ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIYASI
ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIYASI Reja: 1. Globallashuv jarayonida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy terminlarning rivojlanishi. 2. Sport terminlarining xalqaro terminologiyaga kirishi. 3. Ruscha-baynalminalcha terminlar.
Globalllashuv va kompyuterlashtirish asrida O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o’rin olishi davlatlararo iqtisodiy, siyosiy, madaniy va h.k. aloqalarning qizg’in, jadal oshishiga olib keldi. Bunday munosabatlarning ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek tilda ham o’z ifodasini topmoqda. So’nggi yillarda o’zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik birliklar hamda ular anglatuvchi akademik lisey, kollej, magistr, magistratura, bakalavr, tender, preferensiya, investisiya, lisenziya, diler, megapolis, ekologiya, ekspert, demping, inflyasiya, kliring, supermarket, mini market, giper market, chat, paynet, elektorat, narkobiznes, milliy aviakompaniya va h.k. mutlaqo yangi tushunchalarva realiyalar hisobiga boyib bordi. O’zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakchi olimlari bilan o’rnatgan ilmiy-texnik munosabatlarining jadalllashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida izlanishlar olib borishning yo’lga qo’yilishi, yosh iste’dod egalarining nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o’qishi yoxud malaka oshirishi mos terminlarning yaqinlashuviga ko’mak beradi. Hozirgi o’zbek terminologiyasi uchun G’arb tillaridan, ayniqsa, ingliz tilidan ko’plab terminlarning quyilibkelishi diqqatga sazovordir. Shu bilan bir qatorda, o’zbek tili terminlarining boshqa tillar tomonidan o’zlashtirilayotgani ajablanarli hol emas. Zero, so’z o’zlashtirish hodisasining ikki tomonlama sodir bo’lishi tilshunoslikda allaqachon tasdig’ini topgan. Ta’kidlash joizki, 1999 yilning may oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tashabbusiga muvofiq o’zbek kurashi bo’yicha jahon birinchiligi o’tkazildi. Keyinchalik bu sport turining ommalushuvi va dunyo arenasiga chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, g’irrom kabi terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi (Bektemirov 2002;10).
Sharq taronalari ( восточные мелодий), o‘zbek modeli (узбекская модель) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining qayta tiklanishi fuqarolar yig’ini, fuqarolar yig’ini raisi, oqsaqol va h.k. terminlarning o’zga tillar so’z boyligidan mustahkam o’rin olishiga yoki tarjima qilinishiga bois bo’ldi. Qayd etish lozimki, o’zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga taalluqli tushunchalarni o’z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan o’zlashmalarning bir qismi o’zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi yoki tarjima qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o’ta qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati ( aакционерное общество ), erkinlashtirish (либерализация ), tijorat banki ( коммерческий банк ), muzyorar ( ледокол ), kichik biznes ( малый бизнес ), soliq stavkasi ( налоговая ставка ), tadbirkor ( предприниматель ), xususiy sektor ( частный сектор), infratuzilma (инфраструктура), ekologik xavfsizlik (экологическая безопастность) , siyosiy ekstremizm ( политический экстремизм), potensial xavf-xatar (потенциальная угроза), mintaqaviy mojaro (региональный конфликт) va h.k. shularjumlasidandir. Chet tili terminlarini so‘z yasalish usullari (so‘z yasovchi modellar) asosida yangidan yuzaga kelgan yasamalar bilan almashtirish jarayonida o‘zbek tili lug‘at fondida o luvchi (aдресат), jo‘natuvchi (aдресант), tavsiyanoma (xарактеристика), buyurtma (заявка), narxnoma (прейскурант), ma’lumotnoma (справка), fuqarolik (подданство), daxlsizlik (иммунитет), ishbilarmon (предприниматель), ta’mirchi (реставратор) singari ko‘pgina terminlar. O‘zbek tili terminologiyasi tizimida muayyan tushunchalarning muqobili bo’lmaganligi bois ularni bitta so’z bilan ifodalashning imkoniyati cheklangan. Kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so’zlar yordamida izohlash yoki tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. Mana shunday
holatlarda ruscha-baynalminal terminlar donor tilda qanday shaklda bo’lsa o’zbek tiliga ayni shu shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. Masalan: byudjet - byudjet , kredit - kredit , atom - atom , gidrolokasiya - gidrolokasiya , deduksiya - deduksiya, gerb - gerb , auditor - auditor, repatriasiya - repatriasiya, kommunikasiya - kommunikasiya, fraksiya -fraksiya, profisit - profisit, integrasiya -integrasiya, diplomatiya- diplomatiya, texnologiya - texnologiya va boshqalar. O’zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o’z hamda o’zlashma paralellarning yonma-yon qo’llanayotganiga shohid bo’lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi me’yor va yangi leksik birlik o’rtasidagi qaramaqarshilikdan guvohlik beradi. Tabiiy, bulardan qaysi biri o’zbek tili terminologiyasi tizimidan munosib o’rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt ko’rsatadi. Hozircha ikki variantli terminlar jumlasiga aksiya - harakat, aksiya, arxeolog - qadimshunos, arxeolog, blok - ittifoq, blok ( deputatskiy ), veto - veto, ta’qiq, ofiser - zobit, ofiser, reanimasiya - jonlantirish, reanimasiya, termin - atama, termin, embargo - embargo, ta’qiqlash, sivilizasi ya - sivilizasiya, tamaddun, kollegiya - hay’at, kollegiya, denonsasiya - denonsasiya, bekor qilish singarilar kiritilmoqda. Ba’zi vaziyatlarda, mabodo biror bir tushuncha ikki, ya’ni o’z va o’zlashma termin bilan ifodalansa, shubhasiz, afzallik o’zbekcha variantga beriladi - tilshunoslik (lingvistika), nazoratchi (inspektor), qalam haqi (gonorar), nizom (ustav), giyohvandlik (narkomaniya), zahira (rezerv), tenglik (paritet), hokim ( mer), jarroh (xirurg) va h.k. O’zlashma terminlarning ma’lum guruhi o’zbek tili qonunlariga bo’ysungan tarzda uning fonetik va grammatik xususiyatlariga moslashadi. Chunonchi, o’zlashma terminlarning o’zbek tili fonetikasiga moslashuvi quyidagi jihatlari bilan oydinlashadi: 1) fonemalarning qisqarishi: avianoses – avinos, raketanoses - raketanos ; 2) fonemalardagi tovush almashinuvi : mayak – mayoq , ochag – o‘choq, pla щ -
palatka - plashch-palatka va h.k. O‘zbek tilida qurilishi jiddiy o‘zgarishlarga uchragan o‘zlashma terminlar kategoriyasiga komitet - qo‘mita , bombardirovka – bombardimon, komanduyu щ i y – qo‘mondon, podryad – pudrat kabilarni kiritish o‘rinlidir. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida o‘zlashmalardan o‘zbekcha so‘z yasovchi affikslar ishtirokida yangi hosil qilingan terminlar keng miqyosda qo‘llanishga kirib kelmoqda. Xusuan, bombardirov щ ik – bombardimonchi , dozimetrist – dozimetrchi , generalskiy - generallik , komissariat – komissarlik , patronn ы y – patronli , gusenichniy – gusenisali , betonirovaniye – betonlash, ionizasiya - ionlanish; ionlash, modernizasiya – modernizasiyalash kabi ashyoviy misollar qayd etilgan fikrni tasdiqlashga xizmat qiladi. Mustaqillik yillari o‘zbek tili lug‘at fondining boyib borishida respublika xalq xo’jaligi uchun mutlaqo yangi sohalarning shiddat bilan shakllanishi va rivojlanishi kabi favqulotda muhim omillar sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 1996 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida Janubiy Koreyaning DEU (DAEWOO) avtomobil korporasiyasi bilan hamkorlikda ‘‘O’zDEU Avto’‘ qo’shmakorxonasining ishga tushirilishi natijasida O’zbekiston dunyodagi 28 ta avtomobilsozlik davlatlari qatoridan munosib o’rin oldi. 1999 yilda Samarqand shahrida ‘‘SamKochAvto’‘ o’zbek-turk qo’shma korxonasi avtobuslar va yuk mashinalarni ishlab chiqarishga kirishdi. Hozirgi paytda Yaponiya va Germaniya avtokompaniyalari hamkorligida ‘‘Isuzu’‘ avtobuslari hamda ‘‘Man’‘ yuk mashinalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. ‘‘O’zDEU Avto’‘ qo’shma korxonasining amerika avtomobil ishlab chiqarish giganti "Jeneral Motors"(General Motors) tarkibiga singdirilishi oqibatida bugungi talablarga to’la javob beradigan, yuqori tezlikka ega, har tomonlama qulay hamda yoqilg’ini tejaydigan yengil