logo

Parazitologiya fanining predmeti, tarkibi va vazifalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.4501953125 KB
“ Parazitologiya fanining predmeti, tarkibi va vazifalari ”
REJA
1.  Parazitologiyaning   predmeti.   Uning   mazmuni   va   o’rganadigan
obyekti.
2.  Parazitologiya fanining hajmi va tarkibi.
3.  Parazitologiyaning umumbiologik fan sifatida boshqa biologik va
tabiatshunoslik fanlari bilan bog’liqligi.
4.  Parazitologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati.
5.  Parazitologiyaning vazifalari. Parazitologiya fanining predmeti, tarkibi va vazifalari
Tirik organizmlar orasida mavjud bo’lgan turli-tuman munosabatlardan
biri “parazit-xo’jayin” tizimi hisoblanib, unda bir turdagi organizm (parazit)
boshqa   turdagi   organizm   (xo’jayin)   hisobidan   oziqlanadi   va   uni   o’ziga
doimiy yoki vaqtincha  boshpana (yashash joyi) qilib oladi.
“Parazit-xo’jayin”   tizimi   simbiotik   munosabatlarning   boshqa   shakllari
singari tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. 
Ushbu   tizimdagi   munosabatlarning   turli-tuman   ko’rinishi   va
xususiyatlarini parazitologiya fani o’rganadi.
Parazitologiya so’zi yunoncha bo’lib,   parasitos- tekinxo’r, hamtovoq va
logos- so’z,   fan   ma’nosini   anglatadi.   Shunga   binoan   parazitologiya   bir
organizmning   ikkinchi   organizmda   parazitligi   jarayonini,   parazitlarning
odam,  hayvonlar  va  shuningdek  o’simliklarda   yuzaga   keltirgan  kasaliklarini
aniqlash   bilan   birga,   shu   kasaliklarni   oldini   olish   hamda   parazitlarga   qarshi
kurash   choralarini   ishlab   chiquvchi   fandir.   Bundan   tashqari   parazitologiya
parazit hayvonlarni morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi,
sistematikasi,   ekologiyasi,   shuningdek   filogeniyasi   kabi   masalalarini   ham
o’rganuvchi fandir.
Parazitologiya umumbiologik fan sifatida bir qator bo’limlarga ajraladi.
Bunday   bo’limlar   qatoriga   odamning   turli   organ,   sistema   va   tuqimalarida
parazitlik qiluvchi hayvonlarni o’rganuvchi   tibbiyot parazitologiyasi,   chorva
hayvonlari   va   uy   parrandalari   parazitlarini   o’rganuvchi   veterinariya
parazitologiyasi   hamda   turli-tuman   madaniy   o’simliklarni   parazitlarini
o’rganuvchi  fitoparazitologiya  kabilarni aytib o’tish o’rinlidir.
Parazitlarni   ma’lum   bir   taksonomik   guruhlarga   mansub   bo’lishiga
qarab   ushbu   fan   tarkibidagi   protozoologiya   (bir   xujayrali   hayvonlar   kichik
olamiga   mansub   bo’lgan   turlar   haqidagi   fan),   gelmintologiya   (parazit
chuvalchanglar   haqidagi   fan)   va   araxnoentomologiya     (qon   suruvchi   va kasallik   qo’zg’atuvchilarni   yuqtiruvchi   bo’g’imoyoqlilar   haqidagi   fan)   kabi
xususiy bo’limlarni alohida qayd qilish lozimdir.
Parazitologiya bir qator umumbiologik (zoologiya, botanika, hayvonlar
morfologiyasi   va   fiziologiyasi,   biokimyo,   genetika,   sistematika,
mikrobiologiya   va   boshqalar)   va   tabiatshunoslik   (geografiya,   geologiya,
ximiya, matematika, fizika) fanlari, shuningdek tibbiyot va qishloq xo’jaligi
fanlari bilan bog’liqdir.
Parazitologiya   umumbiologik   fan   sifatida   juda   muhim   nazariy   va
amaliy muammolarni bajarishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.  Bu vazifalar
qo’yidagilardan iborat:
1.  Parazitlarni   hamda   ularni   yuqtiruvchilarini   voyaga   yetgan
(imaginal)   davri   va   hayot   siklining   turli   bosqichlarida   morfologik   belgi   va
xususiyatlari   o’rganiladi.   Ushbu   ishlar   jumlasiga,   shuningdek   xujayin   axlati
bilan   tashqariga   chiqariladigan   sistalar,   gelmintlarning   tuxumlarini   ham
tadqiqot qilish ko’zda tutiladi.
Tadqiqot   ishlarini   olib   boruvchi   mutaxassis   biron-bir   parazit   turini
aniqlashi   lozim   ekan,   u   albatta   shu   hayvonni   gavda   qismlarini   yoki   ayrim
organlarini   (gavda   ortiqlari   va   ularning   ranggi   hamda   shakli,   qanotlaridagi
tomirlar va ularning shoxlanish xususiyatlari, tashqi qoplag’ichidagi tuklar va
qilchalarning   joylashish   xarakteri,   ularning   soni,   rivojlanishning   bir
bosqichdan   navbatdagi   bosqichga   o’tishi   jarayonida   gavda   ortiqlarining
o’zgarishi   kabi   vaqtinchalik   organ   hamda   belgilarning   bo’lish-bo’lmasligi)
juda puxta bilishi lozim.
2.  Ma’lum   bir   turdagi   xo’jayinning   yoki   uning   turli
populyasiyalarini parazitlari faunasi va ularning sistematik o’rni o’rganiladi.
Xo’jayin   tanasidagi   parazitlar   faunasi   (turlar   tarkibi)ni   hamda   ularning
hayvonlar   olamida   tutgan   sistematik   o’rnini   ilmiy   jihatdan   aniqlash,   shu
parazitning   keltirib   chiqargan   kasalligini   diagnostikasini   to’g’ri   qo’yish mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida shu kasallikni muvaffaqiyatli davolash
imkonini beradi.
3.  Parazit va uni yuqtiruvchi hayvonlarni hayot siklidagi rivojlanish
bosqichlarini   ekologik   xususiyatlari   o’rganiladi.   Parazitlarni   hayot   siklidagi
turli   bosqichlarining   (tuxumlari,   lichinkalari,   invazion   lichinka,   nimfa,
g’umbak,   imago)   atrof   muhitni   abiotik   va   biotik   omillariga   nisbatan
munosabatini   o’rganishdan   asosiy   maqsad,   parazit   biologiyasida   mavjud
bo’lgan bo’sh joyni (zvenoni) aniqlashdan iboratdir. Bu esa o’z navbatida shu
parazitga   nisbatan   profilaktik   choralarni   va   davolash   usullarini   izlab   topish
imkonini beradi. 
4.  Kasallik   yuqtiruvchilarni   epidemiologik   va   epizootologik   roli
o’rganiladi.   Yuqtiruvchining   odam   va   hayvonlar   orasida   kasallik
qo’zg’atuvchilarni   tarqatishi,   qo’zg’atuvchi   bilan   yuqtiruvchining   o’zaro
munosabati,   qo’zg’atuvchini   yuqtiruvchi   tomonidan   qabul   qilish   sharoiti   va
uni odam yoki hayvonlar tanasiga o’tkazish mexanizmi, nihoyat yuqtiruvchi
tanasida  kasallik  qo’zg’atuvchining  saqlanish  muddati  kabilar  bo’yicha  aniq
ma’lumotlar to’planadi.
5.  Parazitning   odam   yoki   hayvon   organizmiga   (shuningdek
o’simlikka) salbiy ta’sir qila olish darajasini o’rganib, ushbu holatlarni oldini
olish   va   davolash   choralari   ishlab   chiqiladi.   Bunday   choralar   birinchi
navbatda   odam   yoki   hayvon   tanasidagi   (shuningdek   o’simlikdagi)   parazitni
yo’q qilishga qaratiladi.
6.  Turli-tuman   yashash   sharoitida   parazit   bilan   xujayin   orasidagi
o’zaro   ta’sir   darajasi   o’rganiladi.   Muhit   omillarining   xujayin   organizmiga
ta’siri   natijasida   uning   umumiy   holatini   aniqlash   orqali   undagi   parazitning
holati bo’yicha ma’lumotlar ham aniqlanadi. 
7.  Kasallik   qo’zg’atuvchi   parazitlarga   shuningdek   yuqtiruvchilarga
nisbatan qarshi kurash choralari ishlab chiqiladi. 8.  Parazitologiyaning   asosiy   vazifalaridan   biri   parazitar   va
transmissiv   kasalliklarni   yo’q   qilishga   qaratilgan   profilaktik   chora-tadbirlar
tizimini   ishlab   chiqish   bilan   birga,   ayrim   parazitlarni   ma’lum   hudud
miqyosida umuman yo’q qilish maqsadi ham qo’yiladi. ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.   John   T.Sullivan.   Electronic   Atlas   of   Parasitology.   Copyright.   2000.   The
McGraw-Hill Companies.
2.   Корнакова,   Е.   Е.   Медицинская   паразитология.   Учебник   /   Е.Е.
Корнакова.   -   М.:   Academia,   2013.   -   224   c.
3.  Thomas   C . Cheng .  General   Parasitology .  Copyright . 1986.  Academic   Press .
Inc .
4.   Гинецинская   Т.А.,   Доброволський   А.А.   «Частная   паразитология»,
Москва, «Высш. школа», 1978.
5. Догель В.А., «Общая паразитология». Ленинград., Изд. ЛГУ, 1962.
6.   Эргашев   Э.Х.,   Шопўлатов   Ж.Ш.   «Паразитология   асослари   ва
трематодозлар   билан   цестодозлар».   Тошкент,   «Ўзбекистон»   нашр.,
1981.
7.   Қулмаматов   А.   «Умуртқасиз   паразит   ҳайвонлар».   Тошкент,
«Ўқитувчи» нашр., 1988.
8. Дадаев С. Паразитология  «Ўқитувчи» нашр., Тошкент, 2006.

“ Parazitologiya fanining predmeti, tarkibi va vazifalari ” REJA 1. Parazitologiyaning predmeti. Uning mazmuni va o’rganadigan obyekti. 2. Parazitologiya fanining hajmi va tarkibi. 3. Parazitologiyaning umumbiologik fan sifatida boshqa biologik va tabiatshunoslik fanlari bilan bog’liqligi. 4. Parazitologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati. 5. Parazitologiyaning vazifalari.

Parazitologiya fanining predmeti, tarkibi va vazifalari Tirik organizmlar orasida mavjud bo’lgan turli-tuman munosabatlardan biri “parazit-xo’jayin” tizimi hisoblanib, unda bir turdagi organizm (parazit) boshqa turdagi organizm (xo’jayin) hisobidan oziqlanadi va uni o’ziga doimiy yoki vaqtincha boshpana (yashash joyi) qilib oladi. “Parazit-xo’jayin” tizimi simbiotik munosabatlarning boshqa shakllari singari tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Ushbu tizimdagi munosabatlarning turli-tuman ko’rinishi va xususiyatlarini parazitologiya fani o’rganadi. Parazitologiya so’zi yunoncha bo’lib, parasitos- tekinxo’r, hamtovoq va logos- so’z, fan ma’nosini anglatadi. Shunga binoan parazitologiya bir organizmning ikkinchi organizmda parazitligi jarayonini, parazitlarning odam, hayvonlar va shuningdek o’simliklarda yuzaga keltirgan kasaliklarini aniqlash bilan birga, shu kasaliklarni oldini olish hamda parazitlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiquvchi fandir. Bundan tashqari parazitologiya parazit hayvonlarni morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, sistematikasi, ekologiyasi, shuningdek filogeniyasi kabi masalalarini ham o’rganuvchi fandir. Parazitologiya umumbiologik fan sifatida bir qator bo’limlarga ajraladi. Bunday bo’limlar qatoriga odamning turli organ, sistema va tuqimalarida parazitlik qiluvchi hayvonlarni o’rganuvchi tibbiyot parazitologiyasi, chorva hayvonlari va uy parrandalari parazitlarini o’rganuvchi veterinariya parazitologiyasi hamda turli-tuman madaniy o’simliklarni parazitlarini o’rganuvchi fitoparazitologiya kabilarni aytib o’tish o’rinlidir. Parazitlarni ma’lum bir taksonomik guruhlarga mansub bo’lishiga qarab ushbu fan tarkibidagi protozoologiya (bir xujayrali hayvonlar kichik olamiga mansub bo’lgan turlar haqidagi fan), gelmintologiya (parazit chuvalchanglar haqidagi fan) va araxnoentomologiya (qon suruvchi va

kasallik qo’zg’atuvchilarni yuqtiruvchi bo’g’imoyoqlilar haqidagi fan) kabi xususiy bo’limlarni alohida qayd qilish lozimdir. Parazitologiya bir qator umumbiologik (zoologiya, botanika, hayvonlar morfologiyasi va fiziologiyasi, biokimyo, genetika, sistematika, mikrobiologiya va boshqalar) va tabiatshunoslik (geografiya, geologiya, ximiya, matematika, fizika) fanlari, shuningdek tibbiyot va qishloq xo’jaligi fanlari bilan bog’liqdir. Parazitologiya umumbiologik fan sifatida juda muhim nazariy va amaliy muammolarni bajarishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan. Bu vazifalar qo’yidagilardan iborat: 1. Parazitlarni hamda ularni yuqtiruvchilarini voyaga yetgan (imaginal) davri va hayot siklining turli bosqichlarida morfologik belgi va xususiyatlari o’rganiladi. Ushbu ishlar jumlasiga, shuningdek xujayin axlati bilan tashqariga chiqariladigan sistalar, gelmintlarning tuxumlarini ham tadqiqot qilish ko’zda tutiladi. Tadqiqot ishlarini olib boruvchi mutaxassis biron-bir parazit turini aniqlashi lozim ekan, u albatta shu hayvonni gavda qismlarini yoki ayrim organlarini (gavda ortiqlari va ularning ranggi hamda shakli, qanotlaridagi tomirlar va ularning shoxlanish xususiyatlari, tashqi qoplag’ichidagi tuklar va qilchalarning joylashish xarakteri, ularning soni, rivojlanishning bir bosqichdan navbatdagi bosqichga o’tishi jarayonida gavda ortiqlarining o’zgarishi kabi vaqtinchalik organ hamda belgilarning bo’lish-bo’lmasligi) juda puxta bilishi lozim. 2. Ma’lum bir turdagi xo’jayinning yoki uning turli populyasiyalarini parazitlari faunasi va ularning sistematik o’rni o’rganiladi. Xo’jayin tanasidagi parazitlar faunasi (turlar tarkibi)ni hamda ularning hayvonlar olamida tutgan sistematik o’rnini ilmiy jihatdan aniqlash, shu parazitning keltirib chiqargan kasalligini diagnostikasini to’g’ri qo’yish

mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida shu kasallikni muvaffaqiyatli davolash imkonini beradi. 3. Parazit va uni yuqtiruvchi hayvonlarni hayot siklidagi rivojlanish bosqichlarini ekologik xususiyatlari o’rganiladi. Parazitlarni hayot siklidagi turli bosqichlarining (tuxumlari, lichinkalari, invazion lichinka, nimfa, g’umbak, imago) atrof muhitni abiotik va biotik omillariga nisbatan munosabatini o’rganishdan asosiy maqsad, parazit biologiyasida mavjud bo’lgan bo’sh joyni (zvenoni) aniqlashdan iboratdir. Bu esa o’z navbatida shu parazitga nisbatan profilaktik choralarni va davolash usullarini izlab topish imkonini beradi. 4. Kasallik yuqtiruvchilarni epidemiologik va epizootologik roli o’rganiladi. Yuqtiruvchining odam va hayvonlar orasida kasallik qo’zg’atuvchilarni tarqatishi, qo’zg’atuvchi bilan yuqtiruvchining o’zaro munosabati, qo’zg’atuvchini yuqtiruvchi tomonidan qabul qilish sharoiti va uni odam yoki hayvonlar tanasiga o’tkazish mexanizmi, nihoyat yuqtiruvchi tanasida kasallik qo’zg’atuvchining saqlanish muddati kabilar bo’yicha aniq ma’lumotlar to’planadi. 5. Parazitning odam yoki hayvon organizmiga (shuningdek o’simlikka) salbiy ta’sir qila olish darajasini o’rganib, ushbu holatlarni oldini olish va davolash choralari ishlab chiqiladi. Bunday choralar birinchi navbatda odam yoki hayvon tanasidagi (shuningdek o’simlikdagi) parazitni yo’q qilishga qaratiladi. 6. Turli-tuman yashash sharoitida parazit bilan xujayin orasidagi o’zaro ta’sir darajasi o’rganiladi. Muhit omillarining xujayin organizmiga ta’siri natijasida uning umumiy holatini aniqlash orqali undagi parazitning holati bo’yicha ma’lumotlar ham aniqlanadi. 7. Kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarga shuningdek yuqtiruvchilarga nisbatan qarshi kurash choralari ishlab chiqiladi.

8. Parazitologiyaning asosiy vazifalaridan biri parazitar va transmissiv kasalliklarni yo’q qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish bilan birga, ayrim parazitlarni ma’lum hudud miqyosida umuman yo’q qilish maqsadi ham qo’yiladi.