logo

Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.

Yuklangan vaqt:

27.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.2978515625 KB
Mavzu:  Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.
Reja
1. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
2.  Asosiy kategoriyalari. 
3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.  Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.   Tayanch   so’zlar:   tarbiya,   Kategoriya,   itegratsiya,ilmiy   tadqiqot
metodologiyasi, barkamol inson, komil inson,
1.Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
TARBIYA –shaxsda   muayyan   jismoniy,   ruhiy,   axloqiy,   ma’naviy   sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi
uchun   zarur   bo‘lgan   xususiyatlarga   ega   bo‘lishini   ta’minlash   yo‘lida   ko‘riladigan
chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi
va abadiy qadriyatdir.
Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Chunonchi,   tarbiya   keng   sotsial   ma’noda   ijtimoiy   hodisa   sifatida
qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi.
Tarbiyaning   ob’ektiv   qonunlari   –   o‘quv-tarbiyaviy   jarayonni   tashkil   etish   va
ijtimoiy   hayotning   shaxsni,   uni   o‘ziga   xosligi   hamda   sifatlarini   shakllantirish
talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir.
Darhaqiqat,   tarbiya   ijtimoiy   hayot   uchun   zarur   bo‘lgan   hodisalardir.   Tarbiya
yuksak   ma’naviy,   jismoniy   barkamollik,   yaxshining   yomondan   farqini   anglash,
yuksak   insoniy   fazilatlarini   shakllantirish   qudratiga   egadir.   Tarbiya   kishilik
jamiyatining   xamma   bosqichlarida   rivojlanib,   o‘sib,   avloddan-avlodga   vorislik
vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi,
mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Tarbiyasiz   alohida   odam   ham,   kishilik   jamiyati   ham   mavjud   bo‘la   olmaydi.
Chunki   odam   va   jamiyatning   mavjudligini   ta’minlaydigan   qadriyatlar   tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.
Keng   ma’noda   tarbiya   inson   shaxsini   shakllantirishga,   uning   jamiyat   ishlab
chiqarishi   va   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy   hayotida   faol   ishtirokini   ta’minlashga
qaratilgan   barcha   ta’sirlar,   tadbirlar,   harakatlar,   intilishlar   yig‘indisini   anglatadi.
Bunday   tushunishda   tarbiya   faqat   oila,   maktab,   bolalar   va   yoshlar   tashkilotlarida
olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari,   adabiyot,   san’at,   kino,   radio,   televidenieva   boshqalarni   ham   o‘z   ichiga
oladi.   Shuningdek,   keng   ma’nodagi   tarbiya   tushunchasi   ichiga   ta’limva
ma’lumotolish ham kiradi.
Tor   ma’noda   tarbiya   shaxsning   jismoniy   rivoji,   dunyoqarashi,   ma’naviy-
axloqiy   qiyofasi,   estetik   didi   o‘stirilishiga   yo‘naltirilgan   pedagogik   faoliyatni
anglatadi.   Buni   oilava   tarbiyaviy   muassasalar   hamda   jamoat   tashkilotlari   amalga
oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har
qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki
ta’lim   va   ma’lumot   olish   jarayonida   shaxsning   faqat   bilimi   ko‘payibgina   qolmay,
balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi.
Tarbiya   har   qanday   jamiyat   va   har   qanday   mamlakathayotida   halqiluvchi
ahamiyat   kasbetadi.  Yosh   avlodning,   umuman,   jamiyat   a’zolarining   tarbiyasi   bilan
yetarlicha   shug‘ullanmagan   mamlakat   turg‘unlikva   inqirozga   mahkumdir.   Negaki,
o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   har   qanday   jamiyatda   ham   moddiy   va   ma’naviy
boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun
yosh avlodmoddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan
ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy   qobiliyatlarni   shakllantira   bilish   uchun   esa,   jamiyat   uzluksiz   ravishda
samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya   jamiyat   taraqqiyotining   turli   davrlarida   turlicha   izohlab   kelingan.
Sho‘ro   zamonida   hukmron   kommunistik   mafkura   tarbiyaga   sinfiy   va   partiyaviy
hodisa sifatida yondashishni talab etgan.
Shuning   uchun   ham   sinfiy   jamiyatda   tarbiya   faqat   sinfiy   xususiyatga   ega
bo‘ladi   va   turli   sinflarning   tarbiyasi   bir-biriga   qarama-qarshi   turadi,   degan   qarash
qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq
pedagogikasi   tajribasi   tarbiyaning   sinfiy   ko‘rinishga   ega   emasligini   isbot   etdi.
Shuningdek,   kommunistik   mafkura   tazyiqi   tufayli   tarbiyada   ijtimoiy
muassasalarning   o‘rniga   ortiqcha   baho   berildi,   bu   jarayonda   irsiy   va   biologik
xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi. Sho‘rolar   pedagogikasida   tarbiya   orkali   har   qanday   odamni   istagan   ijtimoiy
qiyofaga   solish   mumkin,   degan   qarash   hukmron   bo‘lganligi   uchun   ham   uning
shaxsni shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining
tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy
tadbirlarga   mahliyo   bo‘lishdek   pedagogik   xatolikka   olib   keldi.   Buning   natijasida
tarbiya   maqsadsiz   bo‘lib   qoldi,   tarbiyalanuvchilarga   alohida   shaxssifatida   emas,
istalgan   ijtimoiy   yo‘nalishga   solinishi   mumkin   bo‘lgan   qiyofasiz   to‘da,   olomon
tarzida   qarash   qaror   topdi,   Bu   holtarbiyaning   samarasizligiga   olib   keldi.   Chunki
tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan
edi.   Sho‘ro   pedagogik   tizimidagi   kamchiliklarning   ildizi,   asosan,   manashu
yondashuv tarziga borib taqaladi.
O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   tarbiya   va   unga   bog‘liq   jarayonlarga
yangi   hamda   sog‘lom   pedagogik   tafakkurga   tayangan   holda   yondashuv   qaror   topa
boshladi.   Uni   izohlashda   g‘ayriilmiy   sinfiy-partiyaviy   yondashuvdan   voz   kechildi.
Tarbiyaning   milliyligiga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Buning   uchun   xalq
pedagogikasi boyliklari, o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik
bilan   o‘rganilayotir.   Natijada,   O‘zbekiston   pedagogika   fani   va   amaliyotida   oila
tarbiyasining   ham,   ijtimoiy   tarbiyaning   ham   o‘ziga   xos   o‘rni   borligi   tan   olina
boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan
bo‘ldi.  Ayni   vaqtda,   shaxsning   shakllanishida   tarbiyaning   o‘rniga   keragidan   ortiq
baho   berish   ham   barham   topdi.   Bu   hol   tarbiyaga   doir   hodisa   va   holatlarni   to‘g‘ri
izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini beradi.
2. Asosiy   kategoriyalari .   Kategoriyalar   (yun.   kategoria   —   mulohaza,   fikr;
belgi)  (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat
hamda   munosabatlarini   aks   ettiruvchi   eng   umumiy   va   asosiy   tushunchalar.
Kategoriya bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi
bo lib vujudga kelgan.ʻ
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarga
kelajak   avlodni   ma’naviy   yuksak   fazilatlar   egasi   qilib   tarbiyalash   sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs
yuritadi.   Boshlang’ich   ta’limda   tarbiya   fanining   o’rganish   obyektini   esa   ta’lim
muassalaridagi   uzluksiz   ta’lim   –tarbiya   jarayoni   tashkil   etadi.   Tarbiyaviy   ishlarni
tashkil qilish metodikasi  ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat  qiladi. Tarbiya -
yosh   avlodni   har   tamonlama   voyaga   yetkazish ,   unda   ijtimoiy   ong   va   xulq-atvorni
tarkib   toptirishga   yo’naltirilgan   faoliyat   bo’lib,   shaxsni   aqliy        , jismoniy,   axloqiy,
ma’naviy   sifatlarini   shakllantirishga   qaratilgan   bo’lib,   insonning   jamiyatda
yashashini   ta’minlash   uchun   zarur   bo’lgan   xususiyatlarini   tarkib   toptirishning
jarayonlaridir.   Tarbiya   shaxsni   tarkib   toptirishga   qaratilgan   bo’lib,   shaxs   va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
Boshlang’ich   ta’limda   tarbiya   fanining   asosiy   maqsadi ,   bugungi   kun
talabiga   javob   beradigan   barkamol   shaxsni   shakllantirishga   qaratilgan   ekan,
aynipaytda   bu   o’qituvchilarga   katta   mas’uliyatni   yuklaydi.   Shu   jihatdan   ham
o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. Shu
jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda
ijtimoiy   –   tashkiliy ,   tarbiyaviy   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Barkamol   avlodni
tarbiyalash,   ma’naviy,   ma’rifiy,   tashkiliy   uslubiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatlari   bilan
murakkab   tarbiyaviy   ishlar   tizimi   kundan-kunga   takomillashib
bormoqda.Boshlang’ich   ta’limda   tarbiya   fanining   asosiy   vazifasi   yosh   avlodni
ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalashda   xalqning   boy   milliy,   ma’naviy-
tarixiy   merosimizga ,   umumbashariy   qadriyatlarga,   urf-odatlar   va   ananalarga
tayanib,ongli   shaxslarni   intelektual   salohiyatli   qilib   tarbiyalashdir.Tarbiya   fani
asosan   odobnoma,   vatan   tuyg’usi,   milliy   istiqlol   g’oyasi,   ma’naviyat   asoslari,   din
tarixi     pedagogika,   psixologiya,   adabiyot,   tarix   kabi   fanlar   bilan   o’zaro   aloqada
bo’ladi.
 Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari . Tarbiya metodlarini tanlab olish
shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo lniʻ ʻ
yuqori   darajadagi   samarali   va   samarasiz   deya   baholash   mumkin   emas.   Metodning
samaradorligini u qo llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.	
ʻ Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog liq:ʻ
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.  Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad
nafaqat   metodlarni   oqlaydi,   balki   ularni   aniqlab   beradi.   Maqsad   qanday   bo lsa,	
ʻ
unga erishish metodlari unga muvofiq bo lishi zarur.	
ʻ
2. Tarbiya mazmuni.  Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan
to ldirilgan   bo lishi   mumkin.   Shuning   uchun   metodlarni   umuman   mazmun   bilan	
ʻ ʻ
emas, balki aniq fikr bilan bog lash g oyat muhimdir.	
ʻ ʻ
3.   Tarbiyalanuvchilarning   yosh   xususiyatlarini   hisobga   olish.   U   yoki   shunga
o xshash   vazifalar   tarbiyalanuvchilarning   yoshi   bilan   bog liqlikda   hal   qilinadi.	
ʻ ʻ
Yosh   bu   oddiygina   qaraganda   yashaganlikning   son   ko rsatkichi   emas.   Unda	
ʻ
egallangan   ijtimoiy   tajriba,   psixologik   va   axloqiy   sifatlarning   rivojlanganlik
darajasi   o z   aksini   topadi.   Aytaylik,   mas’uliyat   tuyg usini   boshlang ich   ta’lim,	
ʻ ʻ ʻ
o rta   ta’lim   va   o rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   ta’lim   olayotgan	
ʻ ʻ
o quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni
ʻ
shakllantirish borasida turli metodlar qo llaniladi.	
ʻ
4.   Jamoaning   shakllanganlik   darajasi.   O zini   o zi   boshqarishning   jamoa	
ʻ ʻ
shaklining rivojlanishi bilan bog liqlikda pedagogik ta’sir ko rsatish metodlari ham	
ʻ ʻ
o zgarmasdan   kelmoqda.   Bizga   ma’lumki   boshqaruvning   moslashuvchanligi	
ʻ
tarbiyachining   tarbiyalanuvchilar   bilan   muvaffaqiyatli   hamkorligining   zaruriy
sharti.
5.   Tarbiyalanuvchilarning   individual   o ziga   xosliklari.	
ʻ   Umumiy   metodlar,
umumiy   dasturlarning   o zi   tarbiyaviy   o zaro   ta’sir   etishning   asosi   bo la   olmaydi.	
ʻ ʻ ʻ
Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir
shaxs o ziga xosligini rivojlanishiga, o ziga xosligini saqlashga, o zining «Men»ini	
ʻ ʻ ʻ
ro yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qo llashga harakat qiladi.	
ʻ ʻ
6.   Tarbiyaviy   shart-sharoitlar.   Unga   moddiy,   psixofiziologik,   sanitar-
gigiyenikdan   tashqari   sinfda   yuzaga   keladigan   munosabatlar:   jamoadagi   iqlim,
pedagogik   rahbarlik   usuli   va   boshqalar   tegishlidir.   Ma’lumki,   mavhum   shart-
sharoitlar   bo lmaydi,   ular   hamisha   aniq.   Ularning   birlashuvi   aniq   holatlarda	
ʻ
ko rinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.	
ʻ 7.   Tarbiya   vositalari.   Tarbiya   metodlari   tarbiya   jarayonining   tarkibiy   qismi
sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan
mustahkam bog langan va birgalikda qo llaniladigan boshqa tarbiya vositalari hamʻ ʻ
mavjud.   Masalan,   metodlarni   samarali   qo llash   uchun   zaruriy   yordam   beruvchi	
ʻ
ko rgazmali   qurollar, tasviriy  san’at   asarlari  va  musiqa  san’ati,  ommaviy  axborot	
ʻ
vositalari.z`
8.   Pedagogik   malakani   egallaganlik   darajasi.   Tarbiyachi   odatda   faqat   o zi	
ʻ
biladigan va qo llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko plab metodlar murakkab	
ʻ ʻ
bo lganligi   bois,   o qituvchidan   ko p   kuch   ishlatishni   talab   etadi.   Bunday	
ʻ ʻ ʻ
mas’uliyatdan   bo yin   tovlaydigan   pedagoglar   ularsiz   faoliyatni   tashkil   etishga	
ʻ
harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan
kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo ladi.	
ʻ
9. Tarbiya vaqti . Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo lsa, «kuchli harakatga	
ʻ
keltiradigan»   metodlar   qo llaniladi,   qulay   sharoitlarda   esa,   tarbiyaning   «oddiy»	
ʻ
metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy»
metodlarga   bo linishi   shartli:   birinchisi   tanbeh   berish   va   majbur   qilish   bilan,	
ʻ
ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o rgatish bilan bog liq.	
ʻ ʻ
10.   Kutiladigan   natija .   Metodni   tanlayotganda,   tarbiyachida   muvaffaqiyatga
erishishga   nisbatan   ishonch   bo lishi   kerakonsepsiya   Buning   uchun	
ʻ
qo llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko ra bilish kerak. 	
ʻ ʻ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. B.X.Xodjayev.   Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3.   Ismatova   Nargiza     va   boshalar.   Tarbiya   1,   2,   3,   4.   Darslik.     G‘afur   G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
6.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга   қурамиз . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488  б .
7.   Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тарақиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592  б .
8.   Мирзиёев   Ш . М .   Халқимизнинг   розилиги   бизнинг   фаолиятимизга   берилган
энг   олий   баҳодир . 2- жилд .  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507  б .
9.  Мирзиёев   Ш . М .  Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ ,  ҳаёти   ёруғ   ва   келажаги
фаровон   бўлади .  3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11.   Ўзбекистон   Республикасининг   2020   йил   23   сентябрда   қабул   қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022—
2026   йилларга   мўлжалланган   янги   Ўзбекистоннинг   тарақиёт   стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.
13. www. tdpu.uz
14. www. pedagog.uz
15. www. ziyonet.uz
16.www.lex.uz

Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida. Reja 1. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. 2. Asosiy kategoriyalari. 3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 4. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

Tayanch so’zlar: tarbiya, Kategoriya, itegratsiya,ilmiy tadqiqot metodologiyasi, barkamol inson, komil inson, 1.Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. TARBIYA –shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir. Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi. Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi

g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televidenieva boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’limva ma’lumotolish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy- axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oilava tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakathayotida halqiluvchi ahamiyat kasbetadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikva inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlodmoddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimiga ega bo‘lishi lozim. Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Sho‘ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi, degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy ko‘rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning o‘rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.

Sho‘rolar pedagogikasida tarbiya orkali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin, degan qarash hukmron bo‘lganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo bo‘lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxssifatida emas, istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan qiyofasiz to‘da, olomon tarzida qarash qaror topdi, Bu holtarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Sho‘ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, manashu yondashuv tarziga borib taqaladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o‘rganilayotir. Natijada, O‘zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o‘ziga xos o‘rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini beradi. 2. Asosiy kategoriyalari . Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. Kategoriya bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi bo lib vujudga kelgan.ʻ Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining

qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining o’rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish , unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi , bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy , tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy merosimizga , umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.Tarbiya fani asosan odobnoma, vatan tuyg’usi, milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat asoslari, din tarixi pedagogika, psixologiya, adabiyot, tarix kabi fanlar bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari . Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo lniʻ ʻ yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. ʻ