logo

Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.939453125 KB
“ Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi ” 
   REJA
1.  Markaziy Osiyoda parazit hayvonlarni o’rganilish tarixi.
2.  XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   chet   el   olimlarining   ilmiy
tadqiqotlari.
3.  XX   asr   o’rtalarida   parazitologiya   fanining   rivojlanishida   o’zbek
olimlarining roli.
4.  O’zbekistonda   xususiy   parazitologiya   fanlarining   shakllanishi   va
ularning ahamiyati. Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi
Markaziy   Osiyoda   odam   va   hayvonlarning   parazitlarini   o’rganish,
ularning   qo’zg’atadigan   kasalliklarini   davolash   hamda   oldini   olishga   qaratilgan
profilaktik choralarini amalda qo’llash kabi ishlarga aslida X va XI asrlarda yashab
ijod etgan mashxur  olimlarimiz Forobiy (873-950), Abu  Ali  Ibn Sino (980-1037)
kabilar asos solgan.
Markaziy   Osiyoda,   jumladan   O’zbekistonda   parazitologiyaning   fan   sifatida
shakllanishi XX asrning 20-yillaridan boshlanadi. Bungacha esa ayrim kuzatish va
tadqiqod   i щ lari   amalga   oshirilgan.   Masalan,   XIX   asrning   70-yillarida   rus
tabiatshunos   sayoxatchilaridan   A.P.Fedchenko(1869)   O’rta   Osiyo   bo’ylab
sayoxatida   har   xil   uy   va   ba’zi   yovvoyi   hayvonlarni   parazit   gelmintlari
kolleksiyasini   to’playdi.   Ushbu   kolleksiya   keyinchalik   nemis   gelmintologlari
Krabb   va   Linstovlarning   aniqlashicha   24   turdan   iborat   ekanligi   ma’lum   bo’ladi.
Naturalist   olim   A.P.   Fedchenko   sayohat   davomida   usha   davrda   Buxoroda   keng
tarqalgan va odamda parazitlik qiluvchi rishta nematodasining biologiyasi bo’yicha
ayrim   tadqiqot   ishlarini   ham   amalga   oshiradi.   U   birinchi   bo’lib   rishtaning   hayot
siklida siklop qisqichbaqasimoni oraliq xo’jayin bo’lishligini aniqlaydi.
1880-90   yillarda   harbiy  vrachlar   N.Arend,   L.   Geydenreyx,  M.Manoskovlar
teri leyshmaniozining klinik belgilarini yozishadi. Professor P.F. Borovskiy esa teri
leyshmaniozi   (sharq   kuydirgisi)   ning   qo’zg’atuvchilari   bir   xujaylari   hayvonlarga
mansub bo’lgan parazit leyshmaniyalar ekanligini aniqlaydi.
Markiziy   Osiyoda   parazitologiya   fanining   rivoji   tarixida   yangi   bosqichni
akademik   K.I.   Skryabinning   1909   yilda   Chimkent   va   keyinchalik   Avliyo   Ota
(hozirgi   Taraz)   shaharlarida   veterinariya   vrachi   bo’lib   ishlaganidan   boshlash
mumkin.   Usha   paytlari   yosh   mutaxassis   K.I.   Skryabin   kasal   hayvonlarni
gelmintologik   tekshiruvdan   o’tkazish   uchun   uni   barcha   organlarini   (hayvon
o’lgandan   keyin,   albatta)   to’la   ochib   ko’rish   usulini   qo’llaydi.   1909-1912   yillar
davomida   to’plangan   gelmintologik   materialini   Germaniya   va   Fransiya
mutaxassislari yordamida turlar tarkibini aniqlaydi. Umuman   olganda   O’rta   Osiyoda   parazitologiyaning   umumiy   va   xususiy
bo’limlarini   shakllanishi   hamda   rivojlanishi   akademiklar   K.I.   Skryabin,
Ye.N.Pavlovskiy   va   prof.   V.A.   Dogellarning   bevosita   yordami   hamda   ularning
shogirdlari V.S. Yershov, L.M. Isayev, N.V. Badanin, Ye.S. Kiryanova kabilarning
xizmatlari bilan bog’liqdir.
1930-40   yillarda   O’zbekistonda   parazitologiyaning   barcha   yo’nalishlari
bo’yicha   ilmiy-tadqiqot   ishlari   boshlanadi.   Bu   jarayonga   fanlar   akademiyasi
tarkibida   zoologiya   va   parazitologiya   ilmiy-tadqiqot   instituti,   Samarqanddagi
tibbiyot   parazitologiyasi   ilmiy-tadqiqot   instituti,   keyinchalik   O’zbekiston
veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi ham juda katta ijobiy rol o’ynadi.
O’zbekistonda  umumiy parazitologiya yo’nalishi  bo’yicha  biologiya fanlari
doktorlari,   professorlar   M.A.Sultonov,   S.O.   Osmanov,   D.A.   Azimov,   Q.S.
Samatov, M.Q. Qodirova va boshqalar yetishib chiqdi.
Prof.   M.A.   Sultonov   (1915-1974)   O’zbekistonning   uy   va   ovlanadigan
parrandalarning,   shuningdek   sut   emizuvchilarning   gelmintlari   faunasini   o’rganib,
bu   hayvonlarda   360   turdan   ortiqroq   chuvalchanglarni   topgan.   Ushbu
chuvalchanglar   orasida   eng   ko’p   turni   (148   tur)   nematodalar   va   lentali
chuvalchanglar   (122   tur)   tashkil   qilishini   aniqlagan.   Olimning   ilmiy   faoliyati
O’zbekiston   fanlar   akademiyasi   tasarrufidagi   zoologiya   va   parazitologiya
institutida  o’tib,  hayvonlarning   parazit   gelmintlari   faunasini   o’rganish   bilan  birga
ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullangan.
Biologiya   fanlari   doktori   S.O.Osmanov   (1912-1989)   O’zbekiston   suv
havzalaridagi   baliqlarning   parazit   hayvonlari   mavzusida   ilmiy-tadqiqot   ishlarini
olib   borgan.   Tadqiqot   ishlari   jarayonida   baliqlarning   parazitlarini   biologiyasi,
ekologiyasi,   sistematikasi   va   zoogeografiyasini   o’rganish   bilan   birga,   ushbu
parazitlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullangan. S.O.
Osmanovning   ma’lumotlariga   binoan   O’zbekistonning   turli   suv   havzalarida
yashovchi   baliqlarda   hammasi   bo’lib   364   tur   parazitlar   topilgan   va   bular   orasida
eng   ko’pini   chuvalchanglardan   monogenoidlar   (106   tur),   nematodalar   (43   tur)   va
trematodalar   (42   tur)   tashkil   etsa,   bir   xujayrali   parazit   hayvonlardan knidosporidiyalar   (68   tur)   va   infuzoriyalar   (25   tur)   turli-tumanliligi   bilan   ajralib
turadi. Baliqlarning parazitlari orasida shuningdek xivchinlilar (24 tur), sestodalar
(23   tur)   va   tuban   qisqichbaqasimonlar   (16   tur)   kabi   sinf   va   kenja   sinflarning
vakillari ham anchagina bo’lishini aniqlaydi.
O’zbekistonda   veterinariya   parazitologiyasining   shakllanishida
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor
N.V.   Badaninning   roli   kattadir.   Uning   butun   hayoti   va   ilmiy-pedagogik   faoliyati
O’rta   Osiyo,   jumladan   O’zbekistonda   turli-tuman   uy   hayvonlarini   parazit
chuvalchanglarini   o’rganish   bilan   o’tdi.   U   1932-39   yillarda   Ashxabodda,   1939
yildan umrining oxirigacha Samarqand qishloq xo’jaligi  institutida parazitologiya
kafedrasining   mudirligi   lavozimida   ishlab,   mahalliy   yoshlardan   20   dan   ortiq
malakali parazitolog olimlarni  tayyorlab yetkazdi. Bular  orasida fan doktorlari  va
professorlar   E.H.   Ergashev,   R.H.   Haitov,   N.M.   Matchonov,   J.Sh.   Shopo’latov,
V.M. Sodiqov, B.S. Salimov va boshqalarni aytib o’tish mumkin.
Prof. N.V. Badanin ilmiy faoliyati jarayonida O’rta Osiyo sharoitida qishloq
xo’jaligi va yovvoyi hayvonlarning gelmintoz kasaliklarini kelib chiqishi va ularni
oldini olish bo’yicha O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning turli hududlariga
tashkil qilingan 12 ta ilmiy-parazitologik ekspedisiyalarning 6 tasiga o’zi bevosita
rahbarlik qilgan. 
U   veterinariya   parazitologiyasi   muammolariga   bag’ishlangan   70   dan   ortiq
ishlarning   muallifidir.   Shulardan   bir   nechtatasi   monografik   xarakterdagi   ishlar
hisoblanadi.
O’zbekiston   Fanlar   akademiyasining   muxbir   a’zosi,   biologiya   fanlari
doktori,   professor   E.X.   Ergashev   O’zbekistonda   qo’y   va   echkilarda   uchraydigan
parazit   chuvalchanglar   va   ularning   keltirib   chiqaradigan   kasaliklarini   tahlil   qilib,
amaliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   ishlarni   olib   bormoqda.   Xususan,   uning   bevosita
ishtiroki   va   rahbarligida   chorva   hayvonlari   orasida   tarqalgan   gelmintozlardan
fassiolyoz,   dikroselioz,   exinokokkoz,   sistiserioz,   monezioz   kabi   kasalliklarni
profilaktikasi,   qarshi   kurash   choralari   va   davolash   usullarini   ishlab   chiqishda   o’z
hissasini   qo’shgan.   Hozirgi   vaqtda   professor   E.X.   Ergashev   veterinariya parazitologiyasi   yo’nalishida   yosh   olimlarni   yetkazib   berish   bo’yicha   tinmay
fidokorona ishlab kelmoqda. 
Biologiya   fanlari   doktori   Sh.A.   Azimov   O’zbekistonning   Shimoliy
viloyatlari   hududida   chorva   hayvonlarining   fassiolyoz   bilan   zararlanganlik
darajasini o’rganib, qoramollarning 49-52%, qo’ylarning va echkilarning esa 35%
dan 66% gacha kasallanganligini aniqlaydi. 
Ushbu kasallikning Samarqand viloyatida ham keng tarqalganlini prof. B.S.
Salimov qayd qiladi. U, shuningdek dikroseliozning qo’ylar orasida keng tarqalish
darajasini va uning sabablarini tahlil qiladi. 
O’zbekistonda   veterinariya   parazitologiyasining   rivojlanishida   O’zbekiston
veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining olimlarini xizmati kattadir.
Hozirgi   kunda   ushbu   institutda   faoliyat   ko’rsatib   kelayotgan   olimlardan
veterinariya   fanlari   doktorlari,   professorlardan   A.O.   Oripov,   M.A.   Aminjonov,
F.A. Niyazov va boshqalarni hurmat bilan tilga olish mumkin.
Veterinariya   instituti   ilmiy   xodimlari,   shuningdek   Zoologiya   institutida
faoliyat   ko’rsatayotgan   yetakchi   olimlardan   biologiya   fanlari   doktori,   prof.   J.A.
Azimovning   ma’lumotlariga   binoan   O’zbekistonning   turli   ekologik   muhitlarida
boqiladigan uy hayvonlaridan qo’ylarda 88 tur, qoramollarda 55 tur, echkilarda 48
tur, otlarda 53 tur, itlarda 32 tur, chuchqalarda, tuyalarda va eshaklarda 25 turdan
parazit chuvalchanglar topilgan.
Bundan   tashqari   birqator   gelmintoz   kasalliklari,   jumladan   fassiolyoz,
dikroselioz, exinokokkoz, senuroz, sistiserkoz, monezioz kabilarni, shuningdek uy
parrandalari   kasalliklarini   kelib   chiqishi,   zarari,   profilaktikasi,   davolash   usullari
hamda qarshi kurash chora-tadbirlarini asoslab berish kabi muhim ishlarni amalga
oshirishgan.
O’zbekistonda   tibbiyot   parazitologiyasining   shakllanishi   va   kelgusi
rivojlanishi   1923   yilda   Buxoroda   Tropinstitutining   tashkil   qilinishi   bilan
bog’liqdir.   Ushbu   institut   nafaqat   O’zbekistonda,   balki   butun   O’rta   Osiyo
hududida   odamning   parazit   hayvonlarini   va   boshqa   turli   kasallik
qo’zg’atuvchilarini o’rganuvchi yagona ilmiy-tadqiqot markazi edi.  Institut   1931   yilda   Samarqand   shahariga   ko’chirilib,   tibbiyot
parazitologiyasi   ilmiy-tadqiqot   instituti   deb   ataladigan   bo’ldi.   Institutning   tashkil
qilinishidan   boshlab,   qariyib   40   yil   davomida   professor   L.M.   Isayev   rahbarlik
qildi.   L.I.   Isayev   Buxorodagi   dastlabki   ish   faoliyatini   odamda   drakunkulyoz
kasalligini qo’zg’atuvchi rishta nematodasini biologiyasi, ekologiyasi, rivojlanishi
va   unga   qarshi   kurash   choralarini   ishlab   chiqish   va   ushbu   hududda   odamlarni
parazitdan qutultirish ishidan boshladi va qisqa vaqt (1931 yilda) ichida bu parazit
tamomila yo’q qilib tashlandi.
L.M.   Isayevning   bevosita   ishtiroki   va   mohirona   rahbarligi   tufayli
O’zbekiston   hududida   bezgak   kasalligini   va   uni   yuqtiruvchi   chivinlar
biologiyasini,   ekologiyasini,   ko’payishi   va   rivojlanishini   o’rganib,   juda   muhim
ilmiy   ma’lumotlarni   olishga   va   uni   amalda   qo’llashga   erishildi.   Vatanimizda
bezgak kasalligiga  qarshi  kurashda  erishilgan  muvaffaqiyatlar  uchun L.M.  Isayev
Davlat mukofoti laureati unvonini olishga muyassar bo’ladi.
U   o’z   shogirdlari   va   hamkasblari   (S.K.   Chinnoy,   T.   Zufarov,   R.R.
Magdiyev,   A.L.   Kolesova.   P.P.   Chinayeva,   A.I.   Lisova,   V.N.   Kazansev   va
boshqalar) bilan birga O’zbekistonda bezgak parazitlarini keskin kamaytirishda o’z
hissalarini qo’shdilar.
L.M. Isayev rahbarligida O’zbekistonda visseral leyshmaniozning tarqalishi,
uni qo’zg’atuvchi parazitlarning biologiyasi, kasallikni odamda kechishi, davolash
choralarini   o’rganish   bo’yicha   ham   qimmatli   ishlar   qilindi.   Bu   sohada   uning
shogirdlari N.A. Mirzoyan, S.G. Solonin va boshqalarning ham xizmatlari kattadir.
Institutda   odamning   gelmintoz   kasalliklari   (ankilostomidoz,   teniarinxoz,
gimenolipidoz, enterobioz,  askaridoz)  bo’yicha  ham  ko’pgina ahamiyatli   tadqiqot
ishlari   amalga   oshirilgan.   Bu   ishda   institut   olimlaridan   R.R.   Magdiyev,   T.A.
Abdiyev,   B.R.   Rustamov,   P..M.   Lerner,   A.N.   Brudastov,   L.N   Krasnonos,   Sh.X.
Xolmuxamedov kabilarning olib borgan ilmiy ishlari va uning natijalari e’tiborga
sazovordir.
Hozirgi   kunda   L.M.   Isayev   nomli   tibbiyot   parazitologiyasi   ilmiy-tadqiqot
istituti   olimlari   O’zbekiston   hududida   keng   tarqalgan   gelmintoz   kasalliklariga qarshi   kurash   choralarini   ishlab   chiqish   bilan   shug’ullanishidan   tashqari,
respublika   miqyosida   protozoy   kasalliklarini   tarqalishi   hamda   ularning
profilaktikasini   joriy   qilish   muammolari   bilan   ham   shug’ullanmoqda.   Ushbu
muammolar   bo’yicha   ham     amaliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   natijalarga
erishilmoqda.
Parazitologiya   fanining   yangi   tormoqlaridan   biri   hisoblanmish   agronomiya
parazitologiyasi   yoki   fitogelmintologiya   bo’lib,   O’zbekistonda   ushbu
yo’nalishdagi   ilmiy-tadqiqot   ishlari   1930   yillarda   boshlangan.   Professor
Ye.S.Kiryanova Toshkent viloyati sharoitida g’o’zaning yosh nihollariga parazitlik
qiluvchi   nematodalarni   topadi.   Lekin   vatanimizda   fitogelmintologiyaning   fan
sifatida shakllanishi professor  A.T.To’laganovning ilmiy faoliyati bilan bog’liqdir.
Uning 1932-1937 yillarda pomidorning fitonematodalarini o’rganish bo’yicha olib
borgan ilmiy-tadqiqot ishlari asos bo’lib hisoblanadi. 
Professor   A.T.To’laganovning   va   uning   shogirdlari   (A.I.Zemlyanskaya,
L.V.Tixonova, A.Z.Usmonova,Z.N.Norboyev, O.M.Mavlonov   va boshqalar) ning
ishlari   tufayli   O’zbekistonning   xilma   xil   tuproqlari   va   turli-tuman   o’simliklarida
500   turdan   ortiq   nematodalar   yashashi   aniqlangan.   Shuningdek   g’o’za,   kanop,
g’alla   ekinlari,   sitrus   ekinlari,   kartoshka,   poliz   va   sabzavot   ekinlarida   yashab,
parazitlik   qilib,   nematodoz   kasalliklarini   keltirib   chiqaruvchi   turlar   ham
aniqlangan.   Bunday   parazit   nematodalarning   20   dan   ortiq   turi   tarqalgan   bo’lib,
ulardan bo’rtma nematodalari, bug’doy nematodalari sitrus nematodasi, kartoshka
nematodasi, poya nematodalari kabi keng tarqalgan parazit turlarning biologik va
ekologik   xususiyatlari,   tarqalishi,   zarari,   qarshi   kurash   choralari   va   profilaktikasi
ishlab chiqilgan. 
Biologiya fanlari doktori, professor Norboyev Z.N. (1936-1997) tomonidan
O’zbekistonning   shimoliy   viloyatlarida   madaniy   va   yovvoyi   o’simliklarda   sista
hosil   qiluvchi     va   bo’rtma   nematodalarining   bir   nechta   turlari   tarqalganligi
aniqlandi.
Biologiya   fanlari   doktori,   professor   O.M.Mavlonov   esa   1976-90   yillar
davomida O’zbekistonning janubiy viloyatlarida g’o’za va ayrim texnik ekinlarda parazitlik   qiluvchi   bo’rtma   nematodalaridan   5   ta   turini   biologik   va   ekologik
xususiyatlarini,   o’simliklarga   zarar   keltirish   darajasini,   profilaktikasi   va   qarshi
kurash choralarini ishlab chiqishi bilan fitogelmitologiya faniga o’zining juda katta
xissasini qo’shdi. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“ Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi ” REJA 1. Markaziy Osiyoda parazit hayvonlarni o’rganilish tarixi. 2. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida chet el olimlarining ilmiy tadqiqotlari. 3. XX asr o’rtalarida parazitologiya fanining rivojlanishida o’zbek olimlarining roli. 4. O’zbekistonda xususiy parazitologiya fanlarining shakllanishi va ularning ahamiyati.

Markaziy Osiyoda parazitologiya fanining rivojlanishi Markaziy Osiyoda odam va hayvonlarning parazitlarini o’rganish, ularning qo’zg’atadigan kasalliklarini davolash hamda oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarini amalda qo’llash kabi ishlarga aslida X va XI asrlarda yashab ijod etgan mashxur olimlarimiz Forobiy (873-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037) kabilar asos solgan. Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda parazitologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asrning 20-yillaridan boshlanadi. Bungacha esa ayrim kuzatish va tadqiqod i щ lari amalga oshirilgan. Masalan, XIX asrning 70-yillarida rus tabiatshunos sayoxatchilaridan A.P.Fedchenko(1869) O’rta Osiyo bo’ylab sayoxatida har xil uy va ba’zi yovvoyi hayvonlarni parazit gelmintlari kolleksiyasini to’playdi. Ushbu kolleksiya keyinchalik nemis gelmintologlari Krabb va Linstovlarning aniqlashicha 24 turdan iborat ekanligi ma’lum bo’ladi. Naturalist olim A.P. Fedchenko sayohat davomida usha davrda Buxoroda keng tarqalgan va odamda parazitlik qiluvchi rishta nematodasining biologiyasi bo’yicha ayrim tadqiqot ishlarini ham amalga oshiradi. U birinchi bo’lib rishtaning hayot siklida siklop qisqichbaqasimoni oraliq xo’jayin bo’lishligini aniqlaydi. 1880-90 yillarda harbiy vrachlar N.Arend, L. Geydenreyx, M.Manoskovlar teri leyshmaniozining klinik belgilarini yozishadi. Professor P.F. Borovskiy esa teri leyshmaniozi (sharq kuydirgisi) ning qo’zg’atuvchilari bir xujaylari hayvonlarga mansub bo’lgan parazit leyshmaniyalar ekanligini aniqlaydi. Markiziy Osiyoda parazitologiya fanining rivoji tarixida yangi bosqichni akademik K.I. Skryabinning 1909 yilda Chimkent va keyinchalik Avliyo Ota (hozirgi Taraz) shaharlarida veterinariya vrachi bo’lib ishlaganidan boshlash mumkin. Usha paytlari yosh mutaxassis K.I. Skryabin kasal hayvonlarni gelmintologik tekshiruvdan o’tkazish uchun uni barcha organlarini (hayvon o’lgandan keyin, albatta) to’la ochib ko’rish usulini qo’llaydi. 1909-1912 yillar davomida to’plangan gelmintologik materialini Germaniya va Fransiya mutaxassislari yordamida turlar tarkibini aniqlaydi.

Umuman olganda O’rta Osiyoda parazitologiyaning umumiy va xususiy bo’limlarini shakllanishi hamda rivojlanishi akademiklar K.I. Skryabin, Ye.N.Pavlovskiy va prof. V.A. Dogellarning bevosita yordami hamda ularning shogirdlari V.S. Yershov, L.M. Isayev, N.V. Badanin, Ye.S. Kiryanova kabilarning xizmatlari bilan bog’liqdir. 1930-40 yillarda O’zbekistonda parazitologiyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanadi. Bu jarayonga fanlar akademiyasi tarkibida zoologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqanddagi tibbiyot parazitologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, keyinchalik O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi ham juda katta ijobiy rol o’ynadi. O’zbekistonda umumiy parazitologiya yo’nalishi bo’yicha biologiya fanlari doktorlari, professorlar M.A.Sultonov, S.O. Osmanov, D.A. Azimov, Q.S. Samatov, M.Q. Qodirova va boshqalar yetishib chiqdi. Prof. M.A. Sultonov (1915-1974) O’zbekistonning uy va ovlanadigan parrandalarning, shuningdek sut emizuvchilarning gelmintlari faunasini o’rganib, bu hayvonlarda 360 turdan ortiqroq chuvalchanglarni topgan. Ushbu chuvalchanglar orasida eng ko’p turni (148 tur) nematodalar va lentali chuvalchanglar (122 tur) tashkil qilishini aniqlagan. Olimning ilmiy faoliyati O’zbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi zoologiya va parazitologiya institutida o’tib, hayvonlarning parazit gelmintlari faunasini o’rganish bilan birga ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullangan. Biologiya fanlari doktori S.O.Osmanov (1912-1989) O’zbekiston suv havzalaridagi baliqlarning parazit hayvonlari mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Tadqiqot ishlari jarayonida baliqlarning parazitlarini biologiyasi, ekologiyasi, sistematikasi va zoogeografiyasini o’rganish bilan birga, ushbu parazitlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullangan. S.O. Osmanovning ma’lumotlariga binoan O’zbekistonning turli suv havzalarida yashovchi baliqlarda hammasi bo’lib 364 tur parazitlar topilgan va bular orasida eng ko’pini chuvalchanglardan monogenoidlar (106 tur), nematodalar (43 tur) va trematodalar (42 tur) tashkil etsa, bir xujayrali parazit hayvonlardan

knidosporidiyalar (68 tur) va infuzoriyalar (25 tur) turli-tumanliligi bilan ajralib turadi. Baliqlarning parazitlari orasida shuningdek xivchinlilar (24 tur), sestodalar (23 tur) va tuban qisqichbaqasimonlar (16 tur) kabi sinf va kenja sinflarning vakillari ham anchagina bo’lishini aniqlaydi. O’zbekistonda veterinariya parazitologiyasining shakllanishida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor N.V. Badaninning roli kattadir. Uning butun hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda turli-tuman uy hayvonlarini parazit chuvalchanglarini o’rganish bilan o’tdi. U 1932-39 yillarda Ashxabodda, 1939 yildan umrining oxirigacha Samarqand qishloq xo’jaligi institutida parazitologiya kafedrasining mudirligi lavozimida ishlab, mahalliy yoshlardan 20 dan ortiq malakali parazitolog olimlarni tayyorlab yetkazdi. Bular orasida fan doktorlari va professorlar E.H. Ergashev, R.H. Haitov, N.M. Matchonov, J.Sh. Shopo’latov, V.M. Sodiqov, B.S. Salimov va boshqalarni aytib o’tish mumkin. Prof. N.V. Badanin ilmiy faoliyati jarayonida O’rta Osiyo sharoitida qishloq xo’jaligi va yovvoyi hayvonlarning gelmintoz kasaliklarini kelib chiqishi va ularni oldini olish bo’yicha O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning turli hududlariga tashkil qilingan 12 ta ilmiy-parazitologik ekspedisiyalarning 6 tasiga o’zi bevosita rahbarlik qilgan. U veterinariya parazitologiyasi muammolariga bag’ishlangan 70 dan ortiq ishlarning muallifidir. Shulardan bir nechtatasi monografik xarakterdagi ishlar hisoblanadi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor E.X. Ergashev O’zbekistonda qo’y va echkilarda uchraydigan parazit chuvalchanglar va ularning keltirib chiqaradigan kasaliklarini tahlil qilib, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni olib bormoqda. Xususan, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida chorva hayvonlari orasida tarqalgan gelmintozlardan fassiolyoz, dikroselioz, exinokokkoz, sistiserioz, monezioz kabi kasalliklarni profilaktikasi, qarshi kurash choralari va davolash usullarini ishlab chiqishda o’z hissasini qo’shgan. Hozirgi vaqtda professor E.X. Ergashev veterinariya

parazitologiyasi yo’nalishida yosh olimlarni yetkazib berish bo’yicha tinmay fidokorona ishlab kelmoqda. Biologiya fanlari doktori Sh.A. Azimov O’zbekistonning Shimoliy viloyatlari hududida chorva hayvonlarining fassiolyoz bilan zararlanganlik darajasini o’rganib, qoramollarning 49-52%, qo’ylarning va echkilarning esa 35% dan 66% gacha kasallanganligini aniqlaydi. Ushbu kasallikning Samarqand viloyatida ham keng tarqalganlini prof. B.S. Salimov qayd qiladi. U, shuningdek dikroseliozning qo’ylar orasida keng tarqalish darajasini va uning sabablarini tahlil qiladi. O’zbekistonda veterinariya parazitologiyasining rivojlanishida O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining olimlarini xizmati kattadir. Hozirgi kunda ushbu institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan olimlardan veterinariya fanlari doktorlari, professorlardan A.O. Oripov, M.A. Aminjonov, F.A. Niyazov va boshqalarni hurmat bilan tilga olish mumkin. Veterinariya instituti ilmiy xodimlari, shuningdek Zoologiya institutida faoliyat ko’rsatayotgan yetakchi olimlardan biologiya fanlari doktori, prof. J.A. Azimovning ma’lumotlariga binoan O’zbekistonning turli ekologik muhitlarida boqiladigan uy hayvonlaridan qo’ylarda 88 tur, qoramollarda 55 tur, echkilarda 48 tur, otlarda 53 tur, itlarda 32 tur, chuchqalarda, tuyalarda va eshaklarda 25 turdan parazit chuvalchanglar topilgan. Bundan tashqari birqator gelmintoz kasalliklari, jumladan fassiolyoz, dikroselioz, exinokokkoz, senuroz, sistiserkoz, monezioz kabilarni, shuningdek uy parrandalari kasalliklarini kelib chiqishi, zarari, profilaktikasi, davolash usullari hamda qarshi kurash chora-tadbirlarini asoslab berish kabi muhim ishlarni amalga oshirishgan. O’zbekistonda tibbiyot parazitologiyasining shakllanishi va kelgusi rivojlanishi 1923 yilda Buxoroda Tropinstitutining tashkil qilinishi bilan bog’liqdir. Ushbu institut nafaqat O’zbekistonda, balki butun O’rta Osiyo hududida odamning parazit hayvonlarini va boshqa turli kasallik qo’zg’atuvchilarini o’rganuvchi yagona ilmiy-tadqiqot markazi edi.