logo

Etnologiya predmeti, maqsad, vazifasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.28125 KB
Etnologiya   predmeti, maqsad, vazifasi.
Reja
1. Etnologiya  fanining paydo bo’lish tarixi, predmeti va metodlari.
2.   O’zbekistonda   etnologiya   fani:   yutuqlar,   muammolar   va   rivojlanish
istiqbollari
3.  Ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi.
Har qanday fanning fan sifatida shakllanishi insonlar ehtiyoji bilan ma’lum
ma’noda   bog‘liqdir.   Shubhasiz,   bu   holat   etnologiya   fani   uchun   ham   taalluqlidir.
Insoniyatning   tarixiy   taraqqiyoti   davomida   yashagan   barcha   etnoslar   o‘ziga   xos
turmush-tarzi,   urf-odatlari   va   an’analari   bilan   bir-biridan   ajralib   turgan.   O‘tgan
ming yilliklar mobaynida to‘plangan bilimlar shundan dalolat beradiki, yer sharida
turfa   xil   rasm-rusm   va   urf-odatlarga   ega   xalqlar   yashashlariga   qaramasdan,
ularning barchasi tabiatning ajralmas bir qismi sifatida rivojlangan bo‘lib, mazkur
jihat tabiiy-geografik hamda xo‘jalik munosabatlari bilan bog‘liq holda o‘ziga xos
etnomadaniy an’analarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Eng qadimgi  davrlardan boshlab kishilar  nafaqat  o‘zlarining balki  tevarak
atroflarda   va   uzoq   yurtlarda   yashovchi   el-uluslar,   ularning   madaniyati,   an’ana   va
marosimlariga   qiziqib,   ular   to‘g‘risida   ma’lumotlarga   ega   bo‘lishga   harakat
qilganlar.   Antik   davr   mualliflari   ko‘plab   empirik   materiallarni   yig‘ishga,   turli-
tuman   xalqlarning   xo‘jalik   va   madaniy   belgilariga   qarab   tasniflashga   intilgan.
Lekin   o‘sha   davr   mualliflari   asosan   jangchilar,   sayyohlar,   elchilar   va   boshqa
mamlakatlarda   turli   maqsadlarda   bo‘lgan   kishilarning   xotiralari   yoki   bo‘lmasa
o‘zga   yurtlar   to‘g‘risidagi   turli-tuman   rivoyatlarga   asoslanib   ma’lumotlar
berganliklari   bois   ham   ularning   bizgacha   qoldirgan   ma’lumotlari   ko‘pincha
umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan.
Etnologiya-xalqlar  to‘g‘risidagi   mustaqil  fan  sifatida XIX  -  asr  o‘rtalarida
paydo   bo‘lgan.   Mazkur   fanning   aynan   shu   davrda   paydo   bo‘lishining   o‘ziga   xos
sabablari   mavjud.   Avvalo,   bu   davrda   dunyo   qit’alari   orasida   iqtisodiy,   madaniy
aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, turli xalqlarning mustamlaka tuzum ta’siriga tushib
qolishi   va   mustamlakachi   davlatlarni   o‘z   mustamlakalarini   osonlik   bilan
boshqarishga   intilishi   u   yerlarda   yashovchi   mahalliy   xalqlar   to‘g‘risida   batafsil
ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qilar edi.
Qolaversa,   o‘sha   davrda   buyuk   geografik   kashfiyotlarning   amalga
oshirilishi   natijasida   dunyoning   turli   mintaqalari   orasida   o‘zaro   etnomadaniy
taraqqiyotdagi o‘zaro farqlarni, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos   etnopsixologiyasi   va   ularning   etnik   o‘zlikni   anglash   mexanizmi,   tarixning
ma’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar
taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarni paydo qildi.
Ana   shu   muammolar   va   savollarning   yechimi   tarzida   qator   yangi
nazariyalar   va   konsepsiyalar   yaratildi.   Bu   esa   etnologiyaning   dastlabki   ilmiy
maktablari   va   yo‘nalishlari   paydo   bo‘lishiga   sabab   bo‘ldi.   Keyinchalik   mazkur
ilmiy   maktablar   va   yo‘nalishlar   asosida   xalqlar   to‘g‘risidagi   maxsus   fan   -
etnologiya   shakllangan.   Etnologiya   fanining   nomi   ham   boshqa   ko‘plab   ijtimoiy-
gumanitar   fanlar   kabi   yunoncha-   etnos   (xalq)   va   logos   (fan)   so‘zlaridan   olingan
bo‘lib,   «xalq   to‘g‘risidagi   fan»   degan   ma’noni   bildiradi.   Etnologiyaning   asosiy
tadqiqot   obyekti   bo‘lgan   «etnos»   so‘zi   ilk   bor   qadimgi   grek   tilida   uchraydi.
Taxminan mi loddan avvalgi  VI-V asrlarda bu so’z kelib chiqishi  grek bo’lmagan
urug’   va   qabilalarga   nisbatan   qo’llanilgan.   Aynan   shu   ma’noda   bu   ata ma   rim
madaniyati va lotin tilida ishlatilgan.
XVIII asrning oxirlariga qadar etnos tushunchasi  nihoyatda chegara langan
tarzda iste’molda bo’ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu termin ilmiy adabiyotlarda
«xalq» («narod») ma’nosida kengroq qo’l lani la boshlagan.
Bugungi kunga kelib ayrim mamlakatlarda mazkur fan «etnologiya», yoki
«etnografiya»   deb   nomlansa,   qator   g‘arb   mamlakatlarida   ushbu   fanni   «madaniy
antropologiya»   yoki   «ijtimoiy   (sotsial)   antropologiya»   deb   yuritish   an’anaga
aylangan.   Ma’lumki,   yaqin   o‘tmishda   sobiq   Ittifoqda   elshunoslik   fani
«etnografiya» deb nomlanib, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan institut
va   ilmiy   tadqiqot   markazlari   ham   shu   atama   bilan   yuritilar   edi.   Biroq   o‘tgan
asrning   90-yillaridan   e’tiboran   ushbu   fanga   nisbatan   «etnografiya»   atamasi   bilan
birga «etnologiya» atamasi ham qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Darvoqe,   «etnologiya»   termini   fanga   ilk   marotaba   1784   yil   A.Shavann
tomonidan olib kirilgan. Lekin ushbu fanning taraqqiyoti biroz keyingi davr bilan
bog‘liq bo‘lib, mashxur fransuz elektrigi Andre-Mari Amper tomonidan 1830 yilda
"antropologik"   (ijtimoiy)   fanlarning   umumiy   tasnifini   ishlab   chiqish   jarayonida
xalqlar   va   ularning   madaniyati   to‘g‘risidagi   yangi   fanning   nomlanishi   tarzida maxsus izoh berilgan. Keyinchalik mazkur termin Yevropa davlatlariga juda tezlik
bilan   yoyilgan.   Umuman   etnologiya   mustaqil   fan   tarzida   bir   qator   etnologlar
jamiyatlarining (jumladan, 1839 yil Parijda Fransiyadagi etnologlar jamiyati, 1842
yil AQShda tashkil topgan Amerika etnologlar jamiyatining) tuzilishi bilan rasman
tasdiqlangan. Biroq, shundan keyin turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar o‘rtasida
mazkur   fanning   fanlar   tizimidagi   o‘rni,   tadqiqot   mavzusi   borasidagi   masalalar
borasida   keskin   munozaralar   yuzaga   keldiki,   bu   bahslar   bugungi   kunga   qadar
davom   etib   kelmoqda.   Mazkur   bahs-munozaralarga   sabab   bo‘lib   kelayotgan
muammolar   orasida   fanning   mazmuni   va   nomlanishi   borasidagi   masala   alohida
o‘rin tutadi. 
XIX   asrgacha   "etnologiya"   iborasi   maxsus   fanga   nisbatan   emas,   balki
onda-sonda turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadida ishlatilgan. 
Germaniyada   etnologiya   «Volkskunde»   nomi   bilan   shakllanib   rivojlana
boshlagan.   1787   yilda   mazkur   termin   Iosifom   Mader   tomonidan   qishloq
aholisining   statistik   va   topografik   hisobini   yuritish   maksadida   qo‘llanilgan.   XX
asrning 20 yillarida hozirgi kundagi etnologiya tushunchasiga yaqin atamani nemis
tadqiqotchisi Folklayf tomonidan «Stoklund» tarzida kiritilgan. 
Dastlab Folklayf talabalari og‘zaki ijod ya’ni qo‘shiq, sher, ertak va miflarni
o‘rganishgan. Keyinchalik, moddiy madaniyat – turar-joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari,
mebel   kabi   mavzular   xam   o‘rganila   boshlandi.   Shuningdek,   Folklayf   tomonidan
nemis   tilida   Skandinaviya   mamlakatlarida   mazkur   fan   universitetlarda,   xususan
1909 yilda Shvesiyada Upsala universitetida o‘qitilgan.
Finlandiyalik   olim   Sigurd   Erikson   «Mintaqaviy   etnologiya   va   etnografiya»
atamasini   dastlab   qo‘llagan.   Shundan   so‘ng   aloxida   mintaqalar   xalklari
etnologiyasining o‘rganilishiga e’tibor kuchaydi.
Etnografiya   yunoncha   bo’lib,   «etnos»   -xalq   «grafiya»   tavsiflash   degan
ma’nolarni   anglatgan.   Mazkur   fanning   metodologik   masalalariga   bag’ishlangan
qator   ishlardan   ko’rinadiki,   «etnologiya»   va   «etnografiya»   tushunchalarini   aynan
bir   tushunchalar   tarzida   qabul   qilish   ham   to’g’ri   emas.   Negaki,   agar   an’anaviy
«etnografiya»   u   yoki   bu   etnosga   (etnik   birlikka)   oid   materiallarni   to’plab, tizimlashtirib   va   uni   ko’proq   tavsiflab   bersa,   «etnologiya»   etnos   haqidagi   barcha
ma’lumotlarni   nazariy-metodologik   jihatdan   tahlil   qiladi   va   bu   xususda   umumiy
xulosalar   chiqaradi.   Demak,   «etnografiya»   tushunchasi   «etnologiya»
tushunchasiga   nisbatan   nafaqat   kengroq   tushuncha,   balki   etnologiyaning   ma’lum
bir   qismi   deb aytish  mumkin. O’z  navbatida  shuni   ham  aytish  mumkinki, har   bir
mamlakatda mazkur fanning paydo bo’lishi va nomlanishi o’ziga xos tarixga ega.
Etnografiya   –   bu   xalqlarning   turmush   tarzi   va   madaniyatini   o‘rganuvchi
tarixiy   fan.   Turmush   tarzi   deganda   shaxsiy   va   jamiyat   hayotining   turg‘un,
boshlang‘ich,   an’anaviy   shakllarini   tushunish   mumkin.   Har   bir   xalqning   turmush
tarzi o‘zgacha bo‘lib, u hatto qo‘shni xalqlar turmushidan farq qiladi. “Madaniyat”
tushunchasi   ancha   murakkab   so‘z   bo‘lib,   “colere”   –   degan   lotin   fe’lidan   olingan,
ya’ni   haydamoq,   yerga   ishlov   bermoq   ma’nolarini   anglatadi.   Bizda   “madaniyat”
so‘zi turli ma’nolarda qo‘llaniladi; Ilmiy tilda, jumladan etnografiyada madaniyat
deganda   inson   qo‘li   bilan   yaratilgan   barcha   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarni
tushunish   lozim.   Moddiy   madaniyatga   inson   qo‘li   bilan   barcha   narsalar;   mehnat
qurollari, kiyim – kechak, turar joylar va shu kabilar kiradi; ma’naviy madaniyatga
esa insonning aqliy faoliyati bilan bog‘liq narsalar; e’tiqod, badiiy ijod, adabiyot,
musiqa,   fan,   odob   –   axloq   va   boshqalar.   Ma’naviy   madaniyatni   –   ijtimoiy
madaniyat,   jamiyat   turmushi,   oilaviy   turmush   kabi   bo‘limlari   mavjud.   Albatta
dunyoda   barcha   xalqlarda   madaniyat   mavjud,   Ammo   madaniyatni   turli   darajalari
mavjud.   Ayrim   xalqlarda   u   tez   rivojlangan,   boshqalarida   esa   sekinroq.   Nafaqat
madaniyatni   rivojlanish   bosqichini,   balki   har   bir   xalqda   uning   o‘ziga   xos
tomonlarini farqlash muhim. Masalan, madaniyat bir hilda rivojlangan bosqichida
ham o‘ziga xosliklari turlicha bo‘lishi mumkin, bunga yangi Gvineya papuaslari va
Amerika   eskimoslarini   kirtishimiz   mumkin.Dastlab   o‘z   taraqqiyotida   orqada
qolgan xalqlarni o‘rganish asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan. Etnologiya predmetini
XIX   asr   oxirida   bu   tarzda   belgilanishi   deyarli   barcha   Yevropa   xalqlarini   boshqa
qit’alar   xalqlari   yaratgan   madaniyalardan   ancha   yuqori   bo’lgan   yangi   turdagi
sivilizatsiya yaratgani bilan asoslanadi. Primitiv (lot. ilk, dastlabki) xalqlarni tadqiq
etishni   etnologiyaning   asosiy   obyektiga   aylangan:   L.G.   Morgan   (“Qadimgi jamiyat”)   E.   Taylor   (Ibtidoiy   madaniyat)   asarlarini   ibtidoiy   xalqlarga
bag‘ishlangan.   Asrlar   chegarasida   etnologiya   universitet   faniga   aylangan.
Nazariyotchi olimlarni xalqlarni primitiv (ibtidoiy) va sivilizatsiyalashgan turlarga
bo‘linishini   inkor   etgan.   Munozoralar   va   bahslar   davomida   etnologiyaning
predmeti   quyidagicha   izohlanadi:   tasvirlovchi,   umumlashtiruvchi;   turli   madaniyat
tiplarini   qiyoslovchi;   sotsiologiyaning   bo‘limi;   madaniyatning   dinamikasi
haqidagi;   ibtidoiy,   an’anaviy   madaniyatlarni   qiyosiy   tahlil   orqali   o‘rganuvchi
fandir.   Bugungi   kunda   etnologiya   murakkab   va   ko‘p   tarmoqli   bilimlar   tizimi
bo‘lib:   etnik   antropologiya,   etnik   sotsiologiya,   etnodemografiya,   iqtisodiy
etnologiya,   etnik   psixologiya,   etnik   geografiya,   etnopedagogika   sohalariga
bo‘lingan.   Zamonaviy   etnologiyada   ilmiy   tahlil   uchun   xilma-xil   ma’lumotlardan
foydalanilgan   bo‘lib,   ularga   etnograf   olimlar   tavsiflari,   sayohatchilar   yozmalari,
folklor   va   badiiy   matnlar,   etnosotsilogik,   etnopsixologik   tadqiqotlar,   rasmiy
xujjatlar, tarixiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar va boshqalar kiradi.
Yozma   manbalarga   xalqlarning   o‘zlari   tomonidan   bitilgan   tarixi   ularning
madaniyatlari   tavsifi   kirsa,   og‘zaki   rivoyatlarda   urug‘-qabila   va   elatlarni   tarixiy
ongi mujassamlashgan, ayrim qabilalar baxshilarini XX asr o‘rtalarida ham so‘nggi
400   yil   davomidagi   hukmdorlari   va   hayotini   muhim   sanalarini   xotiralarida
asrashlari   hamda   yosh   avlodga   yetkazishlari,   lekin   og‘zaki   ma’lumotlarni   boshqa
manbalarga nisbatan tez yo‘qolishini misol qilib keltirish mumkin.
Arxeologik   ashyolarni   etnik   tarix   va   madaniyat   tarixini   tiklashda   muhim
bo‘lib,   boshqa   manbalarga   nisbatan   ma’lum   tarixiy   voqealar   yoki   madaniyat
ashyolari   yoshini   aniqlashda   ishonchlidir.   Sopol   buyumlar   yoshini   aniqlashda
termolyuminessent   usulini   qo‘llanilishi,   bugungi   kunda   arxeologik   ashyolarni
o‘rganishda statistik usuldan tobora keng foydalanilmoqda. Qiyosiy tilshunoslikda
turli   tillardagi   ma’lum   so‘zlarni   qiyoslash   orqali   ularning   yaqinligi   yoki
qardoshligini aniqlanadi, endogen jarayonlar tufayli tillarni tashqi ta’sir ostida tez
o‘zgaradi   yoki   aksincha   stastik   xususiyatini   saqlab   asrlar   davomida   o‘zgarmay
qolmoqda, ayrim  so‘zlar   yo‘qolib,  ular   boshqa  turlardan  olingan sinonimlar   bilan
almashib madaniyatlarni o‘zaro ta’siri muhim ahamiyatga ega. Statistik metodlar etnologiyada XX asrning o‘rtalarida muhim o‘rin egallay
boshlagan,   aholi   ro‘yhatlari   orqali   ko‘pgina   masalalar   bo‘yicha   olimlar   etnik
ma’lumotlar   olmoqda,   ularning   qiymati   faqat   xilma-   xilligida   emas   balki
tartiblashtirilgani, tizimilashtirilganida hamdir.
Etnologiyani   mustaqil   fan   sifatida   shakillanishida   xalqlar   hayotini   bevosita
o‘rganish   katta   ahamiyat   kasb   etgan,   dala   tadqiqotlari   unumi   etnologni
o‘rganilayotgan   etnos   bilan   bevosita   muddat   bo‘lganiga   bog‘liqligi,   so‘nggi
yillarda   xorijda   kompleks   ekspeditsiyalar,   ya’ni   turli   soha   mutaxassislari
ishtirokida   (antropologlar,   etnologlar,   geograflar,   biologlar,   meditsina   vakillari)
dala tadqiqotlari o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, tobora keng tus olayotganini qayd
etish lozim.
2.O’zbekistonda etnologiya fani: yutuqlar, muammolar va rivojlanish
istiqbollari
Respublikamizda   etnologiya   fanining   tarixi   va   mazkur   fan   sohasida
erishilgan ijobiy ishlar borasida fikr yuritgan edik. Endi esa zamonaviy etnologiya
fanining   yutuqlari,   muammolari   va   mazkur   fanning   rivojlanish   istiqbollariga
to‘xtalib o‘tsak. O‘zbekiston istiqlolga erishganidan keyin boshqa ijtimoiy fanlarda
bo‘lgani   singari   etnologiyada   ham   katta   amaliy   ishlar   bajarildi.   Mustaqillik
yillarida   mafkuraviy   tazyiqlardan   holi   bo‘lgan   boshqa   ijtimoiy-gumanitar   fanlar
kabi etnologiya fani sohasida ham garchi ma’lum qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, bir
qator ilmiy-nazariy va metodolik tadqiqotlar amalga oshirildi. Tadqiqotlar nafaqat
mazmun   va   mohiyati   bilan   balki,   ularga   nazariy   metodologik   jihatdan
yondashuvlar   ham   o‘zgarganligini   ko‘rsatmoqda.   Tarixan   qisqa   davr   mobaynida
erishilgan   eng   muhim   natijalar   sifatida   tadqiqot   mavzularining   kengaygashi   va
ilmiy   izlanish   samaradorligi   oshganligini   kuzatamiz.   Tadqiqot   obyekti   va
predmetiga,   balki   uning   metod   va   nazariyalariga   ham   yangicha   qarash   natijasi
o‘laroq   «etnomadaniy   jarayonlar»,   «etnoslararo   jarayonlar»,   «zamonaviy
jamiyatda   milliy-etnik   jarayonlar»,   «etnopsixologiya»,   «etnoslararo
kommunikasiya»,   «gender   muammolari»   va   etnologiyaning   boshqa   zamonaviy
yo‘nalishlarida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida etnolog   tadqiqotchilar   «bir   xillik»   andozasidan   ozod   bo‘ldilar   va   «madaniyat»,
«madaniy   meros»,   «mentalitet»,   «milliy   ruh»   kabi   tushunchalarning   sof   milliy
shakliga   va   mazmuniga   qaytdilar.   Qolaversa,   fanning   asosiy   tadqiqot   obyekti
bo‘lgan   etnosning   nazariy  jihatlari,  etnogenez   va  etnik   tarixga   oid  yangi   nazariy-
metodologik konsepsiyalar va qarashlar yaratildi. Shuningdek, mustaqillik yillarida
xalqimiz   moddiy   va   ma’naviy   madaniyati,   oilaviy   va   jamoaviy   hayoti,   diniy
e’tiqodlari   va   marosimlarini   tadqiq   etish   borasida   jiddiy   tadqiqotlar   bilan   birga
fanda   qo‘ni   -   qo‘shnichilik   an’analari,   etnoslararo   jarayonlarni   tadqiq   qilishga
qaratilgan   yangi   yo‘nalishlarga   asos   solindi.   Bajarilgan   tadqiqotlarning   samarasi
o‘laroq qator monografiyalar va risolalar e’lon qilindi. Bu o‘rinda o‘zbek elshunos
olimlari   I.Jabborov,   H.   Ismoilov,   O.Bo‘riyev,   A.Ashirovlarning   o‘zbeklarning
oilaviy   turmush   an’analari,   to‘y   tantanalari,   dafn   marosimlari   hamda   milliy
qadriyatlariga   oid   tadqiqotlari   nashr   etildi.   1991-2004   yillar   mobaynida
Respublikamizda   etnologiya   yo‘nalishi   bo‘yicha   20   dan   oshiq   nomzodlik   va
doktorlik   dissertatsiyalari   himoya   qilingani   ham   fan   salohiyati   oshib
borayotganligidan   dalolat   beradi.   Himoya   qilingan   dissertatsiyalar   dolzarb
mavzularda hamda respublikamizning turli tarixiy-etnografik mintaqalari misolida
bajarilgan.   Jumladan,   Farg‘ona   vodiysi,   Xorazm,   Zarafshon,   Nurota,   Buxoro,
Surxondaryo,   Qashqadaryo   vohalarining   oila   va   oilaviy   turmush   marosimlariga,
maishiy   turmush,   jamoaviy   munosabatlar,   xonaki   hunarmandchilik,   shuningdek,
qoraqalpoqlar   tarixining   etnografik   jihatlari   yoritilgan   ilmiy   tadqiqotlar   alohida
ahamiyat   kasb   etadi.   Mazkur   dissertatsiyalar   milliy   qadriyatlar   va   an’analarni
tiklash   g‘oyasiga   asoslanganligi,   o‘zbek   xalqi   etnografiyasining   muammolariga
yangicha   ruhda   yondoshganligi   bilan   ajralib   turadi.   Shuningdek,
Respublikamizning   qator   universitetlarida   etnologiya   bo‘yicha   ilmiy   markaz   va
kafedralarning   ochilishi   ham   ushbu   fanga   bo‘lgan   e’tibor   oshganligidan   dalolat
beradi.
Etnologiyaning   boshqa   fanlar   bilan   aloqasining   samarasi   tarzida
etnoarxeologiya,   etnopsixologiya,   etnolingvistika,   etnodemografiya,
etnofolkloristika kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi va eng muhimi fanning nomi ham   etnologiya   deb   o‘zgartirildi.   Bu   borada   birgina   O‘zR   FA   Tarix   instituti
«Etnologiya»   bo‘limida   O‘zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Fan   va
texnologiyalar markazining amaliy tadqiqotlar dasturi bo‘yicha Respublikamizning
ikki   tarixiy-etnografik   mintaqasi,   Farg‘ona   vodiysi   hamda   Janubiy   O‘zbekiston
mintaqalaridagi   etnoslararo   jarayonlarni   taqqoslab   tadqiq   qilinganligi   yoki
zamonaviy   polietnik   shahardagi   etnomadaniy   jarayonlarni   tahlil   etilayotganligi
ham bajarilayotgan ishlarning yorqin ko‘zgusi  deb aytishimiz mumkin. Umuman,
Respublikada   etnologik   yo‘nalishda   olib   borilayotgan   tadqiqotlarning   asosiy
yutuqlari quyidagilarda mujassamlashgan:
•   Avvalo   keyingi   o’n   yillikda   etnologiyaning   nazariy   metodologik
muammolari   borasida   dastlabki   ilmiy   tadqiqotlar   amalga   oshirildi.   Bunda
tadqiqotchilar   tomonidan   fanning   nafaqat   nazariy   muammolari,   balki   zamonaviy
Etnologiya   maktablari   va   atamalariga   oid   yangi   materiallarning   e’lon   qilinishi
o’zbek   etnologlarining  zamon   bilan  hamnafas   tadqiqotlar   olib   borayotganliklarini
ko’rsatadi.
• Etnogenetik jarayonlar doirasida akademiklar K.Shoniyozov va A.Asqarov
tomonidan   o’zbek   xalqining   shakllanish   jarayoni   va   uning   nazariy-metodologik
muammolariga   oid   qator   fundamental   tadqiqotlar   e’lon   qilindi.   Mazkur   mavzu
doirasida O’zRFA Tarix institutida doimiy ilmiy seminar tashkil  etilganligi va bu
sohada   Respublikamizning   ko’zga   ko’ringan   bir   qator   olimlarining   ilmiy
tadqiqotlari e’lon qilinayotganligi ham ushbu yo’nalishning rivojlanayotganligidan
dalolat beradi.
• Mutaxassis olimlar nafaqat tarixiy-etnografik tadqiqotlar mavzularini, balki
dastlabki   professional   etnograflar   kabi   «an’anaviy   zamonaviylik»ni   va   bugungi
kunda   muhim   deb   e’tirof   etilayotgan   ijtimoiy   madaniy   innovasiyalar,   an’anaviy
jamiyatning zamonaviy hayotini ham tadqiq qilmoqdalar.
•   Hozir   etnologik   yo’nalishda   bajarilayotgan   tadqiqotlarda   an’anaviy
madaniyatni   tadqiq   qilishgagina   emas,   balki   zamonaviy   polietnik   jamiyatni
o’rganish, ayniqsa an’anaviy mahalla institutini zamonaviy jamiyatda tutgan o’rni,
mahalla   tizimida   zamonaviy   etnomadaniy   jarayonlarning   roliga   katta   e’tibor qaratilmoqda.   Mazkur   yo’nalishda   Toshkent   mahallalari   bo’yicha   olib   borilgan
tadqiqotlar natijalarini dastlabki yutuqlar sifatida qayd etish mumkin.
• Zamonaviy etnologiyaning tadqiqot  mavzusi  va o’rganish  maydoni  ancha
keng   bo’lib,   unga   yaqin   bo’lgan   sotsiologiya,   madaniyatshunoslik,   psixologiya,
antropologiya, arxeologiya va bosh qa ijtimoiy-gumanitar fanlarni qamrab oladi.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
Etnologiyaning   asosiy   obyekti   hisoblangan   etnos   o‘z   rivojlanish   asnosida
iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   sohalarda   faoliyat   olib   boradi.   Etnos
faoliyatining   yo‘nalishlarini   mazkur   madaniyat   va   jamiyatni   o‘rganuvchi   boshqa
fanlar ham o‘rganadi. Etnologiya yuqorida ta’kidlanganidek doimiy ravishda turli-
tuman   yondosh   fanlar   bilan   o‘zaro   aloqada   taraqqiy   etib   rivojlanib   boradi.
Antropologiya,   madaniyatshunoslik,   arxeologiya,   sotsiologiya,   politologiya,
geografiya  va  etnografiya  kabi  fanlar  o‘z tadqiqot   mavzularini   yaqinligi  jihatidan
etnologiyaga yaqin turuvchi yondosh fanlar hisoblanadi.
Etnologiyaning mazkur fanlar bilan doimiy aloqasi  turlicha bo‘lib, ularning
har   biri   bilan   ma’lum   muammolar   va   savollar   doirasidagina   o‘zaro   munosabatga
kirishadi. 
Etnologiyaga   nisbatan   yaqin   fan   antropologiyadir.   Har   ikki   fan   ham
irqlarning kelib chiqishi va ularning yer shari bo‘yicha tarqalishi, tarixiy-madaniy
rivojlanish   jarayonida   insonlarning   jismoniy   qiyofasining   o‘zgarishi,   etnoslarning
antropologik   tuzilishi   kabi   savollarga   javob   izlaydi.   Hozirgi   kunda   ijtimoiy,
madaniy,   psixologik,   strukturaviy,   simvolik   antropologiya   kabi   mustaqil   ilmiy
yo‘nalishlarning mavjudligi bois bular orasidagi munosabatda ma’lum noaniqliklar
mavjud.
Zamonaviy   fanda   «etnologiya»   va   «antropologiya»   terminlari   orasida
amalda   deyarli   qat’iy   o‘rnatilgan   chegara   mavjud   emas.   Ba’zi   tadqiqotchilar
"etnologiya"   va   "antropologiya"   terminlarini   o‘zaro   sinonim   deb   izohlaydilar.
Bizningcha,   bunda   ular   antropologiyada   etnogenez   va   demografik   jarayon   hech
qachon tadqiqot obyekti bo‘lmaganligini biroz nazardan chetda qoldiradilar.
Antropologiya   insoniyatning   biologik   va   jismoniy   tabiati   haqidagi   fan bo‘lgan   va   hozirda   ham   shunday   bo‘lib   qolmoqda.   Etnologiya   esa   o‘zining
tadqiqot   obyektiga   ko‘ra   antropologiyaga   qaraganda   kengroqdir.   Shu   tufayli   ham
mazkur   fanlarni   bir   xil   predmet   deb   bo‘lmaydi.   Bu   o‘rinda   ushbu   ikki
tushunchaning o‘zaro aloqadorligi to‘g‘risida qisqacha tarixiy ma’lumotni keltirib
o‘tishi joizdir. XIX asrning birinchi yarmida etnologiya o‘zining tadqiqot mavzusi
doirasiga   jismoniy   antropologiya   ham   kirgan.   Jumladan,   bu   «Parij   etnologlar
jamiyati»ning   nizomida   ham   aks   etgan   bo‘lib,   bunda   etnologiyaning   tadqiqot
mavzulari doirasiga «insoniyat irqining o‘ziga xos tomonlari, jismoniy o‘ziga xos
tuzilishi,   aqliy   qobiliyati   va   ruhiyati,   hamda   tarixi,   an’analari   va   tilini   o‘rganish»
kirishi   ta’kidlangan   edi.   XIX   asr   o‘rtalaridan   boshlab   esa,   etnologiya   va
antropologiya   fanlarini   o‘zaro   mustaqil   ikki   fan   deb   hisoblovchi   qarashlar   paydo
bo‘lgan.   Bunday   qarash   mualliflari   etnologiyani   xalqlar   to‘g‘risidagi   fan
antropologiyani esa inson to‘g‘risidagi fan deb talqin qilganlar. Bu kabi qarashlar
natijasida   Germaniyada   “Antropologiya,   etnologiya   yozma   tarixgacha   bo‘lgan
tarix jamiyati” (1869), Italiyada — “Italiya antropologiya va etnologiya jamiyati”
(1871) kabi jamiyatlar tuzilgan. Bu bilan birga XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab
ushbu   qarashlarga   qarama-qarshi   bo‘lgan   qarashlar,   ya’ni   etnologiya
antropologiyaning   tarkibiy   bir   qismi   deb   hisoblovchi   mulohozalar   ham   paydo
bo‘lgan. (Angliyada 1843 yil tuzilgan “Etnologiya jamiyati” va 1863 yilda tashkil
qilingan   “Antropologiya   jamiyati”   o‘zaro   qo‘shilib   1871   yilda   “Buyuk   Britaniya
va Irlandiya antropologiya Qirollik instituti»ga aylantirilgan.
Etnos   tabiiy   rivojlanish   oqibatidagina   emas,   balki   bu   bilan   bir   vaqtda
ijtimoiy   madaniy   jarayonlar   natijasida   ham   shakllanadi.   Shu   bois,   etnologiyada
etnik   jarayonlarni   o‘rganish   chog‘ida   ijtimoiy   va   madaniy   jarayonlar   ham   tadqiq
qilinadi.   Ijtimoiy   va   madaniy   jarayonlarni   tadqiq   qilishda   esa   sotsiologiyaning
o‘rni beqiyosdir.
Sotsiologiya   dastlab   odamlarning   faoliyati   va   birgalikdagi   hayot   tarzini
o‘rganuvchi fan tarzida shakllangan. Uning tadqiqot predmeti ijtimoiy guruhlar va
qatlamlar, ijtimoiy tuzilma hamda ijtimoiy institutlar hisoblanadi. Sotsiologiyaning
markaziy kategoriyasi – jamiyat, ya’ni bir umumiy hududda birgalikda yashovchi va   faoliyat   ko‘rsatuvchi   insonlarning   o‘zaro   munosabatlarning   aloqasi   shakllarini
o‘rganadi.   Ijtimoiy   munosabatlarning   ushbu   elementlari   etnologiya   uchun   ham
ilmiy qiziqish uyg‘otadi. Lekin etnologiya buni boshqacharoq tarzda tadqiq qiladi.
Etnologiya   ijtimoiy   munosabatlar   sohasida   madaniyatning   ijtimoiy   dinamikasi,
etnoslarning   ijtimoiy   differensiyasi,   turli   xalqlarning   etnik   jihatdan   o‘zlarini   ong
tizimida   idrok   etishi,   etnik   psixologiyaning   o‘ziga   xosligi   va   shu   kabilar   tadqiq
qilinadi.   Boshqacha   aytganda,   etnologiya   turli   etnik   muhitlardagi   ijtimoiy
jarayonlar   va   ko‘rinishlarini   hamda   ijtimoiy   guruhlardagi   etnik   jarayonlarini
o‘rganadi.   Aynan   mazkur   jihatlarda   etnologiya   bilan   sotsiologiyaning   o‘zaro
aloqasi namoyon bo‘ladi.
Sotsiologiya va etnologiyaning jamiyat ko‘rinishlariga bo‘lgan qiziqishi juda
ham   yaqin   bo‘lganligi   bois   XX   asrning   30-yillarida   ushbu   ikki   fanning   o‘zaro
kesishgan   nuqtasida   yangi   ilmiy   yo‘nalish   etnosotsiologiya   paydo   bo‘ldi.
Etnosotsiologiya asoschisi nemis olimi Rixard Turnvaldning fikricha, sotsiologiya
amaliy   fan   bo‘lib,   zamonaviy   industrial   mamlakatlardagi   ijtimoiy   va   etnik
jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rganadi.
Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   g‘arb   mamlakatlaridagi   ilmiy   adabiyotlarda
etnologiya, madaniy antropologiya va ijtimoiy antropologiya bir fan ning turlicha
nomlanishi degan qarashlar  keng tarqalgan. Haqiqatdan ham shundaymi? Mazkur
savolga   javob   berishdan   avval   mazkur   uch   yo‘nalish   to‘g‘risida   aniq   va   yetarli
ma’lumotlarni to‘liq anglab yetmoq zarur.
Madaniy   antropologiya   insonning   jismoniy   tuzilishidagi   o‘zgarishlarni
o‘rganuvchi   jismoniy   antropologiyadan   farqli   ravishda   insoniyat   madaniyatining
shakllanish   jarayonini   o‘rganuvchi   yo‘nalish   tarzda   paydo   bo‘lgan.   Madaniy
antropologiyaning etnologiya bilan aloqasi to‘g‘risida gapirganda avvalo ta’kidlash
kerakki,   bu   fan   etnologiyaning   tavsifiy   dala   materiallaridan   o‘zining
konsepsiyalarini   tekshirish   va   isbotlash   maqsadida   foydalanadi.   O‘z   navbatida
etnologiya   madaniy   antropologiya   ma’lumotlariga   nazariy   xulosalar   chiqarishda
tayanadi.
Ijtimoiy   antropologiya   va   etnologiya   aloqalari   birmuncha   boshqacharoq xususiyatga ega. Ijtimoiy antropologiyaning tadqiqot yo‘nalishi dunyo xalqlaridagi
ijtimoiy   jamoalarning   o‘ziga   xos   tomonlarini   o‘rganishga   qaratilgan.   «Ijtimoiy
antropologiya»   atamaga   ilk   bora   ingliz   etnologiyasining   asoschisi   Jeyms   Frezer
tomonidan   ilmiy   muomalaga   olib   kirilgan.   U   mazkur   yo‘nalishni   insoniyatni
o‘rganuvchi jismoniy antropologiyaga qarama-qarshi tarzida joriy qilgan. Ijtimoiy
antropologiya   etnologiyaga   nisbatan   sotsiologiyaga   yaqin   bo‘lib,   ularning   har
ikkisining ham tadqiqot mavzusiga etnik jamoalar kirmaydi.
Demak,   etnologiya,   antropologiya   va   sotsiologiya   fanlari   o‘zaro   tutash
tadqiqot   obyektiga   ega,   lekin   ularning   har   biri   ushbu   predmetni   o‘ziga   xos
tomonlarini   boshqa   fanlar   yutuqlari   va   ilmiy   xulosalaridan   foydalangan   holda
tadqiq qiladi.
Etnologiyaga   eng   yaqin   va   qarindosh   fan   etnografiya   hisoblanadi.   Tarixiy-
etnografik   adabiyotlardan   ma’lumki,   etnografiya   mustaqil   fan   tarzida   bundan   bir
yarim   asr   muqaddam   maydonga   kelgan.   Dastlab   mazkur   fanning   maqsadi   turli
xalqlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-madaniy materiallarni yig‘ish va tasniflash bo‘lgan.
«Etnografiya» termini turli mamlakatlarda turlicha ma’nolarda qo‘llanilgan.
Ko‘p hollarda u etnos to‘g‘risidagi nazariy-metodologik umumlashgan xulosalarni
o‘zida   mujassamlashtirgan   etnologiyadan   farqli   ravishda   tavsifiy   xarakterdagi
tadqiqotlarga   nisbatan   qo‘llanilgan.   Muxtasar   qilib   aytadigan   bo‘lsak   zamonaviy
etnologiya   fani   etnografiyaga   konseptual   ilmiy   apparat   beradi.   Etnografiya
ko‘pincha   tavsifiy   ma’lumotlarni   mujassamlashtiruvchi   fan   bo‘lsa   etnologiya
nazariy xalqshunoslik hisoblanadi.
Bu   bo‘linish   mazkur   fanning   tavsifiy   (etnografiya)   va   nazariy   (etnologiya)
qismlarga   bo‘linishiga   oid   qarashlarga   asoslangan.   Bundan   tashqari   biz   yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   nemislarda   etnologiya   nemis   etnosi   va   boshqa   etnoslar
to‘g‘risidagi fanlarga bo‘linadi. Birinchi holatda «Volkskunde» iborasi nemis tilida
so‘zlashuvchi   xalqlar   (nemislar,   avstriyaliklar,   shveysariyaliklar)ni   etnografik
o‘rganish   va   tavsiflashda   qo‘llanilgan   bo‘lsa   «Volkerkunde»   iborasi   nemis   tilida
so‘zlashmaydigan   boshqa   xalqlarni   etnologik   nuqtai   nazardan   o‘rganishda
foydalanilgan termin hisoblanadi. Etnografiya   dastlab   yevropalik   olimlar   tomonidan   yevropalik   bo‘lmagan
xalqlarning   madaniy   turmush-tarzi   va   ijtimoiy   sohalardagi   farqini   bayon   qiluvchi
tavsifiy   fan   sifatida   amalda   bo‘lishi   mazkur   fanni   «orqada   qolgan»   xalqlarni
o‘rganuvchi   fan   degan   tushunchalarni   paydo   bo‘lishiga   sabab   bo‘lgan.   Bunday
qarashlarning noto‘g‘ri ekanligi o‘z vaqtida isbotlangan bo‘lib, bugungi kunda har
bir   xalqning   etnografiyasini   ilmiy   tarzda   o‘rganish   dolzarb   muammolardan   biri
ekanligi   o‘z   isbotini   topib   ulgurgan   haqiqatdir.   Hozir   dunyo   miqyosida
kechayotgan ulkan globallashuv jarayonida barcha etnoslar o‘ziga xos milliy-etnik
xususiyatlari,   ularning   boshqa   etnoslardan   farqli   hisoblangan   jihatlarini   saqlab
qolishga harakat qilmoqda.
Etnologiyaning   boshqa   xalqlar   bilan   o‘zaro   munosabati   natijasida
poleetnografiya, etnopsixologiya, etnolingvistika va etnomadaniyat  kabi qator  fan
tarmoqlari   vujudga   kelgan.   Poleetnografiya   –   xalqlarning   o‘ziga   xos   madaniy
turmushidagi   farqlarni   arxeologik   materiallar   asosida   o‘rganuvchi   fan;
etnolingvistika  –  tillarning  kelib  chiqishini   etnik  jarayonlar  aloqasini   o‘rganuvchi
soha;   etnopsixologiya   esa   etnos   va   shaxsning   ruhiy   holatiga   etnik   jarayonlarning
ta’sirini tadqiq qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
1. Barth   F.   Introduction   //   Ethnic   Groups   and   Boundaries:   The   Social
Organisation   of   Culture  Difference  /  Ed de  F.Barth  Bergen, Oslo,  London, 1969.
P.9-17.  
2. Edited by M. N. Srinivas .  The University Of Chicago Press  1998
3. Encyclopedia   Of   Social   And   Cultural   Anthropology.   Edited   by  Alan   Barnard
Jonathan Spencer. - London & New York, 2002.
4. Greenberg J.H. Language in the Americas. Stanford, 1987.
5. Introduction to Sociocultural Anthropology.  Zerihun Doda  .  Debub University .
2005
6. Method   In   Social   Anthropology   Selected Essays by K. R. Radcliffe-Brown
7. Ruhlen M. A guide to world' languages. Vol.1: Classification. London, 1987.
8. Small   Places,   Large   Issues   An   Introduction   to   Social   and   Cultural
Anthropology .  Thomas Eriksen   2001
9. Social Anthropology  Core Course Calicut University page 26-27-28
10. Social Anthropology  Core Course Calicut University , 2011
11. Алесеев   В.П,   Першиц   А.И.   “История   первобытного   обшества”   Москва.
“Высшая школа” 2004
12. Асқаров   А.   Ўзбек   халқи   этногенез   ва   этник   тарихининг   баъзи   бир
назарий   ва   илмий   методологик   асослари   // O ’ zbekiston   tarixi .–   2002.№4.   –
Б.54-60.
13. Аширов А. «Авесто»дан мерос маросимлар» - Т.; 2001.
14. Бромлей Ю.В. Очерки теории этноса. М., 1983.– С. 34.
15. Бўриев О. ва бошқалар «Ўзбек оиласи тарихи».  Т., 1995.

Etnologiya predmeti, maqsad, vazifasi. Reja 1. Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi, predmeti va metodlari. 2. O’zbekistonda etnologiya fani: yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari 3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi

Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi. Har qanday fanning fan sifatida shakllanishi insonlar ehtiyoji bilan ma’lum ma’noda bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiya fani uchun ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashagan barcha etnoslar o‘ziga xos turmush-tarzi, urf-odatlari va an’analari bilan bir-biridan ajralib turgan. O‘tgan ming yilliklar mobaynida to‘plangan bilimlar shundan dalolat beradiki, yer sharida turfa xil rasm-rusm va urf-odatlarga ega xalqlar yashashlariga qaramasdan, ularning barchasi tabiatning ajralmas bir qismi sifatida rivojlangan bo‘lib, mazkur jihat tabiiy-geografik hamda xo‘jalik munosabatlari bilan bog‘liq holda o‘ziga xos etnomadaniy an’analarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o‘zlarining balki tevarak atroflarda va uzoq yurtlarda yashovchi el-uluslar, ularning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqib, ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni yig‘ishga, turli- tuman xalqlarning xo‘jalik va madaniy belgilariga qarab tasniflashga intilgan. Lekin o‘sha davr mualliflari asosan jangchilar, sayyohlar, elchilar va boshqa mamlakatlarda turli maqsadlarda bo‘lgan kishilarning xotiralari yoki bo‘lmasa o‘zga yurtlar to‘g‘risidagi turli-tuman rivoyatlarga asoslanib ma’lumotlar berganliklari bois ham ularning bizgacha qoldirgan ma’lumotlari ko‘pincha umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan. Etnologiya-xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX - asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Mazkur fanning aynan shu davrda paydo bo‘lishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, turli xalqlarning mustamlaka tuzum ta’siriga tushib qolishi va mustamlakachi davlatlarni o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishi u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qilar edi. Qolaversa, o‘sha davrda buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida o‘zaro etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlarni, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga

xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning ma’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarni paydo qildi. Ana shu muammolar va savollarning yechimi tarzida qator yangi nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Bu esa etnologiyaning dastlabki ilmiy maktablari va yo‘nalishlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik mazkur ilmiy maktablar va yo‘nalishlar asosida xalqlar to‘g‘risidagi maxsus fan - etnologiya shakllangan. Etnologiya fanining nomi ham boshqa ko‘plab ijtimoiy- gumanitar fanlar kabi yunoncha- etnos (xalq) va logos (fan) so‘zlaridan olingan bo‘lib, «xalq to‘g‘risidagi fan» degan ma’noni bildiradi. Etnologiyaning asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan «etnos» so‘zi ilk bor qadimgi grek tilida uchraydi. Taxminan mi loddan avvalgi VI-V asrlarda bu so’z kelib chiqishi grek bo’lmagan urug’ va qabilalarga nisbatan qo’llanilgan. Aynan shu ma’noda bu ata ma rim madaniyati va lotin tilida ishlatilgan. XVIII asrning oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegara langan tarzda iste’molda bo’ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu termin ilmiy adabiyotlarda «xalq» («narod») ma’nosida kengroq qo’l lani la boshlagan. Bugungi kunga kelib ayrim mamlakatlarda mazkur fan «etnologiya», yoki «etnografiya» deb nomlansa, qator g‘arb mamlakatlarida ushbu fanni «madaniy antropologiya» yoki «ijtimoiy (sotsial) antropologiya» deb yuritish an’anaga aylangan. Ma’lumki, yaqin o‘tmishda sobiq Ittifoqda elshunoslik fani «etnografiya» deb nomlanib, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan institut va ilmiy tadqiqot markazlari ham shu atama bilan yuritilar edi. Biroq o‘tgan asrning 90-yillaridan e’tiboran ushbu fanga nisbatan «etnografiya» atamasi bilan birga «etnologiya» atamasi ham qo‘llaniladigan bo‘ldi. Darvoqe, «etnologiya» termini fanga ilk marotaba 1784 yil A.Shavann tomonidan olib kirilgan. Lekin ushbu fanning taraqqiyoti biroz keyingi davr bilan bog‘liq bo‘lib, mashxur fransuz elektrigi Andre-Mari Amper tomonidan 1830 yilda "antropologik" (ijtimoiy) fanlarning umumiy tasnifini ishlab chiqish jarayonida xalqlar va ularning madaniyati to‘g‘risidagi yangi fanning nomlanishi tarzida

maxsus izoh berilgan. Keyinchalik mazkur termin Yevropa davlatlariga juda tezlik bilan yoyilgan. Umuman etnologiya mustaqil fan tarzida bir qator etnologlar jamiyatlarining (jumladan, 1839 yil Parijda Fransiyadagi etnologlar jamiyati, 1842 yil AQShda tashkil topgan Amerika etnologlar jamiyatining) tuzilishi bilan rasman tasdiqlangan. Biroq, shundan keyin turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar o‘rtasida mazkur fanning fanlar tizimidagi o‘rni, tadqiqot mavzusi borasidagi masalalar borasida keskin munozaralar yuzaga keldiki, bu bahslar bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Mazkur bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan muammolar orasida fanning mazmuni va nomlanishi borasidagi masala alohida o‘rin tutadi. XIX asrgacha "etnologiya" iborasi maxsus fanga nisbatan emas, balki onda-sonda turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadida ishlatilgan. Germaniyada etnologiya «Volkskunde» nomi bilan shakllanib rivojlana boshlagan. 1787 yilda mazkur termin Iosifom Mader tomonidan qishloq aholisining statistik va topografik hisobini yuritish maksadida qo‘llanilgan. XX asrning 20 yillarida hozirgi kundagi etnologiya tushunchasiga yaqin atamani nemis tadqiqotchisi Folklayf tomonidan «Stoklund» tarzida kiritilgan. Dastlab Folklayf talabalari og‘zaki ijod ya’ni qo‘shiq, sher, ertak va miflarni o‘rganishgan. Keyinchalik, moddiy madaniyat – turar-joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel kabi mavzular xam o‘rganila boshlandi. Shuningdek, Folklayf tomonidan nemis tilida Skandinaviya mamlakatlarida mazkur fan universitetlarda, xususan 1909 yilda Shvesiyada Upsala universitetida o‘qitilgan. Finlandiyalik olim Sigurd Erikson «Mintaqaviy etnologiya va etnografiya» atamasini dastlab qo‘llagan. Shundan so‘ng aloxida mintaqalar xalklari etnologiyasining o‘rganilishiga e’tibor kuchaydi. Etnografiya yunoncha bo’lib, «etnos» -xalq «grafiya» tavsiflash degan ma’nolarni anglatgan. Mazkur fanning metodologik masalalariga bag’ishlangan qator ishlardan ko’rinadiki, «etnologiya» va «etnografiya» tushunchalarini aynan bir tushunchalar tarzida qabul qilish ham to’g’ri emas. Negaki, agar an’anaviy «etnografiya» u yoki bu etnosga (etnik birlikka) oid materiallarni to’plab,

tizimlashtirib va uni ko’proq tavsiflab bersa, «etnologiya» etnos haqidagi barcha ma’lumotlarni nazariy-metodologik jihatdan tahlil qiladi va bu xususda umumiy xulosalar chiqaradi. Demak, «etnografiya» tushunchasi «etnologiya» tushunchasiga nisbatan nafaqat kengroq tushuncha, balki etnologiyaning ma’lum bir qismi deb aytish mumkin. O’z navbatida shuni ham aytish mumkinki, har bir mamlakatda mazkur fanning paydo bo’lishi va nomlanishi o’ziga xos tarixga ega. Etnografiya – bu xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini o‘rganuvchi tarixiy fan. Turmush tarzi deganda shaxsiy va jamiyat hayotining turg‘un, boshlang‘ich, an’anaviy shakllarini tushunish mumkin. Har bir xalqning turmush tarzi o‘zgacha bo‘lib, u hatto qo‘shni xalqlar turmushidan farq qiladi. “Madaniyat” tushunchasi ancha murakkab so‘z bo‘lib, “colere” – degan lotin fe’lidan olingan, ya’ni haydamoq, yerga ishlov bermoq ma’nolarini anglatadi. Bizda “madaniyat” so‘zi turli ma’nolarda qo‘llaniladi; Ilmiy tilda, jumladan etnografiyada madaniyat deganda inson qo‘li bilan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni tushunish lozim. Moddiy madaniyatga inson qo‘li bilan barcha narsalar; mehnat qurollari, kiyim – kechak, turar joylar va shu kabilar kiradi; ma’naviy madaniyatga esa insonning aqliy faoliyati bilan bog‘liq narsalar; e’tiqod, badiiy ijod, adabiyot, musiqa, fan, odob – axloq va boshqalar. Ma’naviy madaniyatni – ijtimoiy madaniyat, jamiyat turmushi, oilaviy turmush kabi bo‘limlari mavjud. Albatta dunyoda barcha xalqlarda madaniyat mavjud, Ammo madaniyatni turli darajalari mavjud. Ayrim xalqlarda u tez rivojlangan, boshqalarida esa sekinroq. Nafaqat madaniyatni rivojlanish bosqichini, balki har bir xalqda uning o‘ziga xos tomonlarini farqlash muhim. Masalan, madaniyat bir hilda rivojlangan bosqichida ham o‘ziga xosliklari turlicha bo‘lishi mumkin, bunga yangi Gvineya papuaslari va Amerika eskimoslarini kirtishimiz mumkin.Dastlab o‘z taraqqiyotida orqada qolgan xalqlarni o‘rganish asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan. Etnologiya predmetini XIX asr oxirida bu tarzda belgilanishi deyarli barcha Yevropa xalqlarini boshqa qit’alar xalqlari yaratgan madaniyalardan ancha yuqori bo’lgan yangi turdagi sivilizatsiya yaratgani bilan asoslanadi. Primitiv (lot. ilk, dastlabki) xalqlarni tadqiq etishni etnologiyaning asosiy obyektiga aylangan: L.G. Morgan (“Qadimgi