logo

fonemalarning variantlashuvi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84 KB
MAVZU:  FONETIKANING VARIANTLASHUVI.
REJA:
1. Fonetikaning variantlashuvi.
2. Fonetik jarayonlar.
3. Undosh fonemalar paradigmasi.
4. Fonetika va fonologiyaning o‘rganish manbai,   predmeti, maqsad va vazifalari.
5. Unli fonemalar paradigmasi. FON ETIKA NING   VARIANTLASHUVI .   Fonema   va   tovush   munosabati
invariant   –   variant   dialektikasini   o‘zida   aks   ettiradi.   Nutqiy   variantlanishlarda
fonemalar   turli–   tuman   tovush   sifatida   yuzaga   chiqadi   va   ularni   shartli   ravishda,
masalan,   (bl),   (b2),   (b3),   (b4),   (b5),   (b6),   ...(bn)   tarzida   belgilash   mumkin.   Nutqda
voqelangan   barcha   (b)   larni   bitta   [b]   fonemasiga   birlashtirishda   ularning   umumiy
xossalari   «yig'iladi».   Bunday   umumiy   xossalardan   biri   ularning   fizik   (akustik)   va
fiziologik   (artikulyatsion)   o‘xshashliklaridir.   Turli   talaffuz   sharoitlarida   bu   umumiy
belgilar   o‘zgarishga   uchrashi   mumkin.   Lekin   bu   o‘zgarish   miqdor   o‘zgarishlari
darajasida   bo‘lib,   sifat   o‘zgarishi   bosqichiga   yetmaydi.   Aks   holda,   u   boshqa
fonemaning variantiga aylanib ketgan bo‘lur edi. Masalan, [a] fonemasi «quyi keng»
va «lablanmagan»lik mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchalik
o‘zgarishga   uchramasin,   baribir,   tovush   bu   fonemaning   varianti   hisoblanishi   uchun
mazkur   raohiyat   chegarasidan   chiqmasligi   lozim.   Qalam   va   katta   so‘zlarida   4   ta   (a)
tovushi   mavjud   bo‘lib,   bularning   barchasi   yuqorida   aytilgan   «quyi   keng»,
«lablanmaganlik» umumiy belgisiga ega. Shu boisdan ular [aj fonemasining varianti
hisoblanadi.   Biroq   (a)   tovushlari   yumshoq   –   qattiqligi   va   til   oldi   –til   orqaligi   bilan
farqlanadi.   Qalam   so‘zidagi   [a]   tovushlari   til   orqa   va   qattiq   unlilar   bo‘lsa,   katta
so‘zidagi   [a]   lar   til   oldi   va   yumshoq   unlilardir.   Bu   belgilar   [a]   fonemasi   zotiy
mohiyatida   mayjud   bo‘lmay,   balki   [a]   tovushlarining   talaffuzi   jarayonida   boshqa   (q
va   k)   tovushlar   ta'sirida   yuzaga   kelgan   hodisalardir.   Boshqacha   aytganda,   (a)
tovushlari   mohiyatiga   daxldor   bo‘lmagan,   o‘zga,   begona   mohiyat   zarralarining   (a)
fonemasi   ko‘rinishiga   yopishgan   tajallilardir.   Bu   tajallilar   bir   qarashda   (a)   tovushi
mohiyatiga   daxldordek   tuyuladi.   Shu   boisdan   darslik   va   qo‘llanmalarda   (a)
fonemasining zotiy belgilaridan biri sifatida mazkur xossa ham ajratiladi. Bir fonema
ham   tor,   ham   keng   yoki   ham   jarangli,   ham   jarangsiz   bo‘la   olmaganligi   kabi   (a)
fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovushi sifatida voqelana olmaydi. Demak,   zot   va   tajalli   hamda   umumiylik   va   xususiylik   metodologiyasi   bilan
qurollangan   tadqiqotchi   tovushlardagi   mohiyatga   daxldor   va   daxldor   bo‘lmagan
jihatlarni boshqalardan ko‘ra tezroq va aniqroq ilg'aydi.
Fonemaning   zotiy   mohiyati   doirasidan   chiqqan   tovush   uning   varianti
sanalmaydi. Masalan,  (b)  fonemasi  jarangli  undosh fonemadir. Talaffuzda u jarangli
bo‘lsagina, (b) fonemasining varianti sanaladi. Kitob so‘zi kitop tarzida talaffuz etilsa,
voqelangan   (p)   tovushi   (b)   fonemasining   nutqiy   varianti   hisoblanmaydi.   Chunki
jarangsizlashuv   hodisasidagi   miqdor   o‘zgarishi   me'yor   chizig'idan   o‘tib,   sifat
o‘zgarishi  darajasigacha  yetgan va (p)  fonemasi  mohiyati  chegarasiga kirgan. Xuddi
shunday   (a)   fonemasi   voqelanishida   ham   «torlik»   belgisining   kenglik   chegarasiga
yetishi bilan variant [i] fonemasi mohiyati chegarasiga kirib ketadi.
Tovush   (variant)larning   bir   fonemaga   birlashishi   uchun   ularning   barchasida
o‘zgarishsiz   saqlanadigan   muhim   bir   xossa   e'tiborga   olinishi   lozim.   Bu   bir   guruhga
kiruvchi barcha variantlarning ushbu guruhga kirmaydigan boshqa variantlarga bir xil
qarama   –   qarshi   turishi   (bunday   belgi,   odatda,   fonologik   farqlovchi   belgi   ham
deyiladi)   va   bir   xil   ma'no   farqlashidir.   Boshqacha   aytganda,   tovush   (variant)lar   bir
fonemaga   birlashishi   uchun   ular   funksional   umumiylikka   ham   ega   bo‘lishi   lozim.
Ma'no farqlash xossasi ana shunday funksional umumiylikdir. Fonema ma'no farqlash
xossasiga   ega.   Lekin   tovushlarning   barchasi   ham   har   doim   ma'no   farqlayvermaydi.
Bir   fonemaning   nutqiy   variantlari   o‘rnini   ikkinchi   fonemaning   nutqiy   varianti
egallasa, so‘z o‘zgarib ketadi: bosh –bot, bosh – besh kabi. Lekin bir fonemaning bir
varianti o‘rnini uning ikkinchi bir varianti bilan almashtirilsa, ma'no farqlash amalga
oshmaydi. o‘t (o‘simlik) so‘zidagi (o‘) unlisini birov til oldi, boshqasi  esa shevaning
fonetik   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   til   orqa   tovushi   sifatida   talaffuz   etadi.
Lekin   ular   bir   fonema   variantlari   bo‘lganligi   sababli   o‘zaro   ma'no   farqlash
qobiliyatiga ega emas.
Demak,   fonema   deganda   uning   f   izik   –   f   iziologik   xossalari   majmuidan   iborat
ma'lumotnigina   tushunmaslik   kerak.   Masalan,   fizik   –   fiziologik   umumiylik   bo‘lgan (b)   balki   barcha   tillarda   bo‘lishi   mumkin.   Fonema   esa   har   bir   tilda   o‘ziga   xosdir.
Chunki   fonema   o‘zining   ijtimoiy   xossasini   ma'lum   bir   tildagina   bajaradi.   Buni   shu
bilan   izohlash   mumkinki,   mavhum   (lisoniy)   [b]   ning   qarama   –   qarshiliklar   tizimi
ma'no   farqlash   vazifa   faqat   ma'lum   bir   til   uchungina   xosdir.   Boshqacha   aytganda,
tovushlarning   ularni   bir   guruhga   kirituvchi   funksional   xususiyatlari   (akustik   –
fiziologik xossalari bilan birgalikda) faqat bir til doirasidagina amal qiladi.
Fonema   funksional   qo‘llanishlardan   tashqarida   amal   qiladigan,   muayyan
tovushlar guruhidan umumlashtiriladigan mavhum tovush tipi emas. Fonema shunday
tovushlar   umumlashmasiki,   ular   muayyan   hmksiya   bajaradi.   Biroq   fonemani   «sof
funksiya»   bilan   ham   chegaralab   qo‘ymaslik   lozim.   Chunki   u   eshitish   organiga   ta'sir
qiladigan va funksiya bajaradigan birlikdir. Biroq u har ikkala xossasini ham varianti
– tovushlar orqali namoyon qiladi.
Fonema   va   uning   varianti   bo‘lgan   nutq   tovushi   qanday   munosabatda   bo‘lsa,
yozma   nutqda   fonemaning   grafik   ifodasi   va   yozma   tovush   shunday   munosabatda
bo‘ladi.
Fonemani talaffuz qilib va eshitib bo‘lmaganligi kabi, fonemaning grafik ifodasi
ham   ongda   shartli   ravishda   o‘rinlashgan.   Talaffuz   qilgan   birligimiz   fonema   emas,
balki   tovush   bo‘lganligi   kabi,   b   deb   qog'ozga   yozganimiz   ham   grafema   (fonema
ifodasi)   emas,   balki   harf   (tovush   ifodasijdir.   Ongimizdagi   b   grafemasi   barcha   b
harflari   uchun   invariant   ekan,   birorta   harf   ham   grafemaning   barcha   xossalarini
birdaniga   va   umuman   namoyon   qila   olmaydi.   Har   qanday   harf   individual,   variant
xossalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Har   qanday   harf   grafema   varianti   bo‘lganligi   kabi,   bir   vaqtning   &'zida   fonema
variantining ifodasidir. Har  qanday tovush  fonema varianti  har  qanday harf  grafema
variantidir.
Fonemani tiklash lison, ya'ni xususiylik umumiylik tarzida, uning voqelanishi esa
lisoniy   nutq,   umumiylik   –xususiylik   yo‘nalishida   kechadi.   Demak,   boshqa   sath birliklarida   bo‘lgani   kabi,   fonemaning   voqelanishi   va   uning   tiklanishi   bir   –biriga
qarama – qarshi turadi. Bu holat girfema va harf dialektikasida ham aks etadi.
Tilning  moddiy  (substansial)  sathi  xususida.   Lisoniy   sathlar   sirasida   fonetika
eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substansial) asos
bo‘luvchi birliklarni beradigan sath sifatida ajralib turadi.
Insonning   nutq   faoliyati   sezgi   a'zolari   asosida   his   qilinuvchi   nutq   birliklari   –
tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari  o‘zida uch
jihatni   birlashtirgan   murakkab   nutqiy   birlik   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Ular
quyidagilar:
a)   talaffuz   a'zolari   bilan   boshqariladigan   markaziy   nerv   sistemasi   mahsuli
(fiziologik jihat):
b )  tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat);
v)   nutq   tovushlari   kishilarning   axborot   uzatish,   kommunikatsiya   vositasi
(funksional, sotsial, lisoniy jihat).
Nutq   tovushlarining   haqiqiy   va   biz   uchun   muhim   jihati   ularning   funksional
aspektidir.   Tilshunoslikda   aytilgan   uch   jihatni   yaxlitlikda   o‘rganish   yoki   ajratgan
holda  tadqiq   qilish   masalasida   bir   xillik   yo'q.  Ba'zilar   nutq   tovushlarining  fiziologik
tomoni   biologiya   fanining,   akustik   jihati   fizika   fanining   o‘rganish   predmeti   bo‘lib,
tilshunos   uning   faqat   funksional   tomoninigina   tekshirishi   lozim   degan   g'oyani   ilgari
surishsa,   ayrimlari   har   uchala   jihat   bir   –   biridan   ajralmasdir,   ularni   yaxlitlikda
o‘rganmoq   kerak   degan   aqidaga   tayanadilar.   Ana   shu   ikki   qarash   kurashi   natijasida
tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard natijada fonetika
nutqiy   variant   (xususiylik)larni,   fonologiya   esa   lisoniy   invariant   (umumiylik)larni
tadqiq qilish bilan mashg'ul bo‘ladigan bo‘ldi.
Fonetika   va   uning   birligi.   Fonetika   deganda   eng   quyi   lisoniy   sath   ham,
tilshunoslikning   shu   sathni   o‘rganadigan   sohasi   ham   tushuniladi.   Fonetika
(grphonetikos   –   tovushga,   ovozga   xos)   tilshunoslikning   boshqa   sohalaridan   farqli
o‘laroq,   nafaqat   o‘rganish   manbaining   funksional   tomonini,   balki   nutq   tovushlarini hosil   qiluvchi   talaffuz   apparatini,   shuningdek,   ularning   akustik   xossalarini   va   til
egalari   tomonidan   qabul   qilinish   jihatlarini   ham   tekshiradi.   Fonetikada
tilshunoslikning   boshqa   fan   sohalari   –   adabiyotshunoslik,   fiziologiya,   fizika,
psixologiya   kabi   fanlar   bilan   aloqasi   yanada   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Bu   fanlardan
farqli   o‘laroq,   fonetika   tovushlarga   so‘z,   qo‘shimcha   va   gaplarga   moddiy   qiyofa
beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi.
Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg'u va uning turlarini
ham o‘rganadi.
Fonetikani   o‘rganish   imlo   (orfografiya),   to'g'ri   talaffuz   (orfoepiya)   me'yorlarini
yaxshi   o‘zlashtirib   olishda,   adabiy   va   dialektal   talaffuz   farqlarini   aniqlashda,
logopediya   va   surdopedogogikada   nutqiy   nuqsonlar   diagnostikasi   va   ularni   bartaraf
etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular
samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Fonetikaning   bo‘limlari.   Fonetika,   avvalo,   umumiy,   xususiy   va   qiyosiy
fonetikaga ajraladi.
Umumiy   fonetika.   Inson   talaffuz   apparatining   imkoniyatlaridan   kelib   chiqqan
holda nutq tovushlari hosil qilishning umumiy shartlari (masalan, undoshlarning hosil
bo‘lishi o‘rniga ko‘ra lab, til, bo'g'iz undoshlarining farqlanishi, hosil bo‘lish usuliga
ko‘ra   portlovchi,   sirg'aluvchi,   portlovchi   –sirg'aluvchi   tovush   xossalarining
aniqlanishi .kabilar), shuningdek, tovushlarning umumiy akustik xossalari o‘rganiladi.
Qisman artikulyatsion, qisman akustifc belgilarga tayangan holda nutq tovushlarining
universal,   shuningdek,   farqlovchi   belgilariga   tayanadigan   ichki   tasniflarini   berish   •
bilan   ham   shug'ullanadi.   Umumiy   fonetika   tovushlarning   birikish   qonuniyatlari,   bir
tovushning   ikkinchisiga   ta'siri   xususiyatlarini   (akkomodatsiya   va   assimilatsiyaning
turli   ko‘rinishlari),   bo'g'inning   tabiati,  bo'g'inda   tovushlarning   birikish   qonuniyatlari,
bo‘g'inlarga   bo‘linish   shartlari,   so‘zlarning   fonetik   tuzilishi,   qisman   urg'u   va
singarmonizm   masalalarini   ham   tekshiradi.   Umumiy   fonetika   intonatsiya   uchun qo‘llaniladigan   vositalar   (tovush   balandligi,   kuchi   (intensivligi),   cho‘ziqligi,   tezligi
(tempi), pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi.
Xususiy   fonetikada   yuqorida   aytilgan   masalalar   muayyan   tillar   misolida
tekshiriladi.   Xususiy   fonetika   tarixiy   fonetika   va   (zamonaviy,   muosir)   fonetika,
sinxron fonetika va diaxron fonetika, tasviriy fonetika va eksperimental fonetika kabi
ko‘rinishlarda ish yuritadi.
Qiyosiy   fonetika   bir   nechta   qarindosh   yoki   qarindosh   bo‘lmagan   tillarning,
yoxud bir qancha dialekt va shevalarning unli va undosh tovushlari, ulardagi fonetik
o‘zgarishlar va boshqa hodisalarni qiyosiy aspektda tekshiradi.
Qiyosiy fonetika umumiy va xususiy fonetika oralig'idagi vaziyatni egallaydi.
Fonologiya.   Fonologiya   (gr.   rhone   –   tovush,   logos   –   ta'limot)   termini
tilshunoslikda   XIX   asr   oxirida   nutq   tovushlarining   fiziologik   –akustik   (fizik)
tomonidan   funksional   (lingvistik)   tomonini   farqlash   ehtiyoji   bilan   paydo   bo‘ldi.
Fonologiya til tovush qurilishining struktur va funksional qonuniyatlarini o‘rganuvchi
soha   bo‘lib,   semiotik   (ishoraviy)   tizim   sifatida   nutqni   akustik   –   artikulyatsion
aspektda o‘rganadigan fonetikadan farqlanadi.
Fonetikaning   birligi   bevosita   kuzatishda   berilgan   nutq   tovushlari   bo‘lganligi
kabi,   fonologiyaning   birligi   so‘zlovchilarning   ana   shu   bevosita   kuzatishda   berilgan
nutq   tovushlari   asosida   yotgan   tovush   tipi   haqidagi   ijtimoiy   tasavvurlardir.   Har   bir
fonema   kishilar   ongida   umumiy   farqlovchi   xususiyatlari   asosida   vujudga   kelgan
maxsus   «akustik   portret»   yoki   «tovush   obrazi»   sifatida   yashaydi.   Bu   farqlovchi
belgilar   tovushlarning   artikulyatsion   va   akustik   belgilari   asosida   vujudga   keladi   va
barqarorlashadi.
Boshqa   lisoniy   birliklar   kabi   fonemalar   ham   paradigmatik   va   sintagmatik
munosabatlarda   yashaydi.   Bular   fonologik   paradigmatika   va   fonologik   sintagmatika
deyiladi. O‘zaro qarama – qarshi belgilarga ega bo‘lgan, biroq umumiy, integral belgilari
asosida   birlashgan   bir   tipdagi   fonemalar   sirasi   fonologik   paradigma,   fonemalarning
o‘zaro munosabatlari fonologik paradigmatik munosabat deyiladi.
Fonologik   paradigmaning   markazida   fonologik   ziddiyatlar   turadi.   Fonologik
ziddiyat   (oppozitsiya)lar  fonemalarning  farqli   belgilarini  o‘zida  ifodalaydi.  Masalan,
o‘zbek   tilidagi   unli   fonemalar   bir   umumiy   belgi   –   «o'pkadan   kelayotgan   havoning
tovush   paychalariga   urilish   natijasida   hosil   bo‘lgan   ovozning   og'iz   bo'shlig'ida
to‘siqqa uchramay chiqishidan vujudga keladigan tovush tiplari» invariant xossasiga
ega.   Bu   mohiyat   6   ta   unli   fonema   uchun   ham   amal   qiladi.   Biroq   bu   mohiyat   ostida
birlashgan  fonemalar  o‘zaro zidlanib, kichik guruhlar hosil  qiladi. [i] va [u]  «yuqori
tor» belgisi bilan «o'rta keng» xossasiga ega [e] va [o‘] hamda «quyi keng» xossasiga
ega   [a]   va   [o]   fonemalar   guruhlariga   qarama   –   qarshi   turadi.   Yoki   «lablanmagan»
belgisiga   ega   [i],   |e],   [a]   fonemalari   guruhi   «lablangan»   belgisiga   ega   [u],   [o‘],   [0]
guruhiga qarama – qarshi turadi. O'z navbatida [i], [e], [e] guruhi a'zolari o‘ziga xos
belgilari asosida o‘zaro zidlanadi.
Tilshunoslikda   fonologik   ziddiyatlaming   turli   tip   va   ko‘rinishlari   farqlanadi.
N.S.Trubetskoy   «Fonologiya   asoslari»   asarida   fonologik   ziddiyatlarni   uch   asosga
ko‘ra tasniflaydi:
1. Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi.
Bunda   ziddiyatlar   bir   o‘lchovli   va   ko‘p   o‘lchovli,   muntazam   va   ajralgan
ziddiyatlarga bo‘linadi. Bii o‘lchovli ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi.
Masalan,   [ij   va   [u]   fonemalaridan   biri   lablanmagan   va   ikkinchisi   lablangan   bo‘lib,
bunda ular bir belgi – «lablangan»lik xossasiga ko‘ra qarama – karshi turadi.
Ko‘p o‘lchovli ziddiyatda ziddiyat a'zolari birdan ortiq belgi da qarama – qarshi
qo‘yiladi:   [ij[~[o]   ziddiyatida   [i]   yopiq   va   nmagan   bo‘lsa,   [o]   yarim   yopiq,
lablangandir.
Muntazam ziddiyatda zidlanuvchi a'zolar o‘zarp o‘ziga xos lar asosida qarama –
qarshi qo‘yiladi: «[i] –tor [o] –keng» nishi muntazam zidlanishdir. Bunda [i] fonemasi «tor»lik,   [o]   raasi   «keng»lik   belgisiga   ega.   «[1]   (tor)~[o]   (tor   emas)»   zidlanishi
tnuntazam emas. Chunki birinchi a'zoda ziddiyat belgisi aniq, ichi a'zoda aniq emas.
Agar   ikkinchi   a'zoning   ziddiyatdagi   si   «keng»   bo‘lganda   edi,   ziddiyatni   muntazam
ziddiyat deyish Jein bo‘lur edi.
Bir belgining bo‘linishlari asosida zidlanish ajralgan zidlanish adi. Quyidagi ikki
zidlanishga diqqat qiling:
«lablanganlikka ko'ra»                           «keng va torlikka ko'ra»
(lablangan)         (lablanmagan)                    o (keng)          u (tor)
B irinchi   zidlanishda   ziddiyat   belgisi   bo‘lingan,   ajralgan,   ichida   esa   bunday   hol
mayjud emas.
2. A'zolari   o‘rtasidagi   munosabatga   ko‘ra   ziddiyatlar   tasnifi.   Bunga   i,
privativ (noto‘liq), gradual, (darajali), teng qiymatli ziddiyatlar   iladi. *
Birinchi   tasnifda   ziddiyat   belgisi   xarakteriga   ko‘ra   ziddiyat   ri   ajratilgan   bo‘lsa,
ikkinchi   tasnifda   fonemalarning   ziddiyat   iriga   munosabatiga   ko‘ra   tasnif   amalga
oshiriladi.
3.Barqarorlik darajasiga ko‘ra  zidlanishlar barqaror va barqaror lagan turlarga
bo‘linadi.   Barqaror   zidlanishda   fonemalarning   ay   nutqiy   vaziyatda   bo‘lishidan   qafiy
nazar   ulardagi   ziddiyat   :nib   qoladi.   Masalan,   til   oldi   unlisi   til   orqa   undoshi   bilan
kelgan atda til orqa unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda [a] unlisi   til orqa [u] unlisi
orasidagi ziddiyat kuchsizlanadi.
Barqaror   bo‘lmagan   ziddiyatning   neytrallashmagan   holatini   nlovchi   fonetik
pozitsiya kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, [b] nasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi
va   bu   pozitsiyada   uning   [p]   nasiga   zidligi   saqlanadi.   Bu   kuchli   pozitsiyadir.
Neytrallanish,   shga   olib   keluvchi   pozitsiya   kuchsiz   pozitsiyadir.   Demak,   bunday
siyadagi   ziddiyat   barqaror   bo‘lmagan   ziddiyat   deyiladi.   Unli     adoshlar   orasidagi
qarama – qarshilik barqaror ziddiyatga misol oladi. Yoki undoshlarning paydo bo‘lish
o‘rniga   ko‘ra,   irning   toi   –kenglik   xossalariga   ko‘ra   zidlanishi   ham   barqaror ziddiyatlardir.   Lablanish   belgisiga   ko‘ra   [o‘   –   e]   tizimchasi   ham   barqaror   ziddiyat
asosiga qurilgan.
Demak,   o‘zbek   tilining   fonetik   paradigmasi   deganda   har   qaysisi   o‘ziga   xos
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   barqaror   bir   umumiy   belgi   ostida   birlashadigan   fonetik
unsurlardan tashkil  topgan tizim  tushuniladi. Bu  butunlik yoki  paradigma o‘z ichida
ayrim belgilari bilan umumiylikni tashkil etgan va shu umumiylik uchun asos bo‘lgan
belgilari   bilan   boshqa   shunday   umumiylikdan   farq   qiladigan   kichik   butunliklardan,
ichki   paradigmalardan   –   mikrosistemalardan   tashkil   topadi.   Bu   tizimchalar   unli   va
undosh   fonemalar   paradigmalaridir.   Bu   kichik   paradigmalar   a'zolarining   umumiy
belgilari ularning shu tizimni tashkil  etishini ta'minlasa, farqlovchi belgilari bu ichki
paradigmaning   yana   kichik   bo‘laklarga   bo‘linib   ketishiga   olib   keladi.   Jafangli
undoshlar paradigmasi, jarangsiz undoshlar paradigmasi kabi.
FONETIK   JARAYONLAR.   Aytilganidek,   fonema   nutqda   voqelanar   ekan,
uning   variantlari   nutqiy   sharoit   (yonma   –yon   kelgan   tovushlar   yoki   qo‘shimchalar
ta'siriga   uchrashi)   tufayli   turlicha   namoyon   bo‘ladi.   Natijada   tovushlar   so‘z
mohiyatida bo‘lmagan xossalarga ega bo‘ladi. Ayrim tovushlar  yondosh tovushlarga
moslashadi,   ayrimlarida   o‘zgarishlar   kuchayib,   boshqa   tovushlarga   almashib   ketadi.
Nutqda   sodir   bo‘ladigan   o‘zgarishlar   tovushlarning   kombinator   –pozitsion
o‘zgarishlari deyiladi.
Singarmonizm.   Unli   va   undoshlarning   o‘zgarishi   farqlanadi.   Unlilarning   nutq
jarayonida o‘zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi,
uyg'unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir.
Singarmonizmning ikki asosiy ko‘rinishi mayjud:
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til   garmoniyasida   unli   tovushlar   yumshoqlik   yoki   qattiqlik,   til   oldilik   yoki   til
orqalik   jihatdan   bir   –biriga   moslashadi.   Singannonizmning   til   garmoniyasi
qonuniyatiga ko‘ra so‘zning boshida til oldi unlisi  kelsa, so‘z o‘rtasi  va oxirida ham til   oldi   unlisi   keladi.   Boshqacha   aytganda,   so‘zning   boshida   undoshlaming
artikulyatsion o‘rniga bog'liq ravishda unli tovushda yuz bergan o‘zgarishlar so‘zning
keyingi   bo‘g'inlaridagi   unlilarda   ham   yuz   beradi.   Bu   hol   so‘zlarning   talaffuzida
artikulyatsion qulaylikka olib keladi. Masalan, qalam so‘zidagi (q) undoshi chuqur til
orqa undoshi
bo‘lganligi   bois,   birinchi   bo'g'indagi   (a)   unlisi   ham   til   orqalik   xususiyatiga   ega
bo‘ladi.   Buning   natijasida   esa   keyingi   bo'g'indan   (a)   tovushi   ham   til   orqa   unlisi
sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Demak,   birinchi   (a)   unlisi   (q)   undoshiga,   keyingi
bo'g'indagi (a) esa oldingi bo'g'indagi (a) unlisiga moslashadi.
Lab   garmoniyasida   unlilarning   moslashishi   ikki   tomonlama   bo‘ladi.   Bunda
unlilar ham til oldi – til orqalik jihatidan, ham lablanganlik – lablanmaganlik jihatidan
o‘zaro va undoshlarga moslashadi. Bunga ko‘ra, so‘z boshidagi unli lablangan til oldi
unlisi   bo‘lsa,   so‘z   oxirida   ham   lablangan   til   oldi   unlisi   keladi.   So‘z   boshidagi   unli
lablangan   til   orqa   unlisi   bo‘lsa,   so‘z   oxiridagi   unli   ham   lablangan   til   orqa   unlisi
bo‘ladi. Masalan, boshqird, sog'in, bo'g'in so‘zlaridagi kabi.
Assimilatsiya.  Nutq tovushlari qator kelganda ba'zan bir – biriga ta'sir qilib, biri
ikkinchisini   o‘ziga   moslashtiradi.Nutqdagi   bunday   hodisa   assimilatsiya   deyiladi.
Assimilatsiya   ikki   xil   bo‘ladi:   progressiv   ,   assimilatsiya   va   regressiv   assimilatsiya.
Agar   oldingi   tovush   keyingi   tovushni   o‘ziga   o‘xshatsa,   moslashtirsa,   progressiv
assimilatsiya   yuz   beradi:   ket+di=ketti,   ayt+di=aytti,   ot+dan=ottan,   yurak+ga=
yurakka.
Keyingi   tovush   oldingi   tovushga   ta'sir   qilib,   uni   o‘ziga   o‘xshatsa,   moslashtirsa,
regressiv assimilatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha, bir+bitta, uch+so'm=usso'm.
Regrissiv   assimilatsiya   odatda   progressiv   assimilatsiyaga   nisbatan   nutqda
kamroq uchraydi. Chunki assim^atsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni
o‘ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so‘zning talaffuz
texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo'lmog'i lozim. Assimilatsiya   to‘liq   va   qisman   bo‘lishi   mumkin.   To‘liq   assimilatsiyada   bir
tovush   ikkinchi   tovushga   aynan   moslashadi   va   to'lig'icha   uning   tusiga   kiradi.
Yuqorida keltirilgan so‘zlarning hammasi to‘liq assimilatsiyaga misol bo‘ladi.
Qisman   assimilatsiyada   nutq   tovushlaridan   biri   ikkinchisini   biron   tqmondan
qisman   o‘xshatadi   (moslashtiradi):   osh+ga   –   oshka,   ish+ga   –   ishka,   so‘zlarida
jo‘nalish   kelishigidagi   g   tovushi   oldingi   sh   tovushining   ta'sirida   k   tovushiga
aylanmoqda.   Bu   so‘zda   qisman   assimilatsiya   yuzaga   kelmoqda,   ya'ni   (g)   jarangli
tovushi   o‘zidan   oldingi   (sh)   tovushiga   faqat   bir   tomonlama   –   jarangsizlanish
tomonidan   o‘xshamoqda,   xolos,   lekin   to‘liq   uning   tusiga   kirgan   emas.   [Uchta]
leksemasining   ushta,   [pochta]   leksemasiniag   poshta   deb   talaffuz   qOinishi   ham   shu
hodisaga misol bo‘Ia oladi.
Dissimilatsiya.  Og'zaki nutqda tovushlar doimo bir – biriga o‘xshay bermasdan,
ba'zan   uning   aksi   bo‘ladi.   Ayrim   paytda   talaffuzda   ikki   o‘xshash   tovush   bir   joyda
yoki bir  so‘zda kelgan vaqtda ulardan biri  noo‘xshash  tovushga aylanib ham qoladi.
Bunday hodisa dissimilatsiya kabi progressiv va regressiv bo‘ladi.
Keyingi   tovush   noo‘xshash   tovushga   aylansa,   progressiv   dissimilatsiya   yuz
beradi: zarar –zaral, zarur – zaril, birorta – bironta, muyassar – muyastar, kissa –kista
kabi.
Oldingi   tovush   o‘zgarsa,   regressiv   dissimilatsiya   yuz   beradi:   koridor   –kalidor,
ittifoq – intifoq kabi.
Dissimilatsiya   hodisasi   odatda   juda   kam   uchraydi.   Hatto   assimilatsiyaning
regressiv   turiga   nisbatan   ham   ancha   kam   qo‘llanadi.   Chunki   dissimilatsiya   hodisasi
nutqda,   odatda,   o‘xshashlikdan   noo‘xshashlikka,   ixchamlikdan   qulaysizlikka
qaratilgan harakat bo‘lib, tavtologiyadan qutulishga xizmat qiladi.
Metateza.  Og'zaki nutqda ba'zan yonma –yon kelgan undosh tovushlaming o‘rni
almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: r – y: daryo – dayro:
m –g': yomg'ir – yog'mir, b – r: tebratmoq – terbatmoq: m – 1: yamlamoq–yalmamoq: h   –v:   ahvol   –   avhol:   p   –r:   tuproq   –   turpoq,   r   –g:   o‘rganmoq   –o‘granmoq:   g'–   r:
to‘g'ramoq – to'rg'ainoq, n –m: aylanmoq – aynalmoq va boshqalar.
Proteza.   So‘z   boshida   bitta   unlining   orttirilishi   proteza   hodisasi   sanaladi.
Odatda,   aksariyat   sonor   r   tovushidan   oldin   o‘   va   o‘   unlilari   orttiriladi:   ro‘mol   –
o‘ramol,   ro‘za   –o‘raza,   rayhon   –o‘rahon,   rozi   –   o‘rozi,   rais   –   o‘rais,   rang   –o‘rang,
ro'zg'or – o‘razg'or kabi.
Ayrim holatda so'z boshida sirg'aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda
i unlisi orttirilishi mumkin: shkaf – ishkaf, spravka – ispravka, stol – istol,stul – istul,
shtraf – ishtaraf, stansiya – istansa.
Epenteza.   So‘z   boshida,   o‘rtasida   va   oxirida   ikki   undosh   qator   kelganda,   ulai
orasida i, ba'zan u va a unlisi orttiriladi: fikr – fikir, hukm –hukum, doklad – dakalad,
klass– kilass.
Epiteza.   So‘z   oxirida   bir   o‘rinda   kelgan   ikki   undoshdan   so‘ng   a   tovushining
qo‘shilish hodisasidir: disk –diska, bank –banka, tank – tanka, kios –kioska, otpusk –
otpuska kabi.
Prokopa.   Bunda   so‘z   boshida   ba'zan   unli   yoki   undosh   tovush   tushib   qoladi   :
yiroq – iroq, yigna –igna, yig'ach– ag'ach, yirik –iri, yuz –uz.
Sinkopa   hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi  va oxiridagi keng unlilar  tor unlilar
kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi: valochka – valichka, traktor –
traktir, avtor –avtir, direktor – direktir, generator – generatir kabi.
Apakopa   so'z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: do‘st
–do‘s, xursand – xursan, gazeta – gazit, smena – smen va hokazo.
Sinerezis   hodisasiga   ko‘ra   so‘z   o‘rtasida   bir   joyda   kelgan   ikki   unlining   biri
kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi unli fonema esa cho‘ziq taffuz etiladi:
maorif–   mo:rif,   saodat   –   stxdat,   qiroat   –qiro:t,   jamoat–jamo:t.   Bu   hodisa   asl
o‘zbekcha so‘zlarga xos emas.
Reduksiya.   So‘zning   birinchi   bo'g'inida   biror   unlining,   odatda,,   tor   unlining
kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til so‘zlari bir bo‘g'inli bo‘lganligi va   urg'u   shu   so‘zdagi   i   unlisiga   tushganligi   tufayli   bu   so‘zlardagi   i   unlisi
me'yordagidek   talaffuz   qilinadi   va   eshitiladi.   Lekin   shu   so‘zlarning   oxiriga   ikkinchi
bir   bo'g'in  qo‘shilishi  bilan,  urg'u ham   ikkinchi  bo'g'inga  ko‘chadi.  Natijada  birinchi
bo'g'inidagi i unlisi kuchsizlanadi va eshitilar – eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi:
bilak, tilak, biroq. Birinchi bo'g'indagi urg'ularning ana shunday kuchsizlanib talaffuz
qilinishi reduksiya hodisasiga misol bo‘la oladi (reduksiya so‘zining lug'aviy ma'nosi
«kuchsizlanish»,   «orqaga   qaytish»,   «pastga   tushish»   demakdir).   Reduksiyaga
quyidagi   so‘zlarning   birinchi   bo'g'inida   kelgan   i   ning   kuchsizlanib   talaffuz   qilinishi
ham misol bo‘la oladi: pishiq, shira, pishak, qiliq, ichak kabi. Reduksiyaning ikkinchi
bo'g'inda   kelish   hollari   ham   uchrab   turadi.   Bu   hodisa   so‘zga   uchinchi   bo'g'in
qo‘shilganda   sodir   bo‘ladi   –   ikkinchi   bo'g'indagi   unli   tamoman   kuchsizlanib,   tushib
qoladi. Masalan, burun –bumi, bo‘yin –bo‘yni, egin –egni, keyin keyini singari. 
Eliziya.   Unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi
natijasida   unli   tovushdan   birining   tushib   qolish   hodisasidir.   Bunda   bir   necha   holat
kuzatiladi:   a)   birinchi   so‘z   oxiridagi   unli   tushib   qoladi:   yoza   oladi   –   yozoladi,   bora
oladi   –   boroladi,   qora   ot–   qorot:   b)   unli   bilan   boshlanuvchi   ikkinchi   so‘zning   bosh
unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish – borarmish, yozgan ekan –
yozgankan kabi: v) Abdusalom  so‘zining Absalom, Abdujabbor so‘zining Abjabbor,
olib kel so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning
tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan formasi hisoblanadi. Bunday
hollarda   eliziyaning   murakkablashishi   natijasida   so‘zlarning   qisqargan   formasi   hosil
bo‘ladi.  
UNLI   FONEMALAR   PARADIGMASI .   Tilning   ko‘tarilish   darajasi   (yuqori,
o‘rta,   quyi)   va   lablanish   –   lablanmaslik   belgilari   kuchli   pozitsiyadagi   unli
fonemalarning   asosiy   belgilari   bo‘lib,   bu   belgilar   ularning   sistema   Qosil   qiluvchi
belgilari   sanaladi.   Unlilarning   til   gorizontal   holatiga   ko‘ra   (old   qator,   o‘rta   qator   va
orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularga nutqiy yondosh
tovushlar   ta'sirida   o‘zgarib   turadi.   Masalan,   [q]   undoshi   bilan   qo‘shnichilik munosabatida [a]  unlisi  til  orqalik xossasiga  ega. bo‘lsa, [k] undoshi  qurshovida o‘z
holatini saqlaydi.
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi quyidagicha:
Unli
fonemalar Asosiy belgilari
Tilning   ko‘tarilish
darajasi Lablanish   belgisi   bor   –
yo‘qligi
[i] + qu
yi Lablang
an Lablanmag
an
+
[o‘J + +
[uj + +
[0] [e] -
j- + +
[a] + + +
Jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   tilning   ko‘tarilish   darajasiga   ko‘ra   unli   fonemalar
uch pog'onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki pog'onali sistemalarni hosil qiladi.
Unli   fonemalar   yaxlit   tizimni   tashkil   etib,   bu   tizim   ham   o‘z   navbatida
tizimchalarga   bo‘linadi.   [i]va   [u]   fonemalari   «yuqori   tor»   belgisi   ostida   birlashib,
bunday   belgiga   ega   bo‘lmagan   fonemalardan   ajraladi.   Biroq   [i]   va   [u]   kichik
paradigmasi   a'zolari   farqlovchi   belgilari   ([i]-lablanmaganlik   va   [u]   -   lablanganlik
belgilari)   asosida   o‘z   mustaqilliklarini   saqlab   qoladi   va   ziddiyatda   turadi.   [e]   –   [o‘] tizimchasi   «o'rta   keng»   belgisiga   ko‘ra   [i]   –   [u]   tizimchasidan   ham,                 [e]   –   [o]
tizimchasidan ham farqlanadi.
Demak, unli fonemalarning har biri ikki belgidan iboratdir:
[i] – yuqori, lablanmagan
[u]–yuqori, lablangan
[e]–o‘rta, lablanmagan
[o‘]–o‘rta, lablangan
[a] – quyi, lablanmagan
[o] – quyi, lablangan.
Tilning   ko‘tarilish   darajasi   birlashtiruvchi   belgi   bo‘lganda   (masalan,   [i],   [u]
unlilari   «torlik»   belgisi   ostida   .   birlashadi)   lablanganlik   –  lablanmaganlik   farqlovchi
belgi   sanaladi:   (i)   –   lablanmagan,   [u]   –   lablangan.   «Lablanganlik»   biriashtiruvchi
belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, [i], [e],
[a]   unlilari   «lablanmaganlik»   umumiy   tfirlashtiruvchi   belgisiga   ega,   biroq   «yuqori»
([i]),   «o'rta»   ([e]),   «quyi»   ([a])   lik   belgilari   bu   fonemalarning   farqlovchi   belgilari
sanaladi.
Ma'lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor unlilar,
o‘rta   unlilar,   keng   unlilar)   va   ikki   a'zoli   ziddiyatni   (lablangan   unlilar,   lablanmagan
unlilar), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi va lablanganlik – lablanmaganlik birga
olinadi») asosida olti a'zoli ziddiyatni hosil qiladi.
UNDOSH   FONEMALAR   PARADIGMASI .   Kuchli   ziddiyatdagi   undosh
fonemalarai   farqlovchi asosiy belgilar quyidagilar hisoblanadi:
a)   hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra;
b )  hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
v )  ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra; Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, ularni yuqorida sanab
o‘tilgan   belgilari   bilan   quyidagicha   ko‘rsatish   mumkin:   (61   –   betdagi   jadvalga
qarang).  
Boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemalarning asosiy belgilari korrelyativ
va korrelyativ bo‘lmagan belgilarga ajraladi. Ziddiyatda turgan fonemalarning birida
bor, ammo ikkinchisida mayjud bo‘lmagan belgi korrelyativ belgi deyiladi. Masalan,
[b]   –   [p]   zidlanishda   jarangli–jarangsizlik   korrelyativ   belgidir.   Ammo   til   oldi   va
portlovchilik belgisi har ikkala fonema uchun ham xos bo‘lganligi sababli korrelyativ
bo‘lmagan   belgi   deyiladi.   Shuningdek,   [x]   undoshda   jarangsizlik   belgisi   mavjud.
Ammo shu belgi asosida uni boshqa fonema bilan zid qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki  [p]
fonemasining jarangli jufti [b] fonemasidir. [x] fonemasining esa jarangli jufti o‘zbek
tili fonologik tizimida mayjud emas.
O‘zbek   tilidagi   8   ta   fonema   uchun   «jarangli–jarangsizlik»   korrelyativ   belgi
hisoblanadi:
( b - p,  d - t, k – g , s – z, j – ch, j – sh, g’ – q, v – f )
«Jarangli – jarangsizlik» belgisi asosida korrelyativ munosabatga kirishmaydigan
fonemalarning jarangli yoki jarangsiz jufti bo‘lmaydi. Masalan:  [s, [1], [k], [m], [y],
[x]
r   [n],   [r],   [ng].   Qulay   vaziyat   tug'ilishi   bilan   nutqda   jarangli   fonemalar
jarangsizlanib, jarangli – jaranglilikziddiyati mo‘tadillashadi.
Fonemalarning asosiy korrelyativ belgilari farqlovchi belgi hisoblanadi. Masalan,
[s] fonemasining jarangsizlik, [z] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgidir.
Undosh   fonemalarda   ham   asosiy   belgi   farqlovchilik   darajasida   bo‘lmasligi
mumkin.   Masalan,   [m]   fonemasining   jaranglilik   belgisi   farqlovchi   belgi   sanaladi.
Chunki fonema xuddi shu belgisi asosida boshqa fonema bilan ziddiyatli juftlik hosil
qila olmaydi.
Undosh   fonemalar   artikulyatsion   o‘rniga   ko‘ra   quyidagi   binar   ziddiyatli
munosabatlarga kirishadi:
a)    «lab – lab – til oldi»: b)    «lab – lab – til o'rta»
[f]-[y]; [v]-[yj;
v)    «lab – lab – til orqa» [p]-[k]; [b]-[k]; [f]-[x];[v]-[ g ];
g)    «lab – lab – bo'g'iz» '[f]-(h]; [v]- [h];
d)    «til oldi --- til orqa» [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g];[s-x]; [z]-[g]; [n]-[g];
Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda
bo‘ladi:
a) «portlovchi – sirg'aluvchi» :
Ayrim   fonemalar   affrikat   fonemalar   bilan   teng   qiymatli   ziddiyatda   bo‘ladi:   [t]-
[ng], [d]-[dj];
Sirg'aluvchi fonemalar ham affrikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyat hosil
qiladi: [sh] - [ch], [j] - [dj].
Yana quyidagi ziddiyatli juftliklar mayjud:
a)   « portlovchi-shovqinli - burun sonanti»: [b]-[m] [d]-[n] [g]-[n];
b)    «sirg'aluvchi – sonant»: ( z  –  l-   j- r)  
 «shovqinli sonant - burun sonant» :
[  v –t –l- n- r- n  ];
g)    «yon sonant – titroq sonant»:
(  l   –  r ) ;
«titroq sonant – til o‘rta sonant»:
f   –   y ADABIY O TLAR
 
1. Abduazizov   A.   O’zbek   tili   fonologiyasi   va   morfonologiyasi.   –   Toshkent:
"O’qituvchi",1992.
2. Abdullayev Yo’ldosh   Hamrohim (Hamrohim)-Toshkent: "O’qituvchi", 1996.
(3-95)
3. Azizov O . Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: "O’qituvchi",1996.
4. Aliyev A., Nazarov K.  O’zbek tili ma’lumotnomasi.-Toshkent: "Fan",1992.
5 . Jamolxonov   H.A .   Fonetika,   fonologiya   va   orfoepiya.   Ma’ruzalar   matni.-
Toshkent: Nizomiy nomli TDPU bosmaxonasi,1999.
6 . Jamolxonov   H.A .   Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili   1-qism.   Ma’ruzalar   matni.
Toshkent: Nizomiy nomli TDPU bosmaxonasi,2000.
7 . Jamolxonov H., Yunusov R . Hozirgi o’zbek adabiy tili. (Ma’ruzalar matni).
2-qism.-Toshkent: Nizomiy nomli TDPU bosmaxonasi,2000

MAVZU: FONETIKANING VARIANTLASHUVI. REJA: 1. Fonetikaning variantlashuvi. 2. Fonetik jarayonlar. 3. Undosh fonemalar paradigmasi. 4. Fonetika va fonologiyaning o‘rganish manbai, predmeti, maqsad va vazifalari. 5. Unli fonemalar paradigmasi.

FON ETIKA NING VARIANTLASHUVI . Fonema va tovush munosabati invariant – variant dialektikasini o‘zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli– tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, (bl), (b2), (b3), (b4), (b5), (b6), ...(bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari «yig'iladi». Bunday umumiy xossalardan biri ularning fizik (akustik) va fiziologik (artikulyatsion) o‘xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu umumiy belgilar o‘zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o‘zgarish miqdor o‘zgarishlari darajasida bo‘lib, sifat o‘zgarishi bosqichiga yetmaydi. Aks holda, u boshqa fonemaning variantiga aylanib ketgan bo‘lur edi. Masalan, [a] fonemasi «quyi keng» va «lablanmagan»lik mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchalik o‘zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur raohiyat chegarasidan chiqmasligi lozim. Qalam va katta so‘zlarida 4 ta (a) tovushi mavjud bo‘lib, bularning barchasi yuqorida aytilgan «quyi keng», «lablanmaganlik» umumiy belgisiga ega. Shu boisdan ular [aj fonemasining varianti hisoblanadi. Biroq (a) tovushlari yumshoq – qattiqligi va til oldi –til orqaligi bilan farqlanadi. Qalam so‘zidagi [a] tovushlari til orqa va qattiq unlilar bo‘lsa, katta so‘zidagi [a] lar til oldi va yumshoq unlilardir. Bu belgilar [a] fonemasi zotiy mohiyatida mayjud bo‘lmay, balki [a] tovushlarining talaffuzi jarayonida boshqa (q va k) tovushlar ta'sirida yuzaga kelgan hodisalardir. Boshqacha aytganda, (a) tovushlari mohiyatiga daxldor bo‘lmagan, o‘zga, begona mohiyat zarralarining (a) fonemasi ko‘rinishiga yopishgan tajallilardir. Bu tajallilar bir qarashda (a) tovushi mohiyatiga daxldordek tuyuladi. Shu boisdan darslik va qo‘llanmalarda (a) fonemasining zotiy belgilaridan biri sifatida mazkur xossa ham ajratiladi. Bir fonema ham tor, ham keng yoki ham jarangli, ham jarangsiz bo‘la olmaganligi kabi (a) fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovushi sifatida voqelana olmaydi.

Demak, zot va tajalli hamda umumiylik va xususiylik metodologiyasi bilan qurollangan tadqiqotchi tovushlardagi mohiyatga daxldor va daxldor bo‘lmagan jihatlarni boshqalardan ko‘ra tezroq va aniqroq ilg'aydi. Fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Masalan, (b) fonemasi jarangli undosh fonemadir. Talaffuzda u jarangli bo‘lsagina, (b) fonemasining varianti sanaladi. Kitob so‘zi kitop tarzida talaffuz etilsa, voqelangan (p) tovushi (b) fonemasining nutqiy varianti hisoblanmaydi. Chunki jarangsizlashuv hodisasidagi miqdor o‘zgarishi me'yor chizig'idan o‘tib, sifat o‘zgarishi darajasigacha yetgan va (p) fonemasi mohiyati chegarasiga kirgan. Xuddi shunday (a) fonemasi voqelanishida ham «torlik» belgisining kenglik chegarasiga yetishi bilan variant [i] fonemasi mohiyati chegarasiga kirib ketadi. Tovush (variant)larning bir fonemaga birlashishi uchun ularning barchasida o‘zgarishsiz saqlanadigan muhim bir xossa e'tiborga olinishi lozim. Bu bir guruhga kiruvchi barcha variantlarning ushbu guruhga kirmaydigan boshqa variantlarga bir xil qarama – qarshi turishi (bunday belgi, odatda, fonologik farqlovchi belgi ham deyiladi) va bir xil ma'no farqlashidir. Boshqacha aytganda, tovush (variant)lar bir fonemaga birlashishi uchun ular funksional umumiylikka ham ega bo‘lishi lozim. Ma'no farqlash xossasi ana shunday funksional umumiylikdir. Fonema ma'no farqlash xossasiga ega. Lekin tovushlarning barchasi ham har doim ma'no farqlayvermaydi. Bir fonemaning nutqiy variantlari o‘rnini ikkinchi fonemaning nutqiy varianti egallasa, so‘z o‘zgarib ketadi: bosh –bot, bosh – besh kabi. Lekin bir fonemaning bir varianti o‘rnini uning ikkinchi bir varianti bilan almashtirilsa, ma'no farqlash amalga oshmaydi. o‘t (o‘simlik) so‘zidagi (o‘) unlisini birov til oldi, boshqasi esa shevaning fonetik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda til orqa tovushi sifatida talaffuz etadi. Lekin ular bir fonema variantlari bo‘lganligi sababli o‘zaro ma'no farqlash qobiliyatiga ega emas. Demak, fonema deganda uning f izik – f iziologik xossalari majmuidan iborat ma'lumotnigina tushunmaslik kerak. Masalan, fizik – fiziologik umumiylik bo‘lgan

(b) balki barcha tillarda bo‘lishi mumkin. Fonema esa har bir tilda o‘ziga xosdir. Chunki fonema o‘zining ijtimoiy xossasini ma'lum bir tildagina bajaradi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, mavhum (lisoniy) [b] ning qarama – qarshiliklar tizimi ma'no farqlash vazifa faqat ma'lum bir til uchungina xosdir. Boshqacha aytganda, tovushlarning ularni bir guruhga kirituvchi funksional xususiyatlari (akustik – fiziologik xossalari bilan birgalikda) faqat bir til doirasidagina amal qiladi. Fonema funksional qo‘llanishlardan tashqarida amal qiladigan, muayyan tovushlar guruhidan umumlashtiriladigan mavhum tovush tipi emas. Fonema shunday tovushlar umumlashmasiki, ular muayyan hmksiya bajaradi. Biroq fonemani «sof funksiya» bilan ham chegaralab qo‘ymaslik lozim. Chunki u eshitish organiga ta'sir qiladigan va funksiya bajaradigan birlikdir. Biroq u har ikkala xossasini ham varianti – tovushlar orqali namoyon qiladi. Fonema va uning varianti bo‘lgan nutq tovushi qanday munosabatda bo‘lsa, yozma nutqda fonemaning grafik ifodasi va yozma tovush shunday munosabatda bo‘ladi. Fonemani talaffuz qilib va eshitib bo‘lmaganligi kabi, fonemaning grafik ifodasi ham ongda shartli ravishda o‘rinlashgan. Talaffuz qilgan birligimiz fonema emas, balki tovush bo‘lganligi kabi, b deb qog'ozga yozganimiz ham grafema (fonema ifodasi) emas, balki harf (tovush ifodasijdir. Ongimizdagi b grafemasi barcha b harflari uchun invariant ekan, birorta harf ham grafemaning barcha xossalarini birdaniga va umuman namoyon qila olmaydi. Har qanday harf individual, variant xossalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Har qanday harf grafema varianti bo‘lganligi kabi, bir vaqtning &'zida fonema variantining ifodasidir. Har qanday tovush fonema varianti har qanday harf grafema variantidir. Fonemani tiklash lison, ya'ni xususiylik umumiylik tarzida, uning voqelanishi esa lisoniy nutq, umumiylik –xususiylik yo‘nalishida kechadi. Demak, boshqa sath

birliklarida bo‘lgani kabi, fonemaning voqelanishi va uning tiklanishi bir –biriga qarama – qarshi turadi. Bu holat girfema va harf dialektikasida ham aks etadi. Tilning moddiy (substansial) sathi xususida. Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substansial) asos bo‘luvchi birliklarni beradigan sath sifatida ajralib turadi. Insonning nutq faoliyati sezgi a'zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari – tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: a) talaffuz a'zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat): b ) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat); v) nutq tovushlari kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funksional, sotsial, lisoniy jihat). Nutq tovushlarining haqiqiy va biz uchun muhim jihati ularning funksional aspektidir. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo'q. Ba'zilar nutq tovushlarining fiziologik tomoni biologiya fanining, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan g'oyani ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir – biridan ajralmasdir, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan aqidaga tayanadilar. Ana shu ikki qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)larni, fonologiya esa lisoniy invariant (umumiylik)larni tadqiq qilish bilan mashg'ul bo‘ladigan bo‘ldi. Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (grphonetikos – tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funksional tomonini, balki nutq tovushlarini