logo

O‘smirlar rivojlanishi psixologiyasi fanining predmeti,maqsad va rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

335.8857421875 KB
Mavzu:  O‘smirlar rivojlanishi psixologiyasi fanining 
predmeti,maqsad va rivojlanishi
         Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda 
inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik 
taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y 
beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari 
psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, 
o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining 
oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro 
munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi 
insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har 
xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib 
topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik 
xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari 
xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun 
ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab 
chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin 
tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi 
muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib 
oqilona hal etib bo‘lmaydi.  SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi 
dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish
qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va 
amaliy jihatdan tadqiq etadi.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi 
qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, 
xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni 
ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. 
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo 
munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, 
jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga,  oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat 
qiladi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, 
A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi mavzusiga doir 
o‘z qarashlarini bildirganlar.
Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari “Hikmat 
ma’nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning 
shakllariga qarab bo‘linishi” kabi asarlarida o‘z aksini topgan.
Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi 
kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o‘zining “O‘tmish 
yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning fikricha, inson 
uzoq umr ko‘rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ibn Sino inson umri va Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik taraqqiyot
masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolarini “Odob 
haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli 
asarida   inson organizmining tuzilishi , undagi nerv tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik
jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar xususida bir qancha ma’lumotlar 
keltirgan.
Ilmiy psixologik adabiyotlarda qayd etilishiga ko‘ra Yosh davrlari psixologiyasi fani 
19-asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi YUnon 
madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jaxon 
psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud. Ularning juda keng 
tarqalganlari biogenetik (V.SHtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevioristik 
(E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. SHuningdek, mazkur fan 
metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy 
psixologik adabiyotlarda keltirilgan emperik ma’lumotlar asosida Yosh davrlari 
psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va xolatlar 
sabab bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Quyida ana shu omillar haqida 
bayon qilamiz:
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyusiya g‘oyasining (CH.Darvin) inson 
psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi; 2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini, 
psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash
uchun etarli emasligini e’tirof etish;
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) 
kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olinganligi;
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, 
o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar qariyalar xar xil 
psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish, ijtimoiy 
ta’minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uylari, koloniyalar, maxsus maktablar, 
internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar, va 
boshqalar)ning extiyojlari ortib borayotganligi;
5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixonevrologiya, 
psixogigiena, neyroxirurgiya, bolalar va kattalar potologiyasi,   genetika , oliy nerv 
faoliyati va xokozolar bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi hamda 
psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlari bilan hamkorlikda ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilishi;
6.YUridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli o‘rin 
egallayotganligi hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ortib borayotganligi 
(sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, voyaga etmagan qonunbuzarlar 
muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi);
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotganligi va turmushning xar bir 
jabhasiga kirib borishi, shuningdek o‘z o‘rnini topayotganligi (psixologik 
konsultatsiyalar, maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, 
professiogramma, psixodiagnostika va xokozolarga talabning ortishi);
8.Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir, 
bilimlarga extiyoji va talabi ortayotganligi (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, 
injenerlik, ijod, aviatsiya) psixologiyaga aniq ma’lumotlarning zarurligi;
9.Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, millatlararo 
munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib 
kirish masalalarining dolzarbligi;
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishlok xo‘jaligida 
kishilarning xaqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish bo’ladi.  Mavzu: Rivojlanish psixologiyasining shakllanish 
tarixi. Mavzu: Psixik rivojlanish omillari muammolarini 
qo’yilishi.
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib 
ko’rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, 
chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va 
tarbiyaga bog’liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda 
psixik rivojlanishning notekisligi qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har 
qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng qo’lay sharoitlarida ham 
shaxsning turli psixik belgilari, funktsiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta 
darajasida to’xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu 
yo’nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo’ladi va bu 
sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik, o’tkinchi xarakterda bo’ladi. U yoki bu psixik 
xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo’lgan ana 
shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi .   Bunday senzitivaik davrining 
mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilgan qonuniyati ham, ayrim psixik 
jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo’ladi.
Shunday qilib, bolaning, maktab o’quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab 
taraqqiyot jarayonidir.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. 
Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur 
muammoning mohiyatini turlicha eritadi.
Ma’lumki, har bir davr o’zining muhym hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, 
o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan 
xarakterligi sifatlarning hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o’zidan 
oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, 
o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda
psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urgu berib o’tish 
maqsadga muvofiqdir.
Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari 
hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy 
vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar 
turkumini tashqil etadi.
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1.sensomotor intellekti-tug’ilgandan 2   yoshgacha ; 2.operasiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha;
3.aniq operasiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
4.rasmiy operasiyalar davri.
Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:
1) homilaning ona qornidagi davri;
2) impulsiv harakat davri - tug’ilgandan 6 oylikkacha;
3) his-tuyg’u davri (emosional) - b oylikdan 1 yoshgacha;
4) sensomogor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 
yoshgacha;
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha;
6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
7) jinsiy yetilish va o’spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha.
Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa 
boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi ortib bordi, shu 
bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, Ilmiy manbai, 
rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq 
qiladi, Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda 
olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini 
ochish maqsadga muvofiqdir.
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy 
tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga 
tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
1. Chaqaloqlik davri inqirozm.
2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz.
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. Mavzu: Bola rivojlanishini o’rganishning didaktik tamoyillari.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, 
shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, 
shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:
1, Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oyadingi davr) -tug’ilganidan 3 
yoshgacha.
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha,
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha-
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsada, kamolotning oraliq bosqichlarini, 
ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi vaholanki, o’sish ijtimoiy 
qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qat’iy nazar, har ikkala 
yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishy ehtimoldan holi emas.
Ma’lumki, har bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bo’larga: 
oilada va maktabda bola holatining o’zgarishi, ta’lim va tarbiya shakllarining 
o’zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim 
xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash 
maqsadga muvofiqdir:
1. Ilk bolalik davri -tug’ilgandan 3 yoshgacha;
2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha;
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha;
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha;
5. Ilk o’spirinlik (kollej va lisey o’quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-
metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi 
kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy
va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, 
shunday bo’lsada, hozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan 
nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir. 1.3. Ta’lim va tarbiya psixologiyasining samaradorligini oshirish 
mexanizmlari
Ta’lim oluvchilarning ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning quyidagicha metodlari 
ajratiladi:
1. Tushuntiruv ko’rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo’lib, unda 
faoliyat o’qituvchi tomonidan olib boriladi. O’quvchilar ta’lim jarayonida bilim 
oladilar tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo’lib, uni takomillashtirilgan 
usullari mavjud, bu dasturlashtirilgan ta’limdir.
2. Reproduktiv metodda o’quvchi faoliyat ko’rsatib, unda o’quvchiga berilayotgan 
bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
3. Muammoli ta’lim metodi o’qituvchini tomonidan tashqil etilib, u produktiv 
xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini 
shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yullaridan biri ishchan 
o’yinilarni tashqil etishdan iboratdir.
4.Qisman izlanish metodi o’qituvchini nazorati ostida tashqil etiladigan metod 
bo’lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi.
5.Tadqiqot metodi o’qituvchi yordamisiz tashqil etiladigan ta’lim metodi bo’lib, u 
o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transormasiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashqil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan o’yinlardir. 
Ishchan o’yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat 
xarakteristikasini tashqil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyolash miliy dasturi”da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik- 
texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya bu ta’lim jarayoniga 
sistemali yondashuv bo’lib, unda ta’lim jarayoninng tashqil etishda texnika va 
inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati ta’limning 
optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bulish mumkin;
- Ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo’yiladigan ijtimoiy talablar;
- Hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;
- Ta’lim jarayoning maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;
-Ta’lim jarayonini differensialashtirish; - Ijodiylik.
O’quvchini mustaqil ta’lim olishga o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorlash bugungi 
kun maktabining asosiy vazifasidir.
Ta’lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta’lim olishini faollashtirish zarur. 
Mustaqil ta’lim masalalarini qo’yilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat qilish 
baholashning yullarni o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan 
xarakterlanadi.
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini 
shakllantirish zarur. Fikrlash operasiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu
o’qituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda”, “sabablari qanday?”, 
«Natija nima uchun shunday bo’ldi?” singari savollarning muhokamasi orqali 
amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni   evristik , muammoli vaziyatlarga 
tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni 
mustakil holda topish va ularni yechish uchuv o’z loyihalarini to’zish va himoya 
qilish o’quvchilar tafakkurining ma’nodor va unumdor bo’lishiga xizmat qiladi.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib 
tarbiyalanadi. Agar, bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi 
past bo’lishi muqarrar.
Albatta, bilim kerak, ammo, bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik.
Hozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga 
o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farklar mavjud. Fikrlashni bilish - 
bu insonning aqlidir.
Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
1. Mazmundorlik (boyliga, chuqurligi, hukmga boyligi).
2. Fikrlashning kengligi (keng va tor) va chuqurligi, nazariya va amaliyotning 
uzviyligiga bog’liqdir, Amaliyot, hukmning to’g’riligi mezonidir.
3. Fikrlashning mustaqilligi - umumiy tajribani qo’llay olish, shaxsiy fikrga ega 
bo’lishi, tajribaga munosabat bildirish.
4. Aqlning tashabbuskorliga.
5. Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart yechishdan qochish.
6. Aqlning tanqidiyligi, o’z ishini aniq baholay olish, uni ulchash.
7. Aqlning mahsuldorligi. Mavzu: O ‘ smirlik davrining psixologik xususiyatlari.
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muxit, kishilar , jamiyatning roli juda kattadir. 
Masalan, biron maxallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir kursatuvchi 
besh yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda 
shunday bir savol tug’iladi :   «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga 
qanday ta’sir qiladi”
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir 
qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
- Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muxit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq 
bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra, 
ilk yoshlik choglaridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar 
katta odamlarning barcha xatti-harakatariga bevosiga taqlid qilish orqali bu xatti-
harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, 
ko’cha - ko’yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini 
zimdan kuzatib turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy 
muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim 
g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda 
odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda 
tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab 
turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri 
bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini 
ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. 
Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi; Shu narsa xarakterliki,
bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-
harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur 
ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta 
tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar. 
Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, 
ya’ni ijtimoiy muxit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning, psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil -ta’lim- tarbiyaning 
ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi,
e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatani tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy 
taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit
bilan, ta’lim-tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir 
xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim-tarbiya sistemasini taaoyenl qylib, har 
tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega 
kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas.  Mavzu: O'smirlik davrida biologik rivojlanish.
O’smirlarning biologik o’sishi.   O’smirlik insonning balog’atga yetish davri 
bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin 
farqlanadi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik 
dunyosida tub burilish nuqtayoq vujudga keladi. Baloat davriga 11 (12)-15 yoshli 
qizlar va o’g’il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va 
jinsiy yetilish amalga oshadi.
Bolaning bo’yi 11-12 yoshida 6-7 sm, hatto 10 sm gacha o’sishi mumkin. Biroq bu
bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. O’smir 13-14 yoshga 
tulganda har ikkala jins o’rtasida bo’yning o’sishi qariyb baravarlashadi. O’n besh 
yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar qizlarni ortda qoldirib ketadilar. 
Shundan keyin to umrning oxirigacha o’sishda o’g’il bolalar ustunlik qiladilar.
O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi,   natijada bolalar 
oriq , nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar.
O’smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig’imi har yili 25 foiz kattalashib boradi. 
Bo’yning jadal o’si щ i va tana og’irligining ortishi bilan qon hamda kislorodga 
ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak hajmining kengayishi va funksional faoliyati 
ko’rsatkichlarining boyishi evaziga ta’minlanadi. Mazkur davrda tananing umumiy
hajmidan 7-8 foizini qon tashkil qiladi, qon bosimi birmuncha oshadi, simob 
ustunining 110-115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi bir 
qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda daqiqada 85-90 marta o’rgan bo’lsa, 14-15 
yoshlarda 70 martagacha pasayadi.
Yurak kengayishi bilan birga qon tomirlari ham yo’g’onlashadi. Qon aylanishi 
sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi beqarorlik qon 
aylanishini buzadi va o’smirda ba’zan qon bosimining ortishi ro’y beradi. Qon 
aylanishining o’zgarishi qizlarda og’irroq kechadi, chunki ularda yurak vaznining 
ortishi oldinroq boshlanib, oldinroq yakunlanadi.
O’smirlik davrida iafas olish organlari jadal rivojlanadi. O’pkanint tiriklik sig’imi 
quyidagicha bo’ladi:
o’g’il bolalarda — 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700 mm.
qizlarda —11 yoshda 1800-1900 ml; 15 yoshda 2500-2600 ml.
Shuning uchun nafas olish har daqiqada 2 marta kamayadi. O’g’il bolalar qorin 
bilan, qizlar esa ko’krak bilan nafas ola boshlaydilar. Ko’krak qafasi, nafas olish 
muskullari tez o’sa boradi va jinsiy yetilishni kuchaytirzdi. 11—12 yoshdagi o’smirning ichki sekresiya bezlari qayta ko’riladi. Gipofizning 
old qismi ishlab chiqaradigan gormonlar gavdaning o’sishini ta’minlaydi. 
Gipofizning o’rta qismi kuchayishi sababli pigmentlar almashinishi o’zgaradi, 
natijada soch qorayishi, yuzlarning oqarishi namoyon bo’ladi. Gipofiz bilan bir 
qatorda qalqonsimon bezning funksiyasi ham kuchayadi. Qalqonsimon bez ishlab 
chiqaradigan tiroksin gormoni organizmda modda almashinuvi va energiya sarfini 
keskin orttiradi. Markaziy nerv sistemasida qo’zg’aluvchanlik o’zgaradi, natijada 
yaqqol his-tuyg’ular tu g’ila boshlaydi. Qalqonsimon bez faoliyatining kucha yishi 
qo’zg’aluvchgnlik, asabiylashish va toliqishni keltirib chiqaradi. Bosh miya 
qobig’ida tormozlanshi jarayonining susayiip shiddatli emosional kechinmalarni 
vujudga keltiradi, xulq-atvorda parokandalik, g’ayritabiiylik paydo bo’ladi. 
Qalqonsimon bez funksiyasining o’zgarishi va modda almashinuvining buzilishi 
sababli o’smirda semirish ro’y beradi.
Mazkur yosh davrida jinsiy bezlar faoliyati ku chayadi. Balog’atga yetishning 
birlamchi va ikkilamchi alomatlari o’sa boshlaydi: o’g’il bolalarda ovoz o’zgaradi, 
yo’g’onlashadi, mo’ylov va soqol paydo bo’ladi, qizlarda esa ko’krak bezlari 
rivojlanadi va hokazolar. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xoxish, 
nozik tuyg’u, sog’inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi.
O’smirlar jinsiy yetilish sirlariming 17 foizini ota-onadai, 9 foizini 
o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachidan na qolgan yashirin jihatlari, holatlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’cha-ko’ydan, o’rtoqlari na dugonalaridan eshitib 
bilib oladilar. Kutilmagan halatlar va ma’lumotlar ularning xatti-harakatini 
chigallashtiradi, yakkalik olamiga berilish boshlanadi, fe’l-atvorda ayrim illatlar 
paydo bo’ladi. Goho o’smirlar orasida axloqan tubanlashuv hollari ro’y berishi 
mumkin.   Ularni bunday qiliqlardan , nopok guruh va to’dalardan xalos etish 
maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy hayotda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi anchagina manbalar bor: 
birinchidan, kino zal lari va televideniyeda o’smirlarga to’g’ri kelmaydigan 
filmlarga ruxsat qilinishi; ikkinchidan, jamoat joylarida va ko’cha-ko’yda 
kattalarning nojoiz qiliqlar ko’rsatishlari; uchinchidan, ta’limda biologik o’sish 
to’g’risida yetarli bilimlar berilmasligi, to’rtinchidan, vrachlarning bu sohada keng 
ko’lamda ish olib bormasligi; beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik 
bilimlar yetishmasligi; oltinchidan, o’smir bolalar va qizdarga mo’ljallangan 
materiallarning kamligi va hokazolar.
Tarbiyasi qiyin o’smirlar.   O’qituvchilar jamoasi har qancha urinishidan qat’i 
nazar, ta’lim jarayonida tarbiyasi qiyin o’smirlar ham uchrab turadi. Hozirgi 
davrda bunday o’quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash usuli yaratilgan, fe’l-
atvordagi nuqsonlarning xatti-harakati nosorlomligining oldini olish va tuzatish 
yo’llari ilmiy asosda ishlab chiqilgan. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tar biyasi 
qiyin, injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy sabablaridan 
tashqari, pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud.  Mavzu: Akseleratsiya nazariyasi
Akseleratsiya   (lot. accelaratio	 – tezlashish)	 (biologiyada)	 – embri-on	 
(pusht)	
 rivojlanishining	 ma’lum	 bosqichlarida	 uning	 ayrim	 a’zolari	 
shakllanishining	
 tezlashuvi.	 Bolalar	 va	 o smirlar	 o sishi	 hamda	 jismoniy	 	ʻ ʻ
rivoj-lanishining	
 tezlashishi.	 Hozirgi	 bolalar	 va	 o smirlar	 har	 bir	 yoshda	 	ʻ
ancha	
 oldingi	 yillardagi	 tengqurlariga	 nisbatan	 bo ychan	 bo lib,	 vazni	 	ʻ ʻ
og irroqdir.	
 Bolalar	 katta	 bo lgan	 sari,	 bu	 farq	 shunchalik	 seziladi.	 Ularning	 	ʻ ʻ
sut
 tishlari	 oldin	 bo rtadi,	 doimiy	 tishlar	 bilan	 tezroq	 almashinadi,	 skeletining	ʻ
suyaklanishi	
 ham	 oldinroq	 yuz	 beradi.	 Og ir	 mehnatning	 kamayishi,	 umumiy	ʻ
hayot	
 tarzi,	 maishiygigiyenik	 shart-sharoitlarning	 yaxshilanishi,	 shuningdek	 
yaqin	
 qarindoshlar	 o rtasidagi	 nikohga	 yo l	 qo ymaslik	 va	 boshqa	 A.ga	 olib	 	ʻ ʻ ʻ
kelishi	
 mumkin.	 A.	 faqat	 bolalar	 gavda	 o lchamlarining	 jadal	 kattalanishida	 	ʻ
emas,	
 balki	 ularning	 dunyoqarashi	 hamda	 fikrlashlari	 ilgarilab	 ketishi,	 
shuningdek	
 erta	 balog atga	 yetishida	 ham	 na-moyon	 bo ladi.	ʻ ʻ
Akseleratsiya.   Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tezlashuvidir. 
Hozirgi davrda keyingi 100-150 yil ichida bolalar va o’smirlar akseliratsiya 
jarayonlari kuzatilmoqda. Bunday akseleratsiya O’zbekistonda ham ko’zga 
tashlanmoqda. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 5-6 smga, kichik va o’rta 
maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 smga, 8-10 kg ga ortdi. Akseleratsiya 
ruhiy va jismoniy rivojlanishda kuzatilmqda.
XIX asr oxiri  ХХ  asr boshlarida ko’p mamlakatlarda bolalarning bo’yiga o’sishi 
tezlashganligi aniqlangan va bu haqida ma’lumot 1876 yilda matbuotda e’lon 
qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E Kox rivojlanishdagi bu tezlashuvni 
akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya- lotincha so’z bo’lib, acceles –tezlashuv 
degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning oldingi tengdoshlariga 
nisbatan ruhan va jismonan rivojlanishidir, 100 yil ya’ni bir asr ichida yaqqol 
ko’zga tashlanganligi uchun uni keng ma’noda “sekulyaoniy trend” ya’ni asriy 
tendensiya deyiladigan bo’ldi. Keyingi 100- 150 yil ichida yer yuzida akselerasiya 
jarayonlari kuzatilmoqda jumladan O’zbekistonda ham.
Rivojlanishdagi akselerasiya muammosi   va butun dunyo biologlar , tibbiyotchilari 
va sotsiologlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. Akselerasiyaning ijtimoiy va 
biologik turlari o’zaro farq qilinadi.
Biologik akselerasiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga ta’luqli barcha 
o’zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamning morfologik va fuhksional 
rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu o’zgarishlar 
ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo’ladi va ko’p jixatdan ijtimoiy sabablar bilan 
belgilanadi.
Ijtimoiy akselerasiya deganda, bolalar bilimlarining hajmini ulardan 50-100 yil 
ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushunish kerak. ХХ   asrning 20- yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSh, 
Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar o’z rivojlanishida, 
ulardan yuz yil ilgari yashagan tengdoshlariga nisbatan ancha o’zib ketganligi 
to’g’risidagi ma’lumotlar paydo bo’la boshladi. Kichik va o’rta yoshdagi 
bolalarning bo’yi 10-15 sm, og’irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlandi.  Ushbu hodisa- 
bo’y va og’irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda akseleratsiya 
yanada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar 
bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, bizning 
zamonamizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to’liq 
jismoniy balog’atga yetadilar. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 
1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.
Organizmning davrlari va ta’rifi.
Odam organizimini rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha 
davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli 
xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo 
bo’ladi. Bu davrlarda organizm ketma- ket morfologik, biokimyoviy va fiziologik 
o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga 
keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan. Voyaga yetgan davrda organizmning 
o’sishi to’xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflekter faoliyati 
takomillashuvi ichki kortikal aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga 
davom etadi. Qarish jarayoni o’ziga xos bo’lib, bir qator qayta rivojlanish bilan 
bog’liqdir.
Bolaning rivojlanish davrlari tana va a’zolar og’irligi va kattaligi, skelit suyaklarini
qotish darajasi, tishlarni paydo bo’lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi 
to’qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida 
aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun 
asos bo’ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning 
to’liq ro’yxati aniqlanganligi yo’q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin 
tomonidan tavsiya qilingan bo’lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning 
asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o’smirlik davrida 
tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: 
yasli, bog’cha, boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik 
davrlar deb ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya 
etilgan: Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlod turg’un saqlanib 
kelishi irsiyatining bir tomoni bo’lib, ikkinchi tomoni organizmning ontogenezda 
ma’lum moddalar almashinuvi xarakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. 
Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq 
rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi.   Mavzu: O ‘ smirlik davrida shaxsning shakllanishi .
Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti tomonidan 1965 yilda yoshga oid 
davriylik muammolariga bag’ishlab o’tkazilgan simpozium barcha ilmiy, ta’lim, davolash va 
boshqa tashkilotlarga qo’yidagi yoshga oid davriylik sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan:
1. Yangi tug’ilgan davr – birinchi 10 kun;
2. go’daklik yoshi davri - 1 yoshgacha;
3. Ilk bolalik davr - 1 – 3 yosh;
4. Birinchi bolalik davr – 4-7 yosh;
5. Ikkinchi bolalik davr – o’g’il bolalar 8 - 12 yosh;
qiz bolalar 8 - 11 yosh;
6. O’spirinlik yosh davri- o’g’il bolalar13 - 16 yosh;
qiz bolalar 12 - 15 yosh;
7. Navqironlik davr yoshi- o’g’il bolalar 17 - 21 yosh;
qiz bolalar 16 – 20 yosh;
8. Yetuklik yoshi- birinchi davr: erkaklik 35 yoshgacha;
ayollar 21- 35 ;
ikkinchi davr: erkaklik 36 - 60 yosh;
ayollar 36 - 55 yosh;
9. Qarilik yoshi -erkaklar 61 - 71 yosh;
ayollar 56 - 74 yosh;
10. Keksalik yoshi- erkaklar va ayollar 90 yoshgacha;
11. Uzoq umr ko’ruvchilar- erkak va ayollar 90 yosh va undan yuqori.
1. Ona qornida rivojlanish davri.   Ushbu davr , homilani ovqatlanishi, nafas olishi, harorati va 
boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to’liq bog’liqdir. Bu davrda homilaning o’sishi
va rivojlanishi tez sodir bo’ladi.
2. Yangi tug’ilgan davri.   Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug’ilish vaqtidan 
boshlanib,to 2,5- 3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi 
bilan tavsiflanadi. Yangi tug’ilgan bolada ilk bor o’pka orqali nafas olish sodir bo’ladi va 
o’pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o’rniga bolaning  shaxsiy ovqat hazm qilish trakti fuhksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham 
organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilani oziqlanishini ta’minlaydigan 
tizimni uzilib tushishi va kindik yarasini tuzalishi sodir bo’ladi, tana og’irligini oldin kamayishi 
so’ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.
3. Chaqaloqlik davri.   Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi1,5 barobar
kattalashadi va o’rtacha 75 smga yetadi, og’irligi 3 barobar ortadi va 11-12kg atrofida bo’ladi, 
endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib 
bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, ya’ni atiga 10 tacha so’zni tashkil 
qiladi.
4. Yasli yosh davri.   Bu davrda1yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va 
tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega 
bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolani o’zini 
o’zga odamlardan farqlay olish qobiliyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, 
qo’lini beradi va x.k.).  А ’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.
5. Maktabgacha yosh davri.   Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda 
bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelit suyaklarini 
qotishi va suyak- mushak tizimini mustahkamlanishi jadal sodir bo’ladi, bolaning harakatlari 
ancha turli- tuman va kordinatsiyalangan holda sodir bo’ladi, yangi tug’ilgan davrdagiga 
nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada 
yaxshilanadi, miyasining og’irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250   grammni tashkil qiladi , 
shartli reflektorli aloqalar ko’p sonli bo’ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bo’yi bir tekisda o’smaydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-
10 sm gacha o’sadi va bunga bola bo’yining birinchi fiziologik cho’zilish davri deb ataladi.
Bolalarning vazni ham bir xilda ko’paymaydi. 4 yoshli bolaning og’irligi qariyib 1,6 kg ga 
ko’payadi, 5 yoshda2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya’ni o’rtacha hisobda yiliga 2 kg ga 
ko’payadi. 6- 7 yoshga borib, bolaning og’irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi 
kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon- tomirlar soni kamayadi, u 
mexanik ta’sirlarga ancha chidamli bo’lib qoladi. 6- 7 yoshgacha bo’lgan bolalar terisining sirti 1
kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi, shu sababli ular 
salga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin.
6.   Kichik   maktab   yoshi   davri.   Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda 
o’sish va skelet suyaklarini qotishi davom etadi, oyoqlarning o’sishi hisobiga tana proporsiyalari 
o’zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po’stlog’ining integratsiyalovchi roli 
ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar o’pka, yurak va boshqa a’zolar 
hamda to’qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus 
bezining qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimonbez va gipofizning fuhksiyasi kuchayadi. 
Jinsiy bezlarning gormonal ta’siri boshlanadi.
7.   O’rta   maktab   yosh   davri.   Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal 
o’sish va tana vaznini ortishi bilan tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin- asta voyaga yetgan 
inson ko’rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o’g’il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 
yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta’sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari 
kuchayadi, timus qayta rivojlanishiga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim 
sharlarining qobig’I “ organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va 
taqsimlovchisi” sifatida faoliyat ko’rsatadi funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli 
darajada takomillashadi. Mavzu: Ilk o'spirinlik davrining psixologik 
xususiyatlari.
        
        
Ilk bolalik davrida Bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin 
faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini 
rivojlantiradi. Bolaning   nutqi situativ xarakterga ega , maktabgacha yosh
davrining oxiriga kelib esa u o’z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi 
o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida 
shakllanadi. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar 
shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini 
baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi. 
Maktabgacha yosh davr davomida maktab ta’limiga tayyorlik 
shakllanadi. 6 yoshli bolada bilimga qiziqish, (narsa va hodisalarning 
xossalarini qidirish va taqqoslash, ajablanish) oddiy aqliy operasiyalarni 
bajara olish qobiliyati shakllangan bo’lishi, emosional irodaviy jihatlari, 
muloqot ko’nikmalari yetarlicha bo’lishi kerak. Mavzu: Talabalik davrining psixologik xususiyatlari. 
Talabalaming o‘quv faolityai xususiyati.
Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotda va 
mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga 
tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Oliy о‘quv yurtidagi ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa 
ijtimoiy guruhlar bilan (ular hox rasmiy, hox norasmiy bо‘lishidan qat’iy nazar) 
muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Talabalik davrinig asosiy
xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’atlar bilan rо‘yobga chiqishidir. 
Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatlarni hamda 
ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga (oila qurishga), 
farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga (ma’sul vazifada 
ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va 
kо‘rsatgichlari о‘rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘lari, mehnatda faolllik 
kо‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bо‘lish imkoniyati, unga intilish
tuyg‘usi, irodaviy zо‘r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini 
о‘tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug‘ullanish va 
hakozolardan   iborat.
Talaba oliy о‘quv yurtida turli fanlarni о‘rganish natijasida unda kasbiy 
yо‘nalganlik shakllanadi, ya’ni о‘z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi 
sohasida qо‘llash uchun shaxsiy intilish paydo bо‘ladi. Shaxsning kasbiy 
yо‘nalganligini takomillashtirish istagi, о‘z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarni qondirish istagini о‘z ichiga oladi. Kasbiy yо‘nalganlik - kasbiy
faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni va qabul qilishni о‘z ichiga oladi.
Kasbiy yо‘nalganlik mazmunidagi ijobiy о‘zgarishlar bо‘lg‘usi kasb bilan bog‘liq 
bо‘lib, motivlar mustahkamlanishida kо‘rinadi: ish buyicha о‘z majburiyatlarini 
yaxshi bajarishga intilish, bilimdon mutaxassis sifatida о‘zini kо‘rsatish, murakkab 
о‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga intilish kuchayadi, ishda 
muvaffaqiyatga erishish istagi kuchayad.
Talabalarda kasbiy yо‘nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash 
imkoniyatlariga ishontirish, bо‘lg‘usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish,  mehnat an’analarini targ‘ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini,
uning ijodiy xarakterini kо‘rsatish zarur.
О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning о‘ziga xos yо‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning 
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qо‘ydi va bir qator chora - tadbirlar 
kо‘rishni, shu jumladan, «Ta’lim tugrisida»gi Qonunni joriy etish, zamonaviy 
didaktik ta’minotni ishlab chiqish, о‘quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg‘or о‘quv 
yurtlarini attestatsiyadan о‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim 
muassasalarini tashkil etish hamda eng asosiysi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini 
ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo etdi.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarinshi,   har tomonlama 
kamol topgan , jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturlarini
ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, 
huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, 
davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni 
nazarda tutadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tо‘la rо‘yobga 
chiqsa,   ijobiy   ravishda   «portlash   effekti»   sodir   bо‘lishini   bashorat   qilib,
«Tafakkur» jurnalining bosh muharriri savollariga bergan javobida: «... ishonchim 
komil,   agar   bu   islohotni   amalga   oshirsak   tez   orada   hayotimizda   ijobiy   ma’nodagi
«portlash effekti»ga, ya’ni uning samaradorligiga erishamiz»,- deb ta’kidlaydi.
О‘quv-tarbiya ishlari jarayonida talabalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan 
vaziyatlarga о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda 
ularning amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, 
versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda 
mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о‘kuv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda 
kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga 
aylantirilishini talab etadi.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli 
ishlab chiqarish sohalarida katta ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning о‘z 
imkoniyatlarini tо‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda
о‘zini namoyon qilish muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal  qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatni sifatli ta’limni va 
rejalashtirishni amalga oshirish mumkin   emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya 
doirasida ham о‘rganishning muhimligini kо‘rsatib berdi. Talabalarning kasbiy 
shakllanish jarayonini о‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy 
qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ 
faoliyatga yо‘naltarilganligadadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi 
ajratib qо‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
yuritilayotgan vaqt inobatta   olinadi.
Shaxs va faoliyatning о‘zaro aloqasi va о‘zaro ta’siri jarayoni dinamik harakterga 
ega bо‘lib, bu jarayon psixologiyada   mutaxassis shaxsini shakllanshii   muammosi 
doirasida о‘rganilgan. Bu muammoni о‘rganishning muhim nuqtasi   mutaxassis, 
kasbiy shakllanish, professionalizm, kompetentlik, malak   va   kasbiy 
yetuklik   tushunchalari hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, oxirgi tushuncha mehnat 
subyektining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanib, u mutaxassisning shakllanishi
jarayoni va uning natijasi sifatida namoyon bо‘ladi. “Kasbiy yetuklik” 
tushunchasining mohiyati qator jahon psixologlarining tadqiqotlarida о‘rganilgan, 
lekin mehnat subyektining bu xususiyatlarini   shakllanish jarayoni , uning kasbiy 
faoliyatda namoyon bо‘lishini о‘ziga xos jihatlari va mutaxassis shaxsini 
shakllanishining boshqa komponentlar bilan о‘zaro aloqasini harakterli tomonlari 
yetarlicha keng о‘rganilmagan. Bizga ma’lumki, aynan talabalik davridan boshlab 
shaxsning kasbiy shakllanish, kasbga yо‘nalganlik shakllana boshlaydi. Talabaning 
kasbiy shakllanishi va yо‘nalganligi muammosi kо‘pgina mualliflar tomonidan 
kо‘rib   chiqilgan.
Talabalik davri о‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bо‘lib, 17-22-25 yoshni 
о‘z ichiga oladi va о‘zining qator betakror xususiyatlari hamda qarama –
qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan о‘spirinlik davri shaxsning ijtimoiy 
hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada о‘spirinlik о‘ziga 
xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi. Jumladan kattalarning har xil 
kо‘rinishdagi (unga yoqimli yoki yoqimsizligidan qat’iy nazar) rollarni tez sur’atlar 
bilan bajarib kо‘rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga kо‘nika 
boshlaydi. Katta odamlarning turmuz tarzlariga о‘tish jarayoni shaxsning kamol 
topish xususiyatlariga bog‘liq ichki qarama – qarshiliklarni keltirib   chiqaradi. Mavzu: Z.Freydning klassik psixoanalizida psixik 
rivojlanish
Frey dni o'qit ish g'oy asi qachon pay do bo'ldi?
Men ushbu kitobimda shu davrgacha (o'ylaymanki, bundan keyin ham)
o'zining psixoanaliz taʻlimoti bilan butun dunyo ilm ahlini hayratga 
solib kelayotgan olim Zigmund Freyd haqida qisqacha maʻlumot 
berayotganimdan xursandman.
Mening maqsadim bu olim haqida kitob yozish edi. Bu fikr 1997 yili 
qo'limga "Psixologiya bessoznatelnogo" kitobi tushib qolgandan so'ng 
paydo bo'lgan. Zigmund Freydning psixoanaliz taʻlimotini o'qidim-u, 
unga bog'lanib qoldim. Uning ishlarini o'zbek tiliga tarjima qilishni ham
o'ylab ko'rdim. Biroq o'sha paytlari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish 
boshlagan edim.
1998 yili institut rahbariyati menga "Tibbiyot psixologiyasi"dan darslik 
tayyorlashni topshirdi. Menda Z. Freydning psixoanaliz taʻlimotini 
ushbu darslikka kiritish va uni talabalarga o'qitish fikri paydo bo'ldi. 
Ushbu taʻlimotni institutning o'quv dasturiga kiritishga muvaffaq 
bo'ldim. Z. Freyd taʻlimoti bo'yicha alohida maʻruza tayyorladim va uni barcha 
fakultet talabalariga o'qiy boshladim. Amaliy mashg'ulotlarda ham 
psixoanaliz taʻlimotini talabalarga o'rgata boshladik. Ayniqsa, psixo -
analitik davolash usullari talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. O'sha 
paytlari gipnoz bilan ham shug'ullanib, talabalar va bemorlarga 
gipnoterapiya o'tkazar edim. Biroq psixoanalitik terapiya meni shu 
qadar o'ziga rom qildiki, men gipnoz bilan shug'ullanishni to'xtatib 
qo'ydim. Qiziqqan talabalarga darsdan keyin ham psixo analitik 
davolash usullarini o'rgata boshladim. Bu usullar talabalarda katta 
qiziqish uyg'otdi va juda ko'p talabalar "Freyd hayoti va ijodi", 
"Psixoanaliz taʻlimoti", "Psixonalitik terapiya" mavzularida ilmiy 
to'garaklarda maʻruzalar qila boshlashdi.
Vaqtlar o'tib, baʻzi taʻlimotlar inqirozga uchraydi va unut bo'lib ketadi. 
Ch. Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" haqidagi taʻlimotini bunga 
misol qilib ko'rsatish mumkin. Z. Freydning psixoanaliz taʻlimoti ham 
o'z vaqtida juda ko'p tanqidlarga uchragan. Biroq bu tanqidlar ostida 
uning nazariyasi o'zgarib, yangi tusga kirib va insonlarga yanada 
yaqinroq bo'lib boraverdi, uning mohiyati yanada yuksalaverdi.
Z.Freyd taʻlimoti nafaqat tibbiy fanlar va psixologiya, balki falsafa, etika,
estetika, deontologiya, etnologiya, yuridik fanlar, jamiyatshunoslik kabi
o'ndan ortiq yirik fanlar ichiga kirib bordi. Fikrimizcha, nafaqat 
jamiyatda bo'layotgan voqealarni, balki ikkala inson orasida ro'y 
beradigan har qanday munosabatlarni Freyd taʻlimotiga asoslanib 
izohlab berish mumkin.
Men Zigmund Freydning "Psixoanaliz taʻlimoti"ni insoniyat oldidagi 
mohiyati bo'yicha buyuk Eynshteynning "Nisbiylik nazariyasi" bilan 
bemalol taqqoslagan bo'lar edim. Agar Nobel mukofoti oluvchilar 
ro'yxatida psixologlar ham bo'lganida edi, bu mukofotni hyech 
ikkilanmay Freydga taqdim qilishardi.
Freyd taʻlimotidan zavqlanib ketgan bir olim: "Agar Freyd bo'lmaganda 
edi, uni o'ylab topish kerak bo'lardi" deb xitob qilgan. To'g'ri! Freydni 
jamiyatning o'zi yaratdi. Freyd va uning taʻlimotisiz psixologiyani 
tasavvur qilish qiyin! Frey dning bolalik  dav ri
Zigmund Freyd Chexiyaning Prshibor (hozirgi Freyburg) shahrida 1856 
yili 6 mayda dunyoga kelgan. 1860 yili Freydlar oilasi Vena shahriga 
ko'chib o'tishgan. Demak, kichik Zigmund bu shaharda bor-yo'g'i 4 
yoshga kirgunga qadar yashagan. Shunday bo'lsa-da, chexlar buyuk 
olim sharafiga Praga shahrida "U bizning yurtda dunyoga kelgan" deb 
yodgorlik haykalini o'rnatishgan.
Z. Freyd ko'p bolalik oilada tug'ilgan. Ularning oilasida 8 nafar farzand 
bor edi. Zigmund esa oilada uchinchi farzand bo'lgan. Zigmund o'ta 
nimjon bo'lib, tez-tez kasal bo'lardi. Shuning uchun ham oilada asosiy 
eʻtibor unga qaratilardi. Otasi o'g'lining o'lib qolishidan juda qo'rqardi. 
Freydlar oilasi kambag'al yashashgan. Uning otasi jun (sherst) sotib, 
farzandlarini boqqan.
Zigmund jismonan nimjon bo'lishiga qaramasdan ilm olishga juda 
chanqoq bo'lgan. U bolalik davridanoq o'ta ziyrak va aqlli bo'lsa-da, 
injiq va qaysarligi bilan ham ajralib turgan. Yosh Zigmundni deyarli 
barcha maʻlumotlar qiziqtirardi. U chet tillarni ham tez o'zlashtirgan.
Mavzu: Bolalik psixoanalizi
ПСИХОАНАЛИТИК БЕМОРНИ НЕВРОЗ ВА ДЕПРЕССИЯДАН ҚАНДАЙ ЧИҚАРАДИ?
Психоанализ назариясига мувофиқ невроз ва депрессия негизида болалик даврида
олинган кучли психологик зарбалар ётади ва улар онг остида йиллаб “яшириниб” 
ётади ва улғайганда кучли зиддиятлар ўчоғини яратади. Бунинг оқибатида 
беморда невротик шахс шаклланади ва у истерия, депрессия ва психосоматик 
бузилишларга мойил бўлади. Шахс бир томондан бировларга қарам бўлишни 
ҳохламайди, иккинчи томондан бошқалар уни эътироф этиши ва қўллаб-
қувватлашини истайди. Албатта, бунинг ҳар доим ҳам иложи бўлавермайди. 
Натижада бир-бирига зид бўлган ушбу ҳолатлар доимий қониқмаслик ҳиссини 
юзага келтиради, яъни бошқаларга нисбатан қаҳр-ғазаб ва ҳафагарчилик шахснинг 
ички дунёсини қамраб олади. Шу аснода шахснинг ўзи бошқалар наздида 
меҳрибон, одамови ва ажойиб инсон сифатида тан олинишни хохлайди. 
Психоаналитиклар фикрича, манашу истакларнинг рўёбга чиқмаслиги невротик 
шахс ва кейинчалик депрессия шаклланишига туртки бўлади. Йиллар мобайнида 
онг остида қўним топиб эътироф этилмаган ҳар бир хохиш ва истак бора-бора ички  зиддиятлар кучайтириб одамларни ёмон кўришга олиб келади. Шу сабабли улар 
ўзини ҳам кечирмайди ва суицидга қўл уради. Бундай шахсларда депрессия 
ривожланиши учун кучли стресс ёки ёқимсиз атроф-муҳитнинг ўзи кифоя. Албатта 
бу ерда доимий руҳий-ҳиссий зўриқишларнинг аҳамияти ҳам катта.
Психодинамик терапиянинг асосий мақсади – беморда катарсис, яъни руҳий 
покланишни юзага келтиришдир. Бунинг учун болалик даврида бошидан кечирган 
руҳий жарохатлар ва кечинмалар мукаммал ўрганилади, уларнинг ҳозирги даврда 
рўй бераётган невротик бузилишлар, шу жумладан депрессия билан боғлиқлик 
томонлари ёритилади. Психоаналитик олдида бемор албатта барча сир-асрор ва 
азобли кечинмаларни яширмасдан очиб ташлаши керак. Бу услуб тўла катарсис рўй
бергунча олиб борилади. Ижобий натижага бир неча сеанс ичида эришилади. 
Фрейд ўсмирлик давриданоқ хаёлпараст ва шуҳратпараст бўлган. Унинг илмга, 
айниқса, табиий фанларга чанқоқлиги авж олиб борарди. У барча илмларни 
эгаллаб, машҳур киши бўлишни орзу қилар ва кўп китоб мутолаа қиларди. Фрейд 
мактабда ўқиб юрган пайтидаёқ Ч. Дарвиннинг таълимоти билан қизиқиб қолади 
ва уни бошдан-оёқ ўқиб чиқади. Ёш Фрейд ўз тенгдошларига: “Мен Ч. Дарвинга 
ўхшаган табиатшунос олим бўламан” деб хитоб қилган. Менимча, бунинг 
ажабланарли жойи йўқ. Чунки ўсмирлар хаёлпараст ва орзуманд бўлишади.
Ота-онаси оғир характерли Зигмунддан азият чекишса-да, унинг таълим олиши 
учун барча шароитларни яратишга ҳаракат қилишган. З.Фрейд болалик давридаёқ 
табиий фанларга жуда қизиққан.
Mavzu: Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni 
tarbiyalash va rivojlanishi haqida. Mavzu: E.Eriksonning ega-psixologiyasi. E.Erikson 
ishlarining tadqiqot metodlari.              
Ibosqich (0-1 yosh) - "ishonch - ishonchsizlik". Hayotning birinchi yilida chaqaloq u uchun yangi 
muhitga moslashadi. Uning atrofidagi dunyoga, boshqa odamlarga va o'ziga bo'lgan ishonch 
darajasi ko'p jihatdan unga ko'rsatilgan g'amxo'rlik bilan bog'liq. Agar chaqaloqning ehtiyojlari 
qondirilsa, ular u bilan o'ynab, suhbatlashsa, uni erkalab, tinchlantirsa, u atrof-muhitga ishonch 
bilan singib ketadi. Agar bola to'g'ri g'amxo'rlik qilmasa, mehrli g'amxo'rlik va e'tiborga duchor 
bo'lmasa, unda rivojlanishning keyingi bosqichlarida u bilan birga olib boradigan umumiy 
dunyoga va xususan odamlarga nisbatan ishonchsizlik shakllanadi.
IIbosqich (1-3 yosh) - "mustaqillik - qat'iyatsizlik". Bu bosqichda bola turli harakatlar va 
harakatlarni o'rganadi, nafaqat yurishni, balki yugurishni, ko'tarilishni, ochish va yopishni, surish
va tortishni, otishni va hokazolarni o'rganadi. Kichkintoylar o'zlarining yangi qobiliyatlari bilan 
faxrlanadilar va hamma narsani o'zlari qilishga intiladilar. Agar ota-onalar bolaga o'zi qodir 
bo'lgan narsani qilish imkoniyatini bersa, unda u mustaqillik, o'z tanasiga egalik qilish ishonchini 
rivojlantiradi. Agar tarbiyachilar sabrsiz bo'lib, bola uchun hamma narsani qilishga shoshilishsa, 
unda qat'iyatsizlik va uyatchanlik paydo bo'ladi.
IIIbosqich (3-6 yosh) - "Tadbirkorlik - aybdorlik hissi". Maktabgacha yoshdagi bola allaqachon 
ko'plab motorli ko'nikmalarga ega bo'lgan - yugurish, sakrash, uch g'ildirakli velosipedda yurish, 
to'pni uloqtirish va ushlash va hokazo. U ixtirochi, o'zi uchun mashg'ulotlarni o'ylab topadi, 
xayol suradi, kattalarga savollar beradi. Bu sohalardagi tashabbusi kattalar tomonidan 
rag‘batlantirilgan bolalarda tadbirkorlik ruhi shakllanadi. Ammo agar ota-onalar bolaga uning 
jismoniy faolligi zararli va nomaqbul ekanligini, uning savollari bezovta va o'rinsiz ekanligini va 
o'yinlar ahmoq ekanligini ko'rsatsa, u o'zini aybdor his qila boshlaydi va hayotning  keyingi	 
bosqichlarida	
 aybdorlik	 tuyg'usini	 olib	 boradi.
Mavzu:  Dj.Uotsonning bexevioristik nazariyasi               
Psixotahlil ta'limoti ongdan siqib chiqarilgan istak-mayllar yana ong sohasiga 
o`tkazilib, katarsis yo`li bilan ruhiy jarohat yetkazuvchi kechinmalarni anglatish 
orqali yordam berishga asoslanadi.   Bunda erkin assotsiatsiyalar , tushlar talqini, 
qarshiliklar, transferlar, yanglish harakatlar tahlili usullaridan foydalaniladi. 
Quyida ushbu usullarga qisqacha izoh berib o`tamiz:
1. Erkin assotsiatsiyalar metodi. Psixolog mijozga o`z kechinmalari bilan bog`liq 
xohlagan assotsiativ fikrlarini aytishni taklif etadi. O`zi esa faqatgina aytilayotgan 
fikrlar mazmuniga emas, balki voqealar ketma-ketligi hamda mijoz tahlil qilishdan 
qochayotgan jihatlarga e'tiborini qaratadi.
2. Tushlar talqini. Z.Freydning fikricha, tush ongsizlik sohasiga boruvchi eng qisqa 
yo`ldir. Aynan tush vaqtida “Men”ning himoya mexanizmlari susayib, ongdagi 
yashirin xohish va kechinmalar namoyon bo`ladi. Amaliy psixologning vazifasi – 
tushning mazmunini ochish va mijozga aynan shu tush vujudga kelishiga sabab 
bo`lgan holatni o`rganishga yordam berishdan iborat;
3. Qarshiliklar tahlili. Bu usulni qo`llashdan maqsad – muammoni real idrok etish 
uchun aynan qanday psixologik himoya mexanizmi to`sqinlik qilayotganini va 
qanday vaziyatda himoya funksiyasiga ehtiyoj sezilmasa-da, ushbu mexanizmning 
ishtirok etayotganini aniqlashdan iborat;
4. Ko`chirish tahlili. Klassik psixotahlilda mijozning avval boshdan kechirgan 
psixologik jarohatlari bilan bog`liq emotsiyalarini psixologga ko`chirishining tahlili 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu psixologga mijozning psixologik muammolari sababini kuzatish va tahlil qilish hamda mijoz xulqining aynan bu shakli vujudga 
kelishini yuzaga keltirgan omillarni aniqlashga yordam beradi.
5. InterpretatsiY. Maslahat jarayonida interpretatsiyaning o`rnini baholash qiyin. 
Bu metod mijozga o`z kechinma va xulq-atvorining yashirin hamda noaniq 
sabablarini aniqlashga yordam beradi. Ammo bu jarayonni amalga oshirish 
psixologdan ehtiyotkorlikni talab etadi. Interpretatsiya jarayonida psixolog mijoz 
qabul qilishi mumkin bo`lgan jihatlarnigina tushuntirishi, unga tushunarli bo`lgan 
tilda suhbatlashishi lozim.
Yuqorida keltirib o`tilgan tavsif klassik psixotahlilga xos, ammo psixoanalitik 
terapiyaning boshqa shakllari ham mavjuddir. Psixoanalitik terapiyaning haqiqiy 
psixotahlilga aloqasi doirasida ikkita nuqtai nazar mavjud:
a) psixoanalitik psixoterapiya psixotahlildan sifat mazmuniga ko`ra farq qiladi;
b) psixoanalitik psixoterapiya psixotahlildan miqdor mazmuniga ko`ra farq qiladi.
Birinchi fikrga muvofiq, analitik bilan mijozning faol ishtiroki ko`zda tutiladigan 
psixotahlildan farqli o`laroq psixoanalitik psixoterapiyada mijoz uchun 
davolanishga muhtoj bemor roli ajratiladi.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko`ra, psixoanalitik psixoterapiya ruhiy kasalliklarni 
davolash metodi sifatida psixotahlildan seanslarning davomiyligi va soni bilan farq 
qiladi. Terapevtik seanslar psixoanalitik seanslarga nisbatan soni va kam davom 
etish jihati bilan farqlanadi.
Har ikkala fikrni solishtirib shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, analitik 
psixoterapiya mijozda namoyon bo`ladigan u yoki bu belgilarning ongsizlik 
mazmunini ochishga ko`proq e'tibor berib, klassik psixotahlilga o`xshab ketadi; 
ikkinchidan, terapiyaning ushbu turi psixoanalitik usullar yordamida shaxsni 
yoppasiga taftish qilmasligi bilan psixotahlildan farqlanadi. Terapevt ruhiy 
buzilishning paydo bo`lishi va surunkali kechishida hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo`lgan mijoz psixikasining qirralarinigina tekshiradi.
Qisqa psixoanalitik terapiyada esa terapevtik faollik darajasi oddiy psixoanalitik 
terapiyadan, xatto, psixotahlilning o`zidan ham yuqoridir. Qisqa psixoanalitik 
terapiya diqqatni mijozining qator ziddiyatlariga emas, balki markaziy 
ziddiyatlarga jamlaydi, fokuslashtiradi. Shuning uchun bu terapiyani ko`p hollarda 
fokusli (yoki konsentratsiyalashgan) terapiya (Fokal Therapie) deb atashadi.  Mavzu: Operant o’rganish. B.Skinneming radikal 
bixeviorzmi.
                 
B. Skinnerning operant bixeviorizmi
Berres Frederik Skinner o'z davrining eng mashhur psixologlaridan biri edi. Aynan 
u bugungi kunda fanda bixeviorizm deb ataladigan yo'nalishning kelib chiqishida 
turgan. Bugungi kunda ham uning o'rganish nazariyasi psixologiya, pedagogika va 
menejmentda muhim rol o'ynaydi.
Skinner nazariyasi "Organizmlarning xatti-harakati" deb nomlangan asosiy 
asarlaridan birida batafsil yoritilgan. Unda olim operant konditsionerlik deb 
ataladigan tamoyillarni belgilab beradi. Ushbu tamoyillarni tushunishning eng 
oson yo'li olimning eng tipik tajribalaridan birini ko'rib chiqishdir. Sichqonchaning 
vazni normaning 80-90% gacha kamaygan. Skinner qutisi deb ataladigan maxsus 
qurilmaga joylashtiriladi. Bu faqat kuzatuvchi eksperimentator ko'rishi va nazorat 
qilishi mumkin bo'lgan harakatlarni bajarish imkoniyatini beradi.
Qutida hayvonga oziq-ovqat beriladigan teshik bor. Oziq-ovqat olish uchun kalamush qo'lni bosishi 
kerak. Bu bosim Skinner nazariyasida  operant reaksiya deb ataladi. Sichqonchaning bu tutqichni 
panjasi, burni yoki dumi bilan qanday tortib olishi muhim emas. Tajribadagi operatsion reaktsiya
bir xil bo'lib qoladi, chunki u faqat bitta oqibatni keltirib chiqaradi: kalamush ovqat oladi. 
Hayvonni ma'lum miqdordagi bosish uchun oziq-ovqat bilan taqdirlash orqali tadqiqotchi 
hayvonda javob berishning barqaror usullarini shakllantiradi. Skinner xulq-atvorini shakllantirish
Skinner nazariyasida operativ javob ixtiyoriy va maqsadli harakatdir. Ammo 
Skinner bu diqqatni fikr-mulohazalar nuqtai nazaridan belgilaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, xulq-atvorga hayvonning ma'lum oqibatlari ta'sir qiladi.
Skinner olimlar Uotson va Tornadaykning ikki tomonlama tabiat haqidagi 
qarashlariga qo'shildi.   aqliy rivojlanish ... Ular psixikaning shakllanishiga ikki xil - 
ijtimoiy va genetik omillar ta'sir qiladi, deb hisoblashgan. Operant o'rganishda 
sub'ekt tomonidan bajariladigan maxsus operatsiyalar mustahkamlanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, genetik ma'lumotlar ijtimoiy shartli xatti-harakatlarning
asosidir. Demak, rivojlanish, Skinnerning fikricha, tashqi muhitdan ma'lum 
stimullar bilan shartlangan o'rganishdir.
Skinner, shuningdek, uni nafaqat boshqa sub'ektlarning xatti-harakatlarini nazorat
qilish uchun, balki o'z xatti-harakatlariga nisbatan ham qo'llash mumkinligiga 
ishongan. O'z-o'zini nazorat qilish, kerakli xatti-harakatni kuchaytiradigan maxsus 
shart-sharoitlarni yaratish orqali erishish mumkin
Skinnerning mustahkamlash nazariyasidagi operant ta'lim sub'ektning ma'lum bir 
muhitda amalga oshiriladigan faol harakatlariga ("operatsiyalar") asoslanadi. Agar 
biron bir o'z-o'zidan sodir bo'ladigan harakat ma'lum bir ehtiyojni qondirish yoki 
maqsadga erishish uchun foydali bo'lib qolsa, u ijobiy natija bilan qo'llab-
quvvatlanadi. Masalan, kaptar murakkab harakatni - stol tennisi o'ynashni 
o'rganishi mumkin. Ammo bu o'yin oziq-ovqat olish vositasiga aylansa. Skinner 
nazariyasida mukofot mustahkamlash deb ataladi, chunki u eng kerakli xatti-
harakatni kuchaytiradi.
Skinner xulq-atvorni tushunishning eng yaxshi usuli (ham inson, ham hayvonlar) 
bu harakatning sabablari va uning oqibatlariga qarashdir. Keyinchalik bu 
yondashuv "operant konditsionerligi" deb nomlandi.
Bu nom organizm tomonidan amalga oshiriladigan va atrof-muhitga ta'sir 
ko'rsatadigan "operantlar" deb nomlanganligi sababli paydo bo'ladi. Ushbu ta'sir 
ijobiy bo'lishi mumkin (masalan, hayvon ma'lum bir yo'ldan borgan taqdirda ovqat
topsa) yoki salbiy (masalan, olovga tegayotganda qo'lini kuydirish) Mavzu: J.Piaje nazariyasidagi asosiy holatlarga 
tanqidiy yondashuv
J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlarini tanqidi
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudligi yoki juda bo’lmaganda, uni ifodalanishi 
chuqurligi eng avvalo eksperemental tadqiq va tanqidga uchraydi. SHunday qilib, ayrim tadqiqotchilar 
J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsional qiziqarsiz, ma`no-mazmunsiz bo’lgani bois, u uchun 
qiyinligini isbotlashga harakat qilganlar. YOki bolalar mantiqiy tuzilish mavjud emasligidan emas, balki
savollarda ifodalangan fikrlarni tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi,   faqatgina vazifani emas , 
balki butun eksperemental holatni yaxlitlikda o’ziga xos talqin qilishidan xatolarga yo’l qo’yadi. 
Aniqlanishicha, maktabgacha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendentsiyasi aqliy harakatlar va 
tushunchalarni P.YA.Galpirin, L.F.Obuxova rejali shakllantirish metodi bo’yicha maxsus 
tashkillashtirilgan o’qitish sharoitlarida muvaffaqiyat qilinadi. E`tirof etilishicha, egotsentrizm yosh 
davri funktsiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma`lum bir doirada tashkillashtirish funktsiyasi 
sifatida talqin qilinishi kerak. L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qaror 
kattalarda qiyin vazifalarda kuzatilishi mumkin, lekin bu adekvat o’qitishdan o’tgan bolalarda 
kuzatilmaydi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydalanish tajribasi asosida shakllanadi.  Ob`ektlarni 
bilish uchun sub`ekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko’rish, yaqinlashish, 
yo’q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi 
ko’rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi – J.Piaje ta`limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. 
So’zning tor ma`nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo’lib, turli vaziyatlarda ko’p marta 
takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So’zning keng ma`nosida- harakat chizmasi- bu ma`lum bir 
darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma`lum bir bosqichda harakatning umumiy chizmasini 
rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. SHuning uchun J.Piaje ta`limoti operatsional 
deb ataladi. Operatsiya- bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir.
Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi egallagan tajribaga ega bo’lib, rivojlanishning 
turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari 
ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluksizligi va ketma-ketligini ta`minlaydi, fikrlash harakatlarini 
(tuzilishi) tashkillashning o’ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega 
ko’ra, psixikani rivojlanish –bu etakchi intellektual ko’rinishlarini o’zgarishidir. Har bir bosqich 
boshqasining ustiga ko’riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun 
ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har 
xil bo’lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy 
sharoit sifatida bog`liqlikda.
Inson intelektini rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari.
J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan:
1. Sensamotor intellekt (tug`ilgandan 1,5 yoshga qadar)
2.Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5-2yoshdan 11 yoshga qadar)
3.Formal (rasmiy) – operatsion intellekt (11-12 yoshdan 14-15 yoshga qadar) J.Piaje har bir bosqichni ikki yo’l bilan ta`riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tuzimini murakkablashishi 
defferentsiyatsiya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlarda bartaraf etiladigan 
o’ziga xoslik va kamchiliklar nuqtai-nazarida)
1. Sensamator davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadqiqini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning
amaliy predmetli faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta`kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum 
bilimlar manbani   harakatda qidirish kerak , bilim tayyor ko’rinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi 
inson uni ko’rishi kerak. J.Piaje o’zining 3 ta farzandi rivojlanishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va 
o’g`li Loran) sensamator rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug`ma mexanizmlar va sensor 
jarayonlardan (surish reflektsiya singari) ixtiyoriy atayin qo’llaniladigan uyushgan xulq-atvor 
shakllariga o’tish bosqichlaridir.
Bola tug`ilganidan to 15 yoshga qadar jarohat tuzilishlari va his-tuyg`ular rivojlanishi bilan 
xarakterlanadi: u ko’radi, eshitadi, teginadi, hidlaydi, murakkab va chigal tug`ma qiziqish bilan amalga 
oshiradi. Sensamator intellektning ikkta kichik davrlarga ajratiladi: 7-8 oyga qadar go’dakning o’z 
tanasiga markazlashuvi kuzatishgandi. 9 oylikdan boshlab fazoviy sohada fazoviy intellekt chizmasini 
ob`ektivligi sodir bo’ladi. Maqsadga erishish uchun vosita sifatida bola tomonidan ma`lum bir 
harakatlarni qo’llanilishi intellekt shakllanishining mezonidir. SHunday qilib birinchi kichik davr oxiriga
kelib bolalar o’zining harakatlari va natijalari o’rtasidagi aloqani kashf qiladilar. J.Piaje topshiriqlari 
nomini olgan. Ko’pincha bu tajribalarni shuningdek muvozanatni saqlash testi og`irlik, uzunlik, hajm, 
son va boshqa deb ham ataladi. Modomiki, bunday turdagi barcha topshiriqlar umumiy tamoyillarga 
asoslangan ekan, namuna uchun hajmni saqlanish testini ko’rib chiqamiz.
Suyuqlik hajmini saqlanish testi.
O’tkazish bosqichlari
1.Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bilan to’ldirilgan ikkita stakan ko’rsatiladi. Bola 
ikkala stakanda suyuqlik miqdori bir xilmi deb so’raydi. Bola suvlar bir xilligini tushunib etishi juda 
muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi 
albatta pertseptiv idrokli o’xshashlik bilan kuzatiladi ikkala stakandagi suvlar darajasi miqdori 
tenglashtirilgan.
2.So’ngra eksperementator katta odam suvni bir stakandan boshqa shakldagi kengroq va pastroq 
stakanga qo’yadi. Odatda, eksperementator bolaning diqqatini ushbu boshqadan qo’yishga qaratadi. 
Qara, men nima qilayapman o’zgartirish qilinadi, bunda garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham 
ta`sir ko’rsatmasida,pertseptiv idrokli o’xshashlik buziladi.
2.Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakanda suv miqdori bir xilmi lekin albatta 
avvalgi dastlabki shaklda bo’lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar saqlashning standart 
topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, 
J.Piaje fenomenlari–fazoviy, pertseptiv qayta o’zgartirishda ob`ektlarning turli xususiyatlarini saqlash 
doimiylik, invarlantlik haqida ularga xos tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi 
eng ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ifodalanishi mumkin. 
Odatda, bola stakanlardan biridagi suv endi kamroqligi yoki ko’proqni aytadi, ya`ni pertseptiv qayta 
o’zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qolishini tushunish yo’qoladi. Bunda saqlanib 
qolmaslik fenomeni kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ob`ektni idrokga tayanib,   dolzarb 
yaxlit , bevosita egotsentrik sifatida baholaydi.  Mavzu: Ontogenezda rivojlanishni davrlashtirish 
muammosi
Senzitiv davr   – biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr.
Interiorizatsiya   – avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning 
ichki funksiyasiga aylanishi.
Akseleratsiya   – bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning 
tezlashuvi.
Yosh   – psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo’lib, fiziologik va 
psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos 
taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud.
Psixik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar.
Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.
Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur 
vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy 
munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi
sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi 
vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi.
Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda 
shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy- iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda 
tashkil opadi, shakllanadi.
XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 
ta yo’nalish yuzaga keldi.
Biogenetik
Sosiogenetiz
Biogen etik yo`nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va 
ijtimoiy   omillar yonma-yon turadi , lekin yetakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi.
Biogenetik qonunni F. Myuller va E. Gekkel kashf qilgan. Bunday qarashning ko’zga ko’ringan 
vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo’lib, u Gekelning   biogenetik   qonunini 
psixologiyada bevosita ko’chiradi. Bu nazariyaga ko’ra ontogenezda bola o’z psixik taraqqiyotida
filogenezni insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi.
(chaqaloq-faqat sut emizuvchi hayvon, 6 oylikda maymunlar darajasiga yetadi, 2 yoshida oddiy 
odam, 5   yoshda ibtidoiy gala , maktabga kirgach ibtidoiy davr odami darajasida, 16-18 yoshda 
hozirgi zamon kishilari darajasiga yetadi deb hisoblaydilar.
Sotsiogenetik   yo’nalish vakillari esa ijtimoiy omillarni yetakchi deb hisoblaydilar. G’arbda keng 
tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni” 
nazariyasi va boshqalar kiradi. Sotsiogenetik nazariya – inson biologik tur sifatida tug`ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-
sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga aylanadi, deb hisoblaydi. M: Rollar nazariyasi 
ta`limoti inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo`lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, 
boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi, deb hisoblaydi. S.Xoll “rekapitulyatsiya 
qonuni”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o’sishning bosh qonuni deb 
hisoblaydi.   Uning fikricha , ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning 
talqinicha, go’daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa 
asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 
8—12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga
tengdir. O’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12—13 yoshdan) boshlanib Yetuklik davrigacha (22—
25 yoshgacha) davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo’ron va
tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo’lib, odamda “individuallik tuyg’usi” 
vujudga keladi. YOsh davrlarini tabaqalashning bu turi o’z navbatida tanqidiy mulohazalar 
manbai vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan 
takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitutsion psixologiyasi” 
(insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab 
chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining negiziga bir qancha 
biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, 
insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik 
mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: s ikloid   (tez 
qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta beqaror) va   shizoid   (odamovi, munosabatga qiyin 
kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan)larga ajratadi. Bu taxminini yosh davrlari 
xususiyatlariga   ham tatbiq etib , o’smirlar s ikloid   xususiyatli, o’spirinlar 
esa   shizoid   xususiyatliligini ta’kidlaydi. Lekin inson ning kamol topishida biologik 
shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki 
shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll 
rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, 
integratsiya va yangilanish sikllari o’zaro almashinib turadi, degan xulosaga 
keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning 
shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan shaxsning barcha 
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, 
birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog’liqdir.  Bunday biologizatorlik 
omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini 
bajara olmaydi. Mavzu: Kichik maktab yoshining psixologik tavsifi.
                    Bolalarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha 
boshlang’ich sinflarda o’qishi yillariga to’g’ri keladi. Bog’cha yoshidagi bolalik davri 
tugadi. Maktabga kelish oldidin bola quyidagiga ko’ra o’z hayotini eng muhim davriga 
ya’ni maktab davriga tomonida qo’yiladigan turli tuman talablarni bajarishga boshqacha 
qilib aytganda ta’lim olishga xali jismoniy ham psixologik jihatidan tayyor bo’ladi. Bola 
rasm chizish mashg’ulotlarida melg’ yoki plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng 
oddiy ko’rish yasash mashg’ulotlarida yaqqol namayon bo’ladi. Bola o’z diqqatini 
boshqarishda o’z diqqatini mustaqil tashkil qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan 
bo’ladi. 7 yosh bolaning so’z xonasi ham yetarli darajada boy va mavhum tushunchalar 
miqdori ancha yuksak bo’ladi. Bola eshitganlarini yetarli darajda keng tushunadi. 
Mutaxxassislarning tadqiqogtlaridan ma’lum bo’lishicha yaxshi tashkil qilingan ta’lim 6 
yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar tafakkurini rivojlantiradi.  Ular sodda mashqlar va 
masalalarni tuza oladigan hamda yecha oladigan bo’ladilar. Ularda burch hissi va 
javobgarlik hissi endigina namayon bo’la boshlaydi. 7 yoshli bola o’z hissiyotlarini 
boshqarish tajribasini ega bo’larningt hammasi maktab ta’limiga tayyorgarligi muhim 
shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab psixologiyasi 
jihatidan tayyor ekanligi obhektiv tamoyillarga maquldir. Boshlang’ich sinflarda pedagog
ishlarni tashqil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik fiziologik 
hususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim.
D.N. Levitov to’g’ri qayd qilib o’tganidek xech bir maktab yoshida salomatlik xolatiga 
va ijtimoy taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq bo’lmaydi. Bola 7 
yoshdan 11 yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. 
Bo’yi va og’irligi organizmning tiniqligi o’pkasining hayotiy xajmi ancha tekis va 
propalg’tsional rivojlanadi
Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri 
bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik davridir, shunga qaramay, bu 
davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib 
o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar 
(o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. 
Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo’shiladi. O’qituvchi o’z
oldiga bir qator jiddiy talablarni qo’ygan o’qishga yangi faoliyat turiga qo’shilish 
o’quvchining o’z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo’ysunishga 
majbur qiladi. Bo’larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, 
jamoaviyga ta’limga va uning bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga nisbatan yangi 
munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir 
qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar 
taraqqiyotini belgilaydi.
Axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o’zlashtirish kichik maktab yoshidagi 
davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat 
qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik 
maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan davr 
mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy  bilimlar tasavvurlar va muloxazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, 
turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy 
muloxazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda ota-onalarning 
konkret ko’rsatmalri va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy 
muloxazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish
bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday adabiyotlarni
o’qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg’mlarni ko’rish ancha katta ahamiyat kasb 
etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi bolalar 
to’g’ridan-to’g’ri   kattalarni jumladan , o’qituvchining ko’rsatmalari bilan ijobiy 
bo’ladigan ko’rsatmani kutib o’tirmay, bunday ijobiy axloqiy ishlarining boshidan 
qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.
Harakter.   Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’lgan harakterolg’g’ogik xatti-
harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam
xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda harakter 
jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar harakteri, xatti-
harakatlari o’zining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. SHu 
munosabat bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi psixik xolatllarni xato rivishda hislatiga 
qo’shib yuborish mumkin. N.D.Letovitov bu xatoga shunday bir misol keltiradi. 1-sinf 
o’qituvchisi o’z o’quvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan, 
qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali psixolog 
tomonidan o’tkazilgan kuzatishdan bu hususiyat ma’lum sharoitdagina maydonga 
keladigan vaqtinchalik, ya’ni o’tkinchi psixik xolat ekanligi ma’lum bo’ldi. O’quvchi 
qizdagi xatti-harakatni ko’rganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli bo’lganda 
namayon bo’lgan muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan chiqarib qo’ygan.
Qiziqishlar.   Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan bilishga bo’lgan 
qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan 
tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. 
Psixologlarning tahkidlalariga qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan 
ajratib olingan yolg’iz xodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa 
sabablarini, qonuniyatlarini, xodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib 
olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima?» 
degen savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», 
«qanday qilib?» degan savollar tashqil bo’lib qoladit. O’qish malakasini rivojlanishi bilan
kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan   muayyan adabiyotlarni , ertaklarni o’qishga, bundan ham
so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va sargo’zashtlar xaqidagi kitoblarni o’qishga 
qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga ayniqsa, xozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, oy 
stantsiyalariga, lunaxodlarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan 
qiziqish tez tarkib topadi. Qishloq maktablarining 3- 4- sinf o’quvchilari qishloq 
xo’jaligiga nisbatan sezilarli darajada o’z qiziqishlarini namayon qila boshlaydilar. 
SHuning uchun o’qituvchi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga nisbatan 
munosabatlarida qiziqishlar rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutish zarurdir. 
Yuqorida aytib o’tilgandek xususan o’qituvchining tegishli baxosi bilan aniqlanadigan 
bolaning o’qishidagi o’z muvaffaqiyatlarini, qo’lga kiritgan yutuqlarini ichdan his qilish 
katta hususiyatga egadir. Mavzu: O‘ smirlik   davrida   jinsiy   streotiplarni   yosh  
xususiyatlari
              O‘smirlik 10-11 Yoshlardan 14-15 Yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil   etadi.  Hozirgi 
o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka 
ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon 
bo‘lmokda.   Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik Yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. 
«Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham   emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim 
xarakterini bildiradi.   O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish   davri bo‘lib, fiziologik va psixologik 
jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va 
psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, 
xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi.
              O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli 
chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin 
o‘zgarishlar ro‘y bera   boshlaydi.  Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda 
psixologik   o‘zgarishlardir.   Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il 
bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va 
umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il 
bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘prok darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi 
vazminrok bo‘lib qoladi, do‘rillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir 
oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur’ati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning 
beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga 
sabab bo‘ladi.
Fiziologik o‘zgarish jinsiy etilishning   boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha 
a’zolarning   mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm   tuzilmalarining qaytadan 
shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi   o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin 
sistemasining o‘zgarishlari   bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri 
gipofiz   bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm   to‘qimalarining o‘sishi va muhim
ichki sekretsiya bezlarining   (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) 
ishlashini   kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga   etish (jinsiy 
organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy   bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi.   Ko‘krak 
qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim 
o‘smirlarning elkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislorod etishmasligiga, 
nafas qisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu 
davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining 
qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi 
qon bosimining ortishi ro‘y beradi. Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy 
o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.   O‘smirlik Yoshida
ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy etilishning boshlanishi bilan 
izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy etilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir   ko‘rsatib, 
bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular   o‘zlarining layoqat, qobiliyat va 
imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni 
oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin.   O‘smirlik davri   «o‘tish   davri», »krizis 
davr»,   «qiyin davr»   kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan   xarakterlanadi. CHunki, bu 
Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa 
olmaganligidan psixik   portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida   L.S. Vigotskiy   bunday   holatni 
“psixik rivojlanishdagi krizis»   deb nomlagan.   Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan 
shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan 
kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik 
davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar 
olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi.   Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning
asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga   taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan 
qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam 
berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari 
holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining Yosh bola emasligiga shubha 
qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila 
boshlaydi.   O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini   bilishga , 
maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.
O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-
harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida 
irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish 
quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.   Bu davrga kelib uning 
harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. O‘rtoqlari 
o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni majbur 
qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya 
qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z
xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana 
shu ikkinchi bosqichdagi o‘smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O‘smirlik davriga ko‘pincha 
so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z   kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy 
xususiyatlar xosdir.   O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va 
erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar 
orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda   katta Yoshli   odam bo‘lishga yoki 
hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish,   intilish paydo bo‘ladi va bu 
xohishni amalga oshirish unga   osondek bo‘lib ko‘rinadi.  Mavzu: Yuqori sinf o’quvchilarining intellektual 
rivojlanishi
Aql - bu fikrlash qobiliyatidir. Aqlni tabiat bermaydi, uni hayot davomida 
rivojlantirish kerak.
Intellektual rivojlanish - yosh avlodni tarbiyalashning eng muhim jihati.
O'quvchining intellektual rivojlanishining muvaffaqiyati asosan sinfda, o'qituvchi 
o'z o'quvchilari bilan yolg'iz qolganda erishiladi. Va uning tizimli, kognitiv faoliyatni
tashkil qilish qobiliyati o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqish darajasini, bilim 
darajasini, doimiy o'z-o'zini tarbiyalashga tayyorligini, ya'ni. ularning intellektual 
rivojlanishi.
Intellektual rivojlanish inson faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo'lib xizmat 
qiladi. Aloqa, o'qish, ishlashga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun odam dunyoni 
idrok qilishi, faoliyatning turli qismlariga e'tibor berishi, nima qilishi kerakligini 
tasavvur qilishi, eslab qolishi, o'ylab ko'rishi kerak. Shunday qilib, insonning 
intellektual qobiliyatlari faollikda rivojlanadi va o'zi   maxsus turlari   faoliyat.
  Va intellektual qobiliyat nimani anglatadi?
Intellektual qobiliyat - bu bir emas, balki ko'p turdagi faoliyatni bajarish uchun 
zarur bo'lgan qobiliyatlar.
Intellektual qobiliyat - bu xotira, idrok, tasavvur, fikrlash, nutq, e'tibor. Ularning 
rivojlanishi boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarni o'qitishning eng muhim 
vazifalaridan biridir.
Talabaning intellektual qobiliyatining rivojlanishi turli xil muammolarni hal 
qilmasdan amalga oshmaydi. Vazifa - bu kognitiv, qidiruv va   ijodiy jarayon , unda 
fikrning birinchi uyg'onishi ifodalanadi. Maktab amaliyotidan ma'lumki, biror 
narsani notanish tomondan ko'rib chiqishni talab qiladigan savollar ko'pincha 
bolalarni chalkashtirib yuboradi. Va bu tushunarli: axir ularga bu o'rgatilmagan. 
Ayni paytda, xuddi shu mavzuni o'ndan ko'rib chiqish foydalidir   turli tomonlar   bir 
tomondan o'n xil mavzuni o'rganishdan ko'ra.
O'quvchining intellektual rivojlanishining muvaffaqiyati asosan sinfda, o'qituvchi 
o'z o'quvchilari bilan yolg'iz qolganda erishiladi. O'quvchilarning o'qishga bo'lgan 
qiziqish darajasi, bilim darajasi, doimiy o'zini o'zi tarbiyalashga tayyorligi, ya'ni 
ularning intellektual rivojlanishi o'qituvchining "idishni to'ldirish va mash'ala 
yoqish" qobiliyatiga, uyushish qobiliyatiga bog'liq. tizimli bilim faoliyati. Har bir bola qobiliyat va iste'dodga ega. Bolalar tabiatan qiziquvchan va 
o'rganishga ishtiyoqlidir. Ular o'z iste'dodlarini namoyon etishlari uchun 
kattalardan aqlli yo'l -yo'riq zarur. O'qituvchining vazifalari: o'qitishning turli 
usullaridan, shu jumladan o'yinlardan foydalangan holda, bolalarning 
harakatchanligi va fikrlash moslashuvchanligini maqsadli ravishda rivojlantirish. 
Qayta qurish, almashtirish, qidiruv faoliyati jarayonlarini rag'batlantiring, bolalarni
fikrlashga o'rgating, muammolarga yaqinlashishga moslashuvchan bo'ling, 
o'ylamang, balki o'ylang. O'qish zavqini his qilish uchun o'zimiz xulosa chiqaramiz, 
yangi, o'ziga xos yondashuvlarni topamiz, ajoyib natijalarga, chiroyli echimlarga 
ega bo'lamiz
Hamma materiallar muammoli emas. Shu bilan birga, u bolalarga funktsional 
maqsadni bajaradigan vazifalar ko'rinishida ham taqdim etilishi kerak. Agar zaruriy
bilim harakatlari yosh o'quvchilarda shakllanmagan bo'lsa, u holda vazifalar 
didaktik mini-o'yin shaklida o'ynoqi tarzda taklif etiladi. Shunday qilib, o'qituvchi 
darsda o'quvchilarga yangi axborot asosida shunga o'xshash intellektual 
harakatlarni qayta -qayta bajaradigan topshiriqlarni maxsus rejalashtirishi kerak. 
Topshiriqni bajarish doimo yangi bilimlar uchun axborot bazasini kengaytiradi. 
Shunday qilib, intellektual harakatlarning bilimlari va usullari ko'p turli vazifalarni 
bajarish jarayonida o'zlashtiriladi. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy 
didaktik talabi - bu o'quv materialini tushunishga olib keladigan intellektual 
harakatlar aniqlanadigan rivojlanish vazifalari shaklida dars maqsadini belgilash. 
Rivojlanish topshiriqlarining muvaffaqiyati kuchli hissiy hodisalarni, shu jumladan 
"ruhiy quvonch" tuyg'usini keltirib chiqaradi.
Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining navbatdagi didaktik talabi o'quv 
jarayonida rivojlanish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga tayyorgarlik sifatida 
shakllantiriladi. Ta'limni rivojlantirish texnologiyasi o'quv jarayonining turli 
bosqichlarida qo'llaniladigan vazifalarga yana bir vazifani yuklaydi.   muhim talab - 
topshiriqlar nafaqat o'quvchilarni o'rganilayotgan narsalarni tushunishga undashi, 
balki tuzatuvchi vazifani ham bajarishi kerak.  
  Shu sababli, taklif etilayotgan o'qitish texnologiyasidan intellektual salohiyati 
yuqori bo'lgan bolalar bilan ishlashda, shuningdek, aql darajasi o'rtacha bo'lgan 
bolalar bilan ishlashda foydalanish mumkin. Mantiqiy va ijodiy tafakkurni, 
rekreatsion va ijodiy tasavvurni, analitik-sintetik idrokni va mantiqiy xotirani, 
darsdan darsga, ularning mazmunini dars mavzusiga mos ravishda o'zgartirish, 
harakatlarni bajarish usullarini ko'p marta, faqat asta-sekin takrorlash. ularning 
murakkablik darajasini oshirish. Mavzu: O‘smirlik davrida qo ‘rquv hissi.
O‘smirlik davridagi barcha   nomunosib harakatlar bir onda o‘tib ketadigan 
xohishlarning   ko‘pligidan va   kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra
bilishlikdan kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va engillik 
bilan amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tarzidagi ishlardan
boshlanadi. Biroq, aslida   esa bu ishlarni amalga oshirishga o‘smirlarning 
imkoniyatlari etmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir 
qiladi.   Agarda o‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular 
o‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. O‘smirlar, 
o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak narsani ko‘ra 
olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlarga tomon yo‘llaganda o‘zlarini 
vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari ham mumkin.  O‘quvchilarni o‘z xatti-
harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga 
o‘rgatish tarbiyachilarning asosiy vazifasidir.
O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar,   ular uchun 
bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar,   bir xildagi ish 
bilan qiziqmay qo‘yadilar,   bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga   kuchli
ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni 
turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish ham da, 
qiyinrok, lekin kuchlari etadigan ishlar bilan shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir.
«O‘smirlik Yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy 
muhitga etilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, 
ana shu muhit uchun kurasha   boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan
tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z   shaxsini tasdiqlash ga intiladi.
Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga   erishishlarida 
yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga 
imkon berishlari lozim. Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori 
qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qimmatlari 
tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi   chiqib, salbiy ishlar va xatti-
harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib,   ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash 
shakllanmagan bo‘ladi. Ular   tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan  bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. 
Tashqi   ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga   sabab 
bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan   bo‘ladi. Shuning 
uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi   kattalarning, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni 
ko‘rsatishlariga   qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar.   O‘smirlarga 
farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni   ko‘ra bilishlik kabi 
psixik   xususiyatlar hali etishmaydi.   Tengdoshlari, Shuningdek,   sinfdoshlari 
guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir 
o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani   holda shu guruhning umumiy fikriga 
qo‘shilishiga va uning qarorini   doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha 
o‘smirda   «biz» h issining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki 
holatini   mustahkamlaydi. O‘smir Yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda 
katta   ahamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi.   Do‘stlar 
doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj   sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir 
do‘stlarning hol-ahvol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchoq ochib 
ko‘rishish) birga o‘tirish va   birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgana 
ana shunday   juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib 
shakllanishida,   hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida   bir 
umrga saqlanib qoladi.
O‘ smir Yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlarining kuchlari 
etmaydigan qarama-qarshiliklar   paydo bo‘ladi.   Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p 
orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va 
moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda   cheklangan hamda ko‘p 
jihatdan etarli bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir.O‘smirning 
o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi 
bo‘lib qolganligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu 
tuyg‘uni etarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. Bu o‘z navbatida 
kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agressivlikni hamda ota-onalar bilan 
o‘qituvchilarning maslahat va talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor 
alomatlarini ham keltirib chiqaradi.
”Oltinchi sinf muammolari”ga bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu Yoshdagi 
bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning 
pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon
bo‘lgan: Oltinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq 
qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishadi. Mavzu: Yoshlik davrining psixologik xususiyatlari
1. YOshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari
Yosh psixologiyasida yoshlik odatda jinsiy voyaga etish bilan boshlanib, 
kattalikning boshlanishi bilan yakunlanuvchi rivojlanish bosqichi sifatida 
belgilanadi. Bundagi birinchi chegara – fiziologik chegaradir. Ikkinchisi esa – 
ijtimoiy. Bu yosh davri murakkab va ko‘pqirralidir.
2. Jismoniy rivojlanish
Erta yoshlik – inson jismoniy rivojlanishining yakunlanish davri. Tananing bo‘yiga 
o‘sishi o‘smirlik yoshiga nisbatan sekinlashadi. Qizlar 16–17 (farq 13 oy) yosh 
orasida, yigitlar 17–18 yosh orasida (farq 10 oy) to‘la bo‘yga etadilar. Bolalar 
qizlardan vazn bo‘yicha biroz ortda qolishi o‘rnini qoplaydilar. Mushaklar kuchi 
juda tez ortadi: 16 yoshli bola bu jihatdan 12 yoshli boladan deyarli ikki barobar 
ustunlik qiladi.
3. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati
Yosh yigit bola va katta yoshdagi odam o‘rtasidagi oraliq holatda turadi. Hayot 
faoliyatining murakkablashishi bilan yoshlarda nafaqat ijtimoiy rol va qiziqishlar 
doirasining miqdoriy kengayishi, balki ularning sifat o‘zgarishi ham ro‘y beradi.
4.   Psixologik xususiyatlar
15-16 yoshli odamning umumiy aqliy qobiliyatlari, odatda, allaqachon shakllanib 
bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular 
mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash 
va tushunchalar apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini 
mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu esa ularni kattalar faoliyatiga 
yaqinlashtiradi.  Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi.
Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan 
foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko’ngilsizliklar vujudga
kelganini anglay boshlayli. O’ziga o’zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik 
xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o’zgarishlar, umrning tez o’tishi, kishini qattiq 
tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan 
unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu istaklarini amalga oshirish uchun 
jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida  «turg’unlik» tuyg’usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda 
mnemologik-attentsion majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik 
markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro’y beradi.
Attentsional xolatning   omilari saqlanib qoladi , lekin katta yoshdagi inson 
intellektida xotira va taffakur muhim o’rin tutadi. Biroq o’zgarishlar uning ruhiy 
dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg’ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs 
xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo’lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg’usi, 
kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy 
imkoniyatlardan to’laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Bu xol butun kuch-
quvvat, aqliy, zo’riqish, iroda kuchi, asab   taranglashuvi xisobiga emas , balki 
muayyan ko’nikma, malaka va mahorat asosida ro’y beradi.
 Qarilik davri yosh psixologiyasida boshqa davrlardan keskin farq qilishi bilan 
ajralib turadi. Bu davrga kelib, inson mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira 
boshlaydi. Qarilik davrida oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashash 
maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofdagilarga yangicha mezon bilan 
qaray boshlaydi. Bu yoshda   keksalar ijtimoiy hodisalar , kundalik turmush 
muammolarini tajribaviy vazminlik, sabr-toqatlilik, uzoqni ko‘ra olishlik va yana 
boshqa pozitsiyalaridan turib ijobiy hal qiladilar. 
Keksalar har bir voqea-hodisa va narsalarning yaxshi oqibatidan oldin, avvalo, 
uning yomon oqibatlari haqida o‘z mulohazalarini shakllantirish qobiliyatiga ega. 
Hayotda qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar ularning “Yetti 
o‘lchab, bir kes” xalqona tamoyiliga asosan hayot faoliyatini olib borishlarini 
taqozo etadi. Inson keksaygan sari umrining biror daqiqasi behuda o‘tishiga 
achinadi, yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat va donishmandlik bilan 
to‘ldirishga intiladi.
Shu bilan birga keksalik davrida biologik organning zaiflashuvi psixik 
jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa bilish jarayonlari (sezgi, idrok,
xotira, tafakkur...), axloq (hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik...) va aql-zakovat 
(aql, bilim,   ijtimoiy tajriba , mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka...) kabi ruhiy 
holatlarda o‘z aksini topadi. 
Bu davrda sezgi organlarining zaiflashuvi, asab sistemasining kuchsizlanishi, 
xotira, tafakkur, diqqatni to‘plashning qiyinlashuvi, unutish jarayonining 
kuchayishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, keksalarda ma’naviy-ruhiy 
jihatdan o‘zligini anglashning   yanada takomillashuvi , o‘z-o‘zini baholash, nazorat 
qilish, o‘z-o‘ziga buyruq berish kabi mezonlar, mas’uliyat hissining ortishi, 
kelajakka intilish, ishchanlik qobiliyatining saqlanishiga olib keladi. Mavzu:  Biologik keksayish.
1. Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.
2.
Etuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
3.
Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
           Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari
Yoshlik davri 23—28 Yoshlarda bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy 
hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab 
chiqarishda mehnat faoliyatini amalt oishrishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati 
quyidash uchta muhim belshsi bilan boshqa Yosh davrlaridan farkdanadi: 1) mutaxassislikning 
mohiyatiga, ishlab chikrrish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga 
moslashish (ko‘nikish) — mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) 
yoki jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o‘zini 
takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi 
— 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) 
mahorat sirlaridan foyda- lanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida 
bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.
YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga 
ertaroqva kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida Yosh jihatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan,
kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mehnat faoliyatini oliy ma’lumotli Yoshlardan 
oldin boshlaydilar, biroqular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart.
Hozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy 
ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan 
boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir; 
ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, 
mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakger xislatlari, ishlab chiqarish 
jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo; b) bilim va bilishga oid 
qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaningcheklanganligi, 
ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar; v) 
mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchilik- lar; ishlab chikdrishning mohiyash, 
xususiyash, texnologiya, quriyamalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shliga yoki ular bilan 
etarli darajada tanishmaganlik, kasbningiqgasodiy negazini to‘la anglab etmaslik, xavfsizlik 
texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash 
murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni enshsh davrida insonning 
ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqsor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.
Psixofiziolog P.PLazarevning fikricha, eshitish, ko‘rish, periferik va kinestetik sezgirlikning 
o‘zgarishi 20 Yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako 
kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 Yosh deb hisobladilar. 
B.G.Anan’ev o‘zining ilmiy- tadqiqotlarida Yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishlarni 
murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik 
funkdiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo bo‘lishidan metobolizm — 
modda almashinuvgacha), hatgo shaxsningxususiyatigacha bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga qamrab  olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali 
ko‘rsatib o‘tadi.
Ko‘zlarning farqlashdagi sezgirlish inson Yoshiga qarab o‘zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov 
sezgirlikning ortishi 25 Yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 Yoshdan keyin ham 
davom qiliishni ta’kidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional 
darajasining oshishi 23—27 Yoshdaga yigit va qizlarda   44   foiz, funksional holatining 
barqarorlashuvi 19,8 foiz, funksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu ma’lumotlar 
kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o‘sish jihatlarining o‘zaro munosabata har xil 
kechishini ko‘rsatib turibdi. YU.N.Kulyutkin katga kishilarningdiqqat, xotira, tafakkur, bilish 
jarayonlarini birgalikda o‘rgangan. YU.N.Kulyutkin o‘z tadqiqotida 0—130 shkalagacha oraliqni
tekshirib, 22—25 Yoshlarda diqkdt va xotira 100,5, tafakkur 102,5 ballga tengligini, 26—29 
Yoshlarda esadiqqat 102,8, xotira 97,0, tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik 
olim V.SHevchuk voyaga etgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqgasini tadqiq kilib, 
11—20 Yoshlar oralishda u 12,5 foiz, 21—30 Yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. 
Ziyolilarning ilmiy mahsuli dinamikasini o‘rgangan Z.F.Esareva uning boshlanishi 
matematiklarda 18—23, fiziklarda 24—27, biologlarda 25—31, psixologlarda 27—30, 
tarixchilarda 27—32, filologlarda 28—33 Yoshlarni tashkil qilishini ko‘rsatib o‘tadi.
Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o‘rgangan V.SHevchuk ijtimoiy faoliyatga 
kirishishning eng yuqori cho‘qqisi 25 Yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45,4 foizida 
bo‘lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan Yosh davrlarida insonning jamoatchilik 
faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 Yoshda 3 foizga teng bo‘ladi.
Kishilarda ko‘rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o‘rgangan L.N.Kuleshova va 
M.D.Aleksandrova 18—35 Yoshlardagi haydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, 
normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo‘yicha normadan kam bo‘lishini ta’kidlaydilar.
23—28 Yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o‘zgarishi, takomillashuvi: ko‘rish 
maydonining ko‘lami, ko‘z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; 
anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o‘zgarmasligining o‘sishi boshqa fao- liyat va 
ko‘rish ta’sirchanliga, qisqa muddatli ko‘rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo‘ladi: 
22—25 Yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) 
va atgensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat bo‘ladi.
Yoshlikdavrida yigit-qizlar kamolotigauchta muhim psixoloshk mexanizm, ya’ni mehnat 
jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi 
psixologik muhit, ma’naviyat olami, barqaror maslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, 
muayyan an’analar va odatlar yansh a’zoning xarakgerida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga 
keltirishi mumkin. Mazkur ta’sir natijasida asga-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki
muayyan shaxsiy nuqgai nazar yo‘qolishi mumkin. Mehnat jamoasit yanga qo‘shilgan a’zo unda 
o‘z o‘rni va qadr-qimmatini kdror toptirish uchun bir qator yon berishga, o‘z maslagidan sal 
bo‘lsa-da chetlashishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘l jamoadagi psixologik muhitga moslashishi 
maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi quyilgan 
qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakgerini shakllantiruvchi yoki uning 
mustaxqam ichki rishtalarini emiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijgimoiy fikrdir. Jamoaga 
bo‘ysunish har bir a’zoning burchidir.
Ayrim hollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari hislar,
shaxsiy nuqgai nazar bo‘shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yoshlik
gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva- buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, 
turmush o‘rtog‘iga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to‘g‘ri  muloqotda bo‘lipsh, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi shaxslararo 
munosabatning ko‘lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin 
oila tinchligi, totuvligi va ahilligiga halal bermaslik niyatida Yosh yigit va qizlar (kelinlar) 
vijdon amriga qarshi xatti-harakat qilishga ham majbur bo‘ladilar, o‘z maslaklari, fikrlari, 
shaxsiy qarashlariga xilof yo‘l tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a’zosi bilan umumiy "til" 
topishga intiladilar. SHunga ko‘ra, oila muhiti ham yigit va qizlarning ruhiyati hamda 
ma’naviyatini o‘zgartiradigan omil vazifasini o‘taydi.
Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar 
odatda shaxsiy mayli, qiziqishi,   intilishi , orzu-istaga, maqsadi, qarashlari, Yoshi va xulqi bir-
biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngilchanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli 
Yoshlar xarakterida o‘zgarishlar yuzaga keladi. YUksakhislar, barqaror e’tiqod, ilmiy 
dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari poymol bo‘ladi, ya’ni 
"Do‘stinguchun zahar yut" qabilida ish tutiladi. Natijada mas’uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, 
ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. SHuni alohida ta’kidlash 
kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni, ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalarni egallash 
imkoniyati ham bo‘ladi. SHu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqgai nazaridan yondashmay, 
uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga ham harakat qilish ayni mudsaodir.
Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, 
aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqsiri, mo‘l-ko‘lchiligi, farovonlish, qudrati, 
madaniyati Yoshlarga bog‘liq, Shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, 
shakllanayotgan ma’naviy va ruhiy olami hech kimni befarq qoldirmaslik kerak.
8.2. Etuklik davrining birinchi bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari
Kamol topishning bu bosqichiga 28—35 Yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Etuklik davrida 
odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, 
ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda 
mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaliga ularni istiqbol sari etaklaydi. Etuk 
shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar 
bo‘ladi. U endi faqat o‘zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari 
uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan 
Yoshlarning o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuyadi, ularga imkoniyat 
boricha erdam berishga intiladi.
Etuklik kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g‘amxo‘rlik, homiylik davridir. Boshqa Yosh 
davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz bo‘ladi. Bu davrda inson qanday
ishlarni amalga oshirishga, kdysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, 
tushunmovchiliklar sababli ko‘ngilsizliklar vujudga kelganlishni anglay boshlaydi. O‘ziga o‘zi 
hisob berish shu davrning muhim psixoloshk xususiyatlaridan biridir. Organizmdash ayrim 
o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi 
hayotninghar bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu-istaklarini amalga 
oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari etishmaslishni anglash uning psixikasida 
"turg‘unlik" tuyg‘usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33—35 Yoshlarda mnemologik 
— attension majmua tubdan qayta qurilishidir. YAxlit mnemologik markazning mnemik (xotira)
va mantiqiy (tafakkur) qismlarga ajralishi ro‘y beradi. Attensional holatning omillari saqlanib 
qoladi, lekin katga Yoshdagi inson intellekti tarkibida xotira va tafakkur muhim o‘rin tutadi. 
Biroq o‘zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinma- larida, his-tuyg‘ularida chuqur iz 
qoldirmaydi, etuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo‘lgan tasavvur obrazlari (Yoshlik 
tuyg‘usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qolaveradi Mavzu: Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik 
xususiyatlari.
Nafaqa Yoshiga to‘lgan kishilarning ishni davom etgirish istash va ulardan foydalanish ehtiyoji 
tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va 
uning shogardlari ta’kiddaganidek, 60 Yoshdan oshgan odamlarning somatik sihatliligi ularning 
ishlab chiqarishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi 
ishlashda qay darajada yordamlashishini, sog‘lom keksa odamning psixo- fiziologik funksiyalari,
psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyat- lari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-
kelmas- ligini aniqlashdan iboratdir. SHularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita 
psixologlarning zimmasida bo‘lib, Yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning 
o‘zgarishi psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganilishi lozim. Bu usulda 
bir qancha elat, jamoa hududning xuddi shu Yoshdagi aholisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning 
bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning Yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.
Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning
fiziologak va gistologak tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi 
o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida 
ifodalangan.
Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik davrida miyaning og‘irliga 20-30 foiz 
engallashadi: b) bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya 
kuchayadi; v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, 
bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va etuk Yoshdagi odamlarga 
qaraganda 3—4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi.
Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayra- larining umumiy miqsori kamayadi, bu 
o‘zgarish qobig‘ining III-V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining mikdori keskin 
kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi etuk kyshilart nisbatan 25 foiz ko‘p bo‘ladi; 3) nerv 
hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; 4) nerv tolalari 
yo‘g‘on- lashadi; 5) xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi.
Sensor-perseptiv funksiyalarning	 qariish.   Ko‘rish funksiyasining Yosh davri dinamikasiga 
bag‘ishlangan qator tadqiqotlar mavjud bo‘lib, amerikalik psixolog Kruk tadqiqotining 
ma’lumotlariga qaraganda, agar vaqg hech bir cheklanmasa, ko‘ruv stimullarini idrok qilish 20—
50 Yoshli odamlarda bir tekis, aniq va to‘g‘ri   amalga   oshishi mumkin. Mabodo vaqg cheklangan
bo‘lsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqg namoyish qilinsa, qo‘zg‘atuvchining kuchi o‘zgarib 
tursa, Yoshlar bilan kattalar o‘rtasida keskin farq vujudga keladi. Oddiy turmushda bu hol 
jismlarga uzoq muddat termulish imkoniyati va sun’iy yorug‘liqdan foydalanish ko‘ruv idroki 
pasayishining oldini oladi va muvaqqat uzilishni barham toptiradi. L.E.Birron va L.Botvinnik 
quyidagicha xulosa chiqardilar: sensor axborotni qayta ishlash va stimullarni baholash uchun 
keksa kishilarga ko‘p vaqg kerak. Ko‘rish pasayishining ikkita sababi bo‘lib, biri ko‘z 
gavharining torayishi, ikkinchisi ko‘z akkomodatsiyasining yomon- lashuvidir.
S.Pakoning fikricha, idrok qilinayotgan ob’ekt va uning stimullari qanchalik murakkablashib 
borsa, tajribada Yosh davrining farqlari shunchalik ortib boradi. Bir guruh psixologlarning uqdirishicha, idrok funksiyasidagi Yosh davriga bog‘liq pasayishning 
asosiy sabablaridan biri miya po‘stining gnostik zonasidagi neyronlar miqdorining kama- 
yishidir. U.Mayls va A.Uelford uning pasayishini aytganlar.
Eishtish.   Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 14—15 Yoshlarga to‘g‘ri keladi, undan 
keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko‘pgina olimlarning fikricha, inson 
Yoshining ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mo‘‘tadil holat hisoblanib, organizmning 
biologik qarishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdaga kuchli shovqin 
odamning eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish uquvini yuqotish erkaklarda ayollarga 
qaraganda kup uchraydi.
Ta’m bilish sezgisida ham Yosh ulg‘ayishi va keksalik tufayli ayrim o‘zgarishlar vujudga keladi.
Masalan, nordon, shirin va achchiq- ni sezish 50 Yoshgacha keskin o‘zgar- masa-da, lekin undan
keyinsh o‘sish davrida maza surg‘ichlari miq- dorining kamayishi evaziga sezsh chegaralarining 
kengayishi sodir bo‘ladi.
Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning 
boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezshrligi kamayishining sabablari havoning 
ifloslanishi, zaharli va ko‘lansa hidsh moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A 
vitamini etishmas- ligidir.
Keksayganda og‘riq va teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish sezshrlish ham Yosh 
o‘tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi degenativ o‘zgarish ana shu holatni 
keltirib chiqaradi.
9.3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi
Keksayish davriga 61(56)—74 Yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil 
xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa Yosh davrlardagilardan ajralib turadi. 
Mazkur Yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo 
iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar; b) nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin
ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan 
odamlar. Ularninghis-tuyg‘ulari yashash tarziga muvofiq namoyon bo‘ladi. Ularning his-
tuyg‘ulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuyg‘usiga ega 
bo‘lgan, o‘z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror, 
osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat go‘zalliklaridan 
bahramand bo‘layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan 
kishilar. Ularning bir guruhi moddiy boylikni ma’naviyat bilan qo‘shib olib borishga intilsalar, 
boshqalari to‘plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini xotirjam, 
zahmat chekmay o‘tkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur Yoshda
yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli hisoblanadi.
Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib 
keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rta- sidagi
farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, 
xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat 
(aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o‘z 
aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaifliqdan 
tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (ko‘z Yoshi quvonchdan 
bo‘lsa — irodaning zaifligini ko‘rsatadi, g‘am-g‘ussa, o‘kinish, tug‘yon sababli bo‘lsa his-
tuyg‘uni boshqarish imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatadi). Ayollarning tabiiy azobdan (tug‘ish, bola 
tarbiyasi) tashqari xizmat,   oila tashvishi , yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi  tashqi qo‘zg‘atuv- chilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab 
sistemasining buzilishi, irodaviy zo‘riqish, aqliy tanglik holatlari).
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruhiy dunyosini o‘rganish bo‘yicha 
tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.SHevchuk mazkur Yoshdagi odamlarning ijtimoiy 
faoliyatda qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 Yoshlilarning 24,1 foizi, 70 Yoshlilarning 17,4 
foizi, 75 Yoshlilarning 7,7 foizi ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab 
muallimlarining ilmiy mahsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika, 
fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari o‘rtasida keksayishning birinchi 
bosqichida (61—66 Yoshlarda) bir oz farq mavjud bo‘lsa-da, uning ikkinchi bosqichida (67-72 
Yoshlarda) o‘sha tafovut ham yo‘qolib borishini ta’kidlavdi. L.I.Zaxarova esa keksayish 
davridagi erkak va ayollarning oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko‘rish 
maydonining chegarasi uchun quyidagilar muhim rol o‘ynashini uqtiradi: 1) ko‘rish yo‘llari 
analizatori chekka qismlarining holati; 2) markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 3) 
insonning Yoshi; 4) ko‘rish analizatorining faoliyat ko‘rsatish sharoiti; 5) insonning jinsi.
Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni o‘lchash uchun 1939 yilda maxsus test ishlab 
chiqqan va "Katta kishilar aqlini o‘lchash va baholash" nomli kitobida test o‘tkazish usuliyatini 
batafsil bayon qilgan.
D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday Yoshdagi shaxsning akdiy kamolot 
darajasini mazkur Yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bo‘ladi. Buning uchun muallif aql 
koeffitsienti atamasidan foydalanadi:
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu hol faollikni, istiqbol 
rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "O‘g‘limni uylantirsam, dunyodan armonim yo‘q"
qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati 
betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-urug‘lardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat 
imkoniyatiga ega bo‘lgan qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan 
ko‘ngillari sira to‘lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib 
beradilar. Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi 
nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko‘lamdagi axborotlarni o‘zgalarga uzatish imkoniyatiga 
ega.
Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 14—15 Yoshlarga to‘g‘ri keladi, undan keyingi 
kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko‘pgina olimlarning fikricha, inson Yoshining 
ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mo‘‘tadil holat hisoblanib, organizmning biologik 
qarishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdaga kuchli shovqin odamning 
eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish uquvini yuqotish erkaklarda ayollarga qaraganda 
kup uchraydi.
Ta’m bilish sezgisida ham Yosh ulg‘ayishi va keksalik tufayli ayrim o‘zgarishlar vujudga keladi.
Masalan, nordon, shirin va achchiq- ni sezish 50 Yoshgacha keskin o‘zgar- masa-da, lekin undan
keyinsh o‘sish davrida maza surg‘ichlari miq- dorining kamayishi evaziga sezsh chegaralarining 
kengayishi sodir bo‘ladi.
Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning 
boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezshrligi kamayishining sabablari havoning 
ifloslanishi, zaharli va ko‘lansa hidsh moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A 
vitamini etishmas- ligidir.

Mavzu: O‘smirlar rivojlanishi psixologiyasi fanining predmeti,maqsad va rivojlanishi Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga,

oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi mavzusiga doir o‘z qarashlarini bildirganlar. Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari “Hikmat ma’nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi” kabi asarlarida o‘z aksini topgan. Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o‘zining “O‘tmish yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning fikricha, inson uzoq umr ko‘rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ibn Sino inson umri va Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolarini “Odob haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida   inson organizmining tuzilishi , undagi nerv tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar xususida bir qancha ma’lumotlar keltirgan. Ilmiy psixologik adabiyotlarda qayd etilishiga ko‘ra Yosh davrlari psixologiyasi fani 19-asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi YUnon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jaxon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.SHtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevioristik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. SHuningdek, mazkur fan metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlarda keltirilgan emperik ma’lumotlar asosida Yosh davrlari psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va xolatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Quyida ana shu omillar haqida bayon qilamiz: 1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyusiya g‘oyasining (CH.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi;

2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti xarakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun etarli emasligini e’tirof etish; 3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olinganligi; 4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chikarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uylari, koloniyalar, maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar, va boshqalar)ning extiyojlari ortib borayotganligi; 5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, neyroxirurgiya, bolalar va kattalar potologiyasi,   genetika , oliy nerv faoliyati va xokozolar bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi hamda psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi; 6.YUridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli o‘rin egallayotganligi hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ortib borayotganligi (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, voyaga etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi); 7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotganligi va turmushning xar bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek o‘z o‘rnini topayotganligi (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, professiogramma, psixodiagnostika va xokozolarga talabning ortishi); 8.Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir, bilimlarga extiyoji va talabi ortayotganligi (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya) psixologiyaga aniq ma’lumotlarning zarurligi; 9.Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi; 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishlok xo‘jaligida kishilarning xaqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish bo’ladi.

Mavzu: Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi.

Mavzu: Psixik rivojlanish omillari muammolarini qo’yilishi. Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko’rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va tarbiyaga bog’liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng qo’lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funktsiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo’nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo’ladi va bu sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik, o’tkinchi xarakterda bo’ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo’lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi .   Bunday senzitivaik davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilgan qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo’ladi. Shunday qilib, bolaning, maktab o’quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha eritadi. Ma’lumki, har bir davr o’zining muhym hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterligi sifatlarning hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urgu berib o’tish maqsadga muvofiqdir. Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashqil etadi. Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi: 1.sensomotor intellekti-tug’ilgandan 2   yoshgacha ;