logo

SHO‘ROLAR DAVRI O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.4423828125 KB
SHO‘ROLAR DAVRI O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIYASI
Reja:
1. O‘zbek terminologiyasining taraqqiy etish  yo’llari.
2. Tilda   mavjud,   tayyor   so‘zlardan   yangi   narsa-predmet   va   yangi
tushunchalarni ifodalashda foydalanish .
3. O ‘zbek   adabiy   tili   so’z   yasash   imkoniyatlari   ishtirokida   yangi
terminlar yaratish.  
XIX   asrning   70-yillaridan   e’tiboran   o’zbek   terminologiyasi   va
leksikografiyasi   rus   tili   orqali   G’arbiy   Yevropa   tillaridan   kirib   kelayotgan
o’zlashmalar   ta’sirida   rivojlanish   pallasiga   qadam   qo’ydi.   Sobiq   sho’rolar
hukmronligi vaqtida o’zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni
ifodalovchi haddan tashqari ko’p miqdordagi o’zlashmalar terminlar hisobiga
kengaydi.   Soha   terminologiyasi   tizimining   vujudga   kelishida   sof   o’zbekcha
leksik   birliklar   qatori   Ruscha-baynalminal   terminlarning   roli   yuqori   bo’ldi.
Bu   jihat   ayniqsa,   tabiiy   fanlarga   xos   terminologik   tizimda   yaqqol   ifodasini
topdi.
Hozirgi   vaqtda   o’zbek   terminologiyasi   har   tomonlama   shahdam
qadamlar   bilan   taraqqiy   etmoqda.   Fan   va   texnika,   siyosat,   iqtisodiyot   va
madaniy   hayotga   doir   as o siy   tushunchalar   mutanosib   terminologiya   tizimi
bilan ta’minlangan. 
Mustaqillik   yillari   mamlakatda   turfa   ikki   tilli,   ko’p   tilli   hamda   izohli
lug’atlar   dunyo   yuzini   ko’rdi.   Ayni   paytda   turli   sohaga   oid   terminologik
lug’atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda, terminlogiyaga oid
o’quv,   o’quv-metodik   va   ilmiy   adabiyot   nashrdan   chiqmoqda.   O’zbek
terminologiyasining   yanada   rivojlanishida   ommaviy   axborot   vostalarining
o’rni katta. 
Hozirgi o’zbek tili muayyan terminologik tizimi boyishi, to’ldirilishi va
takomillashishining   bosh   manbasi,   boshqa   tillarda   kechayotganidek,
shubhasiz,   o’z   lug’at   boyligi   ekanligi   ayni   haqiqat.   O’zbek
terminologiyasining   o’z   boyliklari   hisobiga   taraqqiy   etishi   ikki   yo’l   bilan
voqyelanadi: a) tilda mavjud, tayyor so’zlardan yangi narsa-predmet va yangi
tushunchalarni   ifodalashda   foydalanish:   b)   o’zbek   adabiy   tili   so’z   yasash
imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar yaratish. Yangi   terminlarni   ro’yobga   keltirishda   so’z   yasashning   morfologik,
semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yaratishda
kalkalash   usulining   sezilarli   roli   bor.   O’zbek   tili   terminologiyasining   ulkan
ulushini   Ruscha-baynalminal   fond   asosida   yuzaga   chiqqan   nomlar   tashkil
etadi.   Boshqa   noturkiy   tillardan   o’zlashgan   terminlar   o’zbek   xalqi
faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, sosial, madaniy, ma’naviy jabhalarini
qamrab olishi bilan xarakterlidir.
O’zbekiston   Oliy   Kengashi   tomonidan   1989   yilning   21   oktyabrida
‘‘Davlat tili haqidagi’‘ Qonunning qabul qilinishi o’zbek tili so’z boyligining
asosiy   qatlamlaridan   hisoblanmish   terminologik   leksikaga   yangicha
munosabatda   bo’lishni   taqozo   etdi.   Ushbu   jahonshumul   ahamiyatga   molik
Qonunning   qabul   qilinishidan   so’ng,   taxminan,   3-5   yil   davomida   ilgaridan
tilda qo’llanishda bo’lgan terminlarni, ayniqsa, ruscha- baynalminal qatlamni
qaytadan   qarab   chiqish   tendensiyasi   kuchayib   ketdi.   So’zsiz,   bunday   sa’y   -
harakatlar o’zbek tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga
qaratilganligi   bilan   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Sobiq   sho’rolar   hukmronligi
davrida   o’zbek   tili   lug’at   tarkibining   shakllanishi   va   rivojlanishida   alohida
rolga   ega   bo’lgan   ko’pdan-ko’p   ko’hna   so’zlar   asossiz   ravishda   eskirgan
leksik birliklar kategoriyasiga, ya’ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. 
O’zbek   ziyolilari,   chunonchi,   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi qoshida tashkil qilingan Atamashunoslik qo’mitasining samarali
mehnati   evaziga   muxtoriyat,   ma’muriyat,   ma’mur,   muqobil,   hakam,   tashrif,
insonparvarlik, xususiylashtirish, boshboshdoqlik, qoldiq ( saldo ), iqtisodiyot,
ma’lumotnoma,   reja,   dastur,   kengash   singari   juda   ko’p   ijtimoiy-siyosiy   va
sosial-iqtisodiy   terminlar   qaytadan   qo’llanishga   kiritildi.   Biroq   bu   kezlarda
terminlarni   almashtirish   va   ishlatishda   ma’lum   chalkashlik   hamda
xatoliklarga   ham   yo’l   qo’yildi.   Terminologiyaga   xos   me’yorlarga   har   doim
ham   amal   qilinmadi.   Ilgari   mavaffaqiyatli   qo’llangan   terminlarni muomaladan   zo’rma-zo’raki   siqib   chiqarish,   ularni   so’z   yasalish
qonuniyatlariga javob bermaydigan leksik birliklar bilan almashtirish harakati
avj   oldi.   Vaqtinchalik   eyforiya   natijasida   totalitar   tuzumga   nisbatan   yillar
davomida   shakllangan   sovuqlik   oqibatida   qator   Ruscha-baynalminal
terminlarni almashtirish harakati ko’zga yaqqol tashlandi. Masalan, a eroport
termini   o’rnida   qo’nalg’a ,   tayyoragoh,   bandargoh   terminlari   ishlatila
boshlandi,   institut   termini   oliygoh,   ilmgoh,   bilimgoh   so’zlari   bilan
almashtirildi,   jurnal   termini   o’rnida   oynoma,   majalla,   jarida,   oybitik
so’zlarini ishlatish tavsiya etildi va h.k.   Chetpul   (valyuta),   pultopar   (biznes),
hujjatasrov   (arxiv),   nusxakash   (notarius),   naqliyot   (transport),   m alakasinov
(attestasiya)   singari   yangi   yasamalar   sun’iyligi,   termin   yasash   me’yorlarigi
javob bermasligi bilan ajralib turar edi (Bektemirov 2002; 34). 
Bunday   shoshqaloqlik   oqibatida   o’zbek   terminologiyasi   tizimida
noilmiy   terminlar   paydo   bo’ldi,   terminlar   tarkibida   sinonimiyaning
kuchayishiga   olib   keldi.   Ma’lumki,   har   qanday   til,   avvalambor,   o’z
imkoniyatlari   zaminidarivojlanadi.   Ayni   chog’da,   mamlakatlar,   xalqlararo
rang-barang   munosabatlar   har   qanday   tilda   o’zlashmalarning   vujudga
kelishida muhim omil hisoblanadi. Mazkur hodisa o’zbek tili uchun ham yot
emas.   O’zbek   tilida   katta   miqdordagi   arabcha   va   forscha-tojikcha
o’zlashmalarning   qo’llanishda   qolayotgani   sir   emas.   Bularning   muayyan
qismi   ilmiy   terminologiya   tarkibida   o’z   faolligini   yo’qotmagan.   Xususan,
maktab,   sinf,   muallim,   ma’ruza,   muvozanat,   vazn,   tijorat,   bojxona,   viloyat,
falak,   huquq,   tarkib,   matn,   mavzu,   hokim   va   h.k.   termin   va   so’zlar   nafaqat
mutaxassislar,   shuningdek,   aholining   keng   qatlamlari   nutqida   hyech   qanday
qiyinchiliklarsiz faol ishlatiladi. Garchi, hozirgi vaqtda o’zbek tilida terminlar
yasash   jarayonida   arab
va   fors-tojik   tillari   manba   sifatida   deyarli   ishtirok   etmasa-da,   ammo   o’zga
qarindosh   turkiy   tillarda   bo’lgani   singari   o’zbek   tili   lug’at   tarkibidagi terminlarning   aksariyati   shu   qadimiy   tillarga   mansubdir.   Bu   o’zlashmalar
o’zbek   tilining   fonetik   va   grammatik   qoidalariga   bo’ysungan   holda   yangi
mazmun kasb etgan va yangi voqyelangan tushunchalarni ifodalashda xizmat
qilmoqda.
Ruscha-baynalminal so’zlarning o’zbek tiliga kirib kelishi XIX asrning
birinchi   yarmidan   boshlangan   bo’lib,   uning   haddan   tashqari   kuchayishi
o’lkaning   Chor   Rossiyasi   tomonidan   zabt   etilishi,   keyinchalik   bu   yerda
sho’rolar   hukmdorligining   qaror   topishi   davriga   to’g’ri   keladi.   Bu   jarayon
o’zbek tili terminologiyasi dinamikasini kuzatishda yorqin namoyon bo’ladi.
O’zbek   tiliga   xos   ilmiy-texnikaviy   terminlarning   juda   ulkan   qismini   boshqa
tillardan o’zlashgan leksik birliklar tashkil qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бектемиров   Ҳ.,   Бегматов   Э.   Мустақиллик   даври   атамалари.   -
Тошкент, 2002.
2. Боровков   А.К.   Узбекский   литературный   язык   в   период   1905-
1917 гг. -Ташкент, 1940.
3. Дадабаев   Х.   Обественно-политическая   и   социально-
экономическая
терминология   в   тюркоязычных   письменных   памятниках   ХI-ХIV   вв.   -
Ташкент: Ёзувчи, 1991.
4. Дониёров   Р.   Ўзбек   тили   илмий-техникавий   терминлар
тарихидан. - Тошкент, 1974.
5. Дониёров   Р.     Ўзбек   тили   техник   терминологиясининг   айрим
масалалари. - Тошкент, 1977.
6. Усмонов   О.,   Ҳамидов   Ш.   Ўзбек   тили   лексикаси   тарихидан.   -
Тошкент: Фан, 1981.

SHO‘ROLAR DAVRI O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIYASI Reja: 1. O‘zbek terminologiyasining taraqqiy etish yo’llari. 2. Tilda mavjud, tayyor so‘zlardan yangi narsa-predmet va yangi tushunchalarni ifodalashda foydalanish . 3. O ‘zbek adabiy tili so’z yasash imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar yaratish.

XIX asrning 70-yillaridan e’tiboran o’zbek terminologiyasi va leksikografiyasi rus tili orqali G’arbiy Yevropa tillaridan kirib kelayotgan o’zlashmalar ta’sirida rivojlanish pallasiga qadam qo’ydi. Sobiq sho’rolar hukmronligi vaqtida o’zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko’p miqdordagi o’zlashmalar terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o’zbekcha leksik birliklar qatori Ruscha-baynalminal terminlarning roli yuqori bo’ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik tizimda yaqqol ifodasini topdi. Hozirgi vaqtda o’zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qadamlar bilan taraqqiy etmoqda. Fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va madaniy hayotga doir as o siy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi bilan ta’minlangan. Mustaqillik yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko’p tilli hamda izohli lug’atlar dunyo yuzini ko’rdi. Ayni paytda turli sohaga oid terminologik lug’atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda, terminlogiyaga oid o’quv, o’quv-metodik va ilmiy adabiyot nashrdan chiqmoqda. O’zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy axborot vostalarining o’rni katta. Hozirgi o’zbek tili muayyan terminologik tizimi boyishi, to’ldirilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa tillarda kechayotganidek, shubhasiz, o’z lug’at boyligi ekanligi ayni haqiqat. O’zbek terminologiyasining o’z boyliklari hisobiga taraqqiy etishi ikki yo’l bilan voqyelanadi: a) tilda mavjud, tayyor so’zlardan yangi narsa-predmet va yangi tushunchalarni ifodalashda foydalanish: b) o’zbek adabiy tili so’z yasash imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar yaratish.

Yangi terminlarni ro’yobga keltirishda so’z yasashning morfologik, semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yaratishda kalkalash usulining sezilarli roli bor. O’zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini Ruscha-baynalminal fond asosida yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy tillardan o’zlashgan terminlar o’zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, sosial, madaniy, ma’naviy jabhalarini qamrab olishi bilan xarakterlidir. O’zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989 yilning 21 oktyabrida ‘‘Davlat tili haqidagi’‘ Qonunning qabul qilinishi o’zbek tili so’z boyligining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangicha munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Ushbu jahonshumul ahamiyatga molik Qonunning qabul qilinishidan so’ng, taxminan, 3-5 yil davomida ilgaridan tilda qo’llanishda bo’lgan terminlarni, ayniqsa, ruscha- baynalminal qatlamni qaytadan qarab chiqish tendensiyasi kuchayib ketdi. So’zsiz, bunday sa’y - harakatlar o’zbek tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho’rolar hukmronligi davrida o’zbek tili lug’at tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega bo’lgan ko’pdan-ko’p ko’hna so’zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar kategoriyasiga, ya’ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. O’zbek ziyolilari, chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan Atamashunoslik qo’mitasining samarali mehnati evaziga muxtoriyat, ma’muriyat, ma’mur, muqobil, hakam, tashrif, insonparvarlik, xususiylashtirish, boshboshdoqlik, qoldiq ( saldo ), iqtisodiyot, ma’lumotnoma, reja, dastur, kengash singari juda ko’p ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy terminlar qaytadan qo’llanishga kiritildi. Biroq bu kezlarda terminlarni almashtirish va ishlatishda ma’lum chalkashlik hamda xatoliklarga ham yo’l qo’yildi. Terminologiyaga xos me’yorlarga har doim ham amal qilinmadi. Ilgari mavaffaqiyatli qo’llangan terminlarni

muomaladan zo’rma-zo’raki siqib chiqarish, ularni so’z yasalish qonuniyatlariga javob bermaydigan leksik birliklar bilan almashtirish harakati avj oldi. Vaqtinchalik eyforiya natijasida totalitar tuzumga nisbatan yillar davomida shakllangan sovuqlik oqibatida qator Ruscha-baynalminal terminlarni almashtirish harakati ko’zga yaqqol tashlandi. Masalan, a eroport termini o’rnida qo’nalg’a , tayyoragoh, bandargoh terminlari ishlatila boshlandi, institut termini oliygoh, ilmgoh, bilimgoh so’zlari bilan almashtirildi, jurnal termini o’rnida oynoma, majalla, jarida, oybitik so’zlarini ishlatish tavsiya etildi va h.k. Chetpul (valyuta), pultopar (biznes), hujjatasrov (arxiv), nusxakash (notarius), naqliyot (transport), m alakasinov (attestasiya) singari yangi yasamalar sun’iyligi, termin yasash me’yorlarigi javob bermasligi bilan ajralib turar edi (Bektemirov 2002; 34). Bunday shoshqaloqlik oqibatida o’zbek terminologiyasi tizimida noilmiy terminlar paydo bo’ldi, terminlar tarkibida sinonimiyaning kuchayishiga olib keldi. Ma’lumki, har qanday til, avvalambor, o’z imkoniyatlari zaminidarivojlanadi. Ayni chog’da, mamlakatlar, xalqlararo rang-barang munosabatlar har qanday tilda o’zlashmalarning vujudga kelishida muhim omil hisoblanadi. Mazkur hodisa o’zbek tili uchun ham yot emas. O’zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha o’zlashmalarning qo’llanishda qolayotgani sir emas. Bularning muayyan qismi ilmiy terminologiya tarkibida o’z faolligini yo’qotmagan. Xususan, maktab, sinf, muallim, ma’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona, viloyat, falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim va h.k. termin va so’zlar nafaqat mutaxassislar, shuningdek, aholining keng qatlamlari nutqida hyech qanday qiyinchiliklarsiz faol ishlatiladi. Garchi, hozirgi vaqtda o’zbek tilida terminlar yasash jarayonida arab va fors-tojik tillari manba sifatida deyarli ishtirok etmasa-da, ammo o’zga qarindosh turkiy tillarda bo’lgani singari o’zbek tili lug’at tarkibidagi

terminlarning aksariyati shu qadimiy tillarga mansubdir. Bu o’zlashmalar o’zbek tilining fonetik va grammatik qoidalariga bo’ysungan holda yangi mazmun kasb etgan va yangi voqyelangan tushunchalarni ifodalashda xizmat qilmoqda. Ruscha-baynalminal so’zlarning o’zbek tiliga kirib kelishi XIX asrning birinchi yarmidan boshlangan bo’lib, uning haddan tashqari kuchayishi o’lkaning Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi, keyinchalik bu yerda sho’rolar hukmdorligining qaror topishi davriga to’g’ri keladi. Bu jarayon o’zbek tili terminologiyasi dinamikasini kuzatishda yorqin namoyon bo’ladi. O’zbek tiliga xos ilmiy-texnikaviy terminlarning juda ulkan qismini boshqa tillardan o’zlashgan leksik birliklar tashkil qiladi.