logo

Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi. Parazitologiyaning rivojlanishida chet el olimlarining roli

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.5556640625 KB
“ Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi.  Parazitologiyaning rivojlanishida
chet el olimlarining roli ”
REJA:
1.  Qadimgi Yunoniston va Rimda parazit hayvonlarni o’rganilish holati.
2.  O’rta   asrlarda   parazitologiya   sohasida   amalga   oshirilgan   ilmiy
tadqiqotlar.
3.  XVIII-XX asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlari olimlari tomonidan
olib borilgan parazitologik ishlar.
4.  4.XVIII-XIX  asrlarda Rossiyada parazitologiya fanining holati.
5.  5.XX   asrda   Rossiyada   kashf   qilingan   parazitologik   yangiliklar   va
ularning ahamiyati.
6.  XX   asrning   mashhur   parazitolog   olimlari   (K.I.   Skryabin,
Ye.N.Pavlovskiy, V.A.Dogel). Parazitologiyaning rivojlanish bosqichlari
Parazit   hayvonlar   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlar   qadimgi   Yunoniston   va
Rimdan   ma’lumdir.   Eramizdan   VI   asr   oldin   yaratilgan   Ebersning   mashhur
papirusdagi   qo’lyozmasida   odamda   parazitlik   qiluvchi   askarida,   rishta   va
solityorlar haqida ayrim ma’lumotlar bizga yetib kelgan.
Eramizdan oldin 460-375 yillarda yashab ijod etgan mashhur yunon olimi va
tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat “gelmint”, “askaris” degan atamalarni fanga
kiritgan.
U   odamning   parazit   chuvalchanglari   haqida   yozar   ekan,   o’smir   bolalar
orasida   askaridani   keng   tarqalganligiga   e’tiborni   qaratadi.   Shuningdek   unga
boladagi   teniidozning   alomatlari   va   ushbu   kasallikni   quzg’atuvchi   chuvalchangni
bilgan.   Odam   va   hayvonlar   orasida   exinokokkozning   tarqalganlik   darajasini   ham
aytib   o’tgan.   Lekin   mashhur   olim   parazit   chuvalchanglarni   hasharotlarning
lichinkalari   (qurtlari)   bo’lsa   kerak   degan   noto’g’ri   fikrda   bo’lgan.   Ushbu
chuvalchanglarni ba’zan yomg’ir chuvalchanglari, hatto kichik ilonlar bo’lsa kerak
degan xulosalar ham bo’lgan.
Buyuk   yunon   ensiklopedist   olimi   Aristotel   (eramizgacha   384-322   yillarda
yashagan)   askarida,   bolalar   ostrisasi,   shuningdek   cho’chqa   solityori   va   uning
finkasi   (pufaklik   davrdagi   lichinka)   haqidagi   ma’lumotlarni   bilgan   bo’lsa   ham
ushbu chuvalchanglarni mustaqil tur hayvonlari emas, balki hasharotlarni   qurtlari
deb bilgan. U bunday noto’g’ri fikrda bo’lsa ham ushbu chuvalchanglarni tuzilishi,
hayoti va odam uchun ma’lum darajada zararli bo’lishini yozib qoldirgan.
Eramizdan   qariyb   bir   asr   oldin   yashab,   ijod   etgan   rimlik   Varron   hayvonlar
sernam joylarda ko’p boqilsa ularning ichaklarida kasallik qo’zg’atuvchi parazitlar
paydo bo’ladi deb aytgan.
Eramizning   IX-X   asrlarigacha   parazit   hayvonlar   haqida   yangi,   ilgari
noma’lum  bo’lgan ma’lumotlar  deyarli bo’lmadi. Faqatgina X asr oxiri  va XI  asr
boshlarida   O’rta   Osiyo   olimlari   va   mutafakkirlari   asarlarida   odamning   parazitlari
va ularning keltirib chiqaradigan kasalliklari haqida ayrim qimmatli ma’lumotlarni
topish   mumkin.   Masalan,   Firdavsiyning   “Shohnoma”   asarida   teri   leyshmaniozi haqida ma’lumotlar berilgan va unga ”ozor” (azob beruvchi yara) deb nom bergan.
Hatto   makedoniyalik   Iskandar   Zulmqaynarning   betidagi   chandiq   aynan   “ozor”
yarasining o’rni deb izoh ham berilgan.
Parazitologiyaning   fan   sifatida   shakllanaborishida   va   rivojida   mashhur
mutafakkir   olim   va   faylasuf   Abu   Ali   Ibn   Sinoning   (980-1037   yillar)   xizmatlari
g’oyat   qimmatlidir.   Uning   tibbiyotdagi   kashfiyotlari   jahon   tibbiyot   ilmining
shakllanishi   va   rivojlanishiga   asos   bo’lishi   bilan   birga,   parazitologiya   sohasida
ham   birqator   infeksion   va   invazion   kasalliklarini   odamga   yuqishi,   kechishi,
davolash   yo’llari   hamda   uni   oldini   olish   bo’yicha   aniq   ma’lumotlarni   yozib
qoldirgan.
Abu   Ali   Ibn   Sino   infeksion   kasalliklarni   qo’zg’atuvchilari   odamga   havo
orqali   o’tishi   mumkinligini   isbotlab   berish   bilan   birga   parazit   chuvalchanglardan
solityorlarni,   askaridani,   bolalar   ostrisasini   va   rishtani   odam   tanasida   paydo
bo’lishi,   kasallik   alomatlari,   ularning   zarari,   oldini   olish   va   davolash   usullarini
to’g’ri   tushuntirib   bergan.   Ibn   Sino   odamda   rishta   chuvalchangining   parazitlik
qiluvchi   joylarini,   drakunkulyozda   yaralarning   paydo   bo’lishi,   uning   kechishi,
shuningdek  yara  ichida  rishta   parazitining  joylashishi,  uni  olib  tashlash  usullarini
aniq   yozib   qoldirgan.   Ibn   Sino   odamlarda   teri   leyshmaniozining   ikki   turi,   ya’ni
quruq   yara   hosil   qiluvchi   shakli   va   suvli   yara   hosil   qiluvchi   shakllari   bo’lishini,
shuningdek   bunday   yaralarni   hosil   bo’lishida   qon   so’ruvchi   hasharotlarning   roli
borligini yozadi.
Odam va hayvonlar parazitlarini o’rganish keyingi asrlar davomida ham olib
borildi.   Lekin   ilmiy   jihatdan   e’tiborga   sazovor   bo’lgan   parazitologik   kashfiyotlar
va   yirik   yangiliklar   deyarli   bo’lmadi.   Odam   va   hayvonlarning   parazitlari   haqida
olingan ayrim ma’lumotlar XIII-XVI asrlarda yashab ijod etgan olimlarning ilmiy
ishlarida ham o’z aksini topgan.
Lekin ushbu ma’lumotlar va ishlarda parazitlarni organizmda paydo bo’lishi
faqatgina   “ilohiy   kuchga”   bog’liq   deb   hisoblashgan.   Shunga   binoan   organizmda
paydo   bo’lgan   kasalliklarni   xudoni   o’zi   davolaydi   deb   kelishgan.   Masalan,   1602
yilda   Plater   o’zining   parazit   chuvalchanglarga   bag’ishlangan   ishini   e’lon   qiladi. Ushbu   maqolada   odamning   ichagida   sestodlarning   ikki   turi   haqida,   ya’ni   keng
tasmasimon   chuvalchang   va   qoramol   solityori   parazitlik   qilishini   yozib,   ular
ichakda o’z-o’zidan paydo bo’lishini aytib o’tadi.
Odam   va   hayvonlar   tanasida   parazitlar   o’z-o’zidan   paydo   bo’ladi   degan
g’ayritabiiy tushunchalar asossiz ekanligi bir qator tabiatshunos olimlarning ilmiy
izlanishlari   va   kashfiyotlari   orqali   isbotlanib   borildi.   Masalan,   italiyalik
Franchesko Redi  1668 yilda uy pashshasi  lichinkalari go’shtda o’z-o’zidan paydo
bo’lmasdan,   unga   quyilgan   tuxumlardan     rivojlanishini   eksperimental   isbotlab
beradi.   Ushbu   tajribasi   bilan   F.Redi   parazitlar   o’z-o’zidan   paydo   bo’ladi   degan
tushunchalarni asossiz ekanligini isbotladi. 
Gollandiyalik tabiatshunos Antoni van Levenguk (1667 y) o’zi ixtiro etgan
mikroskopi   yordamida   bir   ho’jayrali   hayvonlarni   kashf   etadi.   Umuman   olganda
XVII   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XVIII   asr   davomida   biologiya   sohasidagi
yangiliklar,   uning   barcha   boshqa   bo’limlari   singari   parazitologiyaning   ham   fan
sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
XIX asrning boshlaridan odam va hayvonlarning parazitlarini o’rganish, ular
ustida   tajribalar   o’tkazish   hamda   biologik   xususiyatlarini   aniqlash   bo’yicha
eksperimental ishlar avj oladi.
1827   yilda   akad.   K.M.   Ber   so’rg’ichlilarning   lichinkalik   bosqichlari
mollyuskalar   tanasida   o’tishini   isbotlab   beradi.   Nemis   olim   K.A.   Rudolfi   (1771-
1852) o’ziga ma’lum bo’lgan 1000 turga yaqin parazit chuvalchanglarni sinflarga
ajratib   o’rganishni   yo’lga   qo’ydi.   U   1851-1852   yillarda   chuchqa   tanasidagi
sistiserklar   odam   ichagida   parazitlik   qiluvchi   solityorning   lichinkasi   ekanligini
aniqlaydi. 
Bu   davrda   parazit   hayvonlarni   biologiyasi,   ekologik   xususiyatlari   va
ularning   xujayin   tanasida   kasallik   qo’zg’atish   mexanizmlarini   o’rganishda   rus
olimlarining xizmatlari ham katta bo’ldi. Peterburglik akademik va sayohatchi P.S.
Pallas   (1741-1811)   parazit   chuvalchanglar   va   hasharotlarni   o’rganib,   ularning
yangi   guruh   va   turlarini   kashf   etadi.   Parazit   chuvalchanglarni   o’z-o’zidan   paydo
bo’lishi   fikrlarini   keskin   tanqid   qilib,   bunday   chuvalchanglar   ham   har   qanday boshqa   hayvonlar   singari   tuxumdan   rivojlanishi   fikrini   olg’a   so’radi.   U   Karl
Linney tuzgan chuvalchanglar sistemasini tanqid qilib, uni sun’iy, yuzaki va biron-
bir aniq belgi hamda dalillarga asoslanmagan sistema ekanligini aytadi. P.S.Pallas
zamonasining   mashhur   tabiatshunos   olimi   sifatida   tirik   tabiatda   mavjud   bo’lgan
har   qanday   o’zgarish   jarayonlariga   evolyusionizm   nuqtai   nazardan   qarash
lozimligini o’qtiradi. 
Parazit   chuvalchanglarni,   shuningdek   kasallik   yuqtiruvchi   ektoparazit
bo’g’imoyoqlilarni o’rganishda G.N. Minx, O.O. Mochutkovskiy, I.I. Mechnikov,
A.P.   Fedchenko,   M.M.   Terexovskiy,   D.F.   Lyambl,   F.A.   Le щ   va   boshqalarning
ishlari   amaliy   jihatdan   katta   ahamiyatga   ega   bo’ldi.   1874   yilda   vrach   G.N.   Minx
qaytalama   tif   kasalligini   qo’zg’atuvchi   tayoqchasimon   bakteriyalarni   bemordan
sog’lom  odamga yuqishida qon so’ruvchi hasharotlarning roli borligini isbotlaydi.
Ushbu jarayonni u o’zida sinab ko’radi. Bunday tajribani nevropatolog O.O.
Mochutkovskiy ham o’z ustida o’tkazadi.
A.P.   Fedchenko   (1869)   O’rta   Osiyo   bo’ylab   sayohat   jarayonida,   ayrim
parazit   chuvalchanglarning   biologiyasi   bilan   qiziqib,   odamda   drakunkulyoz
kasalligini   qo’zg’atuvchi   rishtaning   hayot   siklida   tuban   qisqichbaqsimonlardan
siklop oraliq xo’jayin bo’lishini aniqlaydi. 
1887   yilda   I.I.   Mechnikov   odamda   bezgak   kasalligini   qo’zatuvchi   parazit
sodda (bir xujayrali) hayvonlarga mansub ekanligini aniqlaydi. Aynan shu davrda
(1885-1886   yillarda)   V.Ya.   Danilevskiy   qushlarda   uchraydigan   bezgak
kasalligining   qo’zg’atuvchilari   ham   bir   hujayrali   hayvonlarga   mansub   bo’lishini
aniqlaydi. 1898 yilda rus harbiy vrachi, keyinchalik Toshkent tibbiyot institutining
professori P.F. Borovskiy teri leyshmaniozini qo’zg’atuvchi parazitlarni aniqlaydi.
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   umumiy,   tibbiyot   va   veterinariya
parazitologiyalarining rivojlanishda chet  el olimlaridan Leykart, A. Looss, Braun,
Linstov, O. Byuchli, T. Boveri, van Beneden, rus     olimlaridan D.K. Zabolotn ы y,
I.A.   Deminskiy,   N.N.   Klodniskiy,   R.F.   Gamaleya,   N.M.   Melnikov.,   N.A.
Xolodkovskiy   va   boshqalarning   xizmatlari   g’oyat   katta   bo’ldi.   Leykart   odamdan
tushgan qoramol gijjasining yetilgan proglottidlarni ikkita buzoqqa yedirib, ularda juda   ko’p   miqdorda   finnalar   (sistiserk   lichinkalari)   paydo   bo’lganligini   kuzatadi.
Ushbu   tajriba   bilan   qoramol   gijjalarini   rivojlanish   sikli   to’la   aniqlanadi.   Olim
shuningdek,   trixinellyoz   kasalligiga   bag’ishlangan   monografiyasini   ham   chop
qildiradi.
Artur   Looss   trematodalar   sistematikasini   qayta   tuzib   chiqadi.   Ankilostoma
(qiyshiq   bosh   nematodasi)   ning   odamga   yuqish   mexanizmini   birinchi   bo’lib
aniqlaydi. Ushbu  tadqiqot   yangiligi  odamga  shistozomalarni  yuqishini   aniqlashga
yordam   berishi   bilan   birga,   ayrim   gelmintoz   (ankilostomidoz)larga   qarshi   kurash
choralarini   ishlab   chiqishga   asos   bo’ladi.   1882   yilda   Braun   baliqlar   tanasidagi
pleroserkoidlar   keng   tasmasimon   gijjaning   lichinkalari   ekanligini   aniqlaydi.
Shuningdek, Reyer va Runeberglar odamdagi anemiya kasalligi keng tasmasimon
gijjalarning   parazitlik   qilishidan   kelib   chiqadi   deb   aytishadi.   XX   asr   boshlarida
fransuz   Raye   va   germaniyalik   Linstov   nematodalar   sinfi   sistematikasini   qayta
taftish   qilib,   hozirgi   zamon   klassifikasiyasini   tuzishadi.   Bu   esa   o’z   navbatida
nematodalar sinfiga bir qator yangi turlar mansub ekanligi qayta aniqlanadi.
Akademik D.K. Zabolotn ы y o’zining Sharqiy Mongoliyada   olib   borgan
tadqiqot   ishlari   asosida   ushbu   hududda   toun   kasalligining   tabiiy   manbai
mavjudligini   aniqlaydi   hamda   yumronqoziqlar,   qumsichqonlar   va   boshqa   ba’zi
kemiruvchi   hayvonlar   kasallikni   saqlovchi   manba   bo’lishini   isbotlaydi.   U   1911
yilda   Baykal   orti   hududida   tarqalgan   sug’urlar   tanasida   toun   kasalligini
qo’zg’atuvchi bakteriyalarni laboratoriya sharoitida ajratib oladi. 
D.K.   Zabolotn ы yning   shogirdi   I.A.   Deminskiy   1911   yilda   qishqi   uyquda
bo’lgan   yumronqoziqning   ichki   organlaridan   toun   kasalligini   qo’zg’atuvchi
mikroblarni   olishga   erishadi.   Lekin   fojiali   tomoni   shu   bo’ldiki,   hayvonni   ichki
organlarini ochib tahlil qilish jarayonida kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarni o’ziga
yuqtiradi va tounga chalinib ko’p o’tmasdan halok bo’ladi. 
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   parazit   gelmintlarning   biologiyasi,
embriologiyasi,   fiziologiyasi   va   biokimyosini   o’rganishga   bag’ishlangan   tadqiqot
ishlari avj oladi. Grassi  va Lyuts (1890 yil), Rovelli (1892 yil) odam askaridasini va   pakana   tizmaning   biologiyasini   o’rganishadi   va   ushbu   parazitlarning
rivojlanishi xujayin almashmasdan, to’g’ridan-to’g’ri amalga oshishini aniqlashadi.
Rus   olimlarining     yumronqoziqlar   va   uy   sichqonlari   tanasidan   toun
kasalligini   qo’zg’atuvchi   mikroblarni   ajratib   olishi,   1913   yilda   D.K.   Zabolotn ы y
rahbarligida Prikaspiy va Zabaykalyeda tounga qarshi  maxsus laboratoriyalarning
tashkil   qilinishiga   olib   keldi.   Toun   kasalligini   tabiiy   manbalarini   aniqlashda   va
unga   qarshi   kurash   choralarni   ishlab   chiqishda   ushbu   laboratoriyalarning   xizmati
juda   katta   bo’ldi.   Ushbu   ishlarni   amalga   oshirishda   rus   olimlari   D.T.   Verjbiskiy,
N.N. Klodniskiy va N.F. Gamaleyalarning ham xizmatlari e’tiborga sazovordir.
Parazitologiyaning   fan   sifatida   shakllanishida   va   rivojlanishida   XX   asrning
birinchi   choragi   davomida   xizmat   qilgan   rus   olimlari   orasida   professor   N.A.
Xolodkovskiyning   parazit   chuvalchanglar   ustida   olib   borgan   ishlari   alohida
ahamiyat   kasb   etadi.   U   birinchi   bo’lib,   1898   yilda   odamda   parazitlik   qiluvchi
chuvalchanglarning   atlasini   nashr   qiladi.   Ushbu   atlasda     parazit   sestodlarning
xususiyatlari haqida yozar ekan, sog’lom va jismoniy kuchli odamlar o’z tanasida
parazit chuvalchang borligini deyarli sezmaydi, kuchsiz va asabi bo’sh kishilar esa
bunday   parazitlar   borligidan   juda   ham   iztiroblanadi,   kamqon   bo’lishi   va   asab
kasalliklariga chalingan bo’ladi. 
N.A. Xolodkovskiy odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi gelmintlarning
morfologiyasi,   biologiyasi   va   sistematikasiga   bag’ishlangan   ilmiy   ishlarning
muallifidir.   U   parazitologiya   fani   muammolarini   o’rganish   bilan   bir   qatorda
entomologiya va ornitologiya fanlari sohasida ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan
tadqiqot ishlarini bajargan olimdir.
XX asrning 20- yillaridan parazitologiya fani rivojlanishining yangi bosqichi
boshlandi   desak   xato   bo’lmaydi.   Aynan   shu   davrdan   boshlab   Mustaqil   Davlatlar
Hamdo’stligi   tarkibiga   kiruvchi   davlatlarning   aksariyat   yirik   shaharlari   va
markazlarida   parazitologiyaning   turli   sohalari   yo’nalishidagi   nazariy   va   amaliy
muammolarni   yechishga   mo’ljallangan   laboratoriyalar   hamda   ilmiy-tadqiqot
institutlari barpo qilinadi. Ushbu muassasalarni tashkil qilinishi va ularda tadqiqot
ishlarini   olib   borishda   mashhur   olimlardan   prof   Ye.I.   Marsinovskiy, akad.K.I.Skryabin, akad. Ye.N.Pavlovskiy, akad. V.N. Beklemishev va prof. V.A.
Dogelning tashkilotchilik va ilmiy faoliyatlarini ahamiyati juda qimmatlidir.
Ye.I.   Marsinovskiy   tashabbusi   bilan   ko’pgina   yirik   shaharlarda   bezgakka
qarshi   stansiyalar   tashkil   qilinadi,   chunki   aynan   o’sha   yillari   (1920-30   yillar)
bezgak   kasalligidan   ko’p   kishilar   halok   bo’lib   ketayotgan   edi.   1920   yilda
Moskvada   protozoy   kasalliklari   va   xemoterapiya   instituti   ochilib,   u   sobiq   SSSR
miqyosidagi     bezgakka   qarshi   barcha   stansiya   va   laboratoriyalar   faoliyatini
boshqaruvchi markazga aylanadi.
Ushbu   institutdan   so’ng   Turkmaniston,   Tojikiston,   Ukraina,   Armaniston,
Gruziya,   Ozarbayjon   kabi   respublikalarda   ham   bezgakka   qarshi   laboratoriya   va
stansiyalar tashkil qilindi.
1923   yilda   Buxoroda   ochilgan   va   keyinchalik   Samarqandga   ko’chirilgan
Trop. Institut ham shular jumlasiga kiradi.
Shuni   alohida   qayd   qilish   lozimki,   tashkil   qilingan   institut,   laboratoriya   va
stasiyalarning   faoliyati   tufayli   qisqa   vaqt   davomida   butun   sobiq   SSSR   hududida
bezgak kasalligini yuqtiruvchi chivinlar (Anopheles) ning faunasi, hamda biologik
va   ekologik   xususiyatlari   batafsil   o’rganildi.   Shuningdek   bezgak   kasalligining
tarqalgan   markazlari,   landshaftlarda   bezgak   chivinlarining   ko’payishi   va
rivojlanishi   uchun   qulay   bo’lgan   biotoplar   aniqlandi.   Aholi   orasida   kasallikni
tarqalishini oldini olish, bemorlarni davolash, bezgak chivinlariga qarshi  kurashish
tufayli kasallik aholi orasida keskin kamayib ketdi.
Umuman ushbu xavfli kasallikni bir yirik mamlakat hududida yo’q qilishga
erishishda akad. Ye.I. Marsinovskiy va uning shogirdlarining xizmatlari juda katta
bo’ladi.
1932   yilda   akad.   V.N.Beklemishev   sog’liqni   saqlash   vazirligi   qoshidagi
tibbiyot   parazitologiyasi   va  bezgak   kasalligi   institutida   entomologiya   bo’limining
boshlig’i lavozimida faoliyati ko’rsatib, bezgak chivinlari va boshqa qon so’ruvchi
hasharotlar   biologiyasi,   ekologiyasi   va   populyasiyalarini   o’rganib,   bunday   qon
so’ruvchi   va   yuqtiruvchilarga   qarshi   kurash   choralarini   ishlab   chiqishida   katta
ishlarni amalga oshirdi. 1920-yillardan   boshlab   parazitologiyada   umuiy   parazitologiya,   ayniqsa
veterinariya   parazitologiyasi   yo’nalishini   rivojlantirishda   akademik
K.I.Skryabinning   roli   kattadir.   Uning   bevosita   rahbarligida   parazit   gelmintlarni
o’rganish   uchun   gelmintologik   laboratoriyalar   tashkil   qilindi.   K.I.   Skryabin
tomonidan  parazit   chuvalchanglarga  qarshi   devastasiya   prinsiplari  ishlab   chiqildi.
Bu prinsiplarga binoan ma’lum bir hududda parazit chuvalchanglarni yo’q qilishga
qaratilgan tadbirlar ko’zda tutildi, jumladan:
1.  odamlar organizmini parazit chuvalchanglardan tozalash;
2.  tashqi muhitga chiqqan chuvalchangni, uning tuxumi va lichinkalarini
yuq  qilish;
3.  odamlarni gelmintlar bilan qayta zararlanishini oldini olish;
4.  tashqi   muhitni   parazit   chuvalchanglar   bilan   ifloslanishini   oldini   olish
kabi tadbirlarni amalda qo’llashdan iboratdir.
                Akademik   K.I.   Skryabinning   rahbarligi   va   bevosita   ishtirokida   qisqa   vaqt
davomida   sobiq   SSSR   ning   turli   respublikalari,   viloyatlari   va   mintaqalariga   370
dan   ortiq   gelmintologik   ilmiy   ekspedisiyalar   tashkil   qilindi.   K.I.   Skryabin
veterinariya,   tibbiyot   va   biologiya   yo’nalishlaridagi   yosh   mutaxassislarini   yig’ib,
gelmintologiya   sohasida   ilmiy   maktabini   tashkil   qildi.   Uning   rahbarligida   yetuk
parazitolog   olimlar   yetishib   chiqdiki,   ularni   har   biri   veterinariya,   tibbiyot   va
agronomiya   parazitologiyasi   bo’limlarini   rivojlanishiga   o’z   hissalarini   qo’shdi.
Bularga S.V. Ivaniskiy, V.I. Puxov, V.S.Yershov, N.V. Badanin, I.V. Orlov, N.P.
Shixobalova,   T.S.   Skarbilovich,   N.M.   Sveshnikova   va   boshqalarni   aytib   o’tish
mumkin.   K.I.   Skryabin   700   ga   yaqin   ilmiy   ishlar   muallifidir.   Uning   rahbarligida
600 nafar fan nomzodlari va 100 dan ortiq  fan doktorlar yetishib chiqdi. 
Parazitologiyaning   rivojnalishida,   ayniqsa   araxnoentomologiya   sohasining
shakllanishida   akademik   Ye.N.   Pavlovskiyning   xizmatlari   kattadir.   U   o’zining
mehnat   faoliyatini   harbiy   vrachlikdan   boshlagan.   Lekin   ilmiy   tadqiqot   ishiga
qiziqqan   mutaxassis   qon   so’ruvchi   bug’imoyoqlilarni   turli-tuman   infeksion   va parazitlar   kasalliklarni   yuqtirishdagi   roli   bo’yicha   bir   qator   yangiliklarni   kashf
etadi. 
1951   yilda   esa   transmissiv   kasalliklarning   tabiiy   manbai   haqidagi
nazariyasini   yaratadi.   Olimning   ushbu   nazariyasiga   asoslanib   parazitologik
tadqiqotlarni olib borish fanning turli tarmoqlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishiga
olib keldi.
Akademik   Ye.N.   Pavlovskiy   o’zining   ilmiy   maktabida   bir   qator   dongdor
shogirdlarni   yetishtirib   chiqardi.   Bunday   olimlarga   Ye.V.   Gvozdev,   S.N   Boyeva,
M.V.   Pospelova-Shtrom,   I.A.   Moskvin,   L.M.   Isayev,   M.P.   Chumakov,   A.K.
Shubladze, P.A. Petri щ yeva va boshqalarni  hurmat bilan tilga olish mumkin.
Parazitologiyaning   protozoologiya   bo’limiga   asos   solgan   va   bir   qancha   bir
hujayrali   parazit   hayvonlarni   biologiyasi,   hayot   sikli,   kasallik   qo’zg’atishi   kabi
masalalarni   o’rganishda   professor   B.L.   Yakimovning   xizmatlarini   alohida   qayd
qilib o’tish lozim. U o’z shogirdlari (S.N. Nikolskiy, N.A. Zolotaryov, P.S. Ivanov
va   boshqalar)   bilan   birga   piroplazmidoz,   leyshmanioz,   koksidioz,   trixomonadoz
kabi   kasalliklarni   kelib   chiqish   sabablarini   va   ularga   qarshi   kurash   choralarni
asoslab berdi. 
Parazitologiyaning   nazariy   muammolarini     umumbiologik   nuqtai   nazardan
o’rganishni   joriy   qilishda   va  ekologik   parazitologiya  yo’nalishini   shakllantirishda
professor   V.A.   Dogelning   (1882-1955)   xizmatlari   kattadir.   U   ma’lum   bir
organizmning parazitlar  faunasini  o’rganishda  shu  xujayinning yashash  muhiti  va
uning   organizmining   fiziologik   holati   hisobga   olinishi   lozimligini   aytadi.   Prof.
V.A.   Dogel   parazit   infuzoriyalarni   batafsil   o’rganib,   ularning   morfologiyasi,
sistematikasi,   ko’payishi   va   filogeniyasini   evolyusion   nuqtai   nazardan   isbotlab
beradi. Uning   “Umumiy parazitologiya” (1941, 1962) “Umumiy protozoologiya”
(1951-1962)   kabi   kitoblari   hozirgi   kunda   ham   qimmatli   darsliklar   hisoblanadi.
V.A.   Dogelning,   A.P.   Markevich,   G.K.   Petri щ yevskiy,   G.S.   Markov,   Yu.I.
Polyanskiy   kabi   shogirdlari   umumiy   parazitologiyani   hamda   uning   xususiy
bo’limlarini rivojlantirishda o’z hissalarini qo’shishgan. Hozirgi     vaqtda   parazitolog   olimlar   ekologik   parazitologiya   bo’limini
rivojlantirish,   “parazit-xujayin”   tizimida   ularning   o’zaro   bir-birga   bo’lgan
munosabatlarini ekologik muhitga nisbatan  bog’liqligini ham o’rganishmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“ Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi. Parazitologiyaning rivojlanishida chet el olimlarining roli ” REJA: 1. Qadimgi Yunoniston va Rimda parazit hayvonlarni o’rganilish holati. 2. O’rta asrlarda parazitologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar. 3. XVIII-XX asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlari olimlari tomonidan olib borilgan parazitologik ishlar. 4. 4.XVIII-XIX asrlarda Rossiyada parazitologiya fanining holati. 5. 5.XX asrda Rossiyada kashf qilingan parazitologik yangiliklar va ularning ahamiyati. 6. XX asrning mashhur parazitolog olimlari (K.I. Skryabin, Ye.N.Pavlovskiy, V.A.Dogel).

Parazitologiyaning rivojlanish bosqichlari Parazit hayvonlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar qadimgi Yunoniston va Rimdan ma’lumdir. Eramizdan VI asr oldin yaratilgan Ebersning mashhur papirusdagi qo’lyozmasida odamda parazitlik qiluvchi askarida, rishta va solityorlar haqida ayrim ma’lumotlar bizga yetib kelgan. Eramizdan oldin 460-375 yillarda yashab ijod etgan mashhur yunon olimi va tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat “gelmint”, “askaris” degan atamalarni fanga kiritgan. U odamning parazit chuvalchanglari haqida yozar ekan, o’smir bolalar orasida askaridani keng tarqalganligiga e’tiborni qaratadi. Shuningdek unga boladagi teniidozning alomatlari va ushbu kasallikni quzg’atuvchi chuvalchangni bilgan. Odam va hayvonlar orasida exinokokkozning tarqalganlik darajasini ham aytib o’tgan. Lekin mashhur olim parazit chuvalchanglarni hasharotlarning lichinkalari (qurtlari) bo’lsa kerak degan noto’g’ri fikrda bo’lgan. Ushbu chuvalchanglarni ba’zan yomg’ir chuvalchanglari, hatto kichik ilonlar bo’lsa kerak degan xulosalar ham bo’lgan. Buyuk yunon ensiklopedist olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 yillarda yashagan) askarida, bolalar ostrisasi, shuningdek cho’chqa solityori va uning finkasi (pufaklik davrdagi lichinka) haqidagi ma’lumotlarni bilgan bo’lsa ham ushbu chuvalchanglarni mustaqil tur hayvonlari emas, balki hasharotlarni qurtlari deb bilgan. U bunday noto’g’ri fikrda bo’lsa ham ushbu chuvalchanglarni tuzilishi, hayoti va odam uchun ma’lum darajada zararli bo’lishini yozib qoldirgan. Eramizdan qariyb bir asr oldin yashab, ijod etgan rimlik Varron hayvonlar sernam joylarda ko’p boqilsa ularning ichaklarida kasallik qo’zg’atuvchi parazitlar paydo bo’ladi deb aytgan. Eramizning IX-X asrlarigacha parazit hayvonlar haqida yangi, ilgari noma’lum bo’lgan ma’lumotlar deyarli bo’lmadi. Faqatgina X asr oxiri va XI asr boshlarida O’rta Osiyo olimlari va mutafakkirlari asarlarida odamning parazitlari va ularning keltirib chiqaradigan kasalliklari haqida ayrim qimmatli ma’lumotlarni topish mumkin. Masalan, Firdavsiyning “Shohnoma” asarida teri leyshmaniozi

haqida ma’lumotlar berilgan va unga ”ozor” (azob beruvchi yara) deb nom bergan. Hatto makedoniyalik Iskandar Zulmqaynarning betidagi chandiq aynan “ozor” yarasining o’rni deb izoh ham berilgan. Parazitologiyaning fan sifatida shakllanaborishida va rivojida mashhur mutafakkir olim va faylasuf Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037 yillar) xizmatlari g’oyat qimmatlidir. Uning tibbiyotdagi kashfiyotlari jahon tibbiyot ilmining shakllanishi va rivojlanishiga asos bo’lishi bilan birga, parazitologiya sohasida ham birqator infeksion va invazion kasalliklarini odamga yuqishi, kechishi, davolash yo’llari hamda uni oldini olish bo’yicha aniq ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Abu Ali Ibn Sino infeksion kasalliklarni qo’zg’atuvchilari odamga havo orqali o’tishi mumkinligini isbotlab berish bilan birga parazit chuvalchanglardan solityorlarni, askaridani, bolalar ostrisasini va rishtani odam tanasida paydo bo’lishi, kasallik alomatlari, ularning zarari, oldini olish va davolash usullarini to’g’ri tushuntirib bergan. Ibn Sino odamda rishta chuvalchangining parazitlik qiluvchi joylarini, drakunkulyozda yaralarning paydo bo’lishi, uning kechishi, shuningdek yara ichida rishta parazitining joylashishi, uni olib tashlash usullarini aniq yozib qoldirgan. Ibn Sino odamlarda teri leyshmaniozining ikki turi, ya’ni quruq yara hosil qiluvchi shakli va suvli yara hosil qiluvchi shakllari bo’lishini, shuningdek bunday yaralarni hosil bo’lishida qon so’ruvchi hasharotlarning roli borligini yozadi. Odam va hayvonlar parazitlarini o’rganish keyingi asrlar davomida ham olib borildi. Lekin ilmiy jihatdan e’tiborga sazovor bo’lgan parazitologik kashfiyotlar va yirik yangiliklar deyarli bo’lmadi. Odam va hayvonlarning parazitlari haqida olingan ayrim ma’lumotlar XIII-XVI asrlarda yashab ijod etgan olimlarning ilmiy ishlarida ham o’z aksini topgan. Lekin ushbu ma’lumotlar va ishlarda parazitlarni organizmda paydo bo’lishi faqatgina “ilohiy kuchga” bog’liq deb hisoblashgan. Shunga binoan organizmda paydo bo’lgan kasalliklarni xudoni o’zi davolaydi deb kelishgan. Masalan, 1602 yilda Plater o’zining parazit chuvalchanglarga bag’ishlangan ishini e’lon qiladi.

Ushbu maqolada odamning ichagida sestodlarning ikki turi haqida, ya’ni keng tasmasimon chuvalchang va qoramol solityori parazitlik qilishini yozib, ular ichakda o’z-o’zidan paydo bo’lishini aytib o’tadi. Odam va hayvonlar tanasida parazitlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan g’ayritabiiy tushunchalar asossiz ekanligi bir qator tabiatshunos olimlarning ilmiy izlanishlari va kashfiyotlari orqali isbotlanib borildi. Masalan, italiyalik Franchesko Redi 1668 yilda uy pashshasi lichinkalari go’shtda o’z-o’zidan paydo bo’lmasdan, unga quyilgan tuxumlardan rivojlanishini eksperimental isbotlab beradi. Ushbu tajribasi bilan F.Redi parazitlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan tushunchalarni asossiz ekanligini isbotladi. Gollandiyalik tabiatshunos Antoni van Levenguk (1667 y) o’zi ixtiro etgan mikroskopi yordamida bir ho’jayrali hayvonlarni kashf etadi. Umuman olganda XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr davomida biologiya sohasidagi yangiliklar, uning barcha boshqa bo’limlari singari parazitologiyaning ham fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XIX asrning boshlaridan odam va hayvonlarning parazitlarini o’rganish, ular ustida tajribalar o’tkazish hamda biologik xususiyatlarini aniqlash bo’yicha eksperimental ishlar avj oladi. 1827 yilda akad. K.M. Ber so’rg’ichlilarning lichinkalik bosqichlari mollyuskalar tanasida o’tishini isbotlab beradi. Nemis olim K.A. Rudolfi (1771- 1852) o’ziga ma’lum bo’lgan 1000 turga yaqin parazit chuvalchanglarni sinflarga ajratib o’rganishni yo’lga qo’ydi. U 1851-1852 yillarda chuchqa tanasidagi sistiserklar odam ichagida parazitlik qiluvchi solityorning lichinkasi ekanligini aniqlaydi. Bu davrda parazit hayvonlarni biologiyasi, ekologik xususiyatlari va ularning xujayin tanasida kasallik qo’zg’atish mexanizmlarini o’rganishda rus olimlarining xizmatlari ham katta bo’ldi. Peterburglik akademik va sayohatchi P.S. Pallas (1741-1811) parazit chuvalchanglar va hasharotlarni o’rganib, ularning yangi guruh va turlarini kashf etadi. Parazit chuvalchanglarni o’z-o’zidan paydo bo’lishi fikrlarini keskin tanqid qilib, bunday chuvalchanglar ham har qanday

boshqa hayvonlar singari tuxumdan rivojlanishi fikrini olg’a so’radi. U Karl Linney tuzgan chuvalchanglar sistemasini tanqid qilib, uni sun’iy, yuzaki va biron- bir aniq belgi hamda dalillarga asoslanmagan sistema ekanligini aytadi. P.S.Pallas zamonasining mashhur tabiatshunos olimi sifatida tirik tabiatda mavjud bo’lgan har qanday o’zgarish jarayonlariga evolyusionizm nuqtai nazardan qarash lozimligini o’qtiradi. Parazit chuvalchanglarni, shuningdek kasallik yuqtiruvchi ektoparazit bo’g’imoyoqlilarni o’rganishda G.N. Minx, O.O. Mochutkovskiy, I.I. Mechnikov, A.P. Fedchenko, M.M. Terexovskiy, D.F. Lyambl, F.A. Le щ va boshqalarning ishlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1874 yilda vrach G.N. Minx qaytalama tif kasalligini qo’zg’atuvchi tayoqchasimon bakteriyalarni bemordan sog’lom odamga yuqishida qon so’ruvchi hasharotlarning roli borligini isbotlaydi. Ushbu jarayonni u o’zida sinab ko’radi. Bunday tajribani nevropatolog O.O. Mochutkovskiy ham o’z ustida o’tkazadi. A.P. Fedchenko (1869) O’rta Osiyo bo’ylab sayohat jarayonida, ayrim parazit chuvalchanglarning biologiyasi bilan qiziqib, odamda drakunkulyoz kasalligini qo’zg’atuvchi rishtaning hayot siklida tuban qisqichbaqsimonlardan siklop oraliq xo’jayin bo’lishini aniqlaydi. 1887 yilda I.I. Mechnikov odamda bezgak kasalligini qo’zatuvchi parazit sodda (bir xujayrali) hayvonlarga mansub ekanligini aniqlaydi. Aynan shu davrda (1885-1886 yillarda) V.Ya. Danilevskiy qushlarda uchraydigan bezgak kasalligining qo’zg’atuvchilari ham bir hujayrali hayvonlarga mansub bo’lishini aniqlaydi. 1898 yilda rus harbiy vrachi, keyinchalik Toshkent tibbiyot institutining professori P.F. Borovskiy teri leyshmaniozini qo’zg’atuvchi parazitlarni aniqlaydi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida umumiy, tibbiyot va veterinariya parazitologiyalarining rivojlanishda chet el olimlaridan Leykart, A. Looss, Braun, Linstov, O. Byuchli, T. Boveri, van Beneden, rus olimlaridan D.K. Zabolotn ы y, I.A. Deminskiy, N.N. Klodniskiy, R.F. Gamaleya, N.M. Melnikov., N.A. Xolodkovskiy va boshqalarning xizmatlari g’oyat katta bo’ldi. Leykart odamdan tushgan qoramol gijjasining yetilgan proglottidlarni ikkita buzoqqa yedirib, ularda