O‘ZBEK TILI VA TILSHUNOSLIGI TARAQQIYOTI. O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH VA NOMLANISH TARIXIDAN. OʻZBEK TILI TARIXINI DAVRLASHTIRISH..
O‘ZBEK TILI VA TILSHUNOSLIGI TARAQQIYOTI . O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH VA NOMLANISH TARIXIDAN. O ZBEKʻ TILI TARIXINI DAVRLASHTIRISH.. Reja: 1.Kirish. 2. Hozirgi o‘zbek tilining xususiyatlari. 3. Hozirgi o‘zbek tilining dialektal asoslari. 4. Hozirgi o‘zbek tili va uning qarindosh turkiy tillar bilan aloqasi. 5. O‘zbek tili va uning boshqa tillar bilan aloqasi.
Hozirgi o‘zbek tilining xususiyatlari. Hozirgi o‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy tilidir. Hozirgi o‘zbek tili shu tilda so‘zlashuvchilarning hammasi uchun baravar aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umumxalq tilidir. Hozirgi o‘zbek tilining fonetik tizimi, asosiy lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi qadim turkiy tillar manbaida yuzaga kelgan bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan uning tovushlar tizimida sifat va miqdor o‘zgarishlari yuz bergan. Lug‘at tarkibi asosiy lug‘at fondi negizida yasalgan yangi so‘zlar hisobiga boyib, kengayib borgan, grammatik qurilishi ham yangi yangi grammatik formalar vositasida silliqlashgan va takomillashgan. Bu til o‘zbek xalqining butun tarixi davomida shu tilda so‘zlashuvchi yuzlab avlodlar tomonidan yaratilgan til bo‘lib, u shu til vakillarining ijtimoiy ahvoli, sinfiy tabaqalanishi, yoshi, jinsi, kasbi va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, ularning hammasi uchun umumiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Tarixiy ma’lumotlar va yozma yodgorliklarga qaraganda, o‘zbek tili XI-XII asrlarda yozma shaklga ega bo‘lgan xalq tili sifatida shakllangan. XIII-XIV asrlar o‘zbek adabiy tilining ilk davrlari bilan xarakterlanib, o‘zbek yozma adabiyoti o‘z o‘rnini barqaror egallagan. Keyingi davrlarda uzoq tarixiy jarayon XIV-XV, XVII-XVIII, XVIII-XIX va ayniqsa, XX asrning I yarmi o‘zbek adabiy tilining takomillashuv va taraqqiyot jarayonlari bo‘ldi. Ana shu uzoq tarixiy jarayonda o‘zbek tili o‘zining barcha xususiyatlari bo‘yicha sifat o‘zgarishlariga uchrab, milliy til shakliga kirdi. Ma’lumki, millatning eng muhim belgilaridan biri uning til birligidir. Har qanday millat ijtimoiy jamoa a’zolarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan til birligiga ega bo‘lmay turib millat sifatida uyushishi, uning tili milliy til shakliga kirish mumkin emas. Biroq millatning millat sifatida shakllanishi uchun faqat til birligining o‘zigina kifoya emas. Buning uchun millat sifatida uyushadigan jamoa o‘zining har tomonlama chegaralanmagan, tayziqsiz hududiy butunligi, iqtisodiy turmush, madaniy va, eng avvalo, ma’naviy barqarorligiga ega bo‘lishi lozim. Ana shu sifatlarning barchasi mavjud bo‘lgandagina millat-millat sifatida qaror topadi,
tili esa uning yagona milliy tili bo‘lib qoladi. Ammo bu sifatlar birdaniga vujudga kelmaydi. Ular uzoq vaqt mobaynida tarkib topib, rivojlanib, ma’lum davrda yuzaga kelgan qulay shart sharoit natijasida millatni tarkib topdiruvchi muhim belgiga aylanadi. Xalqning millat sifatida, xalq tilining milliy til sifatida tarkib topishi milliy adabiy tilning asosiy qurilishining o‘zgarishigagina emas, balki tilning bajaradigan vazifasi doirasini ham kengayishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek tilining dialektal asoslari. Hozirgi o‘zbek tili ko‘p dialektli milliy tildir. Har qanday tilning boy dialektal tarkibga ega bo‘lishi, uning qurilish jihatdan boyligini, salobatini, ulug‘vorligini ko‘rsatadi. O‘zbek adabiy tili tarkibidagi yirik yirik lahjalar, mahalliy dialektlar va ko‘plab shevalar o‘zbek tilining quyi formasi hamda tarmoqlaridir. Ular o‘zbek tilining doimiy takomilini ta’minlovchi manbadir, shuning uchun ular o‘zlarining yuqori formasi bo‘lgan yagona o‘zbek milliy adabiy tiliga bo‘ysunadi va uning taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. O‘zbek tilshunoslari orasida o‘zbek dialektlari hozirgacha turlicha tasnif qilinib kelindi: 1) til xususiyati jihatidan; 2) hududiy (territorial) jihatdan; 3) etnik jihatdan. Til xususiyatiga ko‘ra o‘zbek mahalliy dialektlari dastlab “o” lovchi va “a” lovchi dialektlarga ajratilib, “a” lovchi dialektlar yana ikkiga bo‘linadi: a) “y” lovchi, ya’ni “y” undoshi bilan yo‘q deb gapiruvchi shevalar; b) “j” lovchi, ya’ni “j” undoshi bilan jo‘q deb gapiruvchi shevalar. Hududiy jihatdan o‘zbek dialektlari uch guruhga ajratiladi. 1. Markaziy dialekt. Bunga asosan O‘zbekiston respublikasining markaziy shaharlarida yashovchi xalqi shevalari kiradi. 2 . Xorazm dialekti . Bunga hozirgi Xorazm viloyati janubida va Janubiy Qozog‘iston viloyatining Iqon, Qornoq, Qorabuloq, Mankent qishloqlarida yashovchi o‘zbeklar shevasi kiradi.
3. Janubiy o‘zbek shevalari yoki qishloq shevalari . Bunga Toshkentning sharqiy tomonida, Ohangaron vodiysi va Chirchiq daryosi bo‘ylarida, Farg‘ona vodiysidagi qishloqlarda, Jizzax va Samarqand shaharlari atrofida, Xorazmning shimoliy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, Janubiy Qozog‘iston viloyatining shimoliy qismida yashaydigan aholi shevalari kiradi. Etnik xususiyatiga ko‘ra o‘zbek dialektlari Chig‘atoy, qipchoq, o‘g‘uz dialektlariga bo‘linadi. Mahalliy o‘zbek dialektlari, bundan tashqari, singarmonizmli va singarmonizmsiz, eronlashgan va eronlashmagan o‘zbek shevalariga ham bo‘linadi. Bu bo‘linish o‘zbek dialekt va shevalarining xususiyatlarini to‘liq ko‘rsata olmaydi, chunki singarmonizmli o‘zbek shevalari til xususiyatiga ko‘ra faqat “a” lovchi shevalargagina xos bo‘lsa, boshqa hamma dialekt va shevalarda bu xususiyat yo‘q. O‘zbek dialektlarining eronlashish eronlashmaslik xususida ham shunday deyish mumkin, chunki O‘zbekiston hududlaridagi hamma dialekt vakillari juda qadim zamonlardan boshlab tojiklar bilan hamnafas yashab kelgan, ularning ijtimoiy turmush sharoitlari, madaniyati va urf odatlari deyarli bir xil bo‘lgan. Ularning bir biriga qarshi qurol ko‘tarib chiqqanini tarix eslolmaydi, lekin bosqinchi yovlarga qarshi har vaqt bir jon, bir tan bo‘lib qarshi kurashganlar. Ularning hududiy, siyosiy iqtisodiy va madaniy yaqinligi tilda ham o‘z ifodasini topmay qolmagan. Tojik tili o‘zbek tiliga qanday ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘zbek tili ham tojik tiliga shunday ta’sir ko‘rsatgan. Tojik va o‘zbeklar aralash, zich joylashgan ayrim hududlarda esa hatto o‘zbek va tojik, tojik va o‘zbek ikkitilliligi tarkib topgan. Bu ikkitillilik o‘zbek va tojiklar uchun ham umumiy, tojik va o‘zbek tili elementlarini o‘zida aks ettirgan o‘ziga xos qurama grammatik qurilishiga ham ega bo‘lgan. Mahalliy o‘zbek dialektlarini hududiy jihatdan chegaralab ko‘rsatish ham qiyin, chunki bunday tasnifning u qadar ma’qul emasligini shunda ham ko‘rish mumkinki, birgina “a” lovchi sheva va dialekt vakillari faqat O‘zbekiston Respublikasining qishloq tumanlarida emas, Qozog‘iston va Tojikistonning
Janubiy viloyatlarida ham hayot kechiradi, va asosan, shu dialekt va shevalarda o‘zaro muloqotda bo‘ladilar. Mahalliy o‘zbek dialektlarini tekshirish va o‘rganish hamda ularni tasnif qilishning eng to‘g‘ri yo‘li dialektlarni o‘z til xususiyatlariga qarab guruhlashtirishdir. Bu dialektlararo umumiylikni va har bir dialektning boshqa dialektlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanishini ochib beradi. Dialektlararo bu farq va o‘xshashliklarni o‘zbek tilshunosligining maxsus sohasi dialektologiya fani o‘rgatadi. Hozirgi o‘zbek tili va uning qarindosh turkiy tillar bilan aloqasi. Tillar o‘rtasidagi aloqa til taraqqiyotini belgilab beradigan eng muhim omillardan biridir. Bu sohada, ayniqsa, qarindosh tillar o‘rtasidagi munosabat shu tizimdagi barcha tillarning umumiy taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz va turkman tillari o‘zaro aloqalari buning yorqin misolidir. Eslatma: tillar o‘rtasidagi aloqalar haqida gap borganda, qarindosh tillar o‘rtasidagi aloqa, qardosh tillar o‘rtasidagi aloqa hamda noqardosh tillar o‘rtasidagi aloqalarni bir biridan farqlash kerak. Bu aloqalarning hammasida ham - tillarning qisman fonetik tizimida, grammatik qurilishida, ko‘proq leksik tarkibida o‘zaro ta’sir va o‘zgarishlar yuz beradi, lekin bu o‘zgarishlarning tabiati ma’lum darajada bir biridan farqlanadi. Qarindosh tillar etnik - kelib chiqish jihatidan bir negizdan tarqalgan, bir oilaga mansub tillardir. Bunday tillar o‘rtasidagi aloqa azaliy va adabiy bo‘ladi, masalan, o‘zbek va qoraqalpoq, o‘zbek va ozarbayjon, o‘zbek va oltoy tillari o‘rtasidagi aloqa shunday aloqadir. Qardosh tillar aloqasi ikki yo undan ortiq qadimiy hamdo‘st, uzoq davrlar davomida o‘zaro hamjihat yashab kelayotgan, hududiy yondosh xalqlar tillari o‘rtasidagi aloqadir. O‘zbek va tojik tillari aloqasini shunday aloqa deyish mumkin, chunki bu ikki xalq uzoq asrlar mobaynida birga, hamnafas yashab kelayotgani uchun ularning tillari ham doimiy o‘zaro munosabatda bo‘lib, o‘zbek