logo

FUQARO ERKINLIGI VA FAOLLIGINI TA’MINLASH-DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH OMILI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.447265625 KB
FU Q ARO ERKINLIGI VA FAOLLIGINI TA’MINLASH-
DEMOKRATIK JAMIYAT  Q URISH OMILI.
Reja
1. Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchalari.
2. O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish asoslari.
3. Fuqarolarning   siyosiy   faolligini   oshirish-demokratik   jamiyat
qurish omili.
4. Fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligi.
5. Inson   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilishning   demokratik
institutlari. Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchalari.
Bugungi   kunda   «fuqaro»,   «fuqarolik»,   «fuqarolik   jamiyati»,   «fuqarolik
mas’uliyati»,   «fuqaro   huquqlari   va   erkinliklari»   tushunchalari   demokratik
rivojlanishning zaruriy shartlaridan biriga aylanmoqda. Binobarin, demokratiya va
fuqaro   erkinligi   hamda,   uning   faolligini   ta’minlash   masalalari   dolzarb   bo‘lib
qolmoqda.   Fuqarolik   tushunchasi   jamiyatning   hozirgi   davrigacha,   ya’ni,   huquqiy
davlat   tomon   rivojlanishida   katta   yo‘lni   bosib   o‘tdi.   U   jamiyatning   demokratik
rivojlanishida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri.
Fuqarolik   tushunchasi   qadimiy   Yunonistonda   va   Rimda   mavjud   bo‘lsada,
asosan feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot
demokratiya   va   bozor   munosabatlari   zaminiga   o‘ta   boshlaganda,   hozirgi   shaklida
paydo   bo‘la   boshladi   va   ilk   bor   «shaharlik»   (fransuz   «situayyan»,   inglizcha
«sitezen», ruscha «gorojanin-grajdanin») degan ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik
e’lon   qilingandan   so‘ng,   o‘zbek   tilida   o‘tmishdagi   «grajdanlik»   so‘zi   o`rniga
«fuqarolik» degan atama qabul qilindi.
Mustaqillikning   dastlabki   davridayoq   Birinchi   Prezident   I.A.Karimov
mamlakatda   inson   erkinligini   himoya   qilish   davlat   siyosatining   ustuvor
yo‘nalishiga   aylanganligini   ta’kidlab,   qo‘yidagi   fikrni   bildirgan   edi:   “YAngi
Konstitutsiyamizning   eng   muhim   mohiyati   shundan   iboratki,   unda   “Davlat
organlar va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” deyilgan,
ya’ni   fuqarolar   manfaatining   ustunligi   qonuniy   ravishda   mustahkamlangan   va
kafolatlangan.   Sobiq   totalitar   tuzum   sharoitida   bunday   fikrni   hech   kim   xayoliga
ham   keltira   olmas  edi.  Bugun   esa  inson,   uning  hayoti,  erki,  sha’ni,   qadr-qimmati
va   boshqa   huquq   hamda   erkinliklari   borasida   Konstitutsiyamiz   Inson   huquqlari
umumjahon   deklaratsiyasining   barcha   asosiy   g‘oya   va   qoidalarini   o`ziga
singdirgan” 1
Mustaqillik   yillarida   fuqaro   erkinligi   va   uning   faolligi   masalasi   demokratik
jamiyat   barpo   etishning   muhim   shartlaridan   biri   sifatida   e’tirof   etila   boshlandi.
Shuo‘rinda,   erkinlik   tushunchasini   aniqlash   ham   zarurdir.   Negaki,   fuqaro   erkin
1
  Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг  у у ий кафолати.// Биздан озод ва обод Ватан ҳ қ қ
олсин. – Т.: Ўзбекистон, 1994. –Б.187.	
қ bo‘lgan   taqdirdagina,   jamiyat   taraqqiyotga   erishadi.   Ijtimoiy-siyosiy   fanlarda   va
falsafada   individlar   erkinligi   va   ular   irodasining   erkinligi   bir-biriga   o‘xshash
tushunchalar   deb   qabul   qilinadi.   Buning   asosiy   sabablaridan   biri,   huquqning   o‘zi
odamlar erkinligining alohida shakli, ya’ni, ular irodasining erkinligi ekanligi bilan
belgilanadi.   Shu   nuqtai   nazardan   «fuqaro   erkinligi»   tushunchasi   ham   politologik,
ham   huquqshunoslik   fanlarining   umumiy   kategoriyalari   sifatida   o‘rganiladi.
Demokratiya   inson   erkinligini   qonunlar   vositasida   kafolatlaydi.   Demak,
demokratiyaning   o‘zi   ochiq   muhokama,   ijtimoiy   ziddiyatlarni   ifoda   etish   va
bartaraf qilish usuli  sifatida fuqarolik va siyosiy huquqlar  deklaratsiyalarida qayd
qilingan erkinliklarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Bu yerda so‘z erkinligi va o‘z fikrini
erkin ifodalash  huquqi, erkin uyushmalar  tuzish huquqi, hayot  tarzini o‘zgartirish
erkinligi   va   shaxsning   xavfsizlikka   bo‘lgan   huquqi   to‘g‘risida   ketmoqda.   Ushbu
huquqlar demokratiyaning asl mohiyatini tashkil qilgani bois, ular himoya qilinishi
kerak.
Xulosa   qilib   aytganda,   insoniyat   borliqni   va   ijtimoiy   hayotda   erkinlikni
ifodalashning   huquqdan   tashqari   boshqa   biron-bir   shaklini   hozirgacha   kashf
etmagan.   Bu   mantiqan   ham,   amalda   ham   mumkin   emas.   Odamlar   o‘z   tengligi
darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar.
Hozirgi   davr   ijtimoiy–siyosiy   fanlarida   «inson»   deganda   yerda   yashayotgan
mavjudot   turlaridan   biri   tushuniladi.   Inson   alohida   olingan   tur   (Xomosapiens)
vakilini   ifodalovchi   umumiy   tushunchadir.   Inson,   umuman   zotning   yig‘iq   obrazi
sifatida   bioijtimoiy   mavjudot   bo‘lib,   u   bir   vaqtning   o‘zida   ham   tabiatga,   ham
ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ-inson zotining alohida olingan nusxasi, uning
vakillaridan biri. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va
betakror individuallikka ega bo‘ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning
ijtimoiylashuvini   ta’minlaydi.   Ijtimoiy   munosabatlarga   kirishish   natijasida
individning   jamiyatdagi   qadriyatlar   va   me’yorlarni   o‘zlashtirib   borishi   uchun
zamin   yaratiladi.   Bu   jihatdan   yondashganda,   u   ijtimoiy   ta’sir   ob’ektidir.
Shuningdek,   individ   ijtimoiylashuv   oqibatida   jamiyatdagi   turli   munosabalarda
faollashadi   va   bunda   u   ijtimoiy   munosabatlar   sub’ekti   sifatida   harakatlanuvchi shaxsga, sub’ktga, kuchga aylanadi.
Insonning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o`rni va mohiyati doimo ijtimoiy
fanlarning   muhim   va   bahstalab   sohalaridan   biri   bo‘lib   keldi.   Aristotel’ning
ta’kidlashicha,   «inson–tabiatan   (mohiyatan)   ijtimoiy»   ekanligini   ta’kidlash   bilan
birga,  «umumiy ma’noda  kimda-kim  hokimiyat   yuritish  va  bo‘ysunishga   ta’lluqli
bo‘lsa,   o‘sha   fuqarodir»;   har   bir   davlat   tuzumida   fuqaroning   mohiyati   o‘zgaradi.
Davlar   tuzumining   eng   yaxshi   turida   kimda-kim   ma’naviy   qadriyatlar   talablariga
mos   hayotni   nazarda   tutgan   holda   bo‘ysunish   va   hokimiyat   yuritishni   hoxlasa   va
unga qobil bo‘lsa ana o‘sha fuqarodir. 
Insonning   mohiyatini   dastlabki   o‘rgangan   olimlardan   biri   Xitoydagi
Konfutsiy   va   uning   izdoshlari   edi.   298-238   yy   yashagan   Konfutsiyning   izdoshi
bo‘lgan olim Sen-szi shunday deb yozgan edi. «Tug‘ma xususiyatlar, bu-samoviy
munosabatlar   xosilidir.   Ularga   ta’lim   yoki   odamning   o‘zini   yaratuvchilik   ijodi
vositasida   erishib   bo‘lmaydi.   Inson   yovuz   tabiatga   ega.   Insondagi   ezgulik
manfaatlar   uchun   orttirilgan   fazilatdir.   Hozirgi   inson   tug‘ilishidan   boshlab   foyda
olishga   intiladi.   Bu   shunga   olib   keladiki,   kishilar   o‘zaro   raqobatlashadi   va   bir-
birlariga   yon   bermaydilar.   Shuning   uchun   ham   tarbiya   yo‘li   bilan   inson   tabiatini
o‘zgartirish,   yaratilgan   qoidalar   asosida   ta’lim   berib,   ularni   adolatlilikka   va
ma’suliyatlilikka   o‘rgatish   lozim».   Ko‘rinib   turibdiki,   insonning   jamiyatga
uyushishi   yoki   uning   jamiyat   a’zosiga   aylanishi   va   faollashuvi   uchun   u   ma’lum
darajada tashqi ta’sirga va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi.
Insonning   muhim   xususiyatlaridan   biri-uning   ijtimoiy   mavjudot   ekanligidir.
Inson   o‘zining   ehtiyojlarini   qondirish   maqsadlarida   o‘zi   kabi   insonlar   bilan
birlashishga   intiladi.   Insonning   ijtimoiylashuvi   sun’iy   harakter   kasb   etib,   u   shaxs
sifatida   boshqa   insonlar   o‘rtasidagi   muhitdagina   shakllana   oladi.   Agar   u   insoniy
munosabatlardan holi bo‘lsa, o‘zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatida holos bo‘la
olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiy tarzda kechishini Abu
Nasr   Farobiy   quyidagicha   ifodalaydi:   «Har   bir   inson   o‘z   tabiati   bilan   Shunday
tuzilganki,   u   yashash   va   oliy   darajada   etuklikka   erishmoq   uchun   ko‘p   narsalarga
muxtoj   bo‘ladi.   U   bir   o‘zi   bunday   narsalarni   qo‘lga   kirita   olmaydi,   ularga   ega bo‘lish   uchun   insonlar   jamoasiga   ehtiyoj   tug‘iladi.   Shu   sababli   yashash   uchun
zarur bo‘lgan, kishilarning bir-birlariga etkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvi
orqaligina odam  o‘z tabiati  bo‘yicha intilgan etuklikka erishuvi  mumkin. Bunday
jamoa   a’zolarining   faoliyati   bir   butun   holda   ularning   har   biriga   yashash   va
etuklikka   erishuv   uchun   zarur   bo‘lgan   narsalarni   etkazib   beradi.   Shuning   uchun
inson   shaxslari   ko‘paydilar   va   erning   aholi   yashaydigan   qismiga   o‘rnashdilar,
natijada inson jamoasi vujudga keldi»
An’anaviy   jamiyatlarda   insonning   yaratuvchilik   ijodiy   qobiliyati   aicha
chegaralandi.   Chunki   an’anaviy   jamiyatlarda   mehnatning   tabiiy   taqsimoti   va
ixtisoslashuvi   adolat   prinsiplariga   asoslanmadi.   Shuningdek,   bu   jamiyatlarda
shaxslararo aloqalarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro harakatlar va munosabatlarning
norasmiy   muvofiqlashtirilishi,   jamiyat   a’zolarining   bir-biriga   tobelik,   urug‘chilik
va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liqligi natijasida shaxs erkinligi ham
ta’minlinmadi.   Boshqaruvdagi   primitiv   tizimlar   imtiyozsiz   jamiyat   a’zolarining
faolligini   pasaytirib,   bu   holat   shaxsning   ijodiy   faoliyat   ko‘rsatish   va   fikrlash
qobiliyatini   rivojlantirishga   imkon   bermas,   natijada   o‘zaro   munosabatlar   biqiq
tarzda ro‘y berar edi.
Zamonaviy   jamiyatning   paydo   bo‘lishi   bilan   insonning   ijtimoiy   va   siyosiy
munosabatlardagi O`rni Yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda O‘zaro munosabatlarning
bir-biriga   ta’sir   etish   darajasi   va   mehnat   taqsimotining   chuqurlashuvi   ro‘y   berdi.
Bu   jarayonlarning   sekinlik   bilan   Yuksak   ta’lim   va   tajribaga,   Shuningdek,   Yuqori
kasbiy   malakaga   asoslanishi,   ijtimoiy   munosabatlarning   qonunlar,,   me’yorlar,
shartnomalar   asosida   muvofiqlashtirishning   rasmiy   tizimi   yaratilishi   zamonaviy
jamiyatlarning xalqchil bo‘lishiga zamin yaratdi. Dinning davlat va boshqaruvdan
ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko‘payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida
insonlararo munosabatlar Yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq
va   erkinliklarini   himoya   etish,   jamiyatda   tenglik   o‘rnatish   imkoniyatlari   paydo
bo‘ldi. XX asrga kelib takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklarini fuqarolik
jamiyati deb atash rusumga kirdi.
Ma’lumki, inson o‘zining ijtimoiy mavjudot ekanligi va o‘zidan kelib chiqib, tabiiy   ravishda   siyosiy   munosabatlarda   ishtirok   etishga   intiladi.   Ijtimoiy   siyosiy
munosabatlarda   faol   ishtirok   etish   ehtiyojlari   va   zaruriyati   esa   har   bir   fuqaroda
manfaatlarni  faqat  guruxiy shakldagina ifodalash va qondirish mumkin ekanligini
anglib etishga zamin yaratadi. Turli xil ijtimoiy guruxlar va tabaqalarning turlicha
manfatlarni   o‘zaro   to‘qnashuvlar   va   ziddiyatlarga   kirishishi,   ularni   o‘zaro
kelishtirish   va   muvozanatlashtirishsiz   hal   qilib   bo‘lmasligini   anglash   jarayonlari
tabiiy   ravishda   xalqchil   jamiyat   va   siyosiy   hokimiyatga   bo‘lgan   ehtiyojlarni
shakllantirdi. Chunki turli manfaatlar muvozanatini ta’minlashni faqat demokratik
jamiyat   bilan   davlat   hokimiyati   hamkorligida   amalga   oshirish   mumkin   ekanligini
tarixiy   tajribalar   isbotlab   berdi.   Shu   sababli   ham,   siyosiy   ong   turli   xil   ijtimoiy
guruxlarning   siyosiy   institutlar   va   siyosiy   sub’ektlar   bilan   o‘zaro   muloqat   va
munosabatlarga   kirishishi   uchun   zaruriy   ehtiyojlarni   shakllantirdi   hamda
rasmiylashtirdi.
Fuqaro huquqlarini ta’minlashda insonning tabiiy huquqlarini e’tiborga olish
muhim   ahamiyatga   egadir.   Qadimgi   antik   faylasuflar   talqinicha,   tabiiy   huquq
tabiatga   bog‘liq   holda   insonlar   tug‘ilishlaridanoq   bir   xildirlar.   Ijtimoiy
shartnomalar   asosida   qonun   va   davlat   paydo   bo‘ldi.   Arestotelning   fikricha,
insonning   tug‘ilishidanoq   paydo   bo‘lgan   xususiy   mulkga   bo‘lgan   tabiiy   huquqi
uning   tabiati   va   uning   dastlabki   o‘zini   o‘zi   sevishiga   asoslanadi.   Qolaversa,   ana
Shu   tabiiy   huquqni   ta’minlashga   intilish,   xususiy   mulk   jozibasi,   uni   saqlash   va
ko‘paytirish   manfaatlari   insonning   jamiyatda   tezlik   bilan   ijtimoiylashuviga   va
faollashuviga olib keldi.
Tor ma’noda, inson huquqlari tushunchasiga faqat davlat himoya qiladigan va
kafolatlanadigan huquqlar kirib, hozirgi davrda ularni konstitutsion huquqiy asosiy
yoki   davlati   chegaralari   bilan   cheklab   qo‘yish   oson   vazifa   emas .   Bu   huquqlarga
barcha  fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy dahlsizlik huquqi
inson   qadr-qimatini   hurmat   qilish,   o‘zboshimchalik   va   noqonuniy   ushlash   yoki
qamash,   vijdon   va   din   erkinligi,   ota-onalarning   o‘z   bolalarini   tarbiya   qilish
huquqlari,   zulumkorlarga   qarshilik   qilish   huquqi   va   boshqalar   kiradi.   Keng
ma’nodagi   inson   huquqlari   esa,   o‘zida   shaxs   erkinligi   va   huquqlarining   keng majmuasi va turlarini ifodalaydi.
Barcha inson huquqlarini ijobiy va salbiy yo‘nalishlarga doir tasniflash keng
tarqalgan. Mazkur huquqlarning bu kabi bo‘linishi erkinlikning negativ va pozitiv
jihatlarini ifodalashga asoslanadi. Ma’lumki, erkinlikning negativ ahamiyati nuqtai
nazariga   binoan   shaxsga   nisbat   majburlash   cheklashlarning   yo‘qligi   tushiniladi.
Pozitiv  nuqtai   nazaridan  esa   tanlash  erkinligi   asosan,   insonning  o‘z  maqsadlariga
erishish   qobiliyati   uning   individual   rivojlanishi   va   umuman   uning   qobiliyatlari
paydo   bo‘lishi   tushiniladi.   Erkinliklarning   mazkur   bo‘linishidan   kelib   chiqib,
negativ huquqlar deganda davlat va boshqa insonlarning individga nisbatan u yoki
bu   harakatlardan   o‘zini   tiyib   turishi   tushiniladi.   Bu   huquqlar   shaxsni   noxush
ta’sirlardan,   uning   erkinligini   buzishi   mumkin   bo‘lgan   aralashish   yoki
cheklashlardan   himoya   qiladi.   Bu   huquqlar   asos,   bo‘luvchi   muhim   va   mutloq
huquqlar   sirasiga   kiradi.   Mazkur   huquqlarni   ta’minlash   davlat   resurslari   yoki
mamlakatning   ijtimoiy   iqtisodiy   rivojlanish   darajalariga   bog‘liq   emas   negativ
huquqlar   shaxs   erkinligining   asosidir   negativ   huquqlardan   farqli   o‘laroq   pazitiv
huquqlar   fuqaroga   uni   u   yoki   bu   ne’matlar   bilan   ta’minlish,   uning   ma’lum
harakatlarini   amalga   oshirishi   uchun   davlat,   shaxslar   va   tashkilotlar
majburiyatlarini   ifodalaydi.   Bu,   masalan,   ijtimoiy   yordam   olish,   ta’lim   olish,
sog‘liqni   saqlashni   himoya   qilish,   munosib   yashash   darajasi   ta’minlanishi
huquqlari kabilardir.
2.   Insonning   fuqarolik   (shaxsiy),   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy
huqulari  amalga  oshish  yo‘nalishlaridan kelib chiqib, negativ  va pozitiv huquqlar
sohalariga   bo‘linadilar.   Ularning   ichida   fuqarolik   huquqlari   insonning   tabiiy   asos
bo‘luvchi   va   ajralmas   negativ   huquqlari   doirasiga   kiradi.   Mustaqilik   davrida
O‘zbekistonda   inson   huquqlarini   himoya   qilish   va   ularni   ta’minlishning   huquqiy
asoslari   rivojlangan   mamlakatlar   tajribasi   va   milliy   qadriyatlar   darajasida
shakllandi. 
Shuningdek,   Konstitutsiya   hamda   qonunlar   inson   huquqlari   va   erkinliklarini
ta’minlashning   fuqarolik   jamiyati   va   huquqiy   davlat   talablari   darajasidagi
mezonlari   meyorlarini   yarata   oldi.   Konstitutsiyaning   24   moddasidagi   «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir
jinoyatdir», 25 moddasidagi «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech   kim   qonunga   asoslanmagan   holda   hibsga   olinishi   yoki   qamoqda   saqlanishi
mumkin   emas»,   27   moddasidagi   «Har   kim   o‘z   sha’ni   va   obro‘siga   qilingan
tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi
huquqiga   ega.   Hech   kim   qonun   nazarda   tutgan   hollardan   va   tartibdan   tashqari
birovning   turar   joyiga   kirishi,   tintuv   o‘tkazishi   yoki   uni   ko‘zdan   kechirishi,
yozishmalar   va   telefonda   so‘zlashishi   sirini   oshkor   qilishi   mumkin   emas»,   29
moddasidagi   «Har   kim   fikrlash   so‘z   va   e’tiqod   erkinligi   huquqiga   ega...»,   32-
moddasidagi   «O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolari   jamiyat   va   davlat   ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar
Bunday   ishtirok   etish   o‘z-o‘zini   boshqarish.   referendumlar   o‘tkazish   va   davlat
organlarini   demokratik   tarzda   tashkil   etish   yo‘li   bilan   amalga   oshiriladi»,   36-
moddasidagi   «har   bir   shaxs   mulkdor   bo‘lishga   haqli   bankga   qo‘yilgan   omonatlar
sir tutilishi  va meros huquqi  qonun bilan kafolatlanadi», 43-moddasidagi  «Davlat
fuqarolarining   Konstitutsiya   va   qonunlarda   mustahkamlangan   huquq   va
erkinliklarini   ta’minlaydi» 2
  kabi   fuqarolik   jamiyati   qurishning   demokratik
tamoyillari   shakllanishini   ta’minlaydigan   qonun   va   qoidalarning   kiritilishi
O‘zbekistonda   demokratik   jamiyat   barpo   etishning   kelajak   istiqbollarini   belgilab
berdi.   Joriy   yilda   esa   “O‘zbekiston   Respublikasining   fuqaroligi   bilan   bog‘liq
masalalarni   ko‘rib   chiqish   tartibi   to‘g‘risidagi   nizomga   o‘zgartish   kiritish
to‘g‘risida” to`g`risidagi president farmoni ushbu sohada muhim qadam bo`ldi.
Birinchi   Prezident   I.A.Karimov   ta’kidlaganlaridek,   “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati
va   boshqa   daxlsiz   huquqlari   oliy   qadriyat   ekani   mustahkamlab   qo‘yilgan.   Davlat
manfaati yoki davlat mulkining hukmronligi belgilab qo‘yilmagan. Davlat, avvalo,
inson   manfaati,   uning   huquqi   va   erkinliklarini   ta’minlashi   uchun   xizmat   qilishi
lozim.   Boshqacha   aytganda,   birinchi   navbatda,   odamlar   rozi   bo‘lsa,   boy   bo‘lsa,
2
  Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Ўзбекистон. Т.: 201 5 . –Б.10-16. shundan keyin davlat manfaati ham ta’minlanadi, davlat ham boy bo‘ladi.”  3
Fuqaro   erkinligini   ta’minlash   uning   burchlari   bilan   mustahkam
bog‘langandagina,   real   voqelikka   aylanishi   mumkin.   Rivojlangan   mamlakatlarda
fuqaro   burchlariga   qonunlarga   amal   qilish,   boshqa   shaxslarning   huquq   va
erkinliklarini   hurmat   qilish,   soliqlarni   to‘lash,   harbiy   majburiyat,   tabiat,   atrof-
muhit, tarixiy yodgorliklarni asrash kabilar kiradi. Ba’zi mamlakatlarda esa davlat
hokimiyati organlariga saylovlarda ovoz berish ham muhim fuqarolik burchlaridan
biri   hisoblanadi.   Demokratik   jamiyat   qurish   tajribalari   ko‘rsatadiki,   qaysi   bir
jamiyatda mansabi, irqi, jinsi va ijtimoiy mavqei qanday bo‘lishidan qat’iy nazar,
fuqarolar  konstitutsiya  va qonunlar  bilan mustahkamlab  qo‘yilgan  o‘z burchlarini
amalda   bajarganlaridagina,   o‘zlariga   tegishli   bo‘lgan   erkinliklari   va   huquqlaridan
foydalana olishlari mumkin. Aks holda, bu demokratik qadriyatlar qo‘pol ravishda
buzilib kelingan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Konstitutsiyasining  9-bobidagi
6   ta   modda   maxsus   ravishda   fuqarolarning   burchlarini   mustahkamlab   qo‘ygan.
Xususan,   Konstitutsiyaning   48-moddasi   quyidagicha   ifodalanadi:   «Fuqarolar
Konstitutsiya   va   qonunlarga   rioya   etishga,   boshqa   kishilarning   huquqlari,
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar» 4
. 
3.   Demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol
ishtirok   etishi   eng   muhim   omillardan   biridir.   Bu   haqida   mamlakat   Birinchi
Prezidenti   I.A.   Karimov   quyidagi   fikrni   bildiradi.   «Hokimiyat   tuzilmalarining
demokratik   mazmuni   ko‘p   jihatdan   davlatni   boshqarishda   fuqarolarning   ishtirok
etish masalasi  qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. Fuqarolarning
ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirishda   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   o`rni
beqiyosdir.   Hozirgi   davrda   O‘zbekiston   jamiyatida   7   mln   yaqin   fuqarolar   kasaba
uyushmalari   faoliyatida   600   mingdan   ortiqroq   fuqarolar   esa   siyosiy   partiyalar
a’zolari   sifatida   jamoatchilik   ishlarida   ishtirok   etadilar.   Shuningdek,   millionlab
fuqarolar   yoshlar,   xotin-qizlar,   turli   jamg‘armalar,   nodavlat,   notijorat   tashkilotlar
faoliyatida   ishtirok   etadilar.   Mamlakat   viloyatlarida   661ta   tumanlarda   4564   ta,
3
 Каримов И.А. Она юртимиз бахту и боли ва буюк келажаги йўлида хизмат  илиш-энг қ қ
олий саодатдир. Ўзбекистон. Т.: 2015.-Б.293.
4
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2014. –Б.17. shaharlarda   831   ta   viloyat,   shahar   va   tuman   kengashlari   deputatlari,   10   mingga
yaqin   o‘zini-o‘zi   boshqarish   organlari   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarda   faol   ishtirok
etmoqdalar.
Mustaqillik   davrida   yoshlarning   ijtimoiy   faolligini   oshirishga   ham   muhim
e’tibor berildi. Mamlakatda O‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati
jamiyatning   barcha   yo‘nalishlarida   keng   faoliyat   olib   bormoqda.   Harakat
faoliyatining   asosiy   maqsadi-yoshlarni   birlashtirish,   sog‘lom   turmush   talablari
asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit qizlarning o‘z
aql-zakovoti,   kuch   -   g‘ayratini   to‘la   namoyon   etishi,   jamiyatda   munosib   o‘rin
egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat, deb belgilangan.
Harakatga   Vatan   taraqqiyoti   Yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi   yo‘lida   mehnat
qilish va kurashishni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod deb biladigan, o‘qishda, mehnatda,
harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan 14 yoshdan
28   yoshgacha   bo‘lgan   O‘zbekiston   yoshlari   a’zo   bo‘lishi   mumkin.   Harakatning
viloyat, shahar  va tuman bo‘limlari, maktablar, litsey hamda  kollejlar, oliy o‘quv
Yurtlari mehnat  jamoalalari harbiy qismlarda bo‘lim  va boshlang‘ich tashkilotlari
faoliyat   olib   boradi.   Mamlakatda   14   yoshdan   28   yoshgacha   bo‘lgan   yoshlarning
soni   7   mlndan   ortiqroqni   tashkil   etadi.   Hozirgi   davrda   harakatning   boshlang‘ich
tashkilotlari   soni   20   mingdan   ortiqroqni   tashkil   etib,   ular   4   mlndan   ortiqroq
yoshlarni   birlashtiradi.   Shuningdek,   harakat   tarkibida   uning   homiyligi   asosida
ishlaydigan   7   yoshdan   14   yoshgacha   bo‘lgan   o‘quvchilarni   birlashtirgan   Bolalar
tashkiloti   o‘z   faoliyatini   tarbiyaning   o`ziga   xos   yondashuv   va   usullaridan
foydalangan holda, bolalar dunyoqarashiga vatanparvarlik, ijtimoiy tadbirlarda faol
ishtirok   etish,   o‘zini   o‘zi   boshqarishni   o‘rganishni   singdirish   kabi   yo‘nalishlarga
qaratgan.
Ijtimoiy   siyosiy   faollikni   oshirishda   saylovlar   muhim   o‘rin   tutadi.   Unda
avvalo,   saylovchilarning   ixtiyoriy   ravishda   bergan   ovozlariga   binoan   siyosiy
institutlarning   legitimligi   oshadi.   Qolaversa,   saylovlarda   jamiyatdagi   turli   xil
guruxlarning   tinch   raqobatdoshligi   kutilganligi   sababli   ham   saylash   jarayonlari
siyosiy   ziddiyatlarni   hal   etishga   olib   keladi.   Shuningdek,   saylovlar   aholi   siyosiy manfaatlarini   ifoda   etuvchi   siyosiy   partiyalar   boshqa   siyosiy   tashkilotlarning   faol
harakatlari   tufayli   turli   ekstremistik   harakatlarni   cheklab   turadi.   Shubilan   birga,
saylavlar fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ijtimoiylashuviga ko‘maklashadi saylovlar
vaqtidagi   turli   kampaniyalar,   ayni   jarayonlarni   ommoviy   axbarot   vositalarida
yoritish   kabi   tadbirlar   saylovchilarning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini
Yuksaltiradi,   fuqarolarning   siyosiy   jarayonlarda   faol   ishtirok   etishiga   qulay
imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekistonda fuqarolar ijtimoiy faolligining o‘sib borishi ularning mamlakat
davlat   organlariga   bo‘lgan   saylovlardagi   ishtirokida   ham   sezilmoqda   1999   yil   5
dekabrda 2-marta demokratik tamoyillar asosida Oliy majlisga bo‘lgan saylovlarda
12,5   mlndan   ortiq   saylov   huquqiga   ega   bo‘lgan   fuqarolarning   95,03%   ishtirok
etdilar. Unda 250 ta Oliy Majlis deputatlari saylandi. Shuningdek, 2000 yilning 9
yanvarida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezdentligiga   saylovlar   bo‘lib   o‘tdi.   Unda
esa  12  mln  123 mingdan  ko‘proq  saylovchilar  ishtirok  etdilar.  «Fidokorlar  milliy
demokratik» partiyasining nomzodi I.A Karimov uchun 11mln 147 ming 621, yoki
saylovchilarning 91, 90% ovoz berdilar.
Mamlakatda   o‘tkazilgan   saylovlarni   tahlil   etish   shuni   ko‘rsatdiki,
fuqarolarning   ijtimoiy   siyosiy   faolligi   yildan   yilga   o‘sib   bormoqda.   Mamlakat
fuqarolari   hozir   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   siyosiy   jarayonlar   va
islohatlarga   nirsbatan   befarq   emaslar.   Ayniqsa,   fuqarolarning   o‘z   manfatlarini
ijtimoiy   faollik   va   guruxiy   nodavlat   tashkilotlar   vositasida   ifoda   etish,   Ularni
qondirishga   intilishlari   rivojlanib   bormoqda.   Lekin   Shubilan   birga   fuqarolarning
qarorlar qabul qilishdagi faolligini oshirish uchun ular dunyo qarashiga demokratik
tamoyillar   asosidagi   siyosiy   huquqiy   ongni   singdirish   ehtiyojlari   sezilmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri, iqtisodiy hamda siyosiy hayotni erkinlashtirishdir.
Jamiyatni   tashkil   etish   qonuniyatlariga   binoan   ma’lum   bir   siyosiy   tizim
doirasida   turgan   individ   va   ijtimoiy   guruxlar   ijtimoiy   siyosiy   jarayonga   bir   xilda
tortilmaydilar. Ularning ba’zilari siyosatga befarq qaraydilar, yana boshqalari ba’zi
paytlarda   ijtimoiy   siyosiy   jarayonda   ishtirok   etadilar,   uchunchilari   esa   doimo
siyosiy   kurashga   intiladilar.   Xattoki,   siyosiy   va   ijtimoiy   xodisalarda   faol   rol o‘ynayotganlar   ichida   hal   faqat   ularning   ba’zilari   hokimiyatga   yoki   jamoatchilik
faoliyatiga jon-jahdlari bilan intiladi.
XX asr  90 yillar oxiri  – yangi  asr  boshlaridagi  siyosiy islohatlarning muhim
ahamiyati   shunda   bo‘ldiki,   bu   paytga   kelib   xalq   ommasining   ijtimoiy   siyosiy
faolligini oshirish siyosiy madaniyatini Yuksaltirish, demokratiyaning eng muhim
tamoyillarini   hayotga   tadbiq   etish   uchun   shart   sharoitlar   yaratildi.   O‘zbekistonda
siyosiy   jarayonlarni   demokratlashtirishning   o`ziga   xos   qadriyatlari   shakllandi.
Mamlakat   Birinchi   Prezidenti   I.A   Karimov   mustaqillik   davridagi   tajribalarini   va
etakchi   xorijiy   mamlakatlar   ijtimoiy   siyosiy   hayotini   chuqur   tahlil   etib,
fuqarolarning   siyosiy   jarayonlarda   ishtirok   etishini   ilgari   surdi.   «Jamiyatda
demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bo`lar–
xalqning   qarorlar   qabul   qilish   jarayonlaridan   qanchalik   xabardorligi,   hukumat
qarorlari   xalq   tomonidan   qanchalik   nazorat   qilinishi,   oddiy   fuqarolar   davlatni
boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir...
O‘z-o‘zidan   ravshanki,   siyosiy   tuzum   to‘la   to‘kis   amal   qilishini   va   uning
yanada erkinlashuvini ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi hamma tuzilmalar, yani
mavjud   sub’ektlar   –   shaxs,   siyosiy   institutlar   aholining   ijtimoiy   guruxlari   hamda
qatlamlari va hokozolar to‘la qonli faoliyat ko‘rsatishiga erishish zarur »  
Ko‘rinib   turibdiki,   fuqarolarning   siyosiy   faolligini   Yuksaltirish,   ularning
qarorlar qabul qilishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi mamlakatda fuqarolik
jamiyatini  qurish  kafolatlaridan  biridir. Ayniqsa,  Sobiq totalitar  tizim   meros  qilib
qoldirgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi asoratlari fuqarolar dunyoqarashi  siyosiy
ongi   va   amaliy   hatti-harakatida   barham   topmas   ekan,   ijtimoiy   hayotni   siyosiy
jihatdan erkinlashtirishga doir islohatlar ham qiyin kechishi turgan gap. 
Ma’lumki,   siyosiy   ong   va   siyosiy   madaniyat   Yuksalishida   fuqarolarning
siyosiy   qarorlar   qabul   qilishdagi   ishtirokining   ahamiyati   beqiyosdir.   Fuqarolar
jamoat   tashkilotlarining   faoliyati   vositasida   yoki   bevosita   siyosiy   qarorlar   qabul
qilish   jarayonida   ishtirok   etar   ekan,   ularda   quyidagi   ijtimoiy   siyosiy   o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi kutiladi 
-Fuqarolarning   siyosiy   qarorlar   qabul   qilishdagi   ishtiroki   ularning   siyosiy ijtimoiy   faolligini   uyg‘otadi,   harakatga   keltiradi,   bu   yo‘nalishda   muayyan
ko‘nikmalar   shakllanadi.   Boshqacha   aytganda,   har   bir   fuqaroning   ijtimoiylashuv
jarayoni amalga oshadi   
-Qarorlar   qabul   qilish   jarayonida   faol   ishtirok   etish   oddiy   fuqarolarning
manfaatlari,   ehtiyojlari   va   intilishlarining   hisobga   olinishiga   turtki   bo‘ladi.   Eng
asosiysi, bu jarayonlar fuqarolarda siyosiy mas’uliyat ruxini shakllantiradi 
-Fuqarolarning   siyosiy   qarorlar   qabul   qilishda   turli   ijtimoiy   guruxlarning
manfatlarini   turli   jamoat   tashkilotlari   va   siyosiy   partiyalar   vositasida
ifodalanishidan qoniqishlari ularni yanada faollashtiradi   natijada o‘zaro manfaatlar
kelishuvi oqibatida jamiyatning barqaror bo‘lishiga katta hissa qo‘shiladi 
-Bu   jarayonlarda   ishtirok   har   bir   fuqaroga   o‘zligini   anglashga,   uning
jamiyatda   o`ziga   munosib   o‘rin   egallashiga   qulay   sharoit   yaratadi,   milliy   iftixor
tuyg‘ularining Yuksalishini ta’minlaydi 
-Davlat   hokimiyati   jamiyatdagi   barcha   ijtimoiy   tabaqalar   va   guruxlar
manfaatlarini   O‘z   siyosiy   qarorlarida   ifodalashiga   erishiladi    Mazkur   qarorlar
amalga   oshishi   natijasida   siyosiy   hokimiyat   yanada   legitimlashadi    Davlat
organlarini, fuqarolarni boshqarish, siyosiy qarorlarni bajarishni ta’minlashga doir
jarayonlar va ma’muriy tadbirlarni amalga oshirishni jamiyat hech bir zo‘riqishsiz
va   ixtiyoriy   ravishda   qabul   qiladi    Shuningdek,   bu   faoliyat   fuqarolar   tomonidan
keng qo‘llab quvvatlanadi 
-Bu   jarayonlar   jamiyatdagi   ko‘pchilik   fuqarolarning   irodasini   ifodalashga
imkon   yaratib,   jamiyat   va   davlat   hokimiyatining   demokratik   tamoyillar   asosida
faoliyat ko‘rsatish salohiyatini oshiradi.
Umuman,   siyosiy   madaniyat   insonning   siyosiy   hodisa lar   haqidagi
qadriyatlarga doir tasavvurlari va uning amaliyotda namoyon bo‘ladigan xulqining
yoki   uning   siyosiy   hokimiyat   sub’ekti   sifatidagi   faoliyatining   ko‘rinishidir.
Shuma’noda,   siyosiy   madaniyat   fuqaroning   umuminsoniy   ahamiyatga   molik
bo‘lgan   siyosiy   faoliyat   namunalarini   qay   darajada   egallaganligini   namoyish
qiladi.   Shuningdek,   u   insondagi   fikrlash   va   amaliy   faoliyat   me’yorlarini   jamiyat
madaniyat   deb   tan   oladigan   subyektivligini   qanchalik   darajada   oshira   olganligi hamdir. 
Jamiyatning   har   bir   a’zosi   ijtimoiylashuv   va   kamolatga   erishish
jarayonida   ijtimoiy   madaniy   mavjudot   sifatida   shakllanadi.   Shuningdek,   inson
jamiyatda   hukmron   bo‘lgan   ijtimoiy   madaniy   tizimning   asosiy   xususiyatlarini
o‘zida   uyg‘unlashtiradi   va   umumlashtiradi.   Ayni   paytda   har   bir   individ   siyosiy
madaniyat   tashuvchi   hisoblanadi   va   Shusababli   ham   siyosiy   madaniyat   siyosiy
madaniy   tizimning   umulashtiruvchi,   birlashtiruvchi   qismi   deb   qaraladi.   Siyosiy
madaniyat, bu-munosabatlar tizimi va ayni paytda avlodlar almashinuvi natijasida,
uni   tashkil   etuvchi   unsurlarni   ishlab   chiqish   va   qayta   ishlab   chiqish   jarayonidir.
Siyosiy madaniyat rivojlanib boruvchi dinamik xodisadir.
Insonda   dunyoqarash   shakllanganidan   so‘ng   uni   himoya   qilishga   qodir
huquqiy   madaniyat   shakllanishiga   shart   sharoitlar   yaratish   zaruriyati   tug‘iladi
demak,   huquqiy   madaniyat   va   huquqiy   himoyaning   mavjudligi   jamiyatni
demokratiyalashning asosiy kafolatlaridan biridir. Qolaversa, demokratiyani tabiiy
ravishda   rivojlantirish   uchun   fuqarolarning   umumiy   madaniyatlilik   darajasi   ham
Yuqori   bo‘lishi   lozim.   Aniqrog‘i,   demokratik   jarayon   bilan   insonning
madaniyatliligi   o‘rtasidagi   muvozanat   doimimy   harakterga   ega   bo‘lishi   kerak.
Faqat   Yuksak   madaniyatgina   jamiyatni   haqiqiy   demokratik   rivojlanishga   olib
keladi. Shuningdek, bu jarayonlar inqilobiy emas, balki tadrijiy yo‘l bilan bo‘lishi
zarurligi   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ya’ni,   tabiiy   rivojlanish   yo‘li   boshqa
usullarga   qaraganda   eng   ma’qulidir.   Jahon   tarixiy   tajribasi   bunday   yo‘lni   oxirgi
Yutuq sifatida tanlagani bejiz emas.
Siyosiy   madaniyat   uzoq   yillar   va   avlodlar   almashinuvi   natijasida   tarkib
topgan   siyosiy   g‘oyalar,   an’analar,   siyosiy   amaliyot   me’yorlari   turli   ijtimoiy
instititutlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarga   doir   konsepsiyalarni   o‘z   ichiga
oladi.   U   kishilarning   o‘zlari   yashayotgan   mavjud   tizimga,   undagi   institutlarga   va
hatti   harakat   qoidalariga,   alohida   shaxs,   jamiyat   va   davlat   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlar   tamoyillariga   nisbatan   shakllangan   intilishlari   va   ko‘rsatmalarini
ham O‘z ichiga qamrab oladi. 
Siyosiy   madaniyat   qadriyatga   oid   me’yoriy   tizim   hisoblanadi.   U   o‘zida siyosiy   tizimdagi   tayanch,   e’tiqodlar,   ko‘rsatmalar,   yo‘nalishlar,   intilishlar
timsollarini   aks   ettiradi   va   birlashtiradi.   Amerikalik   siyosatshunos   Divaynning
fikricha,   siyosiy   madaniyat   ma’lum   ijtimoiy   siyosiy   tizim   a’zolari   yoqlaydigan,
«keng   tarqalgan,   fundamental   siyosiy   qadriyatlarning   tarixiy   tizimidir».   Siyosiy
madaniyat   «siyosiy   mafkura»,   «legitimmen»,   «suverenitet»,   «qonun   boshqaruvi»,
«siyosiy   partiya»   kabi   kategoriyalarni   O‘rganishni   ham   taqozo   etadi.   Siyosiy
madaniyat ma’lum darajada jamiyat a’zolari oldiga chegaralashlar qo‘yadi. Siyosiy
jarayonlar   va   siyosiy   xulqda   namoyon   bo‘ladigan   e’tiqodlar,   his   tuyg‘ular,
qadriyatlar   oldidagi   bunday   chegaralashlar   ham   o‘z   navbatida   siyosiy
madaniyatning   muhim   unsuri   hisoblanadi.   Alohida   shaxsning,   guruxning   va
boshqa ijtimoiy birliklar umumiy dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy
dunyoqarash siyosiy madaniyatning eng muhim komponentidir.
Siyosiy   madaniyatni   tashkil   etuvchi   qadriyatlar,   yo‘nalishlar,   ko‘rsatmalar,
stereotiplar   siyosiy   tizimning   shakllanishi   va   saqlanib   qolishida   asosiy   o‘rinni
egallaydi.   Jamiyat   a’zolari   o‘zaro   baham   ko‘radigan   «ijobiy»   qadriyatlar   tizimi
miqdoran   uning   alohida   komponentlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   murosa   va   kelishuvni
belgilaydi   hamda   uning   barqarorligi,   yashab   qolish   qobiliyatining   nechog‘lik
mustaqil ekanligini aniqlab beradi.
Kishilar   o‘zlarining   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy   manfaatlari   yoki
imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarish   uchun   amaliy   jarayonlarda   ishtirok   eta
boshlagandagina,  siyosiy  madaniyat  shakllanib boradi. Bunday  madaniyatni  faqat
siyosiy   partiyalar,   manfaatlar   guruxlari   faoliyatida   ishtirok   etish   orqaligina
egallash   mumkin.   Hech   bir   inson   yakka   o‘zi   harakat   qilib,   o‘zining   moddiy,
siyosiy, huquqiy manfaatini yoki erkin fikrlash huquqini qo‘lga kirita olmaydi.
Siyosiy madaniyatning totalitar turi  ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining
prinsipial   bir   xil   bo‘lishiga   asoslanadi   hamda   har   qanday   turli-tumanlik,   rang-
baranglikni   yo‘qotishga   moyil   g‘oyalarga   tayanadi.   Sobiq   SSSRdagi
madaniyatning   bu   turi   turli   ijtimoiy   guruxlarning   o`ziga   xos   maqsad   va
manfaatlarini   ochiq   namoyon   qilishga   yo‘l   qo‘ymagan.   Shubilan   birga   totalitar
rejim   fuqarolarning   siyosiy   hayotdagi   tanlash   imkoniyatlarini   chegaralab,   har qanday muqobillikni inkor qilar, bitta mulkchilik turi, bitta partiya, bir o‘ringa bitta
nomzod kabi cheklashlarni oldindan belgilab berar edi. Bu holat o‘z navbatida total
turg‘unlikni qolaversa, emirilishni ham keltirib chiqardi.
  Inson   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilishning   demokratik
institutlari.
O‘z bekistonda qo‘yidagi demokratik institutlar tashkil etildi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi.
2. O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Inson   huquqlari   bo‘yicha
vakili (Ombudsman)
3. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   huzuridagi   Amaldagi
qonunchilikni monitoring qilish instituti:
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasining
demokratik   institutlar,   nodavlat   tashkilotlar   va   fuqarolarning   o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari bo‘yicha qo‘mita.
Jahonda   dastlab   Ombudsman   instituti   1709-yilda   SHvetsiya   qiroli   huzurida
tashkil   etilgan.   Hozirgi   davrda   deyarli   barcha   demokratik   mamlakatlarda
Ombudsman instituti tashkil etilgan. 5
 
O‘zbekistonda   Oliy   Majlisning   Inson   huquqlari   bo‘yicha   vakili
(Ombudsman)   1995-yilda   Markaziy   Osiyoda   birinchi   bo‘lib,   Birinchi   Prezident
I.A.Karimovning   tashbbusi   bilan   tashkil   etilgan.   Hozirgi   davrga   kelib   jahonda
Ombudsman instituti ko‘payib, 130 ta davlatda faoliyat Yuritmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil qo‘yidagi huquqlarga ega:
- fuqarolar shikoyatlarini ko‘rib chiqish,
-   arizachi   o‘z   huquqlari,   erkinlari   o‘z   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish
uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va shakllarni ko‘rsatish,
-   shikoyatni   uning   mohiyatiga   ko‘ra   al   qilishga   vakolatli   bo‘lgan   tashkilot
yoki mansabdor shaxsga yuborish.
-   arizachini   uning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlariga   daxldor   hujjatlar,
5
 Ўзбекистонда демократик жамият  уриш назарияси ва амалиёти. Ў ув  ўлланма.Т.: қ қ қ
2014, Б.183-186. qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish. 6
6
 Ўзбекистон Республикасининг “Олий Мажлиснинг Инсoн  у у лари бўйича вакили ҳ қ қ
(Омбудсман) тў рисида”ги  онуни// Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 	
ғ қ
Ахборотномаси, 1997-й., №4-5, 102 модда. A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

FU Q ARO ERKINLIGI VA FAOLLIGINI TA’MINLASH- DEMOKRATIK JAMIYAT Q URISH OMILI. Reja 1. Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchalari. 2. O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish asoslari. 3. Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish-demokratik jamiyat qurish omili. 4. Fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligi. 5. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning demokratik institutlari.

Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchalari. Bugungi kunda «fuqaro», «fuqarolik», «fuqarolik jamiyati», «fuqarolik mas’uliyati», «fuqaro huquqlari va erkinliklari» tushunchalari demokratik rivojlanishning zaruriy shartlaridan biriga aylanmoqda. Binobarin, demokratiya va fuqaro erkinligi hamda, uning faolligini ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davrigacha, ya’ni, huquqiy davlat tomon rivojlanishida katta yo‘lni bosib o‘tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo‘lsada, asosan feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o‘ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo‘la boshladi va ilk bor «shaharlik» (fransuz «situayyan», inglizcha «sitezen», ruscha «gorojanin-grajdanin») degan ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng, o‘zbek tilida o‘tmishdagi «grajdanlik» so‘zi o`rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki davridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov mamlakatda inson erkinligini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligini ta’kidlab, qo‘yidagi fikrni bildirgan edi: “YAngi Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda “Davlat organlar va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” deyilgan, ya’ni fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Sobiq totalitar tuzum sharoitida bunday fikrni hech kim xayoliga ham keltira olmas edi. Bugun esa inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquq hamda erkinliklari borasida Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o`ziga singdirgan” 1 Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etila boshlandi. Shuo‘rinda, erkinlik tushunchasini aniqlash ham zarurdir. Negaki, fuqaro erkin 1 Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг у у ий кафолати.// Биздан озод ва обод Ватан ҳ қ қ олсин. – Т.: Ўзбекистон, 1994. –Б.187. қ

bo‘lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda va falsafada individlar erkinligi va ular irodasining erkinligi bir-biriga o‘xshash tushunchalar deb qabul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri, huquqning o‘zi odamlar erkinligining alohida shakli, ya’ni, ular irodasining erkinligi ekanligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan «fuqaro erkinligi» tushunchasi ham politologik, ham huquqshunoslik fanlarining umumiy kategoriyalari sifatida o‘rganiladi. Demokratiya inson erkinligini qonunlar vositasida kafolatlaydi. Demak, demokratiyaning o‘zi ochiq muhokama, ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda etish va bartaraf qilish usuli sifatida fuqarolik va siyosiy huquqlar deklaratsiyalarida qayd qilingan erkinliklarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Bu yerda so‘z erkinligi va o‘z fikrini erkin ifodalash huquqi, erkin uyushmalar tuzish huquqi, hayot tarzini o‘zgartirish erkinligi va shaxsning xavfsizlikka bo‘lgan huquqi to‘g‘risida ketmoqda. Ushbu huquqlar demokratiyaning asl mohiyatini tashkil qilgani bois, ular himoya qilinishi kerak. Xulosa qilib aytganda, insoniyat borliqni va ijtimoiy hayotda erkinlikni ifodalashning huquqdan tashqari boshqa biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Bu mantiqan ham, amalda ham mumkin emas. Odamlar o‘z tengligi darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar. Hozirgi davr ijtimoiy–siyosiy fanlarida «inson» deganda yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Xomosapiens) vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman zotning yig‘iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ-inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biri. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo‘ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida individning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi. Bu jihatdan yondashganda, u ijtimoiy ta’sir ob’ektidir. Shuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabalarda faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida harakatlanuvchi

shaxsga, sub’ktga, kuchga aylanadi. Insonning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o`rni va mohiyati doimo ijtimoiy fanlarning muhim va bahstalab sohalaridan biri bo‘lib keldi. Aristotel’ning ta’kidlashicha, «inson–tabiatan (mohiyatan) ijtimoiy» ekanligini ta’kidlash bilan birga, «umumiy ma’noda kimda-kim hokimiyat yuritish va bo‘ysunishga ta’lluqli bo‘lsa, o‘sha fuqarodir»; har bir davlat tuzumida fuqaroning mohiyati o‘zgaradi. Davlar tuzumining eng yaxshi turida kimda-kim ma’naviy qadriyatlar talablariga mos hayotni nazarda tutgan holda bo‘ysunish va hokimiyat yuritishni hoxlasa va unga qobil bo‘lsa ana o‘sha fuqarodir. Insonning mohiyatini dastlabki o‘rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshlari edi. 298-238 yy yashagan Konfutsiyning izdoshi bo‘lgan olim Sen-szi shunday deb yozgan edi. «Tug‘ma xususiyatlar, bu-samoviy munosabatlar xosilidir. Ularga ta’lim yoki odamning o‘zini yaratuvchilik ijodi vositasida erishib bo‘lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug‘ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o‘zaro raqobatlashadi va bir- birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo‘li bilan inson tabiatini o‘zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlilikka va ma’suliyatlilikka o‘rgatish lozim». Ko‘rinib turibdiki, insonning jamiyatga uyushishi yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi ta’sirga va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi. Insonning muhim xususiyatlaridan biri-uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o‘zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o‘zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy harakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o‘rtasidagi muhitdagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo‘lsa, o‘zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatida holos bo‘la olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiy tarzda kechishini Abu Nasr Farobiy quyidagicha ifodalaydi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan Shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajada etuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muxtoj bo‘ladi. U bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega

bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarning bir-birlariga etkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va erning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi» An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati aicha chegaralandi. Chunki an’anaviy jamiyatlarda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi adolat prinsiplariga asoslanmadi. Shuningdek, bu jamiyatlarda shaxslararo aloqalarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro harakatlar va munosabatlarning norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug‘chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liqligi natijasida shaxs erkinligi ham ta’minlinmadi. Boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini pasaytirib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko‘rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon bermas, natijada o‘zaro munosabatlar biqiq tarzda ro‘y berar edi. Zamonaviy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy munosabatlardagi O`rni Yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda O‘zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro‘y berdi. Bu jarayonlarning sekinlik bilan Yuksak ta’lim va tajribaga, Shuningdek, Yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar,, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirishning rasmiy tizimi yaratilishi zamonaviy jamiyatlarning xalqchil bo‘lishiga zamin yaratdi. Dinning davlat va boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko‘payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar Yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o‘rnatish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. XX asrga kelib takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklarini fuqarolik jamiyati deb atash rusumga kirdi. Ma’lumki, inson o‘zining ijtimoiy mavjudot ekanligi va o‘zidan kelib chiqib,