Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari.
Mavzu: Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari. Reja 1.Nasl- nasabning ijobiy va salbiy ta’siri haqida ma’lumotlarni kengaytirish. 2. Bolaning rivojlanishida nasl – nasabning ahamiyati haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish 3. Natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o’rgatish. 4. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi rivoji
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va ta’lim sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zotan, mustaqillik fikr-mulohazalarda ozod, o’z haq-huquqini yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi. Respublikamiz Sobiq Ittifoq tarkibida davrida uning ta’lim tizimi markazlashtirilgan, milliy mintaliteti e’tiborga olinmagan, o’ta mafkuralashgan, zarur kasbiy yo’naltirishga e’tibor berilmagan edi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mavjud ta’lim sohasidagi ijobiy natijalarni saqlab qolish va o’tmishdan qolgan merosning salbiy jihatlarini hamda o’tish davri bilan bog’liq qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqichlik asosida jiddiy choralar ko’rish zarur edi. SHu nuqtai nazardan muhtaram Prezidentimiz ta’lim-tarbiya masalasiga kuyunchaklik, diqqat, qat’iyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab talim va tarbiya masalalariga bog’liq ekanligini ham ilmiy-nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berdi. Mamlakatimizning birinchi rahbari Islom Karimov yosh avlod ta’lim- tarbiyasi haqida davlatning bosh islohatchilik roli to’g’risida to’xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo’lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur” ekanligini qayd etad. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalaridagi tub o’zgarishlar. O’tish davri va taraqqiyot bosqichlari. Jamiyat rivojlanishi to’g’risidagi yangicha ilmiy-nazariy g’oyalarning o’zgarishi ijtimoiy hayot sohalarini tubdan o’zgartirish bilan bog’liq. Bu I.Karimov asarlarida O’zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo’lidan rivojlanishi “” hamda “o’zimizga xos va mos taraqqiyot yo’lidan boramiz” va “o’z kelajagimizni o’z qo’limiz
bilan quramiz” g’oyasi va maqsadlari orqali aniq ifodasini topadi . Va jamiyat rivojlanishi buning uchun muayyan o’tish davri va taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tish zarurligi, mohiyati asoslab beriladi. Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub o’zgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g’oyaviy asoslarini tubdan o’zgartirish va yangicha asosga (negizga) o’tkazilishini anglatadi. Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy hayoti sohalari tubdan o’zgardi. Uning huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko’ramiz. Unga ko’ra “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas”. Siyosiy sohadagi tub o’zgarishlar: Mustabid sovet davri tizimidan voz kechildi; Prezidentlik instituti joriy etildi; Siyosiy institutlar xilma-xilligiga asoslangan demokratik siyosiy tizimga o’tildi. Bunda davlat bosh islohotchi sifatida e’tirof etildi. “Inson-jamiyat-davlat” munosabati qaror topdi. Ko’ppartiyaviylik tizimi shakllandi. Jamiyat hayoti sohalaridagi tub o’zgarishlarSiyosiy sohadagi tub o’zgarishlar Jamiyat iqtisodiy negizining tubdan o’zgarishi Milliy ma`naviy tiklanish Jamiyat hayoti asosini tub o’zgarishlar
Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o’zgarishlar: Kommunistik g’oya aqidalaridan voz kechildi. Milliy g’oya: asosiy tushunchalari va tamoyillari ishlab chiqildi; Milliy g’oya negizlariga tayangan holda O’zbekiston jamiyati rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlari asoslab berildi; Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar, demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi; Jamiyat rivojida manaviy va moddiy hamda uyg’unligi oshadi; Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o’zgarishlar: Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-xilligiga o’tildi; Xususiy mulk tan olindi; Barcha mulk shakllari teng ekanligi e’tirof etildi, uning huquqiy asoslari yaratildi. O’zbekistonda jamiyat hayoti sohalarida amalga oshrilgan tub islohotlar natijasida o’tgan yillarda muhim yutuqlarga erishildi SHuni ta’kidlash kerakki, I.Karimov asarlarida jamiyat rivojlanishi bosqichlari quyidagicha asoslab berilgan. 1. 1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi 2. 1991-2000 yillar - O’tish davri bosqichi 3. 2000-2007 yillar - Modernizatsiyalash 4. 2007 yildan hozirgacha - Mamlakatda demokrtaik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi Bu bosqichlar jamiyat rivojlanishida o’ziga xos ma’no-mazmunga ega. O’tgan yigirma besh yil davomida O’zbekiston demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida shunday masofani bosib o’tdiki, boshqa mamlakatlar bunga o’n yilliklar va asrlar mobaynida erishgan bo’lar edilar. Bu katta o’zgarishlar xalqimizning o’ziga xos xususiyatlari va milliy an’analarini hisobga olgan holda, islohotlarning bosqichma-bosqich usuli bilan va ijtimoiy mojarolarsiz, keskin larzalarsiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini O’zbekiston
sharoitida iqtisodiyotga jiddiy ta’sirini kamaytirish mumkin bo’lgan bo’lgan yo’llarini izlash masalalari naqadar teran hal qilinayotganligini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoevning ko’plab ma’ruzalarida berilgan takliflari hamda nazariy va tahliliy qarashlarida ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mamlakatni yanada rivojlantirishga erishishi bilan bog’liq voqeliklar taraqqiyotimizni belgilab olish jarayonida davlat tuzulmalari va institutlari bilan birga jamiyatni isloh qilish, uni boshqarish, rivojlantirish va milliy qadriyatlar asosida modernizatsiyalash zarurligini muhim vazifaga aylantridi. Bu esa o’z-o’zidan mazkur jarayonlarni tartibga solish, boshqarish yuzasidan siyosiy- huquqiy asoslarni yaratishni takomillashtirish va ushbu tizimni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tatqiq etish orqali inson manfatlarini ta’minlashni uning huquq va erkinliklarini, osuda va farovon hayotini himoya qilishni, jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash ustivor vazifa sifatida namoyon bo’lmoqda. Jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash doimo muayyan ijtimoiy tuzumning tabiatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Demokratik-huquqiy davlat esa o’z fuqarolarining ongli, maqsadli faoliyatlarini erkin ro’yobga chiqarish shaklida namoyon bo’lib boradi va jamiyatda yuzaga keladigan talab va ehtiyojlarning aql yordamida hal etilishi, davlat va jamiyat boshqaruvida xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiluvchi har qanday ilg’or g’oyani milliy qadriyatlar bilan umumlashtirgan holda amaliy hayotga tadbig’ etilayotganligini davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlari chog’ida bildirilgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga doir fikr va tavsiyalarida o’z ifodasini topgan. SHuningdek, asosiy qonunimizning boshidan oxirigacha inson omili, uning haq-huqulari, manfaatlarini himoya qilish asosiy o’rinni egallashni alohida ko’rsatgan holda Prezidentimiz 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi ezgu maqsadlar asosida butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan taraqqiyotning “o’zbek modeli” ni amalga oshirish zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga