Tarixiylik jihatidan o‘zbek tili leksikasi
Tarixiylik jihatidan o‘zbek tili leksikasi Reja: 1. Arxaizmlarnin turlari. 2. Lug’aviy arxaizmning turlari. 3. Grammatik arxaiz. 4. Istorizm haqida ma‘lumot.
Eskilik bo’yog’i bor til birligi arxaizm deyiladi (grekcha arshaios – qadimgi). Arxaizm lug’aviy birliklar doirasida ham, grammatik hodisalar ham mavjud. Shunga ko’ra arxaizim avvalo ikki turlidir: Lug’aviy arxaizm – lug’aviy birikmalar doirasidagi turi. Grammatik arxaizm-grammatik hodisalar doirasidagi turi. Grammatik arxaizm deb sifatdosh formasini yasovchi ...mish affiksini, hali ham baoan uchrab qoladigan erur formasini ko’rsatish mumkin. Lug’aviy arxaizm ikki turlidir: Leksik arxaizm – so’zlar doirasidagi turi; Frazeologik arxaizmlar-iboralar doirasidagi turi. Leksik arxaizm o’z mohiyatiga ko’ra ikki gruppani tashkil etadi: A). So’zning o’zi yaxlitligicha arxaizm bo’ladi. Buni arxaizm so’z deb atash mumkin: sas (F.F. «Avval o’qi»), zamlamoq (F.F. «Ozarbayjonlik paxtakor qardoshlarga») kabi. B). So’zning o’zi emas, balki uning leksik ma‘nolarida biri arxaizm bo’ladi. Buni arxaizm – ma‘no deb atash mumkin: tikmoq («ekmoq» ma‘nosida –G’.G’. «Terimchi qizlarga»), hozir yerning g’alabasiga qattiq ishonaman. Bu yo’lda qancha zarba bo’lsa, ustimga qattiq ishonaman. Bu yo’ldaqancha zarba bo’lsa, ustimga olishga hozirman.-SH.R. kabi. Leksik arxaizmning har ikki turi leksik ma‘noga asoslanadi. Shunga ko’ra arxaizmning bu turlarini leksik arxaizm, semantik arxaizm deb nomash to’g’ri bo’lmaydi. Arxaizm-so’z monosemantik so’zning eskirishi natijasida, arxaizm- ma‘no esa polisemantik so’zga xos leksik ma‘nolardan birining eskirishi natijasi yuzaga keladi. Har ikki turdagi arxaizmning voqe bo’lishi shu tilning o’z taraqqiyot yo’li bilan bog’liq (arxaizmga aylanuvchi leksik ma‘noni o’z so’z yoki anglatishidan qat‘i nazar). Izoh. Hozirgi adabiyotda ba‘zan so’zning eskirgan talaffuzi (shunga mos holda yoziladi) ham uchraydi; bular salbiy hodisa deb qaraladi, albatta. Masalan,
sovun o’rniga sobun, qavat o’rniga qabat aytilishi va yozilishi kabi. Bunday hollarni sof fonetik-leksik arxaizm deb yuritiladi. Frazeologik arxaizm ko’p emas, hozirgi o’zbek tilida bunday arxaizmga dasti alif-lom qilib, gardanini ham qilib; yoqasini chok etmoq kabi iboralarni ko’rsatish mumkin. Eslatma. Arxaizm iborani arxaizm qatnashgan iboradan farqlash kerak. Arxaizmning qatnashuvi hali iboraning arxaizm ekanidan darak bermaydi. Masalan, lom-mim demaslik iborasi tarkibidagi arxaizm qatnashgan, shunga qaramay bu iboraning o’zi arxaizm emas. Lug’aviy birliklarning eski bo’lishi boshqa-yu, eskilik bo’yog’i bor bo’lishi boshqa. Arxaizm hozirgi tilning lug’atiga xos birlik hisoblanadi; boshqa lug’aviy birliklardan eskilik bo’yog’i borligi bilan ajralib turadi. Hozir ishlatilishdan umuman chiqib ketgan, til taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga xos bo’lgan lug’aviy birliklarni bugungi kun nuqtai nazaridan arxaizm deb baholash mumkin emas. Bular o’tmish lug’aviy birliklaridir. Bularning arxaizmligi yoki arxaizm emasligi til tarixining har bir bosqichida o’sha davrga nisbatan belgilanadi. Masalan, ulus («xalq»), aqcha («pul») kabi so’zlar, nuqta so’zning «o’rin», «tomon» ma‘nosini o’tmish lug’atiga xos birlikdir. Bunday lug’aviy birliklarga klassik adabiyotda va o’tmish tarixini bayon etuvchi hozirgi asarlarda ko’p uchraydi. Bular o’sha davr kolornitni hosil etish uchun xizmat qiladi, baozan hollardagina stilistik maqsadda ishlatilgan: Bobolar udumin tutib nazarda Kurashda toleng bo’lar senga yor. (G’.G’). Arxaizmning yuzaga kelishi sababini izohlash ko’p hollarda tayin bo’ladi. Lug’aviy birlik kelish sababini izohlash ko’p hollarda qiyin bo’ladi. Lug’aviy birlik biror jihatdan eskirib, o’z o’rniga boshqa lug’aviy birlikka bo’shata borishi natijasida arxaizm paydo bo’ladi. Bunday protseess turli-tuman sabablariga ko’ra sodir bo’ladi. Arxaizm umuman sinonimiyaga asoslanadi. Shunga ko’ra arxaizmning paydo bo’lishini izohlashda sinonimik munosabatdagi lug’aviy birliklarning holatiga, taraqqiyotiga suyanish munosabatdagi lug’aviy birliklarning
holatiga, taraqqiyotiga suyanish lozim bo’ladi. Bunda asosan quyidagicha sabablar ko’rsatiladi: Sinonimlar nutqda bir xil ishlatilmasligi sababli, ulardan bazilari arxaizmga aylanadi: Avvallari aktiv yoki boshqalari bilan teng ishlatilgan lug’aviybirlik o’z sinonimlariga qaraganda nuqda oz ishlatiladi, arxaik tus oladi. Masalan, qil, et, ayla sinonimlardan ayla so’zi; ipidan ignasigacha, miridan sirigacha, qilidan quyrug’igacha iborasi arxaizmga aylangan. So’z o’zlashtirish tufayli voqe o’zaro bir xil mavqega ega bo’lib Qolaveradi. Baozan shulardan biri ikkinchisining o’rnini bosa boradi, o’z o’rnini bo’shatayotgani arxaizmga aylanadi. Masalan, agitatsiya, propaganda so’zlarining o’zi shu tushunchalarning termini sifatida olingani tufayli, shu ma‘noni anglatishi uchun ishlatilgan tashviqot, targ’ibot terminlari arxaizmga aylanadi. Polesemantik so’zning o’z sinonimi bor bo’lgan bir leksik ma‘nosi,shunday sinonimiyaning tasirida va bu so’zning boshqa boradi. Bu bilan leksik ma‘noning ham, sinonimning ham tildagi mavqei kuchayadi. Masalan, boqma so’zida «tarbiyalamoq», «parvarish qilmoq» ma‘nosi ustun bo’la borishi bilan bu so’zning «ko’z tashlamoq» ma‘nosi arxaizmga aylanmoqda («ko’z tashlamoq» ma‘nosi hozir asosan qaramoq so’zi bilan anglatiladi). Arxaizm tilda avvalo stilistik figura sifatida yashaydi va shunga ko’ra arxaizmdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: Nutqqa ko’tarinki, nazokatli ruh berish uchun. Bunday vazifa bilan arxaizm asosan poeziyada ishlatiladi. Masalan, quyidagi tekstda qopqa, bo’sag’a so’zlarining ishlitilishi kabi: Siz ko’kning qopqasin qoqqan soatda, Quyosh ko’z uqalab uyg’onar edi.(G’.G’. «Ko’k bo’sag’asida»). Nutqqa mazax-mutoyiba, kinoya ruhini berish uchun. Arxaizmdan bunday foydalanish avvalgisiga nisbatan oz uchraydi. Masalan, quyidagi parchada arxaizm achchiq kinoyani ifodalash maqsadida ishlatilgan: Bular ketgandan keyin Said Jalolxon g’ayratiga chidolmay shamshir sug’urdi va havoda o’ynatib, askarga farmon berdi. (A.Q.)
Istorizm. O’tmish voqeligini atash zaruriyati bilan hozir ishlatilgan eski lug’aviy birlikka istorizm deyiladi (grekcha historia – tekshirish, tadqiqot). Masalan, G’.G’ulomning «Ko’kan»ida bo’nak, qarol, quloq so’zlarining ishlatilishi kabi. Istorizm lug’aviy birliklar doirasidagina uchraydi. Shunda ham ko’pchilikning leksik istorizmlar tashkil qiladi. Fraeologik istorizm juda oz. Bundan iboraga peshanasi sho’r, tagi past kabilarni ko’rsatish mumkin. Bu iboralarda aks etgan dunyoqarash o’tmish voqeligiga aylangan. Shunga ko’ra ular eskilik qoldig’i sifatida qisman saqlanib, umuman hozirgi tilning aktiv lug’atidan chiqqan. Eslatma. Qo’yidagi iboralar tarkibiga istorizm-so’z qatnashadi, ammo iboraning o’zi hozirgi lug’aviy birlik hisoblanadi:qo’shga qo’shibdimi?! (shunga ham) ota go’ri qozixonami?! Kabi. Leksik istorizm ko’pincha istorizm-so’z bo’ladi, istorizm-ma‘no kamdan- kam uchraydi. Masalan, qozi, to’ra,amin, hokim kabilar istorizm- so’zlardir;kartochka («non kartochkasi»), saroy («xon saroyi»)kabilar istorizm- ma‘nodir. Eslatma. Istorizmdan anaxronizmni farqlash kerak. Anaxronizm (grekcha apa-orqaga, shronos - vaqt) bir davrga xos voqelikni atovchi lug’aviy birlik bilan boshqa davr voqeligini atab yuborish hodisasidir. Bunday xato ko’pincha o’tmish haqida yozilagan asarlarda uchraydi. Masalan, 15 asr tasvirlanayotgan asardagi personaj nutqida o’zbek so’zining ishlitilishi anaxronizmdir. Arxaizm va istorizm o’zaro keskin farqlanuvchi hodisalardir. Shunga ko’ra birlikda emas, balki alohida-alohida baholanadi. Quyidagilar arxaizm bilan istorizmni farqlovchi belgilardir: Arxaizm mavjud voqelikning atamasidir. Istorizm esa o’tmish voqelikning atamasidir. Arxaizm mavjud voqelikning boshqa bir, o’zgacha atamasidir. Istorizm esa o’tmish voqelikning atamasi bo’lib, hozirgi tilda uning o’rnini bosa oluvchi lug’aviy birlik bulmaydi.