ESKI O‘ZBEK ADABIY TILI TERMINLOGIYASI
ESKI O‘ZBEK ADABIY TILI TERMINLOGIYASI Reja: 1. Terminologiyaning shakllanishida arab tilining ta’siri. 2. “Tarjumoni turki va ajami va lug‘ati’‘ ning o’rni. 3. Eski o’zbek adabiy tili terminologiyasining rivojlanishida adiblarning o’rni.
O’zbek terminologiyasi va leksikografiyasining qaror topishida XIV asrga oid arab tilida yozilgan grammatik(filologik) risolalarning sezilarli o’rni borligi turkologiyada allaqachon e’tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi haqida baxs yurishishga yo’naltirilgan Abu Hayyonning (vafoti 1344 yil) ‘‘Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok’‘, M.T.Xoutsma fikricha, 1245 yilda Mamlyuklar davlati(1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al- Ko’nyaviy tomonidan yaratilgan ‘‘Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug’ali’‘, muallifi noma’lum ‘‘Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug’atit turkiya’‘, Jamoluddin Turkiyning ‘‘Kitob bulg’at al-mushtoq fi-l-lug’atat- turk va-l-qifchaq’‘, XU1 asr boshida Qohirada ta’rif etilgan ‘‘ Al-qavoninu-l kulliya li-zabtil-lug’atitturkiya’‘ singari asarlarda turkiy tilning so’z boyligi, alalxusus, terminlar tizimi ma’lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, terminlar siistemasini ‘‘Tarjumoni turki va ajami va lug’ati’‘da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz: kishi nomlari - Alaqush, Aqtay, Altuntash, Baybars, Sonqur va h.k.; Astronimlar : Ulkar; geografik nomlar : Sham, Misr; zoonimlar : at, okuz, qatir, bog’a, ayg’ir va h.k.; yirtqich hayvonlar : aslan, sirtlan, bori, tulku va h.k .; qush va hashoratlar : qartal ‘‘burgut’‘, sarcha ‘‘chumchuq’‘, qaz, qarlag’ach, qarg’a va h.k.; harbiy asbob-anjomlar ya, kirish ‘‘yoy ipi(tetiva)’‘, sungu ‘‘nayza’‘, qalqan, choqmar va h.k.; tibbiy terminlar: yig/ik ‘‘kasallik, illat’‘, ag’ri ‘‘og’riq’‘, sokan ‘‘bemor, kasal’‘, isitma, oturmak ‘‘yo’tal’‘ va h.k .; musiqiy terminlar : duduk ‘‘musiqa asbobi’‘, tomru ‘‘do’mbira’‘, yaqliq ‘‘rubob’‘, sibizg’u ‘‘sivizg’a’‘ va h.k. O’zbek leksikografiyasining shakllanishida Alisher Navoiy va o’zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari asarlariga tuzilgan lug’atlarning roli sezilarlidir. Jumladan, Husayn Boyqaro mirzo ko’rsatmasiga binoan 1405 yilda Toli Imoni Hiraviy tomonidan tuzilgan ‘‘Badoye ul-lug’at’‘, Turkiya
(Rum)da yaratilgan muallifi noma’lum chig’atoycha(eski o’zbekcha)-usmonli turkcha ‘‘Abushqa’‘ (XVI asr), Muhammad Mahdiyxonning eski o’zbekcha- forscha ‘‘Sanglox’‘ (1748), Fathali Kojar Qazviniyning 1862 yilda tuzilgan ‘‘Lug’ati atrokiya’‘, Ya’qub Chingiyning ‘‘Kelurnoma’‘, Shayx Sulaymon Buxoriyning ‘‘Lug’ati chig’atoyi va turki usmoniy’‘ kabi asrlar o’zbek lug’atnavisligining durdonalari safidan o’rin olgan. Abu Muzaffar Muhitdin Avrangzeb (1658-1707) saroyida xizmat qilgan Muhammad Yoqub Changiy «Kelurnoma» asarini yaratdi. Bu asar ikki xil lug’atning ajoyib namunasidir. Lug’at 15 bobdan va 332 fasldan iborat. Ulardan 14 bobi arab alfaviti asosida joylashtirilgan 400 dan ortiq fe’llarni izohlashga bag’ishlanadi. Sarlavha so’z sifatida fe’lning infinitiv shakli beriladi. O’zbek tilshunosligi tarixida terminologiya masalalarini o’z ichiga olgan lug’atlar ham uchraydi. Ana shunday lug’atlardan biri Mirza Mehdixonning «Sangloh» lug’atidir. Bu lug’at «Maboni ul-lug’at» («Til asoslari») nomli grammatik ocherkni ham o’z ichiga oladi. Unda Mirzo Mehdixonning lingvistik qarashlari atroflicha berilgan. Lug’at 1172-1173 yillarda yozilgan. Lug’atda fe’l zamonlari, affikslarining fonetik variantlari, olmoshlar hamda umuman grammatik terminlar haqida fikr yuritiladi. Xonliklar davrida tilshunoslik sohasida maxsus asarlar yuzaga kelmagan bo’lsa ham, tarix, adabiyotshunoslikka oid asarlarda terminologiyaning ayrim masalalari e’tirof etiladi. Bu jihatdan Abulg’oziy Bahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» asarlari alohida o’rin egallaydi. «Shajarai turk» asari to’g’risida shunday deydi: «Bu tayirg’a xudoyi taolo inoyat qilib, ko’p nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan turur. Avval sipohigarlikning qonuni va yo’sinikim, nechuk otlanmoq va yurumak va yosoq yasamoq, ko’p birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan
yuruganda nechuk qilmoq. Do’stga, dushmanga nechuk so’zlashmak. Ikkinchi, masnaviyot va qasoid va g’azaliyot va muqatta’ot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug’atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, odam axdindin to bu damgacha Arabistonda, Eron va Turonda va Mo’g’ulistonda o’tgan podshog’larning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam yoki ziyodin bilmaklik». Abulg’oziy Bahodirxonning tilga bo’lgan munosabati yuqoridagi ikki asarda o’z ifodasini topadi. Muallif har ikki asarda onomastik (antroponimik, toponimik, etnografik) ma’lumotlar berayotgan paytda, avvalo, uning etimologiyasi haqida so’z yuritadi. Masalan, mungul-mo’g’ul-soddadil , ya’ni qayg’uli sodda demakdir; do’rman-do’rmon -to’rt demakdir. Yana oqayotgan suvni turklar soy , tojiklar rudxona , arablar vodiy derlar; qiyot tog’dan oqqan suv va boshqalar. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so’zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so’z yasash andozalari - modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o’laroq eski turkiy tilda sanskrit, so’g’d, xitoy tiliga oid o’zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o’zlashmalarning qo’llanish chastotasi va ko’lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o’zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim ‘‘qarz, kredit’‘, berim ‘‘to’lov, qarzni qaytarish’‘, beglig ‘‘beklik ’‘, bitigchi ‘‘mirza, munshiy, kotib’‘, yatg’aq ‘‘tungi soqchi’‘, yarisha ‘‘ko’rshapalak ’‘, yarg’u ‘‘ajrim’‘, yarg’uchi ‘‘qozi, sudya’‘ kabi turkiycha, rabat ‘‘ karvonsaroy’‘, malik ‘‘hukmdor’‘, siyasat ‘‘siyosat’‘, omil ‘‘ish yurituvchi’‘, tib ‘‘medisina, tibbiyot ’‘, nujum ‘‘astrologiya ’‘, handasa ‘‘geometriya’‘ singari arabcha, lashkar ‘‘ qo’shin’‘, mayfurush ‘‘may ichuvchi; may sotuvchi’‘ singari
forscha-tojikcha, d arug’a ‘‘qal’a, qo’rg’on komendanti’‘, muran ay sotuvchi’‘ singari forscha-tojikcha, d arug’a ‘‘qal’a, qo’rg’on komendanti’‘, muran ‘‘daryo ’‘, nukar/navkar ‘‘navkar, askar’‘ kabi mo’g’ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko’lamda ishlatilgan. Eski o’zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko’tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sirning, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo’lgan. O’zbek adabiy tilining asoschi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o’zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko’zgusi tarzida munosabatda bo’lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoiru yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro’y-rost qo’yilishi o’z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilishi bilan parallel kechdi. Bunda birinchi galda eski o’zbek adabiy tili, jonli so’zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o’zbek tilda so’z yasashda keng qo’llangan affikslar yordamida katta adadda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, mo’g’ul tillaridan o’zlashgan terminlar miqdori shiddat bilan oshib bordi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so’z yasovchi qo’shimchalar ham terminlar yasashda muhim o’rin egalladi. Harbiy qurol-yarog’, texnika bilan bog’liq to’p ‘‘zambarak’‘, qazan ‘‘og’ir to’p’‘, tufang ‘‘miltiq’‘ kabi asl o’zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra’d ‘‘ yonib turgan neftni dushman tomon irg’ituvchi to’p’‘, arroda ‘‘paloqmon’‘, manjaniq ‘‘katapulta’‘, forscha-tojikcha zarbzan ‘‘zambarak turi’‘, farangiy ’‘ Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to’p’‘, zanburak