logo

BOTANIKA O’QITISH METODIKASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.3984375 KB
BOTANIKA O’QITISH METODIKASI FANINING RIVOJLANISH
TARIXI.
Reja:
1. Botanika o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.
2. Botanika  o‘qitish  metodikasi  fan sifatida.
3. Botanika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
4. Botanika o‘qitish metodikasining o‘quv fani sifatida.
5. Botanika  o‘qitish  metodikasi ning predmeti va obyekti.
6. Uyg‘onish davri.
7. Abu Nas r Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.
8. Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.
9. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.
10. Jadidchilik, yangi usul maktablari, jadidlarning ilmiy qarashlari.
11. Jadidchilik   harakatining   tarqalishi,   jadidchilik   harakatida   ta’lim   va
tarbiya.
12.  O‘zbekiston jadidchilik harakati namoyandalarining qarashlari. Biologiya   o‘qitish   metodikasi ning   maqsadi   va   vazifalari.   Biologiya   o‘qitish
uslubiyati   biologiya   fani   asoslari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   o‘quv   jarayonlari,
tamoyillar  va qonuniyatlar  to‘g‘risidagi  fandir. Mazkur  tamoyil va qonuniyatlarni
bilish   o‘qituvchiga   maktab   biologiya   kursi   bilan   bog‘liq   o‘quv-tarbiyaviy
jarayonlarni   zamon   talablariga   mos   holda   tashkil   etish   va   boshqarish   imkonini
beradi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   biologiya   o‘quv   fanlarining   mazmuni,   uning
o‘qitish shakllari, usullari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishning maqsad
qilib qo‘yadi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi ning   asosiy   vazifasi   o‘quvchilarga   biologik
o‘quv   fanlari   bo‘yicha   chuqur,   atroflicha   bilim   berish,   ularning   har   tomonlama
rivojlangan   shaxs   sifatida   kamol   topishiga   ko‘mak   beruvchi   o‘quv   fanlari
mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   fan   sifatida .   Har   qanday   fan   insonning
tadqiqot   faoliyati   bilan   aloqador   bo‘lib,   u   narsa   va   hodisalar   to‘g‘risida   bilimlar
to‘plashga yo‘nalgan hamda tadqiqot qilinayotgan narsa-hodisalar to‘g‘risida to‘liq
va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy vazifasi tadqiqot hisoblanadi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   fan   sifatida   mazkur   fan   bilan   bog‘liq   holda
o‘quvchilarning   bilim   olish,   tarbiyalanish   va   rivojlanishini   nazariy   va   amaliy
jihatidan tadqiq qilishni maqsad qilib qo‘yadi.
Fanning   asosiy   belgisi   bo‘lib,   maqsadning   aniqligi,   o‘rganish   predmeti,
bilimlarni   bilish   usullari   va   shakllari   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,   fanning
rivojlanish   tarixi,   uning   boyishiga   sababchi   bo‘lgan   kashfiyotlarni   bilish   ham
muhim sanaladi. 
Biologiya   o‘qitish   uslubiyati   pedagogik   fanlar   tarkibiga   kiradi.   Shu  sababli
uning   oldida   turgan   maqsad   va   vazifalar   ham   umumpedagogik   maqsad   va
vazifalardan kelib chiqadi. 
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   barcha   o‘quv   fanlariga   taalluqli   bo‘lgan
pedagogik   qoidalarni,   biologik   o‘quv   materialiga   tatbiq   etishga   yo‘nalgan.   Shu bilan   bir   qatorda,   biologiya   o‘qitish   uslubiyati   tabiiy,   ilmiy,   biologik,   psixologik,
pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   biologiya   o‘quv   fanining   o‘qitish   maqsadini,
mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prin s ipini belgilab beradi.
Biologiya   o‘qitishning   hozirgi   davrda   samarali   bo‘lishi   o‘quvchilarning
o‘quv,   mehnat   va   jamoat   faoliyatlarida   qatnashishi   uchun   zarur   bo‘lgan   biologik
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa, o‘z
navbatida,   o‘quvchilarning   tarbiyalanganlik   natijasida,   dunyoqarashi,   e’tiqodi,
tabiat,   jamiyat   va   shaxsga   bo‘lgan   munosabatida   namoyon   bo‘ladi.
O‘quvchilarning   rivojlanish   darajasi,   qobiliyati,   jismoniy   va   aqliy   jihatdan
takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi. 
Biologiya   o‘qitish   metodikasi ning   maqsadi   yuqorida   qayd   qilingan
omillardan   kelib   chiqadi.   Biologiya   o‘qitishning   maqsadlarini   bilish   o‘qituvchiga
o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi.
Fan   sifatida   biologiya   o‘qitish   uslubiyatining   vazifalari   tubandagilardan
iborat:
1. O‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o‘quv fanining
o‘rnini aniqlash.
2. Maktab o‘quv dasturlari, darsliklarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq etish.
3. O‘quvchilarning   yoshiga   mos   ravishda   o‘quv   fanlarining   mazmuni,
undagi mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash.
4. Biologiya o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda
o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish.
5. O‘qitish   jarayonida   qo‘llash   uchun   zarur   jihozlarni   aniqlash.   Biologiya
xonasi  tirik burchak, tajriba yer  maydonini tashkil   e tish, tabiiy, tasviriy, dinamik,
audio  va  video vositalarni belgilash.
Biologiya o‘qitish uslubiyatining obyekti mazkur  o‘quv fani  bilan aloqador
bo‘lgan o‘quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.  Biologiya   o‘qitish   uslubiyatining   predmeti   biologik   bilimlarning   maqsadi,
mazmuni, o‘qitish usullari, shakllari, o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Biologiya o‘qitish uslubiyatining ilmiy-tadqiqot metodlari:
1. Maktab   o‘qituvchilarining   ish   tajribasini   kuzatish   va   faoliyatdagi   ijobiy,
salbiy tomonlarini aniqlash;
2. Bu   sohada   to‘plangan   ma’lumotlarni   tahlil   qilish,   umumlashtirish   va   hal
etilmagan   muammolarni   aniqlashtirish   va   ularni   hal   etish   uchun   zarur   ishchi
farazlarni ilgari surish;
3. Ilgari   surilgan   farazlarning   qanchalik   haqiqatga   yaqin   ekanliklarini
aniqlash   maqsadida   maktablarda   pedagogik   tajribalar   o‘tkazish   hamda   tajribaviy,
nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash;
4. Kuzatish   va   pedagogik   e ksperimentlardan   olingan   ma’lumotlarni   tahlil
qilish, umumlashtirish va xulosalash;
5. Olingan   ma’lumotlarga   asoslanib,   metodik   maqolalar,   qo‘llanmalar
yaratish   va   ishlab   chiqilgan   fikr   mulohazalarning   ommaviy   maktablarda
tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish.
Hozirgi  davrga kelib, biologiya o‘qitish uslubiyatida  o‘tkazilgan pedagogik
tajribalar natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiyada o‘qitish
shakllarining   sistemasi”,   “Biologiyada   o‘qitish   usullari”,   “Biologiyada   ekologik
tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi”,
“Pedagogika   oliy   o‘quv   yurtlari   talaba   biologlarning   maktabdagi   ishga   metodik
tayyorlash   sistemasi”   kabi   nazariyalar   ishlab   chiqilgan   va   amaliyotga   tatbiq
etilgan.
Maktablarda   o‘qitiladigan   biologiya   o‘quv   fanlariga   qarab   “Biologiya
o‘qitish   uslubiyati”   fani   “Biologiya   o‘qitishning   umumiy   uslubiyati”,   “Botanika
o‘qitish uslubiyati”, “Zoologiya o‘qitish uslubiyati”, “Odam va uning salomatligini
o‘qitish   uslubiyati”   va   nihoyat   “Umumiy   biologiyaning   o‘qitish   uslubiyati”   kabi
xususiy o‘qitish uslubiy fanlariga ajratiladi.
Biologiya   o‘qitishning   umumiy   uslubiyati   barcha   biologik   o‘quv   fanlariga
oid   o‘qitishning   maqsadi,   vazifasi,   mazmuni,   prinsiplari,   usullari,   vositalari, shakllari,   biologiyani   o‘qitish   tarixi,   bosqichlari   kabi   masalalarni   qamrab   oladi.
Xususiy   uslublar   esa   u   yoki   bu   o‘quv   fanining   mazmuni   o‘quvchilarning   yoshi
bilan   bog‘liq   dars,   darsdan   tashqari   ishlar,   sinfdan   tashqari   mashg‘ulotlar,
ekskursiyalar,   amaliy   va   laboratoriya   mashg‘ulotlarini   tashkil   etish,   jihozlash
kabilarni diqqat markazida tutadi. 
Biologiya o‘qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.   Biologiya
o‘qitish   uslubiyati   pedagogikaning   bir   qismi   bo‘lgan   didaktika   bilan   juda   yaqin
aloqadadir.   Agar   didaktika   o‘quvchilar   tomonidan   bilimlar,   ko‘nikmalar   va
malakalarni   o‘zlashtirish   qonunlarini   o‘rgansa,   va   u   maktabdagi   barcha   o‘quv
fanlari   uchun   o‘qitish   nazariyalarini   va   prinsiplarini   ishlab   chiqsa,   biologiya
o‘qitish   uslubiyati   biologiya   bilan   bog‘liq   o‘qitish   va   tarbiyalash   mazmuni,
shakllari va uslublari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni
ishlab chiqadi. 
Biologiya   o‘qitish   uslubiyati   psixologiya   bilan   uzviy   aloqadadir.   Chunki
biologiyani   o‘qitish   o‘quvchilarning   yosh   xususiyatlariga   mos   bo‘lgan
taqdirdagina  samara  beradi. Masalan,  o‘smirlarda, ya’ni  V-VI  sinf   o‘quvchilarida
diqqat   beqaror   bo‘lgani   sababli   biologiya   o‘qituvchisi   dars   jarayonida   bir   necha
uslublardan   foydalanib,   o‘quvchilar   faoliyatini   almashtirib   turadi   hamda   ularning
tafakkurini   aniq   ekanligini   e’tiborga   olib,   ko‘rgazmali   vositalardan   ko‘proq
foydalanadi.   Yuqori   sinflarda   esa   o‘quvchilar   diqqati   barqarorlashgani   va   ularda
abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazilishi
va bir, ikki uslubdan foydalanish kifoya qiladi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   biologiya   fani   bilan   uzviy   aloqador.   U
biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi
va   fiziologiyasi,   sitologiya,   biokimyo,   embriologiya,   sistematika,   ekologiya,
evolutsion ta’limot, antropologiya molekular  biologiya fan asoslarini  o‘zida ifoda
qiladi.   Tirik   tabiat   vakillarining   tashqi,   ichki   tuzilishini   hayot   faoliyatini   tashqi
muhit   bilan   aloqasini   to‘g‘ri   tushuntirish   o‘simlik,   zamburug‘,   hayvon,
mikroorganizmlarni   aniqlash,   ulardan   mikro   va   makropreparatlar   tayyorlash,   ular
ustida   kuzatish,   tajribalar   olib   borish,   o‘qituvchidan   yaxshi   nazariy   bilim,   amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani
orasida   muhim   tafovutlar   borligini   o‘qituvchi   yaxshi   bilishi   kerak.   Biologiya
fanining   asosiy   maqsadi   tirik   va   o‘lik   tabiat   to‘g‘risida   tadqiqot   o‘tkazish   orqali
yangi   bilimlarni   hosil   qilish   bo‘lsa,   maktab   biologiya   o‘quv   fanining   maqsadi,
o‘quvchilarning   yoshiga   mos   ravishda   ularga   biologik   bilimlar,   ya’ni   biologik
tushuncha,   qonunlar,   nazariyalar   berishdan   va   ularni   tushuntirishdan   iborat.
Maktab   biologiya   kursida   fan   emas,   balki   fan   asoslari   –   o‘quvchilar   uchun   zarur
asosiy   ma’lumotlar   mujassamlashgan.   Shu   bilan   birga,   maktab   biologiya   kursi
“Kichik   fan”   emas,   balki   o‘quvchilarning   rivojlanishi   va   tarbiyasiga   ko‘mak
beruvchi biologiyaning asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   o‘quv   fani   sifatida   umumiy   o‘rta   va   o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi biologiya o‘qituvchisini tayyorlashda biologiya o‘qitish
uslubiyati   o‘quv   fani   nihoyatda   muhim   o‘rin   tutadi.   Bu   o‘quv   fanini   o‘qitish
jarayonida talabalarda biologiyani o‘qitish uchun zarur kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalar shakllanadi.
Tabiiyki,   o‘quv   fanida   fan   to‘plagan   hamma   bilimlar   emas,   balki   uning
asoslari   beriladi.   Ular   o‘qitish   vazifalaridan,   o‘quvchilarning   yoshi,   tayyorgarlik
darajasini   e’tiborga   olgan   holda   maxsus   saralangan   bilimlar   majmuasidan   iborat.
Fandan farqli ravishda o‘quv fanining asosiy vazifasi bilim va ma’lumot berishdir.
O‘quv   fani   fanning   aniq   nusxasi   emas.   O‘quv   fanini   yaratishda   fan   tomonidan
to‘plangan bilimlar va tajribalar tizimini talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat
ilmiy   ma’lumotlarni   to‘plash   tartibi   emas,   balki   tushunchalarni   umumlashtirish,
aniqlashtirish, ilmiy faktlarni, fikr-mulohazalarni tartibga solishdan tarkib topadi.
O‘quv   fani   o‘zining   asosiy   bilim   va   ma’lumot   berish   funksiyasidan   kelib
chiqqan   holda   ma’lum   tartib   asosida   tuzilgan.   Oliy   maktab   biologiya   o‘qitish
uslubiyati   darsligi   o‘z   tuzilishi   va   mazmuniga   ko‘ra   fanga   yaqinroq.   U   o‘z
tarkibiga   ilmiy   ma’lumotlardan   tashqari,   fandagi   ayrim   munozarali   masalalarni
yechishga   qaratilgan   turlicha   qarashlarni,   haqiqatni   topishda   muvaffaqiyatli   yo
muvaffaqiyatsiz izlanishlarni ham o‘zida ifoda qiladi.   Shu bilan bir qatorda, ilmiy
izlanishlar metodologiyasini, usullarini ham yaratadi. Biologiya o‘qitish uslubiyati o‘quv   fani   talabalarni   nazariy   va   amaliy   jihatidan   tayyorlash   jarayonida   faqat
maktab biologiya kursining tuzilishini bayon etish bilan cheklanmay, umumiy o‘rta
va   o‘rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   biologiyani   o‘qitishni   tashkil
etishning   o‘ziga   xos   tomonlari   bilan   ham   tanishtiradi,   biologiya   o‘qitish   usullari,
vositalarni   qo‘llash   bo‘yicha   ko‘nikma,   malakalarni   shakllantirishga   hamda
o‘quvchilar   o‘zlashtirishi   lozim   bo‘lgan   minimal   bilimlar   majmuasini   talabalar
tomonidan   o‘zlashtirishga   imkon   beradi.   Shu   bilan   birgalikda,   zamonaviy
pedagogik,   axborot   texnologiyalarini   qo‘llash,   biologiya   o‘qitishda   innovatsion
yondashish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   –   maktab   o‘quv   predmeti   xususiyatlariga
bog‘liq   holda  ta’lim-tarbiya   jarayonini   bayon  etishning   sistemasi   haqidagi   fandir.
Biologiya o‘qitish uslubiyati pedagogika fanlari tarkibiga kirib, maktab, akademik
litsey,   kasb-hunar   kollejlarida   o‘qitiladigan   fanlar   bo‘yicha   ta’lim   berishning
umumiy talablari asosida ish olib boradi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   biologiya   fanlarining   qo‘lga   kiritgan   yutuqlari
asosida   ish   yuritadi .   Biroq   biologiya   o‘qitishda   fanning   qo‘lga   kiritgan   barcha
yutuqlari   haqida   o‘quvchilarga   ta’lim   berish   imkoniyati   cheklangan.   Binobarin
biologiya   o‘qitish   uslubiyati   biologiya   fani   kabi   tirik   organizmlarning   rivojlanish
qonuniyatlarini   emas,   balki   biologiya   ta’limidagi   pedagogik   jarayonlarning
qonuniyatlarini o‘rganadi.
Fanlarning   o‘tilishini   nasihatlar   majmuasi   deb   qaramaslik   kerak .   Demak,
biologiya   o‘qitish   uslubiyati   fani   o‘quv   predmetining   mazmunini   –   ta’lim   va
tarbiya   uslublari   hamda   shakllarini   o‘rgatadi.   Shu   bilan   birga,   nima   sababdan
biologiyani   o‘rganish   kerak?   degan   savollarga   javob   beradi.   Biologiya   fanlari
tabiatshunoslik   fanining   bir   bo‘lagi   bo‘lib,   uning   obyekti   odam,   o‘simliklar   va
hayvonlar   hisoblanadi.   Bunda   ko‘rgazmalilik   va   amaliy   ishlarni   qo‘llash   juda
samaralidir.
Biologiya kurslarining o‘qitilishining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi maxsus o‘quv
moddiy   bazaga,   o‘quv   qurollari   bilan   jihozlangan   kabinetga,   tirik   tabiat   burchagi
va o‘quv tajriba maydonchasiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Materiallarning   o‘ziga   xos   bo‘lishi   faqat   biologiya   o‘qitish   uslubiyatining
o‘ziga   xosligini   emas,   balki   uning   tarbiyaviy   imkoniyatlarini   kengligini   ham
belgilaydi.
Biologik bilimlar tevarak-atrof tabiatining ahamiyatini, uni muhofaza qilish
va takror ishlab chiqarish zarurligini, qishloq xo‘jaligi ekinlarining ilmiy asoslarini
o‘rgatadi,   shaxsiy   va   jamoat   gigienasining   rolini   tushunishga   imkon   beradi,
o‘quvchilarni hayotga tayyorlaydi.
Tirik tabiat obyektlarini bevosita kuzatish, ularni taqqoslash va aniqlash, ular
ustida tajribalar o‘tkazish o‘quvchilar tafakkurini rivojlantiradi.
K.D. Ushinskiy   bu borada  shunday  degan  edi:  “Menimcha,   bolaning aqlini
mantiqqa   o‘rgatish   uchun   tabiat   tarixiga   oid   predmetlar   eng   qulay   keladi   deb
hisoblayman”. 1.
Biologiya   fanining   o‘quv-tajriba   uchastkasi,   tirik   tabiat   burchagi,   yosh
tabiatshunoslar   to‘garagi   o‘quvchilarga   tirik   tabiatni   saqlashga,   asrashga,   unga
muhabbat ruhini uyg‘otishda alohida ahamiyatga egadir.
Biologiya   o‘qitish   metodikasining   predmeti   maktab,   akademik   litsey   va
kasb-hunar kollejlari biologiya fanlaridir. U biologiya fanlarini o‘z ilmiy tekshirish
usullari yordamida o‘rganib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Biologiya   fanlarining   taraqqiyotiga   mos   ravishda   o‘rta   va   o‘rta   maxsus
ta’lim muassasalari biologiya ta’limi uchun mavzular tanlaydi. 
2. Biologiya   ta’limining   samarali   usullari,   shakllarini   va   uslublarini
aniqlaydi.
3. Ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarni   tarbiyalash,   tabiatga   havas   uyg‘otish,
rivojlantirish masalalarini o‘rganadi. 
4. Ta’lim uchun zarur bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, jihozlarni aniqlaydi. 
Biologiya o‘qitish metodikasi umumiy va xususiy usullarga bo‘linadi.
Biologiya   o‘qitish   uslubiyatining   boshqa   fanlar   bilan   bog‘lanishini
quyidagicha   izohlash   mumkin.   Biologiya   o‘qitish   metodikasi,   avvalo,   biologiya
fanlari bilan bog‘langandir. Ta’lim   muassasalarining   biologiya   predmedlarining   mazmuni   ilmiylik
talabiga   javob   berishi   zarur.   Shu   boisdan   har   qanday   usul   yirik   bo‘limlarga
bag‘ishlanib,   o‘qituvchi   bu   bo‘limlardan   oldindan   darslarning   tiplarini,   o‘quv-
tarbiya   ishlarini,   maqsad   vazifalarini   aniqlab   beradi.   Masalan:   9-sinf   umumiy
biologiya predmetida hujayra mavzusi uchun 4 soat, genetika va seleksiya asoslari
uchun   8   soat,   ekologiya   asoslariga   esa   6   soat   ajratiladi.   O‘qituvchi   bu   mavzular
uchun   mavzular   bo‘yicha   reja   to‘zib   olishi   natijasida   u   mazkur   mavzularni
o‘rganishda   ko‘proq   nimalarga   e’tibor   qilish,   qaysi   mavzulardan   so‘ng
o‘quvchilarning   bilim   va   malakalarini   aniqlashga   qaratilgan   darslar   tashkil   etish
maqsadga   muvofiq   ekanligini   rejalashtirib   oladi.   Undan   tashqari,   rejalashtirishda
mavzularni   o‘rganishga   oid   ekskursiyalar,   darsdan,   sinfdan   tashqari   ishlarning
o‘rni, tashkiliy shakllari ham belgilab olinadi.
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   ham   umumiy   ta’lim   qoidalariga   bo‘ysingan
holda   o‘zining   xususiy   uslublariga   ham   ega,   ya’ni   botanika,   zoologiya,   odam
anatomiyasi va umumbiologiya o‘qitish uslublariga bo‘linadi.
Darslarga   tayyorlanishda   o‘qituvchi   darslikdagi   mavzularning   tuzilishini
o‘rganib   chiqadi.   Darslikdagi   matnning   izohi   yoki   tasdig‘i   sifatida   berilayotgan
rasm,   chizmalar   mazmuniga   e’tibor   beradi.   Berilgan   rasm,   chizmalar   mavzu
mazmunini   qanchalik   boyitishi,   tasdiqlashi   mumkinligini   tahlil   qiladi.   Dars
mavzusi   uchun   yana   qanday   rasm,   chizmalar   zarurligini   o‘ylab   ko‘radi.
Darslikdagi savol, topshiriqlar o‘quvchi uchun qanchalik murakkab tarzda tuzilgan
bo‘lsa,   o‘qituvchi   ularni   sodda   holga   keltirib   o‘quvchilarga   yetkazish   yo‘llarini
belgilaydi.   Dars   mavzusini   yanada   boyitish   uchun   o‘qituvchi   darslikda   berilgan
rasm,   chizma   yoki   topshiriqlardan   tashqari,   o‘zi   o‘quvchilarning   ijodiy   ishlariga
xizmat qiluvchi, ya’ni topshiriqlarga, mantiqiy fikrlashga undovchi rasmlar, ayrim
masalalarni,   shuningdek   o‘quvchilar   ko‘rgan,   bilgan   tabiiy   obyektlar,   hodisalar
haqida   rasmlar   berilishi   maqsadga   muvofiqligini   aniqlaydi.   Biologiya   fanlari
taraqqiyoti,   yutuqlari,   yo‘nalishlarini   doimo   kuzatib   borish   kerak.   Biologiya
fanlarining   maqsadi   turli   tadqiqotlar   orqali   tirik   tabiat   haqida   yangi-yangi
bilimlarni   o‘rganishga   qaratilsa,   maktab   biologiya   predmetlari   maqsadi   biologiya fani qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida o‘quvchilarga ta’lim berishdan iborat. Bundan
tashqari,   biologiya   o‘qitish   uslubiyati   agranomiya,   tibbiyot,   gigiena,   falsafa,
pedagogika va ruhshunoslik fanlari bilan ham yaqindan aloqadadir. 
Keyingi   yillarda   biologiya   ta’limida   predmetlararo   bog‘lanishlardan
foydalanish   masalasiga   e’tibor   kuchayganligi   munosabati   bilan   u   kimyo,   fizika,
geografiya, matematika kabi qator fanlar bilan ham aloqasi mustahkamlanmoqda. 
Biologiya   o‘qitish   metodikasi   fanining   ilmiy   tekshirish   usullari.   Boshqa
fanlardagiga o‘xshash biologiya o‘qitish uslubiyatining o‘z ilmiy-tadqiqot usullari
bo‘lib,   bu   usullarning   qo‘llanishi   natijasida   olib   borilayogan   ishlar   biologiya
o‘qitish   uslubiyatining   fan   sifatida   taraqqiy   etishiga   xizmat   qilmoqda.   Biologiya
o‘qitish uslubiyatining ilmiy-tekshirish usullariga quyidagilar kiradi: 
1.   Pedagogik   kuzatish   usuli.   Bu   usul   qo‘llanilganda   mutaxassis
kuzatuvchilar maktablarda ishlayotgan biologiya o‘qituvchilarining ish tajribalarini
o‘rganib, ular ichida eng samarali ishlayotganlarining ish tajribalarini o‘qituvchilar
orasida tashviqot qilib boradilar. 
2.  Pedagogik   eksperiment   usuli.   Ushbu   usul   ilmiy   tekshirish   ishlarida  ko‘p
foydalaniladi. Tadqiqotchilar maktablarda biologiya ta’limining muammolarini hal
etishga qaratilgan yangi rejalar (darslar, darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni
o‘tkazish bo‘yicha) va ishlanmalar tuzib, bularni maktablardagi biologiya ta’limida
sinovdan o‘tkazishadi. 
Biologiya   ta’limi   mazmunini   yanada   yaxshilashga   mo‘ljallangan   bu
eksperimentlarning   samaradorligini   aniqlash   uchun   odatda   tajriba-nazorat   sinflar
ajratib   olinadi.   Tajriba   uchun   tanlangan   sinflarda   o‘tkaziladigan   ta’limda
tadqiqotchilar   tuzgan   yangi   reja   asosida   ish   olib   boriladi.   Nazorat   sinflarda   esa
ta’lim   maktab   o‘qituvchisining   xohishi   bilan   tuzilgan   reja   bo‘yicha   o‘tkaziladi.
Tajriba   va   nazorat   sinflarda   bir   xil   mavzuning   ikki   xil   reja   asosida   o‘qitilib,   har
ikkala   sinfda   mavzuning   o‘rganilish   samaradorligi   tahlil   qilinadi.   Agar   mavzuni
o‘rganishda   ilmiy   tadqiqot   natijasida   tuzilgan   reja   yaxshi   samara   berib,   mavzuni
o‘rganishda   o‘quvchilarning   faolligi   ortib   o‘zlashtirish   nazorat   sinfidagiga
qaraganda   bir   muncha   yuqori   bo‘lsa   bu   natijalar   boshqa   maktablardagi eksperimentlar natijasiga ko‘ra ham bir necha bor takrorlansa, yaxshi natija bersa,
ushbu yangi ish reja o‘qituvchilar orasida keng yoyiladi. Ta’limga joriy etiladi.
3. Psixologik kuzatish usuli. Biologiya fanlari 6-9 sinflar, shuningdek litsey,
kollejlarda   o‘qitilganligi   uchun   uni   turli   yoshdagi   o‘quvchilar   o‘rganishadi.   Shu
boisdan ta’lim samaradorligini oshirish uchun turli yoshdagi o‘quvchilarning ruhiy
holatlarini   bilish,   ularning   biologiya   ta’limiga   munosabatlari,   qiziqishlari,
diqqatlari,   o‘quv   materialini   esda   saqlash,   faolliklari   kabi   shaxsiy   xususiyatlarini
hisobga   olish   zaruriyati   tug‘iladi.   Ushbu   usul   qo‘llanilganda   tadqiqotchilar
o‘quvchilarning darsga, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatlarini
aniqlab berishadi. O‘qituvchilarning darsning qanday tashkil etgani, o‘quvchilarga
muomalasi,  foydalangan  ko‘rgazmali  qurollaridan,  noan’anaviy ta’lim  yoki   uning
elementlaridan foydalanishi  o‘quvchilarga qanday  ta’sir  etishi,  faolliklariga sabab
bo‘lishi yoki, aksincha, o‘qituvchilarning darsni qanday tashkil etishi, foydalangan
ta’lim  usullari,  ko‘rgazmali   qurollari,  o‘quvchilar  bilan  aloqalari,  o‘quvchilarning
darsga   loqaydligi,   e’tiborsizligi,   bilimlarni   yaxshi   o‘zlashtirmasliklariga   sabab
bo‘layotganligi, o‘quvchilarning dars mavzusini  o‘rganishiga bo‘lgan qiziqishlari,
faolliklariga sabab bo‘luvchi omillari ajratib olinadi va ularning o‘quvchilarga har
tomanlama ma’qul jihatlari tashviqot qilinadi. 
Xulosa  qilib aytganda,  biologiya  o‘qitish  uslubiyati   fani   biologiya fanlarini
o‘qitish   sistemasi   o‘quvchilar   bilimining   puxta   va   ongiga   yetib   borishini
ta’minlaydi, bu esa maktab oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Biologiya   bo‘limlari   bo‘yicha   dars   o‘tishdagi   xususiy   uslublar   o‘quv
materialining mazmuni hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda
bir kurs uchun o‘qitishning maxsus masalalarini bayon qilishga yordam beradi.
Biologiya   o‘qitish   uslubiyati   boshqa   tabiatshunoslik   fanlari   bilan
chambarchas   bog‘liq.   Biologiya   fanlarini   o‘qitish   chuqur   bilim   va   tajriba   talab
qiladi. Biologiya fanida kuzatish, tajriba o‘tkazish va to‘plangan faktlarni nazariy
jihatdan umumlashtirish, tadqiq qilishning asosiy uslublari hisoblanadi.
Biologiya fanlarining maqsadi - tadqiq qilish yo‘li bilan tabiat haqida yangi
ma’lumotlar olishdir. Maktab biologiya fanlarining maqsadi fan erishgan yutuq va qonuniyatlar   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   o‘quvchilarga   yetkazishdan   iboratdir.
Ayniqsa, maktab predmetini o‘qitishda cheklangan vaqt ajratiladi va o‘quvchilarga
mavzularning   aniq   belgilangan   asosda   bayon   etilishni   hamda   uning
murakkablashtirilmagan   holda   eng   muhim   ilmiy   muammolar   bilan   tanishtirishni
taqoza etadi. 
Bilimlarning   tuzilishi   va   ularni   maktab   fanlarida   bayon   etish   shakli   o‘ziga
xos   pedagogik   mahoratni   talab   etadi.   K.D.   Ushinskiy   o‘z   davrida   shunday   degan
edi:  “Fanni  ilmiy tarzda  va pedagogik jihatdan bayon etish  - bu ikki  xil  narsadir,
shu   boisdan,   barcha   mamlakatlarning   pedagoglari   pedagogika   sohasidagi   ilmiy
sistemalarni pedagogik sistemalarga aylantirish ustida faol mehnat qilmoqdalar” 2
.
Biologiya o‘qitish uslubiyatining tuzilishi:
1. Pedagogika.
2. Psixologiya.
3. Biologik fanlar.
4. Biologiya o‘qitishning umumiy uslubiyati.
Biologiya o‘qitish uslubiyatining umumiy usullari:
1. Maktab biologiya predmeti mazmuninig tuzilishi va sistemasi.
2. Biologik kurslarning ketma-ketligi va predmetlararo bog‘liqligi.
3. Tarbiya sistemasi.
4. O‘qitish shakllarinig sistemasi.
5. Usullar va metodik uslublar sistemasi.
6. Biologik tushunchalarni rivojlantirish.
7. Material ba’zasining umumiy tarzda tashkil  e tilishi.
Biologiya o‘qitish uslubiyati fanining xususiy tarmoqlari:
1. Tabia tsh unoslik.
2. Botanika.
3. Zoologiya.
4. Odam anatomiyasi, fiz i ologiya va gigienasi.
5. Umumiy biologiya .
Ushbu fanlar kurslarining o‘ziga xosligi: 1. Kurs mazmuni.
2. Tushunchalarning rivojlantirilishi.
3. Usullar va uslublar.
4. Tarbiyaning o‘ziga xosligi.
5. Material ba’zasi.
Fanlarni o‘tish va o‘rgatish uslublari:
1. Dars o‘tish (suhbat, savol-javob, mavzu bayoni, ma’ruza).
5. Uy ishlari.
2. Darsdan tashqari bajariladigan ishlar.
3. E kskursiyalar.
4. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.
5. Ijtimoiy  foydali mehnat .
VII-XII   asrlar   davomida   Markaziy   Osiyoda   madaniyat,   ilm-fan   beqiyos
darajada   rivojlandi.   Ayniqsa   aniq   fanlarga   qiziqishlar   keskin   ortdi.   O‘sha   tarixiy
davrda al-Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar dunyoga
keldi.   Ular   ta’sirida   dunyoviy   ilmlar   rivojlandi.   O‘sha   ulug‘   mutafakkirlar   inson
madaniy-ma’rifiy   qarashlarini   o‘stirishda   o‘z   davrida   va   keyinchalik   ham   asosiy
rol o‘ynaydilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili   e di. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik
tilida   ham   ish   yuritila   boshlandi.   Bu   davrda   Buxoroda   ko‘plab   kitob   do‘konlarda
bo‘lib,   ular   yirik   olimlar   va   fozil   kishilar   uchrashib,   ilm-fan   to‘g‘risida   turli
mavzularda   bahslar   yuritishar   edi.   Abu   Ali   Ibn   Sino   kitob   do‘kondaridan   birida
Farobiyning   Aristotel   “Metafizika”siga   yozgan   shar h larini   sotib   olganligi
fikrimizning yorqin isbotidir.
XI   asrda   ayniqsa   Xorazmda   ilm-fan   rivojlandi.   Xorazm   shohi   Ma’mun   o‘z
saroyiga   eng   zabardast   olimlarni   taklif   etadi.   U   tashkil   etgan   “Baytul   hikmat”
(“Donishmandlar uyi”) da qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq
kabi   olimlar   ijod   bilan   shug‘ullandilar.   Bu   keyinchalik   “Ma’mun”   akademiyasi
nomi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Sharq “Uyg‘onish davri”da ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ldi.
Birinchi   yo‘nalish   -   matematika-tibbiyot   yo‘nalishi   bo‘lib,   bularga
matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik
kabi   fanlar   kiritilib,   al-Xorazmiy,   Ahmad   Farobiylar   matematikaga   oid,   Zakariyo
ar-Roziy   kimyo   va   tibbiyotga   oid,   Ibn   Sino   tibbiyot   va   falsafaga,   Beruniy
tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi   yo‘nalish   -   ijtimoiy-falsafiy   yo‘nalish   bo‘lib,   bunda   falsafa,   tarix,
mantiq, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlarni qamrab olgan bo‘lib, bu sohada
Farobiy,   al-Kindiy,   Ibn   Sino,   Muhammad   Narshaxiy   kabi   olimlar   faoliyat
ko‘rsatgan. Yuqorida aytib o‘tilgan olimlar qomusiy olimlardir.
Uchinchi   yo‘nalish   -   ta’limiy-axloqiy   yo‘nalish   bo‘lib,   bu   sohada   qomusiy
olimlar   o‘z   qarashlarini   ijtimoiy-falsafiy   va   ilmiy   asarlari   tarkibida   yoki   axloqiy
asarlarida   bayon   etganlar.   Sharq   uyg‘onish   davrida   inson   muammosi   ma’naviy
sohadagi   asosiy   masala   bo‘lgan.   Shuning   uchun   ham   ta’lim-tarbiya   masalasiga
katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy-
ruhiy   kamolotini   ulug‘lash   yetakchi   o‘rin   tutgan.   Mazkur   ta’limiy-axloqiy
asarlarda   insonning   ma’naviy   kamolga   etishi   yuksak   xulq-odob,   ilm-fanni
egallashi   asosidagina   amalga   oshishi   mumkin   degan   g‘oya   ilgari   surilgan.   Ilmiy
bilimga   asoslanuvchi   uslublar   shakllandi,   natijada  aqliy   tarbiya   olimlar   e’tiborida
bo‘ldi:   Xorazmiy,   Farobiylar   bu   metodni   asoslab   berishgan   buyuk   mutaffakkirlar
edi.   Tabiat   va   unga   bog‘liq   ta’lim-tarbiyani   rivojlantirish   bo‘yicha   Farobiy,
Beruniy, Ibn Sinolarning qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bular haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz.
Abu   Nasr   Farobiy   –   o‘rta   asr   sharqining   mashhur   mutafakkiri,   qadimgi
yunon   falsafasining   sharqdagi   eng   yirik   davomchisi   va   targ‘ibotchisidir.   Farobiy
qadimgi   yunon   ilmining   chuqur   bilimdoni   bo‘lgan,   uning   Sharqda   tarqalishi   va
rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun uni – “Sharq Aristoteli” - “Muallimi soniy” -
“Ikkinchi muallim” (birinchi muallim Aristotel) deb ataydilar.
Farobiy   ta’lim-tarbiyaga   bag‘ishlangan   asarlarida   ta’lim-tarbiyaning
muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zururligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil  odamlar  shahri”, “Baxt-soatdatga erishuv to‘g‘risida”,
“Aql maxnolari” kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Farobiy   “Baxt-saodatga   erishuv   to‘g‘risida”   asarida   bilimlarni   o‘rganish
tartibi haqida fikr bayon etgan, uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm
o‘rganiladi,   bu   olam   asoslari   haqidagi   ilmdir.   Uni   o‘rgangach,   tabiiy   bilimlarni,
tabiiy   jismlarning   tuzilishi,   shaklini,   osmon   haqidagi   bilimlarni   o‘rganish   lozim.
Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat, o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi,
deydi.
Farobiy   ta’lim-tarbiyaga   birinchi   marta   ta’rif   bergan   olim   sanaladi.   Ta’lim
degan   so‘z   insonga   o‘qitish,   tushuntirish   asosida   nazariy   bilim   berish;   tarbiya-
nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq me’yorlarni
va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim.
Farobiy   o‘z   asarlarida   axloqiy   fazilatlarga   to‘xtalib   o‘z   fikrlarini   bayon
etadi.   Axloqiy   fazilatlar   deganda   bilimdonlik,   donolik   va   mulohazali   bo‘lish,
vijdonlilik,   kamtarlik,   ko‘pchilik   manfadtini   yuqori   qo‘yish,   haqiqat,   ma’naviy
yuksaklikka  intilish,   adolatlilik  kabi  xislatlarni  tushunadi.   Ammo  bu  xislatlarning
e ng muhimi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo‘lishidir. Shuning uchun Farobiy
axloq   tushunchasiga   aql   bilan   uzviy   bog‘liq   holda   tafakkurga   asoslangan   axloq
asosida qaraydi.
Farobiyning   ta’lim-tarbiya   yo‘llari,   usullari,   vositalari   haqidagi   qarashlari
ham   qimmatlidir.   U   insonda   go‘zal   fazilatlar   ikki   yo‘l   –   ta’lim   va   tarbiya   yo‘li
bilan   hosil   qilinadi,   ta’lim   nazariy   fazilatlarni   birlashtirsa,   tarbiya   nazariy   va
amaliy   fazilatlarni   birlashtiradi,   deydi.   Har   ikkalasi   birlashsa,   yetuklik   namoyon
bo‘ladi.   Farobiy   ta’limda   barcha   fanlarning   nazariy   asoslari   o‘rganilsa,   tarbiyada
ma’naviy   axloqiy   qoidalar,   odob   me’yorlari   o‘rganiladi,   kasb-hunarga   oid
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Farobiy   ta’lim-tarbiyada   rag‘batlantirish,   odatlantirish,   majbur   e tish
usullarini   ilgari   surgan.   Har   ikki   usul   ham   insonni   kamolga   yetkazish   maqsadini
ko‘zlaydi. Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari hozircha o‘z ahamiyatini
saqlab   kelmoqda.   Abu   Rayhon   Beruniy   –   jahon   fanining   taraqqiyotiga   g‘oyat o‘lkan   hissa   qo‘shgan   zo‘r   iste’dod   egasi   va   tadqiqotchi   edi.   Uning   o‘lmas   ilmiy
asarlari   jahon   fani   taraqqiyotida   benihoya   yuksak   ahamiyatga   molikdir.
Beruniyning yirik asarlariga “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “O‘tmish
yodgorliklari”, “Saydana”  kabilarni  misol  qilib keltirish mumkin. Beruniy har bir
yaratgan   asarining   kishi   ruhiyatiga,   qobiliyatiga   mos,   uni   toliqtirmaydigan
bo‘lishiga   e ’tibor   beradi.   Beruniy   yozadi:   “Bizning   maqsadimiz   o‘quvchini
toliqtirib   qo‘ymaslikdir.   Hadeb   bir   narsani   o‘qiy   berish   zerikarli   bo‘ladi.   Agar
o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-
rog‘larda   sayr   qilgandek   bo‘ladi,   bir   bog‘dan   o‘tar-o‘tmas,   boshqa   bog‘
boshlanadi.   Keyin   uning   hammasini   ko‘rgisi   va   tomosha   qilgisi   keladi”.
Beruniyning   ilmiy   bilimlarni   egallash   yo‘llari,   usullari   haqidagi   fikrlari   hozirgi
davrda ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:
- o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi   mavzularni,   qiziqarli,   asosan,   ko‘rgazmali   bayon   etish   kerak   deb
uqtiradi.   Bilim   olishda   tushunib   o‘rganish,   ilmiy   tadqiqotchining   poklikka   rioya
etishiga   alohida   e’tibor   beradi,   jamiyatning   ravnaqi   ma’rifatning   rivojiga   bog‘liq
degan g‘oyani ilgari suradi.
Abu   Rayhon   Beruniy   bilim   olishni   axloqiy   tarbiya   bilan   bog‘laydi.   Zero,
insonda   komillikning   muhim   mezoni   yuksak   axloqlilidir.   Beruniy   inson   har
tomonlama   kamolga   yetishi   uchun   u   ilmli   bo‘lishi   bilan   birga   mehnatsevar   va
hunar egasi bo‘lishi ham kerak deydi. U inson kamolotida uch narsa muhimligini
ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof qilinadigan irsiyat, muhit,
tarbiyadir.   Ma’lum   bir   davrda   inson   kamolotiga   irsiyat,   muhitning   ta’sirini   inkor
etib, faqat  tarbiyani  tan oladilar. Lekin Beruniy o‘z zamondoshlari  - Farobiy, Ibn
Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya’ni u
insonning   kamolotga   yetishida   ilm-u   ma’rifat,   san’at   va   amaliyot   asosiy   rol
o‘ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Beruniy nazarida inson kamolga yetishning eng   muhim   omillari   ilm-ma’rifatli   bo‘lish   va   yuksak   axloqlilikdir.   Beruniy   ilmiy
bilimga oid ta’lim usullari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos
maktab yaratadi. Beruniy ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan
ortiq ilmiy asar yozib qoldirdi.
Abu   Ali   ibn   Sino   –   butun   musulmon   Sharqning   ulkan   qomusiy   aqli,   jahon
ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o‘rta asr
fanining turli  sohalari -  falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik,  badiiy adabiyot  bo‘yicha
yozgan   asarlari   bilan   o‘chmas   iz   qoldirgan,   u   o‘z   davrida   “Olimlar   raisi”   unvoni
bilan   taqdirlangan.   Uning   yirik   asarlariga   quyidagilarni   kiritish   mumkin:   “Tib
qonunlari”, “Ash-Shifo”, “Al-Qonun”, “An-Najot”, “Donishnoma” va boshqalar.
Ibn   Sino   o‘zining   ta’lim-tarbiyaga   oid   qarashlarini   ijtimoiy-falsafiy
qarashlari   bilan   bog‘liq   holda   ifodalagan   va   maxsus   risolalarda   talqin   qilgan.
Shuningdek, fanlarni tasnif etgan. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot fanini qo‘yadi.
Ibn   Sino   bilim   olishda   bolalarni   maktabda   o‘qitish   zarurligini   qayd   etar
ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
- ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
- o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib boorish.
Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.
Ibn   Sino   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   qanday   munosabatda   bo‘lish
kerakligi to‘g‘risida qator fikrlarni bayon etadi. Ular quyidagilardir:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan   bilimni   talabalar   qanday   o‘zlashtirib   olayotganiga   e’tibor
berish;
- ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;
- talabaning   xotirasi,   bilimlarini   e gallash   qobiliyati,   shaxsiy   xususiyatlarini
bilishi;
- fanga qiziqtira olish; - berilayotgan bilimlarning eng muhimlarini ajratib bera olish;
- bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berish;
- har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga kirishish
zarur, deydi olim.
Ibn   Sino   ta’limotida   bilim   olishda   qaysi   usullardan   foydalanilmasin,   u
og‘zaki ifodalash, tajribalarini bari-bir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil,
mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta
olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda, inson kamolotida jismoniy
tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi.
Ibn   Sinogacha   insonning   kamolga   yetishida   jismoniy   tarbiyaning   ta’siri
haqida bir yaxlit ta’limot yaratilmagan edi.
Jismoniy   mashqlar,   to‘g‘ri   ovqatlanish,   uyqu,   badanni   toza   tutish,   tartibga
rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanini ham ilmiy, ham
amaliy jihatdan asosladi.
Xulosa   qilib   aytganda,   Ibn   Sinoning   ta’lim-tarbiya   haqidagi   qarashlarida
insonning  ham  aqliy,  ham  axloqiy,  estetik  hamda  jismoniy  tomondan  rivojlanishi
uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Jadidlar   harakatida   ta’lim   va   tarbiyaning   rivojlantirilishi.   “Jadid”   so‘zi
arabcha so‘z bo‘lib, “Yangi”, “Jadidchilik”  e sa yangilik tarafdorlari degan ma’noni
bildiradi.   XIX   asr   oxiri   –XX   asrning   boshlarida   Turkistonda   chor
mustamlakachiligining   kuchayishi   natijasida   o‘lkada   jadidchilik   harakatining
vujudga   kelishiga   sabab   bo‘ldi.   Jadidlar   Misr,   Turkiya,   Kavkaz,   Turkiston   va
boshqa   o‘lkalarda   siyosiy   oqim   sifatida   yuzaga   keldi.   Jadidlar   o‘z   davrining   eng
ilg‘or   kishilaridir.   Bu   kishilar   jamiyatning   qaysi   tabaqasiga   mansubligidan   qat’i
nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo‘lib chiqdilar. 
Turkistonlik   jadidlar   ona   vatanlarini   mustaqil,   ozod   holda   ko‘rishni
o‘zlarining   bosh   maqsadlari   deb   bildilar.   Milliy   ozodlik   kurashida   qurol   kuchi
bilan   muvaffaqiyat   qozonib   bo‘lmasdi.   Shu   bois   ular   milliy   istibdodga   tushib qolishlarining   sabablarini   tahlil   qilib,   bularning   tub   ildizlarini   yo‘q   qilib   tashlash
lozimligini   anglab   yetdilar.   Natijada   jadidlarining   hamma   narsadan   oldin   x alqqa
ma’rifat berish lozim degan g‘oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906-yilda “Taraqqiyot”
deb   nomlangan   gazeta   nashr   ettirib,   o‘z   g‘oyalarini   tarqata   boshladilar.
Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan
birgalikda, dunyoviy bilimlar, jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham targ‘ib qilina
boshlandi.   Jadidlar   uchun   ilm   va   ma’rifat   yagona   qurol   bo‘lib,   ular   shu   qurol
yordamida   ulkada   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyot   uchun   kurashmoqchi
bo‘ldilar.   Jadidlar   o‘z   ezgu   orzularini,   faqat   maktab,   ma’orif   va   ta’lim   tarbiyani
to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yish,   uni   rivojlantirish   bilangina   amalga   oshirish   mumkin,   deb
bildilar.
Jadidlar   ma’rifati   haqida   gap   ketganda,   dastlab,   qirimlik   Ismoil
Gaspirinskiyni   tilga   olish   kerak.   U   Rossiya   musulmonlari   orasida   birinchi
“Maktabi   usuli   jadida”,   y’ani   “Yangi   usul   maktabiga”   asos   soldi.   Ismoil
Gasprinskiy   taklif   etgan   “Usuli   jadid”   maktabining   tuzilishi,   darslarning   tashkil
qilinishi,   o‘qitish   usullari,   nazorat   turlari   ko‘p   jihatdan   Yevropa   ta’lim   tizimiga
yaqin bo‘lgan. U madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o‘qitish masalalarini
ko‘tardi.   Jumladan,   diniy   fanlar   va   arab   tili   bilan   birga   tibbiyot,   kimyo   kabi
fanlarni o‘rganish zarurligi haqida so‘z yuritadi. I.Gaspirinskiy yangi usulni targ‘ib
qilish,   jadid   maktablarini   tashkil   ettirish   uchun   turli   joylarga   safar   qiladi.
Turkistonda   ham   2   marta   bo‘lib,   mahalliy   xalq   yordamida,   dastlabki   yangi   usul
maktablari ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Jadidlar,   eng   avvalo,   o‘qitishning   eski   usuli   yaramasligini,   yoshlarga
zamonaviy   ilmlarni   o‘rgatish   zarurligini   tushunishlari   bilan   birga,   ta’lim   tizimida
ona  tilini   chuqurroq  o‘rgatish,   ona  tilidagi   darslarni   ko‘paytirish,   boshqacha   qilib
aytganda,   o‘quv   dasturida   ona   tilidagi   darslarni   ko‘paytirish,   o‘quvchilarni   ona
tilida   o‘qitish   orqali   yoshlarda   vatanparvarlik,   millatparvarlik   tuyg‘usini
shakllantirish   mumkin   degan   xulosaga   kelish   va   bu   yo‘ldagi   dadil   harakat
jadidlarning   ma’rifat   sohasidagi   yangicha   qarashlar,   aniqrog‘i,   konsepsiyasi   edi.
Ana shu harakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ham shakllanib bordi. Jadidlar “Taraqqiyot” gazetasida maktab dasturiga alohida e’tibor berdi. Ularning
ayrim   dasturlariga   ko‘ra,   boshlang‘ich   maktab   4   sinfdan   tashkil   topishi   kerak.
Unga 7 yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi. Dasturda nimalar o‘qitilishi bilan
birga maktabning tashkiliy tomonlari haqida ham aniq ko‘rsatmalar bor. Jumladan,
yilda   to‘qqiz   oy   tahsil,   uch   oy   ta’til   bo‘lishi   haqida,   o‘quvchilarni   maktabga
avgustning   15-sanasidan   1-sentabrgacha   qabul   qilish,   15-mayda   imtihon   bo‘lishi
haqida   qaror   keltirilgan.   Dasturda   bayram   kunlari   dam   olish   bo‘lishi,   maktabda
darslar   boshlangandan   so‘ng   maktabga   qabul   qilish   to‘xtatilishi   to‘g‘risida   qaror
ham mavjud.
Jadidlarning   tarbiya   haqida   qarashlari   ham   ilg‘or   fikrlar   bilan   boydir.
Jadidlarning tarbiya odob-axloq haqidagi fikrlari, asosan, qadimdan islom olamida
qaror   topgan   qarashlar   negizida   shakllangan.   Jadidlar   ajdodlardan   bolalar,
umuman,   inson   tarbiyasida   musulmonlarga   xos   diyonatli,   saxovatli,   xushaxloq,
xushmuomila   bo‘lishi   singari   muhim   xislatlarni   qabul   qildilar.   Ayni   zamonda,
ularning   pedagogik   qarashlarida   yangi   bir   tushuncha   paydo   bo‘ldi.   Bu   tarbiyada
muhit,   zamon,   sharoitning   o‘rni   to‘g‘risidagi   qarashdir.   Jadidlar   pedagogikasi
ijtimoiy   hayot,   uning   talablari,   ehtiyojlarini   hisobga   olish   bilan   o‘zlarigacha
bo‘lgan Sharq pedagogikasidan bir qadam siljish bo‘lgan edi.
Jadidlar   komil   inson   –   bu   eng   zamonaviy   insondir,   zamonaviy   inson   esa,
millat   va   vatan   manfaatini   barcha   narsadan   ustun   qo‘yuvchi,   ma’rifatli,   diniy   va
zamonaviy ilm-fanlarni egallagan xushaxloq, tarbiyali kishidir, deydi. 
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda, buni Behbudiy, Munavvar
qori,   Shakuriy,   Fitrat,   A.Avloniy   kabi   o‘nlab   ma’rifatparvar   ilm   darg‘alarining
faoliyatisiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi,   aksincha,   ular   haqida   gap   ketganda
jadidchilikni chetlab o‘tib bo‘lmaydi:
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   Turkistonda   jadidlar   harakati   asoschilaridan   biri,
jahonga   mashhur   bo‘lgan   geografiyashunos,   atoqli   jamoat   arbobi,   buyuk
islomshunos, pedagog olimdir. 
Be h budiyning   nomi   Turkiston   maktab   -   maorifida   keng   o‘rin   e gallaydi.   U
birinchi   bo‘lib   o‘lkada   yangicha   usuldagi   maktablarning   tashkil   e tilishning targ‘ibotchilaridan   va   amaliyotchilaridan   biridir.   Be h budiy   “Usuli   jadid”
maktabining qonun qoidalarini I.Gasprinskiy va uning maqolalaridan o‘rganadi. U
“Usuli   jadid”   maktablari   uchun   bir   qancha   darsliklar   yozdi.   “Qisqacha   umumiy
jo‘g‘rofiya”,   “Bolalar   maktubi”,   “Aholi   jo‘g‘rofiyasiga   kirish”,   “Rossiyaning
qisqacha   jo‘g‘rofiyasi”,   “Amaliyot   islomi”,   “Islomning   qisqacha   tarixi”   va
boshqalar.
Be h budiyning yangi maktablar uchun yozgan asarlari maktablarning islohida
katta   hodisa   bo‘ldi.   Ayni   davrda   bu   darsliklar   nazariy,   ilmiy   va   amaliy   jihatdan
keng   qo‘llaniladi.   Be h budiy   Turkistonning   kelajagi   uchun   yangi   kadrlarida,
mutaxassislarida   va   o‘qimishli   yoshlarida   deb   biladi.   Shuning   uchun   har   bir
yozgan maqolasida yangi taraqqiyotga javob beradigan kadr tarbiyalab yetishtirish
masalasini qo‘yardi. 
Munavvar   qori   Abdurashidxon   o‘g‘li   XX   asrning   birinchi   choragida   faqat
Turkistondagida   emas,   Rossiya   musulmon   ziyolilari   orasida   ham   mashhur   edi.
Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o‘quv
kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida hurmat bilan tilga oladi.
Munavvar   qori   Toshkentda   “Usuli   savtiya”   maktabini   ochadi.   U   maktabni
avval   o‘z   hovlisida,   keyin   boshqa   joylarda   ochishga   harakat   qiladi.   U   maktabni
isloh   qilmay   turib,   odamlarning   ongida   o‘zgarish   yasab   bo‘lmasligini   yaxshi
tushunib yetgan edi.
Munavvar   qori   yoshlarni   chet   elga   yuborishni,   u   yerda   ilm-fanni
o‘rganishlarini   targ‘ib   qiladi.   U   1916-yili   Toshkentda   yig‘ilishda   nutq   so‘zlab
shunday  deydi:  “O‘zbek   ziyoli   bolalarining  Germaniyaga  yuborib  o‘qitishga   juda
muhtojmiz,   bolalar   o‘qib,   ilm   tahsil   olib   kelsalar,   millatga   katta   xizmat   qila
oladilar”. Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar
qori   1917-yil   may   oyida   taraqqiyparvar   musulmon   yoshlari   va   ruhoniylar
ishtirokida   o‘tgan   quriltoyda   “Sho‘royi   islomiya”   jamiyati   raisining   muovini   etib
saylanadi. Natijada ilg‘or fikrli kishilar uning atrofida to‘plana boshlaydi. U 1918-
yil   may  oyida  Toshkent   shahrida  “Turk  o‘chog‘i”  ilmiy-madaniy  jamiyati  tuzadi. U  insonning  ma’rifatli   bo‘lib,  ko‘zi   ochilmaguncha  na   o‘zini,  na  xalqining  erkini
muhofaza qila olishini mutafakkirona noziklik bilan o‘z asarlarida ifoda etadi. 
Abdulla Avloniy  1907-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik
Degrez   mahallasida   yangi   usuldagi   maktablar   ochdi.   Xadrada   “Maktab
kutubxonasi” nomli kitob do‘koni ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan
maqsad va vazifalariga mashg‘ulotlarni sinf – dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib
borilishi   bilan   eski   usul   maktablaridan   farq   qilar   edi.   U   o‘z   maktabida   bolalarga
tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar   e di.
Ayniqsa o‘quvchilarni tabiat fanlari o‘simliklar, hayvonlarning xilma-xilligi ularni
parvarish   qilish   usullari   haqida   ma’lumotlar   berilishi   juda   qiziqtirgan.   A.Avloniy
maktablarida tabiiy fanlar ham o‘z rivojini topgan.
A.Avloniy   “Usuli   jadid”   maktablari   uchun   to‘rt   qismdan   iborat   “Adabiyot
yoxud   milliy   she’rlar”,   “Birinchi   muallim”,   “Turkiy   guliston   yoxud   axloq”,
“Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari yaratdi. Bu
asarlarida   dunyo   xalqlari   asarlarini   ulug‘lab,   o‘z   xalqini   dunyoviy   ilmlarni
egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo‘lishga chaqiradi. 
A.Avloniyning   pedagogikaga   oid   asarlari   ichida   “Turkiy   guliston   yoxud   axloq”
asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlash taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta
ahamiyatga   egadir.   Bu   asar   axloqiy,   ta’limiy,   tarbiyaviy   asardir.   O‘zbek
pedagogikasi   tarixida   A.Avloniy   birinchi   marta   pedagogikaga   ta’rif   berib,
“Pedagogika   bola   tarbiyasining   fani   demakdir”   deydi.   A.Avloniy   bola   tarbiyasini
nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi:
1. Tarbiyaning zamoni.
2.  Badan tarbiyasi.
3.  Fikr tarbiyasi.
4.  A x loq tarbiyasi.
A.   Avloniy   tarbiya   doirasini   keng   ma’noda   tushunadi.   Uni   birgina   axloq
bilan   chegaralab   qo‘ymaydi.   U   birinchi   navbatda   bolaning   sog‘ligi   haqida
g‘amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi. A.Avloniyning   fikricha,   sog‘lom   fikr,   yaxshi   axloq,   ilm-ma’rifatga   ega
bo‘lish   uchun   badanni   tarbiya   qilish   zarur.   “Badanning   salomat   va   quvvatli
bo‘lmog‘i insonga   e ng kerakli narsadir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va
o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz organizm lozimdir”.
Bolalarda   fikrlash   qobiliyatini   o‘stirish   va   bu   tarbiya   bilan   muntazam
shug‘ullanishi   benihoyat   zarur   va   muqaddas   bir   vazifa.   Binobarin,   u
muallimlarning   “Diqqatlariga   suyangan,   vijdonlariga   yuklangan   muqaddas   bir
vazifadir...   Negaki   fikrning   quvvati,   ziynati,   kengligi,   muallimning   tarbiyasiga
bog‘liqdir”. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini tushunardi. Shuning
uchun   yoshlarni   ilm   sirlarini   bilishga,   ayniqsa   tabiiy   fanlarni   bilishga   chaqiradi.
Chunki   bu   fanlar   tabiatda   bo‘lgan   hodisalarning   mohiyatini   yechishga   imkon
beradi. 
Yoshlarni kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat
manfaatiga   xizmat   qilmasa,   xalq   farovonligi   yo‘lida   qo‘llanmasa,   u   o‘likdir.
A.Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni
dono insonlar, deb biladi.
Abdurauf Fitrat.   XX asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi
uchun   kurashgan   jadidchilik   harakati   namoyandalaridan   biri,   u   yirik   olim,   davlat
va   siyosat   arbobi,   mohir   pedagog   va   buyuk   ma’rifatparvardir.   Fitrat   o‘zbek
olimlari   ichida   birinchi   bo‘lib,   o‘sha   davrda   professor   unvoniga   ega   bo‘lgan
olimdir.
Fitrat   o‘z   asarlarida   ta’lim-tarbiya   va   uning   maqsadlari   maktab-maorif
ishlari,   bilim   berish   usullari   va   vositalari   haqida,   ma’rifatli   insonlarni   tarbiyalash
yo‘llari haqida to‘xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o‘rganishga da’vat etgan. U
mamlakatning   rivojlanishi   uchun   chet   ellar   fani,   madaniyatidan   xabardor   bo‘lishi
lozim deb bilardi. U xalq maorifi  noziri  bo‘lgan davrda talabalarni  Germaniyaga,
Turkiyaga   u   yerdagi   ilg‘or   Yevropa   ilm-fan,   tabobat,   texnika   sirlarini   o‘rganish
uchun   yuborish   tashabbuskorlaridan   biri   bo‘ldi.   Fitrat   insonning   kamolotga
yetishish   uchun   badantarbiya   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini   aytib,   insonning
butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd etadi. Bolalarning ilm  olishi  bilan birga ularning badantarbiyasiga  ahamiyat
berilishi   lozim.   Fitrat   bolalarning   sog‘lom   bo‘lib,   kamol   topishi   haqida   gapirar
ekan,   ularni   yoshligidan   sof   havodan   bahramand   qilishni   tavsiya   etadi.   Fitratning
axloqiy   tarbiya   haqidagi   fikrlari   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Fitratning
uqtirishicha,  bolalar  suvga o‘xshaydilar. Suv qaysi  rangdagi  idishda  bo‘lsa,  o‘sha
rangda tovlangani kabi bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar, o‘sha muhitning har
qanday   axloq   va   odatini   qabul   qiladilar.   Madaniyatli   millat   bo‘lish   uchun
bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ahamiyat berish kerakligi ni   qayd   e tadi. Fitrat
axloqiy   tarbiyada,   avvalo,   ota-ona   va   muallimlarning   o‘zlari   go‘zal   axloqli
bo‘lishlari   zarurligini   aytadi.   Fitrat   Vatanning   ravnaq   topishi   uchun   dunyoviy
ilmlarni  e gallashga da’vat  e tadi.
Abduqodir   Shakuriy.   Jadidlar   pedagogikasini   Abduqodir   Shakuriy
siymosisiz   tasavvur   qilish   qiyin.   Chunki   u   o‘z   zamonasining   yetuk   olimi,   maorif
fidoyisi edi. Shakuriy Samarqandda yangi usulda birinchi maktabni tashkil qilgan
kishidir. Shakuriy maktabida aniq dastur asosida dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan .
Taniqli   olim   Jo‘ra   Yo‘ldoshev   o‘zining   “Ta’lim   istiqloli   yo‘lida”   nomli
kitobida Shakuriy ishlari haqida shunday fikr bildiradi “A.Shakuriy o‘qish, o‘qitish
uslubidagi   yangilikning   ahamiyati   shundaki,   birinchidan   u   o‘sha   davrda   mavjud
bo‘lgan eski o‘qitish usullarini qo‘llamaydi. Ikkinchidan maktabda kichik yoshdagi
o‘g‘il va qiz bolalarni birga o‘qitish uslubini joriy qildi. Uchinchidan, bolalarning
ona   tilisida   o‘qitishga   qat’iy   rioya   qildi,   chet   tillarni   o‘rganishga   da’vat   etdi.
To‘rtinchidan,  yangi   usul   maktablari   uchun juda  sodda,  tushunarli   tilda  darsliklar
tuzib,   ularni   nashr   e tdi.   Beshinchidan   o‘z   maktablariga   mehnat   va   musiqa
darsliklarini   kiritdi.   U   o‘z   o‘quvchilarini   qishloq   xo‘jaligi   va   bog‘dorchilikka   oid
ishlar bilan tanishtirdi. Bu mashg‘ulotlar uchun maktab dasturidan alohida soatlar
ajratdi”.   Bu   so‘zlar   Shakuriyning   pedagogik   faoliyatiga   berilgan   eng   qisqa,   ayni
paytda batafsil ta’rifdir.
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlar natijasida. O‘rta
Osiyoda,   jumladan,   O‘zbekistonda   dunyoviy   ilmlar   tabiat   fanlari,   fan   texnikaga,
tabobatga   oid   ilmlarning   rivojlanishiga   turtki   bo‘ldi.   Jadidlarning   ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi   qarashlari   shu   bilan   xarakterliki,   ular   ajdodlarimizning   bu   boradagi
qimmatli   fikrlari   ilg‘or,   zamonaviy   qarashlar   bilan   uyg‘unlashtirdilar.   Shu   bois
ularning pedagogik qarashlari  ijtimoiy zaminga asoslangani  bilan hanuzgacha o‘z
ahamiyatini saqlab kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tavsiya qilinadigan  asosiy   adabiyotlar
1 Кадрлар тай ё рлаш Миллий  дастури. Тошкент, 2020 й.
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirish va
rivojlantirish bo’yicha qonunlari, qarorlari va farmoyishlari.
3 Ғофуров   Ж.О.,   Толипова,   С.С.Файзуллаев,   И.Т.   Азимов,   Ахмадалиева
Б. Биологиян А.Т.и ўқитишнинг умумий методикаси. Т.,2005, 151 б.
4 Biologiya o’qitish uslubiyati.  Toshkent: Lesson Press nashriyoti, 2019. -152
b.
5 Шефер   И.Ф.,   Б.Э.Матчанов.   Общая   методика   преподавания
биологии.Т.,2005.
6 Yo’ldoshev   J.F.,   Usmonov   S.A.   Pedagogik   texnologiya
asoslari(qo’llanma).-T.: O’qituvchi nashriyoti.2004.104b.
7 Уполномоченое образование. Пособие для 
тренеров.Т.:Информационо ресурсный центр. 2003. 203с.
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
8 Азизходжаева   Н.Н.   Педагогик   технологиялар   ва   педагогик   маҳорат.
Тошкент,   2006 й. 
9 Ж.О.Толипова,   А.Т.Гафуров.   Биология   таълими   технологиялари.
Тошкент, 2002 й.
10 Ж.Толипова   ва   бошқалар.   Ботаника.   5-6   синфлар   методик   қўлланма.
Тошкент,   2003 й.
11 Ж.Толипова,   А.Т.Гафуров.   Биология   ўқ итиш   методикаси.   Методик
қўлланма.  ( академ лицей ва коллежлари учун ) . Тошкент,   2004 й.
12 И.Пономарева   ва   бошк.   Биология   ўқ итишнинг   умумий   методикаси .
Москва ,  2003 й.

BOTANIKA O’QITISH METODIKASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI. Reja: 1. Botanika o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. 2. Botanika o‘qitish metodikasi fan sifatida. 3. Botanika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 4. Botanika o‘qitish metodikasining o‘quv fani sifatida. 5. Botanika o‘qitish metodikasi ning predmeti va obyekti. 6. Uyg‘onish davri. 7. Abu Nas r Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 8. Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 9. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 10. Jadidchilik, yangi usul maktablari, jadidlarning ilmiy qarashlari. 11. Jadidchilik harakatining tarqalishi, jadidchilik harakatida ta’lim va tarbiya. 12. O‘zbekiston jadidchilik harakati namoyandalarining qarashlari.

Biologiya o‘qitish metodikasi ning maqsadi va vazifalari. Biologiya o‘qitish uslubiyati biologiya fani asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonlari, tamoyillar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur tamoyil va qonuniyatlarni bilish o‘qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning o‘qitish shakllari, usullari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishning maqsad qilib qo‘yadi. Biologiya o‘qitish metodikasi ning asosiy vazifasi o‘quvchilarga biologik o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur, atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko‘mak beruvchi o‘quv fanlari mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va usullarini ishlab chiqishdan iborat. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida . Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib, u narsa va hodisalar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga yo‘nalgan hamda tadqiqot qilinayotgan narsa-hodisalar to‘g‘risida to‘liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy vazifasi tadqiqot hisoblanadi. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog‘liq holda o‘quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Fanning asosiy belgisi bo‘lib, maqsadning aniqligi, o‘rganish predmeti, bilimlarni bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga, fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo‘lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi. Biologiya o‘qitish uslubiyati pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlariga taalluqli bo‘lgan pedagogik qoidalarni, biologik o‘quv materialiga tatbiq etishga yo‘nalgan. Shu

bilan bir qatorda, biologiya o‘qitish uslubiyati tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prin s ipini belgilab beradi. Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi o‘quvchilarning o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo‘lgan biologik bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi. Biologiya o‘qitish metodikasi ning maqsadi yuqorida qayd qilingan omillardan kelib chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Fan sifatida biologiya o‘qitish uslubiyatining vazifalari tubandagilardan iborat: 1. O‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o‘quv fanining o‘rnini aniqlash. 2. Maktab o‘quv dasturlari, darsliklarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq etish. 3. O‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash. 4. Biologiya o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish. 5. O‘qitish jarayonida qo‘llash uchun zarur jihozlarni aniqlash. Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil e tish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio va video vositalarni belgilash. Biologiya o‘qitish uslubiyatining obyekti mazkur o‘quv fani bilan aloqador bo‘lgan o‘quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.

Biologiya o‘qitish uslubiyatining predmeti biologik bilimlarning maqsadi, mazmuni, o‘qitish usullari, shakllari, o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. Biologiya o‘qitish uslubiyatining ilmiy-tadqiqot metodlari: 1. Maktab o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash; 2. Bu sohada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish; 3. Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin ekanliklarini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda tajribaviy, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash; 4. Kuzatish va pedagogik e ksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash; 5. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo‘llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish. Hozirgi davrga kelib, biologiya o‘qitish uslubiyatida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar natijasida “Biologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiyada o‘qitish shakllarining sistemasi”, “Biologiyada o‘qitish usullari”, “Biologiyada ekologik tushunchalarni rivojlantirish”, “Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi”, “Pedagogika oliy o‘quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi” kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Maktablarda o‘qitiladigan biologiya o‘quv fanlariga qarab “Biologiya o‘qitish uslubiyati” fani “Biologiya o‘qitishning umumiy uslubiyati”, “Botanika o‘qitish uslubiyati”, “Zoologiya o‘qitish uslubiyati”, “Odam va uning salomatligini o‘qitish uslubiyati” va nihoyat “Umumiy biologiyaning o‘qitish uslubiyati” kabi xususiy o‘qitish uslubiy fanlariga ajratiladi. Biologiya o‘qitishning umumiy uslubiyati barcha biologik o‘quv fanlariga oid o‘qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari,

shakllari, biologiyani o‘qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy uslublar esa u yoki bu o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilarning yoshi bilan bog‘liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish, jihozlash kabilarni diqqat markazida tutadi. Biologiya o‘qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Biologiya o‘qitish uslubiyati pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarini o‘rgansa, va u maktabdagi barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarini va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o‘qitish uslubiyati biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari va uslublari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o‘qitish uslubiyati psixologiya bilan uzviy aloqadadir. Chunki biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan, o‘smirlarda, ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida diqqat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha uslublardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi hamda ularning tafakkurini aniq ekanligini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanadi. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazilishi va bir, ikki uslubdan foydalanish kifoya qiladi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolutsion ta’limot, antropologiya molekular biologiya fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy