logo

GEOGRAFIYA FANINING RIVOJLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI VA DAVRLASHTIRISH MASALALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.1796875 KB
GEOGRAFIYA FANINING RIVOJLANISHINI ASOSIY
BOSQICHLARI  VA DAVRLASHTIRISH MASALALARI
Reja:
1.  Qadimgi   yoki antik  davrda geografiyaning rivojlanishi. 
2.   Tabiiy   geografik   g‘oyalarning   Aristotel,   Eratosfen,   Ptolemey,   Strabon
ishlarida rivojlantirilishi. 
3 . O‘rta asrlar bosqichi .
4 . Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi
5.Kompleks geografik tadqiqotlar davri
6.Eng yangi davr geografiyasi
Tayanch   iboralar: antik   davr,   o‘rta   asrlar,   buyuk   geografik   kashfiyotlar,
ilmiy geografik ishlar, Buyuk ipak yo‘li, ekspeditsiya. 1.   Qadimgi   yoki antik  davrda geografiyaning rivojlanishi.
Kishilar ijtimoiy jamoa ijtimoiy tuzumidek o‘z joyini bilish va unda orenter
olish ehtiyojlari tufayli ayrim, bazan ancha keng tasavvurlarga ega bo‘lganlar. Ular
tabiatni kuzatishlari  ayrim faktlarni kuzatishdan boshlangan. Insoniyat  taraqqiyoti
bu   bosqichida   geografik   bilimlarning   hech   qanday   nuqtasi   bo‘lganligi   haqida
gapirishni   hojati   yo‘q.Geografiyaga   oid   taklif   etilayotgan   qarashlar   yoki
konsepsiyalar   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lib   qolgani   yo‘q.   Geografik   qarashlarning
uzoq   o‘tmish   tarixi   bor.   Uning   paydo   bo‘lishi,   rivojlanishi   va   shakllanishini,
odatda,   geografik   tadqiqotlarni   muayyan   bir   davrlarga   ajratish   orqali   tadqiq
qilinadi.
Geografik qarashlarni davrlashtirish turli tadqiqotchilar tomonidan (Tomson
Dj.O.,   1953;   L.P.Shubayev,   1975;   Yu.G.Saushkin,   1976;   A.G.Isachenko,   1971;
R.U.Raximbekov   va   Z.N.Donsova,1982;   V.A.Shalnev,1998;   M.M.Golubchik,
S.P.Yevdokimov, G.N.Maksimov, 1998 va h.k., A.Nigmatov, 2010) turlicha talqin
qilingan   hamda   turlicha   rivojlanish   davrlariga   ajratib   o‘rganilgan.   Qarashlarni
tiizimlashtirish   izlanuvchining   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsad   va   vazifalaridan   kelib
chiqqan   tarzda   amalga   oshirilgan   va   ko‘pincha,   o‘sha   davrning   ijtimoiy-siyosiy
muhiti   uchun   xizmat   qilgan   yoki   muayyan   bir   davlatning   boshqaruv   funksiyasini
bajarishga yordam bergan (1- chizma).
1-jadval
TABIY GEOGRAFIYANING RIVOJLANISH DAVRLARI
№ Davrlar Davrlarning nomlanishi
I Eramizdan avvalgi VI-V
asrlargacha Qadimgi dunyodagi mahalliy tabiiy
geografik tasavvurlar davri
II Eramizdan  avvalgi VI-V asrdan
to eramizning I V  asrlarigacha Antik  davrda geografik tasavvurlarni
rivoelanishi
III IV   asrlardan to  XV I I
asrning o‘rtalarigacha Yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan geografik
kashfiyotlar davri IV XV I I  asrning o‘rtalaridan
XX asrning 30-yillarigacha Geografiyaning mustaqil
ta’lim va fan sifatida shakllanishi
V XX asrning 30-60-yillari Geografiyaning tarmoqlashuv
Davri
VI XX asrning 70-yillaridan XXI
asrgacha Geografiyaning ekologiyalashgan davri
VII XXI asr Geografiyaning globallashgan
va gumanitarlashgan davri
Geografiya   eng   qadimgi   fanlar   qatoriga   kiradi.   Uning   rivojlanishini
yuqoridagi taxlillardan kelib chiqqan  xolda  quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Qadimgi   yoki   antik   davr   bosqichi;   O‘rta   asrlar   bosqichi;   Buyuk   geografik
kashfiyotlar bosqichi; Ilmiy geografik ishlar bosqich (17-19 asr); XX asr bosqichi;
21 asr bosqichi.
Miloddan   avvalgi   4   asrda   Misr   bilan   Vavilonda   yerni   o‘lchash   sanati-
geometriya   va   amaliy   astronomiya   vujudga   kelgan,   vaqt   hisobi   hamda   kalendar
paydo   bo‘lgan.   Shundan   keyin   geometriya   va   astronomiya   geografik   bilimlarni
vujudga   kelishiga   yordam   berdi.   Yozuv   ham   shu   yerda   vujudga   kelgan.   Fan
insonning   ongli   faoliyati   sifatida   qadimgi   Yunonistonda   miloddan   avvalgi   6-5
asrda   vujudga   kelgan.   Miloddan   oldingi   2   minginchi   yillikda   kitniklar   bilan
faniyaliklar geografik bilimi kengaydi. Bularni iqtisodiyoti dengizdagi kemachilik
bilan   uzviy   bog‘langan   edi.   Shuning   uchun   ular   butun   O‘rta   dengiz   bo‘ylab
suzganlar   va   Gresiya   orqali   bu   dengizdan   tashqariga   chiqib   savdo   sotiq   bilan
shug‘ulanganlar. Ular janubiy Arabistondan Hindistonga suzib borganlar. Yevropa
va   Osiyo   nomlari   ham   o‘sha   vaqtda   paydo   bo‘lgan   Yevropa   so‘zi   Finiyaga
nisbatan   o‘z   O‘rta   dengizni   sharqida   joylashgan   edi   (Nicholas   Clifford,Shaun
French and Gill Valentine. Key Methods in Geography. 2010). 
Ptolemey   eramizning   boshida   (2   asr)   xaritalarni   daraja   to‘ri   yordamida
tuzishni   ixtiro   qildi.  Dunyo   xaritasini   tuzdi   va   geografiya   bo‘yicha  qator   asarlar
yozdi, shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi. Yer bilimini vakili Anoksimandr (miloddan avvalgi 6 asr) bo‘lgan. U o‘sha
vaqtda   malum   bo‘lgan   dunyoning   kartasini   chizgan   va   tahmin   qilishlaricha
Yerning   butun   tasvirini   yozgan.   eng   yirik   Grek   faylasuflari   Arestotel   (miloddan
avvalgi   6   asr)   u   o‘sha   vaqtda   malum   bo‘lgan   dunyoning   kartasini   chizgan   va
tahmin   qilishlaricha   Yerning   butunicha   tavirini   yozgan.     Ushbu   bosqichda
geografik ahamiyatga ega bog‘liq   ilmiy natijalar quyidagilardan iborat:
-   Gomer   tomonidan   miloddan   avvalgi   XII   asrda   Dunyo   xaritasi   tuzildi.
Mazkur   xaritada   asosan   O‘rta   dengiz   atrofi   tasvirlangan   Shimoliy   Afrikadagi
Liviya,   Misr,   G‘arbiy   Osiyoda   Finikiya,   kichik   Osiyo   yarim   oroli,   O‘rta
dengizdagi Kipr, Krit, Sitsiliya orollari  tasvirlangan; 
- Aristotel tomonidan miloddan avval IV asrda Yerning sharsimonligi, Yerda
issiq   mintaqalarning   mavjudligi   isbotlandi.   Dunyo   hartasi   tuzildi.   Uning
xaritasida   Gomer   xaritasidagi   joylar   yanada   kengaytirilgan   Uning   xaritasida
kishilar   yashamaydigan   sovuq   mintaqa   va   kishilar   yashaydigan   issiq   mintaqa
ajratilgan. 
-   Erotosfen   miloddan   avvalgi   III   asrda   Yerning   o‘lchamlarini   aniqladi,
Dunyo xaritasini tuzdi. «Geografika» nomli asar yozdi, geografiyani atamasi fanga
olib kirdi;
-Ptolomey   eramizning   boshida   (II   asr)   xaritalarni   daraja   to‘ri   yordamida
tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi (4-rasm) va geografiya bo‘yicha qator
asarlar yozdi. Shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi.
P tolomey   eramizning   boshida   (II   asr)   xaritalarni   daraja   to‘ri   yordamida
tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi (4-rasm) va geografiya bo‘yicha qator
asarlar yozdi. Shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi.
O‘rta   asrlar   bochqichda   geografiya   fani   asosan   sharq   mamlakatlarida
rivojlandi. 
Xorazm   ilm   maktabining   ilk   ko‘zga   ko‘ringan   namoyandasi   Muhammad
Xorazmiy bo‘lib, u amerikalik sharqshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda “barcha
zamonlarning eng ulug‘ matematiklaridan biri” edi. Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy Xorazmda tug‘ilgan va Bag‘dodda vafor
etgan.   Olimning   tug‘ilgan   va   vafot   etgan   yillari   aniq   ma’lum   emas.   Ba’zi
manbalarda Al-Xorazmiy 780 yilda tug‘ilgan va 847 yilda vafot etgan deb taxmin
qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan
bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi bo‘lgan. Jumladan, olimning tarix,
matematika,   astronomiya   va   geografiya   sohasida   yozib   qoldirgan   ilmiy   merosi
jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo‘shilgan bebaho hissa sifatida tan
olingan.
Al-Xorazmiy   ilmiy   faoliyatida   Bag‘dod   shahrida   VIII   asr   oxiri   IX   asr
boshlarida   Xorun   ar-Rashidning   o‘g‘li   Ma’mun   davrida   tashkil   etilgan   olimlar
akademiyasi   –   “Bayt   al-hikma”   (“Donishmandlar   uyi”)   katta   rol   o‘ynagan.
Bag‘dod   Akademiyasida   Xalifa   Ma’munning   topshirig‘iga   ko‘ra,   Al-Xorazmiy
boshchiligida     70   dan   ortiq   olim   jahonning   va   osmonning   batafsil   tasvirini   o‘z
ichiga   olgan   “Jahon   xaritalari”,   ya’ni   dunyo   atlasini   tuzish   ustida   faoliyat   olib
borishgan.   Bu   xaritalar   yig‘indisi   “Ma’mun   dunyo   xaritasi”,   deb   ham   ataladi   va
manbalarga ko‘ra uni tuzish taxminan 840 yilda yakunlangan.
Ana   shu   xaritalarning   tuzilishi   munosabati   bilan   yozilgan   Al-Xorazmiyning
“Surat   al-arz”   (“Yer   tasviri”)   kitobi   o‘z   davrida   juda   mashhur   bo‘lgan   va   undan
nafaqat   bag‘dodlik   olimlar,   balki   birmuncha   uzoq   mamlakatlardagi   ilm   ahli   ham
keng foydalangan. Kitob bir necha o‘nlab xaritalar va ularga berilgan izohlarni o‘z
ichiga   olib,   hammasi   birgalikda   “Kitobu   surat   al-arz”   deb   atalgan.   U   “Yerning
qiyofasi   kitobi”   yoki   boshqacha   qilib   aytganda   “Geografiya”   ma’nosini   ham
bildiradi.
Mazkur   asarlardagi   izohlarda   dunyoning   turli   qismlari   iqlimlar   bo‘yicha
joylashtirilgan   va   ularning   geografik   koordinatalari   keltirilgan.   Hammasi   bo‘lib
537 ta eng muhim joyning nomi, jumladan, shaharlar, so‘ngra tog‘lar (203 nom),
dengizlar   va   orollarning   nomlari,   oxirida   esa   daryolar   alohida-alohida   qilib
yozilgan.   Kitobda   keltirilgan   jadvallarda   “G‘arbiy   tashqi   dengiz”   (Atlantika
okeani),   “Qulzum   dengizi   va   Yashil   dengiz”   (Qizil   dengiz   va   Hind   okeani)   kabi
nomlar   uchraydi.   Shuningdek,   asarda   Azov   dengizi,   Nil   daryosi   va   ularning atrofidagi hududlarga izoh berilib, bu yerlarning xaritasi ham keltirilgan. Mohiyat
va mazmuniga ko‘ra mazkur asar katta bir atlasga ilova qilingan izohdir.
Ahmad   Farg‘oniy   797   yilda   Mmmda   tug‘ilgan   va   dastlabki   ilmni   shu   yerda
olib, boyaga yetgan. So‘ng o‘sha zamonda Sharqada mashhur bo‘lgan Bag‘doddagi
“Bayt   al-hikma”   akademiyasida   shug‘ullangan.   Ahmad   Farg‘oniy   bu   yerda
Muhammad   ibn   Muso   al-Xorazmiy   bilan   birga   faoliyat   ko‘rsatgan.   Shuningdek,
Misrda, Nil daryosi bo‘ylarida tadqiqotlarni amalga oshirgan.
Mutaxassislarning   fikricha   hozirgi   vaqtda   Ahmad   Farg‘oniyning   8   ta   asari
ma’lum, ammo Rizoulloh Ansoriyning yozishicha, uning qoldirgan asarlari soni 11
ta.   Al-Farg‘oniy   asarlaridan   “Al   Komil   fil-usturlob”   (“Usturlob   to‘g‘risida
mukammal   ma’lumot”),   “Fi   sanoat   al-Usturlob”   (“Usturlob   san’ati   to‘g‘risida”),
“Yetti iqlim”, “Astronomiya ilmiy asoslari” va “Javomi ilm an-nujum val harakat
as-samoviy”   (“Samoviy   harakatlar   va   astronomiya   kitobi”)   kabilar   butun   jahon
astronomlari orasida ma’lum va mashhur.
Ahmad   Farg‘oniy   Mirzo   Ulug‘bekdan   besh   asr   oldin   Quyosh   va
yulduzlarning harakat yo‘nalishini, shuningdek Yerning shar shaklida ekanligini va
u ikki qutbni birlashtiruvchi  o‘q atrofida harakatlanishini isbotlab bergan. Ahmad
Farg‘oniy   bu   haqda   shunday   yozgan:   “Olimlarning   masalaga   qarashlari   har   xil
bo‘lishi mumkin, lekin haqiqat bitta. Mana shunday haqiqiy g‘oyalardan biri – Yer
va   osmonning   shar   shaklidaligidir.   Haqiqatan   Yer   osmondagi   barcha   yoritgichlar
bilan birga, biri – shimolning boshida, ikkinchisi – janubning oxirida bo‘lgan ikki
harakatlanmaydigan qutb (orqali o‘tuvchi o‘q) atrofida harakat qiladi”.
Ahmad Farg‘oniy Misrda, Nil daryosi bo‘ylarida qator tadqiqotlar olib bordi.
Izlanishlarining   natijasi   o‘laroq   olim   Nil   daryosidagi   suvning   hajmi   va   tezligini
o‘lchaydigan   inshoot   –   nilomerni   yaratgan.   Aynan   shu   nilomerning
ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda Misrda qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i
hisoblangan dehqonchilikni samarali va oqilona tashkil etish mumkin bo‘lgan. 
Ahmad   Farg‘oniyning   nomi   fazoda   ham   abadiylashtirilgan.   Mashhur
polshalik astronom Yan Gaveliy o‘zining 1647 yilda chop etilgan “Selenografiya” kitobida   yozishicha,   XVI   asrdayoq   Oydagi   kraterlardan   biri   Ahmad   Farg‘oniy
nomi bilan atalgan.
Abu rayhon Beruniy 973 yilning 4 sentabrida Xorazmda, Amudaryoning o‘ng
sohilida   Kot   shahrida   tug‘ilgan.   X   asr   oxirida   Janubiy   Xorazm   viloyatining
poytaxti   hisoblangan   Kot   shahri   hozirgi   Qoraqalpog‘istonning   Beruniy   tumani
o‘rnida   joylashgan   edi.   Beruniy   dastlabki   ta’limni   o‘z   shahrida   va   Xorazmning
boshqa   shaharlaridagi   mahalliy   maktablarda   mashhur   ustozlaridan   olgan.
Bolaligidanoq juda idrokli, ancha talabchan va bilim olishga ishtiyoqi zo‘r edi. 18
yoshida   Beruniy   Xorazm   observatoriyasida   mustaqil   kuzatish   ishlari   bilan
shug‘ullana   boshlagan.   22   yoshida   Bushkotir   degan   joyda   kuzatishlar   o‘tkazib,
dastlabki kichik asarlarini xuddi shu yerda yozgan. 
Beruniyning   umri   doimiy   sayohat   va   bir   shahardan   ikkinchisiga   ko‘chib
yurib,   tadqiqotlar   o‘tkazish   bilan   o‘tgan.   Beruniy   998   yilda   Kaspiy   dengizining
janubi-sharqiy   burchagida,   dengizdan  ichkaridagi   alohida  bir  viloyatning  markazi
bo‘lgan   Jurjon   shahriga   ko‘chib   kelgan.   Jurjonda   istiqomat   qilgan   vaqtida,
taxminan   1000   yilda     -   27   yoshida   “Qadimgi   xalqalrdan   qolgan   yodgorliklar”
nomli   birinchi   yirik   asarini   yozgan.   Beruniy   bir   necha   tillarni,   jumladan   qadimiy
xorazm tilini, fors-tojik, o‘zbek (yeski turkiy til), arab va yunon tillarini bilgan.
Beruniy   Xorazmga   qaytgach,   ilm   ahlining   qadriga   yetuvchi   hokim   Ma’mun
yordamida Xorazm olimlarini birlashtirib, “Ma’mun akademiyasi”ga asos solishda
ishtirok   etgan.   Beruniy   “Geodeziya”   asarida   yozishicha,   Ma’mun   akademiyasida
ilmiy   faoliyat   olib   borgan   vaqtida   ixtiyorida   turli   asboblar,   jumladan,   diametri   3
metr keladigan va oraliq minutlarga bo‘lingan kvadrant bo‘lgan ekan. 
Beruniy Hindistonda yashagan chog‘ida sanskrit tilini o‘rgangan. Olim ushbu
mamlakat etnografiyasi, geografiyasi, biologiyasi, filologiyasi va tarixiga oid juda
muhim   ma’lumotlarni   turli   manbalardan   to‘plab,   ularni   “Hindiston”   asariga
kiritgan. 
Ilm-fanga   katta   e’tibor   bergan   Sulton   Ma’sud   topshirig‘iga   binoan   Beruniy
o‘zining   shoh   asari   –   astronomiya   va   geografiya   qomusi   “Qonuni   Ma’sudiy”ni
yozgan. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asar muallifidir, ba’zi mutaxassislar   esa   olim   180   tacha   kitob   yozgan,   degan   fikrdalar.
Sharqshunoslarning   eng   keyingi   hisobiga   ko‘ra,   Beruniy   asarlari   quyidagicha
taqsimlanadi:   astronomiyaga   oid   –   70   ta;   matematika   –   20   ta;   geografiya-
geodeziyaga   –   12   ta;   kartografiyaga   –   4   ta;   iqlim   va   ob-havoga   –   3   ta;
mineralogiyaga   –   3   ta;   falsafaga   –   4   ta;   fizikaga   –   1   ta’   dorishunoslikka   –   2   ta;
tarix, etnografiyaga – 15 ta; adabiyotga oid asari esa 28 tadir.
Beruniy Ptolemeyning “Geografiya”siga qisqacha sharh ham yozgan va uning
bu   asari   “Kitob   taqosim   va   aqolim”   (“Iqlimlar   bo‘linishi   kitobi”)   deb   ataladi.
Mazkur asarning dunyo tabiiy geografiyasiga oid kitob ekani uning nomidan ham
ma’lum. Bulardan tashqari, Beruniyning “Osori boqiya” (“Al-osor al-boqiya an al-
qurun   al-holiya”   –   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”,   yevropalik
sharqshunoslar uni “Xronologiya” deb ataydilar), “Kartografiya” (“Tastih as-suvar
va   tabtih   al-quvar”),   “Geodeziya”   (“Kitobu   tahdidi   nihoyot   al-amokin   li   tashih
masofat   al-masokin”   –   “Turar   joylarning   oralaridagi   masofalarni   aniqlash   uchun
joylarning   chegaralarini   belgilashhaqida   kitob”)   kabi   to‘plamlari   geografiya   va
tabiatshunoslikka oid juda qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
Yevropa   mamlakatlarida   “Avitsena”   nomi   bilan   mashhur   Abu   Ali   ibn   Sino
ko‘pchilikka tib ilmi  asoschilaridan  biri  sifatida  ma’lum. Ammo Sharq uyg‘onish
davrining yirik namoyondalaridan bo‘lmish Ibn Sino qomusiy olim bo‘lib, nafaqat
tibbiyot,   balki   falsafa,   astronomiya,   matematika,   geografiya   va   tabiatshunoslikka
oid ko‘plab asarlar ham yozgan.
Ma’lumotlarga   ko‘ra   Ibn   Sino   300   tacha   asar   yozgan   va   “Tib   qonunlari”   va
“Kitob   ash-shifo”   olimning   eng   yirik   asarlaridir.   Bu   asarlarda   astronomiya,
geologiya, fizika, adabiyot, falsafa, biologiya va geografiyaga oid o‘z zamonasiga
yarasha ilg‘or va ilmiy mulohazalar mavjud.
Mahmud   Qoshg‘ariy   XI   asrda   yashab   o‘tgan   markaziy   osiyolik   mashhur
qomusiy   olim.   Uzoq   muddatli   safarlari   natijasida   to‘plangan   tarixiy,   lingvistik,
geografik va etnografik ma’lumotlarni tizimlashtirgan Mahmud Qoshg‘ariy 1072-
1074 yillar  davomida  Xitoy va  Mo‘g‘ulistondan  tortib to  Vizantiyagacha  bo‘lgan
hududda  yashovchi   30  ga   yaqin  turkiy  qabilalarning   XI   asrdagi   hayoti,  ya’ni   tili, urf-odatlari   va   turmush   tarzi   nuqtai   nazaridan   qimmatli   bo‘lgan   buyuk   asari
“Devonu   lug‘otit   turk”ni   (Turkiy   so‘zlar   lug‘ati)   yaratdi.   Unda   Qoshg‘ariyning
bebaho   geografik   merosi   –   tabiiy   geografik   terminlar,   joy   nomlari   va   ularning
izohi,   asarga   ilova   qilingan   dunyo   xaritasi,   O‘rta   Osiyoda   ayrim   qabilalarning
joylashishi   haqidagi   aholi   geografiyasiga,   astronomiyaga   doir   taqvim   tizimi,
muchallar va ularning tarixiga oid muhim ma’lumotlar o‘rin olgan.
“Devon”ga   XI   asrda   yaratilgan   dunyoning   noyob   xaritasi   ilova   qilingan   va
unda turkiy qabilalar yashaydigan va boshqa yerlar ko‘rsatilgan. Ushbu xarita bitta
doiradan   iborat   bo‘lib,   uning   asosiy   qismi   hozirgi   sharqiy   yarimsharga   to‘g‘ri
keladi. 
Mahmud Qoshg‘ariy xaritasining qiziq tomoni shundaki, unda baland tog‘lar
yoki   yirik   daryolar   qalin   chiziqlar   bilan,   kichikroqlari   ingichka   chiziqlar   bilan
ko‘rsatilgan. Xaritaning aylanasiga to‘q yashil rang doira chizilganki, uni ko‘rgach,
yer yuzini hamma tarafdan okeanlar o‘rab olgan, degan tasavvur hosil bo‘ladi. Bu
esa   xarita   muallifi   M.Qoshg‘ariyning   kartografiya   qonuniyatlaridan   yetarli
darajada   xabardor   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.   Buyuk   olim   va   davlat   arbobi,
temuriylar sulolasining yorqin namoyondasi Mirzo Ulug‘bekning nomi dunyo fani
sahifalariga   zarhal   harflar   bilan   bitilgan.   Uning   astronomiya,   matematika,
geometriya,   geografiya   va   boshqa   qator   fanlar   rivojiga   qo‘shgan   ulkan   hissasi,
O‘rta   asrlarda   amalga   oshirgan   hisob-kitoblarining   aniqligi   hozirgi   zamon   ilm
ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda. U “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniyning
yangi astronomik jadvali”) va “To‘rt ulus tarixi” kabi mashhur asarlarni yaratgan. 
“Ziji   jadidi   Ko‘ragoniy”   asarida   1018   ta   harakatlanmaydigan   yulduzning
koordinatalari   hayron   qolarli   darajadagi   aniqlikda   ko‘rsatib   berilgan.
Mutaxassislarning   tan   olishicha,   ushbu   yulduzlar   jadvali   yunon   olimlaridan
miloddan   avvalgi   II   asrda   yashagan   Gipparx   va   milodiy   I-II   asrlarda   ijod   qilgan
Ptolemey   tuzgan   jadvallardan   keyingi   davrda   yaratilgan   eng   aniq   astronomik
manba hisoblanadi.
Quyosh   bir   yilda  bir   marta   aylanib  chiqadigan   fazoviy  doira   –  ekliptikaning
og‘ishi   qiymatini   aniqlashda   M.Ulug‘bek   dunyo   astronomiya   fanida   eng   oldingi o‘rinlarda   turadi.   Uning   1437   yilda   amalga   oshirgan   hisob-kitoblariga   ko‘ra,
ekliptikaning   og‘ishi   23°30’17’’   ga   teng   va   bu   qiymat   hozirgi   zamondagi   hisob-
kitoblardan   bor-yo‘g‘i   0’32’’ga   farq   qiladi.   Shuning   uchun   ham   Ulug‘bek
tomonidan   hisoblangan   bir   astronomik   yil   365   kun   6   soat   10   minut   8   sekundga
teng   va   bu   hozirgi   zamon   ma’lumotlaridan   atigi   58   sekundga   farq   qiladi.
Ulug‘bekning   yozib   qoldirgan   asarlarida   bir   qator   geografik   ma’lumotlar   ham
mavjud.   “Ziji   jadidi   Ko‘ragoniy”dagi   jadvallarda   dunyodagi   683   ta   aholi
punktining geografik koordinatalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.   Jumladan, u
yaratgan   rasadxona   39°40’37’’   geografik   kenglikka   to‘g‘ri   keladi.   Agar   O‘rta
asrlardagi   kuzatish   uskunalari   va   uslublarini   hisobga   oladigan   bo‘lsak,   Ulug‘bek
amalga oshirgan o‘lchash natijalarini juda aniq, deyish mumkin.
16   asr   boshlarida   taniqli   shoir   va   davlat   arbobi   Zahiriddin   Muhammad
Boburning Hindiston zaminida boburiylar saltanatiga asos solib, XIX asrga qadar
mazkur   sulolaning   ushbu   mamlakatda   bunyodkorlik   va  ma’rifatparvarlik  ishlarini
olib   borgani   tarixdan   ma’lum.   Bobur   yoshligidanoq   turli   sayohatlarni   yaxshi
ko‘rgan.   Bunday   safarlarda   chiniqqan   ham.   Yosh   bo‘lishiga   qaramay,
o‘lkamizning geografik qiyofasini tasavvur qila olgan. 
Boburning   yozishicha,   21   yoshigacha   Mmmdan   Buxorogacha,   Toshkentdan
Hisor va Hirotgacha bo‘lgan barcha shahar va qishloqlarda hamda dashtu tog‘larda
bo‘lgan.   Mmm   vodiysida   u   borgan   eng   sharqiy   joy   –   O‘zgan   shahridir.
O‘zbekistonning   g‘arbi,   Buxoro   va   Qarshi   ham   Boburga   yaxshi   tanish   edi.
Shuningdek,   eron   bilan   Afg‘oniston   chegarasida,   o‘sha   davrning   eng   yirik
poytaxtlaridan   bo‘lgan   Hirotda   bir   qancha   vaqt   yashagan.   Shu   tariqa   umrining
deyarli 36 yilini safarlarda o‘tkazgan va o‘n minglab kilometr yo‘l bosgan, Bobur
Mmmdan Bangolagacha (Hindistondan Bengaliya) borgan.
Sayohatlari   mobaynida   esa   Bobur   o‘zining   shoh   asari   “Boburnoma”   uchun
boy   ma’lumotlar   to‘plagan.   Olimning   yaratgan   badiiy   asarlari   bilan   bir   qatorda
O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston davlatlarining geografiyasi, tarixi, ijtimoiy-
iqtisodiy   hayoti,   tabiati,   etnografiyasi   va   tibbiyotiga   oid   muhim   ma’lumotlarni
o‘zida   aks   ettirgan   “Boburnoma”   alohida   o‘rin   tutadi.   “Boburnoma”   Boburning Mmmdagi   yoshlik   chog‘laridan   to   Hindistonda   podshoh   bo‘lganigacha   boshdan
o‘tkazganlarining   mufassal   ta’rifidir.   Asarda   Mmmdan   Hindistongacha   bo‘lgan
keng  hududda   Boburning   o‘zi   ko‘rgan   joylari,   ularning   tabiati,  boyligi,  odamlari,
urf-odatlari, hayvonot va o‘simliklari haqidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi.
XV   asrning   o‘rtalariga   qadar   Yer   sharining   Yevropa,   Markaziy   va   Janubiy
Osiyodagi   ba’zi   hududlaridan   tashqari   ko‘pgina   qismi   yevropaliklarga   hali
noma’lum edi. Ularning aksariyati XVII asr o‘rtalariga qadar dengizda suzishning
rivojlanishi   tufayli   amalga   oshirilgan   sayohatlar   natijasida   kashf   etilgan.   Bunday
sayohatlar dunyo taraqqiyoti sur’atlarining keskin tezlashishiga olib keldi, albatta.
Ularni geografiya tarixiga oid ilmiy adabiyotlarda haqli ravishda “buyuk geografik
kashfiyotlar davri” deb atash qabul qilingan.
Mutaxassislarning   fikricha,   buyuk   geografik   kashfiyotlarning   amalga
oshirilishida   XV   asr   o‘rtalarida   Yevropa   mamlakatlarida   vujudga   kelgan   tarixiy-
iqtisodiy   sharoit   muhim   rol   o‘ynagan.   Chunki   bu   vaqtga   kelib,   Yevropada
mahsulot   ishlab   chiqarish   hajmi   keskin   ko‘paygan   va   turli   tabiiy   resurslarga,
jumladan, qimmatbaho  metallarga bo‘lgan ehtiyoj   oshgan.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,
yangi   yerlarni   qidirib   topish   va   ulardagi   mavjud   tabiiy   boyliklarni   Yevropaga
keltirish uchun qulay dengiz yo‘llarini kashf etishga intilishning kuchayishiga olib
keladi.
Buyuk   geografik   kashfiyotlar   davrini   mutaxassislar   shartli   ravishda   uchga
bo‘lishadi:  XV asr oxiri – XVI asr o‘rtalari; XVI  asrning   ikkinchi   yarmi  – XVII  asr
o‘rtalarigacha ;   XVII   asrning   ikkinchi   yarmi   –   XVIII   asrlarda   amalga   oshirilgan
geografik   kashfiyotlar .
Birinchi davrda Amerika qit’asini o‘rganish, Yevropadan Hindistonga dengiz
yo‘lini   ochish   va  Yer   shari   bo‘ylab   aylanma  sayohatlar   amalga   oshirilgan   bo‘lsa,
ikkinchi   davr   esa   Shimoliy   va   Sharqiy   Osiyo,   Arktika,   Tinch   okeani   hamda
Avstraliya   va   Yangi   Zelandiyaga   uyushtirilgan   sayohatlarni   o‘z   ichiga   oladi.
Uchinchi   davrda   esa   Avstraliya   kengroq   tadqiq   etilgan,   Tinch   okeanining   turli
qismlari chuqur o‘rganilgan. Birinchi   davrda   amalga   oshirilgan   asosiy   sayohatlar   sifatida   quyidagilarni
sanab   o‘tish   mumkin:   XV   asrning   80-yillarida   portugal   dengizchilari,   jumladan
Bartolomeu   Diash   birinchi   bo‘lib   Afrikaning   g‘arbiy   va   janubiy   qirg‘oqlarini
o‘rganib chiqishgan va Atlantika okeanidan Hind okeaniga bo‘lgan dengiz yo‘lini
aniqlashgan.
1492-1494 yillarda X.Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi tomonidan Bagam,
Katta   va   Kichik   Antil   orollarining   kashf   etilishi   yevropaliklarning   Amerikaga
intilishini kuchaytirgan bo‘lsa, 1497-1499 yillar davomida portugal sayyohi Vasko
da   Gama   tomonidan   arab   yo‘l   boshlovchilari   yordamida   uyushtirilgan   sayohat
Yevropadan   Hindistonga   dengiz   yo‘lining   kashf   etilishi   va   shu   orqali
yevropaliklarning   Osiyo   mamlakatlari   bilan   bo‘lgan   savdo   aloqalarini
kengaytirishiga olib kelgan.
1498-1502   yillarda   X.Kolumb,   A.Vespuchchi   va   A.Oxeda   kabi   ispan   va
portugal   sayyohlari   Janubiy   Amerikaning   shimoliy   va   Braziliya   yonidagi
qirg‘oqlarini   ochishgan.   Shunisi   qiziqarliki,   Atlantika   okeanidan   Tinch   okeaniga
o‘tish mumkin bo‘lgan X.Kolumb topa olmagan Panama bo‘ynidagi eng qisqa yo‘l
1513-1525 yillarda ispan sayyohi  V.Nune de Bilbao tomonidan kashf  etilgan.   Bu
kashfiyot butun Janubiy va Markaziy Amerikaning turli tomondan tadqiq etilishiga
turtki berdi.
O‘rta   asrlargacga   mavjud   bo‘lgan   Yerning   sharsimonligi   haqidagi   g‘oya   va
taxminlar   1519-1522   yillarda   portugal   sayyohi   Fernan   Magellan   tomonidan
birinchilardan   bo‘lib,   Yer   shari   bo‘ylab   amalga   oshirilgan   aylanma   sayohat
natijasida   o‘z   isbotini   topdi.   Shunda   so‘ng   bir   qator   ispan   sayyohlari   1526-1552
yillarda   Janubiy   Amerikaning   Tinch   okean   qirg‘oqlari,   And   tog‘lari,   Orinoko   va
Amazonka daryolarining quyilishi joylarini kashf etishgan. Shimoliy Amerikaning
sharqiy qirg‘oqlari fransuz sayyohlari J.Verratsano (1524) va J.Karte (1534-1535),
ingliz sayyohi J.Kabot (1494), ushbu materikdagi Appalachi tog‘lari, Kolorado va
Missisipi   daryolari   vodiylari   ispan   sayyohlari   e.Soto   va   F.Koronado   tomonidan
1540-1542 yillarda o‘rganilgan. Ikkinchi   davrdagi   sayohatlarning   aksariyati   sharqiy   va   g‘arbiy
yarimsharlarning shimoliy qismlari bo‘ylab amalga oshirilgan. Yermakning 1581-
1584   yillardagi   G‘arbiy   Sibirga   yurishidan   keyin,   bir   qator   rus   sayyohlari   –
I.Moskvitin,   Ye.Xabarov   va   boshqalar   17   asrning   birinchi   yarmida   Yenisey   va
Lena   daryolarini   o‘rganib,   butun   Shimoliy   Osiyoni   kesib   o‘tgan   holda   Oxota
dengizigacha yetib borishgan.
Arktikani   o‘rganishda   golland   sayyohi   B.Barensning   hissasi   katta.   U
Yevropadan   Xitoyga   boradigan   Shimoliy   dengiz   yo‘lini   topish   ilinjida   1594   yili
Novaya   Zemlya   orolini,   1596   yili   Shpitsbergen   orollarini   chiqir   o‘rgangan.
Arktikaning   Shimoliy   Amerika   va   Atlantikaga   tutash   qismini,   jumladan
Grenlandiya oroli, Baffin yeri, Labrador yarimoroli va Gudzon qo‘ltiqlarini ingliz
dengizchi-sayyohlari G.Gudzon, U.Baffin, J.Deyvis va boshqalar tadqiq etishgan.
Rus   sayyohlaridan   S.Dejnyov   1647-1649   yillarda   Osiyoning   shimoliy
qirg‘oqlaridagi bir qator orol va yarimorollarni kashf etdi. Mazkur sayyoh Bering
bo‘g‘ozi   orqali   Tinch   okeaniga   o‘tishga   muvaffaq   bo‘lib,   Osiyo   qit’asining
Amerika bilan tutash emasligini amalda isbot qilgan. Ammo S.Dejnyovning ushbu
sayohati   natijalari   uzoq   vaqt   keng   ommaga   ma’lum   bo‘lmay,   Yoqutiston
arxivlarida qolib ketgan.
Tinch   okeandagi   qator   orollarning   kashf   etilishida   ispan   sayyohi
L.Torresning,   17   asrning   birinchi   yarmida   Avstraliya,   Tasmaniya   va   Yangi
Zelandiyaning tadqiq etilishida golland sayyohlari V.Yansson va A.Tasmanlarning
xizmati beqiyos bo‘lgan.
XVII   asrning ikkinchi yarmi  – 18 I   asrlarni o‘z ichiga olgan uchinchi davrda
amalga   oshirilgan   sayohatlar   davomida   Tinch   okean   birmuncha   kengroq   tadqiq
etilib, Dunyo okeanidagi qator orollar kash etilgan.
Uchbu   davrda   rus   sayyohi   Vitus   Bering   Osiyoning   shimoli-sharqiy
qirg‘oqlarini tadqiq etgan. Mazkur sayyoh Osiyo va Shimoliy Amerikaning o‘zaro
tutash bo‘lmay, balki dengiz bo‘g‘izi  bilan ajralganini  isbotlab, uchbu hududlarni
ilk   bor   xaritaga   tushirgan.   Ingliz   sayyohi   J.Kuk   tomonidan   Avstraliya,   Yangi
Zelandiya   va   Tinch   okeandagi   qator   orollar   o‘rganilib,   Yangi   Zelandiyaning Avstraliyadan   ajralgan   alohida   ikkita   oroldan   iboratligi   isbotlangan.   J.Kuk
sayohatlarining   natijasi   o‘laroq   Avstraliya   ilmiy   adabiyotlarda   alohida   materik
sifatida tilga olina boshladi.
Ko‘rinib   turibdiki,   buyuk   geografik   kashfiyotlar   butun   jahon   ahamiyatiga
molik   voqea   sifatida   dunyo   tarixiga   kirgan.   Buning   natijasi   o‘laroq,   mavjud
materiklarning   qirg‘oq   chiziqlari   holati   aniqlanib,   Yer   shari   quruqligining   asosiy
qismi   o‘rganildi.   Shuningdek,   fanning   turli   tarmoqlari   –   geografiya,   botanika,
zoologiya,   etnografiya   va   boshqa   sohalarda   yangi   ilmiy   tadqiqot   obektlarining
paydo   bo‘lishiga   sabab   bo‘ldi.   Yevropaga   qator   yangi   ekinlar   –   kartoshka,
pomidor, makkajo‘xori va tamaki olib kelinib, yetishtirila boshlagan.
Buyuk   geografik   kashfiyotlar   davrida   yangi   dengiz   yo‘llarining   ochilishi,
savdo-sotiqning   butun   jahon   miqyosida   rivojlanishiga   va   bu   esa,   o‘z   navbatida,
sayyoramizda muhim ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga turtki bo‘ldi. Ammo
ta’kidlash joizki, buyuk geografik kashfiyotlar yangi ochilgan yerlarning asta-sekin
mustamlakalarga   aylanishiga,   quldorlik   va   qul   savdosi   kabi   qator   salbiy
unsurlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lgan.
Kompleks tadqiqotlar davri  (XVII-XIX asr)
XVIII   asr   oxiri   va   X1X   asr   boshlarida   ba’zi   ilg‘or   mamlakatlarda
kapitalizmni   tashkil   topishi,   yirik   qishloq   xo‘jalik   rivojlanishi   natijasida   ko‘p
mamlakatlarda   xom-ashyoga   bo‘lgan   talab   kuchaydi.   Natijada   fan   va   texnikaga
e’tibor,   materik   va   suvliklarni   ilmiy   ravishda   o‘rganish   rivojlandi.   Shu   davrga
kelganda   rivojlangan   mamlakatlardan   Germaniya   (Berlinda   1928   y.),   Buyuk
Britaniya   (Londonda–1830   y.),   Rossiyada   (Peterburg–   1845   y.)   geografiya
jamiyatlari tuzilgan. Geografiya jamiyatlari geografik tadqiqot-larni markazi bo‘lib
qoldi. 
Mazkur bosqichdan boshlab birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsiyalar
uyushtirila   boshlandi.   Bunday   ekspeditsiyalar   Fransiuada   (Vugenvi1,   Lapertlza),
Buyuk Vritaniua (J.Kuk, Vankuver), Rossiyada (Bering, Chirikov, Krasheninnikov
va   boshqalar)   uyushtirildi,   Natijada   Tinch   okeni,   Osiyo,   Shimoliy   Amerika
qirg‘oqlari,   Afrikaning   va   Janubiy   Amerikaning   ichki   qismlari   va   tabiati o‘rganildi.   Ekspeditsiyalar   natijasida   jahonning   yirik   suv   havzalari   atroflarini
iqtisodiy-geografik   jihatdan   harakterlovchi   kartalar   tuzilishga   kirishildi.   Yerning
ichki   qismlari,   Yer   yuzasi   relefi,   yer   usti   va   osti   suvlari,   shamollar,   o‘simliklar
haqida   bilimlarning   to’rlanishi   bilall   tabiiy   geografiyadan   geologiya,   gidrologiya.
geobotanika va meteorologiya ajralib chiqib ketdi. 
Ushbu   bosqichda   ko‘p  ilmiy  ishlar   mamlakatshunoslik   yo‘nalishida   bo‘lgan.
Mazkur   ishlar   ikki   yo‘nalishda   olib   borilgan:   a)   birinchi   yo‘nalishda   har   bir
davlatning   geografik   tavsifiga   katta   e’tibor   berilgan;   b)   ikkinchi   yo‘nalish   ayrim
o‘rganilmagan hududlarni geografik tavsifiga bag‘ishlangan. Bunday tavsiflar ko‘p
hollarda   sayyoh   va   oimlarning   ekspeditsiyalarda   yiqqan   ma’lumotlari   asosida
tuzilgan. 
XIX   asrning   birinchi   yarmida   yirik   ilmiy-tadqiqot   ekspeditsiyalar   hamda
milliy   geografiya   jamiyatlari   tashkil   qilina   boshlandi.   Dastlabki   geografiya
jamiyatlari   Buyuk   Britaniyada   (1830)   Fransiyada   (1846),   Germaniyada   (1826),
Rossiyada   (1845)   tuzildi.   Turklstonda   esa   1898-yil   tuzildi.   Juda   ko‘p   davlatlar
tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiualar uyusgtirilda. Rossiya tomonidan 50
dan   ortiq   ekspeditsiya   uuushtirildi.   Natijada   Dunuo   okeani   haqida   yangi
ma’lumotlar   to‘plandi.   1821-yili   esa   F.   F,   Bellinsgauzen   va   M. R .Lazarev
boshchiligidagi   ekspeditsiya   tomonidan   Antarktida   materigi   ochildi.   Mazkur
bosqichda Yer yuzasi tuzilishini organish tugallangan.
Shu   davrdagi   muhim   geografik   tadqiqotlardan   Shimoliy   Muz   okeani
sohillarida, atlantika sohillaridagi hozirgi Koroleva Mod; Pyotr-1 va Aleksandr – 1
yerlaridagi   kuzatishlar   hamda   Antarktida   olib   borilgan   tadqiqotlar   va   hududlarni
kartaga tasvirlashlar boshlangan.
1650 yili Golland olimi  B.Vareniynng «Umumiy geografiya» nomli asarini
bosilib   chiqishi   ilmiy   geografiyani   rivojlanishi   uchun   asos   bo‘ldi.   B.Vareniy
geografiyani   ikki   qismga   bo‘ladi:   umumiy   va   xususiy.   Uning   fikricha,   umumiy
geografiya Yerning umumiy xususiyatlarini, xususiy geografiya esa Yerning ayrim
qismlarini   o‘rganadi.   1605   yil   Golland   sayyohi   Yansszon   Avstraliya   materigini kashf qildi. So‘ngra A.Tasman (1641-1643y) materikni hamma tomonidan aylanib
chiqdi. 
1845-yili   Rus   geografik   jamiyatining   (RGJ)   tuzilishi,   rus   geografiyasi
tarixida   katta   voqea,   uning   rivojlanishiga   rag‘batlantiruvchi   omil   bo‘ldi.   U
Rossiyaning   kam   o‘rganilgan   chekka   o‘lkalar,   qo‘shni   davlatlar,   jumladan   O‘rta
Osiyoining   tabiati,   xo‘jaligi   va   aholisining   geografik   xususiyatlarini   o‘rganishda
muhim   vazifani   bajardi.   1876-yili   Mmm   vodiysining   Rossiya   tomonidan   bosib
olingan vaqtga  kelib,  RGJ  tashkiliy  tomondan mustahkamlanib,  uning  bir   qancha
bo‘limlari,   jumladan   Turkiston   bo‘limi   tashkil   qilindi.   Mmmni   o‘rganishda
Peterburg   Fanlar   akademiyasi,   Moskva   tabiatshunoslik,   antropologiya   va
etnografiya   havaskorlari   jamiyati(hozirgi   MOIP),   Peterburg   ilmiy   jamiyati   va   b.
ishtirok   etdilar.   Hududni   xaritaga   tushirishdaTurkiston   harbiy   okrugi   va   Bosh
shtabining harbiy-topografik bo‘limi a’zolari ham ishtirok etdilar. 
1910-yildan   Mmm   vodiysida   Andijon   qishloq   xo‘jaligi   va   Mmm   seleksiya
tajriba   stansiyasining   tadqiqotchi   vakillari   (Namangan   atrofidagi   ishlarga
A.Ya.Leuxin   va   Ye.L.Navrotskiylar,   Taxtaqulda   –   A.Yu.Lyubchenko   rahbarlik
qildilar).   Tabiat   va   xo‘jalikni   o‘rganishda   S.S.Neustruyev   rahbarligidagi
Ko‘chirish boshqarmasining tuproqshunoslik-botanik ekspeditsiyasining ahamiyati
katta bo‘ldi.
XIX asr boshlarida fan va texnikaga bo‘lgan e’tibor, materik va suvliklarni
ilmiy   ravishda   o‘rganish   yanada   rivojlandi.   Bu   davrda   jahonning   barcha
davlatlarida tarixiy geografik tadqi-qotlar, ayniqsa Rossiyada kuchaygan davri (50
ga yaqin ekspeditsiyalar) bo‘lgan.
Kruzenshtern   I.F.   ekspeditsiyasi   davomida   o‘zi   bo‘lgan   joylarni   iqlimi
(sutkali   o‘rtacha   harorati)   havo   bosimi,   okeanlaridagi   oqimlar,   har   xil
chuqurliklarda   haroratni   taqsimlanishi,   ularni   yil   fasllariga   ko‘ra   tarqalishi
chegaralarini, proliv, otliv hodisalari, okean suv sho‘rligini, Atlantika okeani Tinch
okean   suviga   nisbatan   sho‘rligi   aniqlangan.   Kruzenshtern   o‘zi   bo‘lgan   joylarni
xaritaga tushirgan va “Atlas” (1813 y.) chop qilgan. YU.F.Lisyanskiy   rahbarligidagi   ekspeditsiya   a’zolari,   Gavay   orollaridan
shimolga   tomon   suzib   Shimoliy   Amerikani   g‘arbiy   sohilidagi   Kodyak   orolidagi
Rossiya-Amerika   kompaniyalari   joylashgan   ilmiy   kuzatish   bazasiga   borib,   u
yerlarni   tabiati   haqida   kuzatishlar   olib   borib,   orqaga   qaytib   Govoy,   Marshal
orollari   orqali,   Xitoyni   sharqiy   qismi   bo‘ylab,   Hind   okeani   orqali,   Afrikani
janubini aylanib, atlantika okeani bo‘ylab suzib Peterburgga qaytib kelgan.
Arktika va Antarktikaning geografik o‘rganilishi (XIX-asr boshlari)
XVIII   asrning   ikkinchi   yarmida   bu   Janubiy   materikni   qidirib,ingliz
ekspeditsiyasi   yo‘lga   chiqqan.   Bu   ekspeditsiyaga   mashhur   ingliz   dengizchisi
Djeyms Kuk rahbarlik qilgan edi. D.Kuk janubiy qutb doirasini bir necha bor kesib
o‘tgan, lekin muzlardan o‘tib, janubiy quruqlikka bora olmadi. U janubda bo‘lishi
mumkin   bo‘lgan   yerlar   hech   qachon   tadqiq   qilinmaydi,   bu   o‘lkani   tabiat   mangu
sovuqqa maxkum etgan degan xulosaga kelgan. 
XIX   asr   boshlarida   Tinch,   Hind   va   Atlantika   okeanlari   va   ularning
janubidagi   Janubiy   qutb   o‘lkasi   umumiy   nom   bilan   Janubiy   Muz   okeani   deb
yuritilgan,   hamda   shu   vaqtgacha   noma’lum   yerlar   hisoblangan.   Ingliz   sayyohi
Djems   Kukka   ekspeditsiyasi   davomida   bu   hududning   ozgina   qismi   ma’lum
bo‘lgan   holos.   Djems   Kuk   tadqiqotlaridan   keyin   50   yil   davomida   birorta
tadqiqotchi bu o‘lkaga kira olmagan.
1819 yil rus ma’muriyati Janubiy qutbga “Vostok” va “Mirniy” kemalarida
ekspeditsiya   tashkil   qilgan.   Ekspeditsiyaga   umumiy   rahbar   qilib,
F.F.Bellinsgauzen,   ikkinchi   kemaga   M.P.Lazarevni   yordamchi   qilib   tayinlagan.
Ilmiy   vazifa   ularga   Dengiz   Minstrligi   tomonidan   topshirilgan   va   ularning   asosiy
vazifasi imkoniyat boricha Janubga tomon borishlari va qanday bo‘lsada, Janubiy
Qutbga   kirib   borib,   Yer   sharini   u   qismi   xaqida   ko‘proq   ma’lumot   olishlari   kerak
edi.   Ekspeditsiya   davomida   ishlar   olib   borishlar   ham   Ministrlik   tomonidan
belgilangan. 
1819   yil   16   iyul   kuni   “Vostok”   va   “Mirniy”   kemalarida   joylashgan
ekspeditsiya   a’zolari   Krnashtad,   Rio-de-Janeyro,   undan   Dj.Kuk   ochgan   Janubiy
Georgi   va   “Sandvich   Yer”i   tomon   yo‘l   oldilar.   Tadqiqotchilar   Janubiy   Sandvich yeriga borib, hudud haqida ma’lumotlar to‘pladi va u yerga Janubiy Sandvich oroli
deb nom berdilar.
1910   yil   Amundsen   Norvegiyadan   chiqib,   Hind   okeanidagi   Kergelen   oroli
orqali (60 0
-80 0
sh.k.) Rossa dengizidan o‘tib, 1911 yil (14 yanvar) Korolev tog‘iga
yetib  kelgan.   Bu   yerda  sayyohlar   joylashib,   qutbga   borish   uchun   bir   necha   joyga
oziq-ovqat   bazasi   joylash   bilan   shug‘ullangan.   1911   yil   bahorda   sayyohlardan
beshtasi   Amundsen   boshchiligida   52   ta   itlar   qo‘shilgan   chanalar   bilan   qoplangan
Rossa   tekisligidan   o‘tib   (17   dekabrda)   janubiy   qutbga   (2700   metr   balandlikda)
yetib kelganlar.
1912 yil (18 yanvarda) Angliya sayyohi  Robert Skott janubiy qutbga kelib,
juda ko‘p geologik kolleksiya olib qaytgan. Ammo R.Skott otryadi qaytishda oziq-
ovqat qoldirgan palatkalariga yetolmay yo‘lda halok bo‘lganlar. 1912 yil (noyabr)
qutqarish   otryadi   Skott   otryadining   muzlab   qolgan   murdalari   va   ular   tomonidan
to‘plangan   qo‘l   yozmalar   va   geologik   kolleksiyalarni   topgan.   Amundsen   va
Angliyalik   sayyoh   Skottlar   boshlagan   tarixiy   geografik   tadqiqotlar   keyinchalik
amerikalik sayyoh Richard Berd (1928-1930, 1933-1936, 1939-1941yy), avstraliya
sayyohi Duglas Mouson (1929-1931 yy) lar tomonidan davom ettirilgan.
1955 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Xalqaro geografik konferensiyasida har qaysi
mamlakatga   alohida   janubiy   qutb   rayonini   ma’lum   dastur   asosida   tadqiq   qilish
masalasini kelishib olindi.  Parij   konferensiyasiga   asosan   Rossiya,   Angliya,
Amerika,   Avstraliya   va   boshqa   mamlakatlar   janubiy   qutbga   o‘zlarini   bir   necha
tadqiqot stansiyalari qurib, yer usti tuzilishi, geologiyasi, qazilma boyliklari, iqlimi
to‘g‘risida   mukammal   ma’lumotlar   to‘plab   natijada   qutbni   iqlimiy   jihatdan
rayonlashtirilgan   kartasini   tuzdilar.   Dastlab   janubiy   qutbga   chanalarda   borib
tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lsa, hozirgi kunda tadqiqot usullari samolyotlarda
aeros’yomka va kosmik kemalarda syomka qilish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Hozirgi paytda jahonni 12 ta mamlakat birgalikda qutbiy o‘lkalardan tinchlik
maqsadda   foydalanishga   kelishilgan   holda   har   tomonlama   kompleks   tadqiqot
ishlari   olib   bormoqdalar   hamda   xilma   xil   mayda   va   yirik   masshtabli   kartalar
yaratilmoqda. “Antarktika” nomi grekcha “anti” qarama-qarshi ya’ni Yer sharining shimoliy   qutbiy   o‘lkasining   qarama-qarshi   tomonida   joylashgan   degan   so‘zdan
olingan. 
A.E.Nordensheldni   bu   hududda   olib   borgan   tadqiqot   natijalari   boshqa
tadqiqotchilarni   ham   qiziqtirib   qo‘ydi.   1888   yil   qutbiy   o‘lkaning   mashhur
tadqiqotchisi   Nanseni   ham   besh   hamrohi   bilan   birga   birinchi   marta   Grenlandiya
oroli   sharqidan   g‘arbiga   tomon   64 0
30 1
  sh.k.   dan   Gotxobagacha   va   2700   m
balandlikni   kesib   o‘tib,   muz   qoplami   profilini   aniqlagan.   Muzlikni   meteorologik
sharoiti   haqida   hilma-xil   ma’lumotlar   yozgan.   Mashhur   nemis   tadqiqotchisi
A.Vegener   Grenlandiyani   ichki   qismi   tabiatini   o‘rganishda   eng   muhim   geografik
tadqiqotlar qilgan. U muz qatlami balandligi profilini aniqlagan, muzlikning yuqori
qatlami tarkibi haqidagi tushunchalarni aniqlashtirgan va meteorologik kuzatishlar
o‘tkazgan. 
1827   yil   Angliya   tadqiqotchisi   V.E.Parri   ekspeditsiyasidan   keyin   hech   kim
Shimoliy qutbga borishga harakat qilmagan. V.E.Parri o‘zining chanasi (sannogo)
bilan   yurishlari   paytida   Shimoliy   Muzlik   okeanini   markaziy   qismi   muzlik   bilan
qoplanganligini   aniqlagan   edi.   Ba’zi   qutb   tadqiqotchilari   orasida,   ayniqsa,
amerikalik tadqiqotchilar ochiq “Qutbiy dengizi” yer sharidagi  va shimoliy yarim
shardagi alohida muzli o‘lka degan fikrga qattiq ishonar edi. 
1863   yildan   shimoliy   qutbni   o‘rganishning   yangi   bosqichini   Norvegiyalik
Fri   Nansen   boshlab   bergan.   Uning   “Fram”   (V   pered)   nomli   muzlikda   suzishda
moslashtirib   yasalgan   maxsus   paroxodida   13   kishi   ekspeditsiyaga   karabl   rahbari
kapitan   Otto   Sverdrup   belgilangan.   (O.Sverdrup   Nanseni   oldingi   Grenlandiya
ekspeditsiyasida   ham   qatnashgan   edi).   1893   yil   nansen   21   iyulda   ekspeditsiya
Novegiyaning   Varde   portidan   Kars   dengizi   bo‘ylab   o‘tishda   bir   necha   orollarni
Sverdrup   gruppa   orollari   Skott   Gansen,   Nordensheld   va   boshqalar   ochgan   va
Chelyuskin burni va undan shimolda Novaya Sibir oroli 78 0
  50 1
  sh k. va 133 0
  37 1
sh.k.   u.   da   muzlar,   muzladi.   Ammo   “Fram”   muzlari   qattiq   qisishga   bardosh
berganligi   uchun   ekspeditsiya   a’zolari   belgilangan   ilmiy   tadqiqotlarini   davom
etirgan.  Shu tariqa “Fram” ekipaj  a’zolari  1895 yil  noyabr  oyi  o‘rtalarida 85 0
  56 1 sh.k.   va   66   31   sh.q.   u.   yetib   borganlar.   Bu   hududga   shu   vaqtgacha   hech   kim
bormagan edi. 
F.Nansen   qutbga   borish   uchun   leytenant   Ya.   Iogansen   bilan   birga   chanada
itlar bilan jo‘nashga kelishdi.  Ammo noqulay sharoitda qiyinchilik bilan 86 0
 14 1
 sh
k   gacha   bordilar   holos.   Qutbga   yetib   bormaslika   ko‘zi   yetgan   Nansen   8-aprelda
janubga,   Frans–Iosif   yeriga   qaytgan.   Frans-Iosf   Yerida   F.Nansen   va   Ya.Iogansen
Frederik   Djekson   rahbarligidagi   tadqiqotlar   olib   borayotgan   ekspeditsiya   a’zolari
bilan   uchrashib   ular   bilan   norvegiya   porti   Vardyoga   kelgan.   Shu   kuni   “Fram”
ekipaji a’zolari ham yetib kelgan. Buyuk qutbiy ekspeditsiya o‘z yakuniga yetdi. 
1900   yil   Italiya   ekspeditsiya   qatnashchisi   Umbert   Kani   itlar   bilan   eng
chekka   Shimoliy   hududga   86 °
34 1
  sh   k   va   68 °
00 1
  uzoqlikka   yetib   borgan.   1885
yildan   boshlab   Amerikalik   Robert   Piri   Shimoliy   qutbga   tadqiqotlar   olib   borishga
juda qiziqib qolgan. Shu vaqtdan boshlab R.Piri Elsmir orolidan boshlab birnecha
marta qutb ekspeditsiyasi (1900 yil) 83 º  
5 1
, 1902 yil 84 º
 17 1
 va 1906 yil 87 º
 6 1
 sh.k
va 70º g‘.u.) da bo‘lgan. 1908 yil R.Piri yana ekspeditsiyaga jo‘nagan. Bu safar u 6
aprel 1909 yilda Shimoliy qutb hududiga borib yetgan. 
R.Piri   ombori   Granta   Yeri   sohilida   Kolumbiya   burnida   joylashtirilgan
bo‘lib, u ombor 766 km qutbdan uzoqda edi holos.  R.Pirini yettita “oq” negr va bir
necha   eskimos   xalqlari   19   ta   chana   (nartax)   hamda   133   ta   itlar   bilan   kuzatib
borgan.   Unga   yordam   beruvchi   otryad   ombor   oralig‘ida   turgan   qutbga   tomon
oxirgi   yurishda   R.Pirin   2   aprel   kuni   o‘zi   bilan   to‘rtta   eskimos   va   negr   Metyu
Xenson 6 aprel 19 0 9 yil u o‘zini turgan joyini 89 º
 57 1
 sh.k. da ekanligini aniqlagan.
  1898 yil Norvegiya ekspeditsiyasi Otto Sverdrut rahbarligidagi va 1903 yil
Norvegiyalik Rual Amundsen ekspeditsiyasi 1906 yil sharqdan-g‘arbga Shimoliy-
g‘arbiy   suv   yo‘li   bilan   o‘tgan.   Vrangel   oroli   (140º   sh   k   u)   Parri   arxipelagi
orollarida bo‘lib shimoliy qutbiy o‘lkalar xaqida geografik ma’lumotlar to‘plagan. 
XIX   asr   va   XX   asr   boshlarida   Arktikaning   ochilishi   va   o‘rganilish   tarixi
ko‘rsatadiki   ko‘p   mamlakatlar   tadqiqotchilari   qutbga   tomon   yurishni   davom
ettirganlar   va   o‘z   maqsadlarini   amalga   oshirishdan   to‘xtamaganlar.   Ularning ko‘pchiligi o‘z hayotlarini ham qurbon qilgan. Ammo ularning umumiy harakatlari
natijasida Shimoliy Muz okeani tabiati sirlari tobora ochila borgan. 
XX   asrda   kompleks   tabiiy   geografiya   va   landshaftshunoslik
g‘oyalarining rivojlanishi.
XX   asrning   birinchi   qismida   tabiiy   geografiyada   qator   muhim   ta’limotlar
yaratildi.   V.V.Dokuchayev   tomonidan   tabiat   zonalligi   ta’limoti   yaratildi.
A.A.Grigorev   tomonidan   esa   geografik   qobiq   va   geografik   muhit   ta’limoti
yaratildi. Biosfera haqida ta’limot esa V.A.Vernadskiy tomonidan yaratildi.
Geografik   qobiqning   bo‘ylama   (vertikal)   va   ko‘ndalang   (gorizontal)
tuzilishi,   rivojlanishi   va   tarkibiy   qismlari   haqida   tushunchalar   ishlab   chiqildi.   Bu
sohada   L.S.Berg,   K.K.Markov,   S.V.Kalesnik,   N.A.Solnsev,   A.G.Isachenko,
F.F.Milkov   yirik   ilmiy   ishlarni   amalga   oshirdi   (9-rasm),   S.V.Kalesnik   40-   yillari
geografik qobiqning tuzilishi va rivojlanishi umumiy yer bilimi fanining o‘rganish
ob’ekti degan g‘oyani olg‘a surdi.
Tabiiy geografiyaning  o‘rganish obekti geografik qobiqdir. Geografik qobiq
haqidagi ta’limot XX asrning 30-yillarida yaratilgan bo‘lsada, ammo uning ayrim
g‘oyalari   tabiiy   geografiya   fanining   rivojlanishining   butun   tarixi   davomida
shakllana   borgan.   Ko‘p   davrlar   davomida   geografiya   asosan   Yer   yuzasini
tasvirlash   bilan  shug‘ullanib   keldi.  Geografik  o‘lkalarni,  mamlakatlarni   tasvirlash
bilan   bir   qatorda   ilmiy   geografiya   ham   rivojlana   boshladi.   Geografik   voqea   va
hodisalarni   tasvirlashdan   ularni   ilmiy   asoslashga   o‘tish   A.   Gumboldt   asarlarida
ko‘rina boshladi. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

GEOGRAFIYA FANINING RIVOJLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI VA DAVRLASHTIRISH MASALALARI Reja: 1. Qadimgi yoki antik davrda geografiyaning rivojlanishi. 2. Tabiiy geografik g‘oyalarning Aristotel, Eratosfen, Ptolemey, Strabon ishlarida rivojlantirilishi. 3 . O‘rta asrlar bosqichi . 4 . Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi 5.Kompleks geografik tadqiqotlar davri 6.Eng yangi davr geografiyasi Tayanch iboralar: antik davr, o‘rta asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar, ilmiy geografik ishlar, Buyuk ipak yo‘li, ekspeditsiya.

1. Qadimgi yoki antik davrda geografiyaning rivojlanishi. Kishilar ijtimoiy jamoa ijtimoiy tuzumidek o‘z joyini bilish va unda orenter olish ehtiyojlari tufayli ayrim, bazan ancha keng tasavvurlarga ega bo‘lganlar. Ular tabiatni kuzatishlari ayrim faktlarni kuzatishdan boshlangan. Insoniyat taraqqiyoti bu bosqichida geografik bilimlarning hech qanday nuqtasi bo‘lganligi haqida gapirishni hojati yo‘q.Geografiyaga oid taklif etilayotgan qarashlar yoki konsepsiyalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Geografik qarashlarning uzoq o‘tmish tarixi bor. Uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va shakllanishini, odatda, geografik tadqiqotlarni muayyan bir davrlarga ajratish orqali tadqiq qilinadi. Geografik qarashlarni davrlashtirish turli tadqiqotchilar tomonidan (Tomson Dj.O., 1953; L.P.Shubayev, 1975; Yu.G.Saushkin, 1976; A.G.Isachenko, 1971; R.U.Raximbekov va Z.N.Donsova,1982; V.A.Shalnev,1998; M.M.Golubchik, S.P.Yevdokimov, G.N.Maksimov, 1998 va h.k., A.Nigmatov, 2010) turlicha talqin qilingan hamda turlicha rivojlanish davrlariga ajratib o‘rganilgan. Qarashlarni tiizimlashtirish izlanuvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan tarzda amalga oshirilgan va ko‘pincha, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti uchun xizmat qilgan yoki muayyan bir davlatning boshqaruv funksiyasini bajarishga yordam bergan (1- chizma). 1-jadval TABIY GEOGRAFIYANING RIVOJLANISH DAVRLARI № Davrlar Davrlarning nomlanishi I Eramizdan avvalgi VI-V asrlargacha Qadimgi dunyodagi mahalliy tabiiy geografik tasavvurlar davri II Eramizdan avvalgi VI-V asrdan to eramizning I V asrlarigacha Antik davrda geografik tasavvurlarni rivoelanishi III IV asrlardan to XV I I asrning o‘rtalarigacha Yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan geografik kashfiyotlar davri

IV XV I I asrning o‘rtalaridan XX asrning 30-yillarigacha Geografiyaning mustaqil ta’lim va fan sifatida shakllanishi V XX asrning 30-60-yillari Geografiyaning tarmoqlashuv Davri VI XX asrning 70-yillaridan XXI asrgacha Geografiyaning ekologiyalashgan davri VII XXI asr Geografiyaning globallashgan va gumanitarlashgan davri Geografiya eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi. Uning rivojlanishini yuqoridagi taxlillardan kelib chiqqan xolda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: Qadimgi yoki antik davr bosqichi; O‘rta asrlar bosqichi; Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi; Ilmiy geografik ishlar bosqich (17-19 asr); XX asr bosqichi; 21 asr bosqichi. Miloddan avvalgi 4 asrda Misr bilan Vavilonda yerni o‘lchash sanati- geometriya va amaliy astronomiya vujudga kelgan, vaqt hisobi hamda kalendar paydo bo‘lgan. Shundan keyin geometriya va astronomiya geografik bilimlarni vujudga kelishiga yordam berdi. Yozuv ham shu yerda vujudga kelgan. Fan insonning ongli faoliyati sifatida qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi 6-5 asrda vujudga kelgan. Miloddan oldingi 2 minginchi yillikda kitniklar bilan faniyaliklar geografik bilimi kengaydi. Bularni iqtisodiyoti dengizdagi kemachilik bilan uzviy bog‘langan edi. Shuning uchun ular butun O‘rta dengiz bo‘ylab suzganlar va Gresiya orqali bu dengizdan tashqariga chiqib savdo sotiq bilan shug‘ulanganlar. Ular janubiy Arabistondan Hindistonga suzib borganlar. Yevropa va Osiyo nomlari ham o‘sha vaqtda paydo bo‘lgan Yevropa so‘zi Finiyaga nisbatan o‘z O‘rta dengizni sharqida joylashgan edi (Nicholas Clifford,Shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography. 2010). Ptolemey eramizning boshida (2 asr) xaritalarni daraja to‘ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi va geografiya bo‘yicha qator asarlar yozdi, shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi.

Yer bilimini vakili Anoksimandr (miloddan avvalgi 6 asr) bo‘lgan. U o‘sha vaqtda malum bo‘lgan dunyoning kartasini chizgan va tahmin qilishlaricha Yerning butun tasvirini yozgan. eng yirik Grek faylasuflari Arestotel (miloddan avvalgi 6 asr) u o‘sha vaqtda malum bo‘lgan dunyoning kartasini chizgan va tahmin qilishlaricha Yerning butunicha tavirini yozgan. Ushbu bosqichda geografik ahamiyatga ega bog‘liq ilmiy natijalar quyidagilardan iborat: - Gomer tomonidan miloddan avvalgi XII asrda Dunyo xaritasi tuzildi. Mazkur xaritada asosan O‘rta dengiz atrofi tasvirlangan Shimoliy Afrikadagi Liviya, Misr, G‘arbiy Osiyoda Finikiya, kichik Osiyo yarim oroli, O‘rta dengizdagi Kipr, Krit, Sitsiliya orollari tasvirlangan; - Aristotel tomonidan miloddan avval IV asrda Yerning sharsimonligi, Yerda issiq mintaqalarning mavjudligi isbotlandi. Dunyo hartasi tuzildi. Uning xaritasida Gomer xaritasidagi joylar yanada kengaytirilgan Uning xaritasida kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa va kishilar yashaydigan issiq mintaqa ajratilgan. - Erotosfen miloddan avvalgi III asrda Yerning o‘lchamlarini aniqladi, Dunyo xaritasini tuzdi. «Geografika» nomli asar yozdi, geografiyani atamasi fanga olib kirdi; -Ptolomey eramizning boshida (II asr) xaritalarni daraja to‘ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi (4-rasm) va geografiya bo‘yicha qator asarlar yozdi. Shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi. P tolomey eramizning boshida (II asr) xaritalarni daraja to‘ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi (4-rasm) va geografiya bo‘yicha qator asarlar yozdi. Shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi. O‘rta asrlar bochqichda geografiya fani asosan sharq mamlakatlarida rivojlandi. Xorazm ilm maktabining ilk ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy bo‘lib, u amerikalik sharqshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda “barcha zamonlarning eng ulug‘ matematiklaridan biri” edi.

Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy Xorazmda tug‘ilgan va Bag‘dodda vafor etgan. Olimning tug‘ilgan va vafot etgan yillari aniq ma’lum emas. Ba’zi manbalarda Al-Xorazmiy 780 yilda tug‘ilgan va 847 yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi bo‘lgan. Jumladan, olimning tarix, matematika, astronomiya va geografiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo‘shilgan bebaho hissa sifatida tan olingan. Al-Xorazmiy ilmiy faoliyatida Bag‘dod shahrida VIII asr oxiri IX asr boshlarida Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun davrida tashkil etilgan olimlar akademiyasi – “Bayt al-hikma” (“Donishmandlar uyi”) katta rol o‘ynagan. Bag‘dod Akademiyasida Xalifa Ma’munning topshirig‘iga ko‘ra, Al-Xorazmiy boshchiligida 70 dan ortiq olim jahonning va osmonning batafsil tasvirini o‘z ichiga olgan “Jahon xaritalari”, ya’ni dunyo atlasini tuzish ustida faoliyat olib borishgan. Bu xaritalar yig‘indisi “Ma’mun dunyo xaritasi”, deb ham ataladi va manbalarga ko‘ra uni tuzish taxminan 840 yilda yakunlangan. Ana shu xaritalarning tuzilishi munosabati bilan yozilgan Al-Xorazmiyning “Surat al-arz” (“Yer tasviri”) kitobi o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan va undan nafaqat bag‘dodlik olimlar, balki birmuncha uzoq mamlakatlardagi ilm ahli ham keng foydalangan. Kitob bir necha o‘nlab xaritalar va ularga berilgan izohlarni o‘z ichiga olib, hammasi birgalikda “Kitobu surat al-arz” deb atalgan. U “Yerning qiyofasi kitobi” yoki boshqacha qilib aytganda “Geografiya” ma’nosini ham bildiradi. Mazkur asarlardagi izohlarda dunyoning turli qismlari iqlimlar bo‘yicha joylashtirilgan va ularning geografik koordinatalari keltirilgan. Hammasi bo‘lib 537 ta eng muhim joyning nomi, jumladan, shaharlar, so‘ngra tog‘lar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida qilib yozilgan. Kitobda keltirilgan jadvallarda “G‘arbiy tashqi dengiz” (Atlantika okeani), “Qulzum dengizi va Yashil dengiz” (Qizil dengiz va Hind okeani) kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, asarda Azov dengizi, Nil daryosi va ularning