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri
kuchsizlanadi  va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi    unli  fonema esa cho‘ziq talaffuz
etiladi:   maorif-mo:rif,   saodat-so:dat,   qiroat-qiro:t,   jamoat-jamo:t.   Bu   hodisa   asl
o‘zbekcha so‘zlarga xos emas.
Reduksiya.   So‘zning birinchi bo‘g‘nida biror unlining, odatda, tor unlining
kuchsizlanib   talaffuz   qilinishidir.   Masalan,   bir,   bil,   til   sozlari   bir   bo‘g‘inli
bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi [ i ] unlisiga tushganligi tufayli bu so‘zlardagi [ i ]
unlisi  me’yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin shu so‘zlarning oxiriga
ikkinchi   bir   bo‘g‘in   qo‘shilishi   bilan   urg‘u   ham   ikkinchi   bo‘g‘inga   ko‘chadi.
Natijada birinchi  bo‘g‘indagi  [ i ] unlisi  kuchsizlanadi  va eshitilar-eshitilmas  holda
sust   talaffuz   qilinadi:   bilak,   tilak,   biroq.     Birinchi   bo‘g‘indagi   urg‘ularning   ana
shunday   kuchsizlanib   talaffuz   qilinishi   reduksiya   hodisasiga   misol   bo‘la   oladi
(reduksiya   so‘zining   lug‘aviy   ma’nosi   “kuchsizlanish”,   “orqaga   qaytish”,   “pastga
tushish”   demakdir).   Reduksiyaga   quyidagi   so‘zlarning   birinchi   bo‘g‘nida   kelgan
[ i ]   ning     kuchsizlanib   talaffuz     qilinishi     ham   misol   bo‘la   oladi :   pishiq,   shira,
pishak,   qiliq,   ichak   kabi.   Reduksiyaning   ikkinchi   bo‘g‘inda   kelish   hollari   ham
uchrab   turadi.   Bu   hodisa   so‘zga   uchinchi   bo‘gin   qo‘shilganda   sodir   bo‘ladi   -
ikkinchi   bo‘g‘indagi   unli   tamoman   kuchsizlanib,   tushib   qoladi.   Masalan ,   burun-
burni, bo‘yin-bo‘yni, egin-egni, keyin-keyni  singari . 
Eliziya.   Unli   bilan   tugovchi   va   unli   bilan   boshlanuvchi   ikki   so‘zning
qo‘shilishi   natijasida   unli   tovushdan   birining   tushib   qolish   hodisasidir.   Bunda   bir
necha   holat   kuzatiladi:   a)   birinchi   so‘z   oxiridagi   unli   tushib   qoladi :   yoza   oladi-
yozoladi,   bora oladi- boroladi, qora ot- qorot;   b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi
19 so‘zning   bosh   unlisi   tushib   qoladi:   borar   ekan-borarkan,   borar   emish-   borarmish,
yozgan   ekan-yozgankan   kabi :   v )   Abdusalom   so‘zining   Absalom,   Abdujabbor
so‘zining   Abjabbor,   olib kel   so‘zining   opke   tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir
unli   va   bir   undoshning   tushib   qolishi     ham   eliziyaning   yuqori,   murakkablashgan
formasi   hisoblanadi.   Bunday   hollarda   eliziyaning   murakkablashishi   natijasida
so‘zlarning qisqargan shakli hosil bo‘ladi. 
Eliziya   unli   bilan   tugaydigan     va   unli   bilan   boshlanadigan     ikki
so‘zning   qo‘shilishi   natijasida     unli   tovushdan   birining   tushib   qolish
hodisasidir. Bunda bir necha   holat kuzatiladi:   a) birinchi so‘z oxiridagi
unli tushib qoladi:   yoza olmoq - yozolmoq, bera olmoq - berolmoq; b)
unli   bilan   boshlanuvchi   ikkinchi   so‘zning     bosh   unlisi   tushadi:   borar
ekan - borarkan, borar emish - borarmish, borar edi - borardi;  v) so‘zlar
tarkibida   bir yo‘la ham unli, ham undosh tovushlarning tushib qolishi
eliziyaning murakkab shaklini yuzaga keltiradi:   Abdusalom - Absalom,
Abusami - Apsami, olib kel - opke.
Diereza.   So‘z   tarkibida   birorta   tovushning   tushib   qolishi.   O‘zbek   tilida
go‘sht,   do‘st,   rost,   bo‘lsin   so‘zlari   tarkibida   kelgan   [ t ]   va   [ l ]   tovushlari   tushirib
talaffuz qilinadi:  go‘sh, do‘s, ros, bo‘sin  kabi. 
Demak, nutq tovushlari har bir til qonun- qoidalariga muvofiq ma’lum tartib
bilan  tutashib,   birikib  so‘z   hosil   qilar   ekan,   so‘z  tarkibida  aks   ettirilgan   harflarga
nisbatan   o‘zgargan holda ham talaffuz etilishi mumkin. Ba’zi hollarda bu imloda
ham   o‘z   aksini   toptadi.Bunda   o‘zbek   adabiy   tilidagi   [ -ga ]     qo‘shimchasining
variantlarini   misol   qilish   mumkin:   terak+ga=terakka,   buloq+ga=buloqqa .   Eliziya
hodisasiga uchragan  ba’zi so‘zlar ham shular jumlasidandir. 
Reduk t siy a     so‘zning   birinchi     bo‘g‘inida   biror   unlining,   odatda   tor
unlining     kuchsiz   talaffuz   etilishidir.   Masalan:   pishiq,   pishak,   qiliq
so‘zlaridagi birinchi i unlisi   nihoyatda   kuchsiz talaffuz qilinishi   bunga
misol bo‘la oladi. 
20           Ba’zan   so‘zga   biror   affiks   qo‘shilishi   bilan     o‘zakdagi     tor   unli
kuchsizlanib,   tushib  qolishi  ham    mumkin:   burun   -  burni,     egin   -  egni,
o‘g‘il   -   o‘g‘li,   singil   -   singlim   kabi.   Mazkur   holat     pozitsion   o‘zgarish
doirasida sodir bo‘ladi.
            Qo‘sh   unli   v a   undoshlarning   qo‘llanishi.   O‘zbek   tilida   so‘z
tarkibida   tovushlarning   qo‘shaloq   qo‘llanishi   asosan   o‘zlashma   so‘zlar
ta’sirida paydo bo‘lgan hodisadir. Chunki o‘zbek tilidagi so‘zlar tarkibida
tovushlar   aksariyat   hollarda     unli+undosh   yoki   aksincha   undosh+unli
tarzida     joylashadi.   Xususan,   o‘zbek   adabiy   tilida     bir   xil   unlilarning
yonma-yon   kelishi,   asosan,     so‘z   o‘zlashtirish   orqali   vujudga   kelgan
bo‘lib, so‘zning quyidagi  o‘rinlarida uchratish mumkin: 
1.So‘z o‘rtasida: manfaat, badiiy, murojaat, taajjub; 2. So‘z oxirida:
mudofaa, matbaa, mutolaa.
          Har   xil   unlilarning   yonma-yon   kelishi   ham   tilimizdagi   o‘zlashma
so‘zlarga   xos   bo‘lib,   so‘zning   barcha   o‘rinlarida   uchraydi:   oila,   aorta,
qoida, jamoat, jamoa, qanoat kabi.
          Adabiy     tilda   har  xil   va   bir  xil   unlilarning    yonma-yon   ishlatilishiga
nisbatan   undoshlarning     ana   shunday   qo‘llanishi     kengroq   tarqalgan.
Masalan,   bir   xil   undoshlarning   yonma-yon   kelishi   o‘z   va   o‘zlashma
so‘zlarda   so‘z   o‘rtasida   kuzatiladi:     sakkiz,   ikki,   ellik,   chappa,   to‘qqiz,
o‘ttiz,   sodda,     mudarris,   Muzaffar,   Izzat,   gijja,     hamma   kabilar.   So‘z
oxirida   esa   bu   hodisa   faqat   o‘zlashma   so‘zlarda     uchraydi:   progress,
kilovatt, gramm, matall kabi. 
            Har   xil   undoshlarning     yonma-yon   kelishi:   stol,   spravka,   shtrix,
traktor kabi o‘zlashmalarda  so‘z boshida; qavart,  yugurt, muzey,  do‘st,
21 qand, past, baland, baxt kabi o‘z va o‘zlashma so‘zlarda esa so‘z oxirida
uchraydi. 8
Xulosa 
Xulosa  qilib  aytadigan   bo’lsak,   til   murakkab  va   ko’p  qirrali  ijtimoiy  hodisa
bo’lib,   undagi   birliklar   barcha   jihatdan   uzviy   bog’langan.   Ushbu   birliklarga
aloqador   qonuniyatlar   ham   o’zaro   bog’liq   hisoblanadi.   Tildagi   tarixiy   fonetik
o’zgarishlar   ma’lum   tarixiy   fonetik   qonuniyatlar   asosida   ro’y   beradi.   Fonetik   –
fonologik   o’zgarishlar   tilning   ichki   qonuniyatlari   bilan   bog’liq   hodisadir.   Tildagi
tarixiy-fonetik   o’zgarishlarni   o’rganuvchi   qiyosiy-tarixiy   tilshunoslik   sohasi
8
 Jamolxonov X. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2005 y. 
22 qiyosiy-tarixiy fonetikadir. Qardosh tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy
tillar)tarixiy   fonetik   o’zgarishlar   natijasida   so’zlardagi   etimologik   va   geneologik,
ya’ni   kelib   chiqish   jihatdan   o’xshashlik   va   farqli   tomonlarini   qiyosiy-fonetika
aniqlab   beradi.   Qardosh   va   qardosh   bo’lmagan   tillardagi   tarixiy-fonetik
o’zgarishlarni   tahlil   qilish   natijasida   tipologik,   qiyosiy   -tipologik   fonetika,
fonologiya sohalari shakllandi. 
Fonetika   keng   ma’noda   nutq   tovushlarini   hosil   qilishda   ishtirok   etadigan
nutq   a’zolarining   tuzilishini,   fonetik   birliklarning   o’ziga   xos   xususiyatlarini   va
tovush   o’zgarishi   hodisalarini   o’rganadi.   Fonetik   birliklarga   nutq   tovushlari,
bo’g’in,   fonetik   so’z,   takt,   fraza,   u’rg’u,   ohang   kabilar   kiradi.   Shuni   ta’kidlash
lozimki,   fonetika,   tabiatdagi   har   qanday   tovushlarni   emas,   balki   inson   nutq
apparatida   hosil   bo’luvchi,   ijtimoiy   qiymatga   ega   bo’lgan   nutq   tovushlarini
o’rganadi.   Tabiatdagi   boshqa   tovushlarni   esa   fizika   fanining   akustika   bo’limi
tekshiradi. 
Fonetikaning   maqsadi:   fonetik   birliklarning   akustik,   anatomik-fiziologik   va
funksional   asoslarini   o’rganish   va   ularning   til   mexanizmidagi   rolini   aniqlashdan
iborat. 
Fonetika   tovushlarning   eshitilish   tomonini   o’rganishda   akustikaga,   talaffuz
qilinishi,   aytilishi,   hosil   bo’lish   tomonlarini   o’rganishda   fiziologiyaga   tayanib   ish
ko’radi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
Siyosiy adabiyotlar:
1. Karimov I. A.  Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent; “Ma`naviyat”
nashriyoti 2008, 83-bet
23 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi. Toshkent O‘zbekiston; 2018. 11-12-betlar.
Ilmiy adabiyotlar:
1. Содиков А. Абдуазизов А. Ирискулов М. Тилшуносликка кириш.
    Тошкент  1981 -y  52-бет.
3. Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A. va boshqalar. Hozirgi 
o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1980 - y. 
4. Tursunov   U.,   Muxtorov   J.,   Rahmatullayev   S h .   Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili.
Toshkent, 1992 y. 
5. Jamolxonov X. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2005 - y. 
6. Irisqulov A. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1992 - y. 
7. Abduazizov A. O’zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. Toshkent, 1992 - y.
8. Nurmanov A, Yo’ldoshev V. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Toshkent, 2001 -y
9. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1996 - y. 
10. Nurmonov A. O’zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. Toshkent, 1990 - y. 
Internet sahifalari:
                www.ziyonet.uz  , www.arxiv.uz
24

Mavzu: O‘zbek tilida tovush o‘zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar) R E J A : I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Tovush o’zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar) va uning sabablari. 2. K ombinator va pozision fonetik o’zgarishlar . 3. O’zbek tilida: a) assimilyatsiya (to’liq va to’liqsiz, progressiv va regressiv assimilyatsiya) hodisasi; b) dissimilyatsiya (to’liq va to’liqsiz, progressiv va regressive dissimilyatsiya) hodisasi; d) proteza hodisasi; e) eliziya hodisasi; f)reduksiya hodisasi; g) metateza hodisasi; h) epenteza hodisasi; i) sinkopa hodisasi; j) apokopa hodisasi va boshqa fonetik jarayonlar. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 1

Kirish Inson faoliyatida til borliqni bilish va rivojlantirish, fikr almashish vositasi hisoblaadi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar nafaqat qayd etiladi va saqlanadi, balkim kelajak avlodlarga ham yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Ona tiliga xurmat va uning bebaho so‘z xazinzasidan foydalanish, til vositasida ravshan va ta`sirchan so‘zlab, yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo‘lgan har bir shaxsning burchidir. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovo‘zining ”Yuksak ma`naviyat – yengimas kuch” asarida shunday deydilar: ”O‘zlikni anglash ,milliy ong va tafakkurning ifodasi orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tili bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Buyuk ma`rifatparvar inson Abdulla Avloniy aytganlaridek ”Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadirg‘on oyinayi hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir” ” 1 Aytish mumkinki, til va xalq jon ila tandir. Shuning uchun har bir xalq o‘z tili taraqqiyoti uchun qayg‘uradi, uing iqboli uchun kurashadi. Olib borilayotgan islohotlar natijasida shuni aytish mumkinki, ta`limga berilayotgan e`tibor kishilarning o‘z ona tilisiga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlaydi. ”Joriy yilda yangi ta`lim masalalarini qurib, e`tibor qaratildi. Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining jamiyatimizda katta o‘rni va ahamiyatini e`tiborga olib, Maktabgacha ta`lim vazirligini tshkil etdik. Oliy ta`lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-2021-yillarda Oliy ta`lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi qabul qilindi.” 2 1 ? Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent; “Ma`naviyat” nashriyoti 2008, 83-bet 2 ? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Toshkent- O‘zbekiston; 2018. 11-12-betlar. 2

Umuman olganda bugun ta`limga,tilga qaratilayotgan munosabat bugungi glaballashuvga mos ravishda jadallashmoqda desak xato bo‘lmaydi. Buning isboti sifatida fandagi o‘zgarish va yangiliklarni ifodalash kifoyadir. Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi. Til murakkab va ko’p qirrali ijtimoiy hodisa bo’lib, undagi birliklar barcha jihatdan uzviy bog’langan. Ushbu birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o’zaro bog’liq hisoblanadi. Tildagi tarixiy fonetik o’zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Fonetik – fonologik o’zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog’liq hodisadir. Tildagi tarixiy- fonetik o’zgarishlarni o’rganuvchi qiyosiy- tarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy fonetikadir. Qardosh tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy tillar)tarixiy fonetik o’zgarishlar natijasida so’zlardagi etimologik va geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o’xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy-fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh bo’lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o’zgarishlarni tahlil qilish natijasida tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari shakllandi. Til taraqqiyotidagi fonetik o’zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-fonologik qonuniyatlar quyidagilar: 1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog’liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm(tovushlarning uyg’unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik qonuniyatdir. 2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo’lgan qonuniyatlarni ifodalaydi. Masalan, turkiy tillarga mansub o’zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o’zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o’ziga xos rivojlanish omillari bilan bog’liqdir. Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtai nazardan ikkiga bo’linadi. 1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Til tarixining tarixiy tovush o’zgarishlarini o’rganuvchi bo’limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi. 3

2) davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir bo’layotgan fonetik o’zgarishlarni izohlaydi. Tarixiy-fonetik va fonologik o’zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladi. Fonetik va fonologik o’zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko’payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro’y beradi; 1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi konvergensiya deyiladi. O’zbek tili tarixida bo’lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho’ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o’rta cho’ziqlikka ega bo’lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan. 2.Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi. Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: a va o. Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o’zgarishlari ham kiradi. Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida o’rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega. 3 Tovush o’zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar) va uning sabablari. Kombinator va pozitsion o‘zgarishlar. Fonetika – grekcha phone – tovush so’zidan olingan bo’lib, tilshunoslikning alohida bo’limi hisoblanadi va tilning tovush tomonini o’rganadi. Yana bir adabiyotda esa fonetikani mana bunday ta`riflashdi “Tilshunoslikning fonetika (yunoncha phone-“tovush”)qismi tilning nutq tovushlari haqidagi fanidir” 4 Fonetik protsesslar qo‘shni tovush artikuliyatsiyasining boshlanishi va tugallanishi hamda tovushning so‘z tarkibidagi mavqeyi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, fonetik protsesslar ikki turli bo‘ladi: kombinator va pozitsion . Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Bu hodisani o‘rganuvchi 3 Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1980 y. 4 Содиков А. Абдуазизов А. Ирискулов М. Тилшуносликка кириш. Тошкент 1981 52-бет. 4

bo‘lim kombinator fonetika deyiladi. Pozitsion o‘zgarishlar tovushlarning ma`lum holatda ro‘y beruvchi beruvchi hodisalarni o‘rganadi. 5 Fonetika keng ma’noda nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining tuzilishini, fonetik birliklarning o’ziga xos xususiyatlarini va tovush o’zgarishi hodisalarini o’rganadi. Fonetik birliklarga nutq tovushlari, bo’g’in, fonetik so’z, takt, fraza, urg‘u, ohang kabilar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, fonetika, tabiatdagi har qanday tovushlarni emas, balki inson nutq apparatida hosil bo’luvchi, ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan nutq tovushlarini o’rganadi. Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika bo’limi tekshiradi. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional asoslarini o’rganish va ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o’rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil bo’lish tomonlarini o’rganishda fiziologiyaga tayanib ish ko’radi. Fonetikaning bo’g’in, urg’u bilan shug’ullanuvchi tarmoqlari badiiy adabiyot, she’riyat bilan aloqador. Fonetikani o’rganish orfografiya (to’g’ri yozish), orfoepiya (to’g’ri talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o’zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar o’rtasidagi farqni aniqlashga, boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini to’g’ri shakllantirishga katta yordam beradi. Hozirgi vaqtga kelib fonetika tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biri bo’lib, ikki mustaqil qism fonetika va fonologiyadan tarkib topgandir. Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o’rganiladi. S h unga asosan uning quyidagi bo’limlari mavjud: 1. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi. 5 Содиков А. Абдуазизов А. Ирискулов М. Тилшуносликка кириш. Тошкент 1981 5 4 -бет . 5