logo

O‘simliklar immuniteti fanining predmeti, uning maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.8037109375 KB
O‘simlik lar immunit et i fanining predmet i, uning maqsadi,
v azifalari v a riv ojlanish t arixi.
Re ja
1 Immunitet xaqida tushuncha.
2 O‘simlik,  patogen va tashqi muhit.
3 Fitoimmunitet tarixi. Rivojlanish bosqichlari.
4 N.I.Vavilov – fitoimmunitet fanining asoschisi.
5 Fitoimmunitet to‘g‘risidagi g‘oyalarning kelib chiqishi.       Respublikamizning qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
dasturida   ko‘rsatilgandek,   qishloq   xo‘jaligidagi   barcha   agrotexnika,   agrokimyo
chora-tadbirlarlarini   ilm   va   fan   tavsiyanomalariga,   ilg‘or   tajribalarga   muvofiq
o‘tkazish,   begona   o‘tlarga   qarshi   kurash   choralarini   joriy   etishda   kasalliklarga
chidamli   navlarni   yaratishdagi   muammolarni   yechishda   mutlaqo   yangicha
munosabat bo‘lishini taqozo qiladi.
    Qishloq   xo‘jaligidagi   iqtisodiy   islohatlarni   amalga   oshirish   dasturida
o‘simliklarning   kasalliklarga   chidamli   navlarni   yaratish,ularni   qishloq   xo‘jaligiga
joriy   etish   masalasi   eng   dolzarb   masala   qilib   belgilab   qo‘yilgan.Belgilangan
vazifalarni  amalga oshirishda ekinlar  hosilining nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
muhimdir.
     Almashlab ekish qoidalariga amal qilmaslik, mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar,
gerbitsidlar,   fungitsidlardan   me’yoridan   ortiq   foydalanish   tuproq   biotsenozining
buzilishiga,   ekinzorlar   fitosanitariya   holatining   yemonlashishiga   sabab   bo‘ladi.
Natijada   yetishtirilayotgan   navlarning   kasalliklarga   chidamliligi   tezda   yo‘qoladi,
hosil   miqdori   va   sifati   keskin   buziladi.   Xozirgi   vaqtda   qishloq   xo‘jaligi   va
seleksiyachi   olimlar   oldida   turgan   eng   dolzarb   masala   ekinlarning   kasalliklarga
chidamlilik xossasini saqlab qolish va uni takomillashtirishdan iborat.
         Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, kasalliklar va zararkunandalar ta’sirida
har yili dunyo bo‘yicha 35-40% va hattoki 50% hosil yo‘qotiladi (BMT ning FAO
tashkilotining   habar   berishicha   30%).   Jahon   statistikasi   ma’lumotlariga   binoan
odamning   o‘rtacha   oziq-ovqat   uchun   sarflagan   mablag‘i   tahminan   o‘simliklarni
himoya   qilishga   ketgan   xarajatlari   bilan   teng   ekan.   Taajub   vaziyat   ro‘y   beradi:
kasalliklar   va   zararkunandalar   bilan   kurashish   qanchalik   jadallaщsa,   shunchalik
ularning zarar keltirishi kuchayadi, soni va egallagan hududlari ko‘payadi.
Uning sababini aniqlashga ancha vaqt kerak bo‘ldi, ammo endi javobi topildi
–   hosilning   bu   darajada   o‘ta   ko‘p   yo‘q   bo‘lishiga   odamning   o‘zi   aybdor   ekan.
Qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishini   jadallashishi   va   bir   joyda   to‘planishi   foyda
keltirishdan   tashqari,   ziyon   ham   yetkazadi,   chunki   bu   vaziyatda   kasalliklar   va
zararkunandalarning rivojlanishiga juda qulay sharoit yaratiladi. Bu sharoitlar ko‘p bo‘lib, faqat ayrimlarini qisqacha ta’riflaymiz.
Odam o‘zining faoliyati bilan tabiatni o‘zgartirishga qodirdir. Yangi yerlarni
o‘zlashtirib,   obod   qilaman   deb   tabiatdagi   muvozanatni   buzadi:     mingyilliklar
mobaynida   hosil   bo‘lgan   biotsenozlar   tubdan   o‘zgaradi,   ko‘p   holatlarda   umuman
barbod bo‘ladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘simlik turlari va ular bilan
birgalikda   mikrofauna   va   mikroflora   ham   talafot   ko‘radi,   ayrim   holatlarda   esa
umuman nobud bo‘ladi.
Tabiiy biotsenozning buzilishi oqibatini bo‘z yerlarini o‘zlashtirish misolida
ko‘ramiz (G. Ya. Bey-Bienko ma’lumoti). O‘zlashtirishdan oldin bu yerlarda 312
hasharot   turi   yashagan,   shulardan   asosiylari   –   38.   O‘zlashtirilgandan   so‘ng,
bug‘doy   ekilgan   dalada   135-ta   hasharot   turi,   shulardan   19-tasi   asosiylari,   qolgan.
Bir   ko‘rinishdan,   bug‘doyni   himoya   qilish   uchun   hasharotlar   kamaygani   foyda
keltiradi,   lekin   keyinchalik   hisob-kitob   qilinsa,   quyidagi   vaziyat   ta’kidlandi:   bo‘z
yerda 1 kv.m. 106-ta yetuk hasharot va lichinkalar topildi, bug‘doy dalasida esa 1
kv. m. ushbu ko‘rsatkich 332–ga teng bo‘lgan. Aniqlanishicha, g‘alla tunlami bo‘z
yerlardagi   g‘allagullilarga   deyarli   zarar   yetkazmaydi,   bug‘doy   dalalarida   esa   bu
zararkunanda endilikda hosilning eng jiddiy kushandalaridan biri hisoblanadi.
Yana   misol.   Tabiiy   biotsenozlardagi   o‘simliklar   ildiz   chirish   kasalliklardan
uncha ko‘p zarar ko‘rmaydi. Haydaladigan yerlarda ildiz chirish qo‘zg‘atuvchilari
qishloq   xo‘jalik   o‘simliklarining   asosiy   kasalliklariga   aylangan.   Fitopatologlar
ularni   hattoki   “haydaladigan   yerlarning   zamburug‘lari”   deb   nomlashga   ham
ulgurgan.   Ushbu   zamburug‘larning   zarar   keltirishi   saprofit   mikroorganizmlarning
kamayishi evaziga ro‘y beradi, chunki saprofitlar aksariyat hollarda boshqa turdagi
mikroorganizmlarning antogonistlari bo‘lib xizmat qiladi.
Kasallik va zararkunandalarning rivojlanishi va tarqalishiga yana bitta sabab,
bu   agrotexnika   tadbirlarini   bir   tarzda   o‘tkazilishini   ta’min   qilish   va   bir   xil   sifatli
mahsulot   olish   maqsadida   katta   maydonlarga   bitta   navni   o‘stirish.   Bu   holatda,
patogenlar ko‘p vaqt o‘tmay, navning chidamliligini yangi rasa hosil qilib yengadi.
Masalan,   poya   zangiga   chidamli   navning   umri   5   yildan   uzoq   muddatga
cho‘zilmaydi. Albatta, bu mavzuni keyingi ma’ruzalarimizda kengroq yoritamiz. Yana   bitta   muammo:   sifat   ko‘rsatkichlarini   yaxshilashga   qaratilgan   va
o‘simliklarning   kasallik   va   zararkunandalarga   chidamli   navlarini   yaratish
yo‘nalishlarini   bir-biriga,   ma’lum   ma’noda,   qarama-qarshiligidadir.   Bunga   misol,
mahsulotning   ta’mini   va   to‘yimligini   buzadigan   ikkilamchi   metabolitlarni
(alkoloid,  glikozid,  fenol   moddalari)  bo‘lajak  nav  genotipiga  kiritmaslik.   Albatta,
seleksiya  yo‘li   bilan   bunga  erishish  mumkin,  lekin  ushbu   ikkilamchi  metabolitlar
ko‘p  holatlarda immunitetning asosiy   omillari   bo‘lib  xizmat  qiladi   va seleksioner
bu masalalarni yechimini topishga majbur bo‘ladi.
        L.A.Yachevskiy   “kasalliklarga   qarshi   kurashning   samarali   yo‘li
o‘simliklarning   kasalliklarga   chidamli   navlarni   keltirib   chiqarishdir,   N.I.Vavilov
“O‘simliklarning   kasalliklariga   qarshi   kurashning   samarali   yo‘li   immunitetli
navlarni yaratishdir” degan edilar.
      I.I.Mechnikov   fikricha   o‘simliklarning   kasalliklarga   chidamlilik   xossasi
deganda,ularning   mikroorganizmlar   ta’siriga   berilmasligi   tufayli   kasallanish
jarayoni sustlashib, uning iqtisodiy zarari kamayishi tushuniladi.O‘simliklarlarning
chidamlilik   darajasi   har   xil   –   ba’zilari   yuksak   chidamlilikni   namoyon   qilsa,
ayrimlari kasallikka juda beriluvchan bo‘ladi. 
      O‘simliklarning   kasalliklarga   chidamlilik   xossasining   namoyon   bo‘lishida
infeksiyaning yuqish darajasining past  yoki yuqoriligi muhim ahamitga ega. 
        Immunitet   so‘zi   aslida   lotin   tilidan   kelib   chiqqan   va   halos   bo‘lish,   ozod
bo‘lish ma’noni bilidiradi ( immunitet ).
        O‘simliklarning   immuniteti   deganda,   uning   patogen   bilan   munosabatida
qulay   sharoit   bo‘lsa-da,   zararlanmasligi,   kabul   qilmasligi   yoki   unga   chidamlilik
xossasi   namoyon   bo‘lishi   tushuniladi.   Shunday   qilib,   kasallik   kelib   chiqishida
o‘simlik, parazit va ekologik sharoit asosiy rol o‘ynaydi.
          Fitoimmunitet   to‘g‘risida   tushunchaga   ega   bo‘lish   qishloq   xo‘jaligida
muhim ahamiyatga ega. Masalan kungaboqar o‘simligi gulli parazitlar bilan 100%
zararlanadi.Uning   kasallikka   chidamli   navlarini   yaratishni   yo‘lga   qo‘yishi
natijasida   bu   parazitlardan   to‘liq   qutulish   imkoni   paydo   bo‘ldi.Bo‘g‘doyning
qo‘ng‘ir   un   shudring   kasalligiga   chidamli   Qrim   navini,   kartoshkaning   rakka chidamli   navlarini   yaratish   eng   qo‘lay   va   samarali   yo‘l   hisoblanadi.Chidamli
navlar yaratish xozirgi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
         Tamaki o‘simligining yangi navlarini yaratilishi  ularning un shudring va
peronosporoz   kasalliklariga   chidamlilik   xossasini   namoyon   qiladi.Chidamli
navlarni   yaratish   iqtisodiy   samaradorligi   bilan   xarakterlanadi.   Xozirgi   kunda
seleksiya   fanining   asosiy   vazifasi   qishloq   xo‘jaligi   o‘simliklarining   kasalliklarga
chidamli navlarini yaratishdan iborat.
       Yangi navlar yaratish jarayonida yuksak va tuban o‘simlik(zamburug‘)lar
orasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish lozim. Bu jarayonda o‘simlikka kirib
keladigan   infeksiya   miqdori,   muddati   va   holati   muhim   ahamiyatga   ega.   Har
qanday   o‘simlik   fiziologik   xossasi   yoki   anatomik   tuzilishiga   ko‘ra,   tanasiga
patogen kirib qolmasligiga harakat qiladi.
         Ma’ruzamizning  boshida  aytilganday,  immunitet   so‘zi   lotin  tilidan  kelib
chiqib, ozod bo‘lish, haloslanish ma’noni bildiradi.
            Agar   tarixga   nazar   tashlasak,   immunitet,   umuman   kasalliklarga
chidamlilik sirlari odamlarni azaldan qiziqtirardi. Ayrim manbalarga ko‘ra, buyuk
O‘rta   Osiyo   olimi   va   mutaffakiri   Abu-Ali   ibn   Sino   XI   asrda   yashab   emlash
yordamida   kasallarni   davolagan.   Xususan,     birinchi   bo‘lib   quturishday   havfli
kasallikni   davolashda   quturgan   itni   jigaridan   tayyorlangan   ichimlik   foyda   berishi
to‘g‘risida yozgan
         Tarixdan ma’lumki, o‘tgan asrlarda, ayniqsa o‘rta asrlarda (14-16 asrlar)
vabo, ospa va hokazo yuqumli kasalliklardan juda ko‘p odamlar qirilib ketgan.
          Odamlarda   yuqumli   kasalliklarni   keng   tarqalishi   epidemiya   deb   ataladi.
Hayvonlarda   esa   bu   hodisa   ro‘y   bersa   epizootiya,   o‘simliklarda   –   epifitotiya   deb
ataladi.
       E’tibor bergan bo‘lsalaring kerak, bu atamalar birinchi bo‘g‘ini bilan bir-
biriga o‘xshash. Epi so‘zi grek tilidan olinib o‘ta, kuchli degan ma’noni bildiradi.
Demos so‘zining tarjimasi halq, odamlar,   zoo – hayvonlar va fito – o‘simliklarni
anglatadi.             Bu   yerda   oddiy   o‘xshashlik   emas,   balki   odam,   hayvon   va   o‘simlik
o‘rtasida chuqurroq o‘xshashlik bordir degan savolga, ha, bunaqa o‘xshashlik bor
va bu holat bejiz emas deb javob berishga xaqlimiz.
              Genetika   fanining   nuqtai   nazarida   o‘xshashlik   genetik   apparatda,
boshqacha aytganda genetik dasturda.
              Kasallikka   chalinish   yoki   chalinmaslik   xossasi   boshqa   xossalar   kabi
genetik   dasturda   yozilgan   bo‘lib   albatta   bajariladi.   Muhit,   sharoit   ushbu   dasturni
amalga   oshirishida   katta   rol   o‘ynaydi   va   o‘zgarishlar   kiritilishiga   sabab   bo‘lishi
mumkin, lekin dastur baribir bajariladi. 
              O‘simliklar   immuniteti,   yoki   boshqacha   fitoimmunitet   fani   nimani
o‘rganadi   va   qachon   paydo   bo‘ldi,   boshqa   fanlar   bilan   qay   darajada   bog‘likligi,
uning o‘rni va vazifalari. Ushbu va boshqa savollarga birga javob berishga harakat
qilamiz. 
                Ma’ruzamizni  boshida  aytilganday,  o‘simlikning immuniteti  deganda,
uning  patogen  bilan  munosabatida   qulay  sharoit   bo‘lsa-da,  zararlanmasligi,   qabul
qilmasligi   yoki   unga   chidamlilik   xossasi   namoyon   bo‘lishi   tushuniladi.   Demak
immunitet yuzaga chiqishida 3-ta shart bajarilishi kerak:
         1. Ixtisoslangan patogen mavjudligi; 
         2. Patogenga mos bo‘lgan xo‘jayin-o‘simlikning mavjudligi;
             3. Patogenning rivojlanishiga imkon yaratuvchi iqlim, ob-havo, tuproq
va   boshqa   sharoitlar   mavjudligi.   Shu   o‘rinda,   o‘simlikning   holati   va   rivojlanish
fazasi ham ahamiyatga sazovordir.
      Mana   shu   3-ta   bir-biri   bilan   chambarchas   bog‘liq   manbalarni   o‘rganish
fitoimmunitet fanining vazifasidir.
    Fitoimmunitet     qaysi   fanga   taaluqligi   bo‘yicha   olimlar   o‘rtasida   ko‘p
tushunmovchiliklarga   sabab   bo‘lgan.   Xozirgi   kunlarda   ham   tortishuvlar   ahyon-
ahyon   qo‘zg‘alib   turadi.   Misol   tariqasida:   seleksioner   olimlar   fitoimmunitet   fani
bizning fanga yaqin, bizning fanimizning bir qismi deydi.
  Savol:   bunday   deyishga   ular   haqlimi?   Ha,   haqli.   Chunki   yangi   nav
yaratilganda   uning   kasalliklarga   chidamli   bo‘lishi   asosiy   ko‘rsatkichlardan   biri bo‘lib, seleksiyada chatishtirish va tanlash usullari yordamida deyarli barcha yangi
navlar yaratilgan .
      Lekin yangi nav yaratilishida ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi:
hosildorlikni   ko‘paytirish,   erta   pisharlik,   sifat   belgilari,   yotib   qolmaslik
(sug‘oriladigan   g‘alla   ekinlari   uchun   )va   hokazolar.   Lekin   qanaqa   o‘simlik
bo‘lishidan   qat’iy   nazar,   kasalliklarga   chidamlilik   seleksiyasi   albatta   mavjud
bo‘lishiligi shart .
            Demak,   xulosa   qilib   aytishimiz   mumkinki,   o‘simliklar   immuniteti   fani
fitopatologiyaning   bir   qismi   bulib,   amaliy   seleksiyada   keng   qo‘llaniladi   va   yangi
navlar yaratilishida eng dolzarb yo‘nalishlardan biridir.
           Fitoimmunitet fani yana bir fan bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning
usullaridan va yutuqlaridan keng foydalanadi. Bu fan genetikadir. Ayniqsa, hozirgi
kunlar   gen   muhandisligi,   genetik   modifikatsiyalash   usullari   yordamida   nafaqat
yangi navlar, balki yangi, ilgari tabiatta bo‘lmagan o‘simliklar yaratilmoqda.
              Agar   yuqorida   aytib   o‘tilgan   usullar   shu   yo‘sinda   rivojlanib   borsa
an’anaviy   seleksiya   usullariga   umuman   o‘rin   qolmaydi.   Faqat   bitta   narsa   bu
usullarni   cheklab   turibdi   ,   bu   ham   bo‘lsa,   ushbu   usullarni   qimmatligi   va
mutaxassislar yetishmovchiligidir. 
              Endi   fitoimmunitet   fanining   paydo   bo‘lishiga   o‘tsak.   Fan   sifatida
o‘simliklar immuniteti X I X asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi .
              Ulug‘   rus   olimi   I.   I.   Mechnikov   ilmiy   immunitetning   asoschisi
hisoblanadi   .   I.I.   Mechnikovga   1908   yilda   “Immunitetning   sellyular   nazariyasi   ”
asari   uchun   Nobel’   mukofoti   berildi   .   Bu   nazariyaga   muvofiq   har   bir   hayvon
organizmida   himoya   sifatida   maxsus   zarrachalar-fagotsitlar   mavjud   bo‘lib,   ular
infeksiya qo‘zg‘atuvchisini yo‘q qiladi            
                Fitoimmunitet   fanining   rivojlanishi   to‘g‘risida   fikr   yuritsak,
o‘simliklarning   kasalliklardan   saqlanishda   mexanik   himoyalanish   to‘siqlari
nazariyasini X I X asrning 80-chi yillarida avstraliyalik olim Kobb ilgari surgan edi.
                  Mexanik   immunitet   nazariyasini     asoslab   Kobb   kutikula   qalinligi,
o‘simlikning   jarohatlangan   joylarida   yara   peridermaning   tez   paydo   bo‘lishi, o‘simlik gullashining o‘ziga xosligi va hokazolarni asosiy omillar deb hisoblagan
edi.
                  Lekin   bu   nazariya   fitoimmunitetni   hamma   ko‘rinishlariga   izoh
berolmadi. Masalan, xaqiqatdan ham zangga chidamli zirkning kutikulasi qalinligi
bilan   xarakterlanadi,   lekin   zirkning   shunaqa   turlari   ham   topildiki,   ularning
kutikulasi   yupqa   bo‘lishiga   qaramay   zangga   chidamlilik   xossasini   namoyon   qilar
ekan.   Bu   esa   immunitet   hodisalarida   boshqa   omillar   ham     katnashadi   degan
xulosaga kelish mumkin.
XX   –   asrning   boshlarida   ingliz   tadkikotchisi   Massi   (1905y)
xemotropik   nazariyani   asoslab   berdi.   Bu   nazariyaga   binoan   patogenlarni   o‘ziga
jalb   kiladigan   moddalarning   o‘simlikda   yo‘qligi   uni   kasallikka   chalinmasligini
ta’minlaydi.
Bu nazariya N.I.Vavilov tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. Xaqiqatdan ham
vakuollarda   joylashgan   hujayra   shirasi   masofadan   turib   kasallik
qo‘zg‘atuvchilariga ta’sir etolmaydi, zararlanish esa patogenni hujayraga
kirganidan keyin boshlanadi va o‘simlik o‘zini himoya qilishga kirishadi.
    Xemotropik   nazariyadan   keyin   osmotik   bosim   va   hujayra   turgorining
immunitetga   ta’sir   o‘tkazishi   to‘g‘risidagi   gipotezalar   e’lon   qilindi.   Ushbu
gipotezalar   mualliflari   fikricha   kasallikka   chidamli   o‘simliklarda   patogenga
nisbatan hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo‘ladi va shu sababli patogen
o‘simlik   oranizmiga   kira   olmaydi.   Tan   olish   kerakki,   bu   hodisa   ijobiy   misollar
bilan   ta’riflanadi,   lekin   o‘simlik   va   parazitning   o‘zaro   munosabatlari   boshqacha
ham kechishi mumkin va osmotik bosimining zararlanish jarayoniga hech qanday
dahli yo‘q bo‘lgan misollarni keltirish mumkin.
               Yana bitta nazariyani italiyalik olim Komes 1900 yilda bayon etdi. Bu
nazariyaga   binoan   o‘simliklar   immunitetini   hujayralar   shirasining   qandligi
ta’minlar   ekan,   to‘g‘rirog‘i   ushbu   ko‘rsatkich   qanchalik   past   bo‘lsa,   shunchalik
o‘simlik   chidamli   bo‘lar   ekan.   Bevosita   chidamlilik   esa   hujayra   shirasi   tarkibida
organik   kislotalar   va   antotsian   moddasining   miqdori   bilan   bog‘liq.   Isbot   sifatida
juda ko‘p misollar keltirildi, to‘g‘ri misollar.          N.I.Vavilov ushbu nazariyani ham tanqid qilib boshqa misollar keltirdi.
Xususan,   zangga   har   xil   chidamlilik   ko‘rsatgan   so‘li,   bug‘doy,   atirgul   turlari
o‘simliklarida   immunitet   va   organik   kislotalar   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   juda   past
bo‘lib chiqdi.
                 Yana bir qator nazariyalar va gipotezalar ilgari surildi, lekin ularning
hammasining   bitta   kamchiligi   bor   edi,   u   ham   bo‘lsa   –   immunitetni   faqat   alohida
olingan   yakka   omil   bilan   bog‘lashga   xarakat   qilishligi.   Darhaqiqat,   yuqorida
ta’riflangan   omillar   fitoimmunitetda   o‘ziga   yarasha   rol   o‘ynaydi,   ko‘plari   sust   va
faol   immunitet   omillari   qatoriga   kiradi,   biroq   o‘simlik   va   patogen   o‘rtasidagi
munosabatlarning barchasini o‘ziga qamrab ololmaydi.
       Shunday qilib, ushbu tadqiqotlar fitoimmunitetning umumiy nazariyasini
yaratmadi, lekin fitopatologiya fanini rivojlanishida katta rol o‘ynadi.
       O‘simliklar immuniteti fanining asoschisi deb ulug‘ rus olimi N.I.Vavilov
hisoblanadi.N.I.Vavilov   1887   yilda   tug‘ilib   1946   yilda   vafot   etadi.   N.I.Vavilov
juda   katta   ilmiy   meros   qoldirdi.   Olimning   botanika,   o‘simlikshunoslik,   genetika,
seleksiya fanlaridagi erishgan yutuqlari to‘g‘risida ko‘p mulohaza qilish mumkin.
Bizlarni   esa   N.I.Vavilov   fitoimmunitet   fanining   asoschisi   sifatida   qiziqtiradi   va
ushbu fanga qo‘shgan xissalari to‘g‘risida fikr yuritsak maqsadga muvofiq bo‘ladi
deb o‘ylayman.
               N.I.Vavilov fitoimmunitetga bag‘ishlangan tadqiqotlarini bug‘doyning
parazitar   kasalliklarga   chidamliligini   o‘rganishdan   boshlagan   edi.Oldin   hozirgi
Timiryazev   nomidagi   qishloq   hujalik   akademiyasida,   keyin   tajribalarning   muhim
qismini   Angliyada   o‘tkarib,   1919yilda   “O‘simliklarning   yuqumli   kasalliklarga
immuniteti ”deb nomlangan asarini chop etdi.
  Keyingi   monografiyasi   1935   yilda   chiqadi   va   “O‘simliklarning   yuqumli
kasalliklarga   immuniteti   to‘g‘risidagi   ta’limot   (amaliyotning   talablariga
muvofiqlashtirilgan)”nomi bilan butun dunyoga mashhur bo‘ladi.
Oxirgi asari qulyozmadan iborat bo‘lib 1961 yilda, ya’ni olimning o‘lganidan 15
yil o‘tgandan keyin chop etiladi. Asarning nomi juda xarakterli, ayniqsa  qovuslar ichidagi qismi “O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga immuniteti 
tabiiy qonunlari (immun formalarni topish uchun kalitlar)” . 
N. I. Vavilovning fitoimmunitetga bag‘ishlangan barcha asarlari genetika fani 
bilan chambarchas bog‘liq. Aynan N. I. Vavilov fitoimmunitetning genetik 
asoslarini kashf etgan olimdir. Natijada, agar o‘simliklarning chidamlilik 
mexanizmlari va ularni amaliyotda qullaninishi tibbiyot immunologiyasidan 
hozirgi kungacha orqada qolgan bo‘lsa, fitoimmunologiya yutuklaridan tibbiyot 
immunologiyasi ko‘p vaqdtan beri keng foydalanib kelmoqda.
N. I. Vavilov nafaqat buyuk olim, balki kuchli tashkilotchi ham edi. Aynan 
uning tashabbusi bilan dunyoning barcha qit’alariga ekspeditsiyalar uyushtirildi.
Ekspeditsiyalardan maqsad aniq va ravshan edi: qishloq xo‘jaligiga kerak 
bo‘ladigan madaniy va yovvoyi o‘simliklarning urug‘larini bir joyda yig‘ish va 
ulardan unumli foydalanish. Yevropa, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika, faqat 
Avstraliyaga ekspeditsiyalar uyushtirilmadi, chunki N. I. Vavilov bu qit’ada 
qishloq xo‘jaligi uchun kerakli o‘simlik formalari yo‘q deb hisoblardi. 
Keyinchalik bu fikri to‘g‘ri bo‘lib chiqdi ham.
O‘zining umr maqsadini N. I. Vavilov kuyidagicha ifodalagan edi: “Butun yer
yuzida   mavjud   o‘simliklar   kapitalini   jalb   etib,   tabiat   va   odam   ming   yilliklar
mobaynida   yaratgan   barcha   o‘simliklar   urug‘lari   zahiralarini   mamlakatimizda
to‘plash”.
O‘z maqsadiga N. I. Vavilov erishdi. Haqiqatdan ham, olim uzining shogirdlari
bilan   dunyoda   o‘xshashi   yo‘q   o‘simliklar   kolleksiyasini   to‘pladi.   Hozirgi   kunda
Sankt-Peterburgda   joylashgan   N.   I.   Vavilov   nomidagi   Butunrossiya
o‘simlikshunoslik   institutida   1740   turga   mansub   250000   o‘simliklar   nus’halari
saqlanadi.   O‘rug‘larini   unib   chiqish   qobiliyati   yo‘qolmasligi   uchun   urug‘lar   kezi
kelganda ekilib yangilanadi.
Kamdan   kam   odamni   tirik   pillasi   ulug‘,   iste’dodli,   hammadan   ustun   deb
hisoblaydilar, ko‘pincha o‘lgandan keyin haykal qo‘yishga kirishadilar. Lekin N. I.
Vavilovni   zamondoshlari   daho   deb   tan   olgandi.   Masalan,   zamondoshlaridan   biri shunday   ta’rif   bergandi:   “N.   I.   Vavilov   shubhasiz   dahodir,   faqat   bizning
zamondoshimiz bo‘lgani uchungina biz bu holatni to‘liq anglay olmayapmiz”.
T.   D.   Straxov   immunitetni,   ya’ni   o‘simliklarning   chidamliligini   birinchi
navbatda muhit  bilan bog‘lagan. Uning fikricha, o‘simlikka yaxshi sharoit yaratsa
kasallik bartaraf qilinishi mumkin. Masalan, mineral ug‘itlar qo‘llanilishi, birinchi
navbatda   mikroug‘itlar   (bor,   sink,   molibden   va   b.q.)   o‘simlik   hujayralarini
kasallikka bardosh berishda katta rol o‘ynaydi.
D.   D.   Verderevskiy   o‘simliklarni   kasalliklardan   himoya   qilishda   fitonsidlar
juda katta rol o‘ynaydi degan nazariyani ilgari surgan edi.
Fitonsid   –   yuksak   o‘simliklar   o‘z   organizmidan   ishlab   chiqargan   bakteriya,
zamburug‘   va   mikroblarni   o‘ldiradigan   tabiati   har   hil   bo‘lgan   himoyalash
moddasidir.   Masalan,   piyoz,   sarimsoq   piyoz   chiqargan   fitonsidlar   pomidorning
bakteriyali chirish kasalligi ta’sirini ancha susaytiradi.
1946   yilda   M.   S.   Dunin   immunogenez   nazariyasini   kashf   etdi.   Ushbu
nazariyaga asoslab u hamma kasalliklarni 3-ta guruhga bo‘ldi:
1. Kasalliklar   o‘simlikni   yosh   pillasi   zararlaydi.   Misol   tariqasida:   g‘o‘zaning
gommoz, bug‘doyning qattiq qora kuya kasalliklari.
2. Kasalliklar   o‘simlikning   katta   yoshdagi   hujayralariga   putur   yetkazadi.
Masalan,   kartoshkaning   fitoftoroz,   lavlagining   peronosporoz,   pomidorning
septorioz kasalliklari.
3. Kasalliklar   o‘simlikni   yosh   –qariligidan   qat’i   nazar   zararlaydi.   Masalan,
poliz   ekinlariga,   ayniqsa   qovunga   katta   zarar   yetkazadigan   fuzarioz
kasalligi.
Demak,   o‘simlik   ahvoli   bilan   kasallik   rivojlanishi   o‘rtasidagi   muvofiqlikni   bilish
kasalikni bartaraf qilishga ko‘mak bo‘lishi mumkin.
Birinchi   guruhga   mansub   kasalliklarni   bartaraf   qilishda   o‘simliklarni   tez
undirib   olishga   aloxida   ahamiyat   berish   kerak.Ikkinchi   guruh   kasalliklariga
qarashli patogenlarni rivojini susaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarini o‘tkazish
lozim.   Va   nihoyat   uchinchi   guruh   kasalliklariga   qarshi   kurashda   kasallik
ko‘zg‘atuvchi patogenni zaif tomonlarini bilib shu yerlarga zarba berish kerak. O‘simliklar immuniteti faniga katta hissa qo‘shgan olimlardan T. I. Fedotova,
B.   A.   Rubin,   M.   V.   Gorlenko,   K.   T.   Suxorukova,   S.   Ye.   Grushevoy,   S.   N.
Alimuhamedov, F. S. Tolipov va boshqalarni aytib o‘tish kerak. A  D  A  B  I  Y O  T  L  A  R
1. Vavilov N.I. Izbrann ы e proizvedeniya, L., “Nauka”, 1967.
2. Van der Plank Ya. Ustoychivost rasteniy k boleznyam, M., Kolos,1972.
3. Verderevskiy   D.D.   Immunitet   rasteniy   k   parazitarnыm   boleznyam,
M.,1959.
4. Geshele   E.E.   Osnovы   fitopatologicheskoy   otsenki   v   seleksii   rasteniy,
M., Kolos, 1978.
5. Gorlenko   M.   V.   Kratkiy   kurs   immuniteta   rasteniy   k   infeksionnыm
boleznyam, M., 1962.
6. Golovin P.N. i dr. Fitopatologiya, L., Kolos, 1971.
7. Grushevoy   S.   Ye.   Selskoxozyaystvennaya   fitopatologiya,   M.,   Kolos,
1965.
8. Kimsanboev   X.X.   Umumiy   va   qishloq   xo‘jalik   entomologiyasi,   T.
O‘qituvchi, 2002.
9. Krasnikov M. i dr. Spravochnik ogorodnika, Alma-Ata, Kaynar, 1975.
10. Metliskiy   L.V.,   Ozereskovskaya   O.L.   Kak   rasteniya   zaщiщayutsya   ot
bolezney, M., Nauka, 1985.
11. Musaev   T.   S.   va   b.q.   Qishloq   xo‘jalik   fitopatologiyasi,   Samarqand,
2002.
12. Popkova K.V. Uchenie ob immunitete rasteniy. M., Kolos, 1979.
13. Popkova K. V., Kachalova  Z.P. Praktikum po immunitetu rasteniy, M.
Kolos, 1984.
14. Tokin B.P. Selebnыe yadы rasteniy. L., Lenizdat, 1974.
15. Uspenskaya  G.D.   i  dr.  Obщaya  fitopatologiya  s  osnovami   immuniteta.
M., Kolos, 1967.
16. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(ma’ruzalar matni), T., 2000.
17. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(uslubiy qo‘llanma) T., 2001.

O‘simlik lar immunit et i fanining predmet i, uning maqsadi, v azifalari v a riv ojlanish t arixi. Re ja 1 Immunitet xaqida tushuncha. 2 O‘simlik, patogen va tashqi muhit. 3 Fitoimmunitet tarixi. Rivojlanish bosqichlari. 4 N.I.Vavilov – fitoimmunitet fanining asoschisi. 5 Fitoimmunitet to‘g‘risidagi g‘oyalarning kelib chiqishi.

Respublikamizning qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish dasturida ko‘rsatilgandek, qishloq xo‘jaligidagi barcha agrotexnika, agrokimyo chora-tadbirlarlarini ilm va fan tavsiyanomalariga, ilg‘or tajribalarga muvofiq o‘tkazish, begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini joriy etishda kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdagi muammolarni yechishda mutlaqo yangicha munosabat bo‘lishini taqozo qiladi. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish dasturida o‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarni yaratish,ularni qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalasi eng dolzarb masala qilib belgilab qo‘yilgan.Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ekinlar hosilining nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Almashlab ekish qoidalariga amal qilmaslik, mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlardan me’yoridan ortiq foydalanish tuproq biotsenozining buzilishiga, ekinzorlar fitosanitariya holatining yemonlashishiga sabab bo‘ladi. Natijada yetishtirilayotgan navlarning kasalliklarga chidamliligi tezda yo‘qoladi, hosil miqdori va sifati keskin buziladi. Xozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va seleksiyachi olimlar oldida turgan eng dolzarb masala ekinlarning kasalliklarga chidamlilik xossasini saqlab qolish va uni takomillashtirishdan iborat. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, kasalliklar va zararkunandalar ta’sirida har yili dunyo bo‘yicha 35-40% va hattoki 50% hosil yo‘qotiladi (BMT ning FAO tashkilotining habar berishicha 30%). Jahon statistikasi ma’lumotlariga binoan odamning o‘rtacha oziq-ovqat uchun sarflagan mablag‘i tahminan o‘simliklarni himoya qilishga ketgan xarajatlari bilan teng ekan. Taajub vaziyat ro‘y beradi: kasalliklar va zararkunandalar bilan kurashish qanchalik jadallaщsa, shunchalik ularning zarar keltirishi kuchayadi, soni va egallagan hududlari ko‘payadi. Uning sababini aniqlashga ancha vaqt kerak bo‘ldi, ammo endi javobi topildi – hosilning bu darajada o‘ta ko‘p yo‘q bo‘lishiga odamning o‘zi aybdor ekan. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini jadallashishi va bir joyda to‘planishi foyda keltirishdan tashqari, ziyon ham yetkazadi, chunki bu vaziyatda kasalliklar va zararkunandalarning rivojlanishiga juda qulay sharoit yaratiladi.

Bu sharoitlar ko‘p bo‘lib, faqat ayrimlarini qisqacha ta’riflaymiz. Odam o‘zining faoliyati bilan tabiatni o‘zgartirishga qodirdir. Yangi yerlarni o‘zlashtirib, obod qilaman deb tabiatdagi muvozanatni buzadi: mingyilliklar mobaynida hosil bo‘lgan biotsenozlar tubdan o‘zgaradi, ko‘p holatlarda umuman barbod bo‘ladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘simlik turlari va ular bilan birgalikda mikrofauna va mikroflora ham talafot ko‘radi, ayrim holatlarda esa umuman nobud bo‘ladi. Tabiiy biotsenozning buzilishi oqibatini bo‘z yerlarini o‘zlashtirish misolida ko‘ramiz (G. Ya. Bey-Bienko ma’lumoti). O‘zlashtirishdan oldin bu yerlarda 312 hasharot turi yashagan, shulardan asosiylari – 38. O‘zlashtirilgandan so‘ng, bug‘doy ekilgan dalada 135-ta hasharot turi, shulardan 19-tasi asosiylari, qolgan. Bir ko‘rinishdan, bug‘doyni himoya qilish uchun hasharotlar kamaygani foyda keltiradi, lekin keyinchalik hisob-kitob qilinsa, quyidagi vaziyat ta’kidlandi: bo‘z yerda 1 kv.m. 106-ta yetuk hasharot va lichinkalar topildi, bug‘doy dalasida esa 1 kv. m. ushbu ko‘rsatkich 332–ga teng bo‘lgan. Aniqlanishicha, g‘alla tunlami bo‘z yerlardagi g‘allagullilarga deyarli zarar yetkazmaydi, bug‘doy dalalarida esa bu zararkunanda endilikda hosilning eng jiddiy kushandalaridan biri hisoblanadi. Yana misol. Tabiiy biotsenozlardagi o‘simliklar ildiz chirish kasalliklardan uncha ko‘p zarar ko‘rmaydi. Haydaladigan yerlarda ildiz chirish qo‘zg‘atuvchilari qishloq xo‘jalik o‘simliklarining asosiy kasalliklariga aylangan. Fitopatologlar ularni hattoki “haydaladigan yerlarning zamburug‘lari” deb nomlashga ham ulgurgan. Ushbu zamburug‘larning zarar keltirishi saprofit mikroorganizmlarning kamayishi evaziga ro‘y beradi, chunki saprofitlar aksariyat hollarda boshqa turdagi mikroorganizmlarning antogonistlari bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik va zararkunandalarning rivojlanishi va tarqalishiga yana bitta sabab, bu agrotexnika tadbirlarini bir tarzda o‘tkazilishini ta’min qilish va bir xil sifatli mahsulot olish maqsadida katta maydonlarga bitta navni o‘stirish. Bu holatda, patogenlar ko‘p vaqt o‘tmay, navning chidamliligini yangi rasa hosil qilib yengadi. Masalan, poya zangiga chidamli navning umri 5 yildan uzoq muddatga cho‘zilmaydi. Albatta, bu mavzuni keyingi ma’ruzalarimizda kengroq yoritamiz.

Yana bitta muammo: sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan va o‘simliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish yo‘nalishlarini bir-biriga, ma’lum ma’noda, qarama-qarshiligidadir. Bunga misol, mahsulotning ta’mini va to‘yimligini buzadigan ikkilamchi metabolitlarni (alkoloid, glikozid, fenol moddalari) bo‘lajak nav genotipiga kiritmaslik. Albatta, seleksiya yo‘li bilan bunga erishish mumkin, lekin ushbu ikkilamchi metabolitlar ko‘p holatlarda immunitetning asosiy omillari bo‘lib xizmat qiladi va seleksioner bu masalalarni yechimini topishga majbur bo‘ladi. L.A.Yachevskiy “kasalliklarga qarshi kurashning samarali yo‘li o‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarni keltirib chiqarishdir, N.I.Vavilov “O‘simliklarning kasalliklariga qarshi kurashning samarali yo‘li immunitetli navlarni yaratishdir” degan edilar. I.I.Mechnikov fikricha o‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik xossasi deganda,ularning mikroorganizmlar ta’siriga berilmasligi tufayli kasallanish jarayoni sustlashib, uning iqtisodiy zarari kamayishi tushuniladi.O‘simliklarlarning chidamlilik darajasi har xil – ba’zilari yuksak chidamlilikni namoyon qilsa, ayrimlari kasallikka juda beriluvchan bo‘ladi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik xossasining namoyon bo‘lishida infeksiyaning yuqish darajasining past yoki yuqoriligi muhim ahamitga ega. Immunitet so‘zi aslida lotin tilidan kelib chiqqan va halos bo‘lish, ozod bo‘lish ma’noni bilidiradi ( immunitet ). O‘simliklarning immuniteti deganda, uning patogen bilan munosabatida qulay sharoit bo‘lsa-da, zararlanmasligi, kabul qilmasligi yoki unga chidamlilik xossasi namoyon bo‘lishi tushuniladi. Shunday qilib, kasallik kelib chiqishida o‘simlik, parazit va ekologik sharoit asosiy rol o‘ynaydi. Fitoimmunitet to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Masalan kungaboqar o‘simligi gulli parazitlar bilan 100% zararlanadi.Uning kasallikka chidamli navlarini yaratishni yo‘lga qo‘yishi natijasida bu parazitlardan to‘liq qutulish imkoni paydo bo‘ldi.Bo‘g‘doyning qo‘ng‘ir un shudring kasalligiga chidamli Qrim navini, kartoshkaning rakka

chidamli navlarini yaratish eng qo‘lay va samarali yo‘l hisoblanadi.Chidamli navlar yaratish xozirgi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tamaki o‘simligining yangi navlarini yaratilishi ularning un shudring va peronosporoz kasalliklariga chidamlilik xossasini namoyon qiladi.Chidamli navlarni yaratish iqtisodiy samaradorligi bilan xarakterlanadi. Xozirgi kunda seleksiya fanining asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining kasalliklarga chidamli navlarini yaratishdan iborat. Yangi navlar yaratish jarayonida yuksak va tuban o‘simlik(zamburug‘)lar orasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish lozim. Bu jarayonda o‘simlikka kirib keladigan infeksiya miqdori, muddati va holati muhim ahamiyatga ega. Har qanday o‘simlik fiziologik xossasi yoki anatomik tuzilishiga ko‘ra, tanasiga patogen kirib qolmasligiga harakat qiladi. Ma’ruzamizning boshida aytilganday, immunitet so‘zi lotin tilidan kelib chiqib, ozod bo‘lish, haloslanish ma’noni bildiradi. Agar tarixga nazar tashlasak, immunitet, umuman kasalliklarga chidamlilik sirlari odamlarni azaldan qiziqtirardi. Ayrim manbalarga ko‘ra, buyuk O‘rta Osiyo olimi va mutaffakiri Abu-Ali ibn Sino XI asrda yashab emlash yordamida kasallarni davolagan. Xususan, birinchi bo‘lib quturishday havfli kasallikni davolashda quturgan itni jigaridan tayyorlangan ichimlik foyda berishi to‘g‘risida yozgan Tarixdan ma’lumki, o‘tgan asrlarda, ayniqsa o‘rta asrlarda (14-16 asrlar) vabo, ospa va hokazo yuqumli kasalliklardan juda ko‘p odamlar qirilib ketgan. Odamlarda yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi epidemiya deb ataladi. Hayvonlarda esa bu hodisa ro‘y bersa epizootiya, o‘simliklarda – epifitotiya deb ataladi. E’tibor bergan bo‘lsalaring kerak, bu atamalar birinchi bo‘g‘ini bilan bir- biriga o‘xshash. Epi so‘zi grek tilidan olinib o‘ta, kuchli degan ma’noni bildiradi. Demos so‘zining tarjimasi halq, odamlar, zoo – hayvonlar va fito – o‘simliklarni anglatadi.