logo

“O‘zbekistonning yeng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.9580078125 KB
“O‘zbekistonning yeng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi,
vazifalari,  nazariy-metodologik  tamoyillari.
Reja.
1.   O‘zbekisto   n tarixi ni   davrlashtirish masalasi.   
2.   O‘zbekistonning yeng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsad   va
vazifalari,
3.   O‘zbekistonning   yeng   yangi   tarixi   fanini     o‘rganishning   nazariy
metodologik asoslari va     tamoyillari.
4.   O‘zbekistonning   yeng yangi   tarixi   fanini   o‘rganishning  har  tomonlama
yetuk insonni tarbiyalashdagi     ahamiyati. O‘zbekiston   tarixi   umumjahon   –   insoniyat   tarixining   ajralmas   qismi
hisoblanadi .   O‘zbekiston   tarixi   fani   xalqimizning   mustaqil   taraqqiyot   yo‘liga
kirishi,   mustaqillik     yillarida   milliy   huquqiy   davlatchilik     qurilishi,   demokratik
fuqarolik     jamiyatni   shakllantirish,   yerkin   bozor   iqtisodiyotini     yaratish,     jahon
hamjamiyatiga  integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. Shu bilan bir
qatorda   bu   fan   xalqimiz   tarixini   haqqoniy   tasvirlovchi,   aks   yettiruvchi   ko‘zgu,
ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. 
   O‘zbekiston  tarixini o`rganish va yoritishda  uning  davrlarini ilmiy asosda
to`g‘ri   belgilash   katta   ahamiyatga   yegadir.   Markaziy   Osiyo   xalqlari,   jumladan
O‘zbekiston     xalqlari,   yer   yuzining   qator   hududlaridagi   xalqlar   kabi   O`z   tarixida
insoniy   taraqqiyotida   sodir   bo`lgan   barcha   ijtimoiy-iqtisodiy   bosqich
(formatsiya)larni   bosib   o`tgan   yemas.   Bundan   chiqadigan   xulosa   shuki,biz   o`z
tariximizni     shu     ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalar     asosida     davrlashtirsak,tarixiy
haqiqat   soxtalashtirilgan   bo`ladi.     Shu   sababdan     biz     O`z     xalqimiz,     Vatanimiz
tarixini o`zbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas  bog‘lab  davrlashtiramiz  va
o`rganamiz. 
Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik
mintaqani,   shuningdek,   tub   burilish,   yuksalish   va   inqiroz   bosqichlarini   ham   o‘z
ichiga  oladi. U xilma – xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy
qatlam,   g‘oyaviy   dunyoqarash   va   falsafiy   oqimlarga   boy,   jahon   tarixi   va
sivilizatsiyasining   yeng     qadimiy   va   navqiron   o‘choqlaridan   biri   hisoblanadi.
O‘tmishda   taqdir   taqozosiga   ko‘ra   tariximiz,   aniqrog‘i,   Vatanimiz   hududi   jahon
miqyosida   kengayib   va   ma’lum   geografik   mintaqada   torayib   keldi.   Bu
tariximizning   o‘ta   buyuk ,   shu   bilan   birga ,   juda   ham     murakkab   bo‘lganligidan
dalolatdir .   Shuni   ham   aytish   joizki,   bu   holat   hozirgi     jonajon   Vatanimiz
O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.  
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz
Islom   Karimovning   «O‘zbekistonning   yangi   tarixini   yaratish»   kerakligi   haqidagi
metodologik   va   konseptual   g‘oyalariga   amal   qilgan   holda   ko‘p   ming   yillik
Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi: Ш Ibtidoiy – jamoa tuzumi; 
Ш Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi; 
Ш O‘rta asrlar davri; 
Ш Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri;
Ш O‘zbekiston sovetlar hokimiyati davri;
Ш O‘zbekistonning yeng yangi tarixi  davri
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasida   davlat   boshqaruv   tizimi,
ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   ma naviy   sohalarda   katta   o‘zgarishlar   amalgaʼ
oshirildi. Shuningdek, ta lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol	
ʼ
avlodni   shakllantirishga   yo naltirilgan   Milliy   dastur   izchillik   bilan   rivojlantirilib	
ʼ
borilmoqda.   Bugun   jahonda   yuz   berayotgan   voqea   va   hodisalar,   mafkuraviy
qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil yetish, turli xil yot g oyalardan	
ʼ
yoshlarni   himoya   qilish   uchun   tarixiy   tafakkurni   shakllantirish   muhim   ahamiyat
kasb   yetadi.   Umumiy   o‘rta   ta limda   o‘quvchilar   Vatan   tarixining   mustaqillik	
ʼ
davrini   oxirgi   sinfda   besh-olti   yil   oldin   yozilgan   darslik   asosida   o‘qitilib
kelinmoqda   va   bugungi   jamiyatda   kechayotgan   jarayonlarni   dasturga   kiritish   va
ular   haqida   keng   ma lumot   berish   ancha   qiyin   kechmoqda.   Shuning   uchun	
ʼ
OO‘Yuda O‘zbekistonning yeng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish o‘ta dolzarb
vazifa   hisoblanadi,   chunki   yosh   mutaxassislarning   bugungi   davr   siyosati,   davr
qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi yekanligini to‘g ri	
ʼ
va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb yetadi.
  O‘zbekistonning   yeng   yangi   tarixi   fanida       O‘zbekistonning   davlat
mustaqilligiga   yerishishi   arafasida   yuzaga   kelgan   murakkab   vaziyat,   respublika
mustaqilligining   ye lon   qilinishi,   mustaqillik   yillarida   mamlakatda   amalga	
ʼ
oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ma naviy   sohalardagi   islohotlar   va	
ʼ
ularning   bosqichlarini,   O‘zbekistonning   jahon   hamjamiyatiga   har   tomonlama
integratsiyasini,   xavfsizlik,   millatlararo   totuvlik   va   diniy   bag rikenglikni	
ʼ
ta minlash,   tinchliksevar   tashqi   siyosat   kabi   masalalarning   ilmiy   va   amaliy	
ʼ
ahamiyati ochib beriladi. Fanni   o‘qitishning   maqsadi   –   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston
Respublikasida   yuz   bergan   muhim   o‘zgarishlar,   tub   islohotlarning   mazmun-
mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talaba(mutaxassis)ning o‘rnini, o‘zligini
anglatishdan iborat. 
Fanni   o‘qitishning   vazifalari   –   mustaqillikka   yerishish   arafasida
O‘zbekistonda   yuzaga   kelgan   murakkab   vaziyatni   hamda   mustaqillik   yillarida
davlat   boshqaruvi,   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   ma naviy   va   boshqa   sohalardagiʼ
islohotlarning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va
muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. 
Mustaqillik   yillari   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarning   tezkorligi,   voqea   va
hodisalarning   shiddatliligi,   olam-u   odam   taqdiriga   daxldor   bo‘lgan   dunyoviy
muammolar-u   serqirra   hayotning   barcha   jabhalarini   qamrab   olgan   umumiy
qarashlarimizdan   tortib,   yeng   kichik,   yeng   shaxsiy   yumushlarimizgacha   bo‘lgan
barcha hodisalarni o‘zida mujassam yetadi.
Tabiiyki,   bunday   yalpi   yangilanishlar   jarayoni   ijtimoiy-gumanitar   fanlar
qatorida   tarix   fani   oldiga   ham   yangi   vazifalar   qo‘yadi.   Tadqiqotchilar   birinchi
navbatda   xalqimizning   mustaqillikka   yerishish   yo‘lidagi   asrlar   osha   olib   borgan
tinimsiz   kurashini,   uni   qo‘lga   kiritish   yo‘llari   va   vositalarini,   milliy   davlatchilik
qurilishiga   doir   tajribani,   mustaqillikni   mustahkamlashning   siyosiy,   iqtisodiy,
ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator
muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.
2007-yil   30-avgust   kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi,   Vazirlar
Mahkamasi   va   Prezident   devonining   Mustaqillikning   16   yilligiga   bag‘ishlangan
qo‘shma   majlisida   birinchi   Prezident   I.A.Karimov   «O‘zbekistonning   16   yillik
mustaqil taraqqiyot yo‘li mavzusida ma’ruza qildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligi
tasodifiy hodisa yemasligi, u o‘ziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga
juda katta tarixiy yutuq yekanligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga ushbu davr
fanda butun ko‘lami va salmog‘i bilan yetarli darajada o‘rganilmaganligini alohida
ta’kidladi va «mustaqillikka yerishish davri haqida, yeski tuzum inqirozga duchor
bo‘lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin   tus   olgan   siyosiy,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   vaziyat,   o‘zligimizni   anglash   va
toptalgan   milliy   g‘ururimizni   tiklashga   qaratilgan   intilish   kuchayib   borgani,
Vatanimiz   mustaqilligini   qo‘lga   kiritish   qanday   sharoitda   kechgani   haqida   yaxlit,
yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha
amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi» - dedi.
Mustaqillik   davrining   xalq,   millat   va   mamlakat   taqdiridagi   buyuk   voqelik,
noyob qadriyat yekanligi xususidagi  fikrlarini davom yettirib birinchi Prezident I.
Karimov   «O zbekiston   mana   shunday   tahlikali   va   murakkab   vaziyatda   qandayʻ
maqsadlarni  ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu
harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo‘lsa,
istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani - bularning barchasi haqida har
taraflama   chuqur   yoritib   va   isbotlab   beradigan   izlanish   va   tahlil   bugungi   kunda
ham   o zining   dolzarbligi   va   ahamiyatini   yo‘qotmaganini   qayd   yetishimiz   zarur»,	
ʻ
degan talablarni qat’iy qilib qo‘ydi.
Darhaqiqat,   tarix   xotirasi   inson   taraqqiyotiga   kuchli   ta’sir   o‘tkazadi,   milliy
g‘oyaning   shakllanishida   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Milliy   ong,   milliy
tafakkur   xalq   tarixi,   uning   rivojlanish   bosqichlarini   nechog‘li   o‘rganish,   undan
saboq chiqarish bilan bog liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga	
ʻ
da’vat   yetadi,   ulkan   yaratuvchilikni   rag‘batlantiradi.   Zotan,   uning   ulug
murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.
Xullas,   “O‘zbekistonning   yeng   yangi   tarixi”   o‘quv   fani   ana   shu   tarixiy
jarayonlarni   to‘laroq   qamrab   olish,   uni   jamlash,   ma’lum   bir   tartibga   solish,
qolaversa,   ana   shu   jarayonlarni   iloji   boricha   ko‘proq   o‘rganish   orzu-istagida
vujudga   keldi.   Darhaqiqat,   mustaqillik   davrida   o‘tgan   kunlarimiz   alohida
o‘rganishni,   tadqiq   yetishni,   ilmiy   va   nazariy   xulosalar   chiqarishni   taqozo
yetmoqda. Buning o‘ziga xos asoslari bor.
Birinchidan,   O‘zbekiston   mustaqil   suveren   davlat   sifatida   jahon
hamjamiyatida   o‘ziga   xos   nufuzga   yega   bo‘ldi.   U   o‘zining   katta   ishlab   chiqarish
imkoniyatlari,   boy   aqliy   va   jismoniy   salohiyati,   tengsiz   tabiiy   boyliklari   bilan dunyoning   yeng   rivojlangan   mamlakatlari   diqqatini   tortdi   va   ular   bilan   tengma-
teng turib hamkorlik qilish qudratiga yega yekanligini ko‘rsata oldi.
Ikkinchidan, yeng og‘ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o‘tish davrining
o‘ziga   xos   murakkabliklari   mavjud   bo‘lgan   bir   vaqtda   mamlakatda   siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining
naqadar hayotiy va xalqchil yekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va
yelat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g‘oyalar ta’sirida bo‘lgan aholining
talab-yehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash
alohida uddaburonlikni va qat’iyatlilikni talab yetadi. O‘zbekiston hukumati xuddi
ana shunday qat’iyatni ko‘rsata bildi.
Uchinchidan,   bozor   munosabatlariga   o‘tish   jarayonida   aholini   ijtimoiy
himoyalash,   dunyoviy   davlat   qurishning   asosi   bo‘lgan   qonun   ustuvorligiga
yerishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi.
Tub islohotlaming Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan   mashhur   besh   tamoyili   istiqlolning   dastlabki   yillaridayoq   jahon
hamjamiyatida yuqori baholandi va to‘la tan olindi.
To‘rtinchidan,   xorijiy   investitsiyani   jalb   yetish,   chet   yellik   ishbilarmonlar
bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan
o‘zgartirish,   uni   jahonning   yeng   ilg‘or   texnologiyalari   bilan   qayta   jihozlantirish
yo‘li   tutildi.   Bu   O‘zbekistonning   jamiyatni   bir   holatdan   ikkinchi   bir   holatga
o‘tkazishda   barcha   yosh   mustaqil   mamlakatlar   o‘rtasida   yeng   to‘g‘ri   yo`l
tanlaganini ko‘rsatdi.
Beshinchidan,   O‘zbekiston   hukumatining   islohchilik   siyosati   bevosita   xalq
dunyoqarashi,   uning   ming   yillar   mobaynida   shakllangan   urf-odatlari,   an’analari
bilan   uyg‘un   holda   amalga   oshirila   boshlandi.   «Bizdan   ozod   va   obod   Vatan
qolsin»,  «Vatan sajdagoh   kabi  muqaddasdir),  «Savob  ishni   har  kim   qilishi  kerak,
savob ishni har kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono
va, albatta, baxtli bo‘lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va
intilishlari bilan uyg‘un holda dunyoga keldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning tom
ma’noda   ma’naviy   tiklanish   va   ruhiy   poklanish   maydoniga   aylanganligi   ana   shu yeng   yezgu   niyatlar   asosida   davlat   siyosati   va   xalq   orzu-umidlarining   uyg‘unligi
natijasidir.
O‘zbekiston   umumbashariy   o‘zgarishlar   jarayonlari   oqimida   o‘zining
betakror   ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy   yangilanishlari   dasturiga   yega   bo‘lgan
mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqeni yegalladi. Yangi sivilizatsiya
va   insoniyat   taraqqiyotiga   kuchli   ta’sir   o‘tkazishga   qodir   bo‘lgan   davlat   sifatida
o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon yeta boshladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi
zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak yekanligi alohida qayd yetilishi lozim.
O‘zbekistonda   milliy,   regional   va   umumplanetar   mo‘ljallar   doirasida   izchil   va
tadrijiy   kechayotgan   yalpi   o‘zgarishlarni   o‘z   vaqtida   o‘rganish,   amalga
oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarni   baholash,   tahlil   yetish,   hamda
ilmiynazariy umumlashmalar  qilish  asnosida  bu jarayonlarni  maqsadli  boshqarish
O‘zbekistondagi   yangilanishlar   rivoji   o‘ziga   xos   kechayotganligini   ifoda   yetadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy   hayotni   maqsadli   takomillashtirish,   bu   muhitni
umuminsoniy   va   milliy   tamoyillar   uyg‘unligi   ruhida   rivojlantirish,   siyosiy
plyuralizmga   shart-sharoitlar   yaratish,   liberalizm   muhitini   har   tomonlama
kengaytirishga   da’vat   yetish   orqali   mamlakatimizda   yalpi   yangilanishlar
jarayonlariboshlanishiga   nazariy   poydevor   qo‘yildi.   Davlat   tuzumi,   jamiyat
qurilishi   va   shaxs   ma’naviyati   dunyosini   tubdan   isloh   qilish   yangilangan   davlat,
o‘zgargan   jamiyat   va   komil   shaxsni   yaratish   imkonini   berdi.   Davlat,   jamiyat   va
shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy
shijoat,   dono   siyosat   hamda   matonatni   talab   yetganligiga   bugungi   kunda   amin
bo‘lib   turibmiz.   Zero,   bu   boshqaruv   sermashaqqat   va   murakkab   kechuvchi
ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan
moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
Ma’lumki,   jamiyat   taraqqiyotida   shaxsning   roli   benihoya   katta.   Ayniqsa,
o tish   davrida   davlat   arbobining,   siyosiy   yetakchining   o‘mi   yana   ham   yaqqolroqʻ
ko‘zga   tashlanadi.   Chunki,   bu   paytda   ma’lum   bir   siyosiy   tartibot   ham,   siyosiy
qatlam   ham,   jamiyatni   yo‘naltiradigan   oqim   ham   shakllanmagan,   qarashlar   bir o‘zanga   tushmagan,   turli   qarama-qarshiliklar   va   ziddiyatlar   mavjud   bo‘lgan
murakkab   bir   vaziyat   vujudga   keladi.   Bunday   paytda   xalq   o‘z   kelajagini   asosan
davlat   rahbariga   qarab   belgilaydi.   O‘zining   iymon   ye’tiqodini,   taqdirini   u   bilan
bog‘laydi.
Ana   shu   nuqtayi   nazardan   qaraganda   mustaqillikning   o‘tgan   davrida
mamlakatimizda   amalga   oshirilgan   keng   ko‘lamli   ishlar   bevosita   davlat
rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan
bog‘lanib   ketgan.   Davlat   arbobining   siyosiy   qiyofasi   o‘tish   davrining   noyob
mahsuli   sifatida   tarix   sahifalarida   bosh   islohotchi   qiyofasida   mustahkam
o‘rnashgan bo‘ladi.
Demak,   mustaqillik   davri   tarixini   o‘rganar   yekanmiz,   bu   jarayon   bevosita
mamlakat   birinchi   Prezidenti   I.Karimov   faoliyati   bilan   uzviy   bog‘langanligini
yaqqol   ko‘ramiz   va   uni   sahifalarga   aynan   ko‘chirishga   intildik.   Zotan,   ana   shu
yillarda   I.Karimov   ismi   sharifi   bir   shaxs   nasl-nasabi   doirasidan   chiqib,   ulkan
ijtimoiy-siyosiy   voqelik,   millat   mohiyatini   o‘zida   mujassam   yetgan   qadriyat
maqomiga   yega   bo‘ldi.   Boshqacha   qilib   aytganda   «O‘zbekiston   -   Mustaqillik   -
Islom   Karimov»   atamalari   yaxlit,   bir-birini   to‘ldirib   boradigan   tushunchaga
aylandi.
Shubhasiz,   yuqorida   tilga   olingan   masalalarni   har   tomonlama   chuqur
o‘rganish,   ilmiy-nazariy   jihatdan   tadqiq   yetish   va   mushohada   qilish   kishilarda
yuksak   ma’naviy   fazilatlarni   kamol   toptirish,   milliy   g‘oyani   shakllantirish,
yoshlarni   tarixiy   an’analarga,   umuminsoniy   qadriyatlarga   hurmat,   Vatanga
muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadi. Adabiyotlar  ro’yxati :
1.   Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent: O‘zbekiston,
2017.
2.  Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida.  –T.: O‘zbekiston,
2011.
2 . Bobobekov H.   Farg‘ona fojialari kundaligi // «Fan va turmush».1990, № 4-5.     
3 .Mustaqillik:   Izohli   ilmiy   –   ommabop   lug‘at   //   R.   Ro’ziev   va   Q.   Xonazarov
umumiy tahririda. To’ldirilgan uchinchi nashri.  –T.: Sharq, 1996.   
4 . Salimov O., Usmonov Q., G‘aniev D. Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili. –T.:
Sharq, 1999. –B. 9-20, 40-46.
5 .O’zbekiston milliy yensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.  
6 .   O’zbekistonning   yangi   tarixi.   Ikkinchi   kitob.   O’zbekiston   sovet
mustamlakachiligi davrida. – T.: Sharq, 2000. –B. 624-676.
7 . O’zbekiston tarixi / R. Murtazaeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi,
2003. –B. 529-554.
8 . Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil  O‘zbekiston
tarixi. – To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 20 13 . –B. 8-87. 
9 . Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi. –T.: I qtisod  –  moliya , 2006. –B. 374-400.
10. Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);   R. Shamsutdinov,
Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010. –B.  440-472.

“O‘zbekistonning yeng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja. 1. O‘zbekisto n tarixi ni davrlashtirish masalasi. 2. O‘zbekistonning yeng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari, 3. O‘zbekistonning yeng yangi tarixi fanini o‘rganishning nazariy metodologik asoslari va tamoyillari. 4. O‘zbekistonning yeng yangi tarixi fanini o‘rganishning har tomonlama yetuk insonni tarbiyalashdagi ahamiyati.

O‘zbekiston tarixi umumjahon – insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi . O‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, yerkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks yettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. O‘zbekiston tarixini o`rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to`g‘ri belgilash katta ahamiyatga yegadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O‘zbekiston xalqlari, yer yuzining qator hududlaridagi xalqlar kabi O`z tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bo`lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib o`tgan yemas. Bundan chiqadigan xulosa shuki,biz o`z tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak,tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan bo`ladi. Shu sababdan biz O`z xalqimiz, Vatanimiz tarixini o`zbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog‘lab davrlashtiramiz va o`rganamiz. Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma – xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining yeng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz, aniqrog‘i, Vatanimiz hududi jahon miqyosida kengayib va ma’lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk , shu bilan birga , juda ham murakkab bo‘lganligidan dalolatdir . Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi. Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi haqidagi metodologik va konseptual g‘oyalariga amal qilgan holda ko‘p ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi:

Ш Ibtidoiy – jamoa tuzumi; Ш Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi; Ш O‘rta asrlar davri; Ш Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri; Ш O‘zbekiston sovetlar hokimiyati davri; Ш O‘zbekistonning yeng yangi tarixi davri Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalgaʼ oshirildi. Shuningdek, ta lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol ʼ avlodni shakllantirishga yo naltirilgan Milliy dastur izchillik bilan rivojlantirilib ʼ borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil yetish, turli xil yot g oyalardan ʼ yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb yetadi. Umumiy o‘rta ta limda o‘quvchilar Vatan tarixining mustaqillik ʼ davrini oxirgi sinfda besh-olti yil oldin yozilgan darslik asosida o‘qitilib kelinmoqda va bugungi jamiyatda kechayotgan jarayonlarni dasturga kiritish va ular haqida keng ma lumot berish ancha qiyin kechmoqda. Shuning uchun ʼ OO‘Yuda O‘zbekistonning yeng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish o‘ta dolzarb vazifa hisoblanadi, chunki yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosati, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi yekanligini to‘g ri ʼ va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb yetadi. O‘zbekistonning yeng yangi tarixi fanida O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga yerishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining ye lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga ʼ oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma naviy sohalardagi islohotlar va ʼ ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag rikenglikni ʼ ta minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ʼ ahamiyati ochib beriladi.

Fanni o‘qitishning maqsadi – Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun- mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talaba(mutaxassis)ning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat. Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka yerishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma naviy va boshqa sohalardagiʼ islohotlarning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, yeng kichik, yeng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam yetadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka yerishish yo‘lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. 2007-yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida birinchi Prezident I.A.Karimov «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li mavzusida ma’ruza qildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligi tasodifiy hodisa yemasligi, u o‘ziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq yekanligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga ushbu davr fanda butun ko‘lami va salmog‘i bilan yetarli darajada o‘rganilmaganligini alohida ta’kidladi va «mustaqillikka yerishish davri haqida, yeski tuzum inqirozga duchor bo‘lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora

keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi» - dedi. Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat yekanligi xususidagi fikrlarini davom yettirib birinchi Prezident I. Karimov «O zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qandayʻ maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo‘lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani - bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaganini qayd yetishimiz zarur», ʻ degan talablarni qat’iy qilib qo‘ydi. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga ʻ da’vat yetadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi. Zotan, uning ulug murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. Xullas, “O‘zbekistonning yeng yangi tarixi” o‘quv fani ana shu tarixiy jarayonlarni to‘laroq qamrab olish, uni jamlash, ma’lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko‘proq o‘rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida o‘tgan kunlarimiz alohida o‘rganishni, tadqiq yetishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo yetmoqda. Buning o‘ziga xos asoslari bor. Birinchidan, O‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga yega bo‘ldi. U o‘zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan