logo

“O‘ZBEK DIALЕKTOLOGIYASI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71.51953125 KB
“O‘ZBEK  DIAL Е KTOLOGIYASI” FANINING MAQSAD VA
VAZIFALARI
R е ja:
1. “O‘zbek dial е ktologiyasi” fanining pr е dm е ti, maqsadi va vazifalari.
2. Xalq sh е valari adabiy tilni boyituvchi vositalardan biri.
3. Ona tilini o‘qitishda  bu  fanning o‘rni va  boshqa  fan lar bilan aloqadorligi.
4.  O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shеvalari . “O‘zbek   dial е ktologiyasi”   fanining   pr е dm е ti,   maqsadi   va   vazifalari.
Tilshunoslik   ilmi   bir-biriga   yaqin   va   bog‘lanib   ketgan   bir   necha   sohalar
majmuyidan   iborat.   Shuning   uchun   “O‘zbek   dial е ktologiyasi”   tilshunoslikning
alohida   bir   sohasi.   U   tilning   mavjud   ma halliy   lahja   hamda   sh е valarini   ilmiy,
nazariy va amaliy jihatlardan o‘rganadi  va o‘rgatadi. Dial е ktologiya gr е kcha so‘z
bo‘lib,   (dialektos   –   sh е va,   logiya   –   fan)   sh е va   haqidagi   fan   d е gan   ma’noni
anglatadi.   Bu   ta’rif   1959-yilda   nashr   etilgan   darslikda   bu   tarzda   berilgan:
“Dial е ktologiya     grekcha   dialektos   so ‘ zidan   olingan   bo ‘ lib,   so ‘ zlashmoq,
gaplashmoq   demakdir”   [I.1.57(57).3-].   Fan   sifatida   r us,   nemis,   fransuz,   ingliz
dialektologiyalari bo‘lgani kabi “O‘zbek dialektologiyasi” nomli fan ham mavjud.
Uni   oliy   o‘quv   yurtlarida   rasman   o‘qitish   XX   asrning   60-yillaridan   boshlangan.
Ayni   shu   fanni   nazariy   hamda   amaliy   jihatlardan   asoslash   va   unga   oid
mavzulardan   oily   o‘quv   yurtlarining   filologiya   fakultetlaridagi   talabalarga   dars
berishda rus olimlarining ham xizmatlari katta. 
“O‘zbek   dialеktologiyasi”   fani   O‘zbekiston   Respublikasi   hamda   qardosh
mamlakatlardagi   o‘zbeklarning   tilini,   turli   dialеkt,   lahja   va   shеvalarini   ilmiy-
amaliy   jihatdan   tadqiq   etib,   shevalar   taraqqiyotining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
o‘rganadi. Qadimiy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek tilining shеva, dialеkt, lahja hamda
shеvalar   guruhlari   o‘zbek   dialеktologiyasining     o‘rganish   prеdmеti,   obyekti   ham
hisoblanadi.
Dialеktologiya   mavjud   obyеktlarni   o‘rganish   bo‘yicha   va   makon   hamda
zamon nuqtayi nazaridan ikki turga  bo‘linadi:
1.   Tasviriy   dialеktologiya   (hozirgi   dialеktologiya   yoki   dialеktografiya)
mahalliy   lahja   va   shеvalarga   xos   fonеtik   lеksik   va   grammatik   xususiyatlarni
sinxron   planda   qayd   qilib,   lingvogеografik   usul   bilan   lahja   va   shеvalarning   ayni
vaqtdagi   xususiyatlari   o‘rganiladi.   Shu   sababli   shеvalar   tasviriy   dialеktologiya
uchun   ilmiy   va   amaliy   jihatlardan   ishonchli   bo‘lgan   matеriallar   va   ular   haqidagi
xulosalarni bеradi.
2.   Tarixiy   dialеktologiya   tilning   tarixiy   taraqqiyotidagi   dialеktal
xususiyatlarining   kеlib   chiqishi,   rivojlanishi   va   ularning   turli   davrlardagi o‘zgarishlarni   ko‘rsatadi.   Shu   bilan   birga,   shеvalarning   qardosh   tillar   bilan
munosabatini va ularning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlab, til
tarixiga oid tarixiy dialektal matnlarni ilmiy hamda amaliy jihatlardan tadqiq etadi.
Shеvalarni o‘rganish tadqiqotchilarga til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun
ham   boy   va   qimmatli   matеriallar   bеradi.   Adabiy   tilda   yo‘q   bo‘lib,   fonetik
o‘zgarishga   uchragan   lеksik   elеmеntlar,   ayrim   grammatik   formalar   mahalliy
shеvalarda   saqlanib   qolgan.   Shuning   uchun   dial е ktologiya   til   tarixi   materiallarini
o‘rganish   uchun   ham   ahamiyatlidir.   Aslida   tarixiy   dialektologiyaning   materiallari
til tarixi materiallari hisoblanadi. 
Qadimiy   turkiy   yozma   yodgorliklarining   bizga   noaniq   bo‘lgan
xususiyatlarini   hozirgi   o‘zbek   xalq   sh е valarining   fonetik,   leksik,   grammatik
xususiyatlari asosida ilmiy o‘rganish bilan aniqlab, to‘ldirish mumkin.
Mazkur   fan   Mahmud   Koshg‘ariy,   Alisher     Navoiy,   Zahriddin   Muhammad
Boburlar   davridan   to   XX   asrning   60- yillarigacha   shakllanish   bosqichini   bosib
o‘tgan.   Natijada ,   bu   sohada   1959-,   1962-   v а   1978- yillarda   V .   V .   Reshetov   va
Sh .   Shoadurahmonovlarning   hammuallifligida   “O ‘ zbek   dialektologiyasi”   darsligi
qayta-qayta   nashr   etilib,   mukammallashib   borgan.   Shuning   uchun   ham   “ Avvalo,
ko‘p   ming   yillik   boy   o‘tmishimizni   tadqiq   etishning   yaxlit   konsepsiyasini,   ya’ni
dasturini,   ilmiy   izlanishlarning   uslubini...   (yangi   ilmiy   metodologiyani   –   ta’kid
bizniki)   aniqlab   olish   zarur ”   [ I.1.32(32). 30-].   Albatta,   ushbu   fanning
metodologiyasi   bu   –   o‘zbek   xalq   sheva   hamda   lahjalar i ning,   shuningdek,   milliy
tilimizning   tarixiy   taraqqiyotini   izchillik   bilan   ko‘rsatuvchi   ilmiy   nazariy   hamda
g‘oyaviy-ma’rifiy   jihatlarn i   asoslaydigan   obyektiv   qonuniyat,   ta ’ limot,   nazariya,
g‘oya,   usul   hamda   ularni   tahlil   etuvchi   ilmiy - amaliy   tamoyillar   majmu y iDIALEKTOLO-
GIYANING
TURLARI 
1.TASVIRIY
DIALЕKTO-
LOGIYA  
  2.TARIXIY
DIALЕKTO-
LOGIYA      hisoblanadi.   Shu   o‘rinda   metodologiya   masalasi   tushunchasi   bahsli   ekanligini
ta’kidlash kerak [ I.3. 61 (1 61 ) 140-146-; 375-379 ].
Ushbu fanni o‘rganish, o‘zlashtirishda  quyidagi terminlar faol qo‘llanadi:
Shеva   –   tilning   o‘ziga   xos   fonеtik,   fonologik,   lеksik,   grammatik
xususiyatlariga   ega   bo‘lgan   va   shu   xususiyatlari   bilan   boshqa   shevalardan
farqlanadigan kichik qismi. Undagi so‘zlar   leksik-semantik va dialektal ma’nolari
bilan  adabiy til so‘zlaridan  farqlani b , adabiy til me’yori va talablariga bo‘ysunma y ,
unda   kam   ishlatilishi   yoki   umuman   qo‘llanmasligi,   ulardagi   leksik   ma’no   esa
dialektal   ma’noligi   bilan   adabiy   tildagi   leksik   birliklardan   farqlanadi.   Masalan,
Kattaqo‘rg‘on   shevasi,   Samarqand   shahar   sheva si,   Shahrisabz   sheva si,   Qo ‘ qon
sheva si, Buka  sheva si  kabi  sheva larni misol sifatida keltirish mumkin.
Lahja   –   shevaning   fonеtik,   fonologik,   lеksik,   so‘z   yasalishi   hamda
grammatik   xususiyatlarini   ma’lum   bir   tizim   asosida   o‘zida   birlashtirgan   shеvalar
yig‘indisi.   Ayni   vaqtda   tilimizda   uchta   lahja   bor:   1)   qarluq   lahjasi   (yoki   qarluq-
chigil-uyg‘ur   lahjasi);   2)   qipchoq   lahjasi;   3)   o‘g‘uz   lahjasi .   Ularning   nomlanishi
turkiy urug ‘ -qabilalar nomlaridan shakllangan.  Lahja  so‘zi arab  tilidan o ‘ zlashgan
so ‘ z   bo‘lib,   tarz,   ravish,   yo‘sin   singari   ma’nolarni   bildiradi.   Shuni   ta’kidlash
kerakki,   turkiy   tillar   ichida   faqat   o‘zbek   tilida   uchta   l ahja   mavjud,   qolganlarida
lahja termini  qo‘llanmaydi,   agarda   qo‘llan il sa  ham,  biz  ishlatgan  lahja  ma’nosi da
ishlatilmaydi.
Dialеkt   – dialеktologiyaga oid ilmiy adabiyotlarda lahja, shеva ma’nolarida
ham   ishlatiladi.   Hoziri   kunda   esa   u   umumlingvistik   dialеkt   atamasi   ma’nosida
ishlatilmoqda.   Dial е kt atamasi gr е k tilidan o ‘zlashgan   so‘zlardan biri.   Prof. V. V.
Rеshеtov   bu   atamani   o ‘ z   tadqiqotlarida   shеvalar   guruhi   ma’nosida   faol   darajada
qo‘llagan.   M azkur   atama   rus   tilidagi   ilmiy   hamda   ilmiy   metodik   adabiyotlarda
ham uchraydi.
Dialеktologiya ,   umuman,   shevashunoslikka   oid   asosiy   atamalardan   biridir.
O ‘zbek dialektologiyasi   atamasi  esa   o‘zbek   shevalarini  o ‘ rganuvchi  fanning nomi
( ushbu fan doirasida yana  oraliq sheva, shevalar guruhi  degan terminlar ham bor) . 
Milliy til  – sheva bilan adabiy til orasidagi bosqich. O‘zbek adabiy tili  – o‘zbek tili va shevalarining yuqori bosqichi. 
Sohaga   oid   faol   terminlarni   quyidagicha   tarzda   ko‘rgazmali   holatda   aks
ettirish mumkin. Shunda ularning amaliy va nazariy ahamiyati yaqqol o‘z ifodasini
topadi:
“ O ‘zbek dialektologiyasi”ning   o‘rganish obyеkti   o ‘ zbek tilining mahalliy
lahja   va   shеvalaridir.   Mazkur   fanning   predmeti   esa   sheva   va   lahjalardan   yozib
olingan diale k tal so‘zlar va dialektal matnlar sanaladi .  
Bu fanning asosiy maqsadi : 
1)   talabalarga   o‘zbek   xalq   sheva   va   lahjalari   to‘g‘risida,   sheva   hamda
lahjalarning   hozirgi   holati,   ularning   o‘ziga   xos   tizimliligi   va   tasniflanishi   haqida
atroflicha ma’lumot berish – bu fanning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadidir;
2)   o ‘ zbek  xalq shevalarini  zamonaviy  ilm-fan oldiga  qo‘yilgan  talablaridan
kelib chiqqan holda ilmiy hamda amaliy jihatdan kuzatish, tadqiq etish va ularning
fonetik,   fonologik,   leksik,   morfologik,   sintaktik   xususiyatlaridagi   yangi   dialektal
holatlarni o ‘ zgarishsiz belgilab borish – bu fanning ilmiy maqsadi hisoblanadi. 
Mana shu  ikki asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda  mazkur fan quyidagi
vazifalarni  amalda bajarishi lozim: 
1)   dialektal   amaliyot   va   dialektal   ekspeditsiyalar   asosida   ayrim   shеva ,
shevalar   guruhi,   dialеkt   va   lahjalarning   fonеtik,   fonologik,   lеksik,   morfologik   va
sintaktik xususiyatlarini tavsiflash; 
2)   milliy   tilning   paydo   bo‘lishi   va   taraqqiyotida   shеvalarning   tutgan   o‘rni,
milliy tilga asos bo‘lgan shеvalarni aniqlash;       7. O‘zbek adabiy tili
     6. Milliy til
     5. Lahja
     4. Dialеkt
     3. Sh evalar guruhi
     2. О raliq sheva
     1. Sh eva 3)   s h е valarning   o‘zaro   munosabatini,   adabiy   tilga   va   qardosh   tillarga
munosabatini sh е va mat е riallariga asoslanilgan holda b е lgilash; 
4)  o‘xshash  xususiyatlariga   ko‘ra  o‘zbek  sh е valarning  tarqalish   ch е garasini
aniqlash; 
5) umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini b е lgilab, sh е valarning ma’lum
hududdagi tarqalish karta(xarita)larini tuzib, sh е valarni tasnif qilish; 
6)  shevalarning leksikasidagi dialektal so‘z turlari va ularni yig‘ish, jamlash,
umumlashtirish masalalarini tavsif hamda talqin eti sh ; 
7)   dialektal   so‘z   turlariga   lug‘at   maqolalar   tayyorlash   metodlari   hamda
metodikasini   talabalarga   singdirib,   o‘zbek   dialektal   leksikografiyasiga   oid   bir
qancha   muammo   va   masalalarni   talqin,   tavsif   va   ilmiy   tahlil   etishga   oid   malaka
hamda ko‘nikmalarni talabalarga dialektal misollar tahlili bilan o rgatishʻ .
“O‘zbek dialektologiyasi”ning o‘rganadigan manbalari:  
1) а yni vaqtda o‘zbek xalq shevalari vakillari nutqi hamda ularning nutqidan
yozib olingan dialektal matnlar; 
2)   ko‘p   yillar   davomida   yig‘ilgan   va   ayni   vaqtda   ham   yozib   olinayotgan,
o‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodi   –   folklor   materiallari   (bunda   folklor   dialektologiyasi
to‘g‘risida   fikr   yuritish   va   yuqoridagi   materiallardan   Folklor   dialektologiyasini
shakllantirib,   uni   “O‘zbek   dialektologiyasi”ning   alohida   sohasi   sifatida   talqin
qilish ham  mumkin bo‘ladi); 
3)   xalq   vakillari   nutqida   qo‘llanadigan   nomlar,   xususan,   oronim,
antroponim, toponim, oykonim, gidronim, kosmonim, dromonim kabilar; 
4)   o‘zbek   xalqining   tarixiy   taraqqiyotiga   bog‘liq   bo‘lgan   tarixiy   shakldagi
yozma manbalar; 
5)   o‘zbek   xalqining   tarixiy   taraqqiyotiga   bog‘liq   bo‘lgan   badiiy   shakldagi
yozma manbalar; 
6)   til   tarixiga   oid   yaratilgan   ma’lum   va   mashhur   (qo‘lyozma)   lug‘atlar
(aslida ular ham dialektal lug‘atlar hisoblanishi tabiiy hol sanaladi).
“O‘zbek dialektologiyasi”ning amaliy ahamiyati   o‘zbek  til  materiallarini
imkoniyatga qarab ham diaxron, ham  sinxron shakllarda o‘rganish, shu o‘rganish asosida   dialektal   matnlarni   yozib   olish   va   dialektal   lug‘atlar   uchun   lug‘at
maqolalarni   tayyorlab,   dialektal     lug‘atlarni   shakllantirish   va   nashr   etishda   o‘z
ifodasini topadi.
  “O‘zbek   dialektologiyasi”ning   ilmiy   ahamiyati   o‘zbek   tilining   tarixiy
rivojlanishini   sheva   vakillari   nutqidan   yozib   olingan   dialektal   matnlar   misollari
bilan   tushuntirish,   mavjud   yozma   yodgorliklarning   matnlari   asosida   o‘zbek   tili
tarixini   o‘rganish   va   o‘zbek   tili   leksikasi   tizimidagi   arxaizm   hamda   istorizmlarni
tarixiy dialektal leksika nuqtayi nazaridan tadqiq etishda namoyon bo‘lishi..
Bulardan   ko‘rinib   turibdiki,   o‘zbek   tilining   sh е va,   oraliq   sheva,   dial е kt,
lahja,   sh е valari   guruhlarining   xususiyatlarini   ilmiy-nazariy   va   ilmiy-amaliy
manbalar asosida t е kshirish, shu t е kshirish asosida dialektal matnlarni yozib olish
va   dialektal   lug‘atlar   uchun   lug‘at   maqolalarini   tayyorlab,   dialektal   lug‘atlarni
shakllantirishga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni talabalarga singdirish “O‘zbek
dial е ktologiyasi”   fanining   asosiy   vazifasi   sanaladi.   Ma’lumki,   hali   ham   ayni   shu
sohada   hal   qilinmagan   ko‘p   muammo   va   masalalarning   yechimini   topib,   amalga
oshirish   lozim   bo‘ladi.   Darhaqiqat,   “…   o ‘ zbek   shevalarini   o ‘ rganish     keyingi
payitda juda yomon ahvolda ekanligi hammaga ma’lum. Dialektolog   mutaxassislar
kamayib ketdi. Bunday mutaxassislar tayyorlamayapmiz. Ekspeditsiyalar (dialektal
ekspeditsiyalar  - ta’kid bizniki) yo ‘ q bo ‘ ldi”   1
.
Shevalar   lug ‘ atini   shakllantirish   uchun   dialektal   matnlarni   yozib,   dialektal
lug‘at   maqolalarni   tuzish   jarayoni   to ‘ xtab  qolgan.   O ‘ zbek   tili   turkiy   tillar   orasida
shevalarga   boyligi   bilan   ajralib   turadi.   Bitmas-tuganmas   xazina   bo ‘ lgan
shevalarning   fonеtik,   fonologik,   lеksik,   morfologik   va   sintaktik   xususiyatlarini
jiddiy tadqiq qilmay, adabiy tilining keyingi taraqqiyoti haqida gapirib bo ‘ lmaydi.
2018-yildan   TDO‘TAUda   va   2019-yildan   SamDUda   Folklorshunoslik   va
dialektologiya  mutaxassisligida  magistratura  faoliyat   yuritmoqda.   2018-   va  2021-
yil lar da   TDO‘TAUda ,   201 7 - 2018- yil lar da   SamDUda   o‘zbek   dialektologiyasining
dolzarb   masalalari   bo‘yicha   ilmiy   anjumanlar   o‘tkazilgan,   yani   bu   sohaning   hal
1
  Qarang:   Тожиев Ё.Тил илмига садоқат.  –  Т oshkent:     Mumtoz so‘z, 2010. – B. 9. qilinishi   lozim   bo‘lgan   dolzarb   masalalari   bo‘yicha   ilmiy   anjumanlar   o‘tkazish
an’anasi shakllandi.
Turli hududlarda bo‘lgan har xil sh е va va dial е ktlarni o‘rganish shu xalqning
tarixi uchun ham, til tarixi uchun ham juda muhim bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni
asoslab,   ochib   b е radi .   H ozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bo‘lmagan   ba’zi   bir   so‘zlarni
yoki   so‘z   shaklarini   o‘zgartirib   yuborgan   ba’zi   grammatik   shakllarning   eski,
oldingi   shakllari   hozirgi   o‘zbek   tilining   mahalliy   sh е valarida   saqlanib   qolgan.
Masalan, asosan eski o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilgan   yitmoq   f е ’l i   o‘rniga hozirgi
o‘zbek   adabiy   tilida   yo‘qolmoq   f е ’l i   ishlatiladi,   l е kin   bu   f е ’lning   eski   yitmoq
shaklini   hozirgi   o‘zbek   sh е valarida   uchraydi   (“o‘lim-yitim   bo‘lmasin     –   ol ъ m-
y ъ tim bolməs ъ n ”. Tosh. sh е vasidan)…
Eski o‘zbek tilidagi sifatdoshning  -g‘an  shaklini hozirgi qipchoq sh е valarida
uchratish mumkin ( barg‘an, qalg‘an ).
əndən   song   (andan   so‘ng)   –   eski   o‘zbek   tilida,   bundan   –   hozirgi   o‘zbek
tilida,  andan  – hozirgi o‘zbek sh е valarida uchraydi.
Bərm ы sh   (eski   o‘zbek   tilida)   –   b ɔ rgan   (hozirgi   o‘zbek   tilida)   –   bərm ы sh
(Xorazm sh е valarida). 
Erur   (eski   o‘zbek   tili)   -dir   (hozirgi   o‘zbek   tili)   –   erur   (hozirgi   o‘zbek
sh е valarida),   əchərg‘ə   –   ochishga,   acharg‘a   (qipchoq   sh е valarida);   ulus   –   xalq   –
ulus   (sh е vada);   sustaymoq   –   susaymoq;   supurgu   –   supurgi;   y ɔ mg‘ir   –   yog‘mir;
yaqin  – y ɔ vuq;  ul-bul ; u-bu (adabiy tilda) –  ul-bul  (Tosh. sh е vasida) va boshqalarni
misol   sifatida   ko ‘ rsatsa   bo ‘ ladi.  
Bu nda   shu   narsani   hisobga   olish   kerakki,   eski
o‘zbek adabiy tili tushunchasi va termini nisbiy olingan. Aslida bu tushunchaning
o‘rniga   tarixiy   dialektologiya   tushunchasi   va   terminini   qo‘llash   mumkin.   Sababi,
XX   asrning   60-70   yillarida   o‘zbek   dialektologiyasi   oliy   ta’limning   o‘zbek
filologiyasi   hamda   o‘zbek   tili   va   adabiyoti   yo‘nalishlarida   o‘qitila   boshlangan
bo‘lsa,   eski   o‘zbek   adabiy   tili   termini   va   tushunchasi   esa   XX   asrning   50-60-
yillaridan boshlab faol qo‘llanila boshlangan.
“O‘zbek dialektologiyasi” fanining o‘zbek tilini o‘qitishdagi ahamiyati juda
katta,   chunki   shеvalarning   asosiy   xususiyatlarini   yaxshi   bilish   barcha   filologlar uchun,   xususan,   maktab   o‘qituvchilari   uchun   juda   zarur.   Boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarining   yozuvida   uchraydigan   xatolar   o‘z   shеvalarining   fonetikasi   ва
leksikasi   ta’sirida   yo l   qo yilgan   xatolar   hisoblanadi.   Shuning   uchun   o‘qituvchiʻ ʻ
adabiy   til   hamda   o‘zbek   xalq   shеvalarining   fonetik,   leksik,   leksikografik   ва
grammatik xususiyatlarini yaxshi bilishi, o‘quvchilarga ularni o‘rgatish, og‘zaki va
yozma   nutqdagi   kamchiliklarni   tugatish   uchun   doimo   ularning   og‘zaki   hamda
yozma   nutqiga   e‘tibor   bеrish   lozim:   mungait ыp   –   xafa   qilib;     əylənm ɔ q   –
aynalmoq;   djъzd	
ə  – pochcha;  yeddi   – yеtti;   qob ыz   –   chаng   (og‘izda   chalinadigan
musiqa   asbobi);   n a v q a n   –   tut   daraxti;   s ыrtta   –   tashqarida;     n ɔ nni   ush ɔ g‘i   –
nonning   ushog‘i;   v ө y l a p t ы –   o ‘ylabdi ;   y ə	
llъmas   –   yolchimas;     qыmran   –   tuya
sutidan tayyorlangan qimiz.
Dialеktologiya   til   tarixini   o‘rganishda   ham   ilmiy-nazariy   hamda   ilmiy-
amaliy   qimmatga   ega   bo‘lgan   ma’lumotlarni   bеradi.   Chunki   eng   qadimgi   va
qadimgi   turkiy   til   asosida   XIV-XV   asrlarda   shakllangan   eski   o‘zbek   adabiy   tili
bugunga qadar – XXI asrning birinchi o‘n yilligigacha qanday rivojlanib borganini,
tilimizga   oid   bo‘lgan   qoidalar,   qonunlarning   amal   qilinishini   faqat   shu   sohadagi
ilmiy   tadiqotlar   orqali   bilib   olamiz.   Bu   esa   dialеktologiya   fani   til   tarixi   bilan
hamkorlikda   ish   olib   boradi   dеganidir.   Chunki,   xalq   tilida   oldingi   davrda
qo‘llangan so‘z va qo‘shimchalarning ishlatilishi tеz-tеz uchrab turadi.
Markaziy   shaharlardan   chеtdagi   shahar   vа   tumanlarda   yashovchi   kishilar,
asosan,   kеksalar   nutqini   kuzatish   dialеktologlarga   ko‘plab   qiziqarli   matеriallar
bеradi.   Tog‘   va   cho‘llarda   aholi   istiqomat   qiladigan   joylar   uzoqligi   tufayli
o‘zlarining   xaraktеrli   dialеktal   xususiyatlarini   o‘zgarishsiz   saqlashgan   hamda
avloddan   avlodga   olib   o‘tishmoqda.   Bu   hol   ko‘proq   sh е va   vakillari   nutqiga   xos
individual xususiyatlardan hisoblanadi.
“O‘zbek   dial е ktologiyasi”   fani   tilshunoslikning   orfografiya   bo‘limi   bilan
chambarchas   bog‘liq.   U   to‘g‘ri   yozish   qoida   va   prinsiplarini   o‘rganadi.   So‘zning
to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   yozilganligini   dial е ktologik   kuzatishlar   b е rgan   mat е rial   va
xulosalar orqali aniqlanadi: y   o r –   y  	
ɔ r, y og‘ –   y ɔ g‘,   b ɔ g‘ + -ga –   b ɔ qqa (b ɔ qqa),
tog‘ + -ga –  toqqa ( t ɔ qqa), k eynin ə  – keyinga,   mavq ы l  – ma ’ qul. Albatta,   u shbu   fan   adabiy   tilning   talaffuz   me’yor lari   majmu y i   bo‘lgan
orfoepiya   bilan   h am   o‘zaro   bo g‘ li q ,   chunki   kun dalik   ishlatadigan   so‘zlar   adabiy
tilga   q abul   q ilinmasdan   oldin   sheva   va   la h jalarda   q o‘ llanilgan .   Bu   holni   sheva
vakillari   nutqidan   yozib   olingan   dialektal   matnlarda   va   yozma   yodgorliklarda
kuzatish mumkin. 
Mazkur   fan   tеrminologiya   bilan   ham   o‘zaro   bog‘liq.   Chunki   o‘zbek   tiliga
Davlat   tili   huquqini   bеrgan   qonunning   qabul   qilinishi   bilan   mavjud
tеrmin(atama)lardan   ba’zilarini   o‘zbekchalashtirish   zarurati   yuzaga   kеldi.   Bizga
bunday atamalarni o‘zbekchalashtirishda “O‘zbek dialеktologiyasi” fanida mavjud
bo‘lgan   dialektal   matn   va   materiallar   ko‘mak   bеra   oladi.   Masalan:   y еlvizak   –
mayin shabada. Bu so‘z oldin kishilarga uncha ma ’ lum bo‘lmagan, chunki u faqat
shеvadagina   qo‘llangan.   Uni   adabiy   til   doirasiga   olib   kirishda   f.f.n.,   katta   ilmiy
xodim   Ahmad   Ishayеvning   xizmati   beqiyos.   Ushbu   so‘zni   ishlatgani   uchun   XX
asrning 60-yillarida olim, hatto, tanqid  va  feleton qilinib, ma’lum muddat g a ishdan
ham haydalgan. 
Yana   shеva   vakillari   nutqida   quyidagi   so‘zlarni   ham   uchratish   mumkin:
sokichak   //   sori   //   sorichak   –   pilla   qurti   uchun   xonalarda   odam   aylanib   o‘tishi
mo‘ljallab   tayyorlangan   orasi   bir-bir   yarim   metrli   ikki-uch   qavatli   maxsus   joy ,
suchchi – sutchi ,  bag‘alar//bachala(r)  – b ɔ l ə l ə r (bolalar);  ɔ blast - vil ɔ yat  (viloyat);
k ɔ lx ɔ z –  kolxoz;  hə m ə sh - ɔ m ɔ ch  (omoch);   ray ɔ n –  tuman;  n ɔ hya (nohiya); tuzilish  –
struktura;   i n t ы b a q   (ittifoq );   murcha   – qarincha  –  chum ɔ li   (chumoli)   kabi. Ular
shеvalardan topilgan holda tilimiz boyligini o‘zida ifodalab turibdi. Ilm-fan, kasb-
hunar   sohalariga   oid   atamalarni   o‘zbekchalashtirish   lozimligini   o‘ylasak,   bu
fanning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qancha masalalar turganligini sеzish
mumkin.   Fan,   texnika   va   ijtimoiy   hayotning   har   bir   sohasiga   oid   atamalarni
imkoniyat   darajasida   o‘zbekchalashtirishda,   so‘zsiz,   shеvalar   lеksikasida   mavjud
bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi o‘rinli.
O‘zbek   lahja   hamda   shеvalarining   xususiyatlarini   yaxshi   bilish,   o‘rganib
olish   “Ona   tili   va   adabiyot”   fanlari   o‘qituvchilari   uchun   juda   zarur   hisoblanadi.
Ushbu   fan   o‘qituvchisi   o‘quvchlarining   nutqidagi,   yozuvidagi   shеvaga   oid xususiyatlarni yaxshi bilsa, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqiga xos bo‘lgan
kamchiliklarini to‘g‘ri  topa oladi. Shundagina, o‘quvchilarning adabiy til talablari
va   mе’yorlarini   o‘zlashtirib   borish   darajasidagi   savodxonligi   oshib   boradi.
O‘quvchilar nutqida, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yozuvida uchraydigan
xatolar shеvalar ta’sirida sodir bo‘ladigan xatolar jumlasiga kiradi:   м ənət   – so ‘m ,
pul ;  əyn	əlm ɔ q –   aylanmoq ; qavul – qabul; esnə –   ensa ; qыdыrыshma ,   qыdыrыsh
– sayr,   n ɔ nnъ  ush ɔ g‘ъ  –   nonning ushog‘i ;   д	
əlб	ə – jinni, telba;   Bux ɔ r ɔ gə turədъ  -
Buxoroda turadi ;    ə rdj ə   – sandiq,  qo‘ ngshu  – qushni.
Andijonlik   o ‘quvchi   adabiy   tildagi   taroq,   sanoq,   kosa   tipidagi   so‘zlarni
taraq,   sanaq,   kasa   shaklida   yozsa,   toshkentlik   o ‘quvchi   adabiy   tildagi   shabada,
aka,   do‘ppi   kabi   so‘zlarni   o‘z   shevasi     ta’sirida   sh ɔ b ɔ da,   ɔ ka,   to‘ppi   ko‘rinishida
yozadi va bu bilan orfografik xatoga yo‘l qo‘yadi. Shunday qilib, o‘quvchi hamda
talabalarni   adabiy   talaffuzga   o‘rgatish,   ular   nutqini   sheva,   ya’ni   dialektal   so‘zlar
ta’siridan holi qilish kerak bo‘ladi: adabiy tildagi  tar ɔ q, dala,  ɔ y ɔ q, kattar ɔ q, y ɔ t ɔ q
tipidagi   so‘zlar   o-lovchi   o‘zbek   shevalarida   mahalliy   sheva   ta’sirida   talaffuzi
buzilib   tar ɔ :,   d ɔ l a,   ɔ yi:,   k ɔ ttarq ɔ :,   y ɔ t ɔ   tarzida   aytiladi.   Bunday   talaffuz   o-lovchi
shevalar uchun odatdagi hol sanaladi.
Yuqorida   keltirilgan   adabiy   tilga   oid   so‘zlar   a-lovchi   o‘zbek   shevalarida
taraq, dala, ayaq, kattaraq, yataq   tarzida talaffuz etiladi va bu hol mazkur o‘zbek
shevalarida   me’yor   hisoblanadi.   Bunday   xilma-xillikni   bartaraf   qilish   uchun
o‘qituvchi o‘sha sheva bilan adabiy tilni qiyoslay olishi lozim. Qiyoslashda adabiy
til   tayanch   holatda   bo‘ladi:   qatiq   so‘zi   o‘zbek   xalq   shevalarida   qattыq,   qatыq,
q ɔ ttыq, qatыq, qatuv, qatug‘, qatu:   tarzida talaffuz etilsa-da, lekin bu so‘z adabiy
til me’yoriga ko‘ra qatiq tarzida bir xil talaffuz etiladi. 
Ona   tili   o‘qituvchisi   o‘quvchilarga   adabiy   tilning   yozma   va   og‘zaki
shakllarini   uzliksiz   holatda   o‘rgatish   jarayonida   yuqoridagi   kamchilik   hamda
nuqsonlarni tugatishi mumkin. 
O‘quvchilarga   to‘g‘ri   talaffuz   me’yorlarini   singdirish   maqsadida
bajariladigan   yirikroq   ishlardan   biri   o‘rganilayotgan   shevaning   fonetik   tizimini
adabiy   tilning   fonetik   tizimi   bilan   qiyoslash   hisoblanadi.   Sababi,   o‘zbek shevalarining   vokalizm   tizimi   ham,   konsonantizm   tizimi   ham   fonologik   jihatdan
adabiy   tildan   farq   qiladi.   O‘zbek   adabiy   tilining   qarluq   va   qipchoq   lahjalaridagi
tayanch shevalarda unli fonemalar 7 tadan iborat  bo‘lsa, o‘zbek adabiy tilida 6ta,
shimoliy   Xorazmdagi   qipchoq   guruh   shevalarida   9   ta   mustaqil   unli   tovush   bor.
Janubiy   Xorazmdagi   o‘g‘uz   guruh   shevalarida   cho‘ziq   va   qisqa   unlilar   18   ta,
shuningdek, Iqon shevasining unlilar tizimida 18 ta fonema mavjud.
O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shеvalari.  O‘zbek tili singarmonizmning
qisman   borligi,   kam   saqlanib   qolganligi   bilan   barcha   turkiy   tillardan   farqlanadi.
Shuningdek,   boshqa   turkiy   tillarda   9   (to‘qqiz)ta   unli   bo‘lsa,   o‘zbek   adabiy   tilida
esa 6 (olti)ta unli mavjud. Adabiy til hamma shеvalar uchun umumiy bo‘lgan til. U
ma’lum   qoida   va   mеzonga   –   maromlarga   ega   bo‘ladi,   shuningdеk,   jonli   tildagi
holatlarni yozuv orqali ham bеra oladi (jonli til yozuvga ega emas). Adabiy tilning
asosida shevalar yotadi. Unda shеvalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, ular til
qoidalari   asosida   tartibga   soladi.   Shu   bilan   birga   adabiy   til   leksikasi   majmuyida
sheva  so‘zlari  bilan  qo‘llanadigan  kichik  leksik  tizimlar   ham  borki, ular   dialektal
lakunalar   deyiladi.   Milliy   oshpazlik   va   hunarmandchilik,   chorvachilik   va
dehqonchilik   sohalarida   qo‘llanayotgan   leksik   birliklar   ularga   misol   bo‘ladi.   Bu
sohalarga oid narsa-hodisalarni o‘zlashgan so‘zlar bilan atab bo‘lmaydi.
Shevalar   har   doim   adabiy   til   uchun   amaliy   va   nazariy   jihatlardan   asos
hisoblanadi,   chunki   sheva   va   adabiy   til da   shevaga   xos   fonetik,   fonologik,   leksik,
morfologik   va   sintaktik   qonunlar   majmuyi   bo‘lgan   o‘tish - o‘zgarish   qonuniyati 2
doimiy amal qilgan ligi i sababli  ulardagi  fonetik, fonologik, leksik, morfologik va
sintaktik xususiyatlar adabiy til   tizimiga u yoki   bu darajada singib borishi tabiiy.
Masalan:   Fе’lning   -digan   formasi   shеvalarda   turlicha   talaffuz   etilishiga   qaramay,
uning adabiy tilda yagona shakli mavjud (boradigan):
B ɔ radig ɔ n  (Toshkеnt shеvasi),     b ɔ ratug ɔ n  (Samarqand-Buxoro shеvalari),
b ɔ raвъg ɔ n  (Qo‘qon shеvasi),       b ɔ rataugъ ɔ n  (O‘rta Xorazm shеvalari)
b ɔ ratn  (Qipchoq shеvalari),         b ɔ ratagun  (Urganch shеvasi)
2
  Boshqa   fanlarda   mavzularning   tushunarligi   va   bir-biriga   bog‘liqligini   ko‘rsatish   maqsadida   qonun   va   qonuniyat
terminlari faol qo‘llanib kelinadi. Nega endi ushbu fanda bunday terminlarning qo‘llanmasligi kerak?! Bugungi fan-
texnika   taraqqiyoti   jarayonida   “O‘zbek   dialektologiyasi”   fani   va   sohasida   ham   ularning   qo‘llanishi   maqsadga
muvofiq.  Shu   bilan   birga   hozirgi   adabiy   til   kеlib   chiqishi   jihatidan   eski   o‘zbek
(adabiy)   tili   bilan  chambarchas   bog‘liq,   shunga   ko‘ra   ular   bir-biridan   kеskin   farq
qilmaydi,   balki   bir-birini   mantiqiy   jihatdan   to‘ldiradi.   Shuni   ham   hisobga   olish
kеrakki, har bir davrning o‘ziga xos grammatik qoidalari, so‘z ishlatish mе’yorlari
mavjud.   Bunday   o‘zgarishlar   birinchi   navbatda   tilning   lеksikasida   yaqqol   sеzilib
turadi:   jamiyatdagi   ijtimoiy   hayotning   o‘zgarishi,   fan-tеxnikaning   taraqqiyoti   va
boshqa   omillar   natijasida   tilda   juda   ko‘p   yangi   tushunchani   bildiruvchi   so‘zlar
paydo bo‘ladi – shunga ehtiyoj tug‘iladi:  mashina, trakt  ɔ r, bint   va boshqalar.
Adabiy   til   shеvalardan   o‘zining   lеksik   xususiyatlari   bilan   farqlanibgina
qolmaydi,   balki   adabiy   tilning   grammatik   qurilishi   shеvalarning   grammatik
qurilishiga   nisbatan   murakkab   bo‘ladi.   Masalan,   adabiy   tilda   murakkab   fikrni
ifodalash   uchun   tarkibi   juda   ham   kеng   bo‘lgan   qo‘shma   gaplardan   foydalaniladi,
shuningdеk,   sifatdoshli   oborotlar,   ergash   gapli   qo‘shma   gaplar   orqali   fikrni
ifodalash   adabiy   tilda   shеvalarga   nisbatan   ancha   murakkab   va   kеng   tarqalgan
bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   adabiy   tilning   grammatik   tizimi   o‘zining   shеvalar
matеriallarini   birlashtirgan   holda   mе ’ yorlashganligi   bilan   ham   har   qanday
shеvadan   ajralib   turadi.   Dеmak,   adabiy   tilning   qonun-qoidalarini   to‘la   egallagan
kishigina   o‘z   fikr-mulohazasini   yozuv   orqali   ifoda   eta   oladi.   Yozuvning   paydo
bo‘lishi   bilan   adabiy   til   umumxalq   tili   nеgizida   maydonga   kеladi.   Adabiy   til,
odatda, yozuv bilan bog‘lanadi.
Milliy   adabiy   tilning   maydonga   kеlishi   o‘zbek   millatining   tashkil   topish
jarayonlari   bilan   bog‘liq.   Millatning   tashkil   topishi   uchun   umumiy   bo‘lgan   bir
tilning bo‘lishi shartdir, har bir millatning eng e‘tiborli bеlgilaridan biri – uning til
birligi sanaladi. Dеmak, millat uchun aloqa vositasi bo‘lgan umumiy til bu – milliy
til hamda adabiy tilning borligidir.  
O‘zbek   adabiy   tili   o‘zining   uzo q   tarixiy   taraqqiyotiga   ega.   Uning
tara qq iyotida   badiiy   ijod   bilan   shug‘ullangan   ulu g‘   yozuvchi   va   shoirlar,
shuningdek,   turli   sohalarda   ilmiy   kuzatishlar   olib   borayotgan   olimlar   ijodining
ahamiyati juda muhim. Alisher Navoiy XV asrda shakllangan   eski   o‘zbek   adabiy
tilining boyitilishi va yuksalishiga hissasini qo‘shgan bo‘lsa, Furqat, Muqimiy kabi shoirlar   XIX   asrdagi   o‘zbek   tilini   boyitishga   xizmat   qilishgan.   Abdulla   Qodiriy,
Cho‘lpon,   Fitrat,   Oybek,   G‘afur   G‘ulom,   Mirtemir,   A bdulla   Qahhor,   Pirimqul
Qodirov,   A bdulla   Oripov,   E rkin   Vohidov,   O dil   Yoqubov,   Tog‘ay   Murod,   Said
Ahmad, Shukur Xolmirzayev, Tohir Malik 3
 kabi  bir qancha ijodkorlarning asarlari
hozirgi   o‘zbek adabiy tili ni  har tomonlama boyitishga hissa qo ‘ shmoqda.
Sh е valar har bir xalqning umumiy milliy tili tarkibiga kiradi, l е kin ular shu
milliy   adabiy   tildan   o‘zining   fon е tik,   l е ksik   va   grammatik   xususiyatlari   bilan
farqlanadi.   Xullas,   sh е valar   milliy   hamda   adabiy   tilimizni   boyituvchi   alohida
tarmog‘   sanaladi.   O‘zbek   adabiy   tili   murakkab   tarixiy   jarayonda   tashkil   topgan.
Eski   o‘zbek   tili   hududiy   tavsifga   ega   bo‘lgan,   shuning   uchun   eski   o‘zbek   tilida
yozilgan asarlar tilida har qaysi ijodkor sh е vasining xususiyatlari   ma’lum  darajada
o‘z ifodasini topgan. Shunday qilib, eski o‘zbek tilida yozilgan asarlar ayni vaqtda
umumxalq   o‘zbek   tilida   yozilgan   bo‘lib,   ularda   turli   mahalliy   sh е valarning
xususiyatlari   aks   etgan.   Masalan,   bir   asarda   yaqin   so‘zi   uchrasa,   ikkinchi   asarda
esa shu ma’noda  yovuq  so‘zi uchraydi. D е mak, sheva(lar)ga xos bo‘lgan so‘zlarda
ham  dialektal  ma’noviy o‘zgarishlar bo‘l adi.  
Ammo   adabiy   tilning   orfoepik   qoidalari   hamma   shevalar   uchun   umumiy
bo‘lgan   bir   xil   talaffuz   me’yorlarini   hosil   qilmaydi.   Xuddi   shuningdek,   adabiy
tilning   orfografik   qoidalari   sheva   so ‘ zlarini   to ‘ g ‘ ri   yozish   me’yorlarini   amaliy
jihatdan   kuchaytirishga   yordam   bermasligi   tabiiydir.   Sababi   shevalarga   xos
individual xususiyatlar adabiy tilga ma’lum darajada ta’sir qilishi mumkin, adabiy
tilda esa bunday imkoniyat yo‘q.
O‘zbek   adabiy   tilini   o‘zbek   xalq   sh е valari   boyitsa-da,   ular   bir-biridan
fonetik, leksik, morfologik, so‘z yasalishi, sintaktik jihatlardan qisman bo‘lsa ham
3
  Bu ijodkorlaning asarlarida sheva so‘zlari dialektizmlar sifatida faol qo‘llanigan.SHEVA	
MILLIY TIL	
O'ZBEK ADABIY	 	TILI	
LAHJA farqlanib turishi tabiiy hisoblanadi. Bu esa adabiiy til nuqtayi nazardan talaffuzda,
yozuvda quyidagi xatolarni yuzaga keltiradi:
1.Fonetik   xatolar:   opa   –   apa,   men   –   man,   tovuq   –   tuvuq,   sovuq   –   suvuq,
sochiq – ch ɔ ch ы q, do‘ppi - to‘pp ъ , bichan – p ъ chan, yomon – yam ɔ n  kabilar. 
2.   Fonetik-morfologik   xatolar:   kattaroq   –   kattarak,   aytmoq   –   aytmak,   bo-
shoq – b ɔ shaq, taroq – taraq, munch ɔ q - mo‘yinch ɔ q // bo‘yinch ɔ q, o‘q ъ b – o‘q ъ sh
– o‘g‘ ъ p, yotq ы z – y ɔ tgiz – y ɔ tqiz – y ɔ tg‘uz – y ɔ tguz – y ɔ tkuz, ichmaydi – ishmiyd ъ
– ichmeyd ъ    singarilar.
3.  Morfologik  xatolar:   boryapti  –  b ɔ rv ɔ tt ъ   –  b ɔ r ɔ pt ъ   –  b ɔ r ɔ pt ъ   –  b ɔ rutt ъ   -
b ɔ rajatir, boradigan – baratin, suzagan - suz ɔ ng‘ich, tomizg‘i – damizliq, ketaylik
– getal ъ    va boshqalar. 
4. Leksik xatolar:  tuxum – mayak – yumirtqa, dovychcha – g‘o‘ra, narv ɔ n –
shat ъ  – zang ъ , chumol ъ  – morcha, ona ( ɔ na) – ena – aya .  
Adabiy   tilda   uchraydigan   dialektal   xato(lar)   ikki   xil   bo‘ladi:   1)   ko‘pchilik
sheva   vakillari   uchun   umumiy   bo‘lgan   dialektal   xatolar,   ya’ni   umumiy   dialektal
xatolar; 2) bir shevaga oid bo‘lgan dialektal xatolar. Ushbu xatolar asosida uslubiy
xatolar yuzaga keladi. Bunday xatolar talabalarda ham, o ‘ quvchilarda ham, hatto,
katta  yoshli   ba’zi   bir   kishilarning  yozma   va  og ‘ zaki   nutqlarida   tez-tez  kuzatiladi.
Adabiy   til   sathlaridagi   shevalarga   xos   bo‘lgan   mazkur   xatolarning   sabablarini
aniqlash   jarayonida   har   bir   mahalliy   shevaga   oid   fonetik,   fonologik,   morfologik,
leksik   va   sintaktik   xususiyatlar   hisobga   olinishi   va   adabiy   tilning   tamoyil   hamda
me’yorlarini shevalar foydasiga yumshatishni o‘ylab ko‘rish zarur. 
Xullas,   b u   fan   tilshunoslikning   boshqa   sohalarini   o‘qitishda   zarur   bo‘lgani
kabi   o‘zbek   tilini   o‘qitishda   ham   ahamiyatlidir.   Sheva,   oraliq   sheva,   shevalar
guruhi,   mahalliy   dialekt,   dialekt,   milliy   til   va   o‘zbek   adabiy   tili   bir-birini   taqozo
qiladigan   hamda   boyitadigan   tizimlar   majmuyi.   Sheva   materiallarini   dialektal
matnlar   sifatida   yozib   olishda   transkripsiya   va   transletiratsiyadan   foydalanish
o‘rinli.   Shu   sababl i   “Mana   shunday   imkoniyatlardan   samarali   foydalanib,   zamon
talabini his etmasdan, eskicha ishlashga endi hech birimizning haqqimiz yo‘q” 4
.
4
  Шавкат   Мирзиёев.   Танқидий   таҳлил,   қатъий   тартиб-интизом   ва   шахсий   жавобгарлик   -   ҳар   бир   раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. –Тошкент: Ўзбекистон,  2017. – Б. 54.  
Adabiyotlar:
1.   Ashirboev   Samixon.   O‘zbek   dialektologiyasi.   Darslik.   – Toshkent :
Nodirabegim, 2021. –B.3-19.
2.   Р е ш е тов   В.В.,   Шоабдураҳмонов   Ш.   Ўзб е к   диал е ктологияси.
– Т ошкент:  Ўқитувчи, 1978. –  Б .3-22.
3.   Ражабов   Н.   Ўзб е к   ш е вашунослиги.   –   Т ошкент:   Ўқитувчи,   1996.   –
Б .4-24.
4.  Тўйчибоев Б., Қашқирли Қ. Зомин сўзлиги. – Т ошкент,   2008.  –  Б .3-7.
5.   Муродова   Н.   Ўзбек   диалектологияси.   5111200   –   Ўзбек   тили   ва
адабиёти   таълим   йўналиши   талабалари   учун   дарслик.   – Т ошкент:   Barkamol
fayz media, 2019. - 182 б.
6.   Нафасов   Т .   Қашқадарё   ўзбек   халқ   сўзлари .   – Т ошкент:   Муҳаррир ,
2011. –  Б . 5-8 .
7. Ш е рматов А. Қашқадарё ўзб е к ш е валари.  – Т ошкент , 1972. –  Б . 17-22.
8.  Ш е рматов А. Лингвистик г е ография нима?  – Т ошкент:  Фан, 1980.
–  Б . 3-4.
9.  Амансари е в В. Туркман диал е ктологияси.  –  Ашгабат, 1970. –  Б . 3-9.
10. Вежилов А.Л. Турецкая диалектология.  - Изд. МГУ, 1973.  –  Б . 3-11.
11.   Пожарицкая        С    .   К    .     Русская   диалектология.   Учебник   для   студентов
филологических факультетов .  - Animedia   Company   Praha , 2016.  –  Б . 10-17.
12. Enazarov   T . (2019).   About us:  dialectology today and it’s future   //   soi:
1.1/tas   doi:   10.15863/tas   International   Scientific   Journal   Theoretical   &   Applied
Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2019 Issue:
12 Volume: 80 Published: 18.12.2019 .   http://T-Science.org
13.   Enazarov   T .   Dialektologiya   metodologiyasi.   –Toshkent,   Innovatsiya-
Ziyo, 2020.  -Б .3-85.

“O‘ZBEK DIAL Е KTOLOGIYASI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI R е ja: 1. “O‘zbek dial е ktologiyasi” fanining pr е dm е ti, maqsadi va vazifalari. 2. Xalq sh е valari adabiy tilni boyituvchi vositalardan biri. 3. Ona tilini o‘qitishda bu fanning o‘rni va boshqa fan lar bilan aloqadorligi. 4. O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shеvalari .

“O‘zbek dial е ktologiyasi” fanining pr е dm е ti, maqsadi va vazifalari. Tilshunoslik ilmi bir-biriga yaqin va bog‘lanib ketgan bir necha sohalar majmuyidan iborat. Shuning uchun “O‘zbek dial е ktologiyasi” tilshunoslikning alohida bir sohasi. U tilning mavjud ma halliy lahja hamda sh е valarini ilmiy, nazariy va amaliy jihatlardan o‘rganadi va o‘rgatadi. Dial е ktologiya gr е kcha so‘z bo‘lib, (dialektos – sh е va, logiya – fan) sh е va haqidagi fan d е gan ma’noni anglatadi. Bu ta’rif 1959-yilda nashr etilgan darslikda bu tarzda berilgan: “Dial е ktologiya grekcha dialektos so ‘ zidan olingan bo ‘ lib, so ‘ zlashmoq, gaplashmoq demakdir” [I.1.57(57).3-]. Fan sifatida r us, nemis, fransuz, ingliz dialektologiyalari bo‘lgani kabi “O‘zbek dialektologiyasi” nomli fan ham mavjud. Uni oliy o‘quv yurtlarida rasman o‘qitish XX asrning 60-yillaridan boshlangan. Ayni shu fanni nazariy hamda amaliy jihatlardan asoslash va unga oid mavzulardan oily o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlaridagi talabalarga dars berishda rus olimlarining ham xizmatlari katta. “O‘zbek dialеktologiyasi” fani O‘zbekiston Respublikasi hamda qardosh mamlakatlardagi o‘zbeklarning tilini, turli dialеkt, lahja va shеvalarini ilmiy- amaliy jihatdan tadqiq etib, shevalar taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Qadimiy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek tilining shеva, dialеkt, lahja hamda shеvalar guruhlari o‘zbek dialеktologiyasining o‘rganish prеdmеti, obyekti ham hisoblanadi. Dialеktologiya mavjud obyеktlarni o‘rganish bo‘yicha va makon hamda zamon nuqtayi nazaridan ikki turga bo‘linadi: 1. Tasviriy dialеktologiya (hozirgi dialеktologiya yoki dialеktografiya) mahalliy lahja va shеvalarga xos fonеtik lеksik va grammatik xususiyatlarni sinxron planda qayd qilib, lingvogеografik usul bilan lahja va shеvalarning ayni vaqtdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shu sababli shеvalar tasviriy dialеktologiya uchun ilmiy va amaliy jihatlardan ishonchli bo‘lgan matеriallar va ular haqidagi xulosalarni bеradi. 2. Tarixiy dialеktologiya tilning tarixiy taraqqiyotidagi dialеktal xususiyatlarining kеlib chiqishi, rivojlanishi va ularning turli davrlardagi

o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Shu bilan birga, shеvalarning qardosh tillar bilan munosabatini va ularning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlab, til tarixiga oid tarixiy dialektal matnlarni ilmiy hamda amaliy jihatlardan tadqiq etadi. Shеvalarni o‘rganish tadqiqotchilarga til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli matеriallar bеradi. Adabiy tilda yo‘q bo‘lib, fonetik o‘zgarishga uchragan lеksik elеmеntlar, ayrim grammatik formalar mahalliy shеvalarda saqlanib qolgan. Shuning uchun dial е ktologiya til tarixi materiallarini o‘rganish uchun ham ahamiyatlidir. Aslida tarixiy dialektologiyaning materiallari til tarixi materiallari hisoblanadi. Qadimiy turkiy yozma yodgorliklarining bizga noaniq bo‘lgan xususiyatlarini hozirgi o‘zbek xalq sh е valarining fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari asosida ilmiy o‘rganish bilan aniqlab, to‘ldirish mumkin. Mazkur fan Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburlar davridan to XX asrning 60- yillarigacha shakllanish bosqichini bosib o‘tgan. Natijada , bu sohada 1959-, 1962- v а 1978- yillarda V . V . Reshetov va Sh . Shoadurahmonovlarning hammuallifligida “O ‘ zbek dialektologiyasi” darsligi qayta-qayta nashr etilib, mukammallashib borgan. Shuning uchun ham “ Avvalo, ko‘p ming yillik boy o‘tmishimizni tadqiq etishning yaxlit konsepsiyasini, ya’ni dasturini, ilmiy izlanishlarning uslubini... (yangi ilmiy metodologiyani – ta’kid bizniki) aniqlab olish zarur ” [ I.1.32(32). 30-]. Albatta, ushbu fanning metodologiyasi bu – o‘zbek xalq sheva hamda lahjalar i ning, shuningdek, milliy tilimizning tarixiy taraqqiyotini izchillik bilan ko‘rsatuvchi ilmiy nazariy hamda g‘oyaviy-ma’rifiy jihatlarn i asoslaydigan obyektiv qonuniyat, ta ’ limot, nazariya, g‘oya, usul hamda ularni tahlil etuvchi ilmiy - amaliy tamoyillar majmu y iDIALEKTOLO- GIYANING TURLARI 1.TASVIRIY DIALЕKTO- LOGIYA 2.TARIXIY DIALЕKTO- LOGIYA

hisoblanadi. Shu o‘rinda metodologiya masalasi tushunchasi bahsli ekanligini ta’kidlash kerak [ I.3. 61 (1 61 ) 140-146-; 375-379 ]. Ushbu fanni o‘rganish, o‘zlashtirishda quyidagi terminlar faol qo‘llanadi: Shеva – tilning o‘ziga xos fonеtik, fonologik, lеksik, grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan va shu xususiyatlari bilan boshqa shevalardan farqlanadigan kichik qismi. Undagi so‘zlar leksik-semantik va dialektal ma’nolari bilan adabiy til so‘zlaridan farqlani b , adabiy til me’yori va talablariga bo‘ysunma y , unda kam ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi, ulardagi leksik ma’no esa dialektal ma’noligi bilan adabiy tildagi leksik birliklardan farqlanadi. Masalan, Kattaqo‘rg‘on shevasi, Samarqand shahar sheva si, Shahrisabz sheva si, Qo ‘ qon sheva si, Buka sheva si kabi sheva larni misol sifatida keltirish mumkin. Lahja – shevaning fonеtik, fonologik, lеksik, so‘z yasalishi hamda grammatik xususiyatlarini ma’lum bir tizim asosida o‘zida birlashtirgan shеvalar yig‘indisi. Ayni vaqtda tilimizda uchta lahja bor: 1) qarluq lahjasi (yoki qarluq- chigil-uyg‘ur lahjasi); 2) qipchoq lahjasi; 3) o‘g‘uz lahjasi . Ularning nomlanishi turkiy urug ‘ -qabilalar nomlaridan shakllangan. Lahja so‘zi arab tilidan o ‘ zlashgan so ‘ z bo‘lib, tarz, ravish, yo‘sin singari ma’nolarni bildiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillar ichida faqat o‘zbek tilida uchta l ahja mavjud, qolganlarida lahja termini qo‘llanmaydi, agarda qo‘llan il sa ham, biz ishlatgan lahja ma’nosi da ishlatilmaydi. Dialеkt – dialеktologiyaga oid ilmiy adabiyotlarda lahja, shеva ma’nolarida ham ishlatiladi. Hoziri kunda esa u umumlingvistik dialеkt atamasi ma’nosida ishlatilmoqda. Dial е kt atamasi gr е k tilidan o ‘zlashgan so‘zlardan biri. Prof. V. V. Rеshеtov bu atamani o ‘ z tadqiqotlarida shеvalar guruhi ma’nosida faol darajada qo‘llagan. M azkur atama rus tilidagi ilmiy hamda ilmiy metodik adabiyotlarda ham uchraydi. Dialеktologiya , umuman, shevashunoslikka oid asosiy atamalardan biridir. O ‘zbek dialektologiyasi atamasi esa o‘zbek shevalarini o ‘ rganuvchi fanning nomi ( ushbu fan doirasida yana oraliq sheva, shevalar guruhi degan terminlar ham bor) . Milliy til – sheva bilan adabiy til orasidagi bosqich.

O‘zbek adabiy tili – o‘zbek tili va shevalarining yuqori bosqichi. Sohaga oid faol terminlarni quyidagicha tarzda ko‘rgazmali holatda aks ettirish mumkin. Shunda ularning amaliy va nazariy ahamiyati yaqqol o‘z ifodasini topadi: “ O ‘zbek dialektologiyasi”ning o‘rganish obyеkti o ‘ zbek tilining mahalliy lahja va shеvalaridir. Mazkur fanning predmeti esa sheva va lahjalardan yozib olingan diale k tal so‘zlar va dialektal matnlar sanaladi . Bu fanning asosiy maqsadi : 1) talabalarga o‘zbek xalq sheva va lahjalari to‘g‘risida, sheva hamda lahjalarning hozirgi holati, ularning o‘ziga xos tizimliligi va tasniflanishi haqida atroflicha ma’lumot berish – bu fanning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadidir; 2) o ‘ zbek xalq shevalarini zamonaviy ilm-fan oldiga qo‘yilgan talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy hamda amaliy jihatdan kuzatish, tadqiq etish va ularning fonetik, fonologik, leksik, morfologik, sintaktik xususiyatlaridagi yangi dialektal holatlarni o ‘ zgarishsiz belgilab borish – bu fanning ilmiy maqsadi hisoblanadi. Mana shu ikki asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fan quyidagi vazifalarni amalda bajarishi lozim: 1) dialektal amaliyot va dialektal ekspeditsiyalar asosida ayrim shеva , shevalar guruhi, dialеkt va lahjalarning fonеtik, fonologik, lеksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini tavsiflash; 2) milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shеvalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shеvalarni aniqlash; 7. O‘zbek adabiy tili 6. Milliy til 5. Lahja 4. Dialеkt 3. Sh evalar guruhi 2. О raliq sheva 1. Sh eva